Tabiiy fanlarni o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari.
Оценка 5

Tabiiy fanlarni o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari.

Оценка 5
Исследовательские работы
docx
биология
Взрослым
14.09.2022
Tabiiy fanlarni o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari.
Методика
maqola 2.docx

Tabiiy fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari.

 

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim talabalarni o’quv fanlari bo’yicha muayyan bilimlarni egallishi bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi ta’lim muassasalarida o’qitiladigan barcha o’quv fanlarni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni ko’zda tutadi. Shu sababli barcha o’quv fanlari kabi tabiiy fanlarni o’qitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi hisoblanadi.

Jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanilib kelayotgan va didaktikada ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar shaxsga yo’naltirilganligiga, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarilishiga, shaxsga bo’lgan munosabatiga, hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni yangilash va ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilganligiga ko’ra pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi

Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va o’qitish samaradorligini oshirish masalasi barcha fanlar kabi tabiiy fanlarni o’qitishda asosiy muammolaridan biri sanaladi.

Tabiiy fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekanmiz xususan “Didaktik o’yin texnologiyalari” va “Modulli ta’lim texnologiyalari” muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim jarayonida didaktik o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayonini o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Didaktik o’yinli texnologiyalarning syujetli - rolli, ijodiy ishbilarmonlar, konferensiyalar va o’yin mashqlar kabi turlari bor. Talabalarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zlarida mujassamlashgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirishda syujetli - rolli o’yinlar muhim rol o’ynaydi.

Talabalarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantqiy fikrlashini rivojlantirshda, qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyatdagi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni aks ettirib, o’quvchilar ma’lum bir vazifani, topshiriqni bajarish orqali bilim, ko’nikma va malakalar bilan bir qatorda, kasbiy sifatlarni tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo’llash, ilmiy dunyo qarashini kengaytrishga mo’ljallangan didaktik o’yinlar ishbilarmonlar o’yinidir. Ishbilarmonlar o’yini ham boshqa o’yinlar kabi, o’qituvchi va o’quvchilardan puxta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. 

Didaktik o’yinli darslar ichida konferensiya darslari ham muhim o’rin tutadi. Konferensiya darslari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ularni qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy - ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarni rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tabiiy fanlarni o’qitishda, boshqa didaktik o’yinlar bilan bir qatorda o’yin mashqlardan o’z o’rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq.

O’yin mashqlar uchun televideniya va matbuot orqali berib borilayotgan va talaba yoshlarning eng qiziq mashg’ulotiga aylangan o’yinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zigzag”, “Zinama zina”, “Kim millioner bo’lishni hohlaydi?” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o’yinlarda talabalar avvalo o’z kuchi va bilimlarini sinab ko’radilar va yana ularning aksariyati shu o’yinlar ishtirokchisi bo’lishi orzu qiladilar.

Didaktik ishlab chiqilgan har qaysi texnologiya talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Modulli ta’lim texnologiyalaridan tabiiy fanlarni o’qitishda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan darslarda talabalarning o’quv - bilish faoliyati modul dasturlari asosida tashkil etiladi. Talabalar  o’quv  materialini  modul dasturidan o’rin olgan o’quv topshiriqlarini sifatli bajarish orqali mustaqil o’zlashtiradilar va o’z o’quv faoliyatining sub’yektiga aylanadilar. Shu tariqa yagona ta’lim tarbiya jarayonining ikkita sub’yekti o’qituvchi va o’quvchi o’quv jarayonida ko’zlangan maqsadga erishadi.

Modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanishning afzallik tomonlari, uni an’anaviy ta’lim texnologiyasi bilan taqqoslanganda aniq ko’rinadi.

 

An’anaviy ta’lim

Modulli ta’lim

1

Darslar bir xil tarzda olib boriladi.

Modul dasturi talablari asosida olib  boriladi.

2

Vaqtdan unumli foydanilmaydi.

Vaqtdan samarali foydalaniladi.

3

O’quv materialini o’zlashtirish dastlabki bosqichda bo’ladi. Uy vazifasinining hajmi ortib ketadi.

O’quvchilar tomonidan o’quv materiali yuqori darajada o’zlashtirilishiga, o’z ustidda o’z ustida mustaqil ishlashga imkon yaratiladi.

4

O’quvchilarning o’zaro muloqoti, mustaqilligi, nutqini rivojlantirish imkoniyati cheklangan.

O’quvchilar yakka, juft holda kichik guruhlarda ishlaydi, ular o’rtasida do’stona muloqot, o’zaro yordam, hamkorlikda vujudga keladi, nutqi rivojlantiriladi.

5

Yangi mavzuni o’rganishda o’rta saviyali o’quvchiga nisbatan mo’ljal olinadi. O’quvchilar faoliyati sust, tayyor bilimlarini o’zlashtiradiga qaratiladi.

Har bir o’quvchi o’z qiziqishi, iqtidoriga  asoslanib bilimini oshirish maqsadida mustaqil va ijodiy ishlab yangi bilimlarni o’zlastiradi.

6

O’quvchilar bilimini o’qituvchi baholaydi.

O’z-o’zini nazorat, o’zaro nazorat va o’qituvchi nazorati amalga oshriladi.

7

Pedagogik munosabatlar avtoritar texnologiyaga asoslanadi.

Pedagogik munosabatlar o’zaro hamkorlikka asoslanadi.

 

Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonining samaradorligi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning bilish faoliyatini o’qitish  vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish ko’nikmalarini egallaganlik darajasiga bog’liq bo’ladi.


 

Tabiiy fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari

Tabiiy fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari

Talabalarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantqiy fikrlashini rivojlantirshda, qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi

Talabalarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantqiy fikrlashini rivojlantirshda, qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi

Talabalar o’quv materialini modul dasturidan o’rin olgan o’quv topshiriqlarini sifatli bajarish orqali mustaqil o’zlashtiradilar va o’z o’quv faoliyatining sub’yektiga aylanadilar

Talabalar o’quv materialini modul dasturidan o’rin olgan o’quv topshiriqlarini sifatli bajarish orqali mustaqil o’zlashtiradilar va o’z o’quv faoliyatining sub’yektiga aylanadilar

Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonining samaradorligi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning bilish faoliyatini o’qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish ko’nikmalarini egallaganlik darajasiga bog’liq bo’ladi

Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonining samaradorligi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning bilish faoliyatini o’qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish ko’nikmalarini egallaganlik darajasiga bog’liq bo’ladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
14.09.2022