BUXORO VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZIMAVZU: ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA ILMIY-METODIK YONDASHUV
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi To‘rayeva Sanobar Sulaymonovna
BUXORO – 2020
Amaliy mashg‘ulot maqsadi
Amaliy mashg‘ulotlarda tinglovchilar boshlang‘ich ta’limining turli normativ-huquqiy hujjatlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining faoliyat funksiyalari: (loyihalash, diagnostik, prognostik, kommunikativ, tashkilotchilik) va boshlang‘ich ta’lim sohasidagi innovasiyalar bilan tanishadilar va ular asosida amaliy ishlarni bajaradilar. Amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy ta’lim uslublari va innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda kichik guruhlarga bo‘lib o‘tkaziladi. Bundan tashqari, mustaqil holda o‘quv va ilmiy va xorijiy adabiyotlardan, elektron resurslardan, internet materiallaridan, tarqatma materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ona tili o‘qitish metodikasi o‘zbek tilining ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so‘z yasalishi va etimologiya, grammatika, morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim asosi hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika va imloni o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi ilmdir.
Nazariy tekshirish metodlari
U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:
a) biror hodisaning metodik asosini, unga bog‘liq boshqa fanlarni o‘rganish, qo‘yilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo‘nalishini belgilashda;
b) masala tarixi, chet el maktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni o‘rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlanmagan va hal qilinmagan o‘rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholashda;
Tekshirish metodlari 2 xil:
2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod).
Bu metod quyidagi maqsadlarda qo‘llanadi:
a) bu metod o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish, yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash;
b) o‘quvchilarni o‘qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o‘quvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini tekshirish), o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini so‘rovnoma orqali tekshirish;
Eksperimental tekshirish
Eksperimental tekshirish o‘z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim metodik usullarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi.
Eksperiment natijasini chiqarishda belgilangan baho me’yoriga amal qilinadi. Bunday me’yor aniq, barcha holatlar uchun ham bir xil bo‘lishi lozim. Ona tili metodikasida yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar soni va xarakteri, ma’lum bir vaqtda o‘qilgan yoki yozilgan so‘zlar soni, og‘zaki hikoya va yozma inshoning hajmi va izchilligi me’yoridan foydalaniladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish o‘z predmeti va vazifalariga mos ravishda quyidagi tekshirish metodlaridan foydalanadi:
1. Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasini umumlashtirish.
2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni o‘rganish.
3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirish.
4. Ona tilidan o‘quvchilarning o‘qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish olib borish.
5. O‘quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og‘zaki qayta hikoyalash, yozma ish kabi usullar yordamida tahlil qilish.
Grammatik mashqlar va ularning tasnifi
Maktabda tildan nazariy bilimni o‘rganishdan maqsad fikrni og‘zaki va yozma tarzda grammatik to‘g‘ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo‘llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o‘rgatib borish talab etiladi.
Mashqlar tizimi tushunchani o‘zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o‘quvchilar mustaqilligi o‘sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko‘zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan.
Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko‘ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo‘ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo‘linadi:
1) morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar hamkiradi);
2) sintaktik mashqlar;
3) mantiqiy mashqlar;
1. Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko‘ylak, kostyum, . . .) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli, .. ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar «Bu nima?» so‘rog‘iga javob berishga o‘rgatiladi: Bu nima? – Avtobus. Avtobus nima? – Mashina.
2. Bir turdagi narsalarni sanab ko‘rsatish va umumlashtiruvchi bir so‘z bilan nomlash. Masalan, stol, stul, shkaflarni bir so‘z bilan qanday nomlash mumkin? (Mebel)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, stul ko‘rsatiladi, o‘quvchilar o‘quv qurollarini ajratadi, stul o‘quv quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytadi.
Bunday mashq o‘yin tariqasida o‘tkazilishi ham mumkin: ma’lum so‘zlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg‘och, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so‘zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so‘zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O‘quvchilar guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi yozadi. Narsa belgisini bildirgan so‘zlar ham aralash beriladi, bolalar to‘rt guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadi.
5. Qarama-qarshi qo‘yish bilan umumlashtirish: qaldirg‘och, chumchuq, bulbul − qushlar, tovuq, xo‘roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo‘lishi, o‘quvchilarning tajribasi bilan bog‘lanishi, ularni to‘g‘ri fikrlashga o‘rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim.
ONA TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN USULLAR
1. "TOPOG‘ON" o‘yini.
l. Tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong‘oq;
2. Xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon;
3. Taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna;
4. Ovchi, muzqaymoq, bo‘ri, hayvonot bog‘i, qafas, daraxt;
5. Tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh.
Berilgan so‘zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha toping.
2. “BEGONA” o‘yini:
Bunda beshta so‘z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so‘z begona asardan olinadi. Masalan:"O’gay", "Erka", "Mehnatsevar", "Sehrli sandiq", "Ajdar" bitta "Kulol" begona so‘z. Shu begona so‘zdan ertakni davom ettirishadi. Bola dasturda belgilangan bilimlarni kamida davlat ta`lim standarti talablari darajasida o‘zlashtirishi kerak. O‘qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag‘ishlovchi mana shunday o‘yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o‘quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi.
ONA TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN USULLAR
Ona tili fanidan
“Organayzer”
“Topshiriqli diktant”
“Men boshlayman, sen davom ettir”
“Saylanma va ijodiy diktantlar”
“Xatosini top”
“Venn diagrammasi”
“Sikveyn”
O’qish fanidan
“T chizmasi”
“Assisment” metodi
“Aqliy hujum”
“Sahnalashtirish”
“Mozaika”
“Muammoli vaziyat”
“Bosqichma-bosqich matn tuzish”
“Bu meniki”
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.