O’QITISHNING INTERFAOL METODI
Оценка 5

O’QITISHNING INTERFAOL METODI

Оценка 5
docx
20.02.2020
O’QITISHNING INTERFAOL METODI
MAQOLA4.docx

O’QITISHNING INTERFAOL METODI

Akbarova Shahnoza Abdulahatovna

Namangan shahri

           

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga ham bog’liq.

Avvalo "interfaol (interaktiv)" tushunchani aniqlashtirib olaylik. "Interaktiv" degan so’z inglizcha "interact" so’zidan kelib chiqqan. "Inter" – o’zaro, "act" – ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. SHunday qilib, interfaol o’qitish – bu, avvalambor muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi.

Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.

Bilish jarayonida o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o’ziga xos aloqada individual hissa qo’shishi, o’zaro bilimlar, g’oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushuniladi. SHu bilan birga, bularning hammasi o’zaro xayrixohlik va qo’llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o’zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq koopertsiya va hamkorlik pog’onalariga olib chiqadi.

Darslardagi interaktiv faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan diologli aloqani  tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interfaol metod bitta so’zga chiquvchining, shuningdek, bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi.

Dialogli o’qitish jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga, ulab va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqat qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo’llaniladi.

Interfaol o’qitishni tashkil qiluvchilar uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:

guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlari jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib yetish;

boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ular yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;

o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.

SHuning uchun interfaol o’qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ikkita asosiy funktsiyalar amalga oshirilishi lozim:

o’qitishning pragmatik jihati qo’yilgan o’quv masalasini yechishlikning shartligi;

tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam ko’rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish).

Ushbu faktni alohida qayd etish lozimki, o’qitishning barcha interfaol usullarini verbal (og’zaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin.

Og’zakilarga quyidagilar kiradi:

vizual: yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, ko’zlar orqali aloqa;

akustik: intonatsiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy pauzalar va hokazo.

Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

"oxiri ochiq" bo’lgan savollar, ya’ni yagona "to’g’ri" javobga emas, balki muammo (savol) bo’yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila olishga yo’naltirilgan savollarni bera olish qobiliyati;

o’quvchilar bilan muloqotda o’qituvchi tomonidan o’zining nuqtai nazarini hal qiluvchi nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb aniqlanishi. Bu narsa mashg’ulot paytida o’quvchilarga qo’rqmasdan "to’g’ri " va "noto’g’ri" nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi;

mashg’ulotning tahlil va o’z-o’zini tahlil qilishga tayyorgarlik.

Ushbu holat mashg’ulotlarda nima?, qanday? va nima uchun? sodir bo’lganini, o’zaro faoliyat qaerda "osilib" qolganini, u nima bilan bog’liq ekanligini, keyinchalik bunday holatlarning ro’y bermasligi uchun nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushunib olishga yordam beradi;

mashg’ulotning borishini, uning kulminatsiyasini, natijaviyligini va boshqa kuzatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish.

Birinchi bo’limga alohida e’tibor qaratishni istar edik. O’qituvchining savoli – bu o’quvchining tafakkurini bostirish yoki rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Savolning ikki hil turi mavjud (interfaol o’qitish nuqtai nazaridan).

o’quvchining fikr doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta tiklashga keltirib qo’yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini to’xtatib turishga xizmat qilib, o’quvchiga uning fikri hech kimni qiziqtirmasligini tushunib yetishiga olib keladi;

fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini ko’tarish bilan birga, o’quvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega ekanligiga ishonch uyg’otadi.

Quyida savolni to’g’ri ifoda qilish bo’yicha bir qancha tavsiyalar keltiriladi.

Savollarni aniq va qisqa qo’yish lozim.

Bitta savol orqali faqat bir narsani so’rash.

Savol mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.

Savoldagi barcha so’zlar o’quvchiga tushunarli bo’lishi kerak.

Har bir savolga bir nechta javob bo’lishiga harakat qiling.

Aniq narsalardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishida yengillik tug’diradi.

Faqatgina "ha" yoki "yo’q", "to’g’ri" yoki "noto’g’ri" degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning.

O’quvchilarga o’z tajribalariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering.

O’zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering.

Qo’yilgan savolga javob berilganda, o’quvchilardan "Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?" deb so’rab turing.

