O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA SUZISHNING O‘RNI.
Оценка 4.8

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA SUZISHNING O‘RNI.

Оценка 4.8
pdf
18.09.2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA SUZISHNING O‘RNI.
3-Modul.pdf

3-MAVZU.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA SUZISHNING O‘RNI.

Darsning o’quv maqsadi: Talabalarga O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida suzish sportining o‘rni vazifalarini tushuntirish va fanning umumiy mazmuni haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.

         Tayanch  so’z va  iboralar:

         O'zbekistonning federatsiyaga a'zo bo'lishi, birinchi suzish havzalari, O'zbekiston birinchiligming o'tkazilishi, Olimpiya o'yinlariga kiritilishi, hozirgi zamon olimpia o'yinlari dasturi, mashhur suzuvchilar, O'zbekistonda suzish federatsiyasi tuzilishi, O'zbekistonda birinchi suzish musobaqasi, jahon fedeatsiyasining nomi, jaxon federatsiyasining tashkil qilinishi. Reja.

1.O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimi

2. Suzish sportining o‘rni vazifalarini 

3.Suzish sportining umumiy mazmuni.

         Vatanimiz uzining anhorlari, ko'llari, daryorlari va sun'iy suv havzalariga ega bo'lgan serquyosh diyordir. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Angren, Oqdaryo, Qoradaryo kabi daryolar mavjud. Shu daryolar sohillarida yashovchi aholi qadimdan bu tabiiy boyliklarni insonlar manfaati uchun buysundirish bilan kurashib kelganlar. Ko'p kanallar (Farg'ona va boshqalar), suv omborlari («Tuyamuyin», Chorvoq suv ombori va boshqalar), bir qator suv havzalari («Rohat» ko'li. «Toshkent dengizi») bunyod qilindi. Ular aholi uchun baliq ovlash, ekin sug'orish, ro'zg'orda foydalanish va shu bilan birga hayotiy zaruriyat bo'lgan suzishga o'rgatish va suzish sportining rivojlanishi uchun manba sifatida xizmat qilib kelmoqda.

      Suzish sportining boshlangich davri O'zbekistonda 1924-1925 yillarga to'g'ri keladi. Garchi bu yillarda maxsus (basseynlar) havzaiar qurilmagan bo'lsa-da, birinchi marta gidrostansiyalar bunyod etildi. Masalan: Toshkentda Bo'zsuv to'g'on bilan tusilib, sun'iy suv ombori hosil qilindi. Bu esa, o'z navbatida, aholining, yoshlaming sevimli dam olish va cho'milish maskani bo'lib qoldi. Sal keyinroq esa ikkita suv stansiyasi qurilib, shu tariqa suzish basseyni va •balandlikdan suvga sakrasli minoralari qurildi. 1927 yilning yoziga kelib jumhuriyatimizda birinchi marta shu suv stansiyasida Toshkent bilan Samarqand shaharlari o'rtasida suzish bo'yicha musobaqa bo'lib O'tdi. Bu, o'z navbatida, 1928 yildagi Butun ittifoq spartakiadasiga qatnashuvchi O'zbekiston ternia jamoasi a'zolarini saralab olishga yordam berdi. Nihoyat, terma jamoaga quyidagilar: Nadejda Рак, Nina Lobova, Pyotr Kravchenko va boshqalar a'zo bo'ldidar. Ammo spartakiadada O'zbekiston terma jamoasining suzuvchilari juda bo'sh ishtirok etib, Turkmaniston jamoasidangina yuqori 16-o'rinni oldidar. Shunga    qaramay,     Butunittifoq     spartakiadasi O'zbekiston jumhuriyatining Buxoro, Andijon, Toshkent, Farg'ona va boshqa shaharlarida ham suzish sportining rivojlanishi uchun turtki bo'ldi. Masalan: Toshkentning «Komsomol ko'li» da, Andijon shahridagi istirohat bog'idagi sun'iy suv havzasida, Buxorodagi istirohat bogi ichidagi eng katta Labihovuzda suzuvchilar suzish sporti bo'yicha har xil mashg'ulotlar o'tkazadigan bo'ldilar. 1930 yili «Mehnat va Vatan mudofaasiga bo'l tayyor» (GTO) kompleks majmuasi Nizomi tasdiqlangach, Toshkentda Yangi turdagi basseynlar barpo etildi. Qad ko'targan yirik korxonalar qoshida zamonaviy basseynlar qurila boshlandi. Masalan: Toshkent to'qimachilik kombinati qoshida uzunligi 50 m keladigan suvi isitiladigan ochiq basseyn qurib ishga tushirildi. 1935 yil Andijonning sun'iy suv havzasida birinchi marta jumhuriyat bo'yicha suv sporti bayrami o'tkazildi. Bunda suzish bo'yicha jumhuriyat birinchiligi o'tkazildi. Andijon, Qo'qon, Toshkent, Farg'ona shaharlarining eng mohir suzuvchilari o'zaro bellashdilar. Bunda Toshkentlik Aleksandr Vajning 100 va 200 m ga yonboshlab suzish bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.Nikolay Zokirov 200 m masofaga erkin suzishda chempion bo'ldi. Valentin Mixaylov 100 va 200 m ga brass usulida suzishda g'olib chiqdi.

