G’uzor tumani 36-maktab matematika fani o’qituvchisi Rustamova Shoira
Fan nomi: Matematika
Sinfi: 6-sinf
Dars mavzusi: Sonlarni taqqoslash
O’quvchi soni:30
Elektron pochta manzili: Saodat68.inbox.uz
O’quvchilarning o’tilgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini “Do’stingni top” metodi bo’yicha aniqlanadi. Bunda o’quvchilar sonidan kelib chiqqan holda kartochkalar taxlanadi. 15 ta o’quvchiga savol, 15 ta o’quvchi javob kartochkasi oladi. Kartochkalar aralashtirilib tarqatiladi. Savol kartochka tushgan o’quvchi savolni o’qiydi, shu savolni javobi yozilgan kartochka egasi javobni o’qiydi. Savolga to’g’ri javob bera olmagan o’uvchi jarima kartochkasi oladi.
Yangi mavzuni mustahkamlashda “Zinama-zina” metodidan foydalanildi. Bunda o’quvchilarning mavzudan olgan BKMlari dars so’ngida ushbu metod orqali aniqlanadi. Bunda misollar oddiydan murakkabga qarab boradi.
Fan nomi: Matematika
Dars mavzusi: Sonlarni taqqoslash
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilish
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga iqtisodiy tushuncha berish va metematik o`yinlar orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matematikani o’rganishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: yangi bilim berish
Dars uslubi: aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar
Matematika – fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh!
Ibn Sino
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi |
Bajariladigan ishning mazmuni |
Metod |
Vaqt
|
1-bosqich Tashkiliy qism |
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi |
Suhbat |
2 minut |
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash |
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi. Mavzuga oid misol va masalalar tushuntiriladi |
Savol-javob |
3 minut |
3-bosqich Yangi mavzu bayoni |
Matematikaga oid savol-javob o’tkazish. Sonlarni taqqoslash haqida tushuncha berish
|
Tushuntirish izlanish musobaqa |
30 minut |
4-bosqich Mustahkamlash |
O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash. Test bajarish Dam olish daqiqasi |
Muammoli izlanish |
7 minut |
5-bosqich rag’batlantirish |
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi |
|
3 minut |
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash
II. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi. O’quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash. O’tilgan mavzu “Do’stingni top” oyini orqali mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish
Darslikdagi rasmlar va ko’rgazmalar orqali o’quvchilarga mavzuni tushuntiriladi.
Taqqoslash munosabat belgilari: > - katta, > - kichik, = - teng
Taqqoslang:
16 < 17 18< 29 89 >88 66 < 79
72 < 88 100 > 90 100 = 100 81 = 81
Masalan, 2 > 1, 1 > 0, 0 > -1, -1 > -2, -3 > -6 bo'ladi, chunki ...-6, -5, -4, -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, ... butun sonlar qatorida 2 soni 1 sonidan, 1 soni 0 sonidan, 0 soni (-1) sonidan, (-1) soni (-2) sonidan, (-3) soni (-6) sonidan o'ngda turadi.
Umuman, к son n dan katta bo'lsa, bu к > n yoki n < к kabi yozilishini bilasiz.
Butun sonlarni taqqoslashning yuqorida keltirilgan qoidasidan shunday xulosalarga kelamiz:
Son o'qida ikkita manfiy sondan moduli kattasi chaproqda yotadi. Demak,
Masalan, |- 1,3| < |- 1,5| bo'lgani uchun -1,3 > -1,5. a sonning musbat ekanligi a > 0 kabi, manfiy ekanligi a < 0 kabi yoziladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu “Zinama-zima” metodi orqali mustahkamlanadi.
1. Butun sonlar qanday taqqoslanadi?
2. Sonning musbat yoki manfiy ekani qanday belgilanadi?
3.a) eng katta; b) eng kichik manfiy butun son bormi?
4.Eng kichik butun son mavjudmi? Eng katta butun son-chi?
5.Qanday sonlar 0 dan katta? Qanday sonlar 0 dan kichik?
840. Quyidagi sonlarni a) o’sib; b) kamayib borish tartibida joylashtiring:
1) -8; 6; -9; 0; 7; -1.1;
a) -9, -8, -1.1, 0, 6, 7 b) 7, 6, 0, -1.1, -8, -9;
2)-3; 8; 0; -2.2; -1.2; 5
a) -3, -2.2, -1.2, 0, 5, 8; b) 8, 5, 0, -1.2, -2.2, -3;
841. 1) 3 dan katta va 6 dan kichik;
2) 0 dan ham kichik va -4 dan ham kichik bo'lgan butun sonlar bormi?
Javob 1) 4,5 2) 5-,-6, -7,…
842. 1) -1 dan kichik va ayni vaqtda 0 dan katta sonlar bormi?
2) 0 dan kichik, ayni vaqtda, 0 dan katta sonlar mavjudmi?
Javob: 1) yo’q 2) yo’q
V. Uyga vazifa. 854-855 misollar.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.