K I R I SH
Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o’rin egalladi. Davlatimiz buyuk kelajakni ta’minlashga xizmat qiladigan jamiyat qurishning murakkab yo’lini bosib o’tmog’i lozim. Bu — siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, rivojlangan iqtisodiyot va zamonaviy ta’lim tizimiga ega bo’lgan chinakam demokratik jamiyat qurish yo’lidir. Mazkur yo’lning muvaffaqiyati jahon hamjamiyati bilan, o’zaro manfaatli amaliy va do’stona munosabatlar asosida yer kurrasidagi barcha xalqlar va davlatlar bilan hamkorlikka bog’liq.
Hozirgi dunyo murakkab va turfa xil. Unda turli madaniyatlar yonma-yon yashaydi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Butun dunyo bilan muvaffaqiyatli munosabat-larga kirishish, do’stlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud voqelikning muammolarini chuqur bilish va bu bilimdan umum manfaati yo’lida foydalanish lozim boiadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari» kitobida dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashash va hamkorlik qilishning ahamiyati xususida to’xtalib, shunday yozadi: «Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So’nggi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jo’g’rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o’zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga to’g’ri baho berish juda muhim».
Insoniyat XX asrda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda ulkan qadamlar tashladi. Asrimizning 20-yillarida boshlangan ilmiy-texnikaviy inqilob hayotning barcha sohalarida tub o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Inson tarixda birinchi marta ochiq fazoga chiqdi va Oyga qadam bosdi. Atom energiyasi, gen muhandisligi, elektronika, fazoviy televidenie, eng yangi harakat vositalari xalqlarning o’zaro munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tardi.
Shu bilan birga hali hal etilmagan bir talay muammolar borki, ularni bartaraf etish uchun insoniyat o’z kuchlarini birlashtirishi zarur. Ochlik va faqirlik, atrof-muhitning ifloslanishi, og’ir yuqumli kasalliklarga qarshi va hayot darajasini yuksaltirish, inson huquqlari uchun kurash, xalqaro huquq mezonlarini qaror toptirish shular jumlasidandir.
Ilmiy-texnikaviy inqilob va uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalardagi ko’rinishi muhim ahamiyat kasb etdi, jahon ijtimoiy hayotida quyidagi yangi tamoyillarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Insonparvarlik. Zamonaviy fan va texnikaning ulkan yutuqlari sababchisi inson, shaxsdir. Hozirgi kompyuterlar qanchalik katta imkoniyatlarga ega boimasin, baribir, uni yaratgan va boshqarayotgan insondir. XX asr tarixida inson omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi va barcha tarixiy o’zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. XX asrda shaxsning o’zi ham tubdan o’zgardi. Yalpi o’rta maiumot, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, ommaviy madaniyatning paydo bo’lishi insoniyat umumiy madaniy darajasining yuksalishiga va uning o’ziga xos jihat-larining takomillashuviga olib keldi.
Demokratlashtirish. Yalpi saylash huquqi va inson omilining tarixiy jarayonlarga hal qiluvchi ta’sir kuchiga ega bo’lishi jahon siyosiy hayotini o’zgartirib yubordi. Xalq vakillari siyosiy hayotga faol aralasha boshladilar, partiya va davlat, jamoatchilik harakatlari va tashkilotlari rahbarligiga keldilar. Ular ayni paytda keng xalq ommasining mafkurasini ham olib keldilar. Davlatni boshqarishga yo’l topgan ijtimoiy guruhlar doirasi kengaydi, keng xalq qatlamidan chiqqan professional siyosatchilar paydo bo’ldi, ommaviy axborot vositalarining siyosiy hayotga ta’siri kuchaydi. Bularning hammasi pirovardida jahondagi siyosiy fazoni tubdan o’zgartirib yubordi.
Globallashuv. Birinchi jahon urushidan so’ng dunyo iqtisodiy hayotining baynalmilallashuvi tez sur’atlar bilan davom etdi. Sof siyosiy g’oya sifatida paydo bo’lgan Yevropani «Yevropa Qo’shma Shtatlari» shiori ostida birlashtirish, dunyo iqtisodiy hayotining integratsiyasi taraqqiyot, xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalami kuchaytirish va chuqurlashtirishning obyektiv jarayoniga aylandi. Bu jarayon davlatlararo birlashmalar va muassasalar barpo etish, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va ilmiy kooperatsiyani rivojlantirishga turtki bermoqda. Integratsiya asta-sekin turli mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini bir-biriga yaqinlashtirish va tenglashtirish, o’zaro manfaatli savdo, iqtisodiy va valyuta-xo’jalik aloqalarini kengaytirishga yordam bermoqda. Hozirgi paytda mazkur jarayon dunyoviy miqyos kasb etdi va ravnaq topdi.
Dunyo iqtisodiy hayotining globallashuvi muhim hayotiy va milliy manfaatlarga javob beradi. Chunki u davlatlarning dunyo xo’jalik jarayoniga qo’shilishiga va dunyo texnologiyasi, fani va madaniyati yutuqlaridan foydalanishiga ko’maklashadi. Shu munosabat bilan Prezident I. Karimov shunday yozadi: «Milliy tafakkur o’z taraqqiyotida madaniy qurilish vazifalariga dunyo miqyosida yon-dashishi, boshqa xalqlarning taqdiri, ularning o’zaro munosabatlari bilan yaqindan qiziqishi, ular hayotining eng teran nuqtalarigacha kirib borishi, milliy manfaatlarni hisobga olishi kerak».
XX asrda Yevropa mamlakatlarining ochiqdan-ochiq qarama-qarshiligi jahon harbiy mojarosiga aylanib ketdi. Ko’pgina mamlakatlarda bu hol biqiqlik jarayoniga, ya’ni jahondagi jarayonlardan chetda turishni nazarda tutuvchi yopiq iqtisodiy taraqqiyot yo’liga sabab bo’ldi. Natijada ular dunyo iqtisodiyotidan ajralib qoldilar. Mazkur mamlakatlarda totalitar, antidemokratik tuzumlar shakllandi, og’ir iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Pirovardida bunday mamlakatlarning ba’zilari harbiy magiubiyatga uchradilar (Germaniya, Italiya, Avstriya, Yaponiya), boshqalarida esa siyosiy falokatlar ro’y berdi (sobiq SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik lager mamlakatlari).
Shu sababli XX asr birinchi yarmining asosiy mohiyati — demokratiyani totalitarizm bilan, insonparvarlikni fashizm bilan va globallashuvni ayrimchilik bilan kurashidan iborat bo’ldi.
XX asr voqealari asosan shu tariqa kechdi. Bu voqealar bir tekis rivojlanmagan va kechmagan, albatta, ular har bir mamlakatda o’z xususiyatlariga, namoyon bo’lish shakllariga ega edi. Jahon tarixi va dunyo siyosati yigirmanchi yuz-yillikda ularning ta’siriga bog’liq holda uch bosqichni o’tdi. I bosqich. 1914—1945-yillardagi ikki jahon urushi o’rtasidagi davr. Unda dunyoni qayta taqsimlab olishga, yangi dunyo tartiboti o’rnatishga yo’naltirilgan jahon mojarolari juda ko’p. Birinchi jahon urushi imperialistik, ya’ni ikkala imperialistik guruh boshlagan bosqinchilik urushi bo’ldi. U talonchilik va buzg’unchilik urushi edi.
Shunday bo’lsa-da, barcha mamlakatlarni qamragan demokratik harakat rivojlanishi uning natijasidir. Ushbu davrda maqsadi jahonda demokratik islohotlarni amalga oshirish bo’lgan umumdemokratik xarakterdagi kuchlar yuksalishi ustunlik qildi. Kapitalistik tizimning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy inqirozi jahonni ikkita — demokratik hamda fashistik, totalitar lagerga bo’lib yubordi. Ikkinchi jahon urushi endilikda birinchisiga qaraganda butkul boshqacha xarakterda edi. U demokratik lager tomonidan umumdemokratik xarakterdagi, fashist davlatlari tomonidan esa tajovuzkorlik, bosqinchilik va talonchilik urushi edi. Ikkinchi jahon urushida demokratik davJatlar g’alaba qozondilar. Bu demokratik kuchlarning umumjahon tarixi ahamiyatiga molik g’alabasidir.
II bosqich. Sovuq urush davri. 1945-yildan 1991-yilgacha, ya’ni Ikkinchi jahon urushi tugashidan to Sovet lttifoqi parchalangunga qadar kechgan davrni qamraydi. Butun jahonda jamiyatni insonparvarlashtirish uchun kurash keng avj oldi. Inson huquqlari uchun kurash, mustamlakalarni ozod qilish, irqchilikka barham berish, totalitar va mustamlaka tuzumlarini tugatish sovuq urush davrining asosiy mazmuniga aylandi. U faqat tashqi jihatdan ikki buyuk davlat yoki ikki tizimning mojarosi tarzida tasavvur etilsa ham, aslida aksilinsoniy tizimlar va tuzilmalarni tugatish uchun umumjahon kurashi edi.
III bosqich. Yangi demokratiya davri. U Sovet davlati parchalanganidan so’ng boshlandi va globallashuv jarayonlarining jahon miqyosida jadal ilgarilashi bilan tavsiflanadi. Globallashuvni rivojlantirish yo’lidagi oxirgi to’siqlar qulab tushdi. Jahon maydonida dunyo hamjamiyati tuzilmalarini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va globallashtirish jarayoniga o’z hissasini qo’shayotgan yangi demokratik davlatlar paydo bo’ldi.
E’tiboringizga havola etilgan darslikda jahon tarixining birinchi bosqichi, 11-sinflar uchun moijallanganida esa qolgan ikkala bosqichi yoritiladi.
BIRINChl JAHON URUSHl VA UNING OQIBATLARI
(1914-1918-yillar)
1-§. BIRINCHI JAHON URUSHI, UNING BORISHI VA JAHON TARIXIDAGI O’RNI
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun bo’lgan kurash Yevropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi. Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Fransiya va chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Yaponiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqa davlatlar qo’shildilar.
Davlatlarning mazkur ikki guruhi o’rtasida mustamlakalarni bo’lib olish, ta’sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha o’zaro nisbatiga mos ravishda yangi jahon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bo’lib olinmagan yerlarni qo’lga kiritish uchun intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu — dunyoni qaytadan bo’lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega bo’lish uchun kurash edi.
XX asr boshlarida Germaniya qudratli jahon davlatiga aylandi va mustamlaka yerlardan o’z ulushini talab qila boshladi. U Britaniya imperiyasi uchun jiddiy xavfga aylandi. Kuchli nemis dengiz flotining yaratilishi Britaniya imperiyasining mavqeiga ham zarba edi. Chunki Angliyaning dengizlardagi ustunligi mustamlaka yerlardagi hukmronligining barqarorligini kafolatlar edi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarga da’vosi bu qifadagi fransuz va inglizlarga qaram yerlarga ham xavf tug’dirardi. Nihoyat, Germaniyaning Sharqiy o’rta Yer dengizi mamlakatlariga kirib kelishi va Turkiyada hukmron bo’lib olishi Angliya va Fransiyaning Osiyodagi mustamlaka yerlariga o’tishida asosiy qatnov yo’li bo’lgan Suvaysh kanalini zarba ostida qoldirar edi.
Germaniyaning o’sib borayotgan sanoati hamma joyda ingliz sanoati mahsulotlarini siqib chiqarmoqda, boshqacha qilib aytganda, Germaniya Yevropada yakka hukmronlikka ochiqdan-ochiq davogarlik qilmoqda edi. Bularning hammasi Angliya va Fransiyani Germaniyaga qarshi birlashishga majbur qildi. Ular Germaniyaning jahon miqyosida yuksalishiga yo’l qo’ymaslikka intilar edilar.
Angliya va Fransiya o’z ziddiyatlarini bartaraf etish va Germaniyaga qarshi Yevropa davlatlarining kuchli ittifoqini yaratish yo’llarini zo’r berib qidira boshladi. 1904-yil aprel oyida Angliya va Fransiya o’rtasida so’nggi «bo’sh», ya’ni hali egallanmagan yerlarni bo’lib olish va ularni birgalikda himoya qilish haqida bitim imzolandi. U Antanta ittifoqi deb nomlandi (fransuzcha entent — samimiy). Ana shu bitim tufayli mustamlaka masalalari bo’yicha ingliz-fransuz ziddiyatlari bartaraf etildi va harbiy ittifoq yo’li ochildi.
Ammo endi Germaniyani to’xtatish qiyin edi. U mustamlaka yerlardan o’z ulushini, Osiyoda bozorlar ochishni va jahon bozorida teng imkoniyatlar yaratilishini talab qil-moqda edi. Germaniyada armiyani qayta qurollantirish, harbiy-dengiz flotini kuchaytirish dasturi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan urushga kuchli hozirlik ko’rilmoqda edi. Bunga javoban ingliz hukumati ham harbiy-dengiz flotini qayta qurish va uni yangi joyga ko’chirish dasturini amalga oshirishga kirishdi. 1912-yildagi parlament qaroriga ko’ra, Angliya Germaniya tomonidan qurilgan har bir harbiy kemaga javoban ikki harbiy kema qurishi zarur edi.
Angliya Rossiyani ham Antantaga jalb etishga and qildi. Chunki Rossiyasiz Germaniyaga qarshi kurashda g’olib chiqish mumkin emas edi. 1907-yil 31-avgustda Osiyodagi ta’sir doiralarini bo’lib olish haqida ingliz-rus bitimi imzolandi. Mazkur bitimga ko’ra, Eron uch ta’sir hududiga bo’lindi: mamlakat shimoli — rus ta’sir hududi, janubi - ingliz ta’sir hududi, mamlakat markazi esa betaraf hudud deb qabul qilindi. Rossiya Afg’onistonni o’z ta’sir doirasidan chetda deb tan oldi va Afg’oniston bilan barcha munosabatlarni faqat ingliz hukumati orqali olib borishga rozi bo’ldi.
Rossiya va Angliya Tibetning ichki ishlariga aralashmaslikka, uning hududiy butunligini buzmaslikka va u bilan hamkorlikni faqat Xitoy hukumati orqali amalga oshirishga kelishib oldi. 1907-yil bitimi ikkala mamlakatning Osiyodagi keskin ziddiyatlarini vaqtincha bartaraf etdi. Ayni paytda, Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiya ishtirokidagi Uchlar ittifoqiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya tarkibidagi Uchlar kelishuvini yuzaga keltirdi. Urush boshlangach, Italiya betaraf bo’lib turdi. Ammo 1915-yil may oyida Afrikadan mustamlakalar va Bolqondan yer berish, shuningdek, 50 million funt sterling zayom ajratish haqida Antantadan va’da olgach, Uchlar ittifoqi haqidagi shartnomadan chiqdi va 23-mayda Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi.
Rossiya asosan Bolqon muammosi keskinlashganligi tufayli Uchlar kelishuviga qo’shildi. Rossiyaning rus-yapon urushida magiubiyatga uchraganidan foydalanib Avstro-Vengriya o’zining Bolqon yarim orolidagi ta’sir doirasini kengaytirishga kirishdi. 1908-yilda Avstro-Vengriya Germaniya yordamida Bosniya va Gersegovinani o’ziga qo’shib oldi. Natijada Serbiya dengiz portlariga chiqolmay, tashqi dunyodan butunlay uzilib qoldi.
Bu voqealarga javoban serb xalqi junbushga keldi. Taxt vorisi shahzoda Georgiy boshchiligidagi radikal kuchlar Avstro-Vengriyaga qarshi urush ochishni talab qildilar. Rus hukumati Serbiyani qo’llab-quvvatlar edi. 1912-yili Rossiya homiyligida Avstro-Vengriya va Turkiyaga qarshi Bolqon davlatlari ittifoqi tuzildi. 1912—1913-yillardagi Bolqon urushlari Serbiyaning kuchayishiga sabab bo’ldi va u eng qudratli Bolqon davlatiga aylandi. Bu esa Avstro-Vengriyaning javob harakatlariga hamda Serbiya bilan munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi. 1914-yili Bolqon yarim orolida, bir tomondan, Rossiya qo’llab-quvvatlayotgan Serbiya bilan, ikkinchi tomondan, Avstro-Vengriya, Bolgariya va Turkiya o’rtasida urush chiqishi aniq bo’lib qoldi.
Ikkala harbiy itifocl ham urushga hozirlik ko’rmoqda edi. 1912yilda Angliya va Fransiya hukumatlari o’zaro yozishmalar natijasida «...hujumning oldini olish va tinchlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilish» majburiyatini oldilar.
Ikki mamlakat o’zining barcha harbiy tadbirlarini Germaniyaga qarshi harbiy operatsiyalami birgalikda amalga oshirishni nazarda tutgan holda rejalashtirishi ta’kidlangan edi. Harbiy-dengiz shtablari o’rtasida imzolangan konvensiyaga ko’ra, Angliya Fransiyaning Atlantika dengizi sohillarini himoya qilishni, fransuz floti esa O’rta Yer dengizida ingliz manfaatlarini muhofaza qilishni o’z zimmasiga oldi.
Ikkala harbiy ittifoqda ham qurol-yarogiarning yangi turlari yaratildi, o’ta qudratli harbiy kemalar qurildi. Jumladan, Angliyada tarixdagi ilk tanklar yasaldi. Germaniyada kimyoviy urushga tayyorgarlik borar, zaharlovchi moddalar ishlab chiqarilmoqda edi. Barcha mamlakatlarda pulemyotlarning eng yangi turlari ixtirosi ustida ish olib borildi, harbiy samolyotlardan foydalanishga hozirlik ko’rildi.
1914-yil yozida Germaniya qayta qurollanish jihatidan Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo’yicha Rossiya va Fransiyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovar holatga keltirish rejasi 1914-yil 31-martdayoq tayyorlab qo’yilgan edi. Germaniya keng miqyosli urush harakatlari olib borishga tayyor edi. Temir yo’larning harbiy ish jadvali tasdiqlangan, a’lo darajada ta’lim olgan ofitserlar tarkibi tayyorlangan, zaxira okruglar tashkil etilgandi. Butun armiya o’ta qudratli va uzoq masofaga otadigan og’ir dala to’plari bilan qurollantirildi. Germaniya armiyasi qurollari ichida taktik zaharlovchi moddalar paydo bo’ldi. Xullas, Germaniya jahon urushiga tayyor edi.
Germaniyaning strategik rejalarida Fransiyani yashin tezligida tor-mor qilish ko’zda tutilgan edi. Rossiya o’sha davrda o’zining ittifoqchisiga yordam bera olmasdi, chunki Rossiyada urushga tayyorgarlik ishlarini 1917-yilga kelib yakunlash moijallangan edi. Qurol-yarogiar armiya shaxsiy tarkibining uchdan biriga yetar, to’plar nihoyatda oz, puiemyotlar esa sanoqli edi. Armiyada kiyim-kechak, oziq-ovqat, o’q-dori tanqisligi mavjud edi. Temir yo’lar bir tekis ishlamas, poezdlar nihoyatda sekin harakat qilardi. Bunday sharoitda urush e’lon qilinadigan bo’lsa, Rossiya armiyasini faqat 40 kun ichida jangovar holatga keltirish mumkin bo’lardi. Germaniya armiyasi bu muddat ichida bemalol Fransiyani tor-mor qilib ulgurardi. Buni yaxshi anglagan Germaniya jangovar harakatlarni tezlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga sola boshladi.
Avstriya imperatori Frans-Iosif (1830-1916) ancha keksayib qolgan, hayotining so’nggi kunlarini o’tkazmoqda edi. U mamlakatning so’nggi podshohi bo’lib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning jiyani, taxt vorisi — ersgersog Frans-Ferdinandning ahamiyati tobora ortib borardi. U Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi. 1914-yil iyun oyi so’ngida Frans-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini ko’rikdan o’tkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.
Sarayevo shahri bo’ylab sayohati chog’ida Frans-Ferdinand va uning xotini serb armiyasi ofitserlaridan tuzilgan «Qora qo’l» tashkiloti a’zolari tomonidan oidiriladi. Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lardi, ammo sodir bo’lgan bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglardilar.
Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914-yil 23-iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech bir hukumat qabul qila olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin va Venadagilar xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagandilar. Rossiyaning Avstro-Vengriya va Germaniyani tinchlantirishga urinishi natija bermadi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelardi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi o’zagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba nihoyat portladi. 1914-yil 29-iyulda Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1-avgust kuni Germaniya ham safarbarlik e’lon qildi va shu kuniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914-yil 3-avgustda Germaniya Fransiyaga urush e’lon qildi. 4-avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildi. Jang g’ildiragi shiddat bilan ayla-nib ketdi. 1914-yil 23-avgustda Yaponiya Germaniyaga urush ochdi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bir qancha orollarni egallab oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qo’llab-quvvatladi. 1914-yil 22-iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda bayonot berdi. 1914-yil 2-noyabrda Rossiya, 5 va 6-noyabrda esa Angliya va Fransiya Turkiyaga urush e’lon qildi. Nihoyat, uzoq kelishuvlardan so’ng 1915-yil 23-mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi.
Biririchi jahon urushi boshlandi. Yarashuvlar haqida gap ham bo’lishi mumkin emas, nizolar qurol kuchi bilan hal etilishi lozim edi.
2-§. 1914-1917-YILLARDA BIRINCHI JAHON URUSHI FRONTLARIDAGI JANGOVAR HARAKATLAR
Germaniya qo’mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4-avgust kuni Belgiyada asosiy hujumni boshladi. Bu yerda mudofaani yorib o’tish va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo lgan sanoat rayonlarini egallab, bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani bosib o’tdilar va Fransiya hududiga kirib, Sena daryosi irmog’i bo’lgan Marna sohillariga chiqdilar. 1914-yilning 5—12-sentabr kunlari Marna bo’yida fransuz va nemis qo’shinlari o’rtasida og’ir janglar bo’lib o’tdi. Unda nemis qo’shinlari mag’lubiyatga uchradilar.
Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o’tganligi nemis qo’shinlarining magiubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galitsiyani egallab, Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi. Germaniya qo’mondonligi rus qo’shinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna bo’yidan Prussiyaga tashlashga majbur bo’ldi. Rus qo’shinlarining Sharqiy Prussiya operatsiyasi og’ir magiubiyat bilan yakunlandi. Ammo Fransiya qutqazib qolindi.
1914-yil oktabr oyida Turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan Kavkazorti, Mesopotamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasida yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor boimaganligi sababli Kavkaz ortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir magiubiyatlarga uchradi.
1915-yil 23-mayda Italiya Antantaga qo’shildi, o’sha yil oktyabr oyida esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqi tarafidan urushga kirdi.
Marna bo’yidagi janglarda mag’lubiyat alamini totgan ittifoqchi qo’shinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator operatsiyalar o’tkazdilar.
1915-yil fevral oyida ingliz-fransuz floti Turkiyaning Dardanel bo’g’ozidagi istehkomlarini bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar ko’zlangan natijani bermadi. Bu operatsiya davomida ingliz askarlaridan 200 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va yaralandi. Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi. Shundan keyin uning siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus bo’ldi.
Shu bilan faol jangovar harakatlar to’xtab qoldi. Butun yil mobaynida mantiqsiz turg’un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar. 1915-yil 12-martda Angliya Rossiyani faollashtirish uchun unga Istanbulni berish majburiyatini oldi. Rossiya, shuningdek Bosforning sharqiy sohillari, Janubiy Frakiya, Imbros va Tenedos orollarini ham olishi kerak edi. Rossiya bu joylarni urush tugaganidan keyin, Angliya va Fransiya Usmonli imperiyasining Osiyodagi yerlarini taqsimlash rejasini amalga oshirgan taqdirda olishi ko’zda tutilgandi. Inglizlar Erondagi betaraf hududni ham ingliz ta’sir doirasiga kiritishni talab qildilar. Rossiya bu shartlarni qabul qildi. 10 aprel kuni bu shartnomaga Fransiya ham qokshildi.
Germaniya tomonidan boshqarilayotgan Uchlar ittifoqida ham urushdan keyin dunyoni qaytadan bo’lish rejalari tuzilmoqda edi. Germaniya Fransiyaning bir qator shimoliy tumanlarini, Boltiqbo’yi mamlakatlarini, Polshaning bir qismini o’ziga qo’shib olish, Ukraina va Belorussiyani qo’lga kiritish, Osiyo va Afrikadagi ba’zi mustamlakalarni bosib olishni maqsad qilgandi. Germaniya Fransiya zimmasiga katta oipon yuklashni moijallamoqda edi. Natijada Fransiya uni hech qachon toiolmas, Germaniyaning abadiy qarzdori bo’lib qolardi. Avstro-Vengriyaga butun Bolqon yarim oroli, Bolgariyaga esa Makedoniya va Serbiyaning bir qismi va’da qilingan edi.
Dardanel bo'g’ozidagi operatsiyaning barbod bo’lishi Antanta lttifoqchilarni G’arbiy frontdagi jangovar harakatlarga qaytishga majbur qildi. Germaniya ham Fransiya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Fransiyaga uning eng mustahkam mavqei — Verden qal'asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916-yilning 21-fevralida Germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operatsiyani boshladi. Hujumdan oldin fransuz istehkomlari to’plardan shiddatli o’qqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Berta nomi bilan «Katta Berta» deb atalgan o’ta kuchli to’plar bilan birga jami 850 ta og’ir to’p «ishga tushdi». Jangda Yevropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g’urur tuyg’usi junbushga keldi. Fransuz qo’mondonligi bir qadam ham chekin-maslikka buyruq berdi, askarlar so’nggi nafasigacha jang qildilar. Verden Fransiyaning va fransuz armiyasining ruhi-ni ko’tardi. «Ular o’tolmaydilar» — fransuz askarlarining bosh shiori shu edi. Verden ostonalaridagi jang 1916-yil 21-dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Fransiya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yo’qotdi.
Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o’ynadi. Bu yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichida general A. A. Brusilov (1853—1926) qo’mondonligidagi rus armiyasi Janubi-G’arbiy frontda hujum boshladi va Germaniya hamda Avstriya qo’shinlari himoyasini yorib o’tdi. Bu operatsiya Avstriya qo’shinlari guruhini tor-mor qilish va 1,5 millionga yaqin askar va zobitni yo’q qilish bilan yakunlandi. Shundan so’ng Avstro-Vengriya amalda jangovar harakatlar qilish qobiliyatini yo’qotdi, Germaniya esa tezda bu frontga o’zining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga majbur bo’ldi.
Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antanta ittifoqchilari Somma daryosi bo’yida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km masofada bo’lgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya to’plari deyarli yetti kun davomida german qo’shinlarini o’qqa tutdi. 1916-yil 1 iyulda Britaniya ko’ngilli askarlari hujumga tashlandilar. Ularning soni 100 mingdan ortiq edi. Ammo ular yerga chuqur ko’milgan nemis pulemyotlarining shiddatli o’tiga duch keldilar. Nemislarning talafoti ko’p edi, ammo inglizlar ham o’lgan va yaralanganlar bilan jami 50 mingdan ortiq kishini yo’qotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirg’inda hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisholmadi.
1916-yili Yevropada hammasi bo’lib 2 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi, ammo urushda o’zgarish boimadi. Germaniya va Avstro-Vengriyaning moddiy manbalari tugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va strategik xom ashyolarning o’zidagi zaxiralari bilan kifoyalanishga majbur bo’ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun yetarli emasdi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u o’z mustamlakalari manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.
Rossiyadagi ahvol juda og’ir edi. Uning xom ashyosi va inson manbalari yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali foydalanish imkonini bermasdi. Transport tizimining tamomila izdan chiqqanligi, harbiy-siyosiy va iqtisodiy tuzulmalarning eskirgan tizimi, harbiy idoradagi o’g’irlik va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.
Urush cho’zilib borardi. 1916 - yilda boshlangan xalqlar qirg’ini 1917-yilda ham davom etdi. Uning oxiri ko’rinmasdi.
Barcha urushayotgan mamlakatlarda siyosiy inqirozlar boshlandi. Urushni boshlagan rahbarlar va partiyalar obro’-e’tiborlarini yo’qotdilar, hokimiyatga yangi rahbarlar keldi. Fransiyada urush mobaynida ikki marta bosh vazir almashdi, nihoyat hokimiyatga Jorj Klemanso (1841—1929) keldi. Angliyada ham bosh vazir o’zgardi. Askvit (1852—1928) o’rniga Liberal partiyadan bosh vazir qilib saylangan David Lloyd-Jorj (1863—1945) boshchiligidagi konservatorlar va liberal-larning ittifoq hukumati keldi. Germaniya kansleri Betman-Golveyg (1856-1921) ham 1917-yilda iste’foga chiqdi. Rossiyada 1917-yilning fevralida inqilob ro’y berdi, natijada podshohlik tuzumi ag’darib tashlandi. Tarix haqiqatni yana bir bor tasdiqladi: urushni boshlagan hukumatlarning umri boqiy boimaydi. Birinchi jahon urushida bu yaqqol namoyon bo’ldi.
Urushda 38 mamlakat ishtirok etdi. Harakatdagi armiyalarning askarlari soni 29 milliondan ortiq, barcha safarbar qilinganlar miqdori esa 74 millionga yaqin edi. Janglarda 10 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi, 20 million kishi yaralandi. Harbiy harakatlar natijasida minglab shaharlar, zavod va fabrikalar vayron bo’ldi, o’n minglab kilometr temir yo’l ishdan chiqdi. Oziq-ovqatlarga cheklashlar kiritildi, eng muhim ehtiyoj mollari uchun ma’lum me’yorlar belgilandi.
Shunday qilib, XX asr boshida dunyo jahon urushlari, ijtimoiy larzalar va inqiloblar davriga kirdi. Urush ijtimoiy ziddiyatlarni nihoyatda kuchaytirib yubordi. Urushga qarshi norozilik bildirayotgan, urushga sabab bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumni o’zgartirishni, non, ijtimoiy adolat va demokratik islohotlar o’tkazishni talab etayotgan xalqning g’azabini qo’zg’adi.
Urush burjua parlamentarizmiga ham qattiq zarba berdi. Demokratik respublika katta biznesning ojiz va itoatkor ijrochisi sifatida namoyon bo’ldi. «Parlament demokratiyasi» degan tushunchadan ommaning hafsalasi pir bo’ldi. Butun urush davomida bironta ham parlament qonli qirg’inga qarshi norozilik bildirmadi, urushayotgan davlatlar va ularning hukmron doiralari manfaatini himoya qildi.
Urush jarayonida Yevropa davlatlarining iqtisodiy tuzilishida davlat-monopoliya iqtisodiyoti degan yangi tushuncha paydo bo’ldi. Bu davlat tomonidan iqtisodiyotning tartibga solinishi, banklar, xom ashyo taqsimoti va harbiy buyurtmalar ustidan davlat nazorati o’rnatilishini anglatar, ijtimoiy ishlab chiqarishni umumlashtirish tomon tashlangan olg’a qadam edi.
Parlament demokratiyasiga ishonchning yo’qolishi va davlat-monopoliya iqtisodiyotining rivojlanishi Yevropa siyosiy hayotida totalitar g’oyalarning keng tus olishiga yo’l ochdi. Bunda gap hokimiyatning yangi tuzilmalarini yaratish, butun mamlakatni yagona hokimiyat, bir shaxs yoki partiya irodasi ostida birlashtirish va totalitar tuzumlarni qaror toptirish uchun iqtisodiy tayanch boiadigan xo’jalik shakllarini yaratish ustida ketmoqda.
Totalitarizm (lotincha totalis — yalpi) jamiyatning o’ta ekstremist unsurlari tomonidan joriy etildi. Urush dahshatlari ularni hokimiyatni qo’lga olish va davlat hamda xalq ustidan cheklanmagan hukmronlik o’rnatish-ning zo’ravonlik usullarini qoilashga majbur qildi. Barcha totalitar tuzumlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar mavjud edi.
1. Boshqamvning zo'ravonlik usullari. Totalitar tuzumlar tarafdorlarining ta’kidlashicha, dohiyning cheklanmagan hokimiyati xalq ishonchiga tayanadi, go’yo xalq bir kishiga yoki kishilar guruhiga davlatni boshqarish huquqini bergan. Demokratik muassasalar (saylovlar, parlament) ortiqcha deb hisoblanadi.
2. Ishlab chiqarishda qattiq intizom va uyushqoqlikni joriy etish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish borasidagi har qanday talabga urinishni bostirish. Totalitar tuzumlar bunday usullar bilan xo’jalik ravnaqida ma’lum muvajfaqiyatlarga erishar, ammo bu uzoq davom etmasdi.
3. Muxolifatni yoki boshqacha fikrlaydiganlarni bostirishning zo’ravonlik metodlari, siyosiy yoki g’oyaviy raqiblarni jismonan yo 'q qilish yoki cheklab qo 'yish. Totalitar tuzumda shaxs ezilar va o 'z qiyofasini yo'qotar edi.
Qisqacha mazmuni
Birinchi jahon urushida 1914—1917-yillarda ro’y bergan asosiy voqealar va ularning natijalari:
• 1914-yil 4-avgust — Belgiyaga asosiy hujum va uning egallanishi;
• 5—12-sentabr — Marna daryosi bo’yida fransuz va nemis qo’shinlari o’rtasidagi jang, nemis qo’shinlarining mag’lubiyati;
• 1915-yil — Birinchi jahon urushi frontlarida turg’un urush jarayoni;
1915-yil fevral — ingliz-fransuz floti tomonidan Dardanel bo’g’ozidagi turk istehkomlarining bombalanishi. Bu operatsiyaning barbod bo’lishi tufayli U. Cherchill iste’foga chiqarildi;
• 1916-yil 21-fevral — Verden jangining (Fransiya hududi) boshlanishi. 1916-yil 21-dekabrga qadar davom etdi. Har ikki tomondan 100 mingdan ortiq askar halok bo’ldi. Fransiya armiyasi Verden qal'asini saqlab qoldi;
• Ingliz va nemis qo’shinlarining Somma daryosi bo’yidagi jangi (Verdendan 250 km). Tomonlardan hech biri muvaffaqiyat qozonolmadi;
• 1916-yil — bir yillik urush mobaynida 2 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi;
• 1917-yil — urushga 38 davlat jalb etildi. Frontlarda 29 milliondan ortiq askar jang qildi. Jami 74 million kishi safarbar qilindi, 10 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi, 20 milliondan ortiq kishi yaralandi;
• Urushayotgan mamlakatlar moddiy manbalarining zayishi. Ularda iqtisodiy va siyosiy inqirozning boshlanishi. Urush ijtimoiy ziddiyatlarni nihoyatda keskinlashtirib yubordi.
3-§. ROSSIYA 1917-YIL FEVRAL BURJUADEMOKRATIK INQILOBI VA OKTABR TO’NTARISHIDAN KEYIN
1917-yilning fevral oyi oxirida Rossiyada ro’y bergan inqilob Romanovlar sulolasining podshohlik tuzumiga barham berdi. 1917-yil 2-martda podshoh Nikolay II o’z ukasi Mixail foydasiga taxtdan voz kechdi.
Ammo hokimiyatning podshohlik shakliga qarshi noroziliklar tufayli Mixail Romanov bu taklifni qabul qilmadi. Faqatgina Ta’sis majlisi roziligi bilan taxtga vorislik qilishi mumkinligini bildirdi.
Mamlakatda amalda ikki hokimiyatchilik qaror topdi. Hokimiyat burjua partiyalari vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat bilan ishchi va askar deputatlari organi bo’lgan Sovetlar o’rtasida taqsimlangan edi. Ikki hokimiyatchilik — ikki diktaturaning yakka hukmronlik uchun kurashi davri 1917-yilning 1-martidan 2-iyuligacha davom etdi. Muvaqqat hukumat parlamentar monarxiyani e’lon qilish tarafdori edi. Ishchi va askar deputatlari proletariat va dehqonlarning inqilobiy-demokratik diktaturasiga tayanib, demokratik respublika o’rnatish uchun kurash olib borardilar. 1917-yil 4-iyulda Petrogradda ishchilar namoyishining o’qqa tutilishi bilan ikki hokimiyatchilik barham topdi va Muvaqqat hukumat hokimiyati o’rnatildi.
Muvaqqat hukumat asosan o’rta va yirik burjuaziya manfaatlari ifodachisi bo’lgan konstitutsiyaviy demokratlar (kadetlar) partiyasi a’zolaridan tuzilgan edi. Sovetlar sotsialist-inqilobchilar (eserlar) va Rossiya sotsial-demokrat ishchilar partiyasi (RSDRP) tomonidan tashkil etilgan bo’lib, o’sha davrda rahbarlik mensheviklar qo’li da edi. 1917-yilning fevralida bolsheviklar RSDRP ichida kichik bir guruhni tashkil etardi. Rossiya bolsheviklari dohiysi V. Lenin Shveysariyada muhojirlikda yashar, Rossiyadagi inqilobiy voqealar xususida ham gazetalar orqali xabar topgan edi. Germaniya hukumati uni o’z mamlakati va Finlyandiya orqali Petrogradga jo’natishga rozilik berdi.
1917-yilning 3-aprel kuni kechqurun V. Lenin Petrogradga yetib keldi. Rossiyaga kelgan zahoti u mavjud tuzumni «sotsialistik inqilob» yo’li bilan ag’darish dasturini ilgari surdi. Lenin tomonidan qo’yilgan vazifa inqilob yo’li bilan yangi hokimiyat o’rnatish va bu hokimiyat vositasida cheklanmagan huquqlarga ega bo’lgan proletariat diktaturasini qaror toptirish edi. Amalda u bolsheviklar partiyasining mutlaq hukmronligini o’rnatishni, iqtisodiyotda esa barcha korxonalar, zavod va fabrikalarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, shuningdek, yerlami mulkdorlardan olib, dehqonlarga bo’lib berishni nazarda tutar edi.
Davlat hokimiyatining Lenin tomonidan ilgari surilgan proletariat diktaturasi shakli totalitar hokimiyatning yorqin namunasi edi. Lenin shunday deb yozgandi: «Proletariat diktaturasi qonunga emas, ko’pchilikning zohiriy irodasiga emas, balki to’g’ridan-to’g’ri zo’ravonlikka tayanadi. Zo’ravonlik — hokimiyatning qurolidir». Lenin shunday derdi: «Inqilobda eng asosiysi — hokimiyat, u qo 'lga kiritilgach, hech qanday qonunning va ko 'pchilik irodasining hojati yo’q».
Muvaqqat hukumat qiyofasidagi boshqaruvning respublikachi — demokratik shakli hokimiyat tepasida uzoq tura olmadi. Yangi hukumat paytida tuzilgan maxsus nazorat muassasalari faoliyati yirik banklar va korxonalar egalarining zimdan qarshiligi tufayli to’xtab qoldi. Barcha markaziy idoralaming tamomila faoliyat-sizligi kuzatildi, davlat mablag’iarini talon-toroj qilish boshlandi. Natijada mamlakat xo’jaligi tamomila izdan chiqdi. Temir yo’llarda harakat to’xtadi. Fabrikalarga xom ashyo va ko’mir yetkazib berish, shaharlarni non bilan ta’minlash qiyinlashdi. Ommaviy ishsizlik boshlan-di. Rossiya iqtisodiy falokat yoqasida turar edi. Muvaqqat hukumat ochlik va iqtisodiy tanazzulga qarshi hech qanday chora ko’rmadi.
Muvaqqat hukumat vazirlari buning o’rniga urushni g’alabagacha davom ettirish, ittifoqchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish haqida ko’proq gapirar edilar. Yirik banklar va korxonalar egalaridan iborat hukumat o’zining cheklanmagan hokimiyatiga xavf tug’ilishini istamasdi. Chunki urush tufayli ular qurol-yarog’ sotish va pulning qadrsizlanishidan katta foyda ko’rmoqda edilar.
Bolsheviklarning asosiy shiori — «Xalqlarga tinchlik!» — mamlakat aholisining katta qismi tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Xalq urushdan charchagan va boshqa urushishni istamas edi. Mamlakatda Muvaqqat hukumatni ag’darishga qaratilgan harakat boshlandi. Ana shunday targ’ibot ishlari natijasida askarlar frontdan ommaviy shaklda qochib kela boshladilar. Bundan keyin ularni to’xtatishning iloji yo’q edi.
Muvaqqat hukumat o’z ishlarini harbiy muvaffaqiyatlar bilan tuzatib olish umidi bilan 1917-yil iyun oyi boshida qo’shinlarga hujumga o’tish haqida buyruq berdi. Hujum yirik harbiy mag’lubiyat bilan yakunlandi. Petrogradning g’azablangan aholisi 1917-yil 4-iyulda ommaviy namoyishga chiqdi. Unda 500 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Namoyishchilar Muvaqqat hukumatning iste’foga chiqishini va hokimiyatning Sovetlar qo’liga berilishini talab qildilar. Namoyish hukumat qo’shinlari tomonidan bostirildi. Ikki hokimiyatchilik tugatildi, hokimiyat to’laligicha Muvaqqat hukumat qo’liga o’tdi. Hukumatda o’zgarishlar qilindi, mehnatchilar fraksiyasi rahbari A. Kerenskiy (1881-1970) Bosh vazir qilib saylandi.
Iyul namoyishi bostirilganidan so’ng bolsheviklar partiyasining e’tibori va ta’siri anchagina o’sdi. 1917-yil sentabr oyida partiyaning a’zolari soni 300 mingdan ortib ketdi. Bu paytda mamlakat siyosiy hayotining ikki asosiy markazi — Petrograd va Moskva Sovetlari bolsheviklar nazorati ostiga o’tgandi. Amalda mamlakat hokimiyati ularning qo’lida edi. Faqatgina inqilobni yakunlash, Muvaqqat hukumat hokimiyatini ag’darish lozim edi.
1917-yil 25-oktabrda bolsheviklar hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Amalda Peterburgda to’ntarishga qarshi turadigan kuch qolmagan, hech kimning Muvaqqat hukumatni himoya qilish niyati ham yo’q edi. Sovetlarning ikkinchi s'ezdi to’ntarish yakunlanganidan keyin hokimiyatga bolsheviklar partiyasi kelganligini tasdiqladi, yer haqida, tinchlik haqida dekretlar va «Rossiya xalqlari huquqlari deklaratsiyasi»ni qabul qildi.
25-oktabrga o’tar kechasi bolsheviklaming qurolli guruhlari Nikolay va Boltiq vokzallarini, markaziy elektr stansiyasini egalladi. Soat 13 da Muvaqqat hukumat joy-lashgan Mariin saroyi qo’lga kiritildi. Soat 18 da Qishki saroy o’rab olindi va tez orada zabt etildi. Muvaqqat hukumat to’la tarkibda qamoqqa olindi. Harbiy-inqilobiy qo’mita davlat to’ntarishini amalga oshirib, 25-oktabrda hokimiyatni o’z qo’liga oldi.
Rossiyada oktabr to’ntarishidan boshqa yo’l bormidi? Rossiya taraqqiyotning boshqacha yo’lidan ketishi mumkinmidi? Ayrim olimlarning fikricha, agar podshoh hokimiyati burjua-demokratik respublikasi bilan almashtirilganida edi, Rossiya jahonning sanoati eng rivojlangan ikkinchi mamlakati bo’lishi, terror, ommaviy repressiyalar, hayotning past darajasi va axloqiy tanazzul kabi ayanchli qismatdan qutulishi mumkin edi.
Ammo har qanday inqilobiy voqea — uni vujudga keltirgan moddiy va ma’naviy sharoitlarning in'ikosidir. Rossiyada feodal aqidalarning saqlanib qolganligi, shuningdek, burjuaziyaning kuchsizligi, uning siyosiy jihatdan tarqoqligi, eskirgan boshqaruv tizimiga asoslangan avtokratiyaning shafqatsizligi tufayli vaziyat murakkablashgan edi. Rossiyaning eng asosiy nuqsoni iqtisodiyotning xorijiy sarmoyaga qaram bo’lib qolganligi edi. Buyuk imperiya so’nggi Romanovlar hukmronligi davrida yarim mustamlaka edi, deyish mumkin. Rossiya ko’mir konlarining 90 foizi, kimyo sanoatining 50 foizi, mashinasozlik korxonalarining 40 foizi, bank jamg’armalarining 42 foizi G’arb davlatlariga tegishli edi. Milliy sarmoya juda oz, milliy daromad mamlakat ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiy taraqqiyot uchun kamlik qilardi. Milliy daromadning yarmidan ko’pini aholining eng faqir qismi bo’lgan dehqonlardan olinadigan soliqlar tashkil etardi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida barpo etilgan Rossiya temir yo’llari xorijiy sarmoya hisobiga qurilgan edi. 1917-yil oktabr voqealaridan keyin Yevropa sanoatchilari o’z daromadlarini yana Rossiya sanoatiga qayta olib kirishdan manfaatdor emas edilar. Rossiya faqatgina sarmoya to’plash bo’yicha favqulodda choralar ko’rish, qishloq xo’jaligidagi barcha imkoniyatlarni safarbar etish, o’z ishchilarini ekspluatatsiya qilish evaziga sanoat ravnaqiga erishishi mumkin edi. Bolsheviklarning dasturiga ko’ra, iqtisodiy tadbirlarning asosini xorijiy mulklarni natsionalizatsiya qilish, podshoh hukumatining qarzlarini to’lashdan voz kechish va majburiy mehnat tashkil etardi. Tabiiyki, burjua-demokratik hukumat - bularning birortasini ham amalga oshirmagan bo’lur edi.
Ishchilar amalda bolsheviklar partiyasini qo’llab-quvvatladilar. Ammo ular aholining shu qadar oz qismini tashkil etardilarki, Rossiya tarixi jarayoniga hal qiluvchi ta’sirlari haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Ammo ishchilarning 80 foizi Petrograd va Moskvada jamlangan edi. Bu esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Ishchilar eski dunyoni buzish va yangisini qurish ishtiyoqi bilan band edilar. Ular butun jamiyatni sotsiallashtirish, ya’ni barcha ishlab chiqarish vositalarini umumiylashtirish, ishlab chiqarish ustidan ishchi nazorati joriy etish va davlatda o’z hokimiyatlarini o’rnatish niyatida edilar.
Bolsheviklar taktik harakatlar uchun keng imkomyatga ega bo’ldilar. 1918-yil 3-martda Brest-Litovsk shahrida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Shu tariqa inqilobning asosiy shiori «bajarildi». Brest-Litovskdagi tinchlik shartnomasi aslida Germaniyaga taslim bo’lish bilan barobar edi. Ammo Rossiya og’ir va tahqirlovchi bo’lsa-da, uzoq kutilgan tinchlikka erishgan edi. Shartnomaga ko’ra, Rossiyadan Litva, Kurlyandiya, Liflyandiya, Estlyandiya, Belorussiyaning bir qismi ajratib olindi, Kars, Ardaxan va Batumi Turkiyaga berildi. Ukraina va Finlyandiya mustaqil davlatlar deb e’tirof etildi. Rossiya o’zining 780 ming kv. km. hududini yo’qotdi. Rossiya, shuningdek, butun armiyasini darhol tarqatib yuborishi, flotini portlarga qaytarishi va qurolsizlanishi zarur edi.
1916-yilda Rossiya bilan ittifoqchi mamlakatlarning siyosiy doiralarida g’alati bir hujjat paydo bo’ldi. Ittifoqchilar urushdan keyin Rossiyani bo’lib olish haqida yashirincha shartnoma tuzdilar. Reja quyidagicha edi: Rossiya Germaniya bilan urushda magiub boiadi, armiya va flotini yo’qotadi va siyosiy jihatdan kuchsizlanadi. Shundan keyin Germaniya bilan yarashish va birgalikda Rossiyani bo’lib olish mumkin.
Bu paytda Rossiya Germaniya armiyasining katta qismini o’ziga jalb etish uchun so’nggi kuchlarini safarbar etgan, ittifoqchilarni qo’llab-quvvatlash uchun nemislarga qarshi yomon qurollangan, yomon tayyorgarlik ko’rgan polklarni hujumga tashlamoqda edi. Ittifoqchilar esa Rossiyani mag’lub qilish va uni davlat sifatida yo’qotishni mo’ljallamoqda edilar. Ukraina Fransiyaning protektoratiga aylanishi, Kavkaz va Turkiston esa Angliya protektorati bo’lishi ko’zda tutilgandi. Uzoq Sharqqa yaponlar da’vogarlik qilar, amerikaliklar esa Rossiya temir yo’larini egallab olish ishtiyoqida edilar.
Garchi siyosiy dushmanlari sharmandali bitim deb hisoblasa-da, Lenin Germaniya bilan sulh tuzib, Rossiyani milliy falokatdan saqlab qoldi. Oradan 8 oy o’tgach, Germaniyada inqilob ro’y berdi va mazkur shartnoma bekor qilindi.
G’arb davlatlari Rossiyani kuch bilan jangda ushlab turishga ahd qildilar. 1918-yil mart oyida Rossiyaga qarshi intervensiya boshlandi. Murmansk, Arxangelsk, Vladivostok, Sevastopol, Krasnovodsk shaharlariga, Turkiston hududiga desant tushirildi. Interventlar tartibli va shiddat bilan ishga kirishdi. Shunday tasavvur paydo bo’ldiki, go’yo bu harakat oldindan rejalashtirilganu, hamlaga bir ishora kerak bo’lgan xolos. G’arb davlatlarining Rossiyadagi harakatlari mustamlakachilik, bosqinchilik yo’nalishiga ega edi. Ammo qanchalik mantiqqa zid tuyulmasin, mazkur intervensiya bolsheviklarning g’alabasini ta’minladi. Interventlar bilan birga mamlakatga yirik mulkdorlar, fabrika va zavodlarning egalari ham qaytib keldi. Xalq ularning hokimiyatga qaytishini istamas edi. Bolsheviklar xalqni ularga qarshi kurashga chaqirdi va ko’pchilik bolsheviklarni qo’llab-quvvatladi. Siyosat iqtisodiyotdan ustun chiqdi — xalq bolsheviklarning mantiqsiz iqtisodiy yangiliklarini kechirish va ular bilan birga interventlarga qarshi jang qilishga tayyor edi. Urushdan tinkasi qurigan xalq yana qo’liga qurol oldi.
G’arb davlatlari o’zlari istamaan holda o’z harakatlari bilan bolsheviklar tuzumini mustahkamladilar va kuchaytirdilar. AQSh, Angliya, Fransiya va Yaponiya ishtirok etgan chet el intervensiyasi Rossiyada ichki va tashqi qamalni vujudga keltirdi. Mamlakat nonsiz, yoqilg’i va xom ashyosiz qoldi. Bolsheviklar o’z faoliyatla-rini hayot uchun ayovsiz kurashdan boshlashga majbur bo’ldilar. Intervensiyaga «harbiy kommunizm» siyosatida namoyon bo’lgan keskin inqilobiy harakatlar bilan javob berdilar.
Voqelik Leninni sotsialistik jamiyat qurish borasidagi oldingi qarashlarini qayta ko’rib chiqishga majbur qildi. Ehtimol, birinchi bor unda barcha odamlar ehtiyojlariga ko’ra oladigan va imkoniyatlariga ko’ra ishlaydigan yalpi tenglik jamiyati qurish mumkinligiga shubha uyg’ongandir. Nima bo’lganda ham, o’sha paytda Rossiyada bunday jamiyat qurishga urinish chinakam xomxayol edi. Ocharchilikni yengish, ishchilami to’ydirish, chayqovchilikni tugatish, ishchilar sinfini tanazzul va tushkunlikdan qutqarish — inqilobiy hukumat oldida turgan asosiy vazifalar mana shular edi. 1918—1919-yillarda Lenin shu munosabat bilan mamlakat iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining yangi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu kom-munizmga to’g’ri olib borishi kerak bo’lgan «harbiy kommunizm» siyosati edi.
Mazkur konsepsiya asosida mamlakatda don uchun «harbiy yurish» e’lon qilindi. «Temir proletar intizomi» joriy etildi, donni davlatga berishdan yashirgan «kulaklar» ayovsiz jazolandi. 1918-yil may oyida don topish uchun qurolli guruhlar tashkil etildi. Proletar davlati o’z xalqiga zo’ravonlik qildi, mehnat bilan yetishtirgan donini tortib ola boshladi. Ayrim qurolli guruhlar bosqinchilik bilan shug’ullandilar. Ular qishloqlardagi donni tamomila olar, har qanday qarshilikni isyon deb baholab, ayovsiz shaklda bostirar edilar.
Lenin bir qator qatiy chora-tadbirlar vositasida xususiy tijoratni tugatish, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol kommunalari o’rtasida rejali oziq-ovqat almashuvini yo’lga qo’yishni mo’ljallagan edi. Tijoratni rejali, davlat miqyosida tashkil etilgan oziq-ovqat taqsimoti bilan almashtirish ko’zda tutilgandi. Pulni yo’qotish, uning o’rniga omonat daftarchalari, cheklar, jamoat oziq-ovqatini olish huquqini beruvchi qisqa muddatli biletlar joriy etish rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan mazkur siyosatning o’zi ham kommunizm deb ataldi — pulni bekor qilish, xizmatlar, transportda yurish, uy-joyni tekin qilishga urinish uning asosiy belgilari edi.
Lenin, shuningdek, qattiq intizomga asoslangan, omma manfaati uchun mehnatga sadoqatli va «o’zini qurbon qilishga ham hozir» «buyuk mehnat qizil armiyasi»ni yaratish to’g’risida ham so’zlagan edi. 1920-yil yanvarida u endi «mehnat armiyalari» to’g’risida gapira boshladi. Xonavayron bo’lgan, haddan tashqari faqir, ochlik va sovuqdan qiynalgan mamlakatda «mehnat armiyasi» eng dolzarb muammoga aylangan edi. Harbiy kommunizm dasturi barcha iqtisodiy muammolarni zo’ravonlik va inson shaxsini ezish evaziga hal qilishga urinish edi. Bolsheviklar xususiy mulkni zo’ravonlik bilan «jamoa-proletar» mulkiga aylantirishga urindilar.
Ta’sis majlisining tarqatilishi va Brest sulhi shartlari mamlakatdagi siyosiy kuchlarning katta qismida norozilik uyg’otdi. Oziq-ovqat muammosi paydo bo’ldi. Mamlakatdagi bozor munosabatlari izdan chiqqanligi sababli bu muammo ayniqsa shaharlarda ko’zga keskin tashlandi. Bundan tashqari, 1918-yil bahorida qishloqdan donni majburiy olish boshlandi. Favqulodda oziq-ovqat guruhlari qishloqlarga yuborilib, ortiqcha don davlat ixtiyoriga olina boshlandi. Bularning hammasi fuqarolar urushiga sabab bo’ldi. U 1918-yildan 1920-yilgacha davom etdi. Don (Kaledin, Krasnov), Kuban (Denikin), Janubiy Ural (Dutov), Sibir (Semyonov), Qrim (general Vrangel), mamlakat shimoli-g’arbi (general Yudenich) ichki aksilinqilobning asosiy markazlari edi.
Fuqarolar urushi jarayonida Rossiyaning kelgusi taraqqiyot yo’li uchun kurash borardi. Dehqonlarning barcha talablari pirovardida shu shiorlarga borib taqalardi: «Kommunistlarsiz Sovetlar uchun» va «Tijorat erkinligi uchun». Yirik burjuaziya, dvoryanlar va oq armiya rahbariyati cheklangan monarxiyani tiklashga intilardi. «Inqilobiy demokratiya» yo’nalishidagi partiyalar (mensheviklar, eserlar) Rossiyaning demokratiya va erkin ishbilarmonlik yo’lidan rivojlanishi tarafdori edilar. Bolsheviklar esa proletariat diktaturasi asosiga qurilgan «sotsialistik» davlat barpo etishni o’ylardilar.
Fuqarolar urushi bolsheviklar g’alabasi bilan yakunlandi. Chunki ular sovet hokimiyatini himoya qilish uchun ommani birlashtiradigan yangi mafkurani (jahon urushidan chiqish, yer haqidagi Dekretni amalga oshirish, 8 soatli ish kuni joriy etish va hokazo) shakllantirishga muvaffaq bo’ldilar.
Fuqarolar urushi alangasida (1918—1920) mamlakatning shusiz ham kuchsiz bo’lgan sanoati tamomila vayron bo’ldi. Millionlab dehqonlar tirikchilik tashvishida mamlakat bo’ylab yo’lga tushdilar. 1917-yilda barrikadalar qurgan bir necha million ishchi tarqalib ketdi, o’zining uyushgan ijtimoiy va siyosiy kuch sifatini yo’qotdi. Inqilobning g’oyaviy jihatdan eng sodiq tarafdorlari fuqarolar urushida halok bo’ldi, ko’plari yuksak rutbali amaldorlarga aylandi, katta qismi och qolgan shaharlardan qochib ketdi, qolganlari o’zini chayqov bozorlari va tijoratga urdi. Bolsheviklar endi sotsializm qurish uchun kurashning ilg’or qismi deb hisoblangan ishchilarga suyana olmasdilar. Bu hol odat bo’yicha hamon inqilobiy deb atalayotgan yangi tuzumdagi byurokratik inqirozning asosiy sababchisi edi. «Xalq hokimiyati», «demokratiya», «sanoatda ishchi nazorati» kabi tushunchalar quruq shior bo’lib qoldi.
Harbiy kommunizm siyosati iqtisodiyotda va davlat siyosatida salbiy oqibatlarga olib keldi. Buning natijasida sovet hukumati 1921-yil bahorida chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozga duch keldi. Qishloqda boshlangan dehqon qo’zg’olonlari chinakam dehqonlar urushiga aylanib ketdi, uni bostirish uchun yirik harbiy qo’shinlar tashlandi. Turkiston milliy-ozodlik harakati alangasi ichida edi. 1921-yil 2-martda bir paytlar bolsheviklarning tayanch nuqtasi bo’lgan Kronshtadt qo’zg’oldi. Isyonchi dengizchilar partiyani inqilobga xiyonat qilishda, hokimiyatni zo’rlik bilan egallashda ayblab, rus xalqini kommunistlarning hukmronligjga qarshi bosh ko’tarishga chaqirdilar. Partiya ichida ham bo’linish ro’y berdi, markaziy komitet fraksiyalarga ajraldi.
Bular obyektiv voqelik tomonidan bolsheviklarning xomxayoliga qarshi berilgan birinchi ayovsiz dars edi. Dehqon qo’zg’olonlari zolimona tarzda bostirildi, Kronshtadt isyoni tor-mor qilindi, ish tashlaganlar tinchitildi, isyonkor Turkistonning chet bilan aloqasi kesildi. Ammo bolsheviklar rahbariyati zo’ravonlik bilan vaziyatni yaxshilab bo’lmasligini, «harbiy kommunizm» vositasida mamlakatni to’ydirish, kiydirish va isitish mumkin emasligini yaxshi anglar edi. Bu totalitar tuzumning birinchi mag’lubiyati bo’lib, xususan, shiorlar va da’vatlardan ham kuchliroq narsalar borligini, chunonchi, bozor, erkin tijorat, ishlab chiqarish va iste’mol ekanligini yaqqol namoyish etdi.
Shu munosabat bilan 1921-yil mart oyida Lenin bol-sheviklar taktikasida keskin burilish yasadi. Mamlakatda yangi iqtisodiy siyosat (NEP) joriy etildi. Bu siyosat iqtisodiyotning ko’p tarzli bo’lishini e’tirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkni qonunlashtirdi. Konsessiyalar berish vositasida xorijiy sarmoyaning mamlakatga ktiish yo’li ochildi. Mayda tijoratchilaming katta armiyasi paydo bo’ldi. Millionlab kosiblar mamlakat iste’mol mollarining to’rtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi va dehqonlar turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etildi.
Qisqocha mazmuni
1917—1921 -yillarda Rossiya tarixining asosiy voqealari va ularning yakunlari:
• 1917-yil 2-mart — Rossiya podshosi Nikolay II ning taxtdan voz kechishi;
• 1917-yil 1-mart - 2-iyul — Rossiyada Muvaqqat hukumat hamda ishchi, askar va debqon tieputatiari Soveti hokimiyatga keldi. Yakka hokimiyat uchun kurash Muvaqqat hukumat hokimiyatining o’rnatilishi bilan yakunlandi;
• 1918-1920-yillar — Rossiyada fuqarolar urushi. Mamlakat sanoatining tamomila vayron bo’lishi;
• 1919-1920-yillar — harbiy intervensiya va Birinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy vayronlik sharoitida omon qolish vositasi sifatida Rossiyada «harbiy kom-munizm» siyosatining e’lon qilinishi;
• 1918-yil 3-mart— Brest-Litovskda Rossiya bilan Germaniya o’rtasida shartnoma imzolandi. Rossiya hudu-dining bir qismi Germaniya va ittifoqchilari mulkiga aylanishi ko’zda tutilgandi. Keyinroq shartnoma bekor qilindi;
• 1918-yil mart — Yevropa mamlakatlari, shuningdek, AQShning Rossiyaga qarshi bolsheviklar hokimiyatini ag’darib tashfash niyatidagi intervensiyasining bosh-lanishi;
• 1921 -yil — dehqonlaming «harbiy kommunizm» siyosatiga qarshi ommaviy chiqishlari. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga o’tish.
Hujjatlar
Podsho bukumati ichki ishlar vaziri A. D. Protopopovning 1917-yil yozida Muvaqqat hukumat Favqulodda tergov komissiyasiga bergan maiumotidan
Moliya izdan chiqqan, tovar almashlash buzilgan, mamlakat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketgan edi. Mamlakatning butun kuch-qudratini safarbar qiiish zarurati dastlab hokimiyat tomonidan anglab yetilmadi, uni payqamaslik mumkin bo’lmay qolgan paytda esa eski, idoraviy qoliplardan chiqishga kuch topilmadi. Yo’llar tamomila buzilgan bo’lib, iqtisodiy va harbiy vaziyatni favqulodda murakkablashtirib yuborgan edi. 1916-yil qishida yoqilg’i, oziq-ovqat va yem-xashak ortilgan 60 000 vagon qor ostida qolib ketdi. Armiyaga olishlar tufayli qishloqlar huvillab qoldi, dehqonchilik sanoati barbod bo’ldi, ishchi kuchiga ehtiyoj sezildi... Ersiz, aka-ukasiz, farzandlarsiz va hatto o’smirlarsiz qishloq ham baxtsiz edi. Shaharlar och, savdo izdan chiqqan, jazolardan doimiy qo’rquv hukmron... Mahsulot oz, narxlar oshib borar, chayqovchilik keng tus olgan, chinakam kafando’zlik davom etardi... San'at, adabiyot, ilmiy faoliyat tazyiq ostida edi. Ishchilarni askarga, askar-larni ishchiga aylantirishgandi. Armiya charchagan, barcha sohalardagi yetishmovchilik uning ruhini cho’ktirgan edi... Ishlarni tartibga soladigan odam yo’q edi. Garchi hamma joyda buyruq beradigan boshliqlar mavjud bo’lsa-da, yagona tartib yo’q edi. Ijroiya hokimiyati o’rtasidagi yalpi boshboshdoqlik sharoitida boshqacha bo’lishi ham mumkin emasdi...
BREST TINCHLIK SHARTNOMASI
Rossiyaning Germaniya va uning ittifoqchifari bilan 1918-yil 3-martda imzolagan tinchlik shartnomasidan
1-modda
Bir tarafdan Rossiya, ikkinchi tarafdan Germaniya, Avstro-Vengriya, Bolgariya va Turkiya o’rtadagi urush holatiga barham berganliklarini e’lcn qiladilar. Bundan buyon ular o’zaro tinchlik va do’stlikda yashashga ahd qildilar.
2-m o d d a
Ahdlashuvchi tomonlar bir-birlarining hukumatlariga yoki davlat va harbiy nizomlarga qarshi hech qanday targ’ibot-tashviqot olib bormaydilar. Bu majburiyat To’rtlar ittifoqi davlatlari egallab turgan hududlarga ham daxldordir.
3-m o d d a
Ahdlashuvchi tomonlar tarafidan belgilangan chiziqdan g’arbda joylashgan va ilgari Rossiyaga tegishli bo’lgan viloyatlar bundan keyin uning oliy hokimiyati ostida bo’lmaydi.
... Rossiya bu viloyatlarning ichki ishlariga har qanday aralashuvdan voz kechadi. Germaniya va Avstro-Vengriya bu viloyatlarning kelgusi taqdirini ularning aholisi bilan kelishgan holda belgilashni ko’zda tutadilar.
9-m o d d a
Ahdlashuvchi tomonlar o’z harbiy xarajatlari, ya’ni urush olib borishga sarflangan davlat mablag’lari, shuningdek, harbiy zararlar uchun o’zaro to’lovlardan vcz kechadilar.
14-m o d d a
Mazkur tinchlik shartnomasi rasman tasdiqlanadi. Tasdiq yorliqlari eng qisqa muddatda Berlinda almashlanishi zarur. Rossiya hukumati To’rtlar ittifoqi davlatlaridan birining xohishiga ko’ra ikki hafta mobaynida tasdiq yorliqlarini o’zaro almashlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Tinchlik shartnomasi tasdiqlangan ondan kuchga kiradi, chunki uning moddalarida, ilovalarida yoki qo`shimcha shartnomalarda boshqacha fikr bayon qilinmagan.
4-§. BIRINCHI JAHON URUSHINING YAKUNLOVCHI BOSQICHI
Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta mavqyeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd qildi. 1916-yilda Germaniya Sharqiy Yevropani o’z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan foydalanish, o’zining barcha qurolli kuchlarini G’arbiy frontda to’plash imkoniyatini qo’lga kiritgan edi. Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlardan hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyatga erisha olmagan edi. Front chizig’ining har ikki tomonida qazilgan handaqlar Belgiya sohillaridagi Nyu-Port shahridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha cho’zilgandi. Ko’plab qurbonlar berilishi va zaharlovchi moddalar (nemislar tomonidan birinchi marta 1916-yil aprelida Iprda qo’llanilgan) hamda tanklar (inglizlar tomonidan 1916-yil sentabrida Somma daryosi bo’yida qo’llanilgan) singari yangi qurol turlaridan foydalanilishiga qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqiyat qozonish uchun jon-jahdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.
Germaniya qo’mondonligi jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga qaror qiladi. 1918-yil aprel oyida nemis qo’shinlari Antanta mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta qo’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar va Marna daryosi sohillariga chiqdilar. Uzoqqa otadigan to’plar bilan Parijni o’qqa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatini mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi. Mamlakat holdan toygan, armiyaning harbiy ruhi cho’kkan, xalq urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQShdan to’xtovsiz yordam olib turardi. AQSh «shartnomaga qo’shilgan mamlakat» sifatida 1917-yil aprelda urushga kirgan edi. Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo’lib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha front-larda qarshi hujumga o’tdilar va nemis qo’shinlarini bosib olingan Fransiya va Belgiya hududlaridan siqib chiqara boshladilar.
Hujum 1918-yil avgust oyida boshlandi. Germaniyaning G’arbdagi fronti yorib o’tildi va Antanta qo’shinlari uchun Germaniya hududiga yo’l ochildi. Bolqonda, Salonik shahri yaqinlarida ittifoqchilarning ko’p millatli ekspeditsiya korpusi bolgar qo’shinlari mudofaa chizig’ini yorib o’tdi va oktabrda Dunay sohillariga chiqdi. Avstriya qo’shinlari Vitorio Veneto yaqinida 1918-yil sentabrida mag’lubiyatga uchradilar. Germaniya boshchiligidagi To’rtlar ittifoqi harbiy jihatdan mag’lub bo’lib, tarqalib ketdi.
Germaniya oliy qo’mondonligi shundan keyin mag’lubiyatdan qochib qutu-lolmasligini anglab yetdi. Amalda barcha hokimiyatni o’z qo’lida tutgan Germaniya bosh shtabi boshlig’i, general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy magiubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash yo’larini qidira boshladi. Kelajakda magiubiyat mas'uliyati harbiylarga, armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun bu ishni hal qilishga hozir bo’lgan fuqaro shaxslar, diplomat va amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulh tuzilishini talab qilmoqda edi.
Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSh prezidenti Vudro Vilson muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish taklifini qatiyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu talabini qabul qi-lishni va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni yoqlab chiqdi. 1918-yil oktabrda shahzoda Maks Badenskiy hukumati tuzildi. U Germaniya xalqi nomidan muzokaralar olib borishi kerak edi. Ammo Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning avtoritar tartiboti vakili edi.
Tomas Vudro Vilson (1856-1924) - AQSh davlat arbobi. Falsafa doktori, huquq professori, 1912-yil-dan boshlab demokratik partiyadan AQSh preziden-ti. 1916-yilda ikkinchi marta AQSh prezidenti qilib saylangan, 1921-yilgacha bu vazifada turgan.
Erix Lyudendorf (1865—1920) — nemis generali, 1908-yildan boshlab Germaniya armiyasi Bosh shtabining tezkor bo’limi boshligi. Birinchi jahon urushi davrida shtab boshfigi’, so’ngra armiya Bosh qo’mondoni. Yalpi urush va xalq ommasi chiqishlarini ayovsiz bostirish tarafdori.
Bu orada Antanta qo’shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bo’la boshladilar.
1918-yil 4-oktabrda Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslovakiya respublikasi tuzilganligini e’lon qildi.
28-oktabrda Serb, xorvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi (1918-yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina Ukrainaga, Galitsiya Polshaga qo’shilganligini bildirdi.
31-oktabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag’darib tashlandi hamda Avstriya va Vengriya respublikalari e’lon qilindi. Ular Antanta mamlakatlari talab qilgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.
1918-yil 29-sentabrda Bolgariya, 30-oktabrda Turkiya, 3-noyabrda Avstro-Vengriya taslim bo’ldi. 30-oktabrda Turkiya imzolagan yarashuv bitimiga ko’ra, uning qo’shinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi, turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va fransuz boshqaruvi ostiga o’tishi lozim edi.
1918-yil 30-sentabrda Germaniya hukumati AQShga yarashuv bitimi imzolash iltimosi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo’shinlar qo’mondonligi mamlakat harbiy ahvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operatsiyasini boshlash haqida qaror qabul qildi. 30-oktabrda Germaniya harbiy eskadrasi ingliz flotiga hujum qilish haqida buyruq oladi. Dengizchilar uning befoydaligini anglaganlari uchun buyruqqa bo’ysunmaydilar. 3- noyabr kuni Kil shahri por-tida matroslar va askarlarning namoyishJari boshlandi va u tez orada inqilobga aylandi. 9-noyabr kuni Berlinda ham qo’zg’olon boshlandi. Imperator mamlakatni o’z holiga tashlab, chet elga qochib ketdi.
1918-yil 9-noyabr kuni Germaniyada respublika e’lon qilindi. Oradan ikki kun o’tgach, 1918-yil 11-noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompen o’rmoriida, Yevropadagi Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni fransuz marshali Foshning vagon-qarorgohida Germaniya hay'ati o’z hukumati nomidan yarashuv haqidagi, amalda esa Germaniyaning magiubiyati borasidagi bitimni imzoladi.
Germaniya, bitimga ko’ra, o’zining magiubiyatini e’tirof etib, qo’shinlarini bosib olingan hududlardan darhol olib chiqishi, harbiy flotini ittifoqchilar portiga keltirishi, Antanta mamlakatlariga o’z qurol-yarog’lari va harbiy mulkini topshirishi zarur edi.
Germaniyada tartibsizlik hukm surardi. Avstro-Vengriya bir qancha mayda davlatlarga bo’linib ketgan va har birining o’zaro hududiy da’vosi bor edi. Mustamlakalarda ozodlik harakatlari boshlandi va Yevropa jahonning iqtisodiy markazi boimay qoldi. Yevropa mamlakatlarida mavjud tartiblarga qarshi, ijtimoiy va siyosiy islohotlarni, reaksion hukumatlarning iste’fosini, Rossiyadagi intervensiyani to’xtatishni talab etgan kuchli ish tashlash harakati boshlandi. Antanta mamlakatlari urushni shoshilinch tamomlashga, tinchlik bitimi tuzishga majbur bo’ldilar. Niyatlari Germaniya, Avstro-Vengriya, Bolgariya va Turkiyaning harbiy magiubiyati sharoitida jahonning urushdan keyingi qayta tuzilishi bilan yaqindan shug’ullanish edi.
Qisqacha mazmuni
1918-yilda Birinchi jahon urushi frontlaridagi asosiy voqealar va ularning natijalari:
• Avgust — Antanta qo’shinlarining barcha frontlarda qarshi hujumga o’tishi. Germaniya iqtisodiyoti holdan toygan, zaxiralar yo’q;
• Sentabr — To’rtlar ittifoqining tarqalishi. Avstro-Vengriyaning urushdan chiqishi;
• 29-sentabr— Bolgariyaning taslim bo’lishi;
• 30-oktabr - Turkiyaning taslim bo’lishi;
• 3-noyabr — Avstro-Vengriyaning taslim bo’lishi;
• 9-noyabr — Germaniyada noyabr inqilobi. Germaniyaning respublika deb e’lon qilinishi;
• 11-noyabr — Germaniya tomonidan yarashuv bitimining imzolanishi.
5-§. VERSAL TINCHLIK SHARTNOMASI.
BIRINCHI JAHON URUSHI YAKUNLARI
1919-yil yanvar oyida Parijdagi Versal saroyida Antanta ittifoqiga kirgan g’olib mamlakatlar vakillari urushga xulosa yasash va tinchlik shartnomasini imzolash uchun to’plandilar. Tinchlik konferensiyasi ishida 27 mamlakatdan mingdan ortiq delegat ishtirok etdi. Ammo amalda barcha asosiy masalalar besh davlat tomonidan hal qilindi: AQSh (Prezident Vudro VHson), Angliya (Bosh vazir David Lloyd-Jorj), Fransiya (Bosh vazir Jorj Klemanso), Italiya (Bosh vazir Vittorio Orlando), Yaponiya (baron Makino).
Parij tinchlik konferensiyasi bir yil davom etdi (1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha). Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari bir-biriga zid, ko’pincha tamomila qarama-qarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi asosan maxfiy shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo’lib, yangi vaziyatda bu kelishuvlarni amalga oshirib bo’lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko’ra, Rossiya Stambulni olishi va Dardanell bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatishi, buning evaziga Fransiyaning Elzas-Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning Misr ustidan nazoratini e’tirof etishi zarur edi. Ruminiyaga Transilvaniyani berish va’da qilingan, ammo bu Vengriya manfaatlariga mos kelmasdi. Angliya arab xalqlariga Usmonli imperiyasidan chiqish va arab davlatlari tuzishni taklif etdi. Ayni paytda bu taklif Angliya va Fransiyaning Yaqin Sharqni bo’lib olish haqidagi kelishuvlariga zid edi.
Jorj Klemanso (1841—1929) — fransuz davlat arbobi, maMumoti bo’yicha vrach. 1906-yildan — Fransiya Vazirlar kengashi raisi, 1917-yildan — Fransiya Bosh vaziri va ayni paytda harbiy vazir. Mamlakatda diktatorlik tuzumi o’rnatishga urindi. 1920-yildagi saylovlarda mag’lubiyatga uchradi.
Vittoho Emanuele Orlando (1860—1952) — italyan liberal harakati rahbarlaridan biri. 1917—1919-yillarda Italiya Vazirlar mahkamasi raisi. 1925-yildan fashist tuzumiga muxolifatda, 1931-yilda fashist hukumatiga qasamyod qilishdan bosh tortgan.
Devid Uoyd-Jorj (1863-1945) - 1916-1922-yillarda Buyuk Britaniya Bosh vaziri. Liberal partiyaning yirik rahbarlaridan biri.
G’olib mamlakatlarning manfaatlari ham bir-biriga tamomila zid edi. Fransiya Germaniyadan o’zining kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni batamom kuchsizlantiradigan va Yevropada Fransiyaning ustunligini ta’minlaydigan tinchlik o’rnatilishini istar edi. Italiya Adriatika dengizi sohillari va orollarni qo’lga kiritishdan umidvor edi. Angliya o’zining imperiyasi hududlarini kengaytirishni o’ylardi. Yaponiya Osiyoda ustun mavqega erishishni orzu qilardi. AQSh dengizlarda suzish erkinligini ta’minlashni talab etar, shu yo’l bilan o’zining okean floti ustunligidan foydalanishni mo’ljallardi.
Konferensiya qatnashchilarining doimo diqqat markazida turgan muammo «rus masalasi» edi. Bolshevizm g’oyalarining yoyilishi qarshisidagi qo’rquv Versal konfe-rensiyasining qarorlariga ham o’z muhrini bosdi. G’arb mamlakatlari rahbarlari konferensiya boshlangan kundanoq Rossiyaga qarshi intervensiyani tashkil qilish bilan shug’ullandilar. Ular Rossiyadagi bolsheviklar hukumatini yo’qotish o’z mamlakatlaridagi inqilobiy harakatni va Sharqdagi milliy-ozodlik harakatini bostirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi, deb hisoblardilar.
Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Parij tinchlik shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilari bilan alohida-alohida tuzilgan besh ayri shartnomadan iborat edi. 1919-yilning 28-iyunida Versal saroyining Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.
Germaniya va uning ittifoqchilari urush aybdorlari deb e’lon qilindilar. Tabiiyki, ular aybdor sifatida jazolanishlari lozim edi. Germaniyadan dunyodagi eng boy temir konlariga ega bo’lgan Elzas-Lotaringiya ajratib olindi va Fransiyaga berildi. Fransiya, shuningdek, Saar ko’mir konlarini 15 yil davomida ishlatish huquqini qo’lga kiritdi.
Germaniyaning Reyn daryosidan g’arbdagi hududi Fransiya chegaralarigacha, sharqda 50 kilometrgacha harbiylardan xoli zonaga aylantirilishi, Reyn daryosining g’arbiy qirg’og’ida 15 yil mobaynida ittifoqchilarning qo’shinlari turishi zarur, deb belgilandi. Shartnomaga ko’ra, Germaniyada majburiy harbiy xizmat bekor qilinishi, mamlakat suv osti floti, harbiy va dengiz aviatsiyasi taqiqlanishi zarur edi. Ko’ngilli asoslarda shakllanadigan armiyaning askarlari soni 100 mingdan oshmasligi lozim edi. Bosh shtabni tarqatish, harbiy maktablarni yopish, barcha zobitlarni ishdan bo’shatish majburiy qilib qo’yildi. Mavjud qurol-yarog’lar — tank va to’plar, tez otar qurollar Antanta mamlakatlariga topshirildi. Germaniya amalda to’liq qurol-sizlantirildi. Tayinlangan Nazorat komissiyasi shartnoma talablari bajarilishini kuzatib turishi zarur edi.
Mazkur shartnomaga asosan Belgiya Eypen va Malmedi okruglarini oldi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniya ixti-yoriga o’tdi. Polsha Poznan, Yuqori Sileziyaning bir qismi, Pomeraniya, G’arbiy va Sharqiy Prussiya rayonlariga ega bo’ldi. Gdansk Millatlar Ligasi boshqaruvidagi «erkin shahar» deb e’lon qilindi. Polshaning dengizga chiqishini ta’minlaydigan maxsus «yo’lak» ham ajratildi.
Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari asosan Angliya, Fransiya va Belgiya o’rtasida taqsimlandi. Angliya va Fransiya Togo va Kamerunni, Angliya — Tanganikani, Belgiya — Ruanda-Urundi va Namibiyani (Janubi-G’arbiy Afrikani) oldi. Yaponiya Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolin orollarining, shuningdek, Xitoyning Szyao-Chjou viloyati va Shandundagi konsessiyaning sohibi bo’ldi.
Germaniyaga ittifoqchilarning tinch aholisi va ularning mulkiga yetkazilgan zarar uchun tovon to’lash majburiyatini yukladilar. Tovonning umumiy miqdori konferensiyada belgilanmagan bo’lsa-da, Germaniya 1921-yilgacha har yili ittifoqchilarga 5 milhard dollardan to’lab turishi zarur edi. Shundan keyin 30 yil davomida to’lanishi lozim bo’lgan umumiy mablag’ belgilanishi ko’zda tutilgandi. Bunday qarordan ko’proq fransuzlar mamnun edilar. Chunki ularning fikricha, agar Germaniya tovonni to’lab borsa, holdan toyadi va kuchsizlanadi, agar to’lamasa, fransuzlarning bosqinchiligini oqlash uchun asos bo’ladi.
Bu ochiqcha talonchilikni oqlash uchun ittifoqchilar Versal shartnomasiga 231-bandni qo’shdilar. Unda shunday deyilgandi: «Ittifoqchilar va ularga qo’shilgan davlat-lar shuni ta’kidlaydilarki, Germaniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro’y bergan urushda ittifoqchilar va ularga qo’shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun mas'uliyatni Germaniya o’z zimmasiga oladi». Nemislar o’z hududlarining 10 foizini yo’qotdilar, bu hududda millionlab odam yashar, ularning bir necha yuz mingi uyjoysiz qolgan, o’nlab shaharlar vayron qilingan, millionlab odamlar nogiron bo’lib qolgan edi. Bunday vaziyatda ulkan miqdorda tovon to’lash aqlga sig’masdi.
Ammo Germaniyaning boshqa chorasi yo’q edi. U ikki mushkul imkoniyatdan birini tanlashi: qo’yilgan shartlar asosida tinchlikka erishishi yoki urushga kirib, shaksiz mag’lubiyat va inqilobiy tartibsizlik alamini totishi lozim edi. Qolaversa, Germaniya hukumati mag’lub Rossiyaga bundan ham og’ir va tahqirlovchi tinchlik bitimi imzolatilgan Brest-Litovskni yaxshi xotirlardi. Har qalay, Versal shartnomasida bir paytlar Rossiyaga berilmagan ba’zi bir imkoniyatlar mavjud edi. Brest-Litovsk shartnomasiga asosan Rossiya tovonni darhol oltin, oziq-ovqat, xom ashyo bilan to’lashga majbur qilingan bo’lsa, Versal shartnomasida ma’lum vaqt berilgandi. Germaniya hay'ati shartnomani imzoladi.
Parij konferensiyasida Millatlar Ligasi tashkil etildi. Uning nizomi tinchlik shartnomalari matniga ham kiritildi va 44 mamlakat tomonidan imzolandi. Millatlar Ligasi birgalikda xalqaro siyosat olib borish va umum manfaati yo’lida, ayniqsa, urush xavfi tug’ilganda maslahatlashishga rozi bo’lgan mustaqil davlatlaming umumiy organi sifatida rejalashtirilgan edi. Nizomning 16-moddasida agressorga nisbatan iqtisodiy va harbiy jazo choralari qo’llash ko’zda tutilgandi. Liga biror marta ham bu jazo choralarini qoilay olmadi, chunki uning ixtiyorida harbiy kuchlari ham, davlatlar o’rtasida obro’-e’tibori ham yo’q edi. Millatlar Ligasi Konvensiyasida uning a’zolari zimmasiga «barcha a’zolarning hududiy butunligini hurmat qilish va asrash» yuklatilgan edi. Ammo keyingi voqealar shuni ko’rsatdiki, hech kim bu shartlarni chindan ham bajarishga tayyor emas edi. Germaniya va Rossiyaning ligadan chiqarilganligi mazkur xalqaro tashkilotning samaradorligini pasaytirdi, uning faoliyati munozara va muzokaralar bilan cheklanib qoldi.
Urush aybdorlari deb e’tirof etilgan boshqa mamlakatlar bilan ham ayri-ayri shartnomalar imzolandi. 1919-yil 10sentabrda Parij yaqinidagi Sen-Jermen saroyida Avstriya bilan shartnomaga qo’l qo’yildi. Unda sobiq AvstroVengriya yo’q bo’lganligi, Avstriya hududi sezilarli o’zgarishlarga uchraganligi qayd etildi. Janubiy Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o’tdi. Chexiya va Moraviya yangi tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo’shildi. Bukovina Ruminiyaga berildi. Avstriyaga faqat 30 ming kishidan iborat armiyaga ega bo’lish ruxsat etildi, uning floti ittifoqchilar ixtiyoriga berildi, Avstriyaning Germaniya bilan qo’shilishi batamom taqiqlandi.
Bolgariya bilan shartnoma 1919-yil 27-noyabrda Parij yaqinidagi Neyi-syur-Sen shaharchasida imzolandi. Unda Bolgariya qurolli kuchlari soni 20 ming kishi bilan chegaralangan, hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiya foydasiga olib qo’yilgan edi. Bolgariyaga tovon to’lash majburiyati ham yuklatilgandi.
1920-yil 4-iyunda Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan shartnoma imzolandi. Unga ko’ra, Vengriya 35 mingdan ortiq askarga ega bo’lmasligi lozim edi. Ayni paytda tovon to’lashi ko’zda tutilgandi. Xorvatiya, Bachka va Banatning g’arbiy qismi — Yugoslaviyaga, Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi— Ruminiyaga, Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi— Chexoslovakiyaga berildi.
Parij yaqinidagi Sevr shaharchasida 1920-yil 10-avgust-da g’olib davlatlar Turkiya bilan tinchlik shartnomasini imzoiadilar. Unga ko’ra, Turkiya o’ziga qaram hududlar-ning 80 foizini qo’ldan berdi (Falastin, Transiordaniya, Iroq, Suriya, Livan va h. k.). Qora dengizdagi bo’g’ozlar harbiy kuchlardan xoli qilindi, Qora dengizdan uzoq davlatlar undan o’z harbiy kemalarini bemalol o’tkazish huquqini qo’lga kiritdilar. Turkiya hududi Kichik Osiyo yarim oroli va Istanbul (Konstantinopol) shahrini o’z ichiga olgan Yevropadagi ozgina hudud bilan cheklangan edi. Turkiyada yarim mustamlaka tuzumi o’rnatildi.
Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini qayd etgan Versal shartnomalar tartibi shu tariqa shakllandi. Bu tartibning ichida chuqur ziddiyatlar mavjud bo’lib, keyinchalik ular jahon iqtisodiy inqirozlarida, g’olib va mag’lub davlatlar o’rtasidagi nizolarda namoyon bo’ldi.
Shartnomalarning talonchilarcha shaitlari mehnatkashlarning yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushdi. Bu esa ayniqsa Germaniyada qasd olish kayfiyatining yoyilishiga sabab bo’ldi. Germaniya vayron bo’lmagan, u asosan o’zining harbiy-sanoat imkoniyatlarini saqlab qolgan, mamlakat yaxlitligi buzilmagan, hududida bosqinchi qo’shinlar yo’q edi. Germaniya Versal shartnomasini bekor qilish uchun qulay paytni poylardi. Hatto qurolli nizo evaziga bo’lsa-da, uning moddalarini qayta ko’rib chiqishga erishish niyatida edi. Gitler keyinchalik aholining katta qismini o’zining ahmoqona g’oyalari bayrog’i ostida birlashtirgani ham bejiz emas.
Avstro-Vengriya imperiyasi ko’plab mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Davlatlar chegarasida vujudga kelgan boj to’siqlari Yevropa tijoratini izdan chiqardi, xom ashyo manbalarini ishlab chiqarish mintaqalaridan, ishlab chiqaruvchilarni bozorlardan ajratib qo’ydi. Bu esa yangi ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Ziddiyatlar dushmanlikka aylanib, tinchlik shartnomalari tufayli yuzaga kelgan nizolarning yanada kuchayishiga sabab bo’ldi.
Urush paytida ittifoqchi bo’lgan davlatlar o’rtasida murosasiz ziddiyatlar mavjud edi. Eng asosiysi Angliya va Fransiya o’rtasidagi raqobat bo’lib, ularning har biri Yevropa qifasida gegemonlikka intilardi. Fransiya tuzoqqa tushib qolgan, uning taqdiri Angliyaning xayrixohligiga bog’liq bo’hb qolgandi. Angliya bundan keyin uning tarixiy taqdirini belgilay olar edi. Fransiyaning ziddiyatli xalqaro ahvoli ichki hayotiga ham ta’sir ko’rsatgan, o’tkir ijtimoiy va siyosiy nizo butun mamlakatda keskin vaziyatni vujudga keltirgan edi. Buning ustiga AQSh Germaniya harbiy-sanoat majmuasini qayta tiklashga katta mablag’lar sarflab, Fransiyaning sharqiy chegaralarida yangi harbiy devning paydo bo’lishiga, uning hayot-mamot dushmani arvohini qayta tiriltirishga ko’maklashayotgandi. Fransiya shartnomalarning samaradorligi kafolatchisi deb hisoblanardi, ammo Angliya va AQSh siyosati qarshisida bu vazifa uydirma, shartnomalar esa xomxayol bo’lib qoldi.
Rossiya Millatlar Ligasiga kiritilmagan va shartnomalarning tayyorlanishida ishtirok etmagan edi. Ammo uning ishtirokisiz Yevropadagi tinchlik mustahkam bo’la olmasdi. Rossiyani yakkalab qo’yishga urinish sovet davlati rahbariyatida o’ta ekstremist unsurlar diktaturasining kuchayishiga, iqtisodiyotda va siyosatda biqiqlikka sabab bo’ldi. Rossiyaning tashqi siyosatida urushlarning muqarrarligi haqidagi, jahon inqilobini tayyorlash va amalga oshirish-ning zarurligi to’g’risidagi mafkuraviy nazariya hukmron bo’lib qoldi.
AQSh Versal shartnomasini tasdiqlash va Millatlar Ligasiga kirishdan bosh tortdi. Amerika senati shartnomalarda Amerika manfaatlari hisobga olinmagan, deb hisobladi va buning qasdiga boshqa mintaqada — Tinch okeanida yangi tartiblar o’rnatishga qaror qildi. Bu mintaqadagi davlat-lararo munosabatlar 1902-yilda imzolangan ingliz-yapon ittifoqiga ko’ra belgilanardi. Uning yordamida 1905-yilda bu yerdan Rossiya siqib chiqarilgan edi. AQSh Birinchi jahon urushi mobaynida qudratli okean harbiy-dengiz floti qurdi. Flotning katta qismi Tinch okeanida to’plangan edi. Amerika ana shu flot yordamida bu mintaqada yetakchi davlat bo’lishga qaror qildi. Rejaning bosh vazifasi ingliz-yapon ittifoqini yo’qqa chiqarish edi.
AQSh tashabbusi bilan Vashingtonda konferensiya o’tkazildi va u 1921-yilning 12-noyabridan 1922-yilning 6fevraligacha davom etdi. Unda 9 davlat — AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Portugaliya va Xitoy vakillari ishtirok etdilar. Garchi unda ko’tarilgan masalalar bevosita hayotiy manfaatlarga aloqador bo’lsa-da, Sovet Rossiyasi vakillari konferensiyaga taklif etilmadilar.
Konferensiyada bir necha shartnoma imzolandi. Ular ichida eng muhimi to’rt davlat — AQSh, Angliya, Yaponiya va Fransiya o’rtasidagi shartnoma edi. Unda Tinch okeanidagi qaram hududlarning xavfsizligi masalasida qatnashchilarning o’zaro kafolatlari qayd etildi. Natijada 1902-yilgi ingliz-yapon ittifoqi bekor qilindi. AQSh Tinch okeani havzasiga chiqish yo’lini ochdi hamda bu mintaqadagi mamlakatlar va hududlarni ekspluatatsiya qilishda «teng imkoniyatlarga» ega bo’ldi.
Konferensiyada AQShning yana bir g’alabasi «to’qqiz mamlakat shartnomasi» tuzilganligi bo’lib, unda teng imkoniyatlar tamoyili va Xitoydagi «ochiq eshiklar» siyosati o’z ifodasini topgan edi. AQSh endi Xitoyga ham yo’l ochgan, kelgusida yevropalik raqobatchilarni siqib chiqarib, o’z monopoliyalarining hukmronligini o’rnatishni mo’ljallagandi. Shu bilan birga, «beshlar shartnomasi» (AQSh, Angliya, Fransiya, Yaponiya va Italiya) Tinch okeani hudida harbiy kemalar miqdorini chekladi, bu bilan AQSh Angliya imkoniyatlarini tenglashtirdi. Mazkur shartnomaga ko’ra, AQSh va Angliya Yaponiya sohillariga 5 ming km. dan yaqin (aniqrog’i, Singapur bilan Gavay orollari o’rtasida) masofada yangi harbiy dengiz qarorgohlari qurmaslik majburiyatini oldilar. Bu esa ularni Yaponiya hududiga bevosita yaqin bo’lgan suvlarda qulay harbiy qarorgohlar qurishdan mahrum etardi.
Vashington konferensiyasi qarorlari Versal tinchlik shartnomasiga qo’shimcha sifatida Tinch okeanida yangicha «kuchlar muvozanati» uchun asos bo’ldi. Ular AQSh uchun Uzoq Sharqda faol siyosat eshiklarini ochar va bu mintaqada AQSh gegemonligini o’rnatar edi.
Vashington konferensiyasi xalqaro munosabatlarda Versal-Vashington tartibini nihoyasiga yetkazdi.
Qisqacha mazmuni
Versal-Vashington tartibi yaratilishining asosiy bosqichlari:
• 1919-yil yanvar — Versal tinchlik shartnomasining tuzilishi. Birinchi jahon urushi yakunlarining chiqarilishi;
• Xalqaro hamkorlik va xalqlarning xavfsizligi uchun kurash yo’lida birlashgan davlatlar minbari sifatida Millatlar Ligasining tashkil etilishi;
• Avstriya, Bolgariya, Vengriya va Turkiya bilan Versal tartibidagi shartnomalarning imzolanishi;
• AQShning Versal shartnomasini tasdiqlash va Millatlar Ligasiga kirishdan bosh tortishi;
• Vashington konferensiyasi, «to’qqiz davlat shartnomasi»ning imzolanishi. Uzoq Sharq va Tinch okeanida AQSh gegemonligini o’rnatish imkoniyatlarining paydo bo’lishi. Versal-Vashington tartibini yaratishning yakunlanishi;
• Millatlar Ligasi Nizomi (26-modda):
—mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy va siyosiy hamkorlik;
—xalqaro nizolarni hal etishda urushdan vosita sifatida foydalanmaslik;
—agressor mamlakatga qarshi jazo choralarining qo’llanilishi.
YEVROPA VA AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI
BIRINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN
(1919-1929-yillar)
6-§. YEVROPA URUSHDAN KEYINGI BARQARORLIK YO’LIDA
Versal-Vashington tartibining yaratilishi Yevropa mamlakatlarining asosiy muammolarini hal etmadi. Aksincha, eski muammolar yoniga yangilari qo’shildi va ular Birinchi jahon urushidan keyingi dunyoning tarixiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Ayrim malakatlarda ular ko’p jihatdan yangi siyosiy vaziyatning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi, yangi g’oyalar, yangi siyosat va davlat arboblarining, hokimiyatni qo’lga kiritishga intilayotgan yangi siyosiy tashkilotlarning paydo bo’lishiga turtki berdi. Urushdan keyingi dunyo duch kelgan asosiy muammolar quyidagilardan iborat edi.
Birinchi jahon urushida Angliya 750 ming, Fransiya 1,3 mln., Germaniya 2 mln., Rossiya 16 mln. kishi yo’qotdi. 20 mln.dan ortiq kishi yaralandi. Ko’pgina sanoat korxonalari vayron bo’ldi, transport tarmoqlari, konlar yo’q qilindi, ko’plab kemalar cho’ktirildi. Ularni tiklash ko’p mablag’ va vaqt talab etar edi.
Urushdan keyin Yevropa mamlakatlarining ahvoli tub-dan o’zgardi. Agar urushgacha ular jahonning asosiy moliyaviy va kredit markazi bo’lgan va kredit oluvchilar, zayomlar, qimmatli qog’ozlarni tarqatish hisobiga qo’shimcha daromadlar olib turgan bo’lsalar, endi AQShdan qarzdor bo’lib qoldilar. Urush paytida oltin zaxirasining katta qismi AQShga o’tib ketdi. Qo’shma Shtatlar bajonudil qarzga oziq-ovqat, qurol-yarog’, kiyim-kechak, transport vositalari berar, o’z ittifoqchilarining og’ir ahvolidan foydalanib, o’z mollariga istagancha narx belgilar va katta foyda olar edi.
Yevropa qit'asidagi munosabatlarda ham tub (radikal) o’zgarishlar ro’y berdi. Rossiyaning Yevropa iqtisodiy tuzilmalaridan chetlatilishi shakllangan qit'a bozorining izdan chiqishiga sabab bo’ldi. Ilgari Yevropa mamlakatlari Rossiyadan xom ashyo, ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlari olar va bu mahsulotlar bilan aholini hamda sanoatni barqaror ta’minlab turar edi. O’z navbatida, Yevropa moliyachilari va sanoatchilari o’z sarmoyalarini Rossiya iqtisodiyotiga kiritish hamda katta foyda olish imkoniyatiga ega edilar.
Ayni paytda, Avstro-Vengriya imperiyasi yemirilganidan so’ng uning o’rnida katta mamlakatlarga qaram bo’lgan, iqtisodiyoti kuchsiz bir qator kichik davlatlar vujudga keldi. Joriy etilgan kuchli bojxona to’siqlari mollar va sarmoyalarning harakatini qiyinlashtirib qo’ydi. Natijada oldingi Markaziy Yevropa iqtisodiy mintaqasi buzilib ketdi. Bu esa Yevropa iqtisodiy tartiblari mushtarak tizimini zaiflashtirdi.
Urush davrida harbiy sanoat tez sur’atlar bilan rivojlandi, ishchilar sinfining miqdori va uning Yevropa mamlakatlari ijtimoiy tuzilishidagi salmog’i ortdi. Ishchilar sinfining manfaatlarini himoya qiladigan kasaba uyushmalarining ahamiyati kuchaydi. Kasaba uyushmalarining yutuqlaridan biri jamoa shartnomalarining imzolanishi bo’ldi. Korxona egasi endi ishchilar bilan o’zaro munosabatlarning barcha masalalarini faqat kasaba qo’mitasi bilan kelishgan holda hal qila olar edi. Kasaba uyushmalarining roziligisiz oyliklar kamaytirilishi, birorta ham ishchi ishdan bo’shatilishi, mehnat munosabatlariga oid birorta ham yangilik joriy etilishi mumkin emas edi.
Bu Birinchi jahon urushining ijtimoiy sohadagi eng muhim natijalaridan biri edi. Mehnatkashlarning turmush sharoitlari yaxshilandi. Ammo bu uzoq davom etmadi — urushdan keyingi inqiroz va ishsizlik ko’plarni bu yutuqlardan mahrum qildi. Yevropa mamlakatlarida urushdan keyingi davrda ijtimoiy ziddiyatlar yanada kuchaydi.
Urush jahonda siyosiy inqirozga sabab bo’ldi. Urushning talonchilarcha va xalqqa qarshi yo’nalishi keng qarshilik harakatini uyg’otdi. Bu harakat Versal shartnomasidan keyin yanada kuchaydi. Urush jarayonida keng xalq ommasining ongida xomxayollikdan real voqelikka burilish ro’y berdi.
Urush butun jahonni qamrab olgandi. Yevropa va AQSh aholisining ayrim guruhlari foydasi haddan ziyod, xalq ommasining faqirligi esa beqiyos edi. Butun dunyoda xalqlarning noroziligi kuchayib borardi. Urush oxirida u mavjud tuzumlarga qarshi ochiqdan-ochiq chiqishlarga aylandi.
Urush paytida II Internatsional partiyalari va ularning rahbarlari o’z hukumatiarining yonini olib, talonchilik urushida sherikka aylandilar. Ular o’zlarining internatsionalizm tamoyillariga xiyonat qildilar va xalq ommasini «o’z millati» himoyasiga chaqirib, qiillatchilik hamda shovinizm mavqeiga o’tdilar.
Rossiya va Yevropa davlatlari 1918-yil 3-martda Brest-Litovskda Germaniya bilan tinchlik shartnomasi tuzgan Rossiya urushdan chiqdi. U barcha mamlakatlarga urushni demokratik tinchlik bilan, ya’ni hududlarni qo’shib olish va tovonlarsiz, (anneksiya va kontributsiya) tugatish taklifi bilan murojaat qildi. Germaniya bilan imzolangan shartnoma Rossiya xalqlariga uzoq kutilgan tinchlikni olib keldi. Sovet Rossiyasi dunyoni bo’lib olish haqidagi barcha maxfiy shartnomalarni e’lon qildi va ulardan voz kechganini bildirdi.
Jahon urushidan chiqish, yer haqidagi Dekretni amalga oshirish, pomeshchiklarning yerlarini bo’lib berish, 8 soatli ish kuni joriy etish, yillik ta’tillar, kasallik bo’yicha ta’tillar va ijtimoiy himoyaga oid boshqa ko’pgina tadbirlar aholi-ning katta qismini bolsheviklar tomoniga og’dirdi. Bularning hammasi Rossiyaga G’arb davlatlari mehnatkashlarining katta qismi xayrixohligini qozonish imkonini berdi. Ishchilar va ziyolilarning keng qatlami unda o’z ideallarini ro’yobga chiqarish imkoniyatini ko’rdi.
G’arb davlatlari hukmron doiralari o’z mamlakatlarida-gi siyosiy harakatlarning bunday yo’nalishga kirishidan cho’chib qoldilar va bolsheviklar hokimiyatini yo’qotish yo’llarini qidira boshladilar. Ular Rossiyaga qarshi iqtisodiy qamal e’lon qildilar. Rossiya bilan barcha savdo aloqalarini to’xtatib, uning iqtisodiyotini izdan chiqarish, ochlik, ishsizlik tug’dirish, ijtimoiy siyosatini yo’qqa chiqarish, qiyinchiliklarni kuchaytirish niyatida edilar. Bu niyatlari amalga oshmagach, Rossiyaga qarshi harbiy intervensiya boshladilar.
Arxangelsk va Murmansk shaharlariga ingliz va amerikalik, Vladivostokka yapon va amerikalik askarlar tashlandi. O’rta Osiyoga ingliz qo’shinlari bostirib kirdi, Sevastopol va Odessaga fransuz kemalari yuborildi. Hammasi bo’lib intervensiyada 14 xorijiy davlat ishtirok etdi.
Ammo G’arb davlatlari hisob-kitoblari va rejalanning tamoman teskarisi ro’y berdi. Intervensiya rus xalqi vatanparvarlik tuyg’ularining kuchayishiga sabab bo’ldi. Xonavayron bo’lgan Rossiya Antanta intervensiyasini bartaraf etish uchun o’zida kuch topdi. Ko’pgina tarixchilarning fikricha, ayni shu intervensiya rus xalqining bolsheviklar tevaragida jipslashuviga va ular hokimiyatining mustahkamlanishiga yordam berdi. Interventlar Rossiyada monarxiya tuzumini tiklash niyatida edilar. Rossiya aholisining 70 foizini tashkil etuvchi dehqonlar mafkuradan uzoq, shu sababli ular interventlarni qo’llab-quvvatlaydi va bolsheviklar tuzumini ag’darishga yordam beradi, deb o’ylagan edilar. Interventlar Rossiyada monarxiya tuzumini qayta tiklash niyatida edilar, ammo dehqonlar mamlakati chorizmga nafrat bilan qarar edi. Ishchilar va dehqonlardan iborat bo’lgan, yomon qurollangan, yomon kiyintirilgan va tayyorgarlik ko’rgan Qizil armiya Antanta armiyalari bilan janglar olib borishga majbur bo’ldi.
Antanta intervensiyasi Yevropa mamlakatlarida Rossiya himoyasi uchun namoyishlar ko’lamini kengaytirib yubordi. U turli shakllarda namoyon bo’ldi va G’arbiy Yevropadagi siyosiy inqirozni kuchaytirdi. Fransuz ishchilari ish tashladilar, siyosiy namoyishlar va mitinglar o’tkazdilar. 1919-yili Parijda bo’lib o’tgan 1 may namoyishida 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Ko’chalarda barrikadalar paydo bo’ldi, politsiya va askarlar bilan to’qnashuvlar ro’y berdi.
1919— 1920-yillarda Angliyada ham Rossiyaga qilingan intervensiyaga qarshi ommaviy miting va namoyishlar bo’lib o’tdi. Ingliz ishchilari bu mamlakat himoyasi uchun yalpi ish tashlashga hozir ekanliklarini bayon etdilar. Angliyadan Rossiyaga qarshi qurol-yarog’ jo’natishning barcha yo’llari berkitildi. .
AQSHda ham intervensiyaga qarshi harakat boshlandi. Bunda ayniqsa amerikalik ishchilar muhim rol o’ynadilar. Mamlakatning ko’pgina yirik shaharlarida AQSHning intervensiyada ishtirokiga qarshi norozilik mitinglari o’tkazildi. V. Vilson hukumatiga intervensiyani to’xtatish talabi bitilgan murojaatnoma ostiga imzo to’plash kompaniyasi tashkil etildi. Murojaatnomani minglab ishchilarni birlashtirgan 90 kasaba uyushmasi qo’llab-quvvatladi. Intervensiyaga qarshi harakatda Amerikaning taniqli jamoat arboblari faol ishtirok etdilar. Jurnalist Jon Rid Rossiyadagi voqealarga xolisona baho berilgan «Dunyoni titratgan o’n kun» asarini yozdi va nashr ettirdi.
Urush G’arbiy Yevropada inqirozni keltirib chiqardi. Natijada yirik ijtimoiy va siyosiy larzalar uchun sharoit vujudga keldi. Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi ajralish aniq bo’lib qoldi. Navbatda turgan muammo esa har bir mamlakatni mulk egalariga va mulksizlarga, boylarga va kambag’allarga, xalqaro munosabatlarda esa g’oliblar va mag’lublarga bo’lib tashlagan bu ziddiyatni qanday bartaraf qilish masalasi edi. Yevropa mamlakatlari rahbarlari oldida turgan nihoyatda muhim vazifa iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash bo’lib qolgandi.
