2-modul. Musiqiy romantizm namoyandalari
Reja:
1.Musiqiy romantizm namoyandalari F.Shubert,
2. E.T.Gofman ijodi.
3. K.M.Veber ijodi.
4. G.Berlioz ijodi.
5. F.Mendelson-Bartoldi ijodi.
6. R.Shuman ijodi.
7. F.Shopen ijodi.
8. F.List ijodi.
9. R.Vagner ijodi.
Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.
Adabiyotlar: .
1. Karimov I. A. Istiqlol va ma'naviyat. – T.: “O‘zbekiston”, 1994.
2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. -T.:“Ma'naviyat”,2008.
3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: O‘zbekiston, 2015.
4. А.Х.TrigulоvаХоrijiy musiqаadabiyoti T. Ilimziе 2009
5. А.Х.Trigulоvа CHеt el musiqа tаriхi. Rоmаntizm dаvri T.,Nizоmiy nоmli TDPU 2008
6. «Muzikаlnаya entsiklоpеdiya» M. Muzikа 1978
7. «Chet el musiqasi tarixi» dasturi. Toshkent, 1966 yil.
8. B.V.Levik. «Chet el musiqasi tarixi». Toshkent «O’qituvchi», 1984 yil.
9. Iz istorii zarubejnoy muziki 4. «Muzika» nashriyoti, M., 1980 yil.
10. V.S.Galatskaya. «Muzikal’naya literatura zarubejnix stran». Izd. «Muzika». M., 1967 yil.
www.tdpu.uz/////www. ziyonet.uz/////// www.dsmi.uz///////www.conservatory.uz
Klassitsizm zamonida klassik simfoniya klassitsizm estetikasiga xos bo'lgan ob'ektiv obrazlarni aks ettiradi. Simfonik turkum tarkibi tugallanganligi bilan xarakterlanadi. Qismlar ichida materiallarning joylashtirilishida asosiy e'tibor mavzuning rivojlanishi yagonaligiga hamda kompozitsiyaning alohida qismlarga njrnlih lurishiga qaratiladi. Komantiklnr ijodida simfoniya hamda simfonik musiqaning ahamiyati saqlanib qoldi. Biroq romantiklarning yangicha estetik tafakkuri an'anaviy simfonik shakllarning o'zgarishiga hamda rivojlanishda yangicha cholg'u tamoyillarining paydo bo'lishiga olib keldi. Olamni lirik qabul qilish - romantik musiqa mazmunining eng muhim qirrasidir.*Ushbu sub'ektiv jihat rivojlanishning uzluksizligida aks etgan. Motivlar almashinishining to'lqinli holati, mavzularning variatsiyali o'sib o'tishi romantiklardagi rivojlanish usullarini muayyanlashtiradi. lntim-lirik ifodalar obraziari cholg'u musiqasidagi yangi shakllarni yuzaga keltirdi: lirik poeziya kayfiyatiga muvofiq keladigan erkin, bir qismli fortepiano pyesalari, simfonik poemalar shu yo'sinda yuzaga kelgan. XIX asr cholg'u musiqasida klassik janrlarning bir muncha o'zgarganligi, sof romantik janrlarning paydo bo'lishi kuzatiladi. Turkumli simfoniya jiddiy o'zgarishlarga uchradi. Unda lirik kayfiyat ustunlik qila boshladi (Shubertning«Tugallanmagan simfoniya»si). Musiqaning lirik tabiati bir mavzulilikka intilish (Berliozning «Fantastik simfoniya»si) hamda rivojlanishning uzluksizligida namoyon bo'ladi. Musiqiy romantizmning yangi yo'nalishlari XIX asrning 40-yillarida List tomonidan kashf etilgan janr - simfonik poemada nisbatan izchil tarzda mujvassamlashgan Simfonik poemalarning eng yorqin tarzda ajralib turadigan xususiyati dasturiylik bo'lib, u zamonaviy poeziya va adabiyot bilan bog'liq edi.
