педагогика

  • docx
  • 19.05.2023
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала PEDAGOGIKA.docx

See discussions, stats, and author profiles for this publication at: https://www.researchgate.net/publication/347986422

Umumiy pedagogika (o'quv qo'llanma)

Book • November 2019

READS
306
CITATIONS

0

2 authors:


Abror Askarov
Termez State University

Shaxzoda Abdullaeva
National University of Uzbekistan


12 PUBLICATIONS 0 CITATIONSSEE PROFILE

60 PUBLICATIONS 9 CITATIONS

SEE PROFILE

Some of the authors of this publication are also working on these related projects:


 


pedagogic View project


Инн овационные м ехан измы при влечения с тудентов к научным ис следован иям View project


All content following this page was uploaded by Abror Askarov on 29 December 2021.


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM
VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI

ABDULLAYEVA SHAXZODA ABDULLAYEVNA
ASKAROV ABROR DAVLATMIRZAYEVICH
UMUMIY

PEDAGOGIKA

nopedagogik oliy ta'lim muassasalari bakalavrlari uchun

O'QUV QO'LLANMA

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi
“1023” sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etildi

(Guvohnoma № 1023-060)

TOSHKENT-2019

Udk 371.302(01)87

Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Askarov Abror Davlatmirzayevich

Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy ta'lim muassasalari bakalavrlari uchun o‘quv qo‘llanma

Mas'ul muharrir:

R.H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik

Taqrizchilar:

Sh. Mardonov pedagogika fanlari doktori, professor

X.J.Xudoyqulov pedagogika fanlari doktori

Mazkur o‘quv qo‘llanma nopedagogik oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi bakalavrlarga mo‘ljallangan bo‘lib, amaldagi Na'munaviy dastur (2015)asosida yaratilgan va ikkinchi marotoba nashrga tayorlangan. Unda O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari, tarbiya nazariyasi, didaktika, elektron pedagogika, ta'lim menejmenti, ta'lim muassasasini boshqarishning umumiy asoslari hamda pedagogik mahoratga oid mavzular o‘z ifodasini topgan.

«Umumiy pedagogika» o‘quv kursida taqdim qilinayotgan o‘quv materiallari oliy ta'lim tizimida bakalavrlarga quyilayotgan hamda ular tomonidan bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiyalarga ega bo‘lishi uchun kuzda tutilgan davlat talablari asosida yoritilgan.

Учебное пособие составлено на основе действующей учебной Программы, предъявляемым к бакалаврам непедагогических вузов. В нём нашли отражение темы по концептульным основам развития системы непрерывного образования, теории воспитания, дидактики, менеджмента образования и педагогического мастерства.

Материалы, предоставленные в учебном пособии, способствуют усвоению знаний, умений, навыков и компетенций, отражающих основные государственные требования к подготовке бакалавров.

The textbook is compiled on the basis of the current curriculum, presented to bachelors of pedagogical universities. Materials provided in the textbook contribute to the assimilation of knowledge, skills and skills, reflecting the basic requirements for the preparation of bachelors.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2019-yil “2“ noyabrdagi “1023” - sonli buyrug'iga asosan Umumiy pedagogika o'quv qo'llanmasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.

ISBN 978-9943-7072-4-5

KIRISH

Ta'lim jarayonini innovatsion tashkil etishda pedagogika sohasidagi bilimlardan foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llash metodlarini takomillashtirish bo‘yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ta'lim sohasini modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, o‘qitishning didaktik asoslarini global strategiyalar sifatida pedagogik amaliyotga tatbiq etish tendensiyalari kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ta'lim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida “ta'lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish» dolzarb vazifa etib belgilandi[1].

Jahonda va mamlakatimizda ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlaydigan asosiy kuch sifatida e'tirof etilib, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ta'lim jarayonini innovatsion tashkil etish, pedagogik diagnostika metodlaridan optimal foydalanish strategiyalari samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish orqali tahsil oluvchilar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta'lim olish imkoniyatini yaratish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu esa, har tomonlama yetuk, komil insonni shakllantirish masalasining ko‘p qirrali va murakkabligi pedagogikaning hozirgi zamon ta'lim nazariyasi va amaliyoti uchun muhimligini ko‘rsatib beradi. Bu vazifa o‘qituvchi mahorati, uning yetukligi, chuqur kasbiy bilimi, ko‘nikma va malakasi, maxsus bilimi orqali amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Uzluksiz ta'lim tizimida yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, yangi texnika va texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli kadrlarni tayyorlashda pedagogika sohasidagi bilimlardan foydalanish strategiyalarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar ta'lim jarayonlarini innovatsion tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar va zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan modernizatsiyalashgan ta'lim boshqaruvini tashkil etishga imkoniyat yaratildi. Ayni paytda nopedagogik oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan, o‘zining kelajakdagi kasbini pedagogika sohasi bilan bog‘lovchi talabalarga innovatsion ta'lim mazmunini ilmiy asosda o‘rgatish, uning tashkiliy va texnologik asoslarini loyihalash, kelajakda rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqishga o‘rgatishga zarurat tug‘ilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy va amaliy natijalarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, ijodkorlik g‘oyalariga asoslangan kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo‘lish, pedagogik faoliyatni innovatsion tashkil qilish, tarbiyalayotgan yoshlarda intellektual sifatlar bilan birga yuksak ma'naviy madaniyatni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish muammolarining yechimini topish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy hayot sohalarida sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarni to‘g‘ri talqin qilishda, murakkab pedagogik jarayonlarning yechimini topishda fan o‘rnatgan qonun-qoidalar, tamoyillar zarur bo‘ladi. Mana shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviy-madaniy, diniy merosimizni avaylab, bilim va ko‘nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda, yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishda pedagogikaning ahamiyati salmoqlidir.

Ma'lumki, har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga ega. Respublikamizda zamonaviy fan olamida, ijtimoiy hayot sohalarida universal texnologiyalar bilan bog‘liq jarayonlar sodir bo‘layotganligi, fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish orqali innovatsiyalarga keng yo‘l ochilganligi mamlakatimiz jahon maydonida salobatli nufuzga ega bo‘lib borayotganidan dalolat beradi.

Ijtimoiy voqyelikda ta'lim va tarbiya masalalarini tahlil qilish, ichki qonuniyatlarini o‘rganish,pedagogik jarayonni boshqarish, nazorat qilish, natijasini aniqlash va unga yangiliklarni kiritishda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalanish lozim. Shu bois pedagogikaning predmeti va metodologiyasini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan olganda, mualliflar tomonidan yaratilgan mazkur o‘quv qo‘llanma 5141000, 56430100, 5210200,5130200, 5111600- ta'lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi nopedagogik oliy ta'lim muassasalari bakalavrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda amaldagi Namunaviy Dastur asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejasiga monand mavzular ketma-ketlikda berilgan. Har bir mavzudan so‘ng talaba bilishi va egallashi lozim bo‘lgan davlat talablariga tayangan holatda topshiriqlar keltirilgan.

Mazkur o‘quv qo‘llanmada nopedagogik ta'lim yo‘nalishida tahsil oluvchi bakalavrlar egallashlari lozim bo‘lgan ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, pedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o‘quv jarayonini tashkil etishning shakl va metodlariga quyilayotgan zamonaviy talablar, ta'lim sub'ektlarining shaxs sifatida rivojlanish omillari, yosh davrlarining o‘ziga xosliklari, yaxlit ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish; tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogik menejment mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, korreksion pedagogikaga oid malumotlar berilgan. Har bir mavzu matnlaridan so‘ng takrorlash va munozara o‘tkazish uchun savollar, topshiriqlar, testlar, muammoli vaziyatlar taqdim etilgan. Bu alfozda tuzilgan matnlar o‘quv mashg‘uloti davomida talabalar egallagan bilimlarini reproduksiyalashga zamin yaratadi, kelgusida egallashlari lozim bo‘lgan faoliyatida zarur manba bo‘lib hisoblanadi, zamonaviy pedagogikadagi dolzarb masalalar ustida mustaqil, erkin fikrlashga, mulohaza yuritishga zamin yaratadi. Talabalarning kelgusidagi kasbiy, shaxsiy, umummadaniy kompetensiyasini oshiradi.

O‘quv qo‘llanma maqsadi:

Zamonaviy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari, uning metodologiyasi to‘g‘risida keng tushuncha berish, ushbu bilimlarni talabalar o‘z ilmiy-amaliy faoliyati davomida qo‘llay olishga zamin yaratish; milliy g‘oya va asosiy pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil qilish; milliy g‘oya va asosiy pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish; ta'limning asosiy shakllari (dars, amaliy mashg‘ulot, darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish); ta'limning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash; ta'lim va tarbiya metodlari, vositalaridan foydalana olish, aniq vaziyatlar uchun qulay variantlarini tanlash; o‘quv va tarbiya jarayonida o‘quvchilar jamoasini samarali boshqarish haqida ma'lumot berish; kasbiy musaqillik, sensor axborotlarni tezkorlikda anglash, o‘z-o‘zini boshqara olish, o‘zaro ta'sir etish va hamkorlikda ishlash, pedagogik texnikani egallash haqida bakalavrlarga tushuncha berish orqali ularda kelgusidagi faoliyatini tashkil eta olish qobiliyatini rivojlantirish;

-talabalarda zamonaviy pedagogikaning nazariy metodologik asoslarini o‘rganishga qiziqishni oshirish, egallangan bilimlar asosida ilmiy va amaliy faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

-Internet tarmog‘idagi pedagogik saytlar haqida ma'lumotlarni talabalarga yetkazish va ulardan samarali foydalana olish ko‘nikmalarini malakaga aylantirish;

-talabalarning amaliy faoliyatida ta'lim jarayonini tashkil etishda interfaol metodlarning asosiy qonuniyatlari, tamoyillaridan oqilona foydalanish, pedagoglik kompetensiyani oshirishga mo‘ljallangan innovatsiyalarni o‘rganish, ularni tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish, kelgusidagi kasbiy pedagoglik mahoratini shakllantirish.

O‘quv qo‘llanma vazifalari:

-o‘rganilayotgan mavzularni to‘la idrok qilish uchun zamin yaratish;

-o‘zlashtirib olinishi zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish;

-zamonaviy pedagogika faniga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni hayotda qo‘llay olish imkoniyatiga ega bo‘lish;

- Internet tarmog‘idagi pedagogik saytlar yaratish va ulardan samarali foydalana olishga o‘rgatish

Tarbiyaning asosiy qirralari- e'tiqod va ibrat, ilm va mantiqiy tafakkur, haqiqat yo'lida ruhiyat safarbarligi va iroda qudrati- bularning barchasi mavzularda asosiy g‘oya sifatida yoritilishiga harakat qilingan.

Mualliflar o‘quv qo‘llanma tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinishi tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif- mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyingi o‘quv qo‘llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladilar.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ta'lim va tarbiyaning ijtimoiy tabiati, uning tarkibi, mazmuni va mohiyati, pedagogika kategoriyalarining rivojlanish tendensiyalari, fan metodologiyasi hamda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari, pedagogik diagnostika to‘g‘risidagi tushunchalar oliy ta'lim tizimida tahsil oluvchi magistrantlar, yosh tadqiqotchilar uchun ham qiziqarli manba bo‘lib hisoblanadi. Amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar esa undan o‘z bilim va malakalarini oshirishda, ilmiy va mustaqil ishlarni tashkil qilishda foydalanishlari mumkin.

Akademik, R.H. Djuraev


1-        BO'LIM. PEDAGOGIKANING
UMUMIY ASOSLARI.

ZAMONAVIY TA'LIM-TARBIYA
VA UNING MOHIYATI


1-                    §. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti

REJA:

1.             Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti

2.             Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari

3.            Pedagogikaning metodlari. Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi

4.            Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi. Pedagogikaning ilmiy - tadqiqot metodlari.

Tayanch tushunchalar: pedagogika, fan taraqqiyoti, kategoriya, shaxs, tarbiya, ta'lim, bilim, ko'n ikma, malaka, shakllaniish, rivojlanish, pedagogik muhi, shaxs kamolotini ta'minlas, ta'limiy konsepsiyalar.

Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. Har bir fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga ega bo‘lganidek, pedagogika ham o‘zining kategoriyalari, o‘rganish ob'ekti va predmeti, metodikalar va metodologiyasiga ega. Ma'lumki, pedagogika XV11 asrning ikkinchi yarmidan boshlab falsafa fani zamirida shakllandi hamda jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Sharq va G‘arb mutafakkir va ma'rifatparvarlarining ta'lim-tarbiyaga doir qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda pedagogika ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida ta'lim- tarbiyaning maqsadi, vazifalari, davlat ta'lim standartlari, ta'lim va tarbiya shakllari, metodlari, vositalari, pedagogik faoliyatni tashkil qilish shakllari, mexanizmlari, uning qonuniyatlari haqida bilim, ma'lumot beruvchi, pedagogik mahorat sirlarini o‘rgatuvchi fanga aylandi.

Boshqa fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida shakllanib, jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta'lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqelik, hodisa, ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi.

2017 yil 7 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatda yangi mazmundagi uzluksiz ta'lim tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi, uning tarkibida esa yangi mazmun va mohiyatdagi innovatsion oliy ta'lim tizimini shakllantirish bosh yo‘nalish sifatida belgilandi hamda ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini innovatsion tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirildi[2]

Demak, ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni tashkil qilishning ilk qadamlaridan biri bu -pedagogika fanini o‘qitishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishdir.

Pedagogika - ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, uni boshqarish, yangi avlodni sifatli o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fandir.

Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimidagi fan sifatida yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o‘rganadi.

Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari hisoblanmish O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli, ulug'vor vazifalarni yukladi.

1997 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisidagi»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta'lim -tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatib berildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o'tkazishga zamin yaratdi. Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini bir- biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish, ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi.

Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.

Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.

Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.

Ma'lumki, har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida mustaqil fan sifatida rivojlanib borayotgan pedagogika fani ham o‘z predmetiga ega. Pedagogika fanining predmeti - shaxs kamolotiga erishishda zarur bo‘ladigan ta'lim-tarbiya qonuniyatlari, mazmuni, metodlari, vositalari deb belgilanadi.

Pedagogika fanining ob'ekti sifatida komil insonni tarbiyalash jarayoni tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob'ekti va sub'ekti sifatida qaraladi.

Demak, har tomonlama yetuk, yangicha fikrlaydigan, o‘z shaxsiy va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, milliy mafkuraning barcha sifatlarini o‘zida mo‘jassamlashtirgan barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyat talabidan kelib chiqadi.

Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari:

-        Respublikamizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning yaxlit muammolarini hal qilish;

-       ta'lim-tarbiya samaradorligini uzluksiz oshirish va jahon talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;

-        umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;

-        Ta'lim va tarbiya mazmunini ilg‘or pedagogik tajribalar asosida boyitib borish, innovatsion va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash tadbirlarini belgilash;

-        uzluksiz ta'lim sifatini oshirish va uni boshqarish yo‘nalishlarini belgilash muammolarini hal qilish;

- “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan talablarni amalga oshirish va h.k.

Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari:

- Sharq va G‘arb mutafakkirlari va ma'rifatparvarlarining ilg‘or pedagogik g‘oyalarini o‘rganish, tahlil qilish asosida barkamol shaxsni tarbiyalash;

-        komil inson tarbiyasining asos qirralari - pedagogik tamoyillar, qonuniyatlar, metod va vositalarni aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish;

-ta'lim - tarbiya nazariyalarini zamonaviy metodikalar bilan uyg‘unlikda texnologiyalashtirish;

-        O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish, ta'lim menejmenti asoslarini o‘rganish, qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;

-barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo‘lgan hamkorlik texnologiyalarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliyotda qo‘llay olish malakasini rivojlantirish va h.k.

Zamonaviy pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarining yangilanish va rivojlantirish quyidagi negizlarga asoslanadi:

-       barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish;

-           xalqimizning milliy urf-odatlari, an'analari, ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

-       shaxsning o‘z qobilliyat va imkoniyatlarini erkin namoyon qilishga zamin tayyorlash;

- yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fuqarolik pozitsiyasini tarkib toptirish.

Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor qaratiladi: Analitik - ta'lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab-oqibat aloqadorligini o'rganish; - pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash. Prognostik - ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash; Tashkiliy- yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish;- pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; Ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish - davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri. Bu ulug'vor vaziflarni amalga oshirish uchun 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida, pedagogika fani uchun qonuniy zamin bo'lgan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi va bu normativ hujjatlarda jamiyatda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga, o‘qituvchi kasbini egallagan shaxslarga katta e'tibor qaratildi.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Har bir fanning mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo‘ladi. Xuddi shuningdek pedagogika fanining ham asosiy tushunchalari -kategoriyalari mavjud.

Kategoriya- (yunoncha: kategoria- «ko‘rsatma», «dalil», «tushuncha») pedagogikada ta'lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohiyat- mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta'lim va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va boshqa munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi. Kategoriyalar orqali inson borliqni va tevarak atrofni, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarni o‘rganadi.

(                                              :                               л

Fanning mohiyatini ochib beruvchi, uni taraqqiy ettiruvchi
eng muhim, asosiy tushunchalar kategoriyalar deb
ataladi.

ч______________________________________ /

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim katego-riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma'lumot, shakllantirish, rivojlantirish.

Shulardan biri va asosiysi sifatida «pedagogika» atamasidir. («Peys»- bola va «agogein - yetaklamoq degan ma'noni bildiruvchi yunoncha: «paydogogos» so‘zlaridan paydo bo‘lgan). Bugungi kunda «pedagog» so‘zi keng qamrovli , yangicha ma'no kasb etadi.

Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri «didaktika» kategoriyasidir. Miloddan oldingi 3-2 asrlarda qadimgi Yunonistondagi maktablarda ta'lim beruvchi kishini «didaskal» deb atashgan. «Didaktika»- yunoncha «didaktikos” so‘zidan kelib chiqib, «o‘qitish», «o‘rgatish», «bilim berish» ma'nolarini anglatadi. Qadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan «didasko», o‘qituvchi o‘rnida «didaskal», o‘quvchiga nisbatan «didaskale» atamalarini ishlatishgan. Ammo «didaktika» termini o‘zining dastlabki ma'nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining faoliyatini emas, shu bilan birga o‘quvchining faoliyatini, ta'limiy texnologiyalar, ta'lim metodlarini ham qamrab oladi.

Pedagogikaning asosiy kategoriyalari: shaxs, tarbiya, ta'lim, shakllanish, rivojlanish, bilim, ko‘nikma, malaka, ma'lumot, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon va boshqalardir.

Pedagogika ta'lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, ta'lim mazmuni va tarbiyaning kelgusidagi istiqbollari, yo‘llari va usullarini qo‘rsatib boradi. Pedagogika fanida umumiy kategoriyalar bilan bog‘langan asosiy tushunchalardan biri - shaxs tushunchasidir.

Shaxs- ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a'zosi. Jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan ijtimoiy voqyea-hodisaga adekvat baho bera oladigan, tafakkur faoliyatining ob'ektivligi bilan tavsiflanadigan insondir. Shaxs- “kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi»3. Jamiyatsiz shaxs, shaxssiz jamiyat bo‘lmaganidek, insonning shaxs sifatida kamol topishi uchun biologik, psixologik, ijtimoiy omillar sabab bo‘ladi. [3]


Shaxsning axloqiy sifatlari - shaxsning aqliy jihatdan kamolotga yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon bo‘ladi: bilag‘onlik, ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqalar hisoblanadi.

Pedagogik muhit - ta'lim -tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo (o‘qituvchi - tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-ota- ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui.

Ichki muhit - shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterning o‘ziga xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui, odatdagi ruhiy holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta'sirchanlik va voqyelikka munosabatlarning o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-birini to‘ldirishi va boyitishi.

Ma'lumki, har qanday shaxs jamiyatda shakllanadi va rivojlanadi. Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma'lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. Pedagogikada “shakllanish” kategoriyasi muayyan insonda muayyan sifatlar, fazilatlar, xususiyatlarni singdirish jarayoni bilan belgilanadi. Masalan, boladagi badiiy adabiyot, tasviriy san'at, musiqaga bo‘lgan iqtidorni oldindan aniqlash asosida undagi qobiliyatlarni shakllantirish mumkin.

Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi - ma'lum bir tarixiy shart- sharoitlardagi individ qobiliyati va iqtidori, uning bioijtimoiy mohiyatlarini tashkil qiladigan hamma kuchlarni to‘liq rivojlantirishdan iboratdir. Shaxsda muayyan belgilar, sifatlar, fazilatlar (ba'zan ayrim illatlar, nuqsonlar) shakllangach, rivojlanish jarayoni boshlanadi4. “Rivojlanish -tushunchasi bir xususiyatdan ikkinchisiga, mukammalroq darajaga o‘tish jarayonini anglatadi”5

Bu jarayonda eski sifatlovchi belgilar yangilari bilan almashinadi, oddiydan murakkabga, quyidan yuqori pog‘onaga yetishish tushuniladi. Insonda rivojlanish jismoniy (tana a'zolari - suyak, muskul tizimining, tanosil a'zolari, bo'yining o‘sishi, vaznining oshishi va h.k.), ruhiy (psixikaning rivojlanishi, nerv funkional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatining shakllanishi) hamda ma'naviy (inson ichki dunyosining boyishi, hissiy-irodaviy, bilish jarayonida mo'him o'zgarishlar yuz berishi) sohalarida sodir bo‘ladi. Rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy rivojlanishi uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida, ayniqsa jamoa ishlarida qatnashishida namoyon bo'ladi. Inson ruhan va ma'nan rivojlanishida bilim, dunyoqarash, tafakkur kuchi, iroda safarbarligi muhim o‘rin egallaydi.

Tarbiya - uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi6. Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir ko'rsatadi.

Ta'lim - bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib toptiradigan jarayon. Bunda bilim - bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. U qonuniyat deb ham yuritiladi. Ya'ni bilim insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish natijasidir.

Bilimni hayotda ko‘p samara beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim bilan birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma va malaka mehnat faoliyatida, dunyoni o‘zlashtirishda zarur.

Ko‘nikma - malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va o‘quvchi - talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir.

Malaka - tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lishdir.Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va


takrorlash orqali malakaga aylanadi. Turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta'limning mutloq ko‘rinishi mahorat bilan belgilanadi.

Mahorat - bu murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va barqaror maromidir.

Ta'lim jarayonida tahsil oluvchilar muayyan ma'lumotga ega bo‘ladilar.

Ma'lumot - ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. Insonning shaxs sifatida shakllanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishi pedagogik jarayonda sodir bo‘ladi.

Pedagogik jarayon - pedagogik kategoriyalardan biri bo‘lib, ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta'sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda “...tarbiyachining yo'naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida tarbiyalanuvchining o'z-o'zini taraqqiy ettirishidir”7

Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o'ylab ko'rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo'lgan mehnatining o'ziga xos turidir.

O‘z-o‘zini anglash - shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish. Taniqli rejisser K. Stanislavskiyning: “ Teatr qaerdan boshlanadi? -Albatta, - kiyim ilish joylaridan boshlanadi”,-degan iborasi mashhur bo‘lsa, pedagogikada - “pedagogik faoliyat - oiladan boshlanadi”, deyish mumkin.

Pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda ilmiy bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga qamrab oldi va o‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimida, pedagogika fanining umumiy va metodologik asoslari va mazmunida ta'lim-tarbiya nazariyasida, ta'limning tashkiliy shakllarida, shaxsning barakamollik darajasi hamda sifatlarini aniqlashda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu o‘z navbatida innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim- tarbiya jarayoniga tatbiq etishga yo‘l ochdi.

Bugun mamlakatimizda ko‘plab o‘qituvchilarimiz pedagogik g‘oyalar targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina emas, balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar. Yangilikka, erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi, endi an'anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta'lim sifatini oshirish, natijalarini oldindan belgilash, innovatsion, axborot va kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol o‘qitish, ta'lim menejmentiga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi. “Faqatgina zamonaviy asnoda ta'lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi[4]”. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining milliy ma'naviyatida insonparvarlik, bilimdonlik, axloqiylik, vatanparvarlik, ilmga chanqoqlik, bunyodkorlikka, ijodkorlikka intilish fazilatlari yetakchi o‘rinda turadi. Bugungi kunda respublikamiz yoshlari orasidan jahon olimpiada g‘oliblari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, sport sohasidagi g‘oliblar, davlat va nomdor stipendiatlarining yetishib chiqishi mamlakatimizda ta'lim-tarbiyaga e'tibor kuchli ekanligidan dalolat beradi. Yosh avlodga ta'lim berayotgan o‘qituvchilar bugungi kunda o‘zlari zamonaviy ta'lim-tarbiya sirlaridan voqif bo‘lishlari, innovatsion texnologiyalarni egallagan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shu jihatdan olganda, pedagogika aynan shu dolzarb masalalarning yechimini topishga yordam beradi.

Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi. Pedagogika tarixi mustaqil tarmoq sifatida, pedagogika fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks ettirdi. Bunda o‘tmishdagi ilg‘or pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, mutafakkirlarning pedagogik merosidan foydalanish zaruriyati haqida fikr yuritiladi.

Har bir yurtning fuqarolari bo‘lmish o‘qituvchi va murabbiylar, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo‘lishlari lozim. Ta'lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, o‘qituvchilik qilish mumkin emas.

Pedagogika tarixi pedagogik ta'limotlar tarixi va tarbiyaning rivojlanish masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etib, insonparvar pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi, ilg‘or pedagogik konsepsiyalar, qarashlar, ta'lim va tarbiya nazariyalari, qonuniyatlari, tamoyillarini tahlil qiladi, muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolar, ularning yechimini topishga oid g‘oyalarni aks ettiradi.

Tarixiylik pedagogika fani rivojlanishining zaruriy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Zero, o‘tmishdan qolgan ma'naviy merosni o‘rganish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish - kelajak uchun poydevor yaratish bilan barobardir.

Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshi va kasbiy omilkorligini shakllantirishga qaratilgan maktabgacha ta'lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, yoshlar pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi (androgogika), kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, menejment pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi, harbiy pedagogika, iqtisodiy pedagogika, zamonaviy

pedagogik texnologiyalar va boshqa tarmoq pedagogikalari vujudga keldi. Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha tarbiya maskanlari, umumiy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonini, uning qonuniyatlarini o‘rganadi.

Bulardan tashqari maxsus pedagogika turlari: defektologiya (rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lganlar), surdopedagogika (kar va soqovlar bilan ishlash), tiflopedagogika (ko‘zi ojizlar bilan ishlash); oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolganlar bilan ishlash); logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmaganlar bilan ishlash) mavjud bo‘lib, bu tarmoqlar tarbiyalanuvchilarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan shug‘ullanadi.

Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rgatishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi metodika, ya'ni uslubiyat fanining xizmatlari beqiyosdir. Butun pedagogik jarayonni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini qo‘rsatib beruvchi (metodika, ya'ni uslubiyat), fani ham, o‘z navbatida, maktabgacha ta'lim uslubiyati (metodikasi), umumta'lim uslubiyati, kasb-hunar ta'limi uslubiyati, maxsus ta'lim uslubiyati, oliy ta'lim uslubiyati, malaka oshirish uslubiyati va boshqa fan uslubiyati tarmoqlaridan iborat. Bu tarmoq fanlar o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi va pedagogika fanlari tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. ( - rasm).

Metodika (uslubiyat)- muayyan sohaga oid o‘qitish va o‘rganishning qonuniyatlarini tadqiq etadi. Metodika maxsus va uzluksiz ta'lim bosqichlaridagi pedagogikalar kabi ta'limning o‘ziga xos turi va qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-qoidalarni o‘z sohasiga moslashtiradi va soha uslubiyatini yaratadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rganishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi uslubiyot (metodika) fanining ham xizmatlari beqiyos kattadir. Hozirgi kunda o‘quv muassasalarida Matematika fanlarini o‘qitish metodikasi, Tarix fanlarini o‘qitish metodikasi, Adabiyot o‘qitish metodikasi, Maxsus fanlarni o‘qitish va boshqa metodikalari mavjud.

Androgogika - (yunon tilida: »andros»- katta yoshli odam», «agogeyn»- «etaklamoq», ya'ni “katta yoshli odamni yetaklamoq”) - ta'lim nazariyasiga taalluqli soha bo‘lib, katta yoshli sub'ektlarning bilim, ko‘nikma egallashlari


hamda pedagoglar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish faoliyati qonuniyatlarining xususiyatlarini yoritib beradi.9

Valeologiya - insonning butun hayoti mobaynida jismoniy, axloqiy, ma'naviy jihatdan shakllanishi, rivojlanishini o‘rganadi. XX asrning 80 yillaridan e'tiboran G‘arbiy yevropa va MDH mamlakatlarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mo‘ljallangan o‘quv predmeti sifatida maktab dasturlariga kiritilgan. O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng ushbu o‘quv predmeti tanlov fani sifatida oliygohlarda o‘qitila boshlandi. 10

Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lish mumkinligi haqidagi pedagogikadagi tarmoq fandir. «Valeologiya» lotincha so‘z bo‘lib, “aloe”-«salomatlik», «sog‘lom bo‘lish» ma'nosini anglatadi. Bu atamani birinchi bo‘lib K.I.Brexman 1987 yilda fanga kiritdi. Valeologiya fan va o‘quv predmeti sifatida keng e'tibor qozonmoqda. Bugungi kunda valeologiya darsliklari chop etilmoqda.

Darslik mualliflaridan biri V.N.Vayner (2001) ning fikricha «Valeologiya» oliy o‘quv yurtlarida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.

Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil mashg‘ulotlariga ongli barqaror va pozitiv munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib salomatlikni yaxshilaydi, o‘quv jarayonlarining unumdorligini oshiradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi.


1-                rasm. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari

Pedagogika tarixi va nazariyasi asosini tashkil qiluvchi birinchi guruhning uchta pedagogik fan tarmoqlariga umumiy tasnif beradigan bo‘lsak, bularning uchalasi boshqa pedagogik fan tarmoqlariga asos bo‘lib, o‘zaro aloqadordir.

Didaktika va umumiy pedagogikada ishlab chiqilgan asosiy prinsiplar, qoidalar va maxsus tushunchalar maktab hamda maxsus pedagogika guruhlaridagi 23


pedagogik fan tarmoqlari, didaktika prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun- qoidalarni, ta'lim-tarbiya berishning o‘ziga xosligidan kelib chiqib o‘zgartiradilar va o‘z sohasiga moslashtiradilar.

Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy muhitning insonga ta'sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishining o‘ziga xosligi hamda ularning inson shaxsi shakllanishiga ta'sirini o‘rganadi. Shu bilan birga, pedagogika o‘quv muassasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko‘pgina masalalarni hal etishga, shaxslarni tarbiyalashda o‘quv muassasasi, oila va jamoatchilikning o‘zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi.

«Pedagogika» fani tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganar ekan, tabiiy ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog‘liqdir. Pedagogika (fan sifatida) falsafa fani zamirida rivojlandi. Har qanday fan yakka holda o‘zi mukammalikka erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek pedagogika fani ham hozirgi kunda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarga asoslanadi, o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib, insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat kiladi. U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika, estetika, biologiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir .

Falsafa - jamiyat, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tashkil etadigan, ya'ni pedagogikaning taraqqiy etib borishiga imkon beradigan ilmiy manbadir. Shu bilan birga, faylasuflar va pedagogika fanlari vakillari tomonidan ishlab chiqilgan bir qator umumiy masalalar falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir.

Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar; dunyoqarashni, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq

Falsafa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa pedagogikani ilmiy uslublar bilan boyitadi, ta'lim va tarbiyaning ob'ektiv qonun- qoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘ladi.

Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi sohasi bo‘yicha ma'lumot beradi. Bu fanlar o‘quvchining axloqi, odobi, xulqi me'yorlarini aniqlash, belgilash hamda nafosatli qilish uchun hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag‘bat uyg‘otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir.

Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog‘liqdir. Ularni xal etishda pedagogika axloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi.

Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakllantirish, madaniyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi. Bu asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go‘zallikni xis qila olish, tushunishga o‘rganish vositalari va yo‘llarini belgilab beradi.

Pedagogikaning falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini, hal etadigan ilmiy masalalarning umumiyligini pedagogikaning ijtimoiy xususiyati, uning mafkuraviy yo‘nalishga ega ekanligini ta'kidlab turadi. Tarbiyaning hamma muammolarini boshqa siyosiy, ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda hal etish zaruriyatini ko‘rsatib beradi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim berish, ma'lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida ularga tizimli ta'sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya'ni ta'sirning samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, dikkat va tafakkur - fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib, ta'sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniksa, yosh davrlari psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta'sir ko‘rsata oladi. Bunda psixologiya turkumidagi fanlar pedagogika uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Psixologiya - Psixologiya pedagogikaning boshqa fanlar tomonidan aniqlangan bilimlar, o‘sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish, ichki jarayonlarini yuz berish omillari va shart-sharoitlari haqidagi bilimlar bilan qurollantiradi.

Fanlarni o‘qitish yo‘llari metodikaga va didaktikaga aloqador, chunki har qanday fanni o‘qitilish metodlari shu fanning mazmuni, tizimini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Demak, pedagogika fani anatomiya, fiziologiya, bolalar gigienasi va pediatriya kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada, bu fanlar bir-biriga chambarchas bog‘liqdir.

Jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida pedagogikaning iqtisodiyot fanlari bilan aloqasi mustahkamlanib bormoqda. Ijtimoiy fanlardagi ma'lumotlarga suyanib, pedagogika jamiyatning tarbiyaga bo‘lgan ob'ektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini o‘rganadi.

Insonning aqliy rivojlanishi qirralarini, jihatlarini o‘rganadigan boshqa fanlardan farqli o‘laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug‘ullanadi.

Pedagogika fiziologiya bilan ham bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Fiziologiya pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy ilmiy bazasi hisoblanadi. Pedagogika fiziologiyaning oliy asab (nerv) faoliyatining rivojlanishi, asab sistemasining o‘ziga xosligi, birinchi va ikkinchi signal sistemalar haqidagi, shuningdek, sezgi organlarining, tayanch harakat apparatlarining, yurak, qon-tomir hamda nafas olish sistemalarining faoliyati, rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga suyanadi.

Psixologik hodisalarning fiziologik asoslarini bilish pedagogika uchun tarbiya va ta'limning ba'zi bir omillarini yaqqol, aniq bilib olish, tushunish imkoniyatini yaratadi hamda ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishning ko‘pgina muammolarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.

Shunday qilib, keyingi vaqtlarda pedagogika boshqa yangi rivojlanayotgan fanlar bilan, jumladan, murakkab dinamik tizimlarni rejali boshqarish haqidagi fan bo‘lgan kibernetika bilan mustahkam aloqada rivojlanmoqda. Bularning barchasi pedagogika o‘zining predmeti va tadqiqot sohasiga ega bo‘lib, boshqa bir qator fanlar bilan juda mustahkam bog‘liqlikda ekanligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o‘z yo‘li, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa avlod oldida turmagan yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo‘ladigan xislat va sifatlar shakllantirilishini taqozo etadi.

O‘zbekistonda pedagogika ilmidagi tushunchalar, ta'riflar milliy istiqlol mafkurasiga mos umuminsoniylik ruhida tushuntirilmog‘i zarur. Albatta ta'lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy o‘ziga xoslik nisbati, muvozanati alohida ahamiyatga ega.

Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilmoqda

Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi. Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasiga e'tiborning kuchayishi, bejiz emas. Mamlakatimizda demokratik tamoyillarning qaror topishi, kuchli huquqiy davlat zamirida ochiq fuqarolik jamiyati qurilganligi ta'lim va tarbiyaga yangicha mohiyat, mazmun, atribut baxshida etayotganligida o‘z aksini topmoqda. Bu yangi modelning muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan zamonaviy pedagogikaning rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir.

Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni yechish bilan birga xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalar ishonchliligini ta'minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlar pedagogik tadqiqotlarni samarali tashkil etish va amaliyotda tatbik etish uchun zamin hozirlaydi. Bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud.

Metodologiya tushunchasi murakkab va har doim ham bir xilda talqin qilinavermaydi. hozirgi kunda pedagogika fanining metodologik asosi falsafadir. “Falsafaning bosh masalasi - ob'ektiv borliq va inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqani oydinlashtirish hisoblanadi. Olam bilan odam mavjudligini tadqiq qilish insonning cheksiz faoliyatini va xarakterini o‘rganishdir. Individning shaxs darajasida namoyon bo‘lishida tarbiyaning yetakchi mavkeini qadimdan faylasuf (Arastu, Platon, Sukrot, Demokrit va boshkalar)lar tan olishgan va inson tarbiyasi muammosi falsafaning asosiy masalalari qatoriga kiritilgan. Shu tariqa falsafiy ta'limotlar tarkibida pedagogik fikr va g‘oyalar vujudga kela boshlagan va yillar davomida rivojlanib borgan, natijada pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Demak, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, pedagogika faning metodologiyasini jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ifoda etuvchi zamonaviy filosofiya, uning bilish nazariyasi tashkil etadi”, N. Sayidahmedov.[11] Demak, metodologiya birinchi navbatda keng ma'noda - fan metodologiyasi sifatida qo‘llanilib, barcha ilmiy fanlar uchun ilmiy bilishning falsafiy tayanchi xisoblanadi. Metodologiya fan sifatida ob'ektiv borliqni bilish haqida ta'limot (nazariya)dir. Tor ma'noda esa aniq ilmiy fanlar, shu jumladan pedagogika uchun ilmiy bilish nazariyasini anglatadi.

“Pedagogika fani metodologiyasi -pedagogik nazariya asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishning yondashuvlarini, pedagogik voqyelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, bu bilimlar tizimini qo‘lga kiritish bo‘yicha faoliyat tizimini mujassamlashtiradi”[12],-deydi G. I. Saransev. Demak, bunda ilmiy bilishning ikki jihati - bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Yoki ikki faoliyat turi - metodologik tadqiqot va metodologik ta'minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo‘nalishlarini, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish tamoyillarini, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi - metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadigik muammolarning umumnazariy savollar yechimiga qaratiladi

O‘zbek olimi, faylasuf S. Shermuhamedov fikricha: metodologiya - (yunoncha-metodlar haqida ta'limot) ijodiy jarayon sifatida ilmiy bilish yo‘llari va vositalarining, ilmiy tadqiqot qonuniyatlarining, ularni taqqoslash va tizimlashtirish zamirida yuzaga kelgan[13]”.. Demak, metodologiya ilmiy bilish faoliyatining mohiyatini, yo‘llari va vositalarining nazariy muammolarini, shuningdek, ijtimoiy jarayon sifatida ilmiy tadqiqot qonuniyatlarini o‘rganadi.

Aniq fanlar metodologiyasi umumiy metodologiyaga tayangan holda: -birinchidan, uning talablarini muayyan fan ob'ekti tashkil etadigan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga tatbiq etadi; -ikkinchidan, o‘zida bilishning aniq ilmiy metodlari haqidagi nazariyani o‘rganilatyogan hodisa va jarayon qonuniyatlarining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda mujassamlashtiradi.

Bu boradagi karashlar, nazariyalar va adabiyotlar taxlili, yondashuvlarga tayangan xolda pedagogika fani metodologiyasini quyidagicha ta'riflashga imkon beradi:

Pedagogika fani metodologiyasi - “fan tayanadigan g‘oyalar, konunlar, qarashlar, nazariyalar, metodlar, konseptual xujjatlar, metodikalar, texnologiyalarni tizimlashtirish majmui bo‘lib, ilmiy konuniyatlarni kiyoslaydi, tizimlashtiradi va yangi goyalarni ishlab chikishda xizmat kiladi. Boshqacha qilib aytganda, fanning muayyan ustunlari, asoslari, fan rivojiga ta'sir qiluvchi negizlar, o‘rganilayotgan hodisa va jarayon qonuniyatlarining o‘ziga xos jihatlarining tizimiga pedagogikaning metodologiyasi deyiladi”[14].

Pedagogika metodologiyasi - pedagogikaning nazariy asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishga doir yondashuvlarini, pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, mazkur bilimlar tizimini qo‘lga kiritishga doir faoliyat tizimini o'zida mujassamlashtiradi.

<__________________________________________________ J

Pedagogika fani metodologiyasi ikki funksiya( vazifa)ni bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me'yorlovchi). Birinchisi - ta'lim-tarbiya jarayonini nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi - pedagogik tadqiqotlar, ularning ilmiy farazlarini o‘rganishga, istikboliy rejalarini tizimlashtirishga shart - sharoit tug‘diradi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikkiga: nazariy va me'yoriy guruhlarga ajratishni taqozo etadi.

Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: metodologiya ta'rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologiya bilimlar tizimi va faoliyatlar tizimi sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta'minlash manbalari; pedagogik tadqiqot ob'ekti va predmetining metodologik tahlili.

Me'yoriy asosi quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:

- pedagogikada ma'naviy shaxsni tarbiyalash, uni sotsiokorreksiyalash, sifatli uzluksiz ta'lim tizimini tashkillashtirish, boshkarish, rejalashtirish, tartibga solish va nazorat kilishni ilmiy asoslash;

-    pedagogika masalalarining o‘ziga xosligi; maxsus tadqiqot ob'ektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo‘llash; pedagogik kriteriyalarning ishlatilishi;

-     pedagogik tadqiqotlarni guruhlarga ajratish;

- tadqiqot tavsifnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot ob'ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazlari, himoya qilinadigan holatlar, yangiliklar, fan uchun muhimligi, amaliyot uchun muhimligi;

- pedagogika fanlari tizimi, ularning o‘zaro aloqasi.

Metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va tashkil etish tamoyillari va usullari tizimi sifatida karaladi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta'limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti - faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.

Agar o‘qituvchi kundagi odatiy nomahsul faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lib, har doim o‘zi o‘zlashtirgan bir xildagi texnologiya asosida faoliyat ko‘rsatsa, bu yerda metodologiya haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Aksincha, mahsuldor faoliyat namoyish etib, misol uchun, ilmiy - tadqiqiy pedagogik faoliyat ko‘rsatsa yoki o‘zining xususiy mualliflik o‘qitish tizimini yaratsa, shubhasiz, metodologik faoliyat vujudga keladi. Keyingi holatda ikki qarama - qarshi tushuncha - loyiha va refleksiya - asosiy o‘ringa ko‘tarilyapti. Ma'lumki, har qanday mahsuldor faoliyat loyihalash ko‘nikmalarini talab etadi. Ilmiy -tadqiqiy ishlarning quyidagi bosqichlari - ziddiyatlarni aniqlash, muammoni ifodalash, farazlarni qurish va boshqalar -tadqiqotni loyihalash usulidir. Ijodiy faoliyatni tashkil etishda har doim refleksiya - loyihaning, jarayon va natijalarning doimiy tahlili muhim o‘rin tutadi.

Refleksiya - samarali fikrlash jarayoni bo‘lib, motivatsiya, idrok asosida insonning analiz, sintez kabi aqliy operatsiyalarni o‘z boshidan kechirishidir[15]. Refleksiya (lotincha reflxio - ortga qaytish ) sub'ektning o‘z (ichki) psixik tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.

Refleksiya o‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish, o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar solish deb qaraladi.(V.A. Slastenin).

Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an'anasi mavjudligi aytiladi:

      ob'ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili;

      shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish refleksiyasi;

Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:

      o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish;

      o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish;

      o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.

Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.

Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub'ektning o‘z- o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.

Amaliy pedagogik faoliyatda ham ta'lim (tarbiya) tizimlarini loyhalash ishlari amalga oshiriladi. Bu “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida yaratilgan zamonaviy ta'lim tizimi, uni rivojlantirish konsepsiyasi (“portlash effekti”) misolida namoyon bo‘lmoqda.

Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodologiyasi ham, amaliy pedagogik faoliyat metodologiyasi ham quyidagi uchlikda yaxlit tasavvur etish mumkin, -deydi rus olimi A. M. Novikov, ya'ni: loyiha, texnologiya, refleksiya”.

Pedagogika boshqa rivojlangan fanlar qatori o‘zining alohida predmetiga, nazariy tamoyillariga ega bo‘lganligi sababli, shaxs shakllanishi va uning rivojlanishidagi muayyan muammolarni hal qilishda tarbiya va ta'lim jarayonlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar hamda qonuniyatlarni inobatga olgan holda tadqiqot metodlarini qo‘llaydi.

Zamonaviy pedagogikada tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati, ularning mantiqi, metodologik tavsifi bilan bog‘liq quyidagi masalalar aniqlashtirilishi ko‘zda tutilmoqda:

       fan yutuqlarini ta'lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish;

       pedagogika fanini milliy va umuminsoniy tajribalar asosida rivojlantirishning metodologik jixatlarini kengaytirish;

       pedagogikaning nazariy tadqiqotlari samarasini oshirish;

       pedagogik tajribani o‘rganish va natijalaridan foydalanish;

       pedagogik tajriba-sinov, uning mohiyati, matematik-statistik metodlari va metodikasini oydinlashtirish;

       tarbiyaga yaxlitlikda yondashish, bunda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyatini o‘rganish;

       ta'lim sifatini oshirishda boshqaruv texnologiyalarini loyihalashtirish va boshqalar.

Amaliyot ta'siri ostida nazariya ilmiy kashfiyotlarning asosiy omiliga aylanadi. Faqat keng va har tomonlama tashkil etilgan amaliyotgina faoliyatning kamchiligini va yetilmaganligini hamda ayni vaqtda pedagogik voqyelikni bilishga xizmat qiladi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda pedagogika fanlar tizimida va amaliyotida juda katta tajriba, salohiyat, bilimlar manbai, tavsiyalar to'plangan bo'lib, bular yoshlarga tizimli holda yetib borishi, ular ijodiy imkoniyatlari rivojiga ta'sir etishi kerak. Bu esa muayyan bilimlarni - tizimlashtirishni, metodologiyani o‘rganishni talab etadi.

Bugungi kunda zamonaviy fan rivojiga bog‘liq holda fan tilining metodologik masalalari ham kun tartibida turadi. Fanda tildan foydalanish muammosi ilmiy fan sifatida pedagogikani ham chetlab o‘ta olmaydi.

Til ijtimoiy hodisa sifatida amaliy faoliyatda va bilish jarayonida ikki asosiy vazifani bajaradi:

1)     insonlar o‘rtasida aloqa vositasini o‘taydi

2)     tafakkur shakli sifatida to‘plangan bilimlarni qayd etish va saqlash, tizimlashtirish uchun zarur hisoblanadi.

Ma'lumki, til bilan qator fanlar -lingvistika, psixologiya, semiotika (belgilar haqidagi fan), falsafa shug‘ullanadi. Metodologiya tilni ilmiy bilimlarni ifodalash, ularni qayta ishlash, ilmiy axborotlarni to‘plash va saqlash vositasi sifatida o‘rganadi.

Pedagogika boshqa fanlar qatori milliy tildan ilmiy axborotlarni shakllantirish, ishlov berish, saqlash va uzatishning universal vositasi sifatida foydalaniladi.

Biz pedagogikada turli darajadagi kategoriya(tushuncha)larga tayanamiz. Kategoriya (tushuncha) - bu predmetlarnig umumiy va o‘ziga xos sifatlari haqidagi fikrdir. Tushuncha asosida predmetlar o‘xshashligi va farqlari aniqlanadi.

Albatta, tushunchalar mohiyatini anglashda odamlar ham bir-biridan farqlanadi. Shu boisdan milliy til so‘zlari ham bir xil emas, ular amaliy faoliyatda turlicha muhimlik kasb etadi va muloqot jarayonida tekislanib, aniqlanib boraveradi.

Har qanday fan, jumladan pedagogika ham aniq tushunchalar tizimini talab etadi. U milliy til asosida yaratiladi va ilm tili, ya'ni pedagogikning tushuncha- toifalar tizimi shakllanib boradi. Toifa tushunchadan bir bosqich yuqori turadi va ayni vaqtda o‘zida ularning belgi va xususiyatlarini saqlab qoladi. Shu bois toifa tushunchadir, biroq barcha tushunchalar toifa bo‘la olmaydi.

Pedagogika bo‘yicha ilm tilini shakllantirish murakkab jarayon, u hanuzgacha qoniqarli darajada tadqiq qilingan emas. Bu fan ham boshqalari qatori hayotiy tildan ko‘plab atamalarini qabul qiladi. (“shakl”, “metod”, “tarbiya” va boshqalar). Shu bois mumkin qadar tushunchalarni faol ilmiy muloqot tarkibiga kiritish uchun aniqlashtirish, chegaralashga harakat qiladi.

Pedagogikada ilmiy nutqning lug‘at zahirasi yangi, maxsus terminlar va ta'riflar bilan boyib bormoqda. Masalan, refleksiya, tyutor, boshqarish, moderator, ta'lim menejmenti, innovatsion texnoloyalar, axborot texnologiyasi va boshqalar. Foydalanilayotgan atamalarning aniq ta'rifi va maxsus pedagogik lug‘atini shakllanishi pedagogika fani tiliga mos holda amalga oshirilishi zarur. Bu fanning o‘ziga xos tomoni shundaki, uning tili odatiy tilga juda yaqin bo‘lgani uchun tushunish birmuncha yengil kechadi. Shu sababli maxsus pedagogik tillar nafaqat o‘qituvchi va tarbiyachiga tushunarli, balki ularni ota-onalar, o‘quvchi-talabalar va keng jamoatchilik ham tez hazm qilishadi. Boshqa tomonidan odatdagi til bilan ilmiy tilning yaqinligi fan sifatida pedagogika uchun xususiy bo‘lgan metodik xaraterdagi jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Maxsus pedagogik atamalar sifatida qo‘llanilayotgan tushunchalar pedagogik tushunchalarni aniq ta'riflash ilmiy pedagogik g‘oyalarni muvaffaqqiyatli rivojlantirish uchun zaruriy shart hisoblanadi.

Pedagogika o‘z tadqiqotlari natijalarini yozma ravishda ifodalashi bilan birgalikda diagramma, sxema, chizma, jadval asosida ham bayon etadi. Pedagogik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish uchun informatika, matematika, mantiq (induksiya, deduksiya va boshqa) fanlarining metodlari, tushuncha va ramzlaridan keng foydalanilmoqda.

Erishilgan yutuq bilan fan tilining rivojlanishi to‘xtamaydi, u vaqt o‘tgan sayin rivojlanib, boyib boraveradi.

MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPS'HIRIQLAR

TESTLAR:

1.    Pedagogika” atamasining lug‘aviy ma'nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang:

a) ta'lim va tarbiya jarayoni”

b) “o‘qituvchi” va “o‘quvchi”

) “bola yetaklovchi”

d) “bolashunoslik”;

) “donishmandlar suxbati”

2.       Zamonaviy pedagogika fani - ...

*A) ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, yangi avlodni o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyati to‘g‘risidagi fandir.

B) yangi avlodni o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, vositalari haqidagi fan S)Tarbiya haqidagi fan

D) Ta'lim va uning metodlari to‘g‘risida bilim beradigan fan

ye) pedagogning kafolatlangan natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyati to‘g‘risidagi fandir

3.          Kategoriya (yunoncha: kategoria) so‘zining lug‘aviy ma'nosi nimani anglatadi?

A) vazifa, faraz

B0 faraz, isbot

S) Isbot, topshiriq

D) yo‘riqnoma, asos

*ye) tushuncha, ko‘rsatma, dalil

4.       Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘lib, pedagogikada qanday xususiyatlarni anglatadi?

*A) pedagogikada ta'lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohiyat- mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta'lim va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va h.k. munosabatlarni aks ettiradi.

B) Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘lib, hayotda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarni o‘rganadi.