Birinchi jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlarida vujudga kelgan keskin ijtimoiy ziddiyatlar sharoitida yangi siyosiy kuch — kommunistik partiya paydo bo’ldi. U urush paytida sotsial-demokrat va sotsialist partiyalar o’rtasida ro’y bergan bo’linish zaminida tug’ildi. Unga ishchilarning o’ta ekstremist guruhlari, dehqonlarning bir qismi, kasaba uyushmasi arboblari va demokratik kayfiyatdagi ziyolilarning vakillari kirdilar. Sinfiy kurash, ishchilar sinfining internatsional birdamligi g’oyalari hamda inqilobiy yo’l bilan hukumatni ag’darish, proletariat diktaturasini o’rnatishni o’z siyosatining bosh yo’nalishi qilib olgan va sinfiy kurashni tarixiy taraqqiyotning asosi deb bilgan bolshevizm ularni birlashtirib turar edi. Ularning maqsadi iste’molda yalpi tenglikni ta’minlaydigan jamiyat qurish edi. Keyinchalik amaliyot shuni ko’rsatdiki, bu g’oyalar xomxayoldan boshqa narsa emas ekan.
Qisqacha mazmuni
• Birinchi jahon urushigacha Yevropa mamlakatlari — dunyoning asosiy moliyaviy va kredit markazi;
• Birinchi jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlari AQShning yetakchiligini e’tirof etdilar;
• Birinchi jahon urushi tufayli Yevropa mamlakatlarida ro’y bergan iqtisodiy va siyosiy inqiroz;
• 1918-yil — Yevropa davlatlari tomonidan Rossiyaning iqtisodiy qamal qilinishi va harbiy intervensiyaning boshlanishi;
• Yevropa mamlakatlarida ishchilar vakillaridan iborat bo’lgan va inqilobiy yo’l bilan hokimiyatni egallab, proletariat diktaturasini o’rnatishni maqsad qilib qo’ygan kommunistik partiyalarning tashkil topishi.
7-§. 1918-1929-YILLARDA FRANSIYA
XIX va XX asr chegarasida Fransiyada iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda tub o’zgarishlar ro’y berdi. U dehqonchilik-sanoat mamlakatidan sanoat-dehqonchilik mamlakatiga aylandi. Urush davrida Fransiya sanoati tez sur’atlar bilan rivojlandi. Sanoatning yangi tarmoqlari, yangi metallurgiya korxonalari, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo zavodlari vujudga keldi. Urushdan keyin sanoat rivoji uchun qo’shimcha imkoniyatlar paydo bo’ldi. Elzas va Lotaringiyaning qo’shib olinishi natijasida fransuz metal-lurgiya sanoatining quvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo’yicha Fransiya Yevropada birinchi o’ringa chiqdi. Saar ko’mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 yil davomida ko’mir bilan ta’minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to’la qayta qurish imkonini berdi.
Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar fransuz jamiyatining ijtimoiy tizimi o’zgarishiga ham sabab bo’ldi. Qudratli banklar paydo bo’ldi, «Mirabo», Rotshildlar oilasi, aka-uka Lazarlar, Vorms, Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o’z sarmoyalarini ko’paytirdilar, natijada ularning mamlakat hayotiga ta’siri kuchaydi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida «Reno», «Sitroen», «Pejo», «Simka» kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi.
Ammo mamlakatda katta miqdordagi mayda korxonalar ham saqlanib qolgan bo’lib, ular ham Fransiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega edi. Kichik korxonalar barcha sanoat mahsulotining deyarli 50 foizini ishlab chiqarardi. Qishloqda ham kichik va o’rta hajmli dehqon xo’jaliklari ko’p edi.
Fransuz ishchilari mamlakatda nufuzli siyosiy kuch edilar. Ular uyushgan holda harakat qilar, o’z huquqlari uchun kurashda katta tajriba to’plagan edilar. Ishchilar sinfining asosiy tashkilotlari tez sur’atlar bilan ko’payib bordi. Asosiy kasaba uyushmasi bo’lgan Yalpi Mehnat Konfederatsiyasi (YaMK) a’zolari soni 1920-yilda 2,5 millionga yetdi.
1920-yil 29-dekabrda Fransiya kommunistik partiyasi (FKP) tuzilganligi e’lon qilindi. U 20—30-yillarda so’l kuchlarning demokratiya, tinchlik va ijtimoiy adolat uchun kurashiga boshchilik qildi.
Fransuz burjuaziyasi jamiyatni barqarorlashtirish uchun kurash olib bordi. 1919-yil noyabr oyida Fransiyada urushdan keyingi birinchi parlament saylovlari bo’lib o’tdi. Burjua partiyalari Milliy ittifoq deb nomlangan saylovoldi uyushmasini tuzdilar. Milliy ittifoq bolshevizmga va ijtimoiy tartibsizliklarga qarshi kurash, Versal shartnomasiga qat'iy rioya qilish, ya’ni Germaniyani tovon to’lashga majbur etishni o’z vazifasi deb e’lon qildi.
Aholining katta qismi tomonidan qo’llab-quvvatlangan Milliy ittifoq katta g’alabaga erishib, Milliy majlisda deputatlik o’rinlarining uchdan ikki qismini qo’lga kiritdi. Burjua partiyalari demokratik va ishchi harakatlariga qarshi kurashda qudratli qurolga ega bo’ldilar.
Natija tez orada namoyon bo’ldi. Milliy ittifoqning birinchi hukumati bo’lgan Mileran hukumati ishchilar harakatiga qarshi ayovsiz kurash boshladi. 1920-yil may oyida temiryo’lchilar ish tashlashi bostirildi, unga qatnashganlardan 20 kishi ishdan bo’shatildi. Urush davrida qabul qilingan ijtimoiy islohotlar dasturi birin-ketin yo’q qilindi. Ishchilarga qarshi kurash milliy miqyosdagi surunkali va tinka qurituvchi nizoga aylandi. Bu esa mamlakatda siyosiy beqarorlikka sabab bo’ldi. 14 yil (1919—1933) mobaynida Fransiyada 27 marta hukumat o’zgardi.
Aleksandr Mileran (1859—1943) — fransuz siyosiy arbobi, advokat. 1920-yilda Fransiya prezidenti qilib saylangan. 1924-yilgi saylovlarda yutib chiqqan so’l partiyalar hamkorlik qilishdan voz kechganlaridan so’ng iste’foga chiqdi.
Milliy ittifoq hukumati paytida Fransiya tashqi siyosatining asosiy yo’nalishi mamlakatning Yevropa qit’asidagi ustivor mavqeini mustahkamlash edi. Ana shu maqsadda Fransiya bir qator tadbirlarni amalga oshirdi va ular mamlakatning Yevropadagi mavqeini ancha mustahkamladi. Kichik Antanta deb nomlangan va Chexoslovakiya, Ruminiya hamda Yugoslaviyani o’z ichiga olgan «Sharqiy alyans» tashkil etilgan edi. Fransiya ular bilan harbiy ittifoq tuzdi. Polsha bilan ham shunday ittifoq tuzildi. Bu ittifoqlar ochiqdan-ochiq Germaniya va Rossiyaga qaratilgan edi. Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya 1922-yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik munosabatlar o’rnatish haqida shartnoma tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli iqtisodiy munosabatlar o’rnatish yo’lini ochar edi. Shunday qilib, Germaniya birinchi bo’lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni buzdi. Germaniya va Rossiya o’rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Rapallo degan joyda imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro mavqeini mustahkamladi.
1922-yil yozida Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan qo’llab-quvvatlangan hamda Rapallo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to’lashdan bosh tortdi. Bunga javoban fransuz qo’shinlari 1923-yilning yanvarida nemis iqtisodiyoti ustidan nazorat o’rnatish va Rur viloyatini Germaniyadan ajratib olish maqsadida bu viloyat hududiga kirdilar. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga oshmadi. Germaniya hukumati da’vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko’miri butunlay bormay qoldi. Natijada cho’yan va po’lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar bilan yakunlandi. Fransiyaning Yevropa qit'asida gegemonlik o’rnatish xayollarini butunlay chippakka chiqarish maqsadida AQSh va Buyuk Britaniya Germaniya iqtisodiyotini tiklash va Daues rejasi asosida uning Yevropa siyosiy hayotidagi rolini oshirishga ahd qildilar.
1924-yilgi saylovlarda Milliy - ittifoqdan chiqqan so’l burjua partiyalari, eng avvalo Eduard Errio boshchiligidagi radikallar partiyasi Sotsialist partiya bilan saylov bitimi tuzdi va So’l ittifoqni tashkil etdi. So’l ittifoq o’z dasturida ijtimoiy sohada ijobiy o’zgarishlar qilish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish, Germaniyadan qo’shinlarni olib chiqish va u bilan yarashish, Angliya va AQSh bilan mustahkam aloqalarni tiklashni va’da qilgan edi. So’l ittifoq saylovlarda g’olib chiqdi.
Eduard Errio (1872—1957) — Fransiya radikallar partiyasi rahbari. 1924—1925, 1926 va 1932-yillarda mamlakat Bosh vaziri. Jahondagi barcha mamlakatlar bilan tinch-totuv iqtisodiy va harbiy hamkorlik siyosatini olib bordi.
So’l ittifoq hukumatini Eduard Errio boshqardi. U Rossiya bilan yaqinlashish, xalqaro muammolarni tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori, demokrat va tinchliksevar edi. 1924-yil oktabrida o’ng partiyalarning ashaddiy hamlalariga qaramay Fransiya bilan Rossiya o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi.
So’l ittifoq tashqi siyosatining asosini G’arb davlatlarini yarashtirish va Yevropani birlashtirish tashkil etar edi. Bunday tashqi siyosat olib borilishida o’n to’rt hukumatda uzluksiz tashqi ishlar vaziri bo’lgan Aristid Brianning (1862—1932) xizmati katta bo’ldi. U muzokaralar va arbitraj vositasida Yevropani birlashtirish yo’lini tutdi. Uni hozirgacha «Yevropaning otasi» deb atashadi, uning g’oyalari ikkinchi jahon urushidan keyin birlashgan Yevropani tashkil etish yo’lida ilk qadam bo’lganligini e’tirof etishadi.
So’l ittifoq uzoq davom etmadi. 1925-yilning aprelida sotsialistlarning qo’llab-quvvatlashidan mahrum bo’lgan Eduard Errio hukumati iste’foga chiqdi. So’l ittifoq tarqalib ketdi, o’ng partiyalar esa Milliy majlisda o’zlaricha ko’pchilik ovozga ega emas edilar. Muzokaralar natijasida «Milliy birlik» koalitsion hukumati tuzildi. Unga o’ng partiyalar qatori radikallarning ham bir qancha vakillari kirdi. Hukumatni Raymon Puankare boshqardi.
Raymon Puankare (1860—1934) — fransuz siyosiy arbobi, advokat. Maorif va madaniyat, moliya vaziri lavozimlarida ishlagan, bosh vazir va tashqi ishlar vaziri bo’lgan. 1913—1920-yillarda Fransiya prezidenti bo’lgan.
Puankare inflyatsiyaga qarshi kurash, frankni barqarorlashtirish va iqtisodiy o’sishni ta’minlashni o’z ichki siyosatining muhim vazifasi deb e’lon qildi. Hukumat davlat xarajatlarini qisqartirdi, yangi soliqlar joriy etdi va sanoat korxonalariga imtiyozlar berdi. AQSh va Angliyadan olingan yirik kreditlar hisobiga frank kursi barqarorlashtirildi. 1926-yilga kelib davlat daromadlari urushdan keyin birinchi marta xarajatlardan ortiq bo’ldi. Frank barqaror valyutaga aylandi.
Valyuta-moliya munosabatlarining barqarorlashuvi fransuz iqtisodiyotining umumiy yuksalishi boshlanganidan dalolat edi. Tabiiyki, bu urushdan keyingi inqirozni bartaraf etgan jahon iqtisodiyoti ravnaqining umumiy jarayonlari bilan ham uzviy bogiiq edi. 1925-yilda Fransiya sanoati mahsuloti hajmi birinchi marta urushdan oldingi darajadan ortiq bo’ldi. Oradan besh yil o’tgach, 1930-yilda Fransiyada urushlar oralig’idagi eng yuk-sak sanoat ishlab chiqarishi va savdo hajmi qayd etildi. Fransiya sanoat taraqqiyoti sur’atlari bo’yicha (yiliga o’rtacha 5%) Angliya va Germaniyani ortda qoldirib, AQShga yaqinlashdi. O’nlab yangi yirik zavodlar, elektr stansiyalari, temir yo’llar qurildi. 1924-yildan 1932-yilgacha mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish davri bo’ldi. Bu davr aholi turmushiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Narxlar barqarorlashib, pulning qadrsizlanishi barham topdi. Bu esa hukumatga aholining bir qator qatlamlari ijtimoiy ahvolini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish imkonini berdi. 1926-yilda ishsizlik nafaqasi joriy etildi, keksalik nafaqasi, kasallik, nogironlik va homiladorlikda yordam puli beriladigan bo’ldi.
Qisqacha mazmuni
• XX asr boshlarida mamlakat sanoati texnologik jihatdan tamomila qayta qurildi;
• 1919-yil — Milliy ittifoqning saylovlardagi g’alabasi. Mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy beqarorlik;
• Tashqi siyosatning bosh maqsadi — Yevropadagi o’z mavqeini mustahkamlash. Kichik Antantaning (Chexoslovakiya, Ruminiya, Yugoslaviya, Fransiya) tashkil etilishi;
• 1922-yil — siyosiy inqiroz. Germaniyaning har yilgi tovonni to’lashdan voz kechishi. Fransiya tomonidan Rur viloyatining bosib olinishi;
• 1924-yil — saylovlarda E.Errio boshchiligidagi so’lchilar ittifoqining g’alabasi. Rossiya bilan diplomatik munosabatlarning o’matilishi;
• 1925-yil — R. Puankare boshchiligidagi «Milliy birlik» hukumatining faoliyati. Mamlakat iqtisodiy va siyosiy hayotining barqarorlashuvi.
8 -§. 1918-1929-YILLARDA BUYUK BRITANIYA
Birinchi jahon urushi Buyuk Britaniyaning dunyodagi mavqeini tubdan o’zgartirib yubordi. Bir paytlar jahon sanoat bozorida hukmronlik qilgan Angliya dunyo «sanoat ustaxonasi» rolini to’liq qo’ldan boy berdi. Ingliz mahsulotlarining eksporti kamayib, import ko’paydi. Angliya harbiy xarajatlarni to’lashga majbur edi, shu sababli chet el zayom va kreditlaridan foydalanardi. Natijada Angliya AQShning asosiy qarzdoriga aylandi (urushgacha AQSh uning asosiy qarzdori edi). Buyuk Britaniya qarzdan qutulish uchun o’zining chet ellardagi mulklaridan chorak qismini sotib yuborishga majbur bo’ldi. Davlat subsidiyalari hisobiga eskirgan korxonalarning qo’llab-quvvatlanishi urushdan so’ng ingliz sanoatini texnologik qoloqlikka olib keldi.
Bir paytlar Britaniya sanoatining g’ururi bo’lgan va katta foyda keltirgan sohalarning eskirganligi, ishchi kuchining armiyaga va harbiy korxonalarga jalb qilinishi, xom ashyo yetishmasligi hamda uskunalarning ishdan chiqqanligi tufayli ishlab chiqarish pasayib ketdi. Ko’mir qazib olish, cho’yan ishlab chiqarishning kamayishi, kemasozlikning qisqarishi bu sohalarni ham turg’unlikka olib keldi. Ammo bir paytning o’zida sanoatning yangi sohalari bo’lgan avtomobilsozlik, kimyo, aviatsiya, qurolsozlik va harbiy zavodlarni ta’minlovchi po’lat quyish sohalarida o’sish ro’y berdi.
Urush ingliz monopoliyalari - uchun ulkan foyda manbaiga aylandi. U ingliz iqtisodiyotining barcha kuchlarini jamlashni taqozo etdi. Bu esa o’z navbatida sanoatning va kapitalning birligini kuchaytirdi. Kichik va o’rta korxonalarning majburiy kooperativlashtirilishi hamda banklarning birlashuvi ro’y berdi. Ayni shu jarayonda yirik London banklari — «Lloyd», «Barklay», «Midlend», «Vestminster» va ingliz bankidan iborat «katta beshlik» vujudga keldi. Ularning tasarrufida Angliya pul resurslarining 85 foizi jamlangan edi. Sanoatda oltita yirik monopoliya paydo bo’ldi. Bular «Royyal Datch shell» (neft), «lngliz-Eron neft kompaniyasi» (neft), «Yunilever» (keng iste’mol mahsulotlari), «Imperial kemikl indastriz» (kimyo sanoati), «Danlop rabbers» (kauchuk, rezina) va «Vikkers» (qurol-yarog’) edi. Mazkur olti yirik monopoliya amalda ishlab chiqarishning barcha sohalarida hukmron edi. Beshta eng yirik bank bilan birgalikda ular Angliya ichki va tashqi siyosatining yo’nalishlarini ham belgilardilar.
Urush ingliz mehnatkashlari boshiga cheksiz azob-uqubatlar keltirdi. Urush mobaynida aholining turmush darajasi ancha pasaydi. Ish haqining real darajasi ham pasayib bordi. Deyarli cheklanmagan ish kuni, favqulodda tezkor ish sur’ati, oz ish haqi, yomon uy-joy va maishiy sharoitlar, oziq-ovqatlarning yuqori narxlari o’lim va kasb kasalliklarining yuksak darajada bo’lishiga olib keldi.
Ayni paytda bo’lib o’tgan urush ingliz mehnatkashlari ijtimoiy ongining yuksalishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Urush mamlakat yetakchi siyosiy partiyalari mavqeida katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Liberal partiya o’z mavqeini boy bergan bo’lsa, Konservativ va Leyborist partiyalar o’z mavqelarini mustahkamladilar. Garchi ichki va tashqi siyosat borasidagi qarashlari bir-biridan unchalik farq qilmasa-da, leyboristlar mehnatkashlar ommasining yetakchisiga, konservatorlar esa burjuaziya manfaatlari ifodachisiga aylandi. 1918-yil dekabrida Liberal partiya yetakchisi D. Lloyd-Jorj (1863— 1945) harbiy zafar to’lqinida tezkor saylovlar o’tkazdi. U xalqqa tinchlik, ijtimoiy islohotlar, urush aybdorlarini jazolash va’dalarini berdi. Saylov huquqi berilgan harbiylarning ovozi evaziga g’alaba qozondi. Bu Liberal partiyaning so’nggi muvaffaqiyati edi. D. Lloyd-Jorj hukumati 1922 yilgacha davom etgan bo’lsa-da, ichki va tashqi siyosatda mag’lubiyatga uchradi. Bundan keyin Liberal partiya hech qachon hukumatni boshqarish imkoniyatini qo’lga kiritolmadi.
Irlandiyadagi voqealar Lloyd-Jorjning hokimiyat tepasida qolish umidlarini tamomila puchga chiqardi. 1922-yil 19-oktabrda hukumat koalitsiyasiga kirgan Konservativ partiya yig’ilishida mazkur koalitsiyadan chiqish haqida qaror qabul qilindi. Shu kuni Lloyd-Jorj qirol Georg Beshinchiga (1865—1936) iste’fonomasini topshirdi va u darhol qabul qilindi.
Hukumat o’zgarmadi, faqatgina Bosh vazir lavozimiga Konservativ partiya rahbari Bonar Lou (1858 — 1923) tayinlandi. Ko’p o’tmay u vafot etdi va uning o’rnini Stenli Bolduin egalladi. Bolduin Buyuk Britaniya sanoatini surunkali xastalik — ishsizlik va korxonalarning to’la quvvat bilan ishlamasligidan xalos etmoqchi bo’ldi. Shu maqsadda erkin tijoratni bekor qildi va milliy iqtisodiyotni himoya qilish maqsadida bir qator boj soliqlari joriy etdi. Ammo bu choralar foyda bermadi va ingliz iqtisodiyotidagi turg’unlik 1929-yilgacha davom etdi. Buning ustiga Angliya 1923-yil oxiriga kelib yana iqtisodiy jihatdan boshi berk ko’chaga kirib qoldi. Birorta ham partiya undan chiqish yo’lini topa olmadi. Konservatorlarning boj siyosati ham ko’pchilik siyosiy arboblar tomonidan rad etildi.
Stenli Bolduin (1867—1947) — Buyuk Britaniyaning 1923-1924, 1924-1929, 1935-1937-yillardagi Bosh vaziri. Fashizm bosqiniga qarshi bee’tibor siyosat olib borgan.
Britaniya saylovchilari ham bu siyosatni rad etdilar va 1923-yil dekabrida bo’lib o’tgan saylovlarda konservatorlar parlamentdagi nisbatan ko’pchilik mavqeini boy berdilar. Liberal partiya endilikda muxolif partiya rolini bajara olmas edi. Ikki partiyali tizimda uning o’rnini egallaydigan yangi kuch zarur edi. Qirol Georg Beshinchi 1923-yil 23-dekabrda Leyborist partiyasi rahbari Ramsey Makdonaldga Angliya tarixida birinchi marta leyboristlar hukumatini tuzishni topshirdi.
Ramsey Makdonald (1866—1937) — Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasining asoschisi va liderlaridan biri. 1924 va 1929-1931-yillarda mamlakat Bosh vaziri bo’lgan. 1931—1935-yillarda koalitsion hukumatni boshqargan.
Ammo leyboristlar hukumati saylov kampaniyasi mobaynida va’da qilgan eng juz'iy rejalarini amalga oshira olmadi. 1924-yil 8-oktabrda parlamentda Makdonald hukumatiga ishonchsizlik bildirildi. 29-oktabr kuni esa yangi parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Unda konservatorlar g’alaba qozonib, parlamentda 413 o’rin oldilar (ley-boristlar 151 o’rin, liberallar 40 o’rin oldi).
Liberal partiya o’rnini Leyborist partiya egalladi. Nomiga ko’ra (ingl. Labour — mehnat) u ishchilar partiyasi bo’lsa ham, amalda Buyuk Britaniya hukmron doiralari manfaatlariga javob beruvchi siyosat olib borardi. Ingliz ishchilar sinfi Leyborist partiya siyosatiga ta’sir o’tkazishning samarali vositasiga ega edi. Bu ingliz kasaba uyushmalari (tred-yunionlar) bo’lib, u ishchilar harakatiga yetakchilik qilardi. Urush paytida ingliz kasaba uyushmalarining saflari o’sdi va tashkiliy jihatdan takomillashdi. 1918-yilda Angliya kasaba uyushmalari a’zolari soni 6,5 millionga yetdi (urushgacha 2,5 million edi). Yangi kasaba uyushmalari paydo bo’ldi, ular ishchilarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish uchun yanada faol kurash olib borishni talab eta boshladilar.
Mazkur kuch mamlakat taqdirini keskin burib yuborish qudratiga ega edi. Kasaba uyushmalarida tashkilotchi yangi mahalliy rahbarlar (shop-styuardlar — sex yetakchilari) paydo bo’ldi. Ishchilar harakatini jipslashtirish va tashkiliy jihatdan mustahkamlash uchun harakat kengaya boshladi. 1918-yilda uch eng yirik va nufuzli konchilar, transportchilar va temiryo’lchilar kasaba uyushmalari o’zaro hamkorlik haqida Uchlar ittifoqini tuzdilar. Bu ittifoq umumiy talablar ishlab chiqish va zarur bo’lganda bir paytda ish tashlash maqsadida tashkil etilgan edi.
1918-yil saylovoldi kompaniyasi paytida D. Lloyd-Jorj «mamlakatni jang maydonlaridan qaytayotgan qahramonlarga munosib» qilish to’g’risida ko’p gapirdi. Amalda esa bunday bo’lmadi. 1924-yildan keyingi bir necha yilni hisobga olmaganda, Britaniya iqtisodiyoti butun yigirmanchi yillar mobaynida chuqur tushkunlik (depressiya) holatida bo’ldi. Angliyani urushdan keyingi tiklash rejasi amalga oshmadi. Ishsizlik 10—11 foiz darajada bo’ldi. D. Lloyd-Jorj hukumati ishsizlarga, beva va yetimlarga yordam puli berishni yaxshilaydigan sug’urta siyosati ishlab chiqdi. Ammo ishsizlikni yo’qotadigan darajada ish o’rinlari yarata olmadi.
Lloyd-Jorj hukumati (1918—1922) Angliyaning xalqaro mavqeini saqlab qolishga intildi. U Rossiyaning ichki ishlariga qo’pol ravishda aralashdi. Ingliz qo’shinlari Murmansk va Arxangelsk shaharlariga kiritildi, mahalliy hokimiyat ag’darildi. 1918-yil yozida ingliz qo’shinlari Ashxobod va Boku shaharlarini egalladilar va Kaspiy dengizida o’z flotiyalarini yaratib, dengizdagi barcha qatnovni nazorat ostiga oldilar. Shuningdek, ular Boku-Batumi temir yo’li ustidan nazorat o’rnatdilar, Gruziya, Ozarbayjon va Armanistonda mustaqil hukumatlar tuzilishiga ko’maklashdilar. Angliyaning maqsadi Rossiyani bo’lib yuborish, 1916-yilda Fransiya bilan bitimda qayd etilgan va 1918-yil 13-noyabrda tasdiqlangan hududlar ustidan o’z hukmronligini o’rnatish edi. Angliyaning o’zida Rossiyaga qarshi harbiy yurish xalqning keskin noroziligi va namoyishlariga sabab bo’ldi. Ingliz hukumati qurolli yo’l bilan Rossiya hukumatini yo’q qilishga urinishdan voz kechishga majbur bo’ldi. Bu esa Lloyd-Jorj hukumatiga berilgan og’ir zarba edi.
Ammo Angliya Parij konferensiyasida yirik muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi. Konferensiyada ishlab chiqilgan shartnomaga ko’ra, eng ko’p harbiy o’lja — mustamlaka hududlar unga tegdi. Angliya Fransiyaning Yevropa qit’asida hukmron mavqega erishishiga yo’l qo’ymadi, Tinch okeanidagi o’z mavqeini ham, Yaponiya kabi ittifoqchisini yo’qotish evaziga bo’lsa-da, saqlab qoldi. Umuman, Versal-Vashington tartibining yaratilishi uning nazorati ostida va unga qulay yo’nalishda kechdi.
Angliya strategik jihatdan muhim O’rta Yer dengizi hududida tayanch nuqtasiga ega bo’lishni istar edi. Kipr Angliya tasarrufida bo’lib, Gretsiyani ham o’z ta’sir doirasiga olish O’rta Yer dengizi mintaqasi taqdirida Angliyaning rolini oshirib yuborar edi.
Angliyaning rejalarini Turkiya buzib yubordi. 1920-yilda Izmirning greklar tomonidan bosib olinishi bilan boshlangan grek-turk urushi 1922-yilgacha davom etdi. Angliya Egey dengizining har ikki tomonida Buyuk Gretsiya davlatini yaratish niyatida bo’lgan greklarning da’vosini qo`llab-quvvatladi. Ingliz siyosatining mohiyatini yaxshi tushungan Fransiya va Italiya esa Gretsiyaning kuchayishiga qarshi chiqdilar. Angliya Birinchi jahon urushidan keyin birinchi marta yakkalanib qoldi.
1922-yil 9-sentabrda Muddaniya yaqinidagi jangda grek qo’shinlari tor-mor etildi va turk qo’shinlari Izmirga kirdi. Angliyaning Turkiyaga qarshi urushda yordam so’rab Yugoslaviya va Ruminiyaga qilgan murojaatlaridan natija chiqmadi. U o’ziga qaram davlatlardan ham rad javobi oldi. Birinchi jahon urushida g’alaba qozongan Angliya turk milliy-ozodlik harakati bilan urushda mag’lub bo’ldi.
Grek-turk urushidagi bu mag’lubiyat Lloyd-Jorj hukumatining ham mag’lubiyati edi. Lloyd-Jorjga qarshi matbuotda ayovsiz kompaniya boshlandi. Raqiblari uni «urushni yutib, tinchlikni boy berganlikda» aybladilar. Ammo tashqi siyosatdagi xatolar bilan birga ichki siyosiy muammolar ham talaygina edi. Mamlakat oldida ulkan iqtisodiy qiyinchiliklar turardi. Sanoatning ayrim sohalari izdan chiqqan, ishsizlik ko’payib borardi.
Lloyd-Joij hukumatiga hal qiluvchi zarba Irlandiyada berildi. Urush payti va undan keyin Angliya va Irlandiya o’rtasidagi fojiaviy munosabatlar tarixiga yangi bob qo’shildi. 1914-yilda ingliz parlamenti Irlandiyaga avtonomiya berish haqida bill (qaror) — gomrul qabul qildi. Ammo urush tufayli uni amalga joriy etish kechiktirildi.
Urush cho’zilib ketgach, irland millatchilarining toqati toq bo’ldi va ular Dublinda 1916-yili qo’zg’olon ko’tardilar. Angliya hukumati uni bir hafta ichida bostirdi, ammo qo’zg’olon rahbarlarini qatl etib, katta xatoga yo’l qo’ydi. Irlandiyaliklar nazdida ular milliy-ozodlik uchun halok bo’lgan qahramonlarga aylandilar. Parlamentdagi Irlandiya partiyasi «Shinn feyn» («Yolg’iz o’zimiz») deb nomlangan ekstremistik tashkilotga aylandi.
1918-yilgi saylovlarda «Shinn feyn» ingliz parlamentining irlandiyaliklarga ajratilgan barcha o’rinlarini olib qo’ydi. Irlandiyadan saylangan deputatlar parlament ishida qatnashishdan voz kechdilar va 1919-yil 21-yanvarda o’zlarini mustaqil Irlandiya parlamenti deb e’lon qildilar. «Shinn feyn»ning harbiylashgan qanoti Irlandiya respublikachilar armiyasiga (IRA) aylandi. Asli kelib chiqishi AQShdan bo’lgan Edmon de Vaieri (1882-1975) Irlandiyaning birinchi prezidenti qilib saylandi. Ko’p o’tmay Britaniya armiyasi bilan IRA o’rtasida harbiy harakatlar boshlandi, unda irlandiyaliklar partizan urushining barcha usullarini qo’lladilar. Irlandiyaliklarni «Blek end tans» («qora va qahvarang») nomi bilan mashhur bo’lgan yordamchi otryadlar qo’llab-quvvatladilar. Ikkala tomon ham murosaga kelishni istamadi.
1921-yilda Angliya bilan Irlandiya o’rtasida bo’lib o’tgan yopiq muzokaralar natijasida bitim imzolandi va unga ko’ra Irlandiyaga dominion maqomi berildi.
Bitim imzolanganidan so’ng ko’p o’tmay yana fuqarolar urushi boshlandi. Bu safar Irlandiyaning o’zida, bitimni qo’llab-quvvatlagan mo’'tadil partiyalar bilan Irlandiyaning Britaniya qiroliga qasamyod etishini bekor qilish va to’la mustaqil davlat tuzish tarafdori bo’lgan ekstremistik partiyalar o’rtasida qurolli kurash boshlandi. Faqatgina 1933-yilga kelib Irlandiya parlamenti Britaniya qiroliga qasamyod etish marosimini bekor qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida Irlandiya betaraflik e’lon qildi va 1949-yilda o’z mustaqilligiga erishdi.
Stenli Bolduin 1924-yilda hukumatga qaytib keldi va 1929-yilgacha Bosh vazir bo’lib turdi. Iqtisodiyotdagi turg’unlik hamon bosh muammo bo’lib qolmoqda edi. Ishbilarmonlar va siyosiy arboblar qachonlardir jahon bozorida Britaniya hukmronligining asosi bo’lgan hamda Britaniya sanoatining yuksak foyda olishini ta’minlagan tijorat erkinligini tiklashni talab eta boshladilar. Ammo buning uchun, eng avvalo, ingliz valyutasining (funt sterling) oltin asosini yaratish lozim edi. Faqat shunday tadbirgina ingliz pul tizimining oldingi barqarorligini tiklashi mumkin edi. Ammo hukumat boshqa mamlakatlarning pul birliklariga nisbatan funtning qiymatini yuksak darajada belgilaganligi tufayli ingliz mahsulotlarining narxlari keskin oshib ketdi, natijada ingliz mahsulotlari raqobatga bardosh berolmaydigan bo’lib qoldi. Bu esa turg’unlikni yanada kuchaytirdi va ishsizlikni keskinlashtirdi.
Ingliz sanoatchilari ko’pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan eng so’nggi choraga qo’l urdilar — ishchilarning usiz ham past darajada bo’lgan ish haqini qisqartirishga qaror qildilar. Dastlab ko’mir sanoatidan boshlashga ahd qilindi. Chunki u ingliz sanoatining energetik asosini tashkil etardi. Ko’mir tannarxining pasaytirilishi boshqa sohalarda ish haqini kamaytirmasdan tannarxni pasaytirishga olib kelishi mumkin edi. Ammo konchilarning ish haqini qisqartirishga urinishi barcha ishchilarning keskin noroziligini uyg’otdi. Hukumat konchilarning ish haqi darajasini saqlab turish uchun tog’-kon sanoatiga moddiy yordam berishga qaror qildi. Ammo berilgan moddiy yordam bor-yo’g’i bir yilga yetdi. 1926-yil mayida kon egalari ish haqi pasaytirilishini e’lon qildi. Bunga javoban Tred-yunionlar Bosh kengashi (ingliz kasaba uyushmalarining rahbar organi) barcha ishchilarni yalpi ish tashlashga chaqirdi. 1926-yil 4-mayda Angliyada ishchilarning yalpi ish tashlashi boshlandi. Sanoatning ish tashlagan sohalarida faoliyat tamomila to’xtadi.
Joylarda harakat kengashlari tuzilib, ular amalda hokimiyat organlariga aylandilar. Davlat muassasalari yonidagi namoyishlar ularning ishini qiyinlashtirib qo’ydi. Ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug’ildi. O'sha kunlari turli mamlakatlaming ishchilari ingliz ishchilari bilan birdam ekanliklarini namoyish etdilar. Angliyaga jo’natilishi mo’ljallangan yuklarni ortish to’xtatib qo’yildi. Ish tashlagan ingliz ishchilari jamg’armasiga mablag’lar to’plandi.
Ishchilar o’z harakatlarini g’alabaga qadar davom ettirishga rozi edilar. Ammo ularning yetakchilari— Leyborist partiyasi ijroiya qo’mitasi va Tred-yunionlar Bosh kengashi kurash eng qizigan paytda — 1926-yil 12-mayda uni to’xtatishga qaror qildilar. Konchilar 1926-yil dekabr oyigacha chidadilar, faqatgina barcha imkoniyatlari tugagach, ishga qaytdilar. Angliyaning eng qudratli kasaba uyushmasi— Konchilar federatsiyasi kurashni davom ettirish imkoni yo’qligiga ishonch hosil qilgach, ishchilarni o’z ish joylariga qaytishga da’vat etdi.
Ishchi tashkilotlarining rahbarlari ishchilarning mag’lub bo’lishidan ko’ra, ularning g’alaba qozonishidan ko’proq qo’rqardilar. Chunki bunday kurashning siyosiy nizoga aylanib ketishidan nihoyatda cho’chirdilar. Kasaba uyushmalari rahbarlari Britaniya ijtimoiy-siyosiy tizimining tarkibiy qismiga aylangan va bu tizimni saqlash, Britaniya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlash borasida ko’proq tashvishlanardilar.
Qlsqacha mazmuni
• Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniya «sanoat ustaxonasi» maqomini yo’qotdi va AQShning asosiy qarzdorlaridan biri bo’lib qoldi;
• 1918-yil — sanoat ishlab chiqarishining pasayishi, mahsulot importining ko’payishi;
• Sanoat va sarmoyaning birlashuvi (etti yirik sanoat birlashmasi va besh bank mamlakat ichki va tashqi siyosatini belgilaydi);
• Lloyd-Jorj hukumati (1918—1922). Uning ichki va tashqi siyosati mag’lubiyati. Ishsizlikning ortishi, iqtisodiyotning inqirozi. Rossiyaga qarshi harbiy intervensiyada ishtirok etish, grek-turk urushidagi maglubiyat;
• Gomrul haqida bill (Irlandiyaga muxtoriyat berilishi — 1914-yil). Irlandiya xalqining mustaqillik uchun kurashi. Irlandiyaga dominion maqomining berilishi (1921);
• Stenli Bolduin (1924—1929) boshqaruvi, iqtisodiyotda inqirozning davom etishi;
• 1926-yil — yalpi ish tashlash.
9-§. 1918-1929-YILLARDAGERMANIYA
Urush Gemianiyada yetilib turgan ijtimoiy nizolarni keskinlashtirib yubordi. U german jamiyatining Kayzer boshchiligidagi oliy tabaqasi bilan nemis mehnatkashlari o’rtasidagi mavjud jarlikni yaqqol namoyon qildi.
Urush paytida yirik nemis konsernlari, oliy rutbali harbiylar va Kayzerning yaqinlari boyib ketdiJar. Germaniya urushda 2 milliondan ortiq qurbon berdi. Yaradorlar, asirlar va bedarak yo’qolganlar bilan uning jami yo’qotishi 7,5 million kishini tashkil etdi. Ayni paytda faqatgina Krupp konsernining daromadi 15 marta oshdi.
Fridrix Krupp — XIX asr boshlaridagi Germaniyaning yirik monopofistlaridan biri. U 1811-yilda asos solgan po’lat quyish zavodi XIX asr oxiriga kelib yirik harbiy-metallurgiya konserniga aylandi.
Germaniyaning yirik biznesi urushdan katta foyda oldi, mamlakatdagi qudratli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy kuchga aylandi. Harbiy buyurtmalar va harbiy ishlab chiqarishdagi chayqovchilik amallari nemis monopolistlarini nihoyatda boyitib yubordi, ularning saflarini kengaytirib, hukumat siyosatiga ta’sirini kuchaytirdi.
Mamlakatdagi eng ommaviy va nufuzli kuch bo’lgan Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi bo’lib yuborildi. Unda uch oqim paydo bo’ldi: o’nglar — Ebert, Sheydeman, Bernshteyn, Noske; markazchilar — K. Kautskiy; so’llar — Karl Libknet va Roza Lyuksemburg boshchiligidagi «Spartak» guruhi. o’nglar mamlakatda tartibning saqlanishi va parlamentar respublika o’rnatilishi tarafdori edilar.
«Spartak» guruhi esa Kayzer va hukumatni inqilobiy yo’l bilan ag’darib tashlash, ishchilar rahbarligida sotsialistik jamiyat qurish uchun kurash olib borardi.
1919-yil yanvarida Berlinda inqilobiy harakatlar qonli yakunlandi. Sotsial-demokratik hukumat Berlin ishchilarining chiqishlarini kuch bilan bostirdi. Kommunistik partiyaning rahbarlari Roza Lyuksemburg va Karl Libknext ham o’ldirildi. Bu voqea 1919-yil 15-yanvarda ro’y berdi.
Endi Germaniya hukmron doiralari o’z hokimiyatlarini ochiq shaklda, qiyinchiliksiz yanada mustahkamlash imkoniga ega bo’ldilar. 1919-yil 19-yanvarda bo’lib o’tgan Ta’sis majlisiga saylovlarda ko’pgina burjua partiyalari muvaffaqiyat qozondilar.
Milliy Majlis tomonidan 31-iyulda qabul qilingan va 1919-yil 1-avgustda kuchga kirgan Veymar konstitutsiyasi burjua-demokratik yo’nalishga ega edi. Unda xususiy mulk «muqaddas va daxlsiz» deb e’lon qilindi. 20 yoshdan boshlab erkaklar va ayollar uchun yalpi saylov huquqi joriy etildi, so’z, yig’ilishlar, matbuot erkinligi e’lon qilindi, umumxalq so'rovi (referendum) o’tkazish mo’ljallandi. Hukumat parlamentda ko’p o’rin olgan partiyalar tomonidan tuzilar va parlament oldida mas'ul edi. Kansler prezident tomonidan tayinlanar, ammo parlamentga hisob berardi.
Ikki palatadan iborat bo’lgan qonun chiqanrvchi hokimiyat ta’sis etildi. Quyi palata — Reyxstag yalpi ovoz berish yo’li bilan saylanar, yuqori palata — Reyxsrat o’lka va viloyatlar vakillaridan iborat boiar edi.
Reyxsrat veto huquqiga ega bo’lgan nazorat organi edi. Ijroiya hokimiyati rahbari — prezidentga favqulodda keng vakolatlar berilgandi. U mamlakat qurolli kuchlari Reyxsverning bosh qo’mondoni hisoblanar, chet ellarda davlat nomidan faoliyat olib borar, vazirlar va kanslerni tayinlar va ishdan bo’shatar edi. U reyxstagni tarqatib yuborish va yangi saylovlar belgilash huquqiga ham ega edi.
Reyxsver (nem. Reich — davlat va Wehr — mudofaa) — 1919—1935-yillarda Germaniya qurolli kuchlari. 1919-yilgi Versal tinchlik shartnomasi asosida tashkil etilgan. 1935-yil 16-martda Germaniya bir tomonlama tarzda Versal shartnomasining harbiy moddalarini bekor qildi va yalpi harbiy majburiyatni joriy etdi.
Konstitutsiyaning 48-moddasi prezidentga favqulodda dekretlar chiqarish, ya’ni mamlakatni dekretlar vositasida boshqarish, majburlash choralarini qo’llash, konstitutsiyaning muhim moddalari amaliyotini to’xtatib qo’yish huquqini berar edi. Amalda ijroiya hokimiyati diktatura o’rnatish uchun konstitutsiyaviy asoslarni qo’lga kiritgandi.
Prezident vakolatlari uni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan yuksakka qo’ygan, u reyxstagga ham bog’liq emas edi, chunki yalpi ovoz berish yo’li bilan 7 yilga saylanardi.
Veymar konstitutsiyasi davlatdagi rahbarlik roli burjuaziyaga o’tganligidan dalolat edi. Ammo yirik yer egalari — pomeshchiklar ham o’zlarining kuchli mavqelarini saqlab qolgandilar. Germaniyada e’lon qilingan burjua-demokratik respublikasi burjuaziya siyosiy hukmronligining eng to’liq shakli edi. Veymar konstitutsiyasi burjuaziyaning siyosiy hukmronligini o’rnatgan bo’lsa-da, Germaniya demokratik kuchlarining ham muhim yutug’i bo’ldi.
Sotsial-demokratik partiya rexstagda ko’pchilik o’ringa ega bo`lmasa ham, Germaniya hukmron doiralari hokimiyatni sotsial-demokratlar qo’liga topshirishga qaror qildilar. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) raisi Fridrix Ebert mamlakat prezidenti qilib saylandi, partiya boshqaruvi a’zosi Filipp Sheydeman esa kansler etib tayinlandi.
Fridrix Ebert (1871—1925) — Germaniya siyosiy arbobi. 1912-yildan reyxstag deputati. 1918-yildan reyxskansler. 1918-yilgi Noyabr inqilobini bostirishda ishtirok etgan. 1919-yilda Germaniya prezidenti qilib saylandi.
Filipp Sheydeman (1865-1939) - 1903-1918, 1920—1933-yillarda reyxstag deputati bo’lgan. 1919-yilda Veymar respublikasining birinchi hukumatini boshqardi. Fashist diktaturasi o’rnatilgach, Daniyaga ko’chib o’tdi.
Respublika qurilishi muhokamasi davom etayotgan bir paytda sotsial-demokratlar boshchiligidagi hukumat ikki muhim qadam qo’ydi. Dastlab Bavariya sovet respublikasi tor-mor qilindi. Bu voqea 1919-yil 1-mayda ro’y berdi. So’ngra yangi hukumat vakillari Parijda Versal tinchlik shartnomasini imzoladilar.
Ammo oradan ko’p o’tmay sotsial-demokratlarni Germaniya xalqini aldashda ayblab, Versal shartnomasi bilan bog’liq barcha kulfatlarning sababchisi deb qaray boshladilar. Monarxiyani tiklash tarafdori bo’lgan o’ta o’ng guruhlar ham eski tartiblarning va yo’qotilgan imtiyozlarning qayta tiklanishidan umidvor edilar. Ular 1920-yilning 12-martidan 13-martiga o’tar kechasi reaksion qo’shinlarning qoldiqlariga tayanib, davlat to’ntarishi qilishga urinib ko’rdilar. Prus yunkerlari vakili, monarxiyachi Kapp o’zini kansler deb e’lon qildi va Milliy Majlisni tarqatib yubordi. Hukumat Berlindan qochib ketdi. Ammo 12 million ishchi va xizmatchining Germaniya bo’ylab yalpi ish tashlashi isyonchilarni chekinishga majbur qildi.
1920-yilda yangi konstitutsiya asosida respublikada reyxstagga saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlar sotsial-demokratlar uchun kutilmagan natija bilan yakunlandi. Ular uchun berilgan ovozlar miqdori ikki baravar kamaydi. Ayni paytda konstitutsiyaviy monarxiya e’lon qilish tarafdori bo’lgan partiyalar uchun berilgan ovozlar miqdori keskin oshdi.
Urush bilan bog’liq ulkan sarf-xarajatlar, urushdan keyingi iqtisodiy inqiroz, shuningdek, davlat xarajatlarining bir necha bor o’sishi narxlarning oshishiga va nemis markasi kursining pasayishiga olib keldi.
Germaniya hukumati va ommaviy axborot vositalari pulning qadrsizlanishini va tovon to’lashni bir-biriga bog’lab, inflyatsiyaga asosiy sabab tovon toiash ekanligini uqtirishga urindilar. Ammo bu to’g’ri emas edi. Inflyatsiya Versal shartnomasiga qadar boshlangan, tovon pulining miqdori esa belgilanmagan va muntazam toianmas edi. Tovon pulining birinchi hissasi 1921-yilning yozida to’landi. 1922-yil iyul oyigacha yana bir necha bor arzimas miqdorda hissalar toiandi. Shundan so’ng tovon toianmay qo’ydi. Germaniya rahbarlari qaysarlik bilan «marka kursi barqarorlashganidan keyingina tovon puli toianishi mumkin», deb ta’kidlab keldilar. Markani barqarorlashtirish uchun esa Germaniyaga zayom berilishi va tovon puliga moratoriy e’lon qilinishi zarurligini aytdilar.
Fransiya hukumati Germaniya Versal konferensiyasi qarorlarini bajarmayotganligini e’lon qildi va 1923-yil yanvarida Reyn viloyatini bosib oldi. Bunga javoban Germaniya hukumati tinch qarshilik ko’rsatish yo’lini e’lon qilib, ko’mir qazib olish va jo’natishni to’xtatib qo’ydi. Korxona egalariga va ishchilarga yetkazilgan zarar uchun yordam puli berib turildi. Bu esa, o’z navbatida, inflyat-siyani yanada kuchaytirdi. Ommaviy ishsizlik Rurdan boshlab butun mamlakatga yoyildi, davlat xazinasi bo’shab, soliq tushumlari keskin kamayib ketdi.
Rurdagi nizo Germaniya iqtisodiyotini ogir ahvolga solib qo’ydi. Mamlakatda valyuta chayqovchiligi, yalpi ishsizlik, ochlik va faqirlik avj oldi, ishlab chiqarish izdan chiqdi. Hamma joyda boshboshdoqlik hukmron edi. Yangi inqilobiy toiqin kuchayib borardi. 1923-yil yozi va kuzida Germaniyada ommaviy g’alayonlar va ochlarning isyonlari avj olib ketdi. Avgust oyida bo’lib o’tgan uch kunlik yalpi ish tashlash hukumat iste’fosiga sabab bo’ldi. Tyuringiya va Saksoniyada sotsial-demokratlar va kommunistlar ishtirokida ishchi hukumatlari tuzildi. O’z-o’zini mudofaa ishchi tashkilotlari — qisman qurollangan ishchi guruhlari, nazorat qo’mitalari tashkil etildi. Ko’p joylarda sovetlar vazifasini bajaruvchi harakat qo’mitalari vujudga keldi. 1923-yil oktyabr oyida Gamburg shahrida E. Telman (1886—1944) boshchiligida amalga oshirilgan qurolli qo’zg’olon politsiya tomonidan bostirildi.
Reyn viloyatida Germaniyadan ajralib chiqish va mustaqil Reyn Respublikasi tuzish uchun ayirmachilik harakati avj olib borardi. Unga Kyoln shahri burgomistri, GFRning bo’lajak kansleri Konrad fon Adenauer boshchilik qildi.
1923-yil 8-noyabrda Gitler boshchiligidagi qurolli natsistlar guruhi Bavariyaning amaldagi diktatori tomonidan tashkil etilgan majlis zaliga bostirib kirdi. Adolf Gitler «xalq inqilobi» amalga oshirilganligini e’lon qildi. Ertasi kuni politsiya namoyishga chiqqan natsistlarni tarqatib yubordi. Isyon shu tariqa yakun topdi. 11-noyabr kuni Gitler va Lyudendorf qamoqqa olindi.
Germaniya iqtisodiyotini izdan chiqarish AQSh rejasida yo’q edi. Shu sababli Amerika hukumati vaziyatni o’zgartirishga qaror qildi. AQShning taklifi bilan amerikalik bankir, general Daues boshchiligida ekspertlar komissiyasi tashkil etildi. Komissiya Germaniyaning tovon to’lovlarini tartibga solish rejasini ishlab chiqdi. Uning takliflari 1924-yil 16-iyulda Londonda bo’lib o’tgan mamlakatlar konferensiyasida qabul qilindi.
Daues rejasiga ko’ra Germaniya sanoatini chet el zayomlari va kreditlari yordamida, shuningdek, Germaniya va Rossiya o’rtasidagi savdoni rivojlantirish yo’li bilan tiklash ko’zda tutilgandi. Reja bo’yicha Germaniya 1924—1925 byudjet yilida g’olib davlatlarga oltin bilan 1 milliard marka tovon to’lashi kerak edi. Keyingi yillarda to’lov miqdori yiliga 2,5 milliardgacha ko’payishi ko’zda tutilgandi. Asta-sekin toiovlar kamaytirilib, Germaniya iqtisodiyotining ahvoliga ko’ra amalga oshirilishi moijallangan edi. Bu shart qabul qilingan taqdirda AQSh Fransiyaning qarzlaridan voz kechishini bildirdi. Fransuzlar bu rejani qabul qildilar va 1925-yilda so’nggida fransuz askari Rurdan chiqib ketdi.
Daues rejasi qabul qilingach, Germaniyaga Amerika sarmoyasi to’xtovsiz oqib kela boshladi. AQShda Germaniya sanoatini zaruriy xom ashyo bilan ta’minlovchi qo’shma korxona tashkil etildi. Germaniyaning o’zida ham Amerika kompaniyalari o’z sho’balarini ochib, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqara boshladi. 1925-yildan 1930-yilgacha AQSh Germaniya iqtisodiyotiga 10 milliard dollar sarmoya kiritdi. Bu esa Germaniya iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan yuksalishi uchun zamin yaratdi.
Xorijiy sarmoya yordamida Germaniya sanoatchilari sanoatni tamomila qayta tikladilar va zamonaviylashtirdilar. Sarmoya va ishlab chiqarishni birlashtirish va markazlashtirish tez sur’atlar bilan davom etdi. Germaniyada kimyo, po’lat quyish va boshqa sohalarda ulkan monopol birlashmalar (IG Farbenindustri, «Po’lat tresti» va boshq.) vujudga keldi. 1930-yilda bunday yirik konsernlar soni 2100 taga yetdi. Xo’jalik sohasi, transport, gazeta-jurnallar, kinostudiyalar, ko’ngilochar ermaklar, sport ularning tasarrufida edi. Iqtisodiyot va jamoatchilik fikrini belgilashda ular hal qiluvchi mavqega erishdilar.
Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi. Veymar respublikasi yirik burjuaziyaning boyishi va sanoatning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yaratgan ideal siyosiy ustqurma bo’lib chiqdi. Davlat iqtisodiy yuksalishni faollashtirish maqsadida o’zining byudjet mablagiaridan o’rinli foydalandi.
Veymar respublikasi eski sarmoya sohiblari guruhini boyitibgina qolmay, yangi sanoatchilarning paydo bo’lishiga ham imkoniyat yaratdi. Masalan, 1925-yilda tashkil etilgan «IG Farbenindustri» kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha Yevropadagi eng yirik trestga aylandi. Germaniyaning butun kimyo sanoati uning tasarrufida edi. 1926-yilda tashkil etilgan birlashgan «Po’lat tresti» barcha temir va poiatning 40 foizini, ko’mirning 25 foizini ishlab chiqarardi.
1928-yilda Germaniyada 1913-yilga nisbatan 5 barobar ko’p elektr energiyasi, 7 barobar ko’p avtomobil, 32 barobar ko’p alyuminiy ishlab chiqarildi. Shu yili Germaniya kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi va poiat ishlab chiqarish bo’yicha ikkinchi o’rinni egalladi. 1929-yilda Germaniya 16 mln. tonna poiat ishlab chiqardi (Angliya — 10 mln., Fransiya — 10 mln.), mashinalar eksporti bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni oldi.
Germaniya biznesi iqtisodiy hayotda hukmron mavqega erishdi va endi u mamlakatga o’z irodasini o’tkazishi mumkin edi. Germaniya monopoliyalari o’zlarining siyosiy hukmronliklarini o’rnatishga kirishdilar.
1924-yil may oyida reyxstagga bo’lib o’tgan saylovlarda Veymar koalitsiyasiga kirgan partiyalarning vakillari 11 mln. ovoz oldi. 1924-yil dekabriga kelib ular 18 mln. ovoz oldilar va parlamentda mutlaq ko’pchilik mavqeiga erishdilar. 1925-yilda sotsial-demokratlardan saylangan prezident Ebert vafot etdi. Yangi prezident saylovlarida Birinchi jahon urushida Germaniya armiyasi bosh qo’mondoni bo’lgan, ashaddiy konservativ monarxiyachi, Kayzer monarxiyasining sodiq tarafdori feldmarshal Paul Gindenburg katta farq bilan g’alaba qozondi. Gindenburgning prezident qilib saylanishi mamlakatda reaksion va konservativ kuchlarning ta’siri kuchayib borayotganidan dalolat berar edi.
Gindenburg Paul (1874-1934) - 1925-yildan Germaniya prezidenti, 1914-yildan general-feldmarshal. 1933-yil 30-yanvarda Gitlerga hukumat tuzishni topshirib, hokimiyatni fashistlar qo’liga berib qo’ydi.
Germaniya tarixining 1923-yildan 1929-yilgacha bo’lgan davrini Nemis xalq partiyasi rahbari Shtrezeman davri deb atash mumkin. U 1923-yil avgustidan noyabriga qadar kansler bo’lib turdi, ammo 1929-yilda vafot etguniga qadar bir qancha hukumatlar davrida og’ishmay tashqi ishlar vaziri lavozimini bajardi. Uning dasturi oddiy edi: Germaniya G’arb davlatlari bilan yarashish yo’lini qidiradi, Sharqda esa o’zining azaliy hududlari qaytarib berilishini talab qiladi.
Gustav Shtrezemanning asosiy yutug’i Lokarno bitimi edi. 1925-yil oktabr oyida G. Shtrezemanning taklifiga binoan Angliya (Ostin Chemberlen), Fransiya (Aristid Brian), Germaniya (G. Shtrezeman) va Italiya tashqi ishlar vazirlari Lokarno (Shveysariya) shahrida uchrashdilar. Sobiq dushmanlar muzokaralar stoli atrofida Yevropada yangi tartiblar o’rnatish haqida kelishib oldilar. Fransiya va Germaniya Versalda belgilangan o’zaro chegaralarning qonuniyligi va buzilmasligini tasdiqladilar. Angliya va ltaliya bu bitimning kafolatchisi bo’ldi. Tomonlardan biri shartlarni buzgan taqdirda yoki Germaniya harbiylardan xoli Reyn viloyatiga qo’shin kiritgudek bo’lsa, ular harbiy yo’l bilan tartib o’rnatish majburiyatini oldilar. Bundan tashqari, Fransiya, Belgiya va Germaniya chegarasida Angliya bitimning kafolatchisi sifatida ekspeditsiya korpusini saqlab turishga rozi bo’ldi. Germaniyaning sharqiy chegaralari bo’yicha bunday bitim ishlab chiqilmaganligi sababli bu yo’nalishda u istagan ishini qilishi mumkin edi. Germaniya Millatlar Ligasiga kirishga, Fransiya esa Versal shartnomasida belgilangan muddatdan besh yil oldin, 1930-yilda Reyn viloyatidan o’z qo’shinlarini olib chiqishga rozilik bildirdi.
Ayni paytda Germaniya Versal tartibini yo’qotish va ittifoqchilar nazorati ostidan xalos bo’lishga intilmoqda edi. 1929yilda Daues rejasi Yung (amerikalik yirik bankir, «Jeneral elektrik» kompaniyasi prezidenti) rejasi bilan almashtirildi.
Bu rejaga ko’ra, tovon to’lovlari yanada kamaytirildi, uni tamomila to’xtatish shartlari kiritildi, Germaniya ustidan barcha turdagi xorijiy nazorat va kuzatuv bekor qilindi. Urushdagi mag’lubiyat va Versal shartnomasini imzolaganidan o’n yil keyin Germaniya uning barcha cheklashlarini bartaraf etdi va yana mustaqil, ulkan Yevropa davlatiga aylandi.
Germaniyadagi konservativ kuchlar tashqi siyosat maydonidagi bu yutuqlardan ruhlanib, mamlakatda tartib va barqarorlik o’rnatish talablari bilan chiqdilar. Ularning fikricha, buning uchun hech qanday to’siq bilan cheklanmagan kuchli hokimiyat, shuningdek, mamlakatda kuchli diktatura o’rnata oladigan va demokratiya bilan bogiiq o’yinlarga barham beradigan kuchli shaxs lozim edi. Germaniyaning tojsiz qirollari hisoblangan yirik magnatlar mana shunday kuchli shaxs topilsa, unga butun hokimiyatni topshirishga tayyor edilar.
Germaniyada Veymar respublikasi davrida vujudga kelgan siyosiy va iqtisodiy vaziyat yana bir siyosiy kuchni — o’ta o’ng, reaksion va agressiv o’nalishga ega bo’lgan, Natsional-sotsialistik ishchi partiyasi deb nomlangan fashizm partiyasini shakllantirdi.
U 1919-yilda Myunxen shahrida vujudga keldi va o’sha paytda Germaniya ishchi partiyasi deb ataldi. Adolf Gitler ham unga a’zo bo’lib kirdi. 1920-yil oktyabrida, hali oz sonli ekanligida, Germaniya natsional-sotsialistik ishchi partiyasi (GNSIP) deb nomlandi. O’sha yili partiya rahbari Xorst Vessel o’ldirilgach, uning o’rnini Gitler egalladi.
Adolf Gitler (haqiqiy familiyasi Shiklgruber) 1889-yilda Vena shahrida avstriyalik kichik bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. U rassom bo’lishni orzu qilgan bo’lsa-da, otasi vafot etganidan so’ng tayinlangan yetimlar uchun nafaqa talim olishi uchun kamlik qildi. U plakatlar chizib, tirikchilik o’tkazdi.
Natsistlar partiyasi rahbarligini egallagach, Gitler marksizmni yo’qotish, Versal shartnomasini bekor qilish uchun kurashni partiyaning rasmiy siyosiy strategiyasiga aylantirdi. o’sha yili partiya oq doira ichiga qora svastika rasmi tushirilgan bayroqlar bilan ommaviy namoyishlar o’tkaza boshladi.
Natsional-sotsialistlar 25 banddan iborat partiya dasturini qabul qildilar. Dasturda Versal shartnomasini bekor qilish, Avstriya va Germaniyani birlashtirish, yahudiylami nemis fuqaroligidan mahrum etish, agrar islohotlar o’tkazish, yer-mulk chayqovchiligini taqiqlash, harbiy daromadlarni musodara qilish, ulkan kartellar ustidan davlat nazorati o’rnatish, yirik universal magazinlarni tugatib, ularning o’rniga kichik do’konlar qurish kabi bandlar bor edi.
Natsistlar, shuningdek, nafaqalarni ko’paytirish, barcha uchun yetarli turmush sharoitlari yaratish, onalik va bolalikni himoya qilish, barcha fuqarolarning huquq va majburiyatlarda tengligi, bolalar mehnatini taqiqlash va sportni rivojlantirish kabi va’dalarni ham unutmagan edilar. Ammo asosiysi dasturning tashqi siyosat qismida edi. U ochiqdan-ochiq agressiv va ig’vogarona ruhda bitilgandi.
Natsistlar dasturi barcha nemislarni bir davlatda— Buyuk Germaniyada birlashtirishni talab etardi. Bu esa nemislar yashaydigan hududlarni — Chexoslovakiya, Avstriya, Polshaning bir qismi, Belgiya, Gollandiya, Boltiqbo’yini Germaniyaga qo’shib olishni bildirardi. Dasturda «yerlar» va «mustamlakalar» zarurligi ilgari surilib, ular go’yo Germaniya aholisini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va ortiqcha aholini joylashtirish uchun lozim bo’lishi ko’rsatilgan edi. AQSh ham, Angliya va Fransiya ham bunga e’tibor bermadi va fashistlarga jiddiy yondoshmadi.
1923-yilda yirik sanoatchi G. Stinnesning mablag’iga fashizm yo’nalishidagi «Fyolkisher Beobaxter» kundalik gazetasi tashkil etildi. Natsizm dasturini va ularning shakllangan mafkurasini targ’ib qiluvchi boshqa davriy nashrlar ham chiqa boshladi. Hujumkor guruhlar (HG) tashkil etildi. Bu harbiylashtirilgan tashkilotlar o’z a’zolarini oziq-ovqat va kiyim bilan ta’miinlar edi. Keyinchalik ularga ma’lum miqdorda pul ham bera boshladi. 1924-yilda bu tashkilotlar a’zolari o’zlarining jigarrang askarlik kiyimlarini kiyib oldilar. Hujumkor guruhlaming vazifasi «natsional-sotsializm dushmanlarini» jismonan yo’q qilish edi. Ular mamlakatda avj olgan terror va dahshatning asosiy quroliga aylandilar.
1923-yilda Gitler hokimiyatga kelishga tayyor ekanligini ko’rsatib qo’ymoqchi bo’ldi. 1923-yil 9-noyabrda u Bavariyada davlat to’ntarishi qilishga urindi, hukumat ag’darilganligini e’lon qildi. Bir guruh tarafdorlari bilan Berlinga yurish boshladi. Ammo fashistlarning gali hali kelmagan, qonuniy tuzum hamon kuchli edi. Gitler va uning tarafdorlari qamoqqa olindi. U 13 oy qamoqda yotib, fashizm mafkurasining bosh asari bo’lgan «Mayn kampf» («Mening kurashim») kitobini yozdi.
Shunday qilib, Germaniyada mamlakatning urushdan oldingi holatini tiklashni talab etish bilan cheklanmay, ochiqdan-ochiq mustamlakalar va hududlarga da’vogarligini bayon etgan, faqat dunyoviy hukmronlik sharoitidagina amalga oshirish mumkin bo’lgan talablami ilgari surgan siyosiy partiya paydo bo’ldi.
Qisqacha mazmuni
• Birinchi jahon urushi yillarida yirik nemis sanoatchilari nihoyatda boyib ketdilar;
• 1919-yil 11-avgust — Veymar konstitutsiyasi qabul qilindi;
• 1919-yil — Fridrix Ebert mamlakat prezidenti qilib saylandi;
• 20-yillar — ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi. Inflyatsiyaning o’sishi, yalpi ishsizlik, iqtisodiyotning inqirozi;
• Daues rejasi (1924-yildan boshlab) bo’yicha Germaniyaga AQSh kreditlari va zayomlarining berilishi;
• Zayomlar hisobiga sanoatning qayta tiklanishi va zamonaviylashtirilishi;
• 1923—1929-yillar — Shtrezeman hukmronligi yillarida tashqi siyosat;
• 1929-yil — Versal shartnomasi tomonidan belgilangan cheklashlarning to’la bekor qilinishi; Natsional-sotsialistik partiya faoliyati va fashizm mafkurasining mamlakatdagi targ’iboti. Hujumkor guruhlarning (HG) tashkil etilishi.
10-§. 1918-1929-YILLARDA ITALIYA
Birinchi jahon urushida Antanta tomonida ishtirok etgan Italiyada anchagina o’zgarishlar ro’y berdi. Harbiy buyurtmalar og’ir sanoatning rivojlanishiga, yengil sanoatning bir qadar jonlanishiga sabab bo’ldi. Italiya garchi sanoat taraqqiyoti jihatidan rivojlangan industrial davlatlar darajasiga yetmagan bo’lsa-da, agrar mamlakatdan industrial-agrar mamlakatga aylandi.
Italiyada mamlakat iqtisodiy hayotida muhim o’rin tutgan, sanoatni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan yirik sanoat monopoliyalari shakllandi. «Fiat», «Breda», «SNIA», «Ilva», «Terni», «Arsa» va «Montekatini» kabi iqtisodiy gigantlar Italiya sanoatining o’zagini tashkil etgan avtomobilsozlik, qora metallurgiya, konchilik va kimyo sanoatida hukmron mavqega erishdilar. Ayni paytda umumiy soni 120 mingga yetgan kichik korxonalar ham mamlakat iqtisodiy hayotida katta o’rin egallardi. Ularda 800 mingdan ortiq ishchi ishlardi.
Italiya iqtisodiyotining o’ziga xos jihatlaridan biri qishloq xo’jaligining nihoyatda qoloq ekanligi edi. 40 ming yirik zamindor 10 mln. gektar yerga ega bo’lsa, 2,5 mln. dehqonning bor-yo’g’i 6 mln. gektar yeri bor edi. Dehqonlarning yarmi yersiz bo’lib, yirik zamindorlardan dala ijara olishga majbur qilingandi. Ijara uchun dehqon hosilning yarmini berardi. Qishloq xo’jaligida chorikor — dehqon asosiy kuch edi. Italiya janubi, Sitsiliya hamda Sardiniya orollari ayniqsa qoloq edi. Bu yerda 10 ming gektardan ortiq yerga ega bo’lgan zamindorlar saqlanib qolgandi.
Italiya iqtisodiyoti katta harbiy xarajatlarni ko’tara olmadi. Ichki davlat qarzlari to’rt yil ichida uch barobar ko’paydi. Bundan tashqari, Italiya o’z ittifoqchilaridan ham anchagina qarzdor bo’lib qoldi. Natijada soliqlar keskin oshib ketdi, pul qadrsizlandi. Pulning qiymati 1920-yilning oxiriga kelib 1914-yilga nisbatan besh barobar pasaydi. Birinchi ehtiyoj mahsulotlarining narxi dahshatli tarzda o’sib bordi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda ro’y bergan ocharchilik mamlakat aholisi boshiga ko’p kulfatlar keltirdi.
Boshqa Yevropa mamlakatlarida bo’lganidek, Italiyada ham urush ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlarni nihoyatda keskinlashtirib yubordi. Urushga qarshi kayfiyatlar kuchayib bordi, mag’lubiyat tuyg’usi paydo bo’ldi.
1916-yilda Antanta mamlakatlari bilan imzolangan maxfiy bitimga asosan Italiya bir qator hududlarni o’ziga qo’shib olish maqsadida urushga kirgan edi. Ammo Parij tinchlik konferensiyasida Angliya va Fransiya o’z va’dalarini bajarishdan bosh tortdilar. Italiya faqat Janubiy Tirol va Adriatika sohilidagi Triest portini olishga muyassar bo’ldi. Bundan boshqa talablari rad etildi. Italiya «g’oliblar ichidagi mag’lub» vaziyatida edi. Urushning bunday yakunlanishi mamlakatdagi siyosiy inqirozni yanada chuqurlashtirib yubordi. 1919-yil kuziga kelib mamlakatdagi vaziyat nihoyatda keskin tus oldi.
Urushdan keyin Italiyada ro’y bergan o’tkir siyosiy kurashda liberal islohotlar o’tkazishga qodir va siyosiy inqirozni Germaniyadagi Veymar respublikasi singari burjua-demokratik tuzumini o’rnatish bilan hal etadigan yetakchi siyosiy partiya yo’q edi.
1919-yilda katoliklarning ommaviy harakati asosida Xalq partiyasi («Popolari») tashkil etildi. Yirik sarmoya vakillari, yer egalari, cherkov xizmatchilari va mamlakat aholisining bir qismi mazkur partiyaga qo’shildi. Bu unga xalqchil partiya ko’rinishini berdi. Partiya dasturidagi ikki band uning saflariga mehnatkashlarning anchagina qismini va eng avvalo, dehqonlarni jalb etdi. Dasturda zamindorlarning bir qism yerini mablag’ hisobiga olib, uni dehqonlarga bo’lib berish, shuningdek, mehnat uchun adolatli haq to’lash va’da qilingan edi. Ammo Xalq partiyasi siyosiy hayotda sezilarli o’rin egallay olmadi.
1919—1920-yillar Italiya tarixiga «qizil ikki yillik» sifatida kirdi. Kasaba uyushmalari rahbarligida bu yillarda misli ko’rilmagan miqyosda ish tashlashlar, narx-navoning oshishiga qarshi ommaviy chiqishlar bo’lib o’tdi.
1920-yilda kurash o’z cho’qqisiga chiqdi. lsh tashlashlarda 2,5 mln. kishi qatnashdi. Shimoliy Italiyada ishchilar zavod va fabrikalarni egallab olib, uch hafta mobaynida o’z nazoratlari ostida ushlab turdilar. Ular ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydilar, barcha yirik korxonalarni muhofaza ostiga olgan Qizil gvardiya tuzdilar. Armiya o’z betarafligini e’lon qilgach, hukumat uni xalqqa qarshi yuborishga botinmadi. Dehqonlar va shahar aholisi ishchilarga xayrixohlik bilan qarab, yaqindan yordam berdi.
Hukumat va korxona egalari jiddiy yon berishlarga majbur bo’ldilar. 8 soatli ish kuni qonunlashtirib qo’yildi, narxlarning o’sishini kompensatsiya qilish maqsadida ish haqiga qo’shimchalar e’lon qilindi. Chorikorlar tashkilotlari zamindorlarni ishga yollashning qulay shartlariga ko’ndirdilar. Parlament mamlakat janubidagi dehqonlar tomonidan egallangan yerlarning bir qismini qonunlashtirib berdi.
1920-yil kuzida Italiya mehnatkashlari hokimiyat tepasiga kelish imkoniyatiga ega edilar. Ammo ommaviy xalq harakatini uyushtiradigan va aniq maqsadga yo’naltiradigan kuch topilmadi. Ishchilar sinfining yetakchi partiyasi — 1892-yilda tashkil topgan Italiya sotsialistik partiyasi (ISP) ichki kelishmovchiliklar tufayli kuchsizlangan edi. Italiya kasaba uyushmalari ham xuddi shu ahvolda edi. Ammo ikkala ishchilar tashkiloti ham ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlardan ko’ra, mavjud tuzumni saqlab qolish haqida ko’proq qayg’urardi.
Natijada ISP uch oqimga bo’linib ketdi: inqilobiy harakatlarga tamomila qarshi, mavjud tuzumni asta-sekinlik bilan isloh qilish tarafdori bo’lgan Turati va D' Aragon boshchiligidagi o’ng oqim; inqilobiy so’zlar va da’vatlarni ko’p ishlatuvchi, ammo uni amalga oshirish uchun hech ish qilmagan maksimalistlar oqimi; uchinchi oqimni «Ordine nuovo» («Yangi oqim») guruhi boshqarardi. U keyinchalik mamlakatdagi nufuzli siyosiy kuchga aylandi.
«Ordine nuovo» guruhi Turin universitetining sotsialist talabalari — Antonio Gramsfti, Palmiro Tolyatti, Umberto Terrachini, Franchesko Miziano va Anjela Taska tomonidan 1912-yilda tashkil etilgan edi. Ular dadil harakatlar tarafdori edilar.
Kam sonli bo’lishiga qaramasdan, «Ordine nuovo» guruhi tez orada mashhur bo’lib ketdi. 1921-yil yanvarida u ISP tarkibidan chiqdi va o’zini Italiya kommunistik partiyasi (IKP) deb e’lon qildi. 1921-yil may oyida bo’lib o’tgan parlament saylovlarida Italiya kommunistlari 15 deputatlik o’rnini egallab, dastlabki g’alabani qo’lga kiritdilar.
Mamlakat hukmron doiralari kommunistik to’ntarish xavfini sezib, uning oldini olish va fashistik to’ntarishni amalga oshirishga ahd qildilar.
Terroristik totalitar tuzum ramziga aylangan «fashizm» atamasi Italiyada tug’ilgan va u italyanchada «bog’lam, dasta» degan ma’noni anglatadi. Bu atama 1919-yilda, frontdan qaytgan sobiq askarlar o’z manfaatlari himoyasi uchun «Fashi di kombattimento» («Quroldoshlar uyushmasi») deb nomlangan tashkilot tuzgan paytda tug’ilgan. Bu harakatni Benito Mussolini (1883—1945) boshqardi.
Mussolini Romanya viloyatida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oz muddat o’qituvchilik qildi, so’ngra ishdan haydalib, ishchi bo’lib yollandi. Benito Mussolinining sotsializmdan fashizmga o’tish yo’li amalda burjuaziya parlamentarizmidan hafsalasi pir bo’lgan, Birinchi jahon urushidan keyin turmushini yaxshilash orzulari sarobga aylangan va urush natijalaridan kayfiyati buzilgan ko’pchilik italyanlarning fashist mafkurasiga og’ishining inikosi edi.
Mussolini terroristlarning ishchi va dehqonlar yig’ilishlarini tarqatadigan, ishchilar harakati faollarini kaltaklaydigan, shtreykbrexerlarni qo’riqlaydigan mahalliy guruhlarini tuzdi. Politsiya va huquqni muhofaza qilish organlari fashistlarning chiqishlarini qo’llab-quvvatladi. Hukmron doiralar ularga ochiqdan-ochiq minnatdorlik bildirardi. Fashistlar Shimoliy Italiyadagi ko’pgina rayonlarning mahalliy munitsipalitetlarini nazorat qila boshladilar. Italiya boshqaruvning yangi shakllarini o’rnatishga chaqirayotgan yangi lider — Mussoliniga ega bo’ldi.
Italiyada fashizmning tezda muvaffaqiyat qozonishiga, shubhasiz, Mussolinining shaxsiy sifatlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. U qadimgi rimliklarda «dohiy» ma’nosini beruvchi «duche» so’zini o’ziga unvon qilib oldi. Uning rahbarligidagi fashizm ramzlarga, marosim va afsonalarga ega bo’lgan o’ziga xos dinga aylandi. Qora ko’ylakli armiya tuzildi. Mussolini saroylar ayvonidan odamlaming ko’p ming kishilik yig’inlariga qarata yorqin va jonli nutqlar bilan murojaat qilar edi. U o’z nutqida yirik magnatlarning mehnatsiz daromadlarini, amaldorlarning suiiste’mollarini, birorta ham muammoni hal etishga qodir bo’lmagan parlamentni fosh etar, bularning hammasini bartaraf etishga va Italiyaning qadimgi ulug’vorligini tiklashga va’da berardi.
Sehrlangan omma buni jondildan olqishlar va «Boshla bizni, duche» deya baqirardi. Mussolini milliy tiklanishga da’vat etardi. U Italiyaning barcha kulfatlari sababchisi parlament tuzumi ekanligini ta’kidlar, bu tuzumni sotqinlikda va korrupsiyada ayblardi.
Uning fikricha, Italiyada yangi tartib — «postliberal», «post marksistik», «postdemokratik», o’ziga xos yangi, italyancha «milliy sotsializm» hukmron bo’lishi zarur edi. Mussolinining «milliy sotsializm» dasturiga ko’ra, davlatning mohiyati o’zgarishi, u mehnat va sarmoya o’rtasidagi hamkorlik shakliga, «korporatsiya»ga aylanishi lozim edi. Mehnat va sar-moyaning samarali o’zaro ta’siri natijasida Italiya yagona korporatsiyaga aylanishi, barcha sarmoya egalari va ishchilar, zamindorlar va dehqonlar bir oila a’zolari sifatida ishlashlari targ’ib qilinardi. Albatta, bunda demokratik va progressiv kuchlar siyosiy hayotdan quvilishi kerak edi.
Qisqa muddatda barcha og’ir muammolarni hal etishni va’da qilayotgan Mussoliniga minglab odamlar ishondilar.
1919—1921-yillardagi ichki kurash burjuaziyani mamlakatda «tartib» o’rnata oladigan kuchli hokimiyat qidirishga majbur qildi. Fashistlar bu maqsadga eng mos keladigan kuch edilar. 1920-yilning kuzidan boshlab fashist tashkilotlari tez ko’paya bordi. Ular zavodlarga ham bordilar va u yerda o’z kasaba uyushmalarini tashkil etdilar. Qishloqlarda yirik zamindorlar va badavlat dehqonlar kuchi bilan amalda fashistlarning qurolli to’dalariga aylangan «o’z-o’zini mudofaa otryadlari» tuzildi.
Italiya sotsialistik partiyasi (ISP) va Umumiy mehnat konfederatsiyasi (UMK) 1921-yil 3-avgustda fashist rahbariyati bilan «totuvlik pakti»ni imzolab, katta xatoga yo’l qo’ydilar. Bu paktga ko’ra, ikkala tomon ham bir-birini tanqid qilishdan voz kechdi. Fashistlar ishchi tashkilotlarining qo’llab-quvvatlashi tufayli yetakchi siyosiy kuchga aylandilar.
Fashistlar shiddat bilan hokimiyat sari intildilar. 1921-yil may oyidagi saylovlarda ular parlamentda 35 o’ringa ega bo’ldilar. 1922-yil kuziga kelib, ko’pgina munitsipalitetlar ustidan nazorat o’rnatdilar. Mamlakatning Emiliya, Toskana va Lombardiya kabi eng nufuzli viloyatlari ham fashistlar nazorati ostiga o’tdi. 1922-yil oktabrida ular o’z vakillariga bir necha vazirlik lavozimini berish talabi bilan hukumatga murojaat qildilar. Rimga yurish qilish uchun tayyorlanish maqsadida fashist guruhlarining yalpi safarbarligi e’lon qilindi.
Qirol fashist isyoniga qarshi armiyani qo’llash huquqini beradigan farmonni imzolashdan bosh tortdi. Buning o’rniga 29-oktabr kuni u Milanga telegramma yo’llab, Mussoliniga bosh vazir bo’lishni taklif qildi. Bunga e’tiroz belgisi sifatida vazirlar mahkamasi iste’foga chiqdi, Mussolini esa Rimga keldi. Tarafdorlari uni qadimiy shahar ko’chalarida hukumat boshlig’i sifatida gulduros qarsaklar bilan kutib oldilar. «Rimga yurish» hokimiyatni egallash bilan yakunlandi.
Yuzaki qaraganda, Mussolini hokimiyatga qonuniy yo’l bilan kelgandi. Chunki qirol istagan paytida bosh vazir tayinlash huquqiga ega edi. Ammo Mussolini tarafdorlari parlamentda ozchilik edilar: 420 deputatlik o’rnidan bor-yo’g’i 35 tasi fashistlarga tekkandi. Hokimiyatni bunday osongina egallashning ortida hukmron doiralar, yirik sanoatchilar, moliyachilar va zamindorlarning manfaatlari yotardi. Ular mamlakatdagi demokratik kuchlarga qarshi kurashda Mussolinidan zarbdor kuch sifatida foydalanishni o’ylagan edilar.
Dastlabki davrda yetarli kuch to’play olmagan Mussolini demokratik partiyalar, kasaba uyushmalari va muxolif matbuot bilan murosa qilib keldi. Uning hukumati koalitsiya asosiga qurilgandi: 1923-yil aprelgacha Xalq partiyasi bilan, 1924-yilning oxirigacha Liberal partiya bilan hamkorlik qildi.
Mussolini Benito (1883-1945) - 1922-1943-yil-larda Italiyaning fashist diktatori. 1919-yilda fashist partiyasini tuzdi. 1922-yilda mamlakatda hokimiyatni egallab oldi va fashist diktaturasi o’rnatdi. 1945-yilda harbiy tribunal hukmi bilan qatl etilgan.
Italiyaning yangi dohiysi shaxsiy hokimiyatini mustahkamlash uchun tadbirlar belgilab, shiddatli va qat’iy tarzda ishga kirishdi. Konstitutsiyaga zid ravishda partiya rahbariyati a’zolaridan iborat Katta fashist kengashini tuzdi. Kengash amalda parlamentga taqdim etiladigan barcha dekretlar va qonunlar loyihasini, hukumatdagi o’z a’zolari orqali esa hukumat faoliyatini nazorat qilar edi. 1922-yil 23-noyabrda qirol va parlament Mussoliniga cheklanmagan hokimiyat berdi. Endi u vazifalarga tayinlash tartibini ham belgilar edi. Shundan keyin barcha amaldorlar va davlat xizmatchilari fashist partiyasi a’zolari bo’lishi yoki partiya rahbarlari roziligi bilan tayinlanishi zarurligi belgilab qo’yildi.
1924-yil oxirida Mussolinining tazyiqi ostida parlament saylov qonunini o’zgartirdi. Yangi qonunga ko’ra, saylovlarda eng ko’p ovoz olgan partiya (kamida 25 foiz ovoz) deputatlar palatasida o’rinlarning uchdan ikki qismini olar edi. 1924-yilgi saylovlarda fashistlar katta g’alabaga erishdilar va deputatlar palatasini to’la o’z nazoratlari ostiga oldilar. Bu imkoniyatdan ular mamlakatdagi qonun chiqaruvchi parlament hokimiyatini uzil-kesil bartaraf etish uchun foydalandilar. 1925 va 1926-yillarda qabul qilingan bir qator qarorlar Mussoliniga amalda yakka hukmronlik o’rnatish imkonini berdi. 1926-yilda boshqa siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Yil oxiriga kelib, Italiya bir partiyali diktatorlik davlatiga aylantirildi.
Italiya diktatori o’zining mamlakatdagi hokimiyatini mustahkamlash yo’lida yana bir muhim qadam qo’ydi. Mussolini bilan katolik cherkovi o’rtasida imzolangan Lateran bitimlari Vatikan bilan Italiya davlati o’rtasida totuvlik o’rnatdi. Italiya armiyasi papaga qarashli yerlarni bosib olgan 1860-yildan beri cherkov davlatga dushmanlik ko’zi bilan qarar edi. Papalar amalda faqat Vatikan doirasida qolgan edilar. 1929-yilgi bitim papani Vatikanning dunyoviy hukmdori deb e’tirof etdi. Italiya hukumati musodara qilingan yerlar uchun pul to’lashga rozi bo’ldi. Davlat katolitsizmni milliy din deb e’tirof etdi, cherkov mulkini soliqlardan ozod qildi va cherkovga nikoh qonunlarini belgilash huquqini berdi.
Shunday qilib, Italiyada g’arbdagi birinchi totalitar tuzum tashkil topdi. Bu tuzum iqtisodiy qayta qurish sohasida nihoyatda katta vazifalarni ilgari surdi. Fashist davlati mamlakatdagi butun ijtimoiy va iqtisodiy hayotni qamrab oladigan «korporativ tartib» yaratishni rejalashtirgan edi. Bu tartibning asosiy tamoyillari Katta fashist kengashi tomonidan 1927-yilda qabul qilingan «Mehnat xartiyasi»da bayon etilgan edi. U ishlab chiqarish muammolarini birgalikda hal etish uchun kasaba uyushmalarini va ishbilarmonlarni teng asosda korporatsiyalarda birlashtirishni nazarda tutardi. Ishbilarmonlar va ishchilar bir tashkilotning teng huquqli a’zolariga aylanardilar. Xalq xo’jaligining sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, banklar, transport kabi sohalariga mos keladigan 22 korporatsiya tuzildi.
Bu beso’naqay tashkilotning tepasida Korporatsiyalar milliy kengashi turardi. Unga ishbilarmonlar va ishchilar vakillaridan tashqari fashist partiyasidan vakillar ham kiritilgandi. Korporativ tizim «ijtimoiy inqilob» g’alabasini anglatibgina qolmay, «iqtisodiy hayotga yangicha rahbarlik» namunasi ham bo’lishi zarur edi. Fashizm ishlab chiqarish vositalari va qurollariga, xususiy mulk tamoyillariga tajovuz qilmadi, aksincha, hamisha ularning o’zgarmasligini ta’kidlab keldi. Italiyaning barcha yirik monopoliyalari o’z mavqelarini saqlabgina qolmay, uni yanada mustahkamladilar.
Shu bilan birga, iqtisodiyotda davlat sektorining majburiy rivojlantirilishi fashizmning o’ziga xos belgilaridan biridir. Mamlakat iqtisodiy hayotini boshqarishni davlat qo’liga olib berishni ta’minlaydigan ikki muassasa tuzildi. Sanoatni tiklash instituti (STI) yirik davlat trestiga aylandi. U cho’yan eritishning 90 foizini, po’lat ishlab chiqarishning 70 foizini, mashinasozlik mahsulotining 25 foizini o’z qo’liga olgandi. Italiyaning butun tijorat floti, fuqaro aviatsiyasi, telefon aloqasi, avtomobil yo’llari unga qarardi. Boshqa hukumat muassasasi — Suyuq yoqilg’i bo’yicha milliy boshqarma (SYoMB) gaz qazib olishning 75 foiziga, sun'iy kauchuk ishlab chiqarishning 100 foiziga va neftni qayta ishlash zavodlarining 30 foiziga egalik qilardi.
Korporatsiya, xususiy mulk va davlat sektori — totalitar fashist tuzumining iqtisodiy tuzilishi ana shulardan iborat edi. Uning tepasida zo’ravon totalitar siyosiy apparat ish olib borar, bu tizimni hayotga tadbiq etish bilan shug’ullanardi.
Qisqacha mazmuni
• 1918-yil — Italiyaning industrial-agrar mamlakatga aylanishi. Yirik monopolistik birlashmalarning tashkil etilishi. Qishloq xo’jaligining qoloqligi;
• 1919-yil — narxlarning oshishi, inflyatsiya, ishsizlik, ijtimoiy va siyosiy muammolaming keskinlashuvi;
• Mussolini va mamlakatda fashizmning yoyilishi;
• 1922-yil — fashistlarning hokimiyat tepasiga kelishi, Yevropada birinchi totalitar tuzumning o’rnatilishi;
Mamlakat iqtisodiyotining korporativ tartibi yaratilishi.
11-§. 1918-1929-YILLARDA AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI
Birinchi Jahon urushi natijasida AQSh dunyodagi yetakchi davlatga aylandi. Amerika kompaniyalan Yevropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol-yarog’ va oziq-ovqat urush olib borish uchun kredit oldilar va urushdan so’ng AQSh oldida qarzdor bo’lib qoldilar. Amerika kompaniyalari urush davrida jami 35 mlrd. dollardan ortiq sof daromad oldilar. Bundan tashqari, Yevropadagi 20 mamlakat AQShdan 10 mlrd. dollar qarzdor bo’lib qoldi. Ular har yili AQShga kamida 1 mlrd. dollardan to’lab turishlari lozim edi.
Mamlakatda ishlab chiqarish hajmi o’sdi. Ayrim sohalar — avtomobilsozlik, rezina, kimyo, po’lat quyish sanoatlari, shuningdek, kemasozlik, elektrotexnikada ayniqsa yuqori natijalarga erishildi. Ular AQSh sanoatining o’zagini tashkil qildilar. Olti yil ichida— 1914-yildan 1920-yilgacha mamlakat milliy boyligi 2,5 baravar oshdi. 1920-yilda AQShda butun dunyoda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning 47%i yaratildi. Boshqa ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha AQShning yutuqlari yanada salmoqliroq edi. Mamlakatda dunyodagi jami avtomobillarning 80%i, neftning 67%i ishlab chiqarilardi. Amerika floti urush davomida 10 baravarga o’sdi. AQSh Angliya qatori dunyodagi yetakchi dengiz davlatiga aylandi. Jahon oltin zapasining qariyb 50%i AQShning oltin xazinasi saqlanuvchi Fort-Noksda jamlandi. AQSh jahonning moliyaviy markazi, jahon bozorining poydevoriga aylandi.
Birinchi jahon urushidan so’ng millionlab oddiy amerikaliklarning ahvoli deyarli o’zgarmadi. Yirik sarmoya daromadlarining o’sishi ularning moddiy ahvoliga hech qanday ta’sir ko’rsatmadi. Jamiyatning boy va qashshoq tabaqalari daromadlari orasidagi farq aql bovar qilmas darajaga yetdi. Buning oqibatida mamlakatda ish tashlashlar avj oldi, ishchilar sinfining faolligi jihatidan AQSh G’arb mamlakatlari orasida yetakchi o’ringa chiqdi.
Urushdan keyingi dastlabki yillardayoq AQSHda mamlakat tanxidagi eng shafqatsiz va keng miqyosli qatag’on avj oldirildi. 1918-yil mayida AQSh hukumati «Da’vatkorlik to’g’risidagi hujjat»ni e’lon qildi. Unga ko’ra mamlakatdagi mavjud tuzum to’g’risida bildirilgan barcha salbiy fikrlar jinoiy deb e’lon qilindi. Bunday ayb bilan qamoqqa olingan har qanday odamga 10 ming dollar jarima solish yoki 20 yil muddatga qamoq jazosi ko’zda tutildi. Ushbu hujjatga ko’ra 2 ming kishi hukm qilindi. o’zgacha fikrlovchilarga nisbatan jismoniy tazyiq qo’llash Amerika huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida odatiy holga aylandi. 1919-yil hujjati «sindikalizm»ni, ya’ni sanoatdagi xususiy mulkdorlikni qoralovchi har qanday davatlarni man etardi. o’zgacha fikrlashda shubha qilingan taraqqiyparvar arboblarga qarshi sud jarayonlari uzluksiz o’tkazila boshlandi. 1920-yil yanvarida AQSh politsiyasi 70 shaharda taraqqiyparvar tashkilotlarning a’zolariga qarshi tadbir uyushtirdilar. 10 mingdan ortiq kishi qamoqqa olindi. Xuddi shu yili kasaba uyushmalari harakati faollari sanalgan italiyalik muhojirlar — Sakko va Vansetti qamoqqa olindilar. Ular bankni o’g’irlash va politsiyachini o’ldirishda ayblandilar. 1927-yilda ular elektr kursida qatl qilindilar. Faqat Ikkinchi jahon urushidan so’ng ularga soxta guvohliklar asosida ayb qo’yilgani ma’lum bo’ldi.
20-yillar o’rtasiga kelib AQShda o’zgacha fikrlovchilar va so’l tashkilotlarga barham berildi. Radikal g’oyalari bilan farq qiluvchi so’l yo’nalishdagi kasaba uyushmalari — Jahon sanoati ishchilari deyarli tugatildi (1917-yilda uning saflarida 100 ming a’zo bor edi, 1922-yilga kehb faqat 1000 ta a’zo qoldi). Hukumat tomonidan amalga oshirilgan qatag’on AQShdagi so’l harakatning tanazzuliga olib keldi. Ular asosiy fuqaroviy huquqlaridan — tashkilotchilik, so’z erkinligi, matbuot erkinligi va namoyishlar erkinligidan mahrum qilindilar. Amerika ishchilar harakatining asosiy quroli hisoblangan ish tashlashlar 1926-yilga kelib deyarli barham topdi.
20-yillarda AQShda boshlangan yangi ishlab chiqarish - texnika inqilobi o’zi bilan birga yangi ijtimoiy puch xayollarning oqimini olib keldi. 1922-yilda AQShda ishlab chiqarishning o’sishi boshlandi. Avtomobilsozlik, samolyotsozlik, radio, elektrotexnika sanoatlari jadal sur’atlarda rivojlandi. o’sish yangi texnikaviy asosda, eng yangi texnika uskunalari, konveyer tizimi, standartlashtirish, modernlashtirish usullarini keng tadbiq etish yo’li bilan amalga oshirildi. Ishlab chiqarishda yangi fan va texnika kashfiyotlari, seriyali ishlab chiqarish usuli keng qo’llanila boshlandi. Ishlab chiqarishda aql bovar qilmas o’sish ro’y berdi. 1927-yilga kelib AQShda yiliga 7 mln. avtomobil ishlab chiqarilardi. Avtomobilsozlikning o’sishi keng shosse yo’llarining barpo etilishiga turtki bo’ldi, shahar va qishloq qurilishimng rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Ishlab chiqarishing o’sishi Amerika monopoliyalariga ulkan daromadlar keltirib, ularning raqobatbardoshligini oshirdi.
Iqtisodiyotdagi jadal o’sish o’z qo’llarida katta iqtisodiy va siyosiy hokimiyatni jamlagan ulkan ishlab chiqarish va moliya birlashmalarining tashkil topishiga olib keldi.
Avtomobilsozlikda uch yirik kompaniya — «Ford», «Jeneral Motors» va «Kraysler» butun avtomobil sanoatini o’ziga bo’ysundirdi. Kimyo sanoatida «Dyupon» firmasi, po’lat quyish sanoatida «Po’lat tresti» hukmronlik qildi. Banklarning hukmronligi ayniqsa beqiyos bo’ldi. Morgan va Rokfeller nazorati ostidagi olti yirik bank mamlakatdagi jami sarmoyaning yarmidan ortig’ini nazorat qildi. Amerikaning barcha yirik moliya va sanoat kompaniyalari birgalikda mamlakat ichki va tashqi siyosatini, Amerikadagi butun siyosiy tizimni nazorat qildilar. Ular Amerika davlat siyosatining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatdilar.
20-yillarda mamlakat siyosiy hayotida yangi sharoitga moslashishga erishgan Respublikachilar partiyasi muhim rol o’ynadi. 1920-yildagi prezidentlikka saylovlarda Demokratlar partiyasi magiubiyatga uchradi va Oq uyni respublikachilar egalladilar. Ular Oq uy va Kongressda 1932 yilgacha hukmronlik qildilar. Bu davrda prezidentlik kursida U. Garding (1921—1923), K. Kulij (1923-1924 va 1925-1929) va G. Guver (1929-1932) o’tirdi. Bu davr Amerika iqtisodiyotining gullab-yashnash (prosperiti) davri bo’ldi. Unga U. Garding asos soldi. 1922-yilda u qo’shimcha foyda solig’ini, narx-navo ustidan nazoratni bekor qildi va kompaniyalarga ishchilar bilan munosabatlarda to’liq erkinlik berdi.
Garding Uorren (1865—1923) — Respublikachilar partiyasidan saylangan AQShning 29-prezidenti.
Kulij Kalvin (1872—1933) — Respublikachilar partiyasidan saylangan AQShning 30-prezidenti. Kulij boshchiligidagi hukumat Germaniya harbiy va ishlab chiqarish qudratining tiklanishiga ko’maklashdi.
Guver Gubert Klark (1874—1964) — Respublikachilar partiyasidan saylangan AQShning 31-prezidenti. Guver hukumati ham Germaniya sanoa-tining tiklanishiga ko’maklashdi.
U. Garding ishini davom ettirgan K. Kulij 1925-yilda: «Amerikaning ishi — tijorat», deb e’lon qildi. Bu jumla Amerika hukmron doiralarining bosh tamoyiliga aylandi. Ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch hisoblanib, u tinimsiz o’sishi va boyliklar yaratishi, ularning bir qismi AQShdagi qashshoqlikka barham berishga sarflanishi lozim edi. Agar Yevropada ijti-moiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo’li bilan hal qilishga uringan bo’lsalar, AQShda boshqa yo’ldan borildi. Bu yerda tadbirkorlik faoliyatining o’sishi, yuqori tabaqalarning boyishi bevosita qashshoqlikning tugatilishiga olib kelishi lozim edi. Bu ijtimoiy falsafa boylar boyigani sari, boylikning bir qismi shubhasiz qashshoqlarga ham tegadi, degan qarashdan kelib chiqqandi. Ushbu falsafa tarafdorlari Amerikada ro’y berayotgan o’zgarishlarni ro’kach qildilar. 1928-yilda Amerikada 28 mln. avtomobil bor edi, ya’ni Amerikadagi deyarli har bir oila XX asrning bu ardoqli kashfiyotiga egalik qilish imkoniyatini qo’lga ki-ritgandi. Avtomobillashtirish Amerika maishiy hayotining muhim omili hisoblanardi. «Hamma g’ildiraklarga, hamma narsa gildiraklar uchun» shiori amerikaliklarning eng suygan shiori edi. Shu bilan birga, iste’mol mollari — radiopriyomniklar, elektr jihozlari, yo’lovchilar samolyotlari, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish ham jadal rivojlandi, mamlakatni yalpi telefonlashtirish amalga oshirildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo’lga qo’yildi, bu esa tijorat va ishlab chiqarishning yuksalishiga turtki berdi.
Ushbu falsafani hayotga tadbiq etishda Amerika kasaba uyushmalari hal qiluvchi o’rin tutdilar. Ular bu falsafani qo’llab-quvvatladilar, uning faol tarafdorlariga aylandilar. AQShda sinfiy ixtiloflar o’rniga yakka tadbirkor va butun jamiyatning manfaatlari uyg’unligi yuzaga kelmoqda, deb da’vo qildilar ATF (Amerika tred-yunionlar federatsiyasi) rahbarlari. lshchilar hamda korxona va sarmoyalaming egalari Amerika jamiyatining birdek a’zolari edilar va ular mamlakat va xalq oldidagi burchlarini sharaf bilan bajarishlari lozim edi.
Amerika kasaba uyushmalari rahbarlari 1923-yilda ishchilar tashkilotlari tomonidan “Baltimor-Ogayo” rejasining qabul qilinishiga erishdilar. Unga ko’ra tadbirkorlar maoshni oshirish majburiyatini olardilar, bunga javoban esa kasaba uyushmalari ish tashlashlarga yo’l qo’ymaslik, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish kunini uzaytirishga rozilik berish majburiyatini olardilar. Amerika ishchilarini Amerika iqtisod tizimiga yanada kuchliroq bog’lash va ulaming ongiga ijtimoiy tenglik g’oyasini singdirish maqsadida Amerika kasaba uyushmalari rahbarlari «ishchi banklari»ni tashkil qila boshladilar. Bu banklaming asosiy mijozlari va hissadorlari ishchilarning o’zlari edi.
Ammo, AQSh sanoatidagi yuksalish qishloq xo’jaligida salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining boshqa mamlakatlardan keltirilishi natijasida fermerlar kasodga uchrab, ulaming aksar qismi shaharlarga ko’chib keta boshladi, fermalar sotildi. Bu Amerika iqtisodiyotida o’ta og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. 20-yillar boshida AQShda fermerlarni qo’llab-quvvatlash, demokratik jamiyat asosini yaratish, mamlakatda ishlab chiqariluvchi boyliklarning yanada adolatli taqsimlanishiga erishishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishni talab qilgan keng harakat boshlandi.
Amerika tashqi siyosatida ikki yo’nalish — izolyatsionizm va internatsonalizm tarafdorlari doimiy kurash olib bordilar.
Izolyatsionistlar AQSh eng avvalo ichki muammolar bilan shug’ullanishi, qimmat tashqi siyosiy tadbirlarga pul va mablag; sarflamasligi lozim, deb hisoblardilar. Internatsionalistlar esa, aksincha, AQShning faol tashqi siyosati natijasida Amerika tijorati faqat yutadi, degan g’oyani ilgari surardilar. AQShning jahon iqtisodiyotidagi yuksak mavqei uning Birinchi jahon urushidan so’ng jahon siyosatida yetakchi davlatga aylanishiga olib keldi.
1919-yildan 1935-yilgacha bo’lgan davrda AQShning hukmron doiralari Lotin Amerikasi va Osiyodagi turli mamlakatlarga milliy-ozodlik harakatlarini bostirish uchun bir necha marta qo’shin yubordilar. Amerika dengiz piyodalari Panama (1919, 1921), Gonduras (1919, 1924-1925), Xitoy (1920, 1924-1925), Kosta-Rika (1921)ga tushirildi. 1926-yildan 1935-yilgacha Amerika qo’shinlari Nikaragua va Kubada saqlab turildi. 20-yillarda Amerika sarmoyasi g’arbiy yarim sharda tanho hukmronlik qildi. Lotin Amerikasidagi 20 mamlakatning 14 tasi AQShning moddiy nazorati ostida bo’lib, bu mamlakatlarda Amerika hukmron doiralarining irodasiga bo’ysungan tuzumlar qaror topdi.
Amerika Qo’shma Shtatlari G’arbiy Yevropadagi moliya tizimlarida ham yetakchi marralarni qo’lga kiritib, bundan qit'a ustidan o’z siyosiy hukmronligini o’rnatish yo’lida foydalandi. Daues rejasi (1924) ko’magida moliya sarmoyasi G’arbiy Yevropaga kiritildi va Germaniya harbiy-ishlab chiqarish qudrati hamda Germaniya militarizmining tiklanishiga ko’maklashdi. Amerika kompaniyalarida ayniqsa Polsha katta qiziqish uyg’otdi, Amerika sarmoyasi bu yerda Polsha qazilma va metallurgiya sanoatining 50%i ustidan nazorat o’rnatishga erishdi.
Qisqacha mazmuni
• AQShning Birinchi jahon urushidan so’ng dunyoda yetakchi davlatga aylanishi;
• ishlab chiqarishning o’sishi. AQSh — jahonning moliyaviy markazi;
• texnik taraqqiyot natijasida shahar aholisi turmush darajasining keskin o’sishi;
• taraqqiyparvar tashkilotlar va ishchilar harakatiga qarshi kurash;
• qashshoqlikka barham berish maqsadida mamlakat boyligini oshirish nazariyasi;
• ATFning mehnatkashlar huquqlari uchun muvaffaqiyatli kurashi;
• AQSh iqtisodiyotining Yevropa mamlakatlari taraqqiyotiga ta’siri.
12-13-§§. 1922-1939-YILLARDA ROSSIYA
1920-yil oktabrda Sovet - Polsha urushi yakunlandi. 1920-yil noyabrda general Vrangel qo’mondonligidagi so’nggi oq gvardiya qismlari Qrimni tark etdilar. Rossiyadagi fuqarolar urushining uch yillik tarixiga yakun yasaldi. Antanta mamlakatlari va AQSh qo’mondonligi o’z qo’shinlarini olib chiqib ketdilar va qamal holatining bekor qilinganini bildirdilar. Bolsheviklar g’alaba qozonib, hokimiyatni o’z qo’llarida saqlab qoldilar. Ular oldida endi yana ham murakkabroq vazifa — tinch davrda faoliyat yurituvchi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumning yangi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimini barpo etish vazifasi turardi.
Yangi iqtisodiy siyosatga o’tish bolsheviklarning mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga munosabatlari jiddiy o’zgarganini anglatardi, va balki, u muvaffaqiyat qozongan yoki uzoq vaqt davom etgan taqdirda, mamlakatda samarali iqtisodiy tizimning yaratilishiga olib kelishi ham mumkin edi.
Yangi iqtisodiy siyosat xo’jalikni rivojlantirish muammosini yarim-yorti hal qilardi. Sovet hokimiyati barcha yirik sanoat, transport, banklar, tashqi savdo, yerni o’z qo’liga olib, xususiy sarmoyani chekladi va tartibga soldi, jamoaviy sektorni o’stirish va mustahkamlashga zo’r berdi.
Qishloqda ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu yerda «oziq-ovqat razvyorstkasi», ya’ni ortiqcha oziq-ovqatlarning kuch bilan tortib olinishi oziq-ovqat solig’i bilan almashtirildi. Endi dehqon davlat solig’ini bajarganidan so’ng ortiqcha mahsulotini bozorda erkin narxlarda sotishi mumkin edi. Savdoga xususiy sarmoya qo’yildi. Davlat eng avvalo sanoat mahsulotlarini taklif qiluvchi yirik ulgurji savdoning tashkilotchisiga aylandi.
Yangi iqtisodiy siyosat bilan bir vaqtda sovet davlati iqtisodiyotni boshqarishni imkon qadar markazlashtirish chora-tadbirlarini faol amalga oshirdi. 1920-yil dekabrda GOELRO rejasi — mamlakatni davlat miqyosida elektrlashtirish rejasi qabul qilindi. U sanoat sohasidagi ishlab chiqarishni urushdan oldingi darajaga yetkazish, butun iqtisodiyotni yangi texnikbaza va yirik sanoat asosida qayta qurishni ko’zda tutardi. Xususiy sanoat, qishloq mehnatini jamoalashtirish, xalqning farovonligi va madaniyatini oshirish rejalashtirildi.
Mamlakat xalq xo’jaligini byurokratik markazlashtirishda 1921-yilda tashkil etilgan Rossiya Davlat banki muhim ahamiyatga ega edi. U barcha pul va kredit operatsiyalarini boshqarardi. Hukumat ko’rsatmalari asosida Davlat banki mamlakatda pul massasining aylanishini tartibga solardi.
Xalq xo’jaligining alohida sohalarini boshqarish maqsadida sohalar bo’yicha xalq komissarliklari tashkil etildi. Ular xo’jalikni boshqarishning qat'iy markazlashtirilishiga, hokimiyat tizginining markaziy davlat apparati qo’liga o’tishiga erishdilar.
