To‘g‘ri chiziq kesmasini tahlil qilish

  • docx
  • 05.06.2021
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала To‘g‘ri chiziq kesmasini tahlil qilish.docx

To‘g‘ri chiziq kesmasini tahlil qilish.

 

Charosxon Shakirova Turgunovna

 

To‘g‘ri chiziq kesmasini tahlil qilish to‘g‘risida ma'lumot beradi.

         Umumiy vaziyatda joylashgan to‘g‘ri chiziq kesmasining proyeksiyalari orqali uning haqiqiy o‘lchamini aniqlash va proyeksiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchaklarini aniqlash masalasi amaliyotda ko‘p uchraydi.

AB to‘g‘ri chiziq kesmasi hamda uning H, V va W tekisliklardagi proyeksiyalari berilgan bo‘lsin (62-a,rasm). Kesmaning A nuqtasidan AEAB to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va to‘g‘ri burchakli ABE ni hosil qilinadi. Bunda BE=BBAA, bu yerda AA=EBbo‘lgani uchun BE=BBEB=Dz bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli ABE uchburchakning AB gipotenuzasi AE katet bilan a burchak hosil qiladi. Bu burchak AB kesmaning H tekislik bilan hosil qilgan burchagi bo‘ladi. To‘g‘ri chiziq kesmasining V proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan b burchagini aniqlash uchun to‘g‘ri burchakli ABF uchburchakdan foydalanamiz. Bu uchburchakning BF kateti AB kesmasining frontal proyeksiyasi AB ga, ikkinchi AF kateti uning A va B uchlarining V tekislikdan uzoqliklarining ayirmasiga teng bo‘ladi. Bunda AF=AA-BB, bo‘lib, BB=FA bo‘lgani uchun AF=AA-FA=Δy bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli ABF ning AB gipotenuzasi BF katet bilan hosil qilgan b burchak AB kesmaning V tekislik hosil qilgan burchagi bo‘ladi. 62-b, rasmda AB kesmaning W tekislik bilan hosil qilgan g burchagini aniqlash ko‘rsatilgan. Bu burchakni aniqlash uchun to‘g‘ri burchakli DABF dan foydalanamiz. Bu uchburchakning bir kateti AB kesmasining profil a″′B″′ proyeksiyasiga, ikkinchi AD kateti A va B uchlarining W tekislikdan uzoqliklari ayirmasiga teng bo‘ladi. Bunda AD=AA″′-BB″′, bo‘lib, BB″′=DA″′ bo‘lgani uchun AD=AA″′-DA″′=Δx bo‘ladi.

2_15                                      2_16

a)                                                               62-rasm                                   b)

Chizmada kesmaning berilgan proyeksiyalari orqali uning haqiqiy uzunligi va proyeksiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchaklarini aniqlash uchun yuqoridagi fazoviy model asosida to‘g‘ri burchakli uchburchaklar yasaladi. Shuning uchun bu usulni to‘g‘ri burchakli uchburchak usuli deb yuritiladi.

2_16a                              2_16b

a)                                                          b)

63-rasm

Masalan, AB kesmaning AB AB va A″′B″′ proyeksiyalarga asosan uning (63-a, shakl) haqiqiy o‘lchami va H bilan hosil qilgan a burchagini aniqlash uchun to‘g‘ri burchakli ABB0 uchburchak yasaladi. Bu uchburchakning bir kateti kesmaning gorizontal proyeksiyasiga, ikkinchi kateti esa kesmaning A va B uchlarining applikatalari ayirmasi Dz ga teng bo‘ladi. Bu uchburchakning AB0 gipotenuzasi AB kesmaning haqiqiy o‘lchami, AB0=AB bo‘lib, AB^H=ÐBAB0=a bo‘ladi.

Kesmaning V tekislik bilan hosil qilgan b burchagini aniqlash uchun to‘g‘ri burchakli ABA0 ni yasaladi. Bu uchburchakning bir kateti kesmaning frontal AB proyeksiyasiga, ikkinchi kateti esa AB kesma uchlari ordinatalari ayirmasi Δy ga teng bo‘ladi. Hosil bo‘lgan BA0=AB bo‘lib, AB^V=ÐABA0=b bo‘ladi.

AB kesmaning W tekislik bilan hosil etgan burchagini aniqlash uchun esa to‘g‘ri burchakli A″′B″′A0 ni yasaymiz (63,b-rasm). Bu uchburchakning bir kateti kesmaning profil A″′B″′ proyeksiyasi, ikkinchi kateti kesma uchlarning W tekislikdan uzoqliklarning absissalar ayirmasi x bo‘ladi. Hosil bo‘lgan B″′A0 = AB bo‘lib, AB^W=ÐA″′B″′A0 =g teng bo‘ladi.[1]

 

 

 


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik  “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 41-43 betlar