Бобурнинг фазилатлари

  • pptx
  • 06.01.2020
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала Bobur dars Feruza bosh.pptx

Zarafshon shahar
8-umumiy o’rta ta’lim
maktabi boshlang`ich sinf
o’qituvchisi Baqoyeva Feruza Ixtiyorovnaning
“ Boburning fazilatlari”
mavzusida tayyorlagan
dars ishlanmasi

Darsning texnologik xaritasi  

Mavzu

Boburning fazilatlari


Masad va vazifalar

Darsning maqsadi: O’quvchilarning buyuk ma’rifatparvar shoh va shoir haqidagi bilim va ko’nikmalarini kengaytirish va Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma’lumot berish.
Darsning ta’limiy vazifasi: O’quvchilarni milliy merosimizni qadrlashga o’rgatish.Ular ongida ajdodlarga bo’lgan hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarning Bobur haqidagi bilimlarini kengaytirish.

O’quv jarayonining mazmuni

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi; Bobur ruboiylari; Shoir shajarasi, fazilatlari haqida

O’quv jarayoning amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash
Shakl: Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Elektron resurslar;
Usul: Darslik asosida


Kutiladigan natijalar

O’quvchilarning Bobur haqida bilim,ko’nikmalari rivojlanadi;ularda Z.M.Bobur haqidagi ma’lumotlari kengayadi va kelgusida qo’llashga erishadi.

Kelgusi rejalar (tahlil o’zgarishlkar)

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida keyingi darslarga o’zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

Dars bosqichlari va vaqt taqsimotlar

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tilgan mavzuni so`rash

9 daqiqa

3

Yangi mavzuning bayoni

15 daqiqa

4

Mustahkamlash

5

O`quvchilar bilimini baholash

2 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

1 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, psixologik iqlim yaratish. She`riy taqdimot, ingliz tili saboqlari Sinf o`quvchilari 2 guruhga bo`linadi.
“Navoiy” “Bobur”
Guruhlar taqdimoti.
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash. Aziz Abdurazzoqovning “Bahor keldi” she`rini so`rab, baholash.
Muammoli vaziyat
(Zahiriddin Muhammad Bobur g`azali musiqasi yangraydi)

III. Yangi mavzu bayoni.

Boburning fazilatlari

Bobur ismi «sher» ma’nosini angfatib, o‘zi ham ismi jismiga monand kishi bolgan. Kelishgan qaddi-qomati va benihoya kuchliligidan tashqari dovyuraklikda, epchillikda, chaqqonlikda uning oldiga tushadigan odam topilmagan.
Bobur uncha-muncha qiyinchiliklarni pisand etmagan ayniqsa, ovda chinakam sher bo`lib ketgan.U ko`pincha ikki davangirday odamni qo`ltiqlab olib Agra qal`asi devorlari ustida yugurib mashq qilgan. Bobur yana ajoyib suzuvchi va g'avvos ham bo`lgan. U yo`lida uchragan jamiki hind daryolarini suzib o'tgan.
«Boburnoma»ni o`qir ekansiz Boburning aqlli va bilimli ekanligiga guvoh bolasiz. Bobur tabiatni jonidan yaxshi ko'rgan. Ayniqsa, toglarni, daryolarni, bog`larni, yaylovlarni ko'rganda, zavq-shavqi tug`yon urib, misoli bulbuligo'yo bo'lib ketgan. U so‘zamol notiq, iste’dodli shoir, mohir sarkarda, mehribon ota, or-nomusi kuchli inson bo'lgan.
Boburning ko‘p ishlari poyoniga yetmay qolgan, shu sababdan ham o‘g‘li Humoyun keyinchalik uning ishini davom ettirgan.

Maqol va tez aytishlar.
Yaxshi xislat-go`zal fazilat.
Qopqon qop yonida,
Qop qopqon yonida.

Mustahkamlash: Boshqotirmani yeching

Uyga vazifa:

Mavzuni o’qib o’rganish;
Shoir ruboiylaridan yod olish;
Savollar tuzib kelish

Mavzu yuzasidan savol-javob.
1.Hikoyadan Bobur haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Uning ismi qanday ma’noni anglatar ekan?
3.Bobur qanday inson bo'lgan?
Kundalikni endi ochaylik
Uyga vazifalarni yozaylik
O`qishdan olgan bilimni
Unutmasdan esda saqlaylik.
G`olib guruhni aniqlash. O`quvchilarni baholash.