SUZISH TEXNIKASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
Оценка 5

SUZISH TEXNIKASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

Оценка 5
pdf
18.09.2022
SUZISH TEXNIKASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
4-Modul.pdf

 

4 - MAVZU: SUZISH TEXNIKASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

Darsning o’quv maqsadi: Talabalarga suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari vazifalarini tushuntirish va fanning umumiy mazmuni haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.

         Tayanch so’z va  iboralar.  Suvning yopishqoqligi, suvning zichligi, suvning siqiqligi, suvning solishtirma og'irligi, statik suzish, dinamik suzish, suvning qarshiligi, qo'l va oyoq harakati, og'irlik kuchi, ko'tarish kuchi, gidromexanika, aerodinamika, gidrostatik kuch, gidrodinamik kuch, tananing umumiy harakati.

           Reja:

1.Suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari.

2.Suzish texnikasining vazifalari.

3.Suzish texnikasining umumiy mazmuni 

       Suzish texnikasi deganda, harakatlarni mutanosib ravishda nampyon qilish tushuniladi. Bu esa ma'lum harakat qoidalariga rioya qilgan holda boladi. Aks holda oddiy suvda cho'miluvchilar suzishidan farqi qolmay qoladi. Buning uchun, avvalo, suzishning shakli, harakat Usullari va shu harakatlarning o'zaro qovushishi, mos kelishi talab etiladi. Shunda sportchi o'zining tashqi va ichki kuchlarini yuqori darajada safarbar qila oladi. Suzuvchining muntazam ravishda «bir qolipga tushib suzish» tabiatini egallashi bora-bora uning individual suzish texnikasiga aylanib boradi. Endi u o'zining butun harakat va funksional imkoniyatlarini o'z texnikasi asosida ro'yobga chiqaradigan bo'ladi. Bu, odaftda, individual texnika deyiladi.         Individual texnika doimiy ravishda rivojlantirib, takomillashtirib borishni talab etadi. Individual texnika qanchalik takomillashsa, u shunchalik yengil ko'chadigan bo'lib boradi va yangidan-yangi turlar ustida mashq qilish imkoniyati tug'iladi. Suzish texnikasi qanshalik tez takomillashtirib borilsa yuqorida aytib o’tganimizdek sportchining yoshi bo’yi gavda qisamlari rivojlanadi o’zaro  nisbati vazni oyoq va shu suzuvchining xos shaxsiy qobiliyati shakllanadi. Sportchining jismoniy  chiniqqanligi, kuchli va qayishqoqligining roli o’z-o’zidan ayon.

      Bularni bilganimiz ham, ular xususida qisqacha eslatib o’tishini lozim topdik, demak gidrosatika suzuvchi  tanasining suvdagi muvozanatni ifodala, gidrodinamika tushunchalarini anglab o’tgansiz.Shunday bo’lsa ham ular xususuda  eslatib o’tishni lozim topdik. Gidrodinamikadan dinamik  suzish  kelib chiqqanidek gidrostatikadan static suzish kelib chiqadi.

     Buni quyidagicha izohlash mumkin. Masalan, odam gavdasi hech bir harakatlanmay ham ma’lum vaqt mobaynida suvda qalqib tura oladi, suvda cho’milganlarning barchasi buni yaxshi biladi. Xuddi mana shu ma’lum vaqt davomida odam gavdasining suv betide yoxud uning biror qatlamida muallaq turish holati yuqorida tilga olgan static  suzish bo’ladi. Keyinroqda  bular haqida alohida  to’xtab o’tamiz. Suzsih sportida  suvning fizik xossalari deganda odatda uning qovushqoqligi, zichligi, suvning siqiqligi va solishtirma og’irligi tushuniladi.      Suvning qovushqoqligi odatda shu suvning kimyoviy  xossasiga ham, holatiga ham bir qadar bog’liqdir. Suv harorati qancha past bo’lsa, uning qovushqoqligi shuncha  yuqori  bo’ladi.Masalan, suv harorati harorati 300 bo'lganda, uning qovushqoqligi 20% kamayishi bizga ma'lum. Suvning zichligi deb hajmi birligidagi massasiga aytiladi. Bu bizga fizikadan ma'lum. Masalan, 1 kg suvning massasi hamisha hamma suvda bir xil emas. Suv qancha sho'r, harorati qancha yuqori bo'lsa, uning massasi shuncha kam bo'ladi, demak, zichligi kam degan so'z. Chunonchi haroratda 40 li chuchuk suvning zichligi kubometr bilan ulchaganimizda 1000 kgG'm3 ga teng. Sho'r dengiz suviniki esa 1010-1030 kgG'm3.