List yaratgan ko'pchilik simfonik poemalarning nomlari alohida adabiy asarlar bilan bog'liq» («Mazepa» Bayron asari bo'yicha, «Tog'larda eshitilgan sadolar» Gyugo asari bo'yicha, «Prelyudi» Lamartini asari bo'yicha) Poemaga xos shakl hosil qiluvchi tamoyillar sifatida bir qismlilik yagona mavzulilik, go'zal variativlik, turli tematik qo'shilmalar orasidagi o'tishlarning izchilligi ko'zga tashlanadi. Shu bilan birga, simfonik poema klassik turkumli simfoniya tarkibini takrorlamagan holda uning tamoyillariga tayanadi. Bir qismli shakl doirasida umumlashtirilgan holda sonataviylik asoslari: o'zaro zid obrazlarning, ikkita tonal va mavzu markazining mavjudligi, sayqallanganlik, takroriylik, turkumlilik alomatlari yaratilgan. Shunday qilib, simfonik poema mavzuviylikning yangicha qurilishiga tayanib turib, bir qismli shakl doirasida oldingi davrlardagi musiqiy ijodkorlik yaratgan asosiy musiqiy prinsiplarni saqlab qoldi. XIX asrning birinchi yarmida g'arbiy Yevropa musiqiy san'atining eng muhim fazilatlaridan biri shu bo'ldiki, u milliy-romantik maktablarni shakllantirdi, ular o'z muhitlarida jahonning eng yirik kompozitorlarini dunyoga keltirdi.
Nemis xalq-milliy operasining yaratuvchisi Karl Mariya Veber bo'ldi. Veber o'z ijodi hamda ko'pqirrali ijtimoiy-musiqiy faoliyati bilan milliy san'atning obro' va ahamiyatini ko'rsatishga harakat qildi. Uning eng yaxshi uchta operasi
«Sehrli mergan», «Evrianta», «Оеgоp» Germaniyadagi opera san'atining keyingi rivojlanish yo'llarini belgilab berdi.
Karl Mariya Veber 1786-yil 18-dekabrda nemis shaharchasi Golshtinida musiqachi va teatr antrepreneri oilasida dunyoga kelgan. Uning bolaligi va o'smirligi otasining unchalik katta bo'lmagan teatr truppasi bilan birgalikda Germaniya shaharlari bo'ylab sayohatlarda o'tgan. Veber na umumiy, na musiqiy tizimli ta'lim olgan emas. Veberning abbat Fogler va Mixail Gaydndan olgan musiqa darslari undagi ijrochilik va ijodiy qobiliyatlarning o'sishiga imkon berdi. Veber o'n yetti yoshida pianinochi sifatida konsertlar berar, uchta operaning muallifi ("Sevgi va mayning kuchi", "Soqov o'rmon qizi", "Peter Shmol va uning qo'shnilari") edi.
1804-yildan Veber opera teatrlari drijyori sifatida ishlaydi (Breslavl, Karlsrue, Shtutgart, Mangeym, Darmshtadt, Frankfurt, Myunxen, Berlin). 1813-yildan 1816 yilgacha u Pragadagi opera teatriga boshchilik qildi. Veber ijodiy takomilida 1814-yil alohida bosqichni tashkil etadi.
Shu yili Germaniya Napoleon ustidan g'alabani bayram qilayotgan edi. Veberning milliy tuyg'ularning ko'tarinkiligi muhitida v milliy ozodlik kurashi g'oyalari bilan to'lib toshgan qo'shiqlari paydo bo'ladi (T. Kerner she'rlari asosida). "Lira va qilich" to'plami, shuningdek, Volbruk matniga yozilgan qahramonona – vatanparvarlik ruhidagi "Jang va g'alaba" (1815) kantatasi Veberning Germaniyada shuhrat taratishiga omil bo'ldi.
