Investitsion tahlil
Оценка 5

Investitsion tahlil

Оценка 5
docx
07.11.2023
Investitsion tahlil
1-mavzu.docx

1-mavzu. “Investitsion tahlil” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

 

REJA:

1.        Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Fanning tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari.

2.        Fanning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi va uni rivojlantirishdagi tutgan o‘rni.

3.        Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning zaruriyati va ahamiyati.

 

 

1.   Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Fanning tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari.

 

Investitsiyalar iqtisodiyotning o‘sishini, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlovchi muhim omildir. Shuning uchun ham bozor munosabatlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston hukumati investitsiya jarayonini takomillashtirishga doimiy e’tibor berib kelmoqda.

Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatdagi barcha mavjud sarmoyalar safarbar qilina boshlandi, shuningdek, horijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirish yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda respublika hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga horijiy investitsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan investitsiya siyosati o‘tkazilmoqda. Biror bir hududga investitsiya kiritishdan avval, ushbu hududning investitsiya muhitini o‘rganish, unga baho berish, investitsiya loyihasini o‘rganish, investitsiya loyihasi samaradorligini tahlil qilish va baholash, loyihaga ta’sir etuvchi risklarni miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish, shuningdek, risk ehtimollarini oldini olish, loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim. Ana shu maqsadda, respublikamizdagi tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish faoliyati davr talabiga mos holda rivojlanib, nafaqat bank hodimlari, balki investitsiya faoliyatining barcha ishtirokchilari investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish usullari, moliyalashtirish manbalari, investitsiya risklarini tahlil qilish, baholash va boshqarish usullari hamda loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim.

“Investitsion tahlil” fanining dolzarbligi mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq moliyaviy muammolarni bartaraf etishdagi vazifalar ijrosini ta’minlash va yuqorida tilga olingan jiddiy muammolar yechimlarini topish  zaruriyatidan kelib chiqadi.

Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarishning bozor vositalari orasida investitsiyalar eng muhim o‘rinni egallaydi. “Investitsion tahlil” ning asosiy vazifasi davlatning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish bilan birgalikda, davlat va erkin bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiyotning sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uyg‘unligiga erishishdan iboratdir. Bu borada davlatning qanday moliya siyosati yuritayotganligi va moliya sohasidagi chora tadbirlari qanchalik samarali ekanligi ko‘p jixatdan iqtisodiy islohotlarning harakteri va dinamikasini belgilaydi. Oqilona tashkil etilgan, yaxshi balanslashgan moliya tizimi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hamda shu asosda barqaror iqtisodiy rivojlanishiga erishishning asosiy omillaridan biridir.  Shu sababli “Investitsion tahlil” maxsus kursida investitsiya loyihalari bo‘yicha iqtisodiy tahlil yo‘nalishlari, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning an’anaviy va diskontlash usullari bo‘yicha dolzarb masalalar aks ettirilgan. Ushbu o‘quv kursda investitsiyalarni baholashda iqtisodiy tahlilning asosiy yo‘nalishlari, investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili, xo‘jalik faoliyati tahlili bo‘yicha hisobot turlari va ularning tahlili, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning an’anaviy va diskontlashga asoslangan usullari, muqobil loyihalar tahlili, qarz oluvchi faoliyatini moliyaviy tahlil qilish kabi mavzularni qamrab olgan.

Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan “Investitsion tahlil” fanining predmeti bo‘lib investitsiya loyihalari, ularning mazmuni va tasniflanishi, investitsiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholash uslubiyoti, investitsiya loyihalarini tahlil qilish va samaradorligini baholash usullari va samaradorligini oshirish yo‘llari hisoblanadi.

“Investitsion tahlil” fanining asosiy maqsadi talabalarda investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash xususiyatlari, investitsiya loyihalarini tanlab olish, investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili, loyihalarning tijorat tahlili, muqobil investitsiya loyihalari tahlil qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga:

-  investitsiyalarni iqtisodiy baholashning nazariy, uslubiy va amaliy asoslari;

-  investitsiya loyihalarini baholashda iqtisodiy tahlilning asosiy yo‘nalishlari;

-  investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili;

-  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati tahlili;

-  investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili va uni baholash;

-  investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning an’anaviy usullari;

-  investitsiyalarni pul oqimlarini diskontlash asosida baholash;

-  investitsiya loyihalarining samaradorligini diskontlash usullari asosida baholash;

-  investitsiya loyihalarini tijorat tahlili;

-  inflyatsiya jarayonlarining investitsiya loyihalarini baholashga ta’siri;

-  muqobil va raqobatbardosh investitsiya loyihalari tahlili bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.

