Mavzu 11. ZAMONAVIY OLIMPIYA O’YINLARINING QAYTA TIKLANISHI.
TARIXIY SHARH.
Olimpiya o’yinlarini qayta tiklash g’oyalarining rivojlanishi. Olimpiya shahrida olib borilgan arхeologik qazilmalar va ularning tahlili. XIX asrning oхirida zamonaviy olimpiya o’yinlarini tiklash g’oyasining hayotga tatbiq etilishi. P'yer de Kuberten faoliyatining ahamiyati. I Xalqaro ta’sis Kongressi (1894) va uning tariхiy ahamiyati.
Xalqaro sport va olimpiya harakati XIX asrning oxirida vujudga kelgan. Xalqaro sport va olimpiya harakati vujudga kelishining eng muhim sabablaridan biri sportni rivojlantirish va xalqaro sport uyushmalarini tuzish bo’lgan. Zamonaviy sport XIX asrdagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ishlab chiqarish, harbiy ishlar, fan, madaniyat va san’at sohalaridagi taraqqiyot mahsuli sifatida vujudga kelgan.
XIX asrning boshlarida sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazib borilgan. 1829 yil Angliyada Kembrij va Oksford universitetlari o’rtasida eshkak eshish bo’yicha musobaqa uyushtirilgan. 1838 yildan boshlab esa Xenleyn parus va eshkak eshish regatasi o’tkazilgan.
1845 yilda Angliyaning Iton shahrida yengil atletika birinchi xalqaro musobaqalari o’tkazilgan. 1847 yil Rossiyaning Peterburg shahrida yelkanli sport bo’yicha birinchi rasmiy musobaqa o’tkazilgan. 1852 yilda AQSHda Vinnipeg ko’lida eshkak eshish bo’yicha musobaqa tashkil etilgan. Vengriya, Gretsiya va boshqa bir qator mamlakatlarda, Amerika, Avstraliyada suzish bo’yicha musobaqalar tashkil etilgan.
1860-yillarda Angliyada 15 ta klub mavjud bo’lib, ular o’rtasida musobaqalar o’tkazish an’anaga aylangan. 1863 yilda Angliyada futbol ligasi tashkil etilgan. Futbol texnikasi va taktikasi ancha takomillashtirilgan. Bu hozirgi davr futbolining yaratilish asosini tashkil etgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida juda ko’p zamonaviy sport turlari va sport o’yinlari vujudga kelgan. Turli mamlakatlarda sport klublari tashkil etilib, musobaqalar o’tkazilgan, sport inshootlari qurilgan. Bu davrda ko’pgina sport o’yinlari ham rivojlangan. Rossiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya kabi mamlakatlarda asosan kurash mashur edi. Shu asrning oxirlariga kelib jismoniy mashqlar, gimnastika, sport o’yinlari va turizmni bir-biridan ajratish, alohida turlarga bo’lish tizimiga asos solingan. Angliyada laun-tennis va kriket rivoj topgan, ular uchun maxsus o’yin maydonlari qurilgan. Evropa mamlakatlarida velosport vujudga kelgan. Bunda rezinali kameraning yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Shu asrda rivoj topgan sport turlaridan yana biri boks edi. Angliyada bu sport turi keng tarqalib, professional turga aylangan. Frantsiya, Italiya, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda shpaga va rapirada qilichbozlik xalq orasida keng tarqalgan sport turi hisoblangan. Ot sporti, miltiq, to’pponcha va kamondan o’q otish ham rivojlangan edi.
XIX asrda ayrim mamlakatlarda Olimpiya o’yinlarini amaliy jihatdan tiklashga harakat qilingan. 1834-1836 yillarda Shvetsiyada ikki marotaba Skandinaviya Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan. Uning dasturidan qisqa va o’rta masofalarga yugurish, balandlikka va langar cho’p bilan sakrash, kurash kabi turlar joy olgan. Bu o’yinlar Lind universitetining professori Gustav Iogann Shartau tashabbusi bilan o’tkazilgan. Uning taklifi bilan qadimgi olimpiadalar haqida ma’ruzalar o’qilgan.