U 1817-yildan umrining oxirigacha Drezdendagi nemis musiqa teatriga rahbarlik qiladi. Veberning faoliyati Germaniyada Tilzit sulhidan (1807) keyin boshlangan milliy ijtimoiy ko'tarilish sharoitida amalga oshdi. Bular Veber dunyoqarashini, ijodiy yo'nalishini belgilab, berdi, uning ilg'or estetik qarashlarini shakllantirdi. Shu yillarda Veber tomonidan yaratilgan ("Ryubetsal", 1805; "Silvana", 1810; "Abu Gasan", 1811) operalarda kompozitor uslubining yangi qirralari: xalq maishiy hayoti
K.M.Veber musiqa tarixida nemis xalq milliy operasining yaratuvchisi sifatida kirgan. Nemis burjuaziyasining umumiy qoloqligi milliy musiqa teatrining rivojiga ham ta`sir etgan edi. XIX asrning 20-yillariga qadar Germaniya va Avstriya opera teatrlarida yetakchilik rol’ni Italiya va Frantsiya operalari uynagan. 1816 yilda qoyilgan Gofmanning "Undina" va L.Shporning "Faust" operalari xorijiy operalarning ma`lum printsiplari asosida yaratilgan bo’lsada, ularda Veberning "Sehrli ovchi" xalq milliy operasining yaratilishiga ishora bor edi.
K.M.Veber 18 noyabr 1786 yili Eytin (Golshtiniya) shahrida tug’ilgan. Uning onasi ashulachi, otasi esa skripkachi edi. Veber tug’ilgan vaqtda uning otasi doim sayohatda yuradigan teatrga boshchilik qilib, shaharma-shahar yurishar edilar. Veber ota-onasi bilan safarlarda bo’lib, teatr hayoti bilan yaqindan tanish edi. Teatr bilan yaqinlik va tomoshabinlar talab va ehtiyojlarini bilish keyinchalik yosh kompozitor ijodiga ijobiy ta`sir qildi.
Veberning rahbarlik lavozimi bilan bog’liq, ishi ko’p vaqtni olib ijodni bo’sh vaqtida amalga oshirar edi. Shunga qaramay u 1810-1820 yillar davomida bir nechta fortepiano sonatalari va p’esalari, (bular orasida mashxur "Raqsga-taklif ") bir necha cholg’u kontsertlari, 9 ta kantata, 5 ta messa, 20 dan ziyod qo’shiqlar va 30 ta vokal ansambllari, "Silvana" va "Abu Gassan" operalarini yozadi.
F.Mendelson 3 fevral 1809 yili Gamburg shahrida katta bank boshligi oilasida tug’ilgan. Uning bobosi taniqli ma`rifatchi faylasuf bo’lgan. O’qimishli oilada tarbiya topgan. Mendelson yoshligidan keng va izchil ma`lumot olgan. Uspirinligidanoq u fan va madaniyat arboblari (Gegel, Yakov, Geyne, Veber, Shpor, Paganini va boshqalar) bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo’lgan. Mendelson shaxsining shakllanishida mashxur yozuvchi Gyotening katta hissasi bo’lgan. Mendelson otasining salonida Gyote bilan ko’p yillar davomida uchrashish natijasida mumtoz (klassik) adabiyot va musiqaga mehr uygongan.
Mendelson 1929 yilda I.S.Baxning «Matfey iztiroblari» asarining ijrosini tashkil etib, o’zi dirijyorlik qildi. Shu bilan 100 yillar arxivlarda yotgan Bax asarlarini o’rganishga kirishildi. Mendelson 9 yoshida pianinachi sifatida tanildi. 10 yoshidan boshlab ijod qildi. 1825 yilda yozilgan oktet va 1826 yilda yaratilgan «Yoz oqshomidagi tush» asarlaridan boshlab uning mustaqil ijodiy yo’qsalishi kuzatildi. 1820-30 yillarda u o’zining eng zo’r badiiy yuksak asarlarini yaratdi. Bo’lar orasida «Gibirdlar» uvertyuralari, «Go’zal Meluzina», «So’zsiz qo’shiqlar» turkumining birinchi daftari, «Italyancha simfoniya», fortepiano va orkestr uchun birinchi kontsert Gyotening «Valpurgiev oqshomi» asarlariga yozilgan musiqani birinchi varianti asarlari alohida e`tiborga loyiqdir.
