Ma’ruza
1-Mavzu: O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sport tadbirlarini tashkil etishning ommaviy sport tadbirlarini rivojlanish tarixi. Reja:
1.1 “Umid nihollari” musobaqalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida
1.1 “Umid nihollari” musobaqalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, ularni ommaviy ravishda jismoniy tarbiya va sport harakatiga jalb qilishga qaratilgan uch bo‘g‘inli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari tizimli amalga oshirilmoqda.
Buning natijasida yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi kundan-kunga ortib borib, ular sog‘lom, irodasi mustahkam, Vatanimizning sodiq farzandlari bo‘lib voyaga yetmoqda.
Respublikamizda umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari musobaqalar ilk bora
“Olimpiya umidlari” nomi bilan 2000 yilda Toshkent shahrida, “Umid nihollari” nomi bilan ilk bora 2002 yilda - Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyundagi “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 244 qaroriga asosan “Umid nihollari” 2003 yilda Xorazmda o‘tkazildi. (musobaqalar 2006 yilda - Qarshi shahrida, 2009 yilda - Guliston shahrida , 2012 yilda - Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan).
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Umid nihollari” sport musobaqalarining respublika final bosqichi sportning 12 turi bo‘yicha 2012 yilda Navoiyda o‘tkazilgan edi.
Bu yilgi “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichi dasturiga ko‘ra o‘quvchilar avvalgi musobaqalardan farqli ravishda sportning jami 17 ta, shundan 16 ta (basketbol, voleybol, gandbol, futbol, suzish, stol tennisi, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, dzyudo, boks, og‘ir atletika, badminton) olimpiya turi va shaxmat bo‘yicha bellashdilar.
1. Tadbirlarning o‘tkazilishi:
“Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichiga o‘quvchilarni saralab olish jarayoni musobaqa Nizomiga ko‘ra 2014 yil sentyabr-oktyabr oylarida boshlangan bo‘lib, birinchi bosqichda barcha maktablarning sinflararo bellashuvlarida jami - 4 067 161 nafar (1 793 618 nafari qizlar, 44%) o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Maktablar o‘rtasida o‘quvchilarning kuzgi va qishqi ta’til kunlari vaqtida o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda sportning 6 ta (basketbol, voleybol, suzish, futbol, stol tennisi, gandbol) turidan jami 746 130 nafar (300 390 nafari qizlar, 40,2%) o‘quvchilar qamrab olindi.
Qishki ta’til davrida sportning 11 ta (badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, dzyu-do, boks, og‘ir atletika, badminton va shaxmat) turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda jami 494 190 nafar (116 280 nafari qizlar, 23,5%) o‘quvchilar ishtirok etishdi.
O‘quvchilarning bahorgi ta’til vaqtida tumanlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchinchi bosqichda ikkinchi bosqichda g‘olib deb topilgan jami 24 704 nafar (8 299 nafari qizlar, 33,5%) o‘quvchilar ishtirok etishdi.
“Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosiqichlari Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 22 maydagi 367-f-sonli farmoyishiga asosan Tashkiliy qo‘mita tuzilgan holda joriy yilning 26-30 may kunlari respublikaning barcha hududlarida belgilangan zamonaviy sport majmualari hamda amfiteatrlarda “Yoshlik va sport” bayrami sifatida o‘tkazildi.
Tadbirlar respublikadan biriktirilgan mas’ul rahbarlar va viloyat hokimlarining tabrik so‘zi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan ochildi.
Tadbirlarning badiiy qismida jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro musobaqalarning sovrindorlari, taniqli sport ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbirlarni o‘tkazishda Yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo‘nalishlarini badiiy darajada talqin qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlarga respublikadan biriktirilgan taniqli san’atkorlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, viloyat havaskorlik dastalari ishtirokchilari ijrosidagi Vatan, mustaqillik, yoshlik, shijoat, fidoiylik, sport va sog‘lom turmush tarzini tarannum etuvchi kuy - qo‘shiqlar va raqslardan iborat kontsert dasturi yoshlar e’tiboriga havola etildi.
Hududlarda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida jami 25 mingdan ortiq o‘quvchiyoshlar, ularning murabbiylari va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faollari ishtirok etishdi.
2. Musobaqa ishtirokchilari sonining o‘sishi va raqobatning rivojlanishi:
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tgan yillar mobaynida hududlarda qurilgan 1 605 ta bolalar sporti majmualari yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga zamin yaratdi.
Agar, 2003 yilda 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning 20 foizi sport bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ayni kunda bu ko‘rsatkich 55,8 foizga yetdi. Jumladan, qizlar ulushi mos ravishda
16,4 foizdan 45,7 foizga oshdi.
2012 yilda “Umid nihollari” sport musobaqasi sportning 12 ta turidan o‘tkazilgan edi, 2015 yilda esa 17 ta turdan o‘tkazildi.
Sportning olimpiya turlarini rivojlantirish, mazkur musobaqaga o‘quvchilarni yanada ko‘proq qamrab olish maqsadida 2012 yilgi musobaqa dasturidan sportning
2 ta - milliy kurash va belbog‘li kurash turlari chiqarildi va 2015 yilgi musobaqa dasturiga sportning 7 ta turi - badminton, boks, og‘ir atletika, erkin kurash, yunonrum kurashi, taekvando, dzyudo kiritildi.
