HARAKATLI O’YINLAR BOLALARDA JISMONIY MADANIYATNI TARBIYALASHNING ASOSIY METODI VA VOSITASI SIFATIDA.
Оценка 4.7

HARAKATLI O’YINLAR BOLALARDA JISMONIY MADANIYATNI TARBIYALASHNING ASOSIY METODI VA VOSITASI SIFATIDA.

Оценка 4.7
docx
18.09.2022
HARAKATLI O’YINLAR BOLALARDA JISMONIY MADANIYATNI TARBIYALASHNING ASOSIY METODI VA VOSITASI SIFATIDA.
2.docx

MAVZU: HARAKATLI O’YINLAR BOLALARDA JISMONIY MADANIYATNI TARBIYALASHNING ASOSIY METODI VA VOSITASI SIFATIDA.

Darsning o’quv masqadi:  Talabalarga harakatli o’yinlar bolalarda jismoniy madaniyat  tarbiyalashning asosiy metodi va vositasi sifatida ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni hosil qilish.

Tayanch so’zlar va iboralar: jismoniy madaniyat, metod, usul, vosita o’yin,harakatli o’yin, qoidali , qoidasiz,  mo’ljal olish, ijodiy hayol, topqirlik, aqliy rivojlanish

              Reja.

1. Harakatli o‘yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi

2.Haraklatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning metodi va vositasi sifatida.

3.Harakatli o’yinlar bolalarning jismoniy sifatlarni shakllanishidagi o’rni  

 

Harakatli o‘yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi

   Harakatli o‘yinlar aslini olganda qadimgi xalq pedagogikasining mahsulidir. Qadim vaqtlarda ham oilalarda bolalarni ilk yoshidan boshlab topqirlikka, zukkolikka, chaqqonlikka o‘rgatadigan topishmoqlar, o‘yinlar, maqol-masallar asosida tarbiyalab kelingan, kichkintoylarga dastlabki  harakat malakalari bilan bog‘liq bo‘lgan harakatli o‘yinlar o‘rgatilgan. Tez aytish, hisoblash, sanoq o‘yinlari, chori-chambar singari o‘yinlar kichik yoshdagi bolalarni o‘ziga jalb qilgan. Bolalar katta bo‘lgan sayin ularga turli xil harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xalq o‘yinlari o‘rgatilgan. Xalq og‘zaki ijodidan olingan o‘yin folklori bugungi kunda ham o‘zining badiiy go‘zalligini, tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmay kelayotganligi uchun ham eng qimmatli vosita sifatida amalda qo‘llanmoqda.

   Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga baynalminal tarbiya berish maqsadida ularga turli qo‘shiqlar, raqslar va o‘yinlar o‘rgatish orqali mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlarni xurmat qilishga o‘rgatib bolrilmoqda. Shuning uchun ham turli xalqlarga tegishli bo‘lgan har xil harakatli o‘yinlarni tanlash, o‘rganish va bolalarga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Milliy o‘ziga hos o‘yin folklori namunalari bilan tanishish va ba’zi bir xalq o‘yinlarini bolalar hayotiga olib kirish turli xalqlar ijodiga, san’atiga va shu orqali o‘sha xalq vakillariga xurmat tuyg‘usini tarbiyalab boradi.

   Mashxur pedagog K.D.Ushinskiy rus xalq o‘yinlariga yuksak baho bergan hamda ulardan bolalarni tarbiyalashda keng foydalanishni maslahat bergan edi. K.D.Ushinskiyning fikricha, jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar, ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Ular bolalarda ijtimoiy hulq-atvorni tarbiyalaydi, “ijtimoiy munosabatlarning dastlabki assotsiatsiyasi” ni boshlab beradi.

Bolani tarbiyalash vositalaridan biri sifatida harakatli o‘yinlarning ahamiyati

   O‘yin faoliyati, u qanday shaklda bo‘lmasin, bolalarda hamisha quvonch baxsh etadi. Juda ko‘p kutilmagan quvnoq holatlarni vujudga keltiradigan harakatli o‘yinlar esa bolalarda ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otishda mug‘im rol o‘ynaydi. Mana shu quvnoq hayajon mobaynida o‘yinlarning juda katta tarbiyaviy kuchi yashiringan.

   Harakatli o‘yinlarning tematikasi, mazmuni ayniqsa puxta tahlil etilishi va turli yoshdagi bolalarga muvofiq tarzda tanlanishi lozim.