Gretsiya tomonidan qadimgi olimpiya o’yinlarini qayta tiklash haqidagi takliflar ko’p takrorlangan. Mamlakat mustaqilligi tarafdori bo’lgan Evangelis Tsappas har to’rt yilda o’yinlarni o’tkazish va unda sport, sanoat va qishloq ho’jalik mahsulotlari ko’rgazmalarini tashkil etishni taklif qilgan edi. Evangelis Tsappas olimpiya o’yinlari jarayonida ko’rgazmalar asosida savdo, iqtisod va madaniy aloqalarning o’zaro kuchayishini ko’ra bilgan, o’z mablag’lari hisobiga savdo va ko’rgazma zallari qurdirgan. 1859 yilda uning tashabbusi bilan Afinada “Olimpiyalar” o’tkazilib, unda faqat yunonlar ishtirok etgan. Moddiy ta’minotning talabga javob bermagani sababiga ko’ra, bu o’yinlar (1870, 1875, 1888 yil) muntazam o’tkazilmagan. Bu davrda ko’p mamlakatlardagi sport klublari milliy uyushmalar, ligalar va asotsiatsiyalarga birlasha boshlagan. 1868 yilda Germaniyada gimnastika uyushmalari Nemis gimnastika uyushmasiga birlashgan. 1888 yil AQSHda havaskor atletik uyushmasi, 1903 yil Shvetsiyada - umumshved sport uyushmasi tashkil etilgan. Umummilliy sport tashkilotlari boshqa mamlakatlarda ham yuzaga kelgan. Germaniya, Angliya, Frantsiya, AQSH, Rossiya, Italiya kabi taraqqiy etgan davlatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuqori darajaga ko’tarilgan. Bu davrda ishlab chiqarish, fan, ta’lim tez rivojlandi. Bu jarayonlar ishlab chiqarish, xalqaro uyushmalar, trestlar, sindikatlarni va bir qator boshqa yangi tarmoqlarni tashkil etish bilan birgalikda davom etgan. Xalqaro sport aloqalarining vujudga kelish sabablaridan biri jahon mamlakatlarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning rivojlanishidadir.
Yevropa mamlakatlari va Amerikada ilmiy-tehnik taraqqiyot jarayonining mahsuli sifatida aloqa va kommunikatsiya vositalari yuzaga kelgan. Bunday sharoitda turli sohalar bo’yicha xalqaro munosabatlarni kuchaytirish, ya’ni iqtisodiy, ilmiy, madaniy va sportdagi aloqalarni bog’lash qonuniyat darajasiga yetgan. Bu holat mamlakatlararo aloqalar va sportni rivojlantirishga qulaylik yaratgan. Jamoat harakatlari, yoshlar orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo’yicha ommaviy harakatlarning yuzaga kelishi ham bunga katta sabab bo’lgan.
XIX asrning so’nggi choragi jamoat arboblari, tibbiyotchilar, pedagoglarning yoshlarga ta’lim berish, jismoniy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari ancha kengaygan davr edi. Bu jarayonlarda jismoniy tarbiya va sportning yangi shakllari, usullari, vositalari yaratilgan. Mutaxassislar milliy jismoniy tarbiya va sport bilan chegaralanib qolmasdan, balki xalqaro sport aloqalarini o’rnatishni tavsiya etganlar. Bu yo’lda Frantsiya, Gretsiya, Angliya, Germaniya, Rossiya, AQSH, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarning jamoatchiligi o’z faoliyatlari bilan alohida ajralib turar edi. Yoshlarni jismoniy tarbiyalash maqsadida olimpiya o’yinlaridan foydalanish kabi fikrlar ham bildirilgan. Bu haqida fikrlarni cheh pedagogi Yan Amos Komenskiy, nemis gimnastika maktabining asoschilari Iogann Guts-Muts va Gerxard Fit, rus jismoniy ta’limi tizimining asoschisi Pyotr Frantsevich Lesgaft va boshqalar bir necha bor ta’kidlaganlar.
