УЗБЕКСКОЕ СОСТАВЛЯЮЩЕЕ ИСКУССТВО
Оценка 4.8

УЗБЕКСКОЕ СОСТАВЛЯЮЩЕЕ ИСКУССТВО

Оценка 4.8
docx
20.02.2021
УЗБЕКСКОЕ СОСТАВЛЯЮЩЕЕ ИСКУССТВО
УЗБЕКСКОЕ СОСТАВЛЯЮЩЕЕ ИСКУССТВО .docx

O'ZBEK BASTAKORLIK SAN'ATI

   Bastakorlik O'rta Osiyo xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo'lgan musiqiy ijod san'atidir. Bu san'at har bir xalqning o'ziga hos musiqiy an'alari asosida vujudga kelib, uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqiy ijod sifatida shakllangan.

Bastakorlik san'ati o'zbek xalqining merosida juda katta va muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham bastakorlik muammolari musiqashunos va sharqshunos olimlarimizning diqqat-e'tiborini ko'pdan beri o'ziga jalb etib keladi va bu masala musiqiy san'atimizda juda katta tarixiy-ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Agar jahon musiqa xazinasiga noyob durdona bo'lib qo'shilgan "Shashmaqom" turkumiga ahamiyat berilsa, bashariyat madaniyatidagi bu shoh asarning yuzaga kelishi uzoq va mazmunli tariximiz qa'ridan bizning kunlarimizga qadar rivojlanib, o'z tarovatini saqlab yetib kelishida ham ko'plab avlod bastakorlarining ijodiy ulushini sezib olish qiyin emas.

Bastakorlik san'atiga hos asosiy hususiyatlar quyidagilardan iborat:
   1. Tayyor kuyga so'z qo'yish.
   2. An'anaviy musiqiy merosimizdan foydalanib asar yozish.
   3. Og'zaki nutqda murojaat qilib asar yozish.
   4. Har hil janrlarni uyg'unlashtirib asar yozish.
   5. Qardosh xalqlar ohangini o'zbek uslubiga moslab asar yozish.

"Kompozitor" atamasining o'zbekchasi "Bastakor" degan fikrga mutlaqo qo'shilish qiyin. Chunki bu ikki musiqiy ijod yo'nalishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Bastakor forscha so'z bo'lib, basta-bog'lash, kor-ishlash mazmunini beradi. Bastakorlik ijodi manodiya, ya'ni - bir ovozli kuy ma'nosini bildiradi. Kompozitor-fransuzcha so'z bo'lib, yaratuvchi degan ma'noni anglatadi. Bu musiqiy ijod ko'p ovozli musiqa uslubiyatlari - garmoniya va polifoniyaga bog'langan ijoddir. Bastakorlik asosan ikki yo'nalishda: og'zaki, ya'ni nota yozuvisiz hamda nota yozuvi yordamida rivojlanib kelmoqda.

O'rta Osiyo xalqlari bastakorlik san'atining buyuk siymolari: Borbad, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Al-Xusayniy, Paxlavon Muhammad, Alisher Navoiy kabi ustoz bastakorlarning deyarli hammasi musiqa ilmining nazariy va amaliy jihatlarini yuksak darajada his etganlar. Bu esa ularga cholg'ularidan nihoyatda mohirona foydalanish imkoniyatini beradi. Natijada, ular yaratgan musiqiy asarlar har tomonlama serohang, jozibali chiqqan.

O'rta Osiyo madaniyati tarixida o'zbek xalqining donishmand shoiri va olimi Alisher Navoiyning musiqashunoslik ilmi haqidagi fikr va mulohazalari o'zbek musiqa tarixida o'ziga hos xazina hisoblanadi. Uning barcha ilmiy asarlarida musiqaga oid ilg'or fikrlar qayd qilingan.

Alisher Navoiyning "Xazoin ul-maoniy", "Sab'ai-sayyor", "Majolis un-nafois", "Mezon ul-avzon", "Xolati Paxlavon Muhammad" va "Mahbub ul-qulub" kabi asarlarida musiqa ilmi va bastakorlikka katta o'rin beriladi.

