13-glossariy
Ashula - yakka xonanda yoki xonandalar guruhiga mo‘ljallangan, mumtoz o‘zbek musiqa merosida markaziy o‘rin egallagan aytim janri. - k;. Qo‘shiq;.
Dirijyor- (frans. diriger - yo‘lga solit, boshqariii) –orkestr, xor, ansambl va boshqalarga musiqachi rahbar. Musiqa asarlarini ijro etishda, asosan, maxsus qo‘l harakatlari bilan kursatib boshqaradi. Dirijyorlik ishoralari (misolda ikki, uch, to‘rt va olti hissali):
Pianinochi- (ital. pianino, so‘zma-so‘z -kichik fortepiano) -fortepiano turlarining biri.
Skripka- Skripka (ital. violino) - torli kamonli musiqa cholg‘u asbobi. Skripkasimon cholg‘ular orasida (skripka, alt, violonchel, kontrabas) eng baland registrli va yetakchi cholg‘u. Tarixda skripkaning klassik shakli Sitorli 15-16-a.da Italiya va Fransiyada yuzaga keldi. Dunyoda buyuk skripka ustalari 17-18-a.da Italiyada A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va b. skripkaning mukammal shakli va nusxalarni yaratishgan. 18-a. dan boshlab skripka yetakchi yakkanavoz va turli musiqa jamoalarida ishtirok etadigan musiqa cholg‘ularidan biriga aylandi. 19-a.da skripka san'atining rivojlanishida, badiiy ko‘lamining kengayishi va zamonaviy ijro uslubiga asos solgan buyuk italyan virtuoz mohir skripkachisi va kompozitor Nikkolo Paganinining xizmatlari cheksiz. 19-20-a. buyuk virtuoz skripka ijrochilari - R. Kreytser (Fransiya), G. Venyavskiy (Polsha), Y. Slavik, Ya. Kubelik, Y. Suk (Chexiya), L. Shpor, Y. Ioaxim, A. Bush (Germaniya), A. Vetan, E. Izan, A. Gryumo (Belgiya), P. Sarasate (Ispaniya), violenchelchi
U. Bull (Norvegiya), Y. Mayzeder, F. Kreysler (Avstriya), D. Oystrax, L. Kogan, V. Spivakov (Rossiya), J. Enesku (Rumыniya), Ya. Xeyfets, I. Menuxin, I. Stern (AK,Sh), G. Shering (Meksika), ye. Xubai, K. Flesh, Y. Sigeti (Vengriya), F. Gulli (Italiya) va b. 18-20-a. Skripka uchun barkamol asarlarni yozgan kompozitorlari I. S. Bax, A. Vivaldi, G. Gendel, Y. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven, I. Brams, F. Mendelson A. Dvorjak, K. Sen-Sans, E. Lalo, E. Grig, Ya. Sibelius, B. Britten, A. Onegger, P. Xindemit, P. I. Chaykovskiy, A. K. Glazunov, S. S. Prokofev, D. D. Shostakovich, A. I. Xachaturyan,
K. A. Karaev va k. b. O‘zbekistonda skripka maktabi ustozlari - M. Reyson, N. Pover, M. Zayko; ijrochilari - D. Xolik;ov, N. X,oshimov, T. Yaxshiboev; kompozitorlari - Ik. Akbarov, S. Jalil, G. Mushel, N. Zokirov va b.
orkestr (yun. orchestra - sahnaning old maydonchasi) - turli cholg‘ularda ijro etuvchi sozandalar kata jamoasi (simfonik, kamer, damli, xalq, estrada orkestrlari).
spektakllarini
Klavesin (frans. clavecin, lot. clavis – kalit (shundan klavisha kelib chiqqan) – torli klavishali tirnama musiqa cholg‘usi (kichik royalga o‘xshash kurinishda). Klavishalar bosilganda torlar pat yoki teridan ishlangan mizroblar yordamidatirnaladi. Muloyim,
mayin jaranglaydigan sadoga ega. 16-a.dan ma'lum bo‘lib, takomillashib kelgan. Zamonaviy estrada musiqasida undan keng foydalaniladi.
madaniyat-(«ultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi.
kompozitor-(lot. ompositor - tuzuvchi, ijod etuvchi) - musiqiy asar muallifi, yaratuvchi ijodkor. Kompozitorlik kasbi musiqiy-ijodkorlikka iste'dodi bo'lishlikni va kompozitsiya bo'yicha maxsus ta'lim olishlikni talab etadi.