   Har qanday o‘yin – u xoh ijodiy. Xoh didaktik,xoh musiqiy, xoh harakatli o‘yin bo‘lmasin, baribir tevarak atrofidagi olamni bilish vositasi sifatida bolaning hayotiy o‘ziga hos, muhim rol o‘ynaydi.

   Harakatli o‘yinlar mazmunida bolaga bilim beradigan bir talay material bo‘ladi. Bu material uning bilim darajasini kengaytiradi va uning olam haqidagi tasavvurlarini boyitib, unga aniqlik kiritib boradi. Odamlar, tabiat hodisalari, hayvonlarning hatti-harakatlari tasvirlangan ba’zi bir epizodlar syujetli o‘yinlar tematikasini tashkil etadi. Bular bari bolalar tomonidan shartli o‘yinlar shaklida: “Sayohatchilar”, “O‘quvchilar”, “G‘ozlar-oq qushlar”, “Inida yotgan aymq” va boshqa o‘yinlar o‘ziga hos tarzda ifodalab beriladi. Biroq tevarak atrofidagi olamni bola to‘g‘ri idrok etishi uchuno‘yinchi barcha shartlikka qaramay, obrazxning haqqoniy harakteristikasi hayajonli tarzda pedagog tomonidan o‘yin shartlarini tushuntirish vaqtida ifodalab berilishi kerak. Bunda xalq o‘yinlarini misol qilib olish mumkin. Ulardagi o‘yin vaziyati bolani o‘ziga jalb etadi va uni tarbiya qiladi. Ba’zi bir o‘yinlarda uchrab turadigan dialog tarzidagi suhbatlar esa personajlar va ularning harakatlarini bevosita ko‘rsatib beradi.

 Syujetsiz va muayyan o‘yin topshiriqlarigagina asoslangan o‘yinlarda ham juda ko‘p qiziqarli material bo‘ladi. Bu material bolaning umumiy bilimi, tafakkurini rivojlantiradi, uning mo‘ljal olish qobiliyatini o‘stiradi.

   O‘yin qoidalarida mujassamlashgan fikrlar juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ular butun o‘yinning borishini belgilab beradi, bolalarning harakat faoliyatini, ularning hulq-atvori, bir-biriga bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib, bolalarga ahloqiy-iroda sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Qoidalar o‘yin vaqtida muayyan shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Agar to‘g‘ri rahbarlik qilinsa, bunday sharoitda bola o‘zida tarbiyalanayotgan sifatlarni namoyon qilishi shart bo‘lib qoladi. Masalan, “Ayyor tulki” o‘yinida tulkining:”Men bu erdaman” – degan so‘zlaridan keyingina davra ichida turgan bolalar turli tomonlarga qarab yugurib ketishlari kerak. Bu qoida bolada diqqat-e’tiborni, o‘zini boshqarishni, sabr-chidamni, signalga tez reaksiya berishni, fazoda mo‘ljal olishni va boshqa shu singari sifatlarni tarbiyalab boradi.

   Qoidalarning so‘zsiz bajarilishini talab qilish maqsadga erishish vaqtida sodir bo‘ladigan xudbinlik his-tuyg‘ulari va intilishlprining oldini olishga yordam beradi. “Qoidalar jamoa talabiga muvofiq ravishda bolaning xulq-atvorini muvofiqlashtirib va yo‘naltiribturuvchi dastlabki ijtimoiy rag‘batlantirish chorasi hisoblanadi. O‘yinlarda teran his-tuyg‘ularning, o‘rtoqlik va do‘stlik sevgisining dastlabki ko‘rsatkichlari paydo bo‘ladi.

   Kichik yosh guruppalarida bolalar qoidalarni o‘yin davomida paydo bo‘ladigan javob harakati, ya’ni bajarilishi shart bo‘lgan ish sifatida idrok etadilar. Masalan, quyonchalar faqat ayiq polvon paydo bo‘lgan paytdagina yugurib butalar orasiga kirib ketadilar; avtomobil paydo bo‘lgan vaqtda yo‘l ustidagi qarg‘alar o‘tib ketishadi. Bolalar o‘yin qoidalarini hali garchi “qonun” tarzida anglab etmasalarda, lekin ular vaziyatni o‘z vaqtida reaksiya berishga o‘rganib boradilar: bir tomondan, ular o‘yin syujeti bo‘yicha zarur bo‘lgan harakatni amalga oshirsalar quyonchalar ayiq polvondan qo‘rqishadi., ikkinchi tomondan, ularda shakllanib borayotgan muayyan signalga nisbatan paydo bo‘ladigan shartli refleks sababli beixtiyor harakat qiladilar.