Shunday qilib, mamlakatda bir vaqtning o’zida ikki bir-biriga zid jarayon kechdi. Iqtisodiyotning tabiiy rivojlanishi bolsheviklarni xususiy tadbirkorlik, erkin bozor munosabatlari bilan hisoblashishga majbur qildi, biroq g’oyaviy va siyosiy mulohazalar ishlab chiqarish vositalariga davlatning egalik qilishiga asoslangan ulkan xo’jalik birlashmalarining tuzilishiga olib keldi. Bunday iqtisodiyot barcha korxona, zavod, fabrika, yer, savdo va moliya tashkilotlarining to’liq natsionalizatsiya qilinishini ko’zda tutardi.
Yangj iqtisodiy siyosatning birinchi yiliyoq katta falokat — qurg’oqchilik ro’y berdi. Rossiyaning ulkan hududi ochlik sirtmog’ida qoldi. Ocharchilik ro’y bergan hududlarda 20 mln. ga yaqin aholi yashardi. Falokat bu yerda salkam bir yil davom etdi. Yuz minglab odamlar ochlikdan, to’yib ovqat yemaslik oqibatida paydo bo’lgan kasalliklardan halok bo’ldilar. Ko’plab odamlar oziq-ovqat serob o’lkalar, xususan, O’rta Osiyoga ko’chdi.
G’arb davlatlarining sovet davlatiga munosabati bu beqarorlikni yanada chuqurlashtirdi. Angliya va Fransiya Rossiyani 1924-yilgacha tan olmadi, AQSh esa uni faqat 1934-yildagina tan oldi. Mamlakat iqtisodiy qamal iskanjasida edi. o’zaro hisob-kitob qoidalari yo’qligi sababli valyuta-pul munosabatlari o’rnatilmagandi. Sovet hukumatining savdo aloqalarini rivojlantirish to’g’risidagi barcha takliflariga G’arb podsho davridagi qarzlarni toiash va natsionalizatsiya qilingan mulkni qaytarish talabi bilan javob berardi. 1924-yilgacha savdo-sotiq faqat Germaniya va qator Skandinaviya davlatlari bilan olib borildi. Hatto o’ta foydali shartlar asosiga qurilgan takliflar ham G’arbning munosabatini o’zgartirmadi.
Sovet davlati ijtimoiy ta’minot sohasida muhim islohotlami amalga oshira boshladi. 8 soatlik ish kuni joriy etildi, ayollarning mehnatiga erkaklar mehnati bilan teng haq to’lash belgilandi, nafaqalar, haq to’lanuvchi ta’tillar, mehnat qobiliyatini yo’qotganlar uchun kasallik varaqalari, ishchi va xizmatchilarga bepul tibbiy xizmat joriy qilindi. Qrimdagi sobiq shoh saroylari, Kavkazda, Qora dengiz bo’yida, Moskva va Petrograd tevaragida kurortlar, sanatoriylar, ishchilarning dam olish uylari ochildi. Yuz minglab ishchi va xizmatchilar birinchi marta o’z yozgi ta’tillarini oromgohlarda o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ko’pchilik dam oluvchilarga yo’llanmalar bepul berildi.
Biroq, iqtisodiy qonunlarning buzilishi iqtisodiy rivojlanishdagi beqarorlikka olib keldi. Faqat 1927-yilga kelibgina ishlab chiqarish 1913-yil darajasiga yetdi. Qishloq xo’jaligi bu yili urushdan oldingi darajaga ham yeta olmadi. Hosildorlik beqaror edi. 1924-yil ham qurg’oqchil keldi. Chorvachilik 20-yillarda urushdan oldingi darajaga yeta olmadi, dehqon xo’jaliklarining 30%i otsiz edi.
Xo’jalikni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullari qiymatni belgilashda tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Sanoat mahsulotlari narxlari sun'iy ravishda oshirildi, qishloq xo’jalik mahsulotlarining narxlari esa sun'iy ravishda pasaytirildi. Natijada qishloq aholisi sanoat mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatidan mahrum bo’ldi, sanoat mahsulotlari omborlarda qolib keta boshladi, korxonalar ishchilarga hatto maosh ham to’lay olmasdilar. Bolsheviklar iqtisodiy konsepsiyasining barbod bo’lgani ko’zga aniq tashlanib qoldi. «Davlat sotsializmi»ning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi iqtisodiy yuksalishni ta’minlay olmadi. Amaldorlarning o’zboshimchaligi, chayqov bozori, korrupsiya, intizomsizlik, rejani bajarish yo’lida ishlab chiqarish texnologiyasini buzish va shu kabi boshqa qator illatlar ko’zga tashlanib qoldi.
Ishchilar orasida ishsizlikning paydo bo’lishi eng jiddiy hodisa bo’ldi. Qishloq aholisi tirikchilik ilinjida shaharga ko’chib kela boshladi. Bu yerda esa ish yo’q edi. 1923-yili mamlakatda ishsizlar soni 641 ming kishini tashkil qildi, 1924-yilda bu son 1 mln 240 ming kishiga yetdi. Uy-joy tanqisligi sezildi. Yangi qurilishlar deyarli olib borilmasdi. Aksariyat ishchilar suv, elektr va boshqa hayotiy zarur sharoitlar boimagan barak va yertoialarda kun kechirardilar. Oziq-ovqat mahsulotlari muttasil yetishmasdi. Davlat shahar aholisini oziq-ovqat bilan yetarli miqdorda ta’minlay olmasdi.
Tashqi savdoga davlat yakka hokimligi 1917-yildayoq joriy etilgan bo’lib, unga doir masalalar Moskvadagi amaldorlarning qisqa doirasi tomonidan ko’rihshi, juda ko’pchilik bilan keiishilishi lozim edi. Bu tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga to’sqinlik qildi. G’arb bilan aloqa qilishdan, G’arb taraqqiyoti va madaniyatining ta’siridan qo’rqish, keng avj olgan josuslik vasvasasi sovet iqtisodiyotini dunyo miqyosida rivojlantirish yo’liga to’g’anoq bo’ldi.
1925—1926-yillarda xususiy, shu jumladan, mayda va hunarmandchilik ishlab chiqarishi jami ishlab chiqarishning bor-yo’g’i 23% ini, xususiy sektorning umumiy ishlab chiqarishdagi hissasi esa atigi 15%ni tashkil qildi.
Hukumatning yuqori doiralarida hokimiyat uchun muntazam kurash ketardi. Biroq, Leninning obro’si katta bo’lgani sababli uning tirikligida ichki ixtiloflar yashirin kechdi. 1922-yilda Lenin og’ir betobligi tufayli faol siyosiy hayotdan deyarli ketdi. 1924-yilda Leninning o’limi hokimiyat uchun kurashning boshlanishiga turtki bo’ldi. Partiya rahbariyatida ikki bosh guruh yuzaga keldi. Birini Trotskiy (L. Bronshteyn, 1879—1940), ikkinchisini esa 1922-yilda partiya Bosh kotibi qilib tayinlanib, partiyada va mamlakatda ulkan hokimiyatni qo’lga kiritgan Stalin (I. Jugashvili, 1879—1953) boshqardi.
Qizil armiyaga bosh qo’mondonlik qilgan Trotskiy tinch aholiga qarshi ommaviy terror uyushtirish, harbiy asirlarni yo’q qilish, o’ziga yoqmagan komandirlarni otib tashlash kabi ayblarni sodir etgan edi. U eng qatiy choralami qo’llash — «kasaba uyushmalarini davlatga bo’ysundirish» tarafdori hisoblanardi. Shuningdek, Trotskiy «harbiy kommunizm» dasturi mualliflaridan biri bo’lib, «mehnat armiyalari»ni tashkil qilish va davlatni harbiy lagerga aylantirishni talab qilardi. U ayniqsa dehqonlarga nisbatan shafqatsiz edi. o’sha paytda mashhur bo’lgan «dehqonning yelkasida kommunizmga qadam qo’yish» iborasi Trotskiyga tegishh bo’hb, u dehqondan sotsializm qurish uchun zarur barcha narsani tortib olish lozimligini anglatardi.
Birinchi zarba Trotskiyga qarshi qaratildi. 1927-yilda u egallagan barcha lavozimlaridan bo’shatildi, partiyadan haydaldi va mamlakatdan badarg’a qilindi. Trotskiy bilan birga yana 98 kishi trotskizmda ayblanib, partiyadan haydaldi. Trotskiyga qarshi kurashda Stalin atoqli partiya arbobi Nikolay Ivanovich Buxarin (1888—1937) va uning taraf-dorlaridan ustalik bilan foydalandi. Buxarin «Pravda» gazetasining bosh muharriri, Siyosiy byuro a’zosi bo’lib, partiyada katta mavqega ega edi. Uning Trotskiy va trotskizmga qarshi o’tkir maqolalari Stalinga Trotskiy va uning ta’limotini nazariy va g’oyaviy jihatdan obro’sizlantirib, uning atrofida siyosiy bo’shliqni paydo qilishga ko’maklashdi.
Biroq, Trotskiydan so’ng boshqalarga ham navbat keldi. Ularning birinchisi Buxarin bo’ldi. Buxarin aqlli, nazariy jihatdan kuchli siyosatchi bo’lib, erkin dunyoqarashi bilan ajralib turardi. U Rossiyada «sotsializm qurish» rejalari borasida erkin fikr bildirdi. Buxarin sanoatlashtirish va jamoalashtirish bilan bog’liq avantyuristik rejalar, iqtisodiyot, transport va moliya sohasining haddan ortiq markazlashtirilishiga qarshi turdi va iqtisodiyot ustidan bunday zo’rlik ijtimoiy taraqqiyot qonunlari hamda iqtisodiyotdagi tabiiy aloqalarning buzilishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi. 1929-yili Stalin N. Buxarin va uning tarafdorlarini o’z g’oyalarining xato ekanini tan olish va tavba qilishga majbur qildi.
Partiyaning atoqli arbobi, taniqli nazariyotchi, publitsist sanalgan Buxarinning taslim bo’lishi Stalin uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega edi — bu Stalinning mamlakatda mutlaq hokimiyatni qo’lga kiritganidan dalolat berardi. Partiyada endi har qanday mustaqil siyosiy fikr bo’g’ilgan, bahslarga, dohiyning qarorlari muhokama qilinishiga yo’l qo’yilmas, uning daholigi va uzoqni ko’ra bilishiga shubha qilish ham mumkin emas edi. Partiya yig’ilishlari Stalinning xalq va jahon proletariati oldidagi xizmatlarini ko’kka ko’tarib maqtashdan iborat bo’lib qoldi, partiyaning o’zi esa unga madhiyalar kuylovchi yakdil va jo’r ovoz xorga aylandi.
Sovet davlati rahbarlari qoloq Rossiyani sanoatsiz qudratli , zamonaviy davlatga aylantirib bo’lmasligini yaxshi tushunardilar. 1925-yil dekabrda yalpi iqtisodiyotni rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi sifatida sanoatlashtirishga o’tish to’g’risida e’lon qilindi. Mamlakatda yangi zamonaviy sanoatni barpo etish bo’yicha ulkan ishlar boshlandi. Qisqa vaqt ichida o’nlab yangi elektr stansiyalari barpo etildi, Kerch, Krivoy Rog, Magnitogorsk, Kuznetsk va Sibirda dunyoda eng yirik metallurgiya korxonalari qurilishi boshlandi. Kimyo sanoati, mashinasozlik, traktor va avtomobilsozlik sanoatlarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. 1926— 1927-yillarda jami 582 ta yangi korxona barpo etildi.
Mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish hamda milliy respublikalarning iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloqligiga barham berish vazifalarini hal qilishga katta e’tibor qaratildi. Bunda 1927—1930-yillarda qurib bitkazilgan Turkiston-Sibir temir yo’li (Turksib) muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Uzunligi 1500 km bo’lgan bu temir yo’l g’alla, o’rmon va ko’mirga boy Sibirni o’rta Osiyoning paxtakor respublikalari bilan bogiadi. Qurilishda 50 mingdan ortiq ishchi mehnat qildi.
Yangi sanoat korxonalarining barpo etilishi ishchi kuchi va muhandis-texnik kadrlarga bo’lgan katta talabni paydo qildi. Yangi sanoat bazasi yangi, zamonaviy fan-texnika darajasidagi ishchilar sinfi va texnik kadrlarni dunyoga keltirdi. 1926-yilda zavod va fabrikalarda 2 mln. ishchi mehnat qildi, bir yildan so’ng ularning soni 3 mln. ga yetdi. Texnik kadrlarning yetishmasligi ko’plab yangi oliy texnika o’quv yurtlarining ochilishiga turtki bo’ldi. Talabalar soni qisqa vaqt ichida 48 mingtadan 235 mingtaga yetdi.
Mamlakatni rivojlantirishning birinchi besh yillik rejasi qabul qilinishi mamlakatni sanoatlashtirishda muhim bosqich bo’ldi. Bu rejada aql bovar qilmas vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutildi. Umumiy sanoat ishlab chiqarishi besh yil ichida ikki yarim baravarga o’sishi lozim edi. Asosiy e’tibor elektrlashtirish, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, ko’mir, neft, torf qazib chiqarish, mashina-sozlik, elektr sanoatini rivojlantirishga qaratildi. Og’ir sanoatdagi umumiy o’sish 230%ni tashkil qilishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish to’rt baravarga, cho’yan ishlab chiqarish uch baravarga, ko’mir qazib olish esa ikki baravarga oshishi lozim edi.
Sovet davlati xalq xo’jaligidagi asosiy kamchilik turli sohalarning mutanosib rivojlanishi bo’ldi. Xalq xo’jaligida asosiy e’tibor sanoat mahsulotlarini oshirishga qaratilib, bu 30-yillardayoq kartochka tizimining joriy etilishi va inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Iste’mol mollarini ishlab chiqaruvchi yengil sanoatning hissasi dunyo miqyosida eng oz bo’lib qoldi. Yengil sanoatni rivojlantirishga faqat bir foiz sarmoya jalb qilindi. Mamlakatda keng ehtiyoj mollari— kiyim-kechak, mebel, uy jihozlari, poyafzalning doimiy taqchilligi kuzatildi.
Sanoatlashtirish yangi texnikaga bo’lgan ulkan talabni paydo qildi. Xarajatli iqtisodiyot texnika va yangi texnologiyalarning rivojlanishi, fan-texnika yutuqlarining tadbiq qilinishiga imkon bermasdi, shu sababli yangi texnikaning asosiy oqimi faqat rivojlangan G’arb davlatlaridan kelishi mumkin edi. Buning uchun davlatda pul yo’qligi uni texnika uskunalarini rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan oltin, o’rmon, g’alla va shu kabilarni sotish evaziga xarid qilishga majbur qildi. Ermitaj xazinasidagi Rembrandt, Rubens, Van Deyk kabi musavvirlarning bebaho asarlari sotilib, ular xususiy kolleksiyalardan o’rin oldi. Hukumat cherkov ta’siriga qarshi kurash va ateizmni joriy qilish bahonasida rus pravoslav cherkovining ulkan boyliklarini musodara qildi. Cherkovlar talandi, oltin va kumush buyumlar — oltin krestlar, ikonalar qoplamalari, shamdonlar musodara qilindi. Mamlakat hukumati aholidan ham oltin buyumlarni ola boshladi, maxsus tashkil qilingan «Torgsin» (Xorijiy davlatlar bilan savdo) do’konlari oziq-ovqat mahsulotlari va keng iste’mol mollari (kiyim-kechak, poyafzal, uy jihozlari)ni faqat oltin va tilla buyumlar evaziga sota boshladi. Bu yo’l bilan xalqdan olingan tilla buyumlarning umumiy miqdori qariyb 3 ming tonnani tashkil qildi. Ularning barchasi G’arbdan mol va uskunalar sotib olishga sarflandi.
Sanoatlashtirishni mablag’ bilan ta’minlovchi boshqa bir muhim manba — chet milliy o’lkalarni Rossiya sanoatining xom ashyo «dumi»ga aylantirish bo’ldi. Mavjud markazlashgan va rejali iqtisodiyot hamda ko’p sonli ma’muriy kanallar sanoatlashtirish uchun mablag’ning katta qismini milliy respublikalardan jalb qilish imkonini berdi.
1922-yil dekabrda yagona ittifoqdosh davlat — Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqining tashkil topishi mamlakat rahbariyatida Stalin boshchiligidagi o’ta ekstremist ulug’ davlatchi kuchlarning g’alabasi bo’ldi. Sovet Ittifoqining butun hududida ma’muriy-buyruqbozlik tizimi qaror topdi. Shu bilan birga milliy respublikalaming xom ashyo manbalarini sanoatlashtirish ehtiyojlari uchun istagancha va deyarli bepul olib chiqib ketish imkonini beruvchi yagona xo’jalik tizimi vujudga keldi.
O’zbekistonda paxtachilikning rivojlantirilishi mamlakatdagi barcha to’qimachilik fabrikalarini paxta, kimyo sanoatini esa maxsus komponentlar bilan ta’minlash hamda iste’mol mollari ishlab chiqarishni oshirish imkonini berdi. Donbass ko’miri, Ozarbayjon nefti, Ukraina g’allasi va shakari, Qozog’istonning chorvachilik mahsulotlari, Qirg’iziston bergan jun sanoatlashtirishning rivojlanishida hal qiluvchi omil bo’ldi.
SSSRni tashkil qilish to’g’risidagi shartnoma o’ta markazlashgan qo’shma davlatni vujudga keltirdi. Unda markaziy hukumat qo’liga imkon qadar ko’proq hokimiyatni olishga urindi, milliy respublikalarning huquqlari esa juda ozchilikni tashkil qildi. Byudjet markaz tomonidan belgilandi, pul markazdan turib taqsimlandi, respub-likalardagi xalq komissarliklari markaziy xalq komissarliklariga bo’ysundi, markaz armiya, ichki ishlar xalq komissarligi, tashqi siyosat va tashqi savdo, aloqa va aloqa yo’larini o’z qo’hga oldi.
To’g’ri, Shartnomaning 26-moddasi har bir respublika Ittifoqdan chiqish huquqiga egaligini ko’zda tutardi. Biroq, hech bir respublika hech qachon bu «huquq»dan foydalana olmadi. Jinoiy huquq Ittifoqning yaxlitligiga qarshi har qanday daxlni og’ir jinoyat deb hisoblab, uni sodir etganlik uchun o’lim jazosini ko’zda tutdi. Markazning ixtiyorida armiya va OGPUning jazo idoralari bo’lib, ular mustaqillikka bo’lgan har qanday intilishni shafqatsiz jazolardi.
Sovet totalitarizmi xalqni yangi sanoatlashgan davlatni qurishga safarbar qila oldi. U qoloq davlatning iqtisodiy rivojlanishida samarali vosita bo’ldi. 1929—1932-yillarda, Yevropadagi barcha mamlakatlar va AQSh jahon iqtisodiy inqirozini boshdan kechirayotgan bir paytda, SSSR tashabbuskorlik va majburiy mehnatga asoslangan ulkan qurilish maydoniga aylandi.
30-yillarda SSSR sanoatni jadal rivojlantirish davriga qadam qo’ydi. Umumiy ishlab chiqarish 1928-yildan 1939-yilgacha bo’lgan davrda 6 baravar, elektr energiyasini ishlab chiqarish — 14, qora metallurgiya— 6, kimyo va neft-kimyo sanoati — 15, mashinasozlik — 15 baravar o’sdi. Yangi shaharlar, sanoat gigantlari, ishlab chiqarish komplekslari barpo qilindi. Biroq, bu rivojlanish hanuz bir tomonlama edi. Asosiy e’tibor og’ir sanoat — metall, po’lat, ko’mir, elektr energiyasini ishlab chiqarishga qaratildi. Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish past darajada qoldi. Og’ir sanoatni rivojlantirish uchun mablag’ bu yillarda, ichki ehtiyojga xilof bo’lsa-da, chet mamlakatlarga g’alla sotish evaziga olindi.
SSSR 20-30-yillarda madaniyat va ta’lim sohasida erishgan natijalar madaniy inqilob deb nomlandi. 1939-yilga kelib SSSRda yoshi katta aholi o’rtasida savodsizlik deyarli tugatildi, 13 mln. dan ortiq kishi o’rta ma’lumotga ega bo’ldi. Bepul oliy taiim tizimining joriy qilinishi ishchi va dehqonlarning farzandlariga texnikum va oliy o’quv yurtlarida o’qish imkonini berdi. 20—30-yillarda Belorussiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon va o’rta Osiyo respublikalarida texnikum va oliy o’quv yurtlari ochildi. Jumladan, 1933-yilda Toshkentda, respublikadagi birinchi oliy o’quv yurti — Turkiston davlat universiteti ochildi.
1939-yilga kelib jami ziyolilarning 80%ini mamlakatdagi barcha millat va elatlarga mansub mehnatkashlarning farzandlari tashkil qildi.
Biroq, aholining turmush darajasi Yevropa standartlaridan ancha past bo’lib qoldi. Aholining turar joy, oziq-ovqatga ehtiyoji katta edi. Tantanali e’lon qilingan inson huquqlari moddiy ta’minlanmadi, ularning shunchaki quruq shior ekani ko’rinib qoldi. Insonning kundalik hayoti ko’plab taqiqlar bilan chegaralangan edi: barcha uchun bir pasport tartibi va kolxozchilarda pasportlarning yo’qligi harakatlanish erkinligini qat'iy chegaralardi; mafkuradan har qanday chetga chiqish, o’zgacha fikrlash ta’qib ostiga olinardi; har narsadan shubhalanish, qo’rqish va chaqimchilik ayniqsa avj oldi, sudsiz jazolash, ma’muriy surgun qilish va sudsiz xususiy mulkdan mahrum etish tizimi keng tarqaldi.
SSSRda xalq xo’jaligining bir maromda, barqaror rivojlanishiga 1929—1932-yillardao’tkazilgan qishloq xo’jaligini jamoalashtirish qattiq zarba berdi. U qishloqning yangila-nishi g’oyasini qo’pol ma’muriylashtirish, zo’ravonlik, xo’jasizlik va aholining qashshoqlashishi bilan bog’ladi. Mamlakat qishloq xo’jaligi tabiiy iqtisodiy qonunlar asosida emas, yuqoridan berilgan buyruq va yo’l-yo’riqlarga ko’ra rivojlana boshladi.
Kolxozlar davrining birinchi yiliyoq Rossiya tarixida bo’lmagan ocharchilikni yuzaga keltirdi. U 30 mln. aholini qamrab oldi. Ocharchilik Ukraina, Don, Shimoliy Kavkaz, Volgabo’yi, Janubiy Ural, Qozog’istondagi g’alla yetishtiruvchi hududlarda ro’y berdi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan eng kam darajada ta’minlash maqsadida mamlakatda kartochka tizjmi joriy qilindi.
G’alla tayyorlash kampaniyalari 1932-yildan boshlab dehqonlarga qarshi chinakam urushlarga aylandi. Har kuzda qishloqlarga g’alla bo’yicha maxsus vakolat olgan xodimlar yopirilardi. Sabr kosasi toigan dehqonlar qo’lga qurol oldilar. «Quloqlar isyonlari»ni bostirishga Qizil armiya qismlari tashlandi. o’n minglab dehqonlar sudsiz otib tashlandi, yuz minglab dehqonlar badarg’a qilindi, ularning ko’pchiligi surgun qilingan yerlarida halok bo’ldilar. «Quloq» — iqtisodiy jihatdan erkin tovar ishlab chiqaruvchi — iqtisodiyotni ma’muriy boshqarish tizimi doirasiga sig’mas edi. o’z xo’jaligida yollangan ishchi kuchidan foydalangani uchun u ekspluatatsiya qiluvchi, demak, sovet hukumatining dushmani deb e’lon qilindi. Xo’jaligini yo’lga sola bilgan millionlab dehqonlar sinfiy dushman deb e’lon qilinib, mamlakatning olis hududlariga surgun qilindi.
Jamoa xo’jaliklari (kolxozlar) SSSR totalitar tuzumining ajralmas bo’g’iniga aylandi. Maxsus tashkil qilingan tizim qishloqdan shahar, armiya, sanoatni ta’minlash uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni sog’ib olish bilan shug’ullandi. o’rniga o’rin qilib qishloqqa mahsulot qaytarilmadi. Mustaqil, qonun bilan muhofaza qilingan dehqon o’rniga qishloqda ishining sifati, mehnatining natijasiga befarq yollanma ishchi yetakchi o’ringa chiqdi. Uning bu befarqligi sababi shunda ediki, yer ham, uning ne’matlari ham unga tegishli emasdi.
Bularning barchasi qishloq xo’jaligida turg’unlikning yuzaga kelishi, dehqonlarning qishloqdan shaharga qochishlari, qishloqlarning bo’shab qolishiga sabab bo’ldi. Dehqonlarni ma’muriy ravishda qishloqlarga bog’lash — ularga pasport bermaslik chorasi ham dehqonlarning qishloqlarni ommaviy ravishda tashlab ketishlarini to’xtatolmadi.
1932— 1933-yillarda Volgabo’yi, Shimoliy Kavkaz, G’arbiy Sibir hududlarida ro’y bergan qurg’oqchilik natijasida SSSRda ocharchilik boshlandi. Biroq, shunga qaramay, g’alla tayyorlash rejalari oshirildi, bunga ko’ra g’allani eksport qilish ham oshdi. 1932-yil 7-avgustdagi qonunga muvofiq “sotsialistik mulkni qo’riqlash” bo’yicha o’ta keskin choralar ko’rila boshlandi. Xalq orasida «boshoqlar to’g’risidagi qonun» nomi bilan mashhur bu qonunga muvofiq kolxoz mulkini o’g’irlaganlik (dalada boshoq terganlik) uchun butun mulkini musodara qilgan holda oiim jazosi yoki 10 yil muddatga surgun ko’zda tutildi.
Ocharchilik oqibatida yuz minglab dehqonlar halok bo’ldilar, ayniqsa, Ukraina aholisi ocharchilikdan qattiq talafot ko’rdi.
Mamlakatda o’zgacha fikrlovchilar va hukumat olib borayotgan siyosatga qarshi chiqishlarni bostirish maqsadida «Davlat ahamiyatiga molik jinoyatlar to’g’risida»gi nizom e’lon qilinib, u terrorni qonunlashtirdi va huquqiy jihatdan asosladi. Stalin o’z siyosiy raqiblari va mavjud tuzum dushmanlarini yo’q qilish huquqini beruvchi qonunga ega bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab ishdagi har qanday kamchilik, Stalinning buyruq va ko’rsatmalaridan har qanday chekinish davlat jinoyati xususiyatiga ega boia boshladi. OGPU (Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi) terror va qatag’onni amalga oshiruvchi idoraga aylandi. 1934-yilda u qayta tuzilib, NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi)ga aylantirildi.
«Buzg’unchilik» xatti-harakatlarini isbotlovchi barcha dalillarga ayblanuvchilarning iqrorlari asos qilib olindi. Sudda ular sabotaj va buzg’unchilik borasidagi ayblovning bosh asosiga aylandilar. Aksariyat iqrorlar ma’naviy va jis-moniy tazyiq vositasida olinardi. Tashkil qilingan jarayonlarning ko’pchiligida ayblanuvchi sifatida qora kursidan taniqli iqtisodchi olimlar hamda eski mutaxassis va olimlar sirasidan bo’lgan rahbarlar o’rin oldilar. Bunday sud jarayonlari yordamida davlat rahbariyati mamlakatda umumiy ishonchsizlik ruhini o’rnatish va fuqarolar ongida qatag’onni yanada kuchaytirish zarurligiga ishonch tuyg’usini qaror topdirishga urindi.
1936-yildan boshlab Moskvada qator ko’rgazmali jarayonlar o’tkazildi. Eng yuqori lavozimlarda ishlagan sovet rahbarlari bo’ynilariga qo’yilgan barcha siyosiy ayblarni sodir etganliklariga iqror bo’ldilar. Ularning ko’pchiligi uzoq muddatlarga qamoq jazosiga hukm etildi, aksariyati esa qatl qilindi. Arxivlardagi hujjatlarni o’rganish, zamondoshlaming guvohliklari «jinoyatlar» qiynoq va qo’rqitish yo’li bilan ularning bo’yniga qo’yilganini ko’rsatdi. Ular oilalarining kelajagidan qo’rqib, ochiq-oydin yolg’on ko’rsatmalar berdilar va o’zlariga o’zlari tuhmat qildilar.
Terror harbiy rahbarlarni ham chetlab o’tmadi. Yirik harbiy qo’mondonlar, hatto fuqarolar urushi qahramonlari ham josuslikda ayblanib, qatl qilindilar. Jazolovchi idoralar va ularning qurbonlari soni yil sayin oshib bordi. 1936— 1938-yillarda Moskvada bolsheviklar partiyasining sobiq rahbarlari ustidan sud jarayonlari bo’lib o’tdi. N. I. Buxarin, G. Ye. Zinovev, L. B. Kamenev, A. 1. Rikov, M. P. Tomskiy va boshqalar fitna, diversiyalar uyushtirganlik, josuslikda ayblanib, o’lim jazosiga hukm qilindilar. Shundan so’ng Stalin yakka diktatorga aylandi. Ommaviy axborot vositalari uning qo’lida Stalin shaxsiga sig’inishni, tuzumning amaldagi va ehtimoliy dushmanlarini ma’naviy va ruhiy terror qilishni targ’ib qiluvchi vositaga aylanib qoldi. Partiyaning oliy boshqaruv idorasi hisoblangan s'ezdlar 1939-yildan 1952-yilgacha biror marta ham chaqirilma-di. Diktator hokimiyatni hech kim bilan bo’lishishni ista-madi.
Lenin tomonidan yaratilgan davlat sotsializmi Stalin hukmronligi davrida puxta yo’lga qo’yilgan terror va qatag’on mashinasiga aylandi. Davlatni boshqarish idoralari tizimining o’zi shunday qurilgan ediki, u mamlakatning butun aholisini qarshilik ko’rsatish befoydaligiga, hokimi-yatga qarshi bo’lgan har bir inson yo’q qilinishiga ishon-tirishga urinardi.
1936-yilda davlat sotsializmining totalitar tizimi mamlakatning yangi konstitutsiyasi bilan mustahkamlandi. Bu hujjatda fuqarolarning huquqlari, demokratiya va qonuniylik, adolat va insonparvarlik to’g’risida ko’p gapirilardi. Aslida esa konstitutsiya ham proletariat diktaturasi, ham demokratiya o’rniga kelgan kommunistik partiya oliy idorasining diktaturasini mustahkamlardi. Partiya qarorlari endi bajarilishi shart bo’lgan qonunlar bilan tenglashtirildi. Partiya apparati davlat apparati o’rnini egalladi. U bir vaqtning o’zida qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatga aylandi. Hukumat idoralari endi faqat partiya apparati irodasini so’zsiz bajarisbilangina shug’ullanuvchi itoatgo’y idoralarga aylandilar.
Biroq, yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelgan siyosiy tizim samarasiz bo’lib chiqdi. U iqtisodiyotning real qonun-qoidalari bilan to’qnashuvda mag’lubiyatga uchradi. Ma’muriy xo’jalik tizimi iqtisodiy nuqtai nazardan bema’ni sanalgan qarorlar ham so’zsiz bajarilishi lozimligi tufayli samaradorlik, sifat va raqobatbardoshlik masalalarini hal qila olmadi. Mehnatning past samaradorligini qoplash maqsadida korxonalar juda ko’p ortiqcha ishchi kuchlarni saqlab turdilar. Rahbarlikning boshqaruv usullari qattiqlashishi natijasida boshqaruv apparati jadal sur’atlarda o’sib bordi. Harbiy xavfning kuchayishi, armiya soni va mudofaa uchun xarajatlarning jiddiy oshishi bu muammolarni yanada keskinlashtirdi.
Ushbu munosabat bilan davlat idoralari intizomni tartibga solish va kadrlarning qo’nimsizligiga barham berish maqsadida shafqatsiz repressiv choralarni keng qoilay boshladilar. Sababsiz ishga kelmaganlik, kech qolganlik, ishdan ruxsatsiz ketganlikni qattiq jazolovchi qator choralar qabul qilindi. Ishdan qolganlik yoki ruxsatsiz ketganlik uchun to’rt oy muddatgacha qamoq jazosi ko’zda tutildi. Farmon qabul qilinganidan keyingi bir oyning ichida yuz mingdan ortiq bunday jinoiy ishlar qo’zg’atildi. Ishchilar shu taxlit ish joylariga ipsiz bogiandilar, o’z ixtiyorlari bilan ular ish joylarini o’zgartira olmasdilar. Mavjud iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirish maqsadida xalq xo’jaligida mahbuslar mehnatidan keng foydalanila boshlandi. OGPU davlat buyurtmalarining eng yirik ijrochisiga aylandi. Yangi qurilishlarning 15%idan ortig’i OGPUga topshirilib, ularda GULAG mahbuslarining mehnatidan foydalanildi.
Mahbuslar o’z mehnatlari uchun haq olmasdilar, buning evaziga ularga tegishli daraja va sifatli maxsus lager kiyimi va ovqat berilishi ko’zda tutilardi. Shunday qilib qashshoq dehqonlar va mahbuslar butun dunyoga ishchi va dehqonlarni ekspluatatsiyadan ozod qilgani to’g’risida jar solgan mamlakatni moliyaviy halokatdan saqlab qoldilar.
30-yiliarda sobiq SSSR tashqi dunyo bilan aloqalarda ko’plab qiyinchiliklarga duch keldi. Ular eng avvalo podsho hukumatining qarzlarini to’lash, xorijiy mulkni ularning eski egalariga qaytarish, xalqaro aloqalardagi teng huquqlilik, mustaqillik muammolari bilan bog’liq bo’ldi. Ammo bu qiyinchiliklarga qaramay, sovet dipiomatiyasi tashqi munosabatlarni sekin-asta o’zgartirishga erishdi. 20-yillaming boshida Angliya, Germaniya, Avstriya, Norvegiya, Italiya va boshqa mamlakatlar bilan ilk savdo aloqaiari o’rnatildi.
Yevropa mamlakatlari va AQSh bilan iqtisodiy aloqalarning bir maromda rivojlanishiga tashqi savdoning davlat tomonidan monopoliyalashtirilgani to’g’anoq bo’ldi. Bu tufayli AQSh SSSR bilan savdo aloqalari o’rnatishni qat’iyan rad etdi.
Sovet diplomatiyasi SSSRda kolonializmga qarshi kurashda o’z ittifoqchisini ko’rgan Osiyo mamlakatlari bilan do’stona munosabatlami o’rnatishda ma’lum muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. 1921-yilda Eron, Afg’oniston, Turkiya va Mongoliya bilan do’stlik va hamkorlik to’g’risida bitimlar tuzildi.
Rossiya va Germaniya taqdirida 1922-yili Genuyada imzolangan Rappalo bitimi katta ahamiyatga ega bo’ldi. U ikki mamlakat o’rtasida diplomatik aloqalar o’matdi. Ushbu bitim G’arb davlatlarining SSSRga nisbatan siyosiy qamalini barbod qildi. Rappalo bitimidan so’ng boshqa davlatlar ham SSSRni tan ola boshladilar. 1924-yilda Angliya va Fransiya bilan diplomatik aloqalar o’matildi. Xuddi shu yili Yevropadagi ko’plab davlatlar sovet davlatini diplomatik jihatdan tan olishi va u bilan diplomatik aloqalar o’matishini bildirdi. 1925-yil yanvarda sovet-yapon bitimi imzolandi. 1921—1925-yillarda SSSR chet mamlakatlar biian jami 40 dan ortiq turli bitim va shartnomalar tuzdi.
Qisqacha mazmuni
• Yangi iqtisodiy siyosat — iqtisodiyotni boshqarish markazlashtirilgan sharoitda xususiy sarmoya va xususiy mehnatdan foydalanish;
• GOELRO rejasi — elektrlashtirish hamda sanoat va qishloq xo’jaligini urushdan oldingi darajaga yetkazish rejasi;
• Rossiyaning G’arb mamlakatlari va AQSh tomonidan iqtisodiy qamal qilinishi;
• iqtisodiy qonunlaming buzilishi natijasida iqtisodiy rivojlanishdagi beqarorlik;
• Davlat sotsializmi ma’muriy-buyruqbozlik tizimi g’oyasining barbod bo’lishi — narx-navoning oshishi, ishsizlik, ocharchilik, chayqov bozori, korrupsiya, amal-dorlar apparatining o’zboshimchaligi;
• Stalinning hokimiyat uchun kurashi va Stalin yakkahokimligining o’rnatilishi;
• mamlakatni sanoatlashtirish siyosati, ishlab chiqarishning o’sishi, muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash, madaniy inqilob davrida savodsizlikni tugatish;
• aholi turmush darajasining pastligi. Iqtisodiyotdagi «A» va «B» guruhlarning nomutanosib rivojlanishi;
• jamoalashtirish: qishloq xo’jaligi rivojlanishining deformatsiyalanishi, «quloqlar»ga qarshi kurash, ocharchilik, kartochka tizimi;
• OGPU va NKVD faoliyati, terror va qatag’oniar; GULAG.
Hujjat
Surgun qilingan «quloqlar»ning 1930-yilda mamlakat hukumatiga yozgan xatidan
Hurmatli o’rtoqlar! Xatimizning birinchi satriaridayoq sizlardan o’tinib so’raymiz: hech bo’lmasa farzandlarimizni qutqaring, ularga yordam bering. Axir, bolalar hayot chechaklari-ku, biroq ular gullamay xazon boimoqdalar.
Bizni sahroning 25 chaqirim ichkarisiga ko’chirib keltirdilar va to’rt tomoni ochiq dalaga itqitdilar, yomg’irda shalabbo bo’lgan edik, endi esa qumga ko’milmoqdamiz. Qachondir, albatta, o’lishimiz kerak, biroq ochlikdan o’lishni istamas edik.
Biz, mehnatkash dehqonlar va farzandlarimiz sovuq va oftobda toblangan odamlarmiz, biroq boshpanasiz hatto yovvoyi odamlar ham yashashmagan. Besh oydirki, biz surgundamiz va odamlik siyog’imiz qolgani yo’q: o’t-ildiz yeb kun kechiryapmiz, yeyishga non berishmayapti, ishlab topishning esa imkoni yo’q.
Biz dunyodan ajratib qo’yilganmiz, ochlikdan shishib ketganmiz, boiaiarimiz bunday hayotga dosh berolmay, halok bo’lmoqdalar. Nahotki bizning chindan ham quloq ekanimizga ishonasizlar? Yo’q, biz quloqlar emasmiz, biz mehnatkashlarmiz, bizning qadoqli qoilarimiz hozir quruq suyakka aylanib qolgan; biz quloq qilinganimiz yo’q, balki mahalliy hokimiyat tomonidan talanganmiz. Chindan quloq qilinishi lozim bo’lgan odamlar uylarida o’tirishibdi, ularning o’rniga biz surgun qilindik.
...Ayni paytda bizning quruq suyagimiz qolgan, xoios, aprelda, kuchimiz bor paytda yer haydardik, hozir esa hatto yurishga ham holimiz yo’q, aprelda har qalay yer haydashga urinardik, 24 kishi plug tortardi...
Sanoatlashtirishning asl qimmati
1929-yilning yozida aslo ko’ngilli xususiyatga ega bo’lmagan qishloq xo’jaligini jamoalashtirish boshJandi. Iyul oyidan yil oxiriga qadar 3,4 mln. ga yaqin dehqon xo’jaliklari, ya’ni jami dehqon xo’jaliklarining 14%i kolxozlarga birlashtirildi; 1930-yil fevral oyi oxiriga kelib kolxozlarga birlashtirilgan dehqon xo’jaliklari soni 14 mln. (umumiy sonining 60%i)ga yetdi. o’ziga to’q xo’jaliklar «quloq» qilinib, ularning egalari oilalari bilan birga odam oyogi yetmagan olis oikalarga surgun qilindilar. Faqat 1930—1931-yillarda 380 mingdan ortiq oila, ya’ni 2 mln. ga yaqin kishi surgun qilindi.
1928-yilda Stalin to’satdan jami dehqonlarning 5%ini (1,2 mln. dehqon xo’jaliklari yoki o’sha paytdagi qishloq aholisining 6,2 mln. i) quloqlar tashkil etishini e’lon qildi. Quloqlarni tugatish va kolxozlashtirishni amalga oshirish bilan bir vaqtda g’alla tayyorlash majburiyatlari ham keskin oshirildi — qishloq xo’jaligida yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni sanoatiashtirish ehtiyojlari uchun kuch bilan tor-tib olish avj oldi.
1929-yilda g’alla tayyorlash hajmlari 1928-yildagiga nisbatan 1,5 baravar, 1930-yilda esa 2 baravarga oshirildi, qo’shimcha ravishda tortib olingan g’allaning asosiy qismi eksport qilindi. G’alla belgilangan miqdorda tayyorlandi va olib chiqib ketildi, pirovard natijada aynan g’allaning eksport qilinishi sanoatlashtirishni valyuta bilan ta’minladi: 1931-yilda o’rnatilgan jami uskunalarning 80—85%i G’arbdan sotib olib keltirildi. Biroq sanoatlashtirish juda qimmatga tushdi: har yili «ortiqcha» 10 mln. tonna g’allaning tortib olinishi tez orada dahshatli ocharchilikni keltirib chiqardi, uning natijasida 1932—1933-yillarda minglab odamlar halok bo’ldilar. Rossiyadagi sanoatlashtirishning asl qimmati shunday bo’ldi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro aloqalar. 1987, 11-son
14-§. 1929-1933-YILLARDAGI JAHON IQTISODIY INQIROZI VA UNING XUSUSIYATLARI
Bu jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixidagi eng og’ir va halokatli inqiroz bo’ldi. U butun jamiyatning iqtisodiy asosini titratibgina qolmay, og’ir ijtimoiy va siyosiy oqibatlarga ham olib keldi. Inqiroz o’z fuqarolarini ish, yashash uchun mablag’, fuqaroviy tinchlik bilan ta’minlay olmagan mavjud tuzumga ham ulkan ma’naviy zarar yetkazdi.
Yevropa xaritasining urushdan keyingi tuzilishi an'anaviy xo’jalik aloqalariga putur yetkazdi, jahon iqtisodiyotining savdo va moliya munosabatlariga o’zgartirish kiritdi. Faqat qit’alar o’rtasidagi emas, qo’shni mamlakatlar o’rtasidagi aloqalar ham buzildi. Butun Yevropa mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, xom ashyo beruvchilar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi an'anaviy aloqalarni uzgan bojxona to’siqlari, proteksionistik bojxona soliqlariga to’lib-toshdi.
Inqiroz yillari kapitalistik dunyoda sanoat sohasidagi ishlab chiqarishning umumiy qisqarishi 40% ni tashkil qildi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va savdo-sotiqning hajmlari inqirozdan oldingi darajaga nisbatan uchdan birga kamaydi. Inqiroz uzoq muddat davom etdi. U 1929-yil kuzida boshlanib, o’z cho’qqisiga faqat 1932-yil o’rtalarida ko’tarildi. Biroq shundan so’ng ham AQSh va Yevropa mamlakatlari moliyaviy munosabatlar va sanoat sohasida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishiga erisha olmadilar, ayrim mamlakatlarda inqirozdan so’ng depressiya boshlandi, iqtisodiy hayot qayta jonlanmadi.
Inqiroz asosan ikki jadal rivojlanayotgan davlat— AQSh va Germaniyani larzaga soldi, biroq Angliya, Fransiya, Italiya va Ispaniya kabi boshqa nisbatan mayda mamlakatlarning iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Sanoatdagi inqiroz qishloq xo’jaligidagi inqiroz bilan birga kechdi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabning kamayishi narxlarning tushishi va fermerlarning ommaviy kasodga uchrashlariga olib keldi. Narxlarni ushlab qolish uchun mahsulotlarni keng miqyosda yo’q qilish amalga oshirildi. Minglab tonna go’sht, minglab litr sut yo’q qilindi, kofe mag’izlari dengizga tashlandi yoki asfalt qoplash uchun ishlatildi, bug’doyzorlar payilon qilindi, paxtazorlarga o’t qo’yildi, mevali daraxtlar kesildi. Bularning barchasi millionlab ochlarning ko’z o’ngida amalga oshirildi.
Moliya tizimini qoplagan inqiroz vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Nafsilambrini aytganda, inqiroz aslida naqd pullari qolmagani sababli mijozlarga pul toiashni to’xtatgan Amerika banklarining sinishidan boshlangan edi. Natijada 56 davlatning valyutasi qadrsizlandi, dollar va funt sterlingning oltin standartlari tugatildi.
Iqtisodiy inqirozning asosiy yuki mehnatkash ommaning yelkasiga tushdi. Jahon mamlakatlarini tarixda bo’lmagan ishsizlik larzaga soldi. 1932-yil boshiga kelib butunlay ishsizlar armiyasi 26 mln. Kishini tashkil qildi, to’liqsiz ish haftasida band etilganlarni qo’shganda esa 30 mln. kishidan oshib ketdi. Ishsizlarning oila a’zolarini ham qo’shganda jami 100 millionga yaqin kishi jabr ko’rdi. Bu chorasizlik natijasida yuzaga kelgan keskinlik har bir uyga kirdi. Ahvolning hukumat islohotlari bilan yaxshilanishiga umidni yo’qotgan mehnatkashlar iqtisodiy ahvollarini yaxshilash, ijtimoiy huquqlarini saqlab qolish va kengaytirish uchun kurash boshladilar. 15 yetakchi mamlakatda 20 mingga yaqin ish tashlashlar bo’lib, ularda qariyb 10 mln. kishi ishtirok etdi.
Yevropa va Amerikada ochlar va ishsizlarning ommaviy namoyishlari avj oldi, shaharlar bo’ylab marshlar va yurishlar tashkil qilindi. Demokratik harakat kuchaydi, mustamlaka mamlakatlardagi milliy-ozodlik harakatlarida yangi ko’tarilish yuz berdi.
Inqiroz, ishsizlik, inflyatsiya, xo’jalikdagi buzg’unchiliklar jamiyatni ma’naviy tanazzulga olib keldi. Ma’naviy qadriyatlar barbod bo’ldi, odamlar o’rtasida dushmanlik, adovat avj oldi. Hukmron sinf vakillari saflarida kuchli hokimiyat, boshqaruvning totalitar usullarini qo’llashga intilish kuchaydi. Burjua individualizmi va xususiy tashabbus erkinligi g’oyasi hech qanday qonunJar bilan cheklanmagan, faqat hukmron sinflar irodasigagina bo’ysungan kuchli shaxs diktaturasi tomonidan siqib chiqarildi.
Germaniyada natsizmning paydo bo’lishi jamiyatning ma’naviy tushkunligi ifodasi bo’ldi. Antisemitizm, irqchilik, insonga nisbatan nafrat va tajovuzkorlikni targ’ib qiluvchi natsistlar mafkurasi eng keskin ijtimoiy kasalliklar bilan og’rigan jamiyat uchun baayni giyohvand vositaga aylandi.
Jahon inqirozi va natsizm Versal-Vashington tizimining yemirila boshlaganini ko’rsatdi. Kun tartibiga yana dunyoni qurolli bo’lib olish masalasi qo’yildi. Iqtisodiy inqirozdan so’ng yetti yil o’tib siyosiy inqiroz ro’y berdi — Ikkinchi jahon urushi boshlandi.
Radiotexnika, avtomobilsozlik va sintetik mahsulotlarm ishlab - chiqarish kabi sohalarning o’sishini inqiroz ham to’xtata olmadi. Ularning texnologik bazasi Birinchi jahon urushiga qadar yaratilgan edi, ammo bu sohalarning rivojlanishi uchun turtki faqat urushdan so’ng beriidi.
Radio. AQSh va Yevropa mamlakatlarida radio va radiotexnologiya kundalik hayotga yigirmanchi va o’ttizinchi yillardayoq kirib keldi. Harbiy aloqalarga bo’lgan talab simsiz radioning rivojlanishini tezlashtirdi. Dastlabki radioeshittirish vositalari 1922-yili Angliyada yaratildi. 1926-yilda Britaniya radioeshittirishlar tizimi dunyoga keldi va radio qit'a bo’ylab keng tarqala boshladi. Elektr tizimining rivojlanishi radio imkoniyatlarini kengaytirdi. Radio asosiy iste’mol mollari qatoriga qo’shildi. Shu bilan birga xizmat ko’rsatish va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sohalarini ham rivojlantirish talab qilindi. Radiosanoat targ’ibot hajmi va mohiyatini batamom o’zgartirdi. 20-yillar oxirida yevropaliklar ixtiyorida millioniab radiopriyomniklar bor edi. Radio asosan o’rta tabaqa vakiiiari tomonidan sotib olinardi. Elektr texnologiyasining ilk mahsuloti sanalgan radio ommaviy bozorni zabt etdi. Radio aholi turmush tarzini butunlay o’zgartirib yubordi.
Avtomobilsozlik. Ikki urush oralig’idagi davrda jadal sur’atlarda rivojlangan radiodan keyingi ikkinchi soha avtomobilsozlik bo’ldi. Yigirmanchi yillarda avtomobil ommaviy talab va iste’mol moliga aylandi. Fransiyada Lui Reno va Anri Sitroen o’rta tabaqaga mo’ljallangan arzon avtomobil yaratdilar. Avtomobil Yevropa hayotida Amerikadagidan ham kuchiiroq inqilob yasadi. U turmush-ni yanada tezkorroq qilib, qurolli kuchlar tabiatini ham keskin o’zgartirdi. Avtomobilsozlik maxsus navli po’lat, oyna, rezina va neft ishlab chiqarishga talabni kuchaytirdi.
Sintetik materiallar. 20-yillarda sintetik materiallardan mahsulotlar ishlab chiqarish katta iqtisodiy ahamiyat kasb eta boshladi. Sun'iy ipak sanoat va turmushda yangi davrga yo’l ochdi. Uni ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmlari juda tez o’sdi. Vaqt o’tishi bilan bu tovarni ishlab chiqarish jarayoni yanada takomillashdi. Sun'iy ipak arzon to’qimachilik mahsuloti sifatida kundalik turmushda paxtaning o’rnini bosa boshladi. Sintetik ipak ishlab chiqarish Germaniya va Italiya kabi mamlakatlarning hukumatlari e’tiborini o’ziga jalb qildi, ular xom ashyo bilan o’zlarini o’zlari ta’minlashga urindilar. Urush arafasida, o’ttizinchi yillarning oxirida bu mamlakatlarning hukumatlari tabiiy xom ashyo o’rnini bosishga qodir sun'iy ipak ishlab chiqarish imkonini beruvchi kimyo sanoatini rivojlantirishga majbur bo’ldilar.
Qisqacha mazmuni
• 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi— XIX asr oxiri — XX asr boshidagi mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyoti tarixida eng og’ir va halokatli inqiroz;
• inqiroz AQSh va Yevropa mamlakatlari sanoati, qishloq xo’jaligi va moliya tizimini qamrab oldi;
• ommaviy ishsizlik, inflyatsiya, ochlik, qashshoqlik, ijtimoiy ixtiloflarning keskinlashishi, mavjud tuzumga nisbatan ommaviy norozilik, mehnatkashlarning o’z huquqlari uchun kurashining kuchayishi;
• inqiroz Versal-Vashington bitimining barbod bo’lishi va yetakchi jahon mamlakatlarida dunyoni qurolli bo’lib olish niyatlarining qayta tug’ilishiga olib keldi;
• avtomobilsozlik, radiotexnologiya va sintetik materiallardan mahsulot ishlab chiqarish borasidagi yutuqlar;
AQSh va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushiga qadar bo’lgan davrda avvalgi rivojlanish darajasiga yeta olmadi.
15-§. 1929-1939-YILLARDA GERMANIYA
1929-1932-yillardagi inqiroz Germamyadagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotning asoslarini larzaga soldi. Uch yil davomida ishlab chiqarish hajmlari tinimsiz pasayib bordi. Sanoatda 1932-yilgi ishlab chiqarish darajasi 1928-yilgi ishlab chiqarish darajasining atigi 58% ini tashkil qildi, mehnat uchun haq yarmiga qisqardi va rasmiy belgilangan kun kechirish uchun zarur miqdorning yarmini tashkil qildi. Germaniyadagi ishsizlik darajasi boshqa kapitalistik mamlakatlardagiga nisbatan (AQShdan tashqari) eng yuqori bo’ldi. Ishsizlar soni 9 mln. ga yaqin bo’lib, ularning faqat 20% ga yaqini ishsizlik bo’yicha miqdori juda oz bo’lgan nafaqa olardi, qolganlarga hech narsa to’lanmasdi. Germaniya sanoatining barqarorlik yillaridagi (1924—1929) o’sishiga xorijiy davlatlardan olingan qarzlar va kreditlar sabab bo’lgan edi. Inqirozning ilk alomatlari ko’zga tashlanishi bilan barcha xorijiy sarmoyalar Germaniya iqtisodiyotidan qaytib olina boshlandi. Bu inqirozni yanada chuqurlashtirdi. Iqtisodiyotning keskin beqarorlashishi siyosiy inqirozga va mamlakat hukumatining to’liq almashishiga olib keldi.
1928-yil mayidagi saylovlarda birorta ham siyosiy partiya reyxstagda mutlaq ko’pchilik ovozga ega bo’la olmadi va hukumatni tashkil qilish uchun «Katta koalitsiya» tuzilib, unga Sotsial-demokratlar partiyasi (reyxstagda 153 o’rin), Katolik markaz (78 o’rin) va Nemis milliy partiyasi (NMP — 73 o’rin) kirdi. Birgalikda ular 304 mandatga ega bo’lib, bu ularga mamlakatni rasman boshqarish imkonini berardi. Germaniya kansleri etib Sotsial-demokratlar partiyasi rahbari G. Myuller (1876—1931) tayinlandi. Biroq, sotsial-demokratlar va NMP o’rtasida keskin ixtiloflar yuzaga kelib, bu 1930-yilda koalitsiyaning barbod bo’lishi va hukumatning iste’foga chiqishiga sabab bo’ldi.
NMP mulkdor tabaqalar, birinchi galda yirik sanoat manfaatlariri ifodalardi. Ular hatto Veymar respublikasi davrida ishchilarga berilgan juda kichkina imtiyozlarni ham bekor qilish tarafdorlari edilar. NMP birinchi navbatda maosh va mehnat sharoitlarining davlat tomonidan tartibga solinishi hamda sug’urta qonunchiligini bekor qilishni talab qildi. 1928-yilda, «Katta koalitsiya» faoliyatining ilk davridayoq, Reyn va Rur sanoatchilari zavod va fabrikalardan ular qo’ygan shartlarda ishlashdan bosh tortgan 250 ming ishchini qisqartirdilar.
NMP vakillari sarmoya va daromadga qo’shimcha soliqlarni, ishsizlarga nisbatan har qanday yon berishlarni rad etdilar. Bu yirik nemis burjuaziyasining Veymar respublikasiga qarshi fitnasi edi. Murosasiz ixtiloflar tazyiqi ostida 1930-yil 27-martda G.Myuller hukumati iste’fo berdi.
1930-yil 1-aprelda prezident Gindenburg reyxskansler qilib Katolik markaz partiyasi vakili Genrix Bryuningni tayinladi. U buyuk iqtisodchi hisoblanardi, xalqqa uning asosiy maqsadlari iqtisodiyotni barqarorlashtirish va natsistlar partiyasi obro’sini tushirishdan iborat, deb tushuntirishdi. U bu niyatlarining birortasini ham amalga oshirishni uddalay olmadi. Aksincha, Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishini aynan u ta’minladi, deb hisoblash uchun barcha asos bor.
Reyxstagda ko’pchilik o’ringa ega bo’lmagan yangi kansler Veymar konstitutsiyasining 48-moddasiga muvofiq prezident dekretlarini chiqarish yo’li bilan mamlakatni boshqardi. 1930-yilda 5, 1931-yilda 44, 1932-yilda 66 ta favqulodda dekret chiqarildi. Reyxstagning qonun chiqarish faoliyati deyarli to’xtadi: 1932-yilda u atigi 5 ta qonun qabul qildi. Dekretlarning birortasi ham rad etilmadi.
Bryuning hukumati Germaniya yirik sarmoyasiga beqiyos yordam ko’rsatdi. Qator yirik banklar kasodga uchragach, hukumat ularning aksiyalarini sotib oldi va shu asno ularni qutqarib qoldi. Davlat yirikligi jihatidan mamlakatda ikkinchi o’rinda turuvchi Drezden bankining 90 foiz sarmoyasini qo’lga kiritdi, Berlin banki, ikkita eng yirik paroxod kompaniyasi, qator konsernlar, Yevropada eng yirik «Po’lat tresti»ni kasodga uchrashdan qutqarib qoldi. Bryuning hukumati deyarli iqtisodiyotni boshqarishning davlat-monopolistik yo’liga o’tdi. Davlat 583 ta hissadorlik jamiyatining faoliyatida ishtirok etdi, ko’pchilik banklarni o’z nazorati ostiga oldi. Endi diktaturaning iqtisodiy poydevori ham tayyor bo’lgan edi — natsistlar iqtisodiyotni boshqarishni to’liq markazlashtirish uchun tayyor apparatni o’z qo’llariga oldilar.
Inqiroz esa chuqurlashib bordi, yangi yuz minglab ishsizlar ko’chaga haydaldilar, non va xayriya yordamlari uchun navbatga turganlar safi uzayib bordi. Har qanday iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz keskinlikning kuchayishiga olib keladi.
Germaniyada inqiroz kommunistlar va fashistlar harakatining jadal o’sishi va ular o’rtasida ayovsiz kurashning avj olishiga olib keldi. Germaniya kommunistlar partiyasi (GKP) fashistlarga qarshi faol kurash olib bordi. Kompartiya qarorlarida fashistlar harakati monopolistik sarmoya diktaturasini o’rnatishga qaratilgan xalqqa qarshi tajovuzkor harakat sifatida ta’riflandi. 1925-yilda Kompartiya raisligiga ishchilar harakatining mashhur rahbari, Birinchi jahon urushi askari, 1923yilgi Gamburg qo’zg’oloni rahbari Ernst Telman (1886—1944) saylandi.
GKP ishchilar sinfining qator yirik chiqishlarini uyushtirishga muvaffaq bo’ldi. 1930—1931-yillarda Berlin metallurglari, Rur konchilarining ish tashlashlari, Mansfald sanoat hududida ish tashlashlar bo’lib o’tdi. 1932-yil sentabr-noyabrida transport sohasi va boshqa ko’plab korxonalarda mingdan ortiq iqtisodiy va siyosiy ish tashlashlar tashkil qilindi. 1930 yil sentabrda «Fashizmga qarshi kurash ittifoqi» tuzildi, Gitlerning namoyishlariga ishchilarning «Qizil jangchilar ittifoqi» o’z-o’zini himoya qilish otryadlari faol qarshilik ko’rsatdilar.
1932-yil mayida «Fashistlarga qarshi aksiya» nomli keng xalq harakatini boshlash to’g’risida qaror qabul qilindi. Butun Germaniyada ommaviy namoyishlar bo’lib o’tdi. Bu fashistlarga qarshi xalq fronti dunyoga kelayotganini ko’rsatdi. Reyxstagga saylovlarda GKP uchun 4,6 mln. kishi, 1932-yil noyabrida esa 6 mln. kishi, ya’ni jami saylovchilarning 17%i ovoz berdi. Kommunistlarning saylovdagi muvaffaqiyati hukmron doiralarda sarosima uyg’otdi va hokimiyatning fashistlarga berilishi jarayonini tezlashtirdi. Kommunistlar obro’sining oshishi Germaniyaga «qizil diktatura» xavfming tahdid solishi sifatida taqdim etildi.
1932-yilda Germaniya prezidentligiga saylovlar bo’lib o’tdi. Gindenburgning yoshi 83 da ekaniga qaramay, o’ta konservativ kayfiyatdagi o’ng doiralar uning nomzodini qayta saylashga qo’ydilar. Prezidentlikka ikkinchi nomzod Gitler edi. U birinchi turda 30%, ikkinchi turda esa 37% ovoz oldi. Garchi prezidentlikka Gindenburg saylangan bo’lsa-da, uning va Veymar respublikasining kuni bitgani hech kimga sir emas edi.
Bryuning parlamentning emas, shaxsan Gindenburgning qo’llab-quvvatlashiga tayanib mamlakatni 2 yil davomida boshqardi. Iqtisodiy ahvol yaxshilanmadi, siyosiy vaziyat esa keskinlashib bordi. Bryuning Germaniya hukmron doiralaridagi konservativ kuchlarning ko’magidan mahrum bo’ldi. 1932-yil 30-mayda Bryuning vazifasidan chetlashtirildi va uning o’rniga Frans fon Papen (1879— 1969) tayinlandi. «Baronlar kabineti» degan nom olgan hukumat tarkibiga prezident o’g’li va Birinchi jahon urushida nom chiqargan bir nechta harbiy arboblar kiritildi. Reyxstag faoliyati to’xtadi, yangi kabinet bir necha oy davomida nazoratsiz hukmronlik qildi.
Bu vaqtga kelib allaqachon ko’chalarda natsistlar hukmronlik qilardilar. Ishsizlik minglab odamlarni shturmchilarning otryadlariga yozilishga majbur qildi — 1930-yilda ularning saflarida 100 ming a’zo bor edi, 1933-yilga kelib a’zolar soni 1 mln. ga yetdi. Shturmchilarning otryadlari (SA) so’l kuchlarning namoyishlarini shafqatsizlik bilan tarqatardi, namoyish ishtirokchilarini yoshi va jinsiga qaramay to’qmoqlar bilan ayovsiz savalardi. Bu otryadlar deyarli ichki tartibni qo’riqlash vazifasini o’z zimmasiga olgan edi. Terror va qo’rqituv fashistlarning asosiy quroliga aylandi, endi ularni hech kim to’xtatishga qodir emasdi. Ular hokimiyatga intilishar, unga qanday yo’l bilan boimasin erishishni istashardi. Hukmron doiralar natsistlarning harakatlarini ma’qulladilar, shu yo’l bilan ular demokratik harakatning o’sishini to’xtatishga urindilar. Natsistlar o’tkazuvchi majlislar va namoyishlar bezori va banditlardan iborat mutaassiblar to’dasining yig’ilishlarini eslatardi. Natsistlar jigarrang formada ko’chalar va maydonlar, shaharlar va qishloqlar bo’ylab o’tib, tijoratchilar va harbiylarni o’z tomonlariga og’dirdilar, ommaviy axborot vositalarida targ’ib qilindilar. Ular haqida ayrim ziyolilar ham hurmat bilan gapira boshladilar. Ularning «Yo’qolsin Versal bitimi!», «Yo’qolsin chayqovchilar!», «Yo’qolsin chirik hukumat!» qabilidagi talablari keng ommada xayrixohlik uyg’otdi, ijtimoiy va siyosiy safsatadan iborat natsistlar targ’iboti chorasizlikdan sillasi qurigan ishsizlarni va millat tuyg’usiga berilgan fuqarolarni o’z tomoniga og’dirishga muvaffaq bo’ldi.
Fon Papen natsistlar bilan til topishga urindi, biroq Gitler hokimiyatni bo’lishish to’g’risida eshitishni ham istamadi, yakka va cheksiz hokimlikni talab qildi. Germaniya hukmron doiralari Gitlerni qo’llab-quvvatladilar, ularga aynan shunday odam kerak edi. Shunda fon Papen 1932-yil iyulda reyxstagga saylovlar o’tkazishni belgiladi. Saylovlar hayratomuz natija bilan tugadi. Natsistlar uchun saylovchilarning 37%i ovoz berdi, ular reyxstagda 230 o’rinni qo’lga kiritdilar. Reyxstag o’sha chaqiriqda 608 o’rindan iborat ekani hisobga olinsa, Gitler tarafdorlari 35% ga yaqin ovozga ega bo’ldilar. Bu ko’p edi, biroq Gitlerning kansler lavozimini egallashi uchun yetarli emasdi. Bunga so’l partiyalarning 232 ovozi qarshilik qilardi.
Gitlerning hokimiyatga bunday tez ko’tarilishiga Germaniya yirik sarmoyasi ko’maklashdi. 1925-yildayoq Germaniya monopolistlari va yirik sarmoyadorlari Gitler va uning partiyasiga e’tibor berdilar. Uning Buyuk Germaniyani yaratish rejasi va Germaniyaga mustamlakalarini qaytarish to’g’risidagi doimiy chaqiriqlari ulaming manfaatlariga to’la javob berardi. Ular siyosiy kurashlarida qurol sifatida Gitler va uning partiyasidan foydalandilar. Maiumki, o’sha 1925-yildayoq Germaniya monopoliyalari fashistlarga juda katta miqdorda moddiy yordam ko’rsata boshladilar. Krupp, Tissen, Stinnes, Mannesman, Flik fashistlar partiyasi ehtiyojlari uchun muntazam ravishda pul berib turdilar. Fashistlarning barcha targ’ibot tadbirlari, saylov kampaniyalari, SS (xavfsizlik otryadlari) va SA otryadlari, fyurer shtabi, uning eskorti Germaniya yirik sarmoyasi tomonidan mablag’ bilan ta’minlandi.
Gitlerning o’z homiylari bilan birinchi uchrashuvi 1932-yil 27-yanvarda bo’lib o’tdi. «Po’lat tresti»ning direktori Tissen uni Germaniya sanoatchilariga tanishtirdi. Gitlerning 4 soatga cho’zilgan nutqi shunday iboralardan tuzilgan edi: «Demokratiya — axmoqlar ishi», «Biz Germaniyada marksizmning ildizini quritishga qaror qildik», «Oq irq Yer kurrasida yashovchi boshqa barcha xalqlarni o’ziga bo’ysundirishi lozim». Stinnesning buning uchun nima kerak degan savoliga, Gitler qisqa qilib: «8 mln. kishilik armiya», deb javob berdi.
Germaniya sanoatchilari mamnun edilar. Ularga serharakat odam kerak edi, Gitler ularning millat rahbari borasidagi talablariga to’liq javob berardi. Ular Gitlerni rasman fyurer, ya’ni dohiy deb atay boshladilar. Sanoatchilar Gitlerning hokimiyatga kelishini ta’minlash uchun juda qattiq ish olib bordilar.
Gitlerning boshqa homiylari ham bor edi. Yirik Amerika tijoratchilari Gitlerga Germaniya sanoatchilaridan ham oldinroq e’tibor bergandilar. Amerikaning avtomobil qiroli Genri Ford Gitlerni 1922-yildayoq mablag’ bilan ta’minlay boshladi. 1938-yilda, hokimiyat cho’qqisida bo’lgan paytda Gitler G. Fordni Germaniyaning oliy ordeni — Katta Xoch bilan mukofotladi. Gitlerning hokimiyatni egallashiga ko’maklashgan yana bir Amerika kompaniyasi «Jeneral Elektrik» edi. Shu ikki kompaniya ko’magining o’zi Gitlerni butun Amerika yirik tijorati qo’llab-quvvatlashi uchun yetarli bo’ldi. Gitler — urush degan so’z ekanini hamma yaxshi tushunardi, Yevropadagi urush esa Amerika tijorati uchun daromad manbai edi. Ikkinchi jahon urushi davrida Ford ikkala tomondan — Gitler vermaxti uchun transport vositalari ishlab chiqargan Fransiya va Germaniyadagi korxonalari hamda Amerika armiyasi uchun undan harbiy avtomobillar xarid qilgan AQSh hukumatidan foyda olgani ma’lum.
Gitlerning ko’p ovoz olishi uchun reyxstag tarqatib yuborildi va 1932-yil noyabrga yangi saylovlar belgilandi. Yangi saylovlarning ssenariy mualliflari reyxstagda natsistlarga qo’shimcha 56% o’rinni ta’minlashga va shu taxlit Gitlerni legitim ravishda, ya’ni qonuniy yo’l bilan reyxskanslerlikka ko’tarishga umid qildilar.
So’l kuchlarda saylov kompaniyasini o’tkazish uchun mablag’ qolmagan edi, shu bois Gitlerning g’alabasi aniq deb aytish uchun barcha asos bor edi. Biroq, reaksion kuchlar adashdilar. Natsistlar to’plagan ovozlar soni kamaydi, binobarin, Gitler partiyasini reyxstagda himoya qiluvchi deputatlar soni ham qisqardi. Endi ular oldingi reyxstagdagiga nisbatan 34 kishiga kam edilar. So’l kuchlar uchun ovoz berganlar soni 311 taga (582 tadan) yetdi, bu esa demokratik hukumat tuzish uchun yetarli edi. Bu Germaniyaga demokratik yo’ldan borish uchun berilgan yagona imkoniyat bo’ldi.
Gitler sarosimaga tushdi. Natsistlar partiyasi barbod bo’lib borardi. Fashistlar harakatining inqirozga yuz tutganini anglatuvchi belgilar ko’zga tashlanib qolgan edi. Saylovlarda fashistlar 2,5 mln. ovoz yo’qotdilar. Germaniyadagi moliya va sanoat doiralari fashistlar partiyasining barbod bo’lishi oqibatlarini yaxshi tushunishardi. Ularning vakillari natsizmning barbod bo’lishi «milliy halokat» deb zo’r berib uqtira boshlashdi. Gindenburg sustkashlikda va so’l kuchlarga yon bosishda ayblandi. Yirik monopoliyalar, banklarning vakillari va generallar uzil-kesil fashistlar tomonga o’ta boshladilar. Gindenburgga Germaniyaning 20 dan ortiq moliya magnatlari imzolagan noma yuborilib, unda Gitlerni darhol reyxskansler etib tayinlash talabi qo’yildi. 1933-yil 4-yanvarda Gitler Germaniyaning yirik va yetakchi sanoatchi va sarmoyadorlari ishtirokida majlis o’tkazdi, unda Gitler kansler bo’lishi kerak, degan qarorga kelindi. 1933-yil 30-yanvarda Gindenburg Gitlerni Germaniyaning reyxskansleri qilib tayinladi.
Shunday qilib, Gitler hokimiyatni qonuniy yo’l bilan egalladi. Hokimiyatni topshirishning barcha qonuniy rusumlariga rioya qilindi. Bu juda muhim hisoblanardi, chunki barcha fuqaroviy muassasalar va hukumat tashkilotlari uni davlatning qonuniy rahbari sifatida qo’llab-quvvatlashlari lozim edi. Natsistlar partiyasining qafiy intizomga bo’ysundirilgan tizimi va ommaviy siyosiy targ’ibot totalitar tuzum apparatini vujudga keltirdi. U yirik sarmoya manfaatlarining ijrochisi, hukmron sinflarning quroliga aylandi, biroq uning ommaviy tayanchi shaharlar va qishloqlar, ulardagi sinfsizlashgan unsurlar hisoblanardi. Bu ijtimoiy guruhlar oldingi hukumatlar tomonidan o’z holiga tashlab qo’yilgan bo’lib, umidsizlikka tushgan va qashshoqlashgan, keskin o’zgarishlar ro’y berishiga mushtoq edilar. Gitler ularga ish, farovonlik va yashash sharoitlarini yaratib beruvchi hukumat va’da qildi. U buyuk va qudratli Germaniyani tiklashga, Germaniya xalqining barcha musibatlari sababchisi bo’lgan Versal bitimini bekor qilishga so’z berdi. Bu uning bayroqlari ostiga juda ko’pchilikni jalb qildi, ular Gitlerga ko’r-ko’rona ergashdilar. 1933-yil iyulida Germaniyada shturmchilar nazorati ostida umumxalq plebissiti o’tkazilib, unda 36 mln. aholi Gitler siyosatini qo’llab-quvvatlashlarini bildirdi. Bu Gitlerni ruhlantirdi va o’z siyosatining amalga oshishiga to’liq ishonch bag’ishladi.
Natsistlar rahbariyatining bosh maqsadi Yevropa qit’asida hukmronlik o’rnatish edi; bunga oldin barcha nemiszabon xalqlarni birlashtirish, so’ng esa hayotiy kenglik («lebensraum») uchun kurash shiori ostida hududlarni bosib olish yo’li bilan erishish ko’zda tutilardi. Gitler asosiy e’tiborini shu maqsadni amalga oshirishga qaratdi.
Hokimiyatni egallagach, Gitler jadal va qat'iy harakat qila boshladi. Birinchi bosqichda u o’z hokimiyatini siyosiy raqiblarini tor-mor keltirish va o’z partiyasi saflaridagi raqiblarini yo’q qilish yo’li bilan mustahkamlashga urindi.
1933-yil 23-fevralda natsistlar reyxstagga o’t qo’yishni uyushtirdilar. «Bu — kommunistlar», deb qichqirdi radio orqali Gitler. «Bu kommunistlar isyonining boshlanishi», deb uqtirdilar barcha natsist gazetalari. Ularni barcha burjua gazetalari ham to’liq qo’llab-quvvatladilar. Kommunistik partiyaning barcha arboblari, ular sirasidan bo’lgan reyxstag va mahalliy parlamentlarning deputatlari o’sha kuniyoq qamoqqa olindilar. Mahalliy so’l tashkilotlarning barcha a’zolari qamoqqa tashlandilar. Sotsial-demokratlar va kommunistlar partiyasining barcha nashrlari taqiqlandi. Gitlerning talabiga ko’ra Gindenburg o’sha kuniyoq «Xalq va davlatni muhofaza qilish to’g’risida»gi dekretni imzoladi. Unga ko’ra Gitlerga favqulodda vakolatlar berildi. Bu dekret Gitler tuzumi hukm surgan 12 yil davomida terror va yalpi diktatura siyosatining huquqiy asosini tashkil qildi.
1933-yil mart oyi boshlarida Germaniyada yana saylovlar bo’lib o’tdi. Natsistlar unda 44% ovoz oldilar. Gitler o’zining natsistlar hukumatini tuzdi va 23-martda reyxstag Gitlerga o’z dekretlari bilan mamlakatni boshqarish huquqini beruvchi qonun qabul qildi. Bu Gitlerga cheksiz vakolatlar berardi. 1934-yil 2-avgustda prezident Gindenburg vafot etdi. Gitler Uchinchi reyx deb nomlana boshlangan Germaniya davlatining kansleri va prezidentiga aylandi.
«Uchinchi reyx» iborasi birinchi marta 1920-yilda nemis baynalmilalchi-yozuvchisi Meller van der Bruk tomonidan qo’llangan bo’lib, u o’z kitobini shunday deb nomlagan edi. Natsistlar darhol bu nomni o’zlari tuzmoqchi bo’lgan davlatga qo’yib, uning Karl Buyuk tomonidan o’rta asrlarda barpo etilgan birinchi Germaniya davlati va ikkinchi «reyx» (1871—1918) bilan bog’liqligiga urg’u berdilar.
Hokimiyatni egallagach, Gitler natsistlar partiyasidan boshqa barcha siyosiy partiya va tashkilotlarni taqiqlovchi farmon chiqardi. Reyxstag tarqatildi, kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlab qo’yildi. Kasaba uyushmalari o’rniga natsistlar partiyasiga to’liq bo’ysunuvchi va korxonalarning xo’jayinlari irodasiga itoat etuvchi «Germaniya mehnat fronti» tashkil qilindi. Barcha matbuot nashrlari (gazetalar, jurnallar, byulletenlar) yopildi yoki natsistlar partiyasi nazorati ostiga o’tkazildi. Barcha bolalar va o’smirlar tashkilotlari tarqatildi yoki natsistlar tashkilotlariga boiajak a’zolarni tarbiyalovchi «Gitleryugend» yoshlar tashkilotiga qo’shib olindi. Davlat apparatida puxta tozalash ishlari amalga oshirildi: natsistlar mafkurasidan ozgina chekingani sezilgan yuz minglab xizmatchilar ishdan bo’shatildilar, ularning o’rinlarini esa jigarrang mundirdagi «partaygenosse» (ya’ni natsistlar partiyasi a’zolari) egalladilar.
Qurolli kuchlarda barcha ofitserlar natsistlar partiyasiga a’zo bo’lishlari va Gitler mafkurasiga so’zsiz itoat etishlari shart edi. 1933-yil oxiriga kelib muxolif marralarda turgan barcha tashkilotlar yo’q qilindi.
Bir vaqtning o’zida Gitler o’z uyi, ya’ni rasmiy rahbarlik yo’liga nisbatan norozilik alomatlari ko’zga tashlangan natsistlar partiyasida ham tartib o’rnatdi. Natsistlar partiyasidagi Gitlerning bosh raqibi o’sha paytda o’z saflariga 1 mln. ga yaqin shturmchini birlashtirgan SA qo’mondoni Ernst Rem edi. Rem Gitlerning eng qora va yovuz topshiriqlarini bajarib, uning hokimiyat tepasiga kelishiga faol ko’maklashgan natsistlar harakatining arboblaridan hisoblanardi. Endi u Gitlerga kerak emas edi, buning ustiga uning bosh raqibiga aylangandi. Gitler uni yo’q qilishga qaror qildi.
1934-yil 30-iyun tunda SAning yuksak lavozimlarni egallagan barcha rahbarlari oidirildi. Bu tun «uzun pichoqlar tuni» nomini oldi. Yuzdan ortiq kishi, shu jumladan, Rem va sobiq kansler fon Shleyxer ham o’ldirildi. Natsistlar partiyasidagi muxolifat ham tor-mor keltirildi va Gitler Germaniyaning yagona hukmroni, partiya rahbari —fyureri, ya’ni Germaniya xalqining cheksiz huquqqa ega dohiysiga aylandi.
Tarixiy ma’lumot
Germaniya reyxskanslerlari
1919-yil — F. Sheydeman 1920— 1921-yillar — K. Ferenbax 1921—1922-yillar - I. Virt 1922—1923-yillar - V. Kuno 1923-yil — G. Shtrezeman 1923—1924-yillar - V. Marks 1924—1926-yillar - G. Lyuter 1927—1928-yillar - V. Marks 1928—1930-yillar - V. Myuller 1930—1932-yillar - G. Bryuning 1932-yil, iyul-noyabr — fon Papen 1933-yil, yanvar — A. Gitler
Germaniya prezidentlari
1919—1925-yillar — F. Ebert
1925-1934-yillar - P. Gindenburg
1933—1945-yillar - A. Gitler (1934-yil 1-avgustga qadar reyxskansler; reyxskansler va prezident mansablari birlashgandan keyin fyurer va reyxskansler).
Qisqacha mazmuni
• 1929 —1932-yillar — mamlakatda ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining pasayishi;
• “Katta koalitsiya” hukumatining mamlakat iqtisodiyotini aholiga zulm qilishni kuchaytirish yo’li bilan barqarorlashtirish borasidagi muvaffaqiyatsiz urinishlari;
• G. Bryuning hukumati faoliyati davrida mamlakat iqtisodiyotining davlat tomonidan boshqarilishiga o’tilishi;
• Mamlakatdagi fashistlarga qarshi tadbirlaming muvaffaqiyati;
• Germaniya sanoatchilari va yirik sarmoyadorlarining natsional-sotsialistlar partiyasi va Gitlerni qo’llab-quvvatlashlari;
• 1933-yil 30-yanvar — Gindenburg Gitlemi reyxskansler qilib tayinladi;
• Germaniyadagi «uzun pichoqlar tuni» — Gitler tomonidan muxolifatning yo’q qilinishi.
16-§. GERMANIYADA FASHISTLAR DIKTATURASI
Germaniyada qaror topgan tuzum davlat siyosati miqyosiga ko’tarilgan ommaviy va shafqatsiz terrordan iborat edi. Terror faqat siyosiy raqiblarni yo’q qilish vositasi emas, nemis xalqini qo’rqitish omili ham hisoblanib, har bir nemis fuqarosi qarshilik ko’rsatishning befoydaligini, qarshilik ko’rsatgan muqarrar halok qilinishini va natsistlar rahbariyatiga so’zsiz itoat etish zarurligini anglab yetishi lozim edi. Natsistlar tuzumining bosh jazo idorasi xavfsizlik otryadlari (SS) bo’lib, uni Genrix Gimmler (1900—1945) boshqarardi. Bu otryadlar 20-yillar o’rtasida Gitlerning shaxsiy qo’riqlovchi otryadlari sifatida tashkil qilingan edi, biroq keyinchalik ular natsistlar davlatining terror tizimidagi asosiy bo’g’iniga aylandilar. 1933-yilda SS saflarida 50 ming kishi bo’lib, aynan shu otryadlar 1934-yil iyunida fashistlar partiyasini tozalash bo’yicha qonli tadbirlarni amalga oshirdilar. 1940-yilga kelib SS saflari 240 ming kishiga o’sdi, harbiy tuzilishga ega bo’lib, diviziya va polklarga ajratildi.
SS otryadlarining vazifasi odamlarni ta’qib qilish va qirish, ommaviy qirg’in va odamlarni krematoriylar (odam jasadini kuydiradigan olov muassasa) hamda gaz kameralarida yo’q qilishdan iborat bo’ldi. SS rahbariyati konslagerlar (o’lim lagerlari)dagi tutqunlar va harbiy asirlar ustida tajribalar o’tkazdi: muzlatish bo’yicha tajribalar, zaharli o’qlar, vositalarni sinab ko’rish va hokazo.
SSning tarkibiy qismini maxfiy politsiya (gestapo) va SS qo'mondoni (reyxsfyureri)ning xavfsizlik xizmati — SD tashkil qildi. Ular xalqi va bosib olingan hududlarning aholisi ustidan yalpi nazorat o’rnatdilar. Ularning asosiy vazifasi mavjud tuzumga qarshi paydo bo’lgan har qanday muxolifatni joyida yo’q qilishdan iborat edi. Har bir uy, yo’lak, xonadon va oila nazorat ostiga olindi. Yalpi ta’qib tizimi o’rnatildi, ya’ni hamma bir-birini kuzatdi va ta’qib qildi. Bolalar ota-onalari, ota-onalar esa o’z farzandlarini kuzatib, ma’lumot berishlari odatiy holga aylandi. Yetkazmaslik jinoyat hisoblanardi. Gestapo va SD zimmasiga yahudiylarni ommaviy qirg’in qilish vazifasi yuklatildi. Mamlakatning har bir fuqarosiga maxsus varaqchalar yuritilib, ularda bu shaxsning ishonchlilik darajasi ko’rsatildi.
«Reyx dushmanlari», ya’ni o’zgacha fikrlovchilar, demokratik tashkilotlarning vakillari, harbiy asirlarni ommaviy ravishda qirg’in qilish uchun maxsus konsentrat-sion lagerlar barpo etilib, ularda odamlar ommaviy qirg’in qilindi. Bunday lagerlar jami 15 ta bo’lib, ularda 10 mln. ga yaqin odam yo’q qilindi. Birinchi konslager Buxenvaldda — Shiller va Gyotening vatani hisoblangan Veymar yaqinida 1933-yilda, ikkinchisi 1934-yili Daxauda barpo etildi. Buxenvald lageri faoliyat yuritgan 12 yil davomida gaz kameralari, krematoriylar, merganlik tirlarida 1 mln. 350 ming kishi, Daxauda esa 1 mln. 200 ming kishi yo’q qilindi.
Natsizm yahudiy aholini to’liq qirib tashlashning maxsus dasturini ishlab chiqdi. Natsistlar hokimiyatni qo’lga kiritganlaridan so’ng antisemitizm rasmiy siyosatga aylandi. Bu insoniyat tarixidagi eng shafqatsiz, g’ayriinsoniy va keng miqyosli irqiy ta’qib bo’ldi. Natsistlar antisemitizmdan «ommani alangalatuvchi ruhiy uchqun» sifatida foydalandilar. Yahudiylar maxsus ajratilgan joylar (getto)da yashashlari lozim edi, ular davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilindilar, shuningdek, ular kiyimlarida maxsus belgi (olti qirrali yulduz) taqib yurishga majbur edilar.
Maxsus dastur («xolokast» — yakuniy qaror)ning amalga oshirilishi natijasida Yevropada 6 mln. dan ortiq yahudiy qirib tashlandi. Bu dastur shu qadar puxta va beshafqat tuzilgan ediki, 1945-yildan so’ng Yevropada yahudiylar xalq sifatida deyarli qolmadilar. Bu dasturning ijrochilaridan biri — SS gruppenfyureri, Chexoslovakiya gaulyayteri Karl Frank 1946-yilda Nyurnberg sudining hukmiga binoan qatl qilinadi. Sudda u shunday deydi: «Oradan minglab yillar o’tadi, biroq ular Germaniyaning bu aybini yuva olmaydi».
Germaniya aholisining «rahmdillik yuzasidan» o`ldirilishi ham natsistlar tuzumining axloqsiz va jinoiy atvorini fosh qiladi. Davlatda oziq-ovqatning tanqisligini ro’kach qilib, Gitler samarali mehnatga noqobil bo’lgan barcha kasallar va qariyalarni hamda telbalar, aqli ojizlar, tutqanoq kasali bilan og’ruvchilar, davlat va xususiy ruhiy shifoxonalar bemorlarini qirib tashlash to’g’risida buyruq berdi. Ularni konslagerlarga ko’chirib, so’ng yo’q qilardilar, oila a’zolari va yaqinlariga esa bemor xastalikdan vafot etdi, deb ma’lum qilardilar. Ushbu yo’l bilan 275 ming nemis qirib tashlandi.
Barcha totalitar tuzumlarning maxsus ishlab chiqilgan o’z mafkuralari bo’lib, ular bu tuzumlarning hukm surishini oqlashi yoki asoslashi, maqsadlarini ifodalashi va ularga erishish yo’llarini ko’rsatishi lozim edi.
Natsizm 1920-yilda, ya’ni Gitler hali Germaniya natsional-sotsialistik ishchilar partiyasi fyureri bo’lmay turib e’lon qilingan edi. Gitler ushbu dasturning barcha moddalarini nazariy shaklda ifodalab berdi va uni natsizm mafkurasi ko’rinishidagi g’oyalar tizimiga aylantirdi. Ular Gitlerning «Mayn Kampf» («Mening kurashim») kitobida o’z ifodasini topdi.
Natsizmning asosiy g’oyasi Germaniya xalqi uchun hayotiy kenglikni ta’minlash, bunda har qanday vositalarni qoilash, urush va jinoyatlardan ham tap tortmaslikdan iborat edi. Nemislar Yevropada, so’ng esa butun dunyoda hukmronlik qilishi lozim bo’lgan oliy irq vakillari deb e’lon qilindilar. Natsional-sotsializm maqsadlariga erishish quroli sanalgan yalpi urush adolatli va tabiiy deb e’lon qilindi. Urush, oiimga sig’inish va past irq vakillari hisoblangan boshqa xalqlarga nisbatan nafrat ruhi onglarga singdirildi. Natsistlar mafkurasi nemis xalqining boshqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishga bo’lgan huquqini qaror topdirish uchun «abadiy kurashi» to’g’risi-da safsata tarqatdi. Natsistlar da’vosicha, bu huquqni nemislar oliy irqqa mansubliklari tufayli qo’lga kiritgan edilar. Osiyoliklar, afrikaliklar, semitlar, slavyanlar, umuman nord (ya’ni german) irqiga mansub boimagan xalqlar abadiy qullikka mahkum etilardi. Butun Sharqiy Yevropa hududiga nemislar joylashtirilishi, qifaning bu qismi to’liq germanlashtirilishi lozim edi.
Nemislar, natsizm mafkurasiga muvofiq, Germaniyaga boshqa xalqlarning hududlarini qo’shib olishlari yoki ularni ishg’ol etishlari lozim edi. Gap eng avvalo aholisi qirib tashlanishi yoki qulga aylantirilishi ko’zda tutilgan hududlar haqida borardi. Bu mafkura butun-butun xalqlarni qirib tashlash, davlatlarni yo’q qilishni rejalashtirgan edi. U shaxs erkinligi, fuqaroviy huquqlar, yashash huquqiga qarshi harakatlarni oqlardi va asoslardi. Adolat — bu kuch, kim kuchli bo’lsa, huquq va adolat uning tomonida, deb da’vo qildilar fashistlarning rahnamolari. Bu g’oyalarning amalga oshirilishi totalitar tuzum hukmronligi, yalpi urushlar, butun-butun xalqlarning qirib tashlanishi, madaniyati, an'analarining yo’q qilinishi, ularning «toza qonli» irqqa bo’ysundirilishini talab qilardi. Bu qotillar, jinoyatchilar va vahshiylar mafkurasi edi. U insoniyatga qarshi tajovuzkor urush va jinoyatlarga olib borardi.
Fashistlar partiyasining 1933-yil 3-sentabrda Nyurnbergda bo’lib o’tgan s'ezdida Gitler o’zining nemislar barcha xalqlar bo’ysunishi lozim bo’lgan oliy irq vakillari ekani to’g’risidagi nazariyasini e’lon qildi. Bu nemislarning boshqa millatlardan ustun millat ekani va bu ustunlik unga millatlarni bo’ysundirish, ulardan o’z maqsadlariga erishish yo’lida foydalanish huquqini berishini da’vo qiluvchi nazariya edi. Bu nazariya natsistlar davlatining rasmiy mafkurasi va rasmiy siyosatiga aylandi.
Natsional-sotsializm mafkurasini nemis xalqining keng ommasi ongiga singdirish bo’yicha kuchli tashviqot ishlari avj oldirildi. S'ezd yakunlangani zahoti Berlin operasi maydonida yoqilgan ulkan gulxanda jigarrang forma kiygan talabalar jahon adabiyotining buyuk namoyandalari yozgan minglab kitoblarni yondirdilar. Gyote va Geyne, Shekspir va T. Mann, Volter va Russoning kitoblari kuydirildi. Butun Germaniyada taraqqiyparvar yozuvchi va allomalarning kitoblari yondirildi. Mamlakatdan 5 mingga yaqin olimlar, yozuvchilar, rassomlar, artistlar quvg’in qilindilar. Matbuot, radio, teatr, kino — bularning barchasi I. Gebbels (1897—1945) boshchiligidagi axborot vazirligi nazorati ostiga o’tdi. Barcha maktab va universitetlar harbiylashtirildi.
Mamlakatda urush va g’alabalarni yalpi targ’ib qilish avj oldi. SS askarlari yangi ritsarlik ordeni a’zolari sifatida madh qilindi, svastikali bayroqni butun yer kurrasi uzra baland ko’targan nemis askari namuna qilib ko’rsatildi. Kitoblar, jurnallar, kino, teatr — barchasi yagona maqsadga — nemis yoshlarini shafqatsiz zobit jangchilarga aylantirishga bo’ysundirildi. Natsizmni madh etuvchi namoyishlar va mash'al ko’tarib yurishlar biri biridan mahobatli bo’ldi. Millionlab omma «fyurer» portreti ko’rindi deguncha junbushga kelib, «xayl» deb qichqirardi. Gitlerning buyukligi va daholigiga ishonch toia singdirildi, Fyurer ketidan o’ylamasdan ergashishga da’vat qilindi.
Gitler rahbariyati maktabdagi tarbiyaga alohida e’tiborni qaratdi. Maktabga qadam qo’yilgan davrdan boshlab «irqiy dunyoqarash», «irqiy ustunlik» va german nord qonini sof saqlashga e’tiqod tarbiyalandi. Maktablardan «siyosiy jihatdan ishonchli boimagan», ya’ni natsional-sotsializm g’oyasiga ko’r-ko’rona sadoqati sezilmagan barcha o’qituvchilar haydaldilar. Ularning o’rniga o’quvchilar ongiga natsistlar g’oyasini muttasil singdiruvchi o’qituvchilar tayinlandi.
Gitlerning buyrug’iga ko’ra Germaniyadagi barcha yoshlar «Gitleryugend» tashkilotiga birlashtirildilar. Bu tashkilotning bosh vazifasi yoshlarni natsional-sotsializm ruhida tarbiyalashdan iborat edi, ushbu maqsadda uning saflarida keng natsistlar targ’iboti olib borilardi. «Gitleryugend» natsistlar partiyasi saflarini to’ldirish manbaiga aylandi. Uning SS talablariga javob beruvchi a’zolari SSga a’zolikka asosiy nomzodlar hisoblanardilar.
«Gitleryugend»dan harbiy xizmatga chaqirilish arafasidagi yoshlarni harbiy jihatdan tayyorlashda ham foydalanildi. Tashkilot maxsus bo’limlarga ajratildi va ular turli qo’shin turlari uchun mutaxassislarni tayyorladilar.
1933-yil mayidan boshlab yoshi 18 dan 25 gacha bo’lgan yoshlar uchun ikki yillik ko’ngilli mehnat majburiyati joriy qilindi. Yoshlar botqoqliklarni quritish, shosse yo’lari qurish, kanallar qazish ishlariga jalb qilindilar. Bu mehnat lagerlaridagi hayot to’liq harbiylashtirilib, harbiy xizmat nizomiga bo’ysundirildi, harbiy tayyorgarlik tashkil etildi. Sport harakati armiyani tayyorlash va nemislarning hukmron irq vakillari ekani to’g’risidagi natsizm g’oyasini targ’ib qilish vositasiga aylandi.
1935-yil 16-martda umumiy harbiy majburiyat to’g’risidagi qonun qabul qilindi. Bu kunga kelib 8 mln. nemis o’smirlari Germaniya qo’mondonligi talablarini harbiy, siyosiy va jismoniy jihatdan to’liq qoniqtiruvchi zamonaviy armiya asosini tashkil qilardilar. Garchi Germaniya faqat 500 ming kishilik armiya tashkil qilish to’g’risida e’lon qilgan bo’lsa-da, millionlab kishilar armiyaga a’zo bo’lishga tayyor turardilar.
Natsistlar dasturi Germaniya iqtisodiyotini totalitar va avtoritar asosda izga solishga qaratildi. Dastur iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bogiiq barcha masalalarni hal qilish bo’yicha mutlaq vakolatga ega kuchli markaziy hokimiyatni vujudga keltirishni ko’zda tutardi. Uning ko’rsatmalari so’zsiz bajarilishi lozim edi. Davlat tomonidan boshqariluvchi aralash iqtisodiyot yuzaga keldi. Biroq xo’jalik iqtisodiyot tizimining yangi tuzilishi mavjud iqtisodiy munosabatlarning asoslariga daxl qilmadi. Sanoat va qishloq xo’jaligida eski xo’jayinlar egalik qilishda davom etdilar.
Germaniya iqtisodiyotida mamlakat sanoatining asosini tashkil qiluvchi 30 ta eng yirik sanoat konsernlari — «IG Farbenindustri» (kimyo mahsulotlari, dori-darmon, porox, sintetik benzin va kauchuk ishlab chiqarish), «Feraynigte Shtalverke» (po’lat ishlab chiqarish), «Krupp», «Flik», «Mannesman», «Simens», AEG va boshqalar yetakchi o’rin egallab turardi. Butun natsistlar siyosiy tizimi ularning imkon qadar ko’p foyda qilishlari asosiga qurildi va butun nemis xalqi ularning xizmatiga jalb qilindi. Gitler ularning boyishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratib berdi. «Krupp»ning daromadi 1934— 1940-yillarda 4 baravar, «IG Farbenindustri»ning daromadi 17 baravar, «Flik»niki — 65 baravar oshdi. Bularning barchasi Yevropadagi bosib olingan mamlakatlardan bo’lgan 12 mln. xorijiy ishchilar va harbiy asirlar mehnati bilan dunyoga keldi.
1934-yil fevralda «Iqtisodiyotning uzviy qurilishini tayyorlash to’g’risida»gi qonun asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning yangi tizimi yaratildi. Imperiyaning iqtisodiy palatasi mamlakatdagi butun iqtisodiy hayotni muvofiqlashtirdi. U xom ashyoni taqsimlash, bozorlarni bo’lish, narxlarni belgilash, hukumat buyurtmalarini tasdiqlash va shu kabi ishlar bilan shug’ullandi. Uning tarkibiga 6 imperiya xo’jalik guruhlari, 44 xo’jalik guruhlari, 350 maxsus guruhlar va 640 maxsus guruhchalar kirib, ular mamlakatning joylardagi iqtisodiy hayotini nazorat qildilar. Bu tizim vakillari SS generallari (grupenfyurerlar) darajasiga ko’tarilgan va Imperiya iqtisodiy palatasini boshqaruvchi yirik sarmoyaning diktaturasini qonuniylashtirdi. Germaniyaning yirik konsernlari vakillari endi mamlakatning xo’jalik hayoti ustidan cheksiz hokimiyatni qo’lga kiritdilar.
Bundan tashqari, yetti imperiya guruhlari iqtisodiyot sohalari — sanoat, energetika, hunarmandchilik, transport, bank va sug’urta faoliyatini nazorat qildilar. Bular vazirliklarga yaqin idoralar bo’lib, yirik tadbirkorlar tomonidan boshqarilardi. Yirik sarmoyani qo’llab-quvvatlash maqsadida iqtisodiyotning davlat sektori (Reyxsverke AG) tashkil qilindi. Uning vazifasi rentabelsiz xususiyatga ega, biroq zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishdan iborat edi. Davlat mablag’i hisobiga past navli temir rudasini qayta ishlovchi ulkan metallurgiya korxonalari barpo etildi. Davlat korxonalari temir rudasining 43%i, cho’yanning 17%i, po’latning 13%i, elektr energiyasining esa yarmidan ortig’ini ishlab chiqardilar.
Davlat korxonalaridan tashqari davlat va xususiy kompaniyalar ishtirokida ko’plab aralash korxonalar ham barpo etildi. Davlatga barcha hissadorlik jamiyatlaridagi sarmoyaning 25 %i tegishli edi. Yirik konsernlarni xom ashyo, bozor va buyurtmalar bilan ta’minlash hamda raqobatga chek qo’yish maqsadida majburiy kartellash, ya’ni barcha mayda va o’rta korxonalarni tugatish ishlari amalga oshirildi. ` qonunga ko’ra yahudiylarning mol-mulklari musodara qilindi, banklar va sanoat korxonalari esa «oriylashtirildi» (ya’ni toza qonli nemislarga berildi). Ushbu qonunga muvofiq sarmoyasi 100 ming markadan kam bo’lgan hissadorlik korxonalari taqiqlandi, sarmoyasi 500 ming markadan kam bo’lgan yangi korxonalarni tuzish esa man etildi. Shu taxlit barcha mayda va o’rta korxonalar deyarli tugatilib, yirik sarmoyaning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratildi. Natijada yirik mulkdorlar sinfi yuzaga keldi. Jumladan, sarmoyasi 1 mln. markadan kam bo’lgan kompaniyalar soni kamaydi, sarmoyasi 20 mln. markadan ko’p bo’lgan kompaniyalar soni esa oshdi.
Natsistlar tuzumi majburiy mehnatni joriy qildi. 1934-yil 20-yanvardagi «Milliy mehnatni tartibga solish to’g’risida»gi qonunga ko’ra tarifli shartnomalar va mehnatni erkin tanlash huquqi bekor qilindi. Ishchilar qaerni ko’rsatishsa, o’sha yerda ishlashga, tadbirkorlar qancha maosh belgilashsa, o’sha pulni olishga majbur edilar. Zavodlarda 1 mln. ishchi harbiy xizmatni o’tardi. Mehnatlari uchun ularga sariq chaqa toianardi. Ishchilarning maoshi tinimsiz kamayib borardi. Zavodlarda kuchaytirilgan harbiy naryadlar tashkil qilinib, ular bo’ysunmaslikning har qanday ko’rinishini bostirdilar. Jazo shafqatsiz edi — bo’ysunmaslik davlatga qarshi qo’poruvchilik sifatida baholanardi.
Fashistlarning harbiy-xo’jalik kompleksi shunday yuzaga keldi. Natsistlar mamlakatda siyosiy hokimiyatni, Germaniya yirik sarmoyasi esa iqtisodiy hokimiyatni qo’lga kiritdi. Bu sanoat-moliya doiralarining diktaturasini eslatardi. Endi ularning taqdiri o’zaro bogiangan edi. Bu kompleksni iqtisodiy hayotning davlat tomonidan tartibga solinishi natijasida aralash ko’rinishdagi iqtisodiyot o’rnatiluvchi davlat-monopolistik kapitalizmining qaror topishi sifatida baholash mumkin.
Qisqacha mazmuni
• Mamlakatda terrorning siyosiy raqiblarni yo’q qilish vositasi sifatida davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi;
• Xavfsizlik otryadlari (SS)ning partiyani «tozalash» bo’yicha faoliyati, muxolifatning yo’q qilinishi, aholining konslagerlarda qirg’in qilinishi;
• Maxfiy politsiya (gestapo) va SS xavfsizlik xizmati — SDning faoliyati;
• O’lim lagerlari — Buxenvald, Daxau;
• Antisemitizm — hukumatning rasmiy siyosati («xolokast»);
• bemor va qariyalarning «rahmdillik» yuzasidan o’ldirilishi;
• nemislarning boshqa xalqlardan ustunligi to’g’risidagi natsistlar g’oyasi;
• mamlakatda fashistlar harbiy-xo’jalik kompleksining tashkil topishi;
• mamlakat iqtisodiyotining harbiylashtirilishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi;
• rentabelsiz, biroq davlatga zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun davlat sektori (reyxsverke AG)ning tashkil qilinishi;
• Fashizmning o’ziga xos xususiyatlari:
—millatchilik va irqchilik;
—demokratiyadan voz kechish;
—totalitar va avtoritar tuzumning barpo etilishi;
—kuch oldida sig’inish, o’ta tajovuzkorlik;
dunyo ustidan hukmronlikni qo’lga kiritishga intilish.
17-§. GERMANIYANING 1933-1939-YILLARDAGI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI
Urush natsistlar tuzumining asosiy vazifasi edi. Siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha sohalaridagi tadbirlar bitta maqsad — boshqa mamlakatlarning armiyasidan son va sifat jihatidan bir necha karra ustun qurolli kuchlarni tuzish, Gitler rahbariyatining tajovuzkor rejalarini tez va talafotsiz amalga oshirish imkonini beruvchi harbiy doktrinani yaratishga qaratilgandi.
1936-yil yozida natsistlar rahbariyati butun iqtisodiyotni urush yo’nalishiga o’tkazishning to’rt yillik rejasini ishlab chiqdi. To’rt yil ichida barcha mamlakatlarning armiyasidan bir necha baravar ustun bo’lgan eng zamonaviy armiya tashkil qilinishi lozim edi. Butun siyosat faqat urush olib borish nuqtai nazaridan ko’zdan kechirilardi.
Xuddi shu jarayonda Germaniyada urushga tayyorgarlik ham jadal sur’atlarda olib borildi. 1929-yilga kelib Germaniya poiat va cho’yan ishlab chiqarishda dunyoda ikkinchi o’ringa chiqdi, bu borada Yevropadagi barcha mamlakatlarni ortda qoldirdi. 1929-yilda Germaniyada 120 ming avtomobil sotildi. Mamlakatda ommaviy avtomobillashtirish avj oldi, bu esa vermaxtning qudratli mexanizatsiyalashgan qo’shilmalarini yaratish imkonini berdi. Krupp zavodlari 1929-yildayoq qurol-aslaha ishlab chiqarishga o’tdilar. Shveysariya, Avstriya, Gollandiyadagi filiallar og’ir artilleriya, tanklar, pulemyotlar va aviabombalar ishlab chiqardi. Germaniyaning sanoat sohasidagi imkoniyatlari qisqa vaqt ichida dunyodagi eng qudratli armiyani tashkil qilish imkonini berdi.
To’rt yillik reja urush bilan bogiiq iqtisodiy muammolarni hal qilishni ko’zda tutardi. Harbiy dasturning asosiy vazifasi Germaniyaning sintetik benzin va kauchuk ishlab chiqarishni rivojlantirish vositasida xom ashyo bilan o’z-o’zini ta’minlash va, eng muhimi, po’lat ishlab chiqarishni bir necha baravar oshirishiga erishishdan iborat edi.
Fashistlar rahbariyati va Germaniyaning yirik tijorati o’zaro kelishuv va totuvlikda ishladilar. Qisqa vaqt ichida sanoatchilar eng zamonaviy qurol-aslahalarni yaratdilar. Tanklar, samolyotlar va artilleriya boshqa mamlakatlarning qurollaridan sifat jihatidan ancha ustun edi. Barcha imkoniyatlar qurol-aslaha ishlab chiqarishga safarbar etildi. «Moy o’rniga to’plar» — natsistlar rahbariyatining shiori shunday edi. Germaniyaning urushga tayyorgarlik ko’rish borasidagi xarajatlari besh yil ichida 10 baravar oshdi, bu davrda 90 mlrd. marka sarf qilindi. 1939-yilda qurollanish-ga mutanosib narxlarda Angliya — 5 mlrd., Fransiya — 2,3 mlrd. marka pul sarflagani holda, Germaniyaning bu boradagi xarajatlari 18 mlrd. markani tashkil qildi.
Butun mamlakat Bosh shtab tomonidan tayyorlangan harbiy doktrinaga xizmat qildi. Bu doktrina mohiyatan blitskrig, ya’ni shiddatli urushni ko’zda tutardi. Urush bitta kutilmagan va qaqshatqich zarba bilan hal qilinishi lozim edi. Buning uchun zamonaviy tanklar va artilleriya, samolyotlar, harbiy-havo desanti qismlari va yirik motorlashtirilgan qo’shilmalar talab qilinardi. Har bir davlatga qarshi urush 2—3 kundan uzoqqa cho’zilmasligi lozim edi.
