OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ
TA`LIMI BOSHQARMASI
TO‘RAQOʻRGʻON TUMAN XALQ TALIMI
MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK
TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BOʻLIMI
To‘raqoʻrgʻon tuman 23-sonli umumiy oʻrta ta’lim
maktabi tarix fani oʻqituvchisi
Jalilova Matlubaxonning
9-sinf Oʻzbekiston tarixi fanidan
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA MAORIFNING RIVOJLANISHI
mavzusidagi
NAMANGAN – 2014
Ushbu dars ishlanmasi umumiy oʻrta ta’lim maktablari tarix fani oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, unda muallifning yangi innovatsion usullar asosida dars oʻtish tajribasi aniq yoʻl – yoʻriqlar va dalillar asosida koʻrsatib berilgan. Undan tarix fani oʻqituvchilari ijodiy foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi: M.Jalilova – To‘raqoʻrgʻon tuman 23-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani oʻqituvchisi
Taqrizchi: M.Tursunova – To‘raqoʻrgʻon tuman 60-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani oʻqituvchisi
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
MAVZU: XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA MAORIFNING RIVOJLANISHI
DARSNING TA`LIMIY MAQSADI :
A) XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston aholisi hayotida islom dinining rolini koʻrsatib berish;
B) Oʻrganilayotgan davrda Turkiston maorifi rivojlanishini aniq misollar bilan tushintirish;
C) Chorizm mustamlaka ma`muriyatining maorif sohasida olib borgan siyosati, yangi usul maktablariga qarshi kurashi sabablari haqida tushuncha berish.
DARSNING TARBIYAVIY MAQSADI:
A) Maktablarning jamiyat hayotidagi roli va oʻrnini toʻlaroq tushinish;
B)Jadidlarning - milliy ziyolilarning vatanparvarligi, millatparvarligi haqida, bu ma`rifatparvarlik va islohotchilik harakatining ahamiyati haqida chuqurroq bilimlarga ega boʻlish;
C) Mustamlaka sharoiti bilan hozirgi mustaqillik davrimizni taqqoslab, Oʻzbekiston istiqlolining ahamiyatini, qadr-qimmatini yanada chuqurroq his qilish.
DARSNING RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI:
-Mavzuni oʻrganishga ijodiy yondashuv malakasini rivojlantirish;
-Tarixiy shaxslar va ularning faoliyatiga holis baho berishga oʻrgatish;
-Tarixiy tushunchalar va atamalardan oʻz oʻrnida foydalanish, oʻz fikrini asoslash mahoratini rivojlantirib boorish;
-Tarixiy davrni analiz qilish va xulosa chiqarish malakasini oʻstirib borish.
DARSNING JIHOZI:
Darslik . Oʻzbekiston tarixi, 9-sinf.2006-yil.
Oʻzbekiston tarixi, 9-sinf. 2000yil .J.Rahimov.
Xarita. XIX asr oxiri XXasr boshlarida Oʻrta Osiyo .
Mavzuga oid qoʻshimcha adabiyotlar.
Tarqatma materiallar –mavzuning tayanch tushunchalari va atamalar
yozilgan kartochkalar. Savollar yozilgan varoqlar, rasmlar, fotolar. Chizma: Turkistonda maorif tizimi.
DARSNING SHAKLI: Savol-javob va suhbat.
DARS BOSQICHLARI.
I.Tashkiliy ishlar.
II.Uyga berilgan vazifani tekshirish.
III.Yangi mavzuni oʻrganish.
IV.Oʻrganilgan mavzuni mustahkamlash.
V.Uyga vazifa berish.
I. TASHKILIY ISHLAR.
Sinf bilan salomlashib, davomad aniqlanadi. Sinfning dars boshlashga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Dars jihozlarini foydalanishga tayyorlab qoʻyiladi .
II. UYGA BERILGAN VAZIFANI TEKSHIRISH.
Oʻtgan darsdagi “Turkistonda 1916 - yil xalq qoʻzg`oloni” mavzusidan uyga berilgan topshiriqlar qanday bajarilgani, kim qanday kitob oʻqigani yoki qanday qoʻshimcha ma`lumotlar toʻplagani soʻraladi. Oʻtgan mavzu boʻyicha savol javoblar asosida bir nechta oʻquvchi baholanadi
OʻTGAN MAVZU BOʻYICHA SAVOLLAR.