100 m ga erkin usulda suzishda esa andijonlik Nikolay Davidenko g'olib deb topildi.

         30 - yillardan boshlab davlat tashkilotlarining talab va tashabbusiga ko'ra jumhuriyatda suzish sportini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkentdagi Temiryulchilar istirohat bog'ida tizunligi 25 m li ochiq basseyn qurildi va shu erda suzish bo'yicha bolalarning sport maktabi (DSSh) tashkil etildi. 1939 yilda "esa Toshkentda maydoni 8 gektar keladigan ko'l bunyod etildi. Ko'lda asosiy baza hisoblangan «Dinamo» va «Spartak» suzuvchilar stansiyasi tashkil etildi. Bu bazada keyinchalik jumhuriyatimizning dastlabki murabbiylari yetishib chiqdi. A.K.Smirnov (hozir O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy). V.T.Bondarenko (xizmat ko'rsatgan murabbiy), N.T.Shuljenko, V.I.Mixaylov va boshqalar. Ular ko'plab yoshlarga ustgzlik qilib, mohir suzuvchi sportchilarni yetishtirib berdilar.       1939 yilga kelib O'zbekistonda suzish bo'yicha jumhuriyat federatsiyasi tuzildi. A.K.Smirnov unga rais qilib tayinlandi. 1948 yili Qozog'iston va O'rta Osiyo jumhuriyatlari jamoalari o'rtasida suzish bo'yicha'musobaqa bo'lib o'tdi. Bunda jumh'uriyatimiz jamoasi 1-o'rinni   oldi.   Jumhuriyatimizda   Anatoliy   Gerasimov, Georgiy Pijankov, Rashid Xamzin kabi sport ustalari yetishib chiqdi. Jumhuriyatimiz hukumati suzish uchun sport bazalari qurilishiga katta mablag' ajratdi. 1949-1955 yillar mobaynida Andijon, Namangan va Qo'qon shaharlarida 25 m li ochiq basseynlar qurib ishga tushirildi va ular qoshida suzish bo'yicha bolalar va o'smirlar sport maktabi (BUSM) ochildi. 

1954 yil Yuriy Frolov 200 m ga batterflyay usulida (2.32.6.) suzib sobiq SSSR chempioni va rekordchisi degan unvonga sazovor bo'ldi.