Demak, fanni o‘qitishning maqsadi talabaning investitsiyalarni iqtisodiy baholash yuzasidan nazariy-amaliy bilimlarini oshirish, ular bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar hosil qilishdan, vazifasi esa, investitsiyalarni iqtisodiy baholashning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini o‘rgatish va talaba bilimini yanada chuqurlashtirishdan iborat bo‘ladi.

“Investitsion tahlil” – ixtisoslik fani hisoblanadi va u Iqtisodiy tahlil”, Investitsiya”, “Moliyaviy menejment”, “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari”, “Pul, kredit va banklar”, “Investitsiya loyihalari ekspertizasi”, “Investitsiya loyihalarini boshqarish”, “Investitsiya siyosati”, “Qurilish iqtisodiyoti”, “Loyihaviy moliyalashtirish” fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu fanlardan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish ta’lab etiladi.

“Investitsion tahlil” fanini o‘zlashtirishda ta’limning innovatsion usullaridan foydalanishi, yangi pedagogik, axborot va internet  texnologiyalarini tadbiq qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘zlashtirishda o‘quv-uslubiy ta’minot (darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, modul topshiriqlari)dan foydalaniladi. Xususan, aqliy hujum, klaster, amaliy ish va didaktik o‘yinlar, portfolio, keys-stadilar.

 

2.       Fanning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi va uni rivojlantirishdagi tutgan o‘rni.

 

Mazkur fan bo‘lajak iqtisodchi-mutaxassislarda investitsiyalarni iqtisodiy baholashni tashkil etish, uni sifatli va puxta amalga oshirish, investitsiya loyihalari samaradorligini turli baholash usullari yordamida aniqlash, investitsiyalar samaradorligini baholashda zamonaviy baholash usullaridan keng va o‘rinli foydalana olish, investitsiyalarni iqtisodiy baholash bo‘yicha xorij tajribalaridan samarali foydalanish hamda bu borada fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlik, yutuq va yangiliklarni chuqur o‘rgangan holda amaliyotda uni qo‘llash imkoniyatlarini oshirish bilan bog‘liq zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.

“Investitsion tahlil” fanining ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi shunda namoyon bo‘ladiki, agardaki talaba fanni chuqur o‘zlashtirsa, ya’ni investitsiya loyihasining mazmun mohiyatini, loyihaning turini, va uni amalga oshirish natijasida keladigan iqtisodiy foydani oldindan ko‘ra bilsa, kerak bo‘lganda ishlab chiqarish jarayonida muhim qarorlarni qabul qila olishi (masalan, investitsiyalarni boshqarish, risklarni baholash, risklarni boshqarish yuzasidan) ishlab chiqarishda ijobiy natijani beradi. Alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va umuman mamlakatning iqtisodiy faoliyati sezilarli darajada amalga oshirilayotgan investitsiyalarning hajmi va shakllari bilan tavsiflanadi.

Shunday ekan, avvalam bor investitsiyaning mazmun mohiyatiga to‘xtalib o‘tishni joiz topdi. “Investitsiya” atamasi lotincha “INVEST” so‘zidan olingan bo‘lib, “sarmoya qo‘yish” degan ma’noni anglatadi. Keng ma’noda investitsiyalar bundan keyin o‘stirish, qiymatini saqlab qolish yoki ehtimolli yo‘qotishlarni minimallashtirish maqsadida kapitalni safarbar qilishdan iborat. Bunda kapitalni qo‘shimcha o‘sishi yetarli miqdorda bo‘lib, investorning joriy davrda iste’mol uchun mavjud bo‘lgan mablag‘laridan foydalanishdan voz kechishini o‘rnini qoplashi, uni tavakkalchiligini rag‘batlantirishi, kelgusi davrda inflyatsiya tufayli yo‘qotishlarni qoplashi kerak. Ushbu ikki jarayon – kapitalni qo‘yish va foyda olish – vaqtdagi turli ketma-ketlikda ro‘y berishi mumkin. Ushbu jarayonlar izchillik bilan kechishida inestitsiyalar to‘liq miqdorda qo‘yilgan zahotiyoq foyda olinishi investitsiyalash jarayoni to‘liq tugashidan ham avval bo‘lishi mumkin. Ushbu jarayonlar oraliq bilan kechganida esa investitsiyalarni tugatish va foyda olish davrlari o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi.