XIX asr oxirida mamlakatlardagi sport tashkilotlarining o’zaro tajriba almashish faoliyatlari yuzaga kelib, keyinchalik ular Xalqaro sport uyushmalariga asos solganlar. 1881 yilda jahonda birinchi Xalqaro sport federatsiyasi - Yevropa gimnastika uyushmasi va shu yilning o’zida Xalqaro gimnastika federatsiyasi tashkil topgan. 1882 yilda konkida uchish Xalqaro uyushmasi va Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi, 1900 yilda Xalqaro velosport uyushmasi, 1904 yilda Xalqaro futbol federatsiyalar assotsiatsiyasi, 1908 yilda Xalqaro havaskorlik suzish federatsiyasi va Xalqaro muz ustida xokkey ligasi, 1912 yilda Xalqaro yengil atletika havaskorlik federatsiyasi, 1913 yilda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tashkil etilgan.
XIX asrning oxirida frantsuz jamoat arbobi Pyer de Kuberten zamonaviy Olimpiya o’yinlarini tiklash g’oyasini hayotga tatbiq etgan. 1892 yil 25 noyabrda o’zining mashhur «Olimpiya Renessansi» mavzusidagi ma’ruzasini Sorbonna universitetida o’qib eshittirgan.
1894 yil 16 iyunda Kuberten tashabbusi bilan Parij shahrida I Xalqaro atletik kongressi o’tkazilgan. Kongressda 12 ta davlatdan 72 ta vakillar qatnashgan, 21 ta davlat o’z roziligini yozma ravishda yuborgan. Kongressda Pyer de Kuberten taklifi bilan 1894 yil 23 iyunda Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi (XOQ) tashkil etilgan. Uning tarkibiga 12 davlatdan 14 vakillar kiritilgan. I Kongress 1894 yil 16-23 iyunda o’rkazilgan va to’rtta asosiy masala muhokama qilingan:
§ Havaskorlik va professional sporti haqida.
§ Olimpiya o’yinlarini qayta tiklash to’g’risida.
§ Olimpiya o’yinlarining dasturi va uni o’tkazish tartiblari.
§ Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining tarkibi to’g’risida.
I Kongress Xalqaro olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Kongress Olimpiya o’yinlarini qadimgi an’analar bo’yicha har 4 yilda bir marta o’tkazish to’g’risidagi qarorni tasdiqlagan.
Kongressda I Olimpiya o’yinlarini Gretsiyaning Afina shahrida o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan.
Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi – xalqaro nodavlat tashkilot bo’lib, yuridik shaxs maqomi bilan asotsiatsiya shaklida tuzilgan. Olimpiya Xartiyasiga binoan XOQning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
§ havaskorlik sporti asosi hisoblangan jismoniy va axloqiy sifatlarni rivolantirishga yordam berish;
§ yoshlarni sport yordamida o’zaro kelishuv va do’stlik ruhida tarbiyalash;
§ butun dunyoga olimpiya tamoyillarini keng yoyish, xalqlar o’rtasida yaxshi niyat muhitini yaratish;
§ jahon sportchilarini har 4 yilda bir marta Olimpiya o’yinlarida uchrashtirish.
I Kongressda XOQning prezidenti saylangan. XOQning birinchi Prezidenti etib Gretsiya vakili Demetrius Vikelas saylangan. Pyer de Kuberten XOQning Bosh kotibi etib tayinlangan. 1896 yilgan boshlab Pyer de Kuberten XOQning ikkinchi Prezidenti etib saylangan.
