9- mavzu. O’ZBEKISTONDA OLIMPIYA HARAKATINING RIVOJLANISHI
O’zbekistonda olimpiya harakatining rivojlanish davrlari. O’zbekiston sportchilarining sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibida 1952-1992 yillarda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida ishtiroki. Mustaqil O’zbekiston Respudlikasida olimpiya harakatining yangi bosqichi. O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasining (O’zMOQ) tashkil topishi (1992). O’zMOQ Nizomi Olimpiya xartiyasiga mos ravishda tuzilgan xujjat sifatida. O’zMOQning XOQ tomonidan tan olinishi. O’zMOQning maqsadi va vazifalari. O’zbekiston MOQning tarkibi va asosiy organlari. O’zMOQ prezidentlari. O’zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi, unung maqsadi va vazifalari. O’zbekiston Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi. O’zbekiston sportchilarining Olimpiya o’yinlari, Osiyo o’yinlari, Paralimpiya va Paraosiyo o’yinlari, Jahon Universiadalari, Jahon Yoshlar o’yinlaridagi ishtiroki va yutuqlari.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti mustaqillikka erishish va uning istiqbolida aholi salomatligining o'ta qimmatliligini va unga ega bo'lish yo'llarini katta ko'tarinkilik bilan izhor qilib bergan, ya'ni: «Bizning zaminimiz polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak», - deb haqli ravishda aytgan.
Mustaqil O'zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo'luvchi eng muhim tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha aholining sog'lig'ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. Bu Qonun 2000 yil 26 mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.
27-rasm. XOQ prezidenti Xuan Antoniyo Samaranj tomonidan birinchi prezidentimiz I.A. Karimovga berilgan oltin orden.
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunining Yangi tahriri 2015 yil 5 sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunning 17-moddasi “O’zbekiston olimpiya harakati. O’zbekiston olimpiya ko’mitasi”ga bag’ishlangan.
O’zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida halqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir.
O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi – respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo’mita o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya ko’mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga o’z ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko’maklashgan holda O’zbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qo’llab-quvvatlaydi (27-rasm).
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi:
§ olimpiya harakati printsiplarini ommalashtiradi, yuksak yutuqlarga erishiladigan sportni va ommaviy sportni rivojlantirishga ko’maklashadi;
§ Xalqaro olimpiya qo’mitasining Olimpiya xartiyasiga muvofiq Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida O’zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi;
§ Sportchilarni Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishga tayyorlashning zarur darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
§ Sportda dopingning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitish va zo’ravonlikning har qanday shakllari yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikka ko’maklashadi;
§ Xalqaro Olimpiya qo’mitasining hamda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining olimpiya ramzlari, shiori, bayrog’i, madhiyasidan,”olimpiya”, “olimpiada” nomlaridan foydalanishga bo’lgan haquqlarini O’zbekiston Respublikasi hududida himiya qilish choralarini ta’minlaydi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi o’z vakolatlarini maxsus vakolatli davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston sportchilari ko’pgina nufuzli xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O'zbekiston mustaqilligi davomida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'shdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun hamda qator qarorlarini amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda.
28-rasm. Milliy Olimpiya qo’mitasini bosh assotsasiyasining birinchi prezidentimiz I.A. Karimovga taqdim qilingan oltin orden
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi o’z vakolatlarini maxsus vakolatli davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston sportchilari ko’pgina nufuzli xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O'zbekiston mustaqilligi davomida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'shdi. Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun hamda qator qarorlami amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda (28-rasm).
O'zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, «O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas'uliyatlarni yukladi. Shu asosida aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, o'quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sportni keng yo'lga qo'yish masalalari jiddiy vazifa bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil martda «Sog'lom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha ta'lim-tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a'lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo'shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari, BO'SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas'ul xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida»gi Farmoni (1997yil 10oktabr), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog'lom avlod» davlat dasturi» ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo'nalishi tibbiyot, ta'lim, mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog'liqni yaxshilash bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni maqsadli o'tkazish ko'zda tutildi. Eng avvalo, «Sog'lom ona va sog'lom bola» shiori ustuvor bo'lishi ta'kidlangan.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib o'rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti «O'zbekiston kelajagi buyuk davlat» shiorini faqat yurtimizdagina emas, balki taraqqiy qilgan mamlakatlar orasida ham chuqur va keng tarqalishiga erishdi. Bunda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari kabi jismoniy tarbiya va sport harakatiga ham alohida e'tibor berildi.
O'zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lgan emas. Sharq va g'arb mamlakatlari bilan sport aloqalar u yoki bu darajada olib borilgan bo'lsada, u ham faqat sho'rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida o'tkazilgan.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit'alarda turli xil sport musobaqalari, qit'a o'yinlarining o'tkazilishi, jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarining an'anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan.
O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi (O’zMOQ) 1992 yil 21 yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan ta’sis konferensiyasi qarori bilan tashkil topgan. O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lib kirish maqsadida Milliy Olimpiya qo'mitasini tashkil etdi. XOQ Olimpiya xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda MOQ nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi. 1993 yil sentyabrda bo’lib o’tgan XOQning 101-sessiyasida O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi XOQ tomonidan tan olingan.
O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi – bu muntazam faoliyat ko’rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotdir. O’zMOQ o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining Olimpiya xartiyasi hamda O’zMOQning Nizomi asosida amalga oshiradi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
§ O’zbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirish, olimpizm g’oyalarini keng targ’ib etish;
§ Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqa mamlakatlar milliy olimpiya qo’mitalari, Xalqaro sport federatsiyalari va uyushmalari bilan hamkorlik qilish, XOQning “Olimpiya birdamligi” dasturida ishtirok etish;
§ Mamlakat terma jamoalari va sport zaxiralarini tayyorlashda davlat, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga ko’maklashish;
§ Respublika aholisini jismoniy va ma’naviy tarbiyalashga, jismoniy tarbiya va sport, milliy sport turlarini, nogironlar o’rtasida sportni rivojlantirishni ta’minlash;
§ Yoshlarni boshqa mamlakatlar sportchilari bilan do’stlik va birodarlikni mustahkamlash, musobaqalarda halol kurashish, raqibiga olijanoblik bilan munosabatda bo’lish tamoyillari asosida tarbiyalash;
§ O’zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ’ib qilish;
§ Sport kadrlari o’rtasida tajriba almashish, ular malakalarini oshirish uchun anjumanlar tashkil etish.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Milliy olimpiya qo’mitalari assotsiatsiyasi – ANOKning teng huquqli a’zosidir.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi tarkibi quyidagilardan iborat:
ü O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi prezidenti, bosh kotibi, vitse-prezidentlari va a’zolaridan;
ü Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport federatsiyalari vakillaridan;
ü Sportning olimpiya turlari bo’lmagan hamda milliy sport federatsiyalari vakillaridan;
ü Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport tashkilotlari vakillaridan;
ü Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari bo’lgan sportchilar vakillaridan hamda boshqa alohida shaxslardan iboratdir.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining rahbar organlari:
v Bosh assambleya;
v Ijroya qo’mita;
v Ijroya qo’mita byurosi hisoblanidi.
Bosh assambleyalar oralig’ida O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi faoliyatiga Ijroya qo’mita rahbarlik qiladi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining quyidagi doimiy komissiyalari mavjud:
v Atletlar komissiyasi;
v Ayollar va sport komissiyasi;
v Sport va atrof-muhit komissiyasi.