Kapitalni investitsiyalash nafaqat pul, balki boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin – ko‘char va ko‘chmas mulk, turli xildagi moliyaviy instrumentlar, nomoddiy aktivlar va h.k. Va nihoyat, bir qator ta’riflarda

investitsiyalar mablag‘larni uzoq muddatli qo‘yilishidan iborat ekanligi ta’kidlanadi. Shubhasiz, investitsiyalarning alohida shakllari uzoq muddatli xarakterga egadir, biroq investitsiyalar qisqa muddatli ham bo‘lishi mumkin (masalan, aksiyalar, jamg‘arma sertifikatlarga qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar).

Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlanishi va samarali amal qilishida muhim rol o‘ynaydi.

Umumqabul qilingan amaliyotda investitsiyalarning quyidagi turlari ajratiladi: real va moliyaviy (portfelli).

Real investitsiyalar – asosiy kapitalga, nomoddiy aktivlarga hamda joriy aktivlarni qo‘shimcha o‘sishiga qo‘yilmalardir.

Moliyaviy investitsiyalar – davlat, korxonalar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan chiqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga qo‘yiladigan mablag‘lar, ya’ni bu moliyaviy aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan va olingan daromad yoki aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar iste’mol yoki qayta investitsiyalash uchun foydalaniladigan, boshqaruvning yagona ob’ekti hisoblangan, qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘yilmalardir.

Investitsiyaviy qo‘yilmalarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, real investitsiyalar quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltiriladi:

•ishlab chiqarishni kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilash uchun;

• yangi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar hamda mahsulot turlariga;

• ishlab chiqarishni qayta qurish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun;

• atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun.

Investitsiyalash ob’ektlari bo‘lib qurilayotgan, qayta qurilayotgan va kengaytirilayotgan binolar, inshootlar hisoblanadi.

Real investitsiyalar o‘z kapitali, maqsadli qarzlar, munitsipal kreditlar va bank kreditlari hisobiga real aktivlarni sotib olish bilan bog‘langan loyihalarga qo‘yilmalardan iboratdir.

Texnologik tuzilmasining hisobi bilan ular quyidagilarga bo‘linadi:

qurilish va montaj ishlari; asbob-uskunalar, instrument va jihozlarni sotib olish; boshqa kapital ishlarni bajarish va xarajatlarni amalga oshirish.

Real investitsiyalarning aksariyat qismi investitsiya loyihalari orqali amalga oshiriladi. “Investitsiya loyihasi” tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Bular quyidagilardir:

Investitsiya loyihasi – bu tashkiliy-huquqiy tizimlar yordamida biron-bir maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan tadbirlar rejasidir[1]

Investitsiya loyihasi – noturar binolarniqurish, qayta, ta’mirlash va shaharni ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadidakorxonalar texnologikasbob-uskunalarini, injenerlik ta’minotni yangilash qaratilgantashkiliy-texnik hamda moliyaviytadbirlar majmuidir[2].

Investitsiya loyihasi – foyda olishva/yoki kapitalni o‘stirish maqsadida pul mablag‘lari qo‘yiladigan aniqtadbirdir[3].

Investitsiya loyihasi – kapital qo‘yilmalarning iqtisodiyjihatdan

maqsadga muvofiqligi, hajmi va amalga oshirishmuddatlarini asoslash, jumladan kerakli loyiha-smeta hujjatlar to‘plami hamda investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar tavsifidir[4].

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish san’atini egallash bugungi kunda quyidagi sabablarga ko‘ranihoyatda dolzarb hisoblanadi:

- birinchidan, iqtisodiyotimizga tadbirkorlarning yangiavlodi kirib kelmoqda. Ulardan ko‘pchiligi hech qachon biror-bir tijorat korxonasigarahbarlik qilmaganva shuning uchunbozoriqtisodiyotida ularnikutayotganmuammolardoirasiniyaxshitasavvur qilmaydilar;

-ikkinchidan,o‘zgaruvchanxo‘jalikmuhiti korxonalarning tajribalirahbarlarini ham o‘zlarining kelgusi ishlarini o‘zgacharejalashtirish hamdaraqobatchilik kurashigatayyorbo‘lishga undaydi;

-uchinchidan, iqtisodiyotimizni yuksaltirish uchun chet el investitsiyaqlarini olishni mo‘ljallab, o‘z talablarini asoslash hamda investorlargabizbundayinvestitsiyalardan foydalanishning barcha jihatlarini hisobga olishga qodirligimizni isbotlash kerak.

