XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING ROLI
Ertayev Sherali Ishankulovich
O‘R Qurolli Kuchlari Akademiyasi Tillar kafedrasi dotsenti
Annotation: This article discusses the role of the media in the study of intercultural and communicative competencies in foreign language classes.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta qurish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida 2017- yilning 20-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori qabul qilindi.[1]
XXI asr – axborot asrida axborot ayriboshlash sur’ati jadal oshib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari, xususan, radio va televideniya faoliyatini kuzatsak, har kuni bir necha yangilanuvchi axborot dasturlari, muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy masalalarning yoki jamiyatdagi ayrim muammolarning mohiyati, sabab va oqibatlarini ochishga qaratilgan tahliliy eshittirish hamda ko‘rsatuvlar diqqatni tortadi. Jahon taraqqiyotining umumiy tamoyillari oliy talim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish nazariyasi va amaliyotida o‘zgarishlar va islohotlarga olib keldi. Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitishda yangi texnologiyalarni izlash va amaliy mashg‘ulotlar uchun yangi o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish zarurligini taqozo etadi. Shunday materiyallardan biri “madaniyatlararo kompetensiya” til ta’limida muhim o‘rin tutadi.
Xorijiy tilini o‘rganishda madaniyatlararo va kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish til ta’limining asosiy vazifalaridan birini amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni kursantlarning madaniyatlararo muloqotini boshqa madaniyatga nisbatan bag‘rikenglik asosida o‘rgatadi, ularni madaniyatlararo muloqot sharoitida yashashga tayyorlaydi. O‘quv jarayonida kursantlarning xalqaro madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantirishda zamonaviy ommaviy axborot vositalaridan foydalanish katta imkoniyatlarni yaratib beradi. Hozirda kursantlarimiz bevosita chet mamlakatlarda o‘qish yoki amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega emas. Shunday ekan biz uchun xorijiy madaniyat, urf-odat, an’analarni ko‘rsatish va tushuntirishda asosiy vosita ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Hozirgi kunda hayotimizda ommaviy axborot vositalari, xususan, internet, radio va televideniya faoliyatining ahamiyati oshib borgani sari, ularni chuqur o‘rganish talabi ham oshmoqda. Har kuni bir kishi o‘z atrofida nima bo‘layotgani haqida yangi ma’lumot oladi. Bu yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin, ammo axborot oqimining asosiy manbaalari radio, televidenie, gazeta yoki internet bo‘lib, ular bitta konsepsiyaga — "ommaviy axborot vositalari"ga qo‘shiladi[3].
Misol tariqasida dariy tilini o‘rganishda ommaviy axborot vositalarini ko‘rsatib o‘tmoqchimiz. Afg‘oniston Islom Respublikasida dastlabki televideniya 1979-yildaتلویزیون ملی افغانستان “Afg‘oniston milliy televideniyasi” nomi ostida rasman o‘z ishini boshladi. Ushbu telekanal xodimlari, asosan, xorijiy davlatlarda tahsil olgan va yaxshi ko‘nikmaga ega mutaxassislar bo‘lgan. Ushbu telekanaldan keyin, so‘ngi 23 yil davomida ko‘plab telekanallar tashkil etilib, ularning soni bugungi kunga kelib 95 taga yetgan. 2002-yildan buyon ommaviy axborot vositalarining yangi demokratik va ozod fikr bayon etishni ilgari surish harakati bilan mamlakatda OAVning soni keskin ravishda oshdi. Bular qatorida طلوع نیوس “Tolo news”, افغانستان یک “Afghanestan yak”, شمشاد تلویزیون “Shamshad TV”, آیینه “Ayina”, نگاه “Negah”, دعوت “Daawat”, انار “Anar” kabi xususiy va davlat telekanallarini ko‘rsatish mumkin.
