Navoiy viloyati Zarafshon shahar8-umumta’lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi Niyozova Munavvar Ergashevnaning zoologiya fanidan ochiq dars ishlanmasi
Mavzu: Qushlarning ko`payishi,
rivojlanishi va kelib chiqishi
Darsning texnalogik xaritasi :
I. Darsning ta’limiy maqsadi : |
|
II. . Darsning tarbiyaviy maqsadi: | Mavzu orqali o`quvchilarni yetuk, mustaqil, komil insonlar tarzida tarbiyalash.O`quvchilarni Vatanga muhabbat, sadoqat, vatan ravnaqi yo`lida jasoratli bo`lish, milliy qadriyatlarni e’zozlash, asrash, ajdodlardan faxrlanish, insoniylik fazilatlarini qaror toptirish orqali , yuksak ma’naviyatli, jismonan va aqlan barkamol komil insonni tarbiyalash; o’quvchilani unsonlarga mehr-oqibatli, umuminsoniy va milliy qadriyatlargae’tiqodli bo’lish, badiiy va sa’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. |
III. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: | Rivojlantiruvchi: O’quvchilаrni mustaqil fiikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini oshirish,o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish,hozir javoblik,topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish;doimiy ravishdao’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib o’rganish ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, mustaqil qaror qabul qila olish layoqatlarini shakllantirish. |
. O’quv jarayonini tashkil etish texnalogiyasi | Metod: “Aqliy hujum”,guruhlar musobaqasi: “Klaster” o`yini,”mosini top “ o’yini, “Zinam,-zina” o’yini |
Sana:
Sinf:
Mavzu: Qushlarning ko`payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi
Ma'naviyat daqiqalari
Muhim sanalar
Zulfiyaxonim tavallud topgan kun?
Mart oyining muhim sanalari?
Biologiya faniga oid yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori qachon qabul qilindi ?
Guruhlarda ishlash.II guruhga bo’linadi
“Tezkor savol javob” usuli
1. Qushlarning ovqat hazm qilish organlariga nimalar kiradi?
2.Jig’ildon qanday vazifani bajaradi?
3. Qushlar oshqozoni qanday bo’limlardan iborat?
4. Qushlar qanday nafas oladi?
5.Havo xaltachalari qayerlarda joylashgan?
6. Qon aylanish sistemasi ga nimalar kiradi?
7. Yurakning qaysi qismida arteriya , qaysi qismida vena qoni
bo’ladi?
8. Moddalar almashinuvi qanday kechadi?
9. Bosh miyasida qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan?
10.Qushlar hayotida qanday shartli reflekslar hosil bo’ladi?
Ko`k kaptarning skeletini tashkil etadigan suyaklarni yozish. Guruhlardan bittadan o`quvchi chiqib tayyorlab qo`yilgan varaqaga ko`k kaptarning skeleti suyaklarini nomini yozadi.Eng ko`p suyak nomini yozgan guruh g`olib hisoblanadi. (O`quvchilarga o`quv laboratoriya jihozlari orasidan ko`k kaptar skeletidan foydalnish imkoniyati beriladi)
Yangi mavzu davomida o`quvchilar bilan “Aqliy hujum “ usulida ishlanadi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga reja asosida savollar berib boradi, guruhlardagi o`quvchilar esa navbat bilan javob berishadi. Javoblari o`qituvchi tomonidan rag`batlantirib boriladi.
Qushlarning ko`payish davri
Qishki sovuq kunlar o`tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko`payishga tayyorgarlik ko`ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o`rtalarida ko`payishga kirishadi. Qushlarning ko`payish davri tuxumdan chiqadigan jo`jalar uchun o`ziqning mo`l-ko`l bo`lishiga bog`liq.
Juft hosil qilishi
Ko'pchilik qushlaming erkagi va urg'ochisi ko'payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko'pchilik chumchuqsimonlar va musichalarning jufti faqat bir mavsum. yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar. qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urg'ochilaidan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsunonlar iqurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi.
Qushlarning uya qurishi
Ko'pchilik qushlar tuxum qo'yish uchun uya quradi. Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go'ngqarg'alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o'rmon qushlan daraxtlarning kovagida, o'rdak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirg`ochlari uylaming bo'g'oti ostidagi yog'och to'sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so'lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning
Qushlar tuxumining tuzilishi
Qushlarning tuxumi yirik bo'ladi. Tuxum markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o'rab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po'chog'iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari bir me'yorda isishi uchun ularni oyog'i bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya'ni qush tanasi yaqinida turadi.
Tashqi qattiq po’chog’I
Po’choq osti pardasi
Embrion disk
Suyuq oqsil
Oqsil parda
Havo kamerasi
Tuxum qismlari
Jo`ja ochadigan qushlar
Jo'ja ochadigan qushlar. Qirg'ovul, bedana, o'rdak, g'oz va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jo'jalarining tanasi par bilan qoplangan va ko'zi ochiq boiadi; jo'jalar ko'p o'tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular jo'ja ochadigan qushlar deyiladi.
Jish jo`ja ochadigan qushlar
Kaptar. qaldirg'och, chumchuq, qarg'a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo'jalarining ko'zi yumuq, quloq teshigi yopiq; yalong'och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan boiadi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Bunday qushlar jish bola ochadigan qushlar deyiladi.
Qushlarning naslga g`amxo`rlik qilishi
Qushlarning nasliga g'amxo'rlik qilishi tuxum bosish, jo'jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug'ilganida dushmaniga tashlanib, jo'jalarinj himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug'urchuqlar dushmanini sezganida ovoz.ning boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo'ja ochadigan qushlarning urg'och 1 xavf tug'ilganida tovush bilan jo'jalarini ogohlantiradi; jo'jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo'rg'a tuxaloqning urg'ochisi yirtqich hayvonning e'tiborini o'ziga tortish va jo'jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq boiadigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo'jalarini chaqirib oladi.
Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush - arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan . Jag`lari, tishlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo'lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilarga, tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o'xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga
qaragan bo`lishi uning daraxtda yashaganligini ko'rsatadi. Lekin arxeopteriks hozirgi qushlaming ajdodi bo`lolmaydi. Ularning ajdodi protoavis hisoblanadi. Protoavis arxeopteriksdan bir necha million yil oldin yashagan. Uning hozirgi qushlarga o'xshash toj suyagi rivojlangan.
Qushlarning kelib chiqishi
Protoavis
Zinama –zina o’yini.
Qushlar jinsiy organiga nimalar kiradi?
Jish bola ochadigan qushlar….
Murtak qayerda joylashgan?
Yirtqich qushlar, laylaklar qanday uya quradi?
Vaqtinchalik juft hosil qiluvchi qushlar …
Yangi mavzuni mustahkamlash
Hozirgi qushlarning ajdodi?
Mantiqiy savol -javob
Fevral oyining 30 -kuni haftaning qaysi kuniga to’g’ri keldi?
2. Undan qancha olsang shuncha kattalashadi?
3. 3 ta tovuq 3 kunda 3 ta tuxum qo’yadi, 12 ta tovuq 12 kunda nechta tuxum qo’yadi?
4. Tramvay oldinga ketyapti tutuni qayerga ketayapti?
Och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
6. Vrach Aliga har 20 minutda ichish uchun 4 ta tabletka berdi. Ali ularni necha minutda tugatadi?
“Mosini top ” o’yini
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.