Investitsiya loyihasining maqsadi tadbirkor va iqtisodchilarga to‘rtta asosiymasalani hal qilishga yordam berishdan iboratdir:

- sotuvning kelgusi bozori hajmi va istiqbollarini o‘rganish;

- ushbu bozorga kerakli bo‘lgan mahsulotni tayyorlash va sotish uchun zarur xarajatlarni baholash hamda ularni o‘z tovarlarni sotish mumkin bo‘lgan narxlar bilan ko‘zlangan ishning salohiyatlifoydaliligini aniqlash maqsadida solishtirish;

- yangi ishni boshlashda barchaehtimolli to‘siqlarni aniqlash;

- ular asosida korxona faoliyatini muntazam ravishda baholash mumkin bo‘lgan belgi va ko‘rsatkichlarni aniqlash .

 

3.   Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning zaruriyati va ahamiyati.

 

Investitsiyalarni iqtisodiy baholash juda muhim jarayon hisoblanib, u o‘z ichiga texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va baholashni qamrab oladi. Investitsiyaloyihalarisamaradorliginibaholash orqali mablag‘larni samarali joylashtirish yo‘llarining eng optimalini tanlash mumkin.

Har qanday investitsiya loyihasini baholashning mazmuni bugungi xarajatlarni loyihadan olinadigan daromadlar oqlaydimi? - degan savolga javobtopishdan iboratdir. Biroq, bu savol shunchalik oddiy bo‘lishiga qaramasdan, agar diqqat bilan ko‘rib chiqilsa, uning ko‘plab qirralari ochiladiki, ba’zan unga bir xil ma’nodagi javobni topish juda mushkul.

Investitsiyaloyihalarisamaradorliginibaholash usuli – bu turli ob’ektlarga uzoq muddatga kapital mablag‘larni qo‘yishning maqsadga muvofiqligini aniqlash usuli bo‘lib, bunda qo‘yilgan mablag‘lar kelajakda foyda keltirishi va o‘zini to‘liq qoplashi ko‘zda tutiladi.

Har qanday investitsiyaloyihasi, garchi u ko‘pgina ijobiy tavsiflarga ega bo‘lsada, unga qo‘yilgan mablag‘lar, ya’ni qilingan investitsiyaxarajatlariloyiha mahsuloti (ish, xizmat) sotishdan kelgan daromadlar bilan qoplanmasa, ko‘rilgan foyda darajasi ko‘zda tutilgan darajada bo‘lmasa, u amalga oshirilmay qoladi.

Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashdan asosiy maqsad, aynan ko‘zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir.

Iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda turli loyihalarga qo‘yilgan mablag‘larning foydaliligini (samaradorligini) taqqoslashga asoslangan baholash usullaridan keng foydalanadilar. Bunda investitsiya loyihalaridan ko‘riladigan samara mablag‘larni banka foiz hisobida qo‘yishdan yoki qimmatbaxo qog‘ozlar sotib olishdan keladigan daromad (foyda) bilan taqqoslanadi.

Investitsiyalarni iqtisodiy baholashda loyihadan ko‘riladigan daromadning ko‘pligiga, mehnat resurslarining kam sarflanishiga, loyihaning amalga oshirish muddatining qisqaligiga, loyiha bo‘yicha ishlab chiqariladigan maxsulotning sifatiga, bozorda tutgan o‘rniga, shuningdek, xarajatlarning to‘g‘ri olib borilishigako‘proq e’tibor beriladi. Shu bilan birga, baholashda pul oqimini to‘g‘ri ishlatilishi va nazorat qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital xarajatlarni yerni ijaraga olish, u yerda bino va inshoatlar qurish, mashina va jixozlar yaratish yoki sotib olish, mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarflanishi, joriy xarajatlar esa, xom ashyo va materiallar sotib olish, suv, energiya, mehnat va boshqa resurslarga sarflanishi e’tiborga olinadi hamda daromadlar asosiy faoliyatdan keladigan daromadlar, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, royalti, davlatning obligatsiyalari orqali keladigan daromadlarga e’tibor qaratiladi. Investitsiya loyihalarini turli usullar bilan baholash mumkin, lekin barcha usullarda eng asosiy e’tibor loyihalarning daromadlilik darajasi xamda ko‘riladigan foydaning xajmini aniqlashga qaratiladi.