Dariy tili darslarida yuqoridagi ommaviy axborot vositalariga murojaat qilish, ularni organish dariy tilini bilish darajasini oshirish imkonini berishi bilan birga, kursantlarni Afg‘oniston jamiyati hayotining turli hodisalari, an’analari, urf- odatlari va tarixiy qadriyatlari bilan tanishtiradi, muhitga tezroq moslashishga o‘rgatadi, nihoyat, dariy tilini organishga turtki beradi. Axborot texnologiyalari asrida kursantlar ham yangi malumotlar oqimiga o‘rganib ketdilar. Shu munosabat bilan siyosat, iqtisodiyot yoki talim boladimi, turli sohalardan xabardor bo‘ladilar va kerakli malumotlarni oladilar. OAV da jurnalist (adresant sifatida) nutq etiketining qoidalariga muvofiq, muloqot vaziyatiga ko‘ra turli etiket iboralari, murojaat, salomlashish, xayrlashish kabilardan foydalanadi. Adresat adresant bilan munosabat o‘rnatadi. Etiket orqali shunga erishishga imkon tug‘dirish, ishonuvchan o‘quvchi, tinglovchi, adresatga murojaat hisoblanadi. Etiket formulalarining gazeta sahifalarida qo‘llanilishi radio va televideniyaga qaraganda noodatiyroq ko‘rinishda bo‘ladi. Radio va televideniyada teletomoshabin yoxud radiotinglovchiga bilvosita murojaat qilinganda, jurnalistlar beixtiyor nutq odobi doirasidagi iboralarni ishlatishadi. Gazetada bunday hol kuzatilmaydi. Gazeta sahifalarida o‘quvchiga murojaat, minnatdorlik maktublari, tabriklar ko‘rinishidagi odobga oid ibora va jumlalar qo‘llanilishi kuzatiladi. OAV da murojaat etiketning muhim jihatlaridan hisoblanadi. OAV adresati, muxlis o‘z xohishiga ko‘ra jurnalist matni bilan bevosita muloqotga kirishadi. Adresant va adresat o‘rtasida shaxslararo hamdardlik, rozilik, bahs-munozara, yoqtirmaslik kabi munosabatlar yuzaga keladi [2]. Bularning barchasi inson hayotining ko‘plab ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini beradi.
Talim sohasida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, xususan, dariy tili darslarida kundan-kunga ortib bormoqda. Til o‘qituvchilari turli xil ommaviy axborot vositalaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z guruhlarida til muhitini yaratadi, o‘quv jarayonini tezlashtiradi, mavzuni o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi [3].
Xorijiy tillarni oqitish metodikasida talim jarayonida ommaviy axborot vositalaridan ogzaki muloqotni rivojlantirish maqsadida hamda ayni paytda oquv faoliyatining tabiiy va samarali vositasi sifatida foydalanishni o‘z ichiga oladi. Dariy tili amaliy mashg‘ulotlarida ommaviy axborot vositalarining alohida o‘rni shundaki, ular talabalarni haqiqiy axborot manbaalariga imkon qadar yaqinlashtiradi va dolzarb voqealar dunyosiga olib kiradi.
O‘quv auditoriyasida o‘qituvchi tomonidan oz-ozdan tanlangan media matnlaridan foydalanish uzoq ananalarga ega bo‘lib, ular asosan gazeta va jurnal maqolalari edi. So‘nggi yillarda televidenie va radio dasturlari matbuot materiallariga qo‘shimcha internetdan olingan matn va ma’lumotlar ham qo‘shildi. Zamonaviy vizual ommaviy axborot vositalari talim uchun yanada qulay muhit yaratish uchun rasm, video, grafikalar va boshqalarni ishlatib, bosma shaklda, shuningdek raqamli shaklda katta miqdordagi materiallarni taqdim etadi. Ommaviy axborot vositalari o‘qituvchiga juda ko‘p miqdorda yangi materiallarni taqdim etadi, ular o‘qitiladigan dasturga mos keladigan malumotni osongina topishlari mumkin. Bundan tashqari, bosma materiallar bilan ishlash kursantlarda turli xil malumotlar, vazifalar, topshirish orqali o‘qishga qiziqish uygotadi. Bularning barchasi, odatda, kursantga xorijiy tilni erkin va malakali o‘rganishga yordam beradi.
Ommaviy axborot vositalari yoki internet ma’lumotlari kursantlarga haqiqiy voqealar haqida hikoya qiladigan va amaliy mashg‘ulot mavzulariga ko‘plab mos keladigan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi faqat kursantlarning manfaatlariga va ularning til bilimi darajasiga mos keladigan tegishli materialni tanlashi kerak. Shubhasiz, matn hajmini, mavzusini, matnni tushunishning murakkabligini va teskari tasirni keltirib chiqaradigan boshqa ko‘plab omillarni ham hisobga olish kerak. Shuni aytish kerakki, tanlangan materiyallar kursantlarga tasirli, tushunishi va uni o‘zlashtirib olishlariga qulay bo‘lishligi uchun o‘qituvchidan katta masuliyat hamda yuqori fidoyilik va qiziqish talab qiladi [5]. Bunga material til o‘rganishdagi 4 ta ko‘nikma: tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozishni qamrab olishi va o‘qituvchi nazorati ostida bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Uslubiy nuqtai nazardan, T. G. Dobrosklonskaya shunday deydi:- gazeta bilan ishlash oquv jarayonini sezilarli darajada boyitadi va jonlantiradi, shu bilan birga oqituvchiga keng ko‘lamli vazifalarni hal qilishga imkon beradi, masalan: kursantlarning leksik zaxirasini kengaytiradi, turli mavzularda suhbat o‘tkazish ko‘nikmalarini takomillashtiradi, qo‘shimcha tilga oid malumot beradi[5]. Video va audio materiallari esa nutqni tushunishni o‘rganishga yordam beradi, shuningdek, quyidagi talim vazifalarini ham o‘zlashtirishga yordam beradi: tilning dialektlarini ko‘rib chiqish, o‘rganilayotgan til haqida yangi bilimlarni olish, so‘z birikmalarini takrorlash yoki aksincha, so‘z boyligini kengaytirish, til ma’lumotlarini qidirish uchun video materiallardan foydalanish va boshqalar[4]. Bularning barchasi nafaqat kursant uchun turtki, balki uni xorijiy tilini mustaqil ravishda o‘rganishga ham undaydi.