Interfaol metodlar bo’yicha o’qish jarayonini tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni. Vazifaning mazmuni o’qitishning an’anaviy shakllariga qaraganda boshqacharoq bo’lishi lozim. Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragraf konspektini olish vazifa sifatida berilishi maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o’quvchi bu ishni o’zi, mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo’yilishigina, o’quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. Masalan, dasturlashga oid masala yechilganda, uni kichik masalalarga bo’lish mumkin. O’quvchilarni ham kichik guruhlarga bo’lish va har biriga kichik masalani yechishni va dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin.

Dars oxirida guruhlarning kichik masalalarini yechimlari asosida berilgan masala yechishini tashkil qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab masalani yechish va unga ko’proq o’quvchilarni jalb qilish mumkin bo’ladi.

An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar

 

Asosiy tushunchalar

An’anaviy dars

Interfaol dars

1

qo’llanish darajasi

Barcha mavzular bo’yicha ular uchun  qulay bo’lgan dars turlari shaklida qo’llaniladi.

Ayrim mavzular bo’yicha interfaol darsning qulay bo’lgan turlari shaklida qo’llaniladi. Boshqa mavzular uchun an’anaviy dars  qo’llaniladi

2

Dars maqsadi

Dars mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash.

Dars mavzusi bo’yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o’rgatish.

3

O’qituvchining vazifalari va ish usullari

Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish.

O’quvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil  qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish.

4

Darsga tayyorgarlikka talablar

Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash.

Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlash.

5

O’quvchilar tayyorgarligiga talablar

Oldingi dars bo’yicha vazifalarni bajarib kelish.

Yangi dars mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilish.

6

O’quvchilarning vazifalari va

ish usullari

O’qituvchini tinglash va o’zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish.

O’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo’yicha mustaqil fikrlash, o’z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish

7

Vaqt

taqsimoti

Dars vaqtining ko’p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi.

Dars vaqtining ko’p qismi o’quvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o’z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi.

8

Darsning  modul va algoritmlari

Darsning modul va algoritmlaridan har bir o’qituvchi o’zi qo’llayotgan metodga muvofiq foydalanadi.

Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o’tkaziladi.

9

O’quvchilardan talab qilinadigan faollik darajasi

O’qituvchi har tomonlama faol, o’quvchilar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo’yicha faol.

Muloqot shakllari:

o’qituvchi-guruh;

o’qituvchi-o’quvchi;

o’quvchi-o’quvchi;

o’quvchi-o’qituvchi;

guruh-o’qituvchi;

O’qituvchi ham, o’quvchilar  ham har tomonlama faol. Hamkorlik, hamijodkorlik shakllari: o’qituvchi-o’quvchi; o’quvchi-o’quvchi; o’quvchi-kichik guruh;

kichik guruh-kichik guruh;

o’quvchi-o’qituvchi;  kichik guruh-o’qituvchi;

guruh-o’qituvchi.

10

Bilimlarni o’zlashtirishning asosiy usullari

Muloqot, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va boshqalar.

Muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil va boshqalar.

11

Mashg’ulot shakllari

Ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot, laboratoriya mashg’uloti, davra suhbati, bahs, munozara, konsultastiya va boshqalar.

Ma’ruza, guruh yoki juft bo’lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar va boshqalar.

12

Kutiladigan natija

Mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtirishlari.

Mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish.

 

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi.

Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg’ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko’rsatib turibdi.

Interfaol mashg’ulotning ushbu jadvalda ko’rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo’yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda hap bir mavzu bo’yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko’zda tutiladi.

Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur.

Interfaol mashg’ulotda o’quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg’ulotga nisbatan ko’p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.

Shularga o’xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to’g’risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o’zining mashhur "Mahbub ul-qulub" asari muqaddimasida shunday yozgan edi: "Umid ulkim, o’qig’uvchilar diqqat va e’tibor ko’zi bila nazar solg’aylar va  har qaysisi o’z fahmu idroklariga ko’ra bahra olg’aylar...". Bunda shu asarni har kim turlicha, ya’ni o’z fahmi idroki darajasidagina tushunishi, o’zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo’llay bilishi ko’rsatib o’tilgan bo’lib, bundan biz interfaol ta’lim usullarining an’anaviy usullardan asosiy farqlari to’g’risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o’quvchilarning fahmu  idroklarini o’stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.

Bunda ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari O’zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o’rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo’llab kelingan.

Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o’stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo’lib etishishlariga xizmat  qilgan.

Hozir interfaol mashg’ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar qo’llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o’sib o’tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o’zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin.

Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada  o’zlashtiradi.

