“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
Оценка 4.9
Разработки уроков
doc
информатика
Взрослым
04.05.2017
Ushbu maqolada “Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi keltiriladi. Bu ishlanmada dars rejasi va darsning mantiqiy strukturasi to’liq ishlab chiqilgan. “Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ushbu ochiq dars ishlanmasida noan’anaviy dars va noan’anaviy darsning asosiy maqsadi haqida ma’lumot beriladi. Ushbu dars musobaqa tarzida o’tkaziladi.“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
Informatika fanidan ochiq dars ishlanmasi.doc
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O'RTA MAXSUS KASBHUNAR TA'LIM MARKAZI
NAVOIY VILOYAT O'RTA MAXSUS KASBHUNAR TA'LIM BOSHQARMASI
UCHQUDUQ KONCHILIK KASBHUNAR KOLLEJI
INFORMATIKA
fani o’qituvchisi
QURBONOVA FERUZA
QUCHQOROVNANING
«FAYL VA KATALOGLAR
BILAN ISHLASH»
mavzusida noan’anaviy dars o’tish
uchun yaratgan uslubiy
QO’LLANMASI Zamonaviy ta’lim oldida turgan eng muhim vazifa o’quvchi
shaxsining ilm olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tarixiy xotirasizkelajak
yo’q” asarida komil inson tushunchasiga aniq ta’rif berdilar. “Komil
inson deganda biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay
oladigan, o’z xulqatvori bilan o’zgalarga ibrat bo’la oladigan,
bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Ta’lim tizimi va maktab
oldiga maqsad qilib ya’ni, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish
qo’yildi.
Keyingi yillarda metodik adabiyotlarda noan’anaviy dars degan
iborani ko’plab uchratamiz.
Noan’anaviy darslarning asosiy maqsadi o’quvchilarning mustaqil
bilim olish mexanizmiga asoslanganligidadir. Noan’anaviy darsda
tanlangan dars mavzusi bo’yicha o’quvchi o’z nuqtai nazarini bayon
etadi, garchi xato bo’lsa ham o’quvchining fikri oxirigacha eshitiladi.
Noan'anaviy darsda an'anaviy darsdagidek tashkiliy, o’tgan
mavzuni so’rash, yangi mavzu bayoni va darsni mustahkamlash singari
bosqichlari bo’lmaydi. Har bir darsning o’ziga xos shakli bo’ladi.
Noan'anaviy darsda aniq bir ta'limiy metod yoki usul hukmronlik
qilmaydi. Darsning borish jarayonida ta'limiy metodlar va usullar
almashina boradi.
Noan'anaviy darslarda standart didaktik ko’rgazmalar bilan birga,
o’quvchilar kuchi bilan yaratilgan ko’rgazmalar ham qo’llaniladi.
Noan'anaviy darslarda o’quvchi shaxsi birinchi o’rinda turadi. Shuning
uchun o’quvchilar bilan yakkama yakka ishlash bunday darslarning
tashkiliy asosi bo’ladi.
Mustakil ishlar, guruhiy ishlash. O’zaro juftlikda ishlash,
o’zaro muloqotda bo’lish, talimy uyinlar darslarning mazmunini tashkil
etadi.
O’quvchilarning darsmavzusini to’liq va tushunarli o’zlashtirishi,
darsning qiziqarli o’tishi uchun darsda ko’proq turli usullardan foydalanishni tavsiya etaman. Hamda o’quvchilar bilimini baholashda
turli xil geometrik figuralardan foydalanishni tavsiya etaman.
Men quyida yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan “Fayl va
kataloglar bilan ishlash. ON1” mavzusida bo’lgan noan’anaviy darsni
yoritib beraman. Bu darsda men chigil yozdi usuli, pinbard usuli,
ma’ruza, kichik guruhlarda ishlash usuli, munozara usuli, pochta usuli,
loto usuli, mo’jizalar maydoni usuli va boshqa usullardan foydalanaman.
Men quyida foydalanilgan usullardan ba’zilariga ta’rif berib
o’taman:
DARS REJASI:
Dars mavzusi:Fayl va kataloglar bilan ishlash.
Darsning maqsadi.
a)
Ta’limiy: Fayl va kataloglar haqida tushuncha berish.
b) Tarbiyaviy: O’quvchilarda birbiriga hurmat hissini
shakllantirish.
s) Rivojlantiruvchi. Mavzuni o’rganish orqali o’quvchilarda fayl va
kataloglar ustida ishlash bilimlarini o’stirish.
d) Milliy istiqlol g’oyasini singdirish:
Vatanga muhabbat his tuyg’usini shakllantirish.
e) Kasbga yo’naltiruvch: O’quvchilarning tanlagan kasblari
haqida gapirib, shu sohaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
Dars tipi: yangi bilim berish
Dars turi: noan’anaviy dars
Dars uslubi: amaliy, yozma, og’zaki va mustaqil ish.
