M
1.1Amaliy mashg‘ulotda ta’lim texnologiyasi
Mashg‘ulot vaqti-2 soat |
Talabalar soni: 30 nafargacha |
Mashg‘ulot shakli |
Amaliy mashg‘ulot |
Amaliy mashg‘ulot rejasi |
1.Voleybol o’yinida to’rush va harakatlanish holati, maydonda joy almashinish jarayonini o‘rgatish. 2. Yuqoridan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatishdagi harakat va to’rush holatlarni o‘rgatish. 3.Pastdan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatishdagi harakat va to’rush holatlarni o‘rgatish. 4. Harakatli o‘yin «Sinf rostlan», yugurish, yurish. |
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga Voleybol turining holati, almashinish texnikasini bajarishni o‘rgatish va amaliy bilimlarini shakllantirish. |
|
Pedagogik vazifalar: 1. Talabalarda mavzuning amaliy masalalari, maqsad va vazifalarini shakillantirish; 2.Voleybolda asosiy, yuqori va pastgi turish holatlarini ko’rsatish 3. Maydonda joylashish, harakatlanish va almashinishni ko‘rsatish hamda tushuntirish. 3.Yuqoridan to`pni ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatishdagi harakat va to’rush holatlarni o‘rgatish. 4. Pastdan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatishdagi harakat va to’rush holatlarni o‘rgatish. 5. Harakatli o`yin “Sinf rostlan” o`yinini o`rgatish. |
O‘quv faoliyati natijalari: 1.Talabalarda mavzuning amaliy masalalari, maqsadlari va vazifalari shakillanadi. 2. Voleybolda asosiy, yuqori va pastgi turish holatlarini bajarish va bilimga ega bo’lish. 3. Yuqoridan to`pni ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatishdagi harakat va to’rush holatlari haqida bilimga ega bo’lish 4. Pastdan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatishdagi harakatlar va to’rush holatlari haqida bilimga ega bo’lish 4.Harakatli o`yin “Sinf rostlan” o`yini o`rgatiladi. |
Ta’lim berish usullari |
Tushuntirish, ko‘rsatib berish, o’yin . |
Ta’lim berish shakllari |
Jamoaviy, yakka tartibda |
Ta’lim berish vositalari |
Sport zal, sport formalari, voleybol to`pi, xushtak. |
Ta’lim berish sharoiti |
Sport zal, voleybol setkasi, to`p, antenna, hakamlik stuli. |
Monitoring va baholash |
Amaliy nazorat, savol-javob |
1.2. Voleybol o‘yinida dastlabki turish holatlari va joyni o‘zgartirishga o‘rgatish
Ish bosqichlari va vaqti |
Faoliyat mazmuni |
|
Ta’lim beruvchi |
Ta’lim oluvchilar |
|
1. Mavzuga kirish (15 daqiqa) |
Tayyorlov qismi Saf. Raport qabul qilish, salomlashish, dars mazmuni vazifalari bilan tanishtirish, saf mashqlar, yurish, yugurish 1-kompleks U.R.M. |
Tinglaydilar.
Bajaradilar. |
2-bosqich Asosiy bosqich (55 daqiqa) |
2.2Voleybol turush holati, almashinish texnikasini bajarishni o‘rgatish So‘z bilan tushuntirish va amaliy ko‘rsatib berish Turish holatlari: yuqori, asosiy va past a) To‘psiz voleybol dastlabki holatiga turish b) Maydonda joylashishi va joy almashinish 2.1 Voleybolchini harakatlanishlari a) yurish (ikki qadam oldinga, orqaga) b) yugurish (yonbosh bilan yugurish) v) sakrab harakat qilish va to‘xtash g) voleybol maydonida chiziqlar orasida yonbosh qadamlar bilan yurish va yugurish d) voleybol maydonida setkaga yugurib ikki qadamda to‘xtash 2. Yuqoridan to`pni ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatishdagi harakat va to’rush holatlarni o‘rgatish. Tushuntirish: voleybolda yuqorida ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish texnikasida turish holatlarini ko’rsatib berish va bajartirish. Qo‘llar yuqorida 900 da burchak hosil qilish. Qo‘llar va oyoqlar holatini o‘rgatish. To‘psiz harakatlar 3.Pastdan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatishdagi harakat va to’rush holatlarni o‘rgatish. Tushuntirish: voleybolda pastdan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish texnikasida turish holatlarini ko’rsatib berish va bajartirish. Qo‘llar va oyoqlar holatini o‘rgatish. To‘psiz harakatlar 4.Harakatli o`yin “Sinf rostlan” o`yini o`rgatiladi. |
Juft-juft bo‘lib turadilar,berilgan mashiqlarni bajaradilar.
Diqqat bilan tinglaydilar va ko‘radilar. Topshiriqlarni bajarishga kirishadilar. |
3. Yakuniy bosqich (10 daqiqa) |
Yakuniy qism Saflanish, nafas rostlovchi mashqlar, uyga vazifa. Devorda ikki qo‘l bilan to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini takrorlash |
Bajaradilar,Savollar beradilar va tinglaydilar.
|
RASMLAR VA ILOVALAR
Holatlar. harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o‘yin sharoitida o‘yinchi to‘p bilan o‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak.
Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda – baland, o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda – o‘rta, hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan to‘pni qabul qilishda – past (3-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘yinchining bo‘yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bo‘lishi kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin.
3-rasm.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo‘llanilish xususiyatiga qarab statik (o‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish bilan to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to‘siq qo‘yishni kutishda) holatlarda bo‘ladi. Bu turish holatlarida qo‘llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo‘ladi. Gavda erkin holatda bo‘lishi kerak.
Harakatlanish. O‘yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon bo‘ylab harakatlanadi. Bunda usul va o‘yinning vaziyatiga bog‘liq holda, qadam tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo‘ladi. Yon tomonga qadamlashdan ko‘p hollarda katta bo‘lmagan masofani bosib o‘tish bilan to‘siq qo‘yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to‘siqdan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib qaytgan to‘pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yo‘nalishiga yaqin bo‘lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan bo‘ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Ko‘rib chiqilgan harakatlardan ko‘p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.
Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta’minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’iy nazar, dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: to‘pni uzatishdan oldin (4 a-rasm), pastdan to‘pni qabul qilishda (4 b-rasm), to‘siq qo‘yishda (4 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (4 g-rasm).
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ayrapetyans L.R. Voleybol // Darslik. T.: Ibn Sino, 2012 y.
2. Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sportivnыye igrы. // Monografiya. T.: Ibn Sino, 1991. - 160 s.
3. Ayrapetyans L.R. Voleybol. // Uchebnik dlya vыsshix uchebnыx zavedeniy. T.: Zar qalam. 2006. - 240 s.
4. Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A., Isroilov Sh.X. Voleybol. // Oliy o‘quv yurtlari umumiy kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.T.: 2009. - 77 b.
5. Belyayev A.V. Obucheniye texnike igrы v voleybol i yeyo sovershenstvovaniye. //Metodicheskoye posobiye. M.: Olimpiya. Chelovek., 2008. – 54 s.
6. Berjo. Voleybol vыsshego urovnya. // Avtor perevoda s fransuzskogo yazыka Yu.B.Chesnokov. M.: Olimpiya. Chelovek, 2007. - 31 s.
7. Volkov L.P. Teoriya i metodika deskogo i yunosheskogo sporta. Kiyev: Olimpiyskaya literatura, 2002. - 294 s.
Elektron ta’lim resurslari.
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.Ziyonet.uz
4. www.edu.uz
5. tdpu INTRANET.u
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.