Interfaol ta’lim texnologiyasi - har bir o’qituvchi barcha o’quvchilar ko’zda tutilgandek o’zlashtiradigan mashg’ulot olib borishini ta’minlaydi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg’ulotni oldindan ko’zda tutilgan darajada o’zlashtiradi.

Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb atash mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini nazarda tutishimiz lozim.

Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi:

-o’qituvchilardan interfaol mashg’ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash;

-o’qituvchilarga interfaol usullarni o’rgatishni tashkil qilish;

-o’quv xonasida interfaol mashg’ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish;

-ma’ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo’lishini ta’minlash;

-sanitariya-gigiena me’yorlari buzilishining oldini olish;

-xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;

-davomatni va intizomni saqlash;

nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar.

Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:

-DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri tanlash;

-interfaol mashg’ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash;

-interfaol mashg’ulotning har bir elementi o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq bo’lishini ta’minlash;

-mashg’ulotlar mavzusi va mazmunini so’nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida belgilash;

-zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo’llash;

-o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos darajadagi interfaol mashg’ulotlarni o’tkazish;

-interfaol mashg’ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar.

O’qituvchiga tegishli omillar:

-mavzuni sayoz bilishi;

-nutqidagi kamchiliklar: talaffuz, adabiy til me’yorlari, grammatika qoidalari, notanish yoki xorijiy so’zlar, atamalarning ma’nosini tushuntirmasdan  qo’llashi, shevaga xos so’zlarni ko’p qo’llashi, yozib namoyish qilishda xatoga yo’l qo’yishi va tushunarsiz yozishi;

-o’zini tutishi va pedagogik xulqidagi nuqsonlar;

-kiyinishi va tashqi ko’rinishiga e’tiborsizligi;

-ta’lim vositalaridan unumli va to’g’ri foydalana olmasligi;

-kuzatuvchanlik, vaqtning o’tishini his qilish, uni to’g’ri taqsimlash ko’nikmasi etishmasligi;

-tinglash ko’nikmasi yetishmasligi;

-o’quvchiga xayrixohlik, samimiylik, u bilan hamkorlikda ish olib borish ko’nikmasi yetishmasligi;

-mantiqiy bog’liqlik va izchillikka rioya qilmaslik va boshqalar.

o’quvchilarga tegishli omillar:

-davomat pastligi, mashg’ulotga kechikib kelishi;

-zarur tayyorgarliksiz kelishi;

-ilmiy atamalarni bilmasligi;

-diqqatni jamlay olmasligi;

-eshitish qobiliyatidagi va tinglash ko’nikmasidagi kamchiliklar;

-qiziqishning pastligi, fikr yuritishning sustligi;

-dars mavzusi bo’yicha tayyorgarlik darajasining pastligi;

-manfaatdorlikning kamligi va boshqalar.

Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar:

-ta’lim vositalarining etishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo’lishi, sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi;

-mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar turlarini va sonini to’g’ri tanlamaslik;

-vositalarni mashg’ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo’ymaslik;

-vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar.

Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg’ulotlarni yuqorida qisqacha bayon qilingan omillarni hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu mashg’ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.

 

                                                                   Foydalanilgan adabiyotlar

Turdiev N.SH., Asadov YU.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. //O‘quv-uslubiy qo‘llanma.(I-qism). Toshkent, 2015. - 160 b; B. 5-6 b.

2A.A.Abduqodirov, R.Ishmuxamedov, A.Pardaev. Ta’limda innovatsion  texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun  amaliy tavsiyalar).-T.: Iste’dod, 2008.-180 bet.


 

O’QITISHNING INTERFAOL METODI

O’QITISHNING INTERFAOL METODI

Bu narsa mashg’ulot paytida o’quvchilarga qo’rqmasdan "to’g’ri " va "noto’g’ri" nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi; mashg’ulotning tahlil va o’z-o’zini tahlil qilishga tayyorgarlik

Bu narsa mashg’ulot paytida o’quvchilarga qo’rqmasdan "to’g’ri " va "noto’g’ri" nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi; mashg’ulotning tahlil va o’z-o’zini tahlil qilishga tayyorgarlik

Barcha mavzular bo’yicha ular uchun qulay bo’lgan dars turlari shaklida qo’llaniladi

Barcha mavzular bo’yicha ular uchun qulay bo’lgan dars turlari shaklida qo’llaniladi

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi

Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi: -DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri tanlash; -interfaol mashg’ulot…

Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi: -DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri tanlash; -interfaol mashg’ulot…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
20.02.2020