1-savol: Jahon urushining dastlabki yilidayoq Rossiya armiyasi ketma-ket mag`lubiyatga uchradi .Nima uchun?
Javob: Chunki, Rossiya hali urushga tayyor emasdi, ya`ni armiya jangovar holatga keltirilmagan, iqtisodiyot harbiy izga oʻtkazilmagan edi .
2-savol: Urushdagi xarajatlarni qoplash uchun chor hukumati qanday yoʻl tutdi ?
Javob: Chor hukumati urushda yoʻqotilgan xarajatlarni toʻldirish uchun oʻz mustamlakalarini koʻproq talash, soliqlarni oshirish, odam resurslaridan tekin foydalanish yoʻlini tutdi.
3-savol: Rossiya hukumati qachon va nima uchun paxtaga oʻzgarmas, qat`iy narx qoʻydi?
Javob: 1915 yilda. Chunki, paxta xom ashyosi urush davrida ayniqsa juda zarur edi. Lekin, uni yetishtiruvchi mehnatkash xalq ahvoli qiziqtirmas edi.
4-savol: Qanday omillar xalqni xonavayron qilib, azob uqubatlarni oshirib yubordi?
Javob: Soliqlarning koʻpligi, pulning qadrsizligi, qarzdorlik, qimmatchilik, sudxoʻrlik, amaldorlarning zoʻravonligi.
5-savol: Rossiya podshosnning 1916 yil 25 – iyundagi farmoni nima haqida edi ?
Javob: Bu farmon Turkistondan 19 dan 43 yoshgacha boʻlgan mahalliy erkak aholini front orti ishlariga safarbar qilish haqida edi.
6-savol: Turkistonda mardikor olishga qarshi qoʻzg`olon dastlab qachon, qayerda boshlandi?
Javob: Mardikor olishga qarshi qoʻzg`olon dastlab 1916 yil 4-iyul Xoʻjandda boshlandi.
7-savol: Turkistonda 1916 yildagi qoʻzg`olonning eng yuqori choʻqqisi qayerda boʻldi?
Javob: Bu qoʻzg`olonning yuqori choʻqqisi Jizzaxda bo1`di.
8-savol:Turkistonda mardikor olishga qarshi qoʻzg`olonning qatnashchilari asosan kimlar edilar?
Javob: Dehqonlar,mardikorlar,hunarmandlar,umuman kambag`allar qoʻzg`olonda koʻproq ishtirok etdilar.
9-savol: Turkistonda mardikor olishga qarshi qoʻzg`lon nima uchun mag`lubiyatga uchradi?
Javob: Bu qoʻzg`olon mag`lubiyatining sababi quyidagilar:qoʻzg`olonchilarning tarqoq holda, uyushmasdan harakat qilgani, aniq kurash rejasi yoqligi,yomon qurollangani,harbiy tajribaga ega emasligi.
10-savol: Xaritada 1916 yil kuchli norozilik chiqishlari boʻlgan joylarni, shaharlarni koʻrsating.
III.YANGI MAVZUNI OʻRGANISH.
Oʻtgan mavzu boʻyicha savol javoblar tugagach, oʻquvchilarga yangi mavzu va uning rejasi e’lon qilinib, doskaga yozib qoʻyilad. Mavzuning asosiy tushunchalari va atamalar yozilgan qog’ozlar, mavzuga oid rasmlar har bir partaga bittadan tarqatiladi. Dars davomida bu tushunchalar va rasmlarga izoh berilishi aytiladi.
MAVZU REJASI.
1. Turkiston aholisi turmushida islom dinining roli.
2. Maktablar va madrasalar faoliyati .
3. Rus tuzem maktablari.
4. Yangi usul maktablari.
5. Mustamlakachi ma`muryatning jadid maktablariga munosabati
Oʻqituvchi oʻquvchilarni yangi dars mazmuni bilan tanishtiradi. Dars jarayonida XIX asr oxiri XX boshlarida Turkiston aholisi turmushida islomning roli toʻg’risida, maorifning rivojlanishi tarixi haqida, maktablar, madrasalar faoliyati haqida rus-tuzem va yangi usul maktablarining vujudga kelishi, chorizm mamuryatining yangi usul maktablariga qarshi kurashi sabablari haqida tushuncha beriladi. Tarqatma materiallar , qoʻshimcha adabiyotlar va rasmlar yordamida oʻquvchilar taasurotlari boyitiladi.