S) Shaxs va jamiyat munosabatlarini o‘rganadi

D) Tushunchalarning mohiyat-mazmunini anglatadi

ye)Ta'lim va tarbiyada shaxs rivojlanishiga oid tushunchalarni anglatadi

5.    Pedagogika va uning metodologik asosi hisoblanmish Falsafa uchun umumiy masalalar mavjud. Bular - ...

A) jamiyat, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

*B) tarbiya bilan boshqa ijtimoiy xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar; dunyoqarash, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish

S) ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan gneseologik masalalar

D) dunyoqarash, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari

ye) shaxs va jamoa munosabatlari

6.       Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rgatishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan bu - ...

A) Tiflopedagogika

B) Surdopedagogika

S) Korreksion pedagogika

D) Metodika

ye) Matematika

7.       Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshi va kasbiy omilkorligini shakllantirishga qaratilgan tarmoq pedagogikalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang:

A) maktabgacha ta'lim pedagogikasi, psixologiya, maktab pedagogikasi, yoshlar pedagogikasi,

*B) maktabgacha ta'lim pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi, kasb- hunar ta'limi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi va boshqalar

S) fiziologiya, oliy maktab pedagogikasi, menejment pedagogikasi va boshqalar

D) matematika, tibbiyot pedagogikasi va boshqalar

ye) harbiy pedagogika, iqtisodiy pedagogika, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, valeologiya

8.       Falsafa zamirida vujudga kelib, ahloq va tarbiya masalalari bilan bevosita shug‘ullanadigan fan nomi - ...

A) Axloqshunoslik (Etika)

B)Estetika

S) Androgogika

D)Sotsiologiya

ye) Valeologiya

5.      Androgogika - bu...

A) ta'lim nazariyasiga taalluqli soha bo‘lib, katta yoshli sub'ektlarning bilim, ko‘nikma egallashlari hamda pedagoglar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish faoliyati qonuniyatlarining xususiyatlarini yoritib beradi

B) boshqa yangi rivojlanayotgan fanlar bilan aloqa o‘rnatadi

S) murakkab dinamik tizimlarni rejali boshqaradi

D) kibernetika bilan mustahkam aloqada rivojlanadi

ye)pedagogika predmetini o‘rganadi

9.       Valeologiya - pedagogikaning tarmog‘i sifatida quyidagilarni o‘rganadi:

A) Ijtimoiy voqyea-hodisalarning sababini o‘rganadi

B) kibernetik tizimni o‘rganadi

*S)insonning butun hayoti mobaynida jismoniy, axloqiy, ma'naviy jihatdan shakllanishi, rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish yo‘llarini o‘rganadi D) yosh davrlari psixologiyasini o‘rganadi

ye) shaxs rivojlanishida nafosat tarbiyasi muammolarini tadqiq etadi

10.       “Androgogika” so‘zining lug‘aviy ma'nosi nimani anglatadi?

A)Lotin tilida “andros” - “kichik maktab yoshidagilarni yetklamoq”

*B) Yunon tilida: »andros»-“katta yoshli odam», «agogeyn»- yetaklamoq», ya'ni “katta yoshli odamni yetaklamoq”

S) Ingliz tilida: “andros” - “kishi”, “agogeyn”- yetaklamoq, ya'ni kishilarni yetaklamoq

D) Arab tilida: “andros”- “ta'lim”, “agogeyn”- “tarbiyalash”, ya'ni ta'lim-tarbiya ye) ispan tilida: “andros” -“shakllanish”, “agogeyn”-tushuncha, ya'ni shakllanish tushunchasi

11.       Pedagogika tarixi quyidagilarni o‘rganadi:

A)       pedagogik ta'limotlar tarixi va tarbiyaning rivojlanish masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etib, insonparvar pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi

B)       ilg‘or pedagogik konsepsiyalar, qarashlar, ta'lim va tarbiya nazariyalari, qonuniyatlari, tamoyillarini tahlil qiladi

S) pedagogikaga oid muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolar, ularning yechimini topishga oid g‘oyalarni aks ettiradi

D) pedagogika fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks ettiradi va pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlarini, ilg‘or tajribalarni o‘rganadi

*ye) Barcha javoblar to‘g‘ri

12.      Pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy- ilmiy asosi -bu...

*A) Fiziologiya

B) Statistika

S) Matematika

D) Biologiya

ye) Valeologiya

13.       XX1 asrda pedagogika sohasida vujudga kelayotgan “Life kouching” nima?

A) Inson faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishga mo‘ljallangan soha B) ta'lim tizimiga maqsadli yondashuv

S) boshqaruvda innovatsiyalar

D)rivojlantiruvchi ta'lim

ye) inson va rahbar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va rejalashtirishga o‘rgatuvchi mutaxassis

14.       Estetika (nafosat tarbiyasi) pedagogika bilan bog‘liq holda quyidagi vazifalarni bajaradi:

A) yoshlarni go‘zallikni xis qila olish, tushunishga o‘rganish vositalari va yo‘llarini belgilab beradi.

B) Bashariyat yaratgan moddiy va ma'naviy ne'matlarga estetik munosabatlarni shakllantiradi

S) insonning estetik ideallarini shakllantirish, madaniyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini rivojlantiradi

D) estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi

ye) Barcha javoblar to‘g‘ri

15.       Psixologik hodisalarning fiziologik asoslarini bilish pedagogika uchun nima uchun zarur hisoblanadi?

A) bolaning rivojlanishini o‘rganish uchun

*B)tarbiya va ta'limning ba'zi bir omillarini yaqqol, aniq bilib olish, tushunish imkoniyatini yaratadi hamda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi

S)shaxs shakllanishida muayyan sifatlovchi belgilardan xabardor bo‘lish uchun

D) tarbiya va ta'limning ba'zi bir omillarini yaqqol, aniq tasavvur qilish uchun ye) ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishning ko‘pgina muammolarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi

16.                       Pedagogika iqtisodiy fanlar bilan bog‘liq holda quyidagi vazifalarni bajaradi:

*A) ijtimoiy-iqtisodiy fanlardagi ma'lumotlarga tayanib, pedagogika jamiyatning tarbiyaga bo‘lgan ob'ektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart- sharoitlarini o‘rganadi

B) Insonning aqliy rivojlanish qirralarini, jihatlarini o‘rganadi

S) moliyaviy masalalarni hal qiladi

D) Shaxs taraqqiyot bosqichlari hamda uzluksiz ta'lim tizimida iqtisodiy, moliyaviy masalalarini hal qiladi

ye) iqtisodiy tarbiyani amalga oshiradi

17.       Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda yordam beruvchi falsafaning tarmoqlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang:

A)psixologiya, mantiq, sotsiologiya

B)gerontologiya, parapsixologiya, axloqshunoslik

S)ijtimoiy pedagogika, oila pedagogikasi

D)estetika, axloqshunoslik, gerontologiya

*ye) sotsiologiya, etika, estetika, mantiq

18.       Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari ifodalangan qatorni ko‘rsating:

A)       komil inson tarbiyasining asos qirralari - pedagogik tamoyillar, qonuniyatlar, metod va vositalarni aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish; Sharq va G‘arb mutafakkirlari va ma'rifatparvarlarining ilg‘or pedagogik g‘oyalarini o‘rganish, tahlil qilish asosida barkamol shaxsni tarbiyalash;

B)       ta'lim - tarbiya nazariyalarini zamonaviy metodikalar bilan uyg‘unlikda texnologiyalashtirish;

S)O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish, ta'lim menejmenti asoslarini o‘rganish, qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;

D)barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo‘lgan hamkorlik texnologiyalarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliyotda qo‘llay olish malakasini rivojlantirish va h.k.

*ye) Barcha javoblar to‘g‘ri

19.       Pedagogikadagi muhim kategoriyalardan biri- “shakllanish” quyidagi tushunchani anglatadi:

*A) muayyan sifatlar, fazilatlar, xususiyatlarni singdirish jarayonini anglatadi

B) iqtidorni oldindan aniqlash jarayoni

S)shaxsning har tomonlama kamolga yetishi

D) ma'lum bir tarixiy shart-sharoitlardagi individ qobiliyati va iqtidori, uning bioijtimoiy mohiyatlarini tashkil qiladigan hamma kuchlarni to‘liq rivojlantirish ye) Shaxsda ayrim illatlar, nuqsonlarni rivojlantirish

20.      ”Rivojlanish” tushunchasi bu - ...

A) dunyoqarash, tafakkur kuchi, iroda safarbarligining oshishi

*B) bir xususiyatdan ikkinchisiga, mukammalroq darajaga o‘tish jarayoni

S) psixikaning o‘zgarishi, funksional faoliyatning kamol topishi

D) jismonan va ruhan o‘zgarish jarayoni

ye) Inson ruhan va ma'nan shakllanishi

21.             Pedagogikaning asosiy tushunchalaridan biri - “ta'lim” nimani anglatadi?

A) bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlik

B) insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni

*S) Inson dunyoqarashini shakllanishida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka tarkib toptiradigan jarayon

D) tarbiya natijasida inson faoliyatida sodir bo‘ladigan ko‘nikma

22.       Pedagogik boshqaruvda malakaning tarkibiy qismi - bu...

A) sifat

B) belgi

S) malaka

*D)ko‘nikma

ye)harakat

23.       “Kimki Haq yo'lida senga bir harf o'qitmish ranj ila,

Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila” misralarining muallifi kim? A) Abdurahmon Jomiy

*B) Alisher Navoiy

S) Mirzoqodir Bedil

D) Fuzuliy

ye) Ogahiy

24.       Malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaB, tahsil oluvchilarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisi - bu...

*A) ko‘nikma

B) malaka

S) belgi

D) iqtidor

ye) faoliyat

25.                                                                                                                                                                                                                                    Tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lish jarayoni -bu........................................................................

A)Iqtidor

B) ko‘nikma

*S) Malaka

D) mahorat

ye) Ma'lumot

26.       Pedagogik jarayon - bu...

A) ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat ta'sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan jarayon

B) tarbiyalanuvchilarning o‘z-o‘zini taraqqiy etish jarayoni

S) axloqiy, estetik, falsafiy dunyoqarashni shakllantirish

D) - shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish

ye) O‘z-o‘zini anglash

27.       Pedagogika fanining maqsadi

*A) Komil insonni tarbiyalashda ilmiy- nazariy, metodik masalalarni hal qilish

B) Tarbiyalashni o‘rgatish

S) Ta'lim berishni o‘rgatish

D) Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish

ye) Barcha javoblar to‘g‘ri

28.Insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish natijasi, bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlik bu- ...

A) qonuniyat

*B)bilim

S) tushuncha

D)ta'lim

ye)ehtiyoj

29. Ko‘nikma - bu...

*A) malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi, ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisi

B) Turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi

S) Ta'lim-tarbiya jarayonida ijodiy faollikni belgilovchi sifatlar hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi

D) kasbiy ta'limning mutloq ko‘rinishi

ye) harakatning ayrim qismlarini sekinlik bilan, rejaga asosan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi,

30.      Malaka - bu...

A) tahsil oluvchilarning o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi B) Qobiliyatni shakllantirishga mo‘ljallangan ijodiy yondashuv bo‘lib, ta'lim jarayonida muayyan ma'lumotga ega bo‘lish

*S) bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatni muayyan sharoitda maqsadga muvofiq shakllantirish va shu orqali uni ongli bajarishga tayyor bo‘lish

D) murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va barqaror maromi

ye) Ta'lim jarayonida tahsil oluvchilarning muayyan ma'lumotga ega bo‘lishi

31.               Ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil

qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmui bu -    

A) Shaxs sifatida shakllanish jarayoni

*B) Ma'lumot

S) Pedagogik jarayon

D) Pedagogik faoliyat

ye) Shaxs sifatida rivojlanish jarayoni

32.       Ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta'sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan jarayon bu-...

A) tarbiyachining yo'naltiruvchi jarayoni

B) tarbiyalanuvchining o'z-o'zini taraqqiy ettirishi

*S) pedagogik jarayon

D) rahbarlikni boshqarish jarayoni

ye) qaror qabul qilish jarayoni

33.       Pedagogik faoliyat- bu...

*A)estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy kabi maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o'ylab ko'rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo'lgan mehnatining o'ziga xos turi

B) O‘z-o‘zini anglash - shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish.

S)Oila bilan hamkorlikda olib boriladigan jarayon

D) Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalarini ifoda etuvchi jarayon

ye) Shaxs rivojlanishini o‘rganuvchi jarayon

34.       Zamonaviy pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarini yangilash va rivojlantirish quyidagi negizlarga asoslanadi:

A) barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish;

B) xalqimizning milliy urf-odatlari, an'analari, ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

S) shaxsning o‘z qobilliyat va imkoniyatlarini erkin namoyon qilishga zamin tayyorlash;

D) yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fuqarolik pozitsiyasini tarkib toptirish

*ye) Barcha javoblar to‘g‘ri

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari:

1.      Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O‘zbekiston, 2017. - 102 b.

2.      Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: O‘zbekiston, 2017. - 488 b.

3.      Mirziyoev Sh.M. 2018 yil 14 fevral kuni maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqi- T.: “O‘zbekiston ovozi”, 2018yil 15 fevral 1-7 betlar.

4.      Mirziyoev Sh.M. 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi T.: “Toshkent oqshomi”, 2017 yil 23dekabr.1-8 betlar.

2.       Normativ-huquqiy hujjatlar:

1.      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”. 2017 y. 7 fevral.

2.      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarori.

Mutaxassislik bo‘yicha adabiyotlar:

1.      Abdullaeva Sh.A. Pedagogika. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari uchun darslik.- Toshkent:Fan va texnologiyalar, 2013.-298b.

2.      Vaxobov M.M. Zadachi po vnedreniyu lichnostno- orientirovannogo obrazovaniya i modelirovaniya monitoringa kachestva obucheniya. -Tashkent:Me'ros, 2015.-232 s.

3.      Djuraev R.X. Etapbi sovershenstvovaniya sistemu obrazovaniya v Uzbekistane.- Tashkent:Ziyo, 186 s.

4.      Goziev E. Nauka, prosveщenie i kultura v sisteme nepreruvnogo obrazovaniya:problemu i resheniya.-Tashkent: Ma'naviyat, 2017.-224 s.

5.      Ochilov M., N.Ochilova. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet.

6.      Subetto A.I Kvalimetriya cheloveka i obrazovaniya: Metodologiya i praktika. Sb,nauch.st.-Moskva, 2014.-S.89.

7.      Raven Dj. Kompetentnost v sovremennom obщestve. - M: Kogito-Sentr, 2002.­221 s.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

3.      A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloqT.: “O‘qituvchi”. 1996 y. 206-bet.

4.      Al Buxoriy. Hadislar.4 jild.T.: “Qomuslar bosh muxarririyati”. 1997 y.

5.       Qobusnoma.T.: «Sharq».1996 y. 40 bet. Elektron-axborot resurslari:

6.       www. tdpu. uz

7.       www. pedagog. uz

8.       www. Ziyonet. uz

9.       www. edu. uz

10.            tdpu.Intranet. Ped


2-                §. PEDAGOGIKADA SHAXS RIVOJLANISHINING UMUMIY
QONUNIYATLARI

REJA:

1.     Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

2.     Shaxsning taraqqiy etishidagi asosiy omillar

3.     Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni

Tayanch tushunchalar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o‘sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari.

Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Shaxsning o'zi, o'z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilish orqali hosil bo'lgan obraz- «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini belgilaydi va barkamollik mezonlari bo'lib hisoblanadi.

Men»-obrazining ijtimoiy pedagogik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik darajasi omillarining ahamiyatini yuksaltiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, “. . .tarbiyani shaxsning o'zi va o'z sifatlari to'grisidagigi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta'rif berish mumkin”[16]. Demak, har bir inson o'zini, o'zligini qanchalik aniq va to'g'ri anglasa, tasavvur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi.

Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlab, «Janobi Qaq insonlarning asl xilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo'ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, baxtiyor bir inson bo'lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o'ssa, nasihatni qulog'iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi[17]»-deb ta'kidlaydi. Demak, tarbiya - o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot - dunyoqarashni, insoniy e'tiqod, burch va ma'suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, tarbiya muassasalari, o‘quv dargohlari, mahallada, jamoatchilik ta'sirida shakllanib boradigan jarayondir.

Shaxs deganda ruhiy jihatdan       taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari

bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Shaxs- ijtimoiy xayotning mahsuli. Inson shaxs sifatida oilada - ota-onalar; jamiyatda esa tarbiyachi-ustozlar, ijtimoiy guruhlar va turli jamoalarning ta'sirida shakllanadi. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ham ortib boradi. Odamning insonlik jinsiga mansublik fakti esa individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligi (faqat o‘ziga xos bo‘lgan, boshqa insonlarda uchramaydigan xususiyat)dir.

Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi.

O'zbek olimlari: M.G. Davletshinning “Shaxs va jamiyat”, E.G'ozievning “Psixologiya”, “Tafakkur psixologiyasi”, “O‘spirinlar psixologiyasi”, V.Karimovaning “Ijtimoiy psixologiya”, A.Munavvarovning “Pedagogika”; xorij olimlari: J.J. Piajening “Bolaning rivojlanishida muhitning o‘rni”,

D.B.El'koninning “Shaxs rivojlanishida o‘yinning ahamiyati”, Pedagogik psixologiya”, A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya” , V. Davidovning “Rivojlantiruvchi ta'lim nazariyasi”, L. S. Vigotskiyning “Psixologiya”, Dj. D'yuining “Shaxs va uning jamiyatdagi o‘rni”, G. Gardnerning “Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar”, kabi asarlarida shaxs tavsifi, uning rivojlanish bosqichlari, bunda faoliyatning ahamiyati to'grisida qimmatli fikrlar keltirilgan. Jamiyat taraqqiyotida insonning bilimi va faol amaliy faoliyati to'grisidagi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Barkamol avlod-
O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», “Yuksak ma'naviyat -engilmas kuch”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” kabi asarlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish to‘g‘risida chuqur ma'noga ega bo‘lgan g‘oyalar keltirilgan.

Shunday qilib, insonning shaxs sifatida kamol topishida ijtimoiy, biologik, ruhiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ijtimoiy muhit - kishi shaxsini shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar majmui sifatida talqin qilinadi. Ijtimoiy tafakkur, turmush tarzi, shaxslararo, guruhlararo hamda millat va xalqaro munosabatlarning o‘zaro muvofiq kelishi va bir-birini boyitishi tushuniladi. Odob - axloq - shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan munosabatlaridagi xatti- harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sabab tasavvurlar va qarashlarni qamrab oladi, ya'ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.

Ijtimoiy munosabatlar,
ijtimoiy tafakkur, turmush
tarsi, shaxslararo,
guruhlararo, millat va
halqaro munosabatlarning
muvofiqligi

Genlar, irsiy, anatomic,
fiziologik, ruhiy tashkiliy
jihatlar orqali o'tadigan
birliklar

Inson psixikasidagi hissiy, aqliy faoliyat sohalaridagi o'zgarishlar

2-                rasm. Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar

Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga misol bo'ladi)[18]. Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asaridagi bosh qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor kemasi yelkan otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga[19] uchragan bo‘lardi.

Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib, Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste'dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim -tarbiya mo'him o‘rin egallaydi. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs shakllanishida muhitning o'rni muhimligi ko'rsatiladi.

Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim - tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, /izisli, mehnat qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bolalarga aloqida e'tibor berila boshlandi, ularning iqtidori yoshligidan aniqlanib rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda “Nihol”, Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va Prezident stipendiyalarining ta'sis etilganligi ham yoshlarga berilayotgan e'tiborning timsolidir.

Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros - ularning asarlarida komil insonni ma'naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Xususan, “Avesto”, Qur'oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi komil inson g‘oyasi, Sharqona axloq kodeksi va bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi. Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil faoliyati, iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi.

Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. Inson organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy shartsiz reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari (E.Torndayk ) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi, degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,- degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi.Shunday qilib, irsiylik shaxsning o‘ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jixatlar, ota-ona tomonidan irsiy o‘zgaruvchilar orqali o‘tadigan birliklardir.

Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni mo'him va o'ziga xos, albatta, irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkinligi, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq- odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Insonning shaxs sifatida shakllanishida muhit (geografik, ekologik, axborot vositalarining uzoq-yaqinligi, ota-ona, bobo-buvilar tarbiyasining to‘laqonligi, tashqi muhit va h.k) beqiyos amiyat kasb etadi.

Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni beqiyos. Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida ishlanishi zarurdir. Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir kun shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat beribdi. Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz chiqibdi. Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun kechasi bir kuy bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga kelib, bir necha daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang bo‘libdi. Qanday qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham o‘zgarmasa? Bunaqa sira bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi. Shunda Muxtor Ashrafiy xandon urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi. Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod, xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird tasanno aytibdi. Shunday qilib, mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy o‘zining buyuk iste'dod egasi ekanligini namoyon qilgan ekan.

Yoki yana bir iste'dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi o‘z ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hyech kimga sir emas. Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida tabiat quynida rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi va yashash uchun ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo hujra pulini to‘lay olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni tanimabdi va undan ijara haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng pulni to‘lashga va'da beribdi. Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib, hujradan chiqibdi va pulni stol ustida qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir uyum tilla tangalarni ko‘ribdi va ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo qo‘li stolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni juda katta pulga sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi.

Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi, insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir.

«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»[20]. Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, tahsil oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z tasavvuri doirasida, malum bir echim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar yaratishga qaratilgan faoliyatdir.

O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi:

-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit siymo (obraz) shakllanadi;

-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi;

-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda saqlashni taqozo etadi.

O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz bergan bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada interiorizaiya deb nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarga yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi ksteriorizaiya deb yuritiladi.

Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Ayrim xatti- harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishini va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi.

Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning mo'him o'rnini alohda qayd etib, uning turlarini bir necha bosqichlarga ajratadi va amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari to'grisidagi g'oyani ilgari suradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagogikada insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalari ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar samarasi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga mo‘ljallangan strategiyalardan iborat bo‘lib, shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri - bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, aqliy jihatdan rivojlanish, yoqtirgan kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqarishga mo‘ljallangan.

Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga Davlat tomonidan ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish kafolotlanadi. Ta'lim jarayonida shaxs Davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Ta'lim xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada malaka darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta'lim jarayonida yosh avlodga o'rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va maishiy xizmat sohalarida faoliyat ko'rsatish bilan shug'ullanadi.

Har bir odam faqat ta'lim, ijtimoiy tarbiya va ma'naviy kamolot, kasb-hunar o'rganish tizimi vositasidagina shaxs bo'lib shakllanadi.

Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi- uning jamiyat uchun foydali funkiyalarni bajarishi, o'z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy anglab, boshqalar bilan teng, mustaqill munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.


Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan.

Pedagogikadagi eng asosiy kategoriyalardan yana biri - tarbiyadir.

Tarbiya - uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi21. Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir ko'rsatadi.

Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o'qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko'p tarqalgan tendeniyadir. Bu o'rinda kattalar to'g'ri, deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar va talablarga muvofiq tarzda ta'sir ko'rsatish ko'zda tutiladi.Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega bo'lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta'rif berishda bolaga kattalarning ta'siri yo'n altirilgan ob'ekt sifatidagina qaraladi. Zamonaviy pedagogika tashabbuskor va mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutib, tarbiyalanuvchiga pedagogik jarayonda faol harakat qiluvchi sub'ekt rolini beradi.

Islom madaniyatining tarkibiy qismi-tasavvuf (sufizm) falsafasida inson ma'naviyatining, ruhiyati o'ziga xos uslublar orqali aks ettirilgan. Hazrat Abu Hamid Al-G'azzoliy, Attor, Aqmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubroning ta'lim-tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari, Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», «Kitob al musiqi al kabir», «Katta musiqa», «Ritmlar tartibi xaqida», Beruniyning «Masud Qonuni», «Hindiston», «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydona», «Axloq xaqida risola»sidagi ma'naviy-ma'rifiy masalalar, Abu Ali ibn Sinoning «Tadbiri manozil», «Axloq xaqida risola», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Xay ibn Yakzon», «Tib qonunlari», Alisher Navoiyning: «Makorim ul-axloq», («Mukarram xulklar»), «Badoiy ul-bidoya», («Go'zallikning boshlanishi»), «Navodir un-Nihoya», («Nodirliklar nihoyasi»), «Xazoyin ul-Maoniy», («Ma'nolar xazinasi») asarlarida insonni tarbiyalash g'oyalari hozirgi zamon g‘oyalari bilan hamohandir.

Abdulla Avloniy, Maxmudxuja Beqbudiy, Xamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abrauf Fitrat, Cho'lpon asarlaridagi ma'naviy-ma'rifiy qarashlar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Buyuk ma'rifatparvar ziyolilarning g'oyalari milliy g'oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlari bo'lib qolaveradi. Demak, tarbiyada pedagogik muhit muhim ahamiyat kasb etadi

(                                                                                  л

Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini

yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan
boshqalardan farq qilmog‘i kerak.

к________________________________________ /

Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy- axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.

Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlari mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir- biridan ajratib bo‘lmaydi.

Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi.

Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi.

Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.

Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.

Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.

Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?

Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.

XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.

Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.

Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.

Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar.

Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.

Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.

Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay-dilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi.

Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqyelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.

Falsafiy-antropologik yondashuv o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy funksiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma'naviy dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini tushunish asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi.

Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta'lim-tarbiya jarayonining barcha subektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o‘z-o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi.

Birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.

Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga etadi.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo‘qotish mumkin.

To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.

Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.

Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:

1.     Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti- harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.

2.      Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta'siri ostida ijtimoiylashadi.

3.      Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.

4.      Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta'sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

/ \

Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt - bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.

\_____________________________________________ /

Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo‘ladi.

( '■ >

Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik

(jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi.

Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.

Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.

Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, erinchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.

Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.

Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:

1.        Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr.

2.       Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha.

3.       Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.

4.        Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) - 7 yoshdan 11-12 yoshgacha.

5.        O‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) - 12­17 yosh.

Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:

-           go‘daklik (1 yoshgacha);

-           ilk yosh (1-2 yosh);

-           ilk yosh guruhi (2-3 yosh);

-           kichik yosh (3-4 yosh);

-           o‘rta yosh (4-5 yosh);

-           katta yosh (5-6 yosh);

-           maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta'lim).

Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.

Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.

O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12-17 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'l- atvoriga ta'sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba'zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi.

Ilk o‘spirinlik balog‘atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma'lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.

O‘spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.

Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim.

Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqyei, jamoadagi shaxslar bilan muomala-muloqoti muhimdir.

Albatta, bu borada ta'lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta'siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir.

Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. Gender» atamasi 1968-yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan bo‘lib, «jins» ma'nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. «Gender tarixi», «Gender psixologiyasi», «Falsafaning gender tomonlari», «Gender antropologiyasi», «Gender sotsiologiyasi», keyinchalik esa «Gender pedagogikasi» kabi fan tarmoqlari shakllandi. «Gender» tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.

Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma'nosini anglatadi... Bu tushuncha erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta'lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma'lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta'kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni yengilroq qabul qilishadi.

O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘rganib, keyin unga baho berishadi.

Pedagogik ma'noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta'limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.

к______________________________________________ 7

Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin:

qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi;

qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda

kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z iuiqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi;

mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi;

o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e'tibor berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi;

o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi;

o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya'ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi;

o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.

Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta'siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan:

shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqyeliklar hamda ularning ta'siri yetakchi o‘rin tutadi;

bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega;

shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi;

shaxs ijtimoiy ta'sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi - mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi;

shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davrda shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi;

ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi.

Ma'lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy yetuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta'lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab yetganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.

/                                                                :                                                                  л

Shaxsning ijtimoiylashuvi - ta'lim-tarbiya ta'sirida inson psixologik

funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me'yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.

к____________________________________ ____________________________ )

Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga xosliklari) ko‘ra murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil - madaniy, axloqiy, huquqiy, mehnat, psixologik ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e'tibor bilan qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta'lim olganlik, ma'lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir.

Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning subekti sifatida, tajriba egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini shakllantiruvchi, shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi subekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z istak-maqsadlarini yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo‘nalgan shaxs bo‘lishiga yordam berishdir.

Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud:

ana'naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;

institutsional - ijtimoiy institutlar va ta'lim muassasalari tomonidan o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;

shaxslararo - o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;

refleksiv - o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.

( '■ >
Ijtimoiylashuvning a'naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv

mexanizmlari mavjud

I_________________________________________________ )

O‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning muhim sharti ularda ijtimoiy kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy vaziyatlarga yo‘nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa kishilar bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy kompetentlikning asosiy funksiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya, shaxs integratsiyasi va umumijtimoiy tajriba kabilar kiradi.

Ijtimoiy tajriba o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi.

ч________________________________________________________ )

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga keluvchi ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z-o‘zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan «o‘z-o‘zini boshqarish tajribasi»ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni subekt-subekt munosabatlariga jalb etish; subektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin.

Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma'naviy-axloqiy me'yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqyega ega o‘z-o‘zini boshqarishda aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-atvor me'yorlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi.

O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:

ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik;

loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me'yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish.

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1.       «Individ» tushunchasi nimani ifoda etadi?

2.       Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil etadi?

3.       Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering.

4.       Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta'sir ko‘rsatadi?

5.       Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang.

6.       Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering.

7.       Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima tushuniladi?

8.       Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering.

TESTLARNI YECHING:

1.       Shaxs bu-...

A) o‘zining fikrini bayon eta oladigan, mustaqil qaror qila oladigan, boshqaruv tamoyillarini to‘la-tukis idrok etuvchi inson

B) jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar inson

*S) kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi, jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar,

D)Biologik, psixologik, ijtimoiy omillar asosida taraqqiy etgan inson

ye) aqliy jihatdan kamolotga yetishgan, ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqa sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan inson

2.       “Al-hosil, bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo xalokat, yo saodat-yo falokat masalasidir...”, degan so‘zlarning muallifi kim?

a) Fitrat;

b) Bexbudiy;

) Abdulla Avloniy;

d) Sadriddin Ayniy;

) Abdulla Qodiriy

3.      Tarbiya - bu...

A) Insonni o‘z-o‘zini taraqqiy ettirish jarayoni

*B) uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, bunda tarbiyalanuvchida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi

S) Murakkab vazifalarni hal qilish, qaror qabul qilish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni

D) Muhim belgi va sifatlarni tarkib toptirish jarayoni

ye) Barcha javoblar to‘g‘ri

4.       Insonning shaxs sifatida kamol topishida qaysi omillar muhim ahamiyat kasb etadi?

A) Ijtimoiy, jismoniy

*B) ijtimoiy, biologik, ruhiy omillar

S)dunyoqarash, genetik

D) Irsiyat, ijtimoiy

ye) Biologik, egotsentrik

5.       Pedagogika psixologik ma'lumotlarga tayanib, shaxs shakllanishida quyidagilarga asosiy e'tiborni qaratadi:

A) fan tomonidan aniqlangan bilimlarga

*B) o‘sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish, ruhiy jarayonlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, rivojlanish omillari va shart-sharoitlari haqida ma'lumot beradi

S) ta'lim-tarbiya tamoyillarini belgilashga e'tibor qaratadi

D) ta'lim metodlarini to‘g‘ri tanlashga e'tibor qaratadi

ye) insonning fiziologik jihatdan rivojlanishi, ruhiy kechinmalariga e'tibor qaratadi

6.      Shaxsnin ijtimoiylashuvi - bu...

*A) Ta'lim-tarbiya ta'sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me'yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi;

B) O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish;

S) Pedagogik hodisa;

D) o‘sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish;

ye) ta'lim va tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash

7.      Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari nimani anglatadi?

A) o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta'limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini bildiradi;

B) Murakkab vazifalarni hal qilish, qaror qabul qilish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni

S) Muhim belgi va sifatlarni tarkib toptirish jarayoni

D) shaxsning ruhiy jarayonlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, rivojlanish omillari va shart-sharoitlari haqida ma'lumot beradi

ye) aqliy jihatdan kamolotga yetishish

8.       «Gender» atamasi fanga qachon va kim tomonidan kiritilgan?

A)1968-yilda amerikalik psixolog Stoller tomonidan

B)1987 yilda G.Gardner tomonidan

S) 1896 yil J. Dyui tomonidan

D) 1882 yil J. Stouen tomonidan

ye) To‘g‘ri javob yo‘q

9.Ijtimoiy tajriba - bu...

A) Shaxsni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanish jarayoni.

10.     Yosh xususiyatlari - bu...

A)Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar B) Insonning ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik pallasiga yetgan davri

S) Ta'lim jarayonida yosh davrlarini hisobga olish jarayoni

D) yoshlarning intilishlarini ma'lum maqsadga yo‘naltirish

ye) o‘sib kelayotgan insonning fiziologik xususiyatlari

11.                                                        Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish” deganda nima

tushuniladi?

A)bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish;   B)bolani

o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish;

S) o‘qituvchi va o‘quvchining huquqiy jihatdan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish

D) Barcha javoblar to‘g‘ri

12.. Bolaga individual yondashish -bu...

A) o‘quv fanini o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirish;

B) materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallash;

S) shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish; shaxsga psixologik-pedagogik yondashish;

D)Barcha javoblar to‘g‘ri

13.       Shaxsning «Men-konsepsiyasi» - bu ...

A)shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi

B) shaxsning o‘zi haqidagi sifatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish

S) shaxsning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishga halaqit beruvchi qarashlari

D) o‘qish natijalarini baholashda yordam beruvchi tizim

14.       _Zamonaviy maktabda tarbiyalash Konsepsiyasi quyidagilarga asoslanadi:

A) individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish

B) o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi

S) umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish

D) Barcha javoblar to‘g‘ri

15.       ”Rivojlanish” tushunchasi bu - ...

A) dunyoqarash, tafakkur kuchi, iroda safarbarligining oshishi

*B) bir xususiyatdan ikkinchisiga, mukammalroq darajaga o‘tish jarayoni

S) psixikaning o‘zgarishi, funksional faoliyatning kamol topishi

D) jismonan va ruhan o‘zgarish jarayoni

16 “Ta'lim” nimani anglatadi?

A) bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlik

B) insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni

S) Inson dunyoqarashini shakllanishida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka tarkib toptiradigan jarayon

D) tarbiya natijasida inson faoliyatida sodir bo‘ladigan ko‘nikma

17.Tahsil oluvchilarning hamkorlikda bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lish jarayoni -bu....

A)Iqtidor

B) ko‘nikma

S) Malaka

D) mahorat

20. Maktabgacha tarbiya yoshi to‘g‘ri belgilangan qatorni ko‘rsating

A) 1 yoshdan 7 yoshgacha.

V) 2 yoshdan 5 yoshgacha.

S) 3 yoshdan 6-7 yoshgacha.

D) 6 yoshdan 7 yoshgacha.

22.       O‘smirlik qachondan boshlanadi?

A) 11 yoshdan 12 yoshgacha.

V) 12 yoshdan 18 yoshgacha.

S) 12 yoshdan 15-16yoshgacha.

D) 16 yoshdan so‘ng

23.       O'spirinlik necha yosh bilan belgilanadi?

A) 16 yoshdan 18 eshgacha bo'lgandavr.

V) 12yoshdan 16yo>shgacha bo'lgandavr.

S) 15-16 yoshdagilar

D) 15-18, 19-22,22-25 yoshdagilar.

24.       Necha yoshda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo'ladilar?

A) 2 yoshda

V) 3 yoshda

S) 5 yoshda

D) 7 yoshda.

25.       Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar jismoniy jihatdan qanday o'sadi, bo'yi va og'irligi o'rtacha qanday bo'ladi?

A) tez o'sadi, bo'yi 110 sm, og'irligi 20 kg bo'ladi.

V) betartib o'sadi, bo'yi 115 sm, og'irligi 20 kg bo'ladi.

S) tekis o'sadi, bo'yi 120 sm, og'irligi 25 kg bo'ladi.

D) tartibli o'sadi, bo'yi 140 sm, og'irligi 25 kg bo'ladi.

26.       O'smirlik davri yana qanday nomlanadi?

A) balog'atga etish davri.

V) kichik maktab davri.

S) sezgining o'sish davri.

D) qizlarning o'sish davri.

27.       Bolalarda jinsiy etilish davri, erkaklik va ayollik tashqi belgilari qaysi davrda paydo bo'la boshlaydi?

A) kichik o'quvchilik davrida.

V) o'smirlikda.

S) o'spirinlikda.

D) maktabgacha davrda.

28.       Do'stlik va birodarlik hislari, sirdosh do'st topish istagi qaysi davrda kuchli bo'ladi?

A) maktabgacha davrda.

V) kichik maktab davrida.

S) o'smirlarda.

D) o'spirinlarda.

29.       Qaysi davrda tasavvur va tafakkur doirasi deyarli nihoyasiga yetgan va ijtimoiy hayotning biror sohasiga yo'n altirilgan bo'ladi?

A) kichik maktab davrida.

V) maktabgacha davrda.

S) o'smirlikda.

D) o'spirinlikda.

30.       O'spirinlik faoliyatining asosiy turi nima bo'ladi?

A) o'yin va o'qish.

V) o'qish va mehnat.

S) o'yin.

D) mehnat.

O'z-o'ziga baho berish qaysi davrda kuchayadi?

A) kichik maktab yoshida

V) maktabgacha tarbiya davrida

S) o'smirlik davrida.

D) o'spirinlik davrida.

 

1.       O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'grisidagi Qonuni.- Toshkent, 1997.

2.      O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. - Toshkent,1997.

3.      Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2010.-288 bet.

4.       Zimnyaya I.A. pedagogicheskaya psixologiya.-Moskva:Logos, 2012 g. S.- 132-186.

5.       Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet.

6.       G‘oziev E. Yosh davrlari psixologiyasi.- Toshkent: O‘qituvchi, 2009. Uchinchi nashr.-288 bet.

7.       www.ziyonet.uz


3-                §. PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODLARI

REJA:

1.      Pedagogik tadqiqotlarning metodologik tavsifi

2.      Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi sifatida

3.      Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari

Tayanch tushunchalar: tadqiqot, ilmiy muammo, metod, ob'ektiv mohiyat, kuzatish, suhbat, anketa, test, pedagogik tahlil, pedagogik tajriba, matematikaviy statistika, bashorat (prognoz).

Pedagogik tadqiqotlarning metodologik               tavsifi.     Pedagogik

tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlari dolzarb va amaliy jihatdan muhim masalalarning yangicha yechimlarini izlab topish jarayonining tezlashuvi, ayni vaqtda istiqbolli muammolarning nufuzi oshib borayotganligi bilan tavsiflanmoqda. Bunda ikki yo‘nalishdagi tadqiqotlar alohida ko‘zga tashlanadi:

1.           Umumiy xarakterdagi yirik tadqiqotlarni talab etadigan keng doiradagi muammoni o‘rganish

2.           Murakkab pedagogik jarayonlarning ichki, nozik qirralarini topishga imkon beradigan tor muammolar yechimiga qaratilgan chuqur detalli o‘rganish.

Birinchi yo‘nalish tarafdorlari pedagogik jarayonning barcha unsurlari o‘zaro aloqada va ularni ajratish yaramaydi, degan dalilga tayanishadi, pedagogik tajribani yaxlit o‘rganish zarurligiga urg‘u berishadi. Biroq ular quyidagi holatni nazardan chetda qoldirishadi: pedagogik jarayon o‘zining bor munosabatlari bilan olib qaralganda pedagogika fani ob'ekti hisoblanadi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari pedagogik jarayonning alohida unsurlari (metod, shakl va b.) o‘rganishga urungan holda bir narsani unutishadiki, o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimida yulib olingan hyech bir vosita to‘liq hisoblanmaydi.

Bugungi kunning jiddiy metodologik muammosi - bu zamonaviy ta'limni pedagogik tadqiqotlarga oid ilmiy muammolarda ishonarli va samarali aks ettirishdir.

Tadqiqot taqdiri metodlariga bog‘liqligi sir emas. Pedagogik tadqiqotlar metodi agar pedagogic hodasalrning ob'ektiv mohiyatini to‘g‘ri ifodalasa, pedagogika predmetining o‘ziga xosligiga javob bersa, shubhasiz, ilmiy deb e'tirof etiladi. Shu jihatdan olib qaralganda, pedagogik tadqiqot metodlari uchun metodologik baho zarur bo‘ladi. Afsuski, ularni yoritishga bag‘ishlangan ishlar kam, borlari ham rus tilida, o‘zbek tilida bu soha bo‘yicha birorta yirik pedagogik

Pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi tadqiqotchining metodologik madaniyatiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shu boisdan bu tushuncha integral sifat ko‘rsatkich hisoblanib, tadqiqotchidan o‘zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish ko‘nikmasini, ma'lum konsepsiya (nazariya)ni ilmiy asoslash va ijodiy qo‘llash qobiliyatini egallashni talab etadi.

Bugun har bir pedagogik tadqiqot qoidaga ko‘ra, joriy etilgunga qadar ilmiy asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga erishish metodlarini belgilash; iste'molchilar bilan hamkorlik o‘rnatish; uni joriy etish shartlarni ishlab chiqish; iqtisodiy manfaatdorlik va h.q.

Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi sifatida. Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u ishonchli qo‘llarda - metodologiyani chuqur o‘rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan qurollangan Shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.

Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd etiladi; haqiqatga, noma'lumni bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni tasniflash qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy tafakkurning analitik - sintetik jamlanmasi va b Ilmiy -tadkikot ishlarida ob'ktivlik, aniklik, tankidiylik, izchillik, tizimlilik bulishi shart.

Ob'ektivlik - o‘rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida odilona, to‘g‘ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va o‘zaro aloqa, o‘zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi.

Aniqlik tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi; turli manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish va boshqalar.

Pedagogik metodologiyada izchillik qabul qilingan atamalarning bir xilligiga, tadqiqot mantiqiga amal qilishga, shart-sharoitlarni hisobga olishga erishiladi, ilmiy apparat tushunchalarining bog‘liqligida namoyon bo‘ladi .

Tizimlilik - o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni biror belgilari asosida tasniflash, tasavvurlar, tushunchalar va qonuniy aloqalarni o‘rnatish, konsepsiyalar, naziriyalarni shakllantirish orqali muayyan tartibga solish jarayoni

Tanqidiylik -urganilayotgan muammoga turli nuktai nazardan baho bera olish, tajriba natijalarining haqqoniyligini ta'minlash bilan farazlar va nazariyalarni uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan yangi natijalarga mos kelmasa, ulardan voz kechish xususiyati bilan tavsiflanadi.

Pedagogikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasini belgilashda ob'ektivlik, izchillik, aniqlikni nozik, ehtiyotkorona ko‘llashni talab etadi, ilmiy farazlarni to‘g‘ri tanlashni, tajriba natijalari, nazariy xulosalarni tanqidiy tekshirib ko‘rishni va albatta, tizimlilikni taqozo etadi. Boshqacha aytganda, tadqiqotchining metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya - xususiy ilmiy faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmasi asosiy o‘rin tutadi.

Yuqoridagi fikrlar turli fan soha lari buyicha tadkikot olib boruvchilarga tegishlidir, ammo pedagogikada tadqiqotchi o‘ziga xos ba'zi bir xususiyatlari bilan farqlanadi. Avvalambor, pedagogika soxasidagi izlanishlar tadkikotchidan pedagogik tajribaga ega bo‘lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikir- chikir”laridan xabardor bulishni talab etadi.Kolaversa, pedagogik muammoning dolzarbligi respondentlar fikriga tayangan holda aniqlanadi. Bu juda muhim bosqich hisoblanadi.

Pedagogikada tadqiqotchi ob'ektlar (o‘qituvchi, tarbiyachi, o‘quvchi talabalar va boshqalar) bilan ish ko‘radi va pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda undan ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar qalbiga, dunyoqarashiga, erkin fikrlashiga sinov davomida putur yetmasligi lozim.

Pedagogik voqyelikni to‘g‘ri aks ettirishda tadqiqotchi sog‘lom fikr sohibi bo‘lish uchun metodologik madaniyatni egallashi shart”[22]

Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy pedagogikaning metodologik masalalariga qiziqish katta. Ijtimoiy hayot davomiyligi va fan rivojining yuqori pog‘onasi shaxs kamolotida yechimi birmuncha qiyin bo‘lgan savollarni yuzaga chiqarmoqda. Masalan, shaxsning ma'naviy kiyofasini sotsiokorreksiya kilish masalalari, shaxs tarbiyasida vujudga kelayotgan illatlar, nuqsonlarning paydo bo‘lishi, ularni bartaraf etish yo‘llari, metodlari va boshqalar. Tabiiyki, bu masalalarni hal etishda eskicha yondashuvlar yordam bera olmaydi. Metodologiya ham amaliyot talablaridan ortda qolmaydi va ijtimoiy qadriyatlarning o‘zgarish qonuniyatlariga bog‘liq holda rivojlanadi.

Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni davom etmoqda, mavjudlarini tubdan takomillashtirish, ilmiy bilish mantiqini loyihalash, tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishga e'tibor qaratilgan. Boshqa tomondan, metodogiyaning dunyoqarash jihatlari - chuqur nazariy umumlashma, bashoratlash, fan strategiyasini va uning mavqyeini oshirish jamiyat islohotlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarning tezlashuvini ta'minlashda o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos bo‘lish, milliy g‘oyani fuqarolar ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari. Zamonaviy pedagogika nazariyasida nimani o'rganish va o'rgatish, kimni va qanday tarbiyalash lozim, degan masalalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasdan, o'zaro uzviy bog'liqlikda yechimini kutmoqda.

Pedagogika fani o'z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o'rganadi. Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan pedagogika fani ta'lim-tarbiya masalalariga aloqador jarayonlarning mohiyatini yoritish va materiallar to'plash uchun maxsus metodlar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb yuritiladi.

Zamonaviy fanning ilmiy -tadqiqot metodlari yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning aniq jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarini bilish yo'llari, usullari va vositalarini o‘rganadi.

Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari qanchalik to'gri tanlansa ta'lim - tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.

Fanning salohiyati va nufuzi avvalambor mazkur metodlar yordamida to'plangan ma'lumotlarning ob'ektivligi va ishonchliligiga bog'liq bo'ladi.

Metod (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda: muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.

Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim - tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi.

Pedagogika fanining ilmiy- tadqiqot metodlari qanchalik to‘g‘ri qo‘llansa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi.Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

1.      Pedagogik kuzatish metodi.

2.      Suhbat metodi.

3.      Anketa metodi.

4.      Intervyu metodi.

5.      Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

6.      Test metodi.

7.      Pedagogik tahlil metodi.

8.      Bolalar ijodini o‘rganish metodi.

9.      Pedagogik tajriba metodi.

10.     Matematikaviy statistika metodi.

11.     Bashorat (prognoz)

Adabiyotlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish metodi - tadqiqot doirasida Muhtaram Prezidentimizning ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari, nutqlari, risolalari, pedagogika, psixologiya, valeologiya, falsafa, sotsiologiya, madaniyat, iqtisod, siyosat va boshqa adabiyotlar, ilmiy izlanishlar, qo‘lyozmalar, dissertatsiyalar, normativ hujjatlarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Bunda tadqiqot mavzusi bo‘yicha o‘rganilayotgan jarayonlarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayish sabablari, tavsifi, tatbiq qilinayotgan tushunchalarni shakllanganlik darajasiga e'tibor beriladi.

Uzluksiz ta'lim tizimi ishtirokchilari, ular orasidagi munosabatlar, fanlarni o‘zlashtirish darajalari, muayyan sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish, kamchilik va nuqsonlarni korreksiyalash (bartaraf etish) va monitoring (nazorat)ini olib borish bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilinayotganda, albatta O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”, DTS, Namunaviy va o‘quv Dasturlar, rejalar, ta'lim-tarbiya tizimidagi barcha normativ hujjatlar, ta'lim muassasasi hujjatlari (Nizomlar, “Tarbiyaviy soat”lar rejalari, majlis bayonnomalari, dars jadvallari, jurnal, guruh rahbarining jurnali, tahsil oluvchilarning shaxsiy hujjatlari va boshqalar) o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

Pedagogik kuzatish metodi - ushbu metod t a'lim -tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig'ish imkonini tug'diradi. Bu usul ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, “sub'ekt-sub'ekt” munosabatlarining o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi.

Tabiiy kuzatishda o‘rganilayotgan respondentlarning (tadqiq qilinuvchilar. Masalan, o'quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning fanlarni o'zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'lim iy-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafa qat respondent(o‘rganilayotgan sub'ekt)larning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayonining koeffitsientini, kuchini, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil qiladi. Bunday kuzatishlar qibat natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo'ladi. Ilmiy kuzatish orqali respondentlar (bular maktabgacha tarbiya yoshidagilar, o‘quvchi, talabalar bo‘lishi mumkin)ning o‘rganilayotgan muammo yuzasidan sifat va son ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etiladi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob'ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va boshqalar hisobga olinadi.

Pedagogik kuzatish metodini qo‘llash jarayonida ta'lim muassasalarining o‘quv- tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.

Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

1)     kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

2)     kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;

3)     kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

4)     har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;

5)     xulosa chiqarishga shoshilmaslik

Suhbat metodi - an'naviy pedagogik metodlar turkumiga kirib, dialog, diskussiya tarzida o‘tkaziladi. Ushbu metod orqali insoniy munosabatlar, ularning istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o‘rganish mumkin. Pedagogik suhbat oddiy suhbatdan farq qiladi. Ushbu metod orqali suhbatdoshning ichki olamini o‘rganish, uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan tanishish imkoniyati tug‘iladi. Ta'lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda, takomillashtirishda yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat uslubidan foydalaniladi.

Suhbat metodi - ta'lim muassasasi o‘qituvchilari va tahsil oluvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo'llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Bu metod so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va amaliyotida intervyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud:

- guruhlar bilan ishlash;

- intensiv, rivojlantiruvchi;

- sinash va boshqalar.

Ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodi - tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o‘rganilayotgan muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi. So‘rash savollari mantiqiy izchillikda, nazokatli shaklda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. So‘ralgan savolga to‘liq javob olish bilan birga, qat'iy shaklda:«ha», «yo‘q» tarzida ham javob olinadi. So‘rashning modifikatsiyalashtirilgan shakli - intervyudir. Intervyudagi savollar oldindan tayyorlanib, suhbatdoshiga uzatiladi. Olingan javoblar har doim ham pedagogik muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga imkoniyat yaratmaydi, chunki intervyu javoblari keng jamoatchilik ichida tahlil qilinadi. Shu sababli suhbatdosh ayrim paytlari o‘z fikrini aniq, va ravshan, baralla aytishga iymanadi.

Test metodi -ijtimoiy fikrni o‘rganish, kichik vaqt ichida biron muammoga javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Test metodi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma'lumotga ega bo‘lishga, ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa muddat ichida yoppasiga aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX asrning o‘rtalarida abiturient biron bir oliy o‘quv yurtiga kirishi uchun deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon topshirar va ularning javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko‘p hollarda sub'ektiv quyilar, imtihon qilinayotgan fanlar javoblari birin-ketin chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi imtihondan natijasi salbiy baholansa, keyingi imtihonga kirish huquqidan mahrum etilardi va shu bois yoshlarning talaygina qismi o‘z sevgan kasbini egallay olmasdi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq yoshlarning bilimiga xolisona yondashish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun 1993 yildan e'tiboran abiturientlarning bilim darajasini baholash uchun bir kunda (1 avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari o‘tkaziladi. Test javoblari qisqa muddat ichida tahlil qilinib,ob'ektiv baholanadi. Test metodi orqali yoshlarning bilimi baholanishi ularning fanlarni o‘zlashtirganlik darajasini xolisona baholashga yordam beradi va iqtidorini yorqinroq ifodalashga zamin yaratadi.

