ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА
Оценка 4.8

ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА

Оценка 4.8
Научные работы +1
doc
преподавание
Взрослым
27.08.2022
ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА
ФАН ДАСТУРИ
Ekolog va TMQ_ND.doc

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

 

 

TASDIQLAYMAN

_________G‘. I.Muxamedov

 

202__ yil “___”__________

 

 

 

KELISHILDI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

_______________________

 

202_ yil “___”___________

 

 

Ro‘yxatga olindi:

 

BD-______________

20 __ yil ________

 

 

EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH

FAN DASTURI

 

Bilim sohasi:                          100000 - Gumanitar

Ta’lim sohasi:                        110000 - Pedagogika

Talim yo‘nalishi:                    5110400 - Biologiya 

                                               5110300 - Kimyo 

                                               5110100 -  Matematika va informatika

                                               5110200  - Fizika va astronomiya

                                               5110500 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

                                               5110600 - Tarix

                                               5111100 - Musiqa taʻlimi

                                               5111400 - Xorijiy tillar va adabiyoti (Tillar boʻyicha)

                                               5111600 - Milliy gʻoya, maʻnaviyat asoslari va huquq taʻlimi

                                               5110800 - Tasviriy sanʻat va muhandislik grafikasi

                                               5110900 - Pedagogika va psixologiya

                                               5111200 - Oʽzbek tili va adabiyoti

                                               5111300 - Ona tili va adabiyoti

                                               5111700 - Boshlang’ich ta’lim

                                               5111800 - Maktabgacha ta’lim

                                               5111900 - Difektologiya

                                               5112000 - Jismoniy madaniyat  xotin- qizlar sporti               

                                               5112100 - Texnologik  ta’lim

                                               5112200 - Maktabgacha va boshlangʽich ta’limda xorijiy til                                               

                                               5112300 - Maktabgacha va boshlangʽich ta’limda jismoniy tarbiya

                                                                 va sport

                                               5611700 - Maktab menejmenti

                                               5112500 - Oʽzga tilli guruhlarda rus tili

 

 

Chirchiq- 20___


 

Fan/modul kodi

 

O‘quv yili 2020-2021

Semestr

4

ECTS- Kreditlar

4

Fan/modul turi

majburiy

Ta’lim tili

O‘zbek/rus

Haftadagi dars

 soatlari

4

1.

 

Fan nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

60

60

120

 


22.

I. Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad – umumiy ekologiya fani to‘g‘risida talabalarda nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, ilmiy-texnika taraqqiyoti va er yuzi aholi soniniig o‘sishi insoniyatning tabiiy muhitga ta’sirining kuchayishiga olib keldi. hozirgi va kelajak avlod uchun ekologik xavfsiz muhitni hosil qilish, bu borada ekologik bilim va ko‘nikmalarga ega bolish,  ekologik vaziyatlarni tahlil qila olish va  muammoli vaziyatlarda echim topa olishdir. Tabiat, jamiyat va iqtisodiyotning uyg‘un birligini ta’minlashda xorij tajribalaridan bahramand bo‘lish va mahalliy sharoitda ekologik muammolar echimini topish uchun  harakat qilish har bir insonning ezgu maqsadi ekanligini tushunishtirish fanning asosiy maqasadlaridan biridir. 

 Endilikda ekologiya sohasidagi bilimlar ishlab chiqarish ilmiy texnikaviy, demografik va boshqa bir qancha masalalarniig hal etilish haqida tushunchalarni shakillantish, tabiiy resurslardan  oqilona foydalanish kabi bilimlarini oshirib borish.

Fanning vazifasi –  bakalavrlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish;

- bakalavrlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish haqidagi asosiy tushunchalar, ekologik muammolar, bu muammolarni o‘z vaqtida ijobiy hal qilish uchun ekologik malumotga ega bo‘lishga undash;

- tabiat qonunlaridan xabardor bo‘lishlari, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liklikning tub mohiyatlarini anglab etishlari kerakligi asosiy vazifalardan sanaladi.

“Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalari doirasida bakalavr:

- tabiatda kuzatish olib borish inson faoliyatining tirik organizmlarga ko‘rsatayotgan ta’sirini to‘g‘ri anglab bilish, kuzatish natijalarini bayon eta olish, yozma hisobot bera olish, olingan ma’lumotlarni tahlili haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

- fazo va vaqt birliklarida eng oddiy miqdoriy hisobini olish, turli asboblar yordamida o‘lchov ishlarini olib borish, olingan ma’lumotlarni jadvallar, diagrammalar va grafiklarda aks ettira olish, o‘lchov asboblarining o‘rganilayotgan miqdor va ko‘rsatgichlari asosida tanlash va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda yozma ko‘rsatgichlar va sxema tasvirlari tavsiya etish haqida bilishi va ulardan foydalana olishi;

  - olingan natijalarni isbotlash uchun oddiy jadvallarni turli ko‘rinishlarda diagrammalar, grafiklar yordamida tasvirlash va tegishli xulosalar yoki yakun yasash, atrof-muhit holatini eng oddiy usullar bilan kuzatib borish, monitoring, suv, havo va tuproqlarni tahlil qilish, olingan ma’lumotlardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

 

II. Asosiy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-mavzu:  Kirish. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kursi, vazifasi, maqsadi,  tuzilmasi va tarixi,  fanni o‘rganish usullari.

