“BOSHLANG’ICH KAPITAL VA UNING MANBALARI” MAVZUSIDAGI

  • ppt
  • 19.02.2020
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала №15 ТБА Boshlang’ich kapital va uning manbalari.ppt


NAMANGAN VILOYATI XOKIMLIGINING
O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI

G’URUMSAROY IQTISODIYOT KOLLEJI
MAXSUS FAN O’QITUVCHISI B.S.HAYDAROVNING
TADBIRKORLIK VA ISHGA JOYLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI ASOSLARI FANIDAN
“BOSHLANG’ICH KAPITAL VA UNING MANBALARI” MAVZUSIDAGI



G’URUMSAROY – 2017

MA'RUZASI

№ 15-Mavzu: BOSHLANG’ICH KAPITAL VA UNING MANBALARI


Amaliy mashg’ulot №8:

Тopshiriq:

1. Boshlang'ich sarmoya
2. Dastlabki xarajatlar
3. Biznesni moliyalashtirish manbalari





1. Boshlang'ich sarmoya

O'z g'oyasiga, biznes-rejasiga ega tadbirkorlar uchun o'z ishlarini boshlab olishlari uchun imtiyozli kreditlarni berilishi, dastlabki yillarda soliqlardan butunlay ozod bo'lishi yoki imtiyozlarga ega bo'lishi, ishlab chiqaradigah mahsulot turiga va eksport qilish imkoniyatlariga qarab, yana bir qator soliq va boshqa imtiyozlarga ega bo'lishi tadbirkorlikni yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Hozirgi sharoitda tadbirkorlar uchun pul topish unchalik muammo emas, pulni qanday ko'paytirish muammosi turibdi, desak to'g'ri bo'ladi.
O'z ishini boshlayotgan tadbirkor shuni anglashi kerakki, korxona foyda keltirishni boshlagungacha, biznesni tuzish davrida ma'lum miqdorda pulga ega bo'lish zarur. Bu mablag‘ boshlang'ich sarmoya, deb ataladi va quyidagilarni qoplash uchun zarur:
• dastlabki xarajatlar yoki investitsion sarmoya sifatida;
• birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital sifatida.

2. Dastlabki xarajatlar

Dastlabki xarajatlar — bu tadbirkor korxona ish boshlagunga qadar tortadigan xarajatlardir (savdo, ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish sohasida). Bu xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladigan mablag'lar investitsion sarmoya, deb ham ataladi. Yer sotib olish, sex qurish, uskunalar, asboblar, texnika, idora mebeli sotib olish -- bularning hammasi dastlabki xarajatlardir. Ro'yxatga olishda to'lanadigan har xil to'lovlar va yig'imlar, vodo-provod, elektr o'tkazish, telefon aloqasi o'rnatish, korxonaning ochilganligi haqidagi reklama xarajatlari va hokazolar ham shu guruhga kiradi.

3. Biznesni moliyalashtirish manbalari

O'z sarmoyasini investitsiyalash yo'li bilan moliyalash:
• shaxsiy jamg'armalar;
• oila a'zolari va do'stlarning bergan qarzlari;
• bir yoki bir necha sheriklarni jalb qilish.
Kredit muassasalarining qarzlari
Qarz berishga buyurtmalarni ko'rib chiqishda hisobga olinadigan mulohazalar:
• qarz turi;
• qarzning maqsadi (ishlatilishi);
• kreditga layoqatlilik va vijdonlilik;
• zarur qobiliyatlarning mavjudligi;
• qarzni qoplash muddati;
• qarzni qaytarishni ta'minlash;
• kafolatlar;
• moslashuvchan loyihaning mavjudligi;
• bank xodimlari oldida mijozning nufuzi.

UYGA VAZIFA

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Boshlang'ich sarmoya?
2. Dastlabki xarajatlar?
3. Biznesni moliyalashtirish manbalari?

Adabiyot: Jamoa. Tadbirkorlik va biznes asoslari. Toshkent ILM-ZIYO 2006 yil
130-137 betlar



E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !

8