1993 yil 18 aprelda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi huzurida Olimpiya akademiyasi tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nazirov saylandi. U bir vaqtda respublika Davlat sport qo'mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va O'zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga to'g'ri kelmas edi. Shunday bo'lsada, respublika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta'minlashning ba'zi bir sabablariga ko'ra rahbarlik ishlari davom etdi.
Avval MOQ vitse-prezidenti bo'lgan S.Ro'ziyev keyinchalik (1994) MOQ Prezidenti etib saylandi. Bu esa xartiya va nizom talablariga to'la asoslandi. Nizomga ko'ra MOQ faoliyatini yurituvchi ijroqo'm, a'zolari, Olimpiya akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi.
O’zbekistonda olimpiya harakatining rivojlanish bosqichlari
I - bosqich |
II- bosqich |
1952–1992 yy. |
1992 – hozirgi davrgacha |
Umumiy xususiyatlari |
|
O’zbekiston sportchilari Olimpiya o’yinlarida sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. |
Mustaqil O’zbekistonda olimpiya harakatining tashkiliy tuzilmalari shakllandi: MOQ, O’zOA va h.k. |
O’zbekiston sportchilarining sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibidagi soni bir nechta nafar ishtirokchilar bilan chegaralangan. |
O’zbekiston Respublikasi terma jamoasining Olimpiya o’yinlarida ishtiroki xalqaro olimpiya harakatining qoidalari asosida shakllandi. |
Sobiq ittifoq markaziy organlari tomonidan tanlab olingan sportchilar sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. |
O’zbekiston Respublikasi sportchilari Olimpiya o’yinlari va xalqaro sport musobaqalarida mustaqil jamoa sifatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. |
O’zbekiston sportchilarining olimpiya o’yinlaridagi g’alabasi sharafiga sobiq ittifoqi madhiyasi chalingan va qizil bayrog’i ko’tarilgan. |
O’zbekiston sportchilarining olimpiya, osiyo, paralimpiya o’yinlaridagi g’alabasi sharafiga o’zbekiston respublikasi davlat madhiyasi yangraydi va davlat bayrog’i ko’tariladi. |
O’zbekistonda sobiq ittifoq davrida olimpiya g’oyalarini targ’ibot qilish ishlari yo’lga qo’yilmagan. |
O’zbekiston Respublikasida olimpizm, olimpiya ta’limi va olimpiya sport turlarini targ’ibot qilish bo’yicha markazlar tuzildi. |
Respublika MOQ o'zining Kongresslari va boshqa rasmiy yig'ilishlarida eng muhim masalalarni muhokama qilmoqda. Bunda rejalarni tasdiqlash, ijrolar natijalarini eshitish, xalqaro Olimpiya harakatida ishtirok etish, olimpiya g'oyalarini keng yoyish eng muhimi sportchilarni Osiyo, jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar va Olimpiya o'yinlariga tayyorlash bilan bog'liq masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi MOQning ichki tuzilishi va asosiy maqsad hamda vazifalari. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi tarkibiga 127 nafar vakil a’zolar va 11 nafar fahriy a’zolar kiradi.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi faoliyatining asosiy maqsadlari: olimpiya harakati va havaskorlar sportini rivojlantirish, Olimpiya xartiyasi asosida mamlakatda olimpizm tamoyillarini himoya qilishga yordam berish; Olimpiya o’yinlarida Respublika sportchilarining ishtirok etishini ta’minlashdan iborat.
MOQning Oliy organi Bosh assambleya bo’lib, har yilda bir marta chaqiriladi. Favqulotda assambleya majlisi Prezident tomonidan yoki Ijroiya qo’mita tomonidan chaqirilishi mumkin.
Bosh assambleyalar oralig’idagi davr ichida davlatimizda olimpiya harakatiga rahbarlik qilish MOQ Ijroiya qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Uning tarkibiga prezident, 3 ta vitse-prezident, bosh kotib, bosh direktor va 7 nafar a’zolar kiradi. Ular 4 yil muddatga saylanadi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qomitasining asosiy vazifalari
Ichki vazifalar |
Tashqi vazifalar |
O’zbekistonda olimpiya harakatini Olimpiya xartiyasining asosiy tamoyillari asosida rivojlantirish |
Xalqaro sport maydonida O’zbekiston Respublikasi mavqeini oshirish va mustahkamlash |
Respublika aholisining ma’naviy va jismoniy tarbiya ishlariga hissa qo’shish |
O’zbekiston Respublika sport delegatsiyasini Olimpiya, Osiyo, Paralimpiya, Jahon yoshlar o’yinlaridagi ishtirokini ta’minlab berish |
O’zbekistonda ommaviy jismoniy tarbiya va sport, milliy sport turlari, nogironlar sportini rivojlantirish |
XOQ ning “Olimpiya hamkorligi” dasturida ishtirok etish, Osiyo olimpiya kengashi, XSF va MOQlar bilan aloqalarni rivojlantirish |
Mamlakatimizda terma jamoalari va sport zahiralarini tayyorlashda davlat va jamoat tashkilotlariga yordam berish |
Respublika sport federatsiyalari va sport tashkilotlariga xalqaro sport birlashmalari bilan hamkorlik ishlariga ko’maklashish |
Yoshlarni xaqqoniy sport bellashuvi, xalqlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va do’stlik ruhida tarbiyalash |
MOQ vakolati doirasidagi masalalar bo’yicha chet el firma va tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini yo’iga qo’yish |
O’zbekistonda olimpizm, olimpiya ta’limi va olimpiya sport turlarini targ’ibot qilish, sport kadrlarining malakasini oshirish va tajriba almashish bo’yicha anjumanlar, seminarlar tashkil qilish |
Xalqaro sport tashkilotlarida O’zbekiston olimpiya harakati va sport tashkilotlarining manfaatini himoya qilish |
Mamlakatimizda sportni rivojlantirish maqsadida homiylik jamg’armalar va tashkilotlarini tuzishni qo’llab quvvatlash; sport faxriylari, murabbiylar, xakamlar manfaatlarini himoya qilish |
Xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish va ular bilan hamkorlik qilish; turli xudud va mamlakatlarning sport tashkilotlari bilan shartnoma tuzish |
Respublikaning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib borayotgan o'zaro munosabatlari va aloqalarida birinchi Prezident I.A.Karimovning hissasi g'oyat kattadir. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining bosh shtabida birinchi Prezidentimizning Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning bir necha marotaba yurtimizga tashrifi, (1994-1995). Arab mamlakatlari, Osiyo o'yinlari Kengashining Prezidenti va Yunesko xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, mas'ul xodimlari O'zbekistonga kelishi muhim voqea bo'ldi. Shular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-shuhrat» niuzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan yutuqlari o'z ifodasini topdi. O'tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Shvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda ko'p Yevropa, Osiyo Afrika, Amerika, Avstraliya qit'alaridagi mamlakatlarning rasmiy kishilari, sayohatcliilari va sportchilari kelib ketishdi. Mazkur muzey respublika sportini targ'ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda.
Respublika Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) xodimlari, sport federatsiyalarning rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan Lozzana va juda ko'p mamlakatlarning MOQ huzurida bo'lib, Kongresslar, sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, O'zbek kurashini o'rganish va o'rgatish borasida respublika murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya, Afrika, Amerika va Yevropa qit'alariga borib kelishmoqda. O'z navbatida barcha qit'alarning rasmiy vakillari O'zbekistonda bo'lib, kurash va boshqa sport turlari bo'yicha tajribalar almashishmoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro turnirlar, o'rtoqlik uchrashuvlar va boshqa musobaqalarni tashkil qilishga zamin tayyorlamoqda.
