7-SINF TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “5 TASHABBUS” DOIRASIDA INTERFAOL USULDA DARSLARNI TASHKIL ETISH
Оценка 4.6

7-SINF TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “5 TASHABBUS” DOIRASIDA INTERFAOL USULDA DARSLARNI TASHKIL ETISH

Оценка 4.6
Документация
docx
искусство
Детсад—7 кл
19.09.2020
7-SINF  TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “5 TASHABBUS” DOIRASIDA  INTERFAOL USULDA DARSLARNI TASHKIL ETISH
7-sinf tasviriy san'at darslarida interfaol usullardan samarali foydalanish usullari haqida metodik tavsiyalar kiritilgan.
5 TA TASHABBUS.docx

7-SINF  TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “5 TASHABBUS” DOIRASIDA  INTERFAOL USULDA DARSLARNI TASHKIL ETISH

N.X.Aslanova - Buxoro tumani 17-umumiy o’rta ta’lim

                                                                  maktabi, tasviriy san’at fani o’qituvchisi

                                                     +998914477009, nozimaaslanova80@mail.ru

Har bir davlatning taraqqiyotini, uning ijtimoiy va iqtisodiy ravnaqi va kelajagini ta’minlovchi asosiy omil bu - ta’lim-tarbiyadir. So’nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan siyosatning tub mohiyatida o’sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish va sifatli kadrlar bo’lib yetishishida o’quv muassalarida dars o’tish tizimini yangilash asos bo’lib xizmat qilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning yangi tahriri 12 bob, 73 moddadan iborat bo’lib, 1997-yildagi qabul qilingan amaldagi Qonundan tubdan farq qiladi. Bu Qonunga rivojlangan davlatlarning ta’lim to’g’risidagi qonunlari asosiy poydevor sifatida tanlanmoqda. Bundan maqsad - davlatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga ko’tarishga qaratilgan islohotlar zamirida yosh avlodni tarbiyalash va o’z sohasi bo’yicha malakali mutaxassislar sinfini shakllantirishdir. 2017-2021- yillardagi harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining joriy etilishi yangi islohotlarning aks-sadosi bo’ldi. 2017 yil 13 sentabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli Qaror qabul qilindi.[1]Bolalarimizni bogʻcha yoshidan, boshlangʻich sinflardan kichik-kichik kitoblarga oʻrgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulgʻaytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob oʻqishga qaytadi”,3  deb alohida ta’kidlaydi mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’z ma’ruzalarida.

             Yoshlarning bo’sh vaqtini samarali  tashkil etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 19-martda 5 muhim tashabbus joriy etildi. Bularning zamirida, albatta, yosh avlodni munosib tarbiyalash ko’zda tutilgan. Buning uchun darslarni zamon talabiga mos tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning eng ommaviylashtirilgan turlaridan biri bo’lgan interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol metodlarning afzalligi shundaki, o’qituvchi va o’quvchi birgalikda faol harakat qiladi. O’quvchilarni fikrlashga va yaratuvchanlikka undaydi, ularni tashshabbus ko’rsatishlariga imkoniyat yaratadi. Prezidentimiz tomonlaridan joriy etilgan 5 ta muhim tashshabbusning tasviriy san’at darslarida metod sifatida qo’llanilishi dars samaradorligining oshishiga keng imkoniyat yaratadi. Bu usulni darsda qo’llash o’quvchilarni ham rassomlikka, ham sportga, kitobxonlikka va tadbirkorlik bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratadi.

Misol uchun 7-sinf dasturida “Kitob maketini jamoaviy tarzda yaratish” mavzusi berilgan. Sinf “kichik guruhlarga ishlash” metodi orqali 5 guruhga bo’linadi. Harakatlar strategiyasidagi 5 xil rang: qizil, siyoh, sariq, moviy va oq ranglar orqali sinf o’quvchilari soniga qarab bo’linadi. Unga ko’ra stol ustidagi yulduz shaklida qirqilgan rangli kartochkalarni o’quvchilar qaysi rangni yoqtirishiga qarab tanlashadi va o’zlari uchun emblema sifatida qo’llashadi. Ranglar ketma-ketligi strategiya va 5 tashabbus ketma-ketligi asosida joylashtiriladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini egallaganlaridan so’ng har bir guruh a’zolariga maxsus vazifalar beriladi. Asosiy maqsad: dars so’nggigacha kitob maketini yaratish bo’lib hisoblanadi. Nechta kitob maketini yaratish esa o’quvchilarning  vaqtdan samarali foydalanishiga bog’liq. Shuningdek, dars davomida ularga kichkina kitob javonchlari topshiriladi va ular to’plagan ballari qancha kitob shaklini tayyorlaganliklari bilan belgilanadi. Dars yakunida esa to’plangan kitoblar soniga qarab g’olib guruh aniqlanadi. Baholash: doskaga osilgan kitob javonlarini kitoblar bilan to’ldirish va o’quvchilarda kitobxonlik madaniyati shakllantirish, ularda kitobga mehr hissini uyg’otish va shu orqali ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga qaratiladi.

