12-mavzu: Internet va muloqat madaniyati. Internet tizimida axborot xavfsizligi (2 soat laboratoriya ishi)
Reja:
1. Internet va muloqat madaniyati.
2. Internet tizimida axborotlarni himoyalash.
3. Internet tizimida arxivlangan fayllar (saydlar) bilan ishlash.
Bugungi kunda internet jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotining juda muxim va ajralmas bulagiga aylanib bormokda. Veb texnologiyalar prezident saylovlariga uz ta’sirini utkazmokda, xukumatlarning va siyosiy shaxslarning iste’foga chikishiga olib kelmokda, xalkaro va ichki siyosat yunalishlarini belgilab bermokda. Jamiyatning madaniy xayotida keskin uzgarishlarga olib kelmokda, bu soxada yangi shaxslarni va yunalishlarni kashf etmokda. Bularning barchasiga sabab internetdagi forumlarning ommaviylashib ketishidir.
Forum uzi nima? U - ochik tarzda munozara va baxs utkazish vositasi. Lekin kupchilik uni bir yoki bir necha kishi tomonidan tutilgan kundalikka uxshatishadi va undan shu maksadda foydalanishadi. Oddiy kundalik kabi u xam birdaniga yozilmaydi, aksincha unda xar kuni yoki oyda, yilda bir necha yozuvlar paydo buladi. Bu yozuvlar bir necha suzdan yoki bir necha varakdan iborat bulishi mumkin.
Oddiy kundalikdan farkli ravishda forumda kundalikni xamma ukishi, nafakat ukishi, balki unda uzining izoxlarini koldirishi, uz taassurotlarini yozishi, xatto muallif bilan birga uni yozishda barobar katnashishi mumkin.
Albatta, forumlarda mamlakat raxbarlarining uchrashuvi, futbol buyicha kit’a chempionati, MM&TVA mukofotlarini topshirish marosimi, orolbuyi xududining ekologik axvoli kabi global va mamlakat mikyosidagi vokealar kizgin muxokama kilinadi. Lekin forumdagi mavzular bozordagi narxlar, fotoshopda fotosuratlarni kayta ishlash, akvarium baliklarini bokish, kushni kizning oxu kuzlari, kursdoshning tuyi, yangi kinofil’mning syujeti, avtomobil t’yuningi va boshka minglab vokea va jarayonlarga bagishlangan bulishi mumkin. Albatta mavzularni tanlashda bir kator cheklovlar bulishi kerak. Masalan, forumlarda bexayolik yoki zuravonlikni targib kiluvchi mavzularga urin yuk.
Forumning jamiyatning ijtimoiy xayotida inkilobiy uzgarishlarga olib kelgan jixati, bu uning, ma’lum ma’noda, barcha xoxlovchilarga uz fikrlarini bayon kilish va, eng asosiyi, uz ukuvchilariga ega bulish imkonini berishidir.
Endilikda xar bir odam uz ukuvchilari va muxlislariga ega bulishi mumkin. Buning uchun teleboshlovchi, gazeta muxbiri, shoir yoki yozuvchi bulish shart emas. Kupchilik uchun kizik bulgan mavzuni tanlash va uni maxorat bilan yorita olish forumda muvaffakiyat kozonish uchun etarlidir.
Bir tomondan, forumda yangi nomlar kashf etilib, ular ommaviy axborot vositalari, matbuot va nashriyotlar tomonidan ishga taklif etilayotgan bulsa, ikkinchi tomondan ommaviy axborot vositalarning uzlari xam forumga kirib kelmokda.
Forumlar boshidan uchragan muammo, ularga kanday kilib ukuvchilarni jalb kilish edi. Bu muammoni xam kilish yulidagi urinishlardan biri RSS (Really Simple Syndication - xakikatdan oson birlashish) texnologiyasining yaratilishiga olib keldi. Forumning biror mavzusida yangi yozuvlar paydo bulganda bu xakida boshkalarga xabar berish forumdan foydalanishni juda osonlashtirdi. Oldinlari forumda yangi yozuvlar paydo bulganligini bilish uchun unga kirishdan boshka yul yuk edi.
