Tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i

  • docx
  • 05.06.2021
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала Tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i.docx

Tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i

 

Charosxon Shakirova Turgunovna

 

Ta’rif. Tekislikka tegishli va tekislikning bosh chiziqlaridan biri (gorizontal yoki frontal)ga perpendikulyar to‘g‘ri chiziq tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i deb ataladi.

 

Tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i

 

Agar P tekislikka tegishli e to‘g‘ri chiziq tekislikning gorizontaliga perpendikulyar bo‘lsa, u holda e to‘g‘ri chiziqni P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og‘ma chizig‘i deyiladi.

90-rasmda P tekislikning H tekislikka eng katta og‘ma chizig‘i tasvirlangan. Bu yerda hÌP va hH. To‘g‘ri burchakning proyeksiyalanish xususiyatidan: ÐBED=90° va EDH bo‘lgani uchun ÐBED=90° bo‘ladi.

Tekislikning eng katta og‘ma chizig‘i orqali uning proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan ikki yoqli burchagi aniqlanadi (90,b-rasm). P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og‘ma chizig‘i P va H tekisliklar orasidagi ÐB0AB′ chiziqli burchakni ifodalaydi. Chunki AB^PH va AB^ PH bo‘lgani uchun bu ikki yoqli α burchakning qiymatini aniqlaydi.

F-4-17                      F-4-17

a)                                                                                  b)

90-rasm

P tekislikning H proyeksiyalar tekisligiga nisbatan eng katta og‘ma chizig‘ini yasash uchun PH gorizontal izida ixtiyoriy A nuqta tanlab olinadi. Bu nuqtadan eÎP to‘g‘ri chiziqning gorizontal proyeksiyasini e^PH qilib, P tekislikning H tekislikka eng katta og‘ma chizig‘ining gorizontal proyeksiyasini o‘tkaziladi va Ox o‘qida e′∩Ox=B nuqtani aniqlanadi. So‘ngra bu chiziqning frontal e″ proyeksiyasi A″ va B″ nuqtalar yordamida yasaladi.  Hosil bo‘lgan eÎP to‘g‘ri chiziqning e′ va e″ proyeksiyalari P tekislikning H tekislikka nisbatan eng katta og‘ma chizig‘ining proyeksiyalari bo‘ladi. Bu chiziqning H tekislik bilan hosil qilgan a burchagi aniqlanadi. Buning uchun to‘g‘ri burchakli uchburchak DABBo dan foydalanilgan (90,b-rasm).[1]


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik  “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 61-64 betlar