Pyer de Kuberten (1863-1937) –zodagon oilasida tug’ilib, mukammal tarbiya olgan. Kuberten kollejda o’qib yurgan paytlaridayoq qadimgi olimpiya qazilmalari to’g’risida bilib, do’stlari bilan olimpiyaning avvalgi qudratini tiklashda reja tuzgan. 12 yoshlik chog’ida u sport klubi tuzadi. Bu yerda bolalar futbol, qilichbozlik va eshkak eshish bilan shug’illangan. Kuberten o’z zamonasining iqtidorli, shijoatli, qiziquvchan, ajoyib inson sifatida tarix sahifalaridan o’rin olgan. Baron Pyer de Kuberten Yevropadagi eng qadimgi va eng yaxshi Parij universtiteti - Sorbonnani tamomlagan. Tarix, pedagogika, falsafa, siyosat bilan qiziqqan. Kuberten yoshligida chavandozlik, qilichbozlik va eshkak eshish sport turlari bilan shug’ullangan.
Kuberten 20 yoshida qadimgi Ellada madaniyati va adabiyoti tarixi bilan chuqur qiziqib, olimpiya o’yinlarini qayta tiklash to’g’risida fikr bildirgan va butun hayotini mana shu maqsadini amalga oshirishga bag’ishlagan.
Pyer de Kuberten – Xalqaro olimpiya harakatining buyuk arbobi, zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi, XOQning ikkinchi Prezidenti (1896-1915 yy.), (1919-1925 yy.). 1894 yilda XOQning Bosh kotibi, 1896 yilda XOQ prezidenti etib saylangan. Kubertenning rahbarligida 7 ta Olimpiada - II, III, IV, V, VII, VIII yozgi Olimpiya o’yinlari va I qishki Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan. 1925 yilda iste’foga chiqqan va 1937 yilgacha Kuberten XOQning Faxriy Prezidenti bo’lgan. Olimpiya harakati, sport tarixi, sotsiologiya, falsafa, siyosat, arxeologiya va fanning boshqa sohalariga oid 30 ta kitob, 50 ta risola, 1200 tadan ortiq maqolalar muallifidir.
Kuberten 29 yil Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining prezidenti bo’lgan. Olimpiya ramzlari, belgilari, mukofotlari, sportchilar qasamyodi matni Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan. Uni xizmatlariga yarasha “Olimpizm otasi” deb atashadi. Pyer de Kuberten vasiyatiga ko’ra Shveytsariyaning Lozanna shahrida dafn etilgan, yuragi esa Olimpiya shahrida marmar yodgorlik ostida dafn etilgan.
Zamonaviy Olimpiya o’yinlarining tarixiy rivojlanishi to’rtta asosiy davrlardan iborat:
Olimpiya o’yinlari rivojlanish davrlarining umumiy tavsifi
Olimpiya o’yinlari rivojlanish davrlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Olimpiya o’yinlari rivojlanishining birinchi va ikkinchi davrlari Pyer de Kuberten rahbarligida bosib o’tilgan. Bu davrlar xalqaro olimpiya harakatining shakllanish va zamonaviy Olimpiya o’yinlarining tiklanish davri hisoblanadi. Olimpiya harakati tarixida bu davr “Kuberten davri” deb nomlanadi. Xalqaro olimpiya harakati va Oimpiya o’yinlarining rivojlanishi unung huquqiy asoslarini yaratilishi, tashkiliy tuzilmasi va tarkibining shakllanishi, tashkiliy tadbirlarining yo’lga qo’yilishi, moddiy-texnik ta’minlanishi bilan bog’liq.
Zamonaviy Olimpiya o’yinlari rivojlanishining uchinchi va to’rtinchi davrlari Ikkinchi Jahon urushidan keyin boshlanib, bugungi kungacha davom etmoqda. Bu davrlarda Olimpiya o’yinlarining rivojlanishi Xalqaro olimpiya harakati saflarining geografik va mintaqaviy jihatdan kengayishi, jahonda olimpiya sport turlarining keng tarqalishi bilan bog’liq.