Test savollarining o'rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning mustaqil fikrlarini o'stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi.

Ilmiy tadqiqotlarda test, so'rovnomalar metodi takchi bo'lib hisoblanadi. So'rovnoma - anketa metodi qo'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilarning yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini o‘rganishga imkon yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu- istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o'tkaziladi.

Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test savollarining ma'lumotlarini kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi.

Bolalar ijodini o'rganish. Bolalar ijodini o'rganish ko‘p qirrali jarayondir. Bunda ta'lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining o'ziga xos individual tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Ularrning turli yozma ishlari, daftarlari, tutgan kundaliklari, she'r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik ishlari, bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ularning dunyoqarashi va ma'naviyatini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Bu metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, noyob qobiliyatga ega bolalar ajratib olinadi. Ayniqsa, bizning respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Bugungi kunda iqtidorli yoshlarimiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida, turli ko‘riklarda (san'at, musiqa va boshqa), sport maydonlarida o‘zlarining iqtidorini namoyish qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida dunyodagi boshqa millatlardan kam emasligini namoyish qilishmoqda, g‘olibliklarni qo‘lga kiritishmoqda. Ta'lim va tarbiya muassasalarida iste'dodli, iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan olimpiadalari, mavzular bo'yicha ko‘rgazmalar, qushiq va raqs tanlovlari, maktablar bo'yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar va boshqalarda namoyon bo‘ladi.

Tajriba-sinov metodi - tajriba- («eksperiment» so'zi lotincha «sinab ko'rish», «tajriba quyish» ma'nosini anglatadi) tajriba ishlari, asosan ta'lim -tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tajriba -sinov metodi sharoitga qarab 3 xilda o'tkaziladi: 1. Tabiiy tajriba, 2. Laboratoriyaviy tajriba, 3. Amaliy tajriba.

Ilmiy-pedagogika tadkikotlarini tashkil qilish. Ilmiy-pedagogika tadkikotlarining tarkibi, unga ilmiy izlanishlarning u yoki bu elementini kiritish bilan bog‘lik ravishda har xil o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Ilmiy-pedagogik tadkikotlar tarkibini birmuncha umumlashgan ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Ilmiy redagogika tadqiqotlarini tashkil qilishda ma'lumotlarni yig'ish, xulosalarni jamlash, tadqiqot do'yicha miqdoriy tahlil o'rtacha miqdoriy raqamlarni aniqlash, ilmiy faraz, xulosalarning to'griligini ta'minlovchi ma'lumotlarni yig'ish: (buning uchun turli xil metodlar qo'llaniladi); ta'lim -tarbiya jarayoniga oid ishchi farazni ilgari surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o'tkazish maxsus metodikasini ishlab chiqarish va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotchi o‘zi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni o‘rganishda ilmiy bilishning turli metodlaridan foydalanish asosida ma'lum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar o‘zlarining paydo bo‘lishidan, to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari - fanlarga kirib kelishgacha, har xil ko‘rinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bo‘lgan yangi bilimlarning rivojlanishidagi turli ko‘rinishdagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilish bunday shakllarining asosiylarini ilmiy g‘oya, muammo, faraz, nazariya va ilmiy oldindan ko‘rishlar tashkil qiladi

Zamonaviy pedagogikadaga ilmiy-tadqiqot metodlari pedagogik jarayon qatnashchilarini har tomonlama chuqur o‘rganishga, pedagogik muammolar yechimini topishga xizmat qiladi.

MAVZU YUZASIDAN TESTLAR:

1.                 “Metod” so‘zining lug‘aviy ma'nosi-bu...

*A) lotincha: «metodos»-«yo'l», “uslub”

B) vazifa, faraz

S) qo‘llanma

D) yo‘riqnoma

ye) nasihat, maslahat

2.Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda nimani anglatadi?

*A) muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini

B) tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilishni

S) qandaydir vazifani hal etishni

D) ta'lim -tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlarni

ye) pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlarini anglatadi

3.       Pedagogika fani o'z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida qanday metodlardan foydalanadi?

*A) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o'rganadi

B) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni kuzatish orqali o‘rganadi

S) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni suhbat asosida o‘rganadi

D) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni tajriba asosida o‘rganadi

ye) mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni matematika-statistika metodlari asosida o‘rganadi

4.      Hozirgi kunda pedagogikaning qaysi ilmiy - tadqiqot metodlari yetakchi xisoblanadi?

A) Pedagogik kuzatish va so‘rash metodlari;

B) Test sinovlari va ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodlari;

) Tajriba - sinov metodlari;

D)       Matematika - statistika metodlari;

E)        Barcha javoblar to‘g‘ri

5.So‘rashning modifikatsiyalashtirilgan shakli - bu..

A)       Dialog

B)       Monolog

*S)Intervyu

D) suhbat

ye) kuzatish

6.       Suhbat metodi - bu...

A) An'naviy pedagogik metod

*B) Dialog, diskussiya tarzida o‘tkazilib, insoniy munosabatlar, ularning istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan metod

S) Pedagogik jarayonni kuzatish uchun zarur bo‘lgan metod

D) Suhbatdoshning ichki olamini o‘rganish uchun axborot-texnologiyalari orqali unga ta'sir o‘tkazish metodi

ye) Bilim, ko‘nikma, malaka oshirish metodi

7.       Pedagogikada ta'lim -tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladigan ilmiy tadqiqot metodi -bu...

A) Kuzatish metodi

*B) Tajriba -sinov metodi

S) Suhbat metodi

D) Modellashtirish metodi

ye) Ijtimoiy fikrni o‘rganish metodi

8.                 Pedagogikada ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodining vazifasi - ...

*A)Biror muammo tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o‘rganilayotgan muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi.

B) Ta'lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risida muayyan xulosaga kelish uchun foydalanuvchi metod. Bu metod ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi.

S) Uzoq muddatli jarayonlarni tekshiradi

D) Ko‘p xususiyatli jarayonlar, o‘zaro munosabatlarni tadqiq qiladi

ye) Ilmiy ishlarni tashkillashtirishda qo‘llaniladigan metod

9.      Ilmiy tadqiqot natijasida jamlangan axborotga kompyuter texnologiyalari yordamida ishlov berish, statistika ma'lumotlarini jamlash, taxlil qilish, qiyoslash umumlashtirishda qo‘llaniladigan metod-bu...

A) So‘rovnoma

B) Qiyoslash

*S) Matematika va statistika metodi

D) Kuzatish

ye) Tajriba

10.          Qaysi metod ta'lim -tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig'ish imkonini tug'diradi?

A) Matematik-statistika

B) Bashorat

S) Interpretatsiya

D) Modellashtirish

*ye) Pedagogik kuzatish

11.       Modellashtirish- bu...

*A) bilish ob'ektlarini o‘z tushunchalari asosida tadqiq etish, jarayon va hodisalarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida modellar orqali o‘rganish B) Tajriba asosida qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rganish

S) Ta'lim-tarbiya jarayonida qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqishga mo‘ljallangan metod

D) Ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan metod

ye) ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish

12.       Pedagogikada oddiy kuzatish nima?

A) pedagogik jarayonni tahlil qilish

B) tarbiya natijasini umumlashtirish

S) ta'limning kafolatlangan natijasiga erishish

D) hayotiy voqyea-qodisalarni tahlil qilish bilan cheklanish

ye) o‘qituvchining faoliyatini o‘rganish

13.       Sotsiometriya- bu-...

A) nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan metod

B) pedagogika faniga ijtimoiy psixoliya sohasi orqali kirib kelgan tushuncha bo‘lib, kichik ijtimoiy guruhlarning tarkibi hamda ijtimoiylashuvi vazifalarini miqdoriy metodlar orqali o‘rganadi.

S) “sub'ekt-sub'ekt” munosabatlarining o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun qo'llaniladigan metod

D) Test sinovlari va ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi

ye) pedagogika faniga ijtimoiy psixoliya sohasi orqali kirib kelgan tushuncha bo‘lib, guruhlarda kelib chiqadigan ixtiloflarni o‘rganadi

ADABIYOTLAR:

1.        O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'grisidagi Qonuni.- Toshkent, 1997.

2.        O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. - Toshkent,1997.

3.        Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2010.-288 bet.

4.        Zimnyaya I.A. pedagogicheskaya psixologiya.-Moskva:Logos, 2012 g. S.- 132-186.

5.        Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet.

6.        G‘oziev E. Yosh davrlari psixologiyasi.- Toshkent: O‘qituvchi, 2009. Uchinchi nashr.-288 bet.

7.        www.ziyonet.uz

4-                §. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM TIZIMINI
RIVOJLANTIRIS'HNING KONSEPTUAL ASOSLARI

REJA:

1.       O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar.

2.       Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari

3.     O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim

Tayanch tushunchalar: ta'lim tizimi, ta'lim islohotlari, Maktabgacha ta'lim vazirligi, 11 yillik umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sifatini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish orqali shaxsning sub'ekt sifatida namoyon bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Boshqa fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida shakllanib, jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta'lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqyelik, hodisa, ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi.

Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta masuliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi.

1997 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisidagi»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta'lim -tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatib berildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o‘tkazishga zamin yaratdi.

Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini bir- biri bilan uzviy bog‘lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish, ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-xunar o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitusiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining 1-bo‘limi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqlari, ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish tili kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.

"Ta'lim to‘g‘risida" gi Qonunning 2- bo‘limida ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Respublikamizdagi ta'lim tizimi: Davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini; ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni qamrab oladi.

Mazkur qonunning 10-moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko‘rsatiladi: maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim Qonunning 2- bo'lim, 11-17- moddalarida har bir ta'lim turining mohiyati qisqacha yoritib beriladi. Unda ta'kidlanganidek, maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va etuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga etgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalalr muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.

Qonunning uchinchi bo'limi ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qimoya qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda ta'lim oluvchilarni va ta'lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, etim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lganbolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan.

Qonunning to'rtinchi bo'limida ta'lim tizimini boshqarishdagi Vazirlar mahkamasining, ta'lim ni boshqarish do'yicha vakolatli davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko'rsatilgan bo'lsa, beshinchi bo'limda yakuniy qoidalar ifodalangan.

Kadrlar tayyorlash milliy modeli zamonaviy pedagogikaning konseptual asosi hisoblanib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, ularni tayyorlash tizimini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.

Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi besh bo'limdan iborat bo'lib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'n alishlari, dasturni ro'yobga chiqarishga oid chora-tadbirlar belgilab berilgan. Dasturning 3- bo'limida kadrlar tayyorlashning milliy modeli moqiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari jamiyatimizda yashayotgan har bir insonning, fuqarolarning ilm olish huqo'qini, ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, fan, ishlab chikarish, uzluksiz ta'limdir.

Mamlakatimizda «uzluksiz ta'lim” - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini: maktabgacha ta'lim , umumiy o'rta ta'lim , o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim i, oliy ta'lim , oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim ni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi.

“Uzluksiz ta'lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta'lim iy ehtiyojlarini qondirishi, bilimlarning qadr-qimmati va mavqyeini ko'tarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek iqtisodiyotning o'zgaruvchan ehtiyojlari sharoitida umum ta'limiy, umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar

tayyorlash yo'li bilan fundamental bilimlar berib shaxsni ijtimoiy himoya qilishni ta'minlashi kerak”[23].

Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish priniplari(3-rasm) yoshlar uchun turli xil ta'limiy ehtiyojlarini qondiradi, shaxsni ijtimoiy himoyalaydi. Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilinishi va rivojlantirishning tarihiy ahamiyati - bu ta'limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks etgan - “inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” (23-modda) - prinsipiga amal qilgan holda insoniylikka yo‘naltirilganligidir. Insoniy ustuvorlik ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsipi sifatida O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida” gi qonunida ham o‘z ifodasini to‘liq topgan: “Ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” (3-modda).

Uzluksiz ta'limni tashkil etish va

rivojlantirish tamoyillari

1

 

 

1

 

 

1

T

1

T

Ta'li mning ustuvorligi

 

 

Ta'limnig

demokratlashuvi

1

 

Ta'limning insonparvarlashuvi

 

 

Ta'limning ijtimoiylashuvi

1

r                                           1

 

Ta'limning milliy yo'naltirilganligi


Ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi


Iqtidorli talabalarga shart-sharoitlar yaratish


 

3-                      rasm: Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.

л                                                                       :                                                                       л

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning to‘laqonli ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi:

-         «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;

-         ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;

- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;

- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

- ta'lim oluvchilarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

-         ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;

-         yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;

- ta'lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini,


shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;

-          uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

-          kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:

 

shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish.

4-        rasm. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari

Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari. Shaxs uzluksiz ta'lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta'sirlar yordamida ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.

C                                                                                                           \

Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi

xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.

O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta'lim sohasidagi xizmatlardan to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo‘la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'lim olish va kasb- hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. Ta'lim olish jarayonida shaxs davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.

Shaxs ta'lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta'lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi hamda tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi».

Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma'naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.

Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta'lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish masuliyatini o‘z zimmasiga oluvchi subekt sifatida namoyon bo‘ladi.

Davlat va jamiyat ta'lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:

-          fuqarolamrng bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;

-          majburiy umumiy o‘rta ta'lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini olishga;

-          davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta'lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limni olish huquqiga;

-          davlat ta'lim muassasalarini mablag‘ bilan ta'minlashga;

-          ta'lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;

-          ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;

-          sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta'lim olishiga.

Davlat va jamiyat ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.

к____________________________________________________________ 7

Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma'lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.

O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim Davlat ta'lim standartlari hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.

Uzluksiz ta'lim quyidagi ta'lim turlarini o‘z ichiga oladi:

-          maktabgacha ta'lim;

-          umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim;

-          kasb-hunar ta'limi;

-          oliy ta'lim;

-          oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim;

-          kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- maktabdan tashqari ta'lim.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana shuningdek, «ta'lim mazmunini tubdan yangilashda: ta'lim standartlari, ta'lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta'minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».

Uzluksiz ta'lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta'limning barcha turlari, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.

I___________________________________________________________ )

Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta'lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta'limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy- pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqyei va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi».

Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqadi.

\______________________________________________________________________________ )

Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste'molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o‘z talablarini qo‘ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo‘lida uzluksiz ta'lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llab- quvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.

Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.

Ta'lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar. 2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta'lim sohasiga doir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta'lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida isloh qilishga asosiy e'tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.

 

Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy- estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur
farmonda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:

birinchidan, maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta'limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish;

to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta'lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish;

beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'minlash;

oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

yettinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish;

sakkizinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchi-larining ratsional va belgilangan me'yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta'minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish;

to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora- tadbirlarini muvofiqlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O‘zbekiston respublikasi Xalq ta'limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ- 3304-son Qarori qabul qilindi.

(                                                       :                                                               л

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3304-son Qarori asosida O‘zbekiston respublikasi Xalq ta'limi vazirligi faoliyati takomillashtirildi.

к___________________________________________________________ /

Mazkur qarorga muvofiq, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:

birinchidan, xalq ta'limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'limni har tomonlama rivojlantirish, o‘quvchilarning bilimi va ma'naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish;

ikkinchidan, o‘rta ta'lim maktablari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta'minlash orqali 11 yillik o‘rta ta'limni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish;

uchinchidan, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish hamda umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlariga va maktabdan tashqari ta'limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta'limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatishda metodik rahbarlik qilish;

to‘rtinchidan, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish samaradorligini ta'minlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va mehnat ta'limini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

beshinchidan, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta'lim- tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

oltinchidan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv- metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;

yettinchidan, mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta'minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish;

sakkizinchidan, rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy kafolatlarini ta'minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta'lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;

to‘qqizinchidan, xalq ta'limi muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bo‘limlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma'naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, «ommaviy madaniyat» ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;

o‘ninchidan, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari tomonidan davlat ta'lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;

o‘n birinchidan, ta'lim muassasalarida byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda byudjet intizomiga rioya etishni ta'minlash;

o‘n ikkinchidan, ta'lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish.

Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim umumta'lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab- internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta'lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka

amalga oshirilishi belgilab berildi.
r
(kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim umumta'lim maktablarida, kasb-hunar ta'limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.

Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari ta'lim

olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart- sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24- oktabrdagi «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil

etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.

O‘quv-ishlab chiqarish majmiiasi - o‘quvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek ularning o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishini ta'minlaydigan ta'limni tashkil etish shakli.

 

O‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta'lim berishning vazifalari etib quyidagilar belgilab qo‘yildi:

o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini ta'minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;

kasbiy ta'lim berish jarayonida «usta-shogird» an'analari, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta'lim berish jarayonining metodik ta'minotini takomillashtirib borish;

kasbiy ta'lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta'lim berish sifatini ta'minlash;

o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta'minlash;

mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash.

Akademik litsey - o‘rta maxsus o‘quv yurti. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi. Akademik litseyda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta'lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

z                                                                                                                                                   \

Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi.

\____________________________________________________________________________________ )

Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta'lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda.

Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-2829-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi:

umumta'lim maktablarining eng iste'dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta'lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash;

o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste'dodlarni va har bir o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta'lim muhitini yaratish;

ilg‘or mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.


Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.

( :

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.

к____________________________________________________________________________ /

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta'lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:

har bir oliy ta'lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta'lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish;

oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta'lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta'lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish;

oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish;

oliy ta'limning ma'naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;

oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy- laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash;

oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta'minlash, talabalar, o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg‘or ta'lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma'lumotlar bazasi bo‘yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22- mayda «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi.

Tayanch doktorantura - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim shakli.

Doktorantura - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori (DS) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim shakli.

Mustaqil izlanuvchilik - ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DS) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim shakli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining o‘qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar tarkibining sifat darajasini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 242-son qarori bilan «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori bilan mazkur Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan hujjatlarga asosan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi o‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soat hajmdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ikki oy davomida, ishdan ajragan holda amalga oshiriladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘qishni tugatgandan keyin attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tishlari kerak. Attestatsiya komissiyasi tegishli sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, ilmiy kengash a'zolari, o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislar safidan kamida 7 kishidan iborat bo‘lgan oliy ta'lim muassasasi rektori yoki fan doktori ilmiy unvoni berish bo‘yicha ilmiy kengash raisi boshchiligida shakllantiriladi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga qat'iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tmagan oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari bir yil mobaynida pulli asosda o‘qishning tegishli yoki turdosh yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakunida attestatsiyadan o‘tishadi.

Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran o‘zlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi.

Mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari bo‘yicha tayyorlanib kelgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Yakuniy attestatsiya tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda bo‘sh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qat'i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Bunda ular o‘z pedagogik faoliyatini boshqa ta'lim muassasalarida (oliy ta'lim muassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda o‘zining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin.

Shunday qilib, bugun mamlakatimizda qator o‘qituvchilarimiz pedagogik g‘oyalar targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina emas, balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar. Yangilikka, erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi, endi an'anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan va qat'iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli tomonlarini qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati davom etmoqda: ta'lim sifatini oshirish, natijalarini oldindan belgilash, innovatsion, axborot va kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol o‘qitish,ta'lim menejmentiga qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi.

Mustaqil O'zbekistonning kuch - qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir.

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1.             Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

2.       Kadrlar tayyorlash Milliy modelining tarkibiy qismlariga izoh bering.

3.       Uzluksiz ta'lim tizimining isloh qilinishi qanday omillar bilan bog‘liq?

4.       11 yillik majburiy ta'limga o‘tilishining sabablarini izohlang.

5.       O‘quv-ishlab chiqarish majmuasining asosiy maqsadini tushuntirib bering.

6.        Kasb-hunar ta'limini tashkil etishga yangicha yondashuvni qanday baholaysiz?

7.        Oliy ta'lim tizimining isloh qilinishi asosida qanday natijalarga erishiladi?

8.        Oliy o‘quv yurtidan keying ta'lim bosqichlariga izoh bering.

9.        Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablarga baho bering.

TESTLARNI YECHING:

1.       O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning tarkibiy qismlaridan biri fandir. Fan bu -

A) tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlarini, dolzarb va amaliy jihatdan muhim masalalarni tavsiflaydi

* B) yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi

S) istiqbolli muammolarning nufuzini tavsiflaydi

D) ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etuvchi

ye) axborot va kommunikatsiya vositalarini ta'lim jarayoniga tatbiq etuvchi

2.       Zamonaviy pedagogik metodologiyaning asosiy manbalaridan biri- O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”ning nechanchi bo‘limida ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan?

* A) 2- bo‘lim, 11-17- moddalarida

B) 5-bo‘lim, 4-5- moddalarida

S) 3-bo‘lim, 17-18- moddalarida

D) 4-bo‘lim,11-17- moddalarida

ye) 1-bo‘lim, 14-15-moddalarida

3.       Zamonaviy pedagogik metodologiyaning asosiy manbalaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni”ning 10- moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko‘rsatiladi:

A) maktabgacha ta'lim, o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim,

*B) maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim

S) umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

D) maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim

ye) maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim

4.      O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risidagi Qonunining uchinchi bo'limi ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda nimalarga asosiy e'tibor qaratilgan?

A) ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoyalash, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

B) umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi

*S) ta'lim oluvchilarni va ta'lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, yetim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan

D) umumiy o‘rta ta'lim, o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limida tahsil oluvchilarni ijtimoiy himoyalash

ye) maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim ishtirokchilarini ijtimoiy himoyalash 5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlaridan birini belgilang

A) O‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini nashr yetishni tashkil qilish

*B) Ta'limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

S) Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish

D) Ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish

ye) Barcha javoblar to‘g‘ri

6.       Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy kismlaridan biri davlat va jamiyatning kadrlar tayyorlashdagi funksiyasi quyidagilardan iborat:

A) Kadrlar tayyorlashning bosh sub'ekti va ob'ekti shaxsni rivojlantirish

B) Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini nazorat kilish

S) Yukori malakali mutaxassislar tayyorlashva ulardan foydalanish

*D) Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish

ye) Ta'lim-tarbiya jarayonida qaror qilish texnologiyalarini ishlab chiqish

7.       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlaridan birini belgilang

A) O‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini nashr yetishni tashkil qilish

*B) Ta'limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

S) Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish

D) Ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish

ye) Barcha javoblar to‘g‘ri

8.       Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy kismlaridan biri davlat va jamiyatning kadrlar tayyorlashdagi funksiyasi quyidagilardan iborat:

A) Kadrlar tayyorlashning bosh sub'ekti va ob'ekti shaxsni rivojlantirish

B) Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini nazorat kilish

S) Yukori malakali mutaxassislar tayyorlash va ulardan foydalanish

*D) Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish

ye) Ta'lim-tarbiya jarayonida qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish

ADABIYOTLAR:

1.       O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'grisidagi Qonuni.- Toshkent, 1997.

2.      O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. -Toshkent,1997.

3.      Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2010.-288 bet.

4.      Zimnyaya I.A. pedagogicheskaya psixologiya.-Moskva:Logos, 2012 g. S.- 132­186.

5.      Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet.

6.      G‘oziev E. Yosh davrlari psixologiyasi.- Toshkent: O‘qituvchi, 2009. Uchinchi nashr.-288 bet.

7.      www.ziyonet.uz

2-        BO‘LIM. TARBIYA-IJTIMOIY-

PEDAGOGIK HODISA SIFATIDA.

UNING MAZMUNI VA ASOSIY
YO‘NALISHLARI


118


 


5-                §. Tarbiya jarayonining mohiyati va uning tamoyillari. Tarbiya
metodlari va vositalari

REJA:

1.     Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari

2.     O‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarning turlari va ularni tashkil qilish shakllari

3.     Oila pedagogik o‘zaro munosabatlar hamda shaxs tarbiyasi va kamolotining sub'ekti sifatida

4.O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini kamol toptirishning psixologik- pedagogik asoslari

Tayanch tushunchalar: tarbiya, shaxs, tarbiyalanganlik, ma'naviyat, axloqiylik, tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari, metodlar, vositalar, xalq pedagogikasi.

Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari. O‘quv-tarbiyaviy vaziyat tushunchasi. Pedagogikada tarbiya muhim o‘rin egallaydi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, keng va tor ma'nodagi tarbiya farqlanadi.

Tarbiya tamoyillari - yo‘l - yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad- har tomonlama ma'naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol mutaxassis shaxsini shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi bo‘lajak mutaxassislarning axloqiy, ma'naviy tarbiyalanganlik istiqbollarini ko‘ra bilishda yordam beradi.

Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni va tamoyillari mavjud.

Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayonida bo‘lajak mutaxassisda his-tuyg‘ular va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, meditsina sohasidagi bilimlari tarkib topadi. Tarbiya jarayonida yoshlarda jamiyatning mutaxassis shaxsiga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi.

Tarbiya asosida yoshlarda miliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga, millatlararo totuvlik, bagrikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik bilan qarama-qarshi emasligini anglash, xuquqiy madaniyat- sog‘lom dunyoqarashning mu'him omili ekani to‘grisidagi ma'lumotlarni ko‘paytirish, ma'rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlash kabi tamoyillarga tayanadi.

Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta'lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.

Tarbiyaning umumiy vazifalari:

      jamiyat a'zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;

      jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi «inson kapitali»ni tayyorlash;

      madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta'minlash;

ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish.

Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

               maqsadga yo‘naltirilganligi;

               ko‘p qirrali jarayon;

               uzoq muddat davom etishi;

•         uzluksizligi;

               yaxlitligi;

               variativligi;

               natijalarning oldindan aniqlanmasligi; biroq kafolatlanishi zarurligi;

               ikki tomonlamalilik;

Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning

xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar yig‘indisi

Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:

                         ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligi;

tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;

      faoliyat va munosabatni e'tirof etish shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ga fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;

      tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta'siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;

tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;

                         tarbiyalanuvchining «ichki olami»ga ta'sir etishning intensivligi;

      tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta'sirni hisobga olish.

Tarbiya tamoyillari - bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.

Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:

                         maqsadga qaratilganligi va g‘oyaviy yo‘nalganligi;

                         tarbiyaning insonparvarlashuvi;

                         tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog‘liqligi;

                         tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;

                         jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish;

shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo‘shib olib borish;

o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta'sirlarining birligi;

tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish; tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.

O‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarning turlari va ularni tashkil qilish shakllari. O‘quv-tarbiya turlari turli sohalarga ko‘ra tasnif etiladi. Ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta'lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo‘linadi. Institutsional belgilariga bo‘yicha oila, ta'lim muassasasi, ta'lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta'lim muassasalaridagi tarbiyaga bo‘linadi.

Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko‘ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog‘liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.

Tarbiya jarayonida asosiy vazifa ta'lim - tarbiya berish, yoshlarda bilim, ko‘nikma, malakalarni muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.

Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch - e'tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa etarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, Tahsil oluvchilarning tushunchasi, aql - idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan qolda marifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqoza etiladi.

Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyillari. O‘qituvchining bilim saviyasi ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi etakchi omillardan biridir.. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir insonning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huqo‘qi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o‘zligini anglashni ta'minlaydi.

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi. Yoshlarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo‘lgantalablarini shakllantirish, malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali tahsil oluvchilar go‘zal axloq, baxt, insof, poklik, meqr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari qaqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik - o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do‘stlik, ota - onaga sadoqatlilik, meqnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni hamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko‘chib kelgan.

Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uyg‘unligi va uzluksizlik yo‘nalishi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarni birgalikda ish ko‘rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.

Tarbiyaning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning rivojlanishiga bog‘liq. Bo‘lajak mutaxassisda ma'naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat mo‘him o‘rin egallaydi. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.

Metod, ya'ni uslub, axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:

So‘z orqali ifodalash Ko‘rgazmalilik Amaliy namuna .

Rag‘batlantirish va jazo Irodani safarbar etish

Ijtimoiy ongni shakllantirush

Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi.

Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqa uslublar;

Ikkinchi guruh - kinofil'mlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash uslublari

Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish.

To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni ma'qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma'naviy rag‘batlantirish.

Tarbiya vositalari biron - bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi. (Ko‘rsatmali ko‘n ikmalar, kitoblar, radio, televidenie). Bundan tashqari bo‘lajak mutaxassislar jalb qilingan faoliyat turlari kinofil'mlar, meditsina xaritalari, sport va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin.

Tarbiya jarayonining xususiyatlari

Tarbiya jarayonining xususiyatlari

Ko‘p qirrali jarayon

uzoq muddat davom etadi

yaxlit holda va konentrik asosda amalga oshadi

Ikki tomonlama xususiyat,bolanin g faolligi

Qarama- qarshliklar ko‘pligi

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir.

Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar - metodlarga aylanishi mumkin.

Shu jihatdan olganda, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo‘rg‘oni bo‘lgan oilani mustahkamlash butungi kunda bar-chamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishi lozim.

O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini kamol toptirishning psixologik- pedagogik asoslari.

O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya'ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.

O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat metodi.

O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.

O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat metodi.

O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya'ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarning ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.

Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta'sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma'lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta'sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.

Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta'sir ko‘rsatish asosida ularda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma'lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.

Mashq va o‘rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me'yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.

O‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.

Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma'naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.

O‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.

Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan metod. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun masuliyatni his etishga o‘rganadilar, mehnat qilish o‘quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.

Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan biridir. Pedagogik talab ma'lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

с                                    :      :

Tarbiya metodlari tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullari yig'indisidir.

k______________________________________________________ /

Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash metodidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglab olishi zarur.

Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.

Uyaltirish - o‘quvchining ma'lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun masul bo‘lgan subektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or- nomus va sharm-hayodir. Insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.

Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati

\__________________________________________________________ '

Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma'lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.

Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq:

1.      Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari shunga muvofiq bo‘lishi zarur.

2.      Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.

3.      Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal etiladi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, masuliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta'lim, o‘rta ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.

4.      Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta'sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma'lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.

5.      Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta'sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligining rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi.

6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar- gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma'lumki, mavhum shart- sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.

7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qo‘llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llash uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san'at asarlari va musiqa san'ati, ommaviy axborot vositalari.

8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llay oladigan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘qituvchidan ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday masuliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart-sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega bo‘ladi.

9.       Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatga keltiradigan» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.

10.     Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak.

O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini kamol toptirishda shaxsning ma'naviy- axloqiy qiyofasi, hayotiy yondashuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta'minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.

Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi.

Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.

/ \

Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me'yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari:
mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat.

I_________________________________________________________ )

Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma'naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e'tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma'naviy-axloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e'tiqodga aylanadi.

MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR:

1.       Tarbiya metodi, usuli va vositasi tushunchalariga ta'rif bering.

2.       Tarbiya metodlarini tasniflashga doir yondashuvlarni izohlang.

3.       Shaxs ongini shakllantirish metodlari haqida gapirib bering.

4.       Faoliyatni tashkil etish va ijtimouy xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlarini misollar asosida tushuntiring.

5.      Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlarini qo‘shimcha manbalardan o‘qib to‘ldiring.

6.       O‘quv-tarbiya vaziyatlarining ahamiyati nimada?

8.       «Tarbiyaning maqsadga qaratilgan bo‘lishi» deganda nimani tushunasi?

9.      Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyilining hozirgi kundagi ahamiyati qanday?

10.       Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullarga nimalar kiradi?

Nazariy dalillarga tayangan holda quyidagi mavzularda 5 minutlik esse yozing:

1.      Har tomonlama barkamol, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda jamiyatimizda qabul qilinayotgan islohotlar

2.       Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari.

3.       Yuksak dunyoqarash va e'tiqod tarbiyasi.

4.      Mas'uliyat, iymon, vijdon, adolat tushunchalarining mutaxassis faoliyatidagi o‘rni.

 

ADABIYOTLAR:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari:

1.                    Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O‘zbekiston, 2017. - 102 b.

2.                    Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: O‘zbekiston, 2017. - 488 b.

3.                    Mirziyoev Sh.M. 2018 yil 14 fevral kuni maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqi- T.: “O‘zbekiston ovozi”, 2018yil 15 fevral 1-7 betlar.

4.                       Mirziyoev Sh.M. 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi T.: “Toshkent oqshomi”, 2017 yil 23dekabr.1-8 betlar.

2.       Normativ-huquqiy hujjatlar:

1.       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”. 2017 y. 7 fevral.

2.       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarori.

Mutaxassislik bo‘yicha adabiyotlar:

1.      Abdullaeva Sh.A. Pedagogika. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari uchun darslik.- Toshkent:Fan va texnologiyalar, 2013.-298b.

2.      Vaxobov M.M. Zadachi po vnedreniyu lichnostno- orientirovannogo obrazovaniya i modelirovaniya monitoringa kachestva obucheniya. -Tashkent:Me'ros, 2015.-232 s.

3.      Djuraev R.X. Etapbi sovershenstvovaniya sistemu obrazovaniya v Uzbekistane.- Tashkent:Ziyo, 186 s.

4.      Goziev E. Nauka, prosveщenie i kultura v sisteme nepreruvnogo obrazovaniya:problemu i resheniya.-Tashkent: Ma'naviyat, 2017.-224 s.

5.      Ochilov M., N.Ochilova. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet.

6.      Subetto A.I Kvalimetriya cheloveka i obrazovaniya: Metodologiya i praktika. Sb,nauch.st.-Moskva, 2014.-S.89.

7.      Raven Dj. Kompetentnost v sovremennom obщestve. - M: Kogito-Sentr, 2002.­221 s.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

      A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloqT.: “O‘qituvchi” 1996 y. 206-bet.

      Al Buxoriy.Xadislar.4 jild.T.: “Qomuslar bosh muxamriyati” 1997 y.

      Qobusnoma.T.: «Sharq».1996 y. 40 bet.

Elektron-axborot resurslari:

      www. tdpu. uz

      www. pedagog. uz

      www. Ziyonet. uz

      www. edu. uz

      tdpu.Intranet. Ped


6-   §. OILA PEDAGOGIK O‘ZARO MUNOSABATLAR HAMDA SHAXS TARBIYASI VA KAMOLOTINING SUB'EKTI SIFATIDA.

REJA:

1.   Oila -jamiyatning asosiy ijtimoiy bo‘g‘ini sifatida. Oila va uning vazifalari

2.    Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari

3.    Komil inson tarbiyasida oila funksiyalari (vazifalari)

Tayanch tushunchalar: Oila, tarbiya, zamonaviy oilalar rivoji, xususiyatlar, komil inson tarbiyasi, oila funksiyalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya, jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, shaxs rivojlanishi.

Oila -jamiyatning asosiy ijtimoiy bo‘g‘ini sifatida. Oila va uning vazifalari. Oila- jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘inidir. U o‘zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.

Mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o‘zga-rishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyo-satining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelinmoqda.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab qo‘yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilga-ni ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Oila har qaysi jamiyatning kichik bo‘g‘inidir, oilalar birlashib, jamiyatni tashkil etadi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantirish oildan boshlanadi, shu bilan birga oila-murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-maydagi PF-3434-raqamli farmoni va unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarilishi bo'yicha bugungi kunda respublikamizda qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini ko'trsatganidek, oiladagi o'zgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi, oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi , uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat mafaatdor bo‘ladi. Oilada ma'naviy va jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozimligi zarur. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalshning ustivor yo'nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi to'g'risida gi 242-sonli qarorining bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Oilashunos olimlar: D. Aabdullaeva, N. Islomova, F. Xabibullaevlar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha tasniflangan:

Bu o'rinda oilaning xo'jalik-maishiy va emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarni qondiruvchi funksiyalari; oilaning iqtisodiy funksiyasi - oila iqtisodi, byudjeti, daromadi, kundalik xarajati; oilaning reproduktiv funksiyasi (jamiyatning biologi uzluksizligini taminlash); oilaning tarbiyaviy funksiyasi - oila a'zolarining aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga asos solinishi.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan e'zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz an'analarimizning bu boradagi ahamiyati; jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiritilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 25-avgustdagi ‘'Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi 365- sonli qarori, 20162- yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish,ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustivor yo'nalashlarini amalga oshirishning maqsadli dasturini takomillashtirish to'g'risida”gi 242- sonli qarorlarining amalda bajarilishi jamiyatimizdagi oilalarning mustahkamlanishi va sog'lom avlod tug'ilishi kabi muammolar yechimini topishga qaratilgan.

Oila - uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko'ra : to'liq, noto'liq va qayta:

1- dan, to'liqligiga ko'ra:

1- dan, bo'g'inlar soniga ko'ra:nulear ( ota -ona va bolalardan

1- iborat ) va ko'p bo'g'inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a'zolari birga yashovchi) oilalar.

1- dan,bolalar soniga ko'ra:

1- dan, er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra;

1- dan , er-xotinning ma'lumot saviyasiga ko'ra;

1- dan, regional jihatlarga ko'ra farqlanadi.

Oilada asosan quyidagi omillarga tayaniladi: ruhiy xotirjamlik, samimiylik munosabatlarining shakllangan bo'lishi, ota-onaning obro'si yuqori darajadaligi, bolalarga talab qo'yishda oiladagi kattalar o'rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatda tarbiyalashda alohida e'tibor berish lozimligidir. Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, kommunikativ, rekreativ, tarbiyaviy funksiyalarida jamiyatning, davlatning ahamiyati beqiyos. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. yordam beradi.

Bolalarni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash masalalari xalqimiz uchun qadimdan muhim masala bo‘lib kelgan. Bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar. Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilada farzandlar baxtiyor bo‘lishlari, o‘sib ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari, sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamolotga yetishishlari lozim. Oilaning har bir a'zosi g‘amho‘rlik, baxt, mehr-muhabbat tuyg‘ulari asosida o‘zining qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, tenglik va birdamlikka ega bo‘lishlari kerak. Ta'lim jarayoni sub'ektlari bo‘lmish bolalar uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlar ta'minlanishi, hurmat qilinishi zarur. Voyaga yetmaganlarning shaxs va sub'ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasining o‘sishi, jamiyat tomonidan belgilangan odob-axloq, xulq normalariga mosligi ularning kelajakda jamiyatning teng huquqli fuqarosi sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.

Bolaning ongi asosan 5—7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta'siri-da ma'naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Xalqimizning «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», degan dono maqoli, o‘ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks ettiradi.

Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atro-fidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi — bularning barchasi av-valo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdiqlab beradi.

Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay boshlaydi, uning be-g‘ubor ongi bamisoli bosma qog‘oz singari oila-dagi, yon- atrofdagi barcha voqyea-hodisalarni, Ularning‘ zamiridagi taassurotlarni o‘ziga shi-mib-sing‘dirib oladi. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va hurmati, o‘zini o‘rab tur-gan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi.

Xonadondagi har bir narsa — daraxt va o‘simliklar bo‘ladimi, turli o‘yinchoqlar, uy hayvonlari bo‘ladimi — bularning barchasi bolaning ko‘ziga go‘yoki olamning beqiyos mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni o‘zi uchun kashf qiladi.

Taassufki, ba'zi ota-onalar o‘z farzandining ana shunday qiziqishi va intilishlariga, uning ongu tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida yangi-yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Biz o‘z farzandlarimizning baxtu saodatini, iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko‘ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta'-sir ko‘rsatishi haqida doimo o‘ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas'uliyat borligini unutmasligimiz zarur.

Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu saodat faqat boylik, molu mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aklli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki bugun jamiyatning eng katga boyligidir.

Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o‘zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Oila tarbiyasi o‘z milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. Oiladagi sog‘lom turmush tarzi- kelgusida farzandlarning qanday inson sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘quv maskanlarida beriladigan ta'lim-tarbiya darajasi bilan o‘quvchi-talaba shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikning pedagogik jihatdan ta'minlanganligi hamda ta'lim oluvchilarning yutuqlari, ularda shaxsiy sifatlarning tarkib topib borishini jadallashtiradi.

“Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi”[24]. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud emas.

O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘zini o‘zi anglash, milliy tuyg‘u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o‘z aksini topadiki, o‘zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o‘rganishda bularni chetlab o‘tish mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi; qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi.

Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari. XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmokda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, uning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yuqori darajadagi bilimga ega, ma'naviy boy, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzini singdirishda o‘quv maskanlari, oila, mahalla, ijtimoiy institutlarning bu sohadagi ta'sirchan hamkorligini yo‘lga qo‘yish tadab etiladi. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o‘zining rivojlanish omillari, qonuniyatlari, yangiliklari va o‘zgarishlariga ega bo‘lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, qobiliyatlari, bilish jarayonlariga bevosita ta'sirini o‘tkazadi.

Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham mikdor o‘zgarishlariga ega bo‘lgan ko‘rsatgichlar o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda, xulqini boshqarishda hamda unga ta'sir ko‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Sanogen tafakkur - (lotincha: «sanus»- sog‘lom: va yunon tilida: «genezis»- rivojlanish)- his-hayajon va emotsiyalarni boshqaruvchi, sog‘lomlashtiruvchi tafakkur.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish, oilaviy tarbiyani sog‘lomlashtirish va ularni muvofiqlashtirish asosida jamiyatimizda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni jonlantirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. Shu jihatdan olganda o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda sanogen tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Insonning tafakkuri qanchalik sog‘lom bo‘lsa, uning ruhiyati, jismi shunchalik sog‘lom ezgulikka yo‘nalgan bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha sof erkin bo‘lsa, u shuncha zararsiz fikrlaydi, shukrli, sabrli va beg‘araz bo‘ladi. Bugungi kunda go‘zal xulq, to‘g‘ri aqida asosida tarbiyalangan, ehtiyotkor, sog‘lom fikrlay oladigan farzand hayotda aql-idrok bilan ish tuta oladi. Iymon e'tiqodda sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlay oladi, har xil aldovlarga uchmaydi hamda g‘arazli tashviqotlarga berilmaydi. Bunday sifatlarga ega shaxs sanogen tafakkur egasi sanaladi. Demak, farzand yoshligidan sog‘lom e'tiqodli, bilimli, odobli va shijoatli bo‘lib voyaga yetishi uchun foydali ilm va ko‘nikmalar bilan band bo‘lishi muhim vazifadir.

Sanogen fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini ijobiy asoslaydi, kerak bo‘lganda himoya qilib, to‘g‘ri xulosa chiqaradi, o‘z burchini adolatli baholaydi. Sanogen tafakkurga ega inson ichki nizoni ijobiy bartaraf etadi. Shuning uchun yurtimizda sanogen tafakkurga ega shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ma'lumki, o‘smirlik yoshi 10-11 yosh, 14-15 yoshni tashkil etadi. Ko‘pchilik o‘quvchilarda o‘smirlikning o‘tish davri asosan maktab pallasining murakkab bo‘lgan 4-5-sinfiga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va u bilan bog‘liq ravishda barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining, ya'ni qalqonsimon bez, buyrak usti, oshqozon osti, jinsiy bezlar ishini kuchaytiradi. Natijada bola bo‘yining o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish jarayoni amalga osha boradi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining qobiliyat va imkoniyatlarini ma'lum darajada o‘rtoqlari hamda ustozlariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni maktab o‘qituvchisi kundalik dars jarayonida kuzatishi mumkin.

15-25 yoshlilar esa o‘spirinliklik davriga mansub shaxslar hisoblanadi. Ilk o‘spirinlik bosqichi 15-17, o‘rta o‘spirinlik bosqichi 17-22 va katta o‘spirinlik bosqichi 22-25 yoshdagi davrlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil davlatimizning tayanchi va kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, mustaqillik mafkurasini ularning ongiga singdirishda, ijtimoiy faolligini o‘stirishda, jamiyatimizga yot, zararli g‘oyalardan ularni avaylab- asrashimizda oila tarbiyasi muhim o‘rin egallaydi.

O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarga bog‘liq. Bunda o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo‘llarini va unga ta'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni, bevosita ta'sirini tadqiq etishni davr taqoza etmoqda. Bunda birinchi navbatda, oila tarbiyasidagi ota-onalar diagnostikasini o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi.

Pedagogika va psixologiya sohasida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo- Rubinshteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, O. Musurmonova, L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma'lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo‘linmoqda.

Ma'lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy- pedagogik yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko‘rsatish, ya'ni oilada valeologik sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir.

Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim ahamiyatga ega.

Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi:

-maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash;

-harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‘ra ota- onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashhis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatdir;

-diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.

Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning psixologik holatini, muhitni o‘rganishga doir »Oilada pedagogik muhitni aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «To‘gallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.

Komil inson tarbiyasida oila funksiyalari (vazifalari). Oilaning asosiy vazifalari, funksiyalari quyidagilardan iborat ekanligini qayd etib o‘tishimiz joiz.

Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmay, balki uning so‘ngi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi.

Oilaning kommunnikativ funksiyasi oila a'zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Oilaning rekreativ funksiyasi nimadan iborat? Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lgan xususiyatlardan biri, oila a'zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta'minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma'naviy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilardan iborat bo‘lib kelgan. Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi- o‘zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam ko‘rsatish funksiyalaridan biri hisoblanadi.

Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri- bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand ko‘rishga ularni o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his eta olmaydi.

Oilaning felitsitologik funksiyasi nima? Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada er-xotinning bir-birini to‘liq tushunishi- ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta'minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlarni (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi»(13.42). Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda.

Oilaning regulyativ funksiyasi oila a'zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma'naviy tomondan qo‘llab- quvvatlash nazarda tutiladi.

Oilaning relaksatsiya funksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir.

Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta'minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir etadi.

Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog‘ligini saqlashdir. Buning uchun bola to‘yib ovqatlanishi, gigiena talablariga rioya etishi lozim bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo‘lishlari shart. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so‘zlashuvni tashkil etish lozim.

Ota-onalar bolalarining maktab-o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:

- bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo‘l qo‘ymaslik;

- ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish;

- bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o‘rgatish, ularning g‘ayrat va chidamliligini oshirish;

- bolalarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish.

Oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, olijanoblik, fidoiylik, saxovatpeshalik kabi hislatlarni shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak.

Ma'lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik to‘yg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to‘ladir. «Oilaviy hayotning «qorong‘u tomonlari» televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko‘rkam manzaralariga ziddir.

Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga tortmaydigan ko‘pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba'zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta'sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi».

Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta'sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o‘rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez- tez ko‘rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta'sir ko‘rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma'naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og‘ir kechadi.

Oila doimo maktab, mahalladagi pedagog-psixologlar, faollar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma'naviy-marifiy sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.

Shunday qilib, oiladagi sog‘lom turmush tarzi- jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish garovidir Bunda oila, mahalla, ta'lim muassasasining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

MAVZU YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR:

1.       Matnni o‘qing, o‘z munosabatingizni bildiring.

Tarbiyaning ishontirish metodi

Ta'rif: Xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g‘riligini tushuntirish va isbotlashdir.

Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin.

Haqiqiy ishonch - real voqyelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi.

Soxta ishonch - o‘zi va atrofidagilar ta'sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi.

Maqsad: Tarbiyalanuvchilar xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligini, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g‘riligini tushuntirish va isbotlash asosida barkamol shaxs xislatlarini singdirish va tarbiyalashdir.

Qachon, qanday vaziyatda qo‘llaniladi: Tarbiyalanuvchi o‘z xatti- harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligiga hamda ayrim xulq-atvorlarining noto‘g‘riligiga ishonmasa, ushbu metod qo‘llaniladi.

Qanday vaziyatda qo‘llash mumkin emas:

1)       ishontirishning shakli va mazmuni bolalar yosh davriga mos bo‘lmasa;

2)       bolaning individual xususiyatlariga mos kelmasa.

3)       umumiy tarzdagi qoida va prinsiplarga zid bo‘lishidan tashqari aniq dalil va misollar yo‘q bo‘lsa;

4)       barcha xabardor bo‘lgan dalil va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g‘ri kelganda, dalilning haqqoniyligi to‘g‘risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqara olmasa;

5)       tarbiyachi yoki o‘qituvchi o‘z fikriga qat'iy ishonmasa.

Kim tomonidan qo ‘llaniladi: Oilaning tajribali vakillari - buvi-buvalar, ota- onalar, aka-opalar, tarbiyachilar, pedagoglar va shu kabi ma'sul shaxslar.

Kutiladigan natija: Tarbiyalanuvchilar xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligiga ishonadi. Xulq-atvorlarining noto‘g‘riligini tushunishadi. O‘ziga ishongan va barkamol shaxs xislatlari singdirilgan inson tarbiyalanadi.

Qo‘llash shartlari va qoidalari: Ishontirish tarbiyalanuvchiga ta'sir etish metodi sifatida yuqori samara berishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1)     ishontirishning shakli va mazmuni, bolalar yosh davriga mos bo‘lishi lozim (kichik maktab yoshida ertak, rivoyat va fantastik hikoyalar misolida, so‘ngra esa borliq dunyoni o‘rganish inson ma'naviy dunyosini o‘rganish);

2)     ishontirish bolaning individual xususiyatlariga mos bo‘lishi va ruhiy qiyofasining o‘ziga xosligini e'tiborga olish lozim. Buning uchun bolalarning haqiqiy hayot tarzini o‘rganish zarur;

3)     ishontirish umumiy tarzdagi qoida va prinsiplardan tashqari aniq dalil va misollarni ham o‘z ichiga olishi zarur (o‘qitishdan ko‘rgazmalilikka e'tibor berish);

4)     ishontirish jarayonida ba'zi holatlarda barcha bir xil xabardor bo‘lgan dalil va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g‘ri keladi. Bu, o‘z navbatida dalilning haqqoniyligi to‘g‘risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqarishga va umumiy to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi;

5)     boshqalarni ishontirar ekan, tarbiyachi yoki o‘qituvchi o‘z fikriga qat'iy ishonishi zarur.

Soxta ishonchni o‘zgartirishning qoidalari:

1)     tinglovchini o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash. Uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o‘qishni xohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog‘i ko‘p o‘qiydi va biladi, ammo o‘zining “quruq yodlovchi” yoki “o‘ta bilimdon” qilib ko‘rsatmaydi);

2)     noto‘g‘ri qarashlar va ishonch oqibatlari nimalarga olib kelishini ko‘rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib, o‘z hayotini barbod qilgan, o‘z erki, g‘ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning
uchun hayotiy misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin);

3)    5-rasm.soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi tarbiyalanuvchi fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. Masalan, barcha tarbiyalanuvchilar o‘qituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkin).

Hayotiy misol:

1-misol. Nobel mukofoti sovrindori Albert Eynshteyn 4 yoshiga qadar gapira olmagan, kollejda esa uning uchun eng qiyin fan fizika bo‘lgan. Maktabda ham, kollejda ham muntazam ravishda “ikki” baho olgan Eynshteyn o‘zining fizikaga qobiliyati borligiga ishonishda davom

etavergan.

2-misol. Lampochkani ixtiro qilgan olim Tomas Edison bolaligida maktabdan uyiga kelgach onasiga o‘qituvchisi berib yuborgan xat solingan konvertni uzatadi. Onasi xatni o‘qir ekan, ko‘zlaridan yoshlari dumalab tushadi. Yosh Tomas xavotirlanib yig‘ining sababini so‘raydi. Onasi xotirjamlik bilan javob beradi:

- Sening kuchli qobiliyating bor ekan. Mana eshit. “O‘g‘lingiz o‘ta iqtidorli, maktab unga va uning qobiliyatiga torlik qildi. Shuning uchun o‘g‘lingiz uyida ta'lim ola qolsin!” Shunday qilib Edison o‘z uyida onasidan tarbiya ola boshlaydi. Oradan ko‘p yillar o‘tib, lampochkani ixtiro qiladi. Olim onasining vafotidan so‘ng shkafdan konvert topib oladi. Ancha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, o‘sha xatni taniydi. Bu bolaligida maktabdan kelgan xat edi. Edison xatni o‘qiydi. Unda shunday yozilgan edi:

“O‘g‘lingiz o‘ta beaql va qobiliyatsiz bola.

Ertadan boshlab qaytib maktabga kelmasin!”.