O'zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro sport aloqalarni yanada kengaytirish, olimpiya g'oyalarini aholi o'rtasida singdirish va eng muhimi, sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashda muhim voqea bo'ldi.
Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi Prezidenti Xuan Antonio Samaranchning vatani – Barselonadagi XXV Olimpiya o’yinlari 1992 yil 24 iyul – 9 avgust kunlari bo’lib o’tdi. Barselona yaqinida eng zamonaviy “Olimpik” sport shaharchasi barpo etildi. Olimpiada mash’alasi bilan estafeta yugurishida mamlakat qiroli Xuan Karlos ham ishtirok etdi.
Bu vaqtda jahon haritasida katta o’zgarishlar ro’y bergan edi. Sovet davlati parchalanib ketib, sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan respublikalar Xalqaro Birlashgan Millarlar Tashkiloti tomonidan mustaqil davlatlar sifatida tan olingan edi. Ularning Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish masalasini XOQ tezlik bilan hal etishi kerak edi. XOQ Latviya, Litva va Estoniyaning ikkinchi jahon urushiga qadar ularning Xalqaro Olimpiya Qo’mitasidagi a’zoliklarini tikladi. Bu respublikalar Barselonada o’z davlatlari milliy olimpiya jamoalari tarkibida ishtirok etishlarga ruxsat berildi.
Qolgan yangi mustaqil davlatlarning sportchilari esa bu mamlakatlarda milliy olimpiya qo’mitalari tashkil etilib, ular XOQ tomonidan tan olinishiga qadar Olimpiya o’yinlarida Birlashgan Davlatlar Hamdo’stligi jamoasi tarkibida qatnashishga ruxsat berildi. MDH Birlashgan jamoasining tashkil etilishi majburiy chora bo’lib, ramziy xususiyatga ega edi. Chunki bu Birlashgan jamoa tarkibidagi har bir mustaqil davlat vakillari olimpiya o’yinlarida qatnashayotgan boshqa milliy olimpiya jamoalari a’zolari ega bo’lgan barcha huquqlarga ega edilar.
Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston Respublikasi sportchilari ham jahon sport musobaqalarining eng oliysi hisoblangan Olimpiada o’yinlarida o’z davlatlari nomini dunyoga tanitdilar. MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritildi. Ular 3 oltin, 2 kumush va 1 bronza medalini qo’lga kiritdilar.O’zbekiston sharafini O.Chusovitina, R.Galieva, M.Shmonina, S.Sirtsov, A.Asrabaev, V.Zaharevich, A.Grigoryan va boshqalar himoya qildilar. Barselonada Olimpiya o’yinlari g’olibi bo’lgan MDH Birlashgan jamoasi sportchilari sharafiga Olimpiya bayrog’i ko’tarilib, Olimpiya madhiyasi ijro etildi.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, sportning olimpiya turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Davlatimiz parlamenti tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi huddi shundan dalolat beradi.
Mamlakatda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini tiklash, ularni ommalashtirish va keng targ’ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. 1994 yilda birinchi marta Jizzah viloyatining Forish tumanida 1 Xalq o’yinlari festivali o’tkazildi. O’sha davrdan boshlab muntazam ravishda, har ikki yilda bir marta (1998 yildan “Alpomish” milliy sport turlari va o’yinlari festivali nomi bilan) o’tkazilmoqda. Festivallarda Xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalar bilan bir qatorda ilmiy amaliy anjumanlar ham o’tkaziladi.
1999 yildan esa xotin-qizlar o’rtasida “To’maris” milliy sport turlari va Xalq o’yinlari festivali ham o’tkazila boshlandi.
1992 yil 21 yanvarda Toshkentda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasining ta’sis konferentsiyasi bo’lib o’tdi. XOQning 1993 yil sentyabrda bo’lib o’tgan 101 sessiyasida O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi XOQ tomonidan tan olindi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Birlashgan jamoasini 1992-yil 8-23-fevral kunlari Fransiyaning Albervil shaxrida bo’lib o’tgan XVI qishki Olimpiyadaga, keyin XVI olimpiya o’yinlariga tayyorlash va muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash juda murakkab muammolarni hal etishni talab qilardi. Olimpiyadachilar O’yinlarga tayyorgarlik mashqlarini o’tkazadigan sport bazalari bu paytda turli yangi mustaqil davlatlarga tegishli edi. Olimpiada har bir sport turida MDH Birlashgan jamoasi tarkibida ishtirok etadigan sportchilar, ularga murabbiylik qiladigan mutaxassislarni tanlash ham oson kechmadi.
Shu kabi muammolar va tabiiy qiyinchiliklarga qaramasdan MDH Birlashgan jamoasi Barselonadagi 1992-yil 24 iyul – 9 avgust kunlari bo’lib o’tgan XXV Olimpiya O’yinlarida boshqa davlatlar olimpiyadachilari, mutaxassislari hamda sport ixlosmandlari uchun hech kutilmaganda peshqadam bo’ldilar. Ular norasmiy umumjamoa hisobida 112 ta medalni (45 ta oltin, 38 ta kumush va 29 ta bronza) qo’lga kiritib, 1-o’rinni oldilar. Bu Olimpiya o’yinlariga 172 davlatdan 10563 sportchi keldi. Ular 257 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordilar.
MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritildi. Ular Barselona Olimpiyadasida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritdilar. Sportchilarimizdan ayollar o’rtasida sport gimnastikasi bo’yicha Oksana Chusovitina va Rozaliya Galiyevalar, hamda yengil atletika bo’yicha 4 x 400 metrlik estafeta g’olibi Marina Shmonina oltin madallarga sazovor bo’ldilar. Og’ir atletikachi Sergey Sirtsov va o’q otish sporti bo’yicha Anatoliy Asrabayevlar olimpiyadaning kumush medaliga sazovor bo’ldilar. Qilichbozlik sportida esa hamyurtimiz Valeriy Zaxarevich jamoa musobaqalarida bronza medali bilan taqdirlandi.
XVI qishki Olimpiyada o’yinlari Fransiyaning Albervil shaxrida 65 mamlakatdan kelgan 1084 sportchini to’pladi, hamda ular 12 ta sport turida 57 ta medallar shodasi uchun bellashdilar. Respublikamiz sportchilari MDH Birlashgan jamoasi tarkibida ishtirok etdilar. Mazkur Olimpiyadada sportchilarimizdan Lina Cheryazova fristaylning akrobatik sakrash usulida faxrli 5-o’rinni egallashga muvaffaq bo’ldi.
1994 yilning 12-27-fevralida Norvegiyaning Lillexammer shahrida XVII qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Bu yerga 67 davlatdan 1923 sportchi tashrif buyurdi. Mazkur qishki Olimpiyadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristyl bo’yicha Olimpiyada chempioni bo’lib, oltin medalni qo’lga kiritdi. O’zbekiston Respublikasi sportchilari 67 mamlakat orasida umumjamoa hisobida 14-o’rinni oldilar.
1996 yilning 19 iyul – 4 avgust sanalarida AQSHning Atlanta shahrida XXVI yozgi Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Bu o’yinlarda dunyoning 197 mamlakatidan 10320 sportchi 26 ta sport turi bo’yicha 271 ta medallar shodasi uchun kurash olib bordilar. O’zbekiston sportchilaridan dzyu-do bo’yicha Armen Bagdasarov kumush, boks bo’yicha esa Karim To’laganov bronza medallarini qo’lga kiritdilar. Atlanta ringida vatandoshlarimizdan Dilshod Yorbekov, Narimon Otayev 5-8-o’rinlarani, yunon-rim kurashida Grigoriy Pulyayev 6-o’rinni egallashib, jamoamizga qimmatli ochkolar keltirdilar va bu bilan O’zbekistinning XXVI yozgi Olimpiyadada ishtirok etgan 197 mamlakat orasida 58-o’rinni olishiga o’z ulushlarini qo’shdilar.
