Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarni tashkil etish metodikasi.
Annotatsiya: Ertalabki badantarbiyadan maqsad, u uzoq yillar mobaynida sog’lom bo’lish. Ush maqolada bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarni tashkil etish, ularni sportga qiziqtirish va maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya to’g’ri tashkil etish metodikasi, mashqlarining asosiy shakllari, bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarni va ertalabki badantarbiya mashqlarini ularni ruhlantirgan holda to’g’ri tashkil etib, mashqni to’g’ri bajarish hamda murabbiy sifatida shaxsiy namunada ko’rsatish bayon etilgan.
Kalit so’zlar: badantarbiya, sport, jismoniy tarbiya, mashq, shaxsiy namuna, ruhlantirish, to’g’ri bajarish, namuna, qo’l-oyoq harakati, yugurish, sakrash, yengil yugurish, gavda, to’g’ri turish, maxsus mashqlar, sodda mashqlar, rag’bat, jarayon, egilish, burilish, muskul, zo’riqish, faol muskul.
Аннотация: Цель утренней зарядки - оставаться здоровым на долгие годы. В статье описываются организация физического воспитания в повседневной жизни детей, их интерес к спорту и методы правильной организации утренней физкультуры в дошкольных учреждениях, основные формы занятий физкультурой в повседневной жизни детей и утренняя физкультура. описано, как правильно организовать упражнения, вдохновляя их, как правильно выполнять упражнения и как показывать их в качестве личного примера в качестве тренера.
Ключевые слова: фитнес, спорт, физическая культура, упражнения, личный пример, вдохновение, правильное выполнение, паттерн, движение рука-нога, бег, прыжки, легкий бег, специальные упражнения, простые упражнения, стимуляция, процесс, сгибание, поворот, мышца, напряжение, активная мышца.
Annotation: The goal of morning exercise is to stay healthy for many years to come. This article describes the organization of physical education in the daily life of children, their interest in sports and methods of proper organization of morning physical education in preschool institutions, the main forms of exercise, physical education in children’s daily life and morning physical education. it is described how to organize the exercises correctly while inspiring them, how to do the exercises correctly and how to show them as a personal example as a coach.
Keywords: fitness, sports, physical education, exercise, personal example, inspiration, correct performance, pattern, arm-leg movement, running, jumping, light running, posture, special exercises, simple exercises, stimulation, process, bending, turning, muscle, tension, active muscle.
Ertalabki badantarbiya har bir insonga foydali va uni yosh yoki jismoniy rivojlanishdan qat’inazar doimiy ravishda qilish darkor. Ertalabki badantarbiyani bolalikdan o’zlashtirish lozim, shu bilan foydali ishga odatlaniladi, chunki badantarbiya yurak va o’pka ishini yaxshilaydi, suyakmushak to’qimalarini rivojlantiradi, tananing umumiy salomatligini mustahkamlaydi va bolada irodani shakllantirib, intizomga o’rgatadi.
Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so’ng, inson kun mobaynida o’zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o’zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go’yoki tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi.
Bolani qanday qiziqtirish mumkin? Aslida, eng gapyuqmas bolalarni ham ertalabki jismoniy tarbiyaga o’rgatsa bo’ladi. Buning uchun zerikarli jismoniy mashqlarni quvnoq o’yinga aylantirish kerak, buni har bir oila a’zosi bajara oladi.
Dastavval, farzandlari badantarbiya qilishni xohlamaydigan barcha ota-onalar anglab olishlari kerakki, bolani mashq qilishga majburlash emas, o’rgatish kerak. Farqi bormi? Agar, hali ham «unchalik bo’lmasa», tezda ota-onangiz ham sizni o’z irodangizga qarshi biror ishni qilishga majburlaganini xotirlay olasizmi? (Ko’pikli sutni ichish?.. Skripka chalish?). Endi tahlil qiling, katta bo’lgach, o’sha ishlarning qaybirini davom ettirmoqdasiz?!