1835 yildan qariyb umrining oxirigacha Mendelson Leyptsig shahrida yashab «Gevandxauz» nomli obro’li orkestrni boshqaradi. Ayni vaqtda turli shaharlarda gastrolda bo’lib, ijrochilik sohasida ham yuqori pog’onalarga ko’tarilgan.
Kompozitor hayotining juda jiddiy oqimlari uni tez toliqtirib qoydi.
1846 yildan boshlab u pedagogik va dirijyorlik faoliyatini qisman kamaytirishga majbur bo’ldi. Charchagan asablari unga orom bermasdan u 1847 yilda Leyptsigda vafot etdi. U hali 39 yoshga yetmagan navqiron va kuchga to’lgan tinimsiz ijodiy shaxs edi.
Buyuk Frantsuz kompozitori G.Berlioz 1803 yili Grenobl yaqinidagi Kot-Sent-Andre shahrida tug’ilgan.
1840 yilgacha davom etadi. Shu davr ichida uning eng yuksak asarlari yaratilgan. Bo’lardan «Garold Italiyada» programmali simfoniyasi uning ikki yillik Italiyada yashab, olgan taassurotlarini musiqiy umumlashmasi bo’ldi. «Romeo va Jul’etta» simfoniyasi Shekspirning shu nom bilan ataluvchi ulmas asarlari asosida yozilgan bo’lib, uning musiqa jurligida sahna harakatlari ham stsenariyda aks ettirilgan
Vengriyalik Buyuk kompozitor va mashxur Virtuoz fortopiano ijrochisi List 1811 yili Shopron shahri yaqinidagi Doboryan qishlogida tug’ilgan. 1886 yili Germaniyaning Bayreyt shahrida o’lgan. Dirijyor, pedagog va tanqidchilik faoliyati bilan ham shug’ullangan. 6 yoshida musiqani o’rgangan (dastlab otasidan, keyinchalik K.Chernidan fortepiano boyicha, A.Sal’eridan musiqa nazariyasi)ni 9 yoshidan kontsertlar bergan. 1823 yildan Parijda o’z bilimini takomillashtirgan. «Don-Sancho» yagona operasini yozgan. U Yevropaning turli shaharlarida qayta-qayta kontsertlar berib turgan. Bir qancha konservatoriyalar faxriy professori bo’lgan. Musikiy merosi: «Don Sancho» yoki «Sevgi kasri» operasi, «Muqaddas Yelizaveta haqida afsona» oratoriyasi, messalar, Rekviem, «Simfonik Faust», 13 ta simfonik poemalar, 19 venger rapsodiyalari va bir qancha transkriptsiyalar, Jami 1200 dan ziyod asarlar.
Buyuk nemis kompozitori, dirijer, dramaturg va publitsist, musiqa tanqidchisi va jamoa arbobi Vagner 1813 yili Leyptsig shahrida tug’ilgan. 1883 yili Italiyaning Venetsiya shahrida vafot etgan. 15 yoshidan musiqa bilan shug’ullangan. 1834-39 yillarda Magdeburg, Kenigsberg, Riga shaharlarida kompozitor va dirijer bo’lib ishlagan. 3 yil davomida Parijda juda moddiy qashshoq holda yashadi. Keyinchalik qo’zgolonda ishtirok etgani uchun vatanidan 10 yilga badarg’a qilindi. Bayreyt (Bavariya)da uning operalarini qoyish uchun maxsus opera teatri qurilgan. Asarlari: 13 ta opera, ulardan «Letuchiy Gollandets» yoki «Daydi-dengizchi», «Tangeyzer», «Loengrin», «Tristan va Izolda», «Nibelung uzugi» (4 ta musiqiy dramadan iborat. 1-Reyn oltini, 2-Valkiriya, 3-Zigfrid va 4-Xudolar o’limi va boshqalar) orkestr va turli asboblar uchun asarlar – Faust uvertyura, fortepiano uchun p’esalar, romans va xorlar, bir nechta musiqa haqidagi kitoblar.
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.