   Katta guruhalarda bolalarning qoidalarga ongli munosabati va ularning bajarilish shart eb qaralishi asta-sekinlik bilan, turish vaqtlarda kechadi. Dastlab ular bu qoidalarni pedagog raxbarligi ostida bajaradilar; keyinroq esa bolalar jamoasidagi ushbu qoidalarning ijtimoiy ahamiyatini anglab ba’zi o‘rtoqlari ta’siri ostida amalga oshiriladilar; nihoyat qoidalar bolalarning ijtimoiy hulq-atvorini bevosita belgilab beruvchi bir oilaga aylanadi.

   Avvaliga bolalar o‘yin topshirig‘ini tezroq bajarishni hohlab qoidalarni esdan chiqarib qo‘yadmlar; bundan tashqari o‘yinda yutib chiqishga intilish va yutuqqa eng oson yo‘l bilan erishishga harakat qilish ham qoidalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida o‘ynovchilar noroziligiga sabab bo‘ladi, qarama-qarshilik, ziddiyatlikni keltirib chiqaradi hamda bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni buzadi.

   Bolalar tomonidan qoidalar ongli ravishda va albatta bajarilishi uchun katta kishining talablari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish natijasida bolalarning o‘yin jarayoniga bo‘lgan munosabati asta-sekin o‘zgarib boradi, ularda o‘yin harakatlari va qoidalarini tobora aniqroq bajarishga qiziqish va intilish paydo bo‘ladi. Endi o‘yin qoidalarini ilgarigidek atayin buzish hollari ro‘y bermay, qoida buzilishi sabablari ham o‘zgaradi, endi qoida tasodifiy sabablar tufayli buziladi va bola o‘sha zahoti yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatishga harakat qiladi.

   O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, ilgari hosil qilingan tasavvur, tushunchalar, mo‘ljal olish singari xususiyatlarni yana ham aniqlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi; o‘yinlar ijodiy tasavvurni, xotirani, fikrlashni, tafakkur faoliyatini yana ham rivojlantirishga yordam beradi. SHunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi.

   Bolalarda psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli fikrlash katta ahamiyat kasb etadi. Bunday metod tasavvurni boyitib, o‘yin harakatlarini ijodiy tarzda bajarishga undaydi.

   Psixologlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola o‘yin faoliyati tufayli amalda fazo tushunchasini hamda predmetli faoliyatni o‘zlashtiradi va shu bilan birga fazo to‘g‘risidagi ilgari hosil qilingan tasavvurlar yana ham takomillashib boradi.

   O‘yinlarda fazoni idrok etish asosiy shakllar orqali: bavosita bilish, sensor his-tuyg‘u va obrazlar orqali bilishhamda bilvosita mantiqiy fikrlash, tushunchalar shakllarda zuhr etiladi.

   Masalan, bola tomonidan harakat yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlanishi yoki o‘yin qoidasiga muvofiq muayyan yo‘l tanlanish, bir tomondan, o‘yin vaziyatini darhol baxolay olish va unga reaksiya berish o‘yin harakatlarini bajarish talab qilinsa, ikkinchi tomondan, mazkur o‘yin muhitida o‘zi bajarayotgan harakatlarni anglab etishi va tasavvur qilishi talab qilinadi. Harakatli o‘yinlarda mana shu ikki komponent bir-biri bilan bohliq holda keladi. Pedagog tomonidan o‘yin qoidalarining tushuntirib berilishi bolada tahminiy tasavvur hosil qiladi; ayni mahalda o‘yin vaziyatining o‘zgarib qolishi boshlovchining harakati yoki signallar berilishi munosabati bilan harakat rejasini buzib yuboradi va bolalardan yana ham murakkabroq harakatni – bir zumda reaksiya berish va shu zahoti harakat qilishni taqazo etadi,o‘yinlar: “ Ikki qorbobo”, “Sehrli tayoqcha”, “Botir bolalar”, “Maymunlar va ovchilar” va hokazo.