Investitsiyalarni iqtisodiy baholashda aniq natijalarga erishish, ya’ni loyihalashtirishni yakunlash, bozorga chiqish va undao‘z o‘rnini mustaxkamlash, belgilangan foydaga erishish, qilingan investitsiya xarajatlarini qoplash kabi natijalarga erishish uchun belgilangan muddat ham ayniksa muhimdir. Shuningdek, baholashda ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikishlarining samaradorligi ham hisobga olinadi. Buning muhimligi shundan iboratki, tadqiqot va ilmiy izlanishlar ishining qisqa bo‘lishi bir tomondan mablag‘larning kam sarflanishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan nisbatan kam muddatda loyiha amalga oshirilib, bozorga ertaroq yangi mahsulot olib chiqiladi va hech bo‘lmaganda, qisqa muddat ichida korxona ushbu mahsuloti bilan bozorda monopol mavqega ega bo‘lishi mumkin.

Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda baholanishi lozim.

Hozirgi paytda investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish uzluksiz jarayon bo‘lganligi sababli uni tasvirlashda kompyuter texnikasidan keng foydalanilmoqda. Bunda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda tashqi iqtisodiy muhitni belgilovchi omillar hisobga olinib,loyihaning matematik modeli tuziladi vash u model asosida loyihaning xarajatlar va daromadlar oqimi aniqlanadi, samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi, ishlab chiqarish natijalarining yillik balansi tuziladi hamda tashqi va ichki omillar ta’siri tahlil qilinadi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda yirik ishlab chiqarish vamoliya korporatsiyalari ana shunday modellardan foydalanadilar. Shuningdek, bunday modellardan investitsiyaloyihalarini o‘rganuvchi va samaradorligini aniqlovchi turli maslahatchi firmalar ham foydalanadilar.


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] Кикоть И.И. Финансирование и кредитование инвестиций: Учеб. пособие/И.И. Кикоть – Мн.: Выш. шк., 2003.

[2] www.arenda-ofisa.ru/info/dictionary.shtml

[3] www.av-soft.ru/index.php

[4] erker.ru/development.terminology.htm

Investitsi on tahlil ” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Investitsi on tahlil ” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Bu borada davlatning qanday moliya siyosati yuritayotganligi va moliya sohasidagi chora tadbirlari qanchalik samarali ekanligi ko‘p jixatdan iqtisodiy islohotlarning harakteri va dinamikasini belgilaydi

Bu borada davlatning qanday moliya siyosati yuritayotganligi va moliya sohasidagi chora tadbirlari qanchalik samarali ekanligi ko‘p jixatdan iqtisodiy islohotlarning harakteri va dinamikasini belgilaydi

Investitsion tahlil” – ixtisoslik fani hisoblan adi va u “

Investitsion tahlil” – ixtisoslik fani hisoblan adi va u “

Ushbu jarayonlar oraliq bilan kechganida esa investitsiyalarni tugatish va foyda olish davrlari o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi

Ushbu jarayonlar oraliq bilan kechganida esa investitsiyalarni tugatish va foyda olish davrlari o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi

Investitsiya loyihasi – noturar binolarniqurish, qayta, ta’mirlash va shaharni ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadidakorxonalar texnologikasbob-uskunalarini, injenerlik ta’minotni yangilash qaratilgantashkiliy-texnik hamda moliyaviytadbirlar majmuidir [2]

Investitsiya loyihasi – noturar binolarniqurish, qayta, ta’mirlash va shaharni ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadidakorxonalar texnologikasbob-uskunalarini, injenerlik ta’minotni yangilash qaratilgantashkiliy-texnik hamda moliyaviytadbirlar majmuidir [2]

Investitsiyaloyihalarisamaradorliginibaholash orqali mablag‘larni samarali joylashtirish yo‘llarining eng optimalini tanlash mumkin

Investitsiyaloyihalarisamaradorliginibaholash orqali mablag‘larni samarali joylashtirish yo‘llarining eng optimalini tanlash mumkin

Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda baholanishi lozim

Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda baholanishi lozim
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
07.11.2023