Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала 9-6.doc

VI BOB

1. Ismoil G’aspirali nechanchi yillarda yashagan?

A) 1845-1909-yillar     B) 1851-1914-yillar

C) 1829-1901-yillar     D) 1856-1918-yillar

2. Turkistonda ikkinchi jadid maktabi qaysi shaharda ochilgan?

A) Qo’qon       B) Andijon       C) Toshkent

D) Samarqand

3. “Usuli savtiya” birikmasining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) yangi usul               B) birgalikdagi ta’lim

C) harf tovushi usuli   D) yozib o’rgatish usuli

4. Ismoil G’aspirali 40 kunda nechta o’quvchining savodini chiqargan?

A) 4 ta             B) 28 ta            C) 19 ta            D) 12 ta

5. 1884-yil qaysi shaharda birinchi jadid maktabi ochildi?

A) Boqchasaroyda      B) Anqarada    C) Buxoroda

D) Bakuda

6. Turkiston jadidlari otasi deb hisoblanadigan allomani toping.

A) M.Behbudiy            B) Ahmad Donish

C) Munavvarqori         D) Ismoil G’aspirali

7. Turkistonda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi nechta bosqichda bo’ldi?

A) uch bosqichda: birinchi bosqich maktab islohoti, ikkinchisi teatrlar tashkil etish, uchinchisi demokratik davlat qurish

B) ikki bosqichda: birinchi bosqich o’lkada maktablar tashkil etish, ikkinchi bosqich o’lka yoshlarini chet ellarda o’qitish

C) ikki bosqichda: birinchi bosqich ma’rifatparvarlik, ikkinchi bosqich siyosiy ko’rinishdagi harakat

D) to’rt bosqichda: birinchi bosqich o’lkada maktablar tashkil etish, ikkinchisi yoshlarni chet ellarda o’qitish, uchinchisi teatrlar tashkil etish, to’rtinchisi demokratik davlat qurish

8. Butun turkiy xalqlar o’rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi kim?

A) Munavvar Qori       B) Ahmad Donish

C) Ismoil G’aspirali    D) Mahmudxo’ja Behbudiy

9. “Jadid” so’zining ma’nosi nima?

A) intizom       B) dunyoviy     C) yangi          D) usul

10. Butun turkiy xalqlar orasida jadidchilik g’oyalarining tarqalishiga qaysi gazetaning o’rni katta bo’lgan?

A) “Xurshid”   B) “Tarjimon” C) “El bayrog’i”

D) “Sadoi Turkiston”

11. Temiryo’l orqali dastlabki poyezd Samarqandga kelgan yili …

A) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” kitobi chop etildi

B) Ismoil G’aspirali Turkistonga sayohat qildi

C) Andijonda dastlabki yangi usul maktabi ochildi

D) “Farg’ona sahifasi” jurnali chiqa boshladi

12. 1910-yil Turkiston taraqqiyparvarlarining eng yoshi kichigi va eng yoshi kattasi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Abdulla Qodiriy va Munavvar Qori

B) Abduqodir Shakuriy va Ahmad Donish

C) Obidjon Mahmudiy va Fitrat

D) Cho’lpon va Mahmudxo’ja Behbudiy

13. O’rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko’ra … jadidlariga bo’linadi.

A) Buxoro, Toshkent, Qo’qon

B) Xiva, Buxoro, Qo’qon, Samarqand

C) Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand

D) Turkiston, Xiva, Buxoro

14. Quyidagi qaysi asarda yangi usul maktablarining ta’lim tizimi, dars o’tish va uning tashkil qilinishi, xonalarning jihozlanishi, dars jadvali, ta’tillar, imtihonlar bayon etilgan?

A) “Turkiy guliston yoxud axloq”

B) “Birinchi muallim”

C) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh”

D) “Yer yuzi”

15. Ismoil G’aspiralining Toshkent, Samarqand, Buxoroga tashrif buyurgan yili …

A) Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi ochildi

B) “Shuhrat” gazetasi tashkil qilindi

C) Andijonda dastlabki yangi usul maktabi ochildi

D) “Farg’ona sahifasi” chiqa boshladi

16. Turkistondagi yangi usul maktablari ta’lim jarayonida qanday standart mezon qilib olingan edi?

A) Turkiya standartlari

B) Yevropa standartlari

C) Amerika standartlari

D) Sharqiy Osiyo standartlari

17. O’rta Osiyo taraqqiyparvarlari rivojlangan davlat tashkil etish vazifasini amalga oshirishda quyidagi qaysi yo’nalishlar ustuvor bo’lib hisoblanadi?