5-rasm.Samarasi: Ishontirish jarayonida bolalarda yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o‘quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me'yor (mezon) bo‘lib xizmat qiladi.

Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-atvor me'yorlari tizimi bo‘lib qolmay, balki ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki noto‘g‘ri fikrlar o‘zgaradi.

Keyingi holatlarda davomiyligi: Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun tarbiyachi (o‘qituvchi) quyidagi uch yo‘nalishda ish olib borishi kerak:

1.       Bola tarbiyasida muntazam sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirish.

2.       Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish.

3.      


Soxta ishonchni asoslar bilan inkor qilish

ADABIYOTLAR:

1.                       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ‘'Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi 365- sonli qarori.-Toshkent, 2017- yil 25-avgust

2.                       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20162- yil 5- iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish,ayollarning sog'ligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustivor yo'nalashlarini amalga oshirishning maqsadli dasturini takomillashtirish to'g'risida”gi 242- sonli qarorlari.-Toshkent, 20162- yil 5-iyul

3.                     Abdullaeva Sh.A. Oilada sanogen tafakkurni rivojlantirish.- Toshkent:Kamalak, 2018.-98 bet

4.                     Munavvarov A. Pedagogika.-Toshkent: O‘qituvchi, 2009.-56-bet.

Elektron-axborot resurslari:

www. tdpu. uz

www. pedagog. uz

     www. Ziyonet. uz

     www. edu. uz

     tdpu.Intranet. Ped


3-        BO‘LIM.

DIDAKTIKA - TA'LIM

NAZARIYASI. ZAMONAVIY

TA'LIM PARADIGMASI


7-                §. DIDAKTIKA - TA'LIM NAZARIYASI. O‘QITIS'H JARAYONI
YAXLIT TIZIM SIFATIDA

REJA:

1.     Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida

2.     Zamonaviy ta'lim paradigmalari

3.     O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari

4.     Ta'lim tamoyillari

Tayanch tushunchalar: didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta'lim paradigmalari, ta'lim qoninuyatlari, ta'lim tamoyillari.

Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta'lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o‘sishini ta'minlovchi omillar ham aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir.

Didaktika- (yunon tilida: «didaske»-”o‘qitaman, o‘rgataman”) pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta'lim nazariyasi» ma'nosini anglatadi.

C                                                   :         i

Didaktika - ta'lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va
vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta'lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.

4_____________________________________________________________________ /

Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida u fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy sohani tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida 152


«Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o‘rgatish san'ati» deb tushuntirdi.

(                                                           '■                                                         л

«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta'lim

san'ati» (1613-yil) deb nomlangan ma'ruzasida qo'llanilgan.

к___________________________________________________________ /

O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va o‘quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e'tibor qarataylik. Ta'limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo‘yadi.

Bularning barchasi o‘qituvchining ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o‘quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. O‘qituvchining faoliyati o‘quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o‘quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O‘quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta'lim jarayonini tashxis qiladi. O‘z navbatida o‘quvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo‘naltiradi. Ta'lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati ko‘p qirrali yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.

(                                                               '■                                                     л

Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos

Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan.

к___________________________________________________________ )

Didaktikada ta'limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta'limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.

Didaktika «nimaga o‘qitish?», «nimani o‘qitish?» «qanday o‘qitish?» «qayerda o‘qitish» kabi
savollarga javob izlaydi.

к___________________________________________________________________________ )

Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o‘zaro bog‘liqlikda joylashadi.

Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni o‘qtishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.

( \ Didaktikaning ob'yekti - o'sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta'lim berishdir.

\__________________________________________________________ J

/ \ Didaktikaning predmeti sifatida o'rgatish (o'qituvchi faoliyati) va o'rganish (o'quvchilarning bilish faoliyati), ularning o'zaro harakati aks etadi.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o‘rgatish, o‘rganish, o‘qitish, ta'lim, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.

I_____________________________________________________________________________ )

O‘rgatish - o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.

O‘rganish - anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi.

O‘qitish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakati.

Ta'lim - o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.

Bilim - ma'lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘oyalari yig‘indisi;

Ko ‘nikma - egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash.

Malaka - avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko‘nikmaning takomillashgan darajasi.

Kompetensiya - gallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati.

Maqsad - o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi.

Mazmun - o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.

Tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon.

Shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig‘i, mazmuni uchun qobiq.

Metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li.

Vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obekt.

Natija - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.

Zamonaviy ta'lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zining o‘zi keng ma'noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.

/ ~ >

Paradigma - aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya.

\____________________________________________________________ )

Ta'limning yangi paradigmasining paydo bo‘lishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o‘rin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari - har bir alohida inson hayotining o‘ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e'tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o‘z-o‘zini realizatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e'tirof etib, insonning o‘z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o‘zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo‘yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko‘radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni o‘rnatish jarayonida sodir bo‘ladi.

Asosida ta'limga yangicha yondashuv yotadigan g‘oyalarning rivojlanishida psixologlar ham muhim hissa qo‘shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta'limot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar, shular jumlasidandir.

Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta'limiy, tarbiyaviy), ta'limning bosh maqsadi - madaniyatga yondashuvga, o‘quv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga, pedagog va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro ta'sir etish tavsifiga ko‘ra paradigmalar farqlanadi.

Ta'limning keng tarqalgan beshta paradigmasi mavjud: an'anaviy (bilimga yo‘naltirilgan paradigma); fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulq- atvorga doir); texnokratik; ezoterik.

\.____________________________________________________________ J

An'anaviy (bilimga yo‘naltirilgan) paradigma. Bilimga yo‘naltirilgan paradigmada ta'limning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun ta'lim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining ko‘proq mavjud unsurlari - ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, ko‘nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va saqlashda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash vaqtida sinovdan o‘tuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta'minlashga asoslanadi.

Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an'anaviy paradigmaga qarama-qarshi o‘laroq, o‘zining diqqat markazida mazmunni emas, o‘quvchilarning turli turdagi bilimlarni o‘zlashtirishining samarali usullarini qo‘yadi. Ratsionalistik ta'lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Ta'lim muassasasining maqsadi - ta'lim oluvchilarda ijtimoiy me'yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq- atvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi «barcha turdagi reaksiyalar, insoniy xususiyatlar - uning fikrlashi, his-tuyg‘usi va harakati»ni bildiradi.

Mazkur paradigma ta'lim muassasasiga ta'lim oluvchilarning maqbul xulq- atvorini shakllantirish maqsadida bilimlarni o‘zlashtirish yo‘li sifatida qaraydi, ya'ni har qanday ta'lim muassasasi - bu yashash muhitiga moslashtirishning ta'limiy mexanizmi. Bunday o‘qitishning asosiy metodlariga o‘rgatish, trening, test nazorati, individual o‘qitish, korrektsiyalash kiradi.

Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida o‘z- o‘zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo‘lgan, hayot subekti, shaxs erkinligi va ma'naviyati sifatidagi ta'lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo muloqot, ijod, dialog, shaxs o‘sishi uchun yordamga yo‘naltirilgan. Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta'limning xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida bolalikka qadriyatli munosabat, ya'ni ta'lim muassasasining bosh vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini e'tirof etish yagona yo‘nalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir ta'lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta'lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik paradigmasi ham o‘qituvchi, ham o‘quvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi.

Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga asoslanuvchi paradigmasi quyidagi mezonlarga tayanadi:

-           ta'limning ijtimoiylashuvi - o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular tomonidan nisbatan o‘zlashtiriladigan bilimlar majmuasining pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini ta'minlash, o‘qituvchilarda umuminsoniy, umummadaniy qadriyatlar mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarga asoslangan ijtimoiy tafakkurni shakllantirish;

-           milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lish;

-           ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol g‘oyalariga asoslanish;

-           shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda mustaqil ta'lim olishga bo‘lgan layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish;

-           o‘qituvchilarning kasbiy jihatdan shakllantirish jarayonida o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga erishish;

-           ta'lim jarayonida o‘quv dasturlarining talabalar qobiliyati hamda qiziqishlariga ko‘ra tanlab olinishi borasidagi imkoniyatning mavjudligi;

-           pedagogik ta'limning fundamental xususiyat kasb etishi, ya'ni, o‘quvchilar tomonidan o‘zgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji asosini ta'minlovchi invariant bilimlarning o‘zlashtirilishiga erishish;

-           mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi hamda doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi ehtiyojlarga to‘laqonli javob bera oladigan ta'limni shakllantirish shu asosda kasbiy moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash;

-           ta'limning uzluksizligi, ta'limning har bir jarayon bosqichining natijalanishini ta'minlovchi kasbiy ta'lim (kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash) dasturlarining tizimining yaratish va rivojlantirish, muayyan dasturni ta'limning u yoki bu bosqichida o‘qitilishi yoki o‘qishni boshqa tipdagi o‘quv muassasida davom ettira olish imkoniyatini bera olishi;

-           ta'limning ekvivalentligi, ya'ni uning davlat ta'lim standarti, milliy madaniyati va mentalitet, shuningdek, xalqaro me'yorlarga muvofiq darajasi.

Ilmiy-texnik, texnokratik        paradigmaning    bosh maqsadi amaliy

takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim - kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o‘zini o‘zicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (o‘rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida o‘quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha - yo‘q», «biladi - bilmaydi», «tarbiyali - tarbiyasiz», «egallagan - egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma'lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi.

Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta'limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli», «yashirin» ma'nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funksiyasi ta'lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.

O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.

O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.

O‘qitish jarayonining ta'limiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va

amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta'lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.

Ta'lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.

O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta'lim jarayonida shaxsning ma'naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta'limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta'lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.

O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy, intellektual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, obektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirish malakasini rivojlantirishga erishiladi.

O‘qitish jarayonining bosqichlari. O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak.

O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat:

1)      o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;

2)      uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;

3)      bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi;

4)      hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish).

Har bir bosqich uchun o‘quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o‘qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi.

O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi.

O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish. O‘rganilayotgan obekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta'minlovchi, asta-sekin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib toptirishdir.

Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalarnining hosil bo‘lishi. O‘quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o‘zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi.

Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olish (kompetentsiyalarni shakllantirish). Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash jarayoni ta'limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish.

O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, fan, san'at, o‘yin, sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini bilish bilan bog‘langan. O‘qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida turidir. Bu jarayonning mohiyati - bilim, ko‘nikma malaka va kompetentsiyalarni hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.

O‘rgatuvchilik faoliyati yoki o‘qitish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi va ularni mashg‘ulotlar uchun uyushtirishda, ularning diqqati, tafakkuri, hatti-harakati va hokazolariga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning faoliyatini tobora murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo‘yib borishda, ularni tekshirib borish kabilarda o‘z ifodasini topadi.

O‘quv faoliyati yoki o‘qish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib, o‘quvchilarning intellektual, irodaviy va jismoniy kuch- g‘ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi. O‘qituvchining oqilona biror maqsadga qaratilgan rahbarligi va o‘quvchilarning esa faol ongli ishtirokisiz, ta'lim jarayonida ijobiy natijalar bo‘lishi mumkin emas. Ta'lim jarayonining bu ikki tomoni (o‘qitish va o‘qish) bir maqsad: ta'limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda o‘quv materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir.

O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma'lumki, bilish faoliyatining subekti o‘quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy-pedagogik asoslarga ega ta'lim markazida uning shaxsi, ongi, ham o‘rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: o‘quvchilar va uning ta'lim olishini tashkil etuvchi va yo‘naltiruvchi o‘qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan.

Ta'limda o‘quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o‘quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar o‘quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya'ni o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo‘lgan faol munosabati uchun harakterlidir. Shu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin.

O‘quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. O‘quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o‘quvchi jalb etilayotgan ta'lim jarayoni turlicha kechishi; subekt (o‘quvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteri - uning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta'sir etadi.

O‘quvchining bilishi xuddi yetuk ilmiy bilish yo‘li kabi haqiqat o‘qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlarni o‘rganish ularning tarixiy yo‘lini o‘zlashtirish yordamida kechadi.

Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat subektining atrof-muhit bilan o‘zaro ta'siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta aloqasidir. O‘quvchilarning ta'lim muassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas va o‘quvchining o‘zi hamma vaqt ham his etmaydi - javobi uchun yomon baho olgan o‘quvchining xafa bo‘lib, «men o‘qidim, o‘rgandim! Adolatdan emas» degan fikrni qat'iy takrorlashi bejiz emas.

Bilishga qiziqish o‘qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o‘z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko‘maklashadi.

O‘quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o‘ziga xos uzoq yo‘liga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘quv-harakatlari ta'sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto o‘qishning yetakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma'naviy boyishiga ko‘maklashuvchi umumiy yo‘nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o‘quv va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta'sir etadi.

Ma'lumki, o‘quv jarayoni modeli o‘zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchi faoliyati hamda o‘qituvchi va ta'lim oluvchilarning jadal o‘zaro faoliyati. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro harakatini konstruktiv pedagogika nuqtai nazaridan qator belgilariga ko‘ra tasnif etish mumkin: yo‘nalganligiga ko‘ra (qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz); axborot jarayonining turiga ko‘ra (o‘zaro harakatni tashkil etishda axborot jarayonining yo‘nalganlik darajasi); boshqarish va axborotlarni uzatish vositalari turiga ko‘ra.

O‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli, o‘quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai nazardan qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha yondashish zarur: o‘quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o‘zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo‘tadillashgan bosqichga o‘tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o‘quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o‘quvchining subektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik.

Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko‘rsatkichi sifatida mo‘tadillik, ishtiyoq, o‘rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo‘lishi, nostandart o‘quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o‘quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik va boshqalarni aytib o‘tish mumkin (4-rasm).

O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo‘lishi - bu rivojlanib boruvchi, o‘zgaruvchan jarayon. O‘qituvchi yordamida o‘quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka, undan faol ijrochilikka o‘tib boradi. Ko‘p jihatdan o‘quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko‘tarilishi yoki ko‘tarilmasdan qolishi o‘qituvchiga bog‘liq.

7-rasm. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘rsatkichlari

Didaktlarning ishlarida shu narsa yaqqol ko‘rinadiki, o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabat subekt-subekt tavsifiga ega bo‘lishi zarur. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim - bu keng tarzda sotsiumning bo‘lajak a'zosini umumiy mehnat, hamkorlikka o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan birgalikdagi faoliyat.

Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta'lim jarayonini ko‘rib chiqish asosida o‘quvchilarning rollar orqali namoyon bo‘lishi quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:

      o‘quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi;

      guruhli faoliyatning ishtirokchisi;

      namuna bo‘yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so‘ng faoliyat egasi;

      faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi;

      o‘z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o‘z-o‘zining faoliyati egasi.

Ta'lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta'lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.

Ta'limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:

ta'limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda aniqlashtiriladi;

ta'lim mazmunini belgilashda ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati; o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi;

ta'limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliy- pedagogik ta'sir ko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqtiga bog‘liq;

ta'lim metodlari samaradorligi ta'lim maqsadiga; o‘quvchilarning yoshi, ta'lim olish imkoniyatlariga; ta'lim muassasasining moddiy-texnik ta'minotiga bog‘liq;

ta'limni boshqarish samaradorligi ta'lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta'sir ko‘rsatishning asoslanganligiga bog‘liq;

ta'limda rag‘batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liq.

Shuningdek, pedagogikada ta'limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud: gnoseologik: ta'lim natijalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘nikmalariga; ta'lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq;

psixologik: ta'lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o‘ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog‘liq;

kibernetik: ta'lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to‘g‘ri olib borilishiga; ta'lim sifati o‘quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog‘liq;

sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo‘ladigan individlarning rivojlanishiga; ta'lim samaradorligi «intellektual muhit»ning mavjud holatiga, o‘zaro bir-biriga o‘rgatishning jadalligiga; o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog‘liq;

tashkiliy: ta'lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o‘zining o‘quv majburiyatlariga munosabatiga; o‘quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o‘quvchilarning aqliy faolligini oshirish o‘quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg‘ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog‘liq.

Ta'lim tamoyillari. Ta'lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi.

Ta'lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta'limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari.

Ta'limni insonparvarlashtirish - uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta'minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirishdir.

Shaxsning rivojlanishi va o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta'limning insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish, uning bilish bilan qo‘shiluvi va madaniyatni o‘zlashtirishi hamma-hammasi so‘nggi yillarda sezilarli shakllandi. Mazkur yo‘nalishda so‘nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat'iy belgilash, ularga qattiq ta'sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega bo‘lmagan qarashlardan voz kechish yordamida ko‘plab innovatsiyalar yo‘naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qarama - qarshi o‘laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilishga yo‘naltirilgan, unda mustaqillikni shakllantiruvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida insonparvar, ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish qoidalaridan foydalanish, «ta'limni insonparvarlashtirish», ya'ni insonparvarlik tamoyili yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta'lim esa, shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim deb nomlanadi.

Ta'limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta'lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. O‘quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo‘lishini ta'minlaydi. Umuman olganda, ta'lim jarayoni bolaning rivojlanishi, ya'ni tabiati bilan uyg‘un bo‘lishi lozim.

Ta'limning madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyili. Ta'limni azaldan mazmuni inson ongida nafaqat olam manzarasini, balki insondagi rivojlanish, yuksaklikka harakat va o‘sish holatida bo‘lgan o‘zining shaxs sifatidagi qiyofasini shakllantirishdan iborat. Ta'lim butun umr davom etadi va ta'lim olish chegaralanmaydi. U insonga o‘z dunyosi va boshqa madaniyatlarni anglash, mazkur madaniyat vakillari fikrini eshita olish, ularni qadrlash, ularning dunyosini tushunish, o‘zining shaxsiy fikriga tayanish, o‘zining bu yorug‘ olamdagi mavjudligini anglash va o‘zining hayotdagi, madaniyatdagi o‘rnini aniqlash imkonini beradi. Ta'limning bugungi kundagi ma'no-mantig‘i ham ana shundadir.

Ta'lim o‘zini madaniyatlar dunyosida faraz qilish orqali insonda olam manzarasini yaratish, insonning tabiat, boshqa odamlarga, jamiyat, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlar tizimini shakllantirish sifatida qaraladi. Inson o‘zining ongi, irodasi, his-tuyg‘usi, bilish imkoniyatlari orqali madaniy qadriyatlarni o‘zlashtiradi, buning natijasida individual ijodiylik shakllanadi. Bunday individualllikning namoyon bo‘lishining o‘ziyoq nafaqat madaniyatning merosiyligi, iste'mol qilinishi, balki rivojlanishini ham anglatadi. Bunday tushunish pedagogikadagi yangi paradigma - shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim asosini tashkil etuvchi jamiyatdagi yangicha qadriyatlar - shaxsning o‘zini-o‘zini rivojlantirishi, o‘ziga-o‘ziga ta'lim berish va o‘zini-o‘zi loyihalashning namoyon bo‘lishini aks ettiruvchi madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyilini shakllanishiga olib keladi.

Ta'limning ilmiylik tamoyili - o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri shart-sharoit yaratish maqsadi uchun zarur ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyil ta'lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta'lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta'lim mazmuni o‘quvchilarni obektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi.

Ta'limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyilining ahamiyati shundaki, umuiy o‘rta ta'lim maktablaridayoq o‘quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o‘tadilar. Mazkur holat an'anaviy didaktikada ta'limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili sifatida ifoda etiladi. O‘qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to‘liq va chuqur bo‘lishini ko‘zda tutadi. U yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko‘rinishda bo‘lishi, bilimlarini doimiy ravishda to‘ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslanganlik bilan tavsiflanadi. Fundamental bilimlar aniq bilimlarga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko‘proq uning fikrlash layoqatiga bog‘liq bo‘ladi. Ta'limning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan o‘zaro nisbatda bo‘lishni talab etadi.

Ta'lim va tarbiyaning uyg‘unligi tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta'lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta'lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o‘quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq.

Ta'limning tizimliligi va izchillik tamoyili bayon qilinayotgan o‘quv materialini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarni to‘ldirishga xizmat qilishini, o‘quvchilarning uzluksiz va tizimli sur'atda mustaqil ish olib borishlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi.

Izchillik ta'lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan subektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.

Izchillik ta'lim jarayonining ma'lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal etib bo‘lmaydi.

Tizimlilik va ketma-ketlik u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtirish sur'ati, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi. Ta'limning tizimliligi va ketma-ketligi ma'lum fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o‘rtasidagi qarama- qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bog‘liqlikni ta'minlash evaziga namoyon bo‘ladi.

Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: o‘quv motivlari, o‘quvchilarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi tomonidan qo‘llanuvchi ta'lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O‘quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.

Ta'limda ko‘rsatmalilik tamoyili o‘qitish jarayoni sifatini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ya.A.Komenskiy uni didaktikaning «oltin qoidasi» deb atagan. Unga binoan ta'limda inson sezgi orgalaridan foydalanish kerak. «Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan ta'limga intilishimiz kerak - deb ta'kidlaydi u - agarda qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan o‘rganilsin».

Tajribalar asosida o‘rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon mohiyatini hikoya qilib berish o‘zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan, axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15%, ko‘rib qabul qilish esa - 25%ni tashkil etadi. Ta'lim jarayonida, ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida ma'lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 % gacha ortadi.

Ko‘rgazmalilikdan o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: yangi materialni o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda o‘quvchilarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tekshirish va baholashda.

Ta'limning o‘quvchilarga mos bo‘lish tamoyili deganda o‘quv materiallarining mazmuni uning hajmi, xarakteri, u yoki bu sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojiga, umumiy tayyorgarligiga - saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo‘lishi tushuniladi.

Yoshiga muvofiq yondashish o‘quvchilarning psixik xususiyatlari, shaxsiy rivojlanganlik darajasi, ma'naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini baholay olishni nazarda tutadi. Agarda qo‘yilayotgan talablar yoki ta'limning tashkiliy tuzilishi o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o‘quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish o‘quvchilarning murakkab ichki dunyosini o‘rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo‘ladigan ko‘p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi.

Ta'limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, ya'ni o‘quvchilar tomonidan tizimli va ongli o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o‘z turmush faoliyatlarida qo‘lay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.

Ta'limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an'anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g‘oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat.

Ta'limning tushunarliligi tamoyili o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog‘lig‘iga yomon ta'sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta'limning tushunarli bo‘lishi o‘quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o‘qishning mazmunini to‘g‘ri aniqlash demakdir, ya'ni, har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quvchilar egallab olishi zarur bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari hajmini to‘g‘ri aniqlashdir. Bu tamoyil o‘quv jarayonining o‘quvchilarda qiyinchiliklarni yengish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg‘usini yuzaga keltirishga yo‘naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko‘zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o‘quv masalalarini yechishdagi ishonchsizlikni yo‘qotishga yordam beradi.

MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR:

1.       Didaktika nimani o‘rganadi? Mazkur sohaning obekti va predmetini izohlang.

2.       Didaktikaning asosiy kategoriyalarini sanab bering.

3.       Zamonaviy ta'lim paradigmalariga nimalar kiradi?

4.       O‘qitish jarayonining asosiy vazifalariga izoh bering.

5.       O‘qitish jarayonining bosqichlariga ta'rib bering.

6.       O‘quvchilarning bilish faoliyatining tuzilishi va o‘ziga xosliklarini izohlang.

7.       Ta'lim qonuniyatlari deganda nimani tushunasiz?

8.       Ta'limning qanday umumiy qonuniyatlari mavjud?

9.       Ta'limning xususiy qonuniyatlariga nimalar kiradi?

10.       Ta'lim tamoyillari deb nimaga aytiladi?

11.       Ta'limning mazmunga doir tamoyillariga nimalar kiradi?

12.       Ta'limning tashkiliy-metodik tamoyillariga izoh bering.

 

ADABIYOTLAR:

      Abdullaeva Sh.A. Pedagogika.-Toshkent:Fan, 2011.-178b.

      Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

      Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat / S.A.Madiyarova va b. - Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.

      Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. - Toshkent: Pedagog, 2004.

      Tolipov O‘., Ro‘zieva D.I. Pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Me'ros, 2015.­188b.

      Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Fan, 2000.


8-                §. TA'LIM MAZMUNI. DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI

REJA:

1.       Ta'lim mazmuni tushunchasi

2.       Ta'llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari

3.       Ta'lim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar

Tayanch tushunchalar: ta'lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta'lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari, o‘quv-metodik majmua.

Ta'lim mazmuni tushunchasi. Ta'lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi.

Ta'lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1)       jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;

2)       jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma;

3)       ta'limninq maqsad va vazifalari;

4)       innovatsion rivojlanish darajasi;

5)       axborotlarning hajmi va ko‘lami;

6)       o‘quvchilarning yosh xususiyatlari.

/ \

Ta'lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.

Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta'lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta'lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta'lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma'lumotlar o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta'limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqyelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta'limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma'nosi yo‘qoladi.

Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta'limda yangicha, ya'ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta'lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta'lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ta'kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta'limga doir muammolarni tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda.

Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta'lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.

Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta'limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqyelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta'limning an'anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.

( ■ >

Kompetentsiyaviy yondashuvda ta'limning an'anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi.

\_________________________________________________________ J

Umumiy o‘rta ta'limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta'limdan farqli ravishda «umumta'limiy kompetensiya» tushunchasini ta'lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta'lim maktabi o‘quvchisi hali ma'lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.


«Kompetensiya» - muayyan muammo va masala, hodisa borasida shaxsning bilim, tajriba, mutasaddilikka ega bo‘lishi va ularni hal qilishga yetadigan salohiyati tushuniladi[ ] [25].

“Kompetentlik”- voqyea-hodisalar, masalalar yechimi to‘g‘risida xabardor bo‘lish, muayyan nufuzga ega bo‘lishni o‘zida ifoda etadi[26].

Ilmiy tadqiqotlarda kompetensiya pedagogik hodisa sifatida XX asrning 70 yillaridan e'tiboran tadqiq etila boshlandi.

Pedagogik kompetentlik - yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi va kasbiy faoliyatidagi individuallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi.

Umumta'limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqyelikning aniq belgilangan obektlariga munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma'no-mazmun) yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta'limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir.

O‘qituvchining didaktik kompetensiyasi - zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompetensiya asosini tashkil yetadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

-O‘qitish muhitini yaratish;

-Mavzu mazmunini yoritishni rejalashtirish;

-O‘quv jarayonini boshqarish;

-O‘quvchilarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash;

-O‘quvchilarga motivatsiya berish va yordam ko‘rsatish;

-O‘quvchilar bilimini rivojlantirish.

O‘quvchi uchun kompetensiya - bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq mo‘ljal (orientir). Biroq maktab ta'limi davrida o‘quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta'limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni Davlat ta'lim standarti talablari asosida tashkil etiladi va uning bajarilishi yuqorida ko‘rsatilgan barcha muassasalar uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori, “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori asosida tuzilgan DTSda ko‘rsatilishicha umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta'lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:

bilim — o‘rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;

kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.

Umumta'limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta'minlay olishini e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, maktab ta'limi davrida o‘quvchi eng asosiy - fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta'limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur.

O‘zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta'lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

Shuningdek, har bir umumta'lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

Ta'llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. Ta'lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:

Ta'lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili. Bu tamoyil ta'lim mazmuniga an'anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.

Ta'lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta'lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko‘zda tutadi. Bu umumiy o‘rta ta'lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim etish va o‘zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.

Ta'lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta'lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, o‘quv materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi shaxsi kabi komponentlarining o‘zaro mosligini ko‘zda tutadi.

Ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili . Bu tamoyil birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun insonparvar g‘oyalar umumiy ta'lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga yo‘nalganlik tashkil etishi zarur.

Ta'lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili ta'limni insonparvarlashtirishdagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon beradi. U ijtimoiy- gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.

Ta'lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta'lim mazmunini o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.

Ta'lim mazmunining muntazamliligi tamoyili. Ushbu tamoyil o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni yagona tizimdagi o‘rni, umumiy o‘rta ta'lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi.

Ta'lim mazmunining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta'lim mazmunini loyihalashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Ma'lum bir yosh davriga mos bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta'lim mazmunida aks ettiriladi.

Ta'lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:

ta'lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish;

ta'lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi;

ta'lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi;

ta'lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;

ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;

ta'lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olish.

Ta'lim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar. Ta'lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me'yoriy hujjat Davlat ta'lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari uning tarkibiy qismiga kiradi.

«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me'yor», «namuna», «andoza», «model» ma'nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta'lim muassasalarida ta'limning barqarorlik darajasini ta'minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.

Davlat ta'lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:

umumiy o‘rta ta'lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish;

o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

ta'lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta'lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

davlat ta'lim standartlari talablarining ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.

Davlat ta'lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

4______________________________________________________________________ J

Davlat ta'lim standarti quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; umumiy o‘rta ta'lim mazmunining insonparvarligi;

davlat ta'lim standartining ta'lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;

umumiy o‘rta ta'limning boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi;

umumiy o‘rta ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;

umumiy o‘rta ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;

o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta'minlanganligi;

rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.

Davlat ta'lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

umumiy o‘rta ta'limning tayanch o‘quv rejasi;

umumiy o‘rta ta'limning o‘quv dasturi;

umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari;

baholash tizimi.

Umumiy o‘rta ta'limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. с     :

Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

к___________________________________________________________ /

Tayanch o‘quv reja umumta'lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta'lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.

Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma'lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

( \

Umumiy o‘rta ta'limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.

\1>

O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta'lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat.

Umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari quyidagilardan tashkil topadi: bilim - o‘rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma - o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka - o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma

va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.

Baholash tizimi - davlat ta'lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta'limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta'lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.

Ta'lim mazmuni va o‘quv dasturlari asosida o‘quv materiallari o‘quv-metodik majmuada o‘z ifodasini topadi.

/ \

O‘quv-metodik majmua - darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.

\__________________________________________________________________________ /

Darslik - davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta'lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma'lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.

Darslik o‘quvchilarning ta'lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlarini ta'minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo‘lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:

motivatsion vazifa - bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;

axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;

nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi - ta'lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.

muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta'limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;

rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o‘quvchilarga ma'naviy-axloqiy ta'sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;

o‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.

Mashq daftari - darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita.

O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma - darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.

Darsliklarning multimediali ilovalari - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta'lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta'lim resursi.

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1.       Ta'lim mazmuni deb nimaga aytiladi?

2.       Ta'lim mazmunini belgilashga doir qanday yondashuvlar mavjud?

3.       Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nima tushiniladi?

4.       Ta'lim mazmunini loyihalash tamoyillariga izoh bering.

5.       Ta'lim mazmunini loyihalashda qanday mezonlarga asoslanish lozim?

6.       Davlat ta'lim standarti nima va u qanday komponentlardan iborat?

7.       Tayanch o‘quv rejasiga izoh bering.

8.       O‘quv dasturida qanday masalalar o‘z aksini topadi?

9.       O‘quv-metodik majmua nima va u o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi?

 

ADABIYOTLAR:

Abdullaeva Sh.A. Pedagogika.-Toshkent:Fan, 2011.-178b.

Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat / S.A.Madiyarova va b. - Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.

Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. - Toshkent: Pedagog, 2004.

Tolipov O‘., Ro‘zieva D.I. Pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Me'ros, 2015.­188b.

Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Fan, 2000.


9-         §. TA'LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI.

DARS - TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI

REJA:

1.       Ta'limni tashkil etish shakllari

2.       Dars - ta'limni tashkil etishning asosiy shakli

3.       Darsga qo‘yiladigan talablar

Tayanch tushunchalar: tashkil etish, shakl, ta'limni tashkil etish shakli, ta'limni tashkil etish tizimi, dars, darsning turlari, ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllari.

Ta'limni tashkil etish shakllari. Ta'limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma'lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.

Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o‘z ta'sirini o‘tkazadi.

Ayni vaqtda ta'limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:

1)                            individual;

2)                            sinf-dars;

3)                            ma'ruza-seminar.

O‘qitishning eng qadimgi shakli ta'limning individual shakli hisoblanadi. O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba'zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.

 

 

1) o‘quv faoliyati mazmuni, metodi va sur'atini to‘la individualashtirish imkoniyatining mavjudligi;

2) aniq bir masalani hal etishda ta'lim oluvchining har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishi.

1) vaqtning tejamli emasligi;

2) o‘qituvchi ta'sirining cheklanganligi (o‘qituvchining vazifasi o‘quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);

3) boshqa o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashuv jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatadi);

4) jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.

Afzalliklari


Kamchiliklari


 

XVI asrdan boshlab individual o‘qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning o‘rnini ta'limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.

Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta'limi sanaladi. U G‘arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g‘arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qo‘llanilgan va u sinf-dars shaklining asosi bo‘lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jhatdan asoslab berildi va ommalashtirildi. Olim pedagogikaga o‘quv yili, o‘quv kuni, dars, mashg‘ulotlar orasidagi tanaffus, o‘quv ta'tillari kabi tushunchalarni kiritdi.

Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada, bugungi kunda ham keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.

Afzalliklari

Kamchiliklari

1)                    yaxlit        o‘quv-tarbiyaviy

jarayonning tartibli ketishini ta'minlovchi aniq tashkiliy tizim;

2)                jarayonlarning             oddiy

boshqarilishi: muammoning jamoa

1)            tizimning asosan bilimlarni o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun mo‘ljallanganligi;

2)                bo‘sh                o‘zlashtiruvchi

o‘quvchilar uchun qiyinchiliklarning


 

bo‘lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida bolalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati;
3) o‘qituvchining o‘quvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta'sir ko‘rsatishi;
4)	ta'limning emotsionalligi (zero, o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o‘quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yarati- lishi;
5)	bilimsizlikdan bilimlarni o‘zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.
yuzaga kelishi va kuchli o‘zlashtiruvchi	o‘quvchilar
qobiliyatlarining	rivojlanish
sur'atining ortga surilishi;
3) o‘qituvchi uchun o‘qitish mazmuni va o‘qitish sur'atlari hamda metodlari bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi;
4) katta va kichik yoshli o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o‘qitish shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, yevropada Mangeym tizimi).

Yevropa va AQShda XX asr boshida o‘quvchilarning individual, faol, mustaqil o‘quv ishlarini ta'minlashga qaratilgan ko‘plab ta'lim tizimlarining samaradorligi sinab ko‘rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o‘qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan ta'limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba'zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.

XIII asrda birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta'limning ma'ruza- seminar tizimi yuzaga kela boshladi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hyech bir katta o‘zgarishlarga ega emas. Ma'ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta'lim amaliyotida qo‘llaniladi.

Dars - ta'limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Dars ta'limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilariga ega, chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).

Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:

      Aralash (kombinatsion dars).

      Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.

      O‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.

      O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.

      Laboratoriya darslari.

      Amaliy darslar.

Aralash darsning tuzilishi:

a)      tashkiliy qism;

b)      o‘tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);

v) yangi mavzuni bayon qilish;

g) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;

d) o‘quvchilarni baholash;

ye) uy vazifasi.

Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:

a) tashkiliy qism;

b) yangi mavzuni bayon qilish;

v) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;

d) uy vazifasi.

O‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi:

a) tashkiliy qism;

b) o‘rganilgan mavzularga doir savol-javob o‘tkazish;

v) o‘rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish;

g) o‘quvchilarni baholash.

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi:

a) tashkiliy qism;

b) o‘rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);

v) nazorat ishini o‘tkazish;

g) uy vazifasi (o‘rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida).

Laboratoriya darslarining tuzilishi:

a) tashkiliy qism;

b) nazariy materiallarni mustahkamlash;

v) laboratoriya ishini o‘tkazish;

g) o‘quvchilarni baholash;

d) uy vazifasi.

Amaliy darslarning tuzilishi:

a) tashkiliy qism;

b) nazariy materiallarni mustahkamlash;

v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;

g) o‘quvchilarni baholash;

d) uy vazifasi.

Darsga qo‘yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy vazifani hal etishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shuni hisobga olib darsga didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablar qo‘yiladi.

Didaktik (yoki ta'lim)iy talablarga har bir darsning ta'lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakl, metodlar va vositalardan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta'minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta'minlash kabilar kiradi.

Darsga nisbatan qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar o‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, masuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, uquvchanlilik, e'tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e'tiborli munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat.

Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-bilish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollikni shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, «rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish», «o‘zib ketish» darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.

O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi to‘rtta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirish. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni tashxislash bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma'qulini tanlab olish. Loyihalashtirish va rejalashtirish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir.

Ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllari. Ta'limning yordamchi shakllariga to‘garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar kiradi.

Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi - darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste'dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.

Ta'limning yordamchi shakllariga kskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘liq rejani ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak.

O‘quv rejasi turli fakultativ va tanlov bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bog‘liqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlari ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta'lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak.

Maslahat (konsultatsiya - o‘quv suhbati)ga talablar ko‘pincha o‘quvchilarning ma'lum o‘quv materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi savol beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarga o‘quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Konsultatsiya o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e'tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi.

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1.               Hozirgi vaqtda ta'limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan?

2.               Ta'limni tashkil etishning individual tizimiga izoh bering.

3.               Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon bo‘ladi?

4.               Ma'ruza-seminar tizimining o‘ziga xosligini izohlang.

5.               Dars deb nimaga aytiladi?

6.               Darsning qanday turlari mavjud?

7.               Darsga qo‘yiladigan talablarni tushuntirib bering.

8.               O‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rishi qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?

9.               Ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi?

 

ADABIYOTLAR:

1.     Selevko G. K. Sovremennbie obrazovatelnbie texnologii.- M., Narodnoe obrazovanie, 1998g.

2.      Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. -Toshkent: Turon- Iqbol, 2006. -592 b.

3.     Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya . -M., «Logos»,2012.132-186 betlar.

4.     Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet.

10-           §. TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI

REJA:

1.     Metod, usul, texnologiya va metodika haqida tushuncha

2.      Ta'lim metodlari tasnifi

3.     Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni

Tayanch tushunchalar: metod, ta'lim metodi, ta'lim usuli, qoida, interfaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta'limning texnik vositalari.

Metod, usul va texnologiya. Ta'lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta'riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta'kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta'lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.

Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta'rifiga kelishga harakat qilamiz.

Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma'noda - maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.

C                                                                                                                     \

Ta'lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig'indisi tushuniladi.

ч__________________________________________________________ /

Didaktikada, shuningdek, ta'lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta'lim usuli - ta'lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.


Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3- usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.

O‘qituvchilarning ayrimlari esa, «metod» tushunchasining o‘rniga «uslub» tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo «uslub» tushunchasi «metod» atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.

( ■ ■ > Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir.

\___________________________________________________________ J

Ta'lim amaliyotida «pedagogik texnologiya» tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:

Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘qituvchilar, olimlar va izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llaydilar.

Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma'lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, o‘qituvchi darsni har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak.


Hozir ko‘p ta'kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘qitish texnologiyasi yuzaga keladi.

Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma'lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.

Metodika - qat'iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liqlikda qo‘llanilib, ma'lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.

<__________________________________________________________ 7

«Metodika» va «texnologiya» tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim «Qanday o‘qitish?», «Nima uchun o‘qitish?», «Nimaga o‘rgatish?» kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, «Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?» degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e'tiborni qaratadi.

Zamonaviy didaktikada ta'lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Didaktik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta'lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz.

Ta'lim metodlari tasnifi:

An'anaviy (manbasiga ko‘ra) ta'lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)

Og‘zaki

Ko‘rgazmali

Amaliy

Kitob bilan

ishlash

Video-metod


 

Hikoya

Illyustratsiya

Mashq

O‘qish

Ko‘rish,

Suhbat

Demonstratsiya

Amaliy

O‘rganish

O‘rganish,

Tushuntiri

 

Laboratoriy

Reja tuzish

Nazorat qilish

sh

 

a

Konspekt qilish

 

Ma'ruza

 

Didaktik

 

 

Munozara

 

o‘yin

 

 

 

O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta'lim metodlari tasnifi (I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin).

Ta'lim

metodining

nomlanishi

O‘qituvchi faoliyati

O‘quvchi faoliyati

Axboriy-retseptiv

O‘quv axborotini

uzatish, o‘rganilayotgan obyekt bilan o‘quvchi harakatini tashkil etish

Bilimlarni idrok etish, anglash va yodda saqlash

Reproduktiv

Bilimlar hamda aqliy va faoliyat usullarini hosil qilishga doir topshiriqlarni tuzish va taqdim etish

Namuna asosida bilimlarni hamda aqliy va faoliyat usullarini egallash

Muammoli bayon etish

Muammoni qo‘yish va uni hal etish usullarini ochib berish

Topshiriqni idrok etish va uni qismlarga ajratish.

Topshiriq qismlarini mustaqil hal etish va o‘z- o‘zini nazorat qilish

Evristik (qisman- izlanish)

Muammoni qo‘yish va uni hal etishga doir qadamlar ketma-

Qo‘yilgan vazifa bilan bog‘liqlikda muammoni hal etish yo‘llarini


 

 

ketligini rejalatirish.

O‘quvchilar faoliyatini boshqarish

mustaqil izlash va o‘qituvchining qisman ko‘magi yordamida muammoni hal etish

Tadqiqotchilikka

doir

Mustaqil hal etishga doir muammoli vazifalarni shakllantirish. Muammoni hal etilish jarayonini nazorat qilish

Muammoni mustaqil hal

etish

Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta'lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov

 

va B.P.Esipov):

      Yangi bilimlarni egallash metodlari;

      Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;

      Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari.

Ta'limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).

O‘rgatish metodlari

O‘rganish metodlari

Axboriy-ma'lumotli

Ijro etish (bajarish)

Tushuntirishli

Reproduktiv

Ko ‘ rgazmali-amaliy

Ijodiy-amaliy

T ushuntirishli-undovchi

Qisman izlanishli

Undovchi

Izlanishli

 

Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta'lim metodlari tasnifi (Yu.K.Babanskiy):

      Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.

      O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.

O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.

O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.

Interfaol metodlar va grafik organayzerlar.

O‘rganilayotganlarini o‘zlashtirishga da'vat qilish metodlari

Yangi materialni anglash metodlari

O‘rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi, faollashtiruvchi metodlar

Erkin yozish. Klaster.

Aqliy hujum.

B-B-B chizmasi. Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi.

Semantik xususiyatlar tahlili.

Semantik

xususiyatlar tahlili. B-B-B chizmasi.

O‘qitish bo‘yicha qo‘llanma.

Bir-biriga o‘rgatish.

Bir-biridan so‘rash.

Ikki qismli kundaliklar.

Eng asosiy tushunchalar, takrorlash. T-chizma.

Kontseptual jadval. Venn diagrammasi. Nilufar guli.

Besh minutlik esse. O‘n minutlik esse.

 

Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni.

Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqyealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nutq mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.

Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e'tiborni qaratadi.

Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma'lum, hatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta'lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi)ni bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.

Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta'lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta'minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma'lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.

Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya'ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat_tarzida tashkil etiladi.

Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Ma'ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat'iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma'ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma'ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma'ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.

Ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.

Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.

Namoyish (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma'lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obektlarning subekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.

Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e'tiboriga havola etadi.

Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.

Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.

Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.

Ta'lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta'lim metodlarini tanlashga o‘quv- tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

      Ta'limning umumiy maqsadlari.

      Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.

      Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.

      Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.

      O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.

      O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.

      O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.

      Ta'lim muassasasining moddiy ta'minlanganligi.

O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.

Ta'lim vositalari. Ta'lim metodlari ta'lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta'lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obekt. Ta'lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta'limning barcha vositalari ta'lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. C                          :     >

Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalari, texnik anjomlar tushuniladi.

\__________________________________________ )

Ta'lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma'naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta'lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani o‘qitish» savoliga javob beradi.

An'anaviy ravishda qo‘laniladigan ta'lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.

Didaktik vositalar metodlar singari ta'limiy, tarbiyaviy va rivoj-lantiruvchi funksiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.

Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta'lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi.

Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta'lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Ta'lim vositasini qo‘llashning yana bir jihati albatta ta'lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.

Ta'lim vositasini tanlab olish ta'lim metodini tanlash bilan bog‘liq. Agar ta'limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ta'limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta'limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi.

Ta'limning passiv(sust) metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya'ni hikoya, ma'ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta'limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta'limning ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin.

Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e'tibor berish kerak. Masalan, ko‘rgazmali vositalarning soni yetarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga ta'sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fanga yengil-yelpi qara-shiga olib keladi. Murakkab mavzularni o‘rganishda 4-5 demonstratsiya opti-mal hisoblanadi.

Ta'lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta'lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanili-shidir va hyech qachon bir-birini inkor etmaydi. O‘qituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish uchun ta'limning samarali vositasini tanlab olishdir.

Ta'lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:

-       faoliyat subektiga ko‘ra;

-       faoliyat obektiga ko‘ra;

-       o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra;

-       o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.

Faoliyat subekti bo‘yicha ta'lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi.

O‘qitish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.

O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi.

Didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga ko‘ra, narsalar o‘qituvchi tomonidan ta'limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qo‘llanilsa, ikkinchisi - bu o‘quvchilarning individual vositalari, darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyat turiga ko‘ra sport qurollari, botanika va geografiya maydonchasi, kompyuterlarga ham bo‘linadi.

Faoliyat obektlari bo‘yicha ham ta'lim vositalari ikkiga bo‘linadi:

Material ta'lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o‘quv-texnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin.

Ideal ta'lim vositalari - bular pedagog va o‘quvchilar yangi bilimlarni egallashda qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san'at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar - bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya - abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya - nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish).

Material va ideal vosita bir-birini to‘ldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni uyg‘otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ideal vositalar - mantiqiy muhokama. Materialni tushuntirish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog‘liq.

O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta'lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazorat qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi.

O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta'lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta'lim - kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya - bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).

Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) - haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) - radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko‘rish-eshitish) - ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.

Ta'limning texnik vositalari. TTV - bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli- ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.

C                                    :

Ta'limning texnik vositalari: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; audiovisual, bilimlarni nazorat qilish kabilarga turkumlanadi

Ta'limning texnik vositalari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

      ta'limning sifati va samaradorligini oshiradi;

      o‘quv jarayonining jadallashuvini ta'minlaydi;

      o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;

      o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;

      dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;

      o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta'minlaydi;

      bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta'minlaydi.


MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1.                 Ta'lim metodlari deb nimaga aytiladi?

2.                 «Ta'lim usuli», «pedagogik texnologiya», «metodika» tushunchalariga izoh bering.

3.       Ta'lim metodlari tasnifini izohlang.

4.       Ta'lim metodlarining mazmun-mohiyatini bayon eting.

5.       Ta'lim vositalari deganda nima tushuniladi?

6.       Ta'lim vositalari tasnifini izohlang.

7.       Ta'limning texnik vositalariga nimalar kiradi?

 

ADABIYOTLAR:

1.           Selevko G. K. Sovremennbie obrazovatelnbie texnologii.- M., Narodnoe obrazovanie, 1998g.

2.           Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya . -M., «Logos»,2012.132-186 betlar.

3.           Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet.

4.           Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma - T.: “Iqtisod- Moliya”, 2010.

5.           Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. -Toshkent: Turon- Iqbol, 2006. -592 b.

11-                      §. O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI

AS'HXIS ETIS'H

\

7

 

“O‘qituvchi matonatli sof vijdonli, rostgo‘y, bolani tarbiyalash yo‘llarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. Muallim o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim”

Abu Ali ibn Sino

/

 

\

 

REJA:

1.       Didaktik jarayonni diagnostika qilish

2.       Nazorat turlari va ularni o'tkazish shakllari

3.       Ta'lim sifati monitoringini olib borishdan ko‘zlangan maqsad

Tayanch tushunchalar: tashxis, nazorat, hisobga olish, tekshirish, baholash, baho, ta'lim sifati, monitoring.

Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir.

Diagnostika (yunon tilida «dia»- shaffof, «gnosiss»-bilim degan ma'noni bildiradi)-o‘rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon to‘g‘risida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi [15, 14]. Diagnostikaning ahamiyatini meditsina nuqtai nazaridan qarasak, kasallik belgilari va ularni kelib chiqish sabablari to‘g‘ri aniqlansa, davolanish natijasida bemor tuzalib ketishining kafolati oshadi. Xato diagnoz esa faqat shifokorlarning aqliy harakatini yo‘qqa chiqaribgina qolmay, balki kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin. Tana a'zolari salomatligi to‘g‘risida aytilgan ushbu fikrlar ta'lim sifatini o‘rganishga ham bevosita aloqadordir.

Didaktik va tarbiyaviy jarayonlarda pedagogik diagnostika- pedagogik omillarning samaradorligini oshirish maqsadida shaxsga axloqiy, intellektual, estetik, jismoniy, sotsiologik, ekologik va ijtimoiy -psixologik ta'sir ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ta'lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqlash metodikasini egallash, uni pedagogik amaliyotga tatbiq etish, kasbiy- pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir.

-jadval. Pedagogik diagnostikaning asosiy metodlari va prinsiplari tasnifi va
ularning qisqacha tavsifi

Pedagogik diagnostika metodlari TASNIFI (KLASSIFIKATSIYA)

Pedagogik diagnostika metodlari TAVSIFI (XARAKTERISTIKA)

Pedagogik diagnostika prinsiplari

1

TeSTLAR:

Ana'naviy testlar:

1)Normalarga yo‘naltirilgan (aniqlovchi, yordamchi, alternativ);

2)Normalarga mezonlar bo‘yicha yo‘naltirilgan (tanlov asosida tuzilgan, solishtirish asosida tuzilgan, aralash, tartibni aniqlash va h.k.)

