PEDAGOGIK
ISSN
2181-6833 MAHORAT
1 (77) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT
ISSN 2181-6883
PEDAGOGIK MAHORAT
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
1-son (2021-yil, fevral)
Jurnal 2001-yildan chiqa boshlagan
Buxoro – 2021
1
PEDAGOGIK MAHORAT
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
2021, № 1
Jurnal Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Rayosatining 2016-yil
29-dekabrdagi qarori bilan pedagogika va psixologiya
fanlari boʻyicha dissertatsiya ishlari natijalari
yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim boʻlgan
zaruruiynashrlar roʻyxatiga kiritilgan.
Jurnal 2001-yilda tashkil etilgan.
Jurnal 1 yilda 6 marta chiqadi.
Jurnal Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Buxoro viloyat matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan
2016-yil 22-fevral № 05-072-sonli guvohnoma bilan roʻyxatga olingan.
Tahririyat manzili: Oʻzbekiston Respublikasi,Buxoro shahri Muhammad Iqbol koʻchasi, 11-uy Elektron manzil: ped_mahorat@umail.uz
TAHRIR HAY’ATI:
Bosh muharrir: Adizov Baxtiyor Rahmonovich– pedagogika fanlari doktori, professor
Bosh muharrir oʻrinbosari: Navroʻz-zoda Baxtiyor Nigmatovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mas’ul kotib: Hamroyev Alijon Roʻziqulovich – pedagogika fanlari doktori, dotsent
Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori
Begimqulov Uzoqboy Shoyimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yanakiyeva Yelka Kirilova, pedagogika fanlari doktori, professor (N. Rilski nomidagi Janubiy-Gʻarbiy Universitet, Bolgariya)
Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Mahmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor
Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor
Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor
Kozlov Vladimir Vasilyevich, psixologiya fanlari doktori, professor (Yaroslavl davlat universiteti, Rossiya)
Morogin Vladimir Grigoryevich, psixologiya fanlari doktori, professor (Xakassiya davlat universiteti, Rossiya)
Belobrikina Olga Alfonsasovna, psixologiya fanlari nomzodi,professor (Novosibirsk davlat pedagogika universiteti,
Rossiya)
Chudakova Vera Petrovna, psixologiya fanlari nomzodi (Ukraina pedagogika fanlari milliy akademiyasi, Ukraina)
Tadjixodjayev Zokirxoʻja Abdusattorovich, texnika fanlari doktori, professor
Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor
Oʻrayeva Darmonoy Saidjonovna, filologiya fanlari doktori, professor
Axmedova Shoira Neʻmatovna, filologiya fanlari doktori, professor
Durdiyev Durdimurod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor
Toʻrayev Halim Hojiyevich, tarix fanlari doktori, professor
Mirzayev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor
Mahmudov Nosir Mahmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Boʻtaboyev Muhammadjon Toʻychiyevich, iqtisod fanlari doktori, professor
Boʻriyev Sulaymon Boʻriyevich, biologiya fanlari doktori, professor
Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Qiyamov Nishon Sodiqovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qosimov Fayzullo Muhammedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Bafayev Muhiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Jumayev Ulugʻbek Sattorovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Umarov Baxshullo Joʻrayevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Inoyatov Abdullo Shodiyevich, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
2
Гулноза СОБИРОВА. Инглиз тилини ўқитишда талабаларда нутқ фаолияти турларини таълимий
методлар асосида ривожлантириш ........................................................................................................... 145
ANIQ VA TABIIY FANLARNI OʻQITISH .................................................................................... 150
Шаҳло МЕРАЖОВА, Ҳилола ЭЛМУРАДОВА, Дилноза АЗИМОВА. Чегаравий шартлар бир жинсли
ва бир жинсли бўлмаган параболик типдаги тенглама учун биринчи аралаш масалани ечиш ........... 150 Ахат АХМЕДОВ. Развитие экспериментальной компетентности учителя физики на лабораторных
занятиях ...................................................................................................................................................... 157
Набия ТУРАЕВА, Жахонгир ТУРАЕВ. Методические рекомендации по обучению будущих учителей
математики конструированию и анализу урока ....................................................................................... 160
Gʻolib JUMAQULOV. Oʻquvchilar intellektual sifatlarini tarbiyalash texnologiyalari ............................... 163 Nazokat SAYIDOVA, Ilhom JURAYEV. Make beautiful control buttons for a website in coreldraw vector
program ........................................................................................................................................................ 166
Мўмин ҚОДИРОВ, Эркин ВОХИДОВ. Умумтаълим мактаблари ва академик лицейларда физика
фанини масофавий таълим асосида ўқитиш масалалари хусусида ........................................................ 173