1) o’lkada yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish; 2) qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o’qish yuborish; 3) turli ma’rifiy jamiyatlar, teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 4) xalqni mustamlakachilarga qarshi targ’ib qilish yo’li bilan mustaqil demokratik davlat tuzish; 5) harbiy-siyosiy tashkilotlar tuzish va u orqali mustaqillikka erishish; 6) xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini oshirish yo’li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish

A) 1,2,3,4,5     B) 2,3,5,6        C) 1,2,3,6        D) 1,5,6

18. Dastlabki paytlarda Turkistodnagi yangi usul maktablarining ko’pchiligi qayerda nashr qilingan qo’llanmalardan foydalanilgan?

A) Angliya va Germaniya        B) Turkiya va Eron

C) Xitoy va Hindiston              D) Qozon va Orenburg

19. Quyidagi matbuot nashrlari va ularni tashkil qilgan muharrirlarni aniqlang.

1) “Xurshid”; 2) “Shuhrat”; 3) “Taraqqiy”; 4) “Osiyo”

a) Abdulla Avloniy; b) Ahmadjon Bektemirov; c) Munavvar Qori; d) Ismoil Obidov

A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b     B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b

C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d      D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c

20. Turkistonda ikkinchi jadid maktabi qachon va kim tomonidan ochilgan?

A) 1899-yil Mannon qori

B) 1893-yil Shamsiddin domla

C) 1898-yil Salohiddin domla

D) 1897-yil Ahmadjon domla

21. Xiva xonligida XX asr boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik harkati nechta oqimdan iborat bo’lgan va ular qaysilar?

A) 3 ta oqim: Davlatmurod mahram boshchiligidagi o’ng oqim, Islomxo’ja boshchiligidagi so’l oqim, xon rahbarligidagi markaz

B) Bobooxon Salimov boshchiligidagi bitta oqim

C) ikkita oqim: qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligidagi so’l oqim, bosh vazir Islomxo’ja boshchiligidagi so’l oqim

D) 4 ta oqim: Matmurod boshchiligidagi demokratlar, Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi respublikachilar, Bobooxun Salimov boshchiligidagi o’ng oqim, Islomxo’ja boshchiligi monarxiyachilar

22. 1910-yil Turkistondagi jadidlarining eng yoshi … yoshda, eng kattasi … yoshda bo’lgan?

A) 19, 28         B) 15, 43          C) 12, 38         D) 13, 36

23. Andijonda dastlabki poyezd kelgan yili o’sha yerda …

A) “Xurshid” gazetasi tashkil qilindi

B) Shamsiddin domla rahbarligida dastlabki jadid maktabi ochildi

C) Abdulhamid Cho’lpon tug’ildi

D) Ishoqxon Ibrat vafot etdi

24. 1917-yilda tashkil etilgan ommaviy axborot vositalarining aniqlang?

A) “Oyna” va “Turon”

B) “Sadoi Farg’ona” va “Ulug’ Turkiston”

C) “Sadoi Turkiston” va “Kengash”

D) “Hurriyat” va “Farg’ona sahifasi”

25. XX asr boshida Turkistonda jadidlarning butun bir avlodi shakllangan bo’lib, ularning faoliyat olib borgan hududi bilan to’g’ri joylashtiring.

1) Xivada; 2) Toshkentda; 3) Buxoroda; 4) Farg’ona vodiysida; 5) Samarqandda

a) Mahmudxo’ja Behbudiy; b) Abduqodir Shakuriy; c) Polvoniyoz Hoji Yusupov; d) Saidahmad Siddiqiy-Ajziy; e) Bobooxun Salimov; f) Munavvar qori; g) Is’hoqxon Ibrat; h) Abdulla Avloniy; i) Cho’lpon; j) Ubaydulla Asadullaxo’jayev; k) Obidjon Mahmudov; l) Fitrat; m) Hamza Hakimzoda Niyoziy; n) Sadriddin Ayniy; o) Fayzulla Xo’jayev

A) 1-a, d, m; 2-f, o, j; 3-l, n, h; 4-c, i, e; 5-g, b, k

B) 1-b, d, i; 2-n, o, m; 3-g, a, e; 4-f, j, c; 5-k, h, l

C) 1-c, e; 2-f, h, j; 3-l, n, o; 4-g, i, k, m; 5-a, b, d

D) 1-c, e; 2-f, a, j; 3-l, m, o; 4-g, i, k, n; 5-h, b, d

26. 1917-yilga kelib Turkiston o’lkasida jadid maktablarining soni qancha bo’lgan?