Noan'anaviy testlar:

A)Bashoratlash B)Tashxislovchi

Ana'naviy tushuncha sifatida: Stantdartlashgan topshiriqlar majmui. Noan'anaviy tushuncha sifatida:

tashxislanayotgan pedagogik jarayonlarning ob'ektivligini ta'minlash, qisqa muddat ichida katta hajmdagi axborotni qo‘lga kiritish, validlikka erishish, reprezentativligini ta'minlashga mo‘ljallangan o‘lchov

Validlik (lotin tilida: “validus”- asoslangan)

Frontal (ommaviy), individual, jamoaviy

Qo‘llanilish


 

 

S)Teskari aloqa o‘rnatish

Pedagogik jamoada (individual, guruhli, aralash

 

 

2

KUZATISH

Ma'lum pedagogik voqyea-hodisani ilmiy asoslangan faktlar asosida o‘rganish

 

 

Qo‘llanilish sohasi: individual, guruhli, jamoaviy

Real pedagogik voqyea- hodisani raqamli tizimlar asosida o‘lchash, empirik ma'lumotlarning sifatli xususiyatlarini miqdoriy o‘lcham bilan bog‘liqda o‘zgaruvchanligini o'rganish

SHKALALASH - (ingliz                tilida:

“scaling”-

“masshtabni aniqlash”) o‘lchov birligi)

1)pedagogik

hodisaning      raqamli

tizim asosida tashqi tuzilishini o‘rganuvchi (baholash asosida)

2)pedagogik hodisaning raqamli tizim asosida ichki tuzilishini o‘rganuvchi( qadriyatlar, ustanovkalar asosida aniqlash”) o‘lchov birligi)


 

 

 

 

3)pedagogik

hodisaning      raqamli

tizim asosida tashqi tuzilishini o‘rganuvchi (baholash asosida)

4)pedagogik

hodisaning      raqamli

tizim asosida ichki tuzilishini o‘rganuvchi( qadriyatlar, ustanovkalar aso

1

BASHORAT

(prognoz)

Qo‘llanilish sohasi: pedagogik jamoada (individual, guruhli, aralas)

Ilmiy asoslangan model. Ta'lim-tarbiya jarayonlarining rivojlanish tendensiyalari, istiqbollarini rejalashtirish. Ilmiy asoslangan dalillar asosida kelajakda sodir etilishi mo‘ljallanayotgan istiqboliy rejalarni ilmiy ravishda asoslash, oldindan bilish

xolislik (obektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik)

2

SOLIShTIRISH

(tartib bo‘yicha)

Individual, jamoaviy,

guruhli, aralas

O‘rganilayotgan ob'ekt, predmet, pedagogik hodisalarning borliq, real hayotga mosligini

xolislik (obektivlik), tizimlilik (sistemalilik),


 

 

 

aniqlovchi, ular to‘g‘risida ishonchli nazariy bilimlarga ega bo‘lish. Masalan, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalarning, o‘zlashtirilganligi, shakllanganlik darajasini solishtirish. Yoki ma'naviy-axloqiy sifatlar: vatanparvarlik, insonparvarlik, tolerantlik, kamtarinlik, va boshqalarning shakllanganlik darajasini va h.k.larni aniqlashga mo‘ljallangan metod.

ko‘rgazmalilik

(oshkoralik)

3

 

Qo‘shimcha tashxislash

davrining bir xil pedagogik sharoitida takroriy natijalarning barqarorligini ta'minlashga mo‘ljallangan pedagogik

o‘lchov

ANIQLIK

Guruhli, individual,

jamoaviyh

4

INTERPRETATSIYA

T ashxislanayotgan pedagogik hodisalarni pedagogik g‘oyalar,

xolislik (obektivlik), tizimlilik (sistemalilik),


 

 

(lotin tilida: “interpretation”- talqin qilish tushuntirish)

Qo‘llanilish sohasi: individual, aralash, jamoaviy

nazariyalar, qarashlar asosida o‘rganish, aniqlash (Masalan, kognitiv, geshtalt, aksiologik pedagogik nazariyalar asosida, o‘rganish, talqin qilish, aniqlash).

ko‘rgazmalilik

(oshkoralik)

 

 

T ashxislanayotgan pedagogik hodisalarning muayyan tartib asosida joylashganligini, reytingini, o‘rnini aniqlash, jarayonlar dinamikasini ko‘rsatishga mo‘ljallangan pedagogik o‘lchov

RANJIROVKA

Kombinatsiyalashgan aralash, individual, jamoaviy

 

Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.

Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.

Diagnostika (tashhis) nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma'lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi.

к__________________________________________________________ /

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.

Ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta'lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.

Nazorat (ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.

Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.

O‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak:

Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘in ta'lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli bo‘ladi.

Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o‘rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.

Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi.

Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi - kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi - tizimlashtirish va umumlashtirish.

Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘in ta'lim oluvchilarning ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta'lim olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.

Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi.

O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.

O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak.

Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma'lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o‘qituvchining o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.

O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi.

Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.

Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.

Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.

Ta'lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.

Pedagogikada o‘quvchilarning ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (obektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (obektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat'iy nazar hamma vaqt mos kelishini anglatadi.

Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida - bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak. Tizimlilik barcha ta'lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta'lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta'lim nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta'lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta'lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e'lon qilish, ularni manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tuzatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.

O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat qilishning qo‘yidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat.

Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning har bir o‘quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituvchini har bir o‘quvchining o‘quv faoliyati bo‘yicha tezkor ma'lumotlar bilan ta'minlaydi, o‘qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o‘zlashtirmagan o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlaydi, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilaydi.

Oraliq nazorat - bu o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi dars jadvali asosida darsda o‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o‘tkazadi.

Oraliq nazorat o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq nazorat savollari alohida-alohida shkala asosida baholanadi.

Yakuniy nazorat - choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.

Nazoratning shakli o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:

nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o‘qituvchi o‘quvchilarga materialning ma'lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta'minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o‘quvchilarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi.

nazoratning guruhli shaklida o‘quvchilarning ma'lum bir qismi nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o‘quvchilar ham qatnashishi mumkin.

Guruh ishlayotgan paytda qolgan o‘quvchilar bo‘sh qolmaydi, ular o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi.

nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida, odatda o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.

nazoratning kombinatsiyalangan aralash shakli individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha o‘quvchilardan so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda bir nechta o‘quvchini tekshirish mumkin bo‘ladi.

o‘z-o‘zini nazorat qilish shakli ta'lim jarayonida ichki qayta aloqaning bo‘lishini ta'minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.

с                                                                                                                     л

O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish.

ч__________________________________________________________ /

Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an'anaviy usullaridan biridir.

Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin.

Yozma tekshirish - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma'lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘quvchilarni tekshirishi mumkin. Yozma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant yordamida olib boriladi. Ammo o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi.

Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy- matematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi.

Uy vazifasini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun ulardan uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompe-tentsiyalarini baholash mezonlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetentsiyalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Chunki u o‘quv adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetentsiyalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:

«5» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, ma'lumotlarni tushuntirib bera olsa.

«4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa;

g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.

«3» baho yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.

«2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.

Ta'lim sifati monitoringi. «Monitoring» atamasi ilk maratoba Birlashgan Millatlar tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish arafasida «nazorat» atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlangan.

«Monitoring - inglizcha atama bo‘lib, «uzluksiz kuzatish» degan ma'nosini anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv sohasidagi nisbatan mustaqil bo‘lim sifatida qaraladi hamda ta'lim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi.

Respublikamizda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘qitish sifati monitoring tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Umumiy o‘rta ta'lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki nazorat - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta'lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi; tashqi nazorat - ta'lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta'limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat-jamoatchilik nazorati - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta'limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash - Hukumatning tegishli qarori

hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta'limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi

O‘qituvchilar yoki maktab ma'muriyati, o‘quvchilarning o‘zlari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari o‘quvchilarning bilimlarini o‘quv maqsadlari asosida tekshiradilar. Mazkur yo‘nalish o‘ziga xos bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, baholash bevosita o‘quvchining sinfda amalga oshirilgan ishlari bilan bog‘liq, bunda o‘qituvchi turli metodlardan (masalan og‘zaki so‘rov o‘tkazish, amaliy mashq bajarish, test va h.k.) foydalanib, o‘quvchi tomonidan bajarilgan ishlarga baho qo‘yadi. Baholash jarayoni tizimli ravishda o‘quv choragi va o‘quv yili davomida olib boriladi. Bunday baholashda o‘qituvchilar, maktab monitoring guruhi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi sifati, o‘quv yutuqlariga asosiy me'yor bo‘lgan davlat ta'lim standartlariga taqqoslagan holda individul baho beradilar.

Baholashning ikkinchi turi hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari tomonidan amalga oshiriladigan hududiy o‘qitish sifati monitoringi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar tomonidan davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirish dinamikasini tizimli kuzatiladi, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar va ularning kelib chiqish omillarini aniqlanadi hamda bartaraf etish chora-tadbirlari rej alashtiriladi.

Shu sababli zamonaviy shaxsga, raqobatbardosh mutaxassisga qo‘yilgan talablarning ortib borishi eng avvalo ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralaridagi alohida tuzilmalar tomonidan ta'lim sifati monitoringini tizimli va maqsadli amalga oshirishni talab etadi. Ta'lim muassasalarida monitoring - yaxlit tizimning holati va dinamikasini kompleks kuzatish, tahlil qilish, korrektsiyalash hamda prognozlash jarayoni hisoblanadi.

Baholashning keyingi uchinchi turi - davlat attestatsiyasi va ta'lim muassasalarining akkreditatsiyasi hisoblanadi. Ular davlat tomonidan yoki uning nomidan vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi. Ularda qatnashish huquqiga muayyan talablarga javob beradigan barcha o‘quvchilar ega. Mazkur baholash muayyan ta'lim bosqichi yoki turi tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Ularning asosiy va ijtimoiy jihatdan muhim vazifalari bitiruvchilar va ta'lim muassasalarining davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmalarni bajarish holatini tahlil qilish imkonini beradi.

Umummilliy baholash - barcha o‘quvchilarni yoki ma'lum bir guruhdagi o‘quvchilarni tanlab olish yo‘li bilan muntazam ravishda o‘quvchilar o‘quv yutuqlari darajasini milliy standartlarga nisbatan mosligini baholash hisoblanadi. Mazkur turdagi baholash o‘quv dasturlari asosida olinib, imtihonlardan farq qiladi. Birinchidan, alohida olingan o‘quvchilarning bilim va malakasi darajasi emas, balki tizimning ishlash natijalari o‘lchanadi. Ikkinchidan, milliy baholash natijalari muayyan yoshdagi yoki sinfdagi o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasining «rentgen surati» sifatida foydalaniladi va milliy standartlarning ko‘p muddatda monitoringini olib borishga xizmat qiladi. Tanlash yo‘li bilan o‘tkazilgan umummilliy baholash qisqa muddatlarda va iqtisodiy jihatdan arzonroq o‘tkazish imkoniyatini beradi. Uning natijalari ma'lum o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘quv yutuqlari to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlarni berishi mumkin.

Xalqaro baholashni yaqin 15-20 yilda tashkil etish yo‘lga qo‘yilib, ularda bir necha mamlakatlar o‘quvchilarining o‘quv yutuqlari tanlov yo‘li bilan baholanadi. Bunday keng qamrovli tadqiqotlarning asosiy maqsadi qamrab olingan muayyan yoshdagi (masalan, 13 yoshdagi o‘quvchilar) yoki sinfdagi o‘quvchilarning bir yoki bir necha o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv yutuqlarini baholash va bir qator mamlakatlar kesimida qiyoslashdan iborat. Misol tariqasida matematika va tabiiy fanlardan o‘tkazib kelinayotgan - TIMSS (Trends in International Mathyematis and Siene Study -Xalqaro matematika va tabiiy fanlarning o‘rganishdagi tendensiyalari)ni keltirish mumkin. TIMSS ning birinchi xalqaro tadqiqotida 38 mamlakatning 4-, 8- va umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining bitiruvchilari (11 - va

12-    sinf o‘quvchilari) qamrab olingan. Oxirgi uchinchi tadqiqotida esa 46 mamlakat o‘quvchilari qatnashganlar.

Yana bir o‘quvchilar ta'limiy yutuqlarini xalqaro baholash dasturi - PISA (Programm for International Student Assessment) tadqiqoti hisoblanadi. Bu tadqiqot birinchi marta 2000-yilda o‘tkazilib, unda 32 mamlakatning 15 yoshli o‘quvchilari qatnashgan. PISA da asosiy e'tibor o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishlarini baholashga qaratilgan. Uchinchi xalqaro tadqiqot - PIRLS da turli mamlakatlar boshlang‘ich maktablari bitiruvchilarining matnni o‘qish va uni tushunish darajasi baholanadi.

Mazkur tadqiqotlarning maqsadi - o‘quvchilar yutuqlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni jamlash va ularni xalqaro miqyosda qiyoslash bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra ta'lim siyosati masalalari hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi tafovutlarni yaxshiroq anglab yetishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi. Xalqaro tadqiqotlar nufuzining oshib borishi bugungi dunyoda globallashuv jarayonlari natijasida mustaqil hayotga kirib kelayotgan o‘quvchilarga mehnat bozorida qanday bilim va ko‘nikmalar kerakligi to‘g‘risidagi ijtimoiy buyurtmalarni hamda raqobatbardosh mutaxassislarga qo‘yilgan talablarni kengayib borayotganligidan darak beradi.

Ta'lim sifati monitoringini olib borishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar tomonidan davlat ta'lim standartlari talablarining bajarish dinamikasini tizimli kuzatish, ta'lim sifatiga ta'sir etgan omillarni aniqlash, ta'lim muassasalari, hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining faoliyatini baholab, rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, keyingi holatni bashoratlash natijasida ta'lim sifatini oshirishdan iborat.

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1.     Didaktik tashxis deganda nima tushiniladi?

2.     Tashxislashning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

3.     Nazorat va hisobga olish deb nimaga aytiladi?

4.     Nazoratning qanday vazifalari mavjud?

5.     Tekshirish deb nimaga aytiladi? Tekshirishning qanday bo‘ginlari mavjud?

6.     Baholash deb nimaga aytiladi? Baho deb nimaga aytiladi?

7.     Tashxislashning tamoyillarini izohlang.

8.     Nazoratning turlari, shakl va metodlarini bayon eting,

9.          O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari kompetent-siyalarini baholash mezonlarini tushuntirib bering.

10.                 Ta'lim sifati monitoring qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?

 

ADABIYOTLAR:

              Abdullaeva Sh.A. Pedagogik diagnostika.-Toshkent:Fan, 2015.-246b.

              Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. - Toshkent: Pedagog, 2004.

              Tolipov O‘., Ro‘zieva D.I. Pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Me'ros, 2015.-188b.

Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Fan, 2000.


4-        BO‘LIM.

PEDAGOGIK VA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI.

TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH


12-§. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TURLARI

REJA:

1.     Pedagogik texnologiya mohiyati. Pedagogik texnologiya, metodika, metodlar, shakllar va vositalar

2.     Pedagogik texnologiya turlari

3.     Interfaol metodlarni ta'lim jarayonida qo'llash

4.     Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish

Tayanch tushunchalar: texnologiya, metodika, metod, shakl, vosita, pedagogik texnologiya, innovatsiya, masofaviy ta'lim, interfaollik, kafolatlangan natija.

Pedagogik texnologiya, metodika, metodlar, shakllar va vositalar. Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olimV.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta'riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi[27]. N.F.Talizina esa pedagogik texnologiyani “fan va amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni olg‘a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan”[28] bo‘lishi lozimligini qayd etadi vah.k.

So‘nggi o‘n yilliklar davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta'lim texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma'noni anglatishini aytadi. Bunday yondashuv u qadar to‘g‘ri emas. Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi dastlab G‘arbiy yevropa va AQShda shakllangan. Ularda “Pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste'molda yo‘q. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta'lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma'lumotini oshirish, ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e'tibor ta'lim sifatini yaxshilash, uningsamaradorligini ta'minlashga qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan “Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta'minlashga yo‘naltirilgan ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya'ni, shaxs kamoloti ta'limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Xo‘sh, “metod”,“metodika”,”ta'lim texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya”

tushunchalari bir xil ma'noni anglatadimi? Quyida ana shu xususida so‘z yuritiladi.

Metod tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharhlanishiga

qaramasdan, ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li hisoblanadi.

Masalan, pedagog olima Sh.A. Abdullaeva ta'rificha: Metod (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta'limot, deb tarjima qilinadi.

Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda: muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.

Pedagog-olima D.I. Ro‘zieva: “Metod pedagog va tahsil oluvchi hamkorligida tashkil etilayotgan ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish usuli sanaladi”-deb e'tirof etadi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim -tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi.

Metodika. Metodika - muayyan qarashlar, nazariyalar, metodlar majmuasi bo‘lib, xususiy fanlarni o‘qitish uslubiyati hisoblanadi. Metodikadan foydalanish

mexanizmini bilish ta'lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali

shakl va metodlarini aniqlash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki

amaliy ahamiyati ham beqiyosdir. Metodika shaxsning tabiatga bo‘lgan ta'sirini jamoaviy, maqsadga muvofiq, texnologik o‘zaro ta'sir sifatida namoyon bo‘lishini ifodalaydi.

Z                                                                                                                                                                                            \

Pedagogik texnologiya - tahsil oluvchilar faoliyatini samarali,
muvaffaqiyatli tashkil etishga xizmat qiladi

\_________________________________________________________________________________ )

Ta'lim texnologiyasi tahsil oluvchilar faoliyatini samarali, muvaffaqiyatli tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u talabalarning shaxsiy va pedagog bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

XX asrning 50-yillarida ta'lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta'lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e'tirof etildi, asosiy e'tibor auditoriyanikengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta'lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob'ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi. 60-yillarning boshlarida ta'limni dasturlash asosida ta'lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila boshlandi.

Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasiningshakllanishi uzoq muddatli vaqt oralig‘ida kechdi. Qator mamlakatlar - AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiyada ta'lim texnologiyasi va uning muammolarini tadqiq etishga alohida e'tibor qaratildi. Ta'lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar tuzildi, maxsus jurnallar (“Ta'lim texnologiyasi- 1961 yil, AQSh; 1970 yil, Angliya; 1965 yil, Yaponiya; 1971 yil, Italiya;

“Ta'lim texnologiyasi va dasturli ta'lim” - 1964 yil, Angliya; “Ta'lim texnologiyasi sohasidagi tadqiqotlar” - 1965 yil, Yaponiya) nashr etildi.

Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari faoliyatijarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakatlar bir qator yetakchi tashkilotlar tomonidan olib borildi. Masalan, AXeLS, IReX, JIA, KOIA kabi tashkilotlarning bu boradagi faoliyati o‘zining samaradorligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi. So‘nggi besh yillar davomida yuqorida nomlarikeltirilgan tashkilotlarning ko‘magida respublikaning bir qator yetakchi oliy o‘quv yurtlari qoshida Innovatsion markazlar (Pedagogik texnologiya markazlari) tashkil etildi.

Ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muayyan afzalliklarga ega.

Ta'lim jarayonida an'anaviy (og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy) va noan'anaviy metodlar tasniflanadi.

1. Hikoya

1. Mashq

1. Videometod

1. Munozara

1. Didaktik o‘yinlar

1. Laboratoriya metodi

1. Suhbat

1. Tushuntirish

1. Ma'ruza

1. Kitob bilan ishlash

1. Illyustratsiya

1. Namoyish va h.k.

Ta'lim jarayonida noan'anaviy, interfaol metodlardan foydalanilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, uning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yuqori darajadagi bilimga ega, ma'naviy boy, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir.

Pedagogik texnologiya turlari. Pedagogik jarayonning umumiy mohiyati quyidagi pedagogik texnologiyalarni ajratishga imkon beradi (-rasm):

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TURLARI

 

 

 

Ta'lim jaryonlarini rivojlantirish bilan birgalikda xozirgi kun talablari oldida turgan dolzarb masala - kelgusidagi kasb egalarini, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion faoliyatga tayyorlash, yosh avlodni ma'naviy tarbiyalash, intellektual jihatdan rivojlantirishda samaradorlikka erishishdir. Zero, faqat barkamol shaxsgina o‘zining intelektual, ma'naviy imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shu ma'noda mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni qiyosiy-tahliliy o‘rganish, amaliy tajribalarini tanqidiy mushohada qilish asosida umumlashtirish, bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, uning istiqbol strategiyasini aniqlash imkonini beradi.


Innovatsion faoliyat - bu yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining mavjud me'yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir[29]»,-deb ta'kidlaydi M.Ochilov. Innovatsion faoliyat - amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy - madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u ma'lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega.

Innovatsiya (ing. “innoveyshn” — yangilik kiritish) — tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish, deb ta'riflanadi. Innovatsiya — amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy — madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimidir. Bu g‘oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo‘lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas.

Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi, shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Innovatsiya — ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma'lum bo‘lgan oxirgi natijadir.

Zamonaviy ta'lim va tarbiya jarayoni - o‘qituvchi shaxsining innovatsion maqsadga yo‘naltirilganligi, o‘z faoliyatini tashkil qilishning innovatsion shakl, usul, vosita va metodlarini egallaganligi, ta'lim mazmuniga mos ravishda innovatsion pedagogik faoliyatini tashkil qila olishini taqozo etadi.

Innovatsion faoliyat - yangi mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat tadbirlari majmuasidan iborat bo‘lib, ulardan maqsad yig‘ilgan bilim, malaka, ko‘nikma, texnologiya va ishlab chiqirish asboblarini mana shu yangi mahsulotni keng miqyosda ishlab chiqarilishiga ishlatish va uning samaradorligini ta'minlashdir.

Ta'lim tizimining “ishlab chiqarish mahsuloti” - barkamol shaxs va kadr, ya'ni ta'lim sub'ektlari hisoblanadi. Binobarin, ta'limdagi innovatsion faoliyat - yangi kadrlarni yetishtirishga yo‘naltirilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat tadbirlari yig‘indisi bo‘lib, ulardan maqsad mana shu yig‘ilgan bilim, malaka, ko‘nikma, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonining yangi kadrlarini keng miqyosda samarali tarzda mamlakat iqtisodiyoti uchun ko‘plab yetishtirib berishga yo‘naltirish va ta'minlashdan iboratdir. Demak, pedagogik innovatsiya - yangi maxsulot, ya'ni kadr, mustaqil fikrlovchi shaxsni yetishtirishga yo‘naltirilgan har qanday pedagogik yangilik bo‘lib, undan maqsad pedagogik jarayon yuqori samaradorligini ta'minlashdir. Ma'lumki, bugungi kunda intellektual va kreativ tafakkur, ma'naviy yetuklik, mafkuraviy uyg‘oqlik, jismoniy sog‘lomlik, chet tillarini o‘zlashtirilganlik, fuqarolik sezgirligisiz barkamol shaxsni tarbiyalab bo‘lmaydi.

Butun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda:

1. Faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi).

        Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan).

        O‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli).

- Kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).

Innovatsiyaning maqsadi— sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli —tuman o‘z —o‘zidan paydo bo‘ladigan yangiliklardan farqli o‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o‘zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.

Ta'lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni ko‘rsatib o‘tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko‘lami asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba'zi elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holdabiz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz.

Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi, ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot sub'ektlari pozitsiyalarini to‘la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi yo‘nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o‘zi ham yangilanadi.

Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb — innovatsion o‘zgarishlarga tayyogarlik ko‘rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi.

I.P.Podlasiy pedagogik tizimda innovatsion o‘zgarishlarning yo‘nalishlarini o‘rganish asosida quyidagilarni belgilab beradi:

    Pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi.

    O‘quv jarayonining o‘zgarishi.

    Pedagogik nazariyaning o‘zgarishi.

    O‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi.

    Tahsil oluvchi faoliyatining yangilanishi.

    Pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi.

    Mazmunning yangilanishi.

    Shakl, usul va ta'lim vositalarining o‘zgarishi.

    Boshqaruvning o‘zgarishi.

Ta'lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar, ta'lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham muallif tomonidan qayd etilgan.

Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tuigunchasini ta'riflash imkoniyati paydo bo‘ldi. Innovatsion faoliyat pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. «Innovatsion faoliyat — bu yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining mavjud me'yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir», — deb ta'kidlaydi V.I.Slobadchikov. Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy — madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u ma'lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.

Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish. Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi, chunki, axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini qamrab oladi. Ta'lim jarayonini qulaylashtirishda masofaviy o‘qitish ta'lim tizimi ishtirokchilarining innovatsion pedagogik faoliyatini tashkil qilishga mo‘ljallangan. Aynan:

-doimiy va muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirib borish, bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy yangilab borish;

-mamlakatimizning va xattoki yer kurrasining qaysi burchagida bo‘lishi va qaysi vaqt oralig‘ida topshiriq berish va ularni bajarishdan qat'iy nazar, tahsil oluvchi va o‘qituvchi o‘rtasida interfaol aloqa o‘rnatishga imkoniyat mavjudligi, ta'lim mazmunining xalqaro talablarga monand bo‘lishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi asosida tashkil qilish;

-o‘qitish jarayonida erkin muloqot qilish talablarini bajarish, o‘quvchining vizual, eshitish, so‘zlashish, fikr almashish kabi layoqat va malakalarining teng ravishda shaklantirilishi zarurligini inobatga olish va buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish;

-o‘qitish jarayonida insoniylik (gumanizm) talablariga rioya etish, ta'limning uzviyligi, uzluksizligi, bosqichma-bosqichliligi, demokratlashuvi va xalqchilligini ta'minlash;

-davlatlararo xalqaro va mintaqaviy hamkorlik o‘sayotganligini inobatga olgan holda istiqbol kadrlarning milliy manfaatlar asosida shunday xalqaro muloqotga tayyorligini ta'minlash;

-ta'lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishda pedagogik motivatsiya, realizatsiya va refleksiya talablariga to‘liq rioya etishga qaratilgan.

masofaviy ta'limda internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur aess, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugagandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.

Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida


Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin.

Interaktiv so‘zi inglizcha “inter” - “birgalikdagi” va “akt” - “harakatlanish” so‘zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi) bilan bo‘lish

demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta'lim - avvalo dialogli ta'lim bo‘lib uning davomida o‘qituvchi va tinglovchi, tinglovchi va kompyuter o‘zaro hamkorligi amalga oshiriladi.

Interfaol ta'limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib borish tashkil etadi.

Interfaol metod- o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi, ham tahsil oluvchini faollashtirishga yo‘naltirilgan o‘qitish usullari majmui. “Modellashtirish”, “Breynshtorming”, “Muzyorar” kabi turli interfaol metodlardan bugungi kunda ta'lim jarayonida foydalanilmoqda.

Modellashtirish metodidan foydalanish mobaynida o‘qituvchi auditoriya xususiyatlarini bilishi lozim. Bunda yoshlarning bilim o‘zlashtirish xususiyatlari, uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar; ish dinamikasi, darsning tuzilishi, o‘zaro hamkorlikka asoslanganligi inobatga olinishi zarur.

“Breynshtorming” metodi orqali tahsil oluvchilar bilan tezkor aloqa o‘rnatish, ular fikrini mustaqil ravishda izhor etishlariga imkoniyat yaratish, ularga dinamik ta'sir ko‘rsatish mumkin. “Breynshtorming” uch bosqich: motivatsiya, idrok, refleksiya (mushohada yuritish) dan iborat bo‘lganligi bois, har birida ham bahsga kirishuvchilar muloqat madaniyatini namoyish eta olishi lozim bo‘ladi[30]. Demak, pedagogik muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi qullab- quvvatlanadi, dialog muloqotga zamin yaratiladi, yoshlarning o‘z fikrlarini real sharoitga moslay olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tabiiyki, bunda o‘qituvchi pedagogik muloqotni tashkil qiluvchi, tashabbuskor va yetakchi shaxs sifatida maydonga chiqadi.

“Breynshtorming” metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Bugungi kunda ta'lim jarayonida noan'anaviy metodlar -“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Erkin yozish”,“Besh minutlik esse”, “Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi metodlardan keng foydalanilmoqda.

MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR:

1.         «Texnologiya» so'zining lug'aviy ma'nosi nimani anglatadi?

*A)“texne” -“san'at”, “mahorat” va “logos” -“ta'limot”

B)       )“texne”-“texnika”, “logos” - “o'qish” S) )“texne”-“ texnika”, “logos” - “ta'lim”

D) “texne”-“ texnika”, “logos” - “ma'lumot”

2.      Innovatsion faoliyat bu— ....

A)       yangi ijtimoiy talablar

B)       An'anaviy me'yorlar

*C)Yangi shakllanayotgan me'yorining mavjud me'yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat

C)       pedagogik muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi/

3.      Axborot tizimi bu-.

*A) axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish

B)       Foydalanish imkonini bermaydigan axborot resurslari

C)       Axborot uzatish

D)       Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish

4.                 “Innovatsiya” so'zining lug'aviy ma'nosi to'g'ri belgilangan qatorni aniqlang

A)       ing. “innoveyshn” — yangilik kiritish

B)       ing. “innoveyshn” — yangilik kiritish jarayoni

C)       ing. “innoveyshn” — tizim ichki tuzilishi

D)       ing. “innoveyshn” — sub'ektlarning harakat tizimi

TOPSHIRIQLAR:

1.Interfaol metodlar asosida dars ishlanmasini tayyorlang.

2.       “Breynshtorming” metodi haqida nima bilasiz? Uning bosqiclarini ko'rsatib bering.

3.       “Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarish” mavzusida ma'ruza tayorlang.

 

ADABIYOTLAR:

            Abdullaeva Sh.A. Pedagogika.-Toshkent:Fan, 2011.-178b.

            Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

            Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat / S.A.Madiyarova va b. - Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.

            Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. - Toshkent: Pedagog, 2004.

            Tolipov O‘., Ro‘zieva D.I. Pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Me'ros, 2015.-188b.

            Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Fan, 2000.

13-           §TA'LIM SIFATI BOSHQARUVINING ILMIY-METODOLOGIK

ASOSLARI

REJA:

1.Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan zamonaviy talablar

2. Ta'lim tizimini boshqarishga doir metodologik yondashuvlar

3.     Ta'limda tizimli yondashuv yo‘nalishi

Tayanch tushunchalar: ta'lim sifati, zamonaviy talablar, ta'lim tizimini boshqarish, ta'limda tizimli yondashuv, boshqaruv, rejalashtirish, faoliyatni tashkil etish, nazorat, tahlil, jarayon.

Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan zamonaviy talablar. Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi va uning asosida amalga oshirilayotgan uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar rivojlanishning bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelayotgan raqobat muhitida ustuvor ahamiyat kasb etib, ta'lim sifatini takomillashtirish borasida yangi talablarni yuzaga keltirdi.

Ta'lim tizimining sifat darajasini oshirish ta'lim standartlari va o‘quv dasturlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda yangilash bilan bir qatorda, ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini ham takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki, hozirgi kunda ta'lim muassasalarida yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalana oladigan, o‘z ishiga nisbatan talabchan, ta'lim muassasasi, oila va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, chuqur bilimli hamda o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi rahbar va pedagog kadrlarning faoliyat ko‘rsatishini talab qilmoqda.

Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida vujudga kelayotgan zamonaviy talablar sifatida: pedagogik jarayonlar ishtirokchilarida o‘zaro munosabatlarni, sub'ekt-ob'ekt va sub'ekt-sub'ekt munosabatlarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish; kompetensiyaviy diagnostika; ta'lim sifati boshqaruvining zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish; xalq ta'limi (rahbar, pedagog va mutaxassis) xodimlarida malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash; xalq ta'limi xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish; ta'lim sifati boshqaruvi tizimini shakllantirish va muntazam takomillashtirib borish masalalarini keltirish mumkin.

Bu nafaqat ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi muammolarni, balki xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish, sifatni ta'minlashning innovatsion usullarini amaliyotga tatbiq etish, bir so‘z bilan aytganda, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni ilgari surmoqda.

Uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar ta'lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishni, ya'ni ta'lim sifati va samaradorligini oshirishning an'anaviy metodlaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar va zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan ta'lim boshqaruvini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu nafaqat boshqaruv muammolari, balki ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirish asosida, eng avvalo, ta'lim sifati boshqaruvini takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi.

Ta'lim o‘z tarkibiga turli tashkil etuvchilarni qamrab olgan murakkab ijtimoiy tizim sifatida uni boshqarishga alohida yondashishni talab qiladi. Shu bilan birga, ta'lim jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining bir qismi sifatida, jamiyat boshqaruvining umumiy qoida va tamoyillarini ta'lim boshqaruvida ham qo‘llash imkoniyatini rad etmaydi. Shuning uchun ham ta'lim tizimini boshqarishga doir tadqiqotlarda ijtimoiy sohalarni boshqarishni tahlil qilishda qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlardan foydalaniladi.

Ta'lim tizimini boshqarishga doir metodologik yondashuvlar. Boshqaruv -ma'lum bir faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi vazifalarni bajarish lozimligini o‘rganadigan hamda turli sharoitlarda boshqaruv funksiyalarini vaziyatlarga ko‘ra qanday amalga oshirilishi, u yoki bu funksional vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qanday omillar ta'sir ko‘rsatishini o‘rganuvchi jarayon.

“Boshqaruv” fan sifatida shakllangunga qadar o‘tgan davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan, turli tarkibdagi insonlar guruhlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularning g‘oyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday sifatlarga ega shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temurdir. Tarixiy adabiyotlar, jumladan “Temur tuzuklari”ni o‘rganish orqali, boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish mumkin.

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar sababli vujudga kelayotgan ta'lim falsafasining o‘zgarishlari yangi boshqaruv paradigmasiga o‘tishni taqozo etadi.

Adabiyotlarda boshqaruvning ma'nosi bo‘yicha uch xil yo‘nalishda tushunchalar mavjud. Birinchisiga ko‘ra, boshqaruv - faoliyatdir. Masalan, o‘z vaqtida boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri fransuz olimi A.Fayol boshqarishni kelajakni ko‘ruvchi; tashkilotni idora qiluvchi; faoliyatni tashkillashtiruvchi; faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi; qaror va buyruqlar ijrosini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb ataydi [65, 8-b.].

Ikkinchi yo‘nalish vakillari boshqaruvni bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir shaxsga yoki guruhga “ta'sir etishi” deb hisoblaydilar. Bu yo‘nalish tarafdorlari boshqaruv maqsadga yo‘naltirilgan ta'sir etish, sub'ektning ob'ektga ta'siri natijasida ob'ektning o‘zgarishi, deb ta'riflaydilar [50;54;57;61].

Uchinchi yo‘nalishga ko‘ra, boshqaruv sub'ektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir, ya'ni to‘g‘ri va teskari ta'sirlarning uzluksizligi, bir-biriga ta'sir etuvchi sub'ektlarning o‘zgarishini organik bog‘liqligi degan qarashlar mavjud.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, boshqaruv maqsad yo‘nalishida ob'ektni muvofiqlashtirish; maqsadga erishish uchun ob'ektga ta'sir etish; maqsadga erishish yo‘nalishida tizimning tashkil etuvchilariga ta'sir etishni vertikal muvofiqlashtirishdir.

M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaevlarning fikricha, boshqaruv, bu - tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.

Qator tadqiqotlarda boshqaruv insonlarning xatti-harakatini tartibga keltirish bilan bog‘liq faoliyat sifatida izohlanadi.

B.C.Lazarev, G.X.Popov, M.M.Potashnik, A.Fayollarning fikriga ko‘ra boshqaruv bu faoliyat demakdir. Bunday yondashish ta'lim jarayonini unda ishtirok etuvchi shaxslarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganishda asqotadi.

L.B.Itelson, A.A.Orlovlar nuqtai nazariga ko‘ra boshqaruv bir tizimning ikkinchisiga ko‘rsatgan ta'sirini aks ettiradi. Bunda boshqaruv sub'ektning boshqaruv ob'ektiga ko‘rsatadigan maqsadga yo‘naltirilgan va ob'ektning o‘zgarishiga olib keladigan ta'siri sifatida qaraladi. Bunday yondashish boshqaruvning sub'ektlararo tabiatini e'tiborga olmaydi, chunki faollik faqat boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi, boshqariluvchi esa hyech qanday aks ta'sir qobiliyatiga ega bo‘lmagan passiv element sifatida qaraladi.

N.P.Kapustin, P.I.Tretyakov, T.I.Shamovalar boshqaruvni sub'ekt-larning o‘zaro ta'sir faoliyati sifatida e'tirof etadi [98]. Bunda o‘zaro ta'sir ishtirok etuvchilarning barchasida o‘zgarishlar yuz berishini va mazkur o‘zgarishlar, ma'lum darajada, bir-biriga bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi e'tirof etiladi. Mazkur yondashuvning mohiyati bir-biriga ta'sir etuvchi sub'ektlardagi o‘zgarishlarning mutanosibligi va sub'ektlararo o‘zaro to‘g‘ri va teskari aloqalarning uzviy bog‘liqligini e'tirof etilishidir.

Boshqaruv nazariyasida boshqaruv tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan qator metodologik yondashuvlar mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi tizim tarkibiga kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligini ta'minlovchi; vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali erishishga yo‘naltirilgan muayyan usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ya'ni boshqaruvni boshqaruv funksiyalarining uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga asoslangan (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I. Prigojiy, V.A.Rozanova, V.P.Simonov va boshqalar) .

Taniqli olimlar B.C.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov, P.I.Tretyakov, T.I. Shamovalarning izlanishlarida ta'lim boshqaruvining ilmiy apparati fan sifatida qaralgan .

Ularning fikricha, ta'lim boshqaruvi fanining nazariy-metodologik asosini tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy-hududiy va natijaga asoslangan yondashuvlar tashkil etadi.

Ta'kidlash joizki, olimlar tomonidan ta'lim tizimini boshqarish modellarini ishlab chiqishda qaysidir yondashuvlar alohida qo‘llanilmasdan, ularning turli kombinatsiyalari ishlatiladi, chunki mazkur yondashuvlarning har biri ta'lim tizimidagi jarayonlar mohiyatini tushunib yetishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning muayyan bir jihatlarini yoritishga yordam beradi.

Olimlar P.I.Tretyakov va T.I.Shamovalarning fikricha bunday muammolarni tizimli yondashuv vositasida hal etish lozim. Ushbu yondashuvga ko‘ra tevarak olam ma'lum bir aloqada va o‘zaro ta'sirda bo‘lgan ko‘plab jarayon, hodisa va ob'ektlardan iborat. Tizimli yondashuv M.M.Potashnik [101] va P.I.Tretyakovlarning [103] ishlarida ham aks etgan bo‘lib, ularda ijtimoiy- pedagogik majmualar tizimli tavsifga ega, ya'ni tarkibiy qismlari o‘zaro ta'sirda bo‘lgan va bir butunni tashkil qilgan ob'ektlar sifatida o‘rganilgan.

Bundan tashqari, ta'lim tizimlari ma'lum maqsadlarda shakllantirilib, ichki qarama-qarshiliklarga ega, ochiqlik xususiyatini namoyon qiladi, tarkibiy qismlari o‘zaro va tizimning o‘zi tashqi dunyo bilan ma'lumotlar almashish vositasida bog‘langan. Bunda, boshqaruv aspekti tizimning joriy holati bilan erishilishi lozim bo‘lgan holatlari orasidagi farq bilan belgilanadi.

Hozirgi zamon pedagogika fanida tizimli yondashuv metodologiyasisiz boshqaruv muammolarining hal etilishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Agarda biz ta'lim muassasasi bilan ta'lim jarayonini o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizim deb hisoblasak, ularni boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Bunday yondashuvning joriy etilishi boshqaruvda tasodifiy va kutilmagan holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Tizimli yondashuvda tadqiqot ob'ekti tizim sifatida, ya'ni muayyan muhitda faoliyat ko‘rsatayotgan murakkab tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda ob'ektni bir butun, ya'ni yaxlit holda tasavvur qilish talab etiladi. Tadqiqot ob'ektini o‘rganishda alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o‘rtasidagi aloqalar hamda o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shadi [32, 29-b.].

Funksional yondashuvga asosan “boshqaruv funksiyalari” va “boshqaruv organining funksiyalari” tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. Boshqaruv bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi: maqsadni aniqlash, tahlil qilish, bashorat qilish, rejalashtirish, ijroni tashkil etish, nazorat, tartibga solish va korreksiyalash. Boshqaruv funksiyasi bilan boshqaruv organi faoliyati o‘rtasidagi munosabatlarni oydinlashtirishda, asosiy e'tibor, boshqaruv ob'ektlari bilan aloqador bo‘lgan masalalar yechimiga qaratiladi. Ushbu masalalar boshqaruv organi faoliyatining mazmunini tashkil etadi va uning funksiyalariga aylanadi. Boshqaruv organining har bir funksiyasi boshqaruv siklining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Boshqaruvning xususiy funksiyalari integratsiyasi sifatida rahbar va mutaxassis xodimlarning faoliyatini institutsional tashkil etish orqali amalga oshiriladigan boshqaruvning o‘zi namoyon bo‘ladi.

R.Sh.Ahlidinovning ta'kidlashicha, ta'lim muassasasini boshqarish tizimi, bu - tabiatiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan komponentlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘ziga xos bog‘liqligi va aloqadorligi hisobiga boshqaruv funksiyalarini bajarish jarayoni amalga oshiriladi va pedagogik jamoaning faoliyati tashkil etiladi hamda muvofiqlashtiriladi. Mazkur tizimning funksiyalari ikki asosiy katta guruhlarga bo‘linadi: maktab faoliyatining barqarorligini ta'minlash va uning rivojlanishini boshqarish.

Nazariyotchi olimlar ta'lim boshqaruviga bag‘ishlangan ishlarida boshqariladigan tizim funksional holatdan rivojlanish holatiga o‘tgandagina boshqaruv samarali bo‘lishi mumkin deb hisoblaydilar. Rivojlanish deganda - ta'lim tizimining bir-birining o‘rniga keluvchi yangi sifat holatlariga ega bo‘lishi va yangi qirralarni egallashi tushuniladi.

Tadqiqotlarda rivojlanish jarayonlarini sinergetik yondashuv nuqtai nazaridan o‘rganish qabul qilingan, bunda “o‘zini-o‘zi boshqarish” uning asosiy tavsiflovchi jihati sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zini-o‘zi boshqarish barcha rivojlanish jarayonlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Sinergetik yondashuvning mohiyati turli tizimlar, shu jumladan, ta'lim tizimlaridagi o‘zini-o‘zi boshqarish va nazorat qilish jarayonlari boshqaruvining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o‘rganishdan iboratdir.

Ta'limni boshqarish tizimini faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan ham qarash zarurligi Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov, A.N.Leontev tomonidan ta'kidlangan. Mazkur yondashuvga ko‘ra boshqaruv faoliyati boshqaruv funksiyalarining uzluksiz o‘zaro aloqalariga asoslangan, ta'lim muassasasi va, umuman, ta'lim maqsadlariga qaratilgan jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Faoliyat - harakatlardan iborat. Harakat, deb ma'lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan jarayonga aytiladi. Turli mualliflar funksiyalarning har xil ro‘yxatini taklif qilmoqdalar. Ularning maqbuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish; tashkil etish; amalga oshirish; nazorat qilish [81; 104].

Tashqi muhitdagi beqarorlik va keskin o‘zgarishlar sharoitida ta'limni boshqarishda vaziyatli yondashuv qo‘llaniladi. Vaziyatli yondashuvda turli boshqaruv usullarining tanlanishi vaziyat bilan belgilanadi. Binobarin, ta'lim muassasasida ham, atrof-muhitda ko‘plab omillar mavjudligi sababli ularni boshqarishning yagona usuli mavjud emas. Muayyan vaziyatda unga imkon qadar to‘la muvofiq keladigan boshqaruv usuli eng samarali usul hisoblanadi.

Vaziyatli boshqaruv muammolari pedagogikada Sh.E.Qurbonov, E.A.Seytxalilov, S.T.Turg‘unov, M.M.Potashnik, G.V.Savelev, P.I.Tretyakovlarning asarlarida yoritilgan. Vaziyatli yondashuv, ilmiy qoidalarning mavjud vaziyat va sharoitlarga qarab amaliyotda qo‘llanilishiga doir muayyan tavsiyalarga ega bo‘lganligi bois, boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shdi. Masalan, mavjud muammolarni aniqlash va ularning ahamiyatini asoslovchi ta'lim vaziyatining tahlilini amalga oshirmasdan ta'lim muassasasining rivojlanishini boshqarish mumkin emas. Ya'ni vaziyatli yondashuvga asoslangan boshqaruv nuqtai nazaridan boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizim haqidagi ma'lumotga ega bo‘ladi hamda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani o‘rnatishga sharoit yaratadi.

Vaziyatli yondashuvda boshqariluvchi ob'ektning aniq sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning maqbul uslubi qo‘llaniladi [65, 10-b.].

S.T.Turg‘unov o‘z ishida vaziyatli yondashuvni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi: muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni aniqlash maqsadida ta'lim-tarbiya jarayonining vaziyatlarini tahlil qilish; turli pedagogik vaziyatlarda erishiladigan natijalarning samaradorligini aniqlash; ta'lim-tarbiya jarayoni va pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil etishda mavjud bo‘lgan vaziyatlar asosida pedagogik tizimning rivojlanishini oldindan belgilash.

P.I.Tretyakov rahbarligidagi olimlar jamoasi ta'lim tizimlarini boshqarishga yana bir yondashuv - natijaga ko‘ra boshqarishni taklif qilgan. Mazkur yondashishning asosiy g‘oyasi - tashkilot ma'lum natijalarga erishish maqsadida birlashgan shaxslardan iborat tartiblangan tuzilma. “Natijaga ko‘ra boshqarish” deb tashkilotning barcha a'zolari tomonidan belgilangan va kelishilgan natijalarga erishishni ta'minlovchi boshqarishga aytiladi. Bunda tashkilot rahbari va bo‘ysunuvchi shaxs muayyan natijani belgilaydi, bajaruvchi esa mustaqil ravishda mazkur natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan resurslarni tanlaydi. Natija sifatida erishish uchun zarur barcha resurslar bilan ta'minlangan muayyan maqsad tushuniladi.

S.T.Turg‘unov o‘rganilayotgan muammoga “natijalar bo‘yicha boshqaruv” tushunchasini boshqaruv va rivojlanish tizimi sifatida qo‘llab, uning yordamida ta'lim muassasasining barcha sub'ektlari bilan kelishilgan holda belgilangan natijalarga erishish mumkin deb hisoblaydi. Muallifning fikricha mazkur jarayonning vazifalari, mazmun va mohiyatini ta'lim-tarbiya jarayonining har bir ishtirokchisiga tushuntirish, ma'muriy buyruqbozlikni bartaraf etishda va shaxsning o‘zini-o‘zi anglashi hamda o‘z faoliyatiga ijodiy yondashuvini tashkil etishga xizmat qiladi.

Tizimli yondashuv yo‘nalishida V.P.Bespalko, Yu.V.Vasilev, Yu.A.Konarjevskiy, N.V.Kuzmina, V.S.Lazarev, M.M.Potashnik, V.A.Slastyonin, P.I.Tretyakov va boshqalar pedagogik tadqiqotlar olib borgan bo‘lib, ular tomonidan quyidagi jihatlarga e'tibor qaratilgan:

1. Tizimlilik va yaxlitlik - bunday shakldagi tizimni komponentlar, o‘zaro ta'sir etuvchi qismlar va bo‘g‘inlarning o‘zaro birikishi tashkil etadi hamda uning funksional vazifalarini amalga oshirish va rivojlantirishni ta'minlaydi.

1. Pedagogik tizimda tizimni tashkil etuvchi komponentlardan biri maqsad bo‘lib, unga erishish uchun uslub va vositalar zarur hisoblanadi. Maqsadga erishishda tizim va uning komponentlari harakati tizim funksiyasining mohiyatini belgilaydi.

1. Pedagogik tizimni tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, uning o‘zgarishi ichki ziddiyatlarga bog‘liq bo‘ladi.

1. Tizim ochiq bo‘lganligi sababli, tashqi muhit bilan ko‘pgina kommunikatsiyalar orqali bog‘liq bo‘lib, muhitning munosabatlari tizimning harakatlanishi va rivojlanishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.

1. Axborotlarning pedagogik tizimga kelib tushishi va undan qayta uzatilishi tizim komponentlarining o‘zaro va butun bir tizim bilan hamda tizimning tashqi muhit bilan aloqa qilish uslublari hisoblanadi.

Tizimli yondashuv mamlakat rivoji nuqtai nazaridan ta'limni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish hamda uning faoliyati eng maqbul parametrlarini belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga har bir ta'lim muassasasining faoliyat yuritish jarayoni tizimli yondashuv yordamida aholining yuqori standartlarga javob beruvchi ta'limga bo‘lgan ehtiyoji, uni qondirishning muqobil imkoniyatlari, tashkilotda yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi kabi va boshqa turli omillar ta'sir ko‘rsatuvchi dinamik tarzda rivojlanadigan yagona tizim sifatida ifodalanishi mumkin.

Mamlakatimiz ta'lim tizimini boshqarishda ko‘p qo‘llaniladigan yondashuvlardan yana biri - dasturli-maqsadli boshqaruvdir. Maqsadlar, odatda, berilgan vaziyatni istalganidan farqlovchi bir qator muammolar hal etilgach, boshqaruv tizimi muayyan vaqtdan keyin berilgan vaziyatdan o‘tib borishi lozim bo‘lgan istalgan vaziyatni aks ettiradi. Ya'ni, maqsadni qo‘yish bosqichidayoq kelajakning umumlashgan modeli vujudga keladi. Ushbu bosqich yechimning muqobil variantlarini ko‘rib chiqish va tugal variantini tanlash bilan yakun topadi.

Qaror qabul qilingandan so‘ng dasturlarni ishlab chiqish bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqichda strategik maqsadlar kichik maqsadlarga bo‘linadi. Har bir bosqichda vazifalar va ularni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari ajratiladi, shuningdek ular resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy, inson omili) bilan muvofiqlashtiriladi. Bunda har bir bosqichning bajarilishi asosiy natija, hajm va muddat bo‘yicha aniq belgilanadi.

Boshqaruv tizimida maqsadga samarali erishishning asosiy shartlaridan biri maqsadni belgilash talablariga rioya qilish: maqsadlar oldindan belgilangan va aniq shakllantirilgan bo‘lishi; bajaruvchilar tomonidan qabul qilingan va ularga tushunarli bo‘lishi; maqsadlar tahlil qilingan va bajarilish muddati belgilangan, shuningdek, bajaruvchilarning harakati motivlashtirilgan bo‘lishi; vertikal va gorizontal bo‘yicha kelishilgan turli xil topshiriqlar yo‘nalishida taqsimlanishida maqsadlar birligining saqlanishi zarur.

Maqsadlar va kichik maqsadlar kelishilgan va darajalarga ajratilgandan keyin dastur, odatda, barcha ijrochilar uchun bajarilishi shart hisoblangan direktiv hujjat maqomiga ega bo‘ladi. Ammo uni amalga oshirish jarayonida, boshqaruv tizimida yoki tashqi muhitda (ilgari hisobga olinmagan) o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar dasturni yoki uning ayrim bosqichlarini amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin. Shu bois dastur va uning har bir bosqichi bajarilishini doimo to‘liq nazorat qilish lozim.

Nazorat natijalariga ko‘ra tahlil o‘tkazilib, dasturdan chetga chiqishlar yuz berganda ularning sabablari aniqlanadi, so‘ngra dasturga tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etishga doir choralar ko‘riladi.

Mamlakatimizda barcha darajalarda dasturiy-maqsadli boshqaruv bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan. Qayd etilgan yondashuvni qo‘llashga Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonlari yorqin misol bo‘la oladi.

Yuqorida keltirilgan yondashuvlar ta'lim sohasida samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun nazariy asosni yaratadilar. Ta'lim majmualarini boshqarish asosida ularning tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishini tushunish imkoniyatini beruvchi tizimli yondashish yotadi. Qolgan yondashuvlar tizim doirasida unda kechuvchi jarayonlarni maqbullashtirish, uni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro eng yaxshi ta'sirini ta'minlash imkoniyatini beradilar.

Tizimli yondashuv va dasturiy-maqsadli boshqaruv menejment metodo- logiyasining fundamental qoidasi sifatida ta'limni boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va usullari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.

Ta'limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning ob'ektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Tadqiqotlarda ta'limni boshqarish qonuniyatlari umumiy va xususiy tavsifda bo‘lishi ta'kidlanadi.

Boshqaruvning umumiy va xususiy qonuniyatlari

Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari

Boshqaruvning xususiy qonuniyatlari

Ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish qonuniyati

Boshqaruv funksiyalarining o‘zgarishi qonuniyati

Boshqaradigan                     va

boshqariladigan       tizimlarning,

boshqarish ob'ekti va sub'ektining o‘zaro munosabati qonuniyati

Boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi

Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiya jarayonlarini kuchaytirish qonuniyati

Boshqaruv funksiyalarining jamlanishi (boshqaruv xodimlari sonining ko‘payib borishi) qonuniyati

 

Nazoratning keng tarqalishi qonuniyati

 

Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim ta'lim muassasalariga nisbatan amal qiladi(1-jadval).

Boshqaruv qonuniyatlari ta'limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda to‘liq hisobga olinadi. Ta'limni boshqarish tamoyillari, bu - boshqaruv tizimi, tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalardir. Boshqaruv tamoyillari ham qonuniyatlar singari umumiy va xususiylarga bo‘linadi.

Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik; ta'limni rejali boshqarish; rag‘batlantirish; pog‘onaviylik.

Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta'sir ko‘rsatadi.

Boshqaruv qonuniyatlari va tamoyillari boshqarish funksiyalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Ta'limni boshqarish funksiyalari, bu - ular boshqaradigan kichik tizim boshqaruv ob'ektiga ta'sir ko‘rsatishida yordam beradigan faoliyat turidir. Boshqaruv funksiyalari umumiy va xususiy funksiyalarga bo‘linadi.

Menejmentga tatbiqan rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish, nazorat kabi umumiy funksiyalar ajratib ko‘rsatiladi.

Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalaridan kelib chiqqan holda ta'lim sifati va ta'lim muassasasini boshqarishga metodologik yondashuvlar vujudga keltiriladi.

Ta'limni boshqarish metodlari, bu - boshqaruv sub'ektining muayyan maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob'ektga ta'sir ko‘rsatish metodlaridir.

Ta'limni boshqarish metodlari xilma-xil (boshqaruvning iqtisodiy metodlari, tashkiliy-boshqaruv metodlari va boshqalar), ammo ularning xodimlarga (umuman ta'lim muassasasi va alohida har bir xodimga) ta'siri motivatsiya vositasida qaror topadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘z tadqiqotlarimizda boshqaruvni boshqaruv sub'ekti tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz, izchil faoliyat sifatida qaraymiz.

Boshqaruv jarayoni turkumlilik xususiyatiga ega. U amaliy harakatlarga ehtiyojni, maqsadlarni qo‘yishni aniqlashdan boshlanib, ularga erishish va voz kechish bilan tugaydi.

Ushbu o‘rinda boshqaruv siklini rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish singari to‘rt asosiy boshqaruv ishining yopiq izchilligi sifatida tushunamiz.

Rejalashtirish, bu - faoliyat ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni bajarish natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo‘yilishi) ko‘zda tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi muddatlarda bajarilishi kerakligi, ya'ni nima, qaerda va qay yo‘sinda amalga oshirilishi lozimligi belgilanadi.

Ijrochilarning birgalikdagi samarali faoliyati uchun kim va qanday ishlarni bajarishi (funksional vazifalari, majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi), bunda kim bilan va qay yo‘sinda o‘zaro munosabatda bo‘lish lozimligini belgilash (taqsimlash) kerak. Bunday vazifalarni amalga oshirish boshqaruvni tashkil qilish deb ataladi.

Boshqaruv yuz berayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda tegishli axborotga ega bo‘lishi lozim. Bunday axborotni olish va faoliyat jarayoniga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur.

Nazorat boshqaruvning “ko‘zini ravshan” va o‘zgarishlarga nisbatan ta'sirchan qiladi. Ushbu o‘zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilishga yana qaytish, ya'ni teskari aloqa orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davri yopiq holga keladi.

(------------------------------------------------------------------------------------------------------ \

Ta'lim sifati - bu ta'limni Davlat ta'lim standartlari, tegishli ta'lim
dasturining o‘quv-dasturiy hujjatlari talablariga muvofiqligi

к_______________________________________________________________ /

Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat hokimiyat munosa-batlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv yoki boshqarish deb ataladi.

Har qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik, bu - muayyan vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq harajatlar o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi xususiyatdir.

Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz.

Ta'limni va ta'lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega - xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, xalq ta'limini boshqarishning umumiy turkumida alohida ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish xususiy turkumni tashkil etadi.

Jumladan, ta'lim sifatini boshqarish ta'lim jarayonini boshqarishning umumiy tuzilmasi takribiga kiradi. Bunda sifatni boshqarish umumiy boshqaruvning o‘z samaradorligini namoyish qilgan chiziqli tuzilmasini buzmaydi, aksincha, sifatni boshqarishning joriy etilishi rahbar bilan xodimlar va jamoatchilik vakillari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish orqali ta'limning umumiy boshqaruvi samaradorligi keskin oshishini ta'minlashi mumkin. Alohida usullar va faoliyatlar, vositalar, jarayonlar va jarayonlar amalga oshirilishi ketma-ketligining batafsil bayoni qayd etilgan tartib(reglament)lar ta'lim sifatini ta'minlashga aso s bo‘lishi bilan birga qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samarali ijrosini ham yuqori darajada kafolatlaydi.

Agar tizimda yangi tarkibiy elementlar yuzaga kelsa yoki ilgari mavjud bo‘lgan elementlar yo‘qolsa, shuningdek tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasida yangi munosabatlar vujudga kelsa yoki mavjudlari yo‘qolib borsa, bu holatlar tizim faoliyat ko‘rsatayotganidan darak beradi. Bunda ta'lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar:

-         uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlar tabaqalashuviga va boyishiga olib kelsa, u holda tizimning rivojlanayotgani haqida gapiriladi;

-         uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlarning yo‘qolib ketishiga va birlashishiga olib kelsa, u holda tizimning inqirozga uchrayotgani haqida gapiriladi.

Agar ta'lim tizimining rivojlanishi uni ijobiy baholanadigan muayyan idealga olib kelsa, u holda bunday rivojlanishni taraqqiyot deb baholash mumkin bo‘ladi.

Ta'lim jarayonlari boshqaruvi muammolari yo‘nalishidagi tadqiqot-larni va yuqorida keltirilgan yondashuvlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida olingan natijalarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim jarayonlarini boshqarishda ixtiyoriy yondashuvlarni ta'lim jarayoni sub'ekti va ob'ektining shunchaki o‘zaro ta'siri shaklida amalga oshirish samara bermaydi.

Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda yuqorida keltirilgan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etib, ular asosida boshqaruv faoliyatini ilmiy tarzda tashkil etish jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlash-tirish, ijtimoiy amaliyot va ta'lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda natijalarning samaradorligini hamkorlikda tahlil qilishni nazarda tutadi.

Demak, ta'lim samaradorligini ta'minlashda ta'lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning o‘ziyoq bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash kabi qator boshqa vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa mazmun-mohiyatiga ko‘ra boshqaruvni ifodalaydi.

Shunday ekan, boshqaruv ob'ekti sifatida ta'lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini ta'minlashda boshqaruv funksiyalari va ularning vazifalari, boshqaruv metodlari va ulardan foydalanish, boshqaruv algoritmi va uning mohiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish yo‘llari, rahbarlik uslublari va ularni qo‘llash kabi qator tushunchalarga ega bo‘lish zarur hisoblanib, mazkur tushunchalarni menejment fani tadqiq etadi.

Demak, ta'lim jarayonlari ham boshqaruv ob'ekti bo‘lib, ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar, ya'ni ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash jarayonlari ham boshqaruv ob'ektlari hisoblanadi. Shunday ekan, ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash jarayonlari ta'lim sifati boshqaruvini ifodalaydi deb aytish mumkin.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim sifatini boshqarish jarayonlarini ham boshqaruv ob'ekti sifatida asoslash va mazkur yo‘nalishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish ta'lim sifati va ta'lim sifati menejmenti tushunchalarining mazmun-mohiyatini hamda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi yondashuvlarni o‘rganish va tahlil qilish zaruriyatini belgilaydi.

ADABIYOTLAR:

1.       Abdullaev F.A. Ta'lim sifati menejmentida axborot texnologiyalarining o‘rni.- Toshkent: Komron-Press, 2016.-186 b.

2.       Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. - Moskva: Znanie, 2009. -159 s.

3.       Yuldashev M.A. Ta'lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.- Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet.


14-           §. TA'LIM SIFATI VA TA'LIM SIFATI MENEJMENTIGA
INNOVATSION YONDASHUVLAR

REJA:

1.    Ta'lim sifati mohiyati. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanishi

2.     Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish

3.     Ta'limning xalqaro standartlari haqida tushuncha

Tayanch tushunchalar: ta'lim, shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari, ta'lim sifati, boshqarish, xalqaro standartlar.

Ta'lim sifati mohiyati. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanishi. Har qanday mamlakatning kuch - qudrati uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Bu esa bevosita ta'lim sifatiga bog‘liq. Jamiyat va ta'lim yaxlit bir tizimni tashkil etadi. Jamiyatda kechayotgan har qanday global jarayonlar, ta'lim holatida o‘z aksini topadi. Uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari, hukumat qarorlari, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga qaratilayotgan e'tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta'lim sifatini oshirishdagi mavjud muammolarning yechimini topish, ta'lim mazmunini takomillashtirish bilan bir qatorda, uning sifatini ilmiy asosda boshqarishni ham taqozo etmoqda.

“Sifat” tushunchasi pedagogika fanida: bir predmet yoki hodisani boshqasidan farqlovchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xususiyatlar, o‘ziga xosliklar; shuningdek, u yoki bu xususiyatlarning mukammal darajaga o‘sishini ko‘rsatuvchi jarayon, ma'naviy-ma'rifiy kategoriya sifatida talqin qilinadi.

“Ta'lim sifati” so‘z birikmasi mamlakatimizda ilk bor 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ta'lim sifati ustidan davlat nazoratiga bag‘ishlangan modda va bo‘limlarida rasmiy ravishda qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida mazkur sifatni ta'minlashga doir qator amaliyotlar va nazariy konsepsiyalarning yaratilishiga turtki bo‘ldi.

Ta'lim sifati deganda faqatgina tahsil oluvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarining davlat ta'lim standartlariga mos kelishi tushunilmasdan balki har bir pedagog va rahbarning mazkur yo‘nalishda sifatli ta'lim xizmatini ta'minlashi, ya'ni ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli ravishda faoliyat olib borishi tushuniladi..

Ta'lim sifati - bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiq boshlang‘ich, umumiy, kasbiy va qo‘shimcha ta'lim tizimi tomonidan (turli yoshdagi, jinsdagi, jismoniy va ruhiy holatdagi) aholiga taqdim etilayotgan ta'lim xizmatlarining qamrovi va darajasini aks ettiruvchi majmuaviy tavsif. Sifatli ta'lim har bir shaxsga uning manfaatlariga muvofiq ta'limni davom ettirish imkoniyatini bermog‘i lozim .

Ta'lim sifati, - nafaqat tahsil oluvchilar bilimining davlat standartlariga mosligi, balki ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, har bir pedagog va rahbarning ta'lim xizmatlari sifatini ta'minlashdagi faoliyati hamdir. Shuningdek, zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifati erishilgan miqdoriy va sifat natijalarining darajasini, ta'lim jarayonini tashkil etish va mazkur jarayon amalga oshadigan sharoitlarni aks ettiruvchi tavsiflar to‘plamida ifodalanadigan maqsad va natijalarning nisbati sifatida aniqlanadi.

Mamlakatimizda ta'lim sifatini ta'minlashning huquqiy asoslari sifatida xizmat qilayotgan “Ta'lim to‘g‘pisida”gi Qonuni (7-modda), Kadrlap tayyoplash milliy dastupiga muvofiq pespublikada idopaviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllapidan qat'iy nazap ta'lim muassasalapining bapcha tuplapi uchun majbupiy bo‘lgan Davlat ta'lim standaptlapi (DTS) joriy qilinishi, standaptlashtipish ob'ektiga nisbatan me'yoplap va talablapning belgilanishi, “Standaptlashtipish to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tasdiqlanishi “Davlat ta'lim standaptlapi to‘g‘pisida”gi nizomda qayd etilgan, shuningdek, mazkur nizomda, DTS:

- kadplap tayyoplash sifati, ta'lim mazmuni, ta'lim oluvchilap tayyopgapligining zapup va yetapli dapajasi, bitipuvchilapga, o‘quv yuklamasining hajmiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

-     ta'lim va kadplap tayyoplash sifatiga baho bepishning xolis tizimini, ta'lim muassasalapini attestatsiyadan o‘tkazish va akkpeditatsiya qilishni jopiy etish;

-     kadplapni maqsadli va sifatli tayyoplash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqapishning samapali integpatsiyasini, milliy standaptlap talablapining xalqapo talablapga muvofiqligini, ta'lim bapcha tuplapi mazmunini, ta'lim va tapbiyaning o‘zapo bog‘liqligini, uzluksiz ta'lim tizimida izchillikni ta'minlash kabi qator vazifalar belgilangan.

Sifatni boshqarish nazariyasining shiddat bilan rivojlanish davri o‘tgan asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to‘g‘ri keldi. Ushbu davrda A.Feygenbaum (Armand V.Feigenbaum) sifatni ishlab chiqish, sifatni qo‘llab-quvvatlash va sifatni yaxshilash bosqichlaridan iborat Sifatning Umumiy Nazorati (Total Quality Control) tushunchasini kiritdi.

Bugungi kunga kelib TQCning bir nechta asosiy (Yaponiya, Amerika, yevropa) “maktab”lari mavjud. Shuning uchun bo‘lsa kerak, TQC asosini belgilovchi tamoyillar miqdori haqida mutaxassislar o‘rtasida yagona bir fikr yo‘q. Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan olinadi:

1.       Tashkilotning iste'molchiga yuz tutganligi.

2.       Rahbarlikning roli.

3.       Xodimlarni jalb etish.

4.       Jarayonli yondashuv.

5.       Boshqarishga tizimli yondashuv.

6.       Muntazam takomillashtirish.

7.       Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish.

8.       Ta'minlovchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabat.

Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mahsulot, xizmat, ish va jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlashga yo‘naltirilgan hukumat, firma va kompaniyalar rahbariyatining ulkan sa'y-harakatlari natijasida sifatni oshirish milliy g‘oyaga aylandi.

Mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar ta'lim muassasalarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish, sifatli ta'lim xizmatini


ko‘rsatishga rag‘batlantirishni kuchaytirish va natijada, ta'lim xizmatlari sifatini boshqarish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, boshqarishning strategik rejalashtirishga, sifat menejmenti tizimiga asoslangan yangi tamoyillarini shakllantirishni ko‘zda tutadi.

Sifat - korxona va tashkilot, shu jumladan, ta'lim muassasalarining mavqyeini mustahkamlash maqsadida ichki va xalqaro bozorda mablag‘ sarflashning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotgani butun dunyoda sifatni ta'minlash muammolariga e'tiborning oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Ta'lim sifati ta'lim oluvchilar tomonidan faqatgina akademik bilimlarni o‘zlashtirganlik darajasi bilan emas, balki hayotiy faoliyatning turli sohalari bo‘yicha kompetensiyalarning shakllanganligi, bir umr o‘qib-o‘rganishga tayyorlik, shaxsiy va kasbiy rivojlanish kabi motivatsiyalarning turg‘unlanish darajasi bilan o‘lchanadi.

«Ta'lim sifati - bu ta'limning (natija, jarayon, ijtimoiy tizim sifatida) turli ehtiyojlar, davlat, jamiyat, shaxs manfaatlariga muvofiqligi; ta'limning ierarxiya (yuqoridan quyiga) tamoyillari asosida tashkillashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyat(tavsif, parametr)larining tizimli majmuasi».[31]

Turli yondashuvlarning integratsiyasi natijasida Sifatning yalpi boshqaruvi (Total Quality Management - TQM) konsepsiyasi shakllandi.

Zamonaviy TQMning asosini oliy darajadagi boshqaruvning tashkilot, uning xodimlari, iste'molchilari va jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab sifat sohasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqish va barcha xodimlarning uni amalga oshirishdagi ishtiroki tashkil qiladi. Tashkilotdagi menejment sifatini yaxshilashda birinchi rahbarning mas'uliyatini kengaytirish tamoyilini ilgari surgan va asoslagan A.Feygenbaum TQM tamoyillari ishlab chiqilishiga katta hissa qo‘shgan.

Tashkilot oliy boshqaruvining sifatni boshqarishdagi doimiy va muntazam shaxsiy ishtiroki - ta'lim muassasasining sifatni ta'minlash ishida muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.

Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish. Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish uchun rahbar quyidagilarni amalga oshirishi lozim: sifat menejmentini joriy etish, raqobat sharoitida ta'lim muassasasining maqsadi, umumiy mafkurasi, rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish to‘g‘risida strategik qaror qabul qilishi; tashkilot maqsadlari tarkibiga sifatni ta'minlashni kiritish, uni ham ma'naviy, ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; tashkilot oliy boshqaruvi tarkibidan sifat uchun mas'ul vakilni tayinlash; jarayonlarni boshqarishning statistik usullari va sifat menejmenti sohalari bo‘yicha xodimlarni (shu jumladan, yuqori pog‘ona rahbarlar tarkibidan) tayyorlash; xodimlar bilan teskari aloqani tashkil qilish (ichki iste'molchilarning fikrlari va talablarini inobatga olish); ichki audit va tashkilotdagi kamchiliklar tahlilini muntazam o‘tkazib turish.

Djuran va Deminglar ta'kidlashicha, sifat uchun mas'uliyatning salmoqli qismi (muammolarning 96 foizi) menejment tizimi va uning yaratuvchilari, qolganlari (muammolarning 4 foizi) bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi.

TQM konsepsiyasida sifatni boshqarishga doir avvalgi konsepsiyalarga xos bo‘lgan barcha ijobiy jihatlar o‘z aksini topgan. U ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘pgina zamonaviy menejment tizimlarining asosini tashkil qiladi. TQMning ko‘pgina yondashuvlari ISO oilasiga kiruvchi xalqaro sifat standartlarining zamonaviy avlodi g‘oyalari tarkibiga kiritilgan.

Standartlarning ahamiyati shundaki, ular korxona menejmentiga tizimli va jarayonli yondashuvni joriy etish, menejmentning e'tiborini iste'molchilarga va ularning manfaatlarini hisobga olishga qaratadi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) 9000 raqamli standartlari sifat tizimlarini loyihalashtirish va qo‘llashning yagona, butun dunyoda tan olingan yondashuvini joriy qildi.

ISO 9000 standartlari turli soha tashkilotlari uchun universaldir. Ular ishlab chiqarish, aloqa, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta'lim kabi faoliyat sohalarida faol qo‘llanilmoqda va dunyoda eng mashhur standartlar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Shunday qilib, ta'lim sifatini boshqarish bir-biri bilan bog‘langan va o‘zaro ta'sirda bo‘luvchi elementlardan iborat uzluksiz va yopiq kechadigan jarayondir (-

 

9-                rasm. Sifatni boshqarish uchburchagi (sifat boshqaruvi modeli).

Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimini yaratishdan maqsad iste'molchilar talablariga mos keluvchi sifatli ta'lim xizmatlarini taqdim etish uchun zarur sharoitlarni ta'minlashdir.

Bundan tashqari zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimi quyidagilar uchun zarur:

-      davlat ta'lim standartlari talablariga erishishda ta'lim jarayonlari samaradorligini oshirish;

-      muassasada ijodiy va ishchan muhitni rivojlantirish, xodimlarning kasbiy faolligini oshirish;

-      muassasada boshqaruv tizimini yaxshilash;

-      ta'lim jarayonining moliyaviy, moddiy va kadrlar ta'minotini optimallashtirish;

-      muassasaning raqobatbardoshligini oshirish;

-      ta'lim faoliyati uchun zamonaviy xavfsiz sharoitlarni yaratish;

-      boshqaruvda jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash.

Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimining vazifalari quyidagilar:

-      ta'lim jarayoni sub'ektlari o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma sifatida davlat standartlarining bajarilishini ta'minlash;

-      ta'lim sifatining asosiy mezon ko‘rsatkichlarini belgilash;

-      ta'lim sifati to‘g‘risida tahliliy hisobot va ma'ruzalar tayyorlash;

-      ta'lim sifatini ta'minlash va doimiy yaxshilash uchun innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish;

-      muassasasining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, pedagog xodimlar malakasini oshirish.

Tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim muassasasida ta'lim sifati menejmenti, bu - ta'lim sifatini loyihalashtirish, ya'ni ta'lim maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarini belgilash; ta'lim jarayonini tashkil etish va ishtirokchilarning sifatli mehnatga qiziqishini uyg‘otish; maqsadlardan chetlanishlarni aniqlash va rivojlanishdagi o‘zgarishlarni kuzatish (monitoring) tizimi; natijalarni boshqarish va tahlil qilish jarayonlaridir.

Shunday qilib, ta'lim sifati menejmenti, bu - har qanday tasodifiy, oldingisidan ko‘ra yaxshiroq, o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan maqsadlarga emas, balki ta'limning oldindan bashoratlangan natijalariga, ya'ni muayyan ta'lim oluvchining eng yuqori imkoniyatlarga erishishi uchun tashkil qilingan va yo‘naltirilgan alohida boshqaruv bo‘lib, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun boshqaruvning barcha funksiyalarini amalga oshirish, ham tor, ham keng ma'noda kafolatlangan natijaga erishishdir.

 

ADABIYOTLAR:

1.     Abdullaev F.A. Ta'lim sifati menejmentida axborot texnologiyalarining o‘rni.-Toshkent: Komron-Press, 2016.-186 b.

2.     Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. - Moskva: Znanie, 2009. -159 s.

3.     Yuldashev M.A. Ta'lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.- Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet.

15-           §. TA'LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISh. ELEKTRON
PEDAGOGIKA.

REJA:

1.     Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish

2.     Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim.

3.           Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi.

Tayanch tushunchalar: ta'limni axborotlashtirish, ta'lim sifati, ta'lim jarayoni sub'ektlari, axborot-kommunikatsiya vositalari, masofaviy ta'lim, kompyuterlashtirish, elektron pedagogika.

Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish. So‘ngi yillarda mamlakatimizda ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, demokratik tamoyillarga asoslangan innovatsion ta'lim boshqaruvini amalga oshirish, uzluksiz ta'lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Hozirda ta'lim sifatini baholashning elektron tizimini takomillashtirish, xalqaro baholash dasturlarini keng joriy etish, davlat-ta'lim- tarbiya-jamiyat shaklida boshqaruv samaradorligini oshirish, e-Governance tizimi institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda, oliy ta'lim muassasalarini boshqarishda axborot ayirboshlashning yangi shakllari va imkoniyatlari orqali yagona ta'limiy axborot tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Rivojlangan mamlakatlar - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabilarda ta'lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarining rivoji zamirida ta'lim iste'molchilari tomonidan elektron xizmatdan foydalanish shakllariga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda hamda bu yo‘nalishda keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu sababli bugungi kunda ta'lim menejmentida maqsadli faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi vazifalarni bajarish jarayonlarini o‘rganish hamda turli sharoitlarda boshqaruv funksiyalarini axborot ayirboshlash kontekstida oqilona amalga oshirish, axborot xizmati tizimining funksional vazifalarini muvaffaqiyatini ta'minlash zarurati mavjud.

Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda axborot xizmati rolini oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ta'lim menejmentini axborotlashtirish borasida e'tiborga molik ishlar olib borilmoqda, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (1993 yil), “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonun (1998 yil), 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmoni mazkur sohani rivojlantirishning me'yoriy va huquqiy asoslari bo‘lib xizmat qilmoqda.

2019 yil 2 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4151-son hamda 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-son “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mamlakatimizda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishga qaratildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Milliy “Elektron ta'limi” tizimini boshqarish, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari tomonidan axborot-ta'lim resurslarini iste'mol qilinishini tashkil etish, Ye-learning hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini axborot- kommunikatsiya vositalari asosida amalga oshirish dolzarb bo‘lib, ta'lim menejmentida elektron metodik majmualar va boshqa ta'limiy axborot resurslariga yagona davlat talablarini ishlab chiqish, ta'lim muassasalarida boshqariladigan axborot xizmati tahlili va monitoringini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, pedagogika oliy ta'lim muassasalari ta'lim menejmentida axborot xizmati tizimi uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, ta'lim iste'molchilari va oliy ta'lim muassasasi hamda mehnat bozorida ish beruvchi o‘rtasida sifatli dialogli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ta'lim sub'ektlariga islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, ta'lim boshqaruvi organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, ularning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari va axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilash dolzarb bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Davlatining boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlarida ishtirok etishi, bunda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga bo‘lgan ijtimoiy talabning ortishi, axborot- kommunikatsion xizmatning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda o‘zga mamlakatlar bilan aloqaga kirishividagi tutgan o‘rni, yuksak salohiyatli, o‘z kasbini puxta bilgan raqobatbardosh kadrlar va mutaxassislarga bo‘lgan talabning keskin o‘sishida namoyon bo‘lmoqda.

2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi”[32]

ning 4.4. -“Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish” yo‘nalishida:uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq o‘qitish va ta'lim olishning zamonaviy usullarini tadbiq etgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, unda davlat tomonidan yoshlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, intellektual rivojlangan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ta'lim muassasalarida ta'lim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, zamonaviy pedagogik nazariyalar, ilg‘or tajribalar, axborot-kommunikatsion vositalar asosida o‘z faoliyatini tashkil qila oladigan, yangi dunyoqarashdagi shaxsni shakllantirish, ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

XXI asrda tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini axborot- kommunikatsiya vositalari asosida rivojlantirish hayotiy zaruratga aylandi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimiga integratsiya qilish, uning mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi va milliy manfaatlar asosida davom ettirish, demokratlashtirish, yangilash, modernizatsiya qilish va liberallashtirish, shuningdek ta'lim jarayonini axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan qurollantirish va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan boyitish tushunchalari bugungi kunda o‘z ifodasini topdi.

Ta'lim tizimida tub islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, [2,3]da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish asosida ta'lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy innovatsiya talablariga to‘la javob beruvchi ta'lim infrastrukturasi, ya'ni uzluksiz ta'limning yaxlit tizimi yaratildi. Ushbu tizim ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, ta'limni yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Zamonaviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida, xalq xo‘jaligini barcha tarmoq va zvenolarning keskin rivojlanishini taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Korxonalar orasidagi raqobat o‘z navbatida, fan -texnika va texnologiyani, ya'ni ilmiy texnika taraqqiyotining (ITT) jadallashuviga olib keladi. ITT ning jadallashuvi, hayotning barcha sohalarida tubdan isloh qilinishi natijasida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyatini beradi. ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi.

XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur'ati oshdi. Oxirgi, har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari 2 marta oshib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma'lumotlar insoniyatning to‘la tarixi davomida to‘plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi. Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponensial qonun hisoblanadi. Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur'atlari aqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda.

Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o‘sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo‘yicha rivoji uning shiddatli o‘sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o‘sish ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta'minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali axborot tizimlari qo‘llanilmoqda.

Ilm-fan axborotining hozirgi zamon o‘sish tezligi va hajmi ularning o‘tgan 15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi.

Ilm-fan rivoji, bu ma'lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o‘ta iqtidorlilariga zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o‘quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim.

Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, axborot- kommunikatsiya tizimlari, elektron va multimedia darsliklarini yaratish vazifalarini amalga oshirish taqozo etilayotganligi yangi mazmundagi turli axborot-kommunikatsiyalari xizmatidan foydalana olishga asoslangan ta'lim jarayonini tashkil qilish, uning mazmunini takomillashtirish, pedagogik jarayonni innovatsiyalarga asoslanib yangicha tarzda tashkil qila olishda pedagogning o‘rni, uning mehnati va mehnat jarayonini tashkil qila olishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan AKT imkoniyatlaridan foydalanish sohasida katta tajriba to‘plangan. Bu ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish zaruratining nechog‘li muhimligini ko‘rsatuvchi dalildir.

Tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil qilishda hamda pedagogik jamoaning faoliyatini optimal holatda tuzishda axborot-kommunikatsiya xizmatlarining ahamiyati salmoqlidir.

Ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish orqali tizimlashtirilgan ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash, ularni tahlil qilish, qiyoslash, ma'lum qarorlarni qabul qilishga keng imkoniyatlar ochiladi. Shu bilan birga qisqa muddat ichida katta sig‘imdagi, turli tipdagi axborotlarga ega bo‘lish, ularga ishlov berish imkoniyati kengayadi. Shu ma'noda mamlakatimiz uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida o‘qitish jarayoni sifatini oshirishda axborot - kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, axborot xizmati tizimini modellashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonining innovatsion faoliyatini oqilona tashkil qilish, uning istiqbol strategiyasini aniqlash, pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

Ta'lim sifatini oshirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan qator metodologik yondashuvlar (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I. Prigojiy, V.A.Rozanova, V.P.Simonov, B.C.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov, P.I.Tretyakov, T.I. Shamova) mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi tizim tarkibiga kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligini ta'minlovchi; vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali erishishga yo‘naltirilgan muayyan usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ta'lim sifatini oshirish funksiyalarining uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga asoslangan didaktik yondashuvlar.

Ushbu yondashuvlar ta'lim sifatini oshirishning nazariy-metodologik asosini tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy-hududiy va natijaga asoslangan holatda tadqiq qilishga qaratilgan. Ta'kidlash joizki, ta'lim jarayonini axborotlashtirish alohida yondashuvlar qamrovida o‘rganilmasdan, ularning turli kombinatsiyalari asosida tadqiq etiladi, chunki mazkur yondashuvlarning har biri ta'lim tizimidagi jarayonlar mohiyatini tushunib yetishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning muayyan bir jihatlarini yoritishga yordam beradi.

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ular ta'lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirishga zamin hozirladi. Ta'lim tizimidagi tub islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ta'lim sifatini oqilona boshqarish, bunda axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga innovatsion shakl, vosita va usullarni joriy etish, buning uchun maxsus tayyorgarligi mavjud bo‘lgan pedagogik kadrlarni yetishtirishdan iboratdir. Ta'lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish asosida ta'lim jarayonini yangi mazmunda tashkil qilishga keng imkoniyatlar ochildi.

Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim. Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish istiqbolli, zamonaviy o‘quv tizimlari uchun quyiladigan talablardan biridir. YuNeSKO «Ta'limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta'lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta'minotini yaratishdir.

Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari har bir shaxsning o‘zi istagan ta'lim olish huquqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o‘qitish aynan shunday o‘qitish shakli bo‘la oladi.

Masofaviy ta'lim - masofadan turib o‘qitish, o‘quv mashg‘ulotlarining barchasi yoki ko‘p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalari asosida olib boriladigan jarayon.

Masofaviy o‘qitishning quyidagi ijobiy tomonlari mavjud:

o‘qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o‘qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olish;

       turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralangan holatda;

       o‘qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda;

       chet el o‘quv muassasalarida ta'lim olishni istaydiganlar uchun;

       ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun muhimdir.

Masofaviy ta'limda o‘qitish vositalari quyidagilardan iborat: elektron darsliklar (qog‘oz va elektron shaklda); tizimdagi o‘quv materiallar; kopyuter o‘quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o‘quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; masofaviy bilim bazalari; geoaxborot va baholaydigan o‘qitish tizimlari asosida didaktik materiallar. O‘qitish vositalari - o‘qitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi.

Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi. Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi ko‘p jihatdan kompyuterli o‘qitish texnologiyasiga bog‘liq.

Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi - bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarida bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o‘sishi bilan belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha eng ko‘p xajmida axborotni o‘zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.

Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi.

Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida tashxis testlar o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash.

Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida, o‘qitish siklning qayta takrorlanishi uchun eng maqbul sharoit yaratiladi.

Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, tashxislash, nazorat) guruh, o‘quv fan miqyosida tashkil etish; ishchi o‘rinlarini tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni boshqarish; tahsil oluvchilar bilan muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta'minlash.

Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi . Bugungi kunda fan va texnikaning shiddatli rivojlanishi ikki va undan ortiq fanlarning integratsiyalashuviga zamin yaratmoqda. Bunga misol tariqasida: elektron pedagogika, pedagogik prognostika, neyropedagogika, biofizika, biogeokimyo, informatika, fizikokimyoviy mexanika va boshqalarni keltirish mumkin.

Elektron pedagogika - XX asrning oxiri XX1 asrda shakllangan pedagogikadagi yangi fan turkumidir. U insonning hayoti mobaynida axborot- kommunikatsiya vositalari asosida ta'lim olish ehtiyojlarining qondirilishi, axborotlashtirilgan ta'lim tamoyillari, shart-sharoitlari, metod va shakllarining insonga ko‘rsatadigan ta'sirini o‘rganadi. Elektron pedagogika axborotli ta'lim muhitida axborot texnologiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ta'lim jarayoni sub'ektlari ehtiyojlarining qondirilishi nuqtai nazaridan o‘rganadi.

Axborot - taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumot.[33]

Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta'riflar ham berish mumkin:

1.    Dalil, voqyea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'ektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar;

2.    Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqyea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'ektlar haqidagi bilimlar majmui;

3.    Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma'lumotlar va hokazolar axborot bo‘lishi mumkin.

Axborotlarni uzatish. Ta'lim jarayonida axborotni uzatish ta'lim ehtiyojidan kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish axborot uzatishni anglatadi.

Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video holatda bo‘lishi mumkin. Ta'lim jarayonida axborotlarni matn ko‘rinishida, jadval ko‘rinishidagi, tovush ko‘rinishdagi va tasvir ko‘rinishidagi ma'lumotlardan foydalaniladi.

Matn. Matn - bu ma'lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orqali matnlar ma'lumotlar bo‘laklari ko‘rinishida uzatiladi.

Tasvir. Tasvir - bu biror voqyea, xodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan rasm bo‘laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik ma'lumotlar diagrammasi va shunga o‘xshash ma'lumotlar tasvir hisoblanadi. Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to‘rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1.       Kulrang va rangli tasvirlar;

2.       Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar;

3.       Uzluksiz egri va to‘g‘ri chiziqlar;

4.       Nuqtalar yoki ko‘pburchaklar iborat tasvirlar.

Bu turkumlash tasvirni ko‘rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog‘liq.

Animatsiya. Animatsiya ma'lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma'lum vaqt oralig‘ida, ma'lum sondagi bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi.

Animatsiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

-      matn axborotini qismlashni;

-      tasvir qismlarining so‘zsiz harakati jarayonini;

-      rasm harakatlarini;

-      tarixiy janglarning so‘zsiz harakatini;

-      fizik va kimyoviy jarayonlarni;

-      texnologik jarayonlarni;

-      tabiiy hodisalar jarayonini;

-      siyosiy hodisalar jarayonini;

-      ijtimoiy hodisalar jarayonini;

Zamonaviy tarmoqlarda ma'lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, ya'ni bir bayt axborot bitlar bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi.

Jamiyatni axbortlashtirish: mehnat, ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish, tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish, ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini axborotlashtirish kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.

Jamiyatda axborot ham bilim manbai ham eng asosiy muloqot vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ta'limni axborotlashtirishda radio, televidenie, ommaviy-axborot vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. Har kim har doim biror ishni bajarish yoki biror maqsadga erishish uchun axborotdan foydalanadi. Har bir inson ob-havo prognozini, transport vositalari qatnovi jadvalini, bank va biznes ma'lumotlarini hamda kundalik yangiliklardan habardor bo‘lishga muxtojdir. Agarda inson kundalik axborotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan u jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar.

Fayl tushunchasi va ularning turlari. Fayl yagona yaxlit deb qaraladigan ma'lumotlar yoki dastur kodlari majmuidir. Fayl o‘z nomiga ega bo‘lgan va tizimda saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy elementi bo‘lgan ob'ektdir. Foydalanuvchi faylni yaratishi, nusxalashi, jo‘natishi va yo‘q qilishi mumkin. Har bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat bo‘ladi. Faylning atributlariga birinchi navbatda uning nomi, axborot turi, yaratilish sanasi va vaqti, undan faydalanish usuli hamda undan foydalanishga ruxsat berish shartlari kiradi. Fayllarning quyidagi turlari mavjud:

- matn ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;

- grafik ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;

- musiqa ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;

- video ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar.

Fayllar ustida bajariladigan amallar. Yuqorida aytilganidek, fayllar o‘z nomiga ega bo‘lgan hamda o‘zida axborotlarni jamlagan ob'ektdir. Shunday ekan, demak undan foydalanish jarayonida ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin. Bular:

- fayllarni yaratish;

- fayllarni nusxalash;


- fayllarni o‘zgartirish;

- fayllarni uzatish;

- fayllarni o‘chirish.

Fayllarni konvertatsiya qilish. Odatda fayllar o‘zida saqlagan ma'lumotlarning turlariga qarab har xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ushbu fayllardagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularni bir turdan boshqasiga o‘girishga to‘g‘ri keladi. Ushbu o‘girish jarayoni konvertatsiya deb nomlanadi. Konvertatsiya jarayonlari ya'ni ma'lumotlarni bir turdan boshqasiga yoki bir formatdan boshqasiga o‘girish maxsus dasturiy vositalar yordamida amalga oshiriladi.

Ta'lim jarayonida axborot resurslaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma'lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlari[34].

Ommaviy axborot - bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.

Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.

Axborotning salbiy va ijobiy ta'siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini beradi. Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma'lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma'lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an'analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

Elektron pedagogikada internet tushunchasi asosiy konseptlardan biri hisoblanadi.

Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni “International Network” - xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.

Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin.

Global tarmoq tushunchasi. Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i - bu global tarmoq vakili hisoblanadi.

Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud bo‘lib, ularni xost kompyuterlar (host - asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.

Internet tarmog‘ining axborot ta'minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.

Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.

Internetga bog‘lanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Telefon liniyasi orqali internetga ulanish. Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.

Modem tushunchasi va uning vazifasi. Modem modulyator- demodulyator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni ta'minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi.

Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog‘ining rivojlanishi. Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo‘yicha ishlar O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda.

Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari yengil bo‘lib bormoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. kishi, ya'ni 1000ta fuqarodan 111tasi aloqa liniyalari orqali Internetga shaxsiy kompyuterlari orqali ulanadi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8 mln. kishini tashkil etadi.

Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo‘lgan katta e'tibor tufayli Internet tarmog‘ida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqdan. Hozirgi kunda respublikada .UZ domen zonasida ikkinchi darajali domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha 7 ta registratorlar faoliyat ko‘rsatadi: Tomas, Billur.com, Arsenal- D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus.

Ma'lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmog‘iga ulash xizmatlarni taqdim etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning soni bugungi kunda 982tani tashkil etadi, jamoa foydalanish punktlarining umumiy soni esa 1025taga yetdi.

Provayder va operatorlarning aksariyat qismi Toshkent shahrida joylashganligiga qaramay, respublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham provayder va operatorlar sonining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.

Elektron pedagogikada WWW tushunchasi mavjud. WWW (World Wide Web) - butun jahon o‘rgamchak to‘ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW - bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan hujjatlarga murojaat qilishni ta'minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rtta poydevor mavjud:

1.     Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);

2.     Gipermatn;

3.     Hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar (brouzer);

4.     Yagona manzilni ko‘rsatish tizimi (domen);

Elektron pedagogikada “internet provayderlari” iborasi keng qo‘llanilmoqda.

Internet provayder - Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.

Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.

Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilarni tashkil qiladi: veb-xujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo‘lish, tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta'minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish.

Katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma'lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko‘chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do‘stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o‘rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog‘langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo‘lishi kifoya.

Elektron pedagogikada “brauzer” tushunchasi xam keng qo‘llanilmoqda. WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brauzerlar deb ataladigan axborotni ko‘rish uchun mo‘ljallangan o‘ndan ortiq turli vositalari mavjud. Brouzer web-sahifalarni ko‘rish dasturi hisoblanadi. Bunda brauzerga yuklangan veb sahifadagi giperbog‘lanishga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu bog‘lanishda ko‘rsatilagn sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollar hyech qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‘lanish barcha kerakli ma'lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo‘yicha ma'lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o‘zi esa ekranda aks ettirilmaydi.

Elektron pedagogika Internet konferensiyalarini tashkil qilish, o‘tkazish masalalarini xam o‘rganadi. Internet konferensiya- muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi yordamida o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio- va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini jamlaydi.

Audiokonferensiyalar. Ular ta'lim muassasalari, tashkilotlarning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan professor-o‘qituvchilari, talabalari, xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini ta'minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi, u arzon ham qulay.

Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar.

Elektron pedagogika ta'lim jarayoni sub'ektlarining elektron pochta xizmati va uning imkoniyatlaridan foydalanish xususiyatlarini xam o‘rganadi. Internet- xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma'lum elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya'ni ixtiyoriy ma'lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur.

Xabarlarni ko‘pchilikka yuborish. Ma'lum bir sabablarga ko‘ra bir xil mazmundagi xabarlarni bir necha manzil yoki pochta qutisiga yuborish zaruriyati paydo buladi. Shunda, Komu darchasiga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzillar “ ; ” (nuqta vergul) belgilari bilan ajratiladi, masalan: (tuit@tuit.uz; tuit@inbox.uz; va boshka manzillar), Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Ushbu vazifadan biror elon yoki yangilikni ko‘pchillikka barobar yuborish uchun foydalaniladi.

Spam tushunchasi, spamlarning turlari va ularga karshi kurashish. «Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma'noni anglatadi. Spamlar 1993-yilda paydo bo‘lgan. Usenet kompyuter tarmog‘i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 1993- yil 31-mart kuni konferensiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo‘natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda - «spam» degan nom topdilar. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko‘ra, spam - bu so‘ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir.

Filtrlar va kora ruyxat. Filtrlar asosan kelayotgan xatlarni saralash, tartiblash funksiyasini bajaradi. Qora ruyxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maksadida ishlatiladi.

Milliy elektron pochta xizmatlari. Xozirgi kunda milliy pochta xizmatlari ham ancha rivojlanib bormokda. O‘zbekistondagi har bir Internet provayder o‘zining pochta serveri va xizmatiga ega bulib, asosan o‘zining mijozlariga xizmat ko‘rsatadi, ularning ichidan mail.uz, inbox.uz kabilari ochik hisoblanadi va bu tizimdan hohlovchilar bepul foydalanib xat va xabarlar jo‘natib qabul qilishlari mumkin.

Xalqaro pochta xizmatlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com. Elektron pochta orqali ma'lumot yuborish uchun ikki yo‘nalish mavjud, bulardan biri bepul elektron pochta xizmati deb yuritilib, undan foydalanish uchun Internetda ma'lum bir Web sahifalari mavjuddir. Bular mail.ru, yahoo.som, mail.uz, gmail.com va hokazo. Foydalanuvchi dastlab, pochta manziliga ega bo‘lishi kerak. Pochta manzilini tashkil qilish uchun Internet Explorer dasturining asosiy oynasiga ushbu Web sahifalaridan biri chaqiriladi va ishga tushiriladi.

Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyati. Hayotdagi etika kabi elektron pochtada ham etika mavjud. Ularning ba'zilariga to‘xtalib o‘tamiz:

- Pochtangizni tez-tez o‘qib turing. Ko‘pchillik foydalanuvchilar o‘z xatlarini faqatgina bo‘sh vaqtlaridagina o‘qiydilar. Bu korrespondentlarga nisbatan bo‘lgan behurmatlikdir. Buning oqibatida siz juda ham muhim bo‘lgan axborotni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Foydalanuvchi pochtasini har doim, o‘z vaqtida o‘qib borishi lozim.

- Xatda albatta sarlavha (subject) ko‘rsatish zarurdir. Bu mijozlarni ortiqcha ishlardan qutqaradi.

- Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling.

- Xatni xatosiz yozing. Grammatik va orfografik xatolar bilan yozilgan xat jo‘natuvchi to‘g‘risida yaxshi taassurot qoldirmaydi.

- Qisqa yozing. Elektron pochtada yozayotgan xatingizni mazmunini qisqa va aniq ko‘rsata biling. Xatingizdagi xatolar va fikrdan chiqib ketishlik birinchi o‘rinda xatingizni emas, balki sizning o‘zingizni xarakterlaydi.

- O‘z xatingizni boshqa manzillarga ko‘chirishlikdan saqlaning. O‘z xatingizni faqatgina shu xat tegishli bo‘lgan manzillarga jo‘nating. Aks holda, xatlarni ko‘p manzillarga jo‘natish hamkorlaringizda yaxshi taassurot uyg‘otmasligi mumkin.

- Kerak bo‘lmagan taqdirda o‘z xatingizga javob va so‘rovlar yo‘llamang. Kerak bo‘lmagan taqdirda «iltimos javob bering» yoki «iltimos xatni tasdiqlang» kabi so‘rovlarni yo‘llamang.

- So‘rovlarga to‘liq javob bering. So‘rovlarga javob berishda qisqa «ha» yoki «yo‘q« kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.

Elektron pedagogikada forum tushunchasi ishlatiladi. Internet tarmog‘ida forumlar veb-sayt ko‘rinishida bo‘ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum - veb-sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.

Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o‘z fikrlarini jo‘natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli - tuman mavzular muhokama qilinadi. Internet forumlari alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga meditsina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o‘yinlari va transport vositalariga bag‘ishlangan forumlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo‘ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o‘rtaga tashlash mumkin.

Bugungi kunda elektron pedagogikada blog tushunchasi ishlatiladi. Blog - tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo‘lgan doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, materialga berilgan izohlarni o‘zida mujassamlaydi.

Viki - bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan veb sayt.

Elektron pedagogikada chat tushunchasi ishlatilmoqda. Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta'minlab beruvchi dasturiy ta'minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo‘ladi.

Chat - bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.

Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilarning bir vaqtni o‘zida, bir-birlari bilan internet tarmog‘i orqali aloqa o‘rnatilishi tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya'ni foydalanuvchilar qaerda bo‘lishlaridan qat'iy nazar Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi.

Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foynalanuvchiga tezkorligi, arzonligi xamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi.

Internet orqali video muloqot deganda foydalanuvchilar bir birlarini kompyuter ekranida (on-layn tarzda) ko‘rib turadilar, ya'ni foydalanuvchilarning harakatli tasvirlari bir-birlariga uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi qurilma veb kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir birining gapini eshitibgina qolmay, balki bir-birlarini ko‘rib ham turishadi.

Veb kamera alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi.

Veb kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida veb kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

Veb kamera foydalanuvchilarga juda ham ko‘p qulayliklarni yaratib beradi, ya'ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qaerda joylashganligidan qat'iy nazar bir- birlarini ko‘rib turadilar. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Skayp - bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini ta'minlab beruvchi tizimdir. Skayp tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish pullik xizmatlarini xam ko‘rsatadi. Bundan tashqari skayp tizimi yordamida chat sifatida matn xabarlarini yuborish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda konferensaloqani ham amalga oshirish mumkin. Video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda veb kameradan foydalaniladi.

Meyl Agent dasturi. Mail.Ru Agent - Mail.Ru kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xarablarni jo‘natish hamda elektron pochtangizga kelib tushgan xatlar to‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomnidan ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish, va tovushli so‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bo‘lib pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun albatta Gmail tizimidi elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak.

Internet orqali o‘zaro muloqotga kirishuvchilar bir vaqtning o‘zida, bir-birlari bilan interfaol tarmoq orqali aloqa o‘rnatishlari mumkin. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya'ni foydalanuvchilar qaerda bo‘lishlaridan qat'iy nazar Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi.

Shunday qilib, dunyo hamjamiyati va davlatlar o‘rtasidagi turli madaniy, ta'limiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning integratsiyalashuvi ta'limning hamma bosqichlarida, shu jumladan, oliy ta'lim muassasalari pedagogik jarayonida sifatli ta'limni tashkil qilish axborot xizmati kontekstida baholanmoqda hamda mazkur tizimni modernizatsiyalash, innovatsion g‘oya va shakllar asosida olib borish va amaliyotga joriy etish eng dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda.

 

ADABIYOTLAR:

1.     Abdullaev F.A. Ta'lim sifati menejmentida axborot xizmatidan foydalanish- Toshkent: Komron-Press, 2017.- 224 b.

2.     Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. - Moskva: Znanie, 2009. -159 s.

3.     Yuldashev M.A. Ta'lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.- Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet.

TESTLARNI YECHING:

1. CD qanday disklar toifasiga kiradi

a)      Kompakt

b)       qattiq

v) Optik

g) kolonka

_2. DVD qanday disklar toifasiga kiradi

a)       Optik

b)      Magnitli

v) FLESh

g) KESh

3. Quyidagi xotira elementlarining qaysi birlari ma'lumotlarni magnitli yozish va saqlashga asoslangan

a)       qattiq disk

b)      DVD

v )CD

g) floppi disk

4.       Quyidagi xotira elementlarining qaysi birlari ma'lumotlarni mikrosxemada saqlashga asoslangan

a)      vinchester, tezkor xotira, doimiy xotira

b)       doimiy xotira, magnit tasma

v) tezkor xotira, skaner

g) kiritish-chiqarish kurilmasi

5.       Faraz qilaylik, sizda umumiy hajmi 830 Mbayt bo‘lgan 58 ta fayl mavjud.

Ushbu ma'lumotlarni diskka yozish uchun quyidagi xotira elementlarining qaysi biridan kamida nechta kerak bo‘ladi

a)      1 Gb dan kam bo‘lmagan flesh xotira

b)      1 ta SD , 1 ta - 3.5 yumshoq disk

v) 1 ta SD

g) 2 ta 3.5 yumshoq disk

6.       Quyidagi axborot tashuvchi disklarni hajmi bo‘yicha o‘sib borish tartibida tartiblangan variantini tanlang

a)       Floppi disk - 3.5 Mb, CD - 700Mb, DVD - 4Mb

b)       CD, DVD floppi disk, CD

v) CD, floppi disk, DVD

g) DVD, CD, floppi disk

7.       Odatda rasmda keltirilgan belgi qanday ob'ektni anglatadi

 

a)       qattiq disk

b)      CD - diskovod

v) DVD - diskovod

g) mening kompyuterim

8.       Kompyuterni yig‘ishda protsessor qaysi qurilmaga mahkamlanadi

a)       Ona plata (Materinskaya plata)

b)      Operativ xotira

v) Ovozli karta

g) videokarta

9.       Qog‘oziga siyohni sepish orqali materiallarni chop etish texnologiyasiga asoslangan printer turini ko‘rsating

a)       purkaguvchi (Struynbiy)

b)      matrichnbiy

v) lazernby

g) svetodiodnby

10.       Qaysi printer chop etish quvvati bo‘yicha eng tezkor hisoblanadi

a)       Lazer printeri

b)      purkatuvchi

v) matritsali

g) svetodiodnby

11.       Qaysi qurilma axborotlarni raqamlashtiruvchi, ya'ni kompyuter xotirasiga o‘tkazuvchi hisoblanadi

a)       Kiritish va chiqarish qurilmasi

b)      Drayver qurilmalari

v) dastur qurilmalari

g) boshqaruv qurilmalari

12.       Axborotlarni katta ekranda tasvirlovchi qurilmani ko‘rsating

a)       Proektor

b)      Skaner

v) Displey

g) Videokamera

13.       Axborotlarni ekranda tasvirlash xususiyatiga ega bo‘lgan qurilmani ko‘rsating

a)       Monitor, displey

b)      klaviatura

v) sichqoncha

g) protsessor

14.       Tarmoq platasi (adapteri) nima uchun ishlatiladi

a)       Tarmoqqa ulanish uchun

b)       printerga ulanish uchun

v) skanerga ulanish uchun

g) telefonga ulanish uchun

15.       Quyidagi qurilmalarning qaysi birlari axborot kiritish qurilmasi hisoblanadi

a)       Klaviatura

b)       protsessor

v) sichqoncha

g) proektor


5-        BO‘LIM.

PEDAGOGIK MAHORAT

ASOSLARI

16-           §. PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING
O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI.

\

7

 

«O‘qituvchi o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insonlikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga

erishadi”

Abu Nasr Farobiy

7

 

 

\

 

REJA:

1.      Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari

2.      Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi

3.      O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni

Tayanch tushunchalar: pedagogik mahorat, tarkibiy qismlar, pedagogik faoliyat, o‘qituvchi kasbi, o‘quvchi shaxsi, pedagogik texnika, pedagogik nazokat, o‘qituvchi immiji.

1.      Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari. Globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta'lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o‘sishini ta'minlovchi omillar ham aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir.