RSS ning ukiydigan kismi forumlarga kirmasdan bir vaktda kuplab forumlarga yangi yozuvlar kelganligi xakida xabardor bulish va ularni ukish imkonini beradi. Bundan tashkari, RSS texnologiyasi kelgan xabarlarga javob yozish yoki xech bir sababsiz forumga yangi yozuvlar kiritish imkonini xam yaratadi. Bular esa, forum yaratish va uni olib borish, ularni ukish va ularda ishtirok etish kabi ishlarni juda osonlashtirdi.
Kompyuter tarmoqlarida axborot himoyasining xususiyatlari
Axborot himoyasi nuqtai nazaridan komp’yuter tarmoqlarini korporativ va umumfoydalanuvchi tarmoqlarga ajratish mumkin. Korporativ tarmoqlarda barcha elementlar (aloqa kanallari bundan istisno bŏlishi mumkin) bitta korxonaga taalluqli bŏladi. Bunday tarmoqlarda butun tarmoq bŏyicha axborot himoyasining yagona siyosatini yuritish mumkin. Davlat va harbiy boshqarish tarmoqlari, aviatsiya va temir yŏl kompaniyalari tarmoqlari korporativ tarmoqlarga misol bulaoladi.
Umumfoydalanuvchi kommertsiya tarmoqlarida asosiy maqsad axborotni tarqatish bŏlib, shaxsiy informatsion resurslarni himoyalash, asosan, foydalanuvchilar sathida amalga oshiriladi. Bunday tarmoqqa misol tariqasida Internet tarmoғini kŏrsatish mumkin.
Korporativ tarmoqlar umumfoydalanuvchi tarmoqlar bilan boғlanishi mumkin. Bu holda korporativ tarmoqning ma’muriyati (egasi) umumfoydalanuvchi tarmoq tomonidan keluvchi xavfni tŏsish maqsadida qŏshimcha ehtiyot choralarini kŏrishga majbur.
Har qanday tarmoq uchun axborotni himoyalovchi tizimni yaratishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
· tizimnining murakkabligi. Tizimning murakkabligi qism tizimlarining soni, turli-tumanliligi va bajaruvchi vazifalari bilan aniqlanadi;
· katta masofalarda taqsimlangan resurslardan foydalanish ustidan samarali nazoratni ta’minlash mumkin emasligi;
· resurslarning turli egalarga mansubligi.
Komp’yuter tarmoqlarida axborotni kommunikatsion qism tizim orqali kafolatli uzatishni ta’minlash maqsadida axborotlarni etkazishning ikkilangan marshrutlari hamda aloqa kanallarida axborotning buzilishi va yŏqolishiga qarshi choralar kŏzda tutilishi lozim. Bunday murakkab tizimlar adaptiv bŏlishi, ya’ni bu tizimlardagi elementlarni nazorati doimo ta’minlanishi va xatto, alohida qism tizim ishdan chiqqanda ham tizim ishlashini davom ettirish imkoniyatiga ega bŏlishi shart.
Himoyalangan komp’yuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi barcha metod va vositalar quyidagi guruxlarga ajratilishi mumkin:
· foydalanuvchi qism tizimsida va ixtisoslashtirilgan komunikatsion komp’yuter tizimlarida axborot himoyasini ta’minlash;
· tarmoqni boshqarish qism tizimsida axborotni himoyalash;
· aloqa kanallarida axborotni himoyalash;
· ŏzaro aloqada bŏlgan jarayonlarning haqiqiy ekanligining nazoratini ta’minlash;
· kommunikatsion qism tarmoq orqali olinuvchi axborotning haqiqiyligini tasdiqlash.
Test savollari
1. Maxfiy axborot bu:
A. Axborot resursi
B* Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yilgan hujjatlashtirilgan axborot
C. Cheklanmagan doiradagi ommaviy axborot
D. Audio axborot
2. Axborotni xavfsizligi tushunchasi nimani anglatadi?
A. Axborotni tarqatish chora-tadbirlarini
B* Axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarni oldini olish va ularni oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini
C Axborot cheklanishini
D.Shaxs manfaatlarini himoyalanganlik holatini
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.