Zamonaviy Olimpiya o’yinlari rivojlanishining birinchi davrida 1896 yildan 1912 yilgacha beshta Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan.
1896-1912 yillarda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlari
№ |
Yil |
O’tkazilgan joyi |
Mamlakat soni |
Sportchi soni |
1-o’rin (davlat) |
I |
1896 |
Afina, Gretsiya |
14 |
295 |
Gretsiya |
II |
1900 |
Parij, Fransiya |
24 |
1225 |
Frantsiya |
III |
1904 |
Sent-Luis, AQSH |
13 |
689 |
AQSH |
IV |
1908 |
London, Angliya |
22 |
2035 |
Angliya |
V |
1912 |
Stokgolm,Shvetsiya |
28 |
2547 |
Shvetsiya |
VI |
1916 |
Berlin, Germaniya |
o’tkazilmagan |
I -V Olimpiya o’yinlarida, yani birinchi beshta O’yinlarda faqat mezbon davlat jamoasi g’olib bo’lgan. Buning sababi sportchilar soni bilan bog’liq bo’lgan. Bu davrda ayrim davlat rahbarlari va sport tashkilotlari olimpiya o’yinlarining mohiyatini tushunib yetmagan va o’z sportchilari uchun mablag’ ajratmagan. Natijada Olimpiya o’yinlarini o’tkazgan davlat sportchilarining soni ko’pchilikni tashkil qilgan. Masalan, Afinada 295 ta sportchidan 200 tasi Gretsiya sportchilari, Parijda esa 1225 ta sportchidan 700 tasi frantsiyalik sportchilar bo’lgan, va h.k. VI (yozgi) Olimpiya o’yinlari Birinchi jahon urushi sababli o’tkazilmagan.
Olimpiya o’yinlari rivojlanishining ikkinchi davrida 1920 yildan 1936 yilgacha yana beshta Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan. Ikkinchi davrning asosiy xususiyati Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan olimpiya ramzlarining joriy qilinishidir. Bundan tashqari, qishki Olimpiya o’yinlarining alohida o’tkazilishi, olimpiya harakati mavqeining yanada oshganligi namoyish etgan. XII (1940) va XIII (1944) yozgi Olimpiya o’yinlari Ikkinchi jahon urushi sababli o’tkazilmagan.
Zamonaviy Olimpiya o’yinlari rivojlanishining uchinchi davrida 1948 yildan 1988 yilgacha 11 ta yozgi Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan. Bu davrning asosiy xususiyati siyosatning olimpiya sportiga aralashuvida namoyon bo’lgan. Bu davrda olimpiya harakatida juda ko’p muammolar ham mavjud bo’lgan va ularni bartaraf etish yo’llari XOQ kongresslari va sessiyalarida muhokama qilingan.
Zamonaviy Olimpiya o’yinlari rivojlanishining to’rtinchi davrida 1992 yildan 2012 yilgacha 6 ta yozgi Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan. Hozirgi davrda Olimpiya o’yinlari eng yirik xalqaro sport musobaqalari hisoblanadi. Ularni tashkil qilish va o’tkazish har bir mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va sport sohalarini rivojlanishida muhim omillardan biri bolib xizmat qilmoqda.
Xalqaro sport va olimpiya harakati vujudga kelishining
asosiy sabablari:
Ø Sport, gimnastika va sport o’yinlarini halqaro miqiyosda rivojlanishi; Jismoniy tarbiyaning takomillashgan uslublari, shakllari va vositalarining ishlab chiqilishi;
Ø Milliy va halqaro sport klublari, uyushma, liga va federatsiyalarning tashkil qilinishi; Sport musobaqalari qoidalari va tartiblarinining ishlab chiqilishi;
Ø Xalqaro sport musobaqalarining tashkil qilinishi va o’tkazilishi;
Ø Davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi va sport sohasida tajribalar almashishni yo’lga qo’yilishi;
Ø Olimpiya o’yinlarini qayta tiklash g’oyasining vujudga kelishi.