Dars usuli: Aqliy hujum, chegel yozdi, pinbard, savol javob,
musobaqa, munozara, loto usuli, kichik guruhlarda ishlash, konvert
usuli, mo’jizalar maydoni usuli, pochta usuli.
Dars jihozi: mavzuga oid ko’rgazmalar, pinbard oynasi, loto xaltachasi,
loto savollari, marker, slaydlar, tarqatma ma’ruzalar matni, konvert,
javoblar yozilgan qog’ozlar, Dars vaqtidan to’g’ri foydalanish uchun quyidagi darsning
mantiqiy strukturasini tuzib olaman: Mavzu:
Fayl va kataloglar bilan ishlash.
Reja:
1. O’tilgan mavzuni takrorlash
a) o’quvchilar 1 va 2 raqamlari orqali 2 guruhga ajratiladi
b) guruhlarni nomlash (chigil yozdi usuli)
s) pinbard usuli
d) mo’jizalar maydoni usuli
2. Yangi mavzu bayoni
a) prezintatsiya
3. Darsni mustahkamlash:
a) pochta usuli
b) loto usuli
s) Individual (amaliy) usul
4. O’quvchilarni baholash.
5. Darsni yakunlash.
6. Uyga vazifa
Darsning borishi:
O’quvchilarga 1 va 2 raqamlari tarqatib chiqiladi. 1 raqamini olgan
o’quvchilar 1 stolga, 2
raqamini olgan o’quvcilar 2 stolaga
joylashadilar. Shu tarzda guruhni 2 ta mayday guruhga ajratib olamiz.
Guruhlar o’zlariga sardor saylab olishadi. 2 daqiqa vaqt oralig’ida
o’quvchilar o’z o’rinlariga joylashishlari kerak. (kichik guruhlarda
ishlash usuli)
Ishart: guruhlarni nomlash (chigil yozdi usuli). Bu shartga 5 daqiqa
vaqt ajratiladi va 10 ball bilan baholanadi. Bu shartda o’quvchilar guruhini nomlaydilar va shiorlarini
aytadilar.
IIshart: Bu shartda guruh o’quvchilariga kompuyter
qurilmalarini yozish beriladi va ular yozgan qog’ozlarini pinbard
oynasiga yopishtirishlari kerak bo’ladi. Bu shart uchun 6 daqiqa
vaqt ajratiladi va 5 ball bilan baholanadi. (pinbard usuli)
III shart: Ikkala
guruhga bittadan qurilmaning vazifalari
o’qib eshitiriladi. Guruh o’quvchilari qaysi qurilma ekanligini
topishlari kerak. Bu shart uchun 6 daqiqa vaqt ajratiladi va 10 ball
bilan baholanadi. (mo’jizalar maydoni usuli)
Yangi mavzu bayoni:
Kompyuter ishlov beradigan barcha ma'lumotlar elementlari
«Kishtchalar», ya'ni 0 va 1 raqamlardan (bitlar) dan tuziladi. Shundan
sung quyidagi zanjir xosil bo’ladi: bitbaytfaylkatalog mantikiy disk.
Bit axborotning eng kichik birligi bulib, 0 yoki 1 raqami
beradigan axborotni bildiradi. Bitning qiymatini uchirilganyoqilgan,
yo’q ha, yolg’onrost alternativalari kabi talqin etish mumkin.
Kompyuter konkret bitlar bilan alohida juda kam hollarda ish
ko’radi. Odatda kompyuter sakkiz bitdan iborat 0 va 1 raqamlari
kombinatsiyasi bilan ishlaydi. Bu kombinatsiyalar bayt deb ataladi.
Kompyuterning barcha ishlari bu, baytlar tuplamini
boshqarishdir. Baytlar kompyuterga klaviatura yoki disklardan (yoki
alohida liniyalar orqali) kelib tushadi. Shundan sung dasturning buyrug’i
(operatorlari) bo’yicha baytlarga ishlov beriladi. Ular vaqtincha saqlab
turiladi yoki doimiy saqlash uchun yozib quyiladi. Zarur bo’lsa displey
ekraniga yoki chop etish qurilmasidagi kog’ozga chiqariladi.
Baytlarning katta tuplamlari uchun kattaroq
ulchov birliklari
ishlatiladi.
1 Kbayt (kilobayt) = 1024 bayt
1 Mbayt (megabayt) = 1024 Kbayt q 108576 bayt 1 Gbayt (gigabayt) = 1024 Mbayt
Sakkiz razryadli baytdagi maksimal ikkilik son 1111• 1111ga teng.
