Tekislik izlarini yasash
Оценка 5

Tekislik izlarini yasash

Оценка 5
docx
05.06.2021
Tekislik izlarini yasash
Tekislik izlarini yasash.docx

Tekislik izlarini yasash

 

Charosxon Shakirova Turgunovna

 

 

Ta’rif. Tekislikning proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan chiziqlari tekislikning izlari deyiladi.

P tekislikning H tekislik bilan kesishgan PH=P∩H chizig‘i uning gorizontal izi, V tekislik bilan kesishgan PV=P∩V chizig‘i frontal izi va W tekislik bilan kesishgan PW=P∩W chizig‘i profil izi deb ataladi.

Tekislik shu tarzda berilsa, uni izlari bilan berilgan tekislik deb yuritiladi va P(PH, PV, PW) tarzida yoziladi.

Tekislikni chizmada izlari bilan tasvirlash ancha qulay va afzaldir. Tekislikning Ox, Oy va Oz koordinata o‘qlari bilan kesishgan nuqtalari Px, Py, Pz bilan belgilanadi, ya’ni Px=P∩Ox, Pu=P∩Oy, Pz=P∩Oz.

Bu nuqtalar tekislikninng ikkita izining kesishishidan hosil bo‘ladi.

Tekislik qanday tarzda berilishidan qat’iy nazar, uning izlarini ortogonal proyeksiyalarda yasash mumkin.

Har qanday geometrik shakllar orqali berilgan tekislikning izlarini yasash mazkur tekislikka tegishli bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlar izlarini yasash bilan bajariladi. Bunig uchun to‘g‘ri chiziqning tekislikka tegishlilik xususiyatidan foydalaniladi.

80-rasmda a∩b kesuvchi chiziqlar bilan berilgan tekislikning gorizontal izini yasash uchun to‘g‘ri chiziqlar gorizontal izlarining aH, aH, va bH bH proyeksiyalarini topamiz. Agar to‘g‘ri chiziqlarning gorizontal izlarining gorizontal aH va bH proyeksiyalarini o‘zaro tutashtirsak, tekislikning PH gorizontal izini hosil qilamiz. Xuddi shu tarzda tekislikning PV frontal izini yasash uchun kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlar frontal izlarining aV aV″ va bўV bVўў proyeksiyalarini yasaymiz. So‘ngra to‘g‘ri chiziqlarning frontal izlarining frontal aV va bV proyeksiyalarini tutashtirsak, tekislikning PV frontal izini hosil qilamiz. Tekislikning PH va PV izlarining Px kesishish nuqtasi Ox o‘qida bo‘lishi shart.

Ikki mn parallel chiziqlar bilan berilgan  tekislikning PH va PV izlari ham to‘g‘ri chiziqlarining izlarini yasash yo‘li bilan aniqlanadi (81-rasm). Umuman, turli geometrik shakllar bilan berilgan tekisliklarning izlari mazkur shaklga tegishli bo‘lgan ikki kesuvchi yoki parallel chiziqlarning izlarini yasash yo‘li bilan aniqlanadi.

4-04              4-05

80-rasm                        81-rasm

 

 


 

Tekislik izlarini yasash Charosxon

Tekislik izlarini yasash Charosxon

80-rasm 8 1 -rasm

80-rasm 8 1 -rasm
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
05.06.2021