SamISI Marketing kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD D.H.Xolmamatov +99893 723-89-97
SamISI Marketing kafedrasi assistenti S.K.Boyjigitov 00_bek94@mail.ru, +99893 350-06-09
SamISI Marketing kafedrasi assistenti N.B.Yahyohonov niyozxon93@bk.ru, +99899 311-93-38
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarda mobil marketingdan foydalanish amaliyoti
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalardan mobil marketingdan foydalanish yo’llari aks etgan. Sabab bugungi kunda mobil marketing orqali korxonalarni rivojlantirishning yangi bosqichiga ko’tarish, mobil qurilmalar orqali yangi tizimlarni joriy etish kabilarni ko’rishimiz mumkin.
Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, mobil marketing, blokcheyn, mobil telefon, mobil aloqa vositalari.
Аннотация: в этой статье описывается, как предприятия могут использовать мобильный маркетинг в цифровой экономике. Сегодня причина в том, что мобильный маркетинг переходит на новый этап развития предприятия и внедрения новых систем через мобильные устройства.
Ключевые слова: цифровая экономика, мобильный маркетинг, блокчейн, мобильный телефон, мобильные устройства.
Annotation: This article describes how businesses can use mobile marketing in a digital economy. The reason is today that mobile marketing is moving into a new phase of enterprise development, and the introduction of new systems through mobile devices.
Keywords: digital economy, mobile marketing, blockchain, mobile phone, mobile devices.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarida belgilangan iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, diversifikatsiya va sanoatni modernizatsiyalash jarayonlarini yanada kengaytirish, iqtisodiyotni raqamlashtirishning istiqbolli reja va dasturlarini amalga oshirish uchun amaldagi xo’jalik yuritish mexanizmining mazmuni hamda tarkibini takomillashtirish talab qilinadi.
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u
bilan bog’liq bo’lgan bir qancha
samarali
texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shuning uchun ham
davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish
maqsadida
respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi.
Masalan,
O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng
muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda
raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning
barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko’zda
tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz
kerak. Shu asosda “Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz
zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o’stirish,
korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o’tkazgan
tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda
raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha “yo’l haritasi”ni ishlab chiqish
topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor
qaratish zarur”[1].
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, axborotlashtirish, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish bugungi dolzarb mavzulardan biri sifatida qaralmoqda.
Ayniqsa, raqamli iqtisodiyot sharoitida marketing faoliyatida innovatsion marketing texnologiyalari: internet marketing, one-to-one (munosabatlar) marketingi, mobil marketing, to’g’ridan-to’g’ri marketing yo’nalish va shakllarini rivojlantirish, korxona va haridorlar aloqalarini o’zaro online tarzda tashkil etish, marketing tadqiqotlarini olib borish, tovar va xizmatlarni siljitishda interaktiv marketing uslublaridan foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Shuningdek, korxonalar faoliyatida interaktiv va raqamli marketingning nazariy hamda amaliy tomonlarini o’rganish bilan bir qatorda bozor sharoitida korxonalarning amaliy faoliyatida paydo bo’ladigan muammolar bilan bog’liq xulosalarni shakllantirishda va ularning yechimini topishga e’tiborini qaratadi.
Shu boisdan korxonalarda raqamli iqtisodiyotning eng yaqin yordamchisi bo’lgan mobil marketingdan foydalanish muhim mezon sifatida qaralmoqda.
Jamiyat hayotida axborot asrining davom etishi va takomillashishi oqibatida barcha sohalarda axborot texnologiyalarining kirib borishi kuchaymoqda. Shu jumladan marketing sohasida ham axborot va internet texnologiyalarining o’rni beqiyosdir. Axborot texnologiyalari orasida mobil texnologiyalari ham marketingning zamonaviy jabhalaridan biri sifatida shakllangan. Mobil marketing haqida quyidagicha aytishimiz mumkin.
Mobil marketing[2] - bu marketingning nisbatan yangi sohasi bo’lib, mobil qurilmalar orqali kompaniya va mijozlar o’rtasidagi ikki tomonlama marketing aloqalarini ta’minlaydi. Marketing kompaniyalarining yuqori samaradorligi mobil qurilmalar bilan ishlatilganda yana ham ko’payadi. An’anaviy ommaviy axborot vositalaridan ko’ra mobil qurilmalar orqali tovarlar va xizmatlarni sotib olishlarni potensial mijozlar ko’proq xoxish bildirmoqdalar.
Mobil marketingning rijovlanishida aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari ahamiyati yuqoridir. Ular quyidagi xususiyatlarga ega:
· Mobil telefon va mobil aloqa muhiti;
· Mobil aloqa xizmati operatorlari;
· Mobil aloqa hizmatlari: so’zlashuv, mobil internet va pochta;
· Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar;
· Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS;
· Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati.
Mobil marketingning rivojlanishida mobil telefon qurilmalarining o’ni beqiyosdir. Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi hisoblanadi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga hamda sensorga ega bo’lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko’p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti – tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo’lib, abonentlarning bir-birlari bilan o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasidir. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to’lqinlari ko’rinishida simsiz havo orqali uzatiladi.
Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi firma yoki tashkilotlardir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko’rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o’zining mobil tarmog’ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to’lovlarini yig’ish va texnik xizmat ko’rsatish kabilar kiradi.
Mobil telefonlar va boshqa mobil aloqa vositalaridan foydalanganda so’zlashish madaniyatiga, xabarlarni yozish va elektron pochtadan foydalanish etikasiga hamda telefon apparatidan foydalanish qoidalariga rioya qilish zarur. Telefon orqali nojo’ya so’zlarni gapirish, turli nojo’ya xabarlarni jo’natishdan saqlaning. Mobil marketing SMSlar (Qisqa xabarlar xizmati) orqali mobil qurilmalar yordamida tovarlar va xizmatlarni targ’ib qilish uchun mobil qurilmalar yordamida amalga oshiriladigan aksiyalar, tadbirlar va kampaniyalar to’plami sifatida 2000 yilda Yevropa va Osiyo bo’ylab mashhurlikka erishdi va keyinchalik deyarli butun dunyo bo’ylab amalga oshirildi. Ushbu ma’lumotni tarqatish kanalining paydo bo’lishi va ommalashishi uchun zarur shart bu aholining uyali aloqadan keng foydalanishidir, shuningdek ko’plab kompaniyalar o’z ma’lumotlar bazalarini mijozlarning telefon raqamlari bilan terganligi.
Mobil marketingning asosiy maqsadi tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qiziqqan to’lov qobiliyatiga ega mijozni jalb qilishdir. Mavjud texnologiyalardan kompleks foydalanish, reklama ma’lumotlarini tarqatish uchun yangi kanallarni oqilona jalb qilish va rivojlantirish - muvaffaqiyatli marketingga olib keladi va shu sababli kompaniya daromadlarining qonuniy o’sishiga olib keladi.
Mobil marketingda xizmatlarni taklif qilish, xizmatlarni taklif qilishning eng keng tarqalgan va samarali usullaridan biri. SMS marketing iste’molchilarning tashabbusi bilan ("pull" marketing) yoki reklama beruvchining ("push" marketing) tashabbusi bilan qisqa matnli xabarlarni yuborishga tayanadi. Birinchi variantda, ommaviy axborot vositalarida reklama qilishni istagan iste’molchi avval xabarni qisqa raqamga yuboradi va javob reklamasini oladi. SMS xabarni yuborish tashabbusi reklama beruvchiga tegishli bo’lsa, ma’lumot mijoz telefonlarining ma’lumotlar bazasi orqali yuboriladi.
SMS-xabarlar tranzaktsion, xizmat va reklama bo’linadi. Dastlabki ikki tur - bu foydalanuvchi tomonidan qilingan har qanday harakatlarga reaktsiya. Uchinchi tur reklama beruvchining tashabbusi va uning manfaatlariga ko’ra taqsimlanadi.
MMS xabarlari - ular fotosuratlar, videolar, musiqa, havolalar va boshqalardan foydalanish imkoniga ega bo’lgan matnli yoki multimedia xabarlaridir
Tranzaktsion xabarlar - bu banklar va to’lov tizimlaridan abonent pullarining harakati (hisobni to’ldirish, hisobdan chiqarish, qoldiq va boshqalar).
Xizmat smslari, odatda mijoz tomonidan amalga oshirilgan harakatlardan so’ng, biron bir o’zgarish to’g’risida xabar beruvchi xabarlardir. Masalan, onlayn-do’konda buyurtma holatini o’zgartirish (qabul qilingan, yuborilgan, yetkazib berilgan), bonusli ballarni yig’ish yoki hisobdan chiqarish, taksida avtoulov berish, sug’urta polisining amal qilish muddati tugaganda va hokazo kabilar kiradi.
Reklama xabarlari - reklama beruvchi tashabbusi bilan uning manfaatlarini ko’zlab va har qanday korxona mahsulot yoki xizmatni targ’ib qilish maqsadida yuboriladigan sms-xabarlar hisoblanadi. Masalan, chegirmalar va maxsus takliflar, sotuvlar yoki yangi mahsulotlar haqida ma’lumot.
Mobil marketing bugungi kunda asosan an’anaviy marketing-miksning sotish va siljitish siyosatida keng qo’llanilmoqda. Lekin mobil marketingdan marketing tadqiqotlarida, tovar ishlab chiqarishni tashkil etishda, yangi bozorlarni o’zlashtirishda, tijorat vositachilari bilan aloqa o’rnatishda, omborlardagi tovar zaxiralarini boshqarishda ham keng fodalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarda ushbu tizimning joriy etilishi korxona mahsulotlari haqida mijozlarga ma’lumotlar berish (reklama qilish), mijoz xaridni amalga oshirganda uning mahsulot to’g’risida fikriga ega bo’ish (axborot olish), doimiy holatda mijozlar bilan aloqada bo’lish imkoniyatlarini yaratib beradi.
[1] https://kun.uz/uz/news/2018/12/28/prezident-murojaatnomasi-toliq-matn
[2] https://en.wikipedia.org/wiki/Mobile_marketing
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.