BOLALARDA DASTLABKI QIZIQARLI MATEMATIK BILIMLAR VA KOMPYUTER O`YINLARI YORDAMIDA BILIM BERISH
Haydarov Bahodir Soataliyevich
Namangan viloyati Pop tumani XTB ga qarashli 73-sonli umumiy o’rta ta’lim makatabi O’quv ishlar bo’yicha director o’rinbosari
Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan e’tibor - bu buyuk kelajakni qurishga qaratilgan e’tibor demakdir. Zero, yurtboshimiz tomonidan ham bu masalaga alohida yondashilgan. Buni quyidagi fikrlari orqali ham bilib olish mumkin. “Ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko’tarish maqsadida ancha tadbirlar amalga oshirilmoqda.”[1]
Ma’lumki, tarbiyani ta’limsiz, ta’limni esa tarbiyasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu ikki tushuncha bir-biriga uzviy aloqador. Kichik yoshdagi bolalar, asosan, oilada ta`lim va tarbiya olganligi bois ularning shaxs sifatida rivojlanishida oilaviy muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Bola tarbiyasi uchun ota-ona tomonidan ajratilаdigan vaqt miqdori muhim va u yetarli bo’lishi kerak. Hozirgi globallashuv jarayoni esa ota-ona uchun bunday imkoniyatni berаvermaydi. Natijada, ota-onalar farzandlariga ta`lim va tarbiya berishlari uchun sarflaydigan vaqt oralig’i bolа uchun bo’shliqqa aylanmoqda. Albatta, bu bo’shliq kattalar tomonidan turli usullarda to’ldirilmoqda. Ular orasida eng ommalashgani hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan mukammal bo’lmasada, foydalanish. Xususan, ota-onalar farzandlarini o’zlari tarbiyalash o’rniga bu ishni turli xildagi virtual olam o’yinlari ixtiyoriga topshirib qo’ymoqdalar. Masalan: televizor, radio, turli xil kompyuter yoki mobil qurilma o’yinlari, multimedialar va shu kabilar. Lekin, bola nimani ko’rayotgani, qanday o’yinni o’ynayotgani va qanday xulosa chiqarayotgani kattalar tomonidan e’tiborsiz qoldirilmoqda. Bunga befarq qaramaslik kerak.
Bo’shliqni shunchaki to’ldirish – bu o’ta mas’uliyatsizlik. Uni maqsadga yo’naltirish kerak. Media madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor berilmog’i darkor. Bunda bolalar uchun tabiat in’omi bo’lgan “o’yin” dan oqilona foydalanish o’rinli. Shuni ham e’tiborsiz qoldirmaslik kerakki, kompyuter o’yinlariga mukkasidan ketgan yoshlar oila, ota-ona hamda vatan oldidagi burchlarini unutgan holda vaqtlari va pullarini behuda sarflamoqdalar. Qanchalik ta`qiqlashlarga qaramay bolalar turli xildagi tajovuzkor ruhdagi o’yinlarni baribir o’ynashda davom etmoqdalar. Bu kabi salbiy natijalar ota-onalar hamda pedagoglarga jiddiy muammo tug’dirmoqda. Demak, bolalarga o’yin o’ynashni ta’qiqlash o’rniga, foydali tomonga yo’naltirilgan milliy o’yinlar ishlab chiqilib, ularga taklif etilmog’i lozim.
Ikkinchi tomondan, hozirgi kunda yurtimiz va xorijda yaratilgan, turli yoshlardagi foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan har xil mavzulardagi o’rgatuvchi dasturlarning mavjudligi foydalanuvchilarga u yoki bu fan elementlarini individual ravishda o`rganish imkonini bermoqda. Bolalar va o`smirlar uchun mo`ljallangan bunday dasturlarning, asosan o`yin xarakterida ekanligi ularning yuqori darajadagi qiziqishlariga sabab bo`lmoqda. Albatta, bulardan foydalanish bolalarga bilimlarni o`zlashtirish ko`rsatkichi va tezligi bo’yicha sezilarli darajada samara bermoqda. Chet davlatlar madaniyati uchun o’rinli, lekin bizning miteltetimizga to’g’ri kelmaydigan milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan effektlarning mavjudligi farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz o’z oldimizga tarbiyani to’g’ri shakllantirishga yo’naltirilgan shunday milliy o’yin yaratishni maqsad qildikki, uni o’ynash orqali bola o’zi sezmagan holda shakllarni o’lchamlariga ko’ra taqqoslashni o’zlashtirib olsin. Shuningdek, bola zamonaviy axborot texnologiyalari bilan muloqotga kirishishni, xususan, kompyuterga buyruq berishni o’rganib olsin hamda barmoqlari yordamida sichqonchani boshqarishga ko’nikma hosil qilsin. Natijada, uning media madaniyati rivojlanib borsin.
Biz ishlab chiqqan “Hanoy minorasi” o’yini 3-5 yoshdagi bolalarga shakllarni o’lchamlariga ko’ra taqqoslashni bitta usulini o’rgatadi.[1] Ushbu o’yindan foydalanish uchun bitta shaxsiy kompyuter hamda sichqoncha yoki mobil qurilmaning mavjudligi yetarli. Foydalanuvchi ushbu o’yinni o’ynashi uchun shaxsiy kompyuterda sichqonchaning chap tugmasini bosishni hamda uni harakatlantirishni, mobil qurilmalarda esa ushbu jarayonni qurilma oynasidagi yengil qo’l harakatlari orqali amalga oshirishni bilishi zarur. O’yinning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
O’yinning sharti: o’yinchidan ko’rsatilgan ustunlarga berilgan shakllarni xuddi rasmdagidek joylashtirishi talab etiladi. O’yinchi sichqonchaning chap tugmachasini bosgan holda shakllarni bir joydan ikkinchi joyga harakalantirishi mumkin. Muhimi, o’yinda ishtirokchi hech qachon mag’lubiyatga uchramaydi. Shuning uchun bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatilmaydi. O’yin, ishtirokchi shakllarni rasmdagidek tartib bilan tergunga qadar davom etaveradi. Shakllar so’ralgan tartibda terilganda “Siz yutdingiz”- degan yozuv chiqadi hamda “Qoyil, siz yutdingiz”- degan ovoz va qarsaklar eshitiladi. O’yin navbatdagi bosqichga o’tkaziladi. O’yinning keyingi bosqichlarida shakllar soni ortadi hamda ularning hajmi o’rtasidagi farq kamayadi. Shuning uchun o’yinchi ularning birini ikkinchisining ustiga qo’yib ko’rish orqali taqqoslaydi. O’yindan turli operatsion tizimlar o’rnatilgan qurilmalarda foydalanish imkoniyatining mavjudligi uning keng qamrovliligini oshiradi.[2]
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, ushbu o’yinni o’ynash davomida bolaning shakllar o`lchamlari haqidagi ilk tasavvurlari boyib boradi. Demak, yuqoridagi kabi milliylik ruhi singdirilgan kompyuter o’yinlarini ishlab chiqish va ularni ota-onalar, tarbiyalovchilar tomonidan kichik yoshdagi bolalarga taqdim etilishi hamda bu o’yinlardan me’yor doirasida to’g’ri foydalanishni tashkil etish kelajak uchun juda foydalidir.
ADABIYOTLAR
1. E.M.Jumayev. Bolalarda boshlang’ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi.
2. Osipov D.L. Delphi. Програмирование для Windows, OS X, iOS и Android. –СПб.: БХВ-Петербург, 2014. -464 c.: ил. – (Профессиональное программирование)
Скачано с www.znanio.ru
[1] Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan marosimdagi ma’ruzasidan
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.