NAMANGAN VILOYATI XOKIMLIGINING
O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
G’URUMSAROY IQTISODIYOT KOLLEJI
MAXSUS FAN O’QITUVCHISI B.S.HAYDAROVNING
TADBIRKORLIK VA ISHGA JOYLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI ASOSLARI FANIDAN
“TADBIRKORLIK SIFATLARI VA KO’NIKMALARI” MAVZUSIDAGI
G’URUMSAROY – 2020
MA'RUZASI
1. Tadbirkor ega bo‘lishi lozim bo‘lgan tavsifli sifatlar
Biznes Odamini kuzatar ekanmiz, biz undagi ma’lum bir sifatlarga e’tibor qaratamiz. Bu sifatlar shunday mushtaraklikda boshqa kasb vakillarida ko‘zga tashlanmaydi. Biroq, bular an’anaviy tarzda e’tibor qaratiladigan xarakterning “bazaviy” xossalari yoki qirralari emas. Bular ko‘proq, biznes hayotining ma’lum bir bosqichlarida shaklllanadigan, biznesning o‘sishi, rivojlanishi va o‘zgarishi bilan ko‘rinishi o‘zgarib boradigan, bir sifat holatidan boshqasiga o‘tadigan, etarli darajada qabul qilish, qaror chiqarish, harakat va ko‘nikmalarning mushtarakligidir. |
Tadbirkor ega bo‘lishi lozim bo‘lgan tavsifli sifatlar
• Yuqori saviyadagi mehnatkashlik; |
Tadbirkorlik sifatlari
Tadbirkorlik sifatlari biznes va biznesmenning yetuklikka erisha borishi bilan juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bular hisobiy fikrlash va marketingni tanlash. Bu xususiyatlarning rivojlanishiga nafaqat muvaffaqiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, biznesmen ishining rivoji ham bog‘liqdir. Bulardan yana biri – odamlarni boshqara olish qobiliyati bo‘lib, ijtimoiy ruhiy xususiyat hisoblanadi. |
2. O‘z bilim, ko‘nikma va tadbirkorlik xususiyatlarini rivojlantirishning ko‘plab usullari
Bunda sizga quyidagilar yordam beradi: |
3.Biznes tarixi
Maykl Dell – Dell Computer Corp firmasini 19 yoshida, birinchi kurs talabasi ekanligida tuzgan. Firmaning dastlabki sarmoyasi 1000 (bir ming) AQSH dollariga teng bo‘lgan. Maykl 40 yoshga to‘lganida kompaniyaning sotilish hajmi 45 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan. U kompyuter ishlab chiqaruvchi firmalar orasida etakchi o‘ringa chiqqan. |
Biznes tarixi
Sem Uolton (Sam Walton)- Wal-Mart chakana savdo do‘konlariga ixtisoslashgan eng rivojlangan kompaniyaning asoschisi. U 1918 yilda tug‘ilgan. Yoshligi Missuri shtatidagi fermada qashshoqlikda o‘tdi. Missuri universitetini tamomlagach J. C.Penny kompaniyasiga ishga kiradi. U erda chakana savdo qilishning dastlabki tajribasiga ega bo‘ldi. 1962 yili u qishloq joylarida katta chakana savdo do‘konlarini ochish g‘oyasini taklif etadi va bu holda kam xarajatlar saqlanib qolishni yoqlab chiqadi. Boshliqlar uning nuqtai nazari bilan kelishishmaydi. Shunda u o‘zining Wal-Mart kompaniyasini tuzishga qaror qiladi va o‘zining muvaffaqiyatli odimlarini boshlaydi. 1992 yili u vafot etadi. Bu paytga kelib uning oilasi 25 milliard dollor sarmoyaga ega edi. Hozirgi kunda Wal-Mart dunyodagi birinchi raqamli sotuvchi hisoblanadi. U dunyo bo‘ylab 4500 do‘konni o‘zida birlashtirgan tarmoqqa ega. |
Biznes tarixi
Biznes qurish bo‘yicha Sem Uoltonning 10 ta maslahati. |
UYGA VAZIFA
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Tadbirkor ega bo‘lishi lozim bo‘lgan tavsifli
sifatlar
2. O‘z bilim, ko‘nikma va tadbirkorlik
xususiyatlarini rivojlantirishning ko‘plab usullari
3. Biznes tarixi?
Mustaqil ish mavzusi:
Tadbirkorlik uchun zarur bo'lgan ko'nikma sifatlar
Adabiyot: Jamoa. “Biznes va tadbirkorlik asoslari”
13-22 betlar. Toshkent -2009 yil
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.