Agar uni unli sanoq sistemasiga utkazsak 255 xosil bo’ladi. Demak, nol
bilan birgalikda bir baytda 256 ta turli o’nli sonlarni yozish mumkin
ekan.
Kompyuter xotirasi bu, maxsus elektron yacheykalar tuplami
bo’lib, ularning har biri nol va birlar kombinatsiyasidan iborat bir bit
axborotni saklay oladi. Yacheykalar 0,1,2,,,,3200,32001 va x.k. tartib
rakamlari bilan nomerlanadi. Yacheykaning nomeri shu yacheykaga
yozib quyiladi va baytning adresi deyiladi. Shunga e'tibor beringki,
yacheyka (bayt) adresi va yacheykaga joylashgan axborot (bayt
kiymati) bir xil narsa emas. Yacheyka adresi (nomeri) uzgarmaydi,
undagi axborot esa 0 dan 255 gacha
uzgarishi mumkin.
Operativ xotirada axborot kompyuter ishlab turgandagina
saklanadi. Kompyuter yokilganda operativ xotiraga operatsion tizimda
saqlanadigan baytlar yoziladi
Shundan sung
foydalanuvchining buyrug’i asosida operativ xotiraga magnitli diskdan
amaliy dasturlar va ular ishlov beradigan ma'lumotlar yuklanadi. Xotira
yacheykalaridagi baytlar doimo o’zgarib turadi. Chunki baytlar boshqa
yacheykalarga o’tkaziladi, ular ustida arifmetik amallar va boshqa ishlar
bajariladi. Yangi dastur yuklanganda operativ xotiradagi ma'lumotlar
yangisi bilan almashadi.
(yuklanadi).
Magnitli diskka yozilgan barcha axborot bloklarga bo’lingan xolda
bo’ladi. Bu bloklar baytlar tuplamidan iborat bulib, fayllar deb ataladi.
Uar bir fayl uzining belgisi (nomi)ga ega bo’lishi kerak. Shu nom
buyicha inson va operatsion tizim fayllarni farqlaydi, tanib oladi va
foydalanadi. Demak, fayl kattik yoki egiluvchan diskka yozilgan va
nomlangan baytlar majmuasidir. Fayl uzunligi bir baytdan o’nlab
Mbaytgacha uzgarishi mumkin.
Fayllarda kompyuter ishlov berishi mumkin bo’lgan ixtiyoriy
axborot saqlanishi mumkin. Masalan, matnli xujjatlar, dasturning matni,
shartli kodlar, mashina tilidagi dasturlar va boshkalar. Turli dasturlarning
ishlashi natijasida ham diskda fayllar hosil bulishi mumkin.
Fayllar turlari bo’yicha matnli va matnli bo’lmagan fayllarga
bo’linadi. Matnli fayllarda ekranda bevosita o’qishga yoki chop etish qurilmasiga uzatishga mo’ljallangan alfavit raqamli axborot saqlanadi.
Matnli fayllar kompyuter texnologiyalarida alohida rol o’ynaydi.
Fayl nomi ikki qismdan iborat bo’ladi: bevosita ismning uzi va
uning kengaytmasi.Kengaytma ishtirok etmasligi mumkin. Bevosita
nomning uzi 4 dan 8 tagacha belgi, kengaytma esa 1 dan 3 tagacha
belgidan iborat bulishi mumkin. Kengaytma bevosita nomdan «.» bilan
ajratiladi.
Misol.:RA
Test. txt
Command. Com
Kengaytma odatda
faylning kelib chiqishi,
nimaga
muljallanganligi, biror guruhga tegishli ekanliligini bildiradi. Kupchilik
dasturiy tizimlar konkret tipdagi fayllar konkret kengaytmaga ega
bo’lishi kerakliligini talab etadi. Masalan, DOS operatsion tizimi EXE
va SOM kengaytmali fayllarni dastur deb hisoblaydi. Matnli fayllar
uchun TXT, doc kengaytmalarini ishlatish qulay. Shuni ta'kidlash
lozimki, faqat kengaytmalari bilan fark qiluvchi nomlar, turli fayllarni
bildiradi. Masalan, COWF.C, COWF.PRT, COWF.OBT, COWF.EXE.
Ko’p tarqalgan kengaytmalar quyidagilardir:
∙ bat buyruqli fayl.
∙ bak faylning sug’urta nusxasi.
∙ bas beysik tilidagi dastur matni.
∙ pas paskal tilidagi dastur matni.
∙ dbf ma'lumotlar bazasining operativ fayli.