   Bunday reaksiya bolalarni mazkur muhitdagi g‘arakatda moslashish uchun qay darajada tayyor ekanliklarini ko‘rsatib beradi.

   Bu ishda trener bolaga yordam berishi kerak. U vaziyatni hisobga olib harakat usulini tanlash va qo‘yilgan vazifani bajarishga asta-sekin o‘rgatib borish kerak. Masalan, bitta o‘yinni o‘rganish vaqtida bolaga ikki xil sharoit taklif qilinishi mumkin. Birida katta va cheklangan fazo taklif qilinsa, boshqa bir safar quvlab kelayotgan boladan tez va uzoqqa qochib ketish yoki yaqin masofada uni chalg‘itib chaqqonlik ko‘rsatib qochish talab qilinadi, “ Quvlashmachoq”, “Ayyor tulki” singari o‘yinlar.

   Atrofdagi sharoitda mo‘ljal ola bilish mahorati “ CHambar ichidan o‘ib bayroqqa etish”, “Bo‘ri qopqonda”, “Jasur bolalar” va hokazo o‘yinlarda qo‘yilgan vazifalardagi to‘siqlarni engib shtishga yordam beradi. Bunda bolalar o‘zlari orttirgan qobiliyat asosida masofani mo‘ljalga oladilar hamda muayyan sharoitda harakat qilish yo‘lini o‘zlari belgilaydilar.

   Har tomonga tarqalib ketayotgan bolalar orasida mo‘ljal olish, ayniqsa muhimdir. O‘yin vaziyati muttasil o‘zgarib turadigan va birdan reaksiya talab qiladigan bunday sharoitdagi harakat bolaga g‘oyat murakkab tuyuladi. Biroq ko‘p marta takrorlash jarayonida katta gruppa bolalari bunday mahoratni egallab oladilar.

   Harakatli o‘yinlarda bolalar predmetlardan muayyan yaqinlikda yoki uzoqlikda bo‘ladilar. Shu tufayli ularda ko‘z bilan ko‘rib mo‘ljal olish, shuningdek, fazoda tovushni tinglash mo‘ljal olish qobiliyati rivojlanadi. “Uzoqda-yaqinda”, “Gox bu erda,gox u erda”, “Qo‘ng‘iroqchalar bilan berkinish”va hokazo.

   Harakatli o‘yinlar bolalarni vaqtga qarab mo‘ljal olishining eng oddiy usuliga o‘rgatadi: Ular o‘yin vaqtida aytilgan, navbatma-navbat bajariladigan dastlab, so‘ngra, bundan keyin, bundan oldin, hamma baravar degan so‘zlarga oid harakatlarni to‘g‘ri bajaradilar. Bolalarga ko‘rsatib berilgan muddat ichida signal bo‘yicha o‘yin topshirig‘ini bajarishga o‘rganadilar. Masalan: “Men beshgacha sanayman, sizlar shu vaqt ichida qo‘lingizdagi bayroqchalardan gul yasaysiz” , “Qani, men chirmandaga uch marta urgunimcha kim oldin safga turib olarkin”,-degan so‘zlarga bolalar tez harakat bilan javob beradilar. Bunday o‘yinlarda kichkintoylar mo‘ljal olishni, izchil harakat qilishni va muayyan vaqt davomida ish bajarishni o‘rganadilar.

   O‘yinlar mazmuni ularda yuz beradigan vaziyat hamda o‘yin qoidalarini mustaqil so‘zlab berish, personajlar harakatini bajarib ko‘rsatish; bolalar turgan joyni, o‘yin belgilarini va harakat yo‘nalishini atamalar yordamida tushuntirish; o‘tkazilgan o‘yinni tahlil qilib berish-bular bari bolalarning intellektual rivojlanishiga yordam beradi.

Muayyan qoidalarga rioya etib bajariladigan harakatli o‘yinlarning jismoniy tarbiya vositasi va uslubi sifatidagi harakateristikasi

   Qoidali harakatli o‘yinlar-bu g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks tarzdagi tarbiyaviy – ma’rifiy bir jarayondir. Ushbu jarayonga asos qilib olingan bolalarning harakatli faoliyati ularning jismoniy rivojlanishiga, ularda harakat malakalarini va jismoniy sifatlarini shakllantirishga, ularning salomatligini mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, organizm funksional faoliyatini oshiradi. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi va uslublaridan biri bo‘lgan harakatli o‘yinlar yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni samarali ravishda hal qilishga yordam beradi.