Alisher Navoiy o'zidan oldin o'tgan Borbad, Jomiy, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy kabi yirik olimlarning musiqa ilmi va bastakorlik haqidagi fikrlari, an'analarini davom ettirdi va boyitdi.

Alisher Navoiyning musiqashunoslik haqidagi fikr va mulohazalari hamda bastakorlik ijodi O'rta Osiyo xalqlarining musiqa tarixini o'rganishda katta manba bo'lib xizmat qiladi.

O'zbek bastakorlik san'atining mashhur namoyondalari Xoji Abdulaziz Rasulov, To'xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, Fahriddin Sodiqov, Saidjon Kalonov, Nabijon Xasanov, Mamadaziz Niyozov, Komiljon Otaniyozov, Ibroxim Jo'raboyev, G'anijon Toshmatov, Muhammadjon Mirzayev, Orif Qosimov, G'ulomjon Hojiqulov, Muxtorjon Murtazoyev, Orifxon Xotamov, Fattoxxon Mamadaliev va boshqa ustoz bastakorlar o'z ijodida asosan xalq musiqiy an'analariga suyandilar. Ularning har biri o'z musiqiy ijod yo'lini yaratdilar. Ular yaratgan va yaratayotgan asarlarining aniq uslubi, ladi, ohang tiniqligiga, intonatsiyasiga katta e'tibor berishgan. Ular musiqani nihoyatda serohang va jiloli bo'lishi uchun hilma-hil, murakkab usullarga murojaat qilishgan. Ularning asarlaridagi o'ziga hoslik, ichki milliy rux, falsafiy kayfiyat yaratilgan san'at namunalariga go'zallik va umrboqiylik bag'ishlaydi. Bunday ijodiy mahorat, albatta, o'z-o'zidan emas, ko'p yillar davomida olib borilgan sermashaqqat mehnat, xalq musiqiy merosini chuqur, mukammal bilishlari evaziga paydo bo'lgan va shakllangan. Shuning uchun ham ustoz bastakorlarning kuy va ashulalari o'zlarining mantiqan serjiloligi hamda falsafiy mushohadakorlik darajasi, to'liq tugal mazmuni ila professional yuksak musiqa madaniyatiga ega bo'lgan jahon xalqlari musiqiy asarlari bilan bemalol bellasha oladi.

Ulkan iste'dod egalari bo'lgan bu ustoz bastakorlar o'z ijodiy faoliyatlari bilan Farobiy, Ibn Sino va Alisher Navoiy asos solgan o'zbek bastakorlik san'atining nodir namunalarini targ'ib qilishdi va davom ettirishdi. Ular respublika kontsert tashkilotlarida milliy ijrochilik jamoalarini tashkil qildilar, korxona hamda o'quv yurtlarida, hullas, O'zbekistonning musiqa xayotida badiiy havaskorlik jamolarini kengaytirishda faol qatnashdilar. Yuqorida nomlari tilga olingan bastakorlarning ko'pchiligi o'zbek musiqa merosini respublikadan tashqarida ham targ'ib qiluvchilar sifatida jumhuriyatimiz musiqa shinavandalariga tanildilar.

Xalqimiz ustoz bastakorlar: To'xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Imomjon Ikromovlarni iste'dodli bastakor, mohir ijrochi, tashkilotchi, o'zbek musiqiy merosining bilimdoni, murabbiy sifatida juda yaxshi taniydi.

Bu ajoyib bastakorlar ijodiy faoliyati respublikamiz musiqa madaniyatining shakllanishi va taraqqiyot tarixida salmoqli o'rin tutadi. Maqomdan ko'plab xonandalar, respublikamizdagi madoratli, hamda havaskorlik ashula va raqs ansambllari, musiqali drama teatrlari, ustozlarning ajoyib jozibali ashula, kuylarini ijro etmoqdalar: ularning asarlari radio to'lqinlari, zangori ekranlarda yangramoqda.

Bu sevimli bastakorlarimiz ijodlarida o'zbek xalq kuj va qo'shiqlariga murojaat etib, xalq musiqa merosidan nihoyatda ehtiyotkorlik va ustalik bilan foydalandilar.

