Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari
Оценка 5

Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari

Оценка 5
docx
05.06.2021
Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari
Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlari.docx

Tekislik va togri chiziqning ozaro vaziyatlari

 

Charosxon Shakirova Turgunovna

 

Tekislik va togri chiziqning ozaro vaziyatlari

To‘g‘ri chiziq va tekislik fazoda o‘zaro quyidagi vaziyatlarda bo‘lishi mumkin:

·        to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli (aÌP),

·        to‘g‘ri chiziq tekislik bilan kesishadi (aÇP),

·        to‘g‘ri chiziq tekislikka parallel (a ççP),

·        to‘g‘ri chiziq tekislikka perpendikulyar (a^P).

Tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziq va nuqta. Quyidagi xollarda to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi:

·        agar to‘g‘ri chiziqning ikki nuqtasi tekislikka tegishli bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi. Masalan, a to‘g‘ri chiziqning A va B nuqtalari (82-rasm) Q tekislikka tegishli bo‘lganligi uchun a to‘g‘ri chiziq Q tekislikka tegishli bo‘ladi;

·        agar m to‘g‘ri chiziqning bir nuqtasi tekislikka tegishli bo‘lib, mazkur tekislikka tegishli yoki unga parallel biror to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘ladi. Masalan, m to‘g‘ri chiziqning C nuqtasi Q tekislikka tegishli va bu to‘g‘ri chiziq mazkur tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, u holda m to‘g‘ri chiziq Q tekislikka tegishli bo‘ladi.

      F-4-11                                               F-4-11

                       a)                                                                      b)

                                             82-rasm

To‘g‘ri chiziqning tekislikka tegishli bo‘lish shartlaridan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.

1-xulosa. Agar to‘g‘ri chiziq tekislikka tegishli bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziqning bir nomli izlari tekislikning bir nomli izlariga tegishli bo‘ladi (83-rasm).

F-4-12                              F-4-12б

a)                                                                                  b)

83-rasm

 

P tekislikka tegishli m to‘g‘ri chiziqning MH gorizontal izi tekislikning PH gorizontal izida, to‘g‘ri chiziqning MV frontal izi tekislikning PV frontal izida joylashgan. Demak, m to‘g‘ri chiziq P tekislikka tegishli bo‘ladi, ya’ni mÌP.

2-xulosa. Agar nuqta tekislikka tegishli bo‘lsa, bu nuqta tekislikning biror to‘g‘ri chizig‘iga tegishli bo‘ladi.

84-rasmda P(PH, PV) tekislik bilan A(A′, A″) va B(B′, B″) nuqtalarning o‘zaro joylashuvini ko‘rsatilgan. Buning uchun:

§  nuqtaning    gorizontal A′ (yoki frontal A″) proyeksiyasidan o‘tuvchi va tekislikka tegishli a to‘g‘ri chiziqning gorizontal a′ (yoki frontal a″) proyeksiyasi o‘tkaziladi.

§  to‘g‘ri chiziqning frontal a″ (yoki gorizontal a′) proyeksiyasi yasaladi.

§  A nuqtaning A′ gorizontal va A″ frontal proyeksiyalari a to‘g‘ri chiziqning bir nomli a′ va a″ proyeksiyalarida joylashgan uchun AОP bo‘ladi.

Xuddi shu tartibda P(PH, PV) tekislik bilan B(B′, B″) nuqtaning o‘zaro vaziyatini tekshirganimizda BОb′ va BП b″ bo‘lgani uchun BПP bo‘ladi.

85-rasmda a va b kesishuvchi chiziqlar orqali berilgan Q tekislik bilan E va F nuqtalarning o‘zaro vaziyati m va n chiziqlar yordami bilan aniqlangan:

·           EўÎ n ў va EўўÎ nўў bo‘lgani uchun EÎQ bo‘ladi.

·           FўÏ mў va FўўÎ mўў bo‘lgani uchun esa FÏQ bo‘ladi.[1]

4-15                4-16

          84-rasm                                                                               85-rasm

 


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik  “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 58-60 betlar

Tekislik va to ‘ g ‘ ri chiziqning o ‘ zaro vaziyatlari

Tekislik va to ‘ g ‘ ri chiziqning o ‘ zaro vaziyatlari

T o‘g‘ ri chizi q ning tekislikka tegishli b o‘ lish shartlaridan q uyidagi xulosalarga kelish mumkin

T o‘g‘ ri chizi q ning tekislikka tegishli b o‘ lish shartlaridan q uyidagi xulosalarga kelish mumkin

P tekislikka tegishli m t o‘g‘ ri chizi q ning

P tekislikka tegishli m t o‘g‘ ri chizi q ning
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
05.06.2021