Tekislikning bosh chiziqlari

  • docx
  • 05.06.2021
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала Tekislikning bosh chiziqlari.docx

Tekislikning bosh chiziqlari

 

Charosxon Shakirova Turgunovna

 

Tekislikning bosh chiziqlariga uning gorizontali, frontali va eng katta og‘ish chiziqlari kiradi.

 

Ta’rif. Tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziq H tekisligiga parallel bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziq tekislikning gorizontali deyiladi.

Tekislikning gorizontali

 

Bunda hÎP hamda hH bo‘lsa, h  to‘g‘ri chiziq P tekislikning gorizontal chizig‘i bo‘ladi.

Chizmada tekislik gorizontalining frontal proyeksiyasi Ox ga parallel, ya’ni h″Ox bo‘ladi, tekislik gorizontalining gorizontal proyeksiyasi esa tekislikning PH iziga parallel, ya’ni h′PH bo‘ladi (86-rasm).

.

Ta’rif. Tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziq V tekisligiga parallel bo‘lsa, bu to‘g‘ri chiziq tekislikning frontali deyiladi.

Tekislikning frontali

 

Bunda fÎP hamda fV bo‘lsa, f  to‘g‘ri chiziq P tekislikning frontal chizig‘i bo‘ladi.

Chizmada tekislik frontalining gorizontal proyeksiyasi proyeksiyalar o‘qi Ox ga parallel bo‘ladi, ya’ni f′Ox, tekislik frontalining frontal proyeksiyasi esa tekislikning PH iziga parallel, ya’ni f″PV bo‘ladi (87-rasm).

F-4-14

86-rasm

 

F-4-15

87-rasm.

F-4-16

88-rasm.

88-rasmda aÇb chiziqlar bilan berilgan tekislikning h gorizontal va f frontallarini yasash tasvirlangan.

         Umuman, chizmada tekislikning cheksiz ko‘p bosh chiziqlarini o‘tkazish mumkin. Tekislikning bir nomli bosh chiziqlari (masalan, gorizontallari) hamma vaqt bir-biriga parallel bo‘ladi. Ammo proyeksiyalar tekisligidan talab qilingan masofada tekislikning faqat bitta bosh chizig‘ini o‘tkazish mumkin.