Ertalabki badantarbiyadan maqsad, u uzoq yillar mobaynida sog’lom odatga aylanishidir.
Shuning uchun ham tarbiya maqsadlarida hech qanday bosim, ayniqsa jazolash (agar bajarmasang, konfet yo’q) haqida gap bo’lishi mumkin emas. Bolakay tonggi oson jismoniy mashqlarni og’ir vazifa sifatida emas, balki (yuvinish va tishni yuvish singari) shunday bo’lishi lozim ish deb qabul qilishi kerak.
Mashq qilishni o’zgaruvchan stolda boshlash muhim. Agar hayotning ilk oylaridanoq qiziq hirgoyilar qilib, bolaning qo’l-oyoqlarini ohangga mos ravishda harakatlantirsangiz, bunda o’z harakatlaringizni hayajon bilan «mana bizning bolakay qanday qila oladi!» deb davom ettirsangiz, siz shartli refleksga poydevor qo’yasiz: tong otdi — mashq boshlandii. Agar siz, 2-3 yilgacha kichkintoyingizga ertalab uyg’onishi bilan «qushcha qanotlarini qanday silkitishi» yoki «chigirtka qanday sakrashi»ni ko’rsatsangiz va undan sizning harakatlaringizni takrorlashni so’rasangiz, siz unda eng to’g’ri refleksni mustahkamlaysiz va uning dunyoqarashini kengaytirasiz.
Hatto, oddiy sayrni ham sport bilan shug’ullanishga aylantirish mumkin. Buning uchun sakrash, yugurish va shu kabilarni bajarish mumkin. Biroq, barchasini farzandingiz bilan birga bajaring va unga sog’lom turmush tarzi borasida namuna ko’rsating. Va nihoyat, rag’batlantirish muhim shart hisoblanadi, ammo bu ham ma’lum bir chegaradan chiqmasligi shart, deb qayd etishadi mutaxassislar.
Ruhlantiramiz. Ammo, aytaylik, bola biroz katta bo’ldi, ertalablari badantarbiya qilish masalasi sizni o’ylantira boshladi. Farzandingiz 5-7 yosh atrofida va siz nima bo’lsa bo’lsin, u ertalablari mashq qilishini xohlayapsiz. Bunda bolani to’g’ri ruhlantira olish lozim. Hech qachon u bilan «bozor munosabatlari»ni o’rnatmang: «sen mashq qilasan, men o’yinchoq olib beraman» va b. kabi. Bunday tarbiyalash shu bilan yakunlanadiki, bola salomatligi uchun emas, ortiqcha yana bir sovg’a uchun mashq qiladigan bo’ladi. Keyinchalik umuman qilmay qo’yadi.
Eng to’g’risi – shaxsiy namunada ko’rsatish. U bilan birga mashq qiling. Mashq turlari bo’yicha musobaqalashing. Bu ham quvnoq, ham foydali bo’ladi. Agar siz shug’ullanib, biror sport turida ilgarilab ketgan bo’lsangiz, farzandingiz bu haqda bilishi va faxrlanishi lozim. Mukofotlarni ko’rinadigan joyga qo’ying, muvaffaqiyatlaringizni namoyish qiluvchi fotosuratlar yoki videolavhalarni tomosha qiling.
«Maqtanish» imkonini qo’ldan boy bermang: «Ko’ryapsanmi, qanday qila olaman? Bilasanmi, bu qanday zo’r! Men tanamni tayyorlash uchun ertalabki oddiy mashqlardan boshlaganman. Xohlasang, sen ham shunday qila olasan».