1998 yil 7-22-fevral kunlari Yaponiyaning Nagano shahrida XVIII qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Naganoga jahonning 72 mamlakatidan kelgan 2302 sportrchi 14 ta qishki sport turi bo’yicha 68 ta medallar shodasi uchun kurashdi. Bu o’yinlarda ishtirok etgan O’zbekiston milliy olimpiya terma jamoasi sportchilaridan quyidagilar musobaqalarda faxrli o’rinlarni egalladilar: Lina Cheryazova fristayl bo’yicha 13-o’rin, Tatyana Malinina yakkalik figurali uchushda 8-o’rin, Roman Skornyakov figurali uchishda 19-o’rin, Komil O’rinboyev esa tog’ chang’isi sportida 29-o’rinni egalladilar.
2000 yil 16-30-sentabrida Avstraliyaning Sidney shahrida XXVII yozgi Olimpiyada bo’lib o’tdi. Mazkur Olimpiya o’yinlariga 199 davlatdan 10651 nafar sportchi qatnashdi, hamda ular 37 ta sport turi bo’yicha 300 ta medallar shodasi uchun bellashdilar. Mamlakatimiz terma jamoasi safidagi 77 nafar olimpiyadachi musobaqalar dasturidan o’rin olgan sportning 13 turida ishtirok etdilar. Olimpiyadachilarimizdan Muhammadqodir Abdullayev boks bo’yicha oltin, Artur Taymazov erkin kurashda kumush, Rustam Saidov va Sergey Mixaylovlar esa boks bo’yicha bronza medallari sovrindori bo’ldilar. Olimpiya terma jamoamiz norasmiy umumjamoa hisobida 41-o’rinni oldilar.
2002 yilning 8-24-fevral kunlari AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida XIX qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Mazkur Olimpiyadada ishtirok etish uchun 77 mamlakatdan 2399 nafar sportchi tashrif buyurdi. Ishtirokchilar sportning 15 turi bo’yicha 78 ta medallar shodasi uchun bahs yuritishdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 7-iyundagi «O’zbekiston Respublikasi sportchilarini Afina shaxri (Gretsiya)da o’tkaziladigan 2004-yilgi XXVIII yozgi olimpiya o’yinlarida munosib ishtirok etishlarini ta’minlash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Olimpiada vatani poytaxtidagi stadionga o’yinlar tantanali ochilishi paytida O’zbekiston Respublikasi sportchilari delegatsiyasi ham kirib keldilar. XXVIII Olimpiada mash’alasini yoqish sharafi grek yaxtachisi Nikolas Kaklamanisga nasib etdi.
Afina Olimpiadasida mamlakatimizdan 69 sportchi o’yinlar dasturiga kiritilgan sportning 37 turidan 15 tasi qatnashdi. Sport gimnastikasida Oksana Chusovitina, eshkak eshishda Ruslan Naurzaliyev va Sergey Bogdanov, Vladimir Chernenko, Yelena O’sarova, suzishda Irina Shlemova va Mariya Bugakova, dzyu-do Sanjar Zokirov, merganlikda Vyacheslav Skromnov va boshqalar, afsuski, saralash musobaqalarida finalga yo’llanma ola olmadilar. Velosportda shosseda guruh poygasida Sergey Lagutin marraga 56-bo’lib yetib keldi. Biroq polvonlarimiz va bokschilarimiz an’ana bo’yicha bu yozgi Olimpiadada ham juda quvonarli yutuqlarga erishdilar. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustasi Artur Taymazov erkin kurashda eng og’ir vaznli raqiblari o’rtasida eng kuchli ekanligini ishonarli ravishda tasdiqladi va Olimpiada chempioni bo’ldi (29-rasm).
29-rasm. Xalqaro sport kurashi assotsasiyasi tomonidan birinchi prezidentimiz I.A. Karimovga berilgan oltin orden
Milliy jamoamizga ikkinchi oltin medalni yunon-rim kurashi bo’yicha 74 kg vaznli sportchilar bilan birga gilamga chiqqan Aleksandr Dokturashvili olib keldi. U saralash musobaqalari va yarim finalda bir necha nomdor polvonlarni mag’lubiyatga uchratdi. O’zbekistonlik sportchi hal qiluvchi bellashuvda yana bir jahon chempioni fin Marko Ili-Xannukselagni mag’lubiyatga uchratib, Olimpiada chempioni bo’ldi.
Erkin kurash bo’yicha 96 kg vaznli sportchilar o’rtasida yana bir vatandoshimiz – Mogamed Ibragimov XXVIII-Olimpiya o’yinlarining kumush medali sovrindori bo’ldi. Bokschilarimizdan O’tkir Haydarov 81 kg, Bahodir Sultonov esa 51 kg vaznli charm qo’lqop ustalari o’rtasida bronza medallariga sazovor bo’ldilar.
Ko’p jihatdan ana shu sportchilarimizning zafarlari O’zbekiston Respublikasi milliy olimpiya jamoasidaga Gretsiya poytaxtidagi o’yinlarda ishtirok etgan 202 davlat o’rtasida 34-o’rinni egallash imkonini berdi. Mamlakatimiz vakillari norasmiy umumjamoa hisobida Sidney Olimpiadasiga nisbatan yana yetti, 1996-yilgi Atlantadagi o’yinlardagiga qaraganda esa yigirma to’rt pog’ona yuqoriga ko’tarilishga erishdilar. XXVIII yozgi Olimpiada yakunlari bo’yicha O’zbekiston sportchilari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari o’rtasida beshinchi, Markaziy Osiyoda esa 1-o’ringa chiqdilar.
O’zbekiston jahonda sport jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o’rin oldi. Iroda To’laganova eng nufuzli Uimbldon turnirida g’olib chiqqanligi, 2004-yilda Rustam Qosimjonov Jahon shaxmat federatsiyasi – FIDE yo’nalishi bo’yicha jahon chempioni bo’ldi.
O’zbek boks maktabining yosh va yorqin namoyondasi Abbos Atoyev esa 2007-yil 23 oktabr – 3 noyabr AQShning Chikago shaxrida 120 mamlakatdan kelgan 700 nafardan ortiq eng mohir charm qo’lqop ustalari ishtirok etgan jahon birinchiligida o’z vaznida chempion bo’ldi hamda Pekin Olimpiadasiga chiqish huquqini qo’lga kiritdi.
XX qishki Olimpiada o’yinlari 2006-yil 10-28 fevral kunlari Italiyaning Turin shaxrida o’tkazildi. Unda 85 mamlakatdan kelgan 2600dan ko’proq sportchi qish sportining 15 turi bo’yicha o’zaro bellashdilar. Ularda Jazoir, Keniya, Senegal, Efiopiya, Marokash, Janubiy Afrika Respublikasi kabi qish sporti to’g’risida yaqin-yaqingacha umuman tasavvurlari bo’lmagan mamlakatlar vakillari ham ishtirok etganligi e’tiborga molik bo’ldi. Bu Olimpiadada O’zbekistondan tog’ chang’i sportida Qayrat Ermatov, figurali uchishda yakkalik musobaqalarida Anastasiya Gimazetdinova, juftlikda esa Marina Aginina va Artem Knyazev qatnashdilar.
