Qadring va g’ururing hamisha baland bo’lsin - ona tilim.
Оценка 4.7

Qadring va g’ururing hamisha baland bo’lsin - ona tilim.

Оценка 4.7
docx
24.01.2021
Qadring va g’ururing hamisha baland bo’lsin - ona tilim.
Qadring va g’ururing hamisha baland bo’lsin - ona tilim..docx

Qadring va g’ururing hamisha baland bo’lsin - ona tilim.

 

 

 

 

Annotatsiya: Maqolada o’quvchilarning og’zaki va yozma nutq savodxonligini rivojlantirish muammolari, muloqot va yozuv, ko’rgazmalarda ona tiliga hurmatsizlik qilmaslik va ona tilini rivojlantirish masalalari tadqiq qilinadi.

 

Kalit so’z: alifbo, og’zaki va yozma nutq, savodxonlik, e’tiborlilik., o’zbek tilini rivojlantirish           

 

 Onam kabi muqaddas va yagona tilim hisoblanmish o’zbek tili haqida maqola yozar ekanman, qalbim faxr va g’ururga to’ladi. Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”. Ammo bugungi kunda tilimizning davlat tili sifatidagin mavqei, rivoji,taraqqiyoti,kundalik hayotimizdagi o’rni borasida o’ylasak, bu borada bir qancha muammolar borligi ko’zga tashlanadi. Tilimiz davlat tili maqomini olganiga chorak asrdan ziyod vaqt o’tdi. Biz istiqlolga erishmasdan oldin ilk qadamni tilimiz mustaqilligi bilan boshlagan edik. Bunga ham yaqinda 31 yil to’ladi. Bu oz muddat emas, albatta.

 Xo’sh, shu fursat ichida o’zbek tili davlat tili sifatida o’z mavqeini butun yurtimiz uzra tiklab oldimi? Hanuzgacha tilimizni buzib, ruscha- internatsional so’zlar qo’shib yohud o’zi shevasida xohlagancha gapiradigan yurtdoshlarimiz, korxona, tashkilot rahbarlarini uchratamiz. Rasmiy ish qog’ozlari, davlat ishlarida o’zbek tili yagona hukmron til emasligi sir emas. To’g’ri bugungi kunda chet tillarini o’rganish, jahonga chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bu esa ko’pgina yoshlarimizning tilimizni ikkinchi darajaga qo’yib chet tillarini o’rganishga kirishganligi, kundalik hayotimizda ham turli tillarni qo’shib, tilimizni buzib gapirayotgani, ismlar o’rniga turli laqablar qo’yib murojaat qilishayotganiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Axir, o’z ona tilini puxta o’rganmay turib, bu tilda yaratilgan go’zal asarlarni o’rganmay turib, ona tilimizning betakror jozibasini his qilmay turib, chet tillarini o’rganish mumkinmi? Ona tilimiz ming yillar davomida rivojlanib, sayqallanib, go’zallashib kelmoqda. XV asrda jahonga dong’i ketgan buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy o’z ijodi bilan turkiy tilning naqadar boy, imkoniyati keng, go’zal til ekanligini isbotlab, turkiy tilni kamsitib qoralaganlarni lol qoldirgan edilar.

 Navoiydan so’ng deyarli barcha ijodkorlar undan ilhom olib, ijod qildilar.

Ona tilimiz jahonga yuzlashib, rivojlanib, sayqallanib boraverdi. XX asrga kelib esa siyosiy tuzum sabab tilimiz va yozuvimiz ko’plab muammolarga va o’zgarishlarga uchradi. Chunki bir asr davomida 4 marta: 1929-yil, 1940-yil,1993-yil hamda 1995-yillarda o’zbek alifbosi o’zgardi. 2019-yilda ham alifbomizdagi harf birikmalarini o’zgartirish uchun turli bahs-munozaralar bo’ldi. Harf birikmalarini turk alifbosidagi harflar bilan o’zgartirmoqchi bo’lishdi. Yaxshiyamki, ushbu loyiha amalga oshmadi. Bu esa bizning milliyligimizga putur yetkazardi. Keyingi vaqtda turk seriallari yoshlarimiz tarbiyasi va ma’naviyatiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazib borayotgani sir emas.

 Davlat tiliga munosabatning yaxshi emasligini ko’cha-kuydagi turli bannerlarda, ko’rgazmalarga, reklama roliklarda turli savdo shaxobchalari, tadbirkorlik shaxobchalari nomlaridagi turli xatoliklar kishi ko’nglini ranjitadi. Bu boradagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun harakat qilinayotgan bo’lsa-da lekin u kerakli natija bermayapti. Tilimizga bo’lgan bunday hurmatsizlikni ko’rib turib shu millat fuqarosi hamda mutaxxassis sifatida qalbim og’riydi. Milliy tilimiz “Faqat oktabr oyidagina eslanadigan ona tilim” bo’lmasligi uchun barchamiz harakat qilmog’imiz lozim.

 Meni bir muammo o’ylantiradi. Buyuk ajdodlarimizdan bizga meros bo’lib kelayotgan ona tilimizning o’z yozuvi yo’q. Lotin, krill,ba’zan turk yozuvlari bilan qorishib, bugungi kunda ba’zi e’tiroz va munozaralarga sabab bo’layotgan alifbomizni o’z harflarimiz bilan ifodalanib, o’zbek tilining barqaror alifbosi deyishning imkoni yo’qmikan?

 Ona tili- bu millatimiz ruhi, milliylik ifodasi, ma’naviyat ko’zgusidir. Shunday ekan, ona tilimizga nisbatan hurmatsizlik va bepisandlik qilayotgan shaxslarga nisbatan qonun doirasida jazo qo’llanishi lozim.

 Zero, onamiz kabi mo’tabar va yagona tilimizni e’zozlash, rivojlantirish, asrab-avaylab hamda jahon tillari darajasiga yetkazish uchun hammamiz bir tan, bir jon bo’lib harakat qilmog’imiz lozim. Ona tilim- onam kabi yagona va muqaddasdir.

 Foydalanilgan adabiyotlar:

1.            I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent 2008.

2.            Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” 2002.

3.            Alisher Navoiy “Muhokamatul lug’atayn” Toshkent.

 

 


 

Qadring va g’ururing hamisha baland bo’lsin - ona tilim

Qadring va g’ururing hamisha baland bo’lsin - ona tilim

Ona tili- bu millatimiz ruhi, milliylik ifodasi, ma’naviyat ko’zgusidir

Ona tili- bu millatimiz ruhi, milliylik ifodasi, ma’naviyat ko’zgusidir
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021