9- modul. XX asr musiqa madaniyatining asosiy yо‘nalishi sifatida.
“Rus kompozitori, dirijyori, pianinochi. 9 yoshidan boshlab uy sharoitida musiqa  bilan shug’ullana boshlagan, 1903  yildan  N.A.Rimskiy- Korsakovning shogirdi. 1914 yildan  Stravinskiy  chet elda yashaydi. (AQSh da – 1939 yildan). Ko’p yillar mobaynida  pianinochi  va dirijyor  sifatida , o’z asarlarini ijro etib intensiv (tinimsiz) kontsert faoliyatini  yurgizgan. 1962 yilda Stravinskiy birtalay musiqaviy- sahna va simfonik asarlar, turli xil kamer –cholg’u ansambllarning muallifi. Kompozitorning ijodiy evolyutsiyasi (ravnaqi, o’sishi, rivojlanishi) juda murakkab va ba’zida  bir oz chigal. Ijodining  ilk , “rus davri “ona- vatan madaniyatining bevosita  ta’siri bil‘an bog’liq. Va o’z millatidan, milliyligidan ajralib ketganligiga qaramay, kompozitor baribir rus madaniyatiga sodiq qolgan. Bu davr ichida yaratilgan  “Jar- ptitsa”, “Petrushka”, “Vesna Svyashennaya”kabi baletlar, “Svadebka”          (to’ycha) xoreografik kantatasi- orkestrovkasi , tovush koloriti (tus-bo’yog’i) nihoyatda rang-barang, rus xalq ijodining obrazlari original tarzda yoritilgan.
Stravinskiy ijodining II chi, “Neoklassik” davri 30 yil davom etib,o’tmish  musiqa uslblar va musiqiy modellarga yangitdan individual, ya’ni yakka tarzda taqlid qilib, yoritish bilan bog’liq.  “Mavra nomli” operasi, “Pulchinella”, “Potseluy fei”, “Appolon Musaget” kabi baletlari, “ Persefona” melodramasi, “ Edip- shoh”, opera –oratoriyasi, “Simfoniya psalmov” kabi asarlar ush bu davrga oid. Kompozitorning so’nggi davri “Dodekafon “ deb ataladi. 
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.