Ekologiyaning maqsadi, o‘rganish usullari, ekologiya fanining vazifalari, ekologiya fanining bo‘limlari,  ekologiyaning tarixi, ekologiyada foydalaniladigan uslublar,  ekologiya fanining vazifalari, santik va xvii-xix asrlardagi ekologik, tadqiqotlar,  o‘rta osiyo allomalarining ekologiya haqidagi qarashlari,  o‘zbekistonda ekologiya fanining rivojlanishi, atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalar, o‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida ma’lumotlar.

 

2-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan islohatlar

O‘zbekistonda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini olib borish, atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida ob’ektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish, er, er osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish.

 

3-mavzu: Ekologik muxit tushunchasi

 Muhit tushunchasi fanda turli ma’nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Muhit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmui sifatida. Tabiiy va sun’iy muhitlar. Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mehnat maxsuli yotadi. Ekologik muhit tabiiy va sun’iy atrof-muhit bo‘lib, tirik mavjudotlar sub’ektiv va ob’ektiv ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar soni esa tevarak-atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi.

 

4-mavzu: Ekologik omillar, abiotik omillar

Ekologik omillar,  klassifikatsiyasi, moslashish, ekologik valenlik, ekologik nisha, biomaromlar. Tabiatda mavjud bo’lgan tirik bo’lmagan ta’sirlar, abiotik omillar va ularning energetic xossalari, shuningdek ular ta’siri natijasi hamda xosilalari.

5-mavzu: Biotik omillar va munosabat turlari

Organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning turlari, organizmlarning o‘zaro ta’siri natijasida ekologik tizimning barqarorligi va o‘zgarishi.

 

6-mavzu: Antropogenez tushunchasi. Noosfera

Insonning tabiatga ta’siri, tabiatning rivojlanishida insonning salbiy va ijobiy ta’siri natijasi, moddalarning tabiatda aylanishidagi insonning roli, o‘zgarishlar, kelajak tabiati va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

 

7-mavzu: Biosfera tushunchasi. Vernadskiy ta’limoti

Biosfera haqida tushuncha, Biosfera va uning xususiyatlari, biosfera qatlamlari. Ularning ta’siri.  Vernardskiy ta’limotining mazmun-mohiyati.

 

8-mavzu: Biosferada moddalarning aylanishi.

Tirik modda xaqida tushuncha, tirik moddaning o‘ziga xos xususiyatlari, moddalarning tabiatda aylanishi va aylanish klasifikatsiyasi. Biogen moddalar, ularning o‘ziga xos jihatlari.

 

9-mavzu: Populyasiyalar va ekotizimlar  ekologiyasi

Populyatsiya haqida tushuncha.Populyatsiyaning xususiyatlari va tuzilmalari, populyatsiya gomeostazi, zichlik, biotsenoz, bogeotsenoz,  ekotizmlar, ularning tarkibiy qismlari, suktsessiya, ekologik piramida, ekotizimda moddlar va energiya aylanishi.

 

10-mavzu: Tabiiy resurslar, ulardan oqilona foydalanish va
atmosfera muhofazasi

O‘zbekiston tabiiy resurslari, ular holati va foydalanish.Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi va ulardan to‘g‘ri foydalanish. Er osti boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish. Atmosferaning tabiatdagi axamiyati va uning tirik organizmlarga ta’siri. Atmosfera tarkibi, uni ifloslantiruvchi manbalar. Ozon tuynugi muammosi, issiqxona effekti mexanizmi, kislotali yomg‘irlar, atmosfera ifloslanishiga qarshi kurash yo‘llari va usullari. Radioaktivlikning biosferaga ta’siri. 

11-mavzu: Suv resursi va uni muhofazasi

Suvni tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, chuchuk suv muammosi, suvni ifloslanish manbalari va uni muhofazasi. Suvni tozalash usullari va inshootlari. O‘zbekiston suv havzalariningn ekologik holati. Orol va orol bo‘yi muommolari. Sub ifloslanishini inson salomatligiga ta’siri. Uyga qarshi kurashish yo‘llari, sho‘rlanish, cho‘llashish sabablari. Oldini olish chora tadbirlari.