Bolaning har qanday harakati ota-onalar qalbidan joy oladi, shuning uchun ham ertalabki badantarbiya mashlari oiladagi o’ziga xos voqelik bo’lishi darkor: barcha jismoniy mashq qilayotgan bolaga diqqat qaratishi, chaqqonligi uchun maqtashi, kerakli jihozlar (yaltiroq koptok, arg’imchoq, multfilmlar qahramonlari tushirilgan original gilamcha va b.) ni xarid qilishi kerak. Va albatta, u xalaqit qilayotgani, «oyoq ostida o’ralashayotgani» yoki sadolari ostida o’tirib-turayotgan musiqa juda balandligi va qo’shnilarni uyg’otib yuborishini aytib koyish kerak emas.
Mashqni to’g’ri bajaramiz. Bola uchun ertalabki badantarbiyaning odatdagi fitnes-yuklama bilan hech qanday umumiyligi yo’q. Shuning uchun bola har kuni kundalik me’yordan ko’proq qilib, shpagat o’tirishini talab qilish kerak emas. Mashqlar qanchalik sodda bo’lsa, shuncha yaxshi va quvnoqroq. Asosiysi – tananing har bir qismi uchun barqarorlik va muvozanatni ta’minlashga erishish. Mashqlar shunday tanlanishi kerakki, unda asosiy mushaklar guruhi va bola organizmi tizimlari qatnashsin. Mashg’ulotlar chog’ida tayyor to’plamlardan foydalanish yoki ularni bola salomatligining o’ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda tuzib chiqish ham mumkin.
Ertalabki gimnastikaning taxminiy to’plami quyidagicha bo’lishi lozim:
ü tortilish;
ü yurish (joyida yoki harakatda);
ü bo’yin, qo’l va yelka sohasi mushaklari uchun mashqlar;
ü gavda va qorin sohasi uchun mashqlar;
ü oyoq mushaklari uchun mashqlar (o’tirib-turish, sakrash);
ü oyoq-qo’l mushaklari ishtirokidagi umumiy ta’sir etuvchi mashqlar (silkitish, old-orqaga, yon tomonga egilish);
ü kuch ishlatish zarurati bo’lgan mashqlar;
ü bo’shashtiruvchi mashqlar;
ü nafas olish uchun mashqlar.
«Universal beshlik» mashqlari ham bor bo’lib, har qanday bolakay uni oson o’zlashtiradi va huzur qiladi:
Ø Ilk holat: oyoqlar elka kengligidan kengroq ochiladi, qo’llar bosh orqasida. O’ng oyoqni bukib, gavda chapga bukiladi, chap oyoq bilan oyoq ushlanadi. Xuddi shu harakat aksincha takrorlanadi.
Ø Ilk holat: oyoqlar yon tomonga, qo’llar belda. Gavdani chapga qaratib, bir vaqtning o’zida chap qo’l kafti bilaan yuqoriga ko’tariladi. Xuddi shu aksincha takrorlanadi.
Ø Ilk holat: oyoqlar elka kengligida, qo’llar gavdadan pastga tushirilgan. Sekinlik bilan to’g’ri oyoqni orqaga, qo’llar tomonlarga harakatlantiriladi — «qaldirg’och». 3 soniya muvozanatni saqlash kerak. Xuddi shu boshqa oyoqda ham bajariladi.
Ø Ilk holat: oyoqlar elkadan kengroq ochiladi, qo’llar belda. Gavdani navbati bilan chap va o’ng tomonga aylana shaklida aylantirish lozim.
Ø Ilk holat: Oyoqlar birga, qo’llar tirsakka bukilgan, barmoqlar elkada. Oldinga va orqaga 30 soniyada aylana harakatlarni bajarish kerak.
Ba’zan bola sport bilan oshno bo’lishni butunlay rad etgan holatlar ham bo’lib turadi. Buning yomon yoki g’aroyib jihati yo’q. Bu kabi holatda yagona yo’l rozi bo’lish va kutish. Ehtimol, ertalabki badantarbiya farzandingizga to’g’ri kelmas. Shunaqasi ham bo’lib turadi. Har kuni farzandingiz bilan ko’proq sayr qilish, ochiq havoda serharakat o’yinlar o’ynashga harakat qiling. Bu uning gipodinamikasini to’ldiradi. Kim bilsin, balki bir necha yillardan so’ng, unda sportga muhabbat paydo bo’lib, sizdan xokkey yoki raqs to’garagiga yozishni iltimos qilar.