Bir necha yil ichida Germaniya armiyani qayta qurollantirish borasida ulkan taraqqiyotga erishdi. 1939-yilga kelib tuzilgan diviziyalar soni 1914-yil urush arafasidagi diviziyalar soniga yetdi. Ular eng zamonaviy qurol-aslahalar bilan jihozlangan, o’sha paytdagi eng yaxshi aviatsiya, tanklar va artilleriyaga ega edi. Flot ham to’liq qayta qurollantirildi. Boshqa mamlakatlardagidan farqli oiaroq, Germaniya armiyasining asosiy qudratini bronetank qismlar tashkil qildi — ular 50 diviziyadan iborat edi. SSSR o’sha paytda faqat bitta shunday diviziyaga ega, Fransiya va Angliyada esa bunday qo’shilmalar umuman yo’q edi.
Fashistlar Germaniyasining tashqi siyosati Gitler o’zining «Mayn Kampf» kitobida ishlab chiqqan rejaga muvofiq qatiy ravishda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda Germaniya nemis tilida so’zlashuvchi barcha mamlakatlami birlashtirishi kerak edi, ikkinchi bosqichda butun Yevropani, so’ng esa butun dunyoni bosib olishi, Yer kurrasida oriylar irqining hukmronligini o’rnatishi lozim edi. Gitlerchilar hokimiyatga kelgan davrdan boshlab ularning siyosati hududiy ekspansiya va agressiyani targ’ib qildi.
Natsistlar rahbariyati birinchi galda qurolli kuchlarni tashkil qilish bo’yicha tayyorgarlik ishlariga xalaqit bergan siyosiy rishtalardan qutulishga qaror qildi. 1933-yil oktabrda Germaniya Millatlar Ligasidan chiqdi, 1935-yil mayda esa Versal bitimining qurollanishga tegishli bandlarini bekor qilganini e’lon qildi, dunyoga harbiy-havo kuchlari, yirik muntazam armiya tuzish va majburiy harbiy xizmatni joriy etishini bildirdi.
Gitler juda qaltis, biroq, keyin maium bo’ldiki, puxta o’ylangan o’yin olib bordi, zero, Yevropada hech kim unga xalaqit berishni istamadi. G’arb davlatlari Gitlerning Germaniya tashqi siyosatining asosiy maqsadi Sovet lttifoqini yo’q qilish ekani to’g’risidagi gaplariga ishondi. Osongina va o’ta muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ilk tashqi siyosiy tadbirlar Gitlerni Yevropada Versal bitimidan so’ng qaror topgan siyosiy vaziyatni o’zgartirish borasida hal qiluvchi qadamni tashlashga da’vat etdi.
1936-yil 7-mart kuni tongda yangi Germaniya armiyasining qo’shilmalari Reyn harbiysizlashtirilgan zonasi hududiga bostirib kirdi. Bu Versal bitimining Reyn harbiysizlashtirilgan zonasini tuzish va Germaniyani bu yerda qo’shinlar saqlash yoki harbiy istehkomlar qurish huquqidan mahrum qilish to’g’risidagi 42- va 44-moddalarining to’g’ridan-to’g’ri buzilishi edi.
Fransiya va Angliya norozilik bildirish bilan kifoyalandilar, bunga javoban Gitler ularga qator tinchlikparvar takliflar bilan murojaat qildi. Biroq Germaniya Fransiyaning sharqiy chegaralariga jiddiy xavf soldi. Sobiq Reyn harbiysizlashtirilgan zonasi Fransiya uchun eng jiddiy xavf tug’dirgan hududga aylandi. Bu Gitlerning bosqinchilik faoliyatiga asos solgan dastlabki muvaffaqiyati bo’ldi.
Tashqi siyosatda Gitler quruq tinchlikparvarlik so’zlarini keng ishlatdi. Bu yo’llar bilan u Fransiya va Angliya hukmron doiralariga Gitlerni «tinchitish siyosati» deb nomlangan harakatsizlik uchun o’z xalqlari oldida o’zlarining passiv siyosatini oqlashlariga imkon berdi. Bu siyosatni amalga oshirish bahonasida ular har qanday yon berishlarga borishga tayyor edilar. Gitler bundan juda ustalik bilan foydalandi.
1936-yil 25-noyabrda Germaniya Yaponiya bilan «Kominternga qarshi bitim»ni imzoladi. Bu bitimga ko’ra har bir tomon bir-birini o’z mamlakatlaridagi kommunistlar faoliyati to’g’risida xabardor qilish majburiyatini oldi, SSSR tomonlardan biri bilan nizolashgan taqdirda, ikkinchi tomon betaraf qolishi lozim edi. Tomonlarning hech biri boshqa tomonning roziligisiz SSSR bilan bitim tuzmasligi kerak edi. «Kominternga qarshi bitim» barchani Germaniya Sovet Ittifoqiga qarshi urushga jiddiy tayyorgarlik ko’rayotganiga ishontirishi lozim edi.
1936-yil yozida Berlinda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlari Yevropa jamoatchiligini yanada tinchlantirdi. Germaniya sport rivojlanayotgan, yoshlarga musobaqalashish imkoniyatlari yaratib berilgan tinchliksevar mamlakat bo’lib ko’rindi. Berlin tinchlik, do’stiik va hamkorlik to’g’risidagi shiorlar bilan bezatilgan edi.
Bu targ’ibot tadbirlari Gitler siyosatining asl atvorini niqoblashi kerak edi. 1936-yil iyulida Ispaniyada boshlangan fuqarolar urushi Gitlerga yangi qulay imkoniyatlar berdi. U Ispaniya fashistlariga Afrika qifasidan Marokash korpusini olib kelish uchun harbiy-havo kuchlarining «Kondor» diviziyasini taqdim qildi. Bu korpus qo’zg’olonni bostirishda asosiy hujumkor kuch bo’ldi. Bundan tashqari, Ispaniyaga 7 mingdan ortiq samolyotlar yuborildi va ular Ispaniya shaharlarini ayovsiz bombardimon qildilar. Buning evaziga Gitler Ispaniyadan kamyob va qimmatbaho strategik materiallar oldi, ular Germaniya armiyasini qurollantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Franko Germaniyaning sodiq ittifoqchisiga aylandi. Endi Fransiyaning janubida ham unga qarshi dushmanona harakatlarni boshlashi va Gitlerga bebaho strategik yordam ko’rsatishi mumkin bo’lgan davlat paydo bo’ldi. Fransiya janubida Germaniyaning yana bir ittifoqchisi — fashistlar Italiyasi joylashgani hisobga olinsa, aytish mumkinki, Fransiya fashistlar davlatlari qurshovida qoldi va uning kunlari sanoqli edi. Gitler Fransiya Germaniyaning ashaddiy dushmani ekanini yashirmasdi.
Gitlerga ayniqsa ikki mamlakat - Avstriva va Chexoslovakiya zarur edi. Ikkala mamlakat ham rivojlangan og’ir sanoatga ega bo’lib, Markaziy Yevropada muhim mavqeni egallardi. Chexoslovakiya Ruminiya, Vengriya, Polsha, Avstriya va SSSR bilan umumiy chegarlarga ega edi, Avstriya esa Germaniyaga Yugoslaviyaga bostirib kirish imkonini berardi.
1936-yil iyulida Avstriya kansleri Kurt Shushnig (1897— 1977) Germaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga ko’ra, Germaniya Avstriyaning mustaqilligini tan oldi, Avstriya esa, o’z navbatida, o’zini «Germaniya davlati» deb hisoblardi. Oradan ikki yil ham o’tmay, 1938-yil 11-mart-da Gitler go’yoki Germaniyaga tarafdor avstriyaliklarni ta’qib ostiga olgani uchun K. Shushnigning iste’fo berishini talab qildi. Shushnig iste’fo berishdan bosh tortdi, Avstriya prezidenti ham uni iste’foga chiqarish niyati yo’qligini bildirdi. Bunga javoban Germaniya qo’shinlari 1938-yil 12-martda Avstriyaga bostirib kirdi, 14 martda esa Avstriyaning Germaniyaga qo’shib olingani e’lon qilindi. Avstriya Germaniya reyxining Sharqiy markasi nomi ostida Germaniya qismiga aylandi, «anshlyus», ya’ni Avstriyaning Germaniyaga qo’shilishi amalga oshirildi. Avstriya davlat sifatida tugatildi. Fransiya va Angliya Avstriyani, shu bilan birga o’z obro’sini saqlashga urinmadi, holbuki, ular Germaniyaning Avstriyani qo’shib olishini taqiqlovchi Versal bitimi bajarilishini kafolatlovchi davlatlar hisoblanardi.
1938-yil 21-aprelda Gitler Bosh shtab boshlig’i general Keytel (1882-1946)ga Chexoslovakiyaga bostirib kirish va uni ishg’ol qilish rejasini ishlab chiqish to’g’risida ko’rsatma berdi. Bundan ham oldin Sudet nemislari natsistlari rahbari Konrad Genleyn (1898— 1945) Gitlerdan Chexoslovakiya hukumatiga bajarib bo’lmaydigan talablar qo’yish, hukumat ularni qabul qilsa, yanada og’irroq talablar bilan murojaat qilish to’g’risida ko’rsatma oldi. Chexoslovakiya hukumati Genleynning asosan nemislar yashovchi Sudet viloyatiga muxtoriyat berish to’g’risidagi talablarini qondirishdan bosh tortdi. Berlindan berilgan buyruqqa muvofiq butun Chexoslovakiyada nemis aholisi bosh ko’tardi, politsiya bilan qurolli to’qnashuvlar ro’y berdi. Bir vaqtning o’zida Germaniyada Chexoslovakiyaga qarshi ruhdagi targ’ibot avj oldirildi, Chexoslovakiya hukumati nemis xalqining ozodlikka bo’lgan intilishini bo’g’ganlikda ayblandi. Gitler Chexoslovakiyadagi nemislarni qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi bayonot bilan chiqdi, ularni qurolli bosqin bilan himoya qilishga ham tayyorligini bildirdi. G’arb davlatlari Chexoslovakiyani ham qurbon qilishga qaror qildilar. Gitler Angliya va Fransiya rahbarlarini Chexoslovakiyaning keyingi taqdiri muammosiga bag’ishlangan yig’ilishga o’zining Berxtesgaden (Myunxen yaqini)dagi qarorgohiga taklif qilib, yana bir nayrang (Myunxen bitimi) uyushtirdi. Konferensiyada Fransiya nomidan Bosh vazir E. Daladye, Angliya nomidan Bosh vazir Nevill Chemberlen, Italiya nomidan esa Mussolini qatnashdi. Gitler konferensiyada o’z fikrida sobit turdi. Uning maqsadi aniq — Chexoslovakiya yoki urush edi. Daladye va Chemberlen yon berdilar va 29—30-sentyabrda bo’lib o’tgan konferensiya Sudet viloyatini Germaniyaga berish to’g’risida qaror qabul qildi. 10-oktabrda konferensiya qaroriga ko’ra Chexoslovakiya Teshen viloyatini Polshaga berdi, 2-noyabrda esa Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrop va Italiya tashqi ishlar vaziri graf Chiano Vengriyaga Slovakiyaning bir qismini berish to’g’risidagi bitimni imzoladilar. Shu taxlit Chexoslovakiyani bo’lib tashlash amalga oshirildi.
G’arb uchun bu urushsiz mag’lubiyat edi. Gitler Angliya va Fransiyani Chexoslovakiyani, ya’ni ular 1918-yilda hamkorlikda tuzgan davlatni bo’lib tashlashga majbur qildi. Holbuki, Fransiya Chexoslovakiya bilan o’zaro yordam ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga ham ega edi. Endi Germaniya Yevropa qit'asidagi eng qudratli davlatga aylandi. Uning Yevropa siyosatiga ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.
Gitler Chemberlen bilan hamkorlikda Angliya-Germaniya deklaratsiyasini imzoladi. Unda 1935-yildagi Angliya-Germaniya dengiz bitimi va Myunxen bitimi ikkala millatning «bir-biriga qarshi boshqa hech qachon urushmaslik» hamda o’zaro qiziqish uyg’otgan barcha masalalarni bundan buyon «maslahatlashish yo’li bilan» hal qilish niyatini ifoda etishi bildirildi. Chemberlen deklaratsiyani «bugungi kundagi» tinchlikning poydevori deb e’lon qildi. Gitler uchun esa u, imzolagan boshqa shartnomalari kabi, quruq qog’ozdan boiak hech narsa emasdi.
Deklaratsiya imzolanganidan yarim yil o’tib, 1939-yil 14-martda, endi hech qanday izoh va ogohlantirishsiz, Germaniya qo’shinlari Chexoslovakiya hududiga bostirib kirdilar, 16-martda esa Gitler Pragadagi Gradchina saroyining balkonidan turib Chexoslovakiyaning davlat sifatida tugatilishi va uning o’rnida Germaniyaning Bogemiya va Moraviya protektorati (vassalligi) tuzilishini e’lon qildi. Slovakiya alohida davlat— Germaniya satelliti maqomini oldi. Gitler Litvadan Klaypedani — Boltiq dengizidagi portni, muhim harbiy-dengiz bazasini berishni talab qildi va 1939-yil 22-martda Litva hukumati Klaypedani Germaniyaga topshirdi.
Gitler yangi bosqinlarga tayyorgarlik ko’rdi. Navbat Polshaga kelgan edi. Uning taqdiri aslida 1938-yil noyabrda, Gitler Polsha hududiga bostirib kirish va uni tor-mor keltirish rejasi («Vays» rejasi)ni tayyorlash to’g’risida ko’rsatma bergandayoq hal qilingan edi. Bu rejaga tayyorgarlik Germaniya va Polsha o’rtasidagi do’stlik kampaniyasi bilan bir vaqtda amalga oshirildi. Gitler, Ribbentrop va fashistlar reyxining boshqa rahbarlari ikki xalq do’stligi, bu do'stlikning istiqbollari, uning Yevropada tinchlikni mustahkamlashdagi ahamiyati to’g’risida tinimsiz uqtirib keldilar.
Biroq, Chexoslovakiya bosib olinganidan so’ng G’arb mamlakatlari tashvishga tushib qoldilar. 1939-yil 31-martda Angliya hukumati Polshani chetdan unga qarshi agressiya uyushtirilgan taqdirda, «har tomonlama yordam» berishiga ishontirdi. Fransiya hukumati ham xuddi shu gapni takrorladi. Biroq, Gitler Angliya ham, Fransiya ham Polsha uchun urushmasliklari, buning ustiga ular urushga tayyor emasliklarini yaxshi tushunardi. 1939-yil 11-aprelda «Vays rejasi»ning uzil-kesil varianti tuzilib, unda Gitler «Polshani nihoyat bir yoqli qilish», «Polshaning harbiy qudratini yakson qilish» va Polshani davlat sifatida tugatish zarurligini uqtirdi. Polshaga hujum 1939-yil 1-sentabrga belgilandi. Asosiy e’tiborni Gitler Polshani birov hech qanday yordam ko’rsatolmaydigan qilib ajratib qo’yishga qaratdi.
G’arbiy Yevropadagi aksariyat siyosatchilar Polshani Gitlerga bersak, u SSSR bilan bevosita yuzma-yuz qolib, unga qarshi urush boshlaydi, degan xayolga bordilar. Biroq, ular adashgan edilar. Gitlerning bu vaqtda SSSR bilan urushish niyati yo’q edi. U eng avvalo G’arb mamlakatlari bilan urushga tayyorgarlik ko’rardi. Polshaning bosib olinishi Gitlerni muhim tayanch, Germaniya armiyasini oziq-ovqat, sanoatni esa xom ashyo, xususan, ko’mir va temir rudasi bilan ta’minlashi lozim edi.
Polshani ajratib qo’yish va uni har qanday yordamga umiddan mahrum qilish maqsadida Gitler Sovet Ittifoqi bilan hujum qilmaslik to’g’risidagi bitimni imzolashga qaror qildi. Bunday bitim 1939-yil 23-avgustda imzolandi. Bitimda maxfiy bandlar bo’lib, ularda Polshaning Germaniya va Sovet Ittifoqi o’rtasida bo’lib olinishi to’g’risida gap borardi.
Endi Polshaga yo’l ochiq edi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniya qo’shinlari Polsha hududiga bostirib kirdi. Angliya va Fransiya o’sha kuniyoq uruslmi to’xtatish to’g’risida ultimatum berdi. Gitler ultimatumga rad javob berganidan so’ng Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e’lon qildi. Shu taxlit Ikkinchi jahon urushi boshlandi.
Qisqacha mazmuni
• natsistlar tuzumi harbiy doktrinasi maqsadi — tez va talafotsiz «blitskrig»ni amalga oshirish. Gitler rahbariyatining bosqinchilik rejalari — butun dunyoda oriylar irqining hukmronligini o’rnatish;
• bosh shior: «Moy o’rniga to’plar»;
• 1933-yil — Millatlar Ligasidan chiqish;
• 1935-yil — Versal bitimining bekor qilinishi;
• urushga tayyorgarlik;
• 1936-yil — urushga tayyorgarlikning to’rt yillik rejasiga o’tish;
• 1936-yil 7-mart — Germaniya armiyasining Reyn harbiysizlashtirilgan viloyatiga kirishi;
• 1936-yil 25-noyabr — Germaniya va Yaponiya o’rtasida «Kominternga qarshi bitim»ning imzolanishi;
• Gitleming Ispaniya fashistlariga ko’magi;
• 1938-yil 14-mart — Avstriyaning «anshlyus» qilinishi;
• 1938-yil 29 — 30-sentabr — Fransiya, Angliya va Italiya hukumatlari Sudet viloyatini Germaniyaga berish to’g’risida qaror qabul qildilar (Myunxen bitimi);
• 1939-yil 14-mart — Gitler Germaniyasining Chexoslovakiyani bosib olishi;
• Polshani bosib olish borasidagi «Vays rejasi»;
• 1939-yil 1-sentabr — Ikkinchi jahon urushining boshlanishi;
—Germaniyada fashistlar diktaturasining o’rnatilishiga olib kelgan omillar: .
— yirik sanoatchilar bu tuzumda siyosiy va iqtisodiy inqirozdan chiqish yo’lini ko’rdilar;
—o’rta tabaqalar va qashshoq aholi iqtisodiy tanglikning yengillashishiga umid qildilar;
—mamlakatda fashistlar diktaturasining o’rnatilishiga qarshi turishga qodir kuchlar topilmadi.
18-§. 1929-1939-YILLARDA FRANSIYA
Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi o’ta og’ir shaklda kechdi. Sanoat mahsulotlan hajmi va milliy daromad 1934-yilda 30% ga kamaydi; bir nechta yirik banklar kasodga uchradi, ko’plab yirik zavod va fabrikalar yopildi. Inqiroz ayniqsa to’qimachilik sanoatiga qattiq ta’sir qildi. 1934-yilda ip-gazlama fabrikalari inqirozdan avval ishlab chiqargan yalpi mahsulotning atigi 35% ini berdilar, 1935-yilda esa 135 ta ip-gazlama fabrikalari yopildi.
Qishloq xo’jaligidagi inqiroz vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Dehqonlarning daromadlari ikki baravarga kamaydi, qarzdorliklari esa o’sdi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olmay qo’ydilar, fransuz vinolari va mevalarining eksporti tushib ketdi. Ko’plab dehqon xo’jaliklari sotildi, qishloq mehnatkashlari esa shaharlarga intildilar va bu yerdagi ishsiz, boshpanasiz va ochlarning saflarini to’ldirdilar.
Inqiroz mamlakatdagi barcha mehnatkash sinflarning moddiy ahvolida aks etdi. Ishsizlar soni 1,5 mln. kishiga yetdi, to’liq ish haftasida band etilmaganlar soni bundan ham ko’paydi. Shu bilan birga, ish kuni rasman 10—12 soatgacha uzaytirildi, maosh miqdori esa oldingiga nisbatan 40% gacha kamaytirildi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining, soliqlar miqdorining oshishi fransuz xalqining turmush sharoitini yanada qiyinlashtirdi. Inqiroz mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirdi va hukumatdagi guruhlar o’rtasidagi kurashning avj olishiga olib keldi. Faqat 1937-yildagina Fransiya sanoati va tashqi savdosi inqirozdan oldingi darajaga qaytdi, biroq 1938-yilda yangi tanazzul boshlandi va u deyarli Ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. Fransiya iqtisodiy rivojlanishning normal o’zaniga qaytib tusha olmadi.
Inqirozdan shahar aholisining o’rta tabaqalari jiddiy jabr ko’rgani Fransiya uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ma’lumki, bu tabaqalar saylovlarning natijalari va ommaviy harakatlarga jiddiy ta’sir ko’rsatadilar. Mayda shahar burjuaziyasining daromadlari 1929-yildan 1934-yilgacha bo’lgan vaqt davomida 30% ga tushib ketdi. 100 mingdan ortiq mayda savdogar, mayda va o’rta korxonalar, do’konlar, qahvaxonalarning egalari kasodga uchradilar.
Banklar va ayrim yirik korxonalarning kasodga uchrashi o’n minglab pul qo’yuvchilar va hissadorlarni xonavayron qildi. Fransiyadagi siyosiy vaziyat keskin o’zgardi, keng ommaning noroziligi kuchaydi. Bu, jumladan, fransuz burjuaziyasining an'anaviy yirik partiyalari obro’sining tushishida aks etdi. Ma’lumki, moliyaviy oligarxiya va yirik sanoat monopoliyalarining manfaatlarini himoya qiluvchi bu partiyalar Fransiyada hukumat tepasiga 1926-yilda kelgan edilar. 1929-yil noyabrdan 1932-yil maygacha mamlakatda 8 hukumat almashdi.
Inqiroz va mehnatkash ommaning o’sib borayotgan noroziligi burjuaziya maikurasi va siyosatida o’zgarishlar yasadi. Burjuaziyaning bir qismi davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini kuchaytirish zarur, degan xulosaga keldi, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishini yoqlab chiqdi, davlatning iqtisodiyotni rejalashtirish va nazorat qilish idoralarini tuzishni taklif qildi. Ular mehnatkash ommani bu vazifaning bajarilishiga jalb qilish maqsadida ijtimoiy sug’urta tizimini kengaytirish, ishsizlik bo’yicha nafaqalar miqdorini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash takliflari bilan chiqdilar. Bu burjuaziya vakillarining qarashlari iqtisodiyotning davlat tomonidan rejalashtirilishi va ijtimoiy sug’urta tizimining kengaytirilishi tarafdori bo’lgan Fransiya sotsialistlarining dasturiga qisman mos kelardi.
Fransiya sotsialistlari banklarni davlat tasarrufiga o’tkazish va ular ustidan davlat nazoratini o’rnatish, xalq xo’jaligini rivojlantirish rejalarini tuzish, narx-navo va maosh miqdorlarini belgilash huquqiga ega markaziy boshqaruv idorasini tashkil etishni taklif qildilar. Shuningdek, ish kunini qisqartirish va mehnatkashlar uchun haq to’lanuvchi ta’tillarni joriy etish ham taklif qilindi. Bu burjua doiralari siyosiy arboblarining liberal islohotlar dasturi bilan mos keluvchi dastur bo’lib, ular birgalikda Fransiyaning 30-yillar siyosiy hayotidagi nufuzli liberal yo’nalishning asosini tashkil qildilar.
Burjua islohotchilarining yana bir guruhi demokratik erkinliklarni cheklash va «kuchli hokimiyat»ni qaror topdirish maqsadida konstitutsiyaning qayta ko’rilishini talab qildilar. Sobiq bosh vazir Tarde parlament huquqlarini cheklash va prezidentning vakolatlarini kengaytirishni tavsiya qildi. Bu burjuaziyaning o’z imtiyozlari va daromadlarini kuchli markazlashgan hokimiyat yaratish yo’li bilan saqlab qolishga uringan konservativ guruhi edi. Ikkala yo’nalish vakillari — liberallaming ham, konservatorlarning ham maqsadlari bir — mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tartibni saqlab qolish bo’lib, faqat bunga erishish yo’llarigina boshqa edi.
1932-yil mayidagi saylovlar Fransiyaning inqirozning ikki yili davomida so’lga qarab burilganini ko’rsatdi. Saylovlar sotsialistlar va radikal-sotsialistlar blokiga g’alaba keltirdi. Yangi hukumatni yana Eduard Errio boshqardi. Deputatlar palatasidagi 594 o’rindan 386 tasini so’l blok vakillari olib, o’z dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini qo’lga kiritdilar. Biroq, ular bu imkoniyatni boy berdilar. O’ng doiralar so’l hukumatga qarshi kuchli hujumni avj oldirdilar va bu hukumatning normal faoliyat ko’rsatishiga imkon bermadi. E. Errio hukumati bor-yo’g’i 6 oy ishlab, iste’fo berishga majbur bo’ldi. 1932-yil dekabridan 1934-yil yanvariga qadar Fransiyada so’llarning 5 hukumati almashdi va ularning har biri uch oydan oz hukm surdi. Ularning eng so’nggisi Eduard Dalade (1884—1970) hukumati bo’ldi.
Tarixiy ma’lumot
Fransiya
1913-1920-yillar - R. Puankare
1920-yil fevral, sentabr — R. Denashel
1920-1924-yillar - A. Mileran
1924—1931 -yillar — G. Dumerg
1931—1932-yillar - P. Dumer
1932-1940, 1940-1947-yillar - A. Lebren
Gitlerning hokimiyatga kelganidan ruhlangan Fransiya yirik moliya va sanoat sarmoyasining o’ng doiralari Fransiyada ham fashistlar diktaturasini o’rnatishga urindilar. Reaksion doiralar mamlakatni fashistlar to’ntarishiga va hokimiyatni fashistlar egallashiga ruhan tayyorlash maqsadida ommaviy targ’ibotni avj oldirdilar. Bir vaqtning o’zida buyruq berilgani zahoti hokimiyat uchun kurashni boshlashga tayyor ko’p sonli fashistlar tashkilotlari tashkil qilindi. 1933-yil oxirida fashistlarning tashkilotlari «Stavisskiy ishi» bilan bog’liq janjalni va buning oqibatida hukumatda yuzaga kelgan inqirozni bahona qilib hokimiyatni egallashga ochiq-oydin tayyorlana boshladilar. 1934-yil 6-fevralda, hukumat inqirozi siyosiy inqirozga o’sib o’tganidan so’ng, Parijda fashistlar isyoni boshlandi. Bir necha o’n ming qurollangan fashistlar ko’chalarga chiqdilar va Burbonlar saroyi, parlament binosiga yorib o’tishga urindilar. Hukumatning beparvoligidan foydalanib, fashistlar pochta, telegraf, vokzallar va Yelisey dalasidagi Murosa maydoniga hujum qila boshladilar.
Hukumatning faoliyatsizligini ko’rib, Fransiya poytaxtining turli tumanlarida yuz minglab ishchilar ko’chalarga chiqdilar. Germaniya fojiasining Fransiyada takrorlanishini istamagan odamlarning barchasi oyoqqa turdi. Bunday ommaviy namoyishlar mamlakatning Marsel, Lion, Ruan, Nant, Nansi va boshqa shaharlarida bo’lib o’tdi.
Mamlakat mehnatkashlari Fransiya tarixidagi eng muhim g’alabani qo’lga kiritdilar. Fashistlar millat demokratik kuchlari fronti oldida chekinishga majbur bo’ldilar. Biroq kurash shu bilan tugamadi. Reaksion va konservativ kuchlar hokimiyatni xuddi Germaniyadagi singari siyosiy nayranglar yo’li bilan egallashga qaror qildilar. 1934-yil 7-fevralda E. Daladye o’ziga ishonch bildirilganiga qaramay iste’fo berdi. Bosh vazir qilib fashizmning ochiq tarafdori bo’lgan Gaston Dumerg (1863—1937) tayinlandi.
Fransiya mehnatkashlari fashistlar to’ntarishi mualliflari rejasini barbod qildilar. Hokimiyat tepasiga Dumerg kelgani to’g’risidagi xabar tarqalgani hamon yana isyonchi va ishchilar o’rtasida ashaddiy janglar boshlandi. Butun Parijda, har bir tumanda, Fransiyaning hamma yerida ishchilar fashistlarni hokimiyatga qo’ymaslik shashti bilan yondilar. Mamlakatda demokratiya va Fransiya ozodligi uchun kurashuvchilarning umumiy fronti vujudga kela boshladi.
Namoyishlar taqiqlanganiga qaramay, 9-fevral kechqurun 50 ming parijlik fashistlarga qarshi namoyishga chiqdi. Shaharda politsiya va ishchilar o’rtasida haqiqiy ko’cha janglari avj oldi. Parij kasalxonalari yaradorlar bilan to’lib-toshdi. Ishchilar hukumat fashistlar tomonida ekaniga ishonch hosil qildilar, zero, uning buyrug’iga ko’ra politsiya va qo’shinlar de Lya Rok bandalariga qarshi emas, Parij mehnatkashlariga qarshi chiqdilar.
12-fevralda butun Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. Unda 4,5 mln. kishi qatnashdi. Shu kuni Fransiyada fashistlarga tarafdor reaksion kuchlar tomonidan tayyorlangan davlat to’ntarishi barbod bo’lgani oydinlashdi. Fashizm Fransiyada o’tmadi.
Fevral voqealari so’l kuchlarning fashizmga qarshi kurashga, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun birlashishlariga kuchli turtki berdi.
1936-yil yanvarida Xalq frontining dasturi e’lon qilindi. Uni ishlab chiqishda mamlakat demokratik kuchlarining vakillari ishtirok etdilar. Dastur fashistlarga qarshi demokratik xususiyatga ega edi. Barcha fashistlaraing tashkilotlarini qurolsizlantirish va tarqatish talabidan tashqari, u keng xalq ommasining ahvolini yaxshilash — ish haftasini qisqartirish, ishsizlarga yordam ko’rsatish milliy jamg’armasini tashkil qilish, qishloq xo’jaligi mahsulotlariga qafiy narxlarni belgilashni ko’zda tutuvchi dasturni ham ilgari surardi.
1936-yil bahorida Fransiyada deputatlar palatasiga saylovlar bo’lib o’tdi. Xaiq fronti partiyalari birgalikda, umumiy dastur asosida ishtirok etdilar. Saylovlarda Xalq fronti umumiy hisobda 57% ovoz to’plab, g’olib chiqdi.
Xalq fronti hukumati Sotsialistik partiya yetakchisi Leon Blyum (1872—1950) rahbarligida Fransiyada inqirozning yangi bosqichi boshlanayotgan bir paytda ish boshladi. Shunga qaramay, u o’z dasturini amalga oshirish va bergan va’dalarini bajarish borasida juda katta ishlami amalga oshirdi. 1936-yil yozi davomida parlament Xalq fronti dasturiga mos keluvchi 100 dan ortiq qonunlarni qabul qildi. Fashistlarning tashkilotlari taqiqlandi. O’z va’dalariga muvofiq, hukumat parlament orqali uchta qonunni o’tkazdi: 40 soatlik ish haftasi to’g’risidagi qonun, ikki haftalik haq to’lanuvchi ta’tillar to’g’risidagi qonun va jamoaviy shartnomalar to’g’risidagi qonun. Xizmatchilarning maoshlari va nafaqalar oshirildi. Ishsizlik bo’yicha nafaqaga soliq solinishiga barham berildi. Ishsizlar uchun jamoat ishlari tashkil qilina boshlandi.
Aholining o’rta tabaqalari ahvoli ham yaxshilandi. Hukumat sanoat, savdo va qishloq xo’jaligi sohasidagi korxonalarning qarz toiash muhlatlarini kechiktirdi va bu bilan minglab mayda ishlab chiqaruvchilarni kasodga uchrashdan asrab qoldi. Mayda korxonalardan olinuvchi soliqlar miqdori kamaytirildi, yirik korxonalardan olinuvchi soliqlar esa oshirildi. Fransiya banki va qator harbiy zavodlar davlat tasarrufiga o’tdi. 1937-yilda Temir yo’lar milliy jamiyati tuzilib, uning qoi ostiga mamlakatdagi barcha temir yo’lar o’tkazildi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida bo’lgani kabi, Fransiyada ham iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish joriy qilina boshlandi.
Xalq fronti hukumati o’z qonunlarini amalga tatbiq etishda juda katta qiyinchiliklarga to’qnash keldi. Davlatda pul yo’q, demakki, tadbirkorlarni qabul qilingan qonunlarni bajarishga majbur qilish uchun mablag’ ham yo’q edi. Hukumat nisbatan yengil yo’lni tanladi — u Fransiya valyutasi bo’lgan frankni fransuz xalqining barcha ijtimoiy yutuqlarini yo’qqa chiqargan holda 30% ga devalvatsiya qildi. 1937-yil fevrahda L. Blyum mamlakatning og’ir moddiy ahvolini bahona qilib, Xalq fronti dasturini bajarishda tanaffus e’lon qilish taklifini kiritdi. U kuch to’plab, so’ng yutuqlarni mustahkamlash uchun «nafas rostlash» lozimligini uqtirdi. Bu aholining noroziligiga sabab bo’ldi. 1937-yil iyunida Blyum iste’fo berdi.
Reaksion kuchlar Xalq fronti hukumatiga qarshi ochiq hujum boshladilar, uning faoliyatini xalqqa qarshi yo’naltirishga urindilar. Ular davlatning ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarini qisqartirishga erishdilar, hukumatning moddiy ahvolini og’irlashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdilar. Hukumat tamaki mahsulotlari, gugurt, spirtli ichimliklar, pochta-telegraf va temir yo’l tashuvlariga yangi soliqlar belgilashga majbur bo’ldi. Xalq frontining yangi hukumati — Shotan hukumati yangi devalvatsiyani amalga oshirdi. Ikki devalvatsiya natijasida Fransiyada yashashning qiymati 1936-yil maydan 1937-yil dekabr-gacha 40% ga qimmatlashdi.
Xalq fronti obro’sizlandi. Uning saflarida parchalanish yuz berdi. Eduard Daladye boshchiligidagi guruh Xalq fronti partiyalari bilan orani uzish va o’ng reaksion par-tiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatini tuzishni talab qildi. Eduard Errio boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Xalq fronti dasturiga sodiq qoldi. Radikal-sotsialist-larning 1938-yil oktabrida Marselda bo’lib o’tgan syezdida Xalq frontidan ajralish to’g’risida qaror qabul qilindi. Fransiyaning xalq fronti parchalandi.
Xalq frontining parchalanishi reaksion kuchlarga yo’l ochdi. 1938-yil 10-apreldan 1940-yil 18-maygacha hokimiyatni boshqargan E. Daladye hukumati davridayoq Fransiya mehnatkashlari uchun Xalq fronti hukumati joriy qilgan imtiyozlarga barham berila boshlandi. Barcha mahsulot va xizmat turlariga soliqlar oshirildi. Tadbirkorlar oz miqdorda haq to’lagan holda xizmat vaqtidan tashqari ishlarni joriy qilish huquqini qo’lga kiritdilar. Ish haftasi 5 kundan 6 kunga uzaytirildi. Ijtimoiy himoya xarajatlari qisqardi. Mayda korxonalarga solinuvchi soliqlar miqdori 13 baravar oshirildi, yirik korxonalarga solinuvchi soliqlar esa kamaytirildi.
Mamlakat mehnatkashlari bunga ommaviy namoyishlar bilan javob berdilar. 1938-yil 30-noyabrda Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. Hukumat qo’shinlarni safarbar qildi, askarlarga jangovar o’qlar tarqatildi. Hukumat va tadbirkorlar birgalikdagi harakatlari bilan ish tashlovchilardan shafqatsiz o’ch oldilar. Ko’plab zavodlar yopildi, 1,5 mln. kishi ishdan bo’shatildi, minglab ishchilar qamoqqa olindilar.
E. Daladye hukumati «milliy xiyonat» hukumatiga aylandi. Ostonada esa dushman — birinchi imkoniyat tug’ilgandayoq Fransiyani bosib olish niyatini hech kimdan yashirmagan fashistlar Germaniyasi turardi.
Xiyonat, xo’rlanish va mag’lubiyatlar yo’li Fransiya tashqi siyosatini bu davrda Fransiya yirik sarmoyasi bilan yaqin aloqada bo’lgan, reaksion va fashistlarga tarafdor qarashlarini hech kimdan yashirmagan davlat va siyosat arboblari belgiladilar. Bular 1931-yil yanvardan 1932-yil fevralgacha, 1935-yil iyundan 1936-yil yanvargacha Fransiya Bosh vaziri bo’lgan P. Laval, 1934-yil oktabrdan 1936-yil yanvargacha tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan P. Tardye, E. Daladye, J. Bone, A. Sarro va boshqalar edUar. Fransiyaning Yevropada gegemonligi qaror topishiga ishonchi yo’qolgan bu davlat va siyosat arboblari Germaniya va Italiya fashistlari bilan til biriktirish yo’liga tushdilar, shu taxlit ular bilan to’qnashishdan qutulib qolishga umid qildilar. Ular mudofaaga asoslangan urush g’oyasini ilgari surdilar.
Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi, 1934-yil fevral voqealari va Xalq frontining 1936-yildagi muvaffaqiyatlari reaksion qarashlarni yanada mustahkamladi va fashistlarni faol harakatlar boshlashga da’vat etdi. Ularning millatga qarshi qarashlari davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko’tarildi. Fransiya tashqi siyosatining asosiy konsepsiyasi Gitler bilan Sovet Ittifoqiga qarshi til biriktirishdan iborat bo’ldi. Gitler ekspansiyasi faolligini Sharqqa yo’naltirish Fransiya diplomatiyasining bosh maqsadiga aylandi. 1940-yilda Fransiya bu siyosati uchun harbiy magiubiyat va milliy mustaqillikni boy berish bilan haq toiadi.
Fransiya hukmron doiralarining bir qismi fashistlar Germaniyasini Fransiyadagi mavjud tuzumni saqlab qolishning kafolati deb hisobladilar. Bunday siyosatchilarni kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini amalga oshirishi uchun yo’l ochib berdilar.
1933-yil iyunida Fransiya diplomatiyasi fashistlar bilan kelishuvga bordi. 1933-yil 7-iyunda Angliya, Fransiya, Italiya va Germaniya o’rtasida «To’rtlar bitimi» imzolandi. U kuchga kirmadi, biroq Fransiya tashqi siyosatining mohiyatini ochiq ko’rsatdi. 1934-yil oktabrida Fransiya bosh vazirligiga P. Laval tayinlandi. U ikki yoqlama o’yin olib bordi, ya’ni fashistlarning davlatlari e’tiborini jalb qilish maqsadida o’zini go’yoki Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashmoqchidek qilib ko’rsatdi. 1935-yil 2-mayda o’zaro yordam to’g’risidagi sovet-fransuz bitimi imzolandi. Biroq, u faqat 1936-yil yanvaridagina tasdiqlandi. Unga qadar Fransiya diplomatlari «Fransiyaning Germaniya bilan to’la va uzil-kesil kelishishi uchun zarur bo’lsa» sovet-fransuz bitimidan voz kechishga tayyorliklarini aytib, Germaniya bilan til topishga rosa urindilar. Gitler rad javobi berdi.
1936-yil martida Gitler qo’shinlari harbiysizlashtirilgan Reyn hududiga kirdi. Bu bilan Gitler Fransiyani ochiq-oydin maydonga chaqirdi. Versal bitimining 42- va 43-moddalari buzilganiga qaramay, Fransiya chekindi, fashistlar Germaniyasining birinchi tajovuzkor harakatiga hech qanday qarshilik ko’rsatmadi. Kollaboratsionistlar Gitler tuzumiga qarshi zarba mehnatkash ommani inqilobga ruhlantiradi, vatanparvarlik tuyg’ularini oshirib, fashizmga qarshi kurashning kuchayishiga olib keladi, deb qo’rqdilar.
1936-yil iyulida Gitler Avstriyani ham bosib oldi. Fransiya o’zining so’nggi ittifoqchisidan ayrildi. 1936-yil 27-aprelda Belgiya o’zini betaraf deb e’lon qildi, ya’ni Fransiyaning sharqiy chegaralarini qo’riqlovchi Reyn bitimining kafolatchisi bo’lishdan bosh tortdi.
Reyn voqealaridan ko’p o’tmay, 1936-yil iyulida, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanib, Germaniya va Italiya fashistlari isyonchilarga ochiq-oydin yordam bera boshlaganlaridan so’ng, Fransiya Ispaniya ishlariga o’zining aralashmasligini e’lon qildi va Ispaniya respublikachilariga qurol-yarog’ sotishni man etdi. Fransiya hukumati Gitlerning malayiga aylandi. 1938-yilda Gitler yangi qurbon — Chexoslovakiyani talab qildi. Fransiya Bosh vaziri E. Daladye Chexoslovakiya hukumatining fikrini surishtirmay Sudetni Germaniyaga berishga rozilik bildirdi.
1938-yil 4-oktabrda Fransiya Milliy Majlisi sharman-dali Myunxen bitimini ratifikatsiya qildi va bu mamlakatning fashistlar Germaniyasi bilan til biriktirish yo’liga ochiq-oydin tushganini tasdiqladi.
Myunxen bitimi ratifikatsiya qilingach, Fransiya kollaboratsionistlari nihoyat yengil tin oldilar. Ular Gitlerga Sharq tomon yo’l ochdilar. Endi Germaniyadan «kelishuv» to’g’risida so’rash mumkin edi. Germaniya rozi bo’ldi va Myunxen bitimidan ikki oy o’tib, 1938-yil 6-dekabrda Parijda Fransiya tashqi ishlar vaziri J. Bone va Germaniya tashqi ishlar vaziri I. Ribbentrop o’zaro hujum qilmaslik to’g’risidagi bitimdan umuman farq qilmagan qo’shma deklaratsiyani imzoladilar.
Qisqacha mazmuni
• 30-yillar— ishlab chiqarishning qisqarishi, banklaming kasodga uchrashi, agrar inqiroz;
• ish kunining uzaytirilishi, ishsizlik, inflyatsiya;
• 1929-yil noyabrdan 1934-yilgacha 8 marta hukumat almashdi; inqirozdan chiqish yo’llarini izlash;
• fashistlar isyoni, so’l kuchlar birlashgan frontning g’alabasi. Xalq frontining fashizmga qarshi kurashi, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning joriy etilishi;
• Xalq fronti siyosatining mag’lubiyati, hokimiyatga «milliy xiyonat» hukumatining kelishi, so’l kuchlarga qarshi qatag’on reaksion ijtimoiy chora-tadbirlar;
• tashqi siyosat — mudofaaga asoslangan urush g’oyasi (Germaniya va Italiya fashizmi bilan til biriktirish); 1933-yil — «To’rtlar bitimi»;
• 1936-yil — fashistlar Reyn viloyatida, Avstriyada, Belgiyaning betarafligi: Fransiya Germaniyaga tarafdor kayfiyatidagi davlatlar qurshovida;
• 1938-yil 4-oktabr— Sudet viloyatini berish to’g’risidagi Myunxen bitimining imzolanishi (E. Daladye) — Gitler bilan ochiq til biriktirish yo’liga o’tish;
• 1938-yil 6-dekabr — Germaniya bilan hujum qilmaslik to’g’risidagi bitim.
19-§. 1929-1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA
Iqtisodiy inqirozAngliyada 1930-yilda ro’y berdi, ammo uning cho’qqisi 1932-yilga to’g’ri keladi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish 1932-yilda 1929-yildagiga nisbatan 82%ga tushib ketdi, 1933-yilda esa pasayish 93% ni tashkil qildi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish darajasining Angliyada nisbatan oz pasayishi mahsulotlarni rezerv bozorlar sifatida saqlab turilgan mustamlaka va qaram mamlakatlarda sotish hamda u yerlardan arzon xom ashyo va ishchi kuchini keltirish imkoniyatlari mavjudligi bilan izohlanadi. Inqiroz Angliya iqtisodiyotining an'anaviy sohalari — Angliya ishchilar sinfining asosiy qismi jalb etilgan ko’mir qazib chiqarish, metallurgiya, kemasozlik sohalarini ayniqsa qattiq larzaga soldi.
Inqiroz davrida qishloq xo’jaligi sohasidagi ishlab chiqarish darajasi keskin qisqardi. Aholida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun mablag’ yo’q edi. Ishsizlik darajasining yuqoriligi mamlakatning shundoq ham tor ichki bozorining battar torayishiga olib keldi.
Angliya iqtisodiyotining tayanchi tashqi savdo hisoblanardi. Inqiroz davrida Angliya mahsulotlari eksporti ikki baravar kamaydi, ularning raqobatbardoshligi yo’qoldi. Angliyani an'anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni avj oldi. Inqiroz natijasida juda ko’p mamlakatlar kasodga uchrab, Angliya mahsulotlarini rad etdilar. Bir vaqtning o’zida xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib chiqarishga urindilar. Yevropa va AQShda ro’y bergan moliyaviy inqiroz, Markaziy Yevropadagi banklarning kasodga uchrashi Angliya pulining qadrsizlanishiga olib keldi va uning oltin bilan ta’minlanishiga barham berdi.
Angliya iqtisodiyotining eng zaif joyi ishsizlik bo’ldi. 1929—1932-yillardagi inqiroz ishsizlikning Angliya tarixida boimagan darajada o’sishiga olib keldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 1930-yilda barcha ishchilarning 17%i uzoq vaqt davomida ishsiz edilar, 1931-yilda ishsizlik darajasi 23%ga, 1932-yilda esa 25%ga o’sdi. 1932-yilda har to’rtinchi ishchi ishsiz edi.
Angliya sanoatining alohida hududlardagi an'anaviy sohalarida ro’y bergan inqiroz «shikastlangan hududlar» yoki «depressiyaga uchragan hududlar»ning paydo bo’lishi-ga olib keldi. Bu hududlarda iqtisodiy hayot deyarli to’xtagan edi. Korxonalar o’z faoliyatlarini to’xtatdilar, odamlar bu hududlarni tashlab, chet ellarga ko’chib keta boshladilar, chunki Angliyada hayot istiqbolsiz bo’lib borardi.
Inqiroz konservatorlar hukumati siyosatining barbod bo’lganini anglatdi. Mamlakat aholisi iqtisodiy qiyinchiliklarning muttasil o’sishidan norozi bo’ldi va o’zgarishlarni talab qildi.
1929-yil may oyidagi parlamentga saylovlarda leyboristlar partiyasi ko’pchilik ovoz oldi va partiya rahbari Ramsey Makdonald (1866-1937) Bosh vazir qilib tayinlandi. R. Makdonald XX asr Angliya siyosiy hayotidagi eng murakkab taqdirli shaxslardan biri bo’ldi. U kichkina baliqchilar qishlogida qashshoq shotlandlar oilasida tug’ildi va 1894-yilda 28 yoshida leyboristlar partiyasiga a’zo bo’ldi. 1900-yildayoq u partiyaning faxriy kotibi lavozimiga saylanib, bu lavozimda ozgina tanaffus bilan 1931yilgacha faoliyat ko’rsatdi. U 27 yil davomida parlament deputati, uch marta mamlakat Bosh vaziri bo’ldi.
Makdonald o’z siyosiy faoliyatini Angliya qudratli mamlakat bo’lgan paytda boshlab, uni bu buyuklikdan faqat olis xotira qolgan paytda yakunladi. R. Makdonald saqlab qolishning iloji bo’lgan barcha narsani saqlab qolishga urindi. U Sovet Ittifoqi bilan normal diplomatik aloqalarni rivojlantirish tarafdori edi. Konservatorlar ikki marta Sovet Ittifoqi bilan diplomatik aloqalarni uzdilar va ikki marta (1924 va 1931) Makdonald ularni tikladi.
Makdonald realist siyosatchi bo’lib, Angliyaning sobiq buyukligini qaytarishni xomxayol deb hisoblardi. Biroq u Angliyani bostirib kelayotgan halokatdan qutqarishga va mamlakatning jahondagi mavqeini eng avvalo muvaffaqiyatli diplomatik kombinatsiyalar uyushtirish hamda Millatlar Ligasidan foydalanish yo’li bilan saqlab qolishga urindi.
R. Makdonald boshchiligidagi ikkinchi leyboristlar hukumati qiyin ahvolda qoldi. Bir tomondan, ish berish va yashash sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan mamlakat aholisiga berilgan va’dalarni bajarish, ikkinchi tomondan esa davlat ijroiya hokimiyati vazifalarini bajarish va mamlakatni bosib kelayotgan iqtisodiy inqirozdan saqlab qolish lozim edi. Leyboristlar o’z majburiyatlarini qisman bajardilar. Ko’mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. 1930-yilda ishsizlik bo’yicha sug’urta to’g’risidagi yangi qonun qabul qilindi, ishsizlik bo’yicha nafaqalar olish muddati 3 oydan 12 oygacha uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo’yicha maxsus vazirlik hamda ishsizlar uchun ish qidirish bo’yicha maxsus qo’mita tashkil qilindi. Bu choralar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi.
Biroq, umuman olganda, ikkinchi leyboristlar hukumati inqiroz og’irligining katta qismini mamlakat mehnatkashlari yelkasiga yuklashga urindi. Britaniya tadbirkorlarining davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi uchun ular tovon toiashlari lozim edi. 1931-yil bahorida mashinasozlik sanoati, qishloq xo’jaligi ishchilari, dokerlar va sanoatning boshqa qator sohalari ishchilarining maoshlarini pasaytirish to’g’risida qaror qabul qilindi. Angliya tadbirkorlariga bu oz tuyuldi va ular hukumatdan ijtimoiy ehtiyojlar, ya’ni taiim, sogiiqni saqlash, nafaqalar uchun xarajatlarni jiddiy qisqartirishni talab qildilar.
Tarixiy ma’lumot
Angliya qirollari
1837-1901-yillar - Viktoriya
1901—1910-yillar - Eduard VII
1910—1936-yillar - Georg V
1936-yil yanvar, dekabr — Eduard VIII
1936—1952-yiUar - Georg VI
Hukumat rahbarlari
1895—1902-yillar - R. S. Solsberi
1902—1905-yillar - A. J. Balfur
1905—1908-yillar — G. Kempbel-Bannerman
1908—1916-yillar - G. Askvit
1916-1922-yillar - D. Lloyd-Jorj
1922—1923-yillar - A. Bannar-Lou
1923—1924-yillar - S. Bolduin
1924-yil yanvar, noyabr — R. Makdonald
1924—1929-yillar - S. Bolduin
1929—1935-yillar — R. Makdonald
1935—1937-yillar - S. Bolduin
1937—1940-yillar — N. Chemberlin
1940—1945-yillar — U. Cherchill
1930-yil bahorida Angliyaniyana sinfiy kurash to’foni larzaga soldi. Butun mamlakat ishsizlaming harakatida ishtirok etdi. 1930-yil martdan aprelgacha ishsizlar va ochlarning ommaviy yurishi bo’lib o’tdi va u Londonda Gaydparkdagi ulkan namoyish bilan yakunlandi. Angliyada vaziyat kundan-kunga keskinlashib borardi. Ishlab chiqarishda ommaviy ish tashlashlar boshlandi, tadbirkorlar bunga javoban ommaviy ishdan bo’shatishlar bilan javob berdilar. Faqat to’qimachilik sanoatida 250 ming ishchi, temir yo’llar, junni qayta ishlash sanoatining yuz minglab ishchilari ishdan bo’shatildi.
Angliya hukmron doiralari yirik siyosiy nayrangni amalga oshirishga ahd qildilar. 1931-yil avgustida R. Makdonald hukumati iste’foga chiqdi, biroq ertasi kuniyoq qirol Georg V (1865—1936, 1910—1936-yillarda hukmronlik qilgan) unga hamkorlik asosida konservatorlar ishtirokida yangi hukumat tashkil qilish vazifasini topshirdi. Hukumatdagi ko’pchilik o’rin konservatorlarga tegishli edi, biroq Bosh vazir kursisida Makdonald qoldirildi. Bu yangi siyosiy hiyla-nayrang bo’lib, unda leyboristlar rahbarlik, konservatorlar esa hukmronlik qilardilar.
Yangi hukumat mehnatkashlarning ijtimoiy imtiyozlariga qarshi yoppasiga hujum boshladi. Ishsizlik bo’yicha nafaqa 10% ga pasaytirildi, harbiy-dengiz floti shaxsiy tarkibining maoshi qisqartirildi. Angliya valyutasi oltin qiymatining bekor qilinishi ingliz xalqiga berilgan qattiq zarba bo’ldi. Funt sterlingni oltinga almashtirish barham topdi.
Oltin bilan ta’minlashning to’xtatilishi kutilgan natijani bermadi. Angliya iqtisodiyotini jonlantirish o’rniga u funt sterlingning qadrsizlanishiga olib keldi — 1931-yil dekabrida u oldingi qiymatining faqat 70% ini tashkil qildi. Pul qadrining tushishi Angliya sanoat mahsulotlarining qimmatlashishi va raqobatbardoshligining zaiflashishiga olib keldi.
Ommaviy norozilikning kuchayishi sharoitida konservatorlar parlamentda ko’pchilik ovoz olish va xalqqa qarshi faoliyatni to’siqsiz amalga oshirish umidida yangi parlament saylovlarini o’tkazishni talab qila boshladilar. Saylovlar 1931-yil oktabr oyida o’tkazildi. Natsional-leyboristlar, konservatorlar va liberallardan saylovoldi «milliy koalitsiyasi» tuzilib, u ko’pchilik ovoz bilan g’alaba qozondi. U parlamentda 497 o’rin oldi, bu unga 330 mandatga ustunlikni ta’minladi va har qanday qonun va qarorlarining o’tishini toia kafolatladi. Hokimiyat to’liq konservatorlar qo’lida edi, biroq bosh vazir etib yana leyboristlar partiyasining sobiq rahbari R. Makdonald tayinlandi.
Milliy koalitsiya hukumatining hukmronligi 1935-yil noyabr oyidagi saylovlarga qadar davom etdi. Ammo 1935-yil iyunidayoq R. Makdonald Bosh vazir lavozimidan olinib, uning o’rniga konservatorlarpartiyasi rahbari Stenli Bolduin (1867—1947) tayinlandi.
Milliy koalitsiya hukumati Britaniya iqtisodiyotini oyoqqa turg’izish bo’yicha qizg’in ishga kirishdi. 1931— 1932-yillarda parlament Angliyaga olib kiriluvchi barcha turdagi mahsulotlarga narxining kamida 10%i miqdorida bojxona solig’i belgiladi. Angliya tarixda birinchi marta erkin savdo tamoyillariga qarshi borib, milliy iqtisodiyotni himoya qilish (proteksionizm) yo’lini tutdi. Ko’hna Angliya yo’l-yo’lakay qayta qurishni amalga oshirdi. Funt sterlingning oltin asosi va erkin savdo Britaniya imperiyasining poydevori bo’lib kelgandi. Endi ular yo’q edi va Angliya yuz yildan ortiq vaqt davomida o’tkazib kelingan iqtisodiy siyosatdan qafiy farq qiluvchi yangi iqtisodiyot yo’liga tushdi.
Milliy iqtisodiyotni himoya qilish siyosati eng avvalo sanoatning yangi sohalari — avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika va kimyo sanoatlarining rivojlanishiga jiddiy ta’sir qildi. Bu siyosatning joriy etilishi ular uchun ichki bozorda va Britaniya imperiyasining bozorlarida juda qulay sharoit yaratdi. Boshqa tomondan, iqtisodiyotni himoya qilish to’siqlari ichki bozorga joylashtirilgan sarmoyalar o’rnining almashtirilishiga olib keldi. Oltin standartdan voz kechilishi oqibatida Angliyadan sarmoya olib chiqish foydasiz bo’lib qoldi, olib borilgan siyosat sanoatning yangi sohalari jadal rivojlanishi natijasida ichki bozordagi vaziyatning keskin o’zgarishiga olib keldi.
Investitsiyalarning asosiy oqimi endi turar joy va avtomobil yo’llari qurilishiga, 30-yillar o’rtalaridan boshlab esa harbiy sanoat, aviatsiya va avtomobilsozlikka yo’naltirildi. 1936-yilda Angliyaning chet ellarga joylashtirilgan sarmoyalari 61 mln. f. st. ni, ichki sarmoyalari esa 217 mln. f. st.ni tashkil qildi.
Xususiy sarmoyalarning ichki bozorga yo’naltirilishiga hukumat olib borgan moliyaviy siyosat ham ko’maklashdi. Hukumat arzon kredit joriy qildi — banklar xususiy tadbirkorlarga 2 foiz evaziga kreditlar bera boshladi, holbuki, oldin kreditlar 10—12 foiz evaziga berilardi. Bu Angliya tarixidagi eng yirik turar joy qurilishining avj olishiga olib keldi. Qurilish sanoati va mebel ishlab chiqarish bilan bogiiq sanoat sohalari gullab-yashnadi. Yangi sanoat sohalarining o’sishi va qurilishning avj olishi inqirozning zarbasini birmuncha yumshatdi va 1934-yilda sanoat sohasidagi ishlab chiqarish 1929-yilgi darajadan ko’tarildi. Angliya iqtisodiy inqiroz changalidan qutulish choralarini izladi va 1937-yilda undan juda qiyinchilik bilan chiqa boshladi. Ammo shu yili ishsizlar soni 1,5 mln. kishini tashkil qildi. Angliya tarixida birinchi marta 7 yil davomida ishsizlikning bu qadar yuqori darajasi saqlandi. Biroq, 1938-yilda ishsizlar soni ikki milliondan ham oshdi.
Angliya tashqi siyosati 30-yillarda ikki asosiy muammo — fashistlar Germaniyasining Yevropadagi tashqi siyosati va mustamlakalardagi milliy-ozodlik harakatlari muammolariga duch keldi. Yevropada Angliya hukmron doiralari o’zlarining asosiy dushmanlari hisoblangan Sovet Ittifoqiga qarshi kurashda va Fransiyaning Yevropadagi ta’sirini zaiflashtirishda natsistlardan foydalanishga umid qildilar. 1935-yil 18-iyunda Angliya-Germaniya dengiz bitimi imzolanib, unga ko’ra Germaniyaga Angliya harbiy-dengiz flotining 1/3 ga teng harbiy-dengiz floti tuzishga ruxsat etildi. Bunday flotni tuzib Germaniya butun Boltiq dengizida xo’jayinga aylanardi. Angliya-Germaniya bitimi Versal bitimini buzardi, biroq buzg’unchi bu safar Angliya bo’lib, u Germaniyaning bunday buzg’unchiliklariga qarshi norozilik bildirishga ma’naviy huquqni yo’qotardi. Fashistlar tomonidan Reyn hududining bosib olinishini Angliya jim turib kuzatdi. Bu Germaniyaga qilingan tajovuzni davom ettirish haqida qilingan taklifdan boshqa narsa emasdi. Angliya Ispaniya respublikasi taqdirida ham salbiy rol o’ynadi. 1936-yil avgustida Londonda Angliya hukumati-ning tashabbusi bilan Yevropa mamlakatlari Ispaniyaga qurol-yarog’ (shu jumladan samolyotlar)ni eksport va tranzit qilishni taqiqlovchi Ispaniya ishlariga aralashmaslik to’g’risidagi bitimni imzoladilar. Bu taqiqning bajarilishini kuzatish va nazorat qilish uchun ingliz lord Plimut rahbarligida Aralashmaslik qo’mitasi tuzildi. Bu qo’mita fashist davlatlariga Ispaniya respublikasini yo’q qilishga ko’maklashdi. U Ispaniyaga respublika uchun kurashayotgan respublikachi va demokratlar uchun qurol-yarog’ va hatto oziq-ovqat keltirilishining yo’lini to’sdi va fashist isyonchilarini ta’minlash uchun barcha yo’larni ochib berdi.
Angliya hukmron doiralarining xatoliklari Bosh vazirning almashuvida ham o’z aksini topdi. 1937-yil 28-mayda Angliya Bosh vaziri qilib Konservativ partiyaning rahbari N. Chemberlen (1869—1940) tayinlandi. U parlamentda 1918-yildan 1937-yilgacha konservatorlar partiyasi nomidan ishtirok etib, konservatorlarning hukumatlarida muhim lavozimlarni egallab kelgan edi. U Bosh vazir kursisini 1937-yil 28-mayda egalladi va 1940-yil 10-maygacha, jamoalar palatasi uning iste’foga chiqarilishi uchun ovoz berib, o’rniga Uinston Cherchillni saylagunga qadar faoliyat ko’rsatdi. Uch yil davomida N. Chemberlen Gitlerni ko’p sonli yon berishlar yo’li bilan «tinchlantirish» siyosatining tashabbuskori va ijrochisi bo’ldi. N. Chemberlenning siyosiy maqsadi to’rt davlat — Angliya, Germaniya, Italiya va Fransiya o’rtasida bitim tuzishdan iborat edi. Uning fikricha, bunday bitim Yevropaning qolgan qismiga hukmini o’tkazuvchi ittifoqning tuzilishiga olib kelardi. Shu sababli N. Chemberlen hukumatining tashqi siyosati Germaniya bilan murosa yo’larini izlashdan iborat bo’ldi. N. Chemberlen sharmandali Myunxen kelishuvining bosh mualliflaridan biri edi. Gitler o’zining Chexoslovakiyani to’liq yo’q qilish rejalarini yashirmas va bu bilan Sudet viloyati faqat boshlanishi ekanini uqtirardi. N. Chemberlen bunga qarshilik bildirmadi va Chexoslovakiya hukumatidan Gitlerning Sudet viloyatini berish to’g’risidagi talabini qondirishni talab qildi. Myunxendan qaytganidan so’ng N. Chemberlen butun bir avlod uchun tinchlik keltirganini barchaga uqtirdi. Bu juda katta xato edi. Angliya urush va sharmandalik o’rtasida o’ziga yo’l qidirdi. U sharmandalik yo’lini tanladi va bu yo’l so’ng urushga olib bordi. N. Chemberlenning Myunxendagi xatosi uning o’ziga ham qimmatga tushdi. Angliya hukumat doiralarida parchalanish ro’y berdi. U. Cherchill Myunxen siyosatini qatiy qoralagan parlamentning konservativ a’zolari guruhini boshqardi. Hukumatning qator a’zolari iste’foga chiqdilar. N.Chemberlenning hukumat tepasida saqlanib qolinishi mo’jiza bo’ldi.
Ko’p o'tmay Angliya hukumati Germaniya Sharqda Sovet Ittifoqiga qarshi emas, G’arbda Angliya va Fransiyaga qarshi urush boshlashi mumkinligi to’g’risidagi ma’lumotni qo’lga kiritdi. Bu ma’lumot 1937-yildayoq Gitlerning G’arbda urush boshlash, avval Versal bitimi mualliflari va yirik mustamlakalar egalarini bir yoqli qilib, so’ng Sharqqa yuz burish niyatida ekanidan dalolat berardi. Angliya hukmron doiralari mudofaa qobiliyatini kuchaytirish bo’yicha shoshilinch choralar ko’ra boshladilar, qator mamlakatlarga harbiy kafolatlar berib, o’zlariga ittifoqchilar qidirdilar. Angliya armiyasini qurollantirishga xarajatlar 1938-yildagiga nisbatan ikki baravar oshirildi.
1939-yil iyunida xarajatlar miqdori yana oshirildi. Harbiy doktrinaga ham o’zgartirish kiritildi. Angliya hukumati faqat o’zini emas, Fransiyani ham mudofaa qilish ehtimolidan kelib chiqdi. Yevropa qifasida 19 piyoda va 2 kavaleriya diviziyasidan iborat Angliya ekspeditsiya korpusini tashkil qilish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1939-yil 15-aprelda Angliya tarixida birinchi marta tinch davrda umu-miy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1938-yil oxiriga kelib Angliya aviatsiyasi son jihatidan o’sdi va sifat jihatidan Germaniya aviatsiyasidan ustun yangi samolyotlar bilan ta’minlandi. Ushbu yillarda Angliya armiyasi ixtiyorida Ikkinchi jahon urushi yillari nom chiqargan «Spitfayr» va «Xarriken» qiruvchi samolyotlari hamda Angliya avia-tsiyasiga havoda toia ustunlik qilish imkonini bergan radar qurilmalari paydo bo’ldi. Shunga qaramay, bu agressiyachiga qarshi mudofaaga tayyorgarlik emas, G’arb mamlakatlariga qarshi ekspansiyaning oldini olish maqsadida ularga ta’sir ko’rsatish vositasi edi.
1939-yil martida N.Chemberlen Polshaga harbiy kafolatlar berilishini maium qildi. Xuddi shunday kafolatni Polshaga Fransiya ham berdi. Bu Germaniya Polshaga hujum qilgan taqdirda Angliya va Fransiya unga barcha, shu jumladan, harbiy vositalar bilan ham yordam ko’rsatishini anglatardi. Shunday kafolatlar Gretsiya va Ruminiyaga ham berildi. Biroq, bu «kafolat»larga juda kam odam ishonardi. N.Chemberlen hanuz Germaniya bilan dun-yoni bo’iib olish va Sovet Ittifoqiga qarshi salib yurishi uyushtirish to’g’risida yaxshi-likcha kelishish mumkinligiga ishonardi. U o’zaro teng bitim tuzishni istardi, harbiy tayyorgarliklar va ittifoqchilar Angliya marralarini Germaniya bilan bo’lajak muzokaralarda kuchaytirishga urinish edi. Buni Angliya hukmron doiralarining barcha vakillari yaxshi tushunishardi, shu sababli N. Chemberlenning Gitlemi «tinchlantirish» siyosatiga qarshiligi kuchayib borardi. U. Cherchill (1874—1965) boshchiligidagi konservatorlar guruhining mavqei ham kuchaymoqda edi. Germaniya armiyasi Pragaga kirgan damda U. Cherchill, A. Iden, D. Lloyd-Jorj, leyboristlar partiyasi rahbarlari va boshqa ko’plab siyosiy arboblarning urush muqarrar ekani va faqat Rossiya bilan til topishishgina vaziyatni o’zgartirishi mumkinligiga ishonchlari komil edi. Angliya jamoatchiligining ko’pchilik vakillari ham shu fikrda edilar.
Sovet hukumatining maqsadi aniq edi - Jamoaviy xavfsizlik tizimini yaratish va agressorga birga, bahamjihat qarshi turish. Jamoatchilik fikri tazyiqi ostida N. Chemberlen va E. Daladye Moskvaga Germaniyaga qarshi birga harakat qilish to’g’risidagi muzokaralarni olib borish uchun delegatsiyalar yo’llashga majbur bo’ldilar. Ammo, Moskvada 1939-yil martdan avgustgacha davom etgan muzokaralar G’arb davlatlari Sovet Ittifoqiga bir tomonlama majburiyatlar yuklab, uni Germaniyaga qarshi urushga tortib, o’zlari chetda tomoshabin bo’lib turish niyatida ekanliklarini oshkor qildi. Shu bilan birga, Moskva Angliya hukumati Germaniya vakillari bilan dunyoni ta’sir doiralariga bo’lib olish, xom ashyo manbalarini bo’lib olish to’g’risida muzokaralar olib borganini isbotlovchi maiumotlarni qo’lga kiritdi.
1939-yil 23-avgustda Moskvada hujum qilmaslik to’g’risidagi sovet-german bitimi imzolandi, 1 sentabrda esa Germaniya qo’shinlari Polsha hududiga bostirib kirdi.
2—3-sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e’lon qilishga majbur bo’ldilar. N. Chemberlenning «tinchlantirish» siyosati amalda agressor qarshisida qoi qovushtirish siyosati bo’ldi va uning mevasini birinchi bo’lib Angliya yeyishiga to’g’ri keldi.
Angliya tashqi siyosati ko’p jihatdan mustamlaka va qaram hududlarda milliy-ozodlik harakatining o’sishi bilan belgilandi. Angliya mustamlaka va dominionlarida juda katta qo’shinni saqlashga majbur bo’ldi. Mamlakat hukmron doiralarida hech kim mustamlakalarga mustaqilhk berish haqida o’ylamasdi. Biroq, mustamlakalarda osoyishtalikni ta’minlash uchun Angliya hukumati milliy-ozodlik harakatini parchalash va o’z tomoniga yirik va o’rta burjuaziya hamda amaldorlarning ko’pchilik qismini og’dirishga qaratilgan turli nayranglarni qo’llashga majbur bo’ldi.
1930-yil aprelida Hindiston milliy kongressi hind xalqini fuqaroviy bo’ysunmaslikka chaqirdi. Ammo xalq harakati qonun chegarasidan chiqib, kuchli ommaviy namoyishlarga aylandi. Politsiya va qo’shinlar bilan to’qnashuvlar bo’lib, ularda yuzlab namoyishchilar oidirildi. Mirutda kasaba uyushmalari harakati faollarining ishi bo’yicha jarayon o’tkazildi. Ularga juda og’ir jazolar belgilandi — ayrirnlar umrbod katorga ishlariga, boshqalar esa 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindilar. Shunday qilib Angliya hukumati o’z mustamlakalarini tark etish niyati yo’qligini bildirdi.
Angliya hukmron doiralari dominionlardagi aholiga nisbatan bir qancha yon berishlarga borishga majbur bo’ldi. 1931-yilda Angliya parlamenti uning biror-bir qonuni dominionlarga ularning rasmiy roziligisiz tatbiq etilmasligini ko’zda tutuvchi hujjatni qabul qildi. Dominionlar qabul qilgan qarorlar endi Angliya parlamenti tomonidan tasdiqlanmasdi. Angliya parlamentining bu hujjati Vestminster nizomi nomini oldi. U Angliya parlamentining mustamlaka va dominionlarda qabul qilingan istalgan qonunni bekor qilish huquqiga barham berdi. Vestminster nizomi domi-nionlarning mustaqilligini jilovlovchi so’nggi huquqiy cheklovlarni yo’q qildi (Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya). Shu bilan birga, Britaniya hukumati mustamlaka va dominionlarning Angliyaga qaramligini mustahkamlashga urindi. Ular Angliyaning sanoat ustaxonasi bo’lib qolishlari lozim edi.
Bundan tashqari, yapon militarizmi ekspansiyasi xavfi ham kuchayib, u Tinch okeanining g’arbiy qismi, Xitoy va Hind okeanidagi mustamlakalarni qayta taqsimlash hamda ularda hukmronlikni qaror topdirishga majbur qildi. Angliya burjuaziyasi mahalliy millat vakillari orasida o’ziga ittifoqchilar topish, ularni qurolli kuchlarga jalb qilish va ulardan o’z hududlarini yapon agressiyasidan himoyalovchi qismlar tashkil qilishga urindi. 1935-yilda Hindiston uchun joriy etilgan yangi konstitutsiya shu maqsadni ko’zlardi. Vakillar idoralariga saylovchilar soni 14%gacha oshirildi. Hokimiyat Angliya general-gubernatorlari va mustamlakalarning ma’muriyatlari qo’lida to’la saqlanib qoldi.
Qisqacha mazmuni
• 1929-yildan boshlab — sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning tushib ketishi, eksportning kamayishi, moliyaviy inqiroz, ishsizlik (har to’rt kishidan biri);
• R. Makdonald hukumati — mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. 1931-yil —R. Makdonald (leyborist) konservatorlar hukumati tepasida;
• funt-sterlingning oltin qiymati bekor qilindi — pulning qadrsizlanishi;
• S. Bolduin hukumatining proteksionistlik siyosati — mamlakat iqtisodiyotidagi yangi yo’l: ishlab chiqarishning ko’tarilishi, inqiroz ko’rinishlarining kamayishi, ishsizlikning saqlanib qolishi (1938-yilda — 2 mln. dan ortiq);
• tashqi siyosat — Germaniyadan SSSRga qarshi kurashda foydalanishga urinish;
• 1935-yil 18-iyun — Angliya-Germaniya bitimi (Germaniyaning Boltiq dengizida flot tashkil qilish huquqini qo’lga kiritishi);
• fashist davlatlariga Ispaniya respublikasini yo’q qilishga ko’maklashish;
• 1936-yil 25-oktabr — Angliya va Germaniya o’rtasida harbiy-siyosiy ittifoqning rasmiylashtirilishi;
• N. Chemberlenning Gitlerni «tinchlantirish» siyosati, unga begona hududlarning berilishi, fashizm ekspansiyasining sharqqa yo’naltirilishi;
• 1938-yil 28—30-sentabr — Chemberlen tomonidan Myunxen bitimining imzolanishi;
• 1939-yil — mamlakatning urushga tayyorlanishi, umumiy harbiy majburiyatning joriy qilinishi;
• 1939-yil mart—avgust — SSSR bilan muzokaralarning natijasiz tugashi;
• 1939-yil 2—3-sentabr — Polsha bosib olinganidan so’ng Angliyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi.
20-§. 1929-1939-YILLARDA ITALIYA
Italiyada iqtisodiy inqiroz 1934-yilgacha davom etdi va mamlakat iqtisodiyotini chuqur depressiyaga duchor qildi. U Italiyada 1926-yilda o’tkazilgan pul islohoti sharoitida boshlandi. Inqiroz cho’qqiga chiqqan 1932-yilga kelib sanoatdagi ishlab chiqarish 1929-yildagi darajaga nisbatan 33% ga qisqardi, ayrim sohalardagi qisqarish bundan ham ko’proqni tashkil qildi. Tashqi savdo hajmlari ikki baravarga kamaydi. Yirik sanoat kompaniyalarining tayanchi hisoblangan uchta eng yirik bank kasodga uchradi. Inqiroz mehnatkash ommaning ahvolini yanada og’irlashtirdi. 1933-yilda rasman hisobga olingan ishsizlarning soni 1 mln. dan oshdi. Oylik maosh, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 1929— 1934-yillarda 50— 60 96 ga qisqardi. Qishioq xo’jaligida inqiroz dehqoniarning shusiz ham mushkul ahvolini yanada og’irlashtirdi. Italiya dehqonlarining asosiy mahsuloti— vino, meva va sabzavotlarga talab tushib ketdi. Dehqonlar va qishloq xo’jaligidagi ishchilar daromadlarining pasayishi qishloq xo’jaligini halokat yoqasiga olib keldi. o’n minglab yer maydonlari sudlarning hukmiga ko’ra qarz beruvchilarga berildi. Shahardagi o’rta tabaqa vakillari — hunarmandlar, mayda tadbirkorlar, mayda va o’rta savdogarlar og’ir ahvolda qoldilar. Inqiroz davomida Italiyada 12 mingta korxona kasodga uchradi va bankrot deb e’Ion qilindi. Boshqa davlatlardan farqli o’laroq, Italiyada xo’jalik ishlariga aralashish tashabbusi iqtisodiyotni rivojlantirish borasida o’z konsepsiyasi bo’Igan totalitar fashist davlatidan chiqardi. Bu konsepsiya eng avvalo avtarkik xo’jalik, ya’ni mam-lakatning barcha zarur mahsulot turlari bilan o’z-o’zini ta’minlashiga asoslangan xo’jalikni ko’zda tutardi.
Davlat birinchi navbatda kasodga uchragan uchta eng yirik bankni qutqarish choralarini ko’rdi. 1933-yil boshida Italiyada davlat moliya idorasi — Sanoatni qayta qurish instituti tuzilib, u kasodga uchragan banklarning qimmatbaho qog’ozlarini davlat hisobiga sotib oldi. Bu harakat natijasida Sanoatni qayta qurish instituti banklar ustidan, ular orqali esa metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining aksar qismi, kemasozlik va deyarli butun harbiy sanoat ustidan nazorat o’rnatdi. Shunday qilib, davlat iqtisodiyotni saqlab qolish va rivojlantirish tashvishini to’liq xalqning yelkasiga yukladi. Inqiroz munosabati bilan Italiya fashizmi o’zining asosiy ijtimoiy tajribasi — korporativ davlatni tuzishga kirishdi. Bu nom lotincha corporatio so’zidan kelib chiqqan bo’lib, hamkorlik, maium maqsadda birlashish degan ma’noni anglatadi. Bu holda fashizm maqsadlari — buyuk Italiyani barpo qilishga erishish uchun davlatdagi barcha ijtimoiy tabaqalarni birlashtirish ko’zda tutildi. «Buyuk Italiya» davlati butun o’rta Yer dengizi bo’ylarini o’z ichiga olishi va u «Buyuk Italiya»ning ichki dengiziga aylanishi lozim edi. Bu davlat bir paytlar Rim imperiyasi tarkibiga kirgan barcha hududlarni birlashtirishni ko’zda tutardi.
Tarixiy ma’lumot
Birlashgan Italiya qirollari
1861 —1878-yillar - Viktor Emmanuil II 1878-1900-yillar - Umberto I 1900—1946-yillar - Umberto II
Hukumat rahbarlari
1914—1916-yilIar - A. Salandra 1916—1917-yillar - P. Bosseli 1917—1919-yillar - V. Orlando 1919—1920-yillar - F. Nitti 1920-1921-yillar - D. Jolitti 1921 —1922-yillar - I. Bonomi 1922-yil fevral, oktabr — L. Fanta1922—1943-yillar — B. Mussolini 1943—1944-yillar - P. Badolo 1944-1945 -yillar - 1. Bonomi
1930—1934-yillarda 22 ta sohaviy tashkilotlar tuzilib, ular korporatsiyalar deb nomlandi. Har bir korporatsiyaga tadbirkor va ishchilarning tegishli tashkiloti kirardi. Tadbirkor va ishchilarning vakillari hukumat buyrug’iga ko’ra Korporatsiyalar milliy kengashiga kiritiladi. Bu kengash iqtisodiyot vazirligi mavqeiga ega bo’lib, uni vazir, vazir o’rinbosarlari, fashistlar partiyasi vakillari va turli ekspertlar boshqarardilar. Korporatsiyalar milliy kengashi davlat qo’lida iqtisodiyot rivojlanishiga ta’sir qilishning asosiy vositasiga aylandi. Korporatsiyalar tuzish yo’li bilan davlat korxona egalari va ishchilarning hamkorlik qilishiga erishmoqchi bo’ldi. Sohaviy korporatsiyalar ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat sharoitlarini tartibga soldi, tadbirkor va ishchilar o’rtasidagi ixtiloflarni hal qildi. Mussolini o’zini korporatsiyalar kengashi raisi qilib tayinladi. 30-yillar o’rtasiga kelib Italiyaning butun aholisi korporativ tizimga jalb qilindi. Korporativ tizim qishloq xo’jaligini ham qamrab oldi. Qishloqda majburiy mahsulot tayyorlash tizimi joriy qilindi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari faqat davlat idoralariga belgilangan narxlar bo’yicha sotilishi lozim edi. Bu dehqonlarni kafolatlangan mahsulot sotish bozori bilan ta’minladi va o’n minglab dehqon xo’jaliklarini kasodga uchrashdan saqlab qoldi. Mussolini korporativ tizimni «ijtimoiy inqilob»ga teng deb e’lon qildi. Biroq, korporativ ti-zimning bosh maqsadi Italiya yirik sarmoyasini qo’llab-quvvatlash va Italiyaning yetakchi monopoliyalarini imkon qadar ko’proq daromad bilan ta’minlashdan iborat edi. Korporativ tizim monopoliyalarga ulkan daromad keltirdi. Besh yil ichida, 1934-yildan 1939-yilga qadar, ltaliyaning 16 ta eng yirik kompaniyasi daromadlari 78%ga o’sdi.
Korporativ tizim davlatga mamlakat iqtisodiy hayotining mulkdorlik shaklini o’zgartirmay boshqarish imkonini berdi. Davlat Sanoatni qayta qurish instituti orqali qarz berish yo’li bilan mamlakat iqtisodiy hayotiga ta’sir ko’rsatdi. Iqtisodiy qiyinchilik yillarida davlat majburiy davlat qarzlarini joriy qilib, aholini davlat xazina chiptalarini sotib olishga majburladi. Italiya iqtisodiyotining davlat tomonidan boshqarilishi unga faqat inqiroz bilan bog’liq qiyinchiliklarni yengib o’tish emas, balki tarkibiy o’zgarishlar borasida ham ancha olg’a tashlash imkonini berdi. 1937-yilga kelib Italiya iqtisodiyoti 1929-yilgi darajaga, ya’ni urushdan keyingi davrdagi eng yuqori darajaga ko’tarildi. Bu vaqtga kelib Italiya agrar-sanoat mamlakatidan sanoat-agrar mamlakatiga aylandi. Biroq, iqtisodiy rivojlanishda erishgan jiddiy yutuqlariga qaramay, Italiya Yevropadagi rivojlangan sanoat mamlakatlari darajasiga yeta olmadi. 1939-yilda cho’yan bu yerda AQSh va Germaniyadagiga qaraganda 20 baravar, po’lat — tegishli ravishda 12 va 8 baravar hamda Angliyadagiga qaraganda 5 baravar kam eritilardi. Shu bilan birga, fashizm Italiyada xususiy monopolistik, ya’ni yirik sarmoyaning tez va kuchli o’sishini ta’minladi. Bu ishlab chiqarishni majburiy to’plash va sanoatda yakka hokimlik hisobiga amalga oshirildi. 1931-yilda poiat prokati ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar majburiy ravishda konsorsiumga birlashtirildi. 1932-yilda biror-bir sanoat sohasida 70% sarmoyaga ega bo’lgan kompaniyalarning davlat tomonidan ularning manfaatlari asosida boshqarilishini ko’zda tutuvchi qonun qabul qilindi. Endi ishlab chiqarishning katta qismi tadbirkorlarning bir necha guruhi tomonidan nazorat qilinardi.
Bu monopolistik guruhlar fashistlarning rahbarlari bilan qalin munosabatlarda bo’lib, ularning vakillarini mablag’ bilan ta’minlardi. Deputatlar senatorlar va katta fashistlar kengashi a’zolarining aksariyat qismi yirik hissadorlik kompaniyalarida maosh to’lanuvchi lavozimlarni egallagan edi. Fashizm Italiyada yirik sarmoya va yirik yer egalari o’rtasida siyosiy va iqtisodiy ittifoq o’rnatish yo’li bilan yirik yer egalarining ham qo’llab-quvvatlashishiga erishishni ko’zlardi. o’ttizinchi yillarda yirik sanoat kompaniyalari egalari orasida 516 nafar yirik yer egalari ham bor edi. Ular bank operatsiyalari, yer olib sotish bilan shug’ullanib, moliyaviy oligarxiyaga qo’shildilar. Monopolistik guruhlar va yirik yer egalari Italiyadagi fashistlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tayanchi bo’ldilar.
O’z milliy monopoliyalariga ichki bozorda hukmronlik qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Italiya davlati iqtisodiyotning avtarkik tizimini yaratish bo’yicha faol harakatlarni boshladi. U mamlakatning o’zini o’zi ta’minlashi va strategik xom ashyoning olib kelinishiga qaramligining qisqartirilishidan iborat edi. Avtarkik tizim uch asosiy maqsadni ko’zlardi: 1) avtarkik fikrlash tarzini yaratish, ya’ni italiyaliklarni import tovarlarini sotib olishdan voz kechishga majbur qilish; 2) iqtisodiyotni takomillashtirish, ilmiy-texnik o’sishni rag’batlantirish, sanoatning raqobatbardosh sohalarini yaratish; 3) importni qisqartirish va ltaliya mahsulotlari eksportini oshirish yo’li bilan iqtisodiy mustaqillikka erishish. Ushbu munosabat bilan davlat 1934—1935-yillarda tashqi savdo monopoliyasini joriy qildi va bu xorijiy tovarlar importini keskin qisqartirdi.
Shu bilan birga, Mussolini «g’alla uchun kurash» kompaniyasini e’lon qildi va u Italiyaning g’alla bilan o’zini o’zi to’liq ta’minlashiga ohb kelishi lozim edi. Garchi 30-yillarda g’alla yetishtirish hajmlarining o’sishiga erishilgan bo’lsa-da, Italiya g’alla bilan o’zini o’zi to’liq ta’minlashga muvaffaq bo’la olmadi. Chorvachilik mahsulotlari bilan ham xuddi shu hol yuz berdi. Birin-ketin ko’mir, neft, elektr energiyasi uchun «kurash» kompaniyalari o’tkazila boshlandi, ular milliy iqtisodiyotni xususiy xom ashyo va elektr manbalari bilan ta’minlashga qaratildi. Biroq, Italiya fashizm intilgan iqtisodiy avtarkiyaga erisha olmadi, rivojlangan ilg’or sanoat davlatlari qatoriga qo’shilmadi. Asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarilishi mamlakatdagi ichki ehtiyojni qondirmadi.
Italiya fashizmi o’ttizinchiyillarda mamlakat hayotining barcha tomonlarini o’ziga bo’ysundirib, totalitar diktaturani o’rnatdi. Demokratiyaning barcha, hatto rasmiy belgilari, shu jumladan, parlament ham tugatildi. Parlamentning saylanuvchi palatasi o’rniga fashi di kombattimento va korporatsiyalar palatasi tuzilib, unga tayinlanuvchi «deputatlar» kirdilar. Fashistlar partiyasi esa davlat tizimiga to’liq qo’shildi. Partiya nizomiga ko’ra u duche Mussolini buyruqlariga bo’ysunib, davlat xizmatini bajaruvchi «fuqarolar militsiyasi» (lotincha «milicia» — qo’shin)ga aylandi.
Ommaviy axborot vositalari fashizmga xizmatga o’tib, fashist senzurachilari tomonidan qattiq nazorat qilindilar. Dorilfununlarda professorlar duchega sodiqlikka qasamyod qildilar. Ommaviy tashkilotlar tizimi, fashistik matbuot va maktab orqali, sershovqin targ’ibot kompaniyalari yordamida fashist g’oyalari ommaga singdirildi.
Mussolini nomi ommaviy axborot vositalari tomonidan ilohiylashtirildi. o’zining ko’p sonli nutqlarida Mussolini fashizm «demokratiyadan buzilgan» Yevropani yangilashi, sog’lomlashtirishi va «Osiyo bolshevizmiga» qarshi kurashga boshlashi lozimligini isbotlashga urindi. «Italiyaning asosiy dushmani— bolshevizm, — deb aytardi u, — Italiya fashizmi unga qarshi turadi».
Duchening nutqlaridan olingan parchalar fashist targ’ibotchilarining asosiy quroliga aylandi. Gazetalar «Mussolini doimo haq» qabilidagi shiorlarni muttasil va sabot bilan takrorlardilar. Madaniyat vazirligining yo’riqnomalaridan birida esa shunday deb ko’rsatilgan edi: «... italiyaliklar mamlakatda hozir amalga oshirilayotgan barcha ishlar duchening tashabbusi bilan bo’layotgani va ularda duche shaxsining ramzi mavjudligini doimo esda saqlashlari lozim». Duchening benuqsonligi va beqiyos qudratiga ishonch italiyaliklar ongiga muttasil singdirilishi
lozim edi.
O’sib kelayotgan avlod fashistlarning bolalar va o’smirlar tashkilotlariga jalb qilindi. Bu tashkilotlardagi rasm-rusumlar va ularning faoliyati harbiylashtirilgan xususiyatga ega bo’ldi. Maqsad — o’ylamasdan itoat qiluvchi mukammal fashist askarini tarbiyalash edi.
Biroq, fashizm italiyaliklarning ongini zaharlay yoki unga chuqur singa olmadi. Fashizm Italiya millati ongiga, uning diniy va demokratik an'analariga tamomila zid edi. Demokratik kuchlarning vakillari yashirin sharoitda fashistlarga qarshi kurashni davom ettirdilar. Fashistlarning tashkilotlariga joylashib, ularga qarshi faol qo’poruvchilik ishlarini olib bordilar, yoshlar orasida fashizmga qarshi kayfi-yatlarning uyg’onishiga sabab bo’ldilar. Fashizmga qarshi kurashda katolik cherkovining qator vakillari ham munosib hissa qo’shdilar.
Italiya fashizm talablarining imkoniyatlariga muvofiq emasligi fashistlarning tashqi ekspansiyaga intilishlarini kuchaytirdi. Italiya harbiylashish va urushga tayyorgarlik ko’rish yo’liga tushdi. Mussolini italiyaliklarni O'rta Yer dengizini «o’z dengizimiz»ga aylantirishga chaqirdi. 1934-yilda jadal sur’atlarda harbiy-dengiz floti va harbiy aviatsiyani qurishga kirishildi. 1935-yil oktabrida Italiya armiyasi Efiopiyaga urush e’lon qilmay bostirib kirdi. Faqat 1936-yil may oyidagina 600 ming kishilik Italiya armiyasi mamlakatni ishg’ol qilishga erishdi. Millatlar Ligasi Italiya hukumatining harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi va mamlakatga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi. Bu Italiyaning fashistlar Germaniyasi bUan yaqinlashishiga turtki berdi. 1937-yil noyabrida Italiya Germaniya va Yaponiya imzolagan Antikomintern bitimiga qp'shildi. Mussolini uni atrofida butun Yevropa birlashishi lozim bo’lgan «doira» sifatida ta’rifladi («Berlin-Rim-Tokio doirasi» degan nom shundan kelib chiqdi). Ushbu bitimga ko’ra Germaniya Efiopiyaning bosib olinishini tan oldi, xalqaro aloqalarda umumiy bo’lgan yo’nalish belgilandi, harbiy aviatsiyani rivojlantirishning yagona siyosati ishlab chiqildi, Bolqon va Dunaybo’yi davlatlaridagi ta’sir doiralari chegaralandi.
ItaUya Ispaniyadagi fuqarolar urushida faol qatnashdi va Frankoni qo’llab-quvvatladi. Germaniya bilan o’zaro kelishuvga ko’ra Italiya 1939-yil aprelda Albaniyani bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi arafasida — 1939-yil 22-mayda Germaniya va Italiya o’rtasida Yevropada harbiy blokni tuzish to’g’risidagi «Po’lat bitim» imzolandi. Bitimning tuzilishi Ikkinchi jahon urushiga olib kelgan omillardan biri bo’ldi.
Qisqacha mazmuni
• 1934-yilgacha — iqtisodiy, moliyaviy, agrar inqiroz, korxonalar, banklar, yer egalarining kasodga uchrashi;
• mamlakatdagi yirik bank va korxonalarni qutqarish maqsadida Sanoatni qayta qurish institutining tashkil qilinishi;
• Korporativ davlatning vujudga kelishi — mamlakatdagi barcha aholi tabaqalarining sinfiy hamkorligiga erishishga urinish. Natija — mehnat sharoitlarining yaxshilanishi, yirik kompaniyalarning daromadlari 78% ga o’sdi, inqiroz barham topdi;
• 1937-yilga kelib Italiya sanoat-agrar mamlakatga aylandi;
• avtarkik xo’jalik tizimining vujudga kelishi;
• mamlakatda totalitar diktaturaning o’rnatilishi jamiyat hayotining barcha tomonlari fashistlashishiga olib keldi;
• iqtisodiyotning harbiylashtirilishi, ilk hududlarning bosib olinishi (1936-yi! — Efiopiya, 1939-yil — Albaniya);
• Germaniyaning Italiya bilan bitimni imzolashi (1936-yil oktabr — Berlin — Rim — Tokio doirasi); 1939-yil — «Po’lat bitim»;
• 30-yillardagi Italiya hukumati — Ikkinchi jahon urushining aybdorlaridan biri.
21-§. 1929-1939-YILLARDA AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI
AQShda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi aynan shu mamlakat uchun eng sertalafot oqibatlar keltirdi. Inqiroz 1929-yilning 24-dekabrida Nyu-York birjasidagi vahimadan boshlandi. Aksiyalar kursi keskin ravishda pasayaverdi. Bir haftadan so’ng aksiyalarning umumiy qiymati 4,5 baravar pasaydi, barcha qimmatli qog’ozlar, jumladan, pullar ham shuncha qadrsizlandi. Bir necha hafta mobaynida ko’plab zavodlar, shaxtalar, temir yo’Uar, elektr stansiyalari to’xtab qoldi. Sanoat ishlab chiqarishi deyarli yarmiga qisqardi. Avtomobillar chiqarish 80%ga, eksport, import, chakana savdo aylanmasi ikki barobarga kamaydi. Ushbu inqiroz «Buyuk depressiya» deb nomlandi, zero, 1929—1932-yillarda 130 mingga yaqin firmalar bankrotlikka uchradi.
Qishloq xo’jaligidagi vaziyat ham keskin yomonlashdi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining xarid narxlari tushib ketganligi fermer xo’jaliklarining ommaviy inqiroziga sabab bo’ldi. Inqiroz yillarida milliondan ortiq fermer xo’jaliklarining bor-budi sotib yuborildi. Ularning egalari esa ishsizlar safiga qo’shilishdi. Ishsizlik amerikaliklar uchun haqiqiy ofatga aylandi. 1933-yili mamlakatda 17 mln. ishsiz bo’lib, har uchinchi ishchi ish haqidan mahrum edi. AQShda ish-sizlikdan sug’urtalash tizimi mavjud bo’lmagani bois ko’pchilik odamlar uchun ochdan oiish haqiqatdan xavf sola boshladi. 1931-yili Nyu-Yorkda ikki mingdan ziyod odam ochlikdan halok bo’Idi. Ishlab turgan ishchilarning ahvoli ham aytarli yaxshi emas edi, zero, ish haqi 40% ga kamaytirilgan, ko’pchilik to’liqsiz ish haftasida mehnat qilardi.
Buyuk depressiya ommaviy stachkachilik harakatiga turtki berdi, ishchilar va fermeriarning chiqishlari boshlandi. 1931-yil dekabrida va 1932-yili ishsizlarning Vashingtonga yurishlari tashkil etildi. Ular “ocharchilik yurishlari” deb nomlandi. G’alayonlar qishloq xo’jalik hududlariga ham tarqaldi. 22 shtatni fermerlarning chiqishlari qamrab oldi. Davlat beshafqat repressiyalar yo’li bilan chiqishlarni bostirdi. Qora tanli aholi orasida ham g’alayonlar avj oldi. Ijtimoiy tuzumning barcha tayanchlari dahshatli tezlikda buzila boshlandi. Amerika bir necha yillar mobaynida mavjud tizimning halokati yoqasida turdi.
1932-yili prezidentlikka saylovlar og’ir iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy qutblanish va qizg’in siyosiy kurash sharoitlarida o’tdi. G. Guver — Respublikachilar partiyasidan, Nyu-York shtati gubernatori Franklin Delano Ruzvelt (1882— 1945) Demokratlar partiyasidan nomzod edilar. F. Ruzvelt keng miqyosli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o’tkazish ko’zda tutilgan ko’lamdor dastur bilan chiqdi. U mustahkam g’alabaga erishdi — Ruzvelt uchun 23 mln. saylovchi ovoz berdi, raqibi esa 16 mln. ovoz oldi.
Demokratlar 12 yil mobaynida birinchi bor zafar qozonishib, o’z nomzodlarini Oq uyga chiqarishdi. F. Ruzvelt AQSh ning o’ttiz ikkinchi prezidenti hamda Amerika tarixidagi eng mashhur prezidentlardan biri edi. U 1932-yildan1944-yilgacha prezidentlikka to’rt marta saylangan yagona prezident ham edi. Zero, konstitutsiyaga ko’ra, prezident faqat ikki muddatga saylanishi mumkin.
Tarixiy ma’lumot
AQSh prezidentlari
1901-—1909-yillar - T. Ruzvelt 1909—1913-yillar - U. X. Taft 1913-1921-yillar - V. Vilson 1921—1923-yillar - U. Garding 1923—1929-yillar - K. Kulij 1933—1945-yillar - F. D. Ruzvelt 1945—1953-yillar - G. Trumen
Ruzvelt Morganlar moliya guruhiga yaqin boy amerikalik oilasida dunyoga keldi. U AQShning ikkita eng nufuzli oliy o’quv yurti — Garvard hamda Kolumbiya universitetlarini tamomlab, huquqshunos diplomini oldi. Siyosiy faoliyatini 1910-yili harbiy-dengiz floti ministrining yordamchisi lavozimidan boshladi. Bu vazifasini yetti yil, ya’ni 1920-yilgacha egallab turdi, keyin kasallik tufayli tark etdi. Ruzvelt 1921-yili falaj dardiga yo’liqdi. U mustaqil harakatlanish qobiliyatidan mahrum bo’lsa-da, buyuk ishbilarmonlik fazilatlari va siyosiy iste’dodi tufayli katta siyosatga qayta oldi. Ruzvelt 1928-yili barcha qonun-qoidalarga qarshi o’laroq, Nyu-York shtati gubernatori etib saylandi.
FDR (butun Amerika ism-sharifi initsiallariga ko’ra, uni shunday atardi) prezident bo’lgach, Amerika iqtisodiyotida «yangi yo’nalish» sifatida shuhrat qozongan keng miqyosli islohotlarni boshladi. Bu yo’lning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik to’liq saqlangan holda davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etishdan iborat edi. Ruzvelt hamda uni quvvatlovchi siyosiy arboblar dadil qadam tashlay olishdi — mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning davlat dastaklarini qo’llash ko’zda tutilar, mehnat huquqini jiddiy qayta ko’rish, ishsizlikka qarshi kurashga katta mablag’lar ajratish va ijtimoiy sug’urta asoslarini yaratish (pensiyalar, kasallik bo’yicha nafaqalar, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi tizimini takomillashtirish) rejalashtirilgandi. Shunday qilib, Ruzveltning «yangi yo’nalish»idagi asosiy vazifa davlatning iqtisodiy faoliyat jarayoniga faol aralashuvi yo’li orqali mamlakatni inqirozdan chiqarishdan iborat edi.
Yangi ma’muriyat ishchilar va fermerlarning ijtimoiy-siyosiy huquqlarini kengaytirishga qaratilgan liberal islohotlarni o’tkazdi. Islohotlar neoliberalizm, ya’ni davlat-monopolistik iqtisodiyotining liberal ko’rinishi mafkurasini mujassamlashtirdi. Amerika burjuacha islohotchilik va neoliberalizmda mayjud ulkan imkoniyatlarni dunyoga namoyish etdi. Dunyoda eng yuqori turmush darajasi, eng katta ko’lamli inson huquqlari va konstitutsiyaviy kafolatlar AQShga buyuk, gullab-yashnayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mukammal davlat shuhratini keltirdi.
Ruzvelt Amerika bank tizimini qutqarishdan o’z yo’nalishini amalga oshirishga kirishdi. Inqiroz natijasida mamlakatdagi deyarli barcha banklar yopilgan edi. Favqulodda bank qonuni shartlariga ko’ra faqat eng yirik banklarga davlat zayomlari ochish va olish uchun ruxsat berildi. Oqibatda banklar soni qisqardi, lekin qolganlari haqiqatda faoliyat ko’rsatardi. 30-yilIarning yarmiga kelib, 1929-yili AQShda ishlab turgan 25 ming bankdan faqat 15 mingtasi keldi. Ular davlatdan kreditlar olib, omonatchilar bilan hisob-kitob qilishdi. Shu tariqa amerika iqtisodiyotining tabarruk qadamjosi — banklar saqlab qolindi.
1933-yil 16-iyunda sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun «yangi yo’nalish» doirasidagi yana bir muhim tadbir bo’ldi. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan boshqarilishi tizimini joriy qildi. Sanoatning har bir sohasi uchun davlat qonuni sifatida tatbiq qilingan «halol raqobat kodekslari» ishlab chiqildi. Mazkur kodekslar har bir korxona uchun muayyan ishlab chiqarish hajmini, mahsulot narxini, savdo bozorini belgilab berardi.
Qonun ishbilarmonlarga ish haqining eng kam darajasini va ish haftasining maksimal vaqtini kodekslarda qafiy qayd etishni ham belgilardi. Shuningdek, ishchilarning kasaba uyushmalar vujudga keltirish va jamoaviy shartnomalar tuzish huquqi e’Ion qilingandi. Sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun bo’yicha ishsizlarga yordam choralari ko’zda tutilgandi. Ijtimoiy ishlar maxsus qo’mitasi tuzilib, uning ixtiyoriga yo’llar qurish, maktablarni ta’mirlash, sport majmualari va boshqa inshootlar barpo etish uchun katta miqdorda mablag’ berildi. Mazkur tadbirlar 8 mln. amerikaliklarni ish bilan ta’minladi. Ajratilgan mablag’larga 10.000 km. katta yo’llar qurildi, 77 ming ko’prik va 800 ta aerodrom barpo etildi, o’nlab harbiy kemalar yaratildi.
Qashshoq oilalardagi 18 dan 25 yoshgacha bo’lgan ishsizlar uchun maxsus lagerlar barpo etildi. Bu yerda davlat hisobidan ta’lim olib, sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur ixtisosliklarni egallashardi. Har bir shtatga ishsizlarga yor-dam ko’rsatish uchun dotatsiyalar ajratildi. Mazkur faoliyatning miqyoslari ulkan edi va Amerika ijtimoiy ziddiyatlardan saqlanishga muvaffaq bo’ldi.
Ruzvelt amerikalik fermerlarni qutqarishga alohida e’tibor qaratdi. Inqiroz AQSh qishloq xo’jaligiga ulkan ziyon yetkazdi. An'anaviy bozorlaridan mahrum bo’lgan, bank kreditlarini yo’qotgan ko’plab fermer xo’jaliklari halokatga uchradi. Jorjiya, Alabama, Oklaxoma, Texas fermerlari o’z fermalarini tark etib, boshqa shtatlarga ish va yer topish uchun jo’nab ketishdi. Amerika yo’llari birmuncha yaxshi sharoitli shtatlarga jo’nayotgan fermer oilalarining avtomashinalariga to’la edi. Bu yerlarda ham ularni o’zlari qochgan xuddi o’sha falokat kutardi. Mazkur voqealarni XX asrning buyuk amerikalik yozuvchisi Jon Steynbek «G’azab g’ujumlari» asarida ajoyib tarzda tasvirlagan.
1933-yil 12-mayda fermerlarga yordam haqidagi qonun qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga bo’lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzor maydonini va chorva sonini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taldif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va noma’lum muddatga to’xtatib qo’yildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kreditlar berdi. Norentabel fermalar tugatildi. 1933—1936-yillarda qarzlar va soliqlarni to’lamaganligi uchun deyarli 600 ming fermalar, ya’ni jami fermalarning 10 foiziga yaqini «kim oshdi»da sotib yuborildi. Mazkur choralar amerikalik fermerlarning barcha muammolarini hal etmasa-da, qishloq xo’jaligini halokatdan saqlab qoldi.
“Yangi yo’nalish” AQShdagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy qonunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirdi. 1935-yili AQSh Kongressi «Vagner qonuni»ni qabul qildi. Mazkur qonun bo’yicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega bo’lishdi. Bundan buyon ish tashlashda qatnashganligi uchun ta’qib qilish man qilindi. Xuddi shu yili AQSh tarixida birinchi marta ijtimoiy sug’urtalash haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonunda keksalarni ta’minlash va ishsizlik bo’yicha kompensatsiya to’lash, ko’zi ojizlarga, majruhlarga, yolg’iz onalarga va yetimlarga yordam berish ko’zda tutildi. Bunday qonunlar mavjud bo’lmagan mamlakatda bu hodisa ijtimoiy islohotlar va adolatli jamiyat yaratish yo’lidagi olg’a tashlangan katta qadam edi.
Ruzveltning «yangi yo’nalish»i AQSh tarixidagi eng ilg’or sahifalardan biri bo’ldi. Bu Amerika siyosatida liberalizm va liberal g’oyalarning g’alabasi edi. «Neoliberalizm» nomi shu bilan bog’liqki, ruzveltcha liberalizm avvalgi liberal islohotlardan farqli o’laroq, davlatdan kelib chiqardi va uning asosida ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish maqsadida yirik biznes daromadining ma’lum qismini olish uchun davlat tomonidan barcha samarador dastaklardan faol foydalanish yotardi. Eng boy oilalarning millionlab va milliardlab daromadlariga keng mehnatkashlar ommasining ahvolini yaxshilash uchun qo’shimcha soliqlar solindi. «Yangi yo’nalish» bozor iqtisodiyoti doirasida umuman butun jamiyatning sifat jihatdan o’zgarishiga olib keluvchi teran ijtimoiy islohotlami amalga oshirish mumkinligini ko’rsatdi.
«Yangi yo’nalish» amalga oshirilishining boshlang’ich davrida AQShdagi yirik biznes uni qo’llab-quvvatladi, hatto bu rejaning hayotga tatbiq etilishiga ko’maklashdi. Biroq inqiroz o’tib borgani sari moliya va sanoat kapitali vakillari, shuningdek muxolif siyosiy kuchlar Ruzvelt siyosatiga qarshi ochiq chiqa boshlashdi. Amalda 1934-yildayoq burjuaziyaning bir qismi «yangi yo’nalish» siyosatiga muxolifatlikka o’tdi. Bu 1934-yili Dyupon va Morganlar yirik monopolistik guruhlarining bevosita ishtirokida Amerika ozodlik ligasi tuzilishida o’z ifodasini topdi. Mazkur tashkilot davlat tomonidan boshqarilish va liberal islohotlar rad etilishini, yirik kapitalga soliqlar kamaytirilishini hamda mehnatkashlarga va demokratik harakatlarga nisbatan qattiq yo’nalishga o’tilishini talab qildi.
Burjuaziya muhitidagi «yangi yo’nalish» dushmanlarining asosiy qismi AQSh Oliy sudiga va uning ortida turgan moliya oligarxiyasining reaksion kuchlariga tayanardi. Umrbod saylangan Oliy sud a’zolarining aksariyati xususiy biznes sohasiga davlat tomonidan har qanday aralashuvga qarshi chiqishardi va «yangi yo’nalish» huquqan to’g’riligini inkor etishardi. Ularning tazyiqi tufayli AQSh Oliy sudi 1935-yil mayida qabul qilingan qonunlarning, 1936-yil yanvarida qishloq xo’jaligining boshqarilishi haqidagi qonunning konstitutsiyaga to’g’ri emasligini e’lon qildi. So’ngra 1933—1934-yillarda qabul qilingan yana 9 ta qonun konstitutsiyaga to’g’ri kelmaydigan qonunlar sifatida tan olindi.
