Ta’rif. Agar fazodagi m to‘g‘ri chiziq P tekislikka tegishli biror n to‘g‘ri chiziqqa parallel bo‘lsa, u holda bu to‘g‘ri chiziq tekislikka parallel bo‘ladi. |
Bunda n Ì P bo‘lib, m || n bo‘lsa, m || P bo‘ladi (91,a,b-rasm).
a) b)
91-rasm
1-masala. A (Aў, Aўў) nuqtadan Q (QH, QV) tekislikka parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish talab qilinsin ( 92-rasm).
Echish. A nuqtadan Q tekislikka parallel qilib cheksiz ko‘p to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish mumkin. Shunday to‘g‘ri chiziqlarning ixtiyoriy bittasini o‘tkaziladi.
Buning uchun Q tekislikka tegishli ixtiyoriy ye (e′, e″) to‘g‘ri chiziq tanlanadi. Bu to‘g‘ri chiziqning bir nomli proyeksiyalariga parallel qilib A nuqtaning A′ va A″ proyeksiyalaridan izlangan to‘g‘ri chiziqning l′ va l″ proyeksiyalarini o‘tkaziladi, ya’ni ye (e′, ye″) Ì Q (Q′, Q″) bo‘lib, l′ ÎA′, l″ÎA″ bo‘lganda l || Q bo‘ladi.
92-rasm 93-rasm
2-masala. D (D′, D″) nuqtadan ABC (A′B′C′, A″B″C″) tekisligi va gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ga parallel m to‘g‘ri chiziq o‘tkazilsin (93-rasm).
Echish. DABC tekisligida H ga parallel, qilib uning gorizontali h (h′, h″) to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. So‘ngra D nuqtaning D′ va D″ proyeksiyalaridan m′ || h′ va m″|| h″ qilib izlangan to‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari o‘tkaziladi.
3-masala. P (m || n) tekislik va l (l′, l″) to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyati aniqlansin (94-rasm).
94-rasm
Echish. To‘g‘ri chiziq va tekislikning o‘zaro vaziyatini aniqlash uchun P tekislikda ye′ || l′ qilib to‘g‘ri chiziqning gorizontal proyeksiyasini o‘tkaziladi va uning frontal ye″ proyeksiyasini yasaladi.Chizmada e″ to‘g‘ri chiziq l″ ga paralell bo‘lmagani uchun l to‘g‘ri chiziq tekislikka paralell bo‘lmaydi. l va P larni o‘zaro paralelligini l″||e″ qilib o‘tkazish bilan ham bajarish mumkin.[1]
Скачано с www.znanio.ru
[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 64-66 betlar
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.