   Harakatli o‘yinlarning o‘tkazilishi vaqtida erishiladigan sog‘lomlashtirish samarali o‘yin faoliyati jarayonida bolalarda paydo bo‘ladigan va ularning psixikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan his-tuyg‘ular bilan mahkam bog‘liqdir. Emotsional yuksalish bolalarda hamma uchun umumiy bo‘lgan maqsadga erishish istagini paydo qiladi hamda bajarilayotgan ishni aniq tasvvur qilishda, harakatlarni yaxshiroq koordinatsiya qilinishida, fazoda va o‘yin sharoitida aniqroq mo‘ljal ola bilishda, topiriqlarni jadal sur’at bilan bajarilishida o‘z ifodasini topadi. Bolalar o‘zlari bajarayotgan ishga qattiq qiziqishi hamda maqsadga erishish uchun quvonch bilan intilishi natijasida bolalarda turli to‘siqlarni engib o‘tishga yordam beradigan iroda sifatlarini tarbiyalaydi.

            Harakatli o‘yinlar bolalar ilgari o‘zlashtirib olgan malakalarni takomillashtirish hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘yin jarayonida bola o‘zining diqqat-e’tiborini harakatni qanday bajarish usuliga emas, balki o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishiga qaratadi. U o‘yin qoidalari asosida harakat qilib, shunga yarasha chaqqonlik ko‘rsatadi va bu bilan o‘z harakatlarini takomillashtiradi. Shuning uchun ham masalan, “Chohga tushgan bo‘ri” singari o‘yinlarni bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrash mahoratini egallab olganliklaridan keyin o‘tkaziladi.

   P.F.Lesgaft bunday deb yozgan edi: “ O‘yinlarda muntazam mashg‘ulotlar chog‘ida o‘zlashtirib olingan barcha harakatlar ko‘llanadi. SHuning uchun bu erdagi bajariladigan hatti –harakatlarningbarchasi shug‘ullanuvchilarning kuchi va mahoratiga to‘la muvofiq kelishi hamda iloji boricha ko‘proq darajada aniqlik va chaqqonlik bilan o‘tkazilishi lozim”.

   Bu qoida MTT da harakatli o‘yinlar o‘tkazish uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlarda ham tasdiqlandi.

   Maktabgacha kichik yoshdagi bolalrga kelganda shuni aytish kerakki, so‘ngi ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, “o‘qitishning o‘yin metodi bolalar harakatlarni dastlabki tarzda o‘rganilayotgan vaqtda ham qo‘llasa bo‘laveradi”.

   Harakat faoliyati tarzidagi harakatli o‘yinlarning muayyan o‘ziga hos xususiyati ham mavjuddir: u boladan signallarga tez reaksiya berishni ham o‘yin vaziyatini kutilmaganda o‘zgartirib turishni taqazo etadi O‘yin chog‘ida vujudga keladigan har turli vaziyatlar bolaning harakatlari harakteri va yo‘nalishida zarur o‘zgartirishlarqilishni, uning muskul kuchlarini muayyan tomonga qarab lozim darajada o‘zgartirish zaruratini vujudga keltiradi. Masalan, “Quvlashmachoq” o‘yinida har bir bola quvlayotgan kishining harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishi kerak: quvlovchi o‘ziga yaqinlashib qolganida qarama-qarshi tomonga qarab qochib ketishi kerak; qo‘lga tushish, ushlanib qolish xavfi yo‘qolganini sezganidan keyin harakat sur’atini sekinlashtirib, yugurishdan to‘xtash zarur; quvlovchi yana unga yaqinlashadigan bo‘lsa harakatini yana tezlashtirib yugurib ketishi kerak.

   Qariyb har harakatli o‘yinda bolalar harakatni o‘zgartirish zarurligiga ko‘rsatma beradigan tegishli signallar mavjud bo‘ladi. Masalan, “Aqlli bolalar” o‘yinida “Saflaning!” deb beriladigan signal bolalarda juda tez reaksiya uyg‘otadi. Bu ularning harakati yo‘nalishi va harakterini o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi: har tomonga tarqalib, engil yugurib o‘ynab yurgan bolalarning harakati o‘zgarib aniq maqsadga qaratilgan, ya’ni oldindan belgilab qo‘yilgan joylarda tezroq kolonna bo‘lib safga tizilish maqsadida hamma baravar bir tomonga qarab borayotgan harakatga aylanadi.