Ertalabki
badantarbiya mashqlarining sog’lomlashtiruvchi turlari sarasiga kirdi.
Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya
mashqlarini o’z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarining bu turlari
shug’ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini
mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki
badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu
turlar sport yo’nalishiga ega bo’lib, sport turlari sifatida targ’ib etiladi.
Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish,
yuksak sport mahoratini ko’rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy
tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko’p murakkab mashqlarini
bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining
amaliy turlari.
Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko’rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to’la ravishda bolaning sog’lig’ini tiklash uchun qo’llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo’llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg’imchoqlar, to’plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg’ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o’rmalash, oshib o’tish)
Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya mashqlarining asosan ertalabki badantarbiya mashg’ulotdan oldin o’tkaziladi. Uning ahamyati esa bola organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 daqiqa davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg’ulotlardai iborat. Eng ko’p og’irlik mashg’ulotlarning o’rtasida o’tkaziladi.
Bolalar bog’chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog’lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo’lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg’ongach (5-7 daqiqadan so’ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to’g’ri o’sishidagi ko’nikmalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo’lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.
Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo’ladi. Ertalabki jismoniy mashg’ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniqsa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez qo’zg’alishiga va mehnatga yaroqliligi me’yorini qayta tiklaydi.
Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo’ladigan ta’sirlari birgalikda o’tkazilsa, nerv sistemasining ko’zg’alish jarayoni tezroq yo’lga qo’yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko’zg’alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar gavdaning, muskul guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurakning va o’pkaning normal faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki organlarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini yaxshilaydi, sistematik ravishdagi muskul mashqlari davomida rivojlanuvchi muskullarning o’ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab qolishga yordam beradi.
Mashqlar charchoq keltirib chiqarmasligi lozim. Shuning uchun asta-sekin sodda mashqlardan biroz murakkab mashqlarga o’tish lozim va shu bilan bir qatorda asta-sekinlik bilan organizmga kuchlanishni ko’paytirish lozim. Kuchlanishlar mashqlarning qiyinlashuvi hisobiga, qaytarilishlar soni hisobiga, harakatlarning tezlik darajasini oshishi va ayrim mashqlar orasidagn to’xtalishlarni kamaytirish hisobiga oshiriladi.
Ritmik
ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari. Ritmik
mashqlari sog’lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko’rinishlaridan
biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko’rinishlari
hisoblanadi. Bularning hammasi sog’liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik
ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug’ullanishi
mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo’ladi,
gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik,
chidamlilik.
Musiqaviy ritm
harakatlarni tashkillashtiradi, shug’ullanuvchilarning kayfiyatini ko’taradi.
Xis - tuyg’ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g’ayrat bilan bajarishga
undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik
ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo’nalishga ega bo’lishi mumkin, agar
harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o’yin yoki aralash mashqlar ustun
turadi. Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko’pchilikni tashkil etadi. Axir
qizlar ayniqsa xis-xayajonlarga va raqslarga intilishadilar. Shuning uchun bu
badantarbiyaning nomi ritmikdir. Badantarbiya mashg’ulotlar yig’indisi o’zining
xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga eta bulgan
mashqlardan (yugurish, sakrash) tashkari bo’g’inlarning cho’zilishi
egiluvchanligi va harakatchanligiuchun kerak bo’lgan mashqlarishtirok etadi.
Raqslar uchun mo’ljallangan mashqlar juda kup. Ikkinchidan musiqaviy kuzatuv sifatida ko’pgina o’zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo rakslarn qo’llaniladi Harakatlarning go’zalligini shakllantirayotib, biz bir vaqtning o’zida insonning ruxiy olamiga ta’sir ko’rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyatini bebaxoligini ko’ramiz. Ritmik badantarbiya bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir.