O'zbekiston suzish federatsiyasi kelajakda suzish sporti turlarini yanada rivojlantirish, yoshlar orasida suzish sportini keng ommalashtirish va suzish uchun bazalar sonini yanada ko'paytirish to'g'risida o'z reja va vazifalarini ishlab chiqdi. Viloyatlar markazlarida bir necha yangi basseynlar qurildi. Respublikada oliy sport maktabi ochildi va unga eng kuchli suzuvchilar qabul qilindi. Mazkur maktadagi mashgulotlarga jumhuriyatimizdagi ko'zga ko'ringan murabbiylar A.K.Smimov, V.T.Bondarenko, V.I.Lyutiy, A.E.Shpolyanskiy kabilar rahbarUk qildilar.

      1960 yil Toshkentda O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instiruti qoshida suvi isitiladigan 25x12 m li ochiq basseyn, 1962 yil «Mehnat rezervlari» klubiga qarashM ko'ngilli sport jamiyati (DSO) qoshida 25x12 m lm yopiq basseyn, 1964 yil «Mehnat» jamiyatiga qarashli 50x21 m li yopiq basseyn, 1969 yil Armiya sport klubiga qarashli suvi isitiladigan 50x21 m li oc>jq basseyn, 1963 yil Navoiy shahrida 50x21 m li basseynlarning barpc etilishi jumhuriyatimizdagi suzish sporti tarixida katta voqea bo'ldi. Matijada bizning suzuvchi sportchilarimiz o'z mahoratlarini oshira b>rib yangi marralar sari intila bordilar. Masalan: jumhuriyatimiz Mzuvchilari 1956-1959 yillardagi sobiq ittifoq xalqlari 1-va 2spartafcadasida qatnashib 9-o'rinni olgan bo'lsalar, 1967 yilgi 4-sparakiadada 5o'rinni egalladilar. Erkin usulda 4x100 m ga estafeta siZjshda qizlarimiz: Svetlana Babanina, Natalya Ustinova, Raisa 4anina va Rita Pavlovalar oltin medalga sazovor bo'ldilar (1967 yil).

       1964-1965 yillarda S.V.Babanina 100 m ga brasLUSUijda suzjb5 ikki marta jahon rekordini o'rnatdi. Tokioda o'tkazilgai.0iimpiacja(ja u 200 m ga brass usulida (2.28.6), 4x100 m ga ko^binatsiyali estafetada suzib 2 ta bronza medaliga sazovor bo'Id Mazkur olimpiadada toshkentlik Natalya Ustinova 4x100 m ga konsjna|Siya usulida suzib bronza medalini qo'lga kiritdi. U o'z mahoratiniborib Yevropa chempioni va rekordchisi, 16 marta mamlakat chempioni bo'ldi.

O'zbekistonda A.A.Shvartsman trenerligida yetishib chiqqan, Sergey Pavlovich Konov 1968 yilgi XIX olimpiada o'yinlarida o'zini ko'rsatgan bo'lsa, 1969yil 200 m ga batterflyay usulda suzish bo'yicha chempionlikga nomzod bo'ldi. Shu tariqa                O'zbekistonda suzish sporti yuksala bordi. 1998 yil 3-5 iyunda Toshkentda suzish sporti bo'yicha xalqaro yirik musobaqa bo'lib o'tdi. Bu aslida yaqinlashib kelayotgan XXV olimpiyadaga qay darajada tayyorligimizni kimdan va nimadan umidvor ekanligimizni ham ko'rsatib berdi. Barcha turlar bo'yicha jahonning eng mohir suzuvchilari qatorida 26 ta SNG suzuvchilari ham qatnashdi. Bu xildagi turnir jumhuriyatimizda 5 yil avval ham bo'lib o'tgan edi. Buning sababi O'zbekistonning iqlim sharoiti Seulning iqlimiga o'xshashligidir. 

  Bunda Bolgariya, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya, Shvetsiya, Yugoslaviyaning mohir suzuvchilari qatorida O'zbekiston suzuvchilari ham o'z qobiliyat va kuchlarini sinab ko'rdilar. Bu voqealar sportimiz tarixida o'ziga munosib o'rin oldi.

        Vaqt o'tgan sayin jumhuriyatimiz shon-shuhratini himoya qiluvchi sportchilarimiz tobora ko'paya bordi. Jismoniy tarbiya va sport turlari tobora rivojlanib bordi. Suzish sporti ham taraqqiylasha bordi. Maxsus zamonaviy basseynlar soni ko'paydi, eskilari ta'mirlandi. Yoshlar o'rtasida suzishga bo'lgan qiziqish ortdi. Natijada nomlari yuqorida tilga olingan rekordchilar, chempionlar, sovrindorlar qatorjga yana yangi nomlar qo'shildi. Mamlakatimiz rekordchisi, xalqaro klassdagi sport ustasi, Dustlik 84 tumirining g'olibasi Larisa Belakon, xizmat ko'rsatgan sport ustasi, chalqancha suzish bo'yicha jahonning sobiq rekordchisi, XXIV olimpiada sovrindori Sergey Zabolotnikov, chempionlar: Evgeniya Vavilpya, Marina Panina, Elena Ovchar, Janna Bolotova, Evgeniytj  Dmitriy Pankov, Rinat Shigaev, Dilshod Egamberdiev Jajm^urwat turnirlarida sovrindor bo'lgan. jismoniy tarbiya buyicha o'quv dasturlarida majburiy fakultativ kurs sifatida o'rin olgan. Maktablarda sharoitga qarab jismoniy tarbiya darslarida suzishga o'rgatish bo'yicha mashg'ulotlar olib borilmoqda.

        O'zbekiston xalq ta'limi vazirligi tomonidan, umumta'lim maktablarining 5-9sinflari uchun jismoniy tarbiyadan 1992 yilgi umumiy dasturiga ko'ra 5-9sinflarining har biri uchun 14 soatdan rejalashtirilgan. Hozirgi paytda ayrim maktablar o'z maktabida sharoit bo'lmasa, yaqin atrofdagi basseynlarni ijaraga olishmoqda. Yoz oylarida ochiq suv havzalarida va bolalar yozgi dam olish oromgohlarida suzish mashg'ulotlari o'tkazilmoqda. Shu ishlarning hammasi davlat dasturiga muvofiq tasdiqlangan rejalar asosida olib boriladi. Chunki bizning jismoniy tarbiya tizimimizda suzish asosiy o'rinni egallaydi. Shu sababli boshqa jismoniy mashg'ulotlar qatori suzish ham jumhuriyat jismoniy tarbiya kompleksiga kiritilgan.. Ikkinchi sababi, suzishdagi tarbiyaviy ishlar butun mashg'ulot jarayonida olib borilib, bolalarning ongli, intizomli, tashabbuskor, sabot-matonatli, jasur, dadil va irodali bo'lib o'sishiga katta ta'sir ko'rsatishi biz uchun juda muhim ahamiyatga egadir.

         Nazorat  uchun  savollari.

1.   O'zbekistonda dastlabki  suzish inshootlari qachon paydo bo'ldi?

2.   O'zbekistonda   suzish   bo'yicha   jumhuriyat Federatiyasi qachon tuzildi?

3.   O'zbekistonlik sportchilar sportcha suzish bo'yicha qanaqa muvaffaqiyatlarga      erisliganlar?

4.   Mustaqillik davrida suzish sportiga e'tibor kuchayganligi to'g'risida nima      bilasiz?

MAVZU.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MAVZU.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

Masalan: Toshkentning «Komsomol ko'li» da,

Masalan: Toshkentning «Komsomol ko'li» da,

Viloyatlar markazlarida bir necha yangi basseynlar qurildi

Viloyatlar markazlarida bir necha yangi basseynlar qurildi

Yoshlar o'rtasida suzishga bo'lgan qiziqish ortdi

Yoshlar o'rtasida suzishga bo'lgan qiziqish ortdi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022