Musiqa-(yun. t us ike - muzalar san'ati. Muzalar -fan, she'riyat va san'at ma'budalari) – tovushlardan yaralgan badiiy obrazlar zaminidagi san'at turi. Uning tabiati asosida musik,a bastalash, uni ijro etish va tinglash (idroklash) birligi turadi. Musiqa madaniyatining serqirra yo‘nalishlari butun tarixi davomida mavjudpigi va rivojlanishida cheksiz mazmunga ega bo‘lib, barcha san'at turlaridan ancha ortib borgan. Inson hayotida musiqaning ahamiyati haqida Platon aytgan edi: Davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa yangrayotganligiga tug‘ridan-tug‘ri bog‘liqdir, turli-tuman tovushlar bilan badiiy obraz yaratib beruvchi g‘oyaviy emotsional mazmunga ega bo‘lgan san'atning bir turi. Insonning jamiyatda tutgan mavqyei, madaniy, tarbiyaviy, g‘oyaviy tashkilotchilik rolida musiqa yuksak o‘rinda turadi. Har bir xalqning musiqasi milliy xususiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Xalq musiqasi uzoq yillar davomida shakllanib badiiylashib, yuksak pog‘onaga ko‘tarildi, xalqning boy xazinasiga aylandi..Xalq musiqasi bilan mustaxkam bog‘langani holda professional musiqa ham taraqqiy qilib keldiki, uning vujudga kelishiga mohir sozanda, bastakor va kompozitorlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Musiqadagi obrazlarni gavdalantirib beruvchi asosiy element musiqa tovushidir. Musiqaning asosi kuydir. Bundan tashqari ritm, lad, metr, garmoniyalar uning muhim vositalaridandir. Musiqa ijro etilishi bo‘yicha ikki asosiy turga bo‘linadi: cholg‘u musiqasi, ikkinchisi vokal ya'ni ashulali musiqa. Musiqa bir ovozli (monodiya) va ko‘p ovozli (polifoniya, gomofoniya) bo‘ladib Bular ko‘p jihatdan bir-biridan farq qiladi. Musiqa saxna asarlari: opera, musiqali dramma va kinolarda ham muhim rol o‘ynaydi.
Opera (ital. opera - asar) - yirik musiqali sahna asari. Organ (lot. organum, yun. organon - qurol, asbob) - murakkab tuzilishga ega eng yirik damli klavishli musiqa cholg‘u asbobi. Turli tizimlashgan qator (100 atrofida) trubalar, elektromotor yordamida havo haydovchi va o‘tkazuvchi mexanizmlar, qo‘l va oyoq uchun bir nechta klaviaturalar, pedallar, registrlar va boshqa moslamalardan iborat. Organ uchun alohida zallar ko‘rilgan. Organning kelib chiqishi mil. av.3-a. dagi gidravlos cholrusidan hisoblanadi.
Uning zamonaviy kurinishi 16-a.ga kelib, Rarbiy yevropada 18-a.gacha organ san'atining yuksalish davri bulgan. Bunga sabab buyuk organ maktablari va uning ustozlari A. va J. Gabrieli, J. Freskobaldi (Italiya), J. Titluz, F. Kuperen va L. Klerambo (Fransiya), A. de Kabeson, X. Kabamiles (Ispaniya), J. Bull, G. Pyorsell (Angliya), Ya. P. Svelink (Niderlandiya), S. Sheydt, V. Lyubek, D. Bukstexude va I. S. Bax (Germaniya) va k. b. kompozitorlar organ uchun asarlar yaratganlar. Uzbekistonda organ uchun G. Mushelning Syuitasi, organ va violonchel uchun poma va b. Uzbekistan davlat konservatoriyasi organ sinfi ustozlari va ijrochilari R. Karimova, M. Aminova va b. tanilgan.
Simfoniya (yun. symfonia - ohangdoshlik) – orkestr musiqasining yetakchi janri. 17-a.da simfoniya atamasi yevropa mamlakatlarida turli ma'noda qullanilgan edi. 18-a. o‘rtasida simfoniya alohida janr sifatida shakllandi. Simfonik musiqaning oliy va eng yirik shakli bulib, Vena klassik maktabining kompozitorlari I. Gaydn, V. Motsart, L. Betxoven ijodida aniq 4 qismli sonata-simfonik turkumi (sikli): (1 - allegro, 2 - andante, 3 - menuet yoki skerso, 4 - rondo mustax;kam urnashdi. 19-a. kompozitorlaridan F. Shubert, G. Bermozg, I. Brams, A. Dvormak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A.Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va b. simfoniya rivojiga ulkan qissa qo‘shganlar. 20-a. kompozitorlari N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A. Oneger, A. Shnitke va b. ijodida simfoniya yangi boskichga ko‘tarildi. O‘zbekiston kompozitorlari G. Mushel, M. Ashrafiy, B. Zeydman, Ik. Akbarov, B. Gienko, R. X,amroev, S. Jalil, T. Kurbonov, M. Tojiev, M. Maxmudov, M. Bafoev, N. Riyosov va b. ijodida muhim o‘rin tutadi. Kichik xajmdagi simfoniya - simfonietta deb ataladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.