12-mavzu: Tuproq va uni muhofazasi

O‘zbekiston tuproqlari holati. Tuproqning moddalar aylanishdagi roli. Tuproqning ifloslanish manbalari. Tuproq eroziyasi, turlari. Tuproq eroziyasiga qarshi kurashish yo‘llari. SHo‘rlashish, cho‘llashish sabablari, oldini olish chora tadbirlari.

 

13-mavzu: O‘simlik,  hayvonot dunyosi va ularni
muhofaza qilish

O‘simliklarning xilma-xilligi. Tabiatda modda aylanishida o‘simliklarning roli. Er sharida o‘simlik qoplamining hozirgi holati. O‘rmon resurslari. Dorivor resurslar.  Hayvonlarning xilma-xilligi. Tabiatda modda aylanishida xayvonlarning roli. O‘zbekistonda va er sharida hayvonot olamining hozirgi holati. Hayvonlarni muhofaza qilish va sonini qayta tiklash yuzasidan O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar. Muhofazaga olingan hududlar: Qo‘riqxonalar, buyurtmaxonalar, milliy bog‘lar, tabiat yodgorliklari, ekomarkaz haqida tushuncha hosil qilish. O‘zbekiston «Qizil kitobi».

 

14-mavzu: Xalq xo‘jaligininig turli sohalarida ekologik qoquniyatlardan to’g’ri foydalanish

Xalq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiya qilishda ekologik xususiyatlarni ta’sirini o‘rganish, ekologik muammoli xududlarda xalq xo‘jaligini sohalarini to’g’ri  tashkillashtirish, zamonaviy ekologik texnologiyalari, ishlab chiqarishning innovatsion o‘zgarishlari hamda ularning tabiatga va insonga ta’siri.

 

15-mavzu: O‘zbekistonning ekologik
barqaror rivojlanishi

O‘zbekistonning ekologiya va tabiatni muxofaza qilish bo‘yicha olib borayotgan siyosati, O‘zbekistoning tabiiy landshaftlari, sun’iy landshaftlari, ularga insonning ta’siri va global ekologik muammolar.

 

III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha

ko‘rsatma va taviyalar

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1.   Ekologiyaning bo‘limlari va tuzilmasi

2.   Ekologiyada qo‘llaniladigan usullar

3.   Ekologik omillarning klasifikatsiyalashni o‘rganish

4.   Shaharlarda shovqin muammosi

5.   Hayvonot dunyosini muhofaza qilish. 

6.   Sun’iy  landshaftlar

7.   Suv muhiti omillariga organizmlarning moslashishi

8.   Biosfera chegaralari

9.   Tuproq muhiti omillariga organizmlarning moslashishi

10.   O‘simlik qoplamini muhofaza qilish

11.   Tabiiy  landshaftlar

12.   Qo‘riqxonalar, Milliy bog‘lar, buyurtmalar

13.   “Qizil kitob”

14.   O‘zbekistonning  tabiiy yodgorliklari

15.   Hayvonot va botanika bog‘iga ekskursiya

Amaliy mashg‘ulotlarni faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.

 

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Mustaqil ishni tayyorlashda Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda talabaga quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

·       Amaliy mashg`ulotlarga tayyorgarlik;

·       Darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;

·       Tarqatma materiallardan foydalangan holda fanning ma’ruzalar qismini o`zlashtirish;

·       Maxsus adabiyotlardan foydalangan holda fan bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

·       Fanning talaba tomonidan o`quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi bilan bog`liq bo`lgan bo`limlarini va mavzularini chuqur o`rganish;

·       Masofaviy ta’limdan foydalanish va hokozo.

       Mustaqil talim talabalarga oldindan berib qo`yilgan mavzular bo`yicha referat, diagrammalar chizish va tahlil qilish, jadvallar to`ldirish, qo`shimcha ma’lumotlar to`plash orqali amalga oshiriladi.

 

 Mustaqil ish uchun quyidagi mavzularni chuqur  o`rganish tavsiya etiladi

1.      O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish

2.      Populyasiyalarning umumiy tasnifi. Populyasiyalarning asosiy xususiyatlari

3.      Ekotizimlarning o‘zgarishi. Suksessiya hodisasi.

4.      Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish

33.

