O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Mavzu: Paintda amallar bajarish
DARSNING MAQSADLARI:
1. DARSNING TA’LIMIY MAQSADI:
Har bir o’quvchidan mavzu haqidagi fikrini so’rash orqali ularda shaxsiy fikrini erkin ayta olish,nutqiy ravonlik, chiroyli va o’z o’rnida so’zlash fazilatlarini rivojlantirish
O’quvchilarda kompyuterlarning asosiy va yordamchi qurilmalari bilan ishlashni shakllantirish, turli kasblarga qiziqishini oshirish
O’quvchilarga Paintda amallar bajarish o’rgatish, Windows operatsion tizimining ish stolida va oynalar bilan ishlashni o’quvchilarda shakllantirish
Dars turi: nazariy va amaliy
Dars usuli: noan’anaviy dars
Dars tipi: bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish
Dars jihozi: kompyuter, proektor va ekran, fanga oid plakatlar
1 Tashkiliy qism
2 O’tgan mavzuni mustahkamlash
3 2 daqiqa
410 daqiqa
5 Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
6 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 8 daqiqa
Baholash va 3 daqiqa uyga vazifa 2 daqiqa
5 Yangi mavzu: Paintda amallar bajarish.
To‘g‘ri chiziq, egri chiziq uskunasi yordamida shakllar yaratish
Avvalgi darslarda – qalam va – mo‘yqalam yordamida turli
tasvirlar yaratish ko‘nikmalarini hosil qilgan edingiz. Ba’zida o‘ylangan
rasmlarni chizishda bu uskunalar qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Tekis chizilgan shakllarni chizishda – to‘g‘ri chiziq yoki – egri chiziq uskunalaridan foydalanish mumkin
Geometrik shakllar. Uskunalar panelidan – to‘g‘ri
chiziq uskunasi tanlanadi. Ishchi maydonga o‘tib shakl chizishdan avval
shu shaklning rangi tanlab olinadi. Shakl nomi uskunasini tanlash
orqali yoziladi.
Matn yaratish uskunasi ish maydonida faollashtirilgach, matn shrifti,
rangi va turini tanlashga imkon beruvchi panel aks etib turadi.
Hosil bo‘lgan bu rasmni Shakllar.bmp nomi bilan saqlab qo‘ying.
PAINTDA OBYEKT NUSXASINI OLISH VA JOYLASHTIRISH
Paintda chizilgan biror rasm yoki obyekt nusxasini olish uchun
uskunasi tanlanadi va «sichqoncha» yordamida obyekt belgilanadi.
So‘ngra «sichqoncha»ni menyuning Правка (Tahrir) bo‘limiga olib
borib, K опировать (Nusxa olish) ko‘rsatmasi bajariladi. Nusxasi olingan
obyektni:
• joriy ish maydoniga joylashtirish va o‘lchamini o‘zgartirish;
• boshqa rasmli fayllarga joylashtirish;
• MS Word, MS Exsel, Power Point va boshqa dasturlarga joylashtirish;
• alohida fayl sifatida saqlab qolish mumkin.
Olingan nusxa kompyuterning bufer deb ataluvchi xotirasida saqlanib
turadi. Saqlangan rasmni « Правка » bo‘limidagi « Вставить » buyrug‘i
yordamida ixtiyoriy ravishda ish maydoniga joylashtirish mumkin
Yuqoridagi usuldan foydalanib, «Yulduzli osmon» rasmini
hosil qilamiz va bu faylni Yulduz.bmp nomi bilan saqlaymiz.
«YARIM OY» RASMINI HOSIL QILISH.
Bajarish: «Yarim oy» ni hosil qilish uchun 2 ta aylana yoki doira
ustma-ust chiziladi. Avval fon ko‘k rangga bo‘yaladi, so‘ngra ustki aylana
ham xuddi fon rangida bo‘yaladi
To‘g‘ri to‘rtburchak, ellips va o‘tmas burchakli to‘rtburchak
uskunalari yordamida shakllar yaratish
Qalam, mo‘yqalam va purkagich uskunalaridan farqli bo‘lgan
– to‘g‘ri to‘rtburchak, – ko‘pburchak, – ellips va –
o‘tmas burchakli to‘rtburchak uskunalari geometrik shakllarni o‘z
ichiga olgan tasvirlarni osonlik bilan chizishga yordam beradi.