Birinchi tashabbus a’zolari doskaga ilingan kitoblar ro’yxatidan bitta kitobni tanlab, uning mazmuniga mos illustratsiyani yaratishlari zarur. Dars davomida esa ular musiqa darslarida o’rgangan qo’shiqlarni ham jonli ijro etishlari va guruhlariga ball to’plab berishlari mumkin.

Ikkinchi tashabbus a’zolari plastilindan dunyoga mashhur sport turlariga mos bo’lgan shakllar asosida elementlar ishlaydilar yoki rasm chizadilar. Bu vaqt davomida ular o’z  imkoniyatlari doirasida sport turlaridan lavhalar ko’rsatishlari ham mumkin. Bu ularning kitob javoniga  qo’shimcha kitob ya’ni, ball olib beradi.

Uchinchi tashabbus a’zolari kitobning badiiy grafik elementlarini kompyuterda Paint dasturida ishlashlari shart. Ular kitob muqovasini forzatsini (muqova ichki tomonida yelimlangan qog’oz, rangli, tasvirsiz, naqshinkor bo’lishi mumkin), titul varag’ini (muallif  nomini qachon va qayerda nashr etilganiligini) kompyuterda bajaradilar.

To’rtinchi tashabbus a’zolari esa o’zlari o’qigan kitoblarini taqdimot qilishadi va qisqa hikoya shaklida so’zlab berishadi. Prezidentimiz tomonidan  joriy qilingan “Yosh kitobxon” tanlovini ham dars davomida tashkillashtirib, savollarga  javob berish orqali guruhlariga  qo’shimcha ball to’plab berishlari mumkin.

Beshinchi tashabbus a’zolari esa noodatiy sovg’a kitobchalar tayyorlashadi. Ular maxsus muqovalarni bisserlar, munchoqlar, kashtalar tikish orqali kitob nomlarini muqovaga yozadilar. Dars so’nggida barcha o’quvchilarning tayyorlagan ishlari umumlashtiriladi va kitob maketlari tayyorlanadi.

 Besh tashabbus metodining afzalliklari: o’quvchilarda kreativ g’oyalarni shakllantirish va kitobga bo’lgan munosabatlarini aniqlash, darsni noodatiy tarzda olib borish, o’quvchilar vaqtini mazmunli o’tqazish, qolaversa, ularning tasviriy san’at darsini boshqa fanlar bilan bog’lay olish  qobiliyatini aniqlash va eng asosiysi darsda bolalarga bilim berish orqali mavzuni oson tushunishlariga ko’maklashish va tasviriy san’at darsida qo’l mehnatidan foydalanish ko’nikmasini rivojlantirishdan iborat.

O‘quvchilar qalbida kitobga mehr uyg‘otish uchun o‘qituvchining o‘zi yuqori kasbiy mahoratli, nutqi ravon bo‘lishi, mavzularni turli yo‘llar bilan tushuntira olishi, o‘quvchilarni ijodkorlikka va tashabbuskorlikka o‘rgatishi, ular bilan uzluksiz ta’limiy hamkorlikda ishlay olishi, ularni mustaqil va mantiqiy fikrlashga o‘rgata olishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.     “Xalq so`zi” gazetasi, 2017-yil 13-yanvar.  – №9. – B. 1

2.    Jo’rayev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. Sinf rahbarlari uchun qo’llanma. -T.:O’qituvchi, 1994 y.

3.    www. sputniknews.uz.

4.    www.ziyouz.com


 

5.    Скачано с www.znanio.ru



[1]  “Xalq so`zi” gazetasi, 2017-yil 13-yanvar.  – №9. – B. 1

 

SINF TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “5

SINF TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “5

Buning uchun darslarni zamon talabiga mos tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning eng ommaviylashtirilgan turlaridan biri bo’lgan interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir

Buning uchun darslarni zamon talabiga mos tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning eng ommaviylashtirilgan turlaridan biri bo’lgan interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir

Ikkinchi tashabbus a’zolari plastilindan dunyoga mashhur sport turlariga mos bo’lgan shakllar asosida elementlar ishlaydilar yoki rasm chizadilar

Ikkinchi tashabbus a’zolari plastilindan dunyoga mashhur sport turlariga mos bo’lgan shakllar asosida elementlar ishlaydilar yoki rasm chizadilar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
19.09.2020