Proyeksiyalar tekisliklarining bittasini almashtirish.
Fazodagi
biror A
nuqta va uning H va V proyeksiyalar tekisliklardagi A′ va A″
ortogonal proyeksiyalari berilgan bo‘lsin (164,a–rasm).
Agar V tekislikni V1 tekislik bilan almashtirsak, yangi
proyeksiyalar tekisliklari tizimi hosil bo‘ladi. A
nuqtaning V1 tekislikdagi
proyeksiyasini yasash uchun berilgan nuqtadan mazkur tekislikka perpendikulyar
o‘tkazib, yangi frontal proyeksiyasi A″1
topiladi.
a) b)
164-rasm.
Rasmdagi yasashlardan ko‘rinishicha, A″ nuqtadan Ox o‘qigacha bo‘lgan masofa A″1 nuqtadan O1x1 o‘qigacha bo‘lgan masofaga tengdir, ya’ni A″1Ax1=A″Ax.
Nuqtaning yangi proyeksiyalar tizimidagi chizmasini yasash uchun yangi proyeksiyalar tekisligi dastlabki proyeksiyalar tekisligi bilan jipslashtiriladi.
Chizmada
A nuqtaning
yangi A″1 proyeksiyasini
yasash uchun
A nuqtadan
O1x1 ga
perpendikulyar tushiriladi
(164,b–rasm).
Uning davomiga
A″Ax
masofa qo‘yiladi.
Natijada, hosil
bo‘lgan A′ va
A″1
lar A nuqtaning
yangi tekisliklar
sistemasidagi proyeksiyalari
bo‘ladi. Frontal
proyeksiyalar tekisligi
yangi proyeksiyalar
tekisligi bilan
almashtirilganda nuqtaning
z koordinatasi o‘zgarmaydi.
a) b)
165-rasm.
H va V
proyeksiyalar tekisliklari tizimida B
nuqta B′ va B″ proyeksiyalari berilgan bo‘lsin (165,a–rasm).
H tekislikni H1⊥V tekislik bilan almashtirsak, yangi
tekisliklar tizimiga ega bo‘lamiz. B
nuqtadan H tekislikka perpendikulyar
o‘tkazib, bu nuqtaning B′1
proyeksiyasini yasaymiz. Nuqtaning yangi tekisliklar tizimidagi chizmani yasash
uchun (165,b–rasm) H1
tekislikni V tekislik bilan
jipslashtiramiz. Chizmada B nuqtaning
yangi proyeksiyasini yasash uchun uning B″
proyeksiyasidan O1x1
ga o‘tkazilgan perpendikulyarning davomiga B′1Bx1=B1Bx
masofa qo‘yiladi. Natijada hosil bo‘lgan B′1
va B″ yangi
tekisliklar
tizimidagi B nuqtaning chizmasi bo‘ladi.
Demak, gorizontal proyeksiya tekisligi almashtirilganda, nuqtaning yangi
gorizontal proyeksiyasida y koordinatasi o‘zgarmaydi.[1]
Скачано с www.znanio.ru
[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 105-106 betlar
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.