Kompyuter
egiluvchan va qattiq magnitli
disklar
(vinchesterlar)dagi jamlagichlar bilan jihozlangan bo’ladi. Biror diskka
murojaat etish uchun disk yurituvchilar lotin alifbosining birinchi
xarflari bilan belgilangan. Masalan, A, B, C, . . . . xarflarni disk
yurituvchilarning nomi deb ataymiz. Disk nomi biror operatsion tizim
buyrug’ida yozilganda ikki nuqta bilan birgalikda yoziladi: C:, A:, va
hokazo.
Egiluvchan disketalar disk yurituvchisining birinchisi A nomga,
ikkinchisi B nomga (agar mavjud bo’lsa) ega. Birinchi qattiq disk C
nomga ega. Ayrim operatsion tizimlar ma'lum Mbayt sig’imidan oshiq
bo’lgan vinchesterlar bilan ishlay olmaganligi sababli fizik vinchester bir
necha, sig’imi 2832 Mbaytdan oshmaydigan mantiqiy disklarga bo’linadi. Ushbu mantiqiy disklar D, E, F va hokazo nomlarni olishgan.
Shuning uchun, garchi kompyuterda bitta vinchester bo’lsada, mantiqiy
disklar soni 56 taga yetishi mumkin.
Hozirgii paytda mantiqiy disklarning xotirasiga qo’yilgan chegara
olib tashlangan va yangi kompyuterlar faqat bitta mantiqiy diskka ega.
Uning sig’imi fizik vinchesterning sig’imi bilan ustmaust tushadi.
Fayl to’g’risida gapirganda uni biror diskda (disketada yoki
vinchesterda) joylashgan deb tushunamiz. Vinchesterga yozilgan har bir
faylning albatta u joylashgan mantiqiy diskining nomi bo’ladi.
Egiluvchan disklarda esa unday emas. Biror fayl yozilgan disketa disk
yurituvchiga qo’yilmaguncha u uchun disk nomi mavjud bo’lmaydi.
Agar disketa A disk yurituvchiga qo’yilsa, fayl ham A diskda joylashgan
degan gapni aytishimiz mumkin. Lokal kompyuter tarmoqlarida va SD
ROM ulanganda ham mantiqiy disklar bilan ish kurish mumkin.
Vinchesterda minglab, xatto un minglab fayllarni joylashtirish mumkin.
Agar ular biror usul bilan tematik guruhlarga bo’linmasa, shuncha fayllar
bilan ishlash ancha mushkul bo’ladi.
Bir nom bilan ataluvchi fayllar guruhi kataloglar deyiladi. Ularni
ayrim hollarda direktoriyalar (ingliz tilida «directory» adres kitobi,
ma'lumotnoma so’zidan olingan) deb ham atashadi.
Misol uchun, mantiqiy diskni javon desak, unda papkalardan
iborat qutilar va alohida (qutidan tashqarida) papkalar saqlanishi
mumkin. Uar bir qutida uz navbatida alohida qutichalar va alohida
papkalar joylashgan bo’lishi mumkin. Qutilar, qutichalar va papkalarga
nomlari yozilgan etiketkalar yelimlangan bo’ladi.
Endi tasavvur
iling, papka bu, etiketkada yozilgan nomga ega
bo’lgan fayl bo’lsa, alohida quti bu, mantiqiy diskning katalogi, quticha
esa ushbu katalogning katalog ostidir. Kataloglar, fayllarning tula ruyxati
uzak katalogning mundarijasi deyiladi va shu katalogda birinchi darajali
kataloglar va alohida fayllar qayd etiladi.
IV shart:
Har bir guruh
o’quvchilari tarqatma
materiallardan bittasini oladilar va bu tarqatma materialdagi
topshiriqni kompyuterda bajaradilar. Bu topshiriq uchun 18 daqiqa
vaqt beriladi va har bir bolaga ball bilan baholanadi. V shart:
Har bir guruhga 1 tadan konvert beriladi va stol
atrofiga har bir guruhdan 2 tadan o’quvchi taklif qilinadi. Har bir guruh
konvert ustiga yozilgan mavzuga oid javoblarni topib o’z konvertlariga
joylashtiradilar. Bu shart uchun 5 daqiqa vaqt beriladi va 10 ball bilan
baholanadi vaqt beriladi. (pochta usuli).
VI shart: Bu shartda har ikkala guruh o’quvchilari har biri
bittadan xaltachadan savol olib javob beradilar. Bu shartga 12
daqiqa vaqt beriladi va har bir savol 2 ball bilan baholanadi.
O’quvchilarni baholash.
O’quvchilarni baholash uchun quyidagi
ballar jadvalini qulayman:
5.
Darsni
yakunlash va uyga vazifa berish.
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Fayl va kataloglar bilan ishlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.