Bugungi globallashuv davrida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda quyidagi hislatlarni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi:

- insonparvarlik hislatlarini rivojlantirish;

- kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish;

- kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy yondashish hislatlarini tarkib toptirish;

- pedagogik nazokat va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish;

- nutq texnikasini, o‘z tovush, mimika, jest va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta'sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish;

- zamonaviy fan va ishlab chiqarishdagi muammolar, pedagogik, axborot va yuqori darajadagi texnologiyalardan xabardor bo‘lish hamda ulardan zarurlarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish va boshqalar.

Demak, pedagogik mahorat hamma ustozlar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati evaziga yuzaga keladigan jarayondir. Shu jihatdan olganda, hozirgi pedagogik ta'lim berish oliy o‘quv muassasalari bo'lajak pedagog mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli sharoit belgilab berishi kerak.

Pedagogik mahorat» atamasiga mavjud pedagogikaga oid manbalarda: «o‘qituvchi - tarbiyachining pedagogik qobiliyati[35] », «o ‘qituvchining muaomala madaniyati va nutq san'ati[36]», «pedagogik nazokat, odob va ahloq[37]», «turli kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga munosabat[38]», «o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ilmiy ijodiy ishlash[39]» kabi tavsiflar berilgan.

Pedagogik mahorat- bu pedagogik (o‘quv - tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘llantirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.

Uzluksiz ta'limni amalga oshirishda pedagog, o‘qituvchi va tarbiyachilar kadrlar bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim. Shu sababli pedagogika fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi.

Mahorat - shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat - yoshlarni tanlagan kasbiga hurmat uyg‘otish jarayonidagi kasbiy g‘ururni shakllantirishda xizmat qiladi.

Shu jihatdan barkamol avlod tarbiyasida o‘qituvchi-tarbiyachining mahorat egasi bo‘lishi muhimdir.

Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta'lim jarayonidagi o‘zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan vazifani bajarishdagi kasbiy hislatlarni ta'riflashda qo‘llaniladi.

Mahorat - va uning o‘ziga xos xususiyat va talablari borasidagi masalalarni I.A Zyazyun, P.ye Reshetnikov, ye.I Ilin, Sh.A Amonashvili, N. Saidahmedov, X.A To‘raqulov kabi olimlar o‘rganishgan va tadqiqotlarida o‘qituvchi mahoratining turli yo‘nalishlarini tadqiq qilishgan.

Mahorat - san'at, mahorat izlanish, mahorat - pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilish, mahorat - o‘qituvchining o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘z-o‘zini tarbiyalashidir.

O‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, zo‘r san'atkor va fidoiy bo‘lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratni egallashlari lozim.

Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg‘ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo‘lgan shaxslardir.

Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm - farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga kam kuch sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi.

Pedagogik mahorat pedagogdan odatdan tashqari kuch - g‘ayratni, qat'iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql- idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi.

«Pedagogik mahorat» kursi talabalarga bo‘lajak o‘qituvchi ixtisosligi bo‘yicha bilimlarni egallashlari davomida o‘qituvchi shaxsidagi ma'naviy- axloqiy tarbiyani; o‘z kasbi doirasida odob va axloq normalariga rioya qilish xususiyatini, uning mohiyatini; muallim - ustoz odobining bola shaxsiga ta'sirini, turli vaziyatlarda o‘z xulqini idora qilishning zaruriyatini; bo‘lajak o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni, ko‘nikma va malakalarni, pedagogik texnika elementlarini o‘zlashtirib, egallab borishlarini o‘rgatadi.

Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, fiziologiya, axloqshunoslik, tarbiyaviy ishlar metodikasidan xabordor bo‘lishi shart.

Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Mohir o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi. O‘qituvchining yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.

Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va jamiyat talabidan kelib chiqib, bugungi kunda o‘qituvchilar oldida mas'uliyatli vazifalar turibdi. 2.Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi. Har bir jamiyatda o‘qituvchi, ustoz, muallim oldiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo‘yilgan.

Hatto ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda ancha tajribali, hayotni ko‘rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar.

Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarni o‘qitadigan kishini “didaskal” ("o‘qitadigan", "o‘rgatadigan") deb ataganlar. Bolalarni maktabga boshlab borgan kishilarni pedagog ("payne") bola, "agogeyn" “yetaklab bormoq”) deb atalgan. Bu tushunchalar bugungi kunda ham o‘qituvchiga nisbatan ishlatilib kelinadi. Lekin uning mohiyati chuqur ahamiyat kasb etadi. Taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripov aytganlaridek:

Ko‘hna dunyo ko‘rmadi ne ne dahoni, Arastu Aflotun, Suqrot dononi Ular dahosiga quygan tamal toshini Sensan barchasiga ustozi avval, Sensan barchasiga ustoz muallim!

Navoiyning fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir to'da bolalarga ilmu adab o'rgatadi. Bu jarayonda muallim ko'p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. “Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi”,- deb yozadi Alisher Navoiy va quyidagi misralarda o‘z fikrini ifoda etadi:

Haq yo'lida senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Navoiyning “Mahbub-ul-qulub” asarida o'qituvchi odobiga doir quyidagi talablar bayon etilgan:

- mudarris ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim;

-muallim bolalarga bilgan narsalarini o'rgatishi, bilmagan ilmlarini o'rgatishga urinmasligi kerak;

-gerdayish, manmanlik, ta‘magirlik, nodonlik kabi illatlar o'qituvchi axloqiga yot sifatlardir;

-muallim yaramas ishlardan, nopoklikdan yiroq bo'lishi kerak;

-xalq nazarida olim hisoblanadigan mudarrislar yomon ishlardan, fisqu fasoddan o'zlarini tiya bilishlari zarur. Demak, Alisher Navoiy o‘z asarlarida o‘qituvchilik kasbini ulug‘lab, uning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, insoniy hislatlarga ega kishi bo‘lishi lozimligini uqtirgan.

Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob'ekt, sub'ekt va vositalardan tashkil topadi. Bular:

- birinchidan, pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy o‘zviyligini (ketma-ketligini) ta'minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.

- ikkinchidan, pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erishish osonlikcha kechmaydi. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va maqsadga erishish o‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Nemis mutafakkiri Gyote ta'kidlaganidek: "Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi[40]".

- uchinchidan, pedagogik (ta'lim, tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi. O‘quvchi esa ko‘p hollarda, hayotiy tajribasi yetishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Ijodkor pedagog Sh. A. Amonashvili bu nomuvofiqlikni "tarbiyadagi asosiy fojia" deb ataydi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatini o‘quvchilar ehtiyojlari, ya'ni bilim, ko‘nikma, malaka olishga mo‘ljallab loyihalaydilar. Bu hamkorlik pedagogikasi, ya'ni “sub'ekt- sub'ekt” munosabatlarining mohiyatini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” Qonuni hamda “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy e'tibor qaratilgan.Chunki, o‘z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to‘liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni shakllantirish, jamiyatda tub o‘zgarishlar bo‘lishiga zamin yaratadi.

Inson faoliyati - uning rivojlanishi uchun zarur sharoit bo‘lib, uning jarayonida shaxs hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, atrof-olamni idrok etadi, bilimlarni o‘zlashtiradi, malaka va ko‘nikma hosil qiladi.

Hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning hayotga kirib kelishi inson faoliyatida, ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etmoqda. Zero, olam to‘g‘risida va insonning hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlari o‘zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari shakllanmoqda, ma'naviy-amaliy o‘zlashtirishning yangi vositalari va usullariga o‘tish yuz bermoqda.

O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonida uning aqliy- intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi

Ta'lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste'dodlarni yuzaga chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o‘z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish - kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o‘tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo‘lib hisoblanadi. Bu davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri - har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish g‘oyasiga mos keladi.

Pedagogik faoliyat kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi.

Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning ma'lum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.

O‘qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi:

a) amaliy konstruktiv malakalar:

- amaliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish faoliyatining eng muhim qoidalarini tanlay bilish.

- har bir o‘quvchiga nisbatan uni jamoa sharoitida tarbiyalashning individual rejasini amalga oshira bilish.

- o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga nisbatan individual munosabatni amalga oshira bilish.

b) Tashkilotchilik malakalari:

- o‘quvchilar orasidagi faol bolalarni aniqlash, tanlay bilish, ularni idora qilish.

- o‘quvchilarning turli xildagi jamoa individual holatini uyushtira bilish, ularni ijtimoiy faolliklarini bilish.

- o‘quvchilarga berilgan jamoa ijtimoiy topshiriqlarni berilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish va ularga zarur vaqtda amaliy yordam berish.

- o‘zi rahbarlik qilgan sinfda amaliy ishlarni boshqarish.

- ota- onalar va keng jamoatchilik o‘rtasida tarbiyaviy ishlar tashkil eta bilishi; maktabdagi pedagogik tizim tuzilishi bolaning yaxshi o‘qishi, samarali xizmat qilishi, yaxshi dam olishi, hamma vaqt foydali va qiziqarli mashg‘ulot bilan band bo‘lishini nazarda tutadi.

Pedagogik maqsad va vazifalar keng qamrovli bo‘ladi. Masalan, haqiqiy fuqaroni, komil insonni tarbiyalash, mehnatga va uzluksiz ta'limga tayyorgarlikni shakllantirish, o‘quvchilar bilimining sifatini oshirish, ularning individual ijodiy qobiliyatlarini mustahkamlash; xususiy ravishda - o‘quv yurti xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quv predmetining samaradorligini, sinfdagi o‘quvchilar kontingentini aniqlash va h.k. O‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlari, maqsad va vazifalarining biri bilimlarni o‘zlashtirishni, boshqalari shaxsning o‘sishini ta'minlaydi. Masalan, shaxsning o‘z - o‘zini nazorat qilishi, boshlagan ishni oxirigacha yetkazish, chidamlilik, qunt bilan bilim olish va boshqalar shular sirasiga kiradi. Shuning uchun aslida o‘qituvchi har doim birgina emas, balki bir nechta pedagogik vazifalar qo‘yadi va ularni faoliyati mobaynida pedagogik vaziyatlarga, jumladan, pedagogik vazifalarning qo‘yilishi va hal qilinishi sharoitlari va boshqalarga bog‘liq ravishda tuzatib boradi. Bunday vaziyatlar rejali (masalan, muammoli dars, tarbiyaviy tadbir) va tasodifiy (tarbiyasi qiyin o‘smirnnng qo‘qqisdan namoyon bo‘ladigan xulqi) bo‘lishi mumkin. Mohir o‘qituvchi pedagogik vaziyatni to‘la boshqarishga intiladi va ayni shu vaqtning o‘zida bolalarning tashabbusiga keng yo‘l ochadi. Zaruriyat, tug‘ilganda u har qanday kutilmaganda yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni pedagogik vaziyatga aylantira oladi.

O‘qituvchining faoliyati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

- o‘z-o‘zini rivojlantirish;

- o‘quv faoliyatini ilg‘or texnologiyalar asosida qurish;

- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning qaror topishiga zamin yaratish;

- o‘quv faoliyatining o‘quvchilar ichki motivga asoslangan izlanuvchanlik yo‘nalishining kasb etishini ta'minlash va boshqalar.

Pedagogik faoliyat o‘quvchilarga uch xil pedagogik ta'sir ko‘rsatishni nazarda tutadi: nimani o‘qitish, kimni o‘qitish va qanday o‘qitish?. Demak, mohir o‘qituvchi o‘quv predmetidan material tanlash va uni guruhlarga ajratish uquvini oshirishi; o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlari, ta'limning umumiy maqsadlarini amalga oshirib, o‘quvchilarga ta'sir ko‘rsatishning shakl, usul va metodlarini oqilona tanlashi va qo‘llashi lozim. Tabiiyki, o‘qituvchi o‘zining shaxsiy faoliyatini o‘zi tahlil qilib boradi. Ish davomida o‘quvchilar va o‘zining shaxsiy mehnati va sarflangan vaqtini hisobga olish, ishdagi kemtik joylarni ko‘ra bilish va ularni bartaraf etish yo‘llarini tanlash, o‘z tajribasini va hamkasblarining ishlarini tahlil qilish o‘ta muhim. Agar pedagogik faoliyatning barcha sanab o‘tilgan tarkibiy qismlari mavjud bo‘lsa, u holda uni psixologik jihatdan to‘la va yetuk, deb hisoblash mumkin.

Faoliyat jarayonida inson shaxsining har tomonlama yaxlit rivojlanishi, tevarak-atrof, olamga munosabati shakllanadi. Inson faoliyati maqsadga muvofiq amalga oshishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish va oqilona yo‘naltirish lozim. Lekin ko‘p hollarda shaxsning rivojlanishi imkoniyatlaridan foydalanilmaydi, tarbiyalanuvchilar ko‘pincha ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatini faol tashkil eta olmaydilar, hayotda sust harakat qiladilar.

O‘quvchilar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish, mehnatni kiritgan holda uning asosiy yo‘nalishlari - ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik, emotsional faoliyatlariga ajratish mumkin.

Faoliyat faol va passiv bo‘ladi, faqat faol faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsining barcha imkoniyatlarini ruyobga chiqarishga yordam beradi. Bunday faoliyat insonda qoniqish hosil qiladi, inson kuch-quvvatga to‘ladi.

O‘qishda faollik ijtimoiy tajribalarni tezroq o‘rganib, anglab olishga, kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga, o‘zini o‘rab turgan atrof-olamga munosabatini shakllantirishga olib keladi. Bilish faolligi esa bolaning intellektual rivojlanishini ta'minlaydi.

O‘qituvchi mehnatida faollik shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishga undaydi, uni yanada muvaqqiyatli mehnat qilishga yo‘llaydi. Rivojlanayotgan shaxsni doimiy faollikka undash ancha murakkab va qiyin kechadi. Zero, o‘quvchining turli yoshida uning faoliyati o‘zgarib boradi. Shuning uchun bu borada maktabdagi ommaviy tadbirlar bilan birga har bir o‘quvchining invidual va yosh xususiyatlarini hisobga oladigan ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Pedagogik faoliyat davomida pedagogik vazifa (pedagogik maqsad)larni qo‘yish va uni o‘zgartirish, pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va klassifikatsiyalash, qaror qabul qilish, pedagogik tafakkur va pedagogik intuitsiya), tahlil etish, baholash, o‘zini o‘zi tuzatish (pedagogik refleksiya) va boshqalar kabi muhim kasbiy sifatlar mujassamlanadi.

Shaxsning rivojlanishi bevosita uning faoliyatida ro‘y beradagan o‘zgarishlar, motivlar, maqsadlar, yangi vositalarni qo‘llash, usullar hamda faoliyat dasturi bilan bog‘liq holda kechadi. Turli pedagogik o‘zgarishlar asosida o‘qituvchi faoliyatining faolligi shakllanadi. Faoliyat pedagogikada psixologik qonuniyatlarga tayangan holda turli shakl va metodlar orqali, maxsus didaktik tomoyillarni qo‘llash asosida tashkil etiladi. Agar o‘quvchi faoliyati o‘quv jarayonida bilimlarni o‘rganish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish asosida tashkil qilinsa, o‘qituvchi faoliyati pedagogik vazifalarni quyish, maqsadga erishish, faoliyat predmeti, vositalarini aniqlash, ularni bajarish usullarini oqilona tanlash, o‘quvchi faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlikka asoslangan ta'lim-tarbiyani tashkil qilish natijasida amalga oshadi.

Ta'limda faoliyat va uni boshqarishga yangicha yondashuv talab etiladi, didaktik tomoyillar yangi mazmun kasb etadi va o‘qitish texnologiyasini o‘zgartiradi. An'anaviy didaktikada buni amalga oshirib bo‘lmaydi. “O‘quv faoliyati”, “aqliy faoliyat” hozirgi davr pedagogikasining eng muhim konsepsiyasi sifatida maydonga chiqmoqda. Uning asoschilari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, D.B.El'konin, V.V.Davidov, P.Ya.Galperinlar pedagogik-psixologiyada ta'limga faoliyatli yondashuv nazariyasini yaratdilar.[41]

Faoliyatning asosiy psixologik nazariyasi va ta'limga faoliyatli yondashuv quyidagi g‘oyalar va tamoyillarni o‘zida qamrab oladi:

1. Faoliyatga metodologik asos bir tomondan ob'ektiv dunyo, ikkinchi tomondan miyaga ruhiyatning ta'siri natijasida vujudga keladi. (A.N.Leontev).

1. Ruhiy ta'sirning faollik kasb etishi - bu sub'ektning ehtiyoji asosida amalga oshadi (E.G‘oziev).

1. Moddiy dunyoda sub'ektni faoliyatga yo‘naltirish, faoliyatning o‘zi ham ijtimoiy munosabatlarda tarkib topadi (L.S.Vigotskiy).

1. Inson faoliyati ruhiyatining ijtimoiy tarixiy tabiatiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon ijtimoiy hayotning o‘zida amalga oshadi(D.B.Elkonin).

1. Inson faoliyatida ruhiyat ichki faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi (P.Ya. Galperin).

Mazkur metodologik asoslar o‘quvchilarga nimani o‘rganish bilan birga qanday o‘rgatishni ham tavsiya etadi.

Ta'lim jarayoni o‘quvchilar faoliyatini tizimli tashkil etishni taqozo etadi (-rasm). Ta'limning barcha tarkibiy qismlari uning o‘quvchi faoliyatini tizimli tashkil etish- bu ta'lim maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, ta'lim mahsuli, bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zaro aloqasida amalga oshadi.


Faoliyatning rivojlanishi ta'limda ma'lum didaktik prinsiplar asosida yuzaga keladi. Bular ilmiylik, uzviylik, tizimlilik, qulaylik, ta'limda faollik, onglilik kabilardan iborat bo‘lib, ta'lim tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etib, unda o‘zgarishlar qilishni taqoza etadi.

Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari. Pedagogika fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi.

Mahorat- bu shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir.

Pedagogik mahorat har bir o‘qituvchining zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, odatdan tashqari kuch - g‘ayratni, qat'iyatlilikni, tirishqoqlikni, vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql - idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi.

A.S.Makarenko ta'kidlaganidek: "Agar pedagog mahoratni egallamas ekan, bolalar muhitidagi ilg‘or kuchlarga tayana olmas ekan, ularning iqtidorini rag‘batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta'sir ko‘rsatishni mutloqlashtirib boradi, ya'ni o‘ziga eng oson yo‘lni tanlaydi. Chinakam mahorat bilan obro‘talablik bir- biri bilan sig‘isha olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar tizimi bolalarning ijodiy kamolotiga yordam berishi lozimligini o‘ylasa, obro‘talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so‘zsiz quloq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko‘maklashadi[42]". Demak, mahoratli o‘qituvchi o‘z nutqining ravon va ta'sirchan ekanligiga erishishi, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini jalb qila olishi, mavzuga mos ko‘rgazmalar asosida darsga ijodiy yondashishi, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa olishi lozim.

Pedagogik mahorat - izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.

V.A Suxomlinskiy o‘zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» asarida «O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo‘lmaydi. To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi, po‘lat erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. yer haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z ijodining mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi pedagogik jarayonning har bir daqiqasida o‘zining o‘ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisining barchasini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak[43]”, -degan fikrlarni bayon etadi.

Pedagogik mahorat bolalar haqidagi ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi - tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘lishga erisha olmaydi. Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ular rivojlanishidagi muhim o‘zgarishlarni fan, meditsina sohasidagi asosiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir - biriga o‘tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanish va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi

Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakteri, o‘quvchilar bilan muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda bularning ta'lim-tarbiya jarayoniga ta'siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, tajribali pedagog o‘zining xatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta'sir ko‘rsatatganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi.

Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha qismlardan tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahorat «pedagogik tizim» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta'riflanadi: «Pedagogik mahorat - o‘qituvchi tomonidan o‘z kasbiy-pedagogik faoliyatini mustaqil ravishda yuqori saviyada tashkil etishi, rivojlanayotgan bola shaxsiga insonparvarlik pedagogikasi asosida yondashish hislatlarining mavjudligi, yuqori darajadagi ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaligi bilan tavsiflanadi va pedagogning o‘z faoliyati mohirligining eng baland cho‘qqisiga erishganligini bildiradi[44]». Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagogik mahorat- pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomonlama rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimoiy zarur mehnatga moyillik uyg‘otishdir.

PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISHDA FAOLIYATNI
TASHKIL QILISH

TASHKILIY-TARBIYAVIY

- Rivojlanayotgan o‘quvchi shaxsini o‘rganish;

- erkin harakat va fikrlashga sharoit yaratish;

- sinf, guruh bilan ishlashni tashkil etish;

- ish joyini tayyorlash;

- boshqarish;

- hamkorlikni tashkil etish;

- muammoni yechishni tashkil qilish;

- axloqiy baho berish;

- qaror qabul qilish;

- boshqarish va h.k.

USLUBIY- AMALIY

-o‘quvchi shaxsida o‘z imkoniyatlariga ishonch uyg‘otish;

-empatiya (o‘zgalar o‘rniga o‘zini quya olish)ga o‘rgatish;

-boshqalarni qadrlash;

-ishonch qozona olish;

-hayajonni bosish;

-sinf, guruh bilan muayyan muammoni muhokama qilish, uning
yechimini topish va qaror chiqarish;

-pedagogik jarayon muhokamasi va boshqalar.

Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari ( -rasm) quyidagilardan iborat:

I. Gumanistik (insonparvarlik yo‘nalishi). Bunda qiziqishlar, qadriyatlar, ideallarning oliy maqsadga - barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltiriladi. Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.

II.      Ixtisoslik bilimi. Pedagog tomonidan mutaxassislik fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyani mukammal bilish zaruriyatining oshishi pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo‘lib tavsiflanadi.

III. Pedagogik layoqat va qobiliyatlar: kommunikativ (muloqatga moyillik), so‘z, fikr-tuyg‘u orqali munosabat, o‘zaro fikr almashuv; fahm-idrokli bo‘lish; turli qobiliyat (ko‘rinishlari) qirralari, iqtidori; dinamizm (harakatchanlik), faollik, olg‘a siljish; emotsionallik (his-tuyg‘u jo‘shqinlik); qat'iyatlilik; qunt, sabot, chidamlilik; kelajakka ishonch (kelajakni ko‘ra bilish); e'tiborli nufuzli bo‘lish (o‘z ta'sirchanligi bilan mahliyo, maftun eta bilish) bilan belgilanadi.

IV. Pedagogik texnika. o‘z-o‘zini, o‘z hissiy holatini boshqara olish; boshqalar bilan aloqa-munosabat o‘rnata olish; nutq malakasi; mimik pontamimik ifodaliligi bilan tavsiflanadi.

Milliy pedagogikamiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ma'rifatparvar Abdulla Avloniy: "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir", - degan edi. Hayot, najot, saodatga eltuvchi tarbiyani amalga oshiruvchi zot - o‘qituvchidir.


O‘qituvchi bolaga do‘stona munosabatda bo‘lib, ularga faqat ezgu niyat bilan yondashishi, mehribonlik ko‘rsatishi, ularning “MeN”ini hurmat qilishi, bolaning nafsoniyati, qadr-qimmatiga tegadigan qupol muomalada bo‘lmaslik, ishonchsizlik bildirmaslik lozim. O‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlarni rag‘batlantirib borish muhim. “Bolani butun qalbi bilan sevadigan mehridaryo pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtiga erishadi[45]”. Demak, pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishi - o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, adolatli bo‘lish, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga - barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirishda ifodalanadi. O‘z davrida Abu Ali ibn Sino o‘qituvchi shaxsida halollik, adolatparvarlik, poklik, mehnatsevarlik, fidoiylik, odamgarchilik kabi hislatlarni qadrlagan.

Insonparvar pedagog bolalarga bilim berayotganda ularga odamiylik namunasi sifatida gavdalanadi. “Bola uchun o‘qituvchisiz bilim yo‘q. Bola o‘qituvchisiga mehr quysa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini qozonmoq o‘qituvchi uchun sharafli hisoblanadi.Faqat o‘z o‘qituvchisini yaxshi ko‘rgan bola bilimlar olamiga shung‘iydi, jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarni o‘zlashtira boradi[46]”. Shu bois ta'lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari, shakllari pedagogning bolalarga mehr- muhabbatidan harorat oladi va insonparvarlik hissi to‘la qalbidan o‘tib takomillashadi.

Jamiyatimizda o‘qituvchi bolalarni kelajak haqidagi orzu - umidlar bilan ruhlantirishga, kelajak haqidagi orzu-umidlar, g‘oyalar va ideallarini hozirdan mustahkamlashni o‘rgatishga qodir kishi bo‘lmog‘i lozim.

3.O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni. O‘qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib kelingan kasbdir. XX1 asrda o‘qituvchi - tarbiyachi faoliyati, mahorati, ustoz - shogirdlik munosabatlari uyg‘unlashib borayotgan bir pallada kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida ustoz - o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatda tutgan o‘rnini tasavur etish qiyin.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasida “Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega"[47]- deb ta'kidlanadi. Demak, jamiyatda sog‘lom fikrlovchi har tomonlama yetuk shaxslarni voyaga yetkazishda o‘qituvchi-ustozlar kasbiy mahoratga ega, ko‘p qirrali faoliyati va qobiliyati bilan o‘rnak bo‘la oladigan, ijodkor va fidoiy inson bo‘lishlari kerak. Zero, shoir aytganlaridek:

Muallim haqida so‘zim ushbudir:

Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.

O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor, Farobiy, Danteni takror va takror. Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim, Bariga ustozsan o‘zing, muallim.

Alisher qalbiga solgan sehr-fayz

Sensan, ey muallim, ustoz Abul-Lays.

Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu, Hamid Olimjon bu, G‘afur g‘ulom bu.

Buyuk Temur sendan topgandir ta'lim.

Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.

      pedagogik faoliyatga qobilyatli,ijodkor,ishbilarmon;

      milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlami,dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan,diniy ilmlardan ham xabardor, manaviy barkamol;

      O'zbekistonning     mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga

ishonadigan,vatanparvarlik burchini to'g'ri anglagan,e'tiqodli fuqaro;

      ixtisosga doir bilimlarni, psixolik, pedagogic bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan;

     o'qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko'radigan, har bir o'qituvchi , ulg'ayib yaxshi odam bo'lishiga chin ko'ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko'maklashadigan;

      erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo'lmog'i darkor.

Mustaqil O‘zbekistonimizda o‘qituvchilik kasbiga hurmat e'tibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo‘yiladigan mas'uliyat ham katta.

O‘zbekistonda «1 - Oktyabr- “O‘qituvchi va murabbiylar kuni» deb e'lon qilinib, uni butun respublikamiz aholisi umumxalq shodiyonasi sifatida bayram qiladi. Hozirgi kunda o‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan ijodkor o‘qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Mohir o‘qituvchilarni aniqlash uchun o‘tkazilayotgan tanlovlar ana shu yutuqlar mezoni sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maktablarda “metodist- o‘qituvchi”, “katta o‘qituvchi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi” unvonlariga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida yuzlab ta'lim fidoyilariga davlatimizning eng mo‘tabar mukofotlari topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarining ko‘pligi ham mamlakatimizda ilm—fan va ta'lim-tarbiyaga e'tiborning naqadar yuksakligini ko‘rsatadi. Ular jumlasiga «O‘zbekiston qaxramoni», «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi», kabi unvonlarni ko‘rsatish mumkin.

O‘qituvchilar safidan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, iqtidorli, yoshlarni aniqlash, ularning iqtidori, kasbiy malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarning yetuk o‘quv yurtlarida va markazlarida tajriba orttirish maqsadida tuzilgan ushbu jamg‘arma keyinchalik “El-yurt xizmati” jamg‘armasi nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Bu g‘amxo‘rliklarga sabab, xalqimiz, millatimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchi, uning saviyasi, fidoyiligiga bog‘liqligi bilan belgilanadi.

Ma'lumki, har bir o‘sib kelayotgan shaxs o‘z xulq atvoriga, xarakteriga ega. Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari o‘qituvchining kasbiy tizilmasida ifodalanadi. Bular:

1)     maxsus tayyorgarlik hajmi va mazmuni;

2)               o‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga quyiladigan talablar;

3)     o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari;

4)     ixtisosga oid umumiy tayyorgarlik mazmuni.

Demak, zamonaviy o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

G‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e'tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy - siyosiy faollik.

Kasbiy sohada: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, o‘z kasbini sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, adolatparvarlik, samimiylik, dilkashlik, talabchanlik qat'iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish, kasbiy layoqatlilik.

Bilim sohasida: keng ilmiy saviya, ma'naviy ehtiyoj va qiziqim, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish va boshqalar.

Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi. O‘qituvchi mehnati - bu bebaho izlanish, mashaqqat, azob-uqubatli kechinmalar, quvonch, o‘z faoliyatidan qanoat xosil qilishdir. Pedagoglik faoliyati - inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.

Pedagogik faoliyatpedagogning tahsil oluvchilarga ta'lim va tarbiya berish vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta'sir o‘tkazish vositalari bilan amalga oshiriladigan kasbiy faolligidir. O‘qituvchi bu mazkur faoliyatning bir necha turlarini bajaradi: o‘qitadi, tarbiyalaydi, yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadi, tashkil qiladi, targ‘ibot yurgizadi, mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanadi. Bularning hammasi bevosita yoki bilvosita o‘qitish va tarbiyalash vazifalarini hal qilishga yo‘naltiriladi. Pedagogik faoliyat mobaynida motivatsion mo‘ljalli bosqich, vaziyatni tushunish bosqichi namoyon bo‘ladi; motivlar tug‘iladi, faoliyatga ruhiy tayyorgarlik vujudga keltiriladi, maqsad va vazifalar qo‘yiladi va o‘zgartiriladi; pedagogning tarbiyalanuvchilar ruhiy rivojlanishiga ta'sir o‘tkazishi muvofiqlashtiriladi; pedagogik o‘z - o‘zini tahlil qilish usullari (diagnostika, bashorat, nazorat)dan foydalaniladi, qo‘yilgan vazifa hal etiladi, yo‘l quyilgan pedagogik nuqsonlar bartaraf etiladi.


Pedagogik faoliyatda o'qituvchiga qo'yiladigan tala bl ar:

1.     Faoliyatdan kutilgan maqsadni xap бир o'quvchi онгига етказиш

2.     Faoliyatni tashkil etishga o'quvchilar tashabbusi va ijobiy faollikka suyanish.

Ishni taqsimlash, rejalashtirish, hisobga olish, natija chiqarishni
o'quvchilarning o'zlariga havola qilish kerak.

3.     Faoliyat jarayonida укувчи sohibkorlik va ijrochilik malakalarini egallab
borishi.

4.     Ish natijasini muhokama qilish, ishtirokchilarni rag'batlantirish.

Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar tizimining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe'l- atvorlarini tushunishnigina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a'zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi.

Kasbiy bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashkil qiladi. Pedagog bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘zi dars berayotgan fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan puxta bilimga ega bo‘lishi, pedagogning kasbiy bilimlar mazmunini tashkil etadi. Kasbiy pedagogik bilimlarning o‘ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo‘lishida pedagogik prinsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu prinsip va qoidalarni har bir pedagog o‘z tajribasiga tayangan holda yaratadi, lekin ularning qonuniyatlarini ilmiy bilim yordamida aniqlaydi. Bu bilimlar doimo takomillashib borishi zarur. Taniqli pedagog Adolf Disterveg: «ilmiy izlanishga intilmagan o‘qituvchi tavakkalchilik, oddiylik va soxtalik kabi illatlarga giriftor bo‘ladi[48]»,-deb ta'kidlaydi.

Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil qilishga zamin yaratadi. Quyidagi pedagogik qobiliyatlar ta'lim-tarbiya jarayonida samarali natijalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi:

- kommunikativlik (muloqotga moyillik);

- empatiya (o‘zgalar o‘rniga o‘zini quya bilish, odamlarga nisbatan ko‘ngilchan bo‘lish, mehribonlik);

- aql bilan sezish- kasbiy ziyraklik, boshqalarga hamdard bo‘lish, ichki (hissiy) sezgirlik;

- shaxsning harakatchanligi, irodaviy ta'sir ko‘rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyatlari;

- hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olishi;

- kelajakni eng maqbul holda bashorat qilish;

- kasbiy mustaqillik - ijod qilish qobiliyati.

Mahoratli o‘qituvchi quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarur:

1)                    o‘qituvchi dunyoqarashi keng, har qanday voqyea va hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir;

2)                    o‘qituvchi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur bilimdoni bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta'lim sifatini oshira oladi hamda ularda fan-texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi;

3)                    o‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan holda darsni tashkil qilishi va uning har bir daqiqasidan unumli foydalanishi zarur;

4)                    O‘qituvchining mohirligi pedagogika va psixologiyani hamda o‘zi o‘qitadigan fanning metodikasini chuqur egallaganligida namoyon bo‘ladi;

5)                    Pedagogning umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi lozim. Bu esa undan adabiyot va san'at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi;

6)                    O‘qituvchi pedagoglik odobi va nazokatiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi va nazokati o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, uning mahoratini oshiradi;

7)                    O‘qituvchi pedagogik mahoratga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi lozim, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.

Demak o‘qituvchi pedagogik mahoratga psixologiya va pedagogika turkumidagi fanlarni chuqur o‘rganish; mutaxassislik fanlari, ularni o‘qitish metodikasidan puxta bilimga ega bo‘lish; pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o‘tkazish; o‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, boshqalar tajribasini o‘rganish; o‘z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o‘qib borish kabilar orqali erishishi mumkin.

 

ADABIYOTLAR:

1.      Zyazyun I.A. Osnovbi pedagogicheskogo masterstva. - Moskva: Akademkniga, 2006.6-ye izd.- 302 s.

2.      Kan-Kalik V.A. Uchitelyu o pedagogicheskom obщenii.- Moskva: Logos, 2005.-4-ye izd. -190 s.

3.      Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. - Moskva: Znanie, 2009. -159 s.

4.      Kaykovus. Qobusnoma.- Toshkent: Adabiyot va san'at,1991.-189-bet.

5.      Ochilov M. , Ochilova N. O‘qituvchi odobi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2005.­176 bet.

6.      Navoiy Alisher. Mahbub-ul qulub. - Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi «Adabiyot va san'at» nashriyoti, 1991.-234-bet.

7.    Yusuf xos Xojib. Qutadg‘u bilig.-Toshkent: Yulduzcha, 1990.- 278-bet. MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1-    topshiriq: “Mustaqil O'zbekistonda o'qituvchi shaxsiga e'tiborning kuchayishi”, “O'qituvchining mas'uliyati va unga qo'yilayotgan talablar” mavzularidagi munozaraga tayyorlaning.

2-       topshiriq: Mavzuni quyidagi “B-B-B jadvali” asosida o‘rganing:

B-B-B JADVALI

O'rganiladigan masala

Bilaman

Bilishni

xohlaym

an

Bilib oldim

Pedagogik mahorat fanining maqsad va vazifalari

 

 

 

2. Prezidentimiz o'qituvchi shaxsiga qo'ygan talablari

 

 

 

3. O'qituvchi kasbining paydo bo'lishi

 

 

 

Pedagogik faoliyat va uning o'ziga xosligi

 

 

 

Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari

 

 

 

 

3-   topshiriq. Quyidagi komponentlarga nisbatan o‘z munosabatingizni bildiring.

Pedagog faoliyatining asosiy tashkil etuvchilari. (komponentlari)

1. Loyihalash:

a) O‘quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni muvaffaqiyatga eltuvchi vaziyatlar yaratish;

b) axborotni iqtidorli va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga tushunarli qilib o‘zgartira olish.

2.       Konstruksiyalash:

a) mashg‘ulot loyihasini turli vaziyatlarga moslab tuza olish;

b) darsda mobaynida turli pedagogik vaziyatga tayyor bo‘lish, zarur bo‘lsa uni qayta ko‘rib chiqish (o‘quv materialini), tushuntirish, o‘quvchilar tomonidan axborot o‘zlashtirilishini ta'minlash.

3.       Muloqotga moyillik (kommunikativlik)

a) xushmuomila va talabchan bo‘lish;

b) o‘quvchilarning mas'uliyatini oshirish;

v) o‘quvchilarga samimiy va do‘stona munosabatda bo‘lish, har qanday vaziyatda ularga ishonch bildirish;

4.       Tashkilotchilik:

a) o‘quvchilar mustaqil bilim olish faoliyatlarini tashkil etish va boshqarish;

b) o‘quvchilar diqqat va qiziqishlarini o‘ziga jalb qilish.

5.       Gnostik (bilishga oid):

a) o‘zi va o‘quvchilar faoliyatida ro‘y beradigan qiyinchiliklarni tashhislash, ularni bartaraf qilishga o‘rgatish;

b) o‘z faoliyatini tahlil qilish;

v) faoliyat natijasini oldindan bashorat qilish (yaqqol tasavvur etish).

3-       topshiriq:

Agar ciz o‘qituvchi kasbini tanlasangiz yoqtirgan kasbingizni egallash uchun nima ishlar qilgan bo‘lardingiz? Maktablarda sinf rahbarining kasb tanlash bo‘yicha ishiga qanday tuzatishlar kiritgan bo‘lar edingiz?


17-             §. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT

7

7

 

“O‘qituvchi hamish adolatparvar, vijdonli, pok bo‘lmog‘i lozim. Insonning mohiyati vijdonidan bilinur. Adolatli insonni doim vijdon harakatga keltirib turadi”.

Abdulla Avloniy

7

 

\

REJA:

 

1.                 Qobiliyatning pedagogik-psixologik tavsifi

2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari

3.O‘qituvchining nutq qobiliyati. Pedagogik texnika Tayanch tushunchalar: qobiliyatlar, tarkib, psixik sifatlar, pedagogik faoliyat, o‘qituvchi mahorati, shaxsning aqliy, emotsional - irodaviy tomonlari, ta'lim sub'ektlari, kompetensiyalar.

Qobiliyatning psixologik tavsifi. Mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlarga ta'lim va tarbiya berish, barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu sohada yoshlarning qobiliyatlari, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilib, yuksak salohiyatli, jismonan, ruhan va ma'nan yetuk insonlar etib tarbiyalashning yaxlit mexanizmlari shakllantirilmoqda.

Ma'lumki, XX asrning so‘nggi Sammiti hisoblangan BMT Bosh Assambleyasining 2000 yilgi sessiyasida yangi mingyillikning Deklaratsiyasi qabul qilinib, unda insoniyat oldida turgan eng asosiy muammolar sirasida fuqarolarning ta'lim olishlarini kafolatlash vazifasi ham ko‘rib chiqildi. Jahon miqyosida savodsizlar soni 1 milliarddan oshayotgan bugungi kunda O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetdi. Yoshlarga umumiy ta'lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lish, oliy ta'lim olish imkoniyatlari kengaydi. Shu jihatdan olganda mamlakatimizda ta'lim olayotgan har

bir yoshning qobiliyati, iqtidori va iste'dodini ruyobga chiqarish vazifasi belgilab olingan.

Qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlari yig‘indisidir. Qobiliyatning shakllanishi va rivojlanishida shaxsning tug‘ma iste'dod nishonalari, yashash sharoiti, ta'lim-tarbiya, ayniqsa, uning faolligi muhim ahamiyatga ega. Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslanadi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi talantdir.

Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning o‘zi bilan qobiliyatni aniqlab bo‘lmaydi. Insonning qobiliyatlari bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. Bilim va ko‘nikmalar egallanishi sharoitlarga bog‘liqdir. Bolada namoyon bo‘lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo‘lib yetishishiga kafolot bo‘la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi uchun unga maxsus ta'lim berilishi, qat'iyatlilik, sabr kabi sifatlarni singdirilishi, salomat bo‘lishi, musiqa asboblarining mavjudligi va boshqa bir qator sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so‘nib ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zaruriy ko‘nikma va malakalar tizimi, mustahkam bilimlar tarkib topmasdan, unda qaobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish ham mumkin emas. Bolalik paytida ma'lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu qobiliyat tufayli shon-shuhrat topgan odamlar ham bor.

Agar shaxsning ma'lum sifatlari yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, demak unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste'dod deb qaraladi.

 

7

 

Iste'dod insonga muayyan murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasidir. Iste'dod mahoratning dastlabki sharti bo'lib hisoblanadi.

/

 

\


 

Mohir usta bo‘lmoq uchun juda ko‘p ishlash kerak. Iste'dodli inson hamisha o‘z ustida ishlaydi, chunki iste'dod uni mehnatdan ozod qilmaydi, balki katta, ijodiy va zo‘r mehnatni taqozo etadi. Iste'dodli kishilar shubhasiz, mehnat orqali olamga mashhur bo‘lib, mahorat darajasiga erishganlar. Haqiqiy mahorat inson iste'dodining faoliyatida namoyon bo‘ladi.

Qobiliyatlar murakkab tarkibga ega bo‘lgan psixik sifatlar yig‘indisidan iboratdir. Qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan psixik sifatlar yig‘indisining tarkibi malum faoliyat talabi bilan belgilanadi va har xil turdagi faoliyatlar uchun turlicha buladi.

Pedagogik faoliyatning samarali kechishi hamda o‘qituvchining pedagogik mahoratni egallashi uchun unda qator kobiliyat turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalab yetishtirilmog‘i lozim Bu pedagogik qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emotsional - irodaviy tomonini ham tavsiflab beradi. Bu sifatlarning

hammasi bir - biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, yaxlit holda pedagogik qobiliyatni


hosil qiladi (10- rasm).
		
ob	ru ortt olish	ira
к


 

 



10-           rasm. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari


Pedagogning bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirish qobiliyatidir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqur idrok etadi, o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi. Faniga nihoyatda qiziqadi, tadqiqot ishlarini ham bajaradi.

Pedagogning o‘quv materialini bayon etish qobiliyati - o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir.

O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi darkor.

O‘qituvchi o‘quvchining mustaqil fikrlashini doimo rag‘batlantirib, ular ruhiyatini hisobga oladi. Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani o‘rganishlari lozimligini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi empatiyaga moyil (o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladigan) bo‘lib, taqdim qilinayotgan o‘quv materialini idrok qilishda tahsil oluvchining yoshini ham inobatga olishni biladi, chunki katta yoshdagilarga aniq va ravshan bo‘lgan narsa kichik yoshdagilarga tushunarsiz va mavhum bo‘lishi mumkinligini inobatga oladi. Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quv materialini bayon etish jarayonida o‘quvchilar tomonidan bilim o‘zlashtirish qanday kechayotganligini qator belgilar asosida aniqlaydi va zarurat tug‘ilganda bayon qilish usulini o‘zgartiradi.

O‘qituvchining kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘qituvchining tahsil oluvchilar ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan tashqi ko‘rinishlar asosida o‘quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi. O‘quvchilarning kayfiyati, ularning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlay oladi.

O‘qituvchining nutq qobiliyati - nutq yordamida, shuningdek imo - ishoralar vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. O‘qituvchi nutqidagi ravonlik, o‘z fikrini aniq ifoda etish o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. Darsda o‘qituvchi nutqi hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi.

Fikrlar ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, ravon, tushunarli bo‘lishi shart. O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtirish va diqqatini jamlash maqsadida muayyan so‘z va iboralar qo‘llaydi. O‘qituvchi uzundan uzoq jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, qiyin, tumtoq iboralarni qo‘llashdan qochishi lozim. O‘rinli yumor, hazil-mutoyiba, yengilgina istehzo nutqni jonlantiradi, bu nutqni o‘quvchilar yaxshi qabul qiladilar.

O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, emotsional - obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, his - hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir maromdagi cho‘ziq, zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib, fanga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi. O‘quvchi o‘zatilayotgan axborotni yaxshi qabul qilishi uchun o‘rtacha, jonli nutq samarali natija beradi. Haddan tashqari keskin va baland tovushdagi nutq o‘quvchilar asabiga tegadi, ularni toliqtiradi.

O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o‘quvchilar javobini tahlil qilayotgan, ma'qullayotgan yoki qoralayotgan paytda ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turishi lozim.

O‘qituvchining    tashkilotchilik      qobiliyati - o‘quvchilar jamoasini

jipslashtirish, ular ishiga rahbarlik qilish, muhim vazifalarni bajarishda ruhlantirish, ta'lim-tarbiyani oqilona tashkil etishni nazarda tutadi.

O‘qituvchi reja asosida ta'lim-tarbiyani tashkil etib, belgilangan vazifalar qay darajada bajarilganini nazorat qilishi, vaqtdan unumli foydalanib, uni oqilona taqsimlay olishi, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning o‘zlashtirilishini monitoring qilishi pedagogik jarayonning samarali kechishiga zamin yaratadi.

Pedagogik vaziyatdan kelib chiqib, dars davomida ortiqcha vaqt sarflash holati sodir bo‘lishi mumkin, ammo tajribali o‘qituvchi bunday hollarda darsning rejasini samarali o‘zgartira oladi.

O‘qituvchining obro‘ orttira olish qobiliyati - o‘z fanining chuqur bilimdoni, dunyoqarashi keng, mohir pedagog sifatida o‘quvchilarga bevosita ruhiy, emotsional- irodaviy ta'sir ko‘rsata olish mahoratidir. O‘qituvchi o‘z obro‘sini qat'iyatliligi, jonkuyarligi, o‘z ishining fidoiysi, mehribonligi, pedagogik nazokati, yuqori ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaligi bilan ham qozonadi. Avtoritar qobiliyatlar o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlari (eruditsiya, dadillik, chidamlilik, odillik, qat'iylik, talabchanlik, empatiyaga moyillik va boshqalar)ga ham bog‘liq.

O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati - tevarak-atrofdagilar bilan muloqatga kirishuvchanlik, shirinso‘xanlik, to‘g‘ri muomala qila bilish, bolalar qalbiga yo‘l topib, ularga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o‘zaro munosabat o‘rnata bilishdir. Pedagogik nazokat va kommunikativ qobiliyatga ega bo‘lmagan o‘qituvchi bolalar qalbiga yo‘l topishi o‘ta mushkuldir.

O‘qituvchining bashoratchilik (istiqbolni ko‘ra bilish) qobiliyati - rejalashtirilgan ta'lim-tarbiya jarayonidan kutiladigan natijani oldindan bilish, tarbiyalanuvchining kelajakda qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, o‘quvchi shaxsining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini bashorat eta olishda ifodalanadigan mahoratdir. Bu qobiliyat pedagogik optimizm (kelajakka ishonch), tarbiya qudrati, insonga inonish bilan bog‘liq bo‘ladi.

O‘qituvchining diqqatni taqsimlash qobiliyati - ta'lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan diqqatning barcha tarkibiy tuzilmalari: hajmi, uzoq va yaqin muddatliligi, kuchi, kuchuvchanligining idora qilish va pedagogik faoliyatning bir qancha turlari o‘rtasida taqsimlash mahoratidir. Tajribali o‘qituvchi o‘quv materialini taqdim qilar ekan, dars maqsadi, mazmuni, shakli, vaqt taqsimlanishi, o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasini e'tibordan chetda qoldirmaydi va ayni paytda ularning mashg‘ulot mobaynidagi ruhiy holati (toliqish, loqaydlik, e'tiborsizlik, tushkunlik alomatlari)ni hushyorlik bilan kuzatib boradi. Tajribasiz o‘qituvchi ayrim hollarda o‘quv materialini bayon qilishga berilib, o‘quvchilarning darsdagi holati (intizomi, ruhiyati)ni diqqat- e'tiboridan chetda qoldiradi.

Pedagogning eruditsiyasi (irodasi, sabr - toqat, o‘quvchilarga ibrat, namuna bo‘la olish qobiliyati). O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z shaxsiy namunasi, xulq -atvori bilan ham tarbiyalaydi. Bolalar uchun o‘qituvchining har bir xatti- harakati namunadir. Bu holat o‘qituvchidan o‘quvchilarga nisbatan juda ziyrak munosabatda bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan fanni mukammal bilishi, sabr - toqatli, irodali bo‘lishi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega, insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, nazokatli, qat'iyatli, jonkuyar, mehnatsevar va kamtar bo‘lishi lozim.

 

7

 

“Qo‘lingdan kelguncha birovga ozor yetkazma, qahru g‘azab o‘tiga aslo tashlama, agar abadiy rohat istasang, hamisha o‘zingni ranjit, birovni ranjitma”

Bahovuddin Naqshband

/

 

\

 

O‘qituvchi pedagogik jarayonda uchraydigan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishga, belgilangan maqsadga erishishda iroda kuchini ko‘rsata olishi shart. Belgilangan pedagogik vazifalarni oxiriga yetkazish, uning nazorati, izchilligini kuzatib borish va ta'lim-tarbiya jarayonining samarali kechishini ta'minlashda barcha kuch-g‘ayratini safarbar etish o‘qituvchining irodaviy harakatlarini tavsiflaydi. O‘qituvchida qat'iyatlilik, talabchanlik, har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilish, dadillik kabi irodaviy sifatlar mujassam bo‘lishi lozim.

O‘qituvchi o‘z faoliyatini tashkil etishda tasodifiy taassurotlarga berilmasdan, ortiqcha ikkilanishlarsiz, dadil harakat qilishi, qat'iy qarorga kela olishi muhim. Dadillik bilan bir qatorda qat'iylik ham ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlovchi muhim sifatdir. O‘qituvchining irodaviy sifatlaridan biri - har qanday pedagogik sharoitda o‘zini tuta bilishidir. Har qanday vaziyatda o‘zini tuta oladigan, har narsaga asabiylashmaydigan va o‘quvchilar asabini ham buzmaydigan o‘qituvchini yoshlar afzal ko‘rishadi.

Ma'lumki, nerv sistemasining tipi (temperament) g‘oyat barqaror, uni xohlagan paytda tez o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo uni qandaydir ma'noda boshqarish, jumladan salbiy tip ko‘rinishlarini tarbiyalash mumkin. O‘z tipidagi ijobiy tomonlaridan foydalana oladigan va salbiy tomonlariga barham bera biladigan, nerv sistemasi istalgan tipining namoyondasi bo‘lgan kishi o‘qituvchi bo‘lishi mumkin.

O‘qituvchi ishining muvaffaqiyatiga bu tiplardan tashqari, yuzaga keladigan vaqtincha psixik holatlar (kayfiyat) ham ta'sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishda yomon kayfiyatga berilmasligi, noxush kayfiyatlarini o‘quvchilarga sezadirmasliklari lozim.

“Sinf xonasiga kirgan o‘qituvchi barcha tashvishli muammolarini, noxush kayfiyatini eshik ortida qoldirishi, bolalar oldiga ochiq chehra bilan kirib kelishi lozim”,- degan edi Qori Niyoziy. Haqiqatdan ham, o‘qituvchi ayrim hollarda xunob bo‘lishi va g‘azablanishi ham mumkin, lekin irodaviy xususiyatiga tayangan holda o‘zini boshqara olishi, o‘quvchilarga dag‘al muomala qilmasligi kerak.

O‘qituvchi bukilmas irodaviy xususiyatga ega bo‘lishi, hayot va faoliyatda aslo og‘ishmasdan oldiga quyilgan maqsadga intilishi lozim.

O‘qituvchining andishalilik, bag‘rikenglik, samimiylik va boshqa sifatlari. O‘qituvchi faoliyatida andishalilik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi ota- onalar, sinf jamoasi, o‘quvchi shaxsi bilan yakka tartibda ishlaganda pedagogik takalluf va nazokatga alohida e'tibor berishi lozim.

Ayrim hollarda muayyan axborot faqat ota-ona va o‘qituvchi yoki o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagina tahlil qilinishi mumkin. Zinhor o‘qituvchi konfidensial (maxfiy) axborotni jamoaga chiqarmasligi lozim.

O‘qituvchining bag‘rikenglik xususiyati uning kechirimli, chidamli bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Bag‘rikeng o‘qituvchi sodir etilgan noxush voqyealarni xotirasidan chiqarib tashlashga harakat qiladi, o‘quvchilarining xulq-atvoridagi noxo‘sh ko‘rinishlarni ular yuziga solmaydi, aksincha ularni bartaraf etishga yordam beradi.