Turin qishki Olimpiadasida norasmiy umumjamoa hisobida 29 ta (11ta oltin, 12 ta kumush va 6 ta bronza) medallarni qo’lga kiritgan Germaniya sportchilari 1-o’rinni oldilar. AQSH - 25 ta medal bilan ikkinchi, 22 ta medal bilan Avstiya 3-o’rinni egalladilar.
2012 yil 27 iyul - 16 avgust kunlari London shahrida bo’lib o’tgan XXX yozgi Olimpiada o’yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar sportchi 302 komplekt medallari uchun 26 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etishdi. Olimpiada o’yinlari davomida jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya rekordlari o’rnatildi. Ozbekiston sportchisi Artur Taymazov uch karra Olimpiya chempioni bo’ldi.
Yurtimizda o’zbek kurashi bo’yicha Jahon chempionati, boks, erkin kurash, yunon-rum kurashi, shaxmat, pauerlifting va sambo bo’yicha Osiyo chempionatlari, Taekvondo (ITF) bo’yicha jahon chempionati, Yunon-rum erkin va ayollar kurashlari, shaxmat va boshqa ko’plab sport turlari bo’yicha an’naviy yirik xalqaro turnirlar o’tkazilmoqda.
Bunyodkor va Paxtakor stadionlari rekonstruktsiya qilinib, tez fursatda xamyurtlarimizga tuhfa etilgan bo’lsa. Qarshi shahridagi Nasaf va Toshkent shahridagi Bunyodkor stadionlari xorijiy stadionlar bilan teng raqobat qila oladigan talabda qayta qurildi.
2012 yilda sport turlari bo’yicha O’zbekiston sport delegatsiyasi London (Buyuk Britaniya) shahrida bo’lib o’tgan XXX yozgi Olimpiya o’yinlarida samarali ishtirok etishib, Erkin kurash bo’yicha Artur Taymazov oltin, erkin kurash bo’yicha Soslan Tigiev, dzyudo bo’yicha Rishod Sobirov, Boks bo’yicha Abbos Atoevlar bronza medallarini qo’lga kiritishga musharraf bo’ldilar.
Xalqaro darajada muvafaqqiyatli ishtirok etgan yurtdoshlarimizdan Futbol bo’yicha Jahonning eng yaxshi hakami-Jahon chempionatlari tarixida eng ko’p o’yinlarni boshqargan (rekord 9 ta o’yin) Ravshan Irmatov va Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov, erkin kurash bo’yicha 3 karra olimpiya o’yinlari chempioni (Afina 2004, Pekin 2008, London 2012) Artur Taymazov, dzyudo bo’yicha 2 karra Jahon chempioni va olimpiya o’yinlari (Pekin 2008, London 2012) bronza medallari sovrindori Rishod Sobirov (2011 yilda “Dunyoning eng kuchli sportchisi”), boks bo’yicha 2 karra Jahon chempioni va olimpiya o’yinlari (London 2012) bronza medali sovrindori Abbos Atoev va olimpiya o’yinlari g’olibi Muhammadqodir Abdullaev (Sidney 2000), baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha 2 karra jahon chempioni Vadim Men'kov, shaxmat bo’yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, erkin kurash bo’yicha jahon chempioni Dilshod Mansurov, og’ir atletika bo’yicha jahon chempioni va Butunjahon Universiada (Qozon 2013) o’yinlari g’olibi Ruslan Nurudinov, futbol bo’yicha 2012 yil Erondagi Osiyo chemponati g’olibi bo’lgan Dilshod Nuraliev boshchiligidagi o’smirlar terma jamoasi, Osiyo Futbol Kondederatsiyasi Kubogi g’olibi Qarshining “Nasaf” futbol klubi, Shaxmat bo’yicha Jahon chempionlari Abdusattarov Nodirbek, Sindarov Islombek va Sindarov Javohirlarni misol keltirishimiz mumkin.
O’zbekiston sportchilari yozgi Olimpiya o’yinlarida
O’zbekiston terma jamoasining yozgi Olimpiya o’yinlarida mustaqil ishtiroki 1996 yilda boshlangan. 1996 yilning 19 iyul – 4 avgust sanalarida AQSHning Atlanta shahrida XXVI yozgi Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan. Bu o’yinlarda dunyoning 197 mamlakatidan 10320 sportchi 26 ta sport turi bo’yicha 271 ta medallar komplekti uchun kurash olib borgan.
O’zbekiston sportchilaridan dzyu-do bo’yicha Armen Bagdasarov kumush, boks bo’yicha Karim To’laganov bronza medallarini qo’lga kiritganlar. Atlanta ringida vatandoshlarimizdan Dilshod Yorbekov, Narimon Otaev 5-8 o’rinlarani, yunon-rim kurashida Grigoriy Pulyaev 6-o’rinni egallashib, jamoamizga qimmatli ochkolarni keltirgan edi. O’zbekiston terma jamoasi XXVI yozgi Olimpiyadada ishtirok etgan 197 mamlakat orasida 58-o’rinni olgan.
2000 yil 16-30 sentabrida Avstraliyaning Sidney shahrida XXVII yozgi Olimpiya oyinlari bo’lib o’tgan. Mazkur Olimpiya o’yinlariga 199 davlatdan 10651 nafar sportchi qatnashib, ular 37 ta sport turi bo’yicha 300 ta medallar komplekti uchun bellashgan.
Mamlakatimiz terma jamoasi safidagi 77 nafar sportchi Olimpiya o’yinlari dasturidan o’rin olgan sportning 13 turi bo’yicha musobaqalarda ishtirok etgan. Olimpiya o’yinlarida Muhammadqodir Abdullaev boks bo’yicha oltin, Artur Taymazov erkin kurash bo’yicha kumush, Rustam Saidov va Sergey Mixaylov boks bo’yicha bronza medallari sovrindori bo’lganlar. Olimpiya terma jamoamiz norasmiy umumjamoa hisobida 199 ta mamlakat orasida 41-o’rinni egallagan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi sportchilarini Afina shahrida (Gretsiya) o’tkaziladigan XXVIII yozgi Olimpiya o’yinlarida (2004 y.) munosib ishtirok etishlarini ta’minlash to’g’risida»gi qarori 2004 yil 7 iyunda qabul qilingan. XXVIII Olimpiya o’yinlarida mamlakatimizdan 69 nafar sportchi o’yinlar dasturiga kiritilgan sportning 37 turidan 15 tasi bo’yicha musobaqalarda qatnashgan.
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustasi Artur Taymazov erkin kurash bo’yicha eng og’ir vaznli raqiblari o’rtasida eng kuchli ekanligini tasdiqlab, Olimpiada chempioni bo’lgan.
Milliy jamoamizga ikkinchi oltin medalni yunon-rum kurashi bo’yicha 74 kg vaznli sportchilar orasida Aleksandr Dokturashvili olib kelgan. Erkin kurash bo’yicha 96 kg vaznli sportchilar o’rtasida yana Magamed Ibragimov kumush medali sovrindori bo’lgan. Boks bo’yicha O’tkir Haydarov 81 kg, Bahodir Sultonov 51 kg vaznli boks ustalari o’rtasida bronza medallariga sazovor bo’lganlar.