1920-1936 yillarda o’tkazilgan (yozgi) Olimpiya o’yinlari
O’yin |
Yil |
O’tkazilgan joyi |
Mamlakat |
Sportchi |
1-o’rin |
VII |
1920 |
Antverpen, Belgiya |
29 |
2669 |
AQSH |
VIII |
1924 |
Parij, Frantsiya |
44 |
3092 |
AQSH |
IX |
1928 |
Amsterdam, Gollandiya |
46 |
3014 |
AQSH |
X |
1932 |
Los-Andjeles, AQSH |
37 |
1408 |
AQSH |
XI |
1936 |
Berlin, Germaniya |
49 |
4066 |
Germaniya |
XII |
1940 |
Tokio, Yaponiya |
o’tkazilmagan |
||
XIII |
1944 |
London, Angliya |
o’tkazilmagan |
1948-1988 yillarda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlari
№ |
Yil |
O’tkazilgan joyi |
Mamlakat soni |
Sportchi soni |
1-o’rin (davlat) |
XIV |
1948 |
London, Angliya |
59 |
4099 |
AQSH |
XV |
1952 |
Xelsinki, Finlyandiya |
69 |
4925 |
AQSH |
XVI |
1956 |
Melburn, Avstraliya |
67 |
3184 |
SSSR |
XVII |
1960 |
Rim, Italiya |
83 |
5348 |
SSSR |
XVIII |
1964 |
Tokio, Yaponiya |
93 |
5140 |
SSSR |
XIX |
1968 |
Mexiko, Meksika |
112 |
5530 |
AQSH |
XX |
1972 |
Myunxen, GFR |
121 |
7123 |
SSSR |
XXI |
1976 |
Monreal, Kanada |
92 |
6028 |
SSSR |
XXII |
1980 |
Moskva, SSSR |
80 |
5217 |
SSSR |
XXIII |
1984 |
Los-Andjeles, AQSH |
140 |
6797 |
AQSH |
XXIV |
1988 |
Seul, Koreya |
159 |
8465 |
SSSR |
1992-2012 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlari
№ |
Yil |
O’tkazilgan joyi |
Mamlakat soni |
Sportchi soni |
1-o’rin (davlat) |
XXV |
1992 |
Barselona, Ispaniya |
172 |
10563 |
MDH |
XXVI |
1996 |
Atlanta, AQSH |
197 |
10318 |
AQSH |
XXVII |
2000 |
Sidney, Avstraliya |
199 |
10651 |
AQSH |
XXVIII |
2004 |
Afina, Gretsiya |
202 |
10625 |
AQSH |
XXIX |
2008 |
Pekin, Xitoy |
204 |
11500 |
Xitoy |
XXX |
2012 |
London, Angliya |
205 |
10500 |
AQSH |
XXXI |
2016 |
Rio-de-Janeyro |
207 |
10500 |
AQSH |
O’yinlrning vujudga kelishi va qayta tiklanishi
“Tabiyki, qadimgi Olimpiya o’yinlarini insoniyat xotirasidan o’chirib bo’lmas edi. 1419 yilda Olimpiya o’yinlari to’g’risida ko’pjildlik kitob nashr qilngan. Olimpiya o’yinlari to’g’risida Shekspir va Milton, Fyote, Russo va Bayron o’z asarlarida eslatganlar. Volter “jeux olympiques”, Flober va Gayd – olimpik so’zidan sportga doir bo’lmasa-da, foydalanganlar. (Маndell, 1976 y.: 29). Lekin aynan uyushgan sportning zamonaviy shaklda paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan birga o’n sakkizinchi asrdan boshlab va keyingi davrlarda “olimpiya” tushunchasi keng foydalanilga. Yevropada o’rta asrlardan buyon sport tadbirlari bilan o’tkaziladigan bayramlar odatiy xol bo’lgan.