     Suvning siqiqligi odatda, suvning zarrachalari va qatlamchilarining bosimidan kelib chiqadi. Shu bosim qancha ko'p bo'lsa, suvning siqiqligi hajmi shuncha kam bo'ladi. O'z navbatida, suvning siqiqligidan gidrostatik bosim kuchi kelib chiqadi. Har qanday suv, hatto tinch holatda turganda ham, unda og'irlik kuchi bo'ladi. Bu kuch, bir tomondan, suyuqlikning o'z vaznida paydo bo'lsa, ikkinchi tomondan, atmosferaning unga ko'rsatayotgan ta'siridan yuzaga keladi. Binobarin, gidrostatik bosim kuchi suvga tushgan odamning hamma yeriga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Odamning qulog'ida paydo bo'ladigan og'riq mana shu bosim kuchi ta'sirida yuzaga keladi.

      Suvning solishtirma og'irligi deganda, odatda, gavda og'irligining shu gavda hajmidagi suv og'irligiga nisbati tushuniladi. Bu fanda gG"sm3 bilan ifodalanadi. Bu ham suvning kimyoviy tarkibi bilan uning haroratiga bog'liq. Binobarin, suvning zichligi qancha yuqori bo'lsa, uning solishtirma og'irligi ham shuncha yuqori bo'ladi. Buning uchun 27-280 S bo'lishi kerak, bunday haroratdagi suvlarning solishtirma og'irligi 0,998 gG'smS ga teng bo'ladi. Bu o'rinda, shuni aytib o'tish lozimki, suvda cho'milish uchun faqat suvning solishtirma og'irligi emas, balki suzuvchi tanasining solishtirma og'irligi ham bir qadar rol o'ynaydi. Odam gavdasidagi to'qimalarning solishtirma og'irligi esa har xil Masalan, teri, mushak, suyak to'qimasiniki yog' to'qimasinikadan og'ir, mushakniki terinikidan, suyakniki mushaknikidan og'ir. Umuman olganda, odam gavdasi qismlarining solishtirma og'irligi o'rta hisobda 0,935 dan 1,057 gG,sm3 gacha 'o'lchanadi. Bolalar bilan ayollar gavdasi qismining solishtirma og'irligi esa biroz yengil bo'ladi. Chunki hozir aytganimizdek, ularning yuqori solishtirma og'irlikka ega bo'lgan suyak va mushaklari erkaklarnikiga qaraganda, yaxshi taraqqiy etmagan  bo'ladi.  Shunday ekan,  suzuvchi sportchining yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lishiga gavdasining solishtirma og'irligi ham bir   qadar rol o'ynar ekan.         Suvga tushgan suzuvchining harama tomoniga odatda, suvning bosim kuchi ta'sir qiladi deb yuqorida aytib o'tdik. Binobarin, odam suvga qancha chuqur tushsa unga tazyiq o'tkazadigan bosim kuchi ham ortib boradi. Ammo mana shu bosim kuchining qay darajada yuqori bo'lishi gavdaning joylashish vaziyatiga va suvning tarkibiga ham bog'liqdir.

         Chunki odam gavdasi suvda gorizontal vaziyatda bo'lsa, unga suvning ko'tarish kuchi katta hajmda ta'sir qiladi. Suvning tarkibi haqida yuqorida bir karra eslatib o'tdik. Demak, suvdagi tinch turgan suzuvchiga bir vaqtning o'zida og'irlik kuchi, bu odamning o'z vazni va suvning ko'tarish kuchi (tarkibiga ko'ra yuqoriga itaruvchi kuchi) ta'sir qiladi.