Bu usta bastakorlar yaratgan har bir asar xalq ijodi bilan shunday chambarchas bog'liqki, ularni tinglaganda bu xalq yaratgan kuymi yoki bastakorning ijodiy mahsulimi, degan fikr tug'iladi. Rus kompozitori M.I.Glinkaning "Musiqani xalq yaratadi, biz e'sa unga sayqal beramiz", degan hikmatli so'zlari ustoz bastakorlarning ijodida yaqqol namoyon bo'lgan. Bu haqida gap ketganda behosdan To'xtasin Jalilov ijodiga to'xtalamiz. To'xtasin Jalilovning ijodi o'ziga hos, ko'p qirralidir. Bu ustoz bastakor o'zbek musiqiy folklorini o'ta chuqur bilimdoni, shuningdek, musiqiy folklorni o'zbek musiqali dramalariga olib kirgan birinchi bastakordir. U 20 ga yaqin musiqali drama, 200 ga yaqin ashula va kuylar ijod qildi. "Tohir va Zuhra" musiqali daramasidan "Otmagay tong", "Ey quyosh", "Ayirmish", "Qalamlar", "Oh faryodkim", "Nurxon" musiqali dramasidan "Ey sabo", "Muhabbat o'tida kuydim", "Yayragil", "Na hushdirkim", "Ravshan va Zulhumor" musiqali dramasidan "Uzoqdan kelayotirman" kabi asarlari xalq mulkiga aylandi. U O'zbek sahna san'atining ilk ijrolaridan boshlab, to yetuk sahna ustalarigacha yaratgan musiqa sirlarini To'xtasin Jalilov sidqidildan o'rgandi. U usta bastakor sifatida ashulachilarning imkoniyatlarini juda yaxshi bilardi. Darhaqiqat, To'xtasin Jalilovning musiqali dramalarida ariyalarni, duetlarni me'yoriga yetkazib aytgan xonandalar musiqali drama dorilfuni sabog'ini puxta egallagan mahoratli ijrochilar bo'lib yetishdilar, desak xato bo'lmaydi.

Yunus Rajabiy o'zining ellik yillik ilmiy va ijodiy faoliyatini o'zbek xalq musiqasi va maqom yo'llarini notada ifodalashga bag'ishladi. Buning natijasida besh jildlik "O'zbek xalq musiqasi" to'plami va "Shashmaqom"ning olti tomligi chop etildi.

Uning ijodkorlik foliyati davomida bastalangan ashula, cholg'u kuylari va musiqali dramalarining soni 600 dan oshdi.

Bastakorlik faoliyatida Yunus Rajabiy o'zbek xalq musiqasi ijodining bitmas-tuganmas merosidan uzoqlashmadi, balki uning poetik jozibasidan, o'ziga hos sehrli ohanglaridan ilhomlandi hamda o'zlashtirdi, asta-sekin shu musiqiy merosning ko'p qirrali qismiga aylangan o'ziga hos ijod yo'lini topishga erishdi.

Bastakorning "Farhod va Shirin" musiqali dramasidan "Ne navo soz aylagay" lirik ashulasi, "O'yin bayoti" qizlar rakqsi, "Qadah" yallasi, "Muqanna" musiqali dramasidan "Kuygay", "Hush kelding" ashulalari, shuningdek, "Qora ko'zim", "Koshki", "Jonimdadur" kabi falsafiy ashulalari san'atsevar xalqimiz qalbidan mustahkam o'rin egalladi.


 

O'ZBEK BASTAKORLIK SAN'ATI

O'ZBEK BASTAKORLIK SAN'ATI

Alisher Navoiyning "Xazoin ul-maoniy", "Sab'ai-sayyor", "Majolis un-nafois", "Mezon ul-avzon", "Xolati

Alisher Navoiyning "Xazoin ul-maoniy", "Sab'ai-sayyor", "Majolis un-nafois", "Mezon ul-avzon", "Xolati

Bu sevimli bastakorlarimiz ijodlarida o'zbek xalq kuj va qo'shiqlariga murojaat etib, xalq musiqa merosidan nihoyatda ehtiyotkorlik va ustalik bilan foydalandilar

Bu sevimli bastakorlarimiz ijodlarida o'zbek xalq kuj va qo'shiqlariga murojaat etib, xalq musiqa merosidan nihoyatda ehtiyotkorlik va ustalik bilan foydalandilar
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
20.02.2021