A) 80 ga yaqin       B) 24 ta     C) 100 ga yaqin     D) 63ta

27. Toshkentdagi dastlabki jadid maktabi qachon, kim tomonidan tashkil qilingan?

A) 1898-yil Abdurazzoq domla

B) 1899-yil Mannon qori

C) 1897-yil Salohiddin domla

D) 1898-yil Shamsiddin domla

28. 1911-yilda O’rta Osiyoda yangi usuldagi maktablar soni … ga, undagi o’quvchilarning soni … ga yetdi.

A) 63 ta, 4106 ta         B) 24 ta, 1740 ta

C) 83 ta, 2430 ta          D) 61 ta, 4102 ta

29. Turkistonda jadidlarni birlshtirishda “O’rta Osiyo jadidlarining otasi” deb tan olingan allomani toping.

A) Munavvar Qori       B) Abdurauf Fitrat

C) Abdulla Avloniy      D) Mahmudxo’ja Behbudiy

30. Bir yilda tavallud topgan jadid allomalarini aniqlang.

A) Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulhamid Cho’lpon

B) Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy

C) Munavvar Qori, Abdulla Avloniy

D) Boboouxn Salimov, Polvoniyoz Hoji Yusupov

31. 1910-yilda Toshkentda … jadid maktabi faoliyat ko’rsatib, ularda … o’quvchi o’qigan?

A) 63 ta, 4106 ta          B) 24 ta, 1740 ta

C) 83 ta, 2430 ta          D) 61 ta, 4102 ta

32. 1913-1915-yillarda Turkistonda nashr etilgan gazetalarni aniqlang.

1) “Sadoi Turkiston”; 2) “Xurshid”; 3) “Sadoi Farg’ona”; 4) “El bayrog’i”; 5) “Samarqand”; 6) “Hurriyat”; 7) “Kengash”; 8) “Turon”; 9) “Shuhrat”; 10) “Ulug’ Turkiston”

A) 1,3,4,5,7,8,10          B) 1,2,4,6,8

C) 2,5,6,9,10                D) 2,3,6,7,9,10

33. Xiva xonligida bosh vazir Islomxo’ja boshchiligidagi jadidchilik oqimining maqsadi nima bo’lgan?

A) yangi usul maktablarini tashkil qilish, yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish

B) xon hokimiyatini ag’darib, demokratik tuzumni tashkil etish

C) yangilik va islohotlarni xushlamyadigan qadimchilar oqimini tag-tomiri bilan yo’qotish

D) xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazish

34. Jadidchilik harakati Buxoroda nechanchi yildan boshlab siyosiy tashkilot sifatida shakllana boshladi?

A) 1918-yil      B) 1917-yil      C) 1900-yil      D) 1910-yil

35. Jadidlar xotin-qizlar ta’limi masalasida qanday fikrda bo’lgan?

1) alohida ayollar maktabini tashkil qilish; 2) islom istagan ayolning ma’rifatli bo’lishiga to’qinlik qilmaydi, deb hisoblagan; 3) jadidlar o’g’il va qiz bolalarni birga o’qitishni yoqladilar; 4) jadidlar qizlar uchun faqat diniy bilimlar o’rgatilishini yoqlab chiqdilar

A) 1,4              B) 2,3               C) 1,2,3           D) 1,3,4

36. Jadid ma’rifatparvarlaridan qaysi biri imom-xatib, qozi, keyin muftiy lavozimlarida faoliyat yuritgan?

A) A.Avloniy   B) Fitrat           C) M.Behbudiy

D) Asadullaxo’ja o’g’li Ubaydullaxo’ja

37. “Shuhrat” gazetasi nechanchi yil tashkil qilingan?

A) 1909-yil      B) 1906-yil      C) 1908-yil      D) 1907-yil

38. Mahmudxo’ja Behbudiy tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bebudiy kutubxonasi” kimning sharafiga qilingan edi?

A) Behbudiyning ustozi Ahmad Donish

B) Behbudiyning otasi

C) Buxoro amiri Amir Abdulahad

D) Ismoil G’aspirali

39. “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Yer yuzi” kabi maktab darsliklari qaysi jadid ma’rifatparvari qalamiga mansub?

A) Munavvar Qori       B) A.Fitrat

C) A.Avloniy               D) M.Behbudiy

40. O’rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo’lboshchisi bo’lgan allomani toping.

A) Munavvar Qori       B) A.Fitrat

C) A.Avloniy               D) M.Behbudiy

41. Hokimiyatning mavjud tuzum uchun zararli deb hisoblangan ma’lumotlarni cheklash maqsadida matbuot ustidan nazorat qilishi nima deyiladi?