Axborot texnologiyalarini qo‘llashning etakchi roli-axborotni etkazib berishni diversifikatsiya qilish, uni talabalar tomonidan ko‘proq qabul qilish va kursantlarni xorijiy muhitga tushirishdir.
Bundan tashqari, multimediya xorijiy tilini o‘qitish maydoni nafaqat o‘quv materiallarini tizimlashtirish va taqdim etish, balki muayyan oquv materiallaridan amaliy foydalanish kontekstini tasavvur qilish kabi vazifalarga ega. Ushbu vazifalar tufayli oqituvchi kursantlarni ragbatlantirishni qollab-quvvatlaydi, bilim olish jarayonini til qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoniga aylantiradi.
Vizual multimedia tili ko‘p funktsiyali bo‘lgani uchun: video, rasm, eshitish audio material, og‘zaki (nutq) va yozma (matn) —, unda axborot uzatishning turli yollari bor. Birinchidan, uzoq vaqt davomida xorijiy tilini oqitishda faqat matnlar bosma yoki ovozli shaklda ishlatilgan, ammo vaqt otishi bilan Internet orqali matnlarni oqish va tinglash, shuningdek, nutqni eshitish uchun emas, balki spikerning xatti-harakatlarini yoki yuz ifodalarini kuzatish imkonini beruvchi video tasvirlarni ko‘rish mumkin edi. Sinfdagi media resurslaridan foydalanishning afzalliklari aniq, ammo hal qilishni talab qiladigan bir qator vazifalar mavjud. Ular orasida media manbalaridan oquv dasturlari materiallari bilan malumotlarni birlashtirish, tilni organish odatining ozgarishi faqat gazetalar va yangiliklar saytlaridan faol foydalanish boyicha darsliklar yordamida, shuningdek, shaxsiy yonaltirilgan oquv muhitini yaratish [6].
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimizki, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari til o‘rganishida Internet juda mashhur. Internet-maxsus til, maxsus mazmunga ega bo‘lgan va keng yosh auditoriyaga ega bo‘lgan maxsus muhitdir. Axborot vositasi vizual sifatida zamonaviy insonning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, xorijiy tilni o‘qitish ommaviy axborot tilidan foydalanishga ko‘proq yo‘naltirilgan bo‘lib, multimediyani o‘qitish vositasi sifatida ommaviy axborot vositalariga yordamchi, tasviriy element sifatida jalb qiladi. Ommaviy axborot vositalari o‘qituvchi va kursant uchun xorijiy tilni o‘rganishda bir qator afzalliklarga ega:
1. Ommaviy axborot vositalari bizga o‘rganilayotgan til mamlakatlaridan yangiliklar taqdim etadi, qiziqarli mamlakatshunoslik materiallarini namoyish etadi, shuningdek, badiiy yoki oquv filmlarini namoyish qilishi mumkin;
2. Ommaviy axborot vositalari amaliy mashg‘ulotlar uchun xorijiy tilini o‘rganishga yordam beradigan turli vazifalar yaratish imkoniyatini beradi;
3. Ommaviy axborot vositalarida ko‘plab suratlar, video materiallar mavjud bolib, ular orqali tilni o‘rganish tomoshabinlarda ham, mustaqil o‘rganishda ham qiziqarli bo‘ladi.
4. Ommaviy axborot vositalari madaniyatlararo muloqot qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantishga, ushbu muloqotni o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishga, kursantlarni til va madaniyatni o‘rganishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev SH.M. “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori. – T, 2017. – B. 2-3.
2. Abdusaidov A. Nutq madaniyatining zamonaviy konsepsiyasi va OAV tili. - S, 2017. - B. 6.
3. Дзюбко А. А. Использование средств массовой информации на уроках английского языка. – Ч., Украина. 2009.
4. Добросклонская Т.Г. Вопросы изучения медиатекстов (опыт исследования современной английской медиаречи). Изд. 2-е, стереотипное. — М.: Едиториал УРСС, 2005. 288 с.
5. Медведева С. Ю. Специфика языка печати как средства массовой коммуникации // Роль языка в средствах массовой коммуникации — М.: 1996.
6. Новикова А. А. Медиа на уроке английского языка: техническое средство обучения или медиаобразование» // Медиаобразование. 2005. № 1. С. 107–112.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.