   Bunday faol ravishda amalga oshiriladigan harakatli faoliyat bolalarning nerv sistemasini pishitadi, ulardagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirib muvozanatga keltirib boradi, shuningdek ularda kuzatuvchanlik, topqirlik, o‘zgarib turgan atrofdagi shart-sharoitlarda mo‘ljal ola bilish, og‘ir vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini qidirib topish, tez bir qatorga kelish va uni ijro etish, bunda jasurlik, chaqqonlik, tashabbus ko‘rsatish, maqsadga erishish yo‘lida harakat qilishning zarur usulini mustaqil ravishda tanlay bilish singari fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

 

Shunday qilib, bolalarning ijodiy faolligini oshirishda tarbiyachining emotsional- obrazli metodikasi  asosida rahbarlik qilishi muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning harakat qilish tajribasini o‘zining obrazli so‘zlari bilan bolalar tasavvuriga ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiradi, har bir bolaning ijodiy ijrochilikdan iborat o‘yin faoliyatini rag‘batlantirib, to‘g‘ri yo‘lga solib turadi.

 

                            Nazorat uchun savollar

1.Harakatli o‘yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi haqida gapirib bering.

2.Haraklatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning metodi sifatida ekanligini izohlang.

3.Haraklatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning vositasi ekanligini ayting.

3.Harakatli o’yinlar bolalarning jismoniy sifatlarni shakllanishidagi o’rni  

 

Foydalaniladigan adabiyotlar

1.. Usmonxo‘jaev T.S. “Harakatli o‘yinlar” O‘quv qo‘llanma T.: O‘qituvchi 1992 y.

2.Xo‘jaev P., Raximqulov K.D., Nigmanov B.B. Sport va harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi. (Harakatli o‘yinlari) O`quv qo`llanma TDPU T.: 2008 y.

3.Azizova R.I. “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” O`quv qo`llanma T.: 2010

4. Raximqulov K.D. “Milliy harakatli o‘yinlari


 

MAVZU: HARAKATLI O’YINLAR BOLALARDA

MAVZU: HARAKATLI O’YINLAR BOLALARDA

O‘yin faoliyati, u qanday shaklda bo‘lmasin, bolalarda hamisha quvonch baxsh etadi

O‘yin faoliyati, u qanday shaklda bo‘lmasin, bolalarda hamisha quvonch baxsh etadi

O‘yinlarda teran his-tuyg‘ularning, o‘rtoqlik va do‘stlik sevgisining dastlabki ko‘rsatkichlari paydo bo‘ladi

O‘yinlarda teran his-tuyg‘ularning, o‘rtoqlik va do‘stlik sevgisining dastlabki ko‘rsatkichlari paydo bo‘ladi

Psixologlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola o‘yin faoliyati tufayli amalda fazo tushunchasini hamda predmetli faoliyatni o‘zlashtiradi va shu bilan birga fazo to‘g‘risidagi ilgari hosil…

Psixologlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola o‘yin faoliyati tufayli amalda fazo tushunchasini hamda predmetli faoliyatni o‘zlashtiradi va shu bilan birga fazo to‘g‘risidagi ilgari hosil…

Uzoqda-yaqinda”, “Gox bu erda,gox u erda”, “Qo‘ng‘iroqchalar bilan berkinish”va hokazo

Uzoqda-yaqinda”, “Gox bu erda,gox u erda”, “Qo‘ng‘iroqchalar bilan berkinish”va hokazo

Shuning uchun ham masalan, “Chohga tushgan bo‘ri” singari o‘yinlarni bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrash mahoratini egallab olganliklaridan keyin o‘tkaziladi

Shuning uchun ham masalan, “Chohga tushgan bo‘ri” singari o‘yinlarni bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrash mahoratini egallab olganliklaridan keyin o‘tkaziladi

Shunday qilib, bolalarning ijodiy faol ligini oshirishda tarbiyachining emotsional- obrazli metodika si asosida rahbarlik qilishi muhim rol o‘ynaydi

Shunday qilib, bolalarning ijodiy faol ligini oshirishda tarbiyachining emotsional- obrazli metodika si asosida rahbarlik qilishi muhim rol o‘ynaydi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022