O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI
Оценка 4.8

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI

Оценка 4.8
Научно-исследовательская работа
docx
информатика
Все классы
02.12.2018
O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI
Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maqola xalqaro.docx
O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH­AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI Nurmatov I. I. ­ NamDU huzuridagi XTXQTMOHM o‘qituvchisi Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib   kelayotgan   avlod,   yoshlarni   barkamol   shaxs   sifatida   tarbiyalash   yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy­axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamkakatimiz   yoshlariga   zamon   talabiga   mos   ta’lim­tarbiya   berish jarayoniga   yangi   zamonaviy   axborot­kommunikatsiya   texnologiyalari   tizimi   va internet tarmog‘i imkoniyatlarining tadbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini   allaqachon   namoyon   etmoqda.   Jahonda   shiddat   bilan   taraqqiy   etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy   tafakkurlarini   rivojlantirib,   o‘zligini   namoyish   etishlariga   imkon berayotganligi   ham   yangi   zamonaviy   texnologiyalarning   afzalliklaridan   bo‘lib hisoblanadi.   Mazkur   afzalliklardan   foydalanib,   yoshlarimiz   o‘z   intellektual salohiyatlari   va   qobiliyatlari,   iste’dodlarini   namoyon   etishlari   uchun   shart­ sharoitlar   yaratib   berilmoqda,   ularning   barkamol   avlod   bo‘lib   yetishishlari maqsadida ta’lim­tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda. Shu   bilan   bir   qatorda,   olimlar,   mutaxassislar,   shifokorlar,   pedagoglar   va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy   internetdan ta’sirga   egaligi   Ma’lumki,   ham   ta’kidlanmoqda.   foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi. Yoshlarmizni   AKT   va   internet   tarmog‘idagi   salbiy   mazmunga   ega axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish   madaniyatini   shakllantirish,   mamlakatimiz   taraqqiyotini   ko‘zlovchi, xalqimiz   tarixi,   urf­odatlarini   qadrlovchi,   milliy   qadriyatlarga   sodiq,   ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot muhitidagi   salbiy   ta’sirlar   hamda   tahdidlardan   asrash,   shuningdek,   tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini   olish   va  ta’sir   kuchini   kamaytirish,   axborotdan   xavfsiz   foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan. Bugungi kunda internet — inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga   aylanib   qolgani   bois,   bolalarni   uning   xavfidan   himoyalash   masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Internet   bolalar   tarbiyasida   o‘ta   muhim   o‘rin   egallaydi.   Chunki,   bola tarbiyaga   oid   xulq­atvor   ko‘nikmasi,   hayot   tamoyillari,   fikrlash   va   olam manzarasini ko‘proq aynan internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota­onalar   farzandining   kompyuter   qarshisida   bo‘lgan   vaqtida   hech   qanday xavotirga   o‘rin  yo‘q,  deb  o‘ylaydi.  Biroq  virtual  olamda   ham   ularni  muayyan xavfxatarlar   va   tahdidlar   kutib   turgan   bo‘lishi   mumkin.   Axborot   xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini muhofaza qilish,  xavf­xatarlar   va  tahdidlardan  himoyalanish  mumkinligini   anglash   uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi. Yoshlarni   internetdan   himoya   qilishni   nazarda   tutgan   holda,   internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlarni tavsiya qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida individual shaxs ekanligi va ularga alohida yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar bolalar va o‘spirinlarni quyidagi toifalarga ajratishdi: *  7–10 yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu   yoshdagi   foydalanuvchilarning   aksariyat   qismi   endigina   o‘qishni o‘rgangani,   qaysi   saytga   kirgani   va   qanday   muammolarga   duch   kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rang­barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois,   bolalar   ko‘p   hollarda   shu   kabi   axborotlarni   izlashadi.   