Natijada, O’zbekiston Respublikasi milliy olimpiya jamoasi XXVIII yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgan 202 davlat o’rtasida 34-o’rinni egallagan. Mamlakatimiz vakillari norasmiy umumjamoa hisobida Sidney Olimpiadasiga nisbatan yana etti, 1996-yilgi Atlantadagi o’yinlardagiga qaraganda esa yigirma to’rt pog’ona yuqoriga ko’tarilishga erishdilar.
XXVIII yozgi Olimpiada yakunlari bo’yicha O’zbekiston sportchilari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari o’rtasida beshinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi o’ringa chiqdilar.
XXX yozgi Olimpiya o’yinlari 2012 yil 27 iyul - 16 avgust kunlari London shahrida bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar sportchi 302 komplekt medallari uchun 26 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etishdi. Olimpiada o’yinlari davomida jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya rekordlari o’rnatildi.
Mashhur sportchi, ikki karra jahon chempioni Artur Taymazov Olimpiada chempioni degan sharafli nomga uchinchi marta sazovor bo‘ldi. Bu mahoratli sportchining Sidney Olimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lganini ham inobatga oladigan bo‘lsak, u to‘rtta Olimpiadada zafar qozonib, to‘rtta medalni qo‘lga kiritgan. Jahon sporti tarixida bunday yutuqlarga erishganlar kamdan-kam bo‘lgan.
Yurtimizning yuksak ishonchini oqlab, Vatanimizga tarixiy g‘alaba bilan qaytgan ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov va ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori Soslan Tigiyev, ikki karra jahon chempioni Abbos Atoyev va boshqa sportchilar ibrat bo‘lishi mumkin. Olimpiya o’yinlarida bronza medallar bilan taqdirlangan dzyudochi R.Sobirov, mashhur bokschimiz A.Atoyev va erkin kurashchi S. Tigiyev murosasiz va shiddatli kurashlarda g‘olib chiqib, yuksak mahorat va matonat namunasini ko‘rsatdilar. Olimpiya musobaqalarida O’zbekiston sportchilaridan 4 nafari sovrindor, 14 nafari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kuchli sakkizlikka kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 14 avgust kuni qabul qilingan “London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar taqdirlandi. Olimpiada o‘yinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun bronza medallari sohiblari bo‘lgan Rishod Sobirov va Soslan Tigiyev “O‘zbekiston iftixori”, Abbos Atoyev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi. London Olimpiadasi chempioni Artur Taymazov yurtimizning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi, Olimpiada o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgani uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. Davlatimiz birinchi rahbari Artur Taymazovga mashhur sportchimizning O‘zbekiston bayrog‘ini baland tutib turgan oltin suvi yuritilgan haykalchasini sovg‘a qildi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallarni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz va ularning ustoz-murabbiylarini taqdirlash marosimida so’zlagan nutqida, – “Albatta, bunday nufuzli musobaqalarda munosib qatnashish, g‘oliblikka erishish oson emas. Agar bugungi kunda dunyoda 7 milliard aholi yashayotganini va ular orasida faqat o‘n yarim ming nafar odam bu musobaqalarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, mazkur o‘yinlarning naqadar kuchli raqobat muhitida o‘tganini anglash, sezish qiyin emas,” deb ta’kidlagan edi.
Davlatimizning birinchi rahbari sport jamoatchiligi, soha mutasaddilari oldida 2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan o‘ttiz birinchi yozgi Olimpiada o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, London Olimpiadasi yakunlarini chuqur tahlil qilish va undan tegishli saboq va xulosa chiqarish, Olimpiya o‘yinlarida eng yuqori natijalarga erishgan davlatlar tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor berish zarurligini, bu ishni bugundan, hozirdan boshlash lozimligini ta’kidladi.
O’zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o’yinlarida
O’zbekiston Respublikasi terma jamoasi qishki Olimpiya o’yinlarida ilk bor 1994 yildan boshlab ishtirok etgan.
1994 yil 12-27-fevral kunlari Lillexammer shahrida (Norvegiya) XVII qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan. Bu Olimpiya o’yinlariga 67 davlatdan 1923 nafar sportchi tashrif buyurgan. Mazkur qishki Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston sportchisi Lina Cheryazova fristayl bo’yicha Olimpiyada chempioni bo’lib, oltin medalni qo’lga kiritgan. O’zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 67 mamlakat orasida 14-o’rinni egallagan.
1998 yil 7-22-fevral kunlari Nagano shahrida (Yaponiya) XVIII qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan. Naganoga jahonning 72 mamlakatidan kelgan 2302 nafar sportrchi 14 ta qishki sport turi bo’yicha 68 ta medallar komplekti uchun kurashgan.
Bu o’yinlarda ishtirok etgan O’zbekiston milliy olimpiya terma jamoasi sportchilaridan quyidagilar musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallagan: Lina Cheryazova fristayl bo’yicha 13-o’rin, Tatyana Malinina yakkalik figurali uchushda 8-o’rin, Roman Skornyakov figurali uchishda 19-o’rin, Komil O’rinboev esa tog’ chang’isi sportida 29-o’rinni egallaganlar.
2002 yilning 8-24-fevral kunlari AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida XIX qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan. Mazkur Olimpiyadada ishtirok etish uchun 77 mamlakatdan 2399 nafar sportchi tashrif buyurgan. Ishtirokchilar sportning 15 turi bo’yicha 78 ta medallar komplekti uchun musobaqalarda qatnashgan.
XX qishki Olimpiada o’yinlari 2006-yil 10-28 fevral kunlari Italiyaning Turin shahrida o’tkazilgan. Unda 85 mamlakatdan kelgan 2600 dan ziyod sportchi qishki sportining 15 turi bo’yicha o’zaro bellashgan. Ularda Jazoir, Keniya, Senegal, Efiopiya, Marokkash, Janubiy Afrika Respublikasi kabi qishki sporti to’g’risida yaqin-yaqingacha umuman tasavvurlari bo’lmagan mamlakatlar vakillari ham ilk bor ishtirok etgan.
Bu Olimpiya o’yinlarida O’zbekistondan tog’ chang’i sportida Qayrat Ermetov, figurali uchishda yakkalik musobaqalarida Anastasiya Gimazetdinova, juftlikda esa Marina Aginina va Artyom Knyazev qatnashganlar. Qishki Olimpiya o’yinlari tarixida ilk bor O’zbekiston vakili Yevgeniy Roxin figurali uchish musobaqalarida hakamlik qilgan.
Turin qishki Olimpiadasida norasmiy umumjamoa hisobida 29 ta (11ta oltin, 12 ta kumush va 6 ta bronza) medallarni qo’lga kiritgan Germaniya sportchilari 1-o’rinni olgan. AQSh - 25 ta medal bilan ikkinchi, 22 ta medal bilan Avstiya 3-o’rinni egallagan.
XXI qishki Olimpiada o’yinlari 2010 yil 12-28 fevral kunlari Vankuver shahrida (Kanada) o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlarida 80 ta mamlakatdan 5500 nafarga yaqin sportchilar qatnashgan. Ular 15 ta qishki sport turlari bo’yicha musobaqalarda medallar uchun kurash olib borganlar. O’zbekistondan 3 nafar sportchi: tog’ chang’isi sporti bo’yicha Kseniya Grigoryeva va Olig Shamayev, konkida figurali uchish boyicha Anastasiya Gimazetdinova ishtirok etgan.
XXII qishki Olimpiada o’yinlari 2014 yil 10-26 fevral kunlari Sochi shahrida (Rossiya) o’tkazilgan.
O’zbekiston sportchilarining Osiyo o’yinlarida
Osiyo qit’asida eng yirik va ommaviy musobaqalardan biri – bu Osiyo o’yinlari bo’lib, O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lgandan so’ng bu sport o’yinlarida faol ishtirok eta boshladi. O’zbekiston ilk bor 1994 yil Xirosima shahrida (Yaponiya) bo’lib o’tgan XII Osiyo o’yinlarida ishtirok etgan. Bu o’yinlarda 7300 nafar sportchilar 34 ta sport turi bo’yicha musobaqalarda qatnashgan va 337 ta medallar komplekti uchun kurash olib borilgan. O’zbekiston sportchilari Osiyo o’yinlarida birinchi bor qatnashib, umumjamoa hisobida 42 ta mamlakat ichida fahrli beshinchi o’rinni egallagan.
XIII o’yinlarda 44 ta sport turi bo’yicha musobaqalar o’tqazildi va bunda 6 mingdan ziyod qit’aning eng kuchli sportchilari 379 ta oltin, kumush va 478 ta bronza medallari uchun kurash olib bordilar. Respublikamiz sportchilari Bangkokda o’tkazilgan XIII Osiyo o’yinlarida O’zbekiston terma jamoasi qit’aning 44 mamlakatlari orasida 10-o’rinni egallagan.
Istiqlol yillarida O’zbekiston sportchilari Olimpiya o’yinlarida jami 25 ta medallarga (9 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronza), Osiyo o’yinlarida 277 ta medallarga (63 ta oltin, 97 ta kumush, 117 ta bronza) sazovor bo’lgan.
O’zbekiston sportchilarining Paralimpiya o’yinlaridagi ishtiroki
2007 yil 27 fevral kuni “O’zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi” Adliya vazirligidan 341-sonli qarori bilan ro’yxatdan o’tgan. Xozirgi kunda Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasi miqyosida o’zining ish faoliyatini boshlagan. Assotsiatsiyaning Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyat va Toshkent shahar bo’limlari tashkil etilgan. 2008 yil sentyabr' oyida ilk bor O’zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Xalaqaro Paralimpiya Qo’mitasining a’zosi sifatida Pekinda (Xitoy) XIII yozgi Paralimpiya o’yinlarida ikki sportchisi Ravil Diganshin (engil atletika va pauerlifting) hamda Farxod Sayidov (suzish) bilan ishtirok etdilar.
2010 yil Xitoyning Guanchjou shahrida o’tkazilingan Osiyo Paralimpiya Qo’mitasi Bosh Assambleyasida O’zbekiston Markaziy Osiyoda eng rivojlangan Milliy Paralimpiya Qo’mitasi deb tan olindi hamda Markaziy Osiyo davlatlari Milliy Paralimpiya Qo’mitalari (Afg’oniston, Eron, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ishini rivojlantirish vazifasi yuklatildi. 2010 yil Guanchjou shahrida (Xitoy) o’tkazilgan Paraosiyo o’yinlarida O’zbekiston paralimpiya sportchilari 1 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo’lgan edi.
2012 yilning 29 avgust – 9 sentyabr' kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida XIV yozgi Paralimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan. Paralimpiya o’yinlarida dunyoning 166 davlatidan 4200 sportchi 20 ta sport turi bo’yicha ishtirok etgan. XIV yozgi Paralimpiya o’yinlarida 10 nafar O’zbekiston paralimpiya sportchilari 4 ta sport turlarida ishtirok etib, dzyudo, suzish, yengil atletika va pauerlifting sport turlari bo’yicha musobaqalarda qatnashgan. Paralimpiya o’yinlarida mustaqil O’zbekiston Paralimpiya harakati ham taraqqiy etib borayotgani amalda namoyish etildi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan 10 nafar sportchilardan 9 nafari Paralimpiya o’yinlari saralash musobaqalaridan muvaffaqiyatli o’tib, finalda medallar uchun kurash olib bordilar. Yengil atletikaning disk uloqtirish musobaqalarida Xusniddin Norbekov 4-o’rinni egallagan bo’lsa, suzish bo’yicha ishtirok etgan Kirill Pankov 6-o’rinni band etish bilan birga, ikki bor Osiyo rekordini yangilagan. Sharif Xalilov dzyudo bo’yicha kumush medal sovrindori bo’lgan. Bu Paralimpiya o’yinlarida rasman ikkinchi bor ishtirok etayotgan O’zbekiston delegatsiyasi tomonidan qo’lga kiritilgan dastlabki medal bo’ldi. XIV Paralimpiya o’yinlarining yopilishi marosimiga O’zbekiston bayrog’ini olib o’tish sharafi Paralimpiya va Paraosiyo o’yinlari sovrindori Sharif Xalilovga berilgan.
2014 yil Janubiy Koreyaning Incheon shahrida II Paraosiyo o’yinlarida O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari Vatanimiz sha’nini yanada ulug’lab, ozod va obod yurtimizda Paralimpiya harakati jadal suratlarda taraqqiy etib borayotganligini amalda yana bir bora isbotlaganlar. Paraosiyo o’yinlarida ishtirok etgan 27 nafar sportchimiz 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza jami 31 ta medalga sazovor bo’lib, umumjamoa hisobida 41 davlat orasida faxrli 5-o’rinni egalladi. Mamlakatimiz sportchilari Paraosiyo o’yinlarida 12 marotaba Osiyo rekordini yangilashga ham muvaffaq bo’ldilar.
2014 yil O’zbekiston Markaziy Osiyoda eng rivojlangan Milliy Paralimpiya Qo’mitasi deb e’tirof etildi. O’zbekiston Paralimpiya sportchilari qo’lga kiritilgan medallar bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, Hamdo’stlik mamlakatlari o’rtasida oltinchi, jahonda esa 67-o’rinni egallab kelmoqda.
O’zbekiston talaba yoshlarining Universiadalari
“Universiada”- oliy o’quv yurtlarining talabalari uchun tashkil qilingan musobaqalar hisoblanadi. “Kichik Olimpiada” deb atalgan bu nufuzli musobaqa oliy o‘quv yurtlarida ilmu-fan cho‘qqilarini egallash bilan birga, sport maydonlarida ham umidbaxsh natijalarga erishgan, mamlakatimizda o‘tkaziladigan yoshlar sport o‘yinlarining eng yuqori bosqichi bo‘lgan “Universiada” musobaqalarida talabalar tanlagan sport turi bo‘yicha katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
O’zbekiston talaba yoshlarining I Universiadasi 2000 yil Namangan shahrida o’tkazilgan. Universiada o’yinlarida 1717 nafar talabalar voleybol, futbol, kurash, yengil atletika, tennis, stol tennisi, shahmat bo’yicha musobaqalarda qatnashgan. Mamlakatimiz talaba-yoshlarining katta sport bayramiga Buxoro (2002 yil), Samarqand (2004) viloyatlari hamda Toshkent (2007), Andijon (2010), Buhoro (2013) shaharlari mezbonlik qilgan.
II Universiada 2002 yil - Buxoroda bo’lib o’tgan va unda 2848 nafar talaba ishtirok etgan. 2004 yilda Samarqandda III Universiada yana ham keng miqyosli bo’lgan va unda 2600 dan ziyod talaba-sportchi qatnashgan. Musobaqa dasturiga mini-futbol va og’ir atletika kiritilgan. Universiada o’yinlarida 230 ta oltin, 230 ta kumush va 251 ta bronza medallari uchun musobaqalari o’tkazilgan. III Universiada musobaqalarida mumjamoa hisobida birinchi o’rinni "Toshkent-1" jamoasi egallagan. Ularga O’zbekiston Prezidentining sovg’asi "Damas" rusumidagi avtomobil, oltin medal va birinchi darajali diplom topshirilgan.
