Ta’lim jarayonida axborot –texnologiyalarining ahamiyati
Оценка 4.7
Занимательные материалы
docx
информатика
Взрослым
29.06.2017
“Ta’lim jarayonida axborot –texnologiyalarining ahamiyati” mavzusidagi maqolada axborot texnologiyasi tushunchasi, axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etilishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llash samaradorligi, Ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishining afzalliklari haqida ma’lumot beriladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya va multimedia vositalaridan foydalanilganda o’quvchilarda qanday qobiliyatlarni shakllanishi va rivojlanishi bayon qilinadi.Ta’lim jarayonida axborot –texnologiyalarining ahamiyati
Таълим жараёнида ахборот.docx
Ta’lim jarayonida axborot –texnologiyalarining ahamiyati
Uchquduq konchilik kasbhunar
kollejining informatika va axborot
texnologiyalari
katta
o’qituvchisi Qurbonova F.Q.
fani
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi esa
davlatning bugungi va ertangi taqdirini hal etishda shubhasiz beqiyos o‘rin tutadi. Shu
ma’noda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda «O‘rta
maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori har jihatdan yetuk, ma’naviy barkamol, chuqur bilimga
ega, zamon talablariga javob beradigan, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan ta’lim tizimi yaratilgan.
Navbatdagi asosiy masala uning sifatini oshirish, tizimda yuzaga kelayotgan
muammolarni bosqichmabosqich hal etishdan iboratdir.
Axborotkommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan
maqsad ham aynan o‘quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan
tanishtirish, bu sohada savodxonlik darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur
axborotlardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini oshirishdan iboratdir.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari – bu insonlarning bilimlarini
rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo’yicha
imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish,
tiklash, uzatish usullari va texnik vositalardir. Yana shuningdek, axborot kommunikatsiya
texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan
jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.
Hozirki kundagi ta’lim muassasalari faoliyatida qo’llash samaradorligi yuqori
ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keltirishimiz
bo’lgan quyidagi
mumkin:
kompyuterlar (notebook, netbook, statsionar komyuter);
IPod;
aqlli telefonlar;
aqilli televizorlar;
interaktiv proyektorlar;
3D monitorlar;
interaktiv doska;
yuqori sifatli veb kameralar;
tarmoq texnologiyalari (wifi router, kommutator, repitor, ADSLmodem);
3D printerlar va hokazo.
Ta’limtarbiya jarayoniga AKT joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega: AKT vositalari o‘quvchilarni ta’lim jarayonida fanlarni o‘zlashtirishga alohida
jalb etish va qiziqishlarini oshirishda muhim omillardandir;
o‘quvchilarni intellektual faoliyatga undaydi;
o’quvchilarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish,
o’quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;
o’quvchilarning mustaqil va algoritmik qobiliyatini shakllantirish;
«axborotlashgan jamiyat» shaxsini tayyorlash;
o’quvchilarning o’zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli miqdorda axborot
bilan ta’minlash;
o’quvchilarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini
shakllantirish va rivojlantirish.
o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi;
o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim
etadi;
o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng
imkoniyatlar taqdim etadi.
o‘quvchilarni fanlar bo‘yicha turli olimpiada, viktorina, tanlovlarga tayyorgarlik
ko‘rishlarida ijobiy imkoniyatlarni taqdim etadi.
Shuningdek AKT o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlari rivojlanishiga va
dunyoqarashini kengaytirishiga ham kuchli ta’sir etadi. O‘quvchilarga bilim berish
jarayonida axborotlarning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini yanada boyitib, oson
o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilar bilan axborotlashgan ta’lim jarayonida o‘zaro
hamkorlikda muloqot qilishi uchun ham axborot texnologiyalariga oid bilim va
malakalarga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonidagi turli vaziyatlarda o‘z bilim va malakasi
bilan o‘quvchilarning talablariga javob berishi zarur. AKTdan foydalanib, yangi metodik
masalalarni hal etishi, fanga oid bilimlarini chuqurlashtirishi, o‘z kasbiy mahorati
darajasini oshirishi zarur. AKTga oid savodxonlik o‘qituvchining o‘quvchilar,
hamkasblar, otaonalar oldida obro‘yini oshirish omillaridan biri.
Kompyuter
o‘qituvchiga o‘quvchilar o‘zlashtirishini kuzatish uchun monitoring bazasini tashkil
etish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarini samarali kuzatish vositasi sifatida
foydalanishni bilish, o‘qituvchilik kasbiymutaxassislik faoliyatiga ijodiy yondashishga
rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalana bilish zarur.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter
tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashni rivojlantirish omillari
kompyuterlashtirishning har ikkala yo’nalishini ham rivojlantirib borish zaruriyatiga
bog’lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan me’yoriyhuquqiy hujjatlarga
asoslangan holda uzluksiz
tizimining hamma bosqichlarida
«kompyuterlashtirishning konstepstiyasi» yaratilishi lozim.
ta’lim
Kompyuterli texnologiyalar dasturli o’qitish g’oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy
kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog’liq
ta’limning hali tadqiq qilinmagan yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning
kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari – bu axborotni tayyorlash va uni ta’lim
oluvchiga uzatish jarayoni bo’lib, uning amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya’ni: Kompyuterli texnologiya mazmuni bir qancha shakllantirilgan modelni qo’llashga
asoslangan bo’lib, bu model kompyuter xotirasiga yozib qo’yilgan pedagogik dasturli
vositalar va telekommunikatsiya tarmog’ining imkoniyatlari orqali namoyon bo’ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’limga
joriy etishda ularning texnik vositalarini integrastiyalash asosiy yo’nalish bo’lmoqda.
Shu munosabat bilan, hatto «multimedia» tushunchasi paydo bo’ldiki, u o’qitishda
ko’pchilik texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani qo’llagan
holda eng muhim narsa talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga o’rgatishdan iborat
bo’ladi. O’qituvchining vazifasi axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda
yordam berishdan iborat bo’ladi, pedagog bilimlar sohasida yo’l ko’rsatuvchi hamdir.
Bu kabi o’qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda o’quvchiga ta’sir
ko’rsatish birgina axborot kanallari (ko’rish, eshitish va hokazo) orqali amalga oshiriladi.
Bu esa ta’lim samaradorligini oshiradi.
Ta’lim jarayonida Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilganda
o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini tiklash muammosi yangicha hal
etilishi lozim. Agar an’anaviy ta’lim sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng
ko’p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar bo’ladigan bo’lsa, Axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir
vaqtda foydalanish mumkin.
Ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi
pedagog vazifasining o’zgarishiga sabab bo’ladi, ya’ni pedagog ta’limtarbiya berishdan
ko’ra ko’proq tadqiqotchi, tashkilotchi, maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi.
Ta’lim jarayonida axborot –texnologiyalarining ahamiyati
Ta’lim jarayonida axborot –texnologiyalarining ahamiyati
Ta’lim jarayonida axborot –texnologiyalarining ahamiyati
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.