Erishilgan ijtimoiy yutuqlarga nisbatan xavf «yangi yo’nalish» atrofida liberal-demokratik kuchlarning keng koalitsiyasini birlashtirdi. 1936-yili FDR saylovlarda ajoyib g’alaba qozondi. 48 shtatdan 46 tasi uning nomzodini quvvatladi. Bu umumxalq qo’llab-quvvatlanishini olgan neoliberalizmning zafari edi.
Saylovlar AQShdagi firqaviy tizimda mavqelarning o’zgarishiga olib keldi. Yetakchi rol respublikachilardan demokratlarga o’tdi.
Kasaba uyushmalari nuquqlarining va ish tashlash huquqi ning tan olinganligi ishchilar sinfining o’z saflari birligi uchun kurashiga yangi turtki berdi. 1934-yildayoq 1 mln. 170 ming ishchi, ya’ni avvalgi to’rt yildagidan ko’ra ko’proq kishi stachkalarda qatnashdi. Umuman 1933-1939-yillarda AQShda 8 mln. dan ortiq ishchi ish tashladi. Stachkalar hujumkor xususiyatga ega bo’lib, yuqori darajadagi uyushganligi bilan ajralib turardi. 1934-yil iyulida San-Fransiskoda bo’lgan umumiy ish tashlash o’sha yillardagi sinfiy kurashning yorqin voqealaridan biridir. Bu ish tashlash o’z kasaba uyushmalari tan olinishiga va mehnat sharoitlari yaxshilanishiga harakat qilayotgan dengizchilar hamda port yukchilarini qo’llab-quvvatlash uchun o’tkazilgan edi. 127 ming kishi qatnashgan bu ish tashlash bir necha kun davom etgan bo’lsa-da, ishchilar o’z talablari qisman qondirilishiga erishdilar.
Kasaba uyushmalari soni ko’paya boshladi. Tan olingan markaz — Amerika mehnat federatsiyasi (AMF) bilan birga yangi kasaba uyushma tashkiloti — Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari komiteti paydo bo’ldi. Bu tashkilot 1938-yildan Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari Kongressi (IChKUK) deb nomlandi. Yangi kasaba uyushma birlashmasi tarkibiga asosan malakasiz ishchilar kirishgan va ular maium darajada simiy hamkorlikda va korchalonlarga qarshi kurashdan bosh tortishda mujassamlanadigan eskicha qarashlardan ozod edilar. 1939-yilga kelib, kasaba uyushmalari a’zolari soni 9 mln. ga yetdi, kasaba uyushmalari harakati mamlakat siyosiy hayotining muhim qismiga aylandi. Kasaba uyushmalari barqaror ravishda Demokratik partiyani qo’llashardi va shu qo’llab-quvvatlash tufayli partiya 1952-yilgacha hukmronlikni egallab turdi. Ruzvelt 1940 va 1944-yillarda asosan ishchilar sinfining ovozlari hisobidan katta ustunlik bilan saylangan edi.
Ruzvelt prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda hamaks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq bo’lib qoldi. Yangi ma’muriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi — 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilganligidir. Ikki mamlakat o’rtasida munosabatlar me’yorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirdi. 1935 va 1937-yillarda AQSh bilan SSSR o’rtasida ikki rnamlakatning o’zaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlari tuzildi.
1933-yili AQSh hukumati Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan «yaxshi qo’shnichilik» siyosatini e’lon qildi. F. Ruzvelt Gaitidan Amerika qo’shinlarini chaqirib oldi. Kuba bilan shartnoma tuzilib, AQShning intervensiya huquqi bekor qilindi. Lotin Amerikasi davlatlari bilan ular uchun qulay savdo bitimlari tuzildi. Siyosatining yangi usullari tufayli AQSh Janubiy Amerikadagi asosiy raqib-lar — Angliya, Germaniyani tezda qisib qo’yishga erishdi. AQSh yevropalik raqobatchilariga qarshi kurashda Lotin Amerikasi mamlakatlari aholisining keng qatlamlarida hukmron bo’lgan panamerikanizm g’oyalaridan mohirona foydalandi. Shu davrda o’tkazilgan uchta Panamerika konferensiyalari AQShning Lotin Amerikasidagi gegemonligi mustahkamlanishiga imkon yaratdi.
30-yillar o’rtalarida AQShdagi hukmron doiralarning diqqat markazini Yevropa va Uzoq Sharq siyosati muammolari egalladi. Bu masalalar bo’yicha o’tkir siyosiy kurash avj oldi. AQShda ko’pdan beri «izolyatsionizm», ya’ni Yevropa siyosatiga har qanday aralashishni rad etish siyosati hukmron edi. Mazkur siyosat tarafdorlari AQShning xalqaro mavqeini mustahkamlash uchun «qo’llar erkinligi» saqlanishi zarurligini va davlatlar bilan harbiy-siyosiy ittifoqlarga kirishmaslikni ta’kidlashardi. Bundan tashqari, izolyatsionistlar Yevropa qit'asidagi ikki koalitsiyaning to’qnashuvi ularning o’zaro zaiflashuviga olib keladi va qaysidir uchinchi tomonga hal qiluvchi daqiqada o’z shartlarini o’tkazish imkonini beradi deb hisoblashardi. Izolyatsionistlarning mavqei Amerikaning keng xalq doiralarida hukmron bo’lgan urushga qarshi kayfiyatlar, shuningdek Demokratik partiyaning o’zida «betaraflik — urushga qarshi vositachi» shiorini ilgari suradigan kuchli senatorlar guruhi mavqei tufayli kuchaya bordi. Bu senatorlar guruhi ko’pgina holatlarda tashqi siyosat masalalari bo’yicha muhim qarorlar qabul qilinishiga faol ta’sir ko’rsatishga muvaffaq bo’ldi. 1935-yil avgustida ularning tazyiqi bilan betaraflik haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonun Yevropa qit'asidagi urushayotgan mamlakatlarga qurol aslaha va harbiy materiallar yetkazilishini taqiqlardi. Yevropa qit’asidagi fashistik davlatlarning tajovuzkorona siyosati va ularning dunyoda hukmronlikka ochiq da’volari avj olgani sayin AQSh tashqi siyosatida boshqa yo’nalish — internatsionalizm (baynalmilalchilik) tobora kuchayib bordi. Bu yo’nalish vakillari fashistik davlatlar blokining vujudga kelishi AQShga ham harbiy xavf tug’diradi va shuning uchun G’arbiy Yevropadagi demokratik davlatlar bilan, birinchi navbatda Angliya bilan yaqinlashish zarur deb hisoblashardi. Prezident F. Ruzvelt, uning kabineti a’zolari va Amerika Kongressining ko’plab taniqli yetakchilari internatsionalistik yo’nalish tarafdorlari edi.
Ruzvelt 1937-yil 5-oktabr kuni Chikagoda so’zlagan nutqida agressorlar atrofida «karantin» o’rnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchiUk harakatlarini ham keskin qoraladi. AQSh hukumati o’zining barcha imkoniyatlarini ishga solib urushga faol tayyorgarlik ko’ra boshladi. Shu maqsadda qurol ishlab chiqarish kengaytirilib, ularning sifati takomillashtirib borildi. Tinch okeani orollarida shoshilinch ravishda harbiy bazalar qurishga kirishildi.
1939-yil 26-iyul kuni AQSh Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4-noyabrda Ikkinchi jahon urushi' boshlangandan so’ng betaraflik haqidagi qonun qayta ko’rib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQShdan qurol-yarog’ sotib olish imkonini berdi. AQSh demokratik davlatlar tomonidagi o’z holatini qat'iy belgiladi.
1941-yil 11-martda Kongress prezident Ruzveltga himoyasini «prezident AQSh mudofaasi uchun hayotiy muhim hisoblagan har bir millatga» qurol va harbiy anjomlar qarzga (lend), yoki ijaraga (liz) berishi uchun imkon yaratgan lend-liz haqidagi qonunni qabul qildi. AQSh lend-liz bo’yicha amalda Angliyaga, Sovet Ittifoqi va Xitoyga qurol bilan katta yordam berdi. Qonun AQShning Ikkinchi jahon urushiga kirishidan sakkiz oy oldin mamlakat harbiy sanoati rivojlanishini tezlashtirishga shart-sharoitlar yaratdi. Bu siyosiy jihatdan AQShning urushayotgan tomonga aylanganligini anglatdi hamda amerikalik siyosiy va harbiy arboblarga jahon siyosatida faol rol o’ynash huquqini berdi. Biroq, bu AQShning bevosita urushga kirish niyatidaligini bildirmasdi. Izolyatsionistlarning mavqei kuchli edi va Amerikariing rahbar namoyandalari doimiy ravishda AQShning urushdagi ishtiroki harbiy harakatlarda faqat dengiz va havo kuchlarining qatnashishi bilan cheklanishi haqida ma’lum qilishardi. Shu boisdan AQSh hukumati fashistlar agressiyasiga faol va qafiy qarshi chiqishga shoshilmadi. Shu bilan birga AQSh Buyuk Britaniyaning halokatga uchrashiga va Britaniya imperiyasining parcha-lanishiga yo’l qo’ya olmasdi. Zero, gitlerchilar Germaniyasining g’alabasi natijasida yuzaga keladigan yangicha kuchlar nisbati AQSh uchun g’oyatda foydasiz va xavfli bo’lishi mumkin edi.
Qisqacha mazmuni
• 1929-yil — AQSh — jahon iqtisodiy inqirozi manbai;
• sanoat ishlab chiqarishining 50% ga qisqarishi, fermer xo’jaliklarining xonavayron bo’lishi, ishsizlik;
• 30-yillar — «Buyuk depressiya», ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi;
• F. Ruzveltning «yangi yo’nalish»idagi asosiy maqsadi — iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlarning davlat tomonidan boshqarilishini joriy etish yo’li orqali mamlakatni inqirozdan olib chiqish;
• AQSh sanoat, qishloq xo’jaligi va ijtimoiy qonunchilik sohalaridagi islohotlar natijasida turmush va sanoat ishlab chiqarish darajasi dunyoda eng baland mam-lakatga aylandi (ijtimoiy murosa hisobidan inqirozdan chiqish);
• AQSh tashqi siyosatida internatsionalistik yo’nalish g’alabasi (SSSRni tan olish, lend-liz haqidagi qonun).
22-§. 1918-1939-YILLARDA ISPANIYA
Ispaniya Yevropaning chetki janubi-g’arbiy burchagida joylashgan va Yevropa davlatlari tizimida muhim strategik bo’g’inni tashkil etadi. U uzoq vaqt davomida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ulkan imperiyani barpo etib, yirik mustamlakachi davlat bo’lib keldi. Ispan mustamlakalari XIX asr oxirida mamlakatda hukmron ijtimoiy kuchga va siyosiy hayotdagi eng ta’sirdor omilga aylangan yirik ispan pomeshchiklari — latifundistlarini boyitib turardi.
Latifundistlar hukmronligi asosan ikki katta kuchga - hukmron armiyaga va katolik cherkoviga tayanardi. Zodagonoilalarning, yirik latifundistlarning vakillaridan iborat zobitlar korpusi o’zini qaror topgan tartiblar qo’riqchisi hisoblar va har qanday ilg’or
o’zgarishlarga intilishlarni mamlakat milliy manfaatlarigadaxl qilish sifatida baholab, ularga barham berardi. 1916—1917-yillarda armiyada «harbiy xuntalar» tarmog’i yuzagakeldiki, ular mamlakatda harbiy diktatura o’rnatish rejalarini tuzib yurishardi. Ushbu xuntalar XX asrda mamlakatsiyosiy hayotiga arrniyaning tez-tez aralashuvi vositasigaaylandi.
Ispanlarning asosiy ko’pchiligi katoliklar edi. Shu boisdan katolik cherkovi mamlakat siyosiy hayotida muhim roJ o’ynardi. Katolik cherkovi diniy ishlar bilan cheklanib qol-masdan o’z ijtimoiy asosini mustahkamlashga intilgan holda dunyoviy ishlarga ham aralashardi. Katoliklar kasaba uyushmalari, o’zaro yordam kassalari, shirkatlar tuzdilar. 1919-yili esa cherkov nazorati va rahbarligi ostida Katolik agrar federatsiyasi tashkil etildi. Bu federatsiya agrariylarga— yirik zamindorlar, dehqon-mulkdorlar, ijarachilar va qirollarga kuchli ta’sir ko’rsatar edi. Federatsiya qishloq xo’jaligida konservatizmning tayanchiga aylandi va agrar islohotlarga qarshi chiqdi. Dehqonlar katolik cherkovining eng sodiq tarafdorlari va mamlakatdagi konservativ kuchlarning tayanchi edi.
Barcha ushbu kuchlarning hokimiyati monarxiyada mujassamlashgandi. 1874-yildan Ispaniya taxtini Burbonlar sulolasining hukmronlari egallab, 1931-yilgacha hukm surishdi. To’g’ri, ularda hech qanday hokimlik vakolatlari yo’q edi. Ispan qirollari ko’p jihatdan ingliz qirollariga o’xshardi. Bu yerda ham hokimiyat amalda Angliyadagi kabi yirik zamindor zodagonlar va Birinchi jahon urushi davrida ulg’aygan, mustahkamlangan burjuaziya qo’lida edi.
Ispaniya tabiiy qazilmalar — ko’mir, temir rudasi, simob, uran, marganets, mis va boshqalarning noyob zaxiralariga ega. Ushbu boyliklar Birinchi jahon urushi davrida ingliz va fransuz sarmoyadorlarining diqqatini jalb etdi. Ispan pomeshchiklariga foydali qazilmalar mavjud yerlarni chet ellik sarmoyadorlarga sotish foydali edi. Shu tariqa Ispaniya sanoatining barcha muhim tarmoqlari xorij kapitali — ingliz, fransuz, nemis, italyan, kanadalik, amerikalik, belgiyaliklar qo’liga o’tdi. lspaniyadan xom ashyo va oziq-ovqat olib ketish bo’yicha Germaniya birinchi o’rinni egalladi.
Ispan proletariati bir xil tarkibda bo`lmagani bois uning siyosiy partiyalarida tartibsizlik hukm surardi. Ishchila rharakatida sotsialistik ishchi partiyasidan tashqari shaxsning cheklanmagan mustaqilligiga asoslangan hokimiyat o’rnatishga intiluvchi anarxo-sindikalizm ham kuchli ta’sirga ega edi. Anarxo-sindikalistlar yakka terror va isyonni ko’zda tutuvchi «bevosita harakat» taktikasini qo’llashdi.
1921-yili Ispaniyada sotsialistik yoshlar federatsiyasi bazasida kommunistik partiya (IKP) tashkil etildi.
Birinchi jahon urushidan so’ng mamlakatda tamomila yangicha vaziyat yuzaga keldi. Tuzilgan burjua partiyalari — konservativ va liberal partiyalar siyosiy hamda ijtimoiy islohotlar o’tkazilishini, respublika barpo etilishini talab qilishdi. Mayda va o’rta burjuaziya vakillari, demokratik intelligensiyaning kattagina qismi Respublikachilar federatsiyasini tuzishdi. Bu federatsiya demokratik o’zgarishlar va demokratik respublika barpo etilishi dasturini ilgari surdi. Mamlakatda siyosiy inqiroz boshlandi. 1917-yildan 1922-yilgacha Ispaniyada 11 ta hukumat almashdi. Ispaniya ta-rixida Burbonlar monarxiyasining zavoli va harbiy diktatura hukmronligi davri boshlandi.
ltaliyada Mussolinining hokimiyat tepasiga kelganligi Ispaniya qiroli Alfonso XIII va uning aVonlarida harbiy diktatura o’rnatilishi zarurligiga intilishni kuchaytirdi. Kataloniya burjuaziyasi general Primo de Riverani yetakchilikka ko’tardi. 1923-yil 13-sentabrdagi isyon natijasida hokimiyat general Primo de Rivera boshchiligidagi harbiy direktoriya qo’liga o’tdi. Harbiylar birinchi marta mamlakatni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Generalga amalda cheklanmagan hokimiyat berildi, lekin tez orada Ispaniya yakka shaxs hokimligini qo’llab-quvvatlamasligi maium bo’ldi. Iqtisodiyot izdan chiqdi, hamma joyda hukumatga qarshi chiqishlar boshlandi. 1930-yil 28-yanvarda general iste’foga chiqishga majbur bo’ldi. Bu harbiy-monarxistik diktaturaning xotimasi bo’ldi.
Generalning iste’fosi tug’dirgan siyosiy inqiroz mamlakat sanoati, qishloq xo’jaligi, savdosi va moliyasini izdan chiqargan umumjahon iqtisodiy inqiroziga to’g’ri keldi. Ishsizlik jami ishchilarning 40 foizdan ko’prog’ini qamrab oldi. Inqiroz ishchilar, dehqonlar, o’rta tabaqalar va intelligensiya chiqishlarining yangi toiqiniga turtki berdi. Barcha chiqishlarda bir narsa — demokratik respublika o’matilishi talab qilindi.
Ispaniyada keskin iqtisodiy va siyosiy inqiroz vujudga keldi. Diktatura ag’darilganidan keyingi birinchi haftalarda eski respublikachi partiyalarni tiklash va yangilarini tuzish qizg’in kechdi.
An'anaviy monarxistik partiyalar — konservativ va radikal partiyalar chuqur inqirozga uchrab, siyosiy hayotga ta’siri yo’q qator mayda guruhlarga ajralib ketdi. 1930-yil mart oyi oxirida monarxistlarning tarqoq guruhlari o’ng leberal-respublikachilar partiyasiga birlashdi.
1930-yil avgustda mamlakatda ommaviy ish tashlash harakati avj oldi va dehqonlarning chiqishlari boshlanib ketdi. Bu respublikachi partiyalarni yanada faol harakatlarga undadi. Barcha respublikachi partiyalar keyinroq sotsialistik partiya ham qo’shilgan inqilobiy qo’mita tuzishdi va yashirin muvaqqat hukumat tashkil etishdi. Ularning maqsadi diktaturani majburan ag’darish edi.
Respublikachilarning monarxistlar bilan birinchi to’qnashuvi 1931-yil 12-aprelda bo’lib o’tgan mahalliy munitsipal saylovlarda yuz berdi. Saylovchilarning aksariyati o’z ovozlarini respublikachilarga berishdi. Saylovlar yakuni haqidagi xabar siyosiy kurashning rivojlanishiga turtki berdi. Mamlakatda burjua-demokratik inqilobi boshlandi. Barcha shaharlarda namoyishlar bo’lib o’tdi. Demokratlar davlat muassasalarini egallashib, siyosiy mahbuslarni ozod qilishardi. Qator shaharlarning munitsipalitetlari respublika e’lon qilishdi. Respublikachilar g’alabasi muqarrarligini ko’rgan qirol Alfonso XIII 14-aprelda taxtdan voz kechdi. Inqilob yanada avj olib, yuksalish yo’nalishidagi rivojlanishini davom ettirdi.
1931-yil iyunda Ta’sis Majlisiga saylovlar bo’lib o’tdi. Aksariyat o’rinlarni respublikachi partiyalar va sotsialistlar egallashdi. Saylovlardan so’ng sotsialistlar va so’l respublikachi partiyalar ishtirokida koalitsion hukumat tuzildi. 1931-yil 9-dekabrda Ispaniyada mamlakatni «barcha mehnatkashlar respublikasi» deb e’lon qilgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. Mamlakatda chuqur islohotlar o’tkazildi. Agrar islohot haqidagi qonun bo’yicha pomeshchiklarning yerlari to’lov evaziga musodara qilinadigan bo’ldi. Eng og’ir majburiyatlar bekor qilindi, ijara haqi kamaytirildi. Milliy masala qisman hal etildi — faqat Kataloniyaga cheklangan avtonomiya berildi. Parlament bitta qonun chiqaruvchi palatadan iborat bo’ldi. Ayrim demokratik erkinliklar joriy etildi. Koalitsion hukumat ishchilar sinfining ahvolini birmuncha yaxshiladi. 8 soatlik ish kuni, ijtimoiy sug’urtalash, ishchi kuchini yollashning boshqarilishi haqidagi qonun qabul qilindi.
Koalitsion hukumat faoliyati konservativ kuchlarning javob reaksiyasini uyg’otdi. Ular revanshga va hokimiyatni qaytarishga qattiq tayyorlana boshlashdi. 1932-yili barcha reaksion kuchlar Ispan avtonom o’nglar konfederatsiyasiga birlashdi. Bu tashkilot moliya kapitali, cherkov va harbiy doiralar bilan bogiiq yirik pomeshchiklar tashkiloti edi. U dehqonlar ommasining muayyan qismi tomonidan quvvatlanishga erishdi. Ispan fashistlari 1933-yili «Ispan falangasi» partiyasiga birlashdi.
Koalitsion hukumat asta-sekin xalq ommasi orasida o’z tayanchini yo’qota bordi. Hukumat tomonidan qabul qilingan respublika muhofazasi haqidagi qonun ishchilarning stachka qilish huquqini cheklar, hukumatga qarshi tashviqotni va «bo’ysunmaslikka undash»ni taqiqlardi. lchki ishlar vazirligiga gazetalami taqiqlash, miting va namoyishlarni to’xtatish bo’yicha keng vakolatlar berilgandi.
1933-yilgi korteslarga (parlament) saylovlar bu safar o’ng partiyalarga g’alaba keltirdi. o’ng partiyalar korteslarda asosiy ko’pchilikni tashkil etdi, respublikachilar sotsialistlar bilan birga qattiq magiubiyatga uchradi. Ispaniya fashistik to’ntarish koiankasida qoldi. Hokimiyat o’nglar, monarxistlar va fashistlar qo’li ga o’tgan paytda buni amalga oshirish qiyin bo’lmasdi.
Yangi parlament va hukumat avvalgi parlamentning barcha yutuqlariga barham berishga intilgan holda aksilislohotlar o’tkazishga kirishdi. Cherkovga qarshi qaratilgan qonun bekor qilindi, ruhoniylarga davlat subsidiyalari tiklandi. Bu oddiy ruhoniylarni xonavayronlik va qashshoqlikdan xalos etdi va ular o’ng partiyalarning hamda monarxiyaning jonkuyar, shiddatkor tarafdorlariga aylanishdi. Amnistiya haqidagi qonun Primo de Rivera diktaturasini qo’llab-quvvatlagan barcha monarxistlar va isyonchi-generallarni jazolanishdan ozod etdi. Agrar islohot to’xtatildi. Sotsialistlar va respublikachilar davlat apparatidagi rahbar lavozimlardan chetlatilib, o’ng partiyalar vakillari bilan almashtirildi.
Mamlakatda siyosiy hayotga tobora kuchli ta’sir ko’rsatayotgan fashistik tashkilotlar jadal ravishda ko’paya boshladi. Ular monarxistik va harbiy tashkilotlar bilan yaqinlashdilar. Fashistlar o’z harbiy tashkilotlarini tuzishga kirishdilar. Ularning harakatlari asta-sekin fuqarolik jamiyatini va davlat tuzilmasini buzaverdi. 1934-yil fevralda «Ispan falangasi» boshqa reaksion tash-kilot — «Milliy-sindikalist hujum xuntasi» bilan yagona fashistik partiyaga — «Ispan falangasi va XONS»ga birlashdi.
Yangi fashistik partiya 1934-yil noyabrda Ispaniyani «inqilobiy yangilash» dasturini ilgari surdi. Bu dastur «26 modda» deb nomlanib, shaxsan general Primo de Rivera tomonidan tuzilgan edi. Dastur buyuk ispan imperiyasini barpo etish vositasida «yangi tartib» o’rnatilishini talab qilardi. Siyosiy totalitarizm va davlat mashinasi kulti qaror topdi. Siyosiy partiyalar va parlament tizimini tugatish ko’zda tutilardi. Siyosiy birlikka iqtisodiy birlik to’g’ri kelishi shart edi.
Ishlab chiqarishda hamkorlik qilayotgan barcha kishilar «uzviy jamoani» tashkil etishi shart edi. Katalitsizm fashizm mafkurasining tarkibiy qismi sifatida tan olinardi, lekin cherkov ispan millatining birligiga ziyon yetkazuvchi harakatlardan saqlanish majburiyatini yuklardi.
Fashistik xavf so’l kuchlarni o’z kuchlarini birlashtirishga va fashizmga qarshi yagona front bo’lib chiqishga majbur qildi. Fashizmga qarshi kurashda Dolores Ibarmri (1895— 1989) katta rol o’ynadi. Dolores Ibarrurini Passionariya, ya’ni Olovli deb atashardi. Fashizmga qarshi yo’naltirilgan o’tli, yorqin nutqlari unga butun dunyoda fashistlarga qarshi dadil va qatiy kurashchi shuhratini keltirdi.
Mamlakatdagi vaziyat ogirlashib bordi. Ispaniya navbatdagi to’qnashuvga faol tayyorlanayotgan ikkita siyosiy lagerga ajraldi. 1934-yil 1-oktabrda eng reaksion doiralarning uchta vakili — «Ispan avtonom o’nglar konfederatsiyasi» (SEDA) partiyalari hukumatga kiritildi va bu qurolli qo’zg’olon boshlanishi uchun yetarli bo’ldi.
SEDAning uchta vakilini hukumatga kiritish haqidagi qarorga javoban butun mamlakatni 5-oktabr tongida umumiy ish tashlash qamrab oldi. Unda bir millionga yaqin kishi qatnashdi. Ko’plab shaharlarda namoyishlar va chiqishlar bo’lib o’tdi. Asturiyada qurolli qo’zg’olon boshlandi; ishchi alyanslar (kasaba uyushmalari) bu yerda ishchi-dehqon respublikasini e’lon qildi, hukumat qo’shinlarini quvib yubordi va qizil armiya bo’linmalarini tuzishga kirishdilar. Asturiyalik ishchilar hukumat qo’shinlari bilan ikki hafta davomida qattiq janglar olib borishdi. Hukumat bu yerga yirik harbiy kuchlarni tashladi. Qo’zg’olon bostirildi. Janglarda bir mingdan oshiq kishi halok bo’ldi, 2 mingdan ko’prog’i yaralandi va30 minggi qamoqqa tashlandi.
Asturiyadagi voqealar fashistlarning hal qiluvchi jangga faol tayyorgarlik boshlaganini ko’rsatdi. Asturiya ular uchun bosh repetitsiya bo’ldi. Ular bu yerda asosiy kuch sifatida armiyaga, fashistik tashkilotlarga va Marokash korpusiga tayanishdi. 1921-yili hukumat Marokashda Fransisko Frankoni (1892 — 1975) asturiyalik ishchilarga qarshi jazo operatsiyalariga qo’mondon etib tayinladi va u o’z imkoniyatidan foydalandi. Franko qo’zg’olonni bostirishda o’ta shafqatsizlik ko’rsatdi va darhol Ispan armiyasi Bosh shtabining boshlig’i etib tayinlandi.
1935-yil dekabrda hukumat iste’foga chiqdi va 1936-yil 16-fevralda yangi saylovlar bo’lishi belgilandi. Bu so’l kuchlarni birlashishga undadi va 1936-yil 15-yanvarda so’l respublikachi partiyalar va kasaba uyushmalari vakillari Xalq fronti haqida bitimni imzolashdi. Dasturda quyidagi talablar: siyosiy mahbuslarni afv etish, 1934-yil oktabrdagi janglarda ishtiroki uchun ishdan bo’shatilganlarni ishga qabul qilish, repressiya aybdorlarini jazolash, armiya va davlat apparatini demokratlashtirish, dehqonlarga soliqlarni va ijara haqini kamaytirish, ishsizlikni tugatish uchun jamoat ishlarini tashkil etish, ijtimoiy sug’urtalanish haqidagi qonunlarni tiklash va boshqalarni ilgari surdi. Shu tariqa Ispaniyaning kelajagi saylovlarga bog’liq bo’lib qoldi.
1936-yil 16-fevralda Xalq fronti partiyalari korteslarga saylovlarda salmoqli muvaffaqiyatga erishdilar. Ularning 268 nafar vakili deputatlikka saylandi. o’ng partiyalar faqat 205 ta o’rin olishdi. Saylov natijalari asosida so’l respublikachilar yo’lboshchisi— Manuel Asani boshchiligida yangi hukumat tuzildi.
Yangi respublikachi hukumat o’z dasturidagi va’dalarni bajarishga kirishdi. 30 ming mahbus qamoqdan ozod qilindi. Korxonalarda ishchi nazorati joriy etildi. Mamlakatda tartibni yo’lga qo’yish uchun ishchi militsiya bo’linmalari tuzila boshlandi. Mamlakatda demokratik erkinliklar tiklandi, agrar islohot davom ettirildi — 1936-yil iyunigacha dehqonlar 700 ming gektardan ziyod yer olishdi. Kataloniya avtonomiyasi ham tiklandi. Asturiyadagi qo’zg’oiondan so’ng ishdan bo’shatilganlar esa yana ishga qabul qilindi.
Ispaniyaning demokratik rivoj lanishmi qonumy vositalar bilan orqaga qaytarish ilojsiz ekanligini anglagan qora kuchlar respublikaga qarshi qurolli qo’zg’olonga tayyorlana boshladi. Moliya kapitali moliyaviy ta’minotni amalga oshirdi, reaksion generallar armiyani tayyorlashdi. lsyonchilarga yordam berishni va’da qilgan Gitler va Mussolini bilan aloqalar o’rnatildi. Yirik zamindorlar va cherkov iyerarxiyasi ham qurolli qo’zg’olonni yoqlashdi.
Harbiy-fashistik isyon 1936-yil 17-iyulda Marokashning ispan zonasida boshlanib, 18-iyulda Ispaniya hududiga ko’chdi. Butun armiyaning 80 foizi isyonchilar tomonidan bo’lib chiqdi. Deyarli barcha shaharlarda janglar ketardi.
lsyonning birinchi kunlaridanoq respublikani qo’li da qurol bilan himoya qilishga tayyor 300 mingdan ortiq kishi yig’in punktlariga kelishdi. Fuqarolar urushi boshlandi. Fashizmga qarshi ulkan jang, demokratiya bilan fashizm-ning birinchi ochiq olishuvi boshlandi.
Bir zarba bilan respublikani tor-mor qilishga intilish muvaffaqiyatga erishmadi. 19-iyul oqshomida Ispaniyaning asosiy sanoat markazlari xalq qo’li ga o’tdi. Hamma joyda zavod-fabrikalar ishchilar nazoratiga olindi. Xalq militsiyasi tartibni ta’minladi. Fashistlar qo’li da faqat Sevilya, Galisiya, Navarra, Eski Kastiliya va Aragon qoldi. Fuqarolar urushi taqdirini Germaniya va Italiyaning aralashuvi hal qildi. Germaniya «Kondor» harbiy-havo diviziyasini taqdim etdi. Bu diviziya bir necha haftada butun Marokash korpusi tarkibini o’tkazdi. Italiyadan 300 ming askar keltirildi, Germaniyadan samolyotlar, tanklar va artilleriya olib kelindi. Harbiy harakatlarda 50 ming nemis askar va zobitlari, 15 ming portugaliyalik qatnashdi. General F. Franko isyonchi qo’shinlar qo’mondoni etibtayinlandi.
Ispaniyadagi fuqarolar urushi tez orada fashizm bilan demokratiya o’rtasidagi g’oyaviy kurash maydoniga aylandi. Dunyoning butun mamlakatlaridan fashizmning tor-mor etilishini o’z hayoti va sharafli ishi deb bilgan ko’ngillilar respublikachilarga yordamga oshiqishdi. Jahon bo’ylab demokxatlaming «Ispaniyaga yordamga!» shiori tar-qaldi. Ispaniyaga kelgan antifashistlardan ko’ngilli baynalmilal bo’linmalar tuzila boshlandi. 1936-yil 9-noyabrdayoq Madrid ko’chalaridan birinchi baynalmilal brigada saf tortib o’tdi va darhol Ispaniya poytaxt mudofaasi uchun jangga kirdi. Ispaniyadagi fuqarolar urushida 54 mamlakatdan kelgan ko’ngillilar qatnashishdi.
Fashizmga qarshi kurash butun ispan xalqida ulkan ma’naviy yuksalish uyg’otdi. Bu kurash tez orada milliy-inqilobiy urushga aylandi. Respublika ayni paytda o’z saflarini qayta qurib, o’z hukumatini mustahkamladi. 1936-yil oktabrda Ispaniyada so’l sotsialistlar yo’lboshchisi Largo Kabalero boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Yangi huku-mat muntazam armiya tuzishga va agrar islohotni chuqurlashtirishga kirishdi. 1936-yil 7-oktabrdagi dekretga asosan dehqonlar va chorakorlarga deyarli 5,5 mln. gektar yer berildi. Basklar mamlakati avtonomiyaga erishdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga qafiy narxlar belgilandi, ish kuni qisqartirildi. Ayollarga erkaklar bilan teng huquqlar berildi.
Mamlakatda madaniy o’zgarishlar keng quloch yoydi. Qisqa muddatda 10 mingta yangi maktab ochildi, 500 ming kishiga savod o’rgatgan «madaniy militsiya» tashkil etildi, oliy o’quv yurtlari tarmog’i kengaytirildi. Davlat stipendiyalari tizimi joriy etilib, eng qashshoq oilalarning farzandlariga birinchi marta universitetlarda tahsil olish imkoniyati yaratildi.
1936-yil sentabri boshlarida fashistlar Madridga hujum boshlashdi. Yaxshi qurollangan fashistlar armiyasiga yomon qurollangan xalq militsiyasi bo’linmalari qarshi turardi. Ular cheksiz qahramonlik va fidoyilik ko’rsatib, fashistlarni to’xtatishdi. Dushman shahar ostonalarida minglab jangchilar bilan emas, minglab qahramonlar bilan to’qnashdi. O’sha paytda Dolores Ibarruri shunday yozgan edi: «Ayni kunlarda Ispaniyada boimasdan turib, xalqimiz qahramonligini bor bo’yicha tasavvur qilish mumkin emas. Onalar oiim bilan olishuvga ketayotgan farzandlarini ko’z yoshi to’kmasdan kuzatishardi. Ayollar erkaklardan fidoyilarcha mardlikni talab qilishardi. Ular qo’rqoqlarning xotinlari bo’lishdan ko’ra qahramonlarning bevasi bo’lishni afzal ko’rishardi». Ispan xalqi o’sha kunlarda Vatanni qanday himoya qilish, Respublikani qanday asrash kerakligini namoyon etdi.
Ispan xalqining fidokorona va matonatli kurashi butun dunyoda ulkan ma’naviy yuksalish uyg’otdi. Bu kurash fashizm va sivilizatsiya mutlaqo nomuvofiqligini ko’rsatdi. Dunyo birinchi bor fashizmni harakatda ko’rdi va bu antifashistik ongning keng tarqalishiga olib keldi. Eng mashhur intelligensiya namoyandalari o’sha kunlarda fashist bosqinchilariga qarshi zarba berishga chaqirib, insoniyatga murojaat qilishdi.
Respublikachilar va fashistlarning kuchlari teng emas edi. Fashizm g’alaba qildi. 1939-yil 26-martda Barselona ishg’ol qilindi, 1939-yil 28-martda esa fashist qo’shinlari Madridga kirishdi. G’arb davlatlari Franko hukumatini darhol tan olishdi. Angliya va Fransiya hali qonuniy hukumat mavjudligidayoq yangi hukumatni tan olishgan bo’lsa, AQSh Frankoni Madridga kirganidan uch kun keyin — 1-aprelda tan oldi.
Ispaniyadagi fuqarolar urushi butun dunyoda antifashistik ong rivojlanishiga yo’l ochib, fashizm va insoniyat sivilizatsiyasi nomuvofiq ekanligini yaqqol namoyon qildi. Fashistlarning total urushi total tashkil qilingan qotillikka aylandi. Fashist uchuvchilari 1937- yil 26-aprelda Gernike shahrini tamomila vayron qildilar. Bu kunning butun dahshati Pablo Pikassoning mashhur «Gernike» kartinasida aks ettirilgan. Gernikening vayron qilinishi va tinch aholi-ning yo’q qilinishi bema’ni shafqatsizlik hodisasi sifatida tarixga kirdi.
Ispaniyada, Yevropa tuprog’ida fashizm bilan bo’lgan birinchi keskin jang keyingi voqealarda muhim rol o’ynaydi. Ozroq vaqt o’tgach, respublikachi Ispaniya himoyachilari Ikkinchi jahon urushi frontlarida yana fashizm bilan uchrashdi. Aynan o’sha paytda Ispan xalqining fidokorona va qahramonlarcha kurashi behuda ketmagani, fashizmni tor-mor qilishdek umumiy ishga hissa sifatida qo’shilgani yanada yorqin ko’rindi.
Qisqacha mazmuni
• Mamlakatning foydali geografik ahvoli;
• o’ziga xoslik — katolik cherkovining mamlakat hayotiga katta ta’siri (aholining aksariyati katoliklar);
• monarxik boshqaruv tizimi (1874—1931);
• sanoatning asosiy tarmoqlarida xorijiy kapitalning roli (mamlakatdan xom ashyoning olib ketilishi);
• 1917-yildan 1922-yilga qadar — mamlakatda siyosiy inqiroz (11 ta hukumat almashdi);
• 1923-yil — harbiy direktoriya (Primo de Rivera) hukumatining o’rnatilishi. Inqiroz kuchaydi, direktoriya hukumati isteioga chiqishga majbur;
• jahon iqtisodiy inqirozi, iqtisodiy va ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashishi;
• 1931-yil 14-aprel — Alfons XIII ning taxtdan voz kechishi, Ispaniyada respublika e’lon qilinishi (1931-yil dekabr);
• 1936-yil fevral — Xalq frontining korteslarga (parlament) saylovlarda g’alabasi. Xalq fronti hukumatining tuzilishi;
• 1936-yil — hukumatga o’ng partiyalarning kelishi, Ispaniyani «yangilash» fashist partiyasining dasturi — monarxiya va totalitar tartibotning tiklanishi (general F. Franko);
SHARQIY YEVROPA VA BOLQON YARIMOROLI
IKKI JAHON URUSHI ORASIDA
(1918-1939-YILLAR)
Sharqiy Yevropa davlatlari tarixiy sub'ektlarning alohida toifasini tashkil etadi. Ularning ba’zilari Versal shartnomasi qarorlari natijasida qayta tiklandi (Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Vengriya, Polsha), boshqalari esa magiub davlatlarga mansub bo’lib (Vengriya, Avstriya), shu shartnomaga asosan qo’yilgan cheklashlarning qattiq iskanjasida yashashga mahkum etilgandi.
Ushbu davlatlar eng yangi tarixining ijtimoiy va siyosiy sahnasiga mustaqillik va demokratik o’zgartirishlar uchun kurashgan yangi ijtimoiy va siyosiy kuchlar (ishchilar, qashshoq dehqonlar, ilg’or kayfiyatdagi ziyolilar) chiqdilar.
23-§. 1918-1939-YILLARDA POLSHA
1918-yil yanvarida AQSh prezidenti V. Vilson mustaqil polyak davlati tuzishni taklif qildi. Rossiya hukumatining 1918-yil 29-avgustdagi Dekreti bilan polyak xalqining mustaqil davlat tuzish huquqi e’lon qilindi. Birinchi jahon urushida Germaniya va Avstro-Vengriya taslim bo’lganidan keyin mustaqil Polshani o’z tarixiy chegaralarida tiklash uchun real sharoitlar yuzaga keldi.
G’arb davlatlari mustaqil polyak davlatiga Germaniyaga va bolshevistik Rossiyaga qarshi kurashdagi qurol sifatida qarashardi.
Mustaqil polyak davlatini barpo etish og’ir kechdi. Hokimiyatni millatchilik kayfiyatidagi unsurlar egallab olishdi. Ularning bosh g’oyasi «dengizdan dengizgacha bo’lgan Buyuk Polsha» (ya’ni Boltiq dengizidan Qora dengizgacha) davlatini barpo qilish edi. 1918-yil noyabrida Polyak sotsialistik partiyasining (PSP) o’ng qanoti yo’lboshchisi, o’ta millatchi va shovinistik doiralar vakili Yuzef Pilsudskiy prezident («davlatning muvaqqat boshlig’i») hamda polyak armiyasining bosh qo’mondoni sifatida e’lon qilindi.
Yuzef Pilsudskiy (1867-1935) 1926-yili o’zi uyushtirgan harbiy to’ntarishdan so’ng Polsha diktatori. 1926-yildan 1928-yilgacha va 1930-yilda mamlakat Bosh vaziri.
PSPning so’l qanotini ifodalovchi so’l tashkilotlar ham hokimiyat uchun kurashga qo’shilishdi. Mamlakat joylardagi hokimiyat idoralari sifatida ish yurituvchi sovetlar tarmog’i bilan qamrab olindi, Qizil gvardiya bo’linmalari tuzildi. Dombrovsk ko’mir havzasida sovetlar hokimiyatni to’liq egalladi va shaxtalar xo’jayinlarini o’z qarorlarini bajarishga majbur qildi.
1919-yil yanvarida Polsha hududida saylangan seym Yu.Pilsudskiy diktaturasini qonunan mahkamlagan «kichik» konstitutsiyani qabul qildi. Burjuaziya va millatchilar o’z hokimiyatini mustahkamlashdi, shundan so’ng siyosiy raqiblarni jazolash boshlandi: Dombrovsk konchilari otib tashlandi, sovetlar tugatildi, qishloq xo’jalik ishchilarining ish tashlashlari bostirildi.
Versal shartnomasi Polshaning g’arbiy chegaralarini aniq belgilagan, lekin sharqiy chegaralarini aniqlamagan edi. Polsha hukumati bundan foydalandi va 1920-yil 25-aprelda polyak qo’shinlari Ukraina chegarasidan o’tdi. Ular Polshaga juda katta kredit taqdim etgan Fransiya tomonidan to’liq qurollantirilgandi. Polyak qo’shinlarining maqsadi Odessani bosib olish va «dengizdan dengizgacha bo’lgan Buyuk Polsha»ni yaratish edi. Lekin polyak qo’shinlari tor-mor etilib, chekina boshladi. General Veygan boshchiligidagi fransuz brigadasining kelishigina Polshani to’liq tor-mor bo’lishdan saqlab qoldi. Natijada Riga sulh shartnomasi (1921-yil 12-oktabr) tuzilib, Polshaning sharqiy chegaralari belgilandi va har ikki tomon bir-birining suverenligini hurmat qilishga kelishib olishdi.
20-yillar boshlarida Polsha sekin ziddiyatlarga yuzma-yuz bo’lib qoldi. Iqtisodiyot urush tufayli izdan chiqqan, qo’shinlar magiub etilgandi. Urushga chorlagan siyosiy arboblar sharmanda bo’lishdi.
1923-yili Krakovda qo’zg’olon yuz berdi. Butun mamlakatda ish tashlashlar va namoyishlar boshlanib ketdi. Repressiyalarga qaramay, g’alayonlar tobora keng quloch yoya boshladi. Yu. Pilsudskiy bunga javoban davlat to’ntarishini amalga oshirdi va mamlakatda «sanatsiya» (sog’lomlashtirish) tartibotini o’rnatdi. Bu tartibot amalda Pilsudskiyning shaxsiy diktaturasi o’rnatilganini anglatardi. Yevropa davlatlari uni qo’llab-quvvatlash uchun valyutani barqarorlashtirish imkonini bergan katta miqdordagi qarz ajratishdi. Biroq bu umumiy ahvolni o’zgartirmadi. Polsha iqtisodiyoti surunkali inqiroz holatida turar, iqtisodiyot xaroblikka yuz tutgan, qishloq xo’jaligining yalpi daromadi ikki martaga kamaygan edi.
Ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlar tinchimasdi. Ish tashlashlar ketma-ket yuz berar, dehqonlar qo’zg’olon ko’tarishardi. Ishchilar zavod-fabrikalarni egallab olishardi. Tartibot amalda hukumatga qarshi chiqishlarni bostirish bilan band bo’lib qolgandi. Yetakchi siyosiy partiyalar muxolifat blokiga birlashdi va bu blok diktaturaga qarshi chiqdi.
1935-yil 10-maydan boshlab Pilsudskiy o’limidan so’ng uning o’rnini general E. Ridz-Smigli egallab, o’z xalqiga qarshi terror siyosatini yurita boshladi. Polshada iqtisodiy inqiroz davom etib, siyosiy inqiroz ham yetila boshladi. General Ridz-Smigli tartiboti ichki siyosatdagi xatolarni faol g’ayrisovet siyosati bilan qoplashga intildi va bu bilan G’arb davlatlari hamda fashistlar Germaniyasining ishonchini qozonishga umid qildi. Polyak hukumatining tashqi siyosati izchil olib borilmadi. 1938-yili Polsha Litva bilan chegarada mojaro chiqardi va 50 ming kishilik polyak armiyasi chegaradan o’tishga shaylandi. Biroq Sovet Ittifoqi Polshani ogohlantirib, Litvani himoya qilishini bildirdi. Bu polyak hukumatining bosqinchilik intilishlarini to’xtatdi.
1938-yil noyabrda Polsha Myunxen bitimidan foydalangan holda Chexoslovakiyaning Teshin viloyatini o’ziga qo’shib oldi va bu Chexoslovakiya suverenligiga g’oyat qattiq zarba berdi. Kutilmaganda Germaniya Gdanskning qaytarilishini talab qildi. Polsha yana Angliya va Fransiyaga ko’z tutishga majbur bo’ldi. Aslida o’z-o’zini saqlash mantig’i undan Sovet Ittifoqiga murojaat qilishni talab qilardi. Endilikda Polshaning taqdiri butunlay Angliya va Fransiyaga bog’liq edi. Ularda esa o’sha paytda Polshani gitlerchilar agressiyasidan himoya qilish imkoniyati yo’q edi. To’g’ri, 1939-yil aprelida shartnoma tuzilib, Fransiya va Angliya boshqa davlatning Polshaga agressiyasi yuz berganda unga yordam ko’rsatish majburiyatini zimmalariga olishgandi. Lekin 1939-yil 1-sentabrda Germaniya Polshaga hujum boshlaganda ular rasman Germaniyaga urush e’lon qilish bilan cheklanib, Polshaga muayyan yordam ko’rsatishmadi. Germaniya polyak qo’shinlarini yashin tezligida tor-mor qildi — urush uch haftada tugallandi.
Polyak davlati atigi 20 yil mavjud bo’ldi. Milliy mutaassiblik o’z ambitsiyalari changalida qolib, to’laqonli davlat tuzishga qodir bo’la olmadi.
Qisqacha mazmuni
• 1918-yil 29-avgust — Mustaqil Polsha davlatining tashkil topishi;
• 1918-yil noyabr — Yu. Pilsudskiyning «davlat muvaqqat boshlig’i» deb e’lon qilinishi;
• 1919-yil yanvar — mamlakat «kichik konstitutsiya»sining qabul qilinishi va Yu. Pilsudskiy diktaturasining o’matilishi;
• 1920-yil — Ukraina yerlarini bosib olishga urinish. Riga sulh shartnomasi (1921 -yil) — Polsha sharqiy chegaralarining belgilanishi;
1923-yil — Yu. Pilsudskiyning davlat to’ntarishi va «sanatsiya» tartiboti — shaxsiy diktatura o’rnatilishi;
• 1935-yil— E. Ridz-Smigli siyosati — mamlakatda terror siyosatining kuchayishi; Chexoslovakiyaning Teshin viloyati Polshaga qo’shib olindi;
• 1939-yil 1-sentabr — Germaniyaning Polshaga hujumi.
24-§. 1918-1939-YILLARDA VENGRIYA
Vengriya Birinchi jahon urushida maglubiyatga ucnragan davlatlar qatorida edi. 1918-yil 16-noyabrda, Avstro-Vengriya taslim bo’lganidan 10 kun keyin Vengriyada respublika e’lon qilindi. Biroq Rossiyadan qaytgan sobiq harbiy askarlar Bela Kun boshchiligida hokimiyatni o’z qoilariga olishga qaror qilishdi. 1919-yil 21-martda Vengriya sovet respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
Sovet respublikasi Vengriyada 133 kun hukm surdi. Bu qisqa muddatda katta ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar o’tkazildi. Biroq ularning barchasi sovet Rossiyasidagi o’zgarishlar namunasi bo’yicha nusxalashtirilgan edi. Mamlakatda 50 ming kishilik Qizil armiya tuzildi. Uning yordamida Slovakiyada sovet hokimiyati o’rnatilib, Slovak sovet respublikasi tashkil etildi va bu respublika sovet Vengriyasiga qo’shilishi haqida e’lon qildi. Vengriya hukumati xaroba, kuchsizlangan mamlakatda kommunistik taqsimot asoslarini maksimal markazlashgan hokimiyat va xo’jalik boshqaruvi bilan birlikda yaratishga intilib, Rossiyadagi totalitar sotsializm yo’lini ko’r-ko’rona takrorlardi.
Demokratik va ijtimoiy islohotlarga qaramay, venger xalqining hayoti keskin yomonlashdi. Keng iste’mol mahsulotlari yetishmasdi, non, go’sht, yog’, shakarga kartochka tizimi joriy qilindi. Korxonalarning keng miqyosli natsionalizatsiyasi mayda va o’rta korxonalarni qamrab oldi, bu o’rta qatlamlar ahvolini yomonlashtirdi va ularni sovet respublikasiga qarshi kurashga undadi. Dehqonlarning umidlari puchga chiqdi, natsionalizatsiya qilingan yerlar ularga berilmay, shirkatlar mulkiga aylantirildi. Sovet hokimiyati siyosiy bo’shliqda bo’lib qoldi. So’l partiyalar vakillari — sotsial-demokratik partiya yo’lboshchilari ham unga qarshi chiqishib, proletariat diktaturasi tugatilishini va mamlakat demokratlashtirilishini talab qilishdi. Antantaning talabiga ko’ra, Ruminiya qo’shinlari venger qo’shinlarini Slovakiya hududidan olib ketish haqida ultimatum qo’ygan holda Vengriya hududiga bostirib kirdi. Bu yerda sovet hokimiyati tugatildi, 1919-yil 1-avgustda esa sotsial-demokratlar tazyiqi tufayli kommunistlar hukumatdan chiqishdi. Bu Vengriya sovet respublikasining xotimasi edi.
Vengriyani rumin qo’shinlari endilikda yangi, burjua-pomeshchik diktaturasi o’rnatilib, so’l kuchlarga qarshi ommaviy terror boshlandi. Minglab venger vatanparvarlari turmalarga tashlandi, otildi va azoblarga solindi.
Gabsburglar vakili Karl Vengriya hukmdori sifatida e’lon qilindi. Antanta mamlakatlari talabi bo’yicha admiral Mikiosh Xorti (1868—1957) regent etib tayinlandi va u burjua hukumati ustidan diktatorlarcha nazoratni o’rnatdi. 1920-yil yanvarida Vengriyada saylovlar o’tkazilib, admiral Miklosh Xorti monarxlikka saylandi. U Ikkinchi jahon urushi oxirigacha, Germaniya magiubiyatidan so’ng AQSh ga qochguniga qadar hokimiyatni egallab turdi.
1920-yil iyunida Vengriya Trianon shartnomasini (Versal shartnomasining bir qismi) imzoladi. Bu shartnomaga ko’ra, qator hududlarning ajralishi sababli Vengriya aholisi ikki barobarga, 18 mln. kishidan 8 mln. kishigacha kamaydi. Vengriya katta miqdorda reparatsiyalar toiashi shart edi. Armiya miqdori 35 ming kishidan oshirilmasligi lozim edi. Ruminiyaga— Transilvaniya va Banat, Yugoslaviyaga — Xorvatiya, Bachka va Banatning g’arbiy qismi, Chexoslovakiyaga esa Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi berildi. Harbiy majburiyat taqiqlandi, armiya yollanma bo’lishi shart edi, qurollanishda tanklarga, aviatsiya va og’ir artilleriyaga ega bo’lishga ruxsat etilmasdi.
Vengriya Yevropa qit'asidagi zaif ikkinchi darajali davlatga aylandi. Xorti diktaturasi ahvolni o’nglay olmadi, 1923-yilda esa mamlakat bankrotlik yoqasiga yaqinlashdi va Millatlar Ligasi taqdim etgan qarzgina Vengriyani muqarrar halokatdan saqlab qoldi. Mamlakatga to’qimachilik va metallurgiya sanoatida o’rnashgan chet el kapitali erkin kiritildi. Qishloqda yarim feodal munosabatlar saqlanib qoldi, millionlab dehqonlar yersizlikdan yoki kam yerlilikdan azob chekardi.
1925-yili xorijiy banklar Vengriyaga «sog’lomlashish qarzi»ni taqdim etishgach, bu valyutani barqarorlashtirish va industrial rivojlanish uchun asos yaratdi. 1925-yildan 1929-yilgacha Vengriya iqtisodiyotida birmuncha jonlanish yuzaga keldi. 70 ta yangi metallurgiya korxonalari, 55 ta mashinasozlik, 40 ta tog’-kon korxonalari va boshqalar barpo etildi. Vengriyada to’qimachilik va kimyo sanoati rivojlandi. 20-yillar oxirlarida Vengriya sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajadan o’sib ketdi.
Biroq barcha yutuqlar jahon iqtisodiy inqirozi natijasida vayron bo’ldi. Sanoat ishlab chiqarishi uchdan bir qismga qisqardi. Ishlovchilar soni 60% ga kamaydi. Mamlakatda 1931 -yili Umumvenger kredit bankini inqirozga uchratgan keskin moliyaviy inqiroz boshlandi. Shundan so’ng barcha qolgan banklar va birjalar yopildi. Faqat 1936-yilda sanoat ishlab chiqarishi darajasi inqirozgacha bo’lgan darajaga qadar tiklandi, lekin qishloq xo’jaligida turg’unlik davom etaverdi.
Iqtisodiy inqiroz mamlakatda siyosiy beqarorlikni keltirib chiqardi. Sinfiy kurash keskinlashdi. Yana yirik ish tashlashlar va namoyishlar boshlandi. Hukmron doiralar demokratik va ishchilar harakatiga qarshi repressiyalarni boshladi.
Vengriya magiub va Versal shartnomasi bilan jazolangan mamlakatlar qatorida edi. Shu boisdan shartnomani bekor qilgan Germaniyaning ibrati Vengriyaga ma’qul bo’ldi. Vengriya Trianon shartnomasi qayta ko’rilishini talab qildi. Vengriyaning avtoritar davlatga aylanayotganligi hamda hukmron doiralar fashizm va demokratik erkinliklarni tugatish siyosatini yurgizayotganligi ham har ikki mamlakatni yaqinlashtirardi. 1938-yil oktabrida Vengriya Janubiy Slovakiyani o’ziga qo’shib olgan holda Chexoslovakiyaning parchalanishida ishtirok etdi. 1939-yil yanvarida Vengriya gitlerchilarning «Antikomintern bitimi»ga qo’shildi. Xuddi shu yilning martida Vengriya Karpatorti Ukrainasini bosib oldi. Xorti tartiboti gitlerchi Germaniyaga ergashgan holda venger xalqini Ikkinchi jahon urushi girdobiga tortdi.
Qisqacha mazmuni
• 1918-yil 16-noyabr — Vengriya respublika deb e’lon qilindi;
• 1919-yil 21-mart - Bela Kun tomonidan Vengriya sovet respublikasining e’lon qilinishi (133 kun yashadi);
• iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlarni o’tkazish — Rossiyadagi totalitar sotsializm yo’lidan nusxa;
• mamlakatda iqtisodiy va siyosiy inqiroz;
• admiral M. Xortining mamlakat monarxi etib tayinlanishi (mamlakat hukumati harakatining nazorati uchun);
• admiral M. Xortining davlat boshligi etib saylanishi;
• 1920-yil — Trianon shartnomasi: hududlar yo’qotilishi, reparatsiyalar to’lovi;
• 1929—1932-yillar — jahon iqtisodiy inqirozi va uning vayron qiluvchi oqibatlari;
• 1939-yil yanvar — Vengriyaning «Antikomintern bitimi»ga qo’shilishi.
25-§. 1918-1939-YILLARDA CHEXOSLOVAKIYA
Versal, Sen-Jermen va Trian shartnomalari Chexoslovakiya chegaralarini belgilab berdi va 1920-yili Yevropa xaritasida Chexoslovakiya nomli yangi davlat paydo bo’ldi. Uning tarkibiga sobiq Avstro-Vengriya va Germaniya hududlanning qismlari - Chexiya, Moraviya, Sileziyanmg bir qismi, Slovakiya, Karpatorti Ukrainasi kirdi. Yangi tuzilgan davlatning maydoni 140,4 kv. km.ni tashkil etdi, bu yerda 15 mln. kishi yashardi. Aholining taxminan yarmmi chexlar, beshdan birini slovaklar, qolganini vengrlar, nemislar, ukrainlar, polyaklar va boshqalar tashkil etardi. Nemislar mamlakatning eng rivojlangan qismi — Sudetda yashashar, ularning soni 3,5 mln. kishigacha edi. Avvalgi Avstro-Vengriyaning eng rivojlangan qismi Chexoslovakiyaga o’tdi. Bu yerda sobiq imperiya kimyo sanoati-ning 52, to’qimachilikning 75, ko’mir sanoatimng 76, oynasozlikning (mashhur Bogemiya oynasi) 93, chinmsozlikning 100 foizi joylashgan edi. Shuningdek, mamlakatda yirik mashinasozlik va harbiy zavodlar (Shkoda) ham mavjud edi.
Mamlakatdagi ko’psonli milliy tarkib shunga olib keldiki, siyosiy kurash millatlararo kurashga aylanib ketdi va partiyalar ijtimoiy guruhlarni emas, milliy-etnik guruhlarni ifodaladi. 1918-yil noyabrda saylangan birinchi hukumat faqat chex partiyalari vakillaridan tuzildi va Chexoslovakiya respublikasining birinchi prezidentligiga ham chexburjuaziyasi vakili, taniqli chex tarixchisi va faylasufi, Tomash Masarik (1850—1937) saylandi. Chex si>l tiyalarining eng ta’sirdor muxolifchilari nemis rfl edi. Ular orasida Nemis agrar partiyasi, Nemis milliy partiyasi va Nemis xristian-sotsial partiyasi ajralib turardi. Mazkur partiyalar Chexoslovakiya aholisining nemislar qismi manfaatlarini ifodalardi va turli darajada Germaniya bilan bog’liq edilar.
Xalq-sotsialistik partiyasi eng nufuzli partiyaga aylandi. Bu partiya aholining o’rta qatlamlariga, shuningdek millatchilik kayfiyatidagi ishchilarning bir qismiga tayanardi. Ushbu partiyaning mafkurachilari va ma’naviy peshvolari Tomash Masarik hamda Edvard Benesh (1884—1948) edi.
Benesh dehqon oilasidan chiqqan, Praga va Parijda ta’lim olgan. 1918-yildan 1935-yilgacha Chexoslovakiya tashqi ishlar vaziri, Tomash Masarik iste’fosidan so’ng Chexoslovakiya prezidenti bo’ldi. U G’arb bilan ham, Sovet Ittifoqi bilan ham do’stona munosabatlar tarafdori edi. Chexoslovakiyani fashistlar Germaniyasi zabt etganidan so’ng Angliyaga muhojirlikka ketdi.
Versal shartnomasi tufayli Yevropada tuzilgan yangi davlatlardan faqat Chexoslovakiya avtoritar tartibotdan saqlanib qoldi.
Kuchli industrial baza, nufuzli o’rta sinf va 1848-yil inqilobidan tarixi boshlangan boy sotsial-demokratik an'analar liberal ijtimoiy islohotlar o’tkazilishiga qulay sharoit yaratdi. Chexoslovakiya prezident Tomash Masarik siymosida iste’dodli, mashhur milliy yo’lboshchiga ega edi. T. Masarik barcha slovyanlarni, ya’ni janubiy va g’arbiy slavyanlar — chexlar va slovaklarni, serblaru xorvatlarni yarashtirishning jonkuyar kurashchisi edi. U ikki marta respublika prezidentligiga qayta saylandi hamda 1935-yilda o’z do’sti, safdoshi va maslakdoshi E. Benesh foydasiga bu lavozimni rad etdi.
Agrar islohotlar o’tkazilganligi E. Benesh hukumatining katta yutug’i bo’ldi. 250 gektardan ziyod katta yer mulklari kredit muassasalari orqali toiov bilan mayda dehqon xo’jaliklariga taqsimlab berildi. Shu tariqa respublikaning tayanchi va ijtimoiy bazasiga aylangan mulkdor-dehqonlarning nufuzli qatlami vujudga keltirildi.
1920-yilda respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu konstitutsiya Birinchi jahon urushidan so’ng yuzaga kelgan barcha mamlakatlarga qiyosan eng demokratik edi. «Xalq har qanday hokimiyatning yagona manbai hisoblanadi», —deyilgandi konstitutsiyaning 1-bandida. 21 yoshga yetgan barcha fuqarolarga saylov huquqi berildi, ovoz berish bevosita, teng, umumiy va yashirin edi. Benesh hukumati milliy birlashuvini o’zining asosiy tamoyili deb e’lon qildi.
«Yuksak darajada mustahkamlash va chexoslovak davlatining konsolidatsiyasi»— E. Benesh o’zining asosiy vazifasini shunday ta’rifladi.
1925—1929-yillar sanoat ishlab chiqarishining yuksalishi bilan belgilandi, chex burjuaziyasi mamlakatdagi o’z hukmron holatini mustahkamladi. Sanoat ishlab chiqarishi jadal o’sib, 1929-yilda urushdan oldingi darajadan 20 foizga ortib ketdi. Mehnatkashlarning ahvoli ham yaxshilandi. Bu yutuqlarning barchasi 1929—1932-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sababli yo’qqa chiqdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi 60 foizgacha kamaydi. Ko’plab mayda korxonalar xarob bo’iib, ularning mol-mulklari sotib yuborildi, ishsizlar soni 1 mln. kishiga yetdi. Dehqon xo’jaliklari ham xaroblikka uchrab, ularning mol-mulkini yirik burjuaziya arzimagan bahoda sotib olardi. Mamlakatning moddiy ahvoli keskin yomonlashdi. Ishchi-xizmatchilarning ish haqi 50—60 foizga pasaydi.
Jahon iqtisodiy inqirozi mamlakatdagi barcha ziddiyatlarni, eng avvalo milliy ziddiyatlami yangicha kuch bilan namoyon etdi.
Evropadagi boshqa davlatdagi kabi 30-yillarda Chexoslovakiyada ham fashistik harakat faollashdi. Birinchi fashistik tashkilotlar mamlakatda 1926-yildayoq vujudga kelgan edi, lekin ularning ochiq chiqishlari Gitler 1933-yili hokimiyat tepasiga kelgandan so’ng yuz berdi. 1933-yil yozidayoq G. Genlayn boshchiligidagi sudetlik natsional sotsialistlar Sudet viloyatining Chexoslovakiyadan ajratilishini va Germaniyaga berilishini talab qilishdi.
Bu hol mamlakat hukumatini tashqi siyosatda muhim qadam tashlashga — Sovet Ittifoqini tan olishga va u bilan diplomatik munosabatlar o’rnatishga majbur etdi. 1934-yil iyunida Chexoslovakiya bilan SSSR o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi, savdo shartnomasi va kredit bitimi tuzildi.
Gitlerchilar tahdidi o’sayotgan vaziyatda SSSR va Fransiya o’zaro yordam haqida ikkiyoqlama shartnoma tuzdi. Xuddi shunday shartnoma Chexoslovakiya bilan Fransiya o’rtasida ham imzolandi. 1935-yil martida gitlerchi hukumatning umumiy harbiy majburiyatni joriy etganligi Chexoslovakiya hukumatini SSSR bilan ham shunday shartnoma imzolashga majbur qildi. Har ikki shartnomada ham Yevropadagi uchinchi davlat ittifoqchiga hujum qilganda darhol yordam ko’rsatish shartligi qayd etilgan band bor edi. Bu shartnomalarning matnlari o’xshash bo’lib, faqat sovet-chexoslovak shartnomasiga E. Beneshning talabi bo’yicha Fransiya o’z yordami haqida maium qilgan holatdagina SSSR tomonidan Chexoslovakiyaga ko’mak berilishi haqidagi band kiritilgandi. Ushbu band uch yildan so’ng Chexoslovakiya taqdirida mash'um rol o’ynadi. Fransiya yordam berishdan bosh tortgach, Sovet Ittifoqining aralashuvi masalasi ham avtomatik ravishda ko’tarilmadi.
1935-yilgi saylov yakunlari mamlakat yaxlitligining boig’usi muammolari haqida xatarli ogohlantirish bo’ldi. Sudet-nemis partiyasi ovozlar soni bo’yicha ikkinchi bo’lib, katta yutuqqa erishdi. Bu partiyaga 1.240 ming saylovchi ovoz berdi. Natijada Sudet-nemis partiyasi deputatlar palatasida 44 mandatga ega bo’ldi, agrar partiya 45 ta mandat oldi. Bir necha partiyalar, jumladan, Sudet-nemis partiyasi asosida tuzilgan hukumatga agrar partiya vakili M. Godja boshchilik qildi.
1938-yil aprelida Sudet-nemis partiyasi qurultoyida Sudet viloyatiga «muxtoriyat» berish talabi ilgari surildi. Germaniya ushbu talabni quvvatlash uchun 1938-yil mayidan o’z qo’shinlarini Chexoslovakiya chegarasi tomon surdi. O’z navbatida Chexoslovakiya ham qurolli kuchlarni kuchaytirish choralarini ko’rdi.
Hukumat barcha ozchilik millatlarga to’liq teng huquqlilik berilgan, mahalliy va umumdavlat boshqaruv idoralarida mutanosib vakillik belgilangan reja bilan chiqdi. Davlat apparatini qayta tashkil etishga hamda ozchilik millatlarga milliy madaniyatni va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun maxsus zayomlar berishga qaror qilindi. Lekin bu harakatlar kechikkan bo’lib chiqdi.
tva Fransiya vositachi llkni ° tashga hamda urush xavfini yo’qotishga qaror qildi. Chexoslovakiya Gitlerni tinchlantirish siyosatidagi muhim bo’g’inlardan biri edi. 1938-yil 18-iyunidayoq Germaniyada Chexoslovakiyani tor-mor etish va yo’q qilishning shartli ravishda «Gryun» deb nomlangan operatsiyasi rejasi tayyorlangan edi. Bu ish uchun faqat vaqt kerak edi. Chexoslovakiya Avstriyadan so’ng tinchlantirish rejalarini amalga oshirish uchun Angliya va Fransiya Germaniyaga berishni istagan ikkinchi qurbon bo’lishi kerak edi.
Angliya va Fransiya vakillari chexoslovak hukumatini fashistlarga yon berishga har tomonlama undashdi. 19-sentabrda Angliya Bosh vaziri N. Chemberlen va Fransiya Bosh vaziri E. Dalade prezident E. Beneshga aholisining yarmidan ko’pi nemislar bo’lgan viloyatlarni Germaniyaga berishni tavsiya etishdi. Shu tariqa Angliya va Fransiyaning Chexoslovakiyaga Germaniya tomonidan xavf tug’ilgani munosabati bilan qilgan barcha harakatlari aslida agressorni emas, uning qurbonini jilovlash uchun intilishlarga aylandi. London va Parij fashistik reyx bilan Chexoslovakiyaning mavjudligi bahonasida til topishishga harakat qilishdi.
M. Godja boshchiligidagi chexoslovak hukumati ingliz-fransuz tavsiyalariga rozi bo’ldi. Biroq bu chexoslovak xalqining qizg’in noroziligini uyg’otdi. 1938-yil 22-sentabrda Pragada ko’pming kishilik namoyish bo’lib o’tdi. Namoyishchilar Godja hukumatining iste’fo berishini va umumiy safarbarlik e’lon etilishini talab qilishdi. Xuddi shu kuni umumiy ish tashlash ham boshlandi. Godja hukumati iste’foga chiqdi, general Sirovning yangi hukumati umumiy safarbarlik e’lon qildi va qo’shinlarni chegara rayonlaridan olib ketishdan bosh tortdi.
General Sirovning qafiyligi shu bilan izohlanadiki, Pragada «o’ta zarur holatda SSSR Fransiyaga bog’liqsiz ravishda Chexoslovakiyaga yordam berishi mumkin»ligi haqida xabar olingandi. Bu Chexoslovakiya kommunistlarining rahbari K. Gotvald orqali uning shaxsiy so’roviga javoban Stalinning prezident Beneshga bildirgan bayonoti edi. Bunday yordam uchun faqat bitta shart — chexoslovak hukumatining yordam haqida iltimos bilan murojaat qilishi kerakligi aytilgandi. Biroq bunday murojaat qilinmadi.
Benesh Sovet Ittifoqi bilan birgalikda mamlakatni qutqarishdan ko’ra G’arb davlatlarining fashistlar bilan til biriktirib chiqaradigan qarorini itoatkorona kutishni afzal ko’rdi. 29—30-sentabrda Myunxendagi konferensiyada Chexoslovakiyaga Sudet viloyatini Germaniyaga, boshqa ayrim hududlarini Polsha va Vengriyaga berish taklif qilindi. Chexoslovakiya hukumati bu taklifni qabul qilishga majbur bo’ldi. 1938-yil 1-oktabrda Germaniya qo’shinlari Sudet viloyatiga kirdi va u fashistik reyxning bir qismiga aylandi. Benesh Gitlerning talabiga ko’ra iste’foga chiqdi va chet elga ketdi. Gaxa prezident bo’ldi. Lekin Chexoslovakiya fojiasi bu bilan tugamadi.
1939-yil 15-martda german qo’shinlari Chexoslovakiya hududiga bostirib kirdi. Xuddi shu kuni Praga, Chexiya, Moraviya fashistlar tomonidan ishg’ol etildi. Chexoslovak armiyasi tarqatib yuborildi, uning qurol-aslahasi german vermaxti qo’liga, butun oltin zaxirasi esa german xazinasi yertoiasiga o’tdi. Qo’shnisining shunday og’ir ahvolidan foydalangan holda Vengriya Slovakiyaning katta qismini va Karpatorti Ukrainasini, Polsha Teshin rayoni va Slovakiyaning ikki rayonini bosib oldi. Angliya va Fransiya o’zlarining Chexoslovakiya oldidagi majburiyatlarini unutib, fashistlarning bu ishini tabiiy deb qabul qilganicha amalda hech qanday javob qaytarishmadi. Faqat SSSR hukumati chexoslovak davlatining tugatilishiga qarshi qafiy norozilik bildirdi, biroq bu e’tiborga olinmadi. Biroz vaqt o’tganidan so’ng Chexoslovakiya o’rnida german reyxi tarkibidagi Bogemiya va Moraviya protektoratlari tashkil etilishi e’lon qilindi.
Qisqacha mazmuni
• 1920-yil — mustaqil Chexoslovakiya davlatining tashkil topishi;
• Birinchi prezident Tomash Masarik — liberal ijtimoiy islohotlarning o’tkazilishi. Mamlakatda tinchlik va milliy bahamjihatlikning o’rnatilishi;
• 1920-yil — mamlakatning demokratik konstitutsiyasi qabul qilinishi;
• 1925—1929-yillar— sanoat ishlab chiqarishining yuksalishi, boshqa tarmoqlar ishlab chiqarishining o’sishi;
• 1929— 1932-yillar — jahon iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri — mayda korxonalar va dehqon xo’jaliklarining sinishi, ishsizlik;
• 1926-yil — mamlakatda dastlabki fashistik tashkilotlarning tashkil etilishi va ulaming 1933-yildan faol-lashuvi;
• 1934-yil — SSSR, Fransiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatilishi;
• Gitlerning «Gryun» rejasi — Chexoslovakiyani yo’qotish;
• 1938-yil 1-oktabr— Sudet viloyatini gitlerchi qo’shinlar ishg’ol qilishi. Beneshning iste’foga chiqishi;
1939-yil 15-mart — Chexoslovakiyaning gitlerchi Germaniya tomonidan bosib olinishi va uning hududi o’rnida Bogemiya hamda Moraviya protektoratlarining tashkil etilishi.
26-§. 1918-1939-YILLARDA YUGOSLAVIYA
Bolqon yarim oroli Birinchi jahon urushining detonatori bo’ldi. 1914-yil 28-iyunda Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoda yangragan o’q ovozlari amalda Birinchi jahon urushining muqaddimasiga aylandi. Bu hudud turli manfaatlar — davlatlarning ta’siri doirasi uchun kurashi, milliy-ozodlik harakati, Bolqon yarim orolida yashovchi har xil millatlarning o’zaro kurashi to’qnashgan chorraha edi. Avstriya-Rossiya qarama-qarshiliklari uzoq vaqt mobaynida Bolqondagi siyosiy kurashning o’zagi bo’lib keldi.
Avstriya Xorvatiya va Sloveniyani bosib olib, o’z kapitalini zo’r berib joriy etgan holda uzoq davr davomida bu yerlar aholisini nemislashtirishni olib bordi. Avstriya 1878-yili Bosniya-Gersegovinani, Serbiyadan tashqarida joylashgan eng katta serb yerlarini zabt etdi va bu bilan serblarning butun serb yerlarini birlashtirish hamda dengizga chiqish umidlarini yo’q qildi. Avstriya 1908-yilda bu hududlarni bosib oldi.
Germaniya va Avstro-Vengriyaning rejalari bo’yicha Bolqon «Buyuk nemis makoni»ga aylanishi shart edi hamda Germaniya shu orqali Shimoliy dengizdan Fors qo’ltig’igacha bo’lgan yo’lni o’ziga ta’minlashi mumkin bo’lardi.
Rossiya Bolqonda Germaniya va Avstro-Vengriyaga qarshi turardi. U rus-turk urushlarida uch marta g’alaba qozonib, Bolqonning turk istibdodidan xalos bo’lishida asosiy rol o’ynadi hamda bu hududda ulkan ommaviy shuhrat qozongandi. Ayniqsa, Rossiyaning Serbiya bilan bog’liqligi kuchli edi. Umumiy din pravoslavlik do’stona aioqalarni mustahkamlab, ularni birodarlarcha munosabatlar darajasiga ko’tarardi.
Serbiyada hukmron yuqori doiralar guruhlari — Rossiyaga ergashish tarafdorlari — Karageorgievichlar hamda Avstro-Germaniyaga ergashish tarafdorlari— Obrenovichlar o’rtasidagi shafqatsiz kurash deyarli yuz yil davom etdi. 1903-yil 11-iyundagi saroy to’ntarishi natijasida Obrenovichlar ag’darib tashlandi va ularning butun nasl-nasabi yo’q qilindi. Kara-Georgiyning nevarasi — Pyotr Serbiya qiroli bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab Serbiya butun Bolqon xalqlarining chet el hukmronligiga qarshi milliy-ozodlik uchun kurashi yo’lboshchisiga aylandi.
1912-yili Rossiya tarkibiga Serbiya, Bolgariya, Gretsiya va Chernogoriya kirgan Bolqon ittifoqini tuzishga muvaffaq boiadi. Xuddi shu yili ittifoqning birlashgan qo’shinlari Turkiyani qaqshatqich magiubiyatga uchratishdi. Natijada Turkiya Bolqon yarimorolidan quvib chiqarildi va Konstantinopol (Istambul) joylashgan kichik hududnigina saqlab qoldi.
Urush natijasida Serbiya o’z hududini kengaytirib, Bolqon yarim orolidagi eng yirik davlatga aylandi. 1913-yili Avstro-Vengriya Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilishini qo’zg’ashga erishdi. Serblar g’alaba qozonishdi va Buxarest shartnomasiga ko’ra (1913-yil 10-avgust) Makedoniyaning katta qismi Serbiyaga o’tdi. Germaniya va Avstro-Vengriya javob zarbasi berishga hamda Serbiyani erishilgan yutuqlaridan mahrum etishga qaror qilishdi. Serblar qahramonlarcha qarshilik ko’rsatishdi va 1915-yili Bolgariya Germaniyaga qo’shilgandan keyingina Serbiya bosib olindi. Serb armiyasining bir qismi rus qo’shinlariga qo’shilib, urushni g’alabali yakungacha davom ettirishdi.
XIX asr oxirida serb milliyozodlik harakatining ko’p sonli guruhlari orasida muhandis Nikolo Pashich (1845—1926) boshchiligidagi radikallar partiyasi ajralib turardi. Pashich Avstro-Vengriyaning murosasiz dushmani edi.
Serbiya Avstriya qo’shinlari tomonidan bosib olinganidan so’ng grek hukumati N. Pashichga (bu paytda u hukumatga boshchilik qilardi) va butun serb hukumatiga Korfu orolida siyosiy boshpana berdi. Bu yerga barcha janubiy slavyanlarning vakillari slavyan xalqlarining yagona fronti uchun kurashda qatnashish maqsadida yig’ila boshlashdi. 1917-yil 30-iyul kuni N. Pashich va xorvatlar yo’lboshchisi Ante Tmmbich (1868—1938) pakt («Korfu pakti») imzolashdi. Bu paktda serblar, xorvatlar, slavenlar, chernogoriyaliklar birlashishi lozim bo’lgan Janubiy slovyanlar qirolligi tashkil etilganligi e’lon qilindi. Karageorgievichlar sulolasi vakili qirol bo’lishi, lekin qirollik demokratik konstitutsiyaga ega bo’hshi, xalqlar esa mahalliy muxtoriyat olishi shart edi. 1917-yil 11-avgustda paktga Chernogoriya vakillari qo’shilishdi, 1918-yil 1-dekabrda esa barcha yirik janubiy slavyan xalqlari vakillari Belgradda «Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi» tashkil etilganligi haqida e’lon qilishdi (Serbiya va Chernogoriya 1918-yil 24-noyabrda bitta davlatga birlashdi va yagona delegatsiya bo’lib qatnashdi). Karageorgievichlar vakili Aleksandr qirol etib saylandi.
Fransiya va Angliya yangi janubiy slavyanlar davlati g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Fransiya bo’lg’usi davlatni Kichik Antanta tuzishga jalb etishni va o’zining Yevropada gegemonlik roliga da’volarida ittifoqchi qilib olishni mo’ljallardi. Anghya esa Yugoslaviyani o’zining Bolqonda siyosatini o’tkazish vositasiga aylantirish va uning yordamida Hindistonga boruvchi yo’larining ishonchli soqchilari boia oladigan davlatlar zanjirini yaratish niyatida edi. Angliya Kiprni egallab olgan, bu yerda qudratli harbiy-dengiz va harbiy-havo bazasi joylashgandi. Bu Bolqonda hal qiluvchi rolni o’ynashga imkon berardi. Gretsiya ham Angliyaning ittifoqchisi edi va Angliya kelgusida Bolqonda uch hudud — Kipr — Gretsiya — Yugoslaviyadan iborat strategik tizimni bunyod etib, o’zining Sharqiy o’rta Yer dengizidagi hukmronligini ta’minlashni mo’ljallardi.
Yugoslaviyani barpo etish g’oyasi hech kimda qarshihk uyg’otmasdi va Versaldagi tinchlik sulhlari bo’yicha qirollikning chegaralari belgilandi. Uning maydoni 248 ming km. ni, aholisi 15 mln. kishini (1921-yilgi maiumotlar bo’yicha) tashkil etardi. Yangi davlat aholisining 40 foizi serblardan iborat bo’ldi.
Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi janubiy slavyan xalqlari — serblar, xorvatlar, slovenlar, makedoniyaliklar, chernogoriyaliklar birlashgan ko’p millatli davlat edi. Bu xalqlar til bo’yicha juda yaqin va bir-birini oson tushunadi. Lekin avval turli davlatlar bo’lgani bois har xil sharoitlarda rivojlanishgan. Ularning har birida o’z odatlari, adabiyoti va san'ati shakllandi. Ular diniy e’tiqodi bo’yicha ham farqlanardi: aholining 49 foizi pravoslavlar (serblar, chernogoriyalik va makedoniyaliklar), 37 foizi — katoliklar (xorvatlar va ko’pchilik slovenlar), 11 foizi — musulmonlar (Bosniya va Gersegovinada yashovchi serblar), 1,6 foizi — protestantlar (slovenlar) edi.
Davlat mavjudligi boshlanishidanoq murosasiz qarama-qarshiliklar borligi namoyon bo’lib, siyosiy, ijtimoiy va millatlararo zaminda keskin ziddiyatlar boshlandi. Serb moliya-sanoat doiralari, davlat amaldorlari mamlakatda Serbiya gegemoniyasini o’rnatishga intilib, kuchli markazlashgan davlat hokimiyati uchun kurashardilar. Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi ularning nazarida Serbiyaning kengaytirilgan ko’rinishi edi. Serb zobitlarining «Oq qo’l» yashirin tashkilotiga tayangan holda serblar qirolning yordami bilan davlatdagi barcha mas'uliyatli vazifalarga o’z vakillari qo’yilishiga erishib, serb bo’lmagan xalqlar o’rtasida o’z hukmronliklarini ta’minlashdi. Bu beboshlik boshqa barcha xalqlarda javob reaksiyasini uyg’otdi.
Javob tariqasida barcha milliy o’lkalarda millatlararo ziddiyatlar boshlandi. Kurash davlat tuzumining haddan ziyod markazlashtirilishiga, serb yo’lboshchilarining suiiste’molchiligiga qarshi olib borildi. Xorvatlar, chernogoriyaliklar va slovenlar avtonom huquqlar berilishi hamda markaziy hukumat huquqlari cheklanishi uchun kurashdi. Qirol va Nikolo Pashich hukumati o’z va’dalaridan birontasini ham bajarmadi. Shu tufayli 1918-yil dekabridayoq Xorvatiya, Chernogoriya, Voevodina va boshqa joylarda qonli to’qnashuvlar yuz berdi. 1919-yil bahorida temiryo’lchilar, shaxtyorlar va boshqa sanoat tarmoqlari ishchilarining qudratli ish tashlash harakati avj oldi. Qishloqlarda yerning xususiy mulk sifatida berilishi asosiy talabi bo’lgan dehqonlar harakati qizg’in rivojlandi. Bu ziddiyatlar qirollikdagi vaziyatni beqarorlashtirib, siyosiy inqirozlarga olib keldi va hukumat almashuvlarini keltirib chiqardi. Davlat mavjudligining birinchi 10 yili davomida 27 ta hukumat almashdi.
Hukumat mamlakatdagi barcha xalqlarning serb millatchio’rnatilishlari zo’ravonligiga qarshi umumdavlat ozodlik kurashiga aylanib ketishi xavfi bo’lgan, tobora kuchayib borayotgan siyosiy harakatni kuch ishlatish orqali to’xtatishga qaror qildi. Harakat qatnashchilariga nisbatan shafqatsiz jazo choralari ko’rildi. Ayniqsa, Xorvatiya avtonom respublikasi tashkil etilishini talab qilayotgan Xorvatiya dehqonlar partiyasi qattiq ta’qiblarga duchor qilindi. Vaziyat 1921-yil 28-iyundan so’ng, mamlakatning markazlashgan tizimini mustahkamlovchi konstitutsiya qabul qilingandan keyin yanada keskinlashdi. Xorvatlar va boshqa xalqlar Korfuda qabul qilingan deklaratsiya bajarilishini hamda ularga tenghuquqlilik berilishini talab qilishdi. Serb burjuaziyasi esa hokimiyatni qoidan chiqarishni istamasdi.
Serb yo’lboshchilari so’nggi choralarni qoilay boshlashdi. 1928-yili Skupshina yig’ilishida Xorvatiya dehqonlar partiyasi yetakchisi Radich oidirildi. Mamlakatni qudratli norozilik harakati qamrab oldi. Harakat serblar bilan boshqa butun mamlakatning qarama-qarshi chiqishiga aylandi. Parlament inqirozi davlat inqiroziga aylandi. Qirol Aleksandr oldinroq zarba berishga qaror qilib, harbiy to’ntarishni amalga oshirdi. U 1929-yil 6-yanvarda Skupshinani tarqatib, konstitutsiya amal qilishini to’xtatdi va barcha siyosiy partiyalarni ta’qiqladi. General P. Jivkovich boshchiligida tuzilgan hukumat harbiy diktatura tartibotini o’rnatdi.
Mamlakatda davlat hokimiyatini markazlashtirish kuchaydi. Qirol majburiy choralar bilan ayrim xalqlar va viloyatlaming milliy hamda tarixiy xususiyatlarini yo’q qilishga harakat qildi. Uning dekreti bilan serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi Yugoslaviya deb qayta nomlandi (1929-yil 3-oktabr). Bu aslida buyuk serbchilik siyosatini kuchaytirish uchun niqob edi. Mamlakat tarixiy shakllangan milliy chegaralarini hisobga olmagan holda hududiy tamoyil bo’yicha bo’lingan edi.
Qirol yangi tartibotga qonuniylik baxsh etish uchun 1931-yil sentabrida Yugoslaviyani konstitutsiyaviy mamlakat deb e’lon qildi va 1931-yil 3-oktabrda yangi konstitutsiya kuchga kiritildi. Yangi konstitutsiya bo’yicha qirol davlat byudjetini belgilar, qonunlar chiqarar, konstitutsiyani o’zgartirishi mumkin edi. Hukumat xalq oldida emas, qirol oldida javobgar edi, zero, hukumatni qirol tayinlardi. Parlamentga saylovlar ochiq ovoz berish orqali o’tkazilardi.
1931-yil 8-noyabrda yangi konstitutsiyaga muvofiq Skupshinaga saylovlar bo’lib o’tdi. Unda faqat deputatlikka nomzodlarning hukumat ro’yxati taqdim etilgandi. Boshqa barcha partiyalar ovoz berishda qatnashishdan bosh tortib, saylovlarni boykot qilishdi. Saylangan yangi «hukumat» deputatlari keyinroq Yugoslav milliy partiyasi nomini olgan partiyani tuzishdi.
Diktaturaning siyosiy manevrlari muxolifatning kuchayishini bartaraf etolmadi. Ayrim partiyalar diktaturani qoralab chiqishdi, demokratiya tiklanishini, mamlakat federativ asoslarda qayta qurilishini talab qilishdi. Repressiyalar, qamoqqa olishlar va siyosiy terrorning yangi to’lqini yuz berdi, lekin bu mamlakatdagi ahvolni barqarorlashtirmadi. Aksincha, ish qizg’in namoyishlargacha borib yetdi. Bu ayniqsa talabalar orasida avj oldi. Dehqonlar kurashi 1932-yilda hukumat va jandarmeriya bilan ochiq qurolli to’qnashuvlarga, 1932-yil kuzida esa Xorvatiyada partizanlar urushiga aylandi. Ommaviy chiqishlar diktatura rejimiga qarshi umummilliy harakatga aylandi.
Yugoslaviyada vaziyat keskinlashganidan qo’shni mamlakatlar — Italiya, Vengriya va Avstriya foydalandi. Ularning hududida millatchi-separatchilarning — Ant Pavelich (1889—1959) boshchiligidagi ustashlarning (xorvat fashistlari) qurolli bo’linmalari tashkil etildi. Bu tashkilot, shuningdek «Ichki makedon inqilobiy tashkiloti» Yugoslaviya hududida terrorchilik kurashini olib borishdi.
Yugoslaviya tashqi siyosatda Fransiyaga tayanishga intildi.
1920-yili Chexoslovakiya bilan Vengriyaga qarshi yo’naltirilgan shartnoma tuzildi. Xuddi shunday shartnomalar Vengriya va Bolgariyaga qarshi Ruminiya bilan ham tuzildi. Shu asosda Kichik Antanta tarkib topib, Fransiya bilan shartnoma imzolanishidan so’ng uzul-kesil rasmiylashtirildi.
1934-yil fevralda Italiya, Vengriya va ularga qo’shilgan Bolgariya tomonidan dushmanlik harakatlari kuchayganligi tufayli Yugoslaviya, Ruminiya, Turkiya va Gretsiya qo’shilgan Bolqon pakti tuzilishiga erishdi. Yugoslaviya fashistlar ekspansiyasi xavfi tufayli Fransiya bilan o’z munosabatlarini mustahkamlashga intildi. Qirol Aleksandr xuddi shu maqsadda 1934-yil 9-oktabrda rasmiy tashrif bilan Marselga keldi. Tashrif chog’ida unga suiqasd uyushtirildi va qirol halok bo’ldi. Bu terrorchilik ishi «Tevton qilichi» operatsiyasi nomini olgan edi.
Qirol Aleksandr oidirilganidan so’ng Yugoslaviya taxtini uning Pyotr II sifatida toj kiydirilgan 11 yoshli o’g’li egalladi. Shahzoda Pavel regenti etib tayinlangan yangi qirol hokimiyat tepasiga kelgach, Yugoslaviyaning ichki va tashqi siyosat yo’nalishi jiddiy o’zgardi. Ichki siyosatda xorvat muxolifatiga birmuncha yon berishlar amalga oshirildi. Tashqi siyosatda esa Germaniya va Italiya bilan asta-sekin yaqinlashish yo’li qabul qilindi. Ayni paytda avtoritar shaxsiy hokimiyatni mustahkamlash uchun «Yoshlar vatanparvarlik jamg’armasi» terrorchi-fashistik tashkilot tuzildi.
Buyuk serbchi unsurlar ham faollashdi. «Oq qo’l» zobitlar tashkilotiga mansub reaksion guruhlar fitnachilik va terrorchilik faoliyatini kuchaytirdi. Qirol hokimiyatining va buyuk serbchilik g’oyalarining mutaassib tarafdori Draje Mixaylovich (1893—1946) boshchiligida buyuk serbchi tashkilot bo’linmalari — chetniklar tashkil etildi. Chetniklar serblar yashamaydigan viloyatlar, birinchi navbatda Xorvatiya va Makedoniya aholisini terror qilgan serb millatchilarining hujumkor bo’linmalari bo’lib qoldi.
1935-yil 5-maydagi Skupshinaga saylovlar vaziyatning keskinlashuviga kuchli turtki berdi. Ovozlarning 60 foizini hukumat ro’yxati, 34 foizini muxolifat oldi. Lekin bu ko’pchilikka tayangan hukumat beqaror edi. Uni asosan o’ta o’ng reaksion unsurlar qo’llab-quvvatlardi.
Mamlakat ichida har qanday tayanchdan mahrum bo’lgan qirol hokimiyati tashqi tayanchni fashistik Germaniyadan topishga qaror qildi. 1934-yili Germaniya bilan savdo konvensiyasi tuzildi va bu tashqi savdo aylanmasining deyarli chorak qismi Germaniya hissasiga tegishli bo’lishiga olib keldi. German kapitali Yugoslaviyaga faol kirib borib, xom ashyo manbalari va sanoat tarmoqlarini egallab ola boshladi. Belgradda tabiiy boyliklar ishlanishini mablag’ bilan ta’minlash uchun maxsus german banki ochildi.
Yugoslaviya 1937-yili Italiya bilan savdo bitimini, 1937-yil yanvarida «abadiy do’stlik» haqidagi shartnomani imzoladi. Bu shartnomalar Kichik Antantaning ahamiyatiga putur yetkazib, Yugoslaviya bilan Fransiya va Angliya o’rtasida uzoqlashuvga olib keldi. Avstriya (1938) va Chexoslovakiya (1939) bosib olinganidan so’ng Germaniyaning Yugoslaviyaga ta’siri yanada kuchaydi. Yugoslaviya sanoatiga sarflangan mablagiarning katta qismini tashkil etuvchi Avstriya kapitallari endi Germaniyaga o’tdi. Germaniya Avstriyani bosib olish bilan yugoslav tashqi savdosining yirik bozorini ham egalladi. Germaniya uchun muhim strategik ahamiyatli Vena — Belgrad — Istambul yo’lining qurilishi qizg’in olib borildi.
1939-yil sentyabrida boshlangan Ikkinchi jahon urushi Yugoslaviyaning hukmron doiralari oldiga Germaniyaga munosabat haqidagi murakkab masalani qo’ydi. Yugoslaviya Germaniya uchun nafaqat xom ashyo va oziq-ovqat manbai, balki Yaqin Sharqdagi, Sovet Ittifoqi va Afrikadagi bo’lg’usi bosqinchilik rejalarining platsdarmi sifatida ham ulkan strategik ahamiyatga ega edi. Germaniya Yugoslaviyaga Gretsiya hisobidan Egey dengiziga chiqish, Saloniki porti va Vardar vodiysini berishni va’da qilib, uni urushga jalb etish umidida edi.
Qisqacha mazmuni
• Bolqon yarim oroli — turli mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy manfaatlarining to’qnashuv joyi;
• 1878 yildan - Avstriya tomondan Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya-Gersegovinaning bosib olinishi;
• Germaniya va Avstriya rejalari — Bolqonda «buyuk nemis makoni»ni barpo etish;
• 1912-yil — Bolqon ittifoqining (Serbiya, Bolgariya, Gretsiya va Chemogoriya) tuzilishi. Bolqon oroli Turkiyadan ozod qilindi;
• 1915-yil — Serbiyaning Bolgariya tomonidan bosib olinishi;
• 1917-yil - «Korfu pakti» — Yugoslav qirolligi tuzilganligi haqida e’lon qilindi;
• 1918-yil dekabr— Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi e’lon qilindi;
• tuzilgan daviatda Serbiyaning gegemonlik uchun kurashi. Millatlararo zamindagi ziddiyatlar;
• hukumatdagi inqiroz (10 yilda 27 ta hukumat almashdi);
• 1921-yil — Serbiya boshchiligida markazlashgan boshqaruvni mustahkamlovchi konstitutsiya qabul qilindi;
• 1921— 1929-yillar — tenghuquqlilik uchun kurash;
• 1929-yil 6-yanvar — harbiy to’ntarish, harbiy diktatura tartiboti o’rnatildi. Mamlakat Yugoslaviya nomini oldi;
• 1931 -yil 3-oktabr — mamlakatning yangi konstitutsiyasi;
• muxolifatning federatsiya e’lon qilinishini talab etishi. Repressiyalar;
• 1 934-yil — qirol Aleksandming o’ldirilishi, tashqi siyosiy yo’nalishning o’zgarishi — Germaniya va Italiya bilan ittifoqqa intilish;
• 1937-yil — Germaniya bilan «abadiy do’stlik» haqida shartnomaning imzolanishi.
27-§. 1918-1939-YILLARDA BOLGARIYA
Birinchl jahon urushida Bolgariya Germaniyaning ittifoqchisi bo’lgan edi. Shoh Ferdinand (1861—1948, 1887-yildan 1918-yilga qadar hukm surgan) avstriyalik Koburgskiylar xonadoni vakili bo’lgani holda mamlakatni ushbu umidsiz urushga tortdi.
1918-yil sentabrida birlashgan ingliz-fransuz-serb qo’shinlari Makedoniyada bolgar-nemis qo’shinlarini tor-mor qildi va 1918-yil 29-sentabrda bolgar hukumati sulh haqidagi hujjatni imzolab, taslim bo’ldi. Bolgariya urushdan chiqdi. Shoh Ferdinand o’z o’gii Boris foydasiga taxtdan voz kechdi va Boris 1918-yildan 1943-yilgacha hukmronlik qildi.
1919-yil 27-noyabrda Parij yonidagi Neyi shaharchasida g’olib davlatlar bilan shartnoma imzolandi. Bu shartnoma bo’yicha Bolgariya avval Egey dengiziga chiqish imkonini bergan hududlaridan mahrum bo’ldi. Janubiy Dobrudja Ruminiyaga, hududning bir qismi Yugoslaviyaga o’tdi. Bolgariyaga faqat 20 ming kishilik armiya saqlashga ruxsat berildi, havo flotiga ega bo’lish man etildi. Bolgariyaga 2,5 mlrd. frank reparatsiyalar to’lash majburiyati yuklatildi. Shu sababli mamlakatning butun moliyaviy-xo’jalik faoliyati xalqaro reparatsion komissiya nazoratiga bo’ysundirilgan edi.
Shoh Ferdinand Bolgar ziroatchilik xalq ittifoqi (BZXI) yo’lboshchisi Aleksandr Stamboliyskiyni qamoqdan chiqarishga va unga hukumatni topshirishga majbur bo’ldi. BZXI uch yil davomida hokimiyatni egallab turdi.
1923-yil 22-mayda xalq kengashiga saylovlar bo’lib, kompartiya va BZXI birgalikda barcha ovozlarning 75 foizini olishdi. Bu teran iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlarga imkon beruvchi yangi siyosatni shakllantirish uchun yetarli edi. Biroq yirik moliya burjuaziyasi saylovlar natijasidan cho’chigan holda davlat to’ntarishini amalga oshirishga qaror qildi. 1923-yil 9-iyunda A. Stamboliyskiy hukumati ag’darildi, Stamboliyskiyning o’zi o’ldirildi, kasaba uyushmalari va ishchi tashkilotlari tarqatib yuborildi.
Hokimiyat tepasiga Aleksandr Sankovning (1879—1959) fashistparast hukumati keldi. 1923-yil sentabrida ishchi dehqonlarning sentyabr qo’zg’olonini tor-mor etgan A.Sankov hukumati mamlakatdagi barcha demokratik va vatanparvar kuchlarga shafqatsiz repressiyalar yog’dirdi.
Sankov o’z terrorini haddan ziyod oshirib yubordi va shoh Boris uni boshqa vakilga — A.Lapchevga almashtirishga majbur bo’ldi. Yangi hukumat umumiy avf e’lon qilib, qator siyosiy partiyalar ishini tiklashga va parlamentda muxolifat tuzishga ruxsat etib, mamlakatdagi vaziyatni birmuncha yumshatdi.
Natijalar siyosiy hayotda o’z aksini topdi. 1931-yilgi saylovlarda Xalq blokiga birlashgan muxolifatchi partiyalar ishonchli g’alabaga erishdilar. Mamlakatda keng ishchilar harakati boshlandi. Ish tashlashlar oqimi o’tkazildi, ularning ba’zilari siyosiy mazmun kasb etdi. Harakatga askarlar ham jalb qilindi. Reaksion kuchlar 1934-yil 19-mayda yana davlat to’ntarishini amalga oshirishdi. Bolgariyada harbiy diktatura o’rnatilib, unga general K. Georgiev boshchilik qildi. Yangi hukumat barcha siyosiy partiyalarni ta’qiqlab, kasaba uyushmalarini qonundan tashqari deb e’lon qildi. Georgievdan keyingi hukumatlar uzoq faoliyat ko’rsatmadi va siyosatga o’zgarishlar kiritishmadi.
30-yillar oxirida Bolgariya tashqi siyosatda fashistik Germaniya va uning ittifoqchilari bilan tezda yaqinlashdi. German kapitali mamlakat iqtisodiyotiga faol kiritila boshlandi. 1939-yili Bolgariya importining 65% i Germaniya hissasiga to’g’ri keldi. Holbuki, Angliyaning hissasi 1,2% dan iborat edi.
Qisqacha mazmuni
• Birinchi jahon urushida Bolgariya — Germaniya ittifoqchici;
• 1918-yil 29-sentabr — Bolgariyaning taslim bo’lishi va urushdan chiqishi;
• Reparatsiyalar to’lash zaruriyati, hududlarning, Egey dengiziga chiqishning yo’qotilishi;
28-§. 1918-1939-YILLARDA RUMINIYA
Ruminiya Birinchi jahon urushi arafasida konstitutsiyaviy monarxiya tizimidagi davlat edi. Qirol Karl Germaniyada 1871-yildan beri hukm surayotgan Gogensollernlar sulolasidan chiqqandi. 1881-yili rumin parlamenti Ruminiyani qirollik deb e’lon qildi. Ruminiya siyosati ikki taraflama edi. Bir tomondan, u 1878-yilgi Berlin shartnomasiga ko’ra, Rossiyaga berilgan Bessarabiyani Germaniya va Avstro-Vengriya yordamida qaytarib olishdan umid qilardi. Natijada Ruminiya 1883-yili Germaniya va Avstro-Vengriya bilan yashirin ittifoq tuzib, ular tomonida Rossiyaga qarshi chiqish majburiyatini zimmasiga oldi. Shu bilan birga rumin burjuaziyasi boy temir yo’l tarmog’iga ega Transilvaniyani va noyob tabiiy resurslari (yog’och-taxta) mo’l Bukovinani egallab olish vazifasini o’z oldiga qo’ygandi. Bu vazifani Avstro-Vengriyaga qarshi urush yordamidagina amalga oshirish mumkin edi.
Birinchi jahon urushi boshlangach, Ruminiya Germaniya va Avstro-Vengriya bilan eski ittifoqchilik shartnomasi bo’lishiga qaramay, betaraflik mavqeida turdi. So’ngra o’zining urushdagi ishtiroki uchun hududiy kompensatsiyalar, kafolatlar, qurolli kuchlar bilan madad qilgan holda bir vaqtning o’zida har ikki tomon bilan savdo olib bordi. Boshqa tomondan, har ikki tomon ham Ruminiyaning urushdagi ishtirokiga katta ahamiyat berib, unga va’dalar berishda xasislik qilishmadi. Urushning ilk boshlanish paytida qirol Karl vafot etdi. Taxtga uning ingliz malikasiga uylangan o’g’li Ferdinand o’tirdi. Bu ingliz partiyasining Buxarestdagi ta’sirini kuchaytirdi, biroq rumin hukmron doiralariga qat’iyat baxsh etmadi. Zero, mamlakatda urushish uchun hech narsa yo’q, armiya esa g’oyatda kuchsiz edi. Faqat 1916-yili Brusilovning ajoyib hamlasidan va german qo’shinlarining Verdendagi mag’lubiyatidan so’ng Ruminiya german blokiga qarshi chiqdi.
Ruminiyaning Germaniyaga qarshi chiqishi Rumimyanmg to’liq mag’lubiyati bilan tugallandi. Germaniya-Avstriya qo’shinlari mamlakatning katta qismini egallab olib, rumin armiyasini Moldaviyaga chekinishga majbur qildi. Rossiya o’z qurolli kuchlarining choragini Ruminiyaga yordam uchun tashladi. Rumin armiyasini qayta tashkillashtirish, uni oziq-ovqat bilan ta’minlash vazifasi ham Rossiya zimmasiga tushdi. Germaniya va Avstro-Vengriyaning mag’lubiyati Ruminiyaga Transilvaniya va Bukovinani bosib olish imkonini berdi. Ruminiya Versal shartnomasi bo’yicha bu ikki o’lkani oldi. U Bessarabiyani oldinroq, 1918-yil martida bu yerga qo’shinlarini kiritgan paytda egallagan edi. Ruminiya o’z maqsadiga erishdi. Uning hududi ikki barobar kengayib, aholisi 7,7 mln. kishidan 17,5 mln. gacha ko’paydi.
Ruminiya tarkibiga kirgan Transilvaniya va Banat boy energetik va xom ashyo resurslariga, rivojlangan sanoat tarmoqlariga (tog’-kon, metallurgiya, metallga ishlov berish va hokazo) ega edi. Bundan tashqari, Ruminiyada neft sanoati ham rivojlangandi. Lekin, umuman olganda, Ruminiya agrar mamlakatligicha qoldi. Aholining 80 foizi qishloqlarda, faqat 20 foizi shaharlarda yashardi. Qishloq xo’jaligi Ruminiya iqtisodiyotining asosi hisoblanardi.
Avstro-Vengriya o’lkalari qo’shib olinib, Bessarabiya bosib olingach, Ruminiya ko’p millatli davlatga aylandi. Aholining 58 foizini ruminlar, 42 foizini boshqa millatlar, jumladan, 3 mln. ukrainlar (Bukovina), ruslar, moldavanlar, 1,5 mln. ga yaqin vengerlar (Transilvaniya), 800 ming nemislar (Banat) va boshqalar tashkil etardi. Ozchilik millatlar majburiy ravishda ruminlashtirishga va turli xil zulmlarga duchor etilardi.
Urushdan so’ng Ruminiyada hukumat va parlament tartibsizligi boshlanib, unda xalq ommasidan ajralib qolgan, davlat xazinasidan o’z ulushi uchun kurashuvchi turli guruhlar qatnashishdi. Yirik dehqonlar qo’zg’olonlari, ishchilarning qa’tiy harakati bu kurashni keskinlashtirdi.
Mamlakatda hokimiyatni amalda o’zaro bo’lishadigan uchta asosiy guruh — saranistlar, «xalq partiyasi» va natsional-liberal partiya bor edi. Ular saylovlarda bir-birini almashtirar, saylovlar orasida ularni qirol hokimiyati almashtirardi. Qirol hokimiyati go’yo bosh hakam rolini o’ynasada, amalda bu nomurakkab spektaklda to’rtinchi, lekin yetakchi kuch edi.
Siyosiy partiyalar orasida Natsional-liberal partiya eng katta ta’sirga ega bo’lib, uning ortida yirik sanoat va banklar turardi. Natsional-liberallar 1921-yildan 1926-yilgacha hokimiyat tepasida turishdi. Partiya yo’lboshchisi I. Bratianu ikki marta Bosh vazir (1921 va 1927-yillarda) bo’ldi.
Natsional-liberallar hukumatining xizmati — 1921-yili agrar islohot o’tkazganligidir. Agrar islohot haqidagi dekret bo’yicha qirollik, davlat yerlari, cherkov yerlarining bir qismi, shuningdek 2 mln. ga pomeshchiklar yerlari to’lov evaziga musodara qilindi. Agrar islohot qishloq xo’jaligini o’zgartirib, quloqlar va o’rtahol dehqonlarning qudratli qatlamini yaratdi. 20-yillar oxirida pomeshchiklarga tegishli yerlarning 66 foizi musodara qilindi.