Ularni bo‘yash ham qiyinchilik tug‘dirmaydi.
qo‘ziqorin dalasi. – egri chiziq va – to‘g‘ri chiziq uskuna lari yordamida qo‘ziqorin tanasini hosil qiling
Hosil bo‘lgan qo‘ziqorinni uskunasi yordamida belgilang, uning
nusxasini olib, akslantirish, og‘dirish va joylashtirish amallarini bajargan
holda quyidagi tasvirni hosil qiling
MATEMATIKA VA INFORMATIKA FANINING O’ZARO BOG’LIQLIGINI “VENN” DIAGRAMMASI ORQALI TANISHAMIZ.
“ VENN” DIAGRAMMASI
MATEMATIKA
INFORMATIKA
Al-Xorazmiy
Matematik amallar
Funksiyalar
Formulalar
Mantiqiy amallar
O’quvchilardan har ikki fan haqida o’zaro bog’liqlik tomonlari haqida fikr-mulohaza almashamiz.
Dara jarayoni bilim olish uchun qulay manba hisoblanadi. Shu jihatdan e’tiborga olib sinf o’quvchilari 2-guruhga:
1.“ DASTURCHI ” 2.” KOMPYUTERCHI ” 1- SHART . HAR BIR GURUHDAN BITTADAN ISHTIROKCHI TANLAB OLINADI. ULARGA O’TILGAN MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR BERILADI.(MASALAN, PAINT DASTURIDA BAHOR MANAZARASI CHIZISH). 2 - SHART . TARQATMALI MATERIALLAR HAR BIR GURUHGA TARQATILADI. (TEST TARZIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERADILAR) 3- SHART Krossvord.
2-SHART TEST
1. Kompyuter xonasida ishlash davomida o‘quvchilar qanday
qoidalarni bilishlari va unga rioya qilishlari zarur?
a) yo‘l harakati qoidalari;
b) maktab ichki tartibi qoidalari;
d) shaxsiy gigiyena qoidalari;
e) xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalari.
2. Kompyuter xonasida yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan
holatlarni belgilang.
a) elektr va isitish asboblaridan foydalanish va ularni tok manbayidan
o‘chirmasdan qoldirish;
b) kompyuterni uzoq vaqt davomida yoqiq va qarovsiz qoldirish;
d) kompyuter xonasida tez alangalanuvchi moddalarni saqlash va ishlatish;
e) barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Kompyuterning asosiy qurilmalari yozilgan qatorni belgilang.
a) sistema bloki, monitor, klaviatura;
b) sistema bloki, monitor, klaviatura, «sichqoncha»;
d) asosiy plata, monitor, klaviatura;
e) asosiy plata, monitor, «sichqoncha», klaviatura.
4. Asosiy platada joylashgan va kompyuter ishini boshqarib
turadigan qurilma.
a) operativ xotira; b) protsessor; d) doimiy xotira; e) vinchester.
5. Qaysi qatorda kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari ko‘rsatilgan?
a) «sichqoncha», klaviatura, kolonka, naushnik;
b) monitor, printer, skaner, modem;
d) kolonka, naushnik, printer, skaner;
e) klaviatura, elektron doska, faks
4. SHART ANTIANAGRAMMA.
Kartochkalardagi so’zlardan informatika va kompyuterga bog’liq so’zlar hosil bo’lishi kerak. Barcha harflar so’zda qatnashadi.
Masalan:
Sor, prot, ses (protsessor)
5 SHART. AXBOROTNI OLISH VA UZATISH USULLARI:
· Tushunchani aytmasdan turib, xarakat bilan tushuntirish (oy, klaviatura, fazoda uchish, sichqoncha, tekislik, suzish, maktab)
· Harakatlar yordamida ovozsiz jumlani tushuntirish (quyosh, kompyuter, quyosh, yurak, suv, oila, kitob o’qish)
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Dars sizlarga yoqdi degan umiddaman
E’tiboringiz uchun rahmat
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.