O’n yettinchi asrda Robert Dover “Kotsvold Olimpiya o’yinlarini tashkil qilgan va ayrim uzilishlar bilan keyingi 250 yil davomida o’tkazilgan. (Кidd, 1984 y.). Robert Dover Norfolkda 1575 va 1582 yillar oralig’ida tug’ilgan va 1652 yilda vafot etgan. Robert Dover Kotsvold o’yinlarining asoschisi bo’lganligi to’risida dalillar yo’q va uning ishtiroki 1612 yildan boshlangan. O’yinlar paydo bo’lishi o’rta asrlarda Angliyada bayramlar o’tkazish an’anasi bilan bo’g’liq. Ularga rapirada qilichbozlik, yakkakurash, qo’l jangi, dubulg’a bilan jang, raqslar, qoplarda sakrash, oyoqlari boylangan xolda kurash bo’yicha musobaqalar kiritilgan. (Uilyams, 2009 г.).
O’n to’qqizinchi asrning oxirida XOQning ta’sis etilishi va zamonaviy Olimpiya o’yinlarini bog’liq xolda ko’rish zarur. [1]
O’n sakkizinchi asrning oxiri va o’n to’qqizinchi asr mobaynida Gretsiya, Skandinaviya, Shimoliy Amerika va Birlashgan Qirollikda turli shakllardagi sport bayralari rivojlangan. Shotlandiyada 1820-yillarda qayta tiklangan o’yin an’analari 1850-yillarda Amerikada tarqalgan.
Parijda 1820- yillarda va Nyu-Yorkda 1850-yillarda rim sirki elementlaridan iborat sirk tomoshalari rivojlangan. Doktor Uilyam Penni Bruks tomonidan 1830 yillardan Skandinaviyada va 1849 yilda Liverpulda “olimpiya” va “olimpiyachi” tuhunchalaridan foydalanilgan, bu o’z navbatida Kubertenga katta ta’sir etgan. Yunonlar 1859 yildan boshlab va keyingi yillarda Olimpiya o’yinlarini qayta tiklashga harakat qilganlar. Shunday qilib, Kubertenning shahsiy loyihasi bo’sh joyda rivojlanmagan.
“Much Wenlock” o’yinlari va Milliy olimpiya assotsiyatsiya.
O’n to’qqizinchi asrning o’rtalarida “olimpiya” va “olimpiyachi” tushunchalaridan foydalanish namunalari ko’paydi. Bu davrda sport novatorlari faoliyatida uchta ijtimoiy mavzu birlashdi. Birinchi – qadimgi yunon madaniyatiga, ayniqsa barkamol aqliy va jismoniy rivojlanish kontsepsiyasiga qiziqishni uyg’otish. Ikkinchi – bu davrda atletikaning mavqe’i oshib, ingliz davlat maktablarida rivojlangan. Uchinchisi – ratsional xordiqni tashkil qilish.
Uilyam Penni Bruks tomonidan 1850 yilda asos solingan “Much Wenlock” o’yinlari muntazam ravishda o’tkazilgan musobaqalardan biri edi. Bruks bu davrda sport bayrami, olimpiya tushunchasi va yunon falsafiy tamoyillarini birlashtirgan birinchilardan bo’lgan. Tarixchi Devid Yang fikricha, zamonaviy Olimpiadalar asoschisi deb Bruksni ko’rish mumkin, МakАlun fikricha esa, Kuberten loyihasi xalqaro darajada muhim bo’lgan. (Yang, 1996 :12; МakАlun, 1981 y.)
Bruks 1809 yilda Venlokda doktor oilasida tug’ilgan, o’zi ham doktor va 1841 yilda sudya lavozimini egallagan. Bruks 1850 yilda birinchi “Much Wenlock”Olimpiya o’yinlarini tashkil qilgan. Ularga atletika, halqalarni nishonga otish, futbol va kriket kiritilgan. Bruks yunon madaniyati va Robert Dover “Kotsvold o’yinlari” bilan qiziqqan. (Uilyams, 2009 г.).