V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

·Tabiatda kuzatish olib borish inson faoliyatining tirik organizmlarga ko‘rsatayotgan ta’sirini to‘g‘ri anglab bilish, kuzatish natijalarini bayon eta olish, yozma hisobot bera olish, olingan ma’lumotlarni tahlili haqida tasavvurga ega bo‘lish

·Olingan natijalarni isbotlash uchun oddiy jadvallarni turli ko‘rinishlarda diagrammalar, grafiklar yordamida tasvirlash va tegishli xulosalar yoki yakun yasash, atrof-muhit holatini eng oddiy usullar bilan kuzatib borish, monitoring, suv, havo va tuproqlarni tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olish

·Fazo va vaqt birliklarida  ekologik muhitda eng oddiy miqdoriy hisobini olish, turli asboblar yordamida o‘lchov ishlarini olib borish, olingan ma’lumotlarni jadvallar, diagrammalar va grafiklarda aks ettira olish, o‘lchov asboblarining o‘rganilayotgan miqdor va ko‘rsatgichlari asosida tanlash va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda yozma ko‘rsatgichlar va sxema tasvirlari tavsiya etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish

44.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

·ma’ruza;

·keys-stadi;

·induvidual loyihalar;

·taqdimotlar qilish;

·guruhlarda ishlash;

·jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish.

55.

VII. Kreditlarni olish uchun talabalar:

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar va tushunchalar haqida mustaqil  mushohada yuritish. Joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test topshiriqlarini topshirishi zarur.

66.

Asosiy adabiyotlar:

1. Peter Rellero, Dinah Zike. Ecology. USA, 2005. (darslik)

2. To‘xtaev A.S., Xamidov A. “Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish” o‘quv qo‘llanma.Toshkent, 1994.

3. Xamdamov  I. va boshqalar. “Ekologiya”. o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2009.

 

Qo‘shimcha adabiyotlar:

4. To‘xtaev A.S. “Ekologiya” o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 1998.

5. Sultonov P.S. “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari” darslik. – Toshkent, 2007.

6. Ergashev A., Ergashev T. “Ekologiya, Biosfera, va tabiatni muhofaza qilish” darslik. – Toshkent, 2005.

7. Ergashev A. “Umumiy ekologiya” darslik. – Toshkent, 2003.

8. Xaydarova X. va boshqalar. Ekologiya o‘qitish metodikasi. o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2009.

9. Xojanazarov O‘.E., Muxamedjanova D. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish (Darslik). – T.: TDPU, 2016.

10. Xojanazarov O‘.E.,  YAkubjanova SH.T. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish (o‘quv qo‘llanma). – T.: TDPU, 2018.

 

Elektron talim resurslari

1. www. tdpu.uz

2.www.edu.uz

3.www.econews.uz

4. www.plant protection.com

 

Axborot manbalari:

1.http://www.cspi.uz

2.http:// www.ziyo.net

3.www.nature.uz

4.www.pedagog.uz

77.

Fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy, o‘rta vaxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 202_ yil  «__» __________dagi   ___-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20__ yil  «__» __________dagi   ___-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan fan dasturlari tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.

88.

Fan/modul uchun ma’sullar:

D.U. Zakirov – TVCHDPI, “Biologiya” kafedrasi o‘qituvchisi.

B.R.Ramazonov - TVCHDPI, “Biologiya” kafedrasi o‘qituvchisi b.f.f.d

S.B. Qoraev – TVCHDPI, “Biologiya” kafedrasi o‘qituvchisi.

99.

Taqrizchilar:

Xojanazarov O‘.E. – Nizomiy nomidagi TDPU, “Botanika” kafedrasi mudiri, b.f.n., dots.

Eshonqulov O.D. – O‘zbekiston milliy universiteti, “Ekologiya” fakulteti kata o’qituvchisi, b.f.n.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Скачано с www.znanio.ru

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

Fan / modul kodi O‘quv yili 2020-2021

Fan / modul kodi O‘quv yili 2020-2021

II. Asosiy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1

II. Asosiy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1

Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi

Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi

Suv resursi va uni muhofazasi

Suv resursi va uni muhofazasi

Shaharlarda shovqin muammosi 2

Shaharlarda shovqin muammosi 2

Olingan natijalarni isbotlash uchun oddiy jadvallarni turli ko‘rinishlarda diagrammalar, grafiklar yordamida tasvirlash va tegishli xulosalar yoki yakun yasash, atrof-muhit holatini eng oddiy usullar bilan kuzatib…

Olingan natijalarni isbotlash uchun oddiy jadvallarni turli ko‘rinishlarda diagrammalar, grafiklar yordamida tasvirlash va tegishli xulosalar yoki yakun yasash, atrof-muhit holatini eng oddiy usullar bilan kuzatib…

Asosiy adabiyotlar: 1. Peter

Asosiy adabiyotlar: 1. Peter

ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА

ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА

ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА

ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА

ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА

ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ФАН ДАСТУРИ МИМА
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
27.08.2022