A) pamflet       B) feleyton       C) senzura      D) rezumi

42. Mahmudxo’ja Behbudiy qachon, qayerda tug’ilgan?

A) 1878-yil, Toshkent shahrining Qoryog’di mahallasida

B) 1875-yil, Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida

C) 1874-yil. Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog’ida

D) 1878-yil, Toshkent shahrining Ko’kcha dahasida

43. Mirkomil Mirmo’minboyev – bu …

A) Andijonlik taraqqiyparvar sarmoyador bo’lib, yoshlarning chet ellarda o’qishi uchun mablag’ ajratgan

B) Samarqandlik ma’rifatparvar bo’lib, “Tarbiyayi aftol” jamiyatining a’zosi bo’lgan

C) Toshkentlik jadid bo’lib, huquqshunoslik sohasi bo’yicha Rossiyada ta’lim olib qaytgan edi

D) Toshkentlik ma’rifatparvar bo’lib, Beshyog’ochda birinchi jadid maktabini ochgan edi

44. 1904-yildan boshlab Turkiston o’lkasida ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisiga aylangan ma’rifatparvarni aniqlang.

A) Munavvar Qori       B) Abdurauf Fitrat

C) Abdulla Avloniy      D) Mahmudxo’ja Behbudiy

45. XX asr boshida Xiva xonligidagi taraqqiparvarlarning so’l oqimiga kimlar birlashgan va ularning maqsadi nima edi?

A) Islomxo’ja boshchiligidagi sanoat korxonlari egalari va yirik boylarni birlashtirgan, xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazish

B) Bobooxun Salimov boshchiligidagi sanoat korxonlari egalari va yirik boylarni birlashtirgan, yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborgan

C) qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligidagi sarmoyadorlar, hunarmandlar va boshqa quyi tabaqa vakillarini birlashtirgan, yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishish

D) Polvoniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi demokratchilarni birlashtirgan, yangilik va islohotlarni xushlamaydigan qadimchilar oqimini tag-tomiri bilan yo’qotish

46. Qaysi hududdagi milliy ziyolilarning harkati Turkiston o’lkasida nisbatan og’ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda vujudga keldi?

A) Farg’ona     B) Toshkent     C) Xiva            D) Buxoro

47. “Taraqqiy” gazetasi nechanchi yildan boshlab chiqa boshlagan?

A) 1906-yil      B) 1908-yil      C) 1907-yil      D) 1913-yil

48. Quyidagi jadid matbuot nashrlari ichida qaysi biri jurnal hisoblanadi?

A) “Oyna”      B) “Sadoi Farg’ona”     C) “Kengash”

D) “Sadoi Turkiston”

49. “Rahbari muallim yoki muallimlar yo’ldosh” kitobining muallifi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Munavvar Qori       B) Abdurauf Fitrat

C) Abdulla Avloniy      D) Ismoil G’aspirali

50. “Tarbiyayi atfol” jamiyati nechanchi yilda tashkil qilingan?

A) 1906-yil      B) 1910-yil      C) 1904-yil      D) 1913-yil

51. “Tarbiyayi atfol” jamiyatini tashkil qilgan ma’rifatparvar jadidlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

1) Muhammaddin maxdum; 2) Abdurauf Abdurahim o’g’li; 3) Polvoniyoz Yusupov; 4) Hoji Rafiy; 5) Mirza Abduvohid; 6) Saidahmad Siddiqiy-Ajziy; 7) Usmonxo’ja; 8) Mahmudxo’ja; 9) Hamidxo’ja Mehriy; 10) Hakimxo’ja Maxdum

A) 1,3,4,6,9     B) 2,3,5,7,10    C) 1,4,5,7,9

D) 2,4,6,9,10

52. “Tarbiyayi atfol” jamiyati qayerda tashkil qilingan?

A) Farg’onada B) Xivada    C) Buxoroda    D) Toshkentda

53. “Tarbiyayi atfol” jamiyati 1911-yilda … nafar, 1912-yilda … nafar talabani …ga o’qishga yubordi.

A) 12, 15, Yevropa mamlakatlari

B) 15, 30, Turkiya

C) 13, 21, Sharq mamalakatlari

D) 12, 30, Germaniya

54. Absolyutizm so’zining mazmuni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) qo’sh hokimlik        B) boshboshdoqlik

C) yakka hokimlik      D) cheklanmagan hokimiyat

55. Islom dini tarixiga oid bir xil nomad asar yozgan jadid allomalarini toping.

A) Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat

B) Abduqodir Shakuriy, Polvoniyoz Hoji Yusupov, Munavvar Qori

C) Saidahmad Siddiqiy-Ajziy, Bobooxun Salimov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev

D) Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo’jayev