Gretsiya, Sutsos, Zappa
Yang fikricha, yunon O’yinlarini qayta tiklash g’oyasini Panagiotis Sutsos yaratgan, – shoir, noshir va vatanparvar. 1833 yildan va keyingi davtda Olimpiya o’yinlari to’g’risida uning dostonlarda yozilgan. 1835 yilda hukumatga 25 mart kuni milliy bayram deb e’lon qilish taklifi bilan murojaat qilgan va qayta tiklangan Olimpiya o’yinlarini kiritishni tavsiya qilgan. U O’yinlarni to’rtyillik siklda to’rtta yunon shahalarida o’tkazishni tavsiya qilgan. Sutsos o’z tashabbus kampaiyasini 1840 yillargacha davom etgan, lekin kelgusida ishlarni Evangelos Zappa amalga oshirgan. [2]
Evangelos Zappa (1800–1965) yunon millatiga mansub yirik tadbirkor bolgan. U 1856 yilda Olimpiya o’yinlarini qayta tiklash va moliyalash loyihasini tavsiya qilgan. 1859 yilda Zappa Birinchi Olimpiya o’yinlarni tashkil qilgan. Zappa tomonidan qayta tiklangan Olimpiya o’yinlari 1859, 1870, 1875 va 1889 yillarda Afinada o’tkazilgan. (Yangi, 1996 y.)
Kuberten, Frantsiya va Angliya
O’n to’qqizinchi asrda“olimpiya” tushunchasi umumiylashib, sport tadbirlari Buyk Britaniya va Gretsiyada o’tkazilgan. Kuberten modeli yagona bo’lgan, pirovard natijada bir qator voqealar tufayli etakchi o’rinni egallagan. Kubertenning tashkiliy va diplomatik qobiliyatlari va ijtimoiy aloqalari markaziy poini o’ynagan. Kuberten 1875 yilda 12 yoshida o’qigan Tomas Xyuzning “Tom Braunning maktab kunlari” kitobi uning ingliz maktablaridagi sport dunyosiga romantik qiziqishi va bog’lanishida muhim rol o’ynagan.
Baron Pyer de Kuberten
Pyer de Kuberten (1863–1937) Parijda 1863 yilda aristokratik oilaning to’rtinchi farzandi bo’lib tug’ilgan. Iezuit maktabi va kollejida o’qigan, 1881 yilda fanlar bakalavri unvonini olgan. Uning ta’lim va sportga qiziqishlari natijada Olimpiya ‘yinlarini qayta tiklash bo’yicha xayotiy loyihasiga olib kelgan. 1895 yilda Mari Rotan, protestant qizga uylangan (u 1963 yilda 102 yoshida vafot etgan). Ularning birinchi farzandi - o’g’li 1896 yilda tug’ilgan, bolaligida oftob urganidan umri mobaynida aziyat chekkan.Ularning qizi Reni 1902 yilda tug’ilgan. Kuberten moliyaviy muammolarga duchor bolib, oilaviy uyini sotib yuborishga majbur bo’lgan. U 1937 yilda 74 yoshda vafot etgan”.[3]
© Adabiyotlar
2. Olimpiya bilimlari asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Sharq”, 2002.
3. Ernazarov E.Olimpiada–jahon sporti bayrami.Ilmiy-ommabop risola.T.:2008.
4. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т.: 2008.
Скачано с www.znanio.ru
[1] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari konsepsiyasi. II-qism, 4-bob. Olimpiya o’yilarini qayta tiklanishi. Tarixiy sharh. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.
[2] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari konsepsiyasi. II-qism, 4-bob. Olimpiya o’yilarini qayta tiklanishi. Tarixiy sharh. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.
[3] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari konsepsiyasi. II-qism, 4-bob. Olimpiya o’yilarini qayta tiklanishi. Tarixiy sharh. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.