       Suzuvchining mana shunday kuchlar ta'sirida bo'lishi statik suzish deyiladi. Bundan tashqari suzuvchi gavdasiga suvning itaruvchi kuchi ham ta'sir qiladi. Bu kuch odatda, gavda siqib chiqargan suv hajmiga teng bo'ladi. Suvning har tomonidan yo'nalgan itaruvchi kuchi ham ta'sir qiladi. Bu kuch odatda, gavda sikiq chiqargan suv hajmiga teng bo'ladi.

       Suvning har tomonidan yo'nalgan itaruvchi kuchlarning jam bo'lib yo'nalgan nuqtasi suzuvchanlik markazi deyiladi. Bu markaz odatda, siqib chiqarilgan suvning zichlashgan hajmi markaziga to'g'ri keladi. Endi biz quyida tilga olingan suvdagi kuchlarning ta'siri haqida to'xtalamiz.

         Gavda suzuvchanligi. Yuqorida aytilganidek, gavdaning og'irlik kuchiga va suvning o'z itaruvchi kuchiga qarab odam suvda u yohud bu darajada muallaq qalqib turadi, muvozanat saqlay oladi yoki cho'kadi. Masalan, gavda og'irligi u siqib chiqargan suv hajmi og'irligidan kam bo'Tsa (sabablarga ko'ra),"bu holda gavda suv betida juda bo'lmaganda suvning sal quyi qatlamida qalqib tura oladi.                           Odamning mana shu qalqib tura olish qobiliyati gavdaning suzuvchanligi deyiladi. Odatda, bu ham gavdaning solishtirma og'irligi bilan suvning solishtirma og'irligiga bog'liq. (Odam gavdasidagi qismlarning solishtirma og'irligi xususida yuqorida gapirib o'tdik). Bunga binoan, ozg'in odamning suvda muallaq turishi (yoki chiqishi) semiz odamnikiga qaraganda, bir qadar ko'proq harakatlanishni talab etadi. Bu o'rinda suvdagi suzuvchining nafas olishi bilan nafas chiqarishi paytidaga solishtirma og'irligining o'zgarishini ham aytib o'tish joizdir. Chunonchi, odam o'pkasini to'ldirib nafas olganda, gavdasining solishtirma og'irligi 0,97 ni tashkil qilsa, to'la nafas chiqarganida esa 1 dan oshmaydi, bu esa suvning solishtirma og'irligi bilan teng bo'lgan degan so'zdir, odam bunday paytda suvda qalqib tura oladi. Odam gavdasi qismlarining solishtirma og'irligi bir xil emas deb yuqorida aytib o'tdik. Masalan, gavdaning o'pka atrofii qismlarining solishtirma og'irligidan oyoqlarning solishtirma og'irligi yuqori. Demak, odam suvga botayotganda hamisha uning oldingi oyoqlari suvga botadi. Havodan tushayotganida, tayyoradan sakraganida garchi u oyoqlari bilan sakrasa-da, boshi bilan tusha boshlaydi. Bu ham ma'lum. Chunki odam boshining solishtirma og'irligi gavdaning boshqa qismlari og'irligidan katta. Binobarin sportchi faqat o'z harakatlari bilan havo qarshiligiga oyoq-qo'llarini ro'para qilish

orqali, ya'ni havoda «suzish» elementlarini bajarish bilangina havodagi vaziyatni o'zpartiradi va turli ko'rinishlarda shakllar yasaydi. Bir so'z bilan aytganda, sportchi o'zining butun og'irlik kuchini havoning qarshilik kuchiga butun gavdasi bo'ylab bir tekisda taqsimlay olgandagina, u gorizontal holatga erisha oladi. Suvda suzishda ham shunga o'xshash hodisa yuz beradi. Masalan, suzuvchining og'irlik kuchini Fl suvning ko'tarish kuchini F2 deb olsak, odam vertikal suzganida, ya'ni gavdaning vertikal suzuvchanligida F4 va F3 kuchlari gavdaning bo'ylamasiga ketgan o'qi*bo'ylab taqsimlanadi: gorizontal suzuvchanlikka esa bu kuchlar « mashur o'qqa perpendikulyar taqsimlanadi. Demak, gavdaning keyingi suzuvchanligi suzish texnikasiga yordam beradi.

