To‘g‘ri chiziqning izlari
Charosxon Shakirova Turgunovna
Ta’rif. To‘g‘ri chiziqning proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishish nuqtalari to‘g‘ri chiziqning izlari deyiladi. |
Umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq hamma proyeksiyalar tekisliklarini kesib o‘tadi. Biror a to‘g‘ri chiziqning gorizontal proyeksiyalar tekisligi bilan kesishgan nuqtasi uning gorizontal izi, frontal proyeksiyalar tekisligi bilan kesishgan nuqtasi frontal izi deyiladi. Shuningdek, to‘g‘ri chiziqning profil proyeksiyalar tekisligi bilan kesishgan nuqtasi uning profil izi deyiladi:
a∩H=aH, a∩V=aV va a∩W=aW.
60,a-rasmda, a to‘g‘ri chiziq izlarini yasashning fazoviy modeli ko‘rsatilgan.
To‘g‘ri chiziqning gorizontal izini proyeksiyalarini chizmada aniqlash uchun quyidagi yasash algoritmlari bajariladi (60-rasm):
· To‘g‘ri chiziqni frontal a″ proyeksiyasining Ox o‘qi bilan kesishish nuqtasi a″H=a″∩Ox topiladi;
· a″H nuqtadan Ox o‘qiga perpendikulyar o‘tkaziladi;
· To‘g‘ri chiziqning gorizontal proyeksiyasi a′ bilan perpendikulyarning kesishish nuqtasi to‘g‘ri chiziqning gorizontal izining gorizontal proyeksiyasi a′HºaH bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziq frontal izining proyeksiyalarini chizmada aniqlash uchun:
· To‘g‘ri chiziq gorizontal a′ proyeksiyasining Ox o‘qi bilan kesishish nuqtasi a′V=a′∩Ox topiladi;
· Bu nuqtadan Ox o‘qiga perpendikulyar o‘tkaziladi;
· To‘g‘ri chiziqning frontal proyeksiyasi a″ bilan perpendikulyarning kesishish nuqtasi uning frontal izining frontal proyeksiyasi aV ″≡aV bo‘ladi.
a) b)
60-rasm
61-rasm
To‘g‘ri chiziqning profil izini yasash uchun: 61-rasm
· Uning frontal proyeksiyasini Oz o‘qi bilan kesishguncha davom ettiriladi.
· Hosil bo‘lgan aW ″′ nuqtadan Oz ga perpendikulyar chiqariladi.
· To‘g‘ri chiziqning profil proyeksiyasi bu perpendikulyar bilan kesishguncha davom ettiriladi va aWºaW″′ aniqlanadi yoki to‘g‘ri chiziqning a′ gorizontal proyeksiyasi Oy o‘qi bilan kesishguncha davom ettiriladi.
· Hosil bo‘lgan nuqtadan y o‘qiga perpendikulyar chiqariladi.
· Uni aV″ dan Oz ga chiqarilgan perpendikulyar bilan kesishish nuqtasi a to‘g‘ri chiziqning profil izining profil proyeksiyasi bo‘ladi.
Shakldagi a′W a″W nuqtalar mazkur a to‘g‘ri chiziq profil izining gorizontal va frontal proyeksiyalari bo‘ladi. a″′W nuqta a to‘g‘ri chiziq profil izining profil proyeksiyasidir.[1]
Nuqta, aniqrog’i to’g’ri chiziqning davom ettirilishi nattijasida proyeksiyalar tekisligi bilan kesishishi uning izlari deyiladi. Iz bo’lishi mumkin gorizontal, frontal yoki profil. Quyidagi chizmada AB to’g’ri chiziqning gorizontal proyeksiyalar tekisligi bilankesishuvi HT nuqtani bermoqda.[2]
Topshiriqlar ishlanmasi
AB kesmasini olddan va ustdan ko’rinishini chizing.
Скачано с www.znanio.ru
[1] Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 40-41 betlar
[2] M.B.Shah, B.C.Rana. Engineering Drawing, India by Sai Print-O-Pac Pvt.Ltd, India, (69-70 betlardagi mazmunidan foydalanildi)
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.