Samimiylik o‘qituvchining o‘quv muassasasida yuzaga kelayotgan ijobiy taraqqiyparvar voqyealarga va hodisalarga nisbatan ilk munosabatini, undagi samimiylikni ifodalaydi. O‘qituvchining samimiyligini o‘quvchilar darrov sezishadi. Bu uning bolalar bilan samimiy munosabatlarida, hamkasabalari faoliyatidagi yutuqlariga bildirilgan hayrihohlikda, shogirdlar muvaffaqqiyati va muvaffaqqiyatsizligiga munosabatining tabiiyligida, o‘quvchilar xulqi, qobiliyatlarini xolisona baholashda, el-yurt, jamoa zafarlariga, jahondagi sodir bo‘layotgan ijobiy voqyelikka odilona munosabatda bo‘lishda namoyon bo‘ladi.

Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. O‘qituvchi o‘z mahoratini takomillashtirib borishi, tajribasini ommalashtirishi lozim. Mahoratli o‘qituvchi boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo‘lish qobiliyati (empatiya)ga qodirdir. Shu bilan birga tarbiya jarayonida tahsil oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish, tarbiyalanuvchilarga o‘rnak bo‘lish, ular obro‘sini qozonish o‘qituvchilik kasbining mahoratidan dalolat beradi. Zero, taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripov ta'kidlaganidek:

Muallim haqida so‘zim ushbudir:

Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.

O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor, Forobiy, Danteni takror va takror. Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim, Bariga ustozsan o‘zing, muallim.

Shunday qilib, kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi:

- ob'ekt (o‘quvchi, talaba, tarbiyalanuvchi)ga nisbatan sezgirlik;

-kommunikativlik - muloqotga kirishuvchanlik, xayrixohlik, xo‘shmuomalalik;

-       perseptiv qobiliyatlar - kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u;

-       shaxs dinamikasi (rivojlanishi) - irodaga ta'sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;

-       hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish;

- kreativlik - o‘z ishiga ijodiy yondashish, ta'lim-tarbiya jarayonida noan'anaviy
yo‘l, metod, vositalardan foydalanish va boshqalar.

HOZIRGI KUN VCHISI:

pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon;

milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol;

   O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to'g'ri anglagan, e'tiqodli fuqaro;

   ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan;

   o'qituvchilik kasbiniva bolalarniyaxshi ko'radigan, har bir o'quvchi ulg'ayib, yaxshi odam bo'lishiga chin ko'ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko'maklashadigan;

erkinva ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo'lmog'i darkor.

Shu bilan birga zamonaviy o‘qituvchi buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o‘zida mo‘jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishi talab etiladi. Hozirgi davrning bu talabi - o‘qituvchilarni yuksak pedagogik mahorat va texnika ko‘nikmalariga ega, pedagoglik kompetensiya sirlaridan voqif bo‘lgan, umummadaniy fazilatlarga boy shaxs sifatida ta'lim-tarbiya jarayonining ijodkori bo‘lishi lozimligini isbotlamoqda.

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR:

1- topshiriq: O‘quvchilar pedagogning qanday sifatlarini qadrlashlari lozim? Pedagogik amaliyotga chiqqaningizda shu muammoni yechish uchun savolnoma tuzing va biror sinfda so‘rov o‘tkazing. Natijani tahlil qiling.

2- topshiriq:



Muommali vaziyat bo‘yicha o‘z fikringizni bildiring

Bo'lajak o'qituvchilar o'rtasida «qanday qilib mohir o'qituvchi bo'lib yetishish mumkin?» mavzucuda bahs ketmoqda.

-      Buning uchun pedagog bo'lib tug'ilish kerak, - dedi bir talaba.

Ba'zilar uning fikriga qo'shilishmadi. Birinchi talaba o'z fikrini shunday asoslashga harakat qildi:

-       Pedagogik qalb va mahorat, bolalarga muhabbat bilan tug'ilmagan kishini 4-6 yil emas, 20 yil institutda o'qitsa ham, undan haqiqiy o'qituvchi yetishib chiqmaydi.

-       Mening fikrimcha,- dedi boshqa bir talaba,- pedagog bo'lib tug'ilishgina emas, balki pedagog bo'lib tarbiyalanish ham kerak. Chunki o'qituvchilikka qiziqmay, tasodifiy intsitutga kirib qolgan ba'zi talabalar qam o'qish davrida bu kasbga mehr qo'yib, mohir o'qituvchi bo'lib yetishishlari mumkin.

Bu bahsni Siz davom ettiring. Mohir o'aituvchi bo'lib yetishishning yo'llari nimada?

_____________________ .______ .______________ )



Pedagogik masala

O'zbek tili o'qituvchisi shunday yozadi : "Oilam yilnomasi " mavzusida 7- sinf
o'quvchilaru insho yozayapti. Kutilmaganda qo'l ko'tarildi. O'quvchini yoniga keldim. Dilshoda
tortinib: "genealogiya daraxti" iborasida "genealogiya" atamasini va uni bizga qaysi tildan o'tib
kelganini to'g'ri yozdimmi,-deb so'rayapti. B ilaman, Dilshoda bu atamani haqiqatdan ham
yozishda qiynalayotgani uchun so'rayotgani yo'q, u har bir baho uchun ortiqcha darajada kuyinadi,
o'ziga to'la ishonmaydi, mustaqil ishlashga hali odatlanmagan. Jur'atli emas..."
Muhabbat
исмли киз хам qandaydir bezovta bo'layapti. Muhabbat - tez hayajonlanadigan
укувчи, agar u yozganlaridan qoniqmasa, keyingi barcha ishlarini buzib qo'yishi mumkin.

Muhabbat menga pichirlayapti: daftar chetidagi maydonga o'tib ketibman. So'zni ko'chirish
mumkin, u esa bu yerga sig'madi"...

Яна бир укувчи - Зухро исмли киз. Menga yalinib-yolvorib qarayapti. Bilaman, u ishni
a'lo bahoga bajarishga bor kuchini sarflaydi, bu intilishni quvvatlash va rag'batlantirish kerak.

Иброхим yozishni tugalladi, ruchkani qo'ydi va dam olayapti, butun sinf esa hali yozayapti.
Иброхим o'qish kerak bo'lgani uchun o'qiyapti, ishni qancha talab qilsang shuncha bajaradi,
baholarga xotiijamlik bilan munosabatda bo'ladi...”

Yuqorida bayon qilingan har bir xodisaga o'qituvchi qanday yo'l tutishi kerak?

ADABIYOTLAR:

1.        Zyazyun I.A . Osnovbi pedagogicheskogo masterstva. - Moskva: Akademkniga, 2006.6-ye izd.- 302 s.

2.        Kan-Kalik V.A. Uchitelyu o pedagogicheskom obщenii.- Moskva: Logos, 2005.-4-ye izd. -190 s.

3.        Kuxarev N. V. Na puti k professionalnomu sovershenstvu. - Moskva: Znanie, 2009. -159 s.

4.        Kaykovus. Qobusnoma.- Toshkent: Adabiyot va san'at,1991.-189-bet.

1. Ochilov M. , Ochilova N. O‘qituvchi odobi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2005.­176 bet.

5.        Navoiy Alisher. Mahbub-ul qulub. - Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi «Adabiyot va san'at» nashriyoti, 1991.-234-bet.

6.        Yusuf xos Xojib. Qutadg‘u bilig.-Toshkent: Yulduzcha, 1990.- 278-bet.


18-           §. O‘QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI. NUTQ

TEXNIKASI VA MADANIYATI.

REJA:

1.    Muloqatga kirishish, aloqa o‘rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi

2.    Nutq texnikasi va madaniyati. Muloqotda ishontirish, ta'sir etish usullaridan foydalanish.

3.O‘qituvchining o‘zgalar holatini tushuna olish, empatiya(hamdardlik)ga moyilligi

J

Muloqatga kirishish, aloqa o‘rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi. O‘qituvchining kommunikativ - aloqa o‘rnatish qobiliyati pedagogning muhim qobiliyatlari jumlasidandir.O‘qituvchi o‘quvchilarga biron -bir narsani o‘rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart.

Munosabat -insonlar o‘rtasidagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, axborot almashinuvini ta'minlaydi. Munosabat nutq, imo-ishora, jest, mimika, xatti-harakat va h.k. lar asosida amalga oshiriladi.

Munosabatga kirishuvchilar bir - birlarini idrok eta olishlari taqoza etiladi. Yagona munosabat jarayonida: kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikdagi harakat) va perseptiv (hamkorlikda idrok etish) jihatlarni alohida ko‘rsatish mumkin. Kishi birgalikda faoliyat ko‘rsatayotganda zaruriyatga ko‘ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishi, ya'ni aloqa o‘rnatishi, o‘zaro hamjihatlilikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Muloqot mobaynida til aloqa vazifasini bajaradi.

“Kommunikatsiya” - ijtimoiy ma'noga ega bo‘lgan tushunchadir. Kommunikatsiya inson tafakkurida paydo bo‘lgan tushuncha, axborotni boshqa insonlarga yetkazib berishdir. Axborot o‘zatayotgan shaxs- kommunikator, axborotlarni qabul qilayotgan kishi retsient deb ataladi.

O‘qituvchining tahsil oluvchilar ko‘ngliga yo‘l topishi uning muloqatga kirishuvchanligiga bog‘liq. Shaxsning kommunikativ qobiliyatlarini hosil qiluvchi xususiyatlar orasida yetakchi va yordamchi vazifalarni o‘taydiganlari mavjud. Birinchi navbatda perseptiv, ya'ni idrok qilishga hamisha ta'lluqli bo‘lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimi kuzatuvchanlikdir) yetakchi o‘rin egallaydi. Barcha insonlar kommunikatsiya jarayonida ishtirok etishadi, ammo ulardagi hayotiy tajriba, bilim, ko‘nikma va malakalar turlicha bo‘lganligi bois, ularning muloqatga kirishuvchanligi ham turlicha bo‘lishi kuzatiladi. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati, uning mahoratli ekanligidan dalolat beradi.

Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish. Kommunikativ qobiliyat fikrni, yoki biror tushuncha, belgini anglatuvchi psixologik jarayon bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi uch xil tarzda namoyon bo‘ladi( -rasm).

 

11-           rasm.

Nutq - og‘zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demak. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.

So‘zlar eshittirib, yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, kar- soqov kishilarda - biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi (bunda harflar barmoqlar harakati (“dakti ”-barmoq, “daktilos ” - imo ishorali nutq”) bilan ifoda etiladi. Nutq: yozma va og‘zaki nutq, o‘z navbatida -og‘zaki nutq: diologik va monologik turlarga ajratiladi (-chizma).

Nutq turlari

 

12-     chizma. Nutq turlari

Og‘zaki nutqning eng sodda turi dialog, ya'ni allaqanday masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat hisoblanadi.

Gaplashayotganlarning bir-birlariga luqma tashlash, suhbatdoshdan keyin iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar, qo‘shimchalar, izoh berish, faqat so‘zlashayotganlar tushunadigan shamalar qilish turli xil yordamchi so‘zlar va undovli so‘zlar ishlatish nutq uchun xos xususiyatdir. Nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘p jixatdan hamsuhbatlarga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hamma joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hyech qachon sinfda o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Quvongan, iymangan, hayratlangan, qo‘rqqan, jahli chiqqan kishi xotirjam holatdagi kabi gapirmaydi: o‘zgacha ohangda, leksikonida kam ishlatadigan so‘z va iboralardan foydalanadi.

Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi - monolog nutq bo‘lib, uni bitta kishi boshqasiga, yoki, uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining javobi, ma'ruza va shu kabilar kiradi. Monologik nutq tuzilishi jihatdan juda ham murakkab bo‘lib, fikrning tugallanganligi, grammatik qoidalarga qat'iy amal qilinishi, mantiqan izchillik bo‘lishini taqoza etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta qiyinchiliklar tug‘diradi, uning takomillashuvi uchun tajriba zarur bo‘ladi. O‘qituvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar uni ta'limning qator yillari mobaynida amalga oshirishadi.

Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan matndan foydalanmaslik monolog xarakteriga ega bo‘lgan og‘zaki axborot (ma'ruza, keng ma'ruzalar va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta yoshli odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Bu o‘z vaqtida o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarda monologik nutqni shakllantirishga yetarli e'tibor berilmaganligi oqibatida yuzaga keladi.

Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan. U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida munosabat qilish extiyoji sifatida paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik suratlar yordamida ifoda etiladigan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi.

Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajriba, madaniy-ma'naviy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazish imkoni tug‘iladi.

Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarni rivojlantirishda, badiiy timsollarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Odamlar munosabati axborot uzatish tariqasida kommunikator bilan retsepient o‘rtasida og‘zaki muomalaga kirishish natijasida yuzaga keladi. Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U munosabatga kirishganlarga nisbatan muayyan tarzda taalluqli bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga chiqadigan axborot almashishning alohida, nutqsiz jihati, nutqsiz kommunikatsiya vositalari: qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, puaza turq-tarovat, kulgi, ko‘z yoshi va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari - so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba'zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi.

\

7

 

Nutqsiz kommunikatsiya vositalari

qo'l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora; ohang, puaza turq-tarovat;

kulgi;

ko'z yoshi i va shu kabilar

7

 

7

 

Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili bo‘lib, so‘z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamaslgi mumkin. Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, tilga kirmagan go‘daklar, yosh bolalar yig‘idan ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga og‘zaki kommunikatsiya ta'sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda joylashuvi muhim axamiyatga egadir.

Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatini tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya - imo- ishora, pantomimika, nutqning ohangdagi rang-barangligi kabilar asosida ham rivojlanishi mumkin.

Ma'lumki, bo‘lajak o‘qituvchilar nazariy bilimlarni egallash bilan birga amaliy malaka va ko‘nikmalarni ham egallashlari zarur. Demak, pedagogik, psixologik bilimlar asosida o‘quvchilarning ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini ta'minlash, darsni loyihalashtirish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, o‘quvchilarning individual, jamoa, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini tashkil qila olish, sport bilan shug‘ullanish, sayohat uyushtirish va ularga rahbarlik qilish, ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida olib boriladigan tadbirlarga rahbarlik qilish, va boshqa tarbiyaviy malaka hamda ko‘nikmalarni olib borishlaridan iboratdir.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish pedagoglik kasbiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan davrdan boshlanadi.

O‘quvchilarning yangi o‘quv materialini tushunib va o‘zlashtirib olishlari uchun o‘qituvchi nutqining takomillashganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir. Bolalar pedagogning nutqiy ma'lumotlariga sezgir bo‘ladir. Nutq insonning ongida paydo bo‘lgan fikrning nutq tovushlariga til yordamida ko‘chishi ekan, u ta'sirli yoki ta'sirsiz, grammatik jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi mumkin.

Pedagog bitta so‘zning o‘zini o‘quvchiga goho buyruq, goho iltimos, goho nasihat va boshqa ma'no baxsh etgan xilda, turli ohangda talaffuz eta bilishi kerak. Kommunikatsiya jarayonida teskari aloqalar shakllanadi, ya'ni bola hamsuhbatining yuzlaridagi ifodani o‘qishga, uning ohangida ma'qullash yoki ma'qullamaslik alomatini payqashga, katta yoshdagi kishining so‘zlariga ilova bo‘ladigan va kuchaytiradigan qo‘l - barmoqlari va yuz - harakatining ma'nosini tushunishga o‘rganadi.

Ishontirish va ma'qul qilish. Pedagogning o‘zaro ta'sir etishdagi barcha vaziyatlar, asosan to‘rtta o‘zaro bog‘liq munosabatlar orqali amalga oshiriladi: ishontirish, o‘ziga rom qila olish, taqlid qilish, uqtirish(chizma).

 

Ishontirish - muayyan mavzu yuzasidan biror fikr yoki xulosani mantiqiy asoslash, ijtimoiy fikr tug‘dirishdir. Ishontirish asosida pedagog o‘quvchilar, sinf, guruh jamoasi, ota-onalar ongiga ta'sir qiladi va ularni shu asosda faoliyat ko‘rsatishga undaydi.

So‘z bilan ishontirish eng qiyin tarbiyaviy vositalardan biridir. Buning uchun pedagog yetarli darajadagi salohiyatga, boy tajriba va chuqur dunyoviy, ilmiy, kerak bo‘lsa, diniy bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Bunda tinglovchilar fikrini o‘zgartira oladigan mantiq yoki suhbat ohangini tanlash juda muhimdir. O‘qituvchining nutqi o‘zining mazmundorligi, ta'sirchanligi, o‘ziga jalb etish quvvatini mujassam etganligi, go‘zal va ta'sirchan nutq matnini tuza bilish, til boyliklari va badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanishi shart.

Jumladan, Voiz Koshifiyning voizlikda yaxshi so‘z qadri, so‘z ishlatishdagi ta'b nozikligi to‘g‘risidagi quyidagi fikrlari buning dalilidir:

Yaxshi so‘zdin ko‘rgaysan mehru vafo,

Nomunosib quldin yetgay jafo.

Faxsh so‘zdin tilni xomush aylagil,

Balki ko‘nglingdin faromush aylagil.

Har so‘zikim sodir bo‘lsa bemahal,

yetgay andin obro‘yingga halal.[49]

Demak, so‘z orqali tinglovchiga ta'sir o‘tkazish mas'uliyatli jarayondir. Shunday ekan, ishontirishda axborotning mazmunli bo‘lishi, tinglovchi esa unga ongli munosabatda bo‘lishini nazarda tutadi.

XIV asrning oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Haydar Xorazmiy “Gulshan ul-asror” asarida kishini ishontiruvchi va zavq-shavq bag‘ishlovchi so‘zning kuch-qudratini shunday ta'riflaydi:

Ulki bilur so‘z guhari qiymatin,

So‘zda topar so‘zlaguchining otin,

Ahli nazar shevasini so‘z bilur,

Nuri bosar mevasini ko‘z bilur...

So‘zda kerak ma'niyu ma'nida zavq,

49So‘z duru, so‘z dunyoda qog‘ay xalaf...

So‘zlaguchida so‘zi uchun dardu shafq.[50]

Ishonuvchanlik - bu insonning o‘z xulqini boshqa kishi(lar) talabi bilan o‘zgarishi.

Ishonuvchanlik - nerv sistemasining normal holati. Lekin uning aks etishi turli hollarda turlicha kechadi. U yoshga (yoshlik davrida yuqoriroq), jinsga (ayollarda ishonuvchanlik yuqoriroq), intellektga (ma'lumot oshishi bilan inonuvchanlik pasayadi), sog‘liq holati (charchaganda, kasallikdan so‘ng ishonuvchanlik yuqori bo‘ladi)ga va boshqa omillarga bog‘liq. Bundan tashqari ishontiruvchi shaxsining nufuzi, salobati, ko‘rinishi, obro‘si ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, taniqli sportchi, mashhur aktyor, xo‘shovoz xonanda, taniqli siyosatshunos,mehnat faxriylarining uzatayotgan axboroti tinglovchilarga zalvorli ta'sir qiladi. Ishontirish faqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida sodir bo‘lmasdan, balki oila a'zolari, bolaning tengdoshlari, o‘rtoqlari, turli referent guruhlar bilan muloqotga kirishish natijasida yuzaga keladi. Masalan, Navoiy shahridagi xalq ta'limi a'lochisi, 1-gimnaziya maktabining o‘qituvchisi bu borada shunday deydi: “Pedagoglik tajribamda o‘quvchilar bilan munosabatga kirishishda ishontirish muhim ahamiyatga ega ekanligining guvohi bo‘laman. Jumladan, sinfimdagi o‘rtacha qobiliyatli, sekinlik bilan vazifa bajaruvchi Nodir ismli o‘quvchi borgan sari fanlarni yomon o‘zlashtiradigan bo‘lib qoldi. Mening "Nima uchun fanlarni yomon o‘zlashtirayapsan?",- degan savolimga Nodir "Mening miyam ishlamaydi", -deb javob berdi. Suhbatdan aniq bo‘ladiki, uyda vazifa bajarayotganda buvisi yonida o‘tirgan va uning sekin harakatlanishi va sust fikrlashidan zerikib "Sening miyang ishlamaydi",- der ekan. Bola bu fikrga o‘zini ishontirib yomon o‘zlashtira boshlagan”. Demak, bola bilan muloqatga kirishishda o‘qituvchi hamisha o‘quvchining o‘z kuchi, iqtidori, qobiliyati va ijobiy sifatlarini shakllantira va rivojlantira olishiga ishontira olishi muhimdir.

Ishontirish ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchida ijobiy holat - uy vazifasini tayyorlash, sport turlari bilan mashg‘ul bo‘lish, biron ijodiy va fan tugaraklariga qatnashish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida goho ifodali, goho hukmron tovushda uni ishontira olishi lozim.

Shaxs rivojlanishiga o‘z - o‘zini ishontirishning o‘rni muhim. O‘z - o‘zini ishontirishning yuksak darajasini biz mashhur sportchilar, yoglar, ekvilibristlar faoliyatida ko‘rishimiz mumkin.

Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch haqiqiy voqyelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O‘zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo‘lishni biz qahramonlarning jasoratida namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Masalan, Vatan uchun jonini fido qilgan Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Tuychi Eryigitov va boshqalar. Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun ham zararli bo‘lgan odatlarni shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o‘quvchilarning o‘zi va atrofdagilar ta'sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi. Ayrim o‘quvchilarda faqat baho uchun o‘qish, bilim egallashda ko‘r-ko‘ronalik, o‘qituvchi va tevarak-atrofdagilarni aldash, maktab ichki tartib-qoidalarini buzish sohta ishonch paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagi bunday ishonchlar o‘quvchida shakllanib, asta-sekin boqimandalik, o‘qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini yuzaga keltiradi.

Soxta ishonchni bartaraf qilish o‘qituvchidan astoydil mehnat qilishni talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchi, avvalambor sinf jamoasida sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirishi, muhim ahamiyat kasb etuvchi hayotiy tajriba yaratish, soxta ishonchlarni asosli ravishda inkor qilishi lozim. Birinchi navbatda jamoani shakllantirishga, uni yaqin kelajakda va istiqboliy rivojlanish yo‘nalishlarini yaratishga alohida e'tibor berish zarur. O‘qituvchi har bir o‘quvchidagi ijobiy fazilatlarga asoslangan holda, ahil sinf jamoasi yordamida soxta ishonchlarni bartaraf qilishi kerak. Soxta ishonchlarni o‘zgartirishning quyidagi usullari mavjud:

- o‘quvchiga o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash, uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishtirish (masalan, bola o‘qishni hohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog‘i ko‘p o‘qiydi va biladi, va o‘zini «quruq yodlovchi» yoki «o‘ta bilimdon» qilib ko‘rsatmaydi);

- noadekvat (noto‘g‘ri) qarashlar va ishonchsizlik oqibatini ko‘rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib o‘z hayotini barbod qilgan, o‘z erki, g‘ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish);

- soxta ishonchni yoqlab himoya qiluvchi o‘quvchining fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish (masalan, o‘zgalarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslikning salbiy tomonlarini tushuntirish va boshqalar);

- o‘quvchiga o‘z qarashlarini asoslab, isbotlashga imkon berish va ularni alohida birma-bir inkor qilish. Soxta ishonchlar haqiqiy ishonch, ahloqiy tasavvurlar, qadriyatlar va odatlar bilan almashinishi lozim.

Mohir pedagog muloqatga kirishganda, o‘quvchini ikkilantirib turgan soxta ishonchlarni bartaraf qilishi kerak. Agar o‘quvchi ishontirish jarayonini erkin, o‘z hohishi bilan qabul qilsa, maqsadga erishish oson bo‘ladi.

Ishontirish natijasi o‘qituvchining so‘z ta'sirchanligi va xulqiga ham bog‘liqdir. Tarbiyachining so‘zi va ishi bir bo‘lishi kerak. Masalan, jahl ustida o‘quvchini jazolash (hayfsan e'lon qilish, tanbeh berish, jamoada s bilan qo‘rqitib, so‘ng esdan chiqarib qo‘yishi, o‘quvchilarga va'da berib uni bajarmaslik ishontirish metodi samarasini pasaytiradi. Eng yomoni - o‘qituvchi o‘quvchilarga haqiqat haqida balandparvoz so‘zlarni aytsada, o‘zi kundalik ish faoliyatida unga amal qilmasligidir. Bunday o‘qituvchi jamiyatga katta zarar keltiradi.

Ishontirishning yuqori samaradorligi o‘quvchilar bilimlarini (irodaviy hislatlar, to‘g‘ri xulq me'yorlarini tarkib toptirish) mustahkamlovchi mashqlarga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchi xarakterini shakllantirishda mashqlar alohida o‘rin tutadi. Jumladan, 2-Jahon urushi qatnashchisi Tuychi Eryigitovning jasorati haqidagi hikoyalarni o‘qib berish bilangina o‘quvchilarda mardlikni tarbiyalab bo‘lmaydi. Bu holda boshqalar jasoratini ko‘z-ko‘z qiluvchi, undan faqat zavqlanuvchi sub'ekt-tomoshabinni tarbiyalab yetkazish mumkin. Insonni shunday holatga tushirish kerakki, u matonat, chidamlilik, shiddatkorlik va jasurlik sifatlarini namoyon qila olsin. Mehnatsevarlik mehnat haqidagi hikoyalar asosida emas, balki mehnat jarayonining o‘zida tarbiyalanadi. Xuddi shunday, o‘quvchilarda vatanparvarlik hislatlarini shakllantirish va rivojlantirish asosida mardlik, matonat kabi sifatlar, shiddatkorlik asosida esa qo‘rqoqlik va jur'atsizlikni yengishni tarbiyalash mumkin.

O‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmasi: yuz mimikasiga qarab o‘zgalar holatini tushuna olish, o‘zini namoyish qila bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuz mimikasiga qarab o‘zgalar holatini tushuna olish - boshqa kasblar singari o‘qituvchilikka ham xos bo‘lgan sifatlardan biridir.

Yuz mimikasiga qarab o‘zgalar holatini tushuna olish - biror shaxsning o‘z fikrini namoyon (ya'ni og‘zaki va yozma xolatda) qilmaganda uning yuz tuzilishi, yuzidagi a'zolarning ba'zi bir harakatlaridan anglash, tushuncha olishdir. “Yuzni o‘qish” avvalo psixologik jihatdan idrok, diqqat va kuzatuvchanlikka bog‘liqdir.

Insonlarning xursandligini uning yuzidagi ko‘rinib turgan tetiklik, xushchaqchaqlikdan anglashimiz yoki xafalikni esa yuzlarning mayus tortganligi, ko‘zlarning toliqib ko‘rinishidan bilishimiz mumkin.

O‘zgalar holatini tushuna olish o‘qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday holat, sharoitda o‘sgan o‘quvchilarga dars berayotganligini bilishi lozimdir. O‘quvchilarning yurishi, o‘tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini bilish mumkin.

O‘zini namoyon qila olish- bu bilim, malaka, ko‘nikma, odob-axloq, muomala, nutq, munosabat orqali o‘zini namoyon qila olishdir.

Pedagogik ta'sir etishning metodi bo‘lgan ishontirish bilan birga uqtirish ham o‘quv-tarbiyaviy jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uqtirish-kishilarning muloqot va faoliyati jarayonida o‘zaro ta'sir etish vositalaridan biridir. Inson ruhiyatiga uning o‘ziga sezdirmasdan ta'sir etish, shaxs psixikasi tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish va kundalik hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo‘l-yo‘riqlarda uqtirish namoyon bo‘ladi.

Uqtirishning mohiyati shundan iboratki, tinglovchi so‘zlayotgan shaxsga to‘la ishonch bildiradi. Bu holda so‘zlovchi tinglovchida aynan o‘zidagi tasavvur, qiyofa va sezgilarni gavdalantiradi va unda to‘liq ishonch hosil qiladi.

“Uqtirib ta'sir etishda axborot manbai bo‘lmish so‘zlovchining obro‘ga ega bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa tinglovchida ishonch hosil qilishiga erishishdir. O‘qituvchi tahsil oluvchiga muayyan mavzuni uqtirayotganda pedagogik muloqot o‘zaro ta'sir etish jarayoni sifatida ixtiyoriy va ixtiyorsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan uqtirish juda katta tarbiyaviy kuchga ega[51]”- deb yozadi M. Ochilov. Darhaqiqat, pedagogning samarali uqtirib ta'sir ko‘rsatishining zarur shartlaridan biri o‘quvchi va jamoa ruhiyatiga ta'sir qilish natijasida ularda ijobiy hislatlar tarkib topadi. Eng muhimi shundaki, o‘quvchi o‘qituvchi aytgan harakatlarni bajaradi va ularni o‘zi mustaqil o‘ylab topgandek his qiladi.

Uqtirishga moyillik inson asab tizimining me'yordagi xususiyatidir. U yosh davriga (yosh bolalarni uqtirish osonroq), jinsga (ayollar uqtirishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar), ongni rivojlanishi darajasi (intellekt)ga, salomatlikka (charchaganda yoki kasallikdan yaqinda tuzalgan kishini uqtirish oson bo‘ladi) va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashkari uqtirishga moyillik uqiruvchining obro‘si va uqtirish shakliga qarab ham o‘zgarib turadi.

Uqtirishga moyillikning ayniqsa yosh davrlariga bog‘liqligi juda sezilarli. Bolalar 7-10 yoshda juda ta'sirchan bo‘ladilar, shuning uchun ular bilan ishlashda so‘zning uqtiruvchi qudratini oshiradigan alohida usullarini o‘ylab topishga ham zarurat qolmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining hurmati juda yuqori bo‘ladi, o‘quvchilar uning har bir so‘zi, hikoyasi yoki tanbehini aniq haqiqat, deb qabul qiladilar. Yosh oshgan sari o‘quvchilarda tanqidiy fikrga egalik oshadi.

Ko‘p hollarda ishontirish va uqtirish o‘zaro bog‘liqdir. Ishontirish va uqtirishning umumiy belgilari:

- har ikkalasida ham so‘z ta'sir etish vositasidir;

- o‘qituvchining nutq maromi sust, ohangdorligi past bo‘lsa va uning yuz ifodasi hayotiy bo‘lmasa, ishontirish ham, uqtirish ham muvaffaqiyatsiz bo‘ladi.

Taqlid qilish- inson ruhiyatini o‘ziga rom qilishning bir turidir. U asosan individning ma'lum bir hulq-atvor, harakat tarzi, qiliqlari takrorlanishini anglatadi. Mashhur psixoterapevt V. L. Levi ichki va tashqi taqlid qilish mavjudligini aniqlagan. Inson o‘zining ichki sezgisi, intuitsiyasi bilan (ong bilan sezish) o‘zgalar xatti-harakati, so‘zi, mimikasini taqlid qiladi. Ichki taqlid qilishda kishining tashqi qiyofasi ham hisobga olinadi. Ichki va tashqi taqlid qilishni bilish yosh o‘qituvchiga o‘z ustida ishlashga xizmat qiladi.

Shunday qilib, o‘qituvchining bolaga ta'sir etishida turli kommunikativ ko‘nikmalardan foydalanish zarur. Mohir pedagog muayyan vaziyatda oqilona ta'sir etish vositalaridan foydalana oladi.

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR:

1-    topshiriq:. Insonning kommunikativ imkoniyatlarini aniqlashga oid testlar tuzing va ularni yeching.

2-     topshiriq: O‘zingizda ishontirish qobiliyatini o‘stirish uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:

a) axborotingiz aniq mantiqqa ega bo‘lishi, qiziqarli, tushunarli va talab darajasigi mos bo‘lishi; b) ta'sir etish shakli-ta'sir etish texnikasiga mos bo‘lishi, hissiyotlarga boy, muhim fiklarga o‘ta ishonch qozonishni ta'minlash; v) sizning obro‘ga ega ekanligingiz o‘quvchilarning yosh davrlari va ruhiy xususiyatlar va hokazolar bo‘lishi mumkin. Ishontirish va uqtirishning bu qismlarini alohida ajrating va bo‘sh paytlaringizda ularni (gavda holati, mantiq, yuz muskullari ifodasi, so‘zning ifodaliligi) bir necha marta takrorlab, yanada mustahkamlang.

b) Aniq bir davr ichida, qaysi hollarda o‘qituvchining so‘zi, iltimosi, talabi, tilaklarini o‘quvchilar rad etmasdan, e'tirozsiz qabul qiladilar. Buning sabablarini aniqlashga harakat qiling. Bunday shakllarni ko‘zgu ro‘parasida va magnit (video) tasmalaridagi yozuvlar yordamida bajarish yaxshi natija beradi.

Bunda siz o‘z hatti-harakatlaringizni ko‘rish va eshitish orqali nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lasiz. O‘z ustingizda ishlar ekansiz o‘z faoliyatingizni tajribali o‘qituvchilarning ta'sir etish texnikasi va mantig‘i bilan taqqoslab ko‘ring. O‘zingiz uchun mos keladigan, eng samaralilarini ajratib olishga harakat qiling.

v) O‘qituvchi muvaffaqiyatga erisha olmagan holatlarni ham tahlil qiling. Uning sabablarini aniqlang. Ijobiy natijaga erisha olmagan o‘zaro ta'sir etish hollardagi kamchiliklarini bartaraf qilishga intiling.

g) Darsga tayyogarlik ko‘rishda uning qaysi bosqichida o‘quvchilar ongiga, qaysi bosqichlarida esa ularning sezgisiga ko‘proq ta'sir zarurligini aniqlang. Birinchi holda mantiqiy isbotlashning kengaytirilgan rejasini tuzing. Ikkinchi holda esa uqtirishning qanday turlaridan va uni ta'sirchanligini oshiruvchi qanday vositalarni qo‘llashingizni aniqlang.

3-     topshiriq: Pedagogik muammoli vaziyatni yeching:

Darsga tayyogarlik ko‘rishda uning qaysi bosqichida o‘quvchilar ongiga, qaysi bosqichlarida esa ularning sezgisiga ko‘proq ta'sir zarurligini aniqlang. Birinchi holda mantiqiy isbotlashning kengaytirilgan rejasini tuzing. Ikkinchi holda esa uqtirishning qanday turlaridan va uni ta'sirchanligini oshiruvchi qanday vositalarni qo‘llashingizni aniqlang.

4-     topshiriq: Pedagogik muammoli vaziyatni yeching:

 

Pedagogik masala

YII sinfga yangi o'qituvchi keldi. O‘qituvchining tovushi past bo‘lib, o‘quv materialini bayon etishda nutqida ravonlik yetishmadi. Birinchi darslaridanoq o‘quvchilarga qo'pol muomala qila boshladi. Sinf jamoasi bu o‘qituvchini yaxshi qabul qilmadi. Bir kuni o'quvchilardan biri o'zini tuta olmay o'qituvchiga: «Nutqingizni to‘g‘irlang » deb yubordi.

O'qituvchi darsda qanday yo'l tutishi kerak edi? Darsda ishchan muhitni yaratishning asosida nima yotadi deb o'ylaysiz?

 

 

A D A B I Y O T L A R:

1.       O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni- Toshkent, 1997.- 67 bet

2.       O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi- Toshkent: O‘zbekiston, 1997. -67 bet.

3.       Azarov Yu.R. Bolalarni sevish san'ati.- Toshkent: Yangi asr, 1992.- bet.

4.       Kondrashova L.V. Sbornik pedagogicheskix zadach.- Moskva: Znanie, 1999.- 144 s.

5.      Yunusov T. Yosh o‘qituvchilar bilan ishlashni takomillashtirish yo‘llari. - Toshkent: O‘qituvchi.1996.-112 bet.

6.      Ochilov M., N.Ochilova. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet.


GLOSSARIY

Aniqlik - tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi; turli manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish.

Axborot — manbalar va taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar.

Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e'tiboriga havola etadi.

Blog - tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo‘lgan doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, materialga berilgan izohlarni o‘zida mo‘jassamlaydi.

Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lishni o'rganuvchi pedagogikadagi tarmoq fan.

Viki - bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan veb sayt.

Veb kamera alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi. Veb kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida veb kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

Ezoterik paradigm- «sirli», «yashirin» ma'nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi.

Ilmiy-texnik, texnokratik paradigma - amaliyotdagi jarayonlarni takomillashtirish uchun zaruriy «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirish

Dars - ta'limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.

Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.

Metod - yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma'noda - maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.

Ko‘nikma - malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va o‘quvchi - talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir.

Layf couching- (ingliz tilida: life- hayot, ouching-rejalashtirish) ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini to‘g‘ri rejalashtiradigan mutaxassis. Ma'lumki, o‘qituvchi pedagogik jarayonni rejalashtiruvchisi, boshqaruvchisi hamda yo‘naltiruvchisi hisoblanadi. Uning kasbiy, shaxsiy faoliyatini uyg‘unlikda olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi guruh, sinfdagi o‘quvchilarga ta'lim va tarbiya berar ekan, shu bilan birgalikda jamiyat a'zosi bo‘lgan o‘z farzandlarini ham tarbiyalovchi ota-ona sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, o‘z ish joyidagi faoliyati bilan birgalikda, oiladagi, jamoadagi ishlarini uyg‘unlikda olib borish uchun kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirib olishga zarurat tug‘iladi. Shunday paytda o‘qituvchiga layf kouching yordam beradi.

Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi.

Malaka - tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lishdir.Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. Turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta'limning mutloq ko‘rinishi mahorat bilan belgilanadi.

Mahorat -murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va barqaror maromidir.

Ma'lumot - ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. Insonning shaxs sifatida shakllanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishi pedagogik jarayonda sodir bo‘ladi.

Ma'ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi.

Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.

Metod - (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslub.

Metodika - qat'iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liqlikda qo‘llanilib, ma'lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.

Natijalar (ta'lim mahsulotlari) - ta'lim jarayonining yakuniy oqibatlari, ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish darajasi.

Ob'ektivlik - o‘rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida odilona, to‘g‘ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va o‘zaro aloqa, o‘zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi.

Odob - axloqiy kategoriya bo'lib, shaxsning o‘ziga va dunyoga nisbatan munosabatlaridagi xatti-harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli.

Pedagogika - ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, uni boshqarish, yangi avlodni sifatli o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fan.

Pedagogik muhit - ta'lim -tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo (o‘qituvchi - tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-ota- ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui.

Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi bo‘lib, aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi.

Tarbiya - uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi.

Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.

Ta'lim - bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib toptiradigan jarayon.

Ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllari- Ta'limning yordamchi shakllariga to‘garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar kiradi.

Ta'lim usuli - ta'lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi.

Ta'lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta'lim metodlarini tanlashga o‘quv- tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi.

Ta'lim sifati -avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliy- pedagogik ta'sir ko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqtiga bog‘liq;

Ta'lim tamoyillari - Ta'lim yamoyillari o'quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang'ich qoidalardir.

Ta'limni insonparvarlashtirish - uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta'minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirish.

Ta'limning ilmiylik tamoyili - o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri shart-sharoit yaratish maqsadi uchun zarur ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyil ta'lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi.

Ta'lim vositalari - o‘quv jarayonini predmetli qo‘llab- quvvatlash. Pedagogning nutqi, darsliklar, sinfdagi asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqalar.

Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi.

Shaxs- ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a'zosi.

O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.

O‘qitish jarayonining bosqichlari- O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayoni.

Elektron pedagogika - XX asrning oxiri XX1 asrda shakllangan pedagogikadagi yangi fan turkumidir. U insonning hayoti mobaynida axborot- kommunikatsiya vositalari asosida ta'lim olish ehtiyojlarining qondirilishi, axborotlashtirilgan ta'lim tamoyillari, shart-sharoitlari, metod va shakllarining insonga ko‘rsatadigan ta'sirini o‘rganadi.

Chat- real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta'minlab beruvchi dasturiy ta'minot tushuniladi. Chat - bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1.            O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2011y.

2.            O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni /Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: “Sharq”nashriyot-matbaa konserni, 1998y.

3.            O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, 1998y.

4.            “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun” 2016 yil 14 sentyabr.

5.            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”. 2017 y. 7 fevral.

6.            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli qarori.

7.            Mirziyoev Sh.M. Erkin va faravon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi // Toshkent: “O‘zbekiston”, 2016. - 56 b.

8.            Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi // Xalq so‘zi gazetasi 2017 yil 16 yanvar, №11.

9.            Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr- Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 48-b.

10.       Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi,viloyatlar va Toshkent shaxri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan.-Toshkent, O‘zbekiston, 2017. 488-b.

11.             Abdullaeva Sh.A. Pedagogika.-Toshkent:Fan, 2011.-178b.

12.     Abdullaeva Sh.A. Hamkorlik pedagogikasi.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2017.-178 bet.

13.     Avliyakulov N.X. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. - T.: 2001y.

14.     Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloqT.: “O‘qituvchi”. 1996 y. 206-bet.

15.     Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma - T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010y.

16.            Anderson, Prue, 1954- Developing tests and questionnaires for a national assessment of educational achievement / Prue Anderson, George Morgan. p. cm.— (National assessment of educational achievement ; volume 2) Includes bibliographical references and index. ISBN 978-0-8213-7497-9 (alk. paper)— ISBN 978-0-8213-7498-6 1. Educational tests and measurements—United States. 2. Educational evaluation—United States. I. Morgan, George, 1945- II. Title. LB3051.A715 2008 371.26'1—dc22.

17.            Andreas Scheleicher. PISA 2012 Results: Students and Money. OECD Publishing. 2014.- 200 p.

18.            Bespalko V.P. Osnovbi teorii pedagogicheskix sistem. Izd-vo Voronej. un­ta, 1977. - 204 s. Bespalko, V.P. Pedagogika i progressivnwe texnologii obucheniya. - M.: Pedagogika, 1989. - 192 s.

19.     Buxoriy.Xadislar.4 jild.T.: “Qomuslar bosh muxarririyati”. 1997 y.

20.            Djuraev R.X. Sistema kompleksnoy otsenki kachestva obrazovaniya spesialista //Vbisshee obrazovanie. - 2015. - № 2. - S. 72-78.

21.            Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. - Toshkent: Pedagog, 2004.

22.        Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya . -M., «Logos»,2012.132-186 betlar.

23.        Cabalova D.: Pedagogika. Praha: Grada, 2011.

24.        Mavlonova R va boshq. Pedagogika. - Toshkent, «O‘qituvchi», 2001y.

25.        Obщaya pedagogika. Pod red. V.A.Slastenina. V 2 ch. - Moskva, «Vlados», 2003y.

26.        Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat / S.A.Madiyarova va b. - Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.

27.        Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O'qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta'lim sohasi bakalavriat yo'nalishi uchun darslik //Prof.M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi. - Toshkent: “O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010y.

28.        Selevko G. K. Sovremennbie obrazovatelnbie texnologii.- M., Narodnoe obrazovanie, 1998g.

29.        Tolipov O‘., Ro‘zieva D.I. Pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Me'ros, 2015.-188b.

30.        Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Fan, 2000.

31.        Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma - T.: “IQTISOD- MOLIYA”, 2010y.

32.        Xadislar.4 jild.T.: “Qomuslar bosh muxarririyati”. 1997 y.

33.        Qobusnoma.T.: «Sharq».1996 y. 40 bet.

34.        Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. -Toshkent: Turon- Iqbol, 2006. -592 b.

35.        Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet.

36.        G‘oziev E. Yosh davrlari psixologiyasi.- Toshkent: O‘qituvchi, 2009. Uchinchi nashr.-288 bet.

37.        www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

38.       www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

39.       www. ziyonet.uz

40.       www.tdpu.uz

41.       www.pedagog.uz:

42.       www. Ziyonet. uz

43.       www. edu.uz

44.       tdpu.Intranet.Ped


MUNDARIJA

KIRISH......................................................................................................... 3

I-                 BO'LIM. PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI. ZAMONAVIY TA'LIM-TARBIYA VA UNING MOHIYATI

1-                                                                                                                                                                                                                                                                                                  §. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti ............................  9

2-      §.Pedagogikada shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari ......................  48

3-      §.Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.................................................. 78

4-      §.O‘zbekiston respublikasida ta'lim tizimini rivojlantiris'hning konseptual

asoslari............................................................................................................ 93

2-                BO‘LIM. TARBIYA-IJTIMOIY-PEDAGOGIK HODISA SIFATIDA. UNING MAZMUNI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI

5-      §. Tarbiya jarayonining mohiyati va uning tamoyillari. Tarbiya metodlari va

vositalari........................................................................................................ 119

6-      §. Oila pedagogik o‘zaro munosabatlar hamda shaxs tarbiyasi va

kamolotining sub'ekti sifatida .........................................................................  134

3-       BO‘LIM. DIDAKTIKA - TA'LIM NAZARIYASI. ZAMONAVIY TA'LIM PARADIGMASI

7-      §. Didaktika - ta'lim nazariyasi. o‘qitis'h jarayoni yaxlit tizim

sifatida........................................................................................................... 152

8-      §. Ta'lim mazmuni. Davlat ta'lim standartlari............................................. 174

9-      §. Ta'limni tashkil etish shakllari. Dars-ta'limni tashkil etishning asosiy

shakli ............................................................................................................  187

10-       §. Ta'lim metodlari va vositalari ..............................................................

11-                                                                                                                                                                                                                                                                                               §. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish.............................. 210

4-       BO‘LIM. PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYA-LARI. TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH

12-      §. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha. Pedagogik texnologiya

turlari.................................................................................................................. 229

13-                                                                                                                                                                                                                                                                                                            §.Ta'lim sifati boshqaruvining ilmiy-metodologik asoslari.................................................. 242

14-           §. Ta'lim sifati va ta'lim sifati menejmentiga innovatsion

yondashuvlar....................................................................................................... 258

15-                                                                                                                                                                                                                                                                                                             §. Ta'lim jarayonini axborotlashtirish. elektron pedagogika ..................................................  265

5-                BO‘LIM. PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI

16-                     §. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni

va ahamiyati ..................................................................................................  294

17-                                                                                                                                                                                                                                                                                               §. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat ...........................................................  3 19

18-                     §. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati. nutq texnikasi va madaniyati... 331

GLOSSARIY................................................................................................ 346

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.................................... 3 53


ABDULLAYEVA SHAXZODA ABDULLAYEVNA
ASKAROV ABROR DAVLATMIRZAYEVICH

UMUMIY
PEDAGOGIKA
nopedagogik oliy ta'lim muassasalari bakalavrlari uchun
O'QUV QO'LLANMA

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi
“1023” sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etildi
(Guvohnoma
№ 1023-060)

Bosishga ruxsat etildi: 2019.12.05.

Qog‘oz bichimi: 60x84 1/16.

Times New Roman garniturasida terildi.
Shartli bosma tabog‘i: 23.

Buyurtma № 133. Adadi: 1000 nusxa.
«ZUXRA BARAKA BIZNES» MChJ bosmaxonasida chop etildi.

Toshkent shahri Bunyodkor shoh ko‘chasi 27 A-uy.


 

Скачано с www.znanio.ru



[1]Incheon declaration/ Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).

[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 yil, 6-son.

[3] Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o'zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., "Sharq", 1998 y, 41 bet

[4] Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir . - Toshkent: Ozbekiston, NMIU, 2015. -255-bet

[11] N.Saidahmedov. Pedagogika fani metodologiyasi xususida. // Xalq ta'limi, 2000 yil 1-soni, 34-37-betlar.

[12] G.I. Saransev. Metod obucheniya kak kategoriya metodiki prepodovaniya// Pedagogika, 2008 g., №1, s. 28-34.

[13] Shermuhamedov S. Falsafa metodologiyasi. -Toshkent: Sharq, 2010.-18-bet.

[14] Abdullaeva Sh. A. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari,2009.-42-bet

[15]Abdullaeva Sh.A. Pedagogik diagnostika.-Toshkent: Meros,2010.-19-bet.

[16]Abdullaeva Sh. Pedagogik diagnostika.-Toshkent:Moliya, 2008.-97-bet.

[17] Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq.-Toshkent: O‘qituvchi, 2004.-34-bet.

[18] Pedagogika. O'quv qo‘llanma // A.Munavvarov tahririda.- Toshkent: "O'qituvchi", 2006.- 29- bet.

[19] Degradatsiya - shaxsning rivojlanishida tubanlik holati, ya'ni insonning shaxs sifatida tanazzulga uchrashi (muallif)

[20] 1 Karimova V. Psixologiya.-Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2010.-97-bet.

[22] N.Saidahmedov. Zamonaviylik, metodologiya, pedagogika.//UZLUKSIZ TALIM, 2004 yil 2-son, 17-26-betlar.

[23] Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o'zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., "Sharq", 1998 y, 42 bet

[24] Munavvarov A. Pedagogika.-Toshkent: O‘qituvchi, 2009.-56-bet.

1Pedagogik atamalar lug‘ati. -Toshkent:Me'ros, 2014.-15-bet.

Tolkovbiy slovar russkogo yazbika: V 4 t. T. 1 / Pod red. D.I. Ushakova. -Moskva: Mbisl, 2009. S.34.

[27] Беспалко В.П. Слагаемые педагогической технологии. - Москва: Педагогика, 1989. - С. 6.

[28] Талызина Н.Ф. Управление протсессом усвоения знаний. - Москва: Изд-во МГУ, 1984. - С. 13.

Ochilov M. Pedagogik texnologiyalar.-Toshkent: O‘qituvchi,2006.-91-bet.

Qarang: Pedagogik texnologiyalar. Abdullaeva Sh.A., Axatova D.A.- Toshkent, 2003.- 56 -bet.

Yuldashev M.A. Ta'lim sifati menejmentiga innovatsion yondashuvlar.-Toshkent: Moliya,2017.- 122 -bet.

[32]O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni.-Toshkent, 2017 yil 7 fevral

[33]

O‘zbekiston Respublikasining 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun.- Toshkent, 2002 yil 12 dekabr

O‘zbekiston Respublikasining 560-II son “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.-Toshkent, 2003 yil 11 dekabr

[35] Ochilov M. Pedagogik mahorat.-Toshkent: O‘qituvchi, 2003,-76-bet

[36] Azizxodjaeva N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar.- Toshkent: Moliya,2008.-63-bet

[37] Hasanboev J. Pedagogika.-Toshkent: Yangi asr, 2008.-23-bet

[38] Nishonaliev U. Pedagogika.-Toshkent: O‘qituvchi, 1996.-43-bet

[39]

Ibragimov X., Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari,2008.-69-bet.

[40] Gyote Iogann Volfgang. Tanlangan asarlar.-Toshkent:M'eros, 2018.-342-bet.

[41] Rubinshteyn S.L. “Osnovbi оЬщеу psixologii”- Moskva: Znanie, 2003 -106 s.

Makarenko A. S. Vospitanie v kollektive. Polnoe sobranie sochineniy. 9-ye izd. -Moskva: Sentyabr,2007.-478s.

[43]

Suxomlinskiy V. A. Kak vospitat nastoyaщego cheloveka?. Polnoe sobranie sochineniy. Т.4-ыу. Izd.7. - Moskva: Znanie, 2002.- 675-s.

Zazyun Pedagogicheskoe Masterstvo.-Moskva: Akademkniga,2005.-47.-S.-68.

[45]

Ochilov M. Pedagogik mahorat.-Toshkent: O‘qituvchi,

[46] Abdulla Avloniy. Ustozi avvalga kirish so‘zi.- Toshkent. Qulyozmalar----

[47] O‘zbekiston Respublikasining Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni. 5-modda. - Toshkent, 1997.-7-b.

[48]

Abdullaeva Sh.A., Sayitov S.S., Xalikova G.I. Istoriya pedagogiki / Pedagogicheskie vzglyadbi Adolfa Distervega. -Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2008.-117-s.

Mahmudov R. Deganimni ulusqa marg‘ub et.- Toshkent: O‘zbekiston, 1992.-82-bet.

[50] Mallaev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. - Toshkent: o‘qituvchi, 1998.-112-bet.

[51] Ochilov M., OchilovaN. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet