Tekisliklarning o‘zaro kesishuvi

  • docx
  • 09.06.2021
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала Tekisliklarning o‘zaro kesishuvi.docx

Tekisliklarning o‘zaro kesishuvi

Ta’rif. Agar ikki tekislik umumiy umumiy to‘g‘ri chiziqqa ega bo‘lsa, bu tekisliklar o‘zaro kesishuvchi tekisliklar deyiladi.

Ikki P va Q tekisliklar m to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kesishadi, ya’ni Q Ç P = m. Demak tekisliklarning o‘zaro kesishish chizig‘ini yasash uchun har ikkala tekislikka tegishli bo‘lgan ikki E va F umumiy nuqtalarini aniqlash kifoya qiladi (100-rasm).

101-a,b rasmda P va Q kesishuvchi tekisliklar berilgan. Tasvirdan yaqqol ko‘rinib turibdiki, bu tekisliklarga umumiy bo‘lgan E va F nuqtalar tekisliklarning bir nomli izlarining kesishish nuqtalari bo‘ladi: E = QH Ç PH va F = QV Ç PV.

4-33                    4-34a4-34b

100-rasm                a)                                            b)                                                            101-rasm

Bu nuqtalar o‘zaro tutashtirilsa Q va P tekisliklarning l kesishuv chizig‘i hosil bo‘ladi: l = Q Ç P.

Chizmada (101-b,rasm) bu tekisliklarning kesishish chizig‘ining proyeksiyalarini yasash uchun tekisliklarning bir nomli izlarining kesishish E va F nuqtalarining E′, E″ va F′, F″ proyeksiyalari aniqlanadi va nuqtalarning bir nomli proyeksiyalari o‘zaro tutashtiriladi. Natijada, hosil bo‘lgan l va l to‘g‘ri chiziqlar Q va P tekisliklarning kesishish chizig‘ining proyeksiyalari bo‘ladi. Agar tekisliklarning izlari birinchi oktantda kesishmasa u holda bir nomli izlarini davom ettirib ularning kesishuv nuqtasini boshqa oktantda topish bilan kesishuv chizig‘i nuqtalarining proyeksiyalarini yasash mumkin.

 Masalan, T (TH, TV) va P (PH, PV) tekisliklarning (102-rasm) gorizontal izlari Tn va Pn ikkinchi oktantda kesishadi.

Kesishuvchi tekisliklarning biri gorizontal tekislik bo‘lsa, bu tekisliklar gorizontal chiziq bo‘yicha kesishadi.

4-35                        4-36

                                                                                    a)                                b)                        

102-rasm                                                                      103-rasm

103-a,b-rasmda umumiy vaziyatdagi T tekislik bilan H1 gorizontal tekislikning kesishish chizig‘i h gorizontal bo‘ladi. haqiqatdan, H1 gorizontal tekislikning har bir nuqtasi H tekislikdan baravar uzoqlikda joylashgani uchun, tekisliklarning kesishuvchi chizig‘i h||H bo‘ladi. Agar umumiy vaziyatdagi tekislik frontal tekislik bilan kesishgan bo‘lsa, bu tekisliklar frontal bo‘yicha kesishadi.

Ammo kesishuvchi tekisliklarning biri proyeksiyalovchi tekislik bo‘lsa, proyeksiyalovchi tekislikning xossasiga muvofiq, ularning kesishish chizig‘ining proyeksiyalaridan biri proyeksiyalovchi tekislikning izida bo‘ladi (104-rasm).

Kesishuvchi tekisliklarning bir nomli izlari chizma chegarasida kesishmasa, ularning kesishish chizig‘ini yordamchi tekisliklar vositasida aniqlash mumkin. Masalan, umumiy vaziyatdagi P(PH, PV) va T(TH, TV) tekisliklarning kesishish chizig‘ini yasash uchun H1 gorizontal va V1 frontal tekisliklardan foydalaniladi (105-rasm).

H1 gorizontal tekislikning frontal izini H1VH qilib o‘tkaziladi. Bu tekislik P tekislikni h1(h1′, h1″), T tekislikni h2(h2′, h2″) gorizontallar bo‘yicha kesadi. Bu gorizontallarning kesishgan E(E′,E″) nuqtasi E′=h1Çh2′ va E″=h1Çh2 P va T tekisliklarning kesishish chizig‘ining umumiy nuqtalaridan biri bo‘ladi.

Frontal tekislikni V1H||V qilib o‘tkaziladi. Bu tekislik P va T tekisliklarni f1(f1,f1) va f2(f2,f2) frontallar bo‘yicha kesadi. Bu frontallarning kesishish F(F′, F″) nuqtasi P va T tekisliklarning kesishish chizig‘ining umumiy nuqtalaridan ikkinchisi bo‘ladi: F″ = f1Ç f2′ va F′= f1Ç f2″ bo‘ladi. Natijada, E va F nuqtalarning E′, F′ va E″, F″ proyeksiyalarini o‘zaro tutashtirsa P va T tekisliklarning l kesishish chizig‘ining l′ va l″ proyeksiyalari hosil bo‘ladi.

106-a,b-rasmdagi umumiy vaziyatdagi ab va cÇd chiziqlar bilan berilgan Q va P tekisliklarning kesishish chizig‘ini yasash uchun gorizontal H1 va H2 tekisliklar o‘tkazilgan.

Dastalab H1 tekislikning Q va P tekisliklar bilan kesishish chiziqlarini aniqlash uchun tekisliklarni a, b va c, d, chiziqlarini 1, 2 va 3, 4 nuqtalarda kesganligi belgilanadi. Bu nuqtalarni o‘zaro tutashtirganda, m1 va n1 chiziqlar hosil bo‘ladi, ya’ni: H1ÇQ=m1 va H1ÇP=n1 bo‘ladi. m1 va n1 to‘g‘ri chiziqlarning kesishish nuqtasi E=m1Çn1Q va P tekisliklarga umumiy bo‘lgan birinchi nuqtadir.

4-37                                        4-38

104-rasm                                                                      105-rasm

4-39                     4-39b

a)                                   106-rasm                                                   b)

Xuddi shu tartibda Q va P tekisliklarning H2 gorizontal tekislik bilan kesishish chizig‘ini aniqlanadi. Chizmada H2 tekislik a, b va c, d chiziqlarni 5, 6 va 7, 8 nuqtalarda kesadi. Natijada: H2Ç Q = m2 va H2 Ç P = n2 hosil bo‘ladi. Rasmda H2 || H1 bo‘lgani uchun m2 || m1 va n2 || n1 bo‘ladi. Q va P tekisliklarning ikkinchi umumiy F nuqtasi bo‘lib u m1 va n2 chiziqlarning o‘zaro kesishish nuqtasi bo‘ladi: F = m2 Ç n2.

Har ikkala P va Q tekisliklar uchun umumiy bo‘lgan E va F nuqtalarni o‘zaro tutashtirsak, tekisliklarning kesishish chizig‘i hosil bo‘ladi.

Chizmada (106-b, rasm) Q va P tekisliklarning kesishish chizig‘ini yasash uchun H1 gorizontal tekislikning H1V izini o‘tkazib uni a″, b″ va s, d″ chiziqlarning frontal proyeksiyalarini kesuvchi 1″, 2″ va 3″, 4″ nuqtalar belgilanadi. Bu nuqtalarning gorizontal 1′, 2′ va 3′, 4′ proyeksiyalarini aniqlab o‘zaro tutashtiriladi. m1′ va n1′ chiziqlar Q va P tekisliklarning H1 tekislik bilan kesishgan chiziqlarning gorizontal proyeksiyalari bo‘ladi. Kesishuvchi chiziqlarning frontal m1″ va n1″ proyeksiyalari H1 tekislikning H1V izida bo‘ladi. hosil bo‘lgan m1′ va n1′ chiziqlarning kesishgan E′ nuqtasi Q va P tekisliklarining kesishuv chizig‘iga tegishli E nuqtaning gorizontal proyeksiyasi E′=m1Çn1′ bo‘ladi. Bu nuqtaning E″ frontal proyeksiyasi esa H1 tekislikning H1V izida bo‘ladi: EÎH1V.

Xuddi shu tartibda Q va P tekisliklarning kesishish chizig‘iga tegishli, ikkinchi F nuqtasining F′ va F″ proyeksiyalarini H2 gorizontal tekislikning H2V izini H1V ga parallel qilib o‘tkazib aniqlanadi .

Chizmadagi E′, F′ va E″, F″ proyeksiyalarni o‘zaro tutashtiruvchi l′ va l″ chiziqlar Q va P tekisliklar kesishish chizig‘ining proyeksiyalari bo‘ladi.[1]


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik  “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 68-71 betlar