         Badiiy suzish usulida ko'p qo'llaniladigan harakatlardan biri -oyoqlarni uzatgan holda ikki yoqqa kerib, qo'llami ham uzatib og'irlik kuchi markazi bilan suzuvchanlik markazini bir-biriga yaqinlashtirishdir. Bunda «juft kuchlar» yelkasi kamaytirilgan bo'ladi. Bunga gavdani o'z o'qi atrofida bo'ylamasiga aylantirish orqali erishiladi.

       Endi gavdani o'z o'qi atrofida yonga aylantirishni ko'raylik. Bunda bir qo'lni yoki oyoqni ko'tarish kerak, shunda gavda qo'l yoki oyoq ko'tarilgan tomonga qarab aylanadi. Chunki suvning siqilgan hajmi ta'sir kuchi, bosimi o'zgaradi, binobarin, suzuvchanlik markazi bilan og'irlik markazining nisbati o'zgaradi, demak, qo'l yoki oyoq ko'tarilgan toraonga gavdani aylantiradigan «juft kuch» hosil buladi. Gavdaning qanchalik kam qismi suvga botgan bo'lsa, uni ko'taruvchi kuch shu tomonga shimcha kam kuch bilan ta'sir qiladi. Shu sababli ham, suzayotgan odam nafas olish uchun boshini ancha yonga burishni yoki ko'tarilishni, qo'lini suvdan yuqoriga chiqarib oldinga tashlashni tez bajaradi, ikkinchi suvdagi qo'li esa nisbatan sekin harakatlanadi. Bordi-yu bosh yoki qo'l suvdan sekin ko'tariladigan bo'lsa, u holda suvning ko'tarish kuchini oshirish uchun suv ostidagi qo'l va oyoqlarni tezroq harakatlantirish zarur. Suzuvchi suvga kalla tashlaganida tezroq boshi bilan qo'llarni yuqoriga ko'tarishga va oyoqlari bilan suvni tepishga oshiqadi, chunki bu paytda suvning ko'tarish kuchi kamayib, og'irlik kuchi ortib ketadi.

        Ma'lumki, suzuvchining suzish organlari harakatlanib borishi dinamik suzish deb yuqorida bir karra aytib o'tgan edik. Uni amalga oshirish uchun odatda suzuvchi ta'sir kuchlarini hosil qilishi kerak. Bunday ta'sir kuchlar, qoidaga ko'ra to'rtga bo'linadi:

1.   Og'irlik kuchi Ғо;                                 3. Tortish kuchi Ft

2.   Suvning ko'tarish kuchi P;                    4.Qarshilik kursatish kuchi P.

Bular orasida og'irlik kuchi FO doimiy gidrostatik kuch bo'lib qoladi va o'zgarmaydi. Suzuvchi odatda havoga qaraganda, zich suvga tayanib uni qo'l va oyoqlari bilan itarib oldinga harakat qilib boradi. Bundan ayon bo'ladiki, suvning zichligi suzuvchi uchun tayanch vositasini o'taydi va demak, unga tayanib, olg'a harakatlanib borar ekan, o'z navbatida ro'paradan gavdaga ta'sir qiluvchi kuchlar ortib boradi, natijada, suzish tezligi pasayadi. Mexanika qonunidan ma'lumki, suvning qarshilik kuchini butunlay yo'qotib bo'lmaydi. Faqat suzuvchi sportchining malaka va mahoratiga bog'liq ravishda uni maksimal kamaytirish va shu bilan tezlikni maksimal oshirish (kamaytirish) mumkin.

        Buning uchun esa sportchi o'z harakat yo'nalishlariga qarshi ro'paradan kelayotgan qarshilik kuchining qanday paydo bo'lishini va ta'sir mexanizmini tushunishi, binobarin, suvning qarshiligi bu kuchning kattaligi va uning doimiy emasligi, nimalarga bog'liqligini bilishi lozim. Masalan, suvning qarshilik kuchi gavdaning ko'ndalang  yuzasi kegnligi  suzish  tezligining oshishiga qarab kattalashib  qonuniyatini, qolaversa gavdaning tuzilishi uning  suvdan olgan holatini ham bir karra ahamiyatga ega bo’lishini u ahglab  yetishi kerak.

          Ishqalanish qarshiligi  deb suzuvchi qavdasi  tarkib  yuzasining suv bilan o’zaro ta’siriga  aytiladi. Bu suvning qanchalik  qovushqoqligiga bog’liq.

