Kapalak
(Ertak)
Toshkent shahar, Uchtepa tumani
74-umumiy o’rta ta’lim maktabi
5-“A” sinf o’quvchisi
Rustamov Muhammad.
Tel: 93 432 99 19
Bir o’rmonda bir oila kapalaklar yashagan ekan. U o’rmonning shohi bo’lgan sher juda yovuz ekan. Sherning yordamchisi esa yirtqich bo’ri ekan. Yirtqich bo’ri esa tulkini o’ziga yordamchi qilib olibdi. Shunday qilib tulki bo’rini, bo’ri sherni yolg’onlariga ishontirib yuraverishibdi.
Bir kuni sherning oilasida yana bir sher bolasi dunyoga kelibdi. Aynan shu kuni kapalaklarning oilasida ham shunday hodisa yuz beribdi. Oradan yillar o’tgach sher bolasi va kapalak uchrashib qolishibdi. O’sha paytda yomg’ir yog’ayotgan ekan, kapalakning qanotlari ho’l bo’lib ucholmay qolibdi. Sher bolasi uni boshiga chiqarib uyiga olib borib qo’yibdi. Kapalak unga rahmat aytibdi va ular do’st bo’lib qolishibdi. Ular birga o’ynab yurishadigan bo’libdi. Agar sher bolasi zeriksa kapalak unga raqs tushib berar ekan, sher bolasi esa kapalakni xavf-xatardan qutqarar ekan. Kunlarning birida bo’ri va tulki sherga shunday deyishibdi:
- O, shohim biz xavf-xatar ostidamiz. Jirafalar, quyonlar, ayiqlar olmaxonlar va boshqa hayvonlar sizni taxtdan yiqitishmoqchilar. Aslida bu gap yolg’on edi, lekin sher bunga ishonib o’rmonga o’t qo’yishni buyuribdi. Xursand bo’lgan bori va tulki o’rmonga emas, sher saroyiga o’t qo’yishibdi. Natijada saroy yonib kul bo’libdi. Sher saroyga qo’shilib yonib ketibdi. Bo’ri taxtga o’tirmoqchi bo’libdi, tulki bunga yo’l qo’ymabdi. Lekin sher bolasi buni bilmas edi, chunki u yiroqda kapalak bilan o’ynab yurgan edi. Bir vaqt kapalak sher bolasiga debdi:
- Yur otangning holidan xabar olib kelamiz. Sher bolasi:
- Ha mayli ketdik, - deb ular yo’lga tushishibdi. Oradan bir oz vaqt o’tgach ular o’rmonga yetib kelishibdi. Kapalak birdan bo’lgan voqealarni eshitibdi. Keyin kapalak sher bolasini u yerga borishiga qo’ymabdi, chunki u yerni bo’rilar va tulkilar egallab olishgan edi. Kapalak judayam aqlli edi. U hayvonlarni yig’ib, ularning fikrini so’rabdi. Hech qaysi hayvondan yaxshi fikr chiqmabdi. Shunda kapalak o’ylanib qolibdi. Shu vaqt uning xayoliga bo’rilar va tulkilar olovdan qo’rqishlari kelibdi, lekin buning iloji yo’q edi. Hech qaysi hayvonning jasorati bunga yetmasi. U yana o’ylab turib, hayvonlarga:
- Kelinglar o’ylab ko’raylik, bo’ri ham tulki ham taxtga o’tirib o’rmon shohi bo’lmoqchilar. Ammo bo’rining taxtga o’tirishiga tulki, tulkining taxtga o’tirishiga esa bo’ri yo’l qo’ymaydi. Biz ularni urishtirib qo’yishimiz kerak, to’g’rimi?
- Ha, ha, to’g’ri-to’g’ri, to’ppa-to’gri – deyishibdi hayvonlar. Shundan so’ng ular shunday qilishmoqchi bo’lishibdi, lekin hech qaysi hayvon bo’rilar va tulkilarning yoniga borishga rozi bo’lishmabdi. Shunda kapalak:
- Men boraman, - debdi. U gapining ustidan chiqib, birinchi bo’rilarning yoniga boribdi.
- Hey bo’rilar, axir sizlar bo’risiz-ku. Bo’rilar qo’rqmas bo’ladi. Tulkilarga yengilmaydi, sizlar o’rmon shohi bo’lishingiz kerak - deb bo’rilarni gij-gijlab tulkilarga qarshi nafratlantirib qo’yibdi-da, o’zi tezlik bilan tulkilarning yoniga uchib ketibdi. Bu orada bo’rilar tulkilar bilan jangga tayyorlana boshlabdi. Kapalak esa tulkilarning yoniga uchub kelib, - debdi:
- Hoy tulkilar, sizlar o’rmon shohi bo’lishingiz kerak, axir sizlar hayvonlar ichida eng ayyor tulkisizlar-ku. Bo’rilar sizlarni o’rmon shohi bo’lmasliklaring uchun sizlarga qarshi urush qilib sizlarni o’rmondan butunlay quvg’in qilmoqchi – deb ularni ham bo’rilarga qarshi qilib qoyibdi. Tulkilar kapalakning gaplariga ishonib ular ham bo’rilarga qarshi urush qilishga otlanishib, yo’lga tushishibdi. Aynan shu paytda bo’rilar tulkilarning yoniga kelayotgan edi. Oradan ko’p vaqt o’tmay bo’rilar va tulkilar orasida janjal chiqib ular bir-birlarini qirib tashlashibdi. Bo’rilar ham tulkilar ham qirilishib ketibdi.
Bu voqeadan xabar topgan hayvonlar xursand bo’lishibdi. Ular kapalak Mariyani o’rmon shohi qilib tayinlashga ahd qilishibdi. Buni sezgan kapalak Mariya:
- Bu o’rmonning shohi bo’lishga faqat sher bolasi haqli. Men uchun o’rmon shohi bo’lishdan, o’rmon shoxining do’sti bo’lish ulug’roq - deb javob beribdi va sher bolasini hayvonlar bilan birgalikda o’rmonga shoh qilib tayinlashibdi. Kapalak Mariya esa sher bolasining do’sti va yordamchisi bo’lib qolibdi.
Xulosa shuki: Bir kapalakning jasorati bilan butun o’rmon xavf-xatardan xolis bo’ldi va butun o’rmon hayvonlari sher bolasi va kapalak boshchiligida tinch va totuv yashay boshlashibdi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.