Shu   sababli   7–10 yoshdagi bolalarning internetdan foydalanishini ota­onalar yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. Internet tarmog‘ida   tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon   yetkazishi   mumkin   bo‘lgan   axborotlarni   filtrlash   yoki   zararli   resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. *  10–13   yosh   davri   o‘ta   muhim   bo‘lib,   bola   uchun   o‘tish   davrining   eng murakkab   payti   hisoblanadi.   Ushbu   yoshdagi   bolalar   ko‘p  narsani   tushunishga harakat   qiladigan   va   qiziquvchan   bo‘ladilar.   Internet   tarmog‘ida   o‘yinlar   va axborotlarni izlash bilan bir qatorda, ushbu yoshdagilar do‘st va tanishlar topish maqsadida ijtimoiy saytlar va chatlardan faol foydalanishadi. *  13–16 yoshdagi o‘smirlar, shaxs sifatida va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida aynan shu yoshda shakllanishi bois, faoliyat doirasining qamrovi kengligi va   alohida   e’tibor   talab   etishi   bilan   ajralib   turadi.   Bu   toifadagi   o‘smirlar internetdan   faol   foydalanadilar.   Internet   ular   uchun   ulkan   axborot   manbasi, tengdoshlari va do‘stlari bilan muloqot vositasi, shu jumladan, vaqtichog‘lik qilish imkoniyati hamdir. Mazkur   yoshdagi   eng   katta   muammo   —   bu   ota­onalar   tomonidan «bolalarimiz ulg‘aydi» qabilida ularni to‘la nazorat qilmaslikdir. Bu yoshni yana «axborot   ochligi»   yoshi,   deb   ham   atash   mumkin.   Bu   davrda   bolalar   ulg‘ayib, barcha narsalar haqida ko‘proq bilishni xohlaydilar. Bugungi kunda bolalar va o‘smirlarlarning internet tarmog‘idan foydalanish vaqtini tartibga soluvchi norma ishlab chiqilmagan. Mutaxasissislarning fikrlari bir­biridan   farq   qiladi.   Aksariyat   ruhshunoslar,   shifokorlar   va   pedagoglarning fikricha, internet tarmog‘idan foydalanish vaqti quyidagicha taqsimlanishi lozim: ­ 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat ­ 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat ­ 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat Internet makonida uchraydigan xavf­xatar, tahdidlar va tahlikalar haqida so‘z yuritilgani oqibatida, o‘quvchida internetning zararli va buzg‘unchi vosita ekanligi haqida   noto‘g‘ri   tasavvur   uyg‘onishi   ehtimoli   ham   mavjud.   Aslida   esa,   unday emas. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan shaxsda turli sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. Shu   bilan   bir   qatorda,   yosh   foydalanuvchilarda   Internet­madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Internet madaniyati har qanday manba va mazmundagi axborotni iste’mol qilish, o‘zlashtirish va uzatishni nazarda tutadi. Internet madaniyati — bu internet tarmog‘idagi   ijtimoiy   ongga   salbiy   ta’sir   etuvchi,   jumladan,   amaldagi   davlat tuzumiga   qarshi   qaratilgan   noxolis   xarakterdagi,   diniy­ekstremistik,   terroristik, hayosizlik,   shafqatsizlik   va   boshqa   mazmundagi   axborotlardan   foydalanishning ongli   ravishda,   cheklanilishi   demakdir.   Internet   madaniyatining   zamirida muloqotga   nisbatan   umumqabul   qilingan   axloqiy   talablar,   shuningdek,   har   bir insonning   betakrorligi   va   qadr­qimmatining   bevosita   tan   olinishi   mujassam bo‘lgan. Internet madaniyatini bilmaslik foydalanuvchi tomonidan internet va ijtimoiy   «anonim» tarmoqlarda   cheklanmagan   miqdorda   muloqot foydalanuvchilar bilan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlar almashinuviga   qilishiga, olib kelishi mumkin. Bunday tendentsiya foydalanuvchilarning internet olamida ommalashayotgan   kiberjinoyatchilik,   kiberbulling   ta’siriga   tushib   qolishlariga sabab bo‘lishi ham mumkin. Xulosa   qilib   aytganda,   global   tarmoqning   chegara   bilmasligi   foydali axborotlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon   yetkazishi   mumkin   bo‘lgan   nosog‘lom   mazmundagi   axborotlarning   ham tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH-AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
02.12.2018