Agrar islohot ichki bozorni kengaytirishga, shaharga ishchi kuchi kelishiga, shuningdek qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishga imkon berdi. Bu sanoat ishlab chiqarishiga ham darhol ta’sir ko’rsatdi. Natsional-liberal partiya hukumati bevosita va bilvosita soliqlarni oshirib, sanoat o’sishini rag’batlantirdi. Natijada urushdan oldingi sanoat darajasidan 1924-yildayoq o’tib ketildi.
1927-yil iyulida qirol Ferdinand vafot etdi. Taxtni uning kichik yoshli o’g’li Mixail (Mixay) egallashi lozim edi. Lekin mamlakatga bundan ikki yil avval quvib yuborilgan valiahd Karol (Karl) qaytib kelib, to’ntarishni amalga oshirdi va o’zini qirol deb e’lon qildi. Siyosiy inqiroz butun Ruminiyani qamrab oldi. Bunga 1929-yildan 1932-yilgacha davom etgan iqtisodiy inqiroz ham qo’shildi. Inqirozdan chiqish uchun asosan ish haqini kamaytirishga va ish kunini uzaytirishga qaratilgan «sog’lomlashtirish rejasi» ishlab chiqildi. Bu hol shunday ham turmush darajasi Yevropadan eng past ko’rsatkichlardan bo’lgan ishchilarda g’oyat katta norozilik uyg’otdi. 1933-yil yanvar-fevralida kurash temir yo’llarini va neft sanoatini qamrab oldi. Qator joylarda temiryo’lchilar ustaxonalarni o’z qo’llariga olishdi va o’z-o’zini mudofaa qilish bo’linmalarini tashkil etishdi. Hukumat ishchilar bilan kurashga qo’shinlarini tashladi. Buxarestda politsiya bilan to’qnashuv paytida qo’shinlar tomonidan 400 kishi oidirildi, 2 ming kishi qamoqqa olindi.
Hukmron doiralar o’zlarining xalqqa qarshi zarbdor qurolli bo’linmalarini tuza boshladi. Ularning qo’llab-quvvatlashi bilan Ruminiyada «Temir gvardiya» fashistik bo’linmalari vujudga keldi. Ruminiya ikki lagerga ajraldi va ular o’rta-laridagi keskinlik Ikkinchi jahon urushigacha barham topmadi. 1933-yil noyabrdan 1937-yil oxirigacha rumin hukumatini natsional-liberallar shakllantirib, rahbarlik qilishdi. Ular mehnatkashlar ommasiga nisbatan repressiv siyosatini kuchaytirishdi. Mamlakatda fashistik xavf tobora ortib bordi. Reaksion doiralar mehnatkashlarning chiqishlariga qarshi yanada qat’iy choralar ko’rilishini talab qilishdi.
1937-yili fashistlar svastika taqib yurishga ruxsat olishdi. 10-fevralda Ruminiyada qirolning shaxsiy hokimiyati tartiboti o’rnatildi. Barcha demokratik erkinliklar tugatildi, parlament tarqatildi, kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar ta’qiqlandi. Saylovlarda bitta o’zi qatnashishi mumkin bo’lgan «Milliy tiklanish fronti» yagona partiyasi tuzihshi haqida e’lon qilindi. 1939-yil martida Ruminiya Germaniya bilan «Iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash haqida»gi shartnomani tuzdi. Mazkur shartnoma bo’yicha Ruminiya iqtisodiyoti va siyosati german fashizmining to’liq nazorati ostida qoldi. Ruminiya mazkur bitim yordamida Vengriyaning Transilvaniyani qaytarish harakatlariga qarshi Germaniyaning kafolatlariga erishishga intilardi. Rumin hukmron doiralarining tashqi siyosati urushdan keyingi hududiy yutuqlarni saqlab qolishga qaratildi. Faqat G’arb davlatlari kafolat bera olishlari mumkinligi bois Ruminiya o’ziga hududiy yaxlitlik va’dasini bera oladigan har qanday ittifoqlar va bitimlar kombinatsiyasiga bajonudil ko’nardi.
Qisqacha mazmuni
1881-yildan — Ruminiya — qirollik;
• 1883-yil — Germaniya va Avstro-Vengriya bilan Rossiyaga qarshi ittifoq tuzildi;
• Birinchi jahon urushida — betaraflik;
• 1916-yildan — german blokiga qarshi urushning boshlanishi; mamlakatning german-avstriya qo’shinlari tomonidan bosib olinishi. Rossiyaning yordami;
• 1918-yil — Ruminiyaning Transilvaniya va Bukovinani bosib olishi (Versal shartnomasi bo’yicha);
• 1919—1921 -yillar — siyosiy va milliy qarama-qarshiliklar. Dehqonlar qo’zg’olonlari;
• 1921 -yil —agrar islohotning o’tkazilishi — pomeshchiklar yerlarining musodara etilishi;
• 1929—1932-yillar — siyosiy va iqtisodiy inqiroz. Mehnatkashlar hisobidan mamlakat iqtisodiyotini «sog’lomlashtirish rejasi»ning qabul qilinishi;
• Hukumatga qarshi chiqishlar. Repressiyalar. Fashistik tashkilotlaming kuchayishi;
• 1937-yil 10-fevral — qirol shaxsiy hokimiyati tartibotining o’matilishi;
1939-yil — Germaniya bilan shartnoma imzolanishi.
29-§. 1918-1939-YILLARDA GRETSIYA
O’z tashqi siyosatida Angliyaga mayli kuchli qirol Georg urush arafasida Salonikida o’ldirilgan edi. Uning o’g’li Konstantin Berlin harbiy akademiyasini tugallagan va german imperatori Vilgelm II ning singlisiga uylangan bo’lib, Germaniyaga mutaassiblarcha sodiq edi. U Germaniya qudrati va g’alabasiga ishongan holda uning tomonida bo’lishga tayyorlanardi. Qirol armiyani Germaniya tomonidan urushga qatnashish uchun shaylayotgan paytda Antanta qo’shinlari 1915-yil 3—5-oktabrda Salonikini, so’ng Salaminni egallashdi.
Ittifoqchilar qirol Konstantinni o’g’li Aleksandr foydasiga taxtdan voz kechishga majbur qilishdi. 1917-yil 29-iyunda Gretsiya Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush Gretsiya uchun muvaffaqiyatli bordi. 1918-yil 15-sentabrda 150 ming kishilik grek armiyasi Salonikida bolgar armiyasmi tor-mor qildi. Bolgariya taslim bo’ldi. Makedoniyada german qo’shinlari asirga olindi va shu bilan Bolqonda harbiy harakatlar to’xtatildi.
Parij tinchlik konferensiyasida Gretsiyaga Frakiyani, Dardanellning Yevropa sohilini, Gallipoli va Izmirni hudud ichkarisiga tomon 100 km. lik qismi bilan berishga qaror qilingan edi. Bu asosan D. Lloyd-Jorjning talabiga ko’ra bajarildi. Angliya strategik muhim rayon — Sharqiy o’rta Yer dengizi bo’yida mustahkam tayanchga ega bo’lishni istardi. Bu Bolqon muammosini yakka tartibda hal etish va Angliyaning dengizlarda hukmronligini ta’minlash uchun intilish edi. Gretsiyaning mazkur mintaqada vassal sifatidagi holati Angliyaga bu yerda qurolli kuchlari bo’lmagani holda vaziyatni to’liq nazorat qilish imkonini berardi.
Biroq Turkiya Gretsiyaga Smirnani berishi lozimligi ko’rsatilgan Sevr shartnomasini tan olmadi. 1919-yil mayida Izmirga grek qo’shinlari tushirilgandan so’ng Kichik Osiyo Turkiya bilan Gretsiya o’rtasidagi shiddatli urush maydoniga aylandi. Urush 1922-yil sentabrigacha davom etdi va grek qo’shinlarining to’liq magiubiyati bilan tugallandi. Mustafo Kamol poshsho boshchiligidagi qo’shinlar 1922-yil 9-sentabrda Izmirga kirdi hamda grek armiyasi-ning tor-mor etilishini yakunladi. Fransiya urushda Turkiyani quvvatladi. Fransuz siyosatdonlari bu urushga eng avvalo Angliya bilan Fransiya o’rtasida Yaqin Sharq ustidan nazorat uchun kurash sifatida qarashardi. Turkiyani Rossiya ham qo’llab-quvvatladi. Zero, Rossiya Turkiyaning yangi yo’lboshchisi Mustafo Kamol poshsho siymosida Sevr shartnomasi tugatilishi uchun kurashdagi ittifoqchini topishga intilardi. Chunki Sevr shartnomasi Bosforni rus kemalari uchun yopib, uni ingliz kemalari uchun ochib berishi mumkin edi. Bu mintaqada Angliya mavqeining mustahkamlanishi Rossiya hukumati rejalariga kirmasdi. 1921-yil 16-martda Moskvada imzolanilgan Rossiya — Turkiya shartnomasi bo’yicha Rossiya hukumati Turkiyaga boshqa mamlakatlardan qurol-aslaha va harbiy kiyim-kechak sotib olishi uchun pul bilan, shuningdek katta miqdordagi qurol-yarog’, jangovor o’q-dori va boshqa harbiy anjomlar bilan tekin yordam ko’rsatdi. Bularning barchasi Turkiya uchun hal qiluvchi rol o’ynadi — intervensiya mag’lub etildi.
Sevr tinchlik shartnomasi — Versaldan keyingi sulhning asosiy bo’g’inlaridan biri yo’q qilindi. Bu Gretsiyada qirol Konstantinning ag’darilishiga olib keldi. Gretsiyaning mag’lubiyati Angliyada D. Lloyd-Jorjning iste’foga chiqishiga sabab bo’ldi. Uni «urushni yutib, tinchlikni yutqazishda» ayblashdi. Aslida Angliya o’zining eski siyosiy manevrlarini amalga oshirishda ancha zaif bo’lib chiqdi.
1922-yil 11-oktabrda Muddaniyada sulh tuzildi, 1923-yil 24-iyulda esa Lozannada Sharqiy Frakiyani va Kichik Osiyodagi hududlarni Turkiyadan qoldirgan Lozanna tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu Buyuk Gretsiyani barpo etish haqidagi barcha xayollarning xotimasi bo’ldi.
Iqtisodiy larzalar inqilobiy harakatning kuchayishiga olib keldi. 1924-yil martidagi saylovlarda respublika boshqaruvi tarafdorlari ko’pchilik ovoz olishdi. 1924-yil 25-martda Gretsiya respublika deb e’lon qilindi. Qirol mamlakatni tark etdi.
Keyingi yillardagi eng ahamiyatli voqea agrar islohohning o’tkazilishi bo’ldi. 1929— 1932-yillardagi jahon iqtiodiy inqirozi Gretsiya iqtisodiyotida og’ir aks etdi. Bu iqtisodiyotning mushkul ahvoli uchun butun aybni respublikachilar tuzumiga qo’ygan monarxistlarning faollashuviga olib keldi. 1933-yil 10-oktabrda harbiy ministr, general Kondilis harbiy to’ntarish uyushtirib, monarxiya e’lon qildi. U soxta plebissit o’tkazgan holda Angliyadan qirol Georg II ni qaytarib keldi (1935-yil 25-noyabr). Gretsiyada terror va repressiyalarning uzoq davri boshlandi.
Monarxik terror javob reaksiyasini qo’zg’atib, mamlakatda hukumatga qarshi ommaviy harakat boshlandi, keng stachkachilik harakati avj oldi. 1936-yil mayida mamlakatda 300 ming kishi qatnashgan umumiy ish tashlash bo’lib o’tdi. 1936-yil 5-avgustiga ikki soatlik umumiy norozilik stachkasi tayinlangan edi.
Inqilobiy harakat kuchayishidan cho’chigan hukumat hujumga o’tdi. German harbiy akademiyasida ta’lim olgan, natsistlar mafkurasining ochiq tarafdori, harbiy ministr general Metaksas 1936-yil 4-avgustda mamlakatda shaxsiy diktatura tartibini o’rnatib, davlat to’ntarishini amalga oshirdi. Parlament tarqatildi, tez orada qabul qilingan «Kommunizmga va uning oqibatlariga qarshi kurash choralari haqida»gi qonunga ko’ra, partiyalar va ittifoqlar tuzish, yig’ilish va mitinglar o’tkazish taqiqlandi, o’ta qattiq senzura joriy etildi. General Metaksas Gretsiya iqtisodiyotida germanlar ishtiroki ancha ortishiga sharoit yaratdi, qator savdo shartnomalari tuzib, Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini o’tkazdi. Germaniya Gretsiyaga katta miqdorda qarz berdi.
Qisqacha mazmuni
• Mamlakat hududining Parij tinchlik konferensiyasi qarorlariga muvofiq kengaytirilishi;
• 1919-yil, may — Turkiya va Gretsiya o’rtasida urushning boshlanishi, grek qo’shinlarining mag’lubiyati;
• 1921-yil — Rossiya va Fransiyaning Turkiyani qo’llab quvvatlashi;
• 1923-yil — Lozanna tinchlik shartnomasi — Parij tinchlik konferensiyasi qarorlarining bekor qilinishi;
• 1924-yil — Gretsiyaning respublika deb e’lon qilinishi;
• demokratik yangiliklarning, agrar islohotning o’tkazilishi;
• 1929—1932-yillar — jahon iqtisodiy inqirozi — iqtisodiyotning keskin pasayishi;
• 1933-yil 10-oktabr — harbiy to’ntarish va monarxiya boshqaruvining tiklanishi;
• terror va repressiyalar. Hukumatga qarshi ommaviy chiqishlar;
• 1936-yil 4-avgust — davlat to’ntarishi, parlamentning o’rnatilishi;
• Germaniya bilan ittifoq tuzilishi.
30-§. 1918-1939-YILLARDA ALBANIYA
Albaniya tog’li mamlakat bo’lib, hududining 2/3 qismi dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan. Uning maydoni XX asr boshida bor-yo’g’i 27,5 ming kv. km. ni tashkil etar, aholisi esa 1 mln. kishidan sal ko’proq edi. Albaniya Yevropaning eng qoloq qismi bo’lib, bu yerda XX asr boshlarigacha urug’-qabilachilik tuzumi qoldiqlari saqlanib keldi. Albaniya iqtisodiyotining asosiy sohasi past rivojlanish darajasida turgan qishloq xo’jaligi edi. Chorvachilik dehqonchilikdan ustun turardi. Ekinzor maydonlarning katta qismi pomeshchiklar, cherkov va davlat qo’lida edi. Chog’roq bo’laklarga bo’lingan yer chorakor-dehqonlarga ijaraga berilardi. Dehqonlaming 45 foizidan ko’prog’i yersiz bo’lib, pomeshchikning xizmatiga borishga majbur edi. Dehqonlar har yili davlatga desyatina to’lashlari, hosilning yarmini pomeshchikka berishlari va yilda 10 kundan 52 kungacha pomeshchik dalalarida ishlab berishlari shart edi.
1918-yilga kelib, Albaniyada sanoat deyarli yo’q edi. Qayta ishlash va yengil sanoatning kam sonli korxonalari faoliyat ko’rsatardi. Foydali qazilmalarni qazish va qidiruv ishlarini xorijiy monopoliyalar olib borishardi. Mahalliy burjuaziya o’z kapitalini asosan savdo va sudxo’rlik sohalariga yo’naltirgan edi.
XV asrda Turkiya Albaniyani bosib oldi va uning hukmronli bu yerda XX asr boshlanga qadar davom etdi. Faqatgina 1912-yilda, ya’ni Bolqon urushlari natijasida Albaniya mustaqil suveren davlat deb e’lon qilindi. Uning chegaralari 1913-yili Londonda bo’lib o’tgan konferensiyada aniqlab berildi. Angliya, Italiya, Avstro-Vengriya va Rossiya davlatlari Albaniyaning xalqaro nazorat ostidagi betaraf davlat deb e’lon qilinishi to’g’risidagi qarorni qabul qildi.
Birinchi jahon urushi avvalida Albaniya betaraflik e’lon qildi. Lekin qo’shni mamlakatlar uni buzib, mamlakatga hujumlar uyushtirdi. Albaniyaning shimoliy, janubiy va markaziy qismiga Italiya, Cherniy Drin rayoniga Serbiya, mamlakat janubiga Gretsiya qo’shinlari bostirib kirdi. Mamlakat bosqinchilar hokimiyati ixtiyorida qoldi. 1918— 1920-yillar mobaynida alban xalqi orqasida davlat hududini Italiya, Gretsiya va Yugoslaviya o’rtasida bo’lib olish o’tkazildi. Ularga Albaniya hududining muayyan qismlari o’tdi.
Xalqning norozilik mitinglari 1920-yil 2-avgustda bosqinchilarga qarshi qurolli kurashga aylandi. Italiya Albaniya mustaqilligini tan olishga va uning hududini tark etishga majbur bo’ldi. 1921-yili alban vatanparvarlari bo’linmalari mamlakat shimolini yugoslav qo’shinlaridan ozod etishdi. 1921-yili Italiya, Gretsiya va Yugoslaviya o’rtasidagi uzoq munozaralardan so’ng Albaniya mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi haqida e’lon qilinib, boshqaruv regentlik kengashiga berildi. Amalda hokimiyat Ahmad Zogu qo’lida saqlanib qoldi.
1921-yildan 1924-yilgacha bir-birini almashtirgan hukumatlar bitta siyosatni: yoki Yugoslaviyadan, yoki Italiyadan mo’ljal olish siyosatini yurgizishardi. Mazkur hukumatlarda Ahmad Zogu tarafdorlari rahbarlik rolini o’ynashardi. Xorijiy kompaniyalar mamlakatda xo’jayinlik qilishardi.1921-yili ingliz-eron kompaniyasi aniqlangan neft konlarini tasarruf etishga ruxsat oldi. Mis, temir rudalarini italyan va fransuz firmalari qazib olishardi.
Jamiyatning keng qatlamlarida Ahmad Zogu siyosatidan norozilik kuchayib bordi. «Bashkimi» («Birlik») jamiyati hukumatga muxolifatning markaziga aylandi. 1924-yil 20-aprelda A. Zogu hukumati josuslari tomonidan «Bashkimi» rahbarlaridan biri — Avni Rustamiy o’ta og’ir yarador qilindi. Qotillarni sud qilish talabi hukumat tomonidan rad etildi. Mamlakatda qo’zg’olon boshlanib, 1924-yil mayi oxirida qo’zg’olonchilarning poytaxtni ishg’ol qilishlari bilan tugallandi. Biroq yangi hukumat mehnatkashlarning yutuqlarini mustahkamlay olmadi va tez orada chet el interventlari yordamida ag’darib tashlandi. 1924-yili Albaniya diktatorlik huquqlari berilgan Ahmad Zogu boshchiligida rasman respublika deb e’lon qilindi. 1928-yil 1-sentabrda mamlakatda respublika tuzumi tugatildi va Zogu qirol, Albaniya esa monarxiya deb e’lon qilindi.
Albaniyaga italyan kapitalining ommaviy joriy etihshi Ahmad Zogu bilan bog’liqdir. 1925-yili Italiyadan boshqariladigan Albaniya Milliy banki tuzildi. Italiya kapitalistlari mamlakatning butun xalq xo’jaligini egallab olgan turli aksiyadorlik korxonalari tuzishdi. 20-yillar boshlarida neft konlarining ochilganligi mamlakatning boshqa mamlakatlar — Angliya va Fransiya tomonidan ham asoratga solinishiga olib keldi.
Qirol Zogu I saroyi feodal xarakterda bo’lib, alban ishlaridan manfaatdor turli davlatlar josuslarining kurashi maydoniga aylandi. Sobiq nemis zobiti boshchiligidagi armiyada nemischa ta’sir ustun edi, harbiy ministrlikda italyanlar hukmronlik qilishardi, jandarmeriya esa neft kompaniyalarining xodimlari bo’lgan inglizlardan iborat edi. Italiya Zogu I ga muddatsiz yirik qarz berdi. Bu qarz qanday maqsadlarga sarflangani noma’lumligicha qoldi.
30-yillar oxirlarida Albaniyaning fashistik Italiya tomonidan bosib olinishi xavfi keskin kuchaydi. Mussolini hukumati Albaniyaning hatto nomiga mustaqilligini ham tugatishga qaror qildi. 1938-yili Gitler bilan Mussolini o’rtasida ta’sir doiralarini bo’lib olish haqida kelishuv amalga oshirildi va Albaniya italyan doirasiga kiritildi. Albaniya hududi italyan hukumatiga keyingi bosqinchilik harakatlarda platsdarm sifatida foydalanish uchun ham kerak edi.
1939-yil 7-aprelda Mussolini Durras va Valonga desant tashlashni boshladi. 13-aprelda Albaniyaning bosib olinishi yakunlandi. Milliy kengash yana osongina Zogu I ni taxtdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi va bu taxtni endilikda «Italiya va Albaniya qiroli» deb nomlanadigan italyan qiroliga taqdim etdi. Ahmad Zogu mamlakatdan dastlab Salonikiga, so’ngra Londonga qochdi. Bolqon yarim orolidagi yangi istilolar uchun platsdarm sifatida ko’zlangan harbiy obyektlar qurilishi boshlab yuborildi.
Biroq 1939-yil 7-aprel kuni alban xalqining yangi, demokratik Albaniya mustaqilligi uchun kurashi kuchayishining muqaddimasi ham bo’ldi.
Qisqacha mazmuni
• Albaniyaning Birinchi jahon urushida betaraf bo’lishi;
• 1921-yil — Mustaqillik e’lon qilinishi. Mamlakatdagi boshqaruv regentlik kengashi qo’lida;
• 1924-yil — Albaniyaning respublika deb e’lon qilinishi;
• 1928-yil — Monarxiya boshqaruviga qaytish;
mamlakat iqtisodiyotining chet el davlatlariga qaramliQi;
• 1939-yil 7-aprel — mamlakatning Italiya tomonidan bosib olinishi;
• Italiya qiroli Viktor — Emmanuel Albaniyani boshqaradi;
Albaniya — Italiyaning Bolqon yarim oroliga hujumi uchun platsdarm.
OSIYO MAMLAKATLARINING IQTISODIY VA SIYOSIY RIVOJLANISHI (1918-1939-YILLAR)
31-§. 1918— 1939-YILLARDA TURKIYA
Birinchi jahon urushi Osiyodagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Turkiya Germaniyaning ittifoqchisi bo’lgani bois yengilgan mamlakat qismatini bo’lishib oldi. To’g’ri, Angliya bilan Fransiya o’rtasidagi ziddiyatlar tufayli g’olib davlatlar uzoq vaqt mobaynida tinchlik shartnomasi tuzishga muvoffaq bo’lishmadi. Baribir, 1920-yil 10-avgustda Parij yaqinidagi Sevr shahrida shunday shartnoma imzolandi. Bu Turkiya taqdirini hal qilishi lozim edi.
Sevr shartnomasiga ko 'ra sobiq Usmonli turk imperiyasi amalda Fransiya bilan Angliya o’rtasida taqsimlandi. Suriya va Livan Fransiya mandati ostiga o’tdi. Millatlar Ligasidan olgan mandat shartlariga ko’ra, Fransiya yigirma yilda Suriya va Livanni mustaqillikka tayyorlashi shart edi. Xuddi shu shartlarda Angliya ham Mesopotamiya (Iroq) va Falastinga mandat oldi. Hijoz qirolligi (Arabiston yarim oroli) mustaqil deb e’lon qilinadigan bo’ldi.
Sevr tinchlik shartnomasida nafaqat Usmonli turk imperiyasining bo’linishi, balki Turkiyaning o’zini ham parchalash ko’zda tutilgandi. Turkiyada yarim mustamlaka tartiboti o’rnatilardi va amalda suveren davlat huquqidan mahrum qilingandi. Chet ellik fuqaro turk sudiga bo’ysunmasligi mavjud bo’lgan kapitulyatsiya tartiboti ham tiklanardi. Angliya va Fransiya vakillaridan iborat komissiya Turkiya mablagiariga egalik qilar, Turkiya byudjetining nazoratini amalga oshirardi.
Sevr shartnomasining imzolanishi butun Turkiyada norozilik to’g’yonini uyg’otdi. Hukumat shartnomani qatiyan rad etdi. Turkiyada Sevr shartnomasini tugatishga qaratilgan milliy-ozodlik harakati boshlandi. Qishloq joylarda partizan bo’linmalari, shaharlarda ishchi tashkilotlari tuzishga kirishildi. Milliy-ozodlik harakatining tashkil etilishi va tayyorlanishida turk armiyasi generali Mustafo Kamol poshsho katta rol o’ynadi. U qisqa muddatda turk armiyasini yangidan tuzishga erishdi va bu armiya 1922-yili intervension armiyaning bir qismi bo’lgan grek qo’shinlarini magiubiyatga uchratdi. Shundan keyin Mustafo Kamol izdoshlari kamolchilar, Turkiyadagiday yuz bergan inqilob esa kamolchilik inqilobi deb atala boshlandi. Bu davrda Rossiya davlati Turkiyaga katta moddiy-ma’naviy yordam ko’rsatdi. 1921yil 6-martda Moskvada do’stlik va birodarlik haqida sovet-turk shartnomasi imzolandi. Sovet hukumati Sevr shartnomasini tan olishdan bosh tortdi va Turkiyaga 10 mln. so’mlik oltin miqdorida tekin yordam berdi. Mustafo Kamol bu mablag’ni o’z armiyasining qurol bilan to’liq jihozlanishiga sarfladi.
Mustafo Kamol (1881—1938) - 1918— 1923-yillarda Turkiyadagi milliy-ozodlik kurashining rahbari. 1923-yildan 1938-yilgacha Turkiya respublikasi-ning birinchi prezidenti. Mamlakat milliy mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash uchun kurashgan. Xizmatlarining e’tirofi sifatida Otaturk (turklar otasi) faxriy unvonini olgan.
Dastlabki yutuqlar Mustafo Kamolni yanada ruhlantirdi. Uning tashabbusi bilan sultonlik bekor qilindi va sulton mamlakatdan qochib ketdi. Turkiya qoloqligining, magiubiyatlarining, G’arb davlatlariga qaram yarim mustamlaka provinsiyaga aylanib qolganligining bosh sababiga barham berildi. 1923-yil aprelida Mustafo Kamol tashabbusi bilan yangi partiya — Xalq partiyasi tashkil etildi. Xalq partiyasi (keyinroq Xalq respublikasi partiyasi — XRP nomini olgan) Mustafo Kamol va uning inqilobiy islohotlari uchun asosiy siyosiy tayanch bo’lib keldi.
Turkiya respublikasi G’arb davlatlarini Sevr shartnomasi o’rniga yangi shartnoma imzolashga majbur qildi. 1923-yil 24-iyulda Lozanna shahrida imzolangan yangi shartnomaga muvofiq, Antanta davlatlari Turkiya mustaqilligini, kapitulyatsiya va unga asoslangan noteng huquqli shartnomalar bekor qilinishini tan olishdi. Lozanna shartnomasi yangi mustaqil turk davlatining G’arb davlatlari tomonidan tan olinganligi hujjati sifatida Turkiya uchun o’ta muhim ahamiyatga ega edi. XVII—XVIII asrlardagi puturdan ketgan sultonlik davlati bo’laklarida demokratik prinsiplarga ega zamonaviy davlat yaratildi. Turkiya nafaqat mustaqillikka erishgan, balki ko’p partiyali siyosiy platformali prezidentlik respublikasi tarzidagi demokratik boshqaruv prinsiplarini qabul qilgan birinchi Osiyo davlati ham edi.
Turkiyada g’alaba qilgan kamolchilik inqilobi qator o’ziga xosliklarga ega edi. Eng avvalo, iqtisodiy rivojlanish asosida iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi turardi. Bu shuni anglatardiki, davlat kapital jamg’arilishi va xususiy turk kapitalini rag’batlantirish uchun barcha o’z dastaklaridan foydalanadi. Xususiy kapital imtiyozli kreditlar olgani holda imtiyozli holatga qo’yiladi. Bu milliy xususiy tadbirkorlar qatlamini yaratish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Shuningdek, pudrat va davlat korxonalariga mahsulot yetkazish bilan shug’ullanadigan xususiy mulkdorlarning boyishi uchun ham imkon yaratdi.
Mazkur siyosat natijalar bera boshladi. 20-yillarda birinchi qand zavodlari qurildi, to’qimachilik sanoati kengaytirildi, temir yo’llar tarmog’i yuzaga keldi, birinchi milliy banklar tashkil etildi. Biroq dehqonlar kamolchilik inqilobidan hech narsa olishmadi — yer avvalgidek zamindorlar va davlat amaldorlari qo’lida qoldi.
Kamolchilik inqilobining ikkinchi xususiyati qotib qolgan an'analarning sindirilishidan va davlat boshqaruvining isloh qilinishidan iborat edi. 1924-yili o’tkazilgan islohotlar Turkiyani zamonaviylashtirdi. Musulmon diniy maktablari yopildi, din va vaqf ishlari vazirligi tugatildi, barcha o’quv yurtlari dunyoviy bo’ldi hamda faqat maorif vazirligiga bo’ysundirildi. Musulmon diniy sudlari ham tugatilib, ularning vazifalari davlat sud muassasalariga berildi. Yangi jinoyat, fuqarolik va boshqa kodekslar nashr qilindi, mamlakat qiyofasini «yevropalashtirgan» qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, avvalgi arabcha imlodagi alifbo o’rniga lotincha asosdagi yangi alifbo qabul qilindi. Turkiya uchun zamonaviylashtirish va g’arbiy qadriyatlar mo’ljalga aylan-di.
Kamolchilik inqilobining yana bir xususiyati mamlakat rivojlanishining demokratik yo’lini ta’minlash edi. 1924-yil 20-aprelda Turkiya respublikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu konstitutsiya mehnatkashlarga real huquqlar berdi. Konstitutsiyada ko’pgina kamchiliklar bor edi, demokratik erkinliklarga kafolatlar ta’minlanmagandi. Baribir, bu konstitutsiya sultonlik davridagi davlat tuzumiga nisbatan olg’a tashlangan ulkan qadam edi.
Shuningdek, kamolchilik inqilobi odatda respublikaning barcha yutuq va muvaffaqiyatlari sababchisi bo’lgan muayyan shaxs nomi bilan bog’liq bo’ldi. Respublika e’lon qilinganidan so’ng mamlakatda ulkan shuhrat qozongan Mustafo Kamol respublikaning birinchi prezidenti etib saylandi va u bu lavozimni 1938-yilda vafot etguniga qadar uzluksiz egallab turdi. Mustafo Kamol 1927-yili Xalq respublikasi partiyasining umrbod raisligiga saylandi va unga Otaturk, ya’ni Turklar otasi faxriy unvoni berildi. Kamolchilik inqilobidagi shaxs kulti shu bilan izohlanadiki, bunday inqiloblarning harakatlantiruvchi kuchi aholining turli guruhlari — ishchi-dehqonlardan tadbirkorlar, yirik savdogarlar, ziyolilar va yuqori amaldorlargacha bo’ladi. Binobarin, ularni faqat millat yo’lboshchisi sifatida hamma tan olgan shaxs birlashtirishi mumkin. Bu yo’lboshchiga katta ustunliklar beradi — u demokratik atributlardan foydalangan holda islohotlar o’tkazishga go’yo butun xalqdan sanksiya oladi. Buni kamolchilik inqilobining eng diqqatga sazovor xususiyati deyish mumkin.
Shu bilan birga kamolchilik inqilobi qator salbiy xususiyatlarga ham ega edi. Avvalo, davlat hokimiyati shovinistik mazmun kasb etgani holda Turkiyaning barcha fuqarolari, dini va millatidan qat'i nazar, turklar ekanligini e’lon qildi. Bunday shovinizm hukumat qattiq tazyiqqa olgan kurd aholisini chiqishlarga undadi. Boshqa tomondan, kamolchilik hukumati dehqonlarning taqdiriga mutlaqo befarqlik bilan qarardi va ularga yer berilishi uchun hech narsa qilmadi. Hukumat kurdlarning va dehqonlaming barcha chiqishlarini shafqatsizlik bilan bostirdi, mavjud hamda patensial muxolifat vakillari o’rtasida ko’p sonli qamashlar o’tkazildi. Shu tariqa kamolchilik inqilobi asta-sekin o’z xalqiga qarshi repressiyalar yo’liga tushib qoldi. Kurdlar va dehqonlar harakati doimiy muammoga aylanib, Mustafo Kamol hukumati vaqti-vaqti bilan ularning chiqishlarini bostirishga intilib, haqiqiy urushlar boshlardi.
Otaturk 1938-yili 57-yoshida vafot etdi. Uning ichki va tashqi siyosatini Ismet Inenyu davom ettirdi. U ham XRP ning umrbod raisligiga saylangan edi. U 1950-yilning mayiga qadar mamlakat prezidenti, 1961-yil noyabridan to 1965-yilgacha Bosh vazir bo’lgan. Ismet Inenyu prezidentligi davrida Turkiya fashistlar Germaniyasi bilan ancha yaqinlashdi. Mamlakat islohotlardan tobora uzoqlashgan holda harbiylashish yo’liga o’tdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan birmuncha oldin Turkiya Germaniya bilan do’stlik to’g’risida shartnoma imzoladi. Garchi urush davrida Turkiya betaraflik e’lon qilgan bo’lsa-da, u Germaniyaga xrom va boshqa qimmatli xom ashyolarni yetkazib bergan, bo’g’ozlar orqali Qora dengizga fashistlar harbiy kemalarini o’tkazgan, o’z hududidan fashistlar josuslariga panoh bergan edi.
Qisqacka mazmuni
Birinchi jahon urushida Germaniya ittifoqchisi. 1920-yil 10-avgust — Sevr tinchlik shartnomasi (mamlakat Fransiya va Angliya o’rtasida bo’lib olindi). Turkiya mustaqillikdan mahrum etilib, iqtisodiyoti Fransiya va Angliya tomonidan nazorat qilinardi;
• Kamolchilik milliy-ozodlik harakati (Mustafo Kamol);
• 1923-yil 24-iyul — Turkiya mustaqilligining tan olinishi, Sevr shartnomasi va kapitulyatsiyaning bekor qilinishi;
• Turkiya — Osiyoda ko’ppartiyali siyosiy tizimga ega birinchi prezidentlik respublikasi;
• iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi;
• milliy sanoatning, moliya tizimining rivojlanishi. Lekin yer zamindorlar mulki sifatida qoldi;
• dunyoviy ta’limning joriy etilishi;
• sud yuritish sohasidagi islohotlar, din davlatdan ajratildi;
• 1924~yil 20-aprel — mamlakatning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustafo Kamol — birinchi prezident;
• shovinizm ifodasi — butun aholi turklardir;
• kurdlar masalasi;
• Ismet Inenyu — iqtisodiyotni harbiylashtirish.
32-§. 1918-1939-YILLARDA XITOY
Kamolchilik inqilobi bilan deyarli bir vaqtda Osiyoning boshqa burchagida Xitoy inqilobi boshlandi. Bu xalq hokimiyatining qaror topishi bilan yakunlangan haqiqiy milliy-ozodlik inqilobi edi. armiyasini janubdan shimolga o’tkazishdek dadil qaror qabul qildi. Bundan maqsad — yaponlar hujumi yanada rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik edi. 1934—1935-yillarda XKPning qurolli kuchlari shimolga yurishni amalga oshir-di. Ularning soni 300 ming kishiga yetardi, lekin doimiy ravishda o’zlarini ta’qib qilayotgan gomindanchilarning hujumlarini qaytarishga majbur bo’lishdi. Janglar bilan Shensi provinsiyasi shimoli tomon 3 ming km. yo’l bosib o’tildi, 300 ming kishidan 30 ming kishi qoldi.
XKP Shensi provinsiyasida o’rnashib olgach, xitoy xalqining yapon agressorlariga qarshi kurashiga boshchilik qildi. XKP birodarkush fuqarolar urushini to’xtatish va Yaponiyaga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirib, Gomindan rahbariyatiga murojaat qildi. Lekin Chan Kayshi bu chaqiriqlarga muntazam ravishda rad etish bilan javob berdi va buning ustiga 1936-yili dekabrda Shensi poytaxti — Sian shahrida Qizil armiyaga qarshi yangi hujum boshlashga harakat qildi.
Ushbu sotqinlikdan g’azablangan Siandagi Gomindanchi qo’shinlar isyon ko’tarib, Chan Kayshini qamoqqa olishdi. Ular Gomindan hukumatining qayta tashkil etilishini, fuqarolar urushi butunlay to’xtatilishini, Sun Yatsen vasiyatlari bajarilishini va Vatanni qutqarish konferensiyasi chaqirilishini talab qilishdi. Faqat Sianga kelgan XKP vakili, Mao Szedun o’rinbosari Chjou Enlayning aralashuvi Chan Kayshini sotqinligi uchun jazodan saqlab qoldi. Chjou Enlay bilan muzokaralar natijasida Chan Kayshi fuqarolar urushini to’xtatish va yapon agressiyasiga qarshilikni tashkil etish haqidagi talabni qabul qildi.
1937-yil iyulida barcha vatanparvar kuchlarni birlashtirgan yagona aksilyapon milliy fronti tashkil etildi. Nisbatan katta bo’lmagan xalq qurolli kuchlari mehnatkashlar ommasining faol madadidan foydalanib, tezda kuchaydi va Xitoyning ko’plab hududlarini ozod qilib, ularni xitoy inqilobining tayanchiga aylantirdi.
Xitoy xalqining yahon bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik urushi uzoq va og’ir bo’ldi. Bu urush 1937-yil iyulida boshlanib, 8 yil, ya’ni 1945-yil sentabriga qadar davom etdi. Yapon qo’shinlari Xitoyda shunday keng hududni, jumladan, ko’plab yirik shaharlarni bosib olishga muvaffaq bo’lishdiki, natijada gomindanchi hukumat ikki marta o’z qarorgohini o’zgartirishiga to’g’ri keldi.
Urush davomida Xitoy xalqi bosqinchilarning ortida yapon istilochilariga qarshilik bazalariga aylangan ozod hududlarni vujudga keltirdi. Ilg’or demokratik kuchlarning ta’siri kengayib bordi. 1940-yil oxiriga kelib, demokratik kuchlar nazoratida turgan hududlar aholisining soni 100 mln. kishini tashkil etardi. Bu yerda xalq hokimiyati tuzumi shakllandi. Bu yerda Xitoyning kelajagi yaratilardi.
Ayni paytda Gomindan qafiy harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortib, taslimchilik siyosatini davom ettirdi. Buning ustiga, Gomindanchi hukumat 1937—1938-yillarda agressor bilan murosali bitim haqida yashirin muzokaralar olib borgani ham ma’lum bo’ldi.
Qisqacha mazmuni
• 1918-yil — Xitoy turmush darajasi eng past bo’lgan yarim feodal, yarim mustamlaka davlat;
• iqtisodiyotda xorijiy kapital hukmronligi;
• inqilobiy harakatning ikki markazi — Gomindan (Sun Yatsen boshchiligida) va XKP;
• 1925—1927-yillar — mamlakatda birinchi inqilobiy fuqarolar urushi;
• 1925-yil — Sun Yatsenning vafoti. Gomindan boshchiligida — Chan Kayshi; XKP bilan kurash.
• 1925—1931-yillar — Janubiy va Markaziy Xitoyda demokratik ishchi-dehqon hokimiyatining e’lon qilinishi;
• Milliy-ozodlik kurashining yagona frontini tuzishga erishilmadi;
• 1931-yil sentabr — shimoli-sharqiy provinsiyalarning Yaponiya tomonidan bosib olinishi;
• 1934—1935-yillar — XKP qurolli kuchlarining yapon intervensiyasiga qarshi kurash uchun mamlakat shimoliga yurishi;
• Chan Kayshining XKP bilan kuchlarni birlashtirishni rad etishi. Gomindanchi qo’shinlar isyoni, Chan Kayshining qamoqqa olinishi;
• 1937-yil — yapon agressorlariga qarshi kurash yagona frontning tashkil etilishi. Kurash 1945-yilgacha davom etdi.
33-§. 1918-1939-YILLARDA VETNAM, KOREYA, INDONEZIYA VETNAM
XIX asrning ikkinchi yarmida Vetnam Fransiya tomonidan bosib olingan va Birinchi jahon urushi oxiriga kelib, Fransiya mustamlakasi — Hindixitoy Ittifoqi tarkibiga kirardi. Butun markaziy hokimiyat fransuz general-gubernatori qo’li da mujassam edi. Mamlakatda monarxiya boshqaruvi saqlanganiga qaramay (nguenlar sulolasi), qirol hokimiyati nomigagina mavjud bo’lib, Janubi-Sharqiy Vetnamga umuman joriy qilinmasdi.
Maxsus nizomga muvoftq vetnamliklar oddiy huquqlardan ham mahrum qilingandi: ular mavjud hokimiyatga qarshi norozilikda ozgina gumon bo’yicha ham sudsiz va tergovsiz ushlanishi va qamoq jazosiga hukm qilinishlari mumkin edi. Vetnamliklar mamlakat ma’muriy apparatida va fuqarolik xizmatlarida yuqori lavozimlarga qo’yilmasdilar.
Fransuz kapitali mamlakatda tanho hukmronlik qilardi. Kapitalning katta oqimi,
ayniqsa sanoatda va mineral xom ashyo qazish tarmogida kuzatilardi. XX asrning 20yillaridan boshlab qishloq xo’jaligiga kapitalning kuchli oqimi boshlandi. Butun bir elatlar quvilgan yerlarda kauchuk, kofe va choy plantatsiyalari barpo etildi.
Fransuz kapitalining sezilarli qismi bank ishiga, savdo va transportga ham yo’naltirildi. Shu tariqa Vetnam iqtisodiyotining butun-butun tarmoqlari Fransiyadagi eng yirik Hindixitoy banki qo’li ga o’tdi. Umuman mamlakatda sanoat birmuiicha rivojlanganiga qaramay, Vetnam aholisining 95 foizi avvalgidek qishloq xo’jaligida band edi. Qishloq xo’jaligida yarim feodal va feodal munosabatlar hukmronligicha qo’lgan edi.
XX asrning 20-yillari boshlarida Vetnamda milliy-ozodlik harakatining yangi yuksalishi boshlandi. Mustamlaka tuzumining tanqidi va demokratik erkinliklar taiabi bilan chiqayotgan turli siyosiy partiyalar hamda guruhlar («Yangi Vetnam partiyasi», «Yoshlar partiyasi») vujudga kela boshladi. Demokratik harakatga qarama-qarshi o’laroq, yirik burjuaziya va zamindorlar partiyasi — «Konstitutsiyaviy partiya» tashkil etildi. Bu partiya Vetnamga dominion maqomi berilishi, fransuzlar va vetnamliklar teng huquqliligi, demokratik erkinliklar berilishi uchun kurashardi. 1927yilda milliy-ozodlik harakatining demokratik qanotiga mamlakatning bo’lg’usi birinchi prezidenti Xo Shi Min boshchilik qila boshladi.
Iqtisodiy inqiroz yillari (1929—1931) ozodlik harakatining yanada yuksalishiga olib keldi. Biroq mustamlakachi ma’muriyatning shafqatsiz repressiyalari yo’li bilan 1930-yili ozodlik harakati asosiy markazlarining tor-mor qilnishiga erishildi. Lekin bu xalqning milliy-ozodlik uchun kurashga bo’lgan irodasini sindira olmadi.
KOREYA
Yaponiya qadim vaqtlardan Koreyaga o’z imperiyasining bir qismi sifatida da’vo qilib kelardi va Rossiyaning rusyapon urushidagi (1905) magiubiyatidan foydalanib, 1910-yilda Koreya yarim orolini bosib oldi. Koreyada amalda cheklanmagan hokimiyatga ega yapon general-gubernatori hukm yurgizardi. Yapon hokimiyatini qo’llab turish uchun bu yerda harbiy eskadralar, ikkita muntazam qo’shinlar diviziyasi va dala jandarmeriyasi qismlari saqlab turildi. Tashkil etilgan davlat apparati yapon bosqinchilari uchun mamlakatning boy tabiiy resurslarini talash va koreys xalqini shafqatsiz tasarruf etish imkoniyatini ta’minlar edi.
Beshafqat mustamlakachilik istibdodi koreys xalqining keskin noroziligini uyg’otdi. 1919-yili butun Koreya bo’ylab yaponlarga qarshi ommaviy namoyishlar bo’lib o’tdi. Birgina Seuldagi namoyishda 300 ming kishi qatnashdi. Namoyishchilarning asosiy tarkibi talabalar bo’lib, ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, savdogarlar, hunarmandlar va tadbirkorlar ularni qo’llab-quvvatladilar. 1930-yili butun Koreyani qamrab olgan mehnatkashlarning kuchli ish tashlashlari ham yaponlarga qarshi shiorlar ostida o’tdi. Seul, Pusan, Vonsan va boshqa shaharlarda talabalarning muntazam qo’shinlar tomonidan bostirilgan chiqishlari bo’lib o’tdi.
Yaponiyaning urushga tayyorlanishi koreys xalqiga yangidan-yangi mushkulliklar, kulfatlar keltirdi. 1931-yili Shimoli-Sharqiy Xitoy (Manjuriya) bosib olingach, Yaponiya hukumati manjur-koreys majmuini, ya’ni Uzoq Sharqdagi bosqinchilik harakatlari uchun iqtisodiy va harbiy platsdarmni yaratishga kirishdi. Shu munosabat bilan Koreya iqtisodiyotiga kapital mablagiar sarfi keskin ko’paydi. Mamlakatda yirik metallurgiya, kimyo korxonalari va elektr stansiyalari qurila boshlandi. Bu korxonalar urush yillarida kerakli ashyolar va buyumlarning uchdan bir qismini Yaponiyaga yetkazib berdi.
Biroq iqtisodiy o’zgarishlar mamlakatda Yaponiya zo’ravonligi kuchayishiga olib keldi — kapitalning 94 foizi yapon sanoatchilari va biznesmenlariga tegishli edi. Koreya sanoati yapon iqtisodiyoti uchun zarur buyumlar ishlab chiqarishga moslashtirilgan bo’lib, Yaponiyaga butunlay bogiiq edi. Sanoat korxonalari Yaponiyaga mahsulotni olib chiqish qulay bo’lishi uchun port-shaharlar yaqinida joy-lashtirildi.
Yapon bosqinchilariga qarshi kurash kuchayishda davom etdi. 1931—1933-yillarda o’z bazalarini tog’larda vujudga keltirgan partizan bo’linmalari tuzildi. 1934-yili partizan bo’linmalarining birlashishi natijasida Koreya xalq-inqilobiy armiyasi tashkil etildi va bu armiya yapon agressiyasiga qarshi kurashda Xitoy xalq-ozodlik armiyasiga g’oyatda katta yordam ko’rsatdi.
1936-yili Koreya vatanparvarlik kuchlari Shimoli-Sharqiy Xitoy hududida «Vatanni tiklash jamiyati»ni tuzdi. Mazkur tashkilot dasturida mamlakatda yapon mustamlakachilik tartibini tugatish va Koreya demokratik hukumatini barpo etish ko’zda tutilgan edi.
Jamiyat targ’ibot ishlaridan tashqari Koreya hududida partizanlarning jangovar harakatlarini ham uyushtirdi. Jumladan, 1937-yili Kim Ir Sen boshchiligidagi partizan bo’linmasi hatto maium muddatga Pochxonbo shahrini ozod qildi. Partizanlarning harakatlari yapon agressorlari hokimiyatining beqarorligini vujudga keltirib, mamlakat resurslaridan foydalanishlari va talashlarini qiyinlashtirdi.
INDONEZIYA
Indoneziya tarkibiga umumiy maydoni 2 mln. kv. ni tashkil etuvchi uch mingdan ziyod orollar kiradi. Indoneziya aholisi soniga ko’ra (170 mln. kishi) dunyoda to’rtinchi o’rinni egallaydi. Bu yerda 150 ta elat istiqomat qilib, ular
orasida eng ko’p sonlilari yavaliklar, sundlar, madurliklar va xitoylardir. Aholining 90 foizi sunniy mazhabdagi islomdiniga e’tiqod qiladi.
Deyarli 350 yil davomida Indoneziya Gollandiya (Niderlandiya) mustamlakasi bo’lib, Niderland Hindistoni deb atalardi. Bu dunyodagi eng boy mustamlakalardan biri edi va XX asr boshlaridayoq mustamlakachilikning go’yo qo’riqxonasiga aylandiki, Amerika, ingliz va golland kompaniyalari bu yerda birday hukm yuritishardi. Indoneziyadan dunyoning barcha mamlakatlariga kauchuk, qalayi, tamaki, neft, kofe, qand, choy va boshqa ko’p narsalar yetkazib berilardi.
Ikki jahon urushi oralig’ida Indoneziyadagi xorijiy korxonalarda milliy ishchilar sinfi tarkib topib, mahalliy mayda savdogarlar, burjuaziya, milliy tadbirkorlar paydo boia boshladi. Indoneziya milliy burjuaziyasining asosiy qismi o’z mamlakatida o’zining tenghuquqli emasligini o’tkir his etgan holda xalq bilan birga mustamlakachilik hukmdorligidan ozod bo’lish uchun kurashdi.
Mamlakatda eng uyushgan ishchilarni birlashtirgan kasaba uyushmalari yuzaga keldi. Ularning soni tezda ko’payib, kasaba uyushmalari inqilobiy yo’nalish va bay-nalmilal mazmun kasb eta boshladi.
Ishchilarning birlashishga intilishlari tufayli 1919-yil oxirida lndoneziya yagona kasaba uyushma markazi tuzildi. 1918—1919-yillarda barcha orollarda, ayniqsa Yavada uyushqoqligi bilan ajralib turadigan, mustamlakachilikka qarshi mazmundagi stachkalar avj oldi. Bu inqilobiy kurash to’lqinida siyosiy partiyalar vujudga keldi. Ularning ba’zilari islohotchilik tusidagi kurash yo’lini yoqlashsa, boshqalari faol qurolli kurashga qafiy tarafdor edi.
1926— 1927-yillarda butun Indoneziyani qo’zg’olon qamrab oldi. Ayniqsa, Yava hamda Sumatra orollarida qo’zg’olon kuchli o’tdi. Mustamlakachilikka qarshi maz-mundagi qo’zg’olon shafqatsizlarcha bostirildi. Ikki yuz nafar qo’zg’olonchi qatl etildi. Gollandiya mustamlakachi hokimiyatining shafqatsizligi dunyoni larzaga soldi. Lekin qo’zg’olon Indoneziya xalqining boshqa ko’plab qatlamlarini, birinchi navbatda ziyolilarini mustaqillik uchun kurashga qo’zg’atdi.
1927-yili Bandungda Indoneziya Milliy partiyasi tuzildi. Bu partiyaga Indoneziyaning bo’lg’usi birinchi prezidenti, muhandis Sukarno boshchilik qildi. Partiya mamlakat mustaqilhgiga erishishni o’z maqsadi deb bilgan holda bunga xalqni birlashtirish yo’li bilan intila boshladi. Partiyaning ijtimoiy asosi ancha keng, ya’ni ziyolilar, mayda va o’rta burjuaziya, ishchilar, dehqonlar va hunarmandlardan iborat edi.
Sukarno (1901—1970) — Indoneziyaning 1945— 1967-yillardagi prezidenti. Indoneziya Milliy partiyasi asoschilaridan biri. Mustamlakachilikka qarshi, mamlakat mustaqilligi e’lon qilinishi uchun faol kurashchi.
Indoneziya Milliy partiyasining s'ezdida indonez tilini, indonez vatanini va indonez millatini butun arxipelag aholisi uchun yagona deb e’lon qilingan dastur qabul qilindi. Bu hol umumindonez xalqining shakllanish jarayoni boshlanganidan dalolat edi.
1929-yil dekabrida IMP rahbarlari va Sukarno hibsga olinib, turli qamoq muddatlariga hukm qilindi. Ular «qonuniy hukumatni majburiy ag’darish»ga intilishda ayb-landi. IMP tez orada tarqatib yuborildi, lekin ko’p o’tmay yangi nom — Indoneziya partiyasi nomi bilan qayta tuzildi va mamlakatdagi milliy-ozodlik harakatini boshqara boshladi. Qamoqdan chiqqanidan keyin Sukarno Indoneziya partiyasiga rahbarlik qildi, biroq tez orada (1933-yil 1-avgust) yana qamoqqa olinib, mamlakatning uzoq joylaridan biriga badarg’a etildi.
Urush yaqinlashishi sharoitlarida mustamlakachi hokimiyat milliy harakatga nisbatan repressiyani kuchaytirdi. Bu o’z navbatida yashirin harakat qilayotgan so’l kuch-larni 1937-yili yangi partiya — «Indoneziya xalqi harakati» (Gerindo)ni tuzishga majbur qildi. Bu partiya IMP va Indoneziya partiyasi dasturlarini o’z faoliyati uchun asos sifatida oldi. 1939-yil yoziga kelib, Gerindo mamlakat mus-taqilligi, demokratik huquqlar va erkinliklar e’lon qilinishi uchun kurashayotgan 10 mingdan ziyod kishidan iborat edi.
Qisqacha mazmmuni
Vetnam
• XIX asr ikkinchi yarmi — Fransiya mustamlakasi (Hindixitoy ittifoqi tarkibida);
• mahalliy aholi diskrinimatsiyasi;
• mamlakatda fransuz kapitali hukmronligi;
• XX asrning 20-yillari — milliy-ozodlik harakatining yangi
yuksalishi. 1927-yildan Xo Shi Min rahbarlik qiladi;
• 30-yillar — milliy-ozodlik harakatining asosiy markazlari tor-mor etildi. Mustaqillik, tenglik va demokratik erkinliklar uchun kurash davom etadi.
Koreya
• 1910-yildan — Yaponiya mustamlakasi (mamlakatni yapon general-gubernatori boshqaradi);
• 1919-yil — yaponlarga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari. Qo’shinlar tomonidan bostirildi;
• 30-yillar — yaponlarga qarshi yangi chiqishlar;
• 1931-yildan — Uzoq Sharqni bosib olish uchun harbiy platsdarm sifatida manjur-koreys majmuining bunyod etilishi;
• mamlakat iqtisodiyotining Yaponiyaga to’liq bog’liqligi;
• «Vatanni tiklash jamiyati» — mustamlaka tuzumini tugatish va mamlakatning demokratik hukumatini tuzish uchun kurash.
Indoneziya
• XX asr boshlarida — Gollandiya (Niderlandiya) mustamlakasi. Mamlakat tabiiy resurslarining ingliz, amerika va golland kompaniyalari tomonidan talanishi;
• 1918—1919-yillar — mustamlakachilar hukmronligiga qarshi ommaviy chiqishlar;
• 1926—1927-yillar — Gollandiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi ommaviy chiqishlarning yangi to’lqini. Muntazam qo’shinlar tomonidan bostirilgan;
• 1927-yil — milliy-ozodlik harakatiga boshchilik qilgan Indoneziya Milliy partiyasining (IMP) tuzilishi. Sukarno— IMP ning faol rahbarlaridan biri;
• 1929-yil — IMP tarqatildi. Sukarno qamaldi. IMP ishini davom ettirgan Indoneziya partiyasi (Partindo) tashkil etildi.
• 1937-yil — Mustaqillik va demokratik erkinliklar uchun kurashgan indonezxalqi harakati (Gerindo) tashkil etildi.
34-§. 1918-1939-YILLARDA HINDISTON
Birinchi jahon urushidan keyingi voqealar shuni ko'rsatdiki, Hind milliy kongressi (HMK) hind xalqi orasida katta obro’-e’tiborga ega, xalqning o’zi ham zolimlarga qarshi yangidan kurash boshlashga shay. Shu bilan birga ingliz hukumati Angliya toji-ning eng boy va eng go’zal qismi bo’lgan Hindistondan ket-moqchi emasligini ko’rsatdi.
1919-yil 13-aprelda Amritsar shahrida (Panjob poytax-ti) ingliz qo’shinlari taniqli siyosiy arboblarning, HMK faol rahbarlarining shahardan chiqarib yuborilishiga qarshi norozilik mitingini o’qqa tutdilar. Maydonda 20 ming kishi to’plangan edi. Qo’shinlar qurolsiz kishilarga qarata o’q ota boshiashdi. Mingdan ziyod kishi oidirildi, ikki mingdan ko’prog’i yaralandi. Hind xalqi ommaviy chiqishlar, namoyishlar, ish tashlashlar bilan javob qaytardi, hamma joyda politsiya bilan to’qnashuvlar yuz bera boshladi. Mamlakat fuqarolar urushi yoqasiga kelib qoldi.
Biroq HMK boshlangan ommaviy harakatni qo’llab-quvvatlamadi. Partiyada kurashning kuch ishlatish shakllarini inkor etib, faqat tinch, zo’rliksiz shakllariga yo’l qo’yadigan gandicha mafkura g’alaba qozondi. Kurashning bu shaklini Gandi satiyagraxa — «qat'iylik haqiqatda» deb nomladi.
Gandi 1915-yildan HMK ga boshchilik qildi. U mamlakat aholisining ishtirokisiz Hindiston mustaqilligiga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunardi, lekin boshqa tomondan ommaviy chiqishlar zo’rliksiz harakatlar doirasidan tashqariga toshib ketishidan xavfsirardi, zero, bunda Hindiston inqilobiy tartibsizlik domiga cho’kkan bo’lardi. Gandi Lev Tolstoy bilan yaqin aloqada edi va Tolstoyning
yomonlikka zo’ravonlik bilan qarshi chiqmaslik haqidagi ta’limotini qabul qilgandi.
Tolstoy va Gandi uzoq vaqt xat yozishib turishdi hamda Gandi o’zini Tolstoyning shogirdi deb bilardi.
Gandi Mahatma Karamchand (1869—1948) — milliy-ozodlik harakatining yo’lboshchiiaridan biri. 1915-yildan Hindiston milliy kongressi partiyasi rahbari. Mustaqillik uchun milliy-ozodlik kurashi ta’limoti va dasturini ishlab chiqqan. Hind-musulmon to’qnashuvlaridan birida o’ldirilgan.
1918-yildan HMK burjuaziya va ziyolilarning kicnik tashkilotidan ommaviy partiyaga aylana boshladi. Gandining tinch namoyishlarda va tinch yurishlarda qatnashishga chaqirig’i hind mehnatkashlarining keng ommasini milliyozodlik harakatiga jalb etish uchun imkon yaratdi.
Shu bilan birga stixiyali ravishda kuchayib borayotgan milliy-ozodlik harakati, zavod va fabrikalardagi ish tashlashlar, provinsiyalardagi dehqonlar g’alayonlari, ko’plab shaharlardagi talabalar va o’quvchilarning chiqishlari Milliy kongress harakatlarini faollashtirish uchun rag’batlantiruvchi omildek edi. Partiyaning o’zida ham bo’linish yuz berdi. Gandining harakatlaridan norozi yosh kongresschilarning bir guruhi J. Neru boshchiligida mustaqillik uchun kurash ko’paytirilishini talab qilgan Umumhindiston mus-taqillik ligasini tuzishdi.
Neru Javaharla’1 (1889—1964) — mamiakat mustaqilligi uchun kurashda M. Gandining safdoshi. Hokimiyat tomonidan ta’qib qilingan, 10 yildan ko’proq qamoqda bo’lgan. 1947-yildan — Hindiston respublikasi Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri.
Hindistonda ish tashlashlar to’lqini avj oldi. Kasaba uyushmalarining ta’siri kuchaydi. Stachkalar siyosiy tus olib, tez-tez birdamlik ish tashlashlari o’tkazildi. Ishchilar bilan dehqonlarning birlashishi kuzatilgani holda ishchi-dehqonlarning birlashgan namoyishlari o’tkazila boshladi va ishchi-dehqon partiyalari tuzildi.
Gandi qon to’kilishini, adovat va qahru-g’azabni istamas, mustaqiilikka kuch ishlatmaslik yo’li bilan erishishni ko’zda tutardi. Mustaqillik uchun kurash kuchayib, qonli to’qnashuv-lar boshlanganini ko’rgach, Gandi barcha chiqishlar oqimini fuqarolar bo’ysunmasligi o’zaniga burishga qaror qildi. U ingliz hokimiyatidan tuz solig’i bekor qilinishini talab qildi. 1865-yili inglizlar tomonidan joriy etilgan bu soliq tuz savdosini Angliya hukumatining monopoliyasi deb e’lon qildi. Tuz narxi yuz barobar oshib ketdi va natijada ko’pchilik hindlar uchun tuz olish imkonsiz holga aylandi. Tuz yetishmasligi tufayli organizmda qaytarilmas o’zgarishlar yuz berdi, bu esa jismoniy tanazzulga olib keladi. Hind xalqining ko’pchilik qismi shu qismatga duchor bo’ldi.
Mustamlakachilar hokimiyati Gandining talablarini bajarishdan bosh tortdi. Shunda Gandi Kongress rahbariyati bilan birga fuqarolar bo’ysunmasligi kompaniyasini boshladi. 1930-yil 12-martda Gandi bir guruh izdoshlari bilan Arabiston dengizi sohiliga yo’l oldi va bu yerda ingliz tuz kompaniyasiga bo’ysunmaslik belgisi sifatida tuz pishira boshladi. Gandi sheriklari bilan birga qamoq-qa olindi, Kongressning boshqa rahbarlari, shu jumladan, J. Neru ham hibsga olindi. Umuman 60 mingdan ziyod kishi qamaldi. Milliy kongress qonundan tashqari
deb e’lon qilindi.
Javob sifatida butun Hindistonda fuqarolar bo’ysunmasligi harakati boshlandi, shimoli-g’arbiy chegara provinsiyada qo’zg’oloniar, Abdul G’afforxon bosh-chiligidagi pushtu qabilalari bilan qurolli to’qnashuvlar yuz berdi. Ingliz hukumati ularga qarshi aviatsiyani qo’llashga majbur bo’ldi. 1930-yil yozida Peshavor, Chittagong, Bombey, Kalkutta, Madras shaharlaridagi g’alayonlar munosabati bilan harbiy holat e’lon qilin-di.
Fuqarolar bo’ysunmasligi bilan bir paytda dehqonlarning g’alayonlari ham boshlandi. Hamma joyda dehqonlar bo’linmalari tuzildi. Ularga qarshi politsiya qismlari tashlandi va dehqonlar yo’lboshchilarining ko’pchiligi hibsga olindi.
1930—1931-yillarda Hindistonda avj olgan ommaviy milliy-ozodlik harakatini shafqatsiz repressiyalar tufayli bostirishga muvaffaq bo’lindi. Shu bilan birga mustam-lakachi hukmdorlar milliy harakatni bo’lib yuborish maqsadida nayranglar ishlata boshlashdi. 1931-yili Londonda «doira stoli» konferensiyasi ochildi va bunda Angliya vakillari kastalar va diniy guruhlar (hindparastlar va musulmonlar) o’rtasiga nifoq solishga urinishdi. «Doira stoli» ishining to’liq befoyda ekanligiga ishonch hosil qilgan Gandi Hindistonga qaytdi va 1931-yil dekabrida ikkinchi fuqarolar bo’ysunmasligi kompaniyasini boshladi. Gandi va Kongress sessiyasining barcha qatnashchilari yana qamoqqa olindilar.
Hindistonning ko’plab shaharlari va provinsiyalarida yana namoyishlar, fuqarolar bo’ysunmasligi kom-paniyalari, norozilik mitinglari va ish tashlashlar avj oldi. Kuchli dehqonlar g’alayonlari ilgari bu kuchsiz bo’lgan joylarda g’oyatda to’g’yonli o’tdi. Dehqonlar uyushmalari va ishchi-dehqon partiyalari tuzila boshlandi. Harakatga Kashmir ham qo’shildi.
Qisqacha mazmuni
1915-yil — M. Gandi HMK rahbari (kurashning zo’rliksiz usullari);
• 1919-yil — namoyishning o’qqa tutilishi, mamlakatda ommaviy g’alayonlar, HMK qo’llab-quvvatlamadi;
• HMK dagi bo’linish. Umumhindiston mustaqillik ligasi tuzildi (J. Neru);
• M. Gandi tomonidan fuqarolar bo’ysunmasligi kompaniyasining o’tkazilishi;
1930 yil — M. Gandi va J. Neruning hibsga olinishi, MK — qonundan tashqari. Qurolli ziddiyatlar. Mamlakatda — harbiy holat;
• Ikkinchi fuqarolar bo’ysunmasligi kompaniyasi. Mag’lubiyat va M. Gandining qamoqqa olinishi bilan yakunlandi.
35-§. 1918— 1939-YILLARDA YAPONIYA
Yaponiya ikkita burjua-demokratik inqilobini boshidan kechirdi. Birinchi inqilob 1867— 1868-yillarda bo’lib o’tdi va «Meydzi restavratsiyasi» nomi bilan tarixda qoldi. 1889-yilgi konstitutsiya bo’yicha Yaponiya imperator boshchiligidagi monarxiya deb e’lon qilingan edi, lekin qonun chiqarish hokimiyati imperator bilan birga qonunlar ishlab chiqishi shart bo’lgan parlamentga berilgandi. Burjua islohotlarining amalga oshirilishi bozor munosabatlari rivojlanishi uchun zaminni tozaladi va XIX—XX asrlar chegarasida Yaponiya jadal sur’atlar bilan boshqariladigan bozor munosabatlarini keng tarqatish bosqichiga kirdi.
Davlat iqtisodiyot rivojlanishini kuchli nazorat qilardi — zavod-fabrikalar qurib, xususiy kapitalni jalb etishi shart bo’lgan korxonalar tuzardi. Yirik moliyaviy oligarxiyalar — dzaybatsular: Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Yasuda va Okura vujudga kelib, amalda yapon iqtisodiyotining xo’jayinlariga aylanishdi. Ular orasida Mitsui va Mitsubisi asosiy rolni o’ynardi. Yapon iqtisodiyotida bu ikki moliyaviy gigantning kapitali qatnashmagan biron tarmoq yo’q edi. Ular Yaponiyaning yirik banklariga ham egalik qilardi. Mazkur yirik kompaniyalar iqtisodiyotga sarflangan barcha kapitalning kamida chorak qismini tashkil qiluvchi davlat kapitali bilan mustahkam hamkorlikda ishlashardi.
Byurokratik davlat mashinasining butun yuqori qismi dzaybatsular bilan bog’liq bo’lib, ularning aksiyalariga egalik qilgani holda dzaybatsular ravnaqidan manfaatdor edi. Shu tariqa Yaponiyada bozor munosabatlari rivojlanishi davlat apparatiga bog’liq edi va bu hol unga Yaponiyaning ichki hamda tashqi siyosatida ustivor mavqe yaratardi.
Yaponiya foydali qazilmalarga kambag’al. Qishloq xo’jaligida feodal-samuraylarning zo’ravonligi Yaponiyaning xom ashyo resurslari va oziq-ovqat imkoni-yatlarini chegaralar, ichki bozorni toraytirardi. Bu hol yapon harbiylarini katta tashqi siyosiy mojarolarga undab, harbiylar siyosatda rahbar kuchga aylandi. Natijada harbiylarning o’ta agressivligi kuchaydi, ularning dzaybatsular tomonidan quvvatlanishi esa asta-sekin Yaponiyani harbiylashgan mamlakatga aylantirdi.
Yaponiya 1894—1895-yillardda, Xitoyga, 1904-1905-yillarda Rossryaga qarshi lkkita muvaffaqiyatli urush o’tkazdi. Bu g’alabalar Yaponiyani buyuk davlatlar darajasiga chiqardi.
Yaponiya Birinchi jahon urushida Antanta tomonidan qatnashdi va g’oliblar qatorida bo’ldi. U mukofot tariqasida Shandun yarim orolini, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli Marian, Karolina, Marshall orollariga mandatni oldi. Ushbu orollarning olinishi Yaponiyani Tinch okeani akvatoriyasi markaziga chiqarib, AQShning asosiy harbiy-dengiz bazasi — Gavay orollariga yaqinlashtirdi.
Imperator, dzaybatsular, samuraylar va yapon generallari Birinchi jahon urushidan keyinoq buyuk yapon imperiyasini yaratish rejalarini tuza boshladi. Sovet Rossiyasi agressiyaning birinchi qurboni bo’ldi. 1918-yili yapon qo’shinlari sovet Rossiyasi hududiga bostirib kirib, Vladivostokni, Primore, Sharqiy Sibir va Shimoliy Saxalinni egallab oldi. Butun Sibirni bosib olish rejalashtirilgan edi. Kolchak va ataman Semenov qo’shilmalarining tor-mor qilinganligi, shuningdek boshlanib ketgan partizanlik harakati yaponlarni Rossiyadan ketishga majbur qildi.
Biroq yapon harbiylarini to’xtatish endi qiyin bo’lib qolgan edi. Urushni boshlashga tayyorlanayotgan, qudratli flot va zamonaviy aviatsiyaga ega ulkan armiya tuzilgandi. Yaqinda esa cheksiz inson resurslariga ega ulkan Xitoy, tabiiy resurslarga boy Janubi-Sharqiy Osiyo, Britaniya mustamlakalari — Birma, Malayya, Hindiston joylashgan edi. 1931-yil sentabrida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqiy provinsiyalarini bosib olib, bu yerda Manchjou-Go qo’g’irchoq davlatini barpo etdi. Xuddi shu vaqtdan Xitoy bilan faqat 1945-yilda tugallangan uzoq urush boshlandi.
Yaponiya fashistik davlatlar bilan yaqinlashish yo’lini tanladi. Bu 1940-yili agressorlar — Yaponiya, Germaniya va Italiyaning uchyoqlama pakti bilan ras-miylashtirildi. Uchyoqlama pakt Germaniyaning raqiblari — AQSh, Angliya va Fransiyaga qarshi yo’naltirilgan edi. Germaniya va Italiyadan madad berish va’dasini olgan Yaponiya Tinch okeanidagi o’z asosiy raqibini saf-dan chiqarish uchun AQShga, mustamlakalarini bosib olish maqsadida Angliyaga qarshi urushga faol tayyorlana boshladi.
Ikki jahon urushi oralig’ida Yaponiyaning rivojlanishi tekis kechmadi. Birinchi jahon urushida u Tinch okeani bozoriga o’z eksportini keskin oshirishga erishdi. Yaponiyaning chet elga kapital sarfi deyarli besh karra miqdorda ortdi. Butun Xitoy tashqi savdosining 50 foizi Yaponiya hissasiga to’g’ri kelardi. Harbiy ta’minot va tashqi iqtisodiy ekspansiya sanoat rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Urush yapon burjuaziyasini boyitdi. Aksiyadorlik jamiyatlarining kapitali 2,5 barobar ko’paydi.
Dzaybatsularning yapon siyosatiga ta’siri yanada kuchaydi. «Mitsubisi» konserni 20-yillarda 120 ta kompaniyani nazorat qilardi va o’z tarkibida temir yo’l, elektrotexnika, metallurgiya, kemasozlik, kemachilik kompaniyalariga ega edi. Dastlab bankirlik uyi bo’lgan «Yasuda» birlashmasi urush paytida katta miqdordagi sanoat korxonalarini sotib oldi. Dzaybatsularning kuchayishiga yondosh ravishda davlatning tadbirkorlik faoliyatidagi rolining yanada ortishi jarayoni bordi. Davlat iqtisodiyotga katta mablag’larni sarfiar va bu mablagiarning barchasi dzaybatsularga berilgandi. Imperator (mikado) mamlakatning eng yirik zamindori bo’lgani holda «Mitsui» va «Mitsubisi» konsernlarining ham yirik aksiyadori edi. Yaponiya 20-yillarda yirik jahon davlatiga aylandi.
Lekin Yaponiya iqtisodiyotida hamma narsa joyida emas edi. Avvalo, 20—30-yillarda qishloq xo’jaligi og’ir inqirozni boshidan kechirdi. Qishloqda pomeshchik-samuraylarning hukmronligi dehqonlar mehnati samaradorligining pasayishiga olib keldi. Konsernlarning qudratli byurokratik apparati bilan texnik jihatdan qoloq mayda va o’rta sanoat o’rtasida nomutanosiblik yuzaga keldi. Ichki bozorga xizmat ko’rsatuvchi qator tarmoqlarda 30-yillar boshlarida ham sanoat rekonstruksiyasi tugallanmagan va ular oddiy asbob-uskunalarda ishlashardi. Monopoliyalaming rivojlanishi mustamlakalarni, norentabel korxonalar mahsuloti va raqobatbardosh bo’lmagan buyumlarni sotish bozorlarini talab qilardi. Yaponiyada mustamlakalarni bosib olishga tayyorlanayotgan va mustahkam siyosiy ittifoqqa birlashgan harbiylar, pomeshchik-samuraylar hamda dzaybatsular diktaturasi shakllandi.
Tegishli rejalarni amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiyotini harbiylashtirish o’tkazildi. 1934-yilda Yaponiya dunyodagi eng qudratli armiyalardan biriga ega bo’lib, urushga tayyor edi. Butun iqtisodiyot harbiy izga ko’chirildi. 1938-yil martida «Millatni umumiy safarbar qilish haqida»gi qonun qabul qilinib, bunda dzaybatsular va ishlab chiqarishga aloqador kompaniyalarga kreditlar, xom ashyo, ishchi kuchi va kafolatli buyurtmalar olishda ulkan imtiyozlar berildi. «Umumiy safarbar qilish haqida»gi qonun bo’yicha har qanday ish tashlashlar va yig’ilishlar ta’qiqlandi, ish kuni 14—16 soatgacha davom etardi.
Qisqacka mazmuni
• 1889-yil — Yaponiya parlamentli monarxiya;
• XIX asr oxiri — davlat tomonidan boshqariluvchi bozor munosabatlarining keng joriy etilishi;
• Dzaybatsular — yirik moliyaviy tashkilotlar — Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo va boshqalar;
• qishloq xo’jaligi rivojlanishining past darajasi;
• tashqi siyosatdagi agressivlik;
• 1918-yil — Rossiya Uzoq Sharqi va Sibiriga muvaffaqiyatsiz intervensiya;
• 1931 -yil — Xitoy shimoli-sharqiy hududlarining bosib olinishi, Man'jou-Go davlatining tashkil topishi;
• 1938-yildan — mamlakatni harbiylashtirishning jadallashuvi;
Xitoyga qarshi kurash 1945-yilgacha davom etdi.
AFRIKA XX ASRNING BIRINCHI YARMIDA - OZODLIK SARI
MASHAQQATLI YO’L
36-§. SHIMOLIY AFRIKADA MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI OZODLIK KURASHI
Afrika qit’asi kattalik jihatidan Yevroosiyodan so’ng lkkinchi o’rinni egallaydi. Uning umumiy maydoni, yondosh orollarni ham qo’shib hisoblaganda,
30 mln. kv. km. ni tashkil qiladi.
Butun yil davomida kuydiruvchi oftob, yog’ingarchilik miqdorining ozligi, yirik suv havzalarining mavjud emasligi qit'ada inson yashashi va taraqqiyotning yuksalishini qiyin qilib qo’ygan. Afrika hududining 80% ini cho’llar (dunyoda eng yirik hisoblangan Sahroi Kabir) va o’simliklar siyrak o’suvchi savanna egallagan. Liviya sahrosi va Kalaxari sahrosi bu o’lik va unumsiz hududlarni to’ldiradi.
Shu bilan birga qit'aning sohilga yaqin yerlarida savannaga borib ulanuvchi siyrak tropik o’rmonlar mavjud, shimol va janubdagi ayrim ko’kalamzor hududlarda esa daraxtning qimmatbaho turlari o’sadi. Bu hududlarga boshqa qifalardan aholi kelib joylashib, yirik davlat tuzilmalarini tashkil qilgan. Afrika shimoliga VII asrdayoq arab xalqlari kelib o’rnasha boshlaganlar, ular Pireney yarim oroligacha o’tib borganlar va butun Shimoliy Afrikani bo’ysundirgan Kardov xalifaligini tashkil qilganlar. Keyinchalik bu yerda mustaqil davlatlar — Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr va Sudan tashkil topdi. Aholining asosiy qismi (90%i)ni arablar tashkil qilib, islom hukmron dinga aylandi. Bu yerda musulmoncha turmush tarzi qaror topdi. Shimoliy Afrikada islom markazlaridan biri joylashgan. Musulmon davlatlari Afrika hududining 20%ini egallagan. Aholining 25%i musulmonlardir.
Kalaxari sahrosidan janubga, Afrikaning eng janubiy qismiga XVII asrda Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi kelib o’mashdi. U bu yerda Kap koloniyasini tashkil qildi. Unga burlar — Gollandiyadan chiqqan afrikans tilida so’zlashuvchilar (afrikanerlar) joylashdilar. Afrikans golland, nemis va ingliz tillarining chatishmasi bo’lib, unga mahalliy tillarning ayrim unsurlari ham qo’shilgan. Mahalliy aholi — bushmenlar, gottentotlar va bantular Kalaxari cho’liga siqib chiqarildi. Ular suvsiz va hosildor yerlarsiz qolib, tanazzulga yuz tutdilar, sekin-astalik bilan halok bo’lishga mahkum qilindilar. XIX asr oxirlarida, Angliya Janubiy Afrikadagi boy oltin, olmos konlari va boshqa ko’plab ma’danlarning mavjudligidan xabar topganidan so’ng, ingliz hukmron doiralari bu yerga qo’shin yuborib, bularning yerlarini bosib oldi. 1910-yilda burlarning sobiq yerlari va yangi bosib olingan hududlarda Janubiy Afrika Ittifoqi deb nomlangan Angliya dominioni (Angliya hukumatiga bo’ysungan o’z-o’zini boshqaruvchi koloniya) tashkil qilindi. U Angliya imperiyasining eng boy boiagi hisoblanib, yiliga 700 tonnagacha oltin qazib chiqarar, bu borada dunyoda birinchi o’rinda turardi. Hozirga qadar ham u olmos qazib chiqarishda dunyoda bi-rinchi o’rinni egallab keladi (yiliga 7,3 mln. karat). Bu yerda 6 mln. tonnagacha marganets, temir rudasi, mis va fosfatlar qazib olinadi.
Yevropalik bir yarim million ko’chmanchi mahalliy aholini oddiy insoniy huquqlaridan ayirib, konlarda ayovsiz ekspluatatsiya qildi. Irqiy ayirmachilik va segregatsiya (oq va qora irq vakillarining alohida hayot kechirishi)ga qarshi, oddiy insoniy huquqlar, moddiy ahvolning yaxshilanishi uchun kurash bosh muammoga aylandi.
TROPIK AFRIKA MAMLAKATLARI
Shimoliy va Janubiy Afrika o’rtasida ulkan Tropik Afrika joylashgan bo’lib, u ekvatorning u va bu tomoniga 2 ming km. ga cho’zilgan, sharqdan Hind, g’arbdan Atlantika okeanlariga borib tutashadi. XVII va XIX asrlarda u Yevropa davlatlari tomonidan mustamlaka hududlarga bo’lib olindi. Eng yirik koloniyalar Fransiya (Dagomeya, Kamerun, Senegal, Mali, Ruanda, Somali, Togo, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Chad, Niger), Angliya (Janubiy Afrika Ittifoqi, Gana, Nyasalend, Janubiy va Shimoliy Rodeziya, Uganda, Sudan), Portugaliya (Angola, Mozambik), Germaniya (Keniya, Kamerun, Tanganika, Namibiya), Italiya (Liviya va Somali)ga tegishli edi. Belgiya Afrikada bitta, biroq eng boy koloniya — Kongo (hozirgi Zair)ga egalik qilardi. Fransiyaga, bundan tashqari, Jazoir, Marokash, Habashiston (Mavritaniya) va G’arbiy Sahroi Kabir ham tegishli edi.
Tropik Afrika mamlakatlari siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum qilingan, maxsus tartib vositasida boshqariluvchi tipik mustamlakalar edi. Ular Yevropa mamlakatlari uchun juda ulkan daromad va boylik manbaiga aylandilar. XIX asr oxirlaridan boshlab mustamlaka hududlarga sarmoyalar joylashtirila boshlandi — mustamlakachilar bu yerlarda konlar, xom ashyoga dastlabki ishlov berish korxonalari, temir yo’llar, portiar, aloqa yo’llari barpo etdilar. Taraqqiyotini yuksaltirish jarayoni Afrikani keng miqyosda qamrab oldi. Bu yerda maktablar, oliy o’quv yurtlari tashkil qilina boshlandi, sog’liqni saqlash tizimi yuzaga keldi. Ayrim mustamlakalarda yashovchi oq tanli ko’chmanchilar o’zlari uchun sharoit va qulayliklar yarata boshladilarki, bu o’z-o’zidan mahalliy xalqlar moddiy va madaniy turmush darajasining umumiy ko’rsatkichlariga ham ta’sir qildi.
Shunga qaramay, Afrika hamon eng qoloq va qashshoq qit'a bo’lib qolaverdi. Milliy daromadning 90%ini hamon eng sodda ishlab chiqarish qurollari qo’llanuvchi qishloq xo’jaligi berardi. Turmush darajasi dunyoda eng past bo’lib qoldi. Yuqumli kasalliklar, ochlik, qashshoqlik hukmronlik qilardi.
Versal tinchlik shartnomasining shartlariga ko’ra, Afrikadagi Germaniya koloniyalari Fransiya va Angliya o’rtasida bo’lib olindi. Germaniyaga tegishli bo’lgan Sharqiy Afrika (Tanganika) Angliya qo’liga o’tdi, Janubi-G’arbiy Afrika (hozirgi Namibiya)ni Janubiy Afrika Ittifoqi o’z nazorati ostiga oldi, Togo va Kamerun Angliya va Fransiya o’rtasida taqsimlandi. Misrning esa Angliyaga qaramligi tan olindi. Fransiya va Angliya ushbu koloniyalarni boshqarish huquqini qo’lga kiritdilar. Bitimiarda vijdon erkinligining saqlab qolinishi haqida gap borardi. Biroq mustamlakachilar asosan mavjud tartib va taomillarni saqlab qolish qoidasidan kelib chiqib ish yuritardilarki, bu tartibni himoya qilish uchun kuch ishlatishgacha bo’lgan cheksiz hukmronlikni anglatardi.
Misr
Misr xalqi Afrika qifasida birinchi bo’lib mustamlakachi-ikka qaqshatqich zarba berdi va u Afrikani qullik zanjiridan xalos etdi. Misr Afrikadagi eng yirik davlat emas (hududi 1 mln. kv. km., aholisi 52 mln. kishi), biroq uning qit'a hayotidagi iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy mavqei beqiyos. Misr arab millatining bir bo’lagi hisoblanib, uning siyosatida arab miiliy-ozodlik harakati xususiyatlari Afrika xalqlarining ozodlik uchun kurash umumiy xususiyatlari bilan uyg’unlashib ketgan.
Misr hududi bo’ylab Yevropani Osiyo bilan tutashtiruvchi Suvaysh kanali o’tadi va bu G’arb mamlakatlarining strategik va iqtisodiy hayotida Misr muhim o’rin tutishini angiatadi. Shu sababli Misr vatanparvarlarining mamlakat mustaqilligi uchun kurashi o’ta keskin kechib, nafaqat yalpi arab millati, balki butun Afrika qifasi uchun ham ulkan ahamiyat kasb etdi.
XX asrda ozodlik harakati Misrda Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq boshlandi. 1918-yil noyabrda Qohirada Misr mustaqilligi uchun kurashni boshqarish jamoat qo’mitasi tashkil qilinib, unga taniqli adabiyot, madaniyat, siyosat va jamoat arboblari kirdilar. U «Vafd Misri» («Misr vakillari») deb nomiandi.
Misrda Muhammad Ali sulolasiga mansub qirollar hukmronlik qilardilar. 1918 yildan 1952 yilgacha, ya’ni monarxiya ag’darilgunga qadar ikkita qirol almashdi: Fuod I (1922-1936) va Faruk (1936-1952). Uchinchi qirol -Fuod II juda oz, atigi bir yil hukmronlik qildi. 1953 yilda u ag’darildi va u bilan birga qirollik tuzumi ham bekor qilindi.
Mamlakatdagi demokratik kuchlar qirol tuzumini inglizlarning Misrdagi bosh tayanchi deb bilib, asosiy kuchni uni ag’darishga qaratdilar. Ularning kurashi keng ko’lam kasb etib, unga bevosita ingliz mustamlakachilariga hamda ularning mamlakatdagi tayanchi— qirol tuzumiga qarshi kurash kiritilgan edi. «Vafd Misri» qo’mitasi juda tez mashhur bo’lib ketdi va aholining turli tabaqasi vakillarini o’z ichiga olgan keng milliy-vatanparvarlik harakati partiyasiga aylandi. Angliya ularning Misrga mustaqillik berish talabini rad etganidan keyingi birinchi nizoyoq siyosiy kuchlarning ochiq qarama-qarshiligiga olib keldi. Barcha ijtimoiy tabaqalar va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarni o’z ichiga olgan Misr xalqi inglizlar va ulaming ittifoqchisi— qirol hokimiyatiga qarshi oyoqqa turdi. Inglizlarning talabi bilan qirol «Vafd Misri» rahbarlarini qamoqqa oldi. 1919-yilda mamlakatda ommaviy namoyishlar boshlandi. Namoyishlar Qohiradan Yuqori va Quyi Misrga tomon ko’chdi. Tinch namoyishchilarni to’p va pulemyotlardan o’qqa tutdilar. Qurbonlar soni sanoqsiz bo’ldi. Bunga javoban ish tashlashlar va dehqonlarning qo’llab-quvvatlashiga tayangan qo’zg’olonlar boshlandi. Ko’plab qishloq va shaharlarda inqilobiy hokimiyat idoralari tashkil qilindi. Qo’zg’olon ayovsiz bostirildi, uch hafta davom etgan to’qnashuvlarda mingdan ortiq kishi halok bo’ldi.
1921-yilda Misr bo’ylab yangi namoyishlar to’lqini yelib o’tdi. Ular oldingilaridan yuksak tashkilotchilik jihati bilan farq qilardi. Umumiy ish tashlashdan boshlangan kurash yirik shaharlarda barrikada janglari va dehqonlarning partizanlik harakatiga o’sib o’tdi. Qo’zg’olon yana bostirildi, biroq bu Angliyaga faqat repressiyalar bilan xalq harakatini bostirib boimasligini yaqqol isbotladi.
1922-yilda Angliya Misrga cheklarigan «mustaqillik» berishga rozi bo’ldi. Angliya Misrda o’z qurolli kuchlarini go’yoki chet el agressiyasidan himoyalanish uchun saqlab qoldi. Parlamentga saylovlar o’tkazilib, unda «Vafd Misri» g’olib chiqdi. Ular Yevropa andozasidagi bozor munosabatlarini o’rnatish yo’lidan borib, mamlakatda islohotlarni amalga oshirishga kirishdilar. «Bank Misri» nomi bilan banklar guruhi tashkil qilindi, milliy savdo, sanoat va transport kompaniyalari tuzildi. 1927-yilga kelib Misrda 238 ta xorijiy hissadorlik jamiyatlari faoliyat ko’rsatardi.
Jahon iqtisodiy inqirozi yillari (1929—1932)da bozor munosabatlari Misrda yanada rivojlandi, chet davlatlar bu yerga o’z mamlakatlarida to’xtab yotgan qator to’qimachilik va shakar ishlab chiqarish korxonalarini ko’chirib keltirdilar. Sanoat korxonalari bilan birga Misrda ishchilar sinfi ham o’sib, yirik, mayda va o’rta tadbirkorlar sinflari faollashib bordi. Bu sinflarning vakillari milliy-vatanparvar-lik harakati saflarini toidirdilar.
1930—1935-yillarda ommaviy ish tashlash, namoyish va norozilik mitinglari yana barrikada janglariga o’sib o’tdi. 1935-yil 21-noyabrda Misrning barcha shaharlarida umumiy ish tashlashlar bo’lib o’tdi. Qohirada kuni bo’yi qo’zg’olonchilar va politsiya o’rtasida otishma bo’ldi. Bu voqealar bo’ron darakchilari edi va ular Misr xalqining kuchi va uyushqoqligi ancha o’sganini ko’rsatdi.
Inglizlar yangi yon berishlarga borishga majbur bo’ldilar va yangi shartnomaga ko’ra 1936-yilda Angliya qo’shinlari faqat Suvaysh kanali hududi, Qohira va Aleksandriyadagina qoldirildi. Boshqa hududlarda yangi tashkil boiayotgan Misr milliy qo’shini harbiy qismlari joylashtirildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Misr betaraflik e’lon qildi.
Qisqacha mazmuni
• Yashash va taraqqiyotning yuksalishi uchun og’ir sharoit;
• VII asrdan boshlab — Shimoliy Afrikaga arablar kelib o’rnasha boshladilar (Kardov xalifaligi);
• XVII asr — Afrika janubida Kap koloniyasi tashkil qilindi;
• XIX asr oxiri — Janubiy Afrikani inglizlar bosib oldilar — Angliya dominioni bo’lgan Janubiy Afrika Ittifoqi;
• XVII va XIX asrlar — Tropik Afrikaning Angliya, Fransiya, Portugaliya, Germaniya, Italiya va Belgiya o’rtasida bo’lib olinishi;
• Versal bitimiga ko’ra Germaniya mustamlakalarining Fransiya va Angliyaga berilishi;
• Misming muhim iqtisodiy va strategik mavqei. Suvaysh kanali Yevropani Osiyo bilan tutashtirdi;
• «Vafd Misri» — qirol tuzumiga qarshi kurash, inglizlar hukmronligiga chek qo’yilishi;
• 1919-yildan boshlab — ommaviy namoyishlar umumiy qo’zg’olonga o’sib o’tdi. Qo’zg’olon kuch bilan bostirildi;
• 1921-yil — ish tashlashlaming yangi to’lqini, barrikada janglari;
• 1922-yil 22-fevral — Misrga cheklangan mustaqillik berildi (saylanma hokimiyat, biroq Angliya qo’shinlari mamlakatda qoldirildi);
• 1929—1933-yillar — jahon iqtisodiy inqirozi yillaridagi iqtisodiy o’sish;
• 1930— 1935-yillar — Angliya hukmronligiga qarshi umumiy ish tashlashlar;
• 1936-yil — ingliz qo’shinlari faqat Suvaysh kanali hududi, Qohira va Aleksandriyada qoldirildi;
1939-yil 1-sentabr — Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. Misrning betaraf davlat deb e’lon qilinishi.
LOTIN AMERIKASI DAVLATLARI XX ASRNING
BIRINCHI YARMIDA
37-§. LOTIN AMERIKASI XALQLARINING OZOD-LIK VA MUSTAQILLIK UCHUN KURASHI
Lotin Amerikasi shimolda Meksika chegaralaridan boshlanib, janubda Olovli yergacha cho’zilgan. Faqat torgina Dreyk bo’g’ozi Lotin Amerikasini Antarktidadan ajratib turadi. Qit'a hududining katta qismi abadiy yashil o’rmonlar, dunyodagi eng yirik qalin savannalardan iborat. O’rmonlarda texnika va tibbiyot uchun ahamiyati beqiyos bo’lgan qimmatbaho daraxt turlari, rezina ishlab chiqarishda bebaho xom ashyo sanalgan kauchuk olinuvchi daraxtlar ko’plab o’sadi.
Lotin Amerikasi zamini foydali qazilmalar — temir rudasi, mis, molibden, xrom, tabiiy gaz, uran rudasi, mar-ganets, nikel, kobalt, volfram, qo’rg’oshin, rux, qalayi, surma, fosfatlar va boshqa qazilmalarga juda boy. Tabiiy boyliklarining hajmi va xilma-xilligi jihatidan hech bir qifa Lotin Amerikasiga tenglasha olmaydi.
Lotin Amerikasi bu yerda o’z rivojlanayotgan sanoati uchun xom ashyo olishni va ulkan mol o’tkazish bozoriga ega bo’lishni ko’zlagan AQShning va Yevropadagi yirik davlatlarning e’tiborini ko’pdan o’ziga tortib keladi. XIX va XX asr chegarasida ular Lotin Amerikasida keng ekspansiyani avj oldirdilar. 1903-yilda AQSh Panama kanali hududini «abadiy» foydalanish uchun sotib olib, muhim strategik mavqeni qo’lga kiritdi.
AQSh agrar munosabatlarning sodda shakllarini saqlab qolishga, Lotin Amerikasi mamlakatlarini o’zining agrar-xom ashyo «dumi»ga aylantirish maqsadida uni iqtisodiy ixtisoslashtirishni kuchaytirishga urindi. Argentina va Urugvay — bug’doy, go’sht, jun, Braziliya — qahva va kauchukni yirik miqdorda yetishtiruvchi, Boliviya — qalayi, Chili — mis va selitra, Meksika va Venesuela — neft yetkazib beruvchi davlatlarga aylandi. Asosan AQShga meva yetkazib berish bilan shug’ullangan Markaziy Amerika mamlakatlari «bananli respublikalar» nomini oldi.
Bu yerda Nikaragua, Paragvay, Salvador, Panama va Kosta-Rikada yuksak mavqega ega bo’lgan AQShning yirik «Yunayted frut kompani» kompaniyasi xo’jayinlik qildi. Kuba shakarqamish yetishtirishga ixtisoslashtirildi.
Kuba, Panama, Gaiti, Nikaragua, Dominika respublikasi kabi mamlakatlar AQShning yarim mustamlakasiga aylantirildi. Ularda hokimiyat tepasiga harbiy xuntalar keldi. Mamlakatni boshqarishni ular oilaviy ishga aylantirdilar. AQShning pullari evaziga ulkan qurolli kuchlarni saqlab turdilar.
Lotin Amerikasi xalqlari xorijiy kompaniyalarning taz-yiqiga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun muntazam kurash olib bordilar. Bu kurashda demokratik xususiyatga ega Meksika inqilobi yirik hodisa bo’ldi. U 7 yil (1910— 1917) davom etdi va mustaqil Meksika respublikasining e’lon qilinishi bilan tugadi. Meksika inqilobi qit'ada ozodlik haxakatlari silsilasining boshlanishiga turtki berdi va ular Lotin Amerikasi mamlakatlarining yirik davlatlarga qaramligi zaiflashib, mustaqilliklari mustahkamlanishiga olib keldi.
Birinchi jahon urushi qifada iqtisodiyotnmg o’sishiga imkon yaratdi. Yevropa tayyor mahsulotlari importining qisqarishi bu yerda qayta ishlash sanoatining rivojlanishiga turtki berdi. Peru, Kolumbiya, Venesuela, Kuba va boshqa mamlakatlarda olinayotgan foydali qazilmalar hajmi ko’paydi, qishloq xo’jalik xom ashyosini ishlab chiqarish va tashqi savdo hajmlari ham oshdi. Shu bilan birga milliy burjuaziya va milliy ishchilar sinfi, o’rta va mayda savdogarlar tabaqasi ham o’sdi.
Biroq, Birinchi jahon urushidan so’ng yirik davlatlarning Lotin Amerikasidagi ekspansiyasi yanada kuchaydi. Shu bilan bir vaqtda jahon bozorida Lotin Amerikasi mollari (oziq-ovqat mahsulotlari, qahva, selitra, mis, neft)ga bo’lgan talab kamaydi. Bu qifadagi qator mamlakatlarning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir qildi. Mehnatkashlarning turmush darajasi keskin pasaydi.
Birinchi jahon urushi tugashi bilan Lotin Amerikasi mamlakatlari hayotida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu eng avvalo ijtimoiy nizolarning keskinlashishida aks etdi. Qit'adagi barcha mamlakatlarda ishchilarning yirik ish tashlashlari, dehqonlarning qo’zg’olonlari, talaba va ziyolilarning inqilobiy namoyishlari bo’lib o’tdi. Ular ta’lim tizimini isloh qilish, siyosiy hayotni demokratlashtirish, agrar islohotlarni amalga oshirishni talab qildilar. Inqilobiy harakat to’lqinida eski kasaba uyushmalari markazlari mustahkamlandi, ulkan mehnatkash ommani birlashtirgan yangi kasaba uyushmalari vujudga keldi. Lotin Amerikasi mamlakatlarining hukmron doiralari ayrim yon berishlarga borishga va islohotlarni o’tkazishga majbur bo’ldilar. Deyarli barcha mamlakatlarda sakkiz soatli ish kuni, yak-shanbada dam olish, ijtimoiy sug’urta va shu kabilar joriy qilindi.
Qit'adagi mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklaridan foydalangan yirik davlatlar ularning iqtisodiyotiga faol aralashishga kirishdilar. 20-yillarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirish borasida Angliya birinchi o’rinda turardi. Biroq, 20-yillar oxiriga borib AQSh bu borada Angliyani ancha chetga surdi. 30-yillar oxiriga borib esa yirik AQSh kompaniyalari bu yerda hal qiluvchi mavqeni qo’lga kiritdilar. AQSh elektr stansiyalari, temir yo’llar, pochta, telegraf, neft va tog’-kon sanoatini o’z nazorati ostiga oldi.
Xorijiy sarmoyaning tazyiqi Lotin Amerikasi jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy tizimining konservatsiyalanishi va jahon ijtimoiy taraqqiyoti darajasidan ortda qolishiga olib keldi. 20-yillarda iqtisodiy faol aholining 66%i qishloq xo’jaligida ishlab, faqat 14%igina ishlab chiqarishda band etilgan edi. Xorijiy sarmoyaning tazyiqi bu yerda yaratiluvchi boyliklarning asosiy qismi chet elga chiqib ketishiga imkon yaratardi.
Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlangan davlatlarning xom ashyo «dumi»ga aylanib qoldi. Oziq-ovqat mahsulotlari, foydali qazilmalar bu yerdan past narxlarda olib ketilib, tayyor mahsulot ko’rinishida tannarxidan bir necha o’n baravar yuqori narxlarda qaytib kelardi. Teng huquqli bo’lmagan bitimlar majburan qabul qildirilar, xalqqa qarshi tuzumlar qaror topar edi.
XX asrning 30-yillarida Lotin Amerikasi qifasiga harbiy-fashistlar ittifoqi mamlakatlari — Germaniya, Italiya va Yaponiyaning faol ta’sir ko’rsatishi kuzatildi. Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik ko’rayotgan bu mamlakatlar Lotin Amerikasidan qishloq xo’jalik mahsulotlari, strategik xom ashyo, neft, rangli metallar, selitra xarid qildi. Germaniya sarmoyasi Argentina, Braziliya, Chili, Paragvay iqtisodiyotiga faol joylashtirilib, bu mamlakatlardagi hukmron sinflarning siyosatiga tobora kuchliroq ta’sir ko’rsata boshladi. Nemis muhojirlarining ko’pligidan foydalanib, gitlerchilar bu yerda fashistik tashkilotlarni ko’paytirdilar, natsizm mafkurasini tarqatishga urindilar.
Gitler Germaniyasi rahbariyatining diqqat markazida Janubiy Amerikadagi eng yirik davlatlar hisoblangan Argentina va Braziliya turdi. Bu mamlakatlarda qo’shin boshliqlari fashizm andozasidagi harbiy diktatura o’rnati-lishini orzu qilardi. Ofitserlar korpusi nemis harbiy instruktorlari tomonidan o’qitilgan bo’lib, qo’shin ham fashistlar qo’shini namunasi bo’yicha tuzilgandi. Argentina va Braziliya fashizm ekspansiyasining Janubiy Amerikadagi tayanchi bo’lishi lozim edi. Gitlerchilarga Italiya fashistlari ham ko’maklashib, Braziliya, Chili va Argentinada o’z tayanch punktlarini barpo etdilar. Bu yerda tashkil etilgan fashistik tashkilotlar hokimiyatni egallash uchun qurolli chiqishlarni tayyorladilar.
Biroq, fashistlarning Janubiy Amerikada hokimiyatni egallash borasidagi rejasi chippakka chiqdi. Germaniya va Italiya bu yerdan o’zlarining G'arbiy Yevropadagi raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy jihatdan zaiflik qildilar. Iqtisodiyotda yetakchi marralarni egallashga bo’lgan urinishlar bir nechta firma tashkil qilish va savdoni birmuncha kengaytirish bilan yakunlandi.
Ijtimoiy-siyosiy hayotda fashistlarning hokimiyatni egallashga bo’lgan urinishi liberal-demokratik kuchlar boshchiligidagi antifashistlarning qudratli demokratik harakati qarshiligiga uchradi. Meksikada L. Kardenas (1934—1940)ning demokratik hukumati, Xalq fronti harakatiga tayanib, 1938-yilda general Sediloning fashistlar ko’magida harbiy to’ntarish uyushtirishga bo’lgan urinishini chippakka chiqardi. Bu Lotin Amerikasi qit'asida fashizmga qarshi kurashda keskin burilish yasadi. Fashistlar hokimiyatni lspaniyadagi kabi egallashni uddalay olmadilar. Meksikadan Kolumbiya, Kuba va Chili ibrat oldi. Ayniqsa, Chilida ro’y bergan o’zgarishlar katta ahamiyatga egadir. Bu yerda demokratik tashkilotlarning keng ommasi ko’magida hukumat tepasiga demokratik kuchlar vakili senator Salvador Alyende boshchiligidagi Xalq fronti keldi.
Lotin Amerikasi xalqlari qit'aga fashizmni kiritmadilar. Bu lkkinchi jahon urushidagi kuchlar nisbatida katta o’rin tutdi. Biroq, fashizmga tarafdor kuchlar to’liq tor-mor etilmadi va ular lkkinchi jahon urushi yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining antifashistlarning demokratik ittifoqi tomonida urushga qo’shilishlariga faol to’sqinlik qildilar. AQSh qo’shini tarkibiga harbiy-havo kuchlari eskadrilyasini Filippinga jo’natgan Meksika hamda 5 ming kishilik (ittifoqchilar qo’shini tarkibiga kirgan) ekspeditsiya korpusini Italiyaga yuborgan Braziliyadan tashqari, Lotin Amerikasi mamlakatlari urushda bevosita ishtirok etmadi.
Braziliya
1922-yilda Braziliyada prezident Bernardisning ochiq-oydin terroristik diktaturasi o’rnatildi. Demokratik erkinliklar chegaralandi, mehnatkashlarning namoyishlari ayovsiz ta’qib ostiga olindi. 1930-yilda davlat to’ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga yirik chorvador boy Vargas keldi. U konstitutsiyani bekor qilib, parlamentni tarqatib yubordi va inqilobiy harakatni yanada shafqatsizlik bilan bostirishga kirishdi. Kasaba uyushmalarining siyosiy faoliyat bilan shug’ullanishi taqiqlab qo’yildi. Vargasning tuzumi 1945-yilgacha saqlanib qoldi.
Kuba
Kuba XX asr boshidan AQShning ulkan shakarqamish plantatsiyasiga aylantirildi. 1924-yilda AQShning moliya sarmoyasi yordamida Kubada hokimiyatni AQShdagi «Kloben elektrik kompani» kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti Xerardo Machado qo’lga kiritdi. U shafqatsiz terroristik tartib o’rnatdi. Machadoning tuzumi yordamida AQSh sarmoyasi Kubaning jami iqtisodiyotini o’ziga to’la bo’ysundirdi. Shakar va tamaki sanoatidan tashqari, AQSh tog’-kon sanoati, energetika sohasi, qayta ishlash sanoati, transport va jami shahar xo’jaligini qo’lga kiritdi. AQShning qo’llab-quvvatlashiga tayangan Machado har qanday muxolifatni yo’q qilish uchun kurashdi. Ishchilar harakati, dehqonlar, kasaba uyushmalari va talabalarning tashkilotlari qatag’on qilindi. Machado hukmronligi yillari uning dikta-turasiga qarshi borgan 3 mingga yaqin kishi qatl etildi. Machado ba’zan shaxsan o’zi mahbuslarni akulalarning komiga itqitardi. 1928-yilda u o’zining prezidentlik lavo-zimiga kelgusi muddatga saylanishini uyushtirdi. Bunga javoban Kubada AQShning ochiq-oydin malayi bo’lgan xalqqa qarshi diktaturani ag’darib tashlash uchun kuchli harakat boshlandi. 1933-yil 12-avgustda Machado Kubadan qochdi. 1934-yil 1-yanvarda Kubada AQShning boshqa bir malayi — Batistaning diktaturasi o’rnatildi. Mamlakatda harbiy-politsiya terroriga tayangan tuzum qaror topdi.
Nikaragua
Nikaraguada AQSh o’z nazoratini qurolli tazyiq o’tkazish yo’li bilan o’rnatishga urindi. Mamlakat deyarli AQShning «Yunayted frut kompani» kompaniyasi mulkiga aylandi. Sesaro Augusto Sandino rahbarligidagi partizanlik harakati bostirilib, uning o’zi AQSh gumashtasi general Anastasio Somosa tomonidan qatl qilindi. 1936-yildan boshlab Somosa Nikaragua diktatorligini qo’lga kiritdi va mamlakat ustidan AQShning to’la hukmronligini o’rnatdi.
Chili
Shu bilan birga qator Lotin Amerikasi mamlakatlarida AQSh manfaatlarida va AQSh monopoliyalari ko’magi bilan harakat qilgan reaksion kuchlar o’z hukmronliklarini o’rnatishni uddalay olmadilar. Bir tomondan, AQSh Yevropadagi o’z raqiblari (birinchi navbatda Germaniya va Angliya)ning qatiy qarshiligi hamda mahalliy milliy burjuaziyaning qarshiligiga uchradi. Qit'a mamlakatlarining xorijiy sarmoya tazyiqiga qarshi kurashi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Lotin Amerikasi xalqlari xorijiy sarmoyaga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurashda qo’lga kiritgan eng yirik natija 1938-yilda Xalq fronti Chilida erishgan g’alaba hisoblanadi. Bu ishchi va dehqonlar, mayda va o’rta burjuaziya hamda barcha vatanparvar kuchlarning ittifoqi edi. Mamlakat prezidentligiga Pedro Agirra Serda (1938—1941) saylandi. U tuzgan hukumatga radikal demokratik va sotsialistik partiyalarning vakillari kirdi. Kompartiya hukumatni qo’llab-quvvatlashini bildirdi.
