Bu kislatani turlicha nomlashgan masalan: «nordon nam bo’lgan», «yog’och kislota», ko’p vaqt uni yog’ochdan olishgan. U keng qo’laniladi – xushbuy moddalar va dorilar erituvchisi, atsetat tola, bo’yoqlar, murakkab eferlar, atseton, xlorsirka kislota, sirka angidridi ishlab chiqarishdagi kimyoviy sintezda reagent bo’lib ishtirok etadi. Oziq-ovqat sanoatida konservalovchi vosita va ta’m beruvchi qo’shimcha sifatida ishlatiladi.
Chumoli kislotasi sirka kislotaga nisbatan kichik radikali hisobiga o’n barobar kuchli . Chumoli kislota nafaqat chumolida balki krapiva tolalarida ham uchraydi . Usbu kislota bakterosidlik xossasiga egaligi uchun konservant sifatida qo’llaniladi. Xalq tabobatida chumoli kislotani revmatizm kasalliklarini, radikulitlarni davolashda , asalarichilar asalari kanalarini – parazitlariga qarshi kurashda foydalaniladi.
Oksalat kislota, shavil barglarida uchraydi. Bu kislotadan ehtiyot bo’lish tavsiya etiladi. Uning tuzlari oksalatlar suvda erimaydi, shu sababli shavilni sevuvchilar buyraklarida va peshob pufaklarida tosh yig’ilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Oksalat kislota matolarni oqartirishda ishlatiladi , zanglarni yo’qotishda ishlatiladi. U alyuminiymi , kumushni, xrom va mis qotishmalarini tozalovchi kompozitsiyalar tarkibiga kiradi.
Organizmni barqarorligini shamollashga chidamliligini oshirish da askorbin kislotasini o’rni beqiyosdir - vitamin С (Askorbin kislotasi). Unung kislotaligi benzoy kislotasinikiga teng.
Bir kecha – kunduzlik me’yori, – 60 mg.
Kislotalarni spirtlar bilan o’zaro ta’sirlashib efirlar hosil qiladigan reaktsiyalar qanday nomlanadi
gidrogenlash
eterifikatsiya
alkillash
«kumush ko’zgi»
Mustaxkamlash uchun masalalar.
Mavzuga oid masala va mashqlar. 105-bet 1,2,4,5,8 masalalar Uyga vazifa : 106-bet 7-9 masalalarni yechish,mavzuni o`qib o`rganib, yangi ma`lumotlar topib kelish. Baholash: guruhlarning dars davomida to`plagan baholari e`lon qilinadi . Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
Darsni yakunlash
“Insonga toza havo bersangiz, u ming yil yashaydi” (Abu Rayhon Beruniy)
“Agar chang va g’ubor bo’lmaganda insonlar ming yil umr ko’rgan bo’lar edi” (Ibn Sino)
Olti narsa tanni saqlaydi har dam,
“Olti zarur narsa” – yana nomi ham.
Birinchi qismini bilsangiz – havo,…
Havosiz yuraklar chekadi navo,…
Vale u mo’tadil, sof bo’lsa, sozdir.
Yaxshisi hid, bug’, changlari ozdir
Aslida havo sof, pokdir, nihoyat,
Unga ko’p narsalar qo’shilar g’oyat,
Ta’sir qilar chiqit, tuprog’u, shamol,
Tog’lari,dengizi, shaharlar misol. (Sayyid Muhammad Hasrat)
“Havosi shundayin berar edi kuch,
Yashasa, bo’lardi nafas olmay hech” (Bedil)
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.