Buxoro viloyat Shofirkon tuman
XTB ga qarashli
4 –umumiy o’rta maktab
Informatika va axborot texnologiyalari
FANIDAN
DARS ISHLANMASI
Mavzu: ShowMessage oynasi
O’qituvchi: N.Qo’chqorova
Sinf: 10 2017-2018-o’quv yili
DARS KONSPEKTI № 41
10A
10B
10D
10E
Sinf
Sana
O’quv fanining nomi: Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu: SHOWMESSAGE OYNASI
Dars maqsadlari:
ta’limiy: O’quvchilarga Delphi dasturida ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash
va showmessage oynasini chiqarish haqida ma’lumot berish;
tarbiyaviy: O`quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish, vatanga
sadoqatli bo’lishga o’rgatish
rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Tayanch kompetensiyalar:
TK2:Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
TK3:O‘zinio‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
FK2Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
shakllanadi
Dars jihozi: kompyuterlar, videoglaz, ekran, Delphi 7 dasturi
Dars turi: Nazariy mashg’ulot
Dars uslubi: Tushuntirish, yo’riqnoma berish, mashq bajarish
Dars o’tish joyi: Informatika fan xonasi
DARSNING BORISHI.
I. Tashkiliy davr.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
Uy vazifasi tekshiriladi. Delphi dasturlash muhiti bo’yicha savoljavob o’tkaziladi:
1. Boshqarish tugmasining asosiy xossalarini aytib bering
2. Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o‘tkaziladi?
3. Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o‘zgartiriladi?
4. Boshqarish tugmasi tanlanganda uning nima ish qilishi qayerda ko‘rsatiladi? 5. Delphi da yangi ilova qanday yaratiladi?
6. Delphi da ilovani saqlashning necha xil usuli bor?
III. Yangi mavzu bayoni
1. Ikkinchi ilovaning kamchiliklari. Ikkinchi ilovani ishga tushirib, undagi “++”
tugmasini ming marta bossak, ilova ekranining eni 16000 pikseldan oshib ketadi. Bu esa
dasturchi uchun kechirib bo‘lmas xato. Uni bartaraf qilish uchun ilova oynasi eni ming
pikseldan oshsa, boshqa kattalashtirmaslikka kelishib olamiz. Lekin foydalanuvchi
tugmani bossada, unda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermasa, dasturning to‘g‘ri
ishlayotgani unda shubha tug‘dirishi mumkin.
2. ShowMessage protsedurasi. Buning oldini olish uchun ilova o‘z oynasi eni 600 dan
oshib ketganligi haqida ekranga alohida oynada xabar chiqarsin.
Bu ishni ShowMessage orqali amalga oshiramiz. Ikkinchi ilovadagi Button1 tugmasini
ikki marta bosib, paydo bo‘lgan protseduradagi avvalgi ikki operatorni quyidagicha
qayta yozib chiqamiz:
If Form1.Width<600 then begin
Form1.Width:=Form1.Width+16;
Form1.Height:=Form1.Height+9; End else
ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’);
Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bir necha marta bossak, ekranga quyidagi yozuv
chiqadi. Undagi OK tugmasini chertmagunimizcha, ilova o‘z ishini to‘xtatib turadi.
3. IntToStr funksiyasi. Ilovaning ishini yanada yaxshilaymiz. Ilova o‘z oynasining
o‘lchamlarini o‘zgartirganda ular qanday bo‘lgani bizga mavhumligicha qolmoqda. Uni
ilova oynasiga chiqarishning iloji bormi? Hozircha biz buning bitta yo‘lini bilamiz:
oyna o‘lchamlarini oyna sarlavhasiga chiqarish. Buning uchun Form1.Caption:=Form1.Height+’*’+Form1.Wide;
operatoridan foydalanamiz. Lekin bu operatordan foydalanib bo‘lmaydi, chunki unda
bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi o‘zgaruvchini kiritishga urinish bo‘layapti.
Delphida bu xatoga olib keladi.
Butun son turidagi kattalikni matn satri turidagi kattalikka o‘tkazish uchun IntToStr
(integer to string – butundan satrga olingan) funksiyasidan foydalanamiz:
Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Height)+’*’+In tToStr(Form1.Wide)+’)’;
Unga ilovaning haqiqiy nomini ham qo‘shib qo‘yamiz:
Form1.Caption:=’Uchinchi ilova’+ Form1.Caption;
Button1 tugmasini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va oxirgi ikki
satrni unga qo‘shib qo‘yamiz:
If Form1.Width<600 then begin
Form1.Width:=Form1.Width+16;
Form1.Height:=Form1.Height+9; End else
ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’);
Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Height)+’*’+IntTo Str(Form1.Width)+’)’;
Form1.Caption:=’Uchinchi ilova ’+ Form1.Caption;
Ilovani ishga tushirib, uning sarlavhasi o‘zgarishini kuzatamiz:
YODDA SAQLANG !
ShowMessage yangi muloqot oynasini yaratadi va u yopilmaguncha ilova o‘z ishini
to‘xtatib turadi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi ilovaning kamchiligi nimada?
2. ShowMessage ning vazifasi nimada?
3. IntToStr funksiyasi nima vazifani bajaradi? 4. Uchinchi ilovani shunday o‘zgartiringki, u a) ilova oynasining eni 800 dan, b) ilova
oynasi bo‘yi 450 dan oshsa ekranga ogohlantiruvchi yozuvni chiqarsin.
UYGA VAZIFA
1. Ilova oynasining asosiy xossalarini esga oling va daftaringizga ko‘chirib oling.
If Form1.Width<600 then begin
Form1.Width:=Form1.Width+16;
Form1.Height:=Form1.Height+9; End else
ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’);
Butun son turidagi kattalikni matn satri
turidagi kattalikka o‘tkazish uchun
IntToStr funksiyasidan foydalanamiz:
Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Hei
ght)+’*’+IntToStr(Form1.Width)+’)’; Ilova oynasi o’lchamiga ilovaning haqiqiy
nomini qo‘shish uchun:
Form1.Caption:=’Uchinchi ilova’+
Form1.Caption;
If Form1.Width<600
then begin
Form1.Width:=Form1.Width+1
6;
Form1.Height:=Form1.Height
+9; End else
ShowMessage(‘Oyna boshqa
kengaymaydi’); Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(F
orm1.Height)+’*’+IntTo
Str(Form1.Width)+’)’;
Form1.Caption:=’Uchinchi
ilova ’+ Form1.Caption; TUSHUNCHALAR TAHLILI
Tushuncha nomi
Ta’rifi
Caption
Width
Height
Color
Run
Save as
Font
O’quvchi:________________________________________
Mavzuni mustahkamlash uchun test sinovi.
1.ShowMessage oynasining vazifasi nimadan iborat?
a) Dasturchiga xabar chiqarish
b) Miqdorning turini o’zgartirish
c) Ilova rangini o’zgartirish 2.Ilova oynasining kengligini o’zgartirish xossasi qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Height xossasi
b) Width xossasi
c) Font xossasi
3. Delphida dasturni ishga turshirish uchun qaysi menyu buyrug’idan foydalaniladi?
a) FILE
b) TOOLS
c) RUN
4. Ilova oynasining balandligini o’zgartirish xossasi qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Height xossasi
b) Width xossasi
c) Font xossasi
5.IntToStr funksiyasi qanday vazifani amalga oshiradi??
a)
b)
c)
Satrli turdagi o’zgaruvchini butun turga o’zgartirib beradi
Sarlavhaga ilova oynasining o’lchamini yozish uchun ishlatiladi
Butun turdagi o’zgaruvchini satrli turga o’tkazib beradi
6. Caption xossasining vazifasi nima?
a) Nom berish
b) Shriftni o’zgartirish
c) Ilova oynasi o’lchamini o’zgartirish
Test
Javob
1
2
3
4
5
6
O’quvchi:________________________________________
Aqliy hujum savollari
1. Delphida yaratilgan ilovani saqlash usullari necha xil? (4 xil: Save,
Save as, Save Project as, Save all)
2. Delphi dasturining qaysi versiyasini o’rganyapmiz? (Delphi 7) 3. Height xossasining vazifasi nima? (Ilova balandligini o’zgartirish)
4. Dastur nechta oyna bilan ishlaydi? (4 ta: Forma, dastur kodi, Obyektlar
brouzeri, Obyektlar inspektori)
5. F9 tugmasining vazifasi nima?(Dasturni ishga tushirish)
6. Caption xossasining vazifasi nima?(Nom berish)
7. Ilova oynasining xossalari qaysi oynada joylashgan bo’ladi? (Obyektlar
inspektori)
8. Ilova oynasining kengligi qaysi xossa yordamida o’zgartiriladi?(Width)
9. Delphida yangi ilova qanday yaratiladi?(FileNewApplication)
10.
Color xossasining vazifasi nima? (Rangni o’zgartirish)
11.
Dasturni ishga tushirish usullarini sanab bering?(F9, RunRun
buyrug’Uskunalar paneli orqali)
12.
Ilovadagi obyektlarning daraxtsimon ko’rinishi qaysi oynada
ko’rinib turadi?(Obyektlar brouzerida)
13.
14.
Dastur kodi oynasining vazifasi nima?( dastur matnini kiritish)
File menyusining Save all buyrug’I nima vazifani bajaradi?
(Ilovadagi barcha fayllarni xotirada saqlaydi)
15.
Delphi dasturiga kirish usullari?(Ish stoli, Pusk tugmasi va
masalalar panelidagi belgisi orqali)
If Form1.Width<600
then begin Form1.Width:=Form1.
Width+16;
Form1.Height:=Form1.
Height+9;
End else
ShowMessage(‘Oyna
boshqa kengaymaydi’);
Form1.Caption:= ’(‘+IntToStr(Form1.
Height)+
’*’
+IntToStr(Form1.Wi
dth)+’)’ Form1.Caption:
=
’Uchinchi ilova
’+
Form1.Caption; Form1.Width:=For
m1.Width+16;
Form1.Height:=For
m1.Height+9; If Form1.Width<600
then begin
End else ShowMessage(‘Oyna
boshqa
kengaymaydi’);
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Компоненты на программырование языка Delphi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.