Ritmik badantarbiyaning vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
Ø sog’liqni har tomonlama saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, chiniqtirish, organizmning tashki muhitni noqo’lay bo’lgan sharoitlariga chidamliligini oshirish;
Ø shaxsning ma’naviy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’z kuniga ishonchni tarbiyalash va ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish;
Ø shug’ullanuvchilar tomonidan jismoniy mashqlarni mustaqil qo’llash uslubi va jismoniy tarbiya asoslari bo’yicha ma’lum doiradagi bilimlarga ega bo’lish;
Ø doimiy ravishdagi jismoniy mashqlar mashg’ulotlariga barqaror qiziqish va odatlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.
Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga kuyidagilar kiradi:
ü egiluvchanlikning rivojlanishi, bo’g’inlarning harakatchanligining rivojlantirish;
ü dinamik va statistik kuchlarning rivojlantirish;
ü chidamlilikni tarbiyalash;
ü harakatlarning tezligini va muvofikligini rivojlantirish;
ü qon-tomirlari va nafas olish organlarni sistemasini rivojlantirish;
ü harakatlar plastikasining rivojlanishi, estetik tarbiya.
Ritmik badantarbiya guruxlarida shug’ullanuvchilarning yaxshi jismoniy rivojlanganligi. Sog’lig’ining xolati, birmuncha yuqori mehnatga yaroqlilik darajasi va jismoniy og’irliklarga moslasha olishligi bilan fark qiladi.
Mashqlarning mazmuni.Ritmik badantarbiyaning yig’indilari anatomik belgilari bilan turkumlanadigan umumiy rivojlanuvchi qo’l va yelka mashqlari, oyoqlar uchun mashqlar, gavda va bo’yin uchun mashqlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, harakatlarning xususiyatlaridan, u yoki bu mashqlarning ta’siridan kelib chiqqan xolda xilma-hil jismoniy xususiyatlar rivojlanadi va mukammallashtiriladi. Shuning uchun mashqlardagi oriyentir, ya’ni yo’nalish olishni tezlashtirish va ularning yig’indisini tuzish, yanada to’g’riroq tanlash uchun anatomik belgilariga qarab yig’ilgan mashqlarning guruxlarining har biri ko’prok ta’sirga ega bo’lgan xususiyatlarga qarab guruxlarga bo’linadi: kuch ishlatish uchun mashqlar, egiluvchanlik uchun mashqlar, o’z-o’zini xoli kuyish uchun mashqlar, harakatlariing koordinatsiyalarini va tezligini rivojlantirish uchun mashqlar, irodani sinash uchun mashqlar kiradi. Bel uchun mo’ljallangan mashqlar alohida guruxlarga ajratiladi, qaysini ular mashg’ulotlarning asosiy bo’lishini, eng og’ir kismini tashkil qiladi. Doimiylik xususiyatiga ega bo’lgan mashqlar asosiy bo’lib turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari, va yana asabni boshqaruvchi mashqlar mashg’ulotlari.
Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:
v mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga o’tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qilish lozim. Boshni to’g’ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning to’g’ri turishini, xis etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;
v umumiy ta’sirdagi 2-3 da mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlardir.Ular yurak - qon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini rag’batlantiradi;
v keyin esa qo’l, muskullar, yelka, gavda, oyoqlar uchun mashqlar bajariladi. Bu paytda gavdaning har bir qismi orqama-ketin qo’shilishi lozim. Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshadi, ishga muskullarning har hil guruxlari qo’shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin muskullarini mustaxkamlaydi, umurtqa pogonasining harakatchanligini qo’llab - quvvatlaydi va rivojlantiradi;
v keyin esa kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo’lgan 2-3 ta mashqlar gavdaning barcha qismlari bilan bajariladi (qo’l, qorin muskullari va tana) Faol muskul zo’riqishlaridan so’ng muskullarni dam olishlari uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;
v undan keyin sakrashlar keladi. Ular oyoqlar muskullarini mustaxkamlaydi. Sakragandan so’ng albatta, mashqini kamaytirgan holda yurishga o’tish lozim. 1-2 ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch xolga kelishiga imkon beradi;
v mashqlar majmui gavdani to’g’ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.