Oʻquvchilar daftariga quyidagilar – mavzuning asosiy mazmuni yozdirib qoʻyiladi:
1. Islom – Turkiston ma’naviy hayotining asosi. Buxoro – islom markazi.
2. Maorif – maktablar, madrasalar, rus- tuzem maktablari, yangi usul maktablari.
3. Chorizm mamuryati tomonidan yangi usul maktablarining yopib qoʻyilishi.
4. Yangi usul maktablarida milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qilishga moʻljallangan yangi ziyolilar tayyorlandi
IV.MAVZUNI MUSTAHKAMLASH QUYIDAGI SAVOLLAR BILAN BIRGA OʻTKAZILADI:
1. Nega XIX asrda ham Buxoro shahri “Islom gumbazi” deb atalaverdi?
Javob: Chunki, Buxoro eng yirik din markazi boʻlib, bu shaharda nufuzli madrasalar va masjidlar faoliyat koʻrsatar, ularda taniqli allomalar ijod qilardi.
2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda oʻqitishning qanday shakllari, ya`ni maktablarning qanday turlari mavjud edi?
Javob: Diniy oʻquv yurtlari-maktablar, qorixonalar va madrasalar mavjud edi. Bundan tashqari dunyoviy bilim beradigan rus tuzem va yangi usul maktablari ham ochilgan.
3. Rus tuzem maktablarining boshqa turdagi maktablardan farqi nimada edi?
Javob: Rus tuzem maktablarida asosan rus tilli fuqarolarning bolalari oʻqir edi. Shuningdek, bu maktablar mahalliy aholi orasida rus madaniyatini yoyishga, mustamlakachilarga xizmat qiluvchi mahalliy amaldorlar tayyorlashga moʻljallangan edi.
4. Qorixonalar maktablardan nimasi bilan farq qilgan?
Javob: Musulmon boshlang`ich maktablarida arab alifbosi, qur`onning ayrim suralari, diniy marosimlar oʻrgatilsa, qorixonalarda Qur`oni Karim qorilari tayyorlangan.
5. Nega jadidlar rus tuzem maktablariga qarshi chiqishdi?
Javob: Chunki, rus tuzem maktablari aslida Turkistonda ruslashtirish, mustamlakachilikni mustahkamlashga xizmat qilishi lozim edi.
6. Chorizm ma`muriyati yangi usul maktablariga qanday munosabatda boʻldi. Nima uchun?
Javob: Chor hukumati yangi usul maktablari ochilishini xohlamasdi va hatto ularni tazyiqqa olib, yopib qoʻya boshladi. Chunki, jadid maktablari xalqning milliy ongini oʻsishiga, milliy madaniyat ravnaqiga yordam berar, Turkistonda Rossiya mustamlakachiligiga xavf solar edi.
7. Maktablar va madrasalardan farqli oʻlaroq yangi usul maktablarining oʻziga xosligi nimada?
Javob: Birinchidan maktab-madrasalarda diniy talim berilgan boʻlsa, yangi usul maktablarida dunyoviy ta`lim berilgan, ikkinchidan, diniy maktab –madrasalarga ruhoniylar rahnamolik qilgan boʻlsalar, yangi usul maktablarga mahalliy ziyolilar, milliy burjuaziya va ayrim boylar homiylik qildilar, Uchinchidan, diniy maktablar Turkiston mustaqilligini asl maqsad qilib qoʻymagan, jadid maktablari esa Vatanni ozodlikka, taraqqiyotga olib chiqadigan yoshlarni shakillantirishi lozim edi
V. UYGA VAZIFA
1. Berilgan savollarga yozma javob bering.
2. Mavzuni oʻqib kelish
Mavzuning asosiy tushunchalari
Yangi usul maktablari, rus–tuzem maktablari, diniy maktablar, qorixonalar, dunyoviy hayot maorif tizimi, jadidchilik, islohotchilik harakati, milliy burjuaziya, ruslashtirish siyosati.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. Ozbekiston: Mlilliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent, 1996.
2.Ozbekiston Respublikasining ta`lim toʻg`risida qonuni .Toshkent, 1997 yil.
3.Oʻzbekiston tarixi. 9-sinf darsligi. Toshkent, 2006.
4.Oʻzbekiston tarixi. J.Rahimov .Toshkent, 2000.
5.Oʻzbek adabiyoti, 11-sinf .Toshkent, 1995.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.