RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI
Оценка 4.9

RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI

Оценка 4.9
Научные работы
docx
обществознание
Взрослым
13.04.2020
RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI
В данной статье описываются концепции цифровой экономики, ее развитие, элементы и проблемы перехода к цифровой экономике в Узбекистане, а также многообещающие признаки цифровой экономики в мировом опыте. Постепенный переход цифровой экономики к развитию нашего общества помогает решить многие экономические и перспективные проблемы.
RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI.docx

SamISI, Marketing kafedrasi assistenti S.K.Boyjigitov

+99899 350 06 09, 00_bek94@mail.ru

SamISI, IK-119 guruh talabasi M.N.Ergasheva

+99894 472 19 18, ergashevamohinur1808@gmail.com

 

RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI

 

Annatatsiya: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchalari, uning rivojlanishi, O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotga o’tishning elementlari va muammolari, qolaversa, dunyo tajribasida raqamli iqtisodiyotning istiqbolli belgilari ko’rsatilgan. Raqamli iqtisodiyotning jamiyatimiz taraqqiyotiga bosqichma-bosqich o’tilishi ko’plab iqtisodiy va istiqbolli muammolarni yechishga yordam beradi.

Kalit so’zlar: Raqamli iqtisodiyot, blokcheyn, elektron hujjat, elektron tijorat.

Аннотация: В данной статье описываются концепции цифровой экономики, ее развитие, элементы и проблемы перехода к цифровой экономике в Узбекистане, а также многообещающие признаки цифровой экономики в мировом опыте. Постепенный переход цифровой экономики к развитию нашего общества помогает решить многие экономические и перспективные проблемы.

Ключевые слова: цифровая экономика, блокчейн, электронная документация, электронная коммерция.

Abstract: This article describes the concepts of the digital economy, its development, the elements and challenges of the transition to digital economy in Uzbekistan, and also the promising signs of the digital economy in world experience. The gradual transition of the digital economy to the development of our society helps solve many economic and promising problems.

Keywords: digital economics, blockchain, electronic documentation, E-commerce.

 

So’nggi ikki yil davomida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida  raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3832 qarorining qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy infratuzilmani qo’llashda muhim dasturi amal hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog’liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag’larini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasining “Universal Mobile Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushini 100 foiz miqdorda “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga beg’araz asosda topshirilgan.

Shuningdek, jamg’arma tomonidan ushbu qarorga muvofiq olingan mol-mulk yuridik shaxslarning foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi va “Universal Mobile Systems” MChJ ustav kapitalidagi ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan ulush yuridik shaxslarning foyda solig’iga va qo’shilgan qiymat solig’iga tortilmaydi.

2019-2021 yillarda “Universal Mobile Systems” MCHJni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilgan.

Shunday ekan, so’nggi  yillarda “raqamli iqtisodiyot” tushunchasi ko’p marta qo’llanilib kelmoqda. Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta’sir o’tkazdi. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhimrol o’ynaydi.

“Raqamli iqtisodiyot unchalik uzoq bo’lmagan vaqtda ya’ni 1995-yil Massachusets universiteti olimi Nikolas Neoroponte tomonidan kelib chiqqan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o’tishda qanday o’zgarishlar ro’y berishi mumkinligini aytib o’tgan.

Raqamli iqtisodiyot[1] - bu xo’jalik faoliyatini yuritish hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko’rinishidagi ma’lumotlar bo’lib katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish texnologiyalar va mahsulotlarni yetkazib berishda avvalgi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Yanada tushunarli tarzda aytadigan bo’lsak, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmat ko’rsatish, elektron to’lovlarni amalga oshirish, onlayn savdo va boshqa turdagi sohalarni, raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog’liq faoliyatdir. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini rivojlanishi va ommaga tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko’p qulayliklar paydo bo’lmoqda.

Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining boshqa afzalliklarini ham keltirib o’tamiz:

-ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish;

-kompaniyalarning raqobatdoshligini oshishi;

-ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;

-yangi zamonaviy kasblar paydo bo’lishi;

-kambag’allikni yengish va ijtimoiy tengsizlikning yo’qolishi.

Yuqoridagilar raqamli iqtisodiyotning bor yo’g’i bir nechta afzalliklari xolos. Xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi,oddiy foydalanuvchiga ko’plab qo’shimcha imkoniyatlar beradi va albatta bozor o’sishi, rivojlanishida ham muhim rol o’ynaydi.

Har bir narsaning yaxshi tomoni bo’lganidek yomon tomoni ham bor albatta. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ham bir qancha xavflarni keltirib chiqaradi. Masalan, kiber hujum xavfi, shaxsiy ma’lumotlar bilan bog’liq muammolar, “raqamli qullik”, ya’ni millionlab insonlar ma’lumotlaridan keyinchalik ularning o’zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish, ishsizlikning oshishi, axborot-texnologiyalarining rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo’q bo’lib ketishi mumkin.

Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar soni ham ortib bormoqda. “Raqamli” davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi.

Dunyo tajribasini o’rganish natijasida shu narsa aniqki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat bozori “o’yin” qoidalarini o’yinning barcha ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib beriladi. Ya’ni bozorda katta kompaniya bo’ladimi yoki kichikmi, ularning barchasi teng huquqlidir. Shunday ekan raqamli iqtisodiyot rivojlanishida davlat hamma uchun teng shart-sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo’lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda o’yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi ya’ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi zarur.

Dunyo mamlakatlari singari O’zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanib bormoqda. Kundalik hayotimizga axborot-texnologiyalarini tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot bir necha barobar sekin rivojlanmoqda. Ya’ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud, lekin rivojlanish darajasi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha past.

Buning asosiy sababi sifatida, raqamli iqtisodiyotni O’zbekistonda rivojlanishini bir qancha to’siqlarini ko’rsatishimiz mumkin:

-internet tezligining pastligi va sifatsizligi;

-ko’plab sohalardagi monopoliya;

-fuqarolarda kompyuter savodxonligining pastligi;

-qonunchilikning shaffof emasligi;

-axborot-texnologiyalari bo’yicha mutaxasisning yetishmasligi;

-ilm-fan va ayniqsa aniq fanlar rivojlanishining sustligi.

Xulosa qilib aytganda, biz yuqorida sanab o’tgan muammolarga bosqichma-bosqich dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda  yechim topsak, albatta O’zbekiston ham raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oladi.

 


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] https://www.texnoman.uz/post/raqamli-iqtisodiyot-nima.html

SamISI, Marketing kafedrasi assistenti

SamISI, Marketing kafedrasi assistenti

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog’liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag’larini jalb etish va birlashtirish…

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog’liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag’larini jalb etish va birlashtirish…

Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining boshqa afzalliklarini ham keltirib o’tamiz: -ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish; -kompaniyalarning raqobatdoshligini oshishi; -ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi; -yangi zamonaviy kasblar paydo bo’lishi;…

Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining boshqa afzalliklarini ham keltirib o’tamiz: -ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish; -kompaniyalarning raqobatdoshligini oshishi; -ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi; -yangi zamonaviy kasblar paydo bo’lishi;…

Xulosa qilib aytganda, biz yuqorida sanab o’tgan muammolarga bosqichma-bosqich dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda yechim topsak, albatta

Xulosa qilib aytganda, biz yuqorida sanab o’tgan muammolarga bosqichma-bosqich dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda yechim topsak, albatta
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
13.04.2020