Дилноз РЎЗИЕВА. Олий таълимда физика ўқитишни тизимли ёндашув усулида ташкил қилиш ..... 178 Ҳамидахон ҚОДИРОВА. Умумий ўрта таълим физикасида “оптика” бўлимининг мазмун ва
моҳияти ....................................................................................................................................................... 182
Eliboy XUDOYBERDIYEV, Sevara HAMROYEVA. Yulduzlar evolutsiyasini kvant tasavvurlar nazariyasi
asosida oʻqitish metodikasi........................................................................................................................... 186
Mehrinigor RAUPOVA. Boʻlajak biologiya oʻqituvchisi kvazi-professional faoliyatini loyihalash usullari 189
Gulbahor AKBAROVA, Charos AMINJONOVA. Problems and methods of teaching the subject
“biology” ...................................................................................................................................................... 193
Хасан АВЕЗОВ, Бахтиёр ГАНИЕВ, Акобир ИЛХОМОВ, Гуляйра ХОЛИКОВА. Повышение
эффективности учебной деятельности студентов при изучении биоорганической химии в
дистанционном формате ............................................................................................................................ 197
Ekhtiyor ATOEV, Gulnoz GAFUROVA. Information files for didactic chemistry testing ......................... 200
IQTISODIYOT VA TURIZM ........................................................................................................... 203
Bobir ZOKIROV, О.Р.РАШИДОВ. Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi diplomatik
munosabatlarning yangi bosqichi ................................................................................................................. 203
TASVIRIY SAN’AT VA MUSIQA TA’LIMI .................................................................................. 206
Қорёғди ЖУМАЕВ, Муҳиба Сулаймонова. Алишер Навоий ва ўзбек мўъжаз рангтасвир санъати
уйғониш даври ............................................................................................................................................ 206
Вилоят ТЎХСАНОВА, Наргиза РАФИЕВА. Амалий санъат асаларини таъмирлашда ашёлар
технологияси .............................................................................................................................................. 209
Олим КАРИМОВ. Мусиқа дарслари орқали ўқувчи ёшларда онг, миллий тафаккурни шакллантириш
воситалари .................................................................................................................................................. 213
Davron ROʻZIYEV. Milliy sozlarning tarixiy taraqqiyoti va ta’lim-tarbiyadagi roli ................................... 219
Саноқул ДЎСТОВ. Ўзбек миллий мусиқа созларининг пайдо бўлиш тарихи ...................................... 227 Рустам РАХИМОВ. Формирование музыкальных интересов и способностей и их выявление в
семье ............................................................................................................................................................ 232
JISMONIY MADANIYAT VA SPORT ........................................................................................... 235
Нодиржон КАМБАРОВ. Шарқ яккакурашларида баркамол шахс тарбиясининг устувор
йўналишлари .............................................................................................................................................. 235
Хусен САФОЕВ. Военно-патриотическое воспитание школьников как педагогическая проблема ... 240
Шерзод АБДУРАХМАНОВ. Военно-патриотическое воспитание молодежи в современных
условиях ...................................................................................................................................................... 244
Муҳсин ОЛИМОВ. Ўрта масофага югурувчиларнинг мусобақа олди тайёргарлик машғулотларини
режалаштириш ........................................................................................................................................... 248
Низом ТЎХТАБОЕВ. Болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида шуғулланувчи ёш қиз болаларнинг
жисмоний тайёргарлиги динамикаси ........................................................................................................ 254
Раҳим ШУКУРОВ. Талаба – ёшларда соғлом турмуш маданиятини ривожлантириш, жисмоний
тарбия ва спорт муҳим восита сифатида .................................................................................................. 258
“Педагогик маҳорат” журнали учун мақолаларни расмийлаштириш талаблари .................................. 261
6
Buxoro davlat universiteti
2-bosqich magistri
Илмий раҳбар т.ф.ф.д.(PhD) доцент
OʻZBEKISTON VA XITOY XALQ RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLARNING YANGI BOSQICHI
Ushbu maqolada Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan keyingi yillarda olib borilgan savdo-iqtisdiy, transport, kommunikatsiya va xavfsizlik borasida amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratilgan.
Tayanch soʻzlar: Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT), Strategik sheriklik, Oʻzbekiston, Xitoy Xalq Respublikasi, memorandum, dekloratsiya, “Bir makon, bir yoʻl”.
В данной статье исследовано дипломатические отношение между Узбекистаном и Китайской Народной Республикой. Автор акцентирует внимание на проделанной за последние годы работе в сфере торговли и экономики, транспорта, связи и безопасности.
Ключевые слова: Шанхайская организация сотрудничества (ШОС), Стратегическое партнёрство, Узбекистан, Китайская Народная Республика, меморандум, декларация, “Одинь путь, одна дорога”.
This article explores the diplomatic relations between Uzbekistan and the People’s Republic of China. The author focuses on the work done in recent years in the field of trade and economics, transport, communications and security.
Key words: Shanghai Cooperation Organization (SCO), Strategic Partnership, Uzbekistan, People’s Republic of China, memorandum, declaration, “One way, one road”.
Kirish. Bugungi kunda Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi strategik sheriklik va doʻstlik munosabatlari rivojlanishi yangi bosqichga koʻtarildi. Mamlakatimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan oʻzaro doʻstlik mustahkam negizida taraqqiy etmoqda. Oʻzaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasi 2005-yilda imzolangan “Doʻstlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari toʻgʻrisida”gi shartnoma, 2010-yildagi “Doʻstlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish va rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma deklaratsiya, 2012yildagi “Strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma deklaratsiya, 2013-yildagi “Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqida”gi Qoʻshma deklaratsiya, 2014-2018yillarga moʻljallangan “Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish” dasturi hamda 2016-yilda imzolangan Qoʻshma bayonot tashkil qiladi [1].
Asosiy qism. Oʻzbekiston va Xitoy munosabatlarini yuqori darajaga koʻtarish hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi izchil hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy va davlat tashrifi bilan 6 marta Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurgan va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etgan [2].
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) doirasida mintaqadagi va, umuman, jahondagi vaziyat, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, shuningdek, SHHTni yanada rivojlantirishning istiqbollari yuzasidan masalalar muhokama etiladi. SHHTning asosiy maqsadi a’zo davlatlar oʻrtasida ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, ta’lim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iboratdir. Bundan tashqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi birgalikda kurashish ham tashkilotning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Soʻnggi yillarda tashkilot doirasida iqtisodiy hamkorlik masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik dasturi hayotga tatbiq etilmoqda. SHHTga a’zo davlatlarning yangi, adolatli va demokratik, koʻp qutbli dunyo shakllanishi sharoitida davlatlararo munosabatlarni mustahkamlash
masalalariga umumiy yondashuvlari, ularning jahonda tinchlikni oʻrnatishga boʻlgan intilishlari, oʻz mamlakatlaridagi mavjud sharoitdan kelib chiqib, innovatsiya va barqaror taraqqiyot yoʻlidan borishga tayyorligi, umumiy taraqqiyotga oʻz mamlakatini rivojlantirish orqali koʻmaklashishi, shuningdek, buning uchun xalqaro hamkorlik sohasida aniq chora-tadbirlar koʻrish masalalari belgilangan.
Xitoy Oʻzbekistonning hayot sinovidan oʻtgan ishonchli hamkoridir. Xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar Buyuk ipak yoʻli tarixi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, milliy qadriyat va an’analarimiz jahon madaniyatini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan. Xitoy Oʻzbekiston iqtisodiyotiga eng koʻp investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻtgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 7,8 milliard dollor miqdorida investitsiya kiritgan.
2016-yil yakunlari boʻyicha oʻzaro savdo aylanmasi hajmi 4,2 milliard dollorni tashkil qildi. Xitoy bozorida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan toʻqimachilik mahsulotlari, plasmassa buyumlar, qishloq xoʻjaligi va boshqa tovarlarga talab katta. Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoatning eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 2016-yili iyun oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Ushbu tashrif doirasida Qoʻshma bayonot imzolanishi oʻzaro munosabatlarni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga olib chiqqanligini koʻrsatadi. Buxoroga tashrif XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli aloqalarni, birinchi navbatda, yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlarida, transport, toʻqimachilik, kimyo sanoati va boshqa yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xitoy biznes subyektlari Oʻzbekistondagi koʻplab yangi sanoat korxonalari, jumladan, Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar, Qoʻngʻirod soda zavodlari qurilishida ishtirok etdi. XXR tadbirkorlari koʻmagida mamlakatimizda elekt texnikasi mahsulotlari, mobil telefonlar, qurilish texnikasi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. “Huawei” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahri va Oʻzbekiston mintaqalarining telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 20 ta loyiha amalga oshirildi. ZTE korporatsiyasi bilan hamkorlikda chiqarilayotgan modem, smartfon hamda boshqa uskunalarga ichki va xorij bozorlarida talab yuqori hisoblanadi [3].
Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurining barcha toʻrt tarmogʻi Oʻzbekiston hududidan oʻtgan. XXR Milliy neft-gaz koorporatsiyasi mamlakatimizda istiqbolli uglevodorod konlarini qidirish va qazish ishlarida faol qatnashmoqda. Muborak tumanidagi gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash boʻyicha hamkorlik qilib kelinmoqda.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpin Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi Qoʻshma bayonotni imzoladilar. Hukumatlararo texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, sogʻliqni saqlash sohasini asbob-uskunalar bilan jihozlashga doir loyihalarni maliyalashtirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo notalar almashinuvi hamda veterinariya va oʻsimliklar inspeksiyasi karantini sohasida Anglashuv memorandumi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish boʻyicha Anglashuv memorandumi, qishloq xoʻjaligi sohasida 2018-2020-yillarga moʻljallangan idoralararo almashinuv hamkorlik rejasi kabi qator muhim hujjatlar imzolandi.
Muhokamalar va natijalar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 14-15may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida boʻlib oʻtgan “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida ishtirok etdi va oʻz nutqida uning tarixiy ahamiyatini quyidagicha ta’rifladi: “Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning “Bir makon, bir yoʻl” konsepsiyasining ajralmas qismi boʻlgan “Ipak yoʻli iqtisodiy yoʻnalishi”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusi, bizningcha, nafaqat tarixiy ruh bilan boyitilgan, balki uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan keng qamrovli tashabbusni ifoda etadi” [4].
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 14-15-may kunlari boʻlib oʻtgan “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida belgilangan maqsadlarga erishish uchun umumiy sa’y-harakatlarimiz quyidagi muhim vazifalarni hal etishga qaratilishi lozimligini ta’kidladi: Birinchidan, “Bir makon, bir yoʻl” konsepsiyasini mintaqaviy taraqqiyotga oid aniq dastur va loyihalar bilan boyitish kerak.
Tabiiy zahiralar, ishlab chiqarish va inson resurslariga boy mintaqamizda transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalarida yirik loyihalar amalga oshirilishini kutib qolamiz.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubiy-sharqiy Osiyo va Yevropa davlatlari bilan bogʻlaydigan transport-logistika yoʻnalishlarini tashkil etishda hamkorlik boʻyicha kompleks harakatlar dasturini ishlab chiqish lozim.
1 (77) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT
Bizningcha, “Bir makon, bir yoʻl” transport koridorining keng tarmogʻiga Pokiston va Eronning Hind okeanidagi bandargohlariga chiqadigan Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston temir yoʻl magistralini birlashtirish mumkin.
“Ipak yoʻli iqtisodiy yoʻnalishi”ga Afgʻoniston hududi orqali oʻtadigan yoʻnalishlarni ham kiritish ushbu mamlakatni xalqaro va mintaqaviy jarayonlarga faol jalb etishni ta’minlashga, Afgʻoniston iqtisodiyotini tezroq qayta tiklash imkonini berishiga ishonaman.
Uchinchidan, transport-kommunikatsiya koridorini rivojlantirish bilan birga, avvalo, yuqori texnologiyalar sohasidagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratish zarur.
“Ipak yoʻli iqtisodiy yoʻnalishi” boʻyicha integratsiyalashgan sanoat texnoparklari, ilmiy-innovatsion klasterlar va erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish ham ustuvor yoʻnalishimizga aylanishi darkor.
Shu maqsadda bunday loyihalarni ilgari surishning samarali mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqishni taklif etamiz.
Toʻrtinchidan, “Ipak yoʻli iqtisodiy yoʻnalishi” tashabbusini samarali amalga oshirish uchun, bizningcha, “makon va yoʻllar” konsepsiyasidan joy oladigan hamkorlik boʻyicha dastur va loyihalarni qabul qilish maqsadida mintaqalararo darajada biznes hamjihatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni har tomonlama ragʻbatlantirish zarur.
Beshinchidan, “Ipak yoʻli iqtisodiy yoʻnalishi” tashabbusining amalga oshirilishi nafaqat iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, balki madaniy-gumanitar aloqalarimizni mustahkamlash, mavjud ulkan sayyohlik salohiyatidan faol foydalanishga qaratilishi lozim [5].
2019-yil 27-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Ushbu ikkinchi forumda Oʻzbekiston tomoni Xitoy – Markaziy Osiyo – Gʻarbiy Osiyo iqtisodiy koridorini shakllantirish, Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyatni bartaraf etish va Orolboʻyi mintaqasi uchun Trast fondi hamda Orolboʻyi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasini tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirish, Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida qator takliflarini ilgari surdi.
“Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afgʻoniston boʻyicha quyidagi fikrlarini bildirdi: “Yevroosiyo makonida xavfsizlik va taraqqiyotni ta’minlash, hech shubhasiz, “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusidan koʻzlangan maqsad va vazifalarga erishishning hal qiluvchi omilidir. Afgʻonistondagi vaziyatni tezlik bilan barqarorlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu mamlakatda tinchlik oʻrnatish, nafaqat uning iqtisodiy tiklanishiga xizmat qiladi, balki Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarida yangi taraqqiyot manbalarini yaratadi. Bu va boshqa dolzarb masalalarni biz joriy yilning kuzida Toshkentda boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha navbatdagi Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferentsiyasida (RECCA) muhokama qilish niyatidamiz.
Shuningdek, “SHHT – Afgʻoniston” muloqot guruhi doirasida hamkorlikni Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha boshqa shakldagi muloqot vositalari bilan faollashtirishni taklif qilamiz. Bu, shuningdek, oʻzaro bogʻliq aloqalarni rivojlantirish, jumladan, Afgʻonistonni mintaqaviy iqtisodiy munosabatlarga integratsiya qilishga doir loyihalarni amalga oshirish uchun ishonchli tayanch maydon boʻlib xizmat qilishiga aminman” [6].
Xulosa qilib aytganda, Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekistonning yaqin va ishonchli hamkori hisoblanadi. Bugungi kunda koʻpqirrali va ikki tomonlama manfaatli munosabatlar rivoji yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Ayniqsa, savdo-iqtisodiy aloqalar, transport, kommunikatsiya va tinchlikni saqlash ya’ni Afgʻonistonda barqarorlikni ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Аdabiyotlar
1.Oʼzbekiston – Xitoy: Strategik sheriklik va doʼstlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yoʼlida / https://uza.uz
2.Oʼsarov O. Ishonchli hamkorlikning uzilmas rishtalari // Mohiyat. 2012 yil 24 avgust soni.
3.Oʼzbekiston – Xitoy: Strategik sheriklik va doʼstlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yoʼlida / https://uza.uz
4. Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʼtaramiz. 1-jild. – Toshkent: “Oʼzbekiston”, 2018. -408 b.
5. Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qaʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʼtaramiz. 1-jild. – Toshkent: “Oʼzbekiston”, 2018.-408-410 b.
6. Shavkat Mirziyoyev. Niyati ulugʼ xalqning ishi ham ulugʼ, hayoti yorugʼ va kelajagi farovon boʼladi. 3-jild. – Toshkent: “Oʼzbekiston”, 2019. -309.
Buxoro davlat universiteti muassisligidagi
“PEDAGOGIK MAHORAT”
ilmiy-nazariy va metodik jurnali barcha ta’lim muassasalarini hamkorlikka chorlaydi.
Pedagoglarning sevimli nashriga aylanib ulgurgan “Pedagogik mahorat” jurnali maktab, kollej, institut va universitet pedagogik jamoasiga muhim qoʻllanma sifatida xizmat qilishi shubhasiz.
Mualliflar uchun eslatib oʻtamiz, maqola qoʻlyozmalari universitet tahririy-nashriyot boʻlimida qabul qilinadi.
Manzilimiz: Buxoro shahri, M.Iqbol koʻchasi 11-uy
Buxoro davlat universiteti, 1-bino 2-qavat, 208-xona
Tahririyat rekvizitlari:
Moliya vazirligi gʻaznachiligi
23402000000100001010
MB BB XKKM Toshkent sh. MFO 00014 INN 201504275
BuxDU 400110860064017950100079002
Pedagogik mahorat: rivojlanamiz va rivojlantiramiz!
Buxoro davlat universiteti nashri sahifalandi. Chop etish siJurnal tahririyat kompyuterida fati uchun
PEDAGOGIK
MAHORAT Jurnal oliy oʻquv yurtlarining
professor- bosmaxona javobgar. oʻqituvchilari, ilmiy
tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, magistrantlar, talabalar, akademik Bosishga
ruxsat etildi 05.04.2021
Ilmiy-nazariy va metodik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda maktab Bosmaxonaga topshirish vaqti
jurnal oʻqituvchilari, shuningdek, keng ommaga 08.04.2021
moʻljallangan. Qogʻoz bichimi: 60x84. 1/8 2021-yil 1-son (77) Tezkor bosma usulda bosildi.
Jurnalda nazariy, ilmiy-metodik, Shartli bosma tabogʻi – 20,6 muammoli maqolalar, fan va texnikaga oid Adadi – 100 nusxa yangiliklar, turli xabarlar chop etiladi. Buyurtma №90.
2001-yil iyul oyidan Bahosi kelishilgan narxda. chiqa boshlagan.
Nashr uchun mas’ul: “Sadriddin Salim Buxoriy”
Alijon HAMROYEV. MCHJ
OBUNA INDEKSI: Musahhih: Muhiddin BAFAYEV. bosmaxonasida chop etildi. 3070 Мuharrir: Oʻgʻiljon Olloqova Bosmaxona manzili: Buxoro shahri M.Iqbol koʻchasi 11-uy.
262
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.