Prezident Agirra 1932-yildan so’ng harbiy diktatura davrida bekor qilingan fuqaroviy erkinliklarni qayta tikladi. Hukumat tomonidan xorijiy tazyiqdan xoli milliy iqtisodiy rivojlanishning keng dasturi ishlab chiqildi.
Venesuela
Jiddiy o’zgarishlar Venesuelada ham yuz berdi. Mamlakat butun qit'aning neftga bo’lgan talabini qondirgan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat bo’ldi. 1933-yildan u 17 mln. t, 1935-yilda - 27 mln. t, 1937-yilda — 30 mln. t neft qazib oldi. Neft konlari ishchilari mamlakatdagi vatanparvarlik harakatining bosh kuchiga aylandi. Bu harakat o’z faoliyatini mamlakatni AQSh monopoliyalari tazyiqidan xalos etish va demokratik islohotlarni o’tkazishga qaratdi. Ularning tashabbusi bilan 1936-yili mamlakatda prezident Eleasar Kontreras (1935—1941)dan demokratik erkinliklar, kasaba uyushmalari huquqlarini tiklashni va ijtimoiy islohotlar o’tkazishni talab qilgan ommaviy namoyishlar avj oldi. Vatanparvar kuchlarning tazyiqi ostida prezident fuqarolarning shaxsiy huquqlarini kafolatlovchi mamlakat konstitutsiyasini qabul qilishga majbur bo’ldi. Bir vaqtning o’zida har bir shtat o’z konstitutsiyasini qabul qildi.
Kolumbiya va Peru
Boshqa yirik mamlakatlarning ikki urush o’rtasida kechgan davrdagi ahvoli o’ta beqaror bo’ldi. Bir tomondan, demokratik erkinliklar, ijtimoiy islohotlar hamda ichki va tashqi siyosatda mustaqil yo’l tutish uchun kurashgan vatanparvar kuchlar ancha o’sdi, ikkinchi tomondan esa ular AQShning yanada shafqatsiz zulmiga duchor bo’ldilar.
Bu davrda Lotin Amerikasi davlatlari o’rtasida o’t olgan nizolar qifada demokratik harakatning rivojlanishiga to’g’anoq bo’ldi. 1932-yil sentabrida Kolumbiya va Peru o’rtasida Kolumbiya janubi, Amazonkaning yuqori tomoni — Letisiya hududidagi boy neft koni orqasidan qonli urush boshlandi. Bu yerga Peru qo’shinlari kirib keldi.
Ikki mamlakat o’rtasida diplomatik munosabatlar to’xtatildi. Harbiy harakatlar 9 oy davom etdi, minglab askarlar va o’n minglab tinch aholi halok bo’ldi, yuzlab qishloqlar vayron etildi. Faqat 1934-yilning may oyida ikki mamlakat o’rtasida sulh tuzildi va unga ko’ra Letisiya Kolumbiyaga qaytarildi. Urush natijasida ikkala mamlakatda ham reaksion kuchlar o’z mavqelarini mustahkamladilar. Kolumbiyada hokimiyat tepasiga prezident Eduard Santos keldi va oldingi prezident boshlagan islohotlarni to’xtatdi. U prezidentlik qilgan davrda mamlakatda AQSh monopoliyalarining hukmronligi qaror topdi. Peruda hokimiyat fashizm tarafdori bo’lgan general Oskar Benavides (1933—1939) qo’li ga o’tdi. U mamlakatda ter-rorga asoslangan tuzumni o’rnatdi va demokratik erkinliklarni deyarli tugatdi. Shundan so’ng Peruda ham AQShning mavqei mustahkamlandi.
Boliviya va Paragvay
1932-yili Boliviya va Paragvay o’rtasida 20-yillarda boy neft konlari ochilgan Chako-Boreal viloyati orqasidan nizo chiqdi. 1927—1928-yillardayoq Boliviya-Paragvay chegarasida qurolli to’qnashuvlar bo’lib o’tgan edi, 1932-yilda ular chinakam urushga aylandi. Paragvay qo’shini bahsli hududga bostirib kirdi va uning katta qismini egallab oldi. Urush ikkala tomonga ham qimmatga tushdi. 250 ming kishi halok bo’ldi va yaralandi. Urush natijasida ikkala davlatning ham iqtisodiyoti katta zarar ko’rdi. 1935-yil iyunida harbiy harakatlar to’xtatildi. 1938-yil 21-iyulda esa sulh bitimi imzolanib, unga muvofiq hududning katta qismi AQShning yirik «Standart oyl kompani» tresti qo’li ga o’tdi.
Qisqacha mazmuni
• Lotin Amerikasi mamlakatlari — boy tabiiy manbalarga ega qifalardan biri;
• AQShning va Yevropa mamlakatlarining Lotin Amerikasi mamlakatlarini xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlarni sotish bozoriga aylantirishga urinishi;
• 1910—1917-yillar — Meksikadagi inqilob mustaqil Meksika respublikasining e’lon qilinishi bilan yakunlan-di;
• 20—30-yillar — Lotin Amerikasi xalqlarining ozodlik va mustaqillik uchun kurashi;
• Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqlarining fashizmga qarshi muvaffaqiyatli kurashi;
• 40-yillar — Lotin Amerikasidagi aksariyat mamlakatlar agrar hamda AQSh va Yevropa davlatlarining xom ashyo «dum»lari bo’lib qoldilar.
IKKINCHI JAHON URUSHI (1939-1945-YILLAR)
38-§. YEVROPA IKKINCHI JAHON URUSHI ARAFASIDA
G'arb davlatlari ko’p yillar davomida sovet davlatini diplomatik jihatdan tan olishni istamadilar. SSSR bilan diplomatik munosabatlarni Angliya va Fransiya 1924-yilgacha, AQSh — 1934-yilgacha o’rnatmadi.
Faqat 1934-yilda SSSR Millatlar Ligasiga taklif qilindi. Chet eldagi sovet vakolatxonalariga nisbatan doimiy provokatsiyalar, diplomatlarni o’ldirish, muzokaralarning barbod etihshi kabi vositalar G’arb davlatlari hukumatlari tomonidan ularning manfaatlariga hech qanday xavf tug’dirmagan davlatga qarshi keng tatbiq etildi. G’arb davlatlari SSSRning Yevropada xavfsizlikni ta’minlash va mustahkam tinchlikni o’rnatishga qaratilgan barcha takliflarini e’tiborsiz qoldirdilar.
Yevropadagi yirik davlatlardan faqat Germaniya sovet davlati bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanini namoyish etdi. Reparatsiya masalalari bo’yicha Angliya va Fransiya tomonidan qattiq siquvga olingan Germaniya hukumati SSSRdan G’arb davlatlarining talablariga qarshi turish uchun tayanch topish hamda G’arbdagi hukumat doiralarining sovetlarga qarshi kayfiyatlaridan foydalanib, G’arb va Sharq o’rtasidagi nifoqli munosabatlarni o’z manfaatlariga bo’ysundirishning o’ziga xos mexanizmini yaratishga urindi. Bir tomondan, u G’arb jamoatchiligini bolshevistik xavfdan ogoh bo’hshga chaqirib, kommunizmning tarqalishi yo’liga to’sqinlik qilishga tayyorligini bildirdi, ikkinchi tomondan esa SSSRbilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib, u yerga ilg’or texnologiyani yetkazib berdi, o’z korxonalarida sovet muhandis va ishchilarining malaka oshirishlari uchun imkon yaratdi. Iqtisodiy jihatdan Germaniya Sovet Ittifoqi bilan tijorat munosabatlarini rivojlantirishdan juda katta foyda oldi. G’arb mamlakatlari Germaniyani mustamlakalaridangina emas, an'anaviy bozorlaridan ham mahrum qilgan edilar, SSSR Germaniya sanoati uchun tashqi bozorga chiqishning yagona imkoniyati hisoblanardi.
1922-yilda Rappalo (Italiya) da Rappalo bitimi imzolanib, u Germaniya va RSFSR o’rtasidagi munosabatlarni izga soldi. Bitim o’zaro da’volardan voz kechish va savdo munosabatlarini rivojlantirishga imkon qadar yo’l ochishni ko’zda tutardi. Diplomatik munosabatlar toia hajmda tiklandi. Germaniya RSFSR bilan munosabatlarni mustaqil, ikki tomonlama asosda, G’arb davlatlari ittifoqi fikri bilan hisoblashmay rivojlantirish majburiyatini oldi. Germaniya sovet davlatiga nisbatan iqtisodiy va siyosiy qamalni yorib o’tdi va sovet iqtisodiyotining tashqi savdo aloqalari bir maromda rivojlanishiga imkon berdi. Rappalo bitimi sovetlarga qarshi umumiy frontning parchalanishiga olib keldi.
1926-yilda besh yil muddatga tuzilgan bitim sovet-german munosabatlarining yanada rivojlanishiga yo’l ochdi. Unga ko’ra ikkala davlat uchinchi davlat bilan nizolashgan taqdirda betaraf bo’lishga kelishdi. Germaniya sovet davlatiga qarshi qaratilgan hech qanday ittifoqqa qo’shilmaslik majburiyatini oldi. Bu sovet diplomatiyasining ulkan g’alabasi edi. Bitim Germaniya yetakchilik qilishi lozim bo’lgan yangi sovetlarga qarshi frontning tuzilishiga xalaqit berdi.
Ikkala bitim ham davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning jadal sur’atda o’sishini ta’minladi. 1927-yilda SSSR va Germaniya o’rtasidagi savdo muomalalari 1925-yildagiga nisbatan salkam uch baravarga o’sdi. SSSRga Germaniyadan asosan texnika va uskunalar import qilinardi. Sovet davlati barpo etgan korxonalarning ko’pchiligi Germaniyada ishlab chiqarilgan texnika bilan jihozlangan edi. Mamlakatlar o’rtasidagi savdo-sotiq munosabatlari muntazam o’sib bordi va 1931-yilda u eng cho’qqiga ko’tarildi. Jahonda iqtisodiy inqiroz avj olgan davrda sovet korxonalari Germaniyaga yuz minglab ishchi o’rinlarini saqlab qolish va o’nlab korxonalarni bankrot bo’lishdan asrashga ko’maklashdi.
Germaniyada davlat tepasiga fashistlarning kelishi bilan Yevropadagi siyosiy vaziyat keskin o zgardi. Gitler va boshqa gitlerchi rahbarlarning «marksizmni bu yerda va butun dunyoda quritish» to’g’risidagi da’volari uning obro’sini Yevropa jamoatchiligi oldida behad oshirdi va unga G’arb taraqqiyoti uchun kurashchi tojini kiydirdi. G’arb davlatlari fashistlarni SSSR bilan harbiy qarshilikka kirishishga undadilar. Biroq, Gitler oldin Reyn viloyatini, so’ngra Avstriya, Sudet va, nihoyat, Chexoslovakiyani bosib oldi.
Shu taxlit Yevropada birinchi urush o’chog’i alangalandi. Gitler katta urush boshlash yo’liga tushdi.
Ikkinchi urush o’chog’i Uzoq Sharqda yuzaga keldi. Yaponiya hukumat doiralarida yapon militarizmi agressiyasini shimolga, sovet Primoryesi, Sibir, Xitoy va Mongoliya tomonga rivojlantirish tarafdori bo’lgan kuchlar yutib chiqdi. 1938-yil yozida yapon harbiylari SSSRga qarshi jiddiy avantyura uyushtirdilar. Yapon qo’shini qismlari sovet chegarasini Hasan ko’li yaqinida buzib o’tdi, biroq ayovsiz janglar natijasida ular Manjuriya hududiga chekinishga majbur bo’ldilar.
Sovet diplomatiyasi 1933-yili Yevropada kollektiv xavfsizlikni qaror toptirish kampaniyasini boshladi. Uning mohiyati har bir qatnashchi umumiy xavfsizlik uchun teng javobgar bo’lgan o’zaro yordam to’g’risidagi mintaqaviy bitimlarani tuzishdan iborat edi. Bu g’oyaning amalga oshirilishi kollektiv harakatlar bilan urushning oldini olish imkonini berardi. Sovet hukumatining diplomatik tashabbusi ma’lum darajada muvaffaqiyat qozondi. 1935-yil 2-mayda Parijda SSSR va Fransiya o’rtasida o’zaro yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitim imzolandi. Ikki hafta o’tib xuddi shunday bitim Sovet Ittifoqi va Chexoslovakiya o’rtasida tuzildi, biroq u SSSRning Chexoslovakiyaga faqat Fransiya Chexoslovakiyaga nisbatan o’z majburiyatini bajargan taqdirdagina yordam berishini ko’zda tutardi.
Sovet Ittifoqi Italiyaning Efiopiyaga qarshi agressiyasini keskin qoraladi, ispan xalqini Franko tuzumiga qarshi kurashda qo’llab-quvvatladi, Ispaniyaning respublikachi hukumatiga oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak va qurol-yarog’ yuborib turdi. Ko’ngillilar — uchuvchi, tankchi, artilleriyachi va dengizchilar — fashizmga qarshi bosh ko’tarib, u bilan ochiq jangda olishayotgan ispan xalqiga yordamga oshiqdilar.
Fashist davlatlarining birlashgan kuchlari Ispaniya respublikasini yengdi va yo’q qilib tashladi. G’arb davlatlari fashistlar to’ntarishini qo’llab-quvvatlab, Italiya va Germaniyaning Ispaniyadagi fuqarolar urushida faol ishtirok etishlariga aralashmadilar.
Sovet hukumati Chexoslovakiya respublikasining o’z hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun kurashini ochiq-oydin qo’llab-quvvatladi. U hatto Fransiya o’z majburiyatini bajarishdan bosh tortgan taqdirda ham gitlerchilar tajovuziga qarshi amaliy yordam ko’rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi. So’z ish bilan mustahkamlandi. Qizil armiyaning yirik kuchlari (shu jumladan, 30 ta o’qchi diviziya, tanklar va aviatsiya) g’arbiy chegaralar tomon siljitildi.
1937-yili Yaponiya butun Xitoyni bosib olish maqsadida urush boshladi. Yapon militaristlari Manjuriyada Uzoq Sharqqa bostirib kirishga faol tayyorgarlik ko’rgan Kvantun armiyasini to’pladi. So’nggi Xitoy imperatori Pu I Manjou-Go hokimi qilib tayinlanib, yapon militaristlari qo’lida qo’g’irchoqqa aylandi. Bu davlatni faqat Germaniya, Italiya va Yaponiya tan oldi.
Yaponiyaning hukmron doiralarida «urush partiyasi», ya’ni agressiyani kengaytirish tarafdori bo’lgan partiya kuchli mavqega ega bo’lib, u urushni boshladi. Ular Tinch okeanidan AQShni siqib chiqarib, hukmronlik o’rnatish va Hindixitoydagi Buyuk Britaniya va Fransiya koloniyalarini yo’q qilib, Buyuk Yaponiya davlatini barpo etish niyatida edilar. Birinchi navbatda Yaponiya Xitoyni o’z koloniyasiga aylantirib, G’arb davlatlari mustamlaka tuzumlarining bu yerdagi qoldiqlarini yo’q qilishga urindi. Yapon mili-taristlari o’z tajovuzkor rejalarining mafkuraviy jihatini namoyishkorona uqtirib, G’arb davlatlarini ulaming asosiy maqsadi Sovet Ittifoqi ekani va gap fashist davlatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari haqida ketayotganiga ishontirishga urindilar. Sovetlarga qarshi marralarda turgan G’arb davlatlari bu safsataga oson uchdilar. Yapon militaristlarining asl maqsadlari oydinlashganida kech bo’lgan edi. Yapon qo’shinlari Fransiya, Angliya va AQShning tayanch harbiy-dengiz bazalarini yakson qilib tashladi.
Mamlakat qurolli kuchlari zaif ekanini yaxshi tushungan Sovet Ittifoqi rahbariyati urushdan qochishga urindi. 1939-yil aprelida, Gitler Chexoslovakiyani bosib olganidan so’ng, Angliya va Fransiya hukumatlari fashizm agressiyasiga qarshi kollektiv xavfsizlik choralarini muhokama qilish taklifini kiritdi. Sovet Ittifoqi rahbariyati rozilik bildirdi, holbuki, bu G’arb davlatlarining Germaniya Polsha yoki G’arb davlatlariga qarshi agressiya boshlagan taqdirda SSSRga bir tomonlama majburiyatlarini yuklashga bo’lgan navbatdagi urinish ekani aniq ko’rinib turardi.
Sovet Ittifoqi, Angliya va Fransiya hukumati o’rtasidagi muzokaralar Moskvada 1939-yilning aprelidan avgustiga qadar davom etdi. Sovet rahbariyati Fransiya ham, Angliya ham kollektiv xavfsizlik tizimini tashkil qilish istagi va biror aniq dasturiga ega emasligiga qafiy ishonch hosil qildi. Muzokaralarda hech qanday istiqbol ko’zga tashlanmadi. G’arb davlatlari Germaniya va Sovet Ittifoqini osongina urushtirib qo’yishi mumkin bo’lgan shartlarni ilgari surdilar. Moskvadagi muzokaralar Germaniyani shoshilinch ravishda qafiy harakatlarni boshlashga undashi lozim edi.
Angliya va Fransiya ikki yoqlama o’yin qilayotgani va bitimga kelishish niyatida emasligi aniq bo’lganidan so’ng sovet hukumati fashistlar Germaniyasi taklifini qabul qildi. 1939-yil 23-avgustda Moskvada Germaniya va Sovet Ittifoqi o’rtasida hujum qilmaslik to’g’risidagi bitim imzolandi.
Bitimga muvofiq ikkala tomon bir-biriga qarshi hujum qilmaslik va agressiya uyushtirmaslik majburiyatini olardi; uchinchi davlat kelishuvchi tomonlardan biriga hujum qilgan taqdirda boshqa tomon hujum qilgan tomonni qo’llab-quvvatlamasligi lozim edi. Tomonlar davlatlarning kelishayotgan tomonlardan biriga qarshi ittifoqlariga qo’shilmaslik, o’rtalaridagi barcha bahslarni tinch yo’l bilan hal qilish majburiyatini oldilar.
Sovet Ittifoqi bitimni imzolab SSSR va Germaniyaning Sovetlar uchun foydali bo’lmagan shartlarda to’qnashishiga umid qilgan doiralarning rejalarini barbod qildi. Bitim Yevropa davlatlarining SSSRga qarshi yagona fronti tashkil etilishining oldini oldi. Yapon militaristlarining Xolxin-Golda tor-mor keltirilishi bilan bir qatorda, sovet-german bitimi Uzoq Sharqda butunlay yangi vaziyatning qaror topishiga olib keldi. Fashistlar Germaniyasining butun tajovuzkor qudrati endi G’arb davlatlariga qarshi qaratildi. Shunday qiljb, kechagi murosasiz g’oyaviy dushmanlar maslakdosh va ittifoqchilarga, «tinchlikparvar» maslakdoshlar esa potensial dushmanlarga aylandilar.
Bitimning e’lon qilinmagan maxfiy bandlari Polshaning ikki davlat o’rtasida bo’lib olinishini ko’zda tutardi, Sovet Ittifoqiga Boltiqbo’yi mamlakatlari — Litva, Latviya, Estoniyani hamda Bessarabiyani qo’shib olishga ruxsat berardi. Bu hududlar oldin Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan bo’lib, Brest-Litovsk bitimiga ko’ra, undan zo’rlik bilan ajratib olingan edi. Ular Sovet davlatining strategik- xavfsizligi nuqtai nazaridan juda katta ahamiyatga ega edi, chunki g’arbiy chegaralarni 400—500 km. ga nari siljitardi. Ular sovet-german urushida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Gitlerchilar bu hududlarni bosib o’tish uchun 2—3 oy vaqt sarflashga majbur bo’ldilar, bu vaqt ichida Qizil armiya Sibirdagi rezervlarini G’arbga tashlab ulgurdi.
Siyosiy va harbiy omillar g’oyaviy tamoyillardan ustun keldi. G’arb davlatlari Sovet Ittifoqiga istiqbolsiz tavakkal qilishni taklif etishgan edi, Gitler esa Stalinga tavakkalsiz manfaatdorlikni taklif qildi. Sovet-german bitimi eng avvalo Polshaning taqdirini belgilab berdi. U Sovet Ittifoqiga yordam berish yoki u bilan qo’shnichilik munosabatlarini o’rnatishdan Polshaning halok bo’lishini afzal bilgan o’z rahbarlarining sovetlarga qarshi kayfiyatlari qurboni bo’ldi. Angliya va Fransiya Polshaga xavfsizlikni kafolatlashgan edi. Polsha rahbarlari shuning o’zini yetarli deb hisoblashdi va yuzaga kelayotgan real vaziyatdan ko’z yumishdi. Polsha uzra halokat soya tashlaganida ham ular Germaniya reyxskanselyariyasi ostonasiga bosh urib, Gitlerga muruvvatini qozonishga urindilar.
1939-yil 1-sentabrda Gitler qo’shinlari Polsha hududiga bostirib kirdi. Angliya va Fransiya agressiyani to’xtatishni talab qilib, Germaniyaga ultimatum e’lon qildi. Gitler bu e’tirozni e’tiborsiz qoldirdi. Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e’lon qildi. lkkinchi jahon urushi boshlandi. Fransiya va Angliya Polsha uchun urushmasligi uning boshidayoq ma’lum bo’ldi.
Germaniyaning Polshaga hujumi shidddat bilan rivojlandi. Urushni olib borishning yangi shakli — blitskrig (shiddatli urush) tanklarning aviatsiya ko’magida yoppasiga zarba berishidan iborat bo’lib, u dushman mudofaasini supurib tashlardi. Polsha kavaleriya jihatidan ustun, biroq tanklar va aviatsiya jihatidan ancha zaif edi. Polsha mudofaasi tezda barbod bo’ldi. 17 kun ichida Polsha armiyasidan asar ham qolmadi. 1939-yil 17-sentabrda prezident Ridz-Smigli boshchiligidagi Polsha rahbariyati o’z xalqini dushman istibdodiga tashlab, mamlakatdan qochdi.
1939-yil 17-sentabrda sovet qo’shinlari 1939-yil 23-avgust bitimining maxfiy bandlariga muvofiq, Polsha hududiga bostirib kirib, G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyaning Nareva, Visla va Sana daryolarigacha bo’lgan hududlarini ishg’ol qildi. Polsha davlati endi yo’q edi va sovet qo’shinlari uning taqdirida hech qanday o’rin tuta olmasdi.
1939-yil sentabrda Sovet Ittifoqi hamda Boltiqbo’yi davlatlari — Litva, Latviya va Estoniya o’rtasida o’zaro yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitimlar imzolandi. Ularga ko’ra, Sovet Ittifoqi Estoniya va Latviya hududlarida harbiy-dengiz bazalari va aerodromlar qurish, Litva hududida esa ma’lum joylarda qurolii yer va havo kuchlarini saqlash huquqini qo’lga kiritdi. Litva bilan bitimga ko’ra Sovet Ittifoqi Litva respublikasiga uning 1920-yilda Polsha qo’shinlari tomonidan bosib olingan qadimiy poytaxti —Vilnyusni va Vilnyus viloyatini topshirdi. 1940-yilda uchala respublika ham bir vaqtda Sovet Ittifoqi tarkibiga qo’shildi. Xuddi shu davrda sovet hukumatining talabi bilan Bessarabiya ham SSSR tarkibiga kiritilib, Moldaviya ASSR (keyinchalik Moldaviya SSR) maqomini oldi.
1939-yil 26-noyabrda SSSR Maynil qishlog’i yaqinidagi mojaro — Finlyandiya bilan chegaradagi sovet qo’shinlari marralarining o’qqa tutilishi munosabati bilan Finlyandiya hukumatiga nota e’lon qildi. SSSR hukumati chegaralarni Leningrad yaqinidan siljitish maqsadida hududlarni ayirboshlashni taklif qildi. Rad javobi olinganidan so’ng 30-noyabrda harbiy harakatlar boshlandi. 2—3 haftaga mo’ljal-langan urush 105 kunga cho’zildi. 1940-yil 12-martda sulh bitimi imzolanib, unga ko’ra SSSR chegaralari Leningraddan 150 km nari surildi, Xanko yarim orolidagi harbiy-dengiz bazasi SSSRga 30 yil muddatga berildi.
Sovet Ittifoqi ham, Germaniya ham 1939-yil bitimidan imkon qadar foyda olishga urindilar. Bitimdan oldin sovet-german kredit shartnomasi tuzilgan edi. Unga ko’ra SSSR imtiyozli shartlarda 200 mln. marka kredit olib, eng zamonaviy uskunalarni Germaniya korxonalarida ishlab chiqarish uchun buyurtma berish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bunga javoban Germaniya 180 mln. markaga xom ashyo olish, Uzoq Sharqqa 50% li chegirma bilan tranzit qilish huquqini qo’lga kiritdi. 1940-yil fevralida 1942-yil 1-avgustgacha bo’lgan muddatga 700 mln. markaga Xo’jalik shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga ko’ra Germaniya Sovet Ittifoqiga sanoat ashyolari, uskuna va qurol-aslaha yetkazib berdi. Xususan, Germaniya tomoni «Xeynkel-100», «Messershmidt-l09 va 110», «Yunker-88», «Fokke-Vulf-58» rusumli eng zamonaviy samolyotlarni taqdim etdi. Barcha samolyotlar qurol-aslaha bilan to’liq jihozlangan edi. Gitler eng yangi qurol-aslaha namunalarini berishga cho’chimadi, chunki sovet mutaxassislari ularni ishlab chiqarish sirlarini egallay bilmasliklariga uning ishonchi komil edi. Biroq, fashistlar dohiysi adashdi. 1940-yil may-oktabrida SSSRda Germaniyaning harbiy texnikasi puxta o’rganildi va 1941-yil o’rtalaridayoq sovet korxonalari nemis harbiy texnikasidan bir necha baravar kuchli qurol-aslahalarni ishlab chiqara boshladi.
1941-yil boshida kengaytirilgan Xo’jalik shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra SSSRga sanoat uskunalarining oqimi kela boshladi. Aynan shu davrda SSSRda harbiy-texnika sanoati bazasi yaratildi. Eng zamonaviy harbiy texnika ishlab chiqarila boshlandi. Vaqtdagi bu yutuq urushda katta ahamiyat kasb etdi. Agar 1941-yilda Sovet Ittifoqi ulkan hududi, harbiy kuchlarini yo’qotgan bo’lsa, 1939-yilda urush uni halokatga olib kelgan bo’lardi.
Biroq, Stalin ham xatoga yo’l qo’ydi. U Gitler bilan munosabatlarga «do’stlik» maqomini berishga urinib, u bilan keyin ham murosa qilishni ko’zladi. 1939-yil 28-sentabrda Moskvada do’stlik haqidagi sovet-german bitimi imzolandi. Germaniya tashqi ishlar vaziri I. Ribbentrop nomiga yo’langan telegrammada Stalin shunday deb yozdi: «Germaniya va Sovet Ittifoqi xalqlarining qon bilan mustahkamlangan do’stligi uzoq va mustahkam bo’lishi uchun barcha asoslar mavjud». Bu «do’stlik» qachon, qayerda o’rnatilgani va qanday «qon» bilan mustahkamlangani noma’lum edi. o’n minglab nemis vatanparvarlari Germaniyadagi qamoq va konslagerlarda azob chekishardi, o’lim lagerlarida yahudiylar halok boimoqda edilar, irqchilik va shovinizm gullab-yashnar, nemis fashistlari dunyoga egalik qilish niyatlarini ochiq bildirardilar.
Gitler CCCR bilan tuzilgan bitimlarga oz ahamiyat berdi. 1940-yil dekabridayoq u «Barbarossa rejasi» nomli SSSRga hujum qilish rejasini ishlab chiqish to’g’risida ko’rsatma berdi. Uning asosiy maqsadi sovet davlatini to’liq yo’q qilish va bu yerdagi xalqlarni qulga aylantirishdan iborat edi. SSSR bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatishga bo’lgan urinishlari niqobdan boshqa narsa emasdi. G’arbdagi urushdan natija chiqmasligiga ishongani sari, Gitlerning e’tiborini Sovet Ittifoqi o’ziga tortib borardi. Gitler SSSRga qarshi urushga tayyorgarlik ko’ra boshladi.
Qisqacha mazmuni
• 1922-yil — Rappalo bitimi — Germaniya bilan iqtisodiy va diplomatik munosabatlaming o’rnatilishi;
• 1924-yil — Angliya va Fransiyaning SSSRni tan olishi;
• 1934-yil — AQSh hukumatining SSSRni tan olishi;
1926-yil — SSSR va Germaniya o’rtasida betaraflik to’g’risidagi bitimning imzolanishi;
G’arb davlatlarining SSSR va Germaniya o’rtasida harbiy qarshilik yuzaga kelishi umidida SSSR bilan hamkorlik qilishdan voz kechishi;
• Yevropadagi birinchi urush o’chog’i — Gitler tomonidan
Reyn viloyati, Avstriya, Sudet viloyati va Chexoslovakiyaning bosib olinishi;
• 1938-yil — Hasan ko’lidagi jang — Yaponiyaning SSSRga tegishli hududni bosib olishga bo’lgan muvaffaqiyatsiz urinishi;
• 1935-yil — SSSR va Fransiya hamda SSSR va Chexoslovakiya o’rtasida o’zaro yordam ko’rsatish to’g’risidagi bitimning imzolanishi;
• 1939-yil aprel-avgust — SSSRning Fransiya va Angliya bilan kollektiv xavfsizlik tizimini yaratish to’g’risidagi muzokaralari natijasiz tugadi;
• 1939-yil 23-avgust — SSSR va Germaniya o’rtasida hujum qilmaslik to’g’risidagi bitim 10 yilga imzolandi;
• Bitimning ta’sir doiralarini bo’lib olish haqidagi maxfiy bandlari;
• 1939-yil 1-sentabr — Germaniyaning Polshani bosib olishi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi.
Hujjat
1939-yil 23-avgustdagi Germaniya va Sovet Ittifoqi o’rtasida hujum qilmaslik to’g’risidagi bitim
I m o d d a
Ikkala Kelishayotgan Tomonlar ham alohida, ham boshqa davlatlar bilan hamkorlikda bir-birlariga nisbatan hech qanday zo’ravonlik, agressiya harakatlari va hujum uyushtirmaslik majburiyatini oladilar.
II m o d d a
Kelishayotgan Tomonlardan biri uchinchi davlatning harbiy harakatlari ob’ektiga aylangan taqdirda, boshqa Kelishayotgan Tomon bu davlatni hech qanday shaklda qo’llab-quvvatlamaydi.
III m o d d a
Ikkala Kelishayotgan Tomonlarning hukumatlari kelajakda bir-birlarini ularning umumiy manfaatlariga daxl etuvchi ma’lumotlardan xabardor etish uchun aloqa qiladilar.
IV m o d d a
Kelishayotgan Tomonlarning hech biri boshqa tomonga bevosita yoki bilvosita qarshi qaratilgan ittifoqlarda ishtirok etmaydi...
VII m o d d a
...Ushbu Bitim imkon qadar qisqa muddatda tasdiqlanishi lozim...
Bitim imzolanganidan so’ng darhol kuchga kiradi..
SSSR Hukumati vakolatiga Germaniya Hukumati
muvofiq nomidan
V. Molotov Ribbentrop
Qo’shimcha maxfiy ahdnoma
Germaniya va SSSR o’rtasida hujum qilmaslik to’g’risidagi bitimni imzolash chog’ida quyida imzo chekuvchi ikki tomon vakillari o’ta maxfiy tartibda Sharqiy Yevropadagi o’zaro ta’sir doiralarini chegaralash to’g’risidagi masalani ko’rib chiqdilar. Bu muhokama quyidagi natijalarga olib keldi:
1. Boltiqbo’yi davlatlari (Finlyandiya, Estoniya, Latviya, Litva) tarkibiga kiruvchi viloyatlar hududiy-siyosiy jihatdan qayta tuzilgan taqdirda, Litvaning shimohy chegarasi bir vaqtning o’zida Germaniya va SSSR manfaatlari doiralarining chegarasi hisoblanadi. Bunda Litvaning Vilen viloyatiga doir manfaatlarini ikkala tomon ham tan oladi.
2. Polsha davlati tarkibiga kiruvchi viloyatlar hududiy-siyosiy jihatdan qayta tuzilgan taqdirda, Germaniya va SSSR manfaatlari doiralarining chegarasi taxminan Nareva, Visla va Sana daryolari chizig’i bo’ylab o’tadi.
Mustaqil Polsha davlatini saqlab qolishdan o’zaro manfaatdorlik hamda bu davlatning chegaralarini belgilash masalalari faqat siyosiy rivojlanish jarayonidagina hal qilinishi mumkin. Nima bo’lganda ham ikkala hukumat bu masalani o’zaro do’stona kelishuv asosida hal qiladi.
3. Yevropa janubi-sharqida SSSRning Bessarabiyaga qiziqishi tan olinadi. Germaniya tomoni bu viloyatlarga nisbatan o’zining hech qanday qiziqishi yo’qligini ma’lum qiladi.
4. Ushbu Ahdnomani ikkala tomon ham qafiy sir saqlaydi.
Moskva, 1939-yil 23-avgust
SSSR Hukumati vakolatiga Germaniya Hukumati
muvofiq nomidan
V. Molotov Ribbentrop
1939-yil 23-avgustdagi “Qo’shimcha maxfiy ahdnoma “ga izoh
1939-yil 23-avgustdagi «Qo’shimcha maxfiy ahdnoma»ning 2-bandi birinchi abzatsiga aniqlik kiritish maqsadida izoh beramiz-ki, uni quyidagi yakuniy tahrirda o’qish lozim:
«2. Polsha davlati tarkibiga kiruvchi viloyatlar hududiy-siyosiy jihatdan qayta tuzilgan taqdirda, Germaniya va SSSRning manfaatlari doiralarining chegarasi taxminan Nissa, Nareva, Visla va Sana daryolari chizig’i bo’ylab o’tadi».
Moskva, 1939-yil 28-avgust
SSSR Hukumati vakolatiga Germaniya Hukumati
muvofiq V. Molotov nomidan Ribbentrop
39-§ IKKINCHI JAHON URUSHINING KENGAYIB BORISHI
20 kun ichida Germaniya armiyasi Polshani tor-mor keltirdi. G’arb davlatlarining har qancha ishontirishlariga qaramay, shartnomalar bajarilmadi. 20 yil davomida Polsha G’arb davlatlarining sovetlarga qarshi siyosatida yetakchi o’rin egallab kelgan edi. Endi esa hatto Angliyaning Germaniyaga 1939-yil 1sentabrda urush e’lon qilishi ham ta’ziya izhoridan boshqa narsa emasdi.
G’arbiy frontda osoyishtalik hukm surardi. Fransuzlar Majino chizig’i ortida payt poylashdi, Angliya esa shoshilinch ravishda qayta qurollanib, an'anaviy dengiz qamalini tashkil qildi. Bu holatni tarixchilar g’alati urush yoki «zitskrig» («o’tirib urushish») deb nomlashdi. G’arb davlatlarining rahbarlari Gitlerni «tinchitish» uchun Polsha unchalik qimmat to’lov emas deb hisoblashdi va hammasi yaxshi tugashiga umid qilishdi. Biroq, Gitlerni endi to’xtatishning iloji yo’q edi. Germaniyada ulkan armiya va harbiy sanoat yuzaga kelgan bo’lib, u bor kuchi bilan harakat qilishi va ishlashi lozim, bu esa faqat urush sharoitidagina mumkin edi.
Gitler qafiy va shiddatli harakat qildi. U G’arbda asta-sekin qurolli kuchlarni to’plab, 1940 yil bahorida Belgiya va Fransiya chegaralarida 135 dan ortiq diviziyani jamladi, tirik kuch, texnika va aviatsiyada juda katta ustunlikni qo’lga kiritdi. Biroq, Germaniya qo’mondonligi oldin Skandinaviyada harbiy-dengiz va havo bazalarini barpo etishga qaror qildi, chunki ulardan turib Angliya flotining faol harakatlariga qarshilik ko’rsatish mumkin edi.
1940-yil 9-aprelda «Vezeryubung» operatsiyasi boshlanib, uning natijasida atigi ikki kun ichida nemis qo’shinlari Norvegiya va Daniyani bosib oldi. Tronxeym va Narvikda harbiy bazalar barpo etilib, ularda Germaniya suv osti flotining asosiy qo’shilmalari hamda suv usti flotining asosiy qismi jamlandi. Bundan tashqari, Bergen va Tronxeymda harbiy-havo bazalari barpo etilib, ularning kuchlari bilan Angliya hududini bombardimon qilish rejalashtirildi.
Ko’p o’tmay Belgiya, Gollandiya va Fransiyaga navbat keldi. 1940-yil 10-mayda bu uch davlatni tor-mor keltirishni ko’zda tutuvchi «Gelb» operatsiyasi boshlandi. Nemis qo’shinlarining bosqini Gollandiya, Belgiya va Fransiyaning aerodromlari, komanda punktlari, harbiy omborlari va muhim sanoat markazlariga kuchli havo hujumi bilan boshlandi. Vermaxtning 3000 dan ortiq samolyotlari bu obyektlarni kun bo’yi bombardimon qildi. So’ng zirhli qo’shilmalar hujum boshladi. 2,5 mingdan ortiq tanklardan iborat hujumkor tuzilmalar zaif qarshilik o’choqlarini osongina yanchib o’tib, shimolga va Fransiya chegarasiga tomon yo’l oldi. Ikki kun ichida ular 110 km yo’lni bosib o’tib, Fransiya chegarasiga yetdilar. 14 mayda Gollandiya taslim bo’ldi, 20 mayda esa Germaniya qo’shinlari La-Mansh bo’g’oziga chiqib, Belgiya va Fransiyaning shimolini Angliya-Fransiya-Belgiya qo’shinlarining yirik qo’shilmasidan kesib qo’ydi. Qarshi hujum muvaffaqiyatsiz tugadi. 1940-yil 28-mayda Belgiya ham taslim bo’ldi.
Dengiz bo’yidagi ittifoqchilar qo’lida bo’lgan so’nggi yirik port — Dyunkerk xavf ostida qoldi. Angliya qo’mondonligi o’z qo’shinlari va Belgiya-Fransiya qismlarini evakuatsiya qilishga qaror qildi. 1940-yil 4-iyungacha davom etgan Dyunkerk operatsiyasi davomida 300 mingdan ortiq kishi, shu jumladan 123 ming fransuz va belgiyaliklar olib chiqib ketildi. Bor og’ir harbiy texnika evakuatsiya hududiga tashlab ketildi va gitlerchilarning qo’liga tushdi.
Nihoyat Yevropa davlatlarining rahbarlari haqiqiy urush boshlangani va Gitler uchun g’oyaviy masalalar ikkinchi planga chiqqanini tushunib yetishdi. Germaniyaning Yevropa va jahon miqyosidagi eski da’volari haqida gap borardi. Germaniya harbiy yutuqlari Angliyada shu qadar hayratomuz taassurot uyg’otdiki, bu Chemberlen hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo’ldi. 10 mayda, Germaniya Gollandiyaga qarshi hujumni uyushtirayotgan bir paytda, Angliya parlamenti Uinston Cherchill boshchiligidagi yangi hukumatni sayladi. U konservatorlar, leyboristlar va liberallardan iborat koalitsion hukumatni boshqardi. Bu «milliy birlashish» hukumati bo’lib, urushning oxirigacha — 1945-yil iyunigacha faoliyat ko’rsatdi.
Hukumat dasturining taqdimoti chog’ida U. Cherchill o’z hukumatining maqsadini shunday tushuntirdi: «Dengizda, yerda va osmonda Tangri bizga bergan butun kuch va qudrat bilan urush olib borish, inson jinoyatlarining qayg’uli ro’yxatida tengi bo’lmagan mudhish zolimlikka qarshi urush olib borish». Butun ingliz millati urushm g’alabagacha, Gitler zulmi to’liq yo’q qilingunga va insoniyat fashizmdan xalos etilgunga qadar ohb bonshga so’z bergan yangi hukumat atrofiga jipslashdi.
U Cherchill Germaniya va Rossiyanmg ashaddiy dushmani bo’lib, fashizm va kommunizmni birdek qoralardi. Biroq, uning qarshisida juda katta xavf - Gitler Germaniyasi turardi. U Britaniya imperiyasiga xavf solar va eng muhimi shu edi. Cherchill bu dushmanga qarshi unish olib borishga ingliz millatining barcha tabaqalandan vakolat oldi.
Cherchill Uinston Leonard Spenser (1874-1965) -20-yillardan boshlab Buyuk Britaniya konservatorlar partiyasining rahbarlaridan biri. 1908 yildan boshlab turli vazirlik lavozimlarida ishlagan (ichki ishlar vaziri, aviatsiya vaziri, harbiy vazir, moliya vaziri). 1940-1945 va 1951-1955-yillarda -Buyuk Britaniya Bosh vaziri.
Germaniya qo’shinlari Parijga Dyunkerk operatsiyasini 1940yil 5-iyunda tugatib, hujum boshladilar. Fransiya armiyasi deyarli qarshilik ko’rsatmadi. Fransiya hukumati qarshilik ko’rsatishdan bosh tortib, o’z imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida fashistlar Germaniyasi oldida taslim bo’ldi. Vatan ozodligi, mustaqilligi xususiy mulk, daromad va imtiyozlar oldida shunchaki quruq gap bo’lib chiqdi.
Fransiya armiyasi bosh qo’mondoni general Veygan, hatto hukumatdan rozilik ham so’ramay, Parijni ochiq shahar deb e’lon qildi, ya’ni mudofaadan voz kechdi. 1940-yil 14-iyunda nemis-fashist qo’shinlari Parijga kirdi. Fransiya hukumat doiralari, fransuz burjuaziyasi Fransiya eshigini Gitlerga lang ochib berdilar.
Pol Reyno hukumati iste’fo bergach, marshal Peten yangi hukumat tuzishga ko’rsatma oldi. Hali janglar davom etayotgan, qo’shin harbiy harakatlar olib borayotgan, istehkomlar qurilayotgan bo’lsa-da, generallar yarash bitimini imzolashga hozirlik ko’rishardi. Fransiya hukumati a’zolari Shimoliy Afrikaga — Senegal va Jazoirga qochib ketdilar. Xalq ishonib saylagan odamlar Fransiya va fransuz xalqini o’z holiga tashlab ketdilar. Petenning yangi hukumati nemis qo’shinlari kuzatuvida Vishiga yo’l oldi.
1940-yil 22-iyunda Kompen o’rmonida, 1918-yilgi Kompen yarash ahdi imzolangan joyda, marshal Foshning muzeydan olib kelingan shtab vagonida Germaniya bilan yarash ahdi imzolandi.
Yarash ahdi shartlariga ko’ra, Fransiya armiya va floti qurolsizlantirilib tarqatilardi. Nemis harbiy asirlari ozod etilardi, biroq 1.800 ming fransuz harbiy asirlari Germaniyada qolardi. Fransiya Germaniya qo’shinlarini o’z hududida saqlab turish uchun ulkan istilo to’lovlarini toiashi lozim edi. Fransiyaning uchdan ikki qismi va mamlakat poytaxti Parij Germaniya tomonidan ishg’ol etilgandi. Mamlakatning janubiy qismi va mustamlakalarga daxl etilmagan bo’lib, ular Peten hukumati tomonidan nazorat qilinardi. Peten hukumati butun Fransiyaning hukumati deb e’lon qilindi. U Fransiya mustamlakalari floti ustidan hukmronlikni saqlab qoldi, Angliya bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Butun Fransiya iqtisodiyoti Germaniyaga xizmat qila boshladi. Jami fransuz korxonalarining 80% i istilo to’lovlari hisobiga nemis buyurtmalarini bajarardi. Istilo to’lovlari hisobiga Germaniya tomonidan fransuz xom ashyosining to’rtdan uch qismi va Fransiya sanoati asosiy sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 50 dan 100% igacha olib chiqib ketilardi. Fransuz ishchilari Germaniyaga majburiy ishlarga jalb qilindi. Jami 1 mln. ga yaqin kishi olib ketildi. Urush so’ngigacha ulardan 200 ming kishi halok bo’ldi, 228 ming kishi uyiga nogiron bo’lib qaytdi.
Peten, Veygan va ularning hamfikrlariga kollaboratsionistlar, ya’ni Germaniya malaylari deb nom qo’yildi.
Biroq, Fransiyada hamma ham kollaboratsionist emasdi. 1940-yil 18-iyunda general De Goll BBS radiosi orqali fransuzlarni Gitler bosqinchilariga qarshi kurash boshlashga chaqirib, murojaat qildi. Fransiya ikkiga — Germaniya bilan hamkorlik qiluvchilar va Germaniyaga qarshi kurashuvchilar lageriga ajraldi. De Goll Peten hukumatini sotqinlikda aybladi. «Fransiya askarlari, qayerda bo’lmangiz, kurashga qo’zg’alinglar», deb chaqirdi u.
Fransiya tor-mor qilingach, Gitler Angliyani tor-mor keltrishni niyat qildi. Germaniya ixtiyorida endi urushni g’alaba bilan tugallash uchun manba yetarli edi. 1940-yil 16-iyulda oliy qo’mondonlikning «Zeeleve» («Dengiz sheri») nomli desant tashlash operatsiyasini tayyorlash to’g’risidagi direktivasi e’lon qilindi. Operatsiya 1940- yil 15-avgustga belgilangan edi, biroq u, Angliya floti yaqqol ustunlikka ega bo’lgani tufayli, amalga oshirilmay qoldi.
Fashist rahbariyati Britaniya orollarini surunkali bombardimon qilishni boshlab, shu yo’l bilan Angliya hukumatini taslim bo’lishga majbur qilishni ko’zladi. Hujum 1940-yil 15-avgustda yirik havo bosqini bilan boshlanib, unda 800 bombardimonchi va 1140 qiruvchi samolyotlar qatnashdi. Hujumlar 15 sentabrgacha davom etdi. Asosan yirik sanoat va ma’muriy markazlar — London, Koventri, Birmingem bombardimon qilindi. Hujumlar natijasida Angliyada ko’plab turar joy binolari vayron etildi. 40 mingga yaqin kishi halok bo’ldi, 46 ming kishi esa yaralandi. Asosan tinch aholi halok bo’ldi. Biroq, Gitler rahbariyatining havo urushi yo’li bilan Angliya qarshiligini yengish borasidagi strategik rejasi xom bo’lib chiqdi.
Angliya jang qilishni bilardi. Xalqning ma’naviy ruhi sinmadi, urushni g’alabagacha yetkazish niyati yanada qatiylashdi. Angliya havo hujumidan mudofaa tizimi ixti-yorida keng tarmoqli radiolokatsiya stansiyalari bo’lib, ular dushman samolyotlarining yaqinlashayotganini oldindan sezishga qodir edi. Lyuftvaffe qo’mondonligining qo’qqisdan qilingan hujumlar bilan shoshirish rejasi chippakka chiqdi. Germaniya aviatsiyasi endi har bir hujumda 10—15 samolyot yo’qotardi. Sentabr o’rtalarida Angliyaga qarshi havo hujumlari to’xtatildi. Angliya Germaniya aviatsiyasi-ning buyuk qudrati haqidagi afsonani yo’qqa chiqardi.
Urushning birinchi yiliyoq deyarli butun G’arbiy Yevropa tez cho’ktirildi. Yengil g’alabalardan mast bo’lgan fashistlar Germaniyasi «Yevropada yangi tartib» o’rnatishga kirishdi. Endi u «Uchinchi reyx» hududi hisoblanardi. Dastlabki ikki nemis imperiyalari (reyxlar) IX asrda (Karolinglar) va XIX asrda (Vilgelm II) hukm surgan, Gitlerning «uchinchi reyx»i esa ming yil hukm surishi lozim edi. Bu qaramlik darajasi turlicha bo’lgan turli hududlarning yangi tartibi edi.
Ishg’ol etilgan ayrim hududlar Germaniyaga qo’shib olindi, boshqalari esa Germaniya amaldorlari tomonidan bevosita boshqarildi, uchinchilari so’zda muxtor sanalsa-da, aslida «qo’g’irchoq» hukumatlar tomonidan boshqarilardi.
Fashistlar Germaniyasining boshqaruv tartibi rejali terror va ommaviy qotilliklar miqyosi jihatidan beqiyos edi. Germaniya xalqini boshqa xalqlar hisobiga hududiy kenglik bilan ta’minlash rejasini amalga oshirish maqsadida Gitler Polshaning turli joylarida nemislar uchun koloniyalar tuzib, u yerlardan mahalliy aholini quvg’in qildi, ulardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalandi. Ayni rejalar, biroq yirik miqyosda, ruslar uchun ham mo’ljallangan edi. Gitler ularni o’rta Osiyo va Sibirga quvg’in qilishni ko’zladi. Bu hududlar bilan chegaralarda nemis harbiy faxriylari yashovchi manzilgohlar barpo etish rejalashtirildi, qolgan yerlarni esa Germaniya dehqonlari egallashlari lozim edi.
Skandinavlar, gollandlar va shveysariyaliklar singari german irqiga yaqin xalqlar yashovchi mamlakatlarda ularning nemislar bilan assimilyatsiya qilinishi ko’zda tutildi. Bunday xalqlar qayta o’qitilishi, yot unsurlardan tozalanishi lozim bo’lib, ularni mustamlaka qilish ko’zda tutilmadi.
Gitler bosib olingan yerlarni iqtisodiy jihatdan faqat talonchilik manbai hisoblardi. U hamma foydali narsalar, shu jumladan butun-butun sanoat sohalarini olib chiqib ketdi. G’arbdagi bosib olingan mamlakatlar bosqinchi qo’shinlarni asl qiymatidan bir necha baravar yuqori narxlarda saqlashlari lozim edi. Nemislar daromadni barcha foydali narsalarni sotib olishga sarflab, bosib olingan xalqlarni hayotiy zarur mahsulotlardan mahrum qildilar. Natsistlar o’z siyosatlarini hech kimdan yashirmasdilar. Bir natsist amaldor shunday derdi: «Millat to’kin-sochin yashayaptimi yoki ochlikdan o’lyaptimi, bu meni faqat madaniyatimiz ravnaqi uchun ulardan qul sifatida foydalanishga nechog’li muhtojligimiz nuqtai nazaridan qiziqtiradi».
Yevropadagi natsistlar hukmronligining eng mudhish jihati harbiy yoki iqtisodiy muhtojlik emas, Gitler irqiy doktrinasining g’ayriinsoniy va beshafqatligida ifodalanardi. Gitler slavyanlarni fikrlashga noqodir past irq vakillari deb hisoblar, ular bilan odamday muomala qilmaslik zarurligini uqtirardi. SS reyxsfyureri G. Gimmlerning rejasiga ko’ra, nemislarga hududiy kenglik yaratish uchun o’ttiz million slavyanni yo’q qilish ko’zda tutilardi.
Gimmler Genrix (1900—1945) — bosh fashist harbiy jinoyatchilaridan biri. 1929 yildan— SS rahbari, 1936 yildan — gestapo shefi, 1943 yildan — Germaniya ichki ishlar vaziri. 1945 yil mayda o’z joniga qasd qilgan.
Yahudiylar borasida ham Gitlerning maxsus rejasi mavjud edi. U butun Yevropani yahudiylardan tozalashni ko’zlardi. Dastlab u barcha yahudiylarni Madagaskarga ko’chirishni rejalashtirgan edi, biroq so’ng ularni qirib tashlashga qaror qildi. Natsistlarning o’lim lagerlarida olti milliondan ortiq yahudiy halok bo’ldi. Jami 16 ta o’lim lagerida 10 mln. kishi qirib tashlandi.
1940-yil oxiriga kelib Germaniya bosib olgan yerlarda 290 mln. kishi yashar, 45 mln. tonna po’lat quyilar, 400 mln. tonna ko’mir va 10 mln. tonna neft qazib olinar, 700 ming avtomobil, 110 mlrd. kvt. elektr quvvati ishlab chiqarilardi. Bu faqat blitskriggagina emas, uzoq muddatli va keng miqyosli urush olib borishga ham qodir dunyodagi eng qudratli armiyani jihozlash va ta’minlash uchun bemalol yetardi. Faqat shundan so’nggina Gitler Sovet Ittifoqiga qarshi urush boshlashga qaror qildi.
Gitlerning nemis xalqi uchun hududiy kenglikni yaratish rejasida Sovet Ittifoqini yo’q qilish birinchi o’rinda turardi. Angliyaga qarshi havo hujumlariga qadar u o’z atrofidagilarga qulay sharoit tug’ildi deguncha Rossiyaga hujum qilish niyatini bildirgandi. 1940-yil dekabrda, Angliyani bombardimon qilish davom etayotgan bir paytda, u generallarga 1941-yil 15-maygacha Sovet Ittifoqiga qarshi tayyorlanishni buyurdi. U sharqdagi blitskrig inglizlarning umidini chilparchin qilib, esini kiritib qo’yadi, deb taxmin qilardi. «Barbarossa» nomli operatsiya rejasiga ko’ra, Qizil armiyaning qarshiligi 1941-yil kuziga qadar sindirilishi lozim edi.
1941-yil martda Bolqonda Germaniya armiyasi Yugoslaviyani bosib oldi va greklarning qarshiligini sindirdi. Bu operatsiyalar Sovet Ittifoqiga qarshi urushni olti hafta ortga surdi. «Barbarossa» operatsiyasi 1941-yil 22-iyunda boshlandi. Gitlerga ishonchsizlik kuchli bo’lgani va sovet-german bitimi urushga tayyorlanishga go’yoki imkon bergani uqtirilishiga qaramay, Sovet Ittifoqi g’aflatda qoldirildi. Stalin sarosimaga tushdi. G’arbiy chegaralar mustahkam emas, Germaniya agressiyasiga qarshi harakatlar to’g’risidagi direktivalar yaratilmagan edi. Dastlabki ikki kundayoq ikki mingga yaqin sovet samolyotlari yerning o’zida, motorini yurgizib ulgurmay yo’q qilindi.
Brest qal’asi, dushman ortida qolgani holda, 1941-yil 22-iyundan 20-iyulgacha qahramonona mudofaani davom ettirdi. Mudofaaning aksariyat qatnashchilari halok bo’ldi, faqat ayrimlarigina qurshovni yorib chiqishga erishdi. Bu mudofaa Ikkinchi jahon urushidagi mardlik va qahramonlik timsoli bo’lib qoldi.
Noyabr oyigacha Gitler Sovet Ittifoqiga Napoleon Rossiyaga kirganidan ham ancha ichkari kirishga muvaffaq bo’ldi: nemis qo’shinlari Leningrad darvozasi oldida, Moskva ostonasi va Donda turardi. Sovet armiyasining g’arbiy qismlaridagi 4,5 mln. kishidan 2,5 millioni halok bo’ldi, 15 ming tankdan faqat 700 tasigina qoldi. Germaniya g’alabasi muqarrar tuyulardi.
Biroq, nemislar hal qiluvchi zarbani bera olmadilar. Qizil armiyaning qahramonona qarshiligi shiddatli urush rejasini barbod qildi. Gitlerchilar ham ulkan talafot ko’rdilar va hal qiluvchi zarba uchun ularda tirik kuch ham, texnika ham qolmadi. Ular Smolensk ostonasida deyarli ikki oy turib qoldilar. Smolensk jangi 1941-yil 10-iyuldan 10-sentabrgacha davom etdi. Bu jang natijasida Qizil armiya fashistlarning «Markaz» gruppirovkasi hujumini Moskva strategik yo’nalishida ushlab turishga muvaffaq bo’ldi. Bu Gitlerning «shiddatli urush» rejasi tanazzulining boshlanishi edi. Fashistlar Qizil armiyaning parokanda kuchlari qarshiligini Moskva ostonasida ham yenga olmadilar. Moskva mudofaasi 1941-yil 30-sentabrdan 5 dekabrgacha davom etdi. Mardona qarshilik ko’rsatilishiga qaramay, «Markaz» gruppirovkasi mudofaani yorib o’tib, janubdan Kashira shahriga chiqdi.
Qishki sovuqlar Gitler askarlarining jangovar ruhini sindirdi. Nemis askarlari yengil yoz kiyimida bo’lib, qishga armiya tayyor emasdi. Bir vaqtning o’zida, sovet rahbariyati Sibirdan rezervlarni keltirish, frontda va front ortida tartibni tiklash va qarshi hujumni tayyorlashga muvaffaq bo’ldi. 1941-yil 5-dekabrda boshlangan qarshi hujum natijasida sovet qo’shinlari 38 nemis diviziyasini tor-mor keltirib, 11 mingdan ortiq aholi punktini ozod qildi. Nemis qo’shinlari talafoti 500 ming kishini tashkil qildi. 1300 tank, 2500 to’p, 15 mingdan ortiq avtomashina va boshqa texnika yo’q qilindi. Noyabr va dekabrda sovet qo’shinlari Moskva ostonasida qarshi hujumga o’tib, Gitler qo’shinlariga qaqshatqich zarba berdi. Bu fashistlar Germaniyasining Ikkinchi jahon urushidagi birinchi yirik magiubiyati edi. Moskva ostonasida 60 diviziya tor-mor qilindi. Fashistlar qo’shinining yengilmasligi haqidagi afsona chippakka chiqarildi. Blitskrig barbod bo’ldi.
Qisqacha mazmuni
• 1939-yil 3-sentabr — Angliyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi;
• «Zitskrig» — Yevropadagi «g’alati» yoki «o’tirib urushish»;
• 1940-yil 9-aprel - Germaniyaning Norvegiya va Daniyani bosib olishi;
• 1940-yil may — Gollandiya va Belgiyaning kapitulyatsiya qilinishi;
• 1940-yil iyun — Germaniya qo’shinlarining Parijga kirishi. Germaniya bilan yarash ahdining imzolanishi. Mamlakatning bosib olinishi. Fransiya iqtisodiyoti Germaniya xizmatida;
• De Gollning bosqinchilarga qarshi kurashga chaqirig’i;
• 1940-yil 15-avgust — «Dengiz sheri» operatsiyasining boshlanishi. Angliyaning bombardimon qilinishi;
• Fashistlar bosib olgan yerlarda «yangi tartib»ning o’rnatilishi. Gitlerning irqiy doktrinasi;
• 1941-yil 22-iyun — «Barbarossa» rejasi — Germaniyaning SSSRga hujumi. Brest qal'asi mudofaasi. Smolensk jangi. Moskva uchun jang.
Hujjat
Gitlerning direktivasidan
Shahar shunday qurshab olinishi lozimki, undan biror-bir rus askari, biror-bir fuqaro - u erkakmi, ayolmi yoki bolami -chiqib ketolmasin. Chiqishga bo’lgan har qanday urinish kuch bilan to’xtatilsin. Moskva va uning atrofi suvga bostirilishi uchun zarur tayyorgarlik ko’rilsin. Bugun Moskva turgan yerda dengiz paydo bo’lishi va u rus xalqining poytaxtini madaniyatli dunyo ko’zidan abadiy yashirmog’i lozim.
G’arbiy front qo’mondoni G. K. Jukovning I. Stalinga yozgan 1941-yil 14-dekabrdagi xatidan
Guderian gruppasinig harbiy asirlari ko’rsatishicha, ularga sovuq tushishi munosabati bilan hozir Moskvadagi paradda kiyish uchun o’zlari bilan keltirgan parad libosini kiyishga ruxsat berilgan.
Oliy Bosh Qo’mondon Qarorgohining 1941-yil
16-avgustdagi buyrug’idan
...Buyuraman
1. Jang paytida unvon belgilarini yulib tashlovchi va front ichkarisiga qochuvchi yoki dushmanga asir tushuvchi komandirlar va siyosiy xodimlar dezertir deb hisoblansin, ularning oilalari qasamni buzgan va Vataniga xiyonat qilganlarning oilalari sifatida qamoqqa olinsin.
Barcha yuqori komandirlar va komissarlarga boshliqlar tarkibidan bo’lgan bunday dezertirlami joyida otib tashlash majburiyati yuklansin.
Davlat Mudofaa Qo’mitasi Raisi I. Stalin
21-son direktivadan
«Barbarossa» rejasi
Fyurer stavkasi 1940.18.12.
o’ta maxfiy
Faqat qo’mondonlik uchun
Germaniya qurolli kuchlari Sovet Rossiyasini qisqa muddatli kompaniya davomida Angliyaga qarshi urush tugagunga qadar tor-mor keltirishga tayyor bo’lishlari lozim.
Ruslarning G’arbiy Yevropadagi quruqlikdagi qo’shinlarining asosiy kuchlari dadil operatsiyalarda tanklarning tez harakatlanishi va chuqur kirib borishi vositasida yo’q qilinishi kerak. Dushmanning qobil kuchlari keng rus hududlariga chekinishiga yo’l bermaslik zarur.
Shiddatli ta’qib yo’li bilan rus harbiy-havo kuchlarining Germaniya imperiyasi hududiga hujumlarini istisno etuvchi marralar egallanishi lozim.
Operatsiyadan yakuniy maqsad Osiyo Rossiyasiga qarshi Volga-Arxangelsk umumiy chizig’i bo’yicha to’siq barpo etish hisoblanadi. Shunday qilib, zarur holda ruslarning Uraldagi so’nggi sanoat tayanchini aviatsiya yordamida yakson qilish mumkin bo’ladi.
Rus harbiy-havo kuchlarining samarali harakatlari operatsiya boshidayoq kuchli zarbalarimiz bilan bartaraf etilishi Iozim.
40-§. IKKINCHI JAHON URUSHINING 1941-1944-YILLARDAGI ASOSIY JANGLARI
Urush boshlangan damdan AQSh Angliyaga bor imkoniyatlari bilan yordam bera boshladi. Gitlerning AQShga urush e’lon qilishi uchun barcha asoslari bor edi, biroq u bu mamlakatning urushga ochiq qo’shilishidan cho’chib, bundan o’zini tiydi. Agar Tinch okeanida urush boshlanmasa, AQSh hukumati Yevropadagi urushga qo’shilishga yetarli asos topmasligi mumkin edi. Yaponiya Germaniya va Italiya bilan ittifoqqa qo’shildi va Fransiyaning zaiflashganidan foydalanib Hindixitoyga bostirib kirdi. Shu bilan birga u Xitoyda ham urushni davom ettirdi va Malayziyaning kauchuk plantatsiyalari ustidan nazorat o’rnatish maqsadida bu mamlakatni bosib olish rejasini tuza boshladi.
AQSh Yaponiyaning bu tadbirlarini bosiqlik bilan kuzatdi, chunki u yaponlaming Janubi-Sharqiy Osiyo va Indoneziyaga hujum qilishlarini istamasdi. Yaponiyaning 1941-yil iyulida Hindixitoyni bosib olishi AQSh siyosatiga o’zgartish kiritdi. AQSh yapon aktivlarini muzlatib, Yaponiyani neft manbalaridan ajratib qo’ydi; ingliz va gollandlar ham shunday ish tutdilar. Yaponiya Indoneziya nefti hamda Malayziya kauchugi va qalayisiz urushni davom ettira olmasdi.
Yaponiya vakillari Vashingtonda muzokaralar olib borishayotgan bir paytda, 1941-yil 7-dekabrda, yakshanba kuni ertalab yaponlar AQShning Pirl-Xarbor (Gavay orollari)dagi bosh harbiy-dengiz bazasiga havo hujumi uyushtirdilar. Amerikaliklar g’aflatda qoldilar. Yapon aviatsiyasi ikki soat davomida ko’rfazni va sohildagi qurilmalarni bombardimon qildi. Natijada 8 linkordan 4 tasi cho’ktirib yuborildi, 18 ta harbiy kema ishdan chiqdi, 188 ta samolyot yo’q qilindi, 128 ta samolyot esa shikastlandi, 3000 harbiy xizmatchi o’ldirildi.
8-dekabrda AQSh Yaponiyaga urush e’lon qildi. 11 dekabrda esa Yaponiyaning ittifoqchilari bo’lgan Italiya va Germaniya AQShga urush e’lon qildi. Tinch okeanida ham urush boshlandi.
AQSh urushga tayyor emasdi. Garchi 1940-yilda AQShda umumiy harbiy majburiyat joriy etilgan bo’lsa-da, armiya kam sonli, uquvsiz, yaxshi ta’minlanmagan edi. AQSh sanoati hali harbiy yo’nalishga o’tkazilmagandi. Yaponlar AQSh flotining zaifligidan foydalanib, tezda muvaffaqiyat qozondilar.
Yaponlarning urushning dastlabki bosqichidagi bosh vazifasi Janubi-Sharqiy Osiyoni Angliyadan kesib qo’yish edi, shu sababli asosiy zarba Angliyaning Yevropadan Tinch okeani tomon barcha dengiz yo’larini nazorat qiluvchi kuchli harbiy-dengiz bazasi sanalgan Singapurga berildi. Pirl-Xarbor bilan bir kunda yapon aviatsiyasi Singapurga ham hujum qilib, undan 200 km narida joylashgan Kota Baraga desant tashladi. Yaponlar shiddatli hujumlar qilib, ikki oy deganda Singapurga kirdilar. 1942-yil 15-fevralda Singapur deyarli jangsiz taslim bo’ldi. Kuchli istehkom va qurol-aslahaga ega bo’lgan qudratli ingliz garnizoni urushsiz oq bayroq ko’tardi. 100 ming ingliz askari asir olindi, yaponlar 740 to’p, 2500 pulemyot va 200 tankni qo’lga kiritdilar.
Singapurning tor-mor qilinishi Tinch okeanidagi butun mudofaa tizimining barbod bo’lishiga olib keldi. 1942-yil mayiga kelib Yaponiya Malayziya, Indoneziya, Yangi Gvineya, Birma, Filippin, Gonkong, Guam, Sulaymon orollari — jami 400 mln. aholi yashaydigan hududni bosib oldi. Hindiston va Avstraliyaga real xavf tugildi. AQSh halokat yoqasida edi. Biroq, fashistlarning sovet-german frontida 1942-yil yozida hujumga o’tishlari yapon hujumining strategik yo’nalishini o’zgartirdi. Stalingrad qo’lga olinishini kutib 1942-yil noyabrida eng yaxshi yapon diviziyalari Manjuriyaga tashlandi. Bu yerda yapon qo’shini artilleriyasining yarmi va tanklarning 2/3 qismi jamlandi. Bu yapon rahbariyatining xatosi bo’ldi. Shu damdan e’tiboran Tinch okeanidagi vaziyat o’zgarib bordi. AQSh tanaffusdan foydalanib qurolli kuchlarni to’play boshladi, aviatsiya va flotni qayta jihozladi. Yaponiya Tinch okeani-da hujumdan mudofaaga o’tdi. AQSh tashabbusni qo’lga kiritib, uni urush oxirigacha boy bermadi.
1942-yil yozida Yevropada Ikkinchi jahon urushining asosiy voqealari sodir boimoqda edi. Bu paytga kelib nemislar Sovet Ittifoqidagi barcha frontlarda yana hujumga o’tdilar, biroq Kavkaz tizmalarigacha yetib, Shimoliy Kavkazning neftga boy hududlari qo’lga olingan va Stalingradga chiqilgan Janubiy frontdan boshqa hech qayerda muvaffaqiyatga erisha olmadilar. Stalingrad uchun jang olti oy, 1942-yil 17-iyuldan 1943-yil 3-fevralga qadar davom etib, u Ikkinchi jahon urushida keskin burilish yasadi. Jangda fashistlar Germa-niyasining besh armiyasi qurshovga olinib, tor-mor keltirildi. 1943-yil 2-fevralda nemis qo’shinlarining qurshovdagi gruppirovkasi to’liq tor-mor qilindi. Vermaxtning Stalingrad jangidagi umumiy talafoti 1,5 mln. ga yaqin kishini tashkil qildi. 91 ming askar, 26 ming ofitser, 24 general 6-armiya qo’mondoni feldmarshal Paulyus boshchiligida qo’lga olindi. Bu Gitler Germaniyasining halokatga yuz tutganidan dalolat berardi. Germaniyada uch kunlik motam e’lon qilindi.
Stalingrad jangidan so’ng yana qator ogir zarbalar berildi va ulardan so’ng Gitler Germaniyasi qayta o’nglanmadi. Bu jangdan so’ng urushdagi strategik tashabbus Qizil armiya qo’li ga o’tdi. Front G’arbga tomon beto’xtov siljiy boshladi. 1944-yil kuzida nemis qo’shinlari Sovet Ittifoqi hududidan quvib chiqarildi, urush Yevropaga ko’chdi. Sovet armiyasi gitlerchilar tomonidan bosib olingan Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlari hududida hujumkor operatsiyalarni boshladi.
1943-yil 5-iyuldan 23-avgustgacha davom etgan Kursk jangidan maqsad Kursk bo’rtig’i hududida nemislarning hujumini barbod qilishdan iborat edi. 12-iyulda Proxorovka yaqinida ikki tomondan 1200 tank qatnashgan tanklar jangi bo’lib o’tdi. Uning natijasida dushman qo’shinlari chekina boshladi. Kursk jangida vermaxt 500 mingga yaqin odam yo’qotdi, 1,5 ming tank, 3,7 mingdan ortiq samolyot, 3 mingdan ortiq to’p yakson qilindi.
Dnepr uchun jang 1943-yil avgustdan dekabrgacha davom etdi. Sovet qo’shinlariga «Markaz» qo’shinlar grup-pirovkasi va «Janub» qo’shinlar gruppirovkasining asosiy kuchlari qarshi turdilar. Sovet qo’shinlari asosiy qismi Dnepr qirg’oqlari bo’ylab o’tgan «Sharqiy g’ov» mudofaa marrasini barpo etdilar. Dnepr uchun jang davomida sovet qo’shinlari tomonidan Dneprdagi strategik platsdarm qo’lga kiritilib, 38 mingdan ortiq aholi punktlari, shu jumladan 160 shahar ozod qilindi.
1944-yil 8-aprelda Qrimni ozod qilish operatsiyasi boshlandi. 12 mayda Qrim ozod etildi.
Gitler Leningradni qo’lga olish bilan faqat strategik emas, siyosiy maqsadlarni ham amalga oshirishni ko’zlagan edi. Leningrad mudofaasi 1941-yil 10-iyuldan 1944-yil 9-avgustgacha davom etdi. «Shimol» qo’shinlar gruppirovkasi (29 diviziya) oldiga Boltiqbo’yidagi sovet qo’shinlarini tor-mor keltirib, «Markaz» qo’shinlar gruppirovkasi qismlari bilan hamkorlikda Leningrad va Kronshtadtni qo’lga olish vazifasi qo’yilgan edi. 1941-yil 8-sentabrda nemis qo’shin-lari Leningradni quruqlikdan kesib qo’ydilar. Shahar qamalda qoldi. Faqat 1943-yil 18-yanvarda sovet qo’shinlari qamalni yorib o’tdilar, 1944-yil yanvar-fevralida unga batamom barham berildi. 1944-yil 10-avgustda Leningrad jangi nihoyasiga yetdi.
1944-yil 23-iyundan 29-avgustgacha Belorussiyani ozod qilish operatsiyasi davom etdi. Bu operatsiya davomida «Markaz» qo’shinlar gruppirovkasining asosiy kuchlari qurshovga olindi va tor-mor keltirildi. Belorussiya to’liq, Litva va Latviyaning esa bir qismi ozod qilindi.
1944-yil 20-iyulda Gitler o’zining bosh qarorgohida majlis o’tkazayotgan paytda portlash sodir bo’ldi. Uning natijasida to’rt ofitser halok bo’ldi. Gitlerning o’zi hech qanday zarar ko’rmadi. Suiqasd vermaxt ofitserlari tomonidan uyushtirilgan bo’lib, bombani polkovnik Shtauffenberg qo’ygan edi. Gitler ulardan ayovsiz o’ch oldi, fitnaga aloqador 5 mingdan ortiq kishi otib tashlandi.
Vaqt SSSRning ittifoqchilari foydasiga ishlardi. AQSh 1942-yilga kelib ishlab chiqarishni harbiy tartibga o’tkazdi va bu tezda o’z natijasini berdi. Butun urush davomida AQSh Angliya va SSSRga 300 ming samolyot, 86 ming tank, 2,7 mln. to’p va pulemyot yetkazib berdi. Bu lend-liz — AQSh kongressi 1941-yil fevralida qabul qilgan qonunga ko’ra amalga oshirildi. U Gitlerga qarshi koalitsiya bo’yicha ittifoqchilarga qurol-aslaha, strategik xom ashyo, o’q-dori va oziq-ovqatlarni ijaraga yoki foizsiz qarz tartibida berishni ko’zda tutardi. Bu qonunga ko’ra AQSh Angliya va SSSRga urush davrida 50 mln. dollarlik mahsulot yetkazib berdi. AQShning ko’magi va o’z harbiy sanoati ishlab chiqarishini oshirgani ittifoqchilarga 1942-yildayoq harbiy texnika jihatidan fashistlar Germaniyasi ustidan ustunlikka erishish imkonini berdi. 1943-yilda AQSh sanoati bor kuchi bilan ishlardi. Yangi texnologiyalar va taktika Atlantika okeanidagi Germaniya suv osti flotini deyarli yo’q qilib tashlash imkonini berdi. Amerika texnikasining ulkan oqimi Yevropaga qarab yo’naldi.
1942-yil noyabrda Angliya va AQSh Jazoir va Marokash qirg’oqlariga desant tushirdi. 450 ga yaqin harbiy va transport kemalari okean orqali AQShdan va Angliyadan odamlar va texnikani olib o’tib, ularni Kasablanka, Jazoir va Oran portlariga tushirdi. Vishi hukumati qo’mondonligi ostidagi Fransiya qo’shinlari hech qanday qarshilik ko’rsatmadi. Talafot deyarli boimadi. General D. Eyzenxauer (1890—1969) qo’mondonligidagi Angliya-AQSh qo’shinlari Tunisga hujum boshladi.
Biroz oldin Aleksandriyadan 90 km naridagi Al-Alamayn shaharchasi yaqinida hal qiluvchi jang sodir bo’lib, unda feldmarshal B. Montgomeri (1887—1976) qo’mondonligidagi ingliz qo’shinlari feldmarshal Ervin Rommel (1891 — 1944) qo’mondonligidagi Afrika korpusini tor-mor keltirdi. Stalingraddan so’ng bu Germaniya va Italiyaning Ikkinchi jahon urushidagi eng jiddiy mag’lubiyatlaridan biri edi. U 1942-yil 23-oktabrda boshlanib, 4 noyabrda tugadi. Rommelning 249 tankidan faqat 36 tasigina qoldi, u 400 to’p va bir necha ming avtomobil yo’qotdi. Inglizlar 20 ming nemis askarini asir oldilar. Bu jangdan so’ng inglizlar nemislarni 2,5 ming km davomida beto’xtov quvib bordilar. 1943-yil mayida ingliz qo’shinlari va Angliya-AQSh ekspeditsiya korpusi Tunisda birlashib, Italiya-Germaniya qo’shinlarini yangidan mag’lubiyatga uchratdi. Shimoliy Afrika tozalandi va o’rta Yer dengizida to’liq ittifoqchilar nazorati o’rnatildi.
Angliya-AQSh qo’shinlari dushmanga og’ir mag’lubiyatlardan so’ng nafas rostlash imkonini bermay, 1943-yil iyul-avgustida Sitsiliyaga desant tushirdilar. Italiyaliklar jiddiy qarshilik ko’rsatishmadi. Italiyada fashistlar diktaturasining inqirozi kuzatilardi. Mussolini ag’darib tashlandi. Marshal Badal'o boshchiligidagi yangi hukumat 1943-yil 3-sentabrda yarash ahdini imzoladi va unga ko’ra Italiya qo’shinlari qarshilikni to’xtatib, taslim bo’ldi.
Mussolini tuzumini qutqarish niyatida Germaniya qo’shinlari Italiya markaziga qarab yo’naldi va Rimni ishg’ol qilib, Italiya harbiy qismlarini qurolsizlantirdi, mamlakatda shafqatsiz istilo tartibi o’rnatdi. Ittifoqchi qo’shinlar himoyasiga qochib o’tgan Badal'o hukumati 1943-yil 13-oktabrda Germaniyaga urush e’lon qildi.
1944-yil 6-iyunda AQSh-Angliya qo’shinlari Fransiya shimoli Normandiyaga tushirildi. Bu ittifoqchilarning ikkinchi frontni ochish haqidagi eski va’dani bajarish borasidagi amaliy qadami edi. 24 iyulgacha ularning soni 1,5 mln. dan ortiq kishini tashkil etdi. Ittifoqchilar dushmandan shaxsiy tarkibi va tanklari soni jihatidan 3 baravar, samolyotlari soni jihatidan esa 60 baravar ustun bo’lib, havo va dengizda to’liq hukmronlik qilardilar. 15 avgustda AQSh va Fransiya qo’shilmalari Fransiya janubiga ham tushirildi. 25 avgustda fransuz qarshiligi qo’shinlari AQSh qo’mondonligi bilan kelishuvga ko’ra Parijga kirdilar va Fransiya poytaxti uzra milliy bayroq hilpiray boshladi.
Ikkinchi frontning ochilishi Ikkinchi jahon urushidagi muhim voqea bo’ldi. Germaniya endi Yevropada ikki frontda urush olib borishga majbur bo’lib, bu uning strategik imkoniyatlarini chegaralar edi. Havoda G’arbiy Yevropada AQSh va Angliya aviatsiyasi to’liq hukmronlik qilardi. Barcha yo’l va kommunikatsiyalar ittifoqchilar nazorati ostiga olingandi.
Germaniyani strategik bombardimon qilish hajmlari kengayib, unga Angliya-AQSh aviatsiyasining yirik kuchlari jalb qilina boshlandi. Kunduzi AQSh aviatsiyasi sanoat obyektlari, temir yo’llar, ko’priklar, suv osti kemalari bazalari, sintetik benzin va kauchuk ishlab chiqaruvchi korxonalarga havodan hujum uyushtirardi. Tunda Angliya aviatsiyasi asosan shaharlarni bombardimon qilib, tinch aholini ruhiy tushkunlikka tushirishga urinardi. Germaniya xalqi fashistlarning avantyurasi evaziga katta haq to’ladi. Bombardimonlar natijasida Germaniya hududida joylashgan mudofaa korxonalarining katta qismi yakson qilindi, havo mudofaasi tizimi ishdan chiqarildi, nemis aviatsiyasi faol harakat qilishni to’xtatdi. Havo hujumlaridan ayniqsa tinch aholi katta zarar ko’rdi. 1945-yil bahoriga kelib Berlinning to’rtdan bir qismi vayron qilindi, 1,5 mln. aholi boshpanasiz qoldi. Fashist qo’shinlarining transport va ta’minot tizimi deyarli yakson qilindi va ishdan chiqarildi.
1943-yil boshida Tinch okeanidagi urushda burilish yasaldi. Yaponiyaning iqtisodiy ahvol keskin zaiflashdi. Aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash avval qisqardi, so’ng esa butunlay to’xtatildi. Mamlakatda ish tashlashlar boshlandi. Urushga qarshi kayfiyatlar ochiq izhor qilina boshlandi. Shu taxlit harbiy magiubiyatlar chuqur ichki inqiroz bilan uyg’unlashdi. Qishloqda dehqonlar bilan pomeshchiklar o’rtasida nizolar boshlandi. Mamlakatdagi siyosiy inqiroz hukumat almashuvida aks etdi. 1944-yil iyulda Tinch okeanida urush boshlagan Bosh vazir Todzening hukumati iste’foga chiqarildi, 1945-yil aprelda Yaponiya hukumati yana almashdi.
Qisqacha mazmuni
• 1941-yil 7-dekabr — Yaponiya tomonidan AQShning Gavay orollaridagi Pirl-Xarbor harbiy-dengiz bazalarining bombardimon qilinishi. Yaponiyaga urush e’lon qilinishi;
• 1941-yil 11-dekabr — Italiya va Germaniya AQShga urush e’lon qildi;
• 1942-yil 15-fevral — Yaponiya tomonidan Angliyaning Singapurdagi harbiy-dengiz bazasining bosib olinishi. Tinch okeanidagi mudofaa tizimining yakson etilishi;
• 1942-yil — Yaponiya tomonidan Malayziya, Indoneziya, Yangi Gvineya, Birma, Filippin, Gonkong va boshqa hududlarning bosib olinishi;
• 1942-yil 23-oktabr — 4-noyabr — Italiya-Germaniya qo’shinlarining Al-Alamayn (Misr)dagi mag’lubiyati, strategik tashabbusning Angliya armiyasiga o’tishi;
• 1942-yil 17-iyul — 1943-yil 2-fevral — Stalingrad jangi — Ikkinchi jahon urushidagi burilish bosqichi;
• 1943-yil 5-iyul — 23-avgust — Kursk jangi;
• 1943-yil avgust—dekabr — Dnepr uchun jang;
• 1944-yil 20-iyul — Gitlerga qarshi suiqasd;
• 1944-yil may — Shimoliy Afrikaning Italiya-Germaniya qo’shinlaridan ozod qilinishi;
• 1943-yil 3-sentabr — Italiyaning taslim bo’lishi nemis-fashist blokini tanazzulga mahkum qildi;
• 1944-yil 6-iyun — ikkinchi frontning ochilishi;
1944-yil 10-avgust — Leningrad qamaliga to’liq barham berildi.
H ujjat
Nemis bosh shtabining 1941-yil 21-sentabrdagi buynig’idan
...— avval biz Leningradni qamalda qoldiramiz va, iloji bo’lsa, shahami artilleriya va aviatsiya vositasida vayron qilamiz...
...— terror va ochlik shaharda o’z ishini bajarganidan so’ng ayrim darvozalarni ochib, qurolsiz odamlami chiqarib yuboramiz...
...— bahorda biz shaharga bostirib kiramiz, barcha tirik qolganlarni Rossiya ichkarisiga ko’chiramiz yoki asir olamiz, Leningradni yer bilan bitta qilib tekislab tashlaymiz va Neva shimolidagi hududni Finlyandiyaga beramiz.
Germaniya harbiy-dengiz shtabi boshlig’ining 1941-yil 29-sentabrdagi buyrug’idan
O’ta maxfiy
Fyurer Sankt-Peterburgni yer yuzidan supurib tashlashga qaror qildi. Sovet Rossiyasi yo’q qilinganidan so’ng bu katta shaharning mavjudligi hech qanday qiziqish uyg’otmaydi...
Shaharga yaqinlashib, uni turli kalibrdagi artilleriya va surunkali havo hujumlari yordamida yakson qilish tavsiya etiladi...
Aholi hayoti va uning ta’minoti muammosi biz hal qilishimiz lozim va mumkin bo’lgan muammo hisoblanmaydi. Bu urushda... biz ushbu katta shahar aholisining bir qismini ham saqlab qolishdan manfaatdor emasmiz.
* * *
...Naqadar hayratomuz tuyulmasin, biroq ma’naviy hayot Leningradda bir lahza ham to’xtamadi. Qirq birinchi yil dekabrida Ermitajda akademik I. A. Orbeli tashabbusi bilan buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiyning besh yuz yillik yubileyi tantanali nishonlandi.
41-42-§§. 1939-1945-YILLARDA BOLQON YARIM OROLIDAGI HARBIY HARAKATLAR
YUGOSLAVIYA IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA
Urush boshlanishi bilan Yugoslaviyada urushayotgan tomonlarning birontasini quvvatlashda qatnashishdan bosh tortishni va Sovet Ittifoqi yo’lida turishni talab qilgan demokratik hamda tinchliksevar kuchlar yanada faollashdi.
1940-yilda Svetkovich hukumati SSSR bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi. Urushga va fashistlarga qarshi harakat hukumatni ko’zbo’yamachilikka majbur qildi. Tilda to’liq betaraflik qafiy saqlanishini bildirgan hukumat amalda 1941-yil martidayoq Gitler bilan Yugoslaviyaning fashistik blokka qo’shilishi haqida muzokaralar olib bordi. 1941-yil 24-martda Venada mamlakatning uch davlat (Germaniya, Italiya va Yaponiya) paktiga qo’shilishi haqida shartnoma imzolandi.
Bu voqeaga javoban mamlakatda ommaviy qahr-g’azab to’lqini ko’tarildi. Hamma joyda namoyishlar va mitinglar bo’lib o’tdi. Qo’shinlar namoyishchilar tomonga o’tishdi. Svetkovich boshchiligidagi hukumat qamoqqa olinib, umummilliy asosda yangi hukumat tuzildi.
1941-Vil 6-aprelda Germaniya urush e’lon qilmasdan Yugoslaviyaga hujum qildi. Gitlerchi feldmarshal List ixtiyorida 300 ming kishilik armiya bor edi. Italiya o’z qo’shinlarini Albaniya va mam-lakat shimoliga, Istriyaga yo’lladi. Bolgariya, Ruminiya va Vengriya ham Yugoslaviya hududiga bostirib kirishda ishtirok etishdi. Mamlakatning o’zida fashistparast generallar frontni ochib berib, armiyaga xiyonat qilishdi.
Yugoslav armiyasi o’n kun davomida tor-mor etildi. Uning qoldiqlari partizanlar bo’linmalari shtabi boshchiligida kurashni davom ettirish uchun tog’u o’rmonlarga chiqib ketdi. Mayda guruhlardan yirik partizan qo’shilmalari tuzildi. 1941-yil kuzida partizanlar nemislarning Bolqondagi kommunikatsiyalariga zarba berishdi, Chernogoriyani, deyarli butun Serbiyani tozalab, Belgradga yurish qihshdi. Alohida partizan bo’linmalaridan Xalq ozodlik armiyasi tuzildi. Bu armiya yetti marta fashistlarning katta hujumlariga dosh berdi.
1942-yil noyabrida Bukach shahrida Yugoslaviya xalq xaloskorlik antifashistik vechesi (YuXXAV) yig’ildi va bu xalq hokimiyatini yaratish yo’hdagi birinchi qadam bo’ldi. 1943-yili YuXXAV parlamentning barcha huquqlariga ega qonun chiqaruvchi organga aylantirildi. Shuningdek, Xalq ozodlik armiyasi qo’mondoni, marshal Iosif Broz Tito boshchiligida muvaqqat hukumat bo’lib qolgan Yugoslaviyani ozod qilish milliy qo’mitasi ham tuzildi. Antifashistik veche Yugoslaviya 6 qismdan: Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Chernogoriya, Makedoniya, Bosniya-Gersegovinadan iborat demokratik federativ davlat bo’lishi shartligi haqida qaror qabul qildi. Qirol Pyotr yon berishga va yangi kabinet tuzishni xalq ozodlik harakati bilan hamkorlik tarafdori Ivan Shubashichga topshirishga majbur bo’ldi. Bu 1944-yil 7-iyulda yagona demokratik hukumat tuzilishiga olib keldi.
1944-yil kuzida Qizil armiyaning Bolqondagi yozda boshlangan hujumi munosabati bilan Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasining hujumi avj oldi. 1944-yil 20-oktabrda ikki armiyaning qo’shilishi natijasida Yugoslaviya poytaxti — Belgrad ozod qilindi.
Biroq qirol Pyotr va uning a’yonlari Shubashich hukumatini tasdiqlashdan bosh tortib, qirol hokimiyatini va avvalgi tartibot qoldiqlarini saqlash bo’yicha manevrlar qila boshladi. Lekin uch buyuk davlatning Qrim konferensiyasi ularning bitimi asosida Tito va Shubashichga Muvaqqat birlashgan hukumat tuzishni tavsiya qildi.
1945-yil 7-martda Tito yangi yugoslav hukumatini tuzdi. Bunda Shubashich tashqi ishlar vaziri vazifasini egalladi. So’ngra federativ qismlarda o’z mahalliy hukumatlari tashkil etildi. Yugoslav armiyasi ittifoqchilar armiyalari bilan birgalikda gitlerchilarga, shuningdek, ularning ittifoqchilari—ustashlar va chetniklarga qarshi kurashni davom ettirdi hamda dushman qo’shinlari qoldiqlarini taslim bo’lishga majbur qilib, 1945-yil 15-mayda mamlakatning ozod qilinishini yakunladi.
Qisqacha mazmuni
• 1940-yil — SSSR bilan diplomatik aloqalar o’matilishi;
• 1941-yil 24-mart — fashistik blokka qo’shilish haqidagi shartnomaning imzolanishi;
• Svetkovich hukumatining qamoqqa olinishi. Umummilliy hukumat tuzilishi;
• 1941-yil, aprel — Germaniyaning Yugoslaviyani bosib olishi;
• bosqinchilarga qarshi partizanlik harakati. Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasining tuzilishi;
• 1942-yil, noyabr — Yugoslaviya xalq xaloskorlik antifashistik vechesi — xalq hokimiyatini yaratish yo’lidagi ilk qadam;
• 1943-yil — mamlakatni ozod qilish Milliy qo’mitasi (Muvaqqat hukumat) tuzilishi;
• 1944-yil 20-oktabr — Belgradning ozod etilishi;
• 1945-yil 7-mart — Yugoslaviyaning federativ davlat deb e’lon qilinishi va I. B. Tito boshchiligidagi hukumat tuzilishi;
1945-yil 15-may — mamlakatning gitlerchi bosqinchilardan to’liq ozod qilinishi. BOLGARIYA IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA
Ikkinchi jahon urushi boshida Bolganya o’zini betaraf deb e’lon qildi, biroq hukmron doiralar uni amalda fashistlar Germaniyasi harbiy mashinasining malayiga aylantirdilar. Bolgariya va Germaniya hukumatlari o’rtasidagi maxfiy bitimga ko’ra, Bolgariyaga 1940-yilning ikkinchi yarmida ko’p sonli nemis otryadlari kiritildi. Sayyoh va texniklar niqobi ostida ular mamlakatning muhim strategik punktlariga joylashdilar. 1941-yil 1-martda Bolgariya Bosh vaziri Filov Venada Bolgariyaning uch davlat bitimiga qo’shilishi to’g’risidagi ahdnomani imzoladi va bir vaqtning o’zida mamlakatga nemis qo’shinlarining kiritilishiga rozilik berdi. Ko’p o’tmay nemis qo’shinlari Bolgariyaga kirdilar. Uning strategik mavqeidan foydalanib, Germaniya Yugoslaviya va Gretsiyaga qanotdan hamda orqadan zarba berdi va ularni qisqa vaqt ichida bosib olishga erishdi. Bu xiyonat evaziga Germaniya Bolgariyaga Yugoslaviyaning Pirot okrugi va Makedoniyani, Gretsiyaning esa G'arbiy Frakiya qismini «hadya» qildi.
Bolgariya AQSh va Angliyaga urush e’lon qilib, o’zi ham harbiy harakatlar istehkomiga aylandi. Bu yerda Odessa va Qrimdagi desant operatsiyalariga tayyorgarlik ko’rgan Italiya va Germaniya qo’shinlari to’plandi. Bolgariya hukmron doiralari Gitlerning tez g’alabasiga ishongan edilar, biroq adashganlarini tushunishdi. Mamlakatda partizanlik harakati avj oldi. Vatan fronti kuchlari to’plana boshladi.
Biroq, 1944-yil avgustida Ruminiyaning tor-mor qilinishi Bolgariya hukumatini hiyla ishlatishga — 1944-yil 26-avgustidan betaraflik e’lon qilishga undadi.
Bolgariya hukmron doiralari sovet qo’shinlarining mamlakat hududiga bostirib kinshlariga yo’l qo’ymaslikka va Germaniya qo’shinlarini harakat uchun maydon bilan ta’minlashga urindilar. Hukumatlar almashtirildi, ya’ni fashistlarga tarafdor hukumat — Bagryanov hukumati boshqasi — Muraviyev boshchiligidagi hukumatga almashtirildi. Biroq, sovet hukumati bunday betaraflikni rad etdi, Bolgariya bilan barcha munosabatlarni uzdi va unga urush e’lon qildi. 1944-yil sentabrda marshal Tolbuxin qo’mondonligidagi sovet qo’shinlari Bolgariya hududiga kirdilar. Chekinayotgan nemis qismlarini quvib, sovet armiyasi qisqa vaqt ichida Bolgariya hududining katta qismini egalladi.
Mamlakatda Vatan fronti boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi. 1944-yil 9-sentabrda Muravievning fashist hukumati ag’darilib, Vatan fronti vakillaridan iborat yangi hukumat tuzildi va u o’sha kuni Moskvada SSSR, Buyuk Britaniya va AQSh vakillari bilan yarash ahdini imzoladi. Unga ko’ra, Bolgariya qo’shinlari Gitler qo’shinlari qoldiqlariga qarshi kurashda faol ishtirok etishlari lozim edi. Vatan fronti chuqur demokratik islohotlarni amalga oshirdi. Harbiy jinoyatchilar jazolandi, fashistlarning barcha qonunlari bekor qilindi, fuqarolarning erkinliklari tiklandi. 1945-yil 18-noyabrda Bolgariyada birinchi demokratik saylovlar o’tkazilib, unda Vatan fronti g’olib chiqdi. Xalq kengashining raisi qilib Vasil Kolarov (1877—1950) saylandi. Bolgariya yangi taraqqiyot yo’liga qadam qo’ydi.
Qisqacha mazmuni
• 1941-yil 1-mart — Bolgariya hukumati tomonidan Germaniya, Italiya, Yaponiya bitimiga qo’shilish to’g’risidagi ahdnomaning imzolanishi. Bolgariyaning AQSh va Angliyaga urush e’lon qilishi;
• 1944-yil 26-avgust — Bolgariyaning urushdan chiqishi va betaraflik e’lon qilishi;
• 1944-yil sentabr — SSSRning Bolgariyaga urush e’lon qilishi va uning hududini bosib olishi;
• 1944-yil sentabr — mamlakatdagi xalq qo’zg’oloni, SSSR bilan yarash ahdining imzolanishi;
• 1945-yil noyabr — Vatan frontining g’alabasi. Demokratik yangilanish sari yo’l.
RUMINIYA IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA
Germaniyada hokimiyat tepasiga fashistlar kelishi bilan vaziyat keskin o’zgardi. Gitlerning tashqi siyosatdagi yutuqlari ta’sirida Ruminiya hukmron doiralari ham fashizm yo’liga tushdilar. Mamlakatda Germaniyadan o’rnak olishga chaqirgan guruhlar paydo bo’ldi. 1939-yil avgustda hujum qilmaslik to’g’risidagi sovet-german bitimi imzolanib, uning maxfiy bandlariga muvofiq, Germaniya Bessarabiya uni qiziqtirmasligini bildirdi. Ushbu munosabat bilan Ruminiya hukumati SSSRning Bukovina va Bessarabiyani berish haqidagi talabini bajardi. Angliya va Fransiya Germaniya bilan urushda band bo’lib, Ruminiyaga yordam berolmadilar. Sovet Ittifoqi hech bir qarshiliksiz Bessarabiyani o’ziga qo’shib oldi. 1940-yil 18-iyunda Fransiyaning taslim bo’lishi ham Ruminiyaning tashqi yo’nalishiga ta’sir ko’rsatdi. Fransiya Yevropaning buyuk davlati sifatidagi faoliyatini to’xtatdi va Ruminiya taqdiri Germaniya ixtiyoriga o’tdi. Bessarabiyaning qaytarilishi va hududiy yaxlitlikning saqlab qolinishi endi faqat Germaniya irodasiga bog’liq edi.
1940-yil 3-sentabrda qirol Karol o’zining fashistlarga tarafdor qarashlari bilan mashhur Ruminiya qurolli kuchlari bosh shtabining sobiq boshlig’i Ion Antonesku (1882— 1946)ni hukumatni boshqarishga chaqirdi. Qirol generalning o’ziga sodiqligiga ishongan edi. 1940-yil 6-sentabrda hukumat tepasiga kelgach, Antonesku qirolning hokimiyatdan voz kechishini talab qildi, uni mamlakatdan quvib chiqardi va hokimiyatni qirol Mixayga topshirdi. Antonesku «kondukator», ya’ni davlat rahbari (Germaniyadagi «fyurer» yoki Italiyadagi «duche»ga teng)ga aylandi. U demokratik erkinliklarning so’nggi qoldiqlarini yo’q qilib, mamlakatda mustabid tuzum o’rnatdi. Butun Ruminiya iqtisodiyoti Germaniyaga xizmat qilishga safarbar etildi. Shu yilning oktabridayoq Ruminiya Germaniya instruktorlari bilan to’lib-toshdi, ular sovet chegarasi bo’ylab hamda strategik jihatdan muhim punktlarda joylashtirildi.
1941-yil bahorida Ruminiyada «Barbarossa» rejasiga ko’ra SSSRga bostirib kirishi lozim bo’lgan nemis qo’shinlari jamlandi. Yugpslaviyadagi harbiy operatsiyalardan so’ng ular SSSR chegaralariga yuborildi. 1941-yil 11-iyundagi Gitler va Antoneskuning uchrashuvida Sovet Ittifoqiga birgalikda hujum qilish rejalari uzil-kesil belgilab olindi. Ruminiya rahbariyati Bessarabiyani qaytarib olish hamda Ruminiyani Odessa va Janubiy Ukrainagacha kengaytirishga umid qildi. Antonesku Germaniya ixtiyoriga 1 mln.ga yaqin askar, 24 piyoda, 4 kavaleriya va motomexanizatsiyalashtirilgan diviziyani berdi. Biroq, Ruminiya armiyasi urushga tayyor emasdi: askarlar uquvsiz bo’lib, harbiy harakatlar tajribasiga ega emasdilar. 1941-yil noyabridayoq Ruminiya armiyasining talafoti halok bo’lganlar va yaradorlarni qo’shganda 300 ming kishidan ortiqni tashkil etdi. Ruminiya qo’mondonligi ularni mamlakatga qayta tuzish uchun qaytarishga majbur bo’ldi.
1942-yil iyulida Ruminiya qo’shinlari yana sovet-german frontida paydo bo’ldi. Stalingrad ostonasida 24 rumin diviziyasidan 18 tasi tor-mor etildi, shularning 12 tasi to’liq yo’q qilindi yoki asir tushirildi. Ruminiya armiyasi sovet-german frontida jami 1 mln. dan ortiq kishini yo’qotdi. Bu Bessarabiyaning qaytarilishi, Odessa va Janubiy Ukrainaning qo’shib olinishiga bo’lgan barcha umidlarni chippakka chiqargan shafqatsiz urush bo’ldi.
Aprel oyi boshida sovet qo’shinlari davlat chegarasini bosib o’tib, 1944-yil avgustida Ruminiyaga kirdi va Dunay sohiliga chiqdi. Bu general Antonesku tuzumiga qarshi ommaviy harakatning boshlanishiga turtki bo’ldi. Qarshilik harakatini 1944-yilda tuzilgan yagona ishchilar frontiga bir-lashgan demokratik kuchlar tashkil etdilar.
1944-yil 23-avgustda Antoneskuning fashist diktaturasi ag’darib tashlandi. Kondukatorning o’zi qirol Mixay buyrugi bilan qamoqqa olindi, 1946-yilda sud uni harbiy jinoyatlari uchun oiim jazosiga hukm qildi (u 1946-yil mayida otib tashlandi). Hokimiyatni general Sanatesku hukumati egalladi. Unga milliy-demokratik blokni tashkil qilgan to’rtta partiya rahbarlari kirdilar. Yangi hukumat ittifoqchilar qo’mondonligiga yarash ahdini tuzishni so’rab murojaat qildi. 1944-yil 12-sentabrda Moskvada Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqi va AQSh hukumatlari Ruminiya bilan yarashuv ahdnomasini imzoladilar. Ruminiya taslim bo’ldi va ahdnoma shartiga ko’ra Germaniya bilan aloqani uzib, qurolni nemislarga qarshi qaratishga rozilik bildirdi. Biroq, yarashuv shartlarining bajarilishiga reaksion kuchlar qarshilik ko’rsatib, ularning doirasini chegaralashga urindilar. Bunga qarshi Ruminiyada yarashuv shartlarining halol bajarilishi va aksildemokratik tuzum bilan oraning qafiy ochiq qilinishi tarafdori bo’lgan so’l kuchlarning Milliy-demokratik fronti tashkil etildi.
1945-yil fevral oyining oxirida mamlakat bo’ylab ommaviy namoyishlar to’lqini yelib o’tdi. Ularning lshtirokchilari demokratik islohotlarni amalga oshirish, bosh ko’targan gitlerchi tashkilotlarga barham berishni talab qildilar. Hukumat ommaviy qatag’on bilan javob berdi, namoyishlar qo’shin yordamida tarqatildi. Mehnatkash omma tazyiqi ostida general Radeskuning reaksion hukumati iste’fo berishga majbur bo’ldi va 6 martda dehqonlar fronti rahbari, Ministrlar Soveti raisining sobiq o’rinbosari doktor Petru Groza (1884—1958) boshchiligidagi yangi hukumat tashkil qilindi. Yangi hukumat mamlakatni demokratlashtirish yo’lida qafiy qadamlar tashladi. 20-martda agrar islohot haqidagi qonun qabul qilindi. Bu islohot pomeshchiklar sinfmi tugatdi, yirik pomeshchiklar va yer egalarining mamlakat siyosiy hayotiga ta’siriga barham berdi. Bu qishloq xo’jaligining yuksalishi va mamlakatning demokratlashtirilishiga zamin hozirladi. Petru Groza hukumati ichki boshqaruv tizimini ham demokratlashtirdi.
1945-yil 2-avgustda uch davlatning Berlindagi konferensiyasida Ruminiyaning BMTga qabul qilish to’g’risidagi iltimosi qondirildi, 6 avgustda esa SSSR hukumati u bilan diplomatik aloqalarni tiklashga qaror qildi. 1946-yil fevralida Ruminiyaning yangi hukumatini AQSh va Buyuk Britaniya ham tan oldi.
Qisqacha mazmuni
• 1940—1944-yillar — Ruminiyaning Germaniya bilan hamkorlik qilishi;
• 1944-yil avgust — SSSR armiyasi Ruminiya hududiga kirdi;
• 1944-yil sentabr — Ruminiya so’zsiz taslim bo’lish to’grisidagi hujjatni imzoladi;
• 1945-yil mart — Petru Groza — demokratik islohotlarning amalga oshirilishi.
GRETSIYA IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA
Ikkinchi jahon urushida Gretsiya hukumati betaraflikni saqlashga harakat qildi. Hukumatning bu niyati rasmiy bayonotlarda bir necha bor bildirildi. Biroq, Gretsiya o’rta Yer dengizi mintaqasida juda muhim o’ringa ega edi. 1939-yil aprelda fashistlar Italiyasi Albaniyaga bostirib kirdi va ko’p o’tmay uni ishg’ol qildi. Albaniyadan so’ng navbat Gretsiyaga kelishiga hech kim shubha qilmasdi. Angliya Gretsiyani osonlikcha qo’ldan boy berishni istamasdi, chunki yondosh Kiprda uning kuchli harbiy-havo bazasi joylashgandi. 1939-yil 13-aprelda Angliya Gretsiyaning hududiy yaxlitligini kafolatlashga so’z berdi. Bu bayonotga Fransiya ham qo’shildi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi Bolqondagi vaziyatni o’zgartirib yubordi. Italiya va Angliya urush holatida edi. Fransiya 1940-yil iyunda taslim bo’ldi. Endi Italiya fashistlariga hech kim xalaqit berolmasdi. 1940-yil yozida Italiya Albaniyada 130 ming kishilik armiyani jamladi va u 28-oktabrda Gretsiyaga bostirib kirdi. Bir vaqtning o’zida temir yo’llar, portlar va aerodromlar bombardimon qilindi. Qattiq qarshilik ko’rsatgan grek qo’shinlari o’z hududlarining katta qismini saqlab qolishga erishdilar. Urush: cho’zilib ketdi. Greklarga inglizlar yordamga shoshilib, 1941 -yil martda Gretsiyaga 57 ming kishilik ekspeditsiyani tushirdilar. Bu grek qo’shinlari hujumga o’tib, italiyaliklarni o’z hududlaridan quvib chiqarishlari uchun kifoya qildi. Greklar hujumni davom ettirib Albaniya hududiga kirdilar va uning uchdan bir qismini egalladilar. Italiyaliklarni tor-mor bo’lishdan va Bolqon yarim orolidan haydalishdan qutqarishga urinib Germaniya Gretsiyaga urush e’lon qildi va nemis qo’shinlari 1941-yil 6-apreIda Gretsiyaga bostirib kirdi. 24-aprelda ularga bolgar qo’shinlari ham qo’shildi.
1941-yil 27-aprelda Germaniya qo’shinlari Gretsiya armiyasinmg qarshihgini yengib, Afinaga kirdi. Gretsiya hukumati qirol boshchiligida Angliya armiyasi bilan birga Krit oroliga chekindi. Ammo, oradan bir oy o’tib Krit ham nemis qo’shinlari tomonidan bosib olindi va Gretsiya hukumati Afrikaga qarab qochishga majbur bo’ldi. Mamlakatda general Cholakoglu boshchiligidagi qo’g’irchoq hukumat tuzildi.