Ertalabki badantarbiyaning metodik xususiyati. Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo’lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.
Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badanarbiya mashqlari xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bo’lmagan harakatiga keltiruvchi mashq), ya’ni har xil muskullar guruxini jismoniy layoqatini yanada chuqurlashtirish, elementlar, harakatga keltiruvchi ko’nikmani qo’lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikii rivojlantirish maqsadida bajariladi.
Qo’shimcha mashqni va ko’nikmani atrof-muxit bilan bir-biriga aktiv ta’sir etuvchi badantarbiya vositadir.
Erkin mashq bu ertalabki badantarbiyamashqlarining bir turi bo’lib chidamlilikni oshirishga rivojlantirishga yo’naltirish.
Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari. Ertalabki badantarbiya vazifalari quydagilar hisoblanadi:
· odamning jismoniy holatiga xos bo’lgan mezonlar bo’yicha uning salomatligiga oid model ko’rsatkichlarini normallashtirib turish, -jismoniy yuklamalar meyorga solib turishi,
· sixat-salomatligini model darajasiga erishishi va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq tasir ko’rsatuvchi tadbirlar
Ertalabki badantarbiya mashqlariga o’rgatishning shart-sharoitlari. Badantarbiya mashqlariga o’rgatishninng shart-sharoitlarini yaratish bir-nechta sharoitlarni o’ziga qamrab oladi. Buning ostida tarbiyachining tayyorgarligi va har xil metodik va texnik vositalari ishlatilishi nazarda tutiladi. Tarbiyachi o’rgatayotgan mashqlarini chuqur va mukammal bo’lishi kerak. O’rgatish oldidan tarbiyachida ishning rejasi bo’lishi shart. Uning ichida harakatlarining ketma-ketligi bo’lishi kerak. Har bir bolaning sifatlarini, mashqlarning sharoitlarini bilishi kerak. Ko’pincha mashqlarni o’rgatayotganda tarbiyachi tayyor tekshirilgan o’rgatish yo’llarini ishlatadi. Bunda o’rgatish yulining modelini aniqlash kerak. Mashqlarni o’rgatish vaqtida tarbiyachining harakati katta ahamyatga ega. Bolaning harakatini e’tibor bilan kuzatib, uni har doim baxolab turishi kerak, o’z vaqtida bolaga yordam berib, mashqlarning bajarilishini yengillashtirishi, agar qiyinchiliklar tug’ilsa, xatolarni to’g’rilashi kerak. O’rgatish jarayonini shu tarzda boshqarish, tarbiyachi tomondan, ijodiy jarayondir va pedagogik maxoratni ta’riflaydi.
Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o’rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg’ulotlar o’rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o’zida o’tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faoliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo’lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg’ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg’ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po’stlog’ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o’quv materialini o’zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg’iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni o’zgartirish zarurligini ko’rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so’ng ular toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o’zlashtirish va ko’nikmalarni egallashga qodir bo’la olmaydilar.
Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu o’z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo’qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug’ullana boshlaydi.
Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho’qqayib o’tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o’z ichiga yelka kamari va qo’llarga mo’ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlarini oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi.
Foydalangan adabiyotlar ro’yhati:
1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.
2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.
3. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo’riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.
4. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog’ tanda-sog’lom aql”. T.: 2014
5. Usmonxo’jayev T. va boshq. “500 harakatli o’yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.
6. https://ilkqadam.uz/uz/news/badantarbiya/
7. Скачано с www.znanio.ru
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.