“Universiada-2010” musobaqalari Andijon viloyatida bo’lib o’tgan. Musobaqa o’z ichiga 12 sport turi bo’yicha ayollar va erkaklar bellashuvini olgan. Universiadaning Respublika sport musobaqalari final bosqichida 1178 nafar sportchilar, 238 nafar murabbiylar, 154 nafar hakamlar, 450 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik bo’limlari va oliy o’quv yurtlarining 209 nafar vakillari ishtirok etgan.
O’zbekiston talaba yoshlarining “Universiada” musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun avvalo joylarda, viloyat va shaharlarda zarur sharoitlar yaratildi. Viloyat va shahrlarda o‘nlab sport saroylari va majmualari bunyod etildi, qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu esa har uch yilda o‘tkaziladigan sport bayramiga davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan qanday ulkan ahamiyat berilayotgani yanada yaqqol misoli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Universiada – 2013” sport o‘yinlari ishtirokchilariga so’zlagan nutqlarida – “Bularning barchasi yoshlarimizni jismoniy va ma’naviy jihatdan sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlaridan kam bo‘lmasligi, ular bilan bemalol bellashuvga tayyor bo‘lishi uchun, yoshlarning O‘zbekiston intilayotgan yuksak marralarga yetish yo‘lida hal qiluvchi kuch bo‘lib hayotga kirishi uchun – ana shunday buyuk maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilayotganini tushunish darkor”, deb ta’kidlagan edi.
“Universiada – 2015” Farg’ona
-jadval
O’zbekistonda yoshlarning uch bosqichli sport musobaqalari
«Umid nihollari» |
«Barkamol avlod» |
«Universiadа» |
|||
|
|
|
|
2000 |
Namangan |
|
|
2001 |
Jizzax |
|
|
2002 |
Farg’ona |
|
|
2002 |
Buxoro |
2003 |
Urganch |
2003 |
Andijon |
|
|
|
|
|
|
2004 |
Samarqand |
|
|
2005 |
Toshkent |
|
|
2006 |
Qarshi |
|
|
|
|
|
|
|
|
2007 |
Toshkent |
|
|
2008 |
Nukus |
|
|
2009 |
Guliston |
|
|
|
|
|
|
|
|
2010 |
Andijon |
|
|
2011 |
Termiz |
|
|
2012 |
Termiz |
|
|
|
|
|
|
|
|
2013 |
Buxoro |
|
|
2014 |
Farg’ona |
|
|
2015 |
Xorazm |
|
|
|
|
|
|
|
|
2016 |
Farg’ona |
|
|
2017 |
Jizzax |
|
|
2002 yilda Farg’ona viloyatida o’tkazilgan “Umid nihollari” sport musobaqalarida 11 ta sport turi kiritilgan bo’lsa, 2015 yilda Xorazmdagi “Umid nihollari” musobaqalari 17 ta sport turi bo’yicha o’tkazildi.
O’zbekiston terma jamoasining Olimpiya o’yinlaridagi natijalari
Yil |
Olimpiya o’yinlari |
O’kazish joyi |
Mamla- kat soni |
Sport- chi soni |
oltin |
kum |
bron |
Jamoa o’rni |
1996 |
XXVI |
Аtlanta |
197 |
76 |
|
1 |
1 |
58 |
2000 |
XXVII |
Sidney |
200 |
77 |
1 |
1 |
2 |
41 |
2004 |
XXVIII |
Afina |
202 |
68 |
2 |
1 |
2 |
34 |
2008 |
XXIX |
Pekin |
204 |
56 |
1 |
2 |
3 |
40 |
2012 |
XXX |
London |
205 |
55 |
1 |
|
3 |
47 |
2016 |
XXXI |
Rio-de-Janeyro |
207 |
70 |
4 |
2 |
7 |
21 |
O’zbekiston Respublikasi sportchilarining Olimpiya O’yinlaridagi yutuqlari
Olimpiya o’yinlari |
Yil |
O’kazilgan joyi |
Sportchilarning olgan o’rni |
Sport turi |
XXVI |
1996 |
Atlanta AQSH |
А. Bagdasarov – 2 K. Тo’laganov – 3 |
dzyudo boks |
XXVII |
2000 |
Sidney Avstraliya |
М. Аbdullayev – 1 А. Тaymazov – 2 R. Saidov – 3 S.Mixaylov – 3 |
boks erk/kurash boks boks |
XXVIII |
2004 |
Afina Gretsiya |
А. Таymazov – 1 А. Dokturashvili – 1 М. Ibragimov – 2 U. Xaydarov – 3 B. Sultonov - 3 |
erkin kurash yunon rim kurash yunon rim kurash boks boks |
XXIX |
2008 |
Pekin Xitoy |
А. Тaymazov – 1 А. Таngriyev – 2 S. Тigiyev – 3 R. Sobirov – 3 Е. Хilko – 3 А. Fokin – 3 |
erkin kurash dzyudo erkin kurash dzyudo trampolin gimnastika |
XXX |
2012 |
London Angliya |
А. Тaymazov – 1 R. Sobirov – 3 А.Аtoyev – 3 |
erkin kurash dzyudo boks |
XXXI |
2016 |
Rio-de-Janeyro Braziliya |
X.Do’smatov – 1 R.Nuruddinov – 1 Sh. Zoirov – 1 F.G’oyibnazarov – 1 Sh. G’iyosov – 2 B.Meliqo’ziyev – 2 D. Urazboyev – 3 R. Sobirov – 3 M. Ahmadaliyev – 3 R. To’laganov – 3 E. Tasmuratov – 3 M. Ibragimov – 3 I. Navruzov – 3 |
boks og’ir atletika boks boks boks boks dzyudo dzyudo boks boks yun-rum kurash erkin kurash erkin kurash |
Jahon va Osiyo chempionatlari |
|
Xalqaro sport musobaqalarida erishilgan natijalar 1991-2014 yil |
||
Oltin |
799 ta |
Oltin |
2874 ta |
|
Kumush |
884 ta |
Kumush |
2909 ta |
|
Bronza |
472 ta |
Bronza |
3471 ta |
|
Jami |
2155 ta |
Jami |
9254 ta |
?
ü O`zR “Jismoniy tarbiya va sport to`g’risida”gi Yangi taxriridagi Qonun qachon qabul qilingan?
ü Mustaqillikning dastlabki yillarida jismoniy taibiya va spoit sohasida qanday tadbirlar amalga oshirildi?
ü Sog'lom avlod davlat dasturida jismoniy tarbiya va sportning o'rni qanday?
ü Nogironlar sporti haqida nimalarni bilasiz?
ü O`zR Milliy Olimpiya Qo`mitasi (MOQ) qachon tashkil qilingan?
ü MOQning tuzilishi va maqsad hamda vazifalari nimalardan iborat?
ü Qachon Mustaqil O`zbekiston sport jamoasi birinchi marta yozgi Olimpiya o`yinlarida ishtirok etgan?
ü 2012-yilda Olimpiya o'yinlarida sportchilarimizning natijalari qanday
bo’ldi?
ü 2016-yilda Olimpiya o'yinlarida sportchilarimizning natijalari qanday
bo’ldi?
ü
© Adabiyotlar
1. Olimpiya bilimlari asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.:«Sharq», 2002.
2. Ernazarov E. Olimpiada – jahon sporti bayrami. Ommabop risola. T.: 2008.
3. Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. O‘quv uslubiy qo‘llanma. T: 2013.
4. Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.