Bosqinchilar Gretsiyani beayov taladilar. Mamlakatdan barcha oziq-ovqat zahiralarini olib chiqib ketdilar. Bosqinchilar qo’shinini saqlab turish grek xalqining zim-masiga yuklandi. Germaniyaga barcha temir yo’l sostavlari, avtomashinalar, fabrika uskunalari olib ketildi. Nemislar o’z istilo pulini chiqardilar va grek pulining qadri tushib ketdi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish sur’ati pasaydi, qoramol soni keskin kamaydi. Bu aql bovar qilmas talonchilik juda ko’pchilikning ochlikdan qirilishiga sabab bo’ldi. Bosib olingan yerlardan quvg’in qilingan kishilar Afina va Pireyga najot istab keldilar, aholi zichligi natijasida bu yerda yuqumli kasalliklar avj oldi.
Talangan, o’z hukumatidan xiyonat ko’rgan va bosqinchilar tomonidan xo’rlangan xalq jasorat ko’rsatdi, taslim bo’lmadi va qurolli kurash boshladi. o’n minglab kishilar qoida qurol bilan o’z vatani, xalqini himoya qilish uchun togiarga chiqib ketdilar. Partizanlar bosib olingan shahar va qishloqlar, kommunikatsiyalar va alohida harbiy qismlarga hujumlar uyushtirdilar. Korxonalarda shafqatsiz jazolashlarga qaramay, sabotaj va diversiya barham topmadi.
1941-yil yozida partizanlarning otryadlari asosida Gretsiyci Milliy-ozodlik fronti tashkil qilinib, u barcha vatanparvar kuchlarni birlashtirdi. Frontning asosiy maqsadi bosqinchilarga qarshi kurash va mamlakat mustaqilligini demokratik asosda tiklashdan iborat edi. Gretsiya tarixida birinchi marta kommunistlar, demokratlar, sotsialistlar, liberallar, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, mayda va o’rta burjuaziyani birlashtirgan demokratik tashkilot yuzaga keldi. Front qarorlarini amalga oshiruvchi mahalliy qo’mitalar tashkil qilindi.
1942-yil dekabrda ozod qilingan hududlarda Milliy-ozodlik fronti partizanlarning harbiy harakatlarini boshqaruvchi harbiy tashkilot tuzdi. Bu vaqtga kelib Milliy-ozodlik frontida salkam ikki million kishi, ya’ni mamlakatning deyarli balog’at yoshidan o’tgan barcha aholisi harakat qilardi. o’z navbatida, monarxiya tarafdorlari o’ng kuchlar va reaksion tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqinchilarga
qarshi emas, ko’proq urushdan keyingi siyosiy hayotda o’rin egallash uchun kurashgan EDES, EKKA kabi jangovar tashkilotlarni tuzdilar.
Grek xalqini bosqinchilarga qarshi kurashda imkon qadar birlashtirishga uringan Xalq fronti 1944-yil mayda Betsrutda Gretsiya barcha siyosiy kuchlarining konferen-siyasi chaqirilishiga erishdi. Boshqaruv shaklini tanlash va barcha siyosiy kuchlardan iborat hukumat tuzish uchun plebissit o’tkazishga kelishildi.
Urush oxiriga yetib bormoqda edi. 1944-yil 3-oktabrda Gretsiya qirg’oqlariga Angliya qo’shinlari kelib tushdi. Keyinchalik ma’lum bo’ldiki, ular bu yerga «o’z xohishlariga ko’ra» ketishga taraddud ko’rayotgan bosqinchilarga qarshi kurashish uchun emas, Gretsiya monarxiyachilarini qo’llab-quvvatlash maqsadida kelishgan ekan. 1944-yil 11-oktabrda BMT talabiga binoan Bolgariya mamlakatning bosib olingan hududlarini ozod qildi, 13-oktabrda esa gitlerchilar Afinani tark etdilar. Bosh vazir Georg Papandreu (1888—1968) boshchiligidagi Gretsiya hukumati poytaxtga qaytib keldi. Va’da qilingan demokratik islohotlarni o’tkazish o’rniga, Papandreu monarxiyachilar va o’ng kuchlar bilan faol hamkorlik qilishga kirishdi. Angliya qo’shinlarining mavjudligi uning aksildemokratik faoliyatiga madad bo’ldi. 1944-yil noyabrda Gretsiyadagi ingliz qo’shinlari qo’mondoni bosqinchilarga qarshi kurashgan Xalq fronti otryadlari va partizanlarni qurolsizlantirish to’g’risida buyruq chiqardi, biroq monarxiyachilarning otryadlari va fashistlar partizanlarga qarshi kurashish uchun tuzgan «qo’riqlov batalyonlari» saqlab qolindi. Xalq frontining bu qarorga qarshi Afinadagi namoyishi politsiyachilar tomonidan ingliz qo’shinlari ishtirokida o’qqa tutildi. Angliya, garchi bunga imkoniyati 1922-yildagi kabi oz bo’lsa-da, o’zining Gretsiya ustidan nazorat o’rnatish borasidagi eski siyosatiga qayta boshlagan edi.
Afinada harbiy holat e’lon qilindi. Mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Angliya qurolli kuchlari Papandreuni qo’llab-quvvatlashga urinib, Xalq frontiga qarshi faol harakat boshladilar, Afinaning butun-butun mavzelarini bombardimon qildilar. Mamlakatda Xalq frontiga qarshi kurash uchun respublikachi-monarxiyachilar ittifoqi hamda yana «Buyuk Gretsiya»ni tashkil qilish tug’ini ko’targan qurolli otryadlar tuzildi. Xalq fronti a’zolariga qarshi terrorchilik kompaniyasi boshlandi. 100 ga yaqin kishi qamoqqa tashlandi, 200 ming kishi yana tog’larga chiqib ketishga majbur bo’ldi, 1000 ga yaqin kishi o’ldirildi.
Qisqacha mazmuni
• Gretsiya hukumatining Ikkinchi jahon urushida betaraflikni saqlashga bo’lgan urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi;
• 1941-yil 6-aprel — Germaniya qo’shinlarining Gretsiyaga bostirib kirishi. Mamlakatning bosib olinishi va talon-toroj qilinishi;
• Gretsiya Milliy-ozodlik frontining tashkil topishi va bosqinchilarga qarshi kurash;
• 1942-yil dekabr — Gretsiya hududining bir qismi ozod qilindi;
• 1944-yil 13-oktabr — mamlakatning nemis-fashist bosqinchilaridan ozod qilinishi. G. Papandreu hukumatining qaytishi. Fuqarolar urushi.
ALBANIYA IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA
Alban vatanparvarlari tog’larga chiqib ketib, Yugoslaviya va Gretsiya partizanlari bilan hamkorlikda bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurash olib bordilar. Afmada alban legioni tuzildi, kurash jarayonida xristian va musulmon aholi birlashdi. Alban vatanparvarlarining «Ozod Albaniya» milliy tashkiloti SSSR, AQSh va Angliya tomonidan alban xalqining vakili sifatida tan olindi. 1943-yil boshida barcha urushishga qodir aholi partizan otryadlarida ishtirok etardi. Boshda bu otryadlar parokanda holda harakat qilardi, biroq 1943-yil iyulida ular Anvar Xo’ja (1908—1985) qo’mondonligidagi Xalq ozodlik armiyasiga birlashdi.
1944-yil oktabri va noyabrida Xalq ozodlik armiyasi mamlakatning barcha yirik shaharlarini qo’lga kiritdi.
Milliy-demokratik frontning muvaqqat hukumatini Anvar Xo’ja boshqardi. 1945-yil 2-dekabrda Albanryada Ta’sis majlisiga saylovlar o’tkazildi. Saylovlarda saylovcnilarning 90%i qatnashib, ularning 93%i Milliy-demokratik front uchun ovoz berdilar. 1946-yU U-yanvarda Ta sis majlisi Tiranada Albaniyani Xalq respublikasi deb e’lon qildi.
Qisqacha mazmuni
• Albaniya Milliy-ozodlik armiyasining bosqinchilarga qarshi kurashi;
• 1944-yil noyabr — mamlakatning ozod qilinishi;
1946-yil 11-yanvar — Albaniyaning Xalq respublikasi deb e’lon qilinishi.
43-44-§§. IKKINCHI JAHON URUSHINING TUGASHI.
FASHISTLAR GERMANIYASINING TOR-MOR QILINISHI
Sovet armiyasining 1944-yil shiddatli hujumi sovet davlati hududining fashist bosqinchilaridan to’liq tozalanishiga olib keldi. Urush SSSR tashqarisiga, Markaziy Yevropa hududiga ko’chdi. Sovet armiyasi kirgan birinchi mamlakat Ruminiya bo’ldi. 1944-yil 25-oktabrda bu mamlakat fashistlardan ozod qilindi. Uning ketidan Bolgariya ozod etildi. Sovet armiyasi Yugoslaviya Xalq ozodlik armiyasiga fashistlarning Yugoslaviyadagi qo’shinlarini tormor keltirishga ko’maklashdi. 1944-yil 20-oktabrda Belgrad shahri ozod qilindi. 1944-yil noyabrda nemis-fashist qo’shinlari Bolqon yarim orolidan quvib chiqarildi.
Sovet qo’shinlarimng hujumi kuchli va shiddatli bo’ldi. Ularning ixtiyorida eng qudratli harbiy texnika mavjud edi. Mamlakatning sharqiy hududlarida barpo etilgan sanoat qo’shinni yangi texnika bilan muntazam ta’minlab turardi. Qurol-aslahalar sifat jihatidan beto’xtov takomillashib borardi.
Sovet qo’shinlari muvaffaqiyatlarining yana bir muhim garovi qo’mondonlik harbiy san'atining o’sgani, sovet armiyasi rahbar tarkibi strategik mahoratining takomillashgani edi. Urush davomida armiyadagi rahbar lavozimlarga urush maktabi va yangi turdagi akademiyani o’tagan, barcha zamonaviy harbiy jang olib borish usullarini egallagan yosh iste’dodli sarkardalar tayinlandilar.
Askarlar Yevropaga xaloskor sifatida kirdilar va bu vazifani chuqur mas'uliyat hissi bilan bajardilar. Ular qasos olishni o’ylamadilar, tinch aholiga nisbatan kek saqlamadilar, o’zlarini faqat fashizmga qarshi kurashchi deb his qildilar. Sovet qo’shinlari hujumkor shiddatining buyuk siri shunda yashirin edi.
1944-yil 28-sentabrda nemislarning Yugoslaviyadagi qo’shinlarini tor-mor qilish bo’yicha Belgrad operatsiyasi boshlandi. 3-Ukraina fronti, Yugoslaviya va Bolgariya qo’shinlari qatnashgan bu operatsiya natijasida fashistlarning «Serbiya» gruppirovkasi tor-mor keltirilib, Belgrad hamda Serbiyaning katta qismi ozod qilindi.
1944-yil 16-dekabrda Ardenna operatsiyasi boshlanib, uning davomida nemis qo’shinlari G’arbiy Yevropadagi vaziyatni Germaniya foydasiga o’zgartirishga urindilar. Ushbu maqsadda ular G’arbiy frontda AQSh-Angliya qo’shinlarini tor-mor qilishga urinib ko’rdilar. Frontning uzunligi 115 km. ni tashkil qildi. Nemis qo’shinlarining huju-mi AQSh qo’shinlarini dovdiratib qo’ydi va ular chekina boshladilar. Dekabr oxirida AQSh—Angliya qo’mondonligi qarshi zarba bilan dushman hujumini to’xtatdi. Biroq, 1945-yil 1-yanvarga o’tar kechasi nemislar qarshi hujumga o’tdilar. Ittifoqchilar qiyin ahvolda qolganlari munosabati bilan U. Cherchill I. Stalinga yordam so’rab murojaat qildi. Iltimos qondirildi va nemis qo’mondonligi hujumni to’xtatib, 13 diviziyani Sharqiy frontga tashlashga majbur bo’ldi.
1944-yil sentabrda Vengriya uchun uzoq va qonli janglar boshlandi. Bu mamlakat Germaniya armiyasining barcha harakatchan va uchuvchi qismlarini yonilg’i bilan ta’minlovchi so’nggi tabiiy neft manbai edi. Nemis qo’shinlari Vengriya yerining har bir parchasi uchun qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Faqat 1945-yil 18-yanvarda Pesht, 13 fevralda esa Buda qo’lga olindi. Sovet tank qo’shinlari va qismlari shiddat bilan butun front bo’ylab hujumni rivojlantirdilar. 1944-yil oxiri — 1945-yil boshida Polsha va Finlyandiya, 1945-yil boshida Chexoslovakiya va Avstriyaning katta qismi ozod qilindi. Nihoyat, 1945-yil yanvar oyining boshida sovet armiyasining dastlabki qismlari Germaniya chegarasiga chiqdilar. Urushning oxiri ko’rinib qoldi. Biroq, fashizm reyx hududida qattiq qarshilik ko’rsatish uchun hali yetarli kuchga ega edi.
Fashizm ustidan g’alaba barcha tinchliksevar va demokratik davlatlardan juda katta kuch va qurbonlar talab qildi. Gitler Germaniyasiga qarshi kurash demokratik davlatlarning rahbarlarini o’z siyosiy va g’oyaviy ixtiloflarini chetga surib, insoniyatning mudhish dushmanini butkul tor-mor keltirish uchun birlashishga majbur qildi. Sovet Ittifoqining urushga kirishi Gitlerga qarshi keng koalitsiyaning tuzilishiga olib keldi. G’arbdagi davlat arboblari faqat Sovet Ittifoqining urushda ishtirokigina Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan uzil-kesil g’alabani ta’minlashi mumkinligini yaxshi tushunardilar.
1941-yil 22-iyun oqshomi butun dunyo Gitlerning Sovet Ittifoqiga qarshi agressiyasi to’g’risidagi xabar bilan birga, damini ichiga yutib, Cherchillning Bi-Bi-Si orqali so’zlagan nutqini ham tingladi. Bu tarixiy nutq tinchliksevar kuch-larning natsizmga qarshi ittifoqiga asos soldi. Angliya bosh vaziri kommunizmning prinsipial dushmani ekanini yashir-masdi. Biroq, yangi xavf oldida vaziyat o’zgardi. «Biz Gitlerni va natsistlar tuzumi haqidagi har qanday tushunchani yo’q qilib tashlashga tayyormiz, — deb aytdi Cherchill. — Biz hech qachon Gitler va uning gumashtalari bilan muzokara olib bormaymiz... Natsizmga qarshi kurashgan har bir inson, har bir davlatni biz qo’llab-quvvatlaymiz... Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, biz Rossiya va rus xalqiga qo’li mizdan kelgan yordamni beramiz».
U. Cherchill o’zining SSSR va uning kurashiga bo’lgan munosabatini Angliya manfaatlari bilan asosladi. «Gitler, — deb aytdi u, — rus qudratini sindirmoqchi, zero, u, agar bu ishni uddalasa, o’z armiyasi va aviatsiyasining asosiy kuchlarini bizning orolimizga tashlashi mumkinligiga umid qil-moqda... Uning Rossiyaga tajovuzi Britaniya orollariga tajovuzning boshlanishidir... Shuning uchun ham ruslarga nisbatan xavf bizga va AQShga nisbatan xavfdir, o’z qalbi va yurti uchun kurashayotgan har bir rus kishisining ishi yer yuzidagi har bir ozod inson va xalqning ham ishidir».
Angliya hukmron doiralari Germaniya ustidan yolg’iz g’alaba qozona olmasliklarini yaxshi tushunardilar. Buning uchun ularga quruqlikda va albatta Yevropada kuchli ittifoqchi kerak edi. Bunday ittifoqchi paydo bo’ldi va Angliya rahbariyati bu qulay imkoniyatdan foydalanishga shoshildi. Gap endi Gitlerga qarshi kuchlarning koalitsiyasini tuzish haqida borardi. 1941-yil 24-iyunda AQSh prezidenti F. Ruzvelt Sovet Ittifoqini qo’llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
1941-yil 14-avgustda «Uels shahzodasi» ingliz harbiy kemasida U. Cherchill va F. Ruzvelt fashizmga qarshi kurashish niyati bayon etilgan «Atlantika xartiyasi»n\ imzoladilar. Shu yilning 24-sentabrida Sovet hukumati xartiyaga qo’shildi. AQShning urushga qo’shilishi Gitlerga qarshi koalitsiyaning tuzilishini tezlashtirdi. 1942-yil yanvarda Vashingtonda AQSh, Angliya, SSSR, Xitoy va yana 22 davlat vakillari Vashington deklaratsiyasini imzoladilar. Imzo chekkan davlatlar fashizmga qarshi kurashga o’zlarining barcha iqtisodiy va harbiy manbalarini sarflashga hamda Gitler Germaniyasi yoki uning ittifoqchilari bilan separat bitim yoki yarash ahdi tuzmaslik majburiyatini oldilar.
1943-yil 28-noyabrdab 1-dekabrgacha bo’lib o’tgan uch davlat rahbarlarining Tehron konferensiyasi Gitlerga qarshi koalitsiyaning vujudga kelishida muhim qadam bo’ldi. U Stalingrad jangi va AI-Alamayn yaqinidagi jangdan so’ng, faqat harbiy emas, dunyoning urushdan keyingi taqdiri borasidagi masalalar ham ko’ndalang turgan Ikkinchi jahon urushida hal qiluvchi burilish yasalgan yilda bo’lib o’tdi. «Mamlakatlarimiz faqat urush davomida emas, undan keyingi tinch davrda ham hamkorlik qilishlariga ishonch bildiramiz», deb aytilgan edi uch davlat deklaratsiyasida. «Biz Germaniya qurolli kuchlarini tor-mor qilish rejasini kelishib oldik», deb qayd etdilar F. Ruzvelt, U. Cherchill va I. Stalin. Konferensiya 1944-yil may oyidan kechikmay Fransiyada ikkinchi frontni ochish haqida qaror qabul qildi. Polsha chegaralari Sharqda Kerzon, G’arbda Oder va Neyse daryolari chizig’i bo’ylab o’tishi haqida kelishib olindi. Konferensiyada Sovet Ittifoqiga Sharqiy Prussiyaning bir qismi, shu jumladan Kenigsberg shahrini berish haqida qaror qabul qilindi. Boshqa qator muhim masalalar haqida ham kelishildi. Eron urushdan so’ng hududiy yaxlitligini saqlagan holda mustaqil davlatga aylanishi lozim edi. Sovet Ittifoqi Yevropada harbiy harakatlar nihoyasiga yetganidan so’ng Yaponiyaga qarshi urush boshlash majburiyatini oldi.
Konferensiya yakunlari muzokara yo’li bilan har qanday davlatlararo ixtiloflarni hal qilish mumkinligini ko’rsatdi. Uch davlat rahbarlari g’alabani va urushdan keyingi hamkorlikni ta’minlash borasida harbiy va siyosiy hamkorlikning mustahkam poydevorini o’rnatdilar. Konferensiya qarorlari Gitlerga qarshi koalitsiyaning jipslashishi va mustahkamlanishiga ko’maklashdi.
SSSR, AQSh va Angliya o’rtasidagi hamkorlikning rivojlanishida 1945-yil fevralda bo’lib o’tgan uch buyuk davlatlar rahbarlarining Qrim konferensiyasi muhim bosqich bo’ldi. Urush nihoyasiga yetib qolgan, g’alaba yaqin edi. Konferensiyada mag’lub Germaniya va ozod qilingan Yevropaga nisbatan hamkor-likdagi siyosat rejalarining ishlab chiqilishi bosh masala hisoblandi. Uch davlat rahbarlari natsizmni, uning qurolli kuchlari, bosh shtabi, barcha idoralarini yo’q qilish, fashistlar Germaniyasi rahbarlarini jazoga tortish, natsizmning nemis xalqining madaniy va iqtisodiy hayotiga har qanday ta’sirini bartaraf etishga kelishdilar.
Bu maqsadlarga erishish uchun ittifoqchilar Germaniyani uzoq vaqt davomida istiloda saqlashga qaror qildilar. Har bir davlatga ma’lum istilo hududi ajratildi. Konferensiya qatnashchilari Germaniya boshqa mamlakatlarga yetkazgan zararni reparatsiyalar to’lash yo’li bilan qoplashini kelishib oldilar, biroq reparatsiyalar miqdori belgilanmadi. Konferensiya «Ozod Yevropa to’g’risidagi deklaratsiya»ni e’lon qildi. Unda ittifoqchilarning ozod qilingan xalqlarga fashizmning so’nggi qoldiqlarini yo’q qilish va, o’z xohishlariga ko’ra, demokratik tuzumlami barpo etishda ko’maklashish uchun Yevropadagi siyosatlarini o’zaro kelishishlari zarurligi ta’kidlandi. Ushbu munosabat bilan Polshada sovet rahbariyati tomonidan tuzilgan kommunistlardan iborat muvaqqat hukumatni keng demokratik asosda, Polshaning o’zidagi va undan tashqaridagi polyak demokratlari va jamoat arboblarini jalb etish yo’li bilan qayta tashkil qilish ko’zda tutildi.
Qrim konferensiyasi ishlab chiqilgan BMT Nizomi loyihasini ma’qulladi va 1945-yil 25-apreIda San-Fransiskoda BMTning Ta’sis konferensiyasini chaqirish to’g’risida qaror qabul qildi. Sovet Ittifoqi o’zinig Yaponiyaga qarshi urush boshlash niyatini tasdiqladi. Buning evaziga Mongoliya Xalq Respublikasining avvalgi mavqeini saqlab qolish, Sovet Ittifoqiga Saxalinning janubiy qismi, Kuril orollarini berish, Port-Arturdagi harbiy-dengiz bazasini taqdim etishga qaror qilindi.
Yalta konferensiyasi fashistlar Germaniyasiga qarshi kurashda va urushdan keyingi hamkorlikni rivojlantirishda tashlangan yangi katta qadam bo’ldi. Ixtiloflarga qaramay,G itlerga qarshi koalitsiyaning bosh davlatlari hamkorlikni davom ettirdilar.
1945-yil 13-yanvarda gitlerchilarning Sharqiy Prussiyadagi qo’shinlarini tor-mor qilish operatsiyasi boshlandi. Bu Ikkinchi jahon urushining eng ulkan janglaridan biri bo’ldi. Unda gitlerchilar ustidan bir necha baravar ustun bo’lgan to’rt front qo’shinlari qatnashdilar. Fashistlar Germaniyasining hech qanday rezervi qolmagan edi. Sovet qo’shinlari tirik kuchda uch, samolyot va tanklarda besh baravar ustunlikni qo’lga kiritdi. Aprel oyining boshida fashistlarning shimoldagi gruppirovkasi tor-mor keltirilib, 1945-yil 9-aprelda Prussiya poytaxti Kenigsberg (hozirgi Kaliningrad) shahri qo’lga kiritildi.
1945-yil yanvar oyi oxiri — fevral oyining boshlarida sovet qo’shinlari Oderni kechib o’tdilar. Gitler Germaniyasi poytaxtiga 60 km qoldi. Fevralda Berlin ostonasidagi so’nggi mudofaa marrasi yorib o’tildi. Martda sovet qo’shinlari quyi Sileziyani va Brandenburg viloyatini egalladilar. Bir vaqtning o’zida G’arbda ittifoqchi qo’shinlar nemislarning Reyndagi mudofaa marrasini yorib o’tib, Rurdagi gruppirovkani qurshovga oldilar. 18-aprelda 325 ming kishilik dushman gruppirovkasi qarshilikni to’xtatib, taslim bo’ldi.
Germaniya qo’mondonligi qo’shinlar ustidan nazoratni qo’ldan chiqardi, ular noma’lum tomonga qarab qochib borayotgan to’dalarga aylandilar. Germaniya shaharlari taslim bo’lganlik belgisi hisoblangan oq bayroqlarga to’lib ketdi. Jangovar ruh so’ndi, kurashni davom ettirishga kuch ham, manba ham tamom bo’ldi. Gitlerchilar so’nggi rezerv — gitleryugend va folksshturm — 14—15 yashar o’smirlar va 60—65 yoshli qariyalardan tuzilgan otryadlami jangga tashladilar. Ularning ko’pchiligi quroldan foydalanishni ham bilmay, tengsiz va shafqatsiz janglarda halok bo’ldilar. Gitlerchilar maxfiy qurollari borligi va ular tez kunda ishga solinib, g’alabani ta’minlashini aytib xalqni aldashardi. Ular umrlarini bir necha kunga bo’lsa-da, uzaytirishga urinishardi.
Biroq, ularning so’nggi damlari ham yetib keldi. 1945-yil 16-aprelda Germaniya imperiyasi poytaxti — Berlin shahri uchun hal qiluvchi jang boshlandi. Berlinni Gitler qo’shinlarining so’nggi qoldiqlari himoya qilardi. Biroq, ular endi ahvolni saqlab qola olmasdilar. Ikkinchi jahon urushining so’nggi jangi tong otmasdanoq boshlandi. Uch mingta projektor hujum qiluvchilarning yo’lini yoritib, gitlerchilarning ko’zlarini qamashtirdi. Sovet qo’shinlari niqob sifatida tutun tarqatish vositasini qo’lladilar. Hujumni kuchaytirish uchun jangga tanklar tashlandi. Projektor nurlaridan ko’zlari qamashgan, tutundan nafasi bo’g’ilgan, minglab tank va samolyotlar ovozi, o’n minglab to’plar va «katyusha» minomyotlarining gumburlashidan garang bo’lgan fashistlar sarosimaga tushdilar. 24-aprelda 1-Belorus fronti (marshal G. K. Jukov) va 1-Ukraina fronti (marshal I. S. Konev) qo’shinlari Berlinning janubi-sharqida qo’shilib, Berlin qurshovini nihoyasiga yetkazdilar.
Bu Gitler Germaniyasining nihoyasini anglatardi. Gitlerchilarni qasosdan endi hech narsa saqlab qololmasligi ma’lum bo’ldi. Gitlerchilar rahbariyati intiqomdan qutulib qolishga urindi. Sovet to’plarining gumburlashlari eshitilishi bilan Berlindagi bunkerda Gitler, Gimmler, Gebbels o’z jonlariga qasd qildilar. Gebbels avval xotini va to’rt qizini ham otib tashlashni buyurdi. Ular insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun qattiq jazo oldilar. Bu 1945-yil 30-aprelda sodir bo’ldi. Xuddi shu kuni reyxstagni shturm qilish boshlandi va sovet askarlari g’alaba bayrog’ini reyxstag peshtoqiga o’rnatdilar. 2-mayda Berlin shahri taslim bo’ldi.
1945-yil 9-mayda Berlin yaqinidagi Karlxorstda AQSh, SSSR, Angliya va Fransiya qo’shinlari qo’mondonligi vakillari ishtirokida fashistlar Germaniyasi vakil-lari so’zsiz taslim bo’lish to’g’risidagi hujjatni imzoladilar. Fashistlar Germaniyasi tomonidan olti yil muqaddam boshlangan qonli urush uning to’liq tor-mor keltirilishi bilan tugadi. Gitler orzu qilgan ming yillik reyxning umri o’n ikki yilga ham yetmadi.
1945-yil 5-iyunda ittifoqchi qo’shinlar Germaniya qurolli kuchlarining Ikkinchi jahon urushidagi to’liq mag’lubiyati va so’zsiz taslim bo’lganini tasdiqlovchi Germaniyaning magiubiyatga uchrash to’g’risidagi deklaratsiyani qabul qildilar. Germaniya ustidan hukmronlikni SSSR, Buyuk Britaniya, AQSh hukumatlari va Fransiyaning muvaqqat hukumati qo’shinlari bosh qo’mondonlari zimmasiga yukladilar. Ularning harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Germaniyada Nazorat kengashi tuzildi.
1945-yil 17-iyuldan 2-avgustgacha Berlin yaqinidagi Potsdamda, sobiq Gogen-sollernlar saroyida uch buyuk davlat boshliqlari — F.Ruzvelt o’limidan so’ng 1945-yil 12-aprelda saylangan G.Trumen (AQSh), I. Stalin (SSSR), U. Cherchill (Buyuk Britaniya), keyinroq uning o’rnini egallagan K. Etti ishtirokida konferensiya o’tkazildi. Konferensiya «german militarizmi va natsizmi tiklanishining yoki qayta tashkil etilishining abadiy oldini olish uchun» barcha natsistik tashkilotlarni (denatsifikatsiya) va harbiy muassasalarni tugatish haqida qaror qabul qildi. Barcha natsist yo’lboshchilar va harbiy jinoyatchilar qamoqqa olinishi hamda jazolanishi lozim edi. Konferensiya qarorlarida german iqtisodiyotini markazlashtirishdan xoli etish, german monopoliyalarini yo’qotish haqida so’z yuritildi. Kenigsberg shahri va uning yaqinidagi hudud Sovet Ittifoqiga berildi. Polshaning endilikda Oder va Neyse daryolari bo’ylab o’tadigan g’arbiy chegaralari belgilandi.
Germaniyada qatiy tartibot o’rnatilib, oliy hokimiyat SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya qurolli kuchlari bosh qo’mondonlari tomonidan amalga oshirilishi shart edi. Shuningdek, Germaniyadan reparatsiyalar, german savdo floti, harbiy jinoyatchilar va Germaniya ittifoqchilari bilan sulh shartnomalari tuzish haqida ham qarorlar qabul qilindi. Konferensiya qarorlarida «ittifoqchi armiyalar butun Germaniyaning istilosini amalga oshiradi hamda german xalqi muvaffaqiyatlari vaqtida o’z qo’llab-quvvatlashini ochiq ifodalagan va ko’r-ko’rona bo’ysungan shaxslarning rahbarligi ostida sodir etilgan dahshatli jinoyatlar uchun gunohini yuva boshlaydi» deyilgan edi.
Yevropada tinchlik o’rnatildi. Biroq, Uzoq Sharqda hamon urush davom etmoqda edi. Bu yerda ham g’alabaning yaqinligi aniq edi. AQSh va Angliya endi Yaponiyaga qarshi harbiy harakatlarning barcha sohalarida hal qiluvchi ustunlikka ega edi. AQSh va Angliya qo’shinlari bevosita Yaponiya chegaralariga yaqinlashdilar. 1945-yil iyun oyi oxirida AQSh qo’shinlari Filippinni egallab, Okinavaga desant tushirish operatsiyasini boshladilar. To’g’ri, yaponlarning qarshiligini sindirish uchun ularga salkam uch oy vaqt zarur bo’ldi.
Urushning nihoyasini tezlashtirish va katta talafotlar bermaslik maqsadida AQSh hukumati Yaponiyaga atom bombasi tashlashga qaror qildi. 1945-yil 6-avgustda AQSh samolyoti Xirosima shahriga atom bombasini tashladi. 200 ming aholi yashaydigan shahar vayronaga aylandi. 70 ming kishi halok bo’ldi. Ikki kundan so’ng, Qrim konferensiyasi qaroriga muvofiq, Sovet Ittifoqi Yaponiyaga urush e’lon qildi, ertasiga esa sovet qo’shinlari Kvantun armiyasiga qarshi keng miqyosli harbiy harakatlarni boshladi. o’sha kuni Nagasaki shahriga ikkinchi atom bombasi tashlandi. 1945-yil 14-avgustda Yaponiya taslim bo’ldi. Yaponiya hukumati faqat bitta shartni — imperator hokimiyatini yapon millatining birligi va yapon xalqi ijodkor ruhining tiklanishiga bo’lgan umid ramzi sifatida saqlab qolishni so’radi. Ittifoqchilar so’zsiz taslim bo’lishni talab qilishda davom etishsa-da, AQSh prezidenti Trumen shartni qabul qildi va 1945-yil 2-sentabrda «Missuri» linkorida Yaponiya vakillari Yaponiyaning taslim bo’lishi to’g’risidagi hujjatni imzoladilar. Ikkinchi jahon urushi german fashizmi va yapon militarizmining to’liq tor-mor keltirilishi bilan tugadi.
1945-yil 25-aprelda San Fransiskoda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’sis konferensiyasi ish boshladi. Unga Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasini imzolagan va Germaniyaga 1945-yil 1-martigacha urush e’lon qilgan 42 davlat vakillari taklif etildi. 1945-yil 26-iyunda konferensiya BMT Nizomini qabul qildi. U BMTning birinchi navbatdagi vazifasi tinchlik va xavfsizlikni saqlashdan iborat ekanini e’lon qildi. Bugungi kunda xalqaro huquqning eng muhim hujjatlaridan biri sanalgan BMT Nizomida turli ijtimoiy-siyosiy tizimdagi davlatlarning tinch-totuv kun kechirishi va hamkorlik qilishining asosiy tamoyillari belgilandi. BMT Nizomida qayd etilgan maqsadlardan biri «irqi, jinsi, tili va dinidan qat'iy nazar, barchaning insoniy huquq va asosiy erkinliklariga hurmat» ruhida xalqaro hamkorlik qilish edi.
Potsdam konferensiyasida uch buyuk davlat boshliqlari asosiy harbiy jinoyatchilarni «tezkor va adolatli sud»ga topshirishga qaror qilishdi. 1945-yil 1-sentabrda ayblanuvchilarning birinchi ro’yxati e’lon qilindi. Fashizm o’zining jinoyatkorona yurishini boshlagan Nyurenbergda 1945-yil 20-noyabrdan 1946-yil 1-oktabrgacha Xalqaro tribunal natsist harbiy jinoyatchilarning bi-rinchi guruhini sud qildi. Javobgarlikka tortilganlar orasida G. Gering, V. Keytel, E. Kaltenbrunner, I. Ribbentrop, A.Yodl, A.Shpeyer va boshqalar bor edi. 12 kishi o’lim jazosiga hukm etilib, qatl qilindi (o’zini zaharlagan G. Geringdan tashqari), 7 kishi uzoq muddatli yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ulardan biri G.Gess hayotining oxirigacha turma kamerasida qolib, shu yerda umrini tugatdi.
Natsional-sotsialistik partiya, SS. gestapo, SD jinoyatchi tashkilotlar deb e’tirof etildi. Nyurenberg jarayoni german fashizmining g’ayriinsoniy mohiyatini, uning ko’plab xalqlar va davlatlarni yo’qotish rejalarini fosh etdi. Nyurenberg sudi qaroriga ko’ra, agressiya insoniyatga qarshi eng og’ir jinoyat deb e’tirof etildi. Bu haqiqiy xalqlar sudi, tarixning ayovsiz, lekin adolatli sudi bo’ldi. Ikkinchi jahon urushiga so’nggi nuqta qo’yildi.
Ikkinchi jahon urushining asosiy yakuni ikki urush o’chog’i — Yevropada Germaniya va Osiyoda Yaponiyaning tor-mor qilinishi bo’ldi. Salkam o’n yil davomida butun dunyoda tinchlikka xavf solgan va tarixdagi eng qonli urushga sabab bo’lgan ikki tuzum — fashizm va militarizm yakson etildi. Bu davlatlar va ular ittifoqchilarining tor-mor qilinishi kapitalistik davlatlar tuzumi mavqeining zaiflashganini anglatdi.
Urush davrida Sovet Ittifoqining harbiy qudrati yuksalib, u qudratli rivojlangan davlatga aylandi. Sovet Ittifoqining fashizmga qarshi kurashga bardosh bergani va uni tor-mor qiiishda hal qiiuvchi o’rin tutgani uning obro’si va dunyodagi jarayonlarga ta’sirini oshirdi. Tehron, Yalta va Potsdam konferensiyalari Sovet Ittifoqining dunyoda kechayotgan jarayonlarga ta’sir ko’rsatish borasida ulkan imkoniyatlarga ega ekanini namoyon qildi. U xalqaro munosabatlarda yetakchi o’ringa chiqdi, BMTni ta’sis etgan uch buyuk davlatdan biriga aylandi, dunyodagi muammolarni yo’lga solishda hal qiluvchi so’z endi unga tegishli edi.
Urush mustamlakalardagi milliy-ozodlik harakatlarining faollashishiga olib keldi. Bu mamlakatlarning aksariyatida urush davridayoq xalq inqiloblari boshlanib, ular metropoliyalarning zaiflashganidan foydalanib hoki-miyatni qo’lga oldilar, siyosiy partiyalar tuzib, mustaqii davlatlar tashkil qildilar. Fashizmning tor-mor keltirilishi irqchilik va natsizmga chek qo’yilgani, mustamlakachilikning barham topganini anglatardi. Buni BMT Nizomi va boshqa qator xalqaro hujjatlar ham tasdiqladi. Mustamlakachilik va imperializmning qulashi aniq bo’lib, dunyoning taqdiri endi ko’p jihatdan ularning qaysi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot yo’lini tanlashlariga bog’liq bo’lib qoldi.
Fashizm butun dunyoda ulkan fashistlarga qarshi harakat to’lqinini paydo qildi va u turli jihatlarga ega bo’lgan demokratik harakatga aylandi. Aholining turli tabaqalari, turli tashkilot va siyosiy partiyalami o’z ichiga olgan bu harakat Gitler Germaniyasining tor-mor keltirilishida muhim o’rin tutdi. Bu vatanparvar, demokratik, fashizm va militarizmga qarshi harakat edi. Fashist bosqinchilari bilan hamkorlik qilgan barcha reaksion partiyalar keng omma ko’zi o’ngida obro’sizlandilar. Demokratik va milliy harakatlarning yangi darajasi, dunyoni va dunyo miqyosidagi muammolarni demokratlashtirish uchun kurash borasidagi yangi g’oyalarni aks ettirgan yangi siyosiy partiyalar dunyoning urushdan keyingi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etdilar.
Yevropa, Osiyo va Afrikaning 61 davlatini komiga tortgan Ikkinchi jahon urushi olti yil davom etdi. Olovli to’fon ulkan kengliklar uzra yelib o’tdi, Shimolda Yangi Yer va Alyaska sohillariga, G’arbda Amerikaning Atlantika qirg’oqlariga, Sharqda Kuril va Gavay orollariga, Janubda Misr, Hindiston va Avstraliya chegaralariga qadar yetdi. Harbiy harakatlar 40 davlat hududida bo’lib o’tdi. Umumiy harbiy xarajatlar 4 trillion dollardan ortiqni tashkil etdi. Urush 50 mln. dan ortiq kishining yostig’ini quritdi. Fashistlar va ularning gumashtalari nayrangining natijalari shunday bo’ldi. Fojianing oldini olish imkoni bo’lmadi. Nega? Javoblar turlicha bo’lishi mumkin. Ammo bitta sababni hamma yakdil tan oladi. Dunyo yagona va davlatlar o’zlarini nechog’li qudratli hisoblashmasin, ularning o’zaro bog’liqligi uzilmasdir. o’z xavfsizligini boshqalarning xavfsizligi hisobiga qurishga uringan adashadi. 1939-yilda shunday ish tutmoqchi bo’lgan ayrim davlatlarning fojiali qismati buning yorqin isbotidir. Ayniqsa, bugungi kunda o’z xavfsizligini boshqalarning xavfsizligi hisobiga qurib bo’imaydi. Ikkinchi jahon urushining bosh sabog’i ham aynan shundan iboratdir.
Qisqacha mazmmi
• 1944-yil oktabr — fashist bosqinchilari Ruminiya, Yugoslaviya hududidan quvib chiqarildi;
• 1944-yil 16-dekabr — AQSh—Angliya qo’shinlarining g’alabasi bilan yakunlangan Ardenna operatsiyasining boshlanishi;
• 1945-yil boshi — Polsha, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Avstriya ozod qilindi;
• 1945-yil 13-yanvar — Gitler qo’shinlarining tor-mor keltirilishi bilan yakunlangan Sharqiy Prussiyadagi fashist qo’shinlariga qarshi operatsiyaning bosh-lanishi;
• 1945-yil 16-aprel — Berlin uchun jangning boshlanishi. 30 aprel — Reyxstagning shturm qilinishi;
• 1945-yil 2-may — Germaniyaning tor-mor qilinishi;
• 9-may - Germaniyaning so’zsiz taslim bo’lishi to’g’risidagi hujjatning imzolanishi;
• 1943-yil 28-noyabr - 1-dekabr — Tehron konferensiyasi;
• 1945-yil fevral — Qrim konferensiyasi;
• 1945-yil 25-aprel — BMTning tashkil topishi;
• 1945-yil 26-noyabr - 1946-yil 1-oktabr — Nyurenberg jarayoni.
Hujjat
Daxau konslagerining sobiq mahbusi Frans Blaxa Nyurnberg jarayonida so’zlagan nutqdan
1941-yil men Chexoslovakiya hukumati bilan hamkorlik qilishda ayblanib Daxau konslageriga tashlandim. Bu yerda men 1945-yil may oyigacha bo’ldim.
Vrach bo’lganim sababli meni jarroh sifatida gospitalga tayinlashdi. Sog’lom mahbuslarning oshqozonini operatsiya qilishdan bosh tortganim uchun meni o’lganlarni yorib ko’rish bo’limiga o’tkazishdi. Lagerda 1941-yil o’rtalaridan 1942-yil oxirigacha odamlar ustidan tajriba o’tkazishdi. Sogiom mahbuslar ustidan 500 ga yaqin operatsiyalar o’tkazildi. Ular SS shifokor-talabalarini o’rgatish maqsadida amalga oshirilardi. Aksariyat mahbuslar operatsiya stolida jon berishardi, chunki bunday operatsiyalarni faqat tajribali jarrohlargina amalga oshirishlari mumkin edi.
1200 dan ortiq mahbus ustidan bezgak bilan bogiiq tajribalar o’tkazildi. Ularning ko’pchiligi bezgak xuruji yoki ko’p miqdorda dori kiritilishidan halok bo’lishdi... .
... Sovuq suvning insonga ta’siridan iborat tajribalar ham o’tkazilardi. Odamlar muzday suvga tushirilib, u yerda hushdan ketguncha saqlab turilardi...
... Sho’r suvning ta’siri ham tajriba qilib ko’rildi. Uzoq vaqt odamlarga sho’r suvdan boshqa hech narsa berilmadi...
.. Havo bosimining insonga ta’siri borasida ham tajribalar o’tkazildi. Odamlar bosimni oshirish yoki pasaytirish mumkin bo’lgan maxsus kameraga joylanardi. Ularning aksariyati miyasiga yoki o’pkasiga qon quyilishi oqibatida halok boiardi...
... Odam terisidan egar, qoiqop, boshmoq, ayollarning sumkachalari tayyorlanardi... Faqat yosh va sogiom mahbuslarning terisini olishardi.
Yuqorida bayon etilgan faktlar chin bo’lib, ularni men o’z ixtiyorim bilan, birovning tazyiqisiz Nyurnberg, Germaniyada qog’ozga tushirdim.
XX ASRNING BIRINCHI YARMIDA FAN VA MADANIYAT
(1918-1945-YILLAR)
45-46-§§ MADANIYAT ARBOBLARI TINCHLIK VA IJTIMOIY TARAQQIYOT UCHUN KURASHDA
Birinchi jahon urushi nihoyasiga yetdi. Hayot sekin-asta izga tusha boshladi. Ko’plab banklar, trestlar va kompaniyalar ochildi, amaliy va madaniy hayot tiklandi.
Shu bilan birga, yana uzoq vaqt davomida gazetalar oidirilgan va yaralanganlar, bedarak yo’qolganlarning ro’yxatlarini e’lon qilib bordi. Biroq, faqat jang maydonida halok bo’lganlar emas, ulkan yo’qotish — butun bir avlodning fojiasi haqida ham gapirishga to’g’ri keldi. Tirik qolgan askarlarning ko’pchiligi hayotdan chetga itqitildi. Urushdan qaytgan kechagi qahramonlar ishsizlar safini to’ldirishdi. Boshpanasiz va och, ular o’zlari himoya qilgan jamiyat uchun ortiqcha odamlarga aylandilar.
Adabivot
1929-yili bir vaqtning o’zida turli mamlakatlarda urush haqidagi uch roman hayot yuzini ko’rdi: Angliyada — Richard Oldingtonning «Qahramonning o’limi», AQShda — Ernest Xemingueyning «Alvido, qurol», Germaniyada — Erix Remarkning «G’arbiy frontda o’zgarish yo’q» romanlari. Romanlar urush qatnashchilari tomonidan yozilgan bo’lib, urushga qarshi ruh bilan sug’orilgan edi. Uchalasi ham o’sha zahotiyoq butun dunyoga keng tanildi. Romanlarning mualliflari yosh edilar. Ularning eng kattasi- R. Oldington (1892-1962) o’sha yili 36 yoshga toidi, Remark (1898-1970) 31, Xeminguey (1899-1961) esa 30 yoshda edi. Ularning har biri urushni bosib o’tgan bo’lib, urushdan keyingi sarsonlik va muvaffaqiyatsizliklarning o’n yillik tajribasiga ega edi.
Romanlar hayratomuz kuch bilan urushning qonli, g’ayriinsoniy mohiyatini ochib berdi. Mualliflar faqat o’zlari ko’rgan va boshdan o’tkazgan voqealarni tasvirlashgan edi. Ular hukmron doiralarning lo’ttibozligi, yolg’onchiligi va ikkiyuzlamachiligi haqida g’azab bilan so’zladilar. «Tag’in ularning yoshlar nega beadab, umidsiz, norozi, hech qanday tartib va qoidalarni tan olmaydilar, deb taajijublanishga haddilari sig’adi!», deydi Oldingtonning bosh qahramoni Jorj Uinterborn. Romanlarning qahramonlari bu urushga go’yoki turtki bo’lgan demokratiya va ozodlikning «yuksak g’oyalari»ga ishonmaydilar. Ularning nazarida bu mudhish halokat yoki undan ham mudhishroq jinoyat edi.
1929-yilda urushga qarshi ruhdagi bu uch romanning bir vaqtda e’lon qilinishi tasodifiy emasdi. Shu yili jahonda iqtisodiy inqiroz ro’y berdi, fashizm tahdidi kuchayib, yangi jahon urushi xavfi tug’ildi. R. Oldington, E. Remark, E. Xeminguey o’z romanlarini ro’y berajak dahshatli voqealarni sezib yaratdilar.
1929—1932-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi mahsuloti xaridorgir boimagan fabrikalarning yopilishi, fermerlarning xonavayron bo’lishiga olib keldi. Inqiroz ayniqsa Amerika Qo’shma Shtatlariga qattiq ta’sir qildi. Eng gullab-yashnagan mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o’ta noshud bo’lib chiqdi. 30-yillar boshida uyushtirilgan ishsizlarning mamlakat bo’ylab och yurishlarida millionlab kishilar ishtirok etdilar. Ular butun mamlakat orqali Vashingtonga non va ish talab qilib bordilar. Manxettenning aqlni shoshiruvchi osmono’par binolari yonida dunyo boshqa Amerikani — yertoialarda yashovchi millionlab kishilar, muttasil yerdan ayrilishdan qo’rqib yashovchi savodsiz fermerlar Amerikasini ko’rdi. Minglab xonavayron bo’lgan fermer va ijarachilar qadrdon yerlarini tashlab, Kalifomiyadan boshpana va ish qidirgan ko’chmanchilar-ning ulkan oqimiga kelib qo’shilardilar.
Amerikaning bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy manzarasini buyuk Amerika yozuvchisi Jon Steynbek o’zining 1939-yilda e’lon qilingan «G’azak shingillari» romanida haqqoniy tasvirladi. Roman qisqa vaqt ichida AQSh uzra hukmron ekspluatatsiyaga qarshi norozilik ruhining ramzi sifatida dunyoga dong taratdi. J. Steynbek xalqning yirik kompaniyalar tomonidan talanishi, boylar va yo’qsillami ajratgan tubsiz jarlik haqida dadil yozdi va inqiroz titratgan jamiyatning yaxlit manzarasini, uning deyarli barcha tabaqalari vakillari suratlarini yorqin bo’yoqlarda chizib berdi.
«G’azab shingillari» romani fosh qiluvchi asar sifatida taraqqiyparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan jahon adabiyoti namunalari orasidan o’rin oldi. Unda Amerikaning 30-yillardagi hayoti hamda jamiyatning turli tabaqalari uchun xos bo’lgan umumiy norozilik va darg’azablik kayfiyatlari haqqoniy aks ettirilgan. «G’azab shingillari» romani uchun yozuvchi 1962-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
Dunyo muqarrar ravishda yangi jahon urushiga yaqinlashmoqda edi. Urush mohiyatan 1936-yilda, Ispaniyada fashistlar harbiy qo’zg’olon uyushtirib, mamlakatga Italiya va Germaniyaning harbiy qo’shilmalari bostirib kirishi bilan boshlangan edi. Gitler va Mussolini tinch aholini ayovsiz qirib, himoyasiz shahar va qishloqlarni vayron qilib, Yevropa xalqlarining yuragiga qo’rquv solishni ko’zladilar.
Biroq, fashistlar xato qildilar. Qo’rquv o’rniga ular o’z demokratik g’alabalari va ozodligi uchun jon berishga tayyor xalqning matonatiga to’qnash keldilar. Ispan xalqi birinchi bo’lib o’zida fashizmning vahshiyligini sinab ko’rdi, xalqaro fashizmning birlashgan kuchlari shiddati bilan to’qnashdi.
1936-yil 9-noyabrda birinchi baynalmilal brigada Madrid uchun jangga kirdi. Uning saflarida butun dunyodan: Angliya, Fransiya, Argentina va Amerikadan Ispaniyaga yordamga kelgan jangchilar kurashdilar. Ular orasida Ernest Xeminguey ham bor edi. Baynalmilalchilar kuylagan «Banderra Rossa» («Qizil bayroq») qo’shig’i barcha antifashistlarning gimniga aylandi.
Mashhur fransuz yozuvchisi Jan Rishar Blok o’sha kunlari shunday deb yozgan edi: «Xalq qurollanmoqda, qo’rquv va xo’rliklarni yenggan xalqning bu xursandchiligi, g’ururlanishini ko’rmagan odam respublika himoyachilari uchun mudhish va xaloskor so’z — qurol qanday ahamiyatga egaligini tushunishga qodir emas». Fashizm Ispaniyada minglab jangchilarga emas, minglab qahramonlarga ro’para bo’ldi.
Kurashayotgan Ispaniyaga keyinchalik jahon madaniyati xazinasidan o’rin olgan minglab adabiyot asarlari bag’ishlandi. Kurash eng sara ziyolilarning shioriga aylandi. Ispaniya haqida yozgan yozuvchilar insoniyatning buyuk murabbiylariga aylandilar.
O’zining eng yaxshi asarlaridan biri — «Qo’ng’iroq kimning motamini kuylayotir» (1940) romanini E. Xeminguey ispan xalqining kurashiga bag’ishladi. Roman g’oyalari insoniyat ongida paydo bo’lgan barcha yangi tushunchalarni aks ettirdi. Xeminguey fashizmga qarshi jang qilish uchun Ispaniyaga otlangan yosh amerikaliklar haqida yozdi. Roman qahramoni Robert Jordan muhim ahamiyatga ega topshiriq oladi. Bu topshiriqning bajarilishi o’zi uchun halokatli tugashi mumkinligini tushungan qahramon demokratiya uchun kurash yo’lini tanlaganidan afsuslanmaydi: «Har kim qo’lidan kelgan ishni qiladi. Sen endi o’zing uchun hech narsa qilolmaysan, ammo, balki, boshqalar uchun biror narsa qilarsan». Muqarrar o’limga tik boqib, u
Ispaniyada o’tkazilgan yilni sarhisob qiladi: «Men salkam bir yil ishongan narsam uchun kurashdim. Agar biz bu yerda yutsak, demak, hamma yerda g’olib chiqamiz. Dunyo — yaxshi joy va uning uchun kurashsa arziydi».
Oldingi «men» o’rniga romanda «biz» paydo boiadi. Olmoshlarning bu almashuvi faqat Xemingueyning emas, Ispaniya fojiasini tinchlik va demokratiya uchun kurashning boshlanishi deb bilgan dunyodagi ko’pchilik ziyolilarning ongida ham muhim yuksalish ro’y berganini anglatardi.
Demokratiya Ispaniyada magiubiyatga uchradi, biroq Ispaniyadagi kurash butun dunyo uchun yaxshi saboq bo’ldi. Dunyodagi barcha taraqqiyparvar ziyolilar fashizmning mohiyatini tushunib, fashizm ildizini to’liq quritish uchun kurashga tayyor bo’ldilar. Amerika yozuvchilarining 1937-yildagi II Kongressida E. Xeminguey bunday degan edi: «Madridda biz ommaviy qotillikning guvohi bo’ldik. Uni Germaniya artilleriyasi sodir etdi va bu puxta uyushtirilgan qotillik edi. Urushga ko’nikish mumkin, biroq qotillikka ko’nikishning iloji yo’q. Madridda esa biz ommaviy qotillikni ko’rdik. Fashistlar yalpi urushga ishonadilar. Bu, demak, qurolli kuchlar bergan har bir zarbaning alamini ular tinch aholidan oladilar. Biz fashizmning jinoyatkorligini va unga qarshi qanday kurashish lozimligini aniq anglab yetishimiz kerak. Bosqinchini esa faqat bir yo’l bilan — qirib tashlab tinchitish mumkin».
Uch yil davomida Ispaniyada faqat harbiylargina kurash olib bormadilar, tarixda birinchi marta kurashda ziyolilar ham faol ishtirok etdilar. Endi «biz» fashizmga qarshi, demokratiya va ozodlik uchun yagona kurash frontini anglatardi. Ziyolilarning mavqei shu qadar yuksak ediki, ularning ko’pchilik vakillari qahramon sifatida dong taratdilar. Fashizmga qarshi ochiq jangda kurashgan adolat boqiy bo’lib chiqdi. Eng yaxshi romanlar, she’rlar, peysalar, badiiy reportajlar jahon madaniyati xazinasidan o’rin oldi, ularni hamon barcha qit'alardagi millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. E. Xeminguey, Pablo Neruda, Antuan Sent-Ekzyuperi, Anri Malro, Jorj Bernans va boshqa minglab yozuvchilar jahonga ispan xalqining kurashi haqidagi o’chmas sahifalarni yozib qoldirdilar. Insoniyat taqdiri uchun javobgar ekanliklarini anglagan yozuvchilar adabiyotni insonparvarlik va demokratiya uchun kuchli qurolga aylantirdilar.
Fashizmga qarshi kurashda Birinchi jahon urushiga qadar nom chiqargan va klassik romantizmdan endi tanqidiy realizmga o’tgan yozuvchilar ham faol qatnashdilar. Birinchi jahon urushi va jahon iqtisodiy inqirozi keltirib chiqargan ikki jahon urushi oraiig’idagi davrda yaqqol namoyon bo’lgan ma’naviy iztiroblar ularni voqelik bilan ixtilofga kirishishga da’vat etdi. Axloqsiz va manfaatparast jamiyat tanqidi Arnold Sveyg (1887—1968), Tomas Mann (1875-1955), Genrix Mann (1871-1950), Romen Rollan (1866—1944), Lion Fextvanger (1884-1958) kabi dunyoga mashhur yozuvchilarning asarlarida ayniqsa ko’zga yaqqol tashlandi. Bu adiblarning asarlari zamondoshlarining ongiga ta’sir ko’rsatib, ularda insonparvarlik dunyoqarashlarini shakllantirdi. Bu yozuvchilar ikki urushni boshdan o’tkazgan bo’lib, barchalari bitta — Birinchi jahon urushini qoralash va fashizmga qarshi kurashni qo’llab-quvvatlash marrasida sobit turdilar.
Ozodlik, demokratiya va insonparvarlikka intilish ularning ideali hisoblanardi. Ular reaksiya va fashizm kuchlariga qarshi turishga qodir kuchli shaxsni kuyladilar. O’zining kitoblaridan birida Stefan Sveyg (1881— 1942) shunday deb yozgan edi: «Shaharlarni vayron etib, davlatlarni yo’q qilayotgan kuchlar bir inson oldida ojizlar, agar unda erkin qolish uchun iroda va ruhiy matonat yetarli bo’lsa, zero, millionlar ustidan o’zini g’olib deb bilganlar bitta erkin vijdonni bo’ysundirishga qodir emaslar».
Bu yo’nalishdagi yozuvchilarning asarlari jahon madaniyatining ajralmas qismiga aylandi. Ular dunyo birdamligi, millat va xalqlarni yaqinlashtiruvchi va boyituvchi madaniy birdamlikni kuyladilar. Insonparvar Yevropa madaniyati zulmga barham berishi lozim edi. Biroq, barchani oldinda achchiq magiubiyat kutmoqda edi. Italiya va Germaniyada hukumat tepasiga fashistlar keldi. Natsistlarning irqiy doktrinasini qabul qilmagan madaniyat arboblari quvg’in qilindilar, gulxanlarda kitoblar yondirildi. Ayrimlar bunga bardosh bera olmadilar — 1942-yili Stefan Sveyg o’z joniga qasd qildi. Boshqalar ishonchni yo’qotmadilar va fashizmga qarshi kurashchilar safiga kelib qo’shildilar. Fashizmga qarshi kurash ular uchun Yevropa madaniyatini himoya qilish vositasi, ozodlik, insonparvarlik va demokratiyaga intilish esa — hayot va ijodning ma’nosiga aylandi.
Fashistlar hukumat tepasiga kelgan birinchi kundanoq yozuvchilar fashizmni dunyoga buyuk falokat keltiruvchi yovuz kuch sifatida baholadilar. Ular Germaniyada yolg’on, zo’rlik hukm surayotganidan, buning barchasi ularda faqat dahshat va nafrat uyg’otayotganidan ogoh etdilar. Shu bilan birga, barcha ilg’or ziyolilar singari, ular: «Fashizm orqasida kimlar turibdi? Kim uni hukumat tepasiga olib chiqdi, uning tayanchi kim?», degan savolni berdilar. Tomas Mann shunday yozadi: «Natsional-sotsializm va fashizm barcha yerda tahdid solayotgan ijtimoiy inqilobga qarshi ko’makchi vositalar bo’lib, ular bu inqilobni bostirish, qoralash, to’xtatish, sekinlatishga qaratilgandir». Uning fikricha, dunyoning fashizmga muruvvat ko’rsatishi — u bilan murosa qilish va undan tahdid solayotgan ijtimoiy nizolarga qarshi kurashda foydalanishga urinish sabablari ham aynan shunda edi.
XX asrning buyuk yozuvchilari demokratiya, tinchlik va ozodlik g’oyalariga sodiq qoldilar.
O’z dunyoqarashiga ko’ra sotsializm g’oyalarini yoqlagan, iste’dodi salmog’i jihatidan esa Angliya madaniyati-ning yuksak cho’qqilaridan biri sanalgan ingliz yozuvchisi Bernard Shou (1856—1950) XX asr jahon madaniyatining yorqin yulduzi hisoblanadi. Uning asarlari butun dunyoda yuksak baholandi va 1925-yili Shou adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Bernard Shouning jahon madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasi shundan iboratki, u ijtimoiy drama janriga asos soldi. Uning «Jizzaki sotsialist», «Noteng nikoh» (1910), «Pigmalion» (1912), «Qalblar parchalanadigan uy» (1919) pyesalari yozuvchiga ulkan dovruq keltirib, uni jahon adabiyoti klassigi darajasiga ko’tardi.
1929-yili Shou 75 yoshida burjua jamiyati va parlamentarizmiga qarshi o’tkir siyosiy pamflet sanalgan «01ma ortilgan arava» pyesasini e’lon qildi. Keyingi yillarda u jahon adabiyotining mumtoz namunalari qatoridan o’rin olgan yana bir qancha pyesalar yozdi. 91 yoshida Shou «Bayantning millionlari» nomli katta pyesani yozib tugatdi va bu pyesa London teatrlarida ikki oy davomida uzluksiz qo’yildi. 1948-yili Shou «01is kelajak haqida rivoyat» asari-ni tugatib, unda atom urushini qoraladi.
Angliya hukmron doiralari uchun Shou buyuk dahriyga aylandi, oddiy mehnatkash omma uchun esa u ilg’or mutafakkir, insonparvar yozuvchi bo’lib qoldi. «Faqat hayotning o’zi va insonning yalpi farovonlikka erishishi uchun yashasa arziydi», deb yozdi B. Shou va bu so’zlarda uning yorqin va uzoq umri ma’nosi zohir.
O’z dunyoqarashi, estetik va siyosiy tamoyillari jihatidan Shouga yana bir ingliz yozuvchisi Jon Golsuorsi (1865—1933) yaqin turadi. «Forsaytlar dostoni» (1916— 1921) va «Bu kunning komediyasi» (1924—1928) trilogiyalarida u Angliya burjua jamiyatining epik manzarasini yaratdi. U Angliyani «munofiqlar oroli» deb atab, hukmron doiralarning ikkiyuzlamachiligini, ijtimoiy munosabatlardagi illatlarni fosh qildi. 1932-yilda u ham Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
AQSh buyuk Steynbekdan tashqari dunyoga yana bir qancha ulkan yozuvchilarni berdi. Ular orasida Teodor Drayzer (1871—1945) va Uilyam Folkner (1897-1962) alohida o’rin tutadi.
Teodor Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” (1900), «Amerika fojiasi» (1925), «Ayollar galereyasi» (1929), «Tong» (1931) romanlari hamda «Korchalon» va «Daho» romanlarining davomi sanalgan «Mard» (1945) romani AQShdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan. Ularda zamonaviy jamiyat shaxs bilan qanday ish tutishi va shaxsning hukmron sinflar qarshisida nechog’li ojizligi haqqoniy tasvirlangan. Har qanday yo’l bilan boylik orttirishga bo’lgan urinishni Amerikaga xos odatiy xususiyat deb hisoblagan T. Drayzer o’zining bosh romanini «Amerika fojiasi» deb nomladi.
Drayzer romanlarida ko’pchilik yetishishi mahol bo’lgan to’q va dabdabali hayot haqidagi «Amerika orzusi» bilan millionlab amerikaliklar ustidan hukmron qashshoqlik o’rtasidagi nomutanosiblikka urg’u berdi. U Amerika milliy tajribasining o’ziga xos sintezi sanalgan XX asr birinchi yarmidagi Amerika jamiyatining atrofli manzarasini yaratdi. 1930-yili «Amerika fojiasi» romani ekranlashtirildi. U butun dunyoni aylanib chiqdi. Butun dunyoda uni “haqiqiy Amerika fojiasi” deb nomlashdi. Amerika reaksion kuchla-rining xurujlari, qo’rqitish, do’q-po’pisa va matbuotdagi ta’qiblarga qaramay, AQSh jamoatchiligi Drayzerning Amerika madaniyatini yuksaltirishga qo’shgan hissasini yuksak baholadi. 1944-yili Amerika san'at va adabiyot akademiyasi yozuvchini faxriy oltin medal bilan taqdirladi. Yozuvchiga yuborilgan ushbu qaror haqidagi xatda mazkur mukofot unga faqat «Amerika fojiasi», «Baxtiqaro Kerri», «o’n ikki erkak» kabi badiiy jihatdan yuksak asarlari uchun emas, nasrda chinakam tirik insonlar va haqiqiy Amerikani tasvirlagan pioner sifatidagi jasorati va to’g’riso’zligi uchun ham berilayotgani aytilgan edi. T. Drayzerning kitoblari jahon adabiyoti xazinasiga qo’shilgan buyuk hissa bo’lib, hanuz butun dunyo kitobxonlari orasida ma’lum va mashhurdir.
Qishloq hayoti, «kichik vatan» haqida yozuvchi ko’plab adiblarning paydo bo’lishi Amerika madaniy hayotida yirik voqea bo’ldi. Ular orasida buyuk Amerika yozuvchisi Uilyam Folkner ayniqsa alohida o’rin egallaydi. U nisbatan qisqa umr ko’rganiga qaramay, jahon adabiyoti cho’qqisiga ko’tarilishga muvaffaq bo’ldi. Folkner G’arb yozuvchilari orasida birinchi bo’lib qishloq hayotiga murojaat qildi.
Taraqqiy etgan Amerikada u qishloqqa nigoh tashladi va bu yerda inson qalbi uchun zarur barcha xislatlar mujassamligini tushundi. Folkner mamlakat taraqqiyotining tabiiy omili shaxs, oila, vatan va jamiyat ekanini ko’ra bildi. Bu zanjirning bo’g’imlari tarixiy vaziyatdan kelib chiqib almashishi mumkin, biroq ulardan bittasining ajralishi ham butun zanjirning uzilishiga olib keladi.
U. Folkner insonparvar yozuvchilarning buyuk maktabiga mansub. U oddiy narsalar haqida murakkab, biroq realistik tilda yozdi. «Voqeani aytish, nohaqlik haqida hikoya qilishning o’zi ba’zan kifoya emas. Bu odamlarga ta’sir qilmaydi. Yozuvchi bunga o’z iste’dodini qo’shishi, haqiqatni olib, odamlar xotirasida qolishi uchun uning ostiga o’t yoqishi lozim», deb yozgan edi u.
Folkneming o’smirligi amerikaliklar «olis janub» deb ataydigan Missisipi janubidagi Oksford shaharchasida o’tdi. Folkner dastlabki ikki romani — «Askarlik mukofoti» (1926) va «Chivinlar» (1927)ni xuddi shu yerda yaratdi. Biroq, bu ilk mashqlar edi. Folknerga chinakam shuhratni uchinchi romani — «Sartoris» (1929) keltirdi. Uning qadrdon zamin bilan bog’liq asarlar majmui aynan shu romandan boshlandi. Ularda yozuvchi Amerika janubining xususiyatlari zohir o’ziga xos kichik olamni yaratdi.
Yozuvchi ijodida «Avgustdagi nur» (1932) romani muhim bosqich bo’ldi. Bu romanda yozuvchi ilk bor janubdagi eng o’tkir muammo — irqiy munosabatlar muammosiga murojaat qildi. Romanga qahramon sifatida adib jamiyatning quyi tabaqalari vakillari — daydi, qashshoq fermerning qizi, ishchi va sobiq ruhoniyni tanla-di. Daydi Jo Kristmas fojiasi, uning irqiy taassublar qurboni bo’lishi voqeasi romanning asosiy mazmunini tashkil etadi. U Folkner odamlarning ichki dunyosi va hayotini mayib qilayotgan jamiyatni ayovsiz fosh qildi, zulm, mutaassiblik qurbonlariga hamdardlik bildirdi. Roman hayotbaxsh xoti-ma hamda ozodlik va adolat g’oyalari g’alaba qozonishiga ishonch bilan yakunlanadi.
Irqiy munosabatlar mavzusini Folkner o’zining keyingi— «Avessalom! Avessalom!» (1936), «Bo’ysunmaganlar» (1938), «Tushgin, Moisey» (1942) romanlarida ham davom ettirdi. Ajoyib psixologik trilogiya — «Qishloqcha» (1940), «Shahar» (1957) va «Qo’rg’on» (1959) Folkner ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Unda Folkner ijodining asosiy tamoyillari — rahmdillik va insonparvarlikni nihoyatda yorqin va chuqur aks ettirdi. 1949-yili u adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
She’riyat
XX asrda butun dunyoda she’riy ijodning o’sishi qayd etildi. Bu qadar ko’p iste’dodli va rang-barang shoirlar biror-bir asrda bo’lmagandi. Agar fan va texnika bilan bog’liq boshqa yutuqlar bo’lmasa, uni she’riyat asri deb atash mumkin edi.
She’riyatda inqilobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. XIX asr she’riyatining estetik qonunlaridan hatlab o’tildi. Prinsipial jihatdan yangi yo’llar paydo bo’ldi, shaklga emas, mazmunga ko’proq e’tibor berila boshlandi. She’riyatga yangi tip shoirlar — shoirning ijtimoiy vazifasi dunyoni yangilash jarayonida faol qatnashishdan iborat deb tushungan faylasuf shoirlar kirib keldi.
XX asr she’riyati asrning buyuk falsafiy g’oyalarini tajassum etib, kitobxonlarni inson hayotining ma’nosi, tirikchilikning asosiy qadriyatlari haqida jiddiy bosh qotirishga undadi. Shu bilan birga barcha yirik shoirlar badiiy-estetik saviyasining yuksakligi bilan farq qildilar. Bu shoirlarning insoniyat oldidagi ulkan xizmati shundaki, ular jahonda urushlar va ijtimoiy inqirozlar hukm surgan davrda ham ruhiy go’zallik, kelajakka ishonch va romantika olamini saqlab qoldilar.
Hozirgi zamon jahon she’riyatining buyuk namoyandalari qatorida ijodi jabrdiyda xalq bilan uzviy bog’liq bo’lgan demokratik yo’nalishdagi shoirlar muhim o’rin egallaydilar. Ular shovinizm va nafratdan xoli o’ziga xos ma’naviy qadriyatlarga intildilar, tinchlik, ozodlik, taraqqiyot va demokratiyani kuyladilar. Bu yo’nalishdagi shoirlar orasida nemis shoiri Bertold Brext (1898—1956) va ispan shoiri Federiko Garsia Lorka (1898—1936) alohida o’rin tutdi.
B. Brext hozirgi zamon she’riyati novatori sifatida maydonga chiqdi. Uning she’riyati dunyoni yangilash uchun kurashda jangovar pamfletga aylandi. U fashizm va diktaturaga qarshi kurashga chorlovlarga to’liq, oddiy mehnatkashlarga sadoqat va muhabbat ruhi bilan sug’orilgan edi. Brext nemis shoiri bo’lsa-da, tafakkur doirasining kengligi ko’targan muammolarining chuqurligi jihatidan dunyo miqyosidagi shoir darajasiga ko’tarildi.
Brextning burjua olami manmanligi va ochko’zligiga qarshi qaratilgan ilk she’rlari ko’chalardagi qo’shiqchilar tomonidan kuylanar, xalq orasida mashhur bo’lib borardi. Brext hukmron doiralarning asl basharasi va hayvoniy hirslarini, voqelikning buzuqligi va axloqsizligini fosh qildi. Uning ijodi ko’p qirrali edi. Biroq asosiy o’rinni unda pyesalar egallaydi. Ularda hayotning ma’nosi, oila, burch, sevgi va inson qadr-qimmati haqidagi chuqur falsafiy qarashlar mujassam. «Uch pullik opera» (1928), «Kurash momo va uning bolalari» (1939), «Galileyning hayoti» (1939), «Sichuanlik muruvvatpesha» (1940), «Artur U. I. ning martabasi» (1941) peysalari she’riy uslubning yuksak namunasi hisoblanib, insonparvarlik va urushga qarshi kurash ruhi bilan sug’orilgan. 1931-yilda Brext bunday deb yozgan edi:
Ey, dunyoning xalqlari,
Kulfat kuni qo’zg’oling!
Bu kurrai zaminni
Volidangiz deb biling.
Oq, sariq, qizil, qora!
Og’a qonin to’kmangiz!
Axir dunyo juda keng
Yetar bizga boshpana.
Kim agar yolg’iz bo’lsa,
O’lim uni yiqajak.
Do’stga yordam bermagan
O’zi nobud bo’lajak.
Zolimlarga hech kun yo’q
Bo’lsa do’stlar ittifoq.
Zolimlar ot ustida
Toki biz qilsak nifoq.
Brextning birdamlik va kurashga chorlovchi she’rlari jahonda demokratiya, ozodlik va tinchlikning barqarorligi uchun kurashda ulkan ahamiyatga ega bo’ldi.
XX asrning buyuk shoirlaridan biri bo’lgan Federiko Garsia Lorka ispan she’riyatining faxri hisoblanadi. Uning she’rlarida ispan xalqining dardi, fojiali tarixi o’z aksini topdi. Lorka Andaluziyada, Grenada yaqinida dunyoga keldi. Uning oddiy ispan xalqi orasida kechgan umri bu xalqning ma’naviy merosi bilan chambarchas bog’landi. Xalq she’riyati, ertak va afsonalaridan u chuqur mazmun, ohang topib ular asosida o’zining go’zal she’riyatini yaratdi. Bu she’riyat mamlakat ma’naviyatini yuksaltirdi, uning adabiy faxri va shuhratiga aylandi.
1928-yili Lorka «Lo’li romanserosi» nomli katta she’rlar to’plamini e’lon qildi, shoir Ispaniyaning bu qadimiy xalq og’zaki ijodi an'anasini tikladi va yangiladi. 1931-yili Primo de Rivera diktaturasi o’rniga hokimiyat tepasiga kelgan yangi respublikachilar hukumati Lorkaga o’zining sayyor teatr guruhini tashkil qilishga ruxsat berdi va shoir u bilan mamlakat bo’ylab sayohatga otlandi. «La Barroko» («Tomosha») nomini olgan bu talabalar teatri butun mamlakatni aylanib chiqdi. Lorkaning bu teatr uchun yozgan pyesalari she’riy klassikaga aylandi. Ular orasida «Qonli to’y», «Yerma», «Donya Rosita», «Bernardo Albaning uyi» pyesalari ajralib turadi. Bu pesalarda qayg’uli qismatlar aks ettirilgan, biroq, shu bilan birga, ularda inson qal-bining yuksak boyligi— sadoqat kuylanadi.
Fuqarolar urushi yaqinlashayotganini sezgan Lorka 1936-yilda siyosiy fojia ustida ish boshladi. Lorkaning hayoti va she’riyati bevaqt uzildi. 1936-yil 19-avgustda Grenada ostonasidagi Visnor qishlog’i yaqinida u Ispaniyaning qonuniy hukumatiga qarshi isyon ko’targan fashistlar tomonidan otib tashlandi.
Men ismingni takrorlayman
Zulmatli bu oqshomda.
U uzoqda sado berar,
Har galgidan uzoqda.
Bu ism yulduzdan-da olisda
Horg’in yomg’irdan-da g’amgin.
Sevarmanmi men seni tag’in,
Qachonlardir sevganim yanglig’?
Nahot mening yuragim aybli?
Sevgim qanday bo’ladi, agar
Bu oq tuman tarqalsa-ketsa?
Muloyim va yorug’mi?
Bilmam.
Oyga boqib fol ochsam, qani
Gul bargini uzgandek kabi.
Garsia Lorka o’ta nozik didli shoir edi. U ispan xalq og’zaki ijodining an'anaviy shakllarini hozirgi zamon she’riyati yutuqlari bilan boyitdi va ispan xalqining she’riy an'analarini jahon she’riyati miqyosiga ko’tardi. Unda ispan xalqining diktatura va fashizmga qarshi isyon namoyon bo’ldi. Zulm va istibdodga qarshi harakatning yuksalishida Lorkaning hissasi beqiyosdir.
Jahon she’riyatida ijodini romantika va lirikaga bag’ishlagan shoirlar muhim o’rin tutadi. Ular xalqqa o’zlarining sodda va samimiy tuyg’ulari bilan yaqin edilar. Aynan shu yaqinlik tufayli ular butun dunyoda shuhrat qozondilar. Ular xayoliy olam girdobidan chiqib, xalqning keng ommasi bilan yelkadosh bo’lib yashagan yangi shoirlar avlodi edi. Xayol va tuyg’uning nozik uyg’unligi hamda real voqelik bilan birlashishi ular ijodining asosini tashkil etadi.
Fransuz shoiri Giyom Apolliner (1880—1918) ayniqsa go’zal she’rlar yaratdi. «Mirabo ko’prigi» she’ri uning ijodi cho’qqisi hisoblanadi.
Mirabo ko’prigi ostidan oqadi Sena
Sevgini olib.
Faqat shu o’zgarmas —
Qayg’u ketidan shodlik kelgusi albat.
Kaftlarni jipslab, to’lqinlar uzra qotamiz
Qo’llarimiz ko’prigi ostidan
Oqib o’tajak
Chiroqlar aks etgan to’lqinlar befarq.
Oqar suvdek oqib ketyapti sevgi,
Ketyapti sevgi...
Yillar imillab o’tgani misol,
Musibatda umid yongani kabi.
Kunlar o’tar, haftalar o’tar...
Qaytmaydi sevgi.
Faqat shu o’zgarmas —
Mirabo ko’prigi ostidan oqadi Sena.
Tasviny san’at
XX asrdagi inqilobiy o’zgarishlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida aks etib, madaniyat va san'atning deyarli hamma turlarida katta o’zgarishlarga olib keldi. Yangi davr san'atga yangicha mazmun olib kirdi, yangicha mazmun esa yangicha ifoda shakllarini talab qildi.
XX asrning buyuk musavvirlari voqelikni aynan ko’chirishga emas, uni o’z ijodiy tasavvurlari orqali yaratishga urindilar. Bu modernizm yo’nalishi rassom va haykaltaroshlari ijodining bosh mazmunini tashkil qildi. Ular o’zlarini turlicha — ekspressionistlar, abstraksionistlar, kubistlar, syurrealistlar deb atadilar, lekin ularning dasturi bir: «Yo’qolsin materiyaning tashqi ifodasi, yo’qolsin modda, yo’qolsin materiya!», maqsadlari esa hayotning tashqi unsurlari ifodasidan qochib, uning mohiyatiga chuqur kirib borishdan iborat edi.
Salvador Dalining iste’dodi va shuhrati surrializmning keng tarqalishiga sabab bo’ldi. Surrializm vakillari san'at manbai deb ost ong sohasi (tuyg’ular, gallyutsinatsiyalar va tushlar)ni, san'at uslubi deb esa ost ongdagi jarayonlarning erkin ifodasini e’lon qildilar. Shov-shuv ketidan quvish, aks ettirilgan buyum va holatlarning qo’rqituvchi notabiiyligi surrializmning asosiy xususiyatlariga aylandi.
Kubistlarning ham o’z dahosi bor edi — Pablo Pikasso (1882—1973). Kelib chiqishi jihatidan u kataloniyalik bo’lsa-da, deyarli butun umr Fransiyada yashadi. Kubizm dunyoni real tasvirlashdan chekindi, o’zining asosiy shakli sifatida hajmdor shakllarni tekislikda barpo etish, oddiy, muqim diametrik shakllarni qurish va murakkab shakllarni oddiy qilib joylashtirishni tanladi, buni ular dunyoning hajmdor tasviri deb nomladilar. P. Pikasso klassik realizmdan, neoklassitsizm va surrializm orqali, kubizmgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tdi. Uning asarlari betakror ifoda uslubi va tasviriy vositalarining chuqurligi bilan ajralib turadi. 1937-yilda fashistlar tomonidan Ispaniyadagi Gernike shahrining to’liq yakson qilinishidan larzaga tushgan Pikasso o’zining eng buyuk— «Gernike» asarini yaratdi. Madriddagi Prado galereyasidan o’rin olgan bu asar hozir ham millionlab san'at muxlislarini o’ziga jalb qilmoqda.
Ekspressionizm voqelikning yagona inikosi sifatida insonning sub'ektiv ruhiy olamini tan oldi, uning ifodasini esa san'atning bosh vazifasi deb hisobladi. Ularning asarlarida tashqi olam buzuq, tasqara va irratsional aks ettirildi. Ekspressionistlar voqelikka qarama-qarshi bo’lgan sof abstrakt asarlar yaratish yo’lini tanladilar. Bu yo’nalish o’zining ko’p sonliligi bilan farq qilsa-da, biror-bir yorqin namoyandasi paydo boimadi. Germaniyada E. Nolde, F. Mark, P. Klee, Avstriyada O. Kokoshka nom chiqardilar.
Abstraksionizm tasviriy san'atdagi realizmdan, ya’ni real predmet va holatlarni tasvirlashdan voz kechgan yo’nalish hisoblanadi. Uning asosiy uslubi ijodning tartibsizligi va g’ayrishuuriyligini dog’lar va hajmlar harakatida ifodalashdan iborat.
Bu yo’nalishlarning barchasi san'atda Birinchi jahon urushigacha paydo bo’ldi va dastlabki yillarda tanqid qilinib, quvg’inga duchor etildi. Ko’rgazmalar ta’qiqlandi, darg’azab olomon mualliflarni hushtak chalib haydadi. Ular tushunarsiz edilar, biroq sekin-asta o’z tarafdorlari va muxlislarini topdilar.
XX asrdagi real voqelik ifodasidan keng umumlashtirishlar, abstrakt tafakkur da’vo qilishgacha bo’lgan o’zgarishlar sharofati bilan modernizm ham oftob ostida o’ziga joy topdi. Masalaga chuqur yondashiladigan bo’lsa, modernistik-abstrakt yo’nalish falsafa va san'atda uzoq tarixga egaligi va buyuk yunon faylasufi Platonga borib taqalishini ko’rish mumkin. Ko’rinishdan g’alatiligi va tushu-nish mushkulligiga qaramay, modernistlarning asarlari jamiyat tomonidan qabul qilindi va san'atdagi demokratik yo’nalishning uzviy qismiga aylandi.
Kino, radio, televideniye
Uch buyuk texnika kashfiyoti — radio, kino va televidenie san'atning yuzi va mohiyatini butunlay o’zgartirib yubordi. 1885-yili Gers radio to’lqinlarini kashf qildi, 1901-yili esa Markonining izlanishlari sharofati bilan radioeshittirishlar yuzaga keldi.
Birinchi harakatchan kino 1889-yili yaratilgan edi, 1900yilda u tijorat jihatidan tadbiq qilindi. 1927-yili AQSh va Angliyada televizion apparatlar yaratildi. 1939-yilda bu
mamlakatlarda uzatuvchi va qabul qiluvchi tarmoqlar ish boshladi. Faqatgina Britaniya orollarida yigirma ming priyomnik ishlar edi.
Madaniyat ommaviylashdi. Radio vositasida millionlab kishilar ro’y berayotgan hodisalardan va madaniyat yutuqlaridan muntazam ravishda xabardor bo’lib turdilar. Filmlar ko’plab nusxalarda ommaga taqdim etildi. Kino san'at, adabiyot va musiqada inqilob yasadi. Kino san'atining buyuk namunalari yaratildi, Charli Chaplin ishtirokidagi filmlarni millionlab tomoshabinlar ko’rdilar. Kinematograf ulkan daromad manbai, sanoat va tijoratning bir qismiga aylandi.
Avval madaniyat va san'at elitar xususiyatga ega edi, endi esa ular keng ommaning mulkiga aylandi. Adabiyot va san'at namoyandalarining aksariyati xalq orasidan chiqa boshladi, faqat keng xalq ommasi ishtiroki bilangina tijorat jihatidan muvaffaqiyat qozonish mumkin edi.
Musiqada ulkan ommani shaydo qilgan yangi oqim paydo bo’ldi. Afrika ohanglari va Yevropa musiqa madani-yatini o’zida mujassam etgan Amerika jazi konsert zallari, radio va kinoni ishg’ol qildi. Yangi Orlean diksilentlari, San-Lui jaz-bandlari va Menfisning big-bendlari musiqa san'atida to’ntarish yasadi. Simfonik musiqa va operaga birinchi bo’lib jaz usulini tadbiq etgan amerikalik bastakor Jorj Gershvin (1898—1937) eng buyuk jaz bastakori hisoblanadi. «Porgi va Bess», «Blyuz uslubidagi rapsodiya» operalari, ko’plab myuzikl va qo’shiqlari Gershvinga dunyo miqyosida shuhrat keltirdi.
Jaz uslubida eng iste’dodli bastakorlar, mashshoqlar va ijrochilar ijod qilib, bu jazning keng tarqalishini ta’minladi. Jaz barcha mamlakatlarda yengil xalq musiqasining rivojlanishiga turtki bo’ldi.
XX asr tom ma’nodagi fan-texnika inqilobi asri bo’ldi. Bu inqilob kashfiyotlar germaniyalik buyuk fizik Albert Eynshteyn (1879— 1955)o’zining nisbiylik nazariyasi to’g’risidagi ma’ruzasini o’qib eshittirgan 1919-yilning 28-mayida boshlandi deb komil ishonch bilan aytish mumkin. Eynshteyn nazariyasi olam to’g’risidagi tasavvurlarni butkul o’zgartirib, aniq fanlar sohasida XX asrda qilingan barcha kashfiyotlarning poydevori bo’ldi.
Eynshteyn ketidan fanda yuzlab yosh iste’dodli fizik va matematiklar paydo bo’ldi. Agar XIX asrda atom materiyaning eng mayda zarrasi hisoblangan bo’lsa, XX asrda atomni tashkil qiluvchi pozitronlar, elektronlar, neytronlar, elementar zarralar kashf etildi.
A. Eynshteyn asos solgan nazariy fizikaning bo’limi — kvant mexanikasi uzoq vaqt davomida fiziklarning bay-nalmilal doirasi tomonidan tadqiq qilindi. Eynshteyn va uning xodimi M. Plank (1858—1947) 20-yillarda Berlinda ish olib borishdi. M.Plank 1919-yil, Eynshteyn esa 1921-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldilar. Kopengagendagi nazariy fizika institutining direktori Nils Bor (1885— 1962) 1922-yilda Nobel mukofotini qo’lga kiritdi. Radioaktiv nurlanishni kashf qilgan er-xotin P. Kyuri va M. Skladovskaya-Kyuri Nobel mukofoti bilan 1903-yilda taqdirlandilar. Nazariy fizikaga buyuk ingliz olimi E. Rezerford (1870—1937) ulkan hissa qo’shdi. U radioaktivlik nazariyasini yaratdi, neytronlarning mavjudligini bashorat qildi va tarixda birinchi bo’lib suniy yadroviy reaksiyani amalga oshirdi. Unga 1908-yilda Nobel mukofoti berildi. 1931-yili Angliya oldidagi buyuk xizmatlari uchun Rezerford lord Nelson unvoni bilan taqdirlandi. Italiyalik olim E.Fermi (1901 — 1954) neytronlar vositasida yuzaga kelgan sun'iy radioaktivlikni kashf qildi, tarixda bi-rinchi yadro reaktorini barpo etdi va unda birinchi bo’lib zanjirli yadro reaksiyasini (1942-yil 2-dekabrda) amalga oshirdi, bu atom bombasining yaratilishiga yo’l ochdi. Fermi 1938-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Nazariy fizika XX asrda aniq fanlarning rivojlanishiga keng yo’l ochdi. Televidenie, rentgen nurlari, radiatsiya, elektronika fizikadagi buyuk kashfiyotlar sharofati bilan dunyoga keldi. 1939-yilda ingliz fiziklari tomonidan radarning kashf etilishi ayniqsa ulkan ahamiyatga ega bo’ldi. 1940-yili insoniyat kibernetikaga yo’l ochdi, bu fan elektron hisoblash mashinalari, axborot olish, unga ishlov berish va saqlash tizimlarining yaratilishiga imkon yaratdiki, ularsiz bugungi kunimizni tasavvur qilishimiz mushkul. Fan-texnika inqilobi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tafakkurning aql bovar qilmaydigan sur’atlarda o’sishiga olib keldi. Fan fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ulkan moddiy mablag’larni sarflash, yirik jahon ilmiy markazlarini barpo etishni talab qila boshladi.
XX asrning 20-yillaridayoq kuchli ilmiy laboratoriyalar barpo etila boshlandi va ular fan-texnika inqilobining yetakchi markazlariga aylandi. 1874-yilda tashkil qilingan, biroq faqat 20-yillar boshidagina jahonning fundamental tadqiqotlar markaziga aylangan Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)dagi Kavendish laboratoriyasi shunday markazlardan biri hisoblanadi. Bu yerda elektron, pozitron, neytron kashf qilindi. DNK modeli taklif etildi, yadroning parchalanishi amalga oshirildi. Laboratoriyada davrning buyuk olimlari — P. Lanjeven, J. Bernal, F. Aston ish olib bordilar. Uzoq vaqt davomida unga E. Rezerford rahbarlik qildi. Ilmiy markazlar AQShda (Kaliforniya universiteti Los-Alamos laboratoriyasiga aylantirilib, bu yerda birinchi atom bombasi yaratildi), Fransiyada (bu yerda er-xotin Kyurilar ish olib bordilar), Germaniyada (M. Plank boshchiligida) va Daniyada (unga Nils Bor rahbarlik qildi) barpo etildi. Ularda fizika, matematika, biologiya, kimyo sohasidagi dunyodagi eng buyuk aql sohiblari jamlandi. Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik ehtiyojlari ilmiy markazlarning ahamiyatini oshirdi. Ularga harbiy buyurtmalar, mablag’lar oqib kela boshladi. Bu markazlarda eng zamonaviy qurol-aslaha, o’q-dori, harbiy texnika, samolyot va tanklar uchun yonilg’i yaratildi. Bu laboratoriyalar va olimlar ishining samaradorligi bo’lajak urushning natijasiga ko’p jihatdan ta’sir qilishi hech kimga sir bo’lmay qoldi.
Fan-texnika inqilobi jamiyatda ham chuqur o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Fanning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati yuksaldi. Fanga va olimlarga munosabat o’zgardi. Olimlar, aktyorlar va yozuvchilar singari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi taniqli shaxslarga aylandilar. Fanni rivojlantirish vazirliklari, hukumatlararo institutlar tashkil qilinib, olimlar hamma yerda faol shaxslarga aylanib bordilar.
Boshqa tomondan, butun dunyoda xalq ta’limi va uning jamiyatdagi o’rnida o’zgarishlar ko’zga tashlandi. Deyarli barcha yetakchi mamlakatlarda majburiy va bepul o’rta ta’lim to’g’risidagi qonunlar qabul qilindi, universitetlarda iste’dodli yoshlar uchun maxsus stipendiyalar joriy qilindi, yoshlar orasida ilmiy izlanishlarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Xalqning savodxonligi davlat taraqqiyoti belgisi, uning barqarorligi va qudrati ifodasi sifatida baholana boshlandi.
XX asrning barcha buyuk olimlari buyuk demokratlar ham edilar. Ular urush, diktatura, fashizmga qarshi turdi-lar, xalqlar ozodligi, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun faol kurash olib bordilar. Fashizmni ochiq qoraladilar va unga xizmat qilishni istamay, fashizmga qarshi butunjahon harakatiga qo’shilish maqsadida demokratik mamlakatlarga muhojir bo’lib ketdilar. A. Eynshteyn 1933-yilda, fashistlar hokimiyatni egallaganidan so’ng, AQShga keldi, Fermi Italiyadan jo’nab ketdi, Nils Bor esa Daniyadan qochishga majbur bo’ldi.
Fan-texnika inqilobi demokratik va intellektual inqilobga olib keldi. Ulkan xalq ommasi aqliy darajasining o’sishi, oliy ma’lumotga ega bo’lishi natijasida faol siyosiy hayotga qo’shildi. Jahonda insonning qadrini belgilovchi yangi qadriyatlar — zakovat, iste’dod, o’qimishlilik, madaniyat paydo bo’ldi. Yangi harakat va aloqa vositalari eskicha tafakkurni siqib chiqardi. Ommaviy tafakkur va ommaviy madaniyat o’rta odamni yuksak siyosatga jalb qildi va uni XX asrdagi siyosiy konsepsiyalarning rivojlanishida muhim omilga aylantirdi.
SSSRda madaniyat
Rossiyadagj inqilob va fuqarolar urushi mamlakatning madaniy rivojlanishiga og’ir talafot yetkazdi. Buyuk tarixiy yodgorlik va boyliklar nazoratsiz qoldi. Mamlakatdagi tartibsizlik oqibatida jinoiy guruhlar faoliyati avj oldi, ular muzeylar, saroylar, cherkovlar, monastirlar va kutubxonalarni ommaviy ravishda talon-toroj qildilar. Petrograddagi Qishki saroy talandi, Moskva Kremli talon-toroj va vayron qilindi, bu yerdan jahon ahamiyatiga molik madaniy boyliklar g’oyib bo’ldi. Ko’plab saroylar va ulkan me’moriy yodgorliklar ma’muriy binolar hamda ommaviy yig’ilish, s'ezd va majlislar o’tkaziladigan joylarga aylantirildi. Rossiya ko’p yillar davomida tashqi olam bilan aloqani yo’qotdi, jahon taraqqiyot jarayonidan uzilib qoldi.
Mamlakatda ochlik va vayronlik hukmronlik qildi, inflyatsiya o’sib bordi, ko’plab madaniyat vakillari oziq-ovqat istagida qop orqalab, qishloqma-qishloq daydishga majbur bo’ldilar. Muzeylar yopildi, Rossiya faxri sanalgan rus teatrlari faoliyati to’xtadi.
Rus madaniyati turli oqimlarga bo’linib ketdi. Ularning eng nufuzlilari simvolizm (V. Bryusov), futurizm (V. Mayakovskiy, D. Burlyuk) va proletkult edi. Simvolistlar «ideal go’zallik»ni kuylab, uning sirlari tagiga yetishga chaqirdilar; futuristlar o’zlarini adabiyotdagi yagona izchil inqilobchilar deb e’lon qilib, klassik merosdan voz kechishga chorladilar. Proletkult eski burjua madaniyati o’rnini bosishi lozim bo’lgan o’ziga xos «proletar madaniyati»ni yaratish g’oyasini ilgari surdi.
Inqilobdan hafsalasi pir bo’lgan va tirik qolishning boshqa yo’lini topa olmagan ko’pgina madaniyat arboblari mamlakatni tark etdilar. Ular orasida 1933 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan I. Bunin (1870—1953), K. Balmont (1867-1942), V. Nabokov (1899-1977), M. Svetaeva (1892—1941), buyuk rus hofizi F. I. Shalyapin (1873—1938) bor edi. Inqilobdan keyingi birinchi yillarda Rossiyani jami 75 ming atoqli adabiyotchi, san'atkor, olim va mutafakkirlar tark etdi.
Biroq, Rossiya madaniyati halok bo’lmadi. Rossiya kelajagi noaniq va qayg’uli ko’ringan bu suronli, notinch davrda mamlakatda o’z xalqiga ishonchni saqlagan madaniyat arboblari yashab qoldilar. Ular orasidan A. Axmatova (1889-1966), N. Gumilev (1886—1921), S. Yesenin (1895—1925)-, A. Blok (1880—1921) va O. Mandelshtam (1891—1938) kabi atoqli shoirlarni tilga olish mumkin.
1922 yilda A. Axmatova shunday deb yozadi:
Dushmanlarga o’z yerini
Tashlaganlar bilan emasman.
Qo’pol maqtovlari o’zlariga tan.
Qo’shiqlarimni
Men ularga bermasman.
Shu bilan birga fuqarolar umshining inqilobiy ruhi xalq orasidan chiqqan, taqdiri inqilob romantikasi bilan uzviy bogiiq bo’lgan madaniyat arboblarining yangi avlodini ham voyaga yetkazdi.
Ushbu avlodning atoqli vakillaridan biri shoir E. Bagritskiy (1895—1934) o’zining «Opanas haqida o’ylar» dostonida yozadi:
Yoshlik bizni kurashlarga boshladi,
Yoshlik bizni Kronshtadtga tashladi,
Duldul otlar bizni olib ketdilar,
Keng maydonga bizni qo’yib otdilar.
Qon ichidan dast qo’zg’alib turdik biz,
Bosh ko’tarib ko’r ko’zimiz ochdik biz.
Biroq, ular inqilobni ideallashtirmadilar. Ular fuqarolar urushining tirik guvohlari bo’lib, inqilobning salbiy tomonlarini ham ko’rgan edilar. Inqilob kuychilari uning tanqidchilariga aylandilar. Inqilob va fuqarolar urushini tanqidiy baholash, yangi hayotni barpo etish jarayoni I. E. Babel (1894-1941), M. Bulgakov (1891-1940), I. Ilf (1897-1937), YcPetrov (1903-1942), M. Zomenko (1895-1958), D.Bedniy (1883-1944) ijodida o’z aksini topdi. Ular o’z asarlarida inqilobning qahramonona ruhini berish bilan bir qatorda madaniy qadriyatlarni yakson qilgan, rus xalqining ma’naviy asoslarini poymol etib, Rossiyaning ma’naviy hayotini tubdan o’zgartirgan sovet tuzumining xatti-harakatlarini tanqidiy nuqtai nazardan talqin qildilar. Bu ijodkorlar yangi hukmdorlarning faoliyatidagi buyruqbozlik va meshchanlik ko’rinishlarini kuyinib qabul qildilar, ularning surbetligi, madaniyatsizligi, boshliqlar oldida yaltoqiligini qattiq tanqid ostiga oldilar, yulg’ichlik psixologiyasi ko’rinishlari, oddiy-odatiy ma’naviy asoslarning poymol qilinishini ayovsiz fosh etdilar.
Bunga javoban «proletariat diktaturasi» partiyasi va davlati mamlakatda ma’naviy diktatura o’rnatish choralarini ko’rdi. Madaniyat arboblarining bir qismi otib tashlandi (N. Gumilev); ommaviy diskreditatsiya va ta’qiblarga duchor etilgan boshqa bir qismi o’z joniga qasd qildi (V. Mayakovskiy va S. Yesenin); hayoti qamoqxona va katorgalarda uzilganlar ham bo’ldi. Ularning barchasiga bir xil — «sotsialistik tuzumga tuhmat» degan ayb qo’yildi.
Partiyaviy va mamlakat rahbariyati jamiyatning ma’-naviy hayoti ustidan davlat monopoliyasini o’rnatdi, yalpi hamfikrlilikni qaror topdirdi. Proletar yozuvchisi M. Gorkiy yangi «sovet» madaniyatini yaratish uchun qulay bo’lgan sotsialistik realizm formulasini o’ylab topdi. Bu formulaning mohiyati «dono» partiya rahbariyatini ko’klarga ko’tarish, mavjud tuzumni ideallashtirish, kommunizm g’oyalariga sodiq bo’lgan yangi insonni shakllantirish va unda kommunizmning g’alabasiga bo’lgan cheksiz ishonchni qaror topdirishdan iborat edi. Bu formula «Kim biz bilan bo’lmasa, u bizga qarshi!» va «Dushman taslim bo’lmasa, uni qirib tashlaydilar» qabilidagi yanada realistik va amaliy shiorlar bilan to’ldirildi. Bu shiorlarning quruq gap emasli-gini tasdiqlash maqsadida 1938-yilda atoqli shoir Osip Mandelshtam otib tashlandi.
Adabiyot va san'at kommunistik mafkura va davlat targ’ibotining ajralmas qismiga aylandi. Ular «yangi inson»ni tarbiyalash, kommunistik axloq, ma’naviyat me’yorlari, ideal va qadriyatlarni qaror topdirishda davlat va partiyaning faol dastyorlariga aylandi.
Biroq, hatto partiya diktati va davlat senzurasining qattiq nazorati ostida ham Rossiya adabiyotida durdona asarlar yaratildi. A. Fadeev (1901-1956) 1927-yilda inqilob haqida haqiqatni so’zlovchi «Tor-mor» romanini e’lon qildi. 1928-yilda M. Sholoxov (1905—1984)ning deyarli barcha jahon tillariga tarjima qilingan «Tinch Don» romani chop etildi. Yozuvchi Don kazaklari misolida insonlarning inqilobiy kurashlar davridagi fojiali taqdirini haqqoniy bo’yoqlarda aks ettirdi. 1932-yilda M. Sholoxov kollektivlashtirish davridagi ziddiyatlar va shaxslarning fojialari haqida hikoya qiluvchi «Ochilgan qo’riq» nomli yangi romanini e’lon qildi. «Tinch Don» romani uchun M. Sholoxov 1965-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
XIX asr buyuk rus adabiyoti bilan genetik aloqalarni saqlab qola bilgan rus adabiyoti realistik yo’nalishining yorqin vakillaridan biri A. Tolstoy (1882—1945) hisoblanadi. Uning romanlari haqqoniyligi va fikrga boyligi bilan ajralib turadi, ularda partiya targ’iboti va badiiy standart shtamplari mavjud emas. Adibning «Sarsonlik-sargardonlik-da» (1922—1941) trilogiyasi rus intelligensiyasining fojiali qismatiga chuqur hamdardlik va xayrixohlik ruhi bilan sug’orilgan bo’lib, uning yuksak ma’naviy tamoyillarini yorqin namoyon etdi. A. Tolstoy rus davlatining taqdiri haqida hikoya qiluvchi «Pyotr 1» (1929—1945) nomli tarixiy roman hamda XX asr ikkinchi yarmidagi ilmiy yutuqlarni oldindan ko’ra bilgan «Aelita» nomli fantastik romanni yaratdi.
V. Shishkov (1873—1945) asarlari sovet adabiyotidagi yorqin hodisa hisoblanadi. Uning «Yemelyan Pugachyov» tarixiy epopeyasi rus tarixiy adabiyotiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi. «Sarkash daryo» (1933) romani esa jahon adabiyotining durdonasiga aylandi.
Rus sovet adabiyoti taraqqiyoti negizini rus klassik adabiyoti uchun an'anaviy hisoblangan gumanistik asoslar tashkil etib, unga chinakam xalq adabiyoti bo’lish va jahon adabiyoti durdonalarini yaratish imkonini berdi. Yozuvchilar aksar hollarda Ezop tili bilan so’zlashga majbur bo’ldilar, ammo hattoki partiya nazorati ham badiiy adabiyotning gumanistik tamoyillari rivojlanishiga to’sqinlik qila olmadi, zero, bu kommunizm mafkurasiga zid emas edi.
30-yillarda sovet davlati madaniy inqilobni amalga oshirdi. Mamlakat industrializatsiyaning ilk yutuqlari va xalq moddiy ahvolining birmuncha yaxshilanishi bilan bog’liq ulkan ma’naviy yuksalishni boshdan kechirardi. Yuksalish teatr va tasviriy san'atda, musiqiy ijodda aks etdi. San'atning yangi janrlari paydo bo’ldi, ular orasida lirik qo’shiq janri ayniqsa mashhur bo’lib ketdi. M. Isakovskiy, M. Svetlov, V. Lebedev-Kumach, S. Mixalkov singari qo’shiqchi shoirlar o’z xalqining ma’naviy o’sishida katta rol o’ynadilar.
Sovet kinematografiyasi jahon kino san'atida yetakchi marralarni egalladi. «Chapayev», «Biz Kronshtadtdanmiz», «Potyomkin bronenosetsi», «Ivan Grozniy», «Traktorchilar» filmlari o’zining novatorlik ruhi bilan ajralib turadi.
Fashizmga qarshi urush yillarida yozuvchi va shoirlar yangi avlodining iste’dodi yorqin namoyon bo’ldi. K. Simonov, V. Surkov, B. Polevoy, V. Panova, A. Sofronov kabi ijodkorlar o’z asarlari bilan xalqda g’alabaga ishonch tuyg’ularini uyg’otdilar.
Shoira M. Aliger 1941-yil 22-iyunda shunday deb yozdi:
Mamlakat urushdan ogoh topganda,
Suronli, taloto’p birinchi kunda,
Esimda, xayolan men yashar edim
G’alaba daragi kelgusi kunda.
Rus adabiyoti va san'ati totalitar tuzum sharoitida yashab qolishnigina emas, rus madaniyati shuhratini dunyoga taratishni ham uddaladi. Gumanistik asoslar va vatan parvarlik hissi unga sotsialistik realizm va partiya senzurasi tazyiqi ostida tanazzulga yuz tutishdan qutulib qolish imkonini berdi.
Shu bilan birga totalitar tuzumning madaniy siyosati milliy respublikalar madaniyatiga og’ir talafot yetkazdi. Bu ayniqsa o’rta Osiyoda yaqqol namoyon bo’ldi. Xalqlarning yaqinlashuvi va «sovet xalqi» nomli yagona etnik birlikni yaratish haqidagi nazariyaga asosan milliy tillar cheklandi va siqib chiqarildi, sotsialistik realizmning soxta ko’rinishi bo’lgan yalpi dogmatik madaniyat qaror topdirildi.
o’rta Osiyo respublikalarida 10 yil davomida ikki marta alifbo o’zgardi (1927-yilda arabcha yozuv lotin yozuvi bilan almashtirildi, 1938-yilda lotin yozuvi o’rnini kirillcha yozuv egalladi). Bu yerda puxta ishlab chiqilgan ruslashtirish siyosati amalga oshirildi, baynalmilalchilik shiori ostida milliy tillar yo’q qilinib borildi, islom quvg’inga duchor etildi, milliy madaniyatlaming rivojlanishiga to’g’anoq qo’yildi. 1923-yilda «burjua millatchiligi», «panturkizm», «panislomizm» kabi tushunchalar paydo bo’lib, ular milliy g’oyani ilgari suruvchi yoki qachondir bolsheviklarning dasturida yozilgan millatlarning o’z taqdirini o’zi hal qilish huquqini tadbiq etishga chaqiruvchi asarlarga qarshi siyosiy ayblov sifatida qo’llandi. Bu Osiyodagi boshqa xalqlar bilan madaniy aloqalarning va avlodlar o’rtasidagi bog’liqlikning yo’qolishiga, jadidchilikning siyosiy jihatdan va jismonan yo’q qilinishiga olib keldi. Jadidchilik O’zbekistondagi deyarli barcha ziyolilarni qamrab olgan, milliy til, madaniyat va an'analarni rivojlantirish uchun kurashgan milliy oqim edi. 1938-yilda buyuk yozuvchilar Fitrat, Cho’lpon va Abdulla Qodiriy otib tashlandi. 1940-yilda Stalin lagerlaridan birida shoir Usmon Nosir halok bo’ldi.
o’sha davrda milliy respublikalarning madaniy qurilishida qo’lga kiritilgan yutuqlarni ham inkor etish noto’g’ri bo’lardi. Sovet hukumatining dastlabki 25 yili ichida bu yerda savodsizlik tugatildi, xalq orasidan chiqqan yozuvchi va shoirlarning yangi avlodi voyaga yetdi. Bu yerda 20-yillardayoq ochilgan teatrlar, universitetlar, kinostudiyalar va ma’rifat muassasalari katta ahamiyatga ega bo’ldi. 30-yillarda milliy respublikalarda chinakam madaniy inqilob ro’y berdi va u bu respublikalarga ilg’or davlatlar darajasiga ko’tarilish imkonini berdi.
Biroq, buning evaziga juda katta qurbonlar berildi. Har bir xalq faqat to’q yashashnigina emas, abadiy yashashni ham xohlaydi, hech kim tarixdan izsiz ketishni istamaydi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.