      Ishqalanish kuchi, odatda gavda tekis, silliq bo’lmaganda suzish liboslari dag’al matodan tikilgan bo’lganda oshadi. Hatto tajribali sportchilar musobaqalar oldidan qo’l-oyoqlari butun tuklarni kuydirib tashlaydilar.

       Girdob (uyurma) qarshiligi. Sportchi zo’r berib olg’a harakatlanib borar ekan, oldidagi suv oqimini ikkiga yorib boradi. Suvlar esa ikki yonidan va bo’yni uzra tomondan qo’shiladi.

        Ma’lumki, suzuvchining orqasidagi girdob, uning oldidagi  suv bosim  kuchi o’rtasidagi farqlanishdan kelib chiqadi. Bosim past yerga tushib qolgan suv zarrachalarini ishqalanish qonuniga muvofiq oz bo’lsada  muayyan vaqt mobaynida  gavdaning  quyi qismlariga  ko’proq oyoqlariga ilashib qoladi va ma’lum masofalarga ergashib boradi. Keyin ular o’rniga boshqa suv zarrachalari ilashadi va ergashadi. Shu jarayon muttasil davom etib boradi. Bu sportchi uchun yengil bo’lmaydi.. Sportchi ularni engish uchun ancha-muncha quvvat sarflaydi.         Girdob qarshiligining kuchi suzuvchi olgan tezlikka va uning qomatiga bog'iiq. Girdob kuchini kamaytirish uchun bir yo'l qoladi, ya'ni oldingi suv bosimi bilan orqadagi suv bosimini tenglashtirishga erishish kerak bo'ladi. Sportchi bunga qanchalik yaxshi erishsa, girdob qarshiligini ham u shunchalik kamaytirgan bo'ladi. Bunda suzuvchi sportchi qanday bo'lmasin, gavdasini shunday holatda tutib borishi kerakki, natijada suvning gavdadan sirpanib o'tishi osonlashsin. Bunga erishish maqsadida suzuvchi o'z gavdasini suv betida iloji boricha gorizantal holatga yaqinroq ushlab, oyoq va qo'llarini bor bo'yicha uzatib borishi, oyoqlar panjasini chuzishi, qo'llarini boshi yaqinida tutishi kerak. Tajribali suzuvchilar shuni bilganlari holda start olgandan so'ng va burulib bo'lganidan keyin hovuz devoridan depsinib chiqqan vaqtlarida shu holatni qabul qiladilar,        Bu o'rinda shuni aytish joizki, girdobning qarshilik kuchi suzuvchi suv betiga qancha ko'p gavdasini ko'tarib suzsa, shuncha ko'p ortadi. Bu suzish usuliga bog'iiq. Masalan, brass usulida ko'krakda va chalqancha yotib suzishda girdob qarshiligi oshadi. Uni kamaytirish uchun esa tajribali suzuvchi sportchilar bunday paytlarda qo'llarini suv yuzasidan pastga tomon harakatiantirib oyoqlarini tana enidan chiqarib yubormasdan, bellarini maksimal darajada bukib suzadilar.          To'lqin qarshiligi. Suzuvchining oldida suv bosimining ortishi suvning shu yeri zichlashib surilishiga, bu esa suvning ko'tarilishiga, ya'ni to'lqinlar hosil bo'lishiga olib keladi va bular gavdadan aniq bir burchak ostida, suzuvchining harakati tezligi bog'iiq holda yonga va oldinga tarqaladi. Ba'zan suzuvchining tejamsiz, qo'pol harakatlar qilayotganini mana shu to'lqinlarga qarab bilsa ham bo'ladi. Natijada, suzuvchi bir tomondan, mana shu to'lqinlami yengib o'tish uchun, quwat sarf qiladi. Demak, to'lqin qarshiligi deb, butun suv qarshiligining to'lqin hosil qilib va uni yengib o'tish uchun ketgan kuchiga aytiladi. Endi nima uchun suv ostida suzuvchining tezligi ortadi, deganda, suv ostida to'lqin bo'lmaydi. Sport musobaqalarida tajribali suzuvchilar bundan foydalanib startdan chiqishda va burilib bo'lgach, muayyan masofaga qadar suv ostida suzadilar. Basseynlarda tortib qo'yilgan maxsus arqonlar to'lqinlami qismangina ushlab qoladi. Shu sababli chekka yo'laklardagiga qaraganda o'rtada ko'p va zarbli bo'ladi.

          To'lqinlarning katta-kichikligi odatda gavda shakliga uning suvda qo'pol yoki epchillik bilan harakat qilishiga, oyoq va qo'liar harakatining amplitudasiga, suzish tezligiga va basseynning eni bilan chuqurligiga bog'iiq bo'ladi. Har qanday holda ham hosil bo'layotgan to'lqinlami kamaytirishning iloji bor. Shuning uchun suzuvchi iloji boricha gavdasini bir xil gorizontal holatda tutib borishi, qo'llarini tezroq suvga tushirishi, oyoqlarini suvdan kamroq chiqarishi va iloji boricha ildam suzib borishi talab etiladi.

           Ko'taruvchi kuch haqida to'xtalib aslida biz shu yergacha gorizontal suzish haqida gapirib keldik. Aslida biz biladigan gorizontal holat suvda bo'lmaydi. Suzib borayotgan har qanday odamning gavdasi suv betiga nisbatan bir oz bo'lsa-da, qiya turadi, yelkalari bilan boshi oyoqlariga nisbatan yuqoriroq bo'ladi. Bunda ko'taruvchi kuch degan kuch yuzaga keladi. Demak, ko'taruvchi kuch suzuvchi suvda qiya vaziyatda harakat qilib borganda vujudga keladi.

               Nazorat savollari.

1.   Suzish texnikasi deganda nimani tushunasiz?

2.   Suvning  qovushqoq   (yopishqoq)ligi  va  zichligi nimadan iborat?

3.   Suvning siqiqligi nimaga bog'iiq?

4.   Suvning solishtirma og'irligi deganda nimani tushunasiz?

5.   Statik suzish deb nimaga aytiladi?

Foydalanilgan adabiyotlar

1.     O. Sobirova. Bolalar suzishni o'rganing. -T: «Meditsina», 1987.

2.     O.Sobirova. Suzish san'atini o'rgan. - T: «Meditsina», 1989.

4.  O.Sobirova . Suzish. -T: «Ibn Sino» nashriyoti. 1993.

MAVZU: SUZISH TEXNIKASINING ILMIY-NAZARIY

MAVZU: SUZISH TEXNIKASINING ILMIY-NAZARIY

Suvning qovushqoqligi odatda shu suvning kimyoviy xossasiga ham, holatiga ham bir qadar bog’liqdir

Suvning qovushqoqligi odatda shu suvning kimyoviy xossasiga ham, holatiga ham bir qadar bog’liqdir

Chunki odam gavdasi suvda gorizontal vaziyatda bo'lsa, unga suvning ko'tarish kuchi katta hajmda ta'sir qiladi

Chunki odam gavdasi suvda gorizontal vaziyatda bo'lsa, unga suvning ko'tarish kuchi katta hajmda ta'sir qiladi

Suvda suzishda ham shunga o'xshash hodisa yuz beradi

Suvda suzishda ham shunga o'xshash hodisa yuz beradi

Buning uchun esa sportchi o'z harakat yo'nalishlariga qarshi ro'paradan kelayotgan qarshilik kuchining qanday paydo bo'lishini va ta'sir mexanizmini tushunishi, binobarin, suvning qarshiligi bu kuchning kattaligi…

Buning uchun esa sportchi o'z harakat yo'nalishlariga qarshi ro'paradan kelayotgan qarshilik kuchining qanday paydo bo'lishini va ta'sir mexanizmini tushunishi, binobarin, suvning qarshiligi bu kuchning kattaligi…

To'lqin qarshiligi. Suzuvchining oldida suv bosimining ortishi suvning shu yeri zichlashib surilishiga, bu esa suvning ko'tarilishiga, ya'ni to'lqinlar hosil bo'lishiga olib keladi va bular gavdadan…

To'lqin qarshiligi. Suzuvchining oldida suv bosimining ortishi suvning shu yeri zichlashib surilishiga, bu esa suvning ko'tarilishiga, ya'ni to'lqinlar hosil bo'lishiga olib keladi va bular gavdadan…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022