Natijada, 2015 yilda musobaqa ishtirokchilari soni 2012 yilga nisbatan 388 876 nafaraga yoki 5,1 foizga oshdi.
Jumladan, musobaqaning maktab bosqichida 2012 yilga nisbatan 2015 yilda 208 620 nafar, tuman (shahar) bosqichida 176 698 nafar, hududiy bosqichida 3 558 nafar ko‘p o‘quvchilar ishtirok etdi.
Joylarda yangi sport inshootlarining bosqichma-bosqich barpo etilayotgani va zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlanayotganligi tumanlarda sportning rivojlanish darajasining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Avvalgi musobaqalarning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni faqat viloyat markazlaridagi va unga yaqin joylashgan tuman, shaharlar egallagan bo‘lsa, 2015 yilda o‘tkazilgan musobaqaning hududiy bosqichida sovrinli o‘rinlarni chekka tumanlar: Chimboy, Xovos, Yangiqo‘rg‘on, Xatirchi, Chiroqchi, Koson tumanlarining yoshlari egallashdi.
Shuningdek, musobaqaning hududiy bosqichida 1-o‘rinni ilk bor Chilonzor, Sirdaryo tumanlari qo‘lga kiritdi.
![]() |
“Umid nihollari” sport musobaqalarining maktab, tuman va hududiy bosqichlarida qatnashgan 4 mln. nafardan (ularning 1,8 mln. nafari qizlar (44%) ortiq o‘quvchiyoshlar orasidan 1 792 nafari (shundan 602 nafari qizlar (33,5%) musobaqaning hududiy bosqichi g‘oliblari deb topildi.
Sportning 17 ta turi bo‘yicha musobaqaning hududiy
bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 792 nafar o‘quvchi-sportchilar
yurtimizda ishlab chiqarilgan 196 ta televizor, 196 ta velosiped, 196 ta sport
kiyimi va sumkasi, 51 ta DVD pleyr bilan taqdirlandi.
Hududiy bosqichlarda 1-o‘rinni egallagan jamoalar ilk bor Prezidentimizning tashabbuslari bilan (Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Chirchiq, Farg‘ona va Urganch shaharlari hamda Chilonzor va Sirdaryo tumanlari) “Prezident sovg‘asi” sifatida 14 ta “Damas” rusumli avtomashinalar bilan mukofotlandi. 4. Musobaqa ishtirokchilarini kuzatish:
Tadbirdan so‘ng barcha o‘quvchilar tashkiliy ravishda yashash joylariga avtobuslarda yo‘l patrul xizmati kuzatuvi ostida kuzatildi va ularning ota-onalari bag‘riga yetib borishlari biriktirilgan mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.
O‘tkazilgan tadbirlar tinch va osoyishta o‘tib, favqulodda xodisalar ro‘y bermadi. Tadbirlar davomida va uning so‘ngida g‘olib o‘quvchilar, ularning ota-onalari, murabbiylar va sport faxriylari “Umid nihollari” sport musobaqalarining ahamiyati, yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, erishilgan yutuqlarga to‘xtalib, shukronalik va minnatdorlik tuyg‘ularini izhor qildilar.
Tadbirlar va ularga bildirilgan fikrlar markaziy va mahalliy ammaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
5. “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichini hududlarda o‘tkazilishi:
har bir tuman va maktablarda sportning qaysi turi ommaviylashganligi, uning natijadorligining muhokama qilinishiga, har bir maktab va tumanlarda sportga bo‘lgan munosabatni, ayniqsa, ta’lim muassasalari rahbarlari va tuman hokimlarini natijalarni tahlil qilishga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini chuqur o‘rganishga, tegishli sport turlarini rivojlantirishga, umuman olganda hududda bolalar sportini yanada ommalashtirish choralarini ko‘rishga turtki bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 271- sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarining o‘rtasida 3 yilda bir marta «Barkamol avlod» sport musobaqalari tashkil etilgan.
"Barkamol avlod” sport musobaqalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlarni jismoniy yetuk va ahloqiy barkamol, Vatanga sadoqat ruhida komil inson qilib tarbiyalash, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini zamon talablari darajasida rivojlantirishni amalga oshirish, milliy sport turlariga yoshlarni qiziqishi va e’tiborini kuchaytirish, o‘quvchi-yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri mazmunli tashkil etish, jamoa bo‘lib harakat qilish, g‘alabaga intilish ishtiyoqlarini kamol toptirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
2001 yil ta’lim muassasalarida 1-bosqich musobaqalarida 400000 minga yaqin, musobaqalarning 2-bosqichida 150 minga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Barkamol avlod” sport musobaqalari 2001 yilda birinchi marta Jizzax viloyatida 30 apreldan 5 maygacha sportning 8 ta turi bo‘yicha (basketbol, voleybol, futbol, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis va suzish) o‘tkazilib, unda 1890 nafar (qizlar 560 nafar, o‘smirlar 980, murabbiylar 280 nafar, hakamlar 266 nafar) o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
2003 yil ta’lim muassasalarida musobaqalarning 1-bosqich musobaqalarida 420000 mingdan ortiq, musobaqalarning 2-bosqichida 180 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan.
2003 yilda Andijon viloyatida 5 iyundan 11 iyungacha sportning 14 ta turidan
(basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis, stol tennisi, shaxmot, badiiy gimnastika, og‘ir atletika, boks va suzish) o‘tkazilib, unda 2786 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishgan (har bir viloyatdan 199 nafar, shundan qizlar 812 nafar).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyundagi 244-sonli
«O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini samarali ishlashini ta’minlash maqsadida musobaqalar har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan bo‘lgan.
2005 yil ta’lim muassasalarida musobaqalarning 1-bosqich musobaqalarida 545000 mingdan ortiq, musobaqalarning 2-bosqichida 200 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan.
2005 yil 24 maydan 29 maygacha Toshkent viloyatida o‘tkazilgan «Barkamol avlod» sport musobaqalarining Respublika final bosqichi sportning 13 ta turidan (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis, stol tennisi, shaxmot, badiiy gimnastika, boks va suzish) o‘tkazilib, undagi ishtirokchilar soni 2898 nafarni tashkil etdi (har bir viloyatdan 189 nafar, shundan qizlar 812 nafar, o‘smirlar 1568 nafar, murabbiylar 266 nafar va hakamlar 252 nafar).
2008 yil ta’lim muassasalarida musobaqalarning 1-bosqich musobaqalarida 610000 mingdan ortiq, musobaqalarning 2bosqichida 200 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan.
2008 yil 17-21 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan «Barkamol avlod» sport musobaqalarining Respublika final bosqichi sportning 12 ta turidan (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis, stol tennisi, shaxmat, badiiy gimnastika va suzish) o‘tkazilgan. Ishtirokchilar soni 2296 nafar, shundan qizlar 784 nafar, o‘smirlar 1106 nafar, murabbiylar 238 nafar va hakamlar 168 nafarni tashkil etgan.
2011 yil ta’limi muassasalarida 1-bosqich musobaqalarida ta’lim muassasalaridan 700 mingdan ortiq, 2-bosqichida 250 minga yaqin o‘quvchi - yoshlar ishtirok etgan.
Surxondaryo viloyatida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchiyoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barkamol avlod-2011” sport musobaqalari sportning 12 ta turi bo‘yicha 867 (513 nafar o‘g‘il bolalar, 354 nafar qizlar) nafar o‘quvchi sportchilar va 175 nafar murabbiylar, 195 nafar hakamlar, 130 nafar ommaviy axborot vositalari, 100 nafar xoreografiya guruhi, 80 nafar delegatsiya a’zolari va mehmonlar, 16 nafar mash’alani olib keluvchilar, jami bo‘lib 1563 nafar ishtirokchilar qatnashishgan. Har bir hududdan jamoalar tarkibi 142 nafarni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyundagi “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilagn uzluksiz respublika sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 181-sonli qaroriga asosan «Barkamol avlod» sport musobaqalari 2014 yilda Namangan viloyatida o‘tkazilishi belgilangan.
2014 yil ta’limi muassasalarida 1-bosqichida 810 ming nafardan ortiq, 2bosqichida 260 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan.
“Barkamol
avlod-2014” sport musobaqalarining respublika final bosqichi sportning 16 turi
bo‘yicha 996 nafar sportchilar, 654 nafar o‘smirlar, 342
nafar qizlar, 224 nafar murabbiylar, 193 nafar hakamlar, 60
nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari, 15 nafar sport federatsiyalarning
vakillari, 45 nafar rahbarlar, 14 nafar ichki ishlar va 24
nafar sog‘liqni saqlash xodimlari hamda 18 nafar, oshpaz, 82
nafar ofitsiantlardir, 360 nafar xoreografiya guruhi, jami 2031
nafar ishtirokchilar qatnashishgan.
25-27 may kunlari Jizzax shahridagi «So‘g‘diyona» universal sport majmuasi stadioni uzra akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining «Barkamol avlod - 2017» sport o‘yinlari mash’alasi porlab turdi.
![]() |
Musobaqada eng ko‘p medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi bosh mukofot - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Barkamol avlod
- 2017» sport o‘yinlari qatnashchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg‘asi - "Damas" avtomobili bilan taqdirlandi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan Andijon viloyati va uchinchi pog‘onadan joy olgan Samarqand viloyati jamoalariga Prezident sovg‘asi - "Damas" avtomobillari topshirildi.
Navbatdagi "Barkamol avlod" sport musobaqalarining final bosqichi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Егоров А.В., Нурматов Ф.А. Сузиш ва уни ўқитиш методикаси (маъруза матнлари) 2002 йил.
2. Рахимқулов К.Д. «Кичик ёшдаги болаларнинг қадди - қоматини ривожлантиришга мўлжалланган машқлар ва ҳаракатли ўйинлар» ўқув қўлланма ТДПУ нашриёти Тошкент 2001 й.
3. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Darslik.